13.07.2015 Views

09-2013 - jlmt

09-2013 - jlmt

09-2013 - jlmt

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

MAKTABGA TAYYORLOVTO‘G‘RI TALAFFUZ TO‘G‘RI YOZUVBILAN MUSHTARAK BO‘LSA...1. O‘rmonda kakku qushi sayrar edi: kaku...ka-ku... ka-ku....Kakku qushi qanday sayrayapti?“Ka-ku... ka-ku... ka-ku”So‘z boshida qanday tovushni eshityapsiz? (K)2. “K” nima deydi?Kamtar kamolot kasb etar,Kibor kamol ko‘rmay ketar.Ko‘p o‘qisang, koni foyda,Kam o‘qisang, foyda qayda.Bilimdonlik kishi ko‘rki,Ilm bois ellar erki.3. Topishmoqni toping.Yolg‘iz qolsam yo‘ldoshdir,Undan bahra olaman.U misoli ko‘z-qoshdir,Endi ko‘p ish qilaman.Bobom deydi nur-oftob,Uyga kirgan har.......Daraxtlarning barglari,Sarg‘ayar oltin misol.Qay faslda, ayt, do‘stim,Ro‘y beradi shunday hol?(Kitob)(Kuz)• Topishmoq javobidagi birinchi tovush qaysi?(K)4. Ko‘zguga qarang va “K” tovushining hosilbo‘ lishini kuzating.Tovush artikulyatsiyasi.“K” tovushi talaffuz qilingandatilning orqa qismi yumshoqtanglay tomon yoysimon shakldako‘tarilib, pastki tishlargategib turadi. Qattiq tanglay bilantilning o‘rta qismi orasidagimasofa torayadi. Shu masofadansiqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo jarangsizva portlovchi “K” undosh tovushini hosil qiladi.“K” tovushini talaffuz qiling.• “K” tovushini talaffuz qilganimizda havoto‘siqqa uchraydimi?• Demak, “K” unli tovushmi, undosh tovushmi?• “K” tovushini talaffuz qilish paytida unpaychalari titraydimi?Eslab qoling!“K” – undosh, jarangsizva portlovchi tovushdir.5. Rasmdagilarning nomini ayting. “K”tovu shining so‘zlardagi o‘rnini aniqlang.Kitob Ruchka Mushuk6. “K” tovushi ishtirok etgan so‘zlarni eslangva ularni ayting.7. “Uka” so‘zini talaffuz qiling. So‘zdagiunli va undoshni ajrating.Eslab qoling!So‘zda nechta unli bo‘lsa,shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.Bolalar bilan “uka” so‘-zini o‘rganamiz.MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>3


TAJRIBA MINBARIBILISH QOBILIYATINIRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARMaktabgacha yoshdagi bolalarningbilish qobiliyati sustbo‘lib, to‘liq egiluvchan emasligibilan xarakterlanadi. Shuninguchun mavjud bilim vamalakalarni yangi sharoitdaqo‘llash qiyinchiliklar tug‘diradi.Bu holat o‘quvchilarningvazifalarni xato bajarishlarigasabab bo‘ladi. Bunday sharoitdabolalarning tafakkurini rivojlantirishuchun o‘yinlardanfoydalanish ijobiy samara beradi.O‘yin bola uchun ermak,zavq manbayi bo‘libgina qolmay,uning diqqati, xotirasi,ijodiy tafakkuri va tasavvuriniboyitishga ham xizmat qiladiganvositadir. Ushbu jihatlarbolaning kelajak hayotida muhimahamiyat kasb etadi. O‘yinjarayonida bolalar yangi bilim,malakalarni egallash orqali qo -biliyatlarini rivojlan tiradilar. Otaonalarham farzandlariga o‘yinmazmuni va yo‘nali shini taklifetishlari mumkin. O‘yinlarningshunday alohida turkumiborki, ular bolalarni maktabta’limiga tayyorlashda yordamberadi. Bunday o‘yinlarda bolalarnarsalarni rangi, shakli,kattaligiga ko‘ra tahlil qiladilar.Maktabga chiqish yoshida7 xil rangni bemalol farqlayoladilar. Ular asosiy geometrikshakllar (doira, oval, to‘rtburchak,to‘g‘ri to‘rtburchak,uchburchak)ni bilishlari lozim.Namunaga ko‘ra nomi aytilganma’lum bir shakldagi narsalarniajrata olishlari kerak.Bolalar narsalarning kattaliginifarqlashda ularning o‘lchamibo‘yicha terib chiqishni biladilar.8-10 ta tayoqcha, doirachayoki bosh qa bir xil turdagikattaligi har xil predmetlarnikattalashtirib va kichiklashtiribboruvchi tartibda qo‘yibchiqadilar. Narsalar kattaligini3 xil o‘lchamda ayta oladilar.Navbatdagi o‘yinlar guruhidiqqatni rivojlantirishga asoslanganbo‘lib, ular diqqatnivoqelikning ma’ lum jihatigaqaratishga o‘r gatadi. (Diqqatnito‘plamasdan hech bir ishni bajarishmumkin emas.) Bu o‘yinlarturkumi orqali maktabgachayoshda bola xarakteridagiturg‘un, ko‘chuvchan, bo‘linuvchanxususiyatlar shakllantiriladi.Diqqatni jamlash unibir faoliyatdan ikkinchisigao‘tkaza olishdir. Uning bo‘linuvchanligibir vaqtning o‘zidakishining ikki yoki undanko‘proq narsa bilan shug‘ullanaolishida namoyon bo‘ladi.MTMning katta guruhidagibolalar 6-7 ta narsa o‘rtasidadiqqatni taqsimlay oladilar.Maktabgacha yoshdagi bolalarnimaktabga tayyorlashgayordam beradigan o‘yinlarorqali kichkintoylarda elementarmatematik tasavvurlarni(Davomi. Boshi 2-betda)larini tarbiyalovchi o‘yinlarnitaklif etish;• axloqsizlik tufayli shaxslaro‘rtasida sodir bo‘ladigan nizolarnimuhokama etish;• bolalarga nisbatan beriladigantanbeh, talab, man etishva jazolashning bir xil turlarinidoimo takrorlamaslik;• o‘zini tutish qoidalarinio‘rgatish kerak.Maktabgacha ta’lim sohasidashaxsning ilk yoshdan ijtimoiyrivojlanishiga ko‘makberuvchi yangi texnologiyalar,samarali yondashuv usullari«Maktabgacha yoshdagi bolalarta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigandavlat talablarida», O‘zbekistonRespublikasi Maktabgachata’lim Konsepsiyasida,«Bolajon» tayanch dasturida o‘zMAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>aksini topgan.Bolaning ijtimoiylashuvi mun -tazam ravishda davom etadi.Inson hayotidagi ijtimoiylashuvuning fuqarolik huquqini anglab,burch-majburiyatini amalgaoshirishga yordam beradi.Sohiba Xo‘jaxanova,Qarshi shaharidagi“Erkatoy” nomli MTM psixologi5


ivojlantirish, nutqning tahlilibilan tanishtirish, bola qo‘liniyozuv malakasini egallashgatayyorlash ishlari olib boriladi.Maktabgacha yoshdagibolalarning ko‘rgazmadagi harakatlartafakkurini rivojlantirishu chun tavsiya etilayotgano‘yinlarning har birini bittabola bilan ham, bir necha bolabilan ham tashkil etish mumkin.Nima dumalaydi?Bu o‘yin bolalarni narsalarningshakli bilan tanishtiradi.Bola bilan quvnoq musobaqauyushtiring – kim o‘z shaklinipol yoki stolga o‘rnatilgano‘yinchoq darvozadan tezroqdumalatib o‘tkazadi. Dumalatishuchun sharcha va kubiknitaklif eting. Avvaliga bolangizuchun darvozaga nimani dumalatibkiritishning farqi bo‘lmas,lekin bir necha urinishdanso‘ng u sharchani tanlaganodam yutayotganini tushunibqoladi. Ana shunda kelasi safaru ham shar chani olishgaharakat qiladi. Xuddi shupaytda: – Nega sen aynan shushaklni, sharni dumalatmoq -chisan? – deb so‘rang. U n gao‘z xatti-harakatini asos lashi,xulosa chiqari shiga yor dam la -shing. (Sharcha dumalaydi,kubik dumalamay, to‘xtab qoladi.)Bola e’tiborini kubikdagio‘tkir qirralarga qarating.Sharning tekisligini, qirralariyo‘qligini ko‘rsating. Shar vakubik tasvirini chizib bering.Rasmda ular oddiygina doirava to‘rtburchak shaklida namoyonbo‘ladi. Bolaga shar vakubik rasmini chizishni taklifqiling.Minora quramizAgar sizda turli o‘lchamdagikubiklar bo‘lsa, bolangiz bilanquyidagi o‘yinni o‘ynang.Shunday qilingki, bola o‘ziqu rayotgan minorasi mustahkam,pishiq bo‘lishi uchunpastki g‘ishti yirik bo‘lishishartligini tushunsin. Minorabalandlashgan sari g‘ishtchalariham maydalashib borishilozimligini anglagan bola o‘zminorasini aynan shunday quradi.Unga minora qurish jarayonidahar safar g‘ishtchalarningeng yirigini olishni o‘rgating.Ularni taqqoslash uchunbir-biriga qo‘yib ko‘rish kerak.Minorani haqiqiy g‘isht cha –kubiklardan qurib bo‘lgach,karton g‘ishtlardan ham shutartibda yasashga o‘tish mumkin.Agar bolaga qo‘g‘irchoqberib, u minoragacha yoki zinapoyagaqanday qilib ko‘tarilaoli shini ko‘rsatsangiz, bolaningqiziqishini yanada orttirganbo‘lasiz. Shuningdek,bola shakllarni ketma-ket joylashtirishmohiyatini ham anglaboladi.Kamalakrang pufaklarBolalar narsalarning rangigae’tibor qilishni o‘rganishlariuchun bir xil rangli narsalarniajratishga o‘rgatish maqsadidashu o‘yinni taklif etishfoydalidir. Buning uchun qalinqog‘ozga 6-7 ta rangli tasmalarniyopishtirib qo‘yish varangli qog‘ozdan doirachalarqirqib tayyorlash lozim. Tasmalar– ip, doirachalar – pufakbo‘ladi. Bolaga pufaklarniipga bog‘lashni taklif eting,TAJRIBA MINBARIbuni qanday qilish lozimliginiko‘rsatib bering. Shundanso‘ng, mustaqil ishlashlarigasharoit yaratish mumkin,faqat xatoga yo‘l qo‘ygan hollardaginayordamlashib turasiz.Rangli maydonlarBu o‘yinda bola turli rangdagio‘yinchoq siluetlarni kattarangli qog‘ozlarga joy lashtiradi.Qog‘oz betiga fa qatshu rangdagi narsalarni qo‘-yish mumkin. Bolaning e’tiboriniturli xildagi narsalarningham rangi bir xil bo‘lishimumkinligiga qaratish muhim.Shu o‘rinda bir turdaginarsalarning rangi turlicha bo‘-lishi mumkinligini ham ta’-kidlash lozim. Siz bolagatopshiriqni bajarishning turliusullarini ko‘rsatib berishingizkerak. Har bir o‘yinchoqva rangli qog‘ozlarningrangini birma-bir taqqoslash,avval bir xil rangdagi narsalarniajratib olish, tegishlirangdagi qog‘oz betiga qo‘-yish shular jumlasidandir. Bolaningxatolarga yo‘l qo‘yishimumkinligiga tayyor turing.Agar u turli rangdagibir xil predmetlarni qog‘ozvarag‘iga yig‘a boshlasa, buholda o‘yinchoqlar ko‘rinmayqolishini ko‘rsating.Narsalarni taqqoslang!Bu o‘yin diqqatni rivojlantirishgaqaratilgan. Bolaningoldiga ikkita o‘yinchoq qo‘yiladi.Bola avval ular nimasibilan bir-biriga o‘xshashligini,keyin o‘zaro farqini aytib berishikerak. Masalan, ayiq va6 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>


TAJRIBA MINBARIquyoncha bir-biriga yumshoqligibilan o‘xshaydi, ularningqo‘l-oyoqlari, ko‘z-quloqlaribor. Farqi shundaki, ayiq – katta,quyon – kichkina. Ayiq –jigarrang, quyon – oq va hokazo.Belgilarni bolalar bilangalma-galdan aytish mumkin.Shu tarzda har qandayjuft o‘yinchoqni taqqoslashmumkin. Agar o‘yinni murakkablashtirmoqchibo‘lsangiz,bir-biriga ancha o‘xshaydigano‘yinchoqlarni taklif qilishingizmumkin (2 ta mashina,2 ta to‘p).Qiyalikdagi sharchaBu o‘yin bolalar tafakkurinio‘stirishda qo‘llaniladi.Uncha katta bo‘lmagan qiyaliktayyorlang, buning uchunstol tekisligiga burchak ostidaqo‘yilgan har qanday taxtachabo‘lishi mumkin. Qiyalikdansal narida chiziq tortiladi.Bolaga uncha katta bo‘lmagansharcha berib, uni o‘zi chiziqoldiga kelganda to‘xtaydiganqilib qiyadan g‘ildiratishnitaklif qiling. Tabiiyki, bola boshidabuning uddasidan chiqaolmaydi, lekin chiziqqachamasofani ko‘z bilan chamalab,sharchani iloji borichato‘g‘ri tushirishga harakat qiladi.O‘yinni musobaqa tarzidaham uyushtirish mumkin.Aynan shu topshiriqni birmuncha kattaroq yoshdagi bolalargaberish uchun uni birozmurakkablashtirish lozim.Shar yo‘liga tayoqcha qo‘yib,darvoza o‘rnatish mumkin.Bola sharni darvozaga kiritishilozim.MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>O‘yinchoqni tuzating!Bu o‘yinni o‘tkazish uchunbolaga biror o‘yinchoq berib,uni ma’lum muddat (bir ne chakun) o‘ynab turishiga sharoityarating. O‘yin jarayonidabola o‘yinchoqning tuzili shibilan tanishadi. (Masalan, mashina.)So‘ng, bolaga sezdirmay,ma shinaning g‘ildiragigarezina qoplab qo‘ying, shundamashina yurmay qoladi. Bolabu kamchilikni bartaraf etishuchun ko‘p vaqt sarflaydi, harakatqiladi.Kamchiliklar sonini biro‘yinchoqda 3 tagacha yetkazishmumkin. O‘yin turli o‘yinchoqlarbilan o‘tkaziladi.Nilufar Nurmuhamedova,Nizomiy nomidagi TDPUkatta o‘qituvchisi,pedagogika fanlari nomzodi7


(Davomi. Avvali o‘tgan sonda)Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarnishakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi(O‘rta guruh uchun)10-Mashg‘ulotFazovIy tasavvurYuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, chapgao‘nggakabi yo‘nalishlarda to‘g‘ri harakat qilishko‘nikmasini mustahkamlashMaqsad: Bolalarni yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga,chapga-o‘ngga kabi yo‘nalishlardaerkin harakat qilishga o‘rgatish.Kutilayotgan natija: Bolalarning aytilganyo‘ nalish bo‘yicha harakat qila olish va harakatqilishda aniq mo‘ljal olish ko‘nikmalari mustahkamlanadi.Kerakli jihozlar:• Doira, uchburchak va kvadrat shakllari.• 14 - va 15-rasmlar (har bir bolaga).• Shartli belgilar (16-rasm).Mashg‘ulotnIng borIshI:TarbIyachI: – Bolajonlar, qo‘limdagidoira shaklini yuqoriga (shkaf ustiga) qo‘yibqo‘yaman. Bolalar, agar esimdan chiqib qolib,“Doira shakli qayerda?”, deb so‘rasam, “Doirashakli yuqorida” deysizlar. Yuqori meningbo‘yimdan baland ekanmi? (Bolalar javobi)Mana bu to‘rtburchakni pastga qo‘yaman. Bolalar,eslab qolinglar: “To‘rtburchak shakli qayerda?”desam, “Pastda” deysizlar.Bolalar, men yaqinda askarlar yashaydiganjoy ga bordim. U yerda askarlar juda ko‘p ekan.Ular ning yugurish mashqlarini bajarayotganiniko‘rdim. Askarlarning boshlig‘i “Oldinga”desa, ular oldinga mana bunday qilib yugurishmoqda,“Orqaga” desa, orqaga mana bundayqilib yugurishmoqda, “Chapga” desa, chapgaburilib yugurishmoqda, “O‘ngga” desa, o‘ngtomonga burilib yugurishmoqda. (Tarbiyachibajarib ko‘rsatib beradi.)Sizlar ham katta bo‘lganlaringizda, askarbo‘ lib, yurtimizni himoya qilasizmi?! Askarbo‘lish uchun oldinga, orqaga, chapga, o‘nggakabi yo‘ nalishlarni yaxshilab bilib olishlaringizkerak. Hozir hammamiz birgalikda bu harakatlarnibajarib, o‘rganib olamiz. (Tarbiyachi vabolalar birgalikda bu harakatlarni bajaradilar.)8 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>NAZARIYA. ILM. AMALIYOTBolajonlar, men doira shaklini qayergaqo‘ygan edim? (Bolalar javobi)– Topdingiz. Yuqoriga qo‘ygan edim.Bolajonlar, men to‘rtburchak shaklini qayergaqo‘ydim? (Bolalar javobi)– To‘g‘ri, pastga.Bolalar uchun amaliy ishlar1-topshiriq.Har bir bolaga yo‘l-yo‘l chiziqli kartochkaberiladi. Tarbiyachi bolalarga kartochkaningyuqori qismiga 4 ta olma rasmini, uning pastigaesa 3 ta nok rasmini terishlarini, kartochkaningo‘ng tomoniga 2 ta doira, chap tomoniga1 ta kvadrat qo‘yishlarini uqtiradi.14-rasmBolalar topshiriqlarni qanday bajarishlari nitarbiyachi kuzatib: “Siz nechta doirani kar tochkaningqaysi qismiga qo‘ydingiz?”, “Kvadratniqaysi qismiga joylashtirdingiz?”, “Siz nechtaolmalarni kartochkaning qaysi qismidan terdingiz?”kabi savollarni berib, bolalar biliminianiqlaydi.2-topshiriq.O‘rtadagi olmani sariq rangga, o‘ng tomondaginiqizil rangga, chapdagini yashil ranggabo‘yang.15-rasm


NAZARIYA. ILM. AMALIYOTBilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin:“Harakatni o‘zgartir”Bu o‘yinda piktogramma usulida tomonlarshartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqaostida ko‘rsatilgan belgi bo‘yicha harakat qilinadi.Bolalarga qaysi belgida qanday harakatnibajarish oldindan o‘rgatiladi.–oldinga–chapga–sakrashUlar guruhlardagi o‘yinchoqlar soniningteng yoki teng emasligini aniqlab, yetishmayotganbuyumni qo‘shib yoki ortiqchasini olibqo‘yadilar.Individual ishHar bir bolaga 14-rasmdagi kartochkalardan3 tadan beriladi. Kartochkalarda 4 tadan doirashakllari turlicha ko‘rinishda chizilgan.–orqaga–o‘ngga–joyidaaylanish16-rasm“Oldinga” belgisi ko‘rsatilganda bolalar oldinga1 qadam yurishadi, “orqaga” belgisiko‘r sa til ganda bolalar orqaga 1 qadam yurishadi.“Chapga”, “o‘ngga” belgisida 1 qadamchap ga va o‘ngga yurishadi. Sakrash belgisida3-4 marta sakrashadi, doira ko‘rsatilganda esaturgan joyida aylanib olishadi. Bu harakatlarbir necha marta takrorlanadi.Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlashuchun savollar:1. O‘ng tomoningizda o‘tirgan o‘rtog‘ingizgakoptokni bering, chap tomoningizda o‘tirganbolaga mashinani bering.2. Askarlar o‘ngga qanday qadam tashlarekan, ko‘rsatib bering?3. Askarlar chapga qanday qadam tashlarekan, ko‘rsatib bering?4. O‘ng qo‘lingiz bilan o‘ng ko‘zingizniko‘r sating?Mashg‘ulot davomida va yakunida bolalarrag‘batlantiriladi.Tarbiyachi tokchalarga o‘yinchoqlarni oldindanterib qo‘yadi. Yuqori tokchaning chaptomoniga 4 ta quyoncha va o‘ng tomoniga 3ta sabzi, o‘rta tokchaga 4 ta olmaxon va 4 tayong‘oq, pastki tokchaga 4 ta tipratikan va 5 taolma joylashtirilgan.Tarbiyachi bolalarga hayvonlarni mehmonqilishni taklif etadi. Dastlab tarbiyachi bolalarbilan quyidagilarni aniqlab oladi: “Quyonchalargasabzilar, olmaxonlarga yong‘oqlar yetadimi?Buni qanday bilish mumkin? Qandaytekshirish lozim?” Bolalar o‘yinchoqlarni sanaydilar,ularning sonini taqqoslaydilar, keyinmayda o‘yinchoqlarni yiriklarining yonigaqo‘yib, jonivorlarni mehmon qiladilar.17-rasmBolalar kartochkalarda n echta doira borliginianiqlaydilar va uchburchaklarni sanab, xuddikartochkadagi doiralar kabi terib chiqadilar.So‘ng bajargan ishlarini izohlab beradilar:“Kartochkada nechta doira bo‘lsa, shunchauchburchaklarni sanab qo‘ydim”.Tetiklashtiruvchi mashqBolalarga 4 marta sakrash, 4 marta o‘tiribturish,qo‘llarini 2 marta yonga yozib, 4 martajoyida aylanish taklif qilinadi.Bolalar uchun amaliy ish.Tarbiyachi bir necha sharflarni ko‘rsatib, 4ta ayiqchaga shu sharflardan bir xil uzunlikdagi4 ta sharf tanlashlari kerakligini aytadi va bolalardanyordam berishlarini so‘raydi. Bolalartarbiyachi bilan birgalikda sharflarni o‘lchabtanlaydilar, 4 ta bir xil uzunlikdagi sharflarniayiqchalarga taqib qo‘yadilar.Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlashuchun savollar:1. Bitta likopchada 4 ta olma, ikkinchi likopchada4 ta xurmo bor. Olma va xurmolarningsoni tengmi? Olma va xurmolarning soninechtadan?2. 3 sonidan keyin qaysi son keladi?3. 3 soni kattami, 4 sonimi? 4 sonidan oldingison qaysi?4. 4 ta ayiqchaga nechta sharf kerak bo‘ladi?5. 1 dan 4 gacha sanab bering.6. Ushbu topishmoqning javobini toping:“Bir tom ostida to‘rt og‘ayni yashaydi”. (Stol.)Tarbiyachi mashg‘ulot davomida va yakunidabolalarni rag‘batlantiradi.Zulxumor RaHmonqulova,MTMXQTMORO‘MM bo‘lim boshlig‘iNasiba QURBONOVA,Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi13-MTM tarbiyachisiMAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>9


USLUBCHI KUNDALIGIQadimdan ajdodlarimiz bolalarniturli o‘yinlar orqali hayotga,mehnatga va uy-ro‘zg‘orishlariga tayyorlaganlar.O‘yinchoqlar bolalarni barkamolqilib tarbiyalashda muhimvositalardan biridir. U bolalardagipsixik jarayonlar: xotira,diqqat, sezgi, tafakkur, ijodkorliknirivojlantiradi, dunyoqarashinikengaytiradi.Ota-onalar farzandla riga qandayo‘yinchoqlar ko‘p roq yoqayotganiva nega aynan shunitanlagani bilan qiziqishlari lozim.Bu esa o‘z o‘rnida farzandlarimizningkelajagini belgilaydi.Eng avvalo, xarid qilinayotgano‘yinchoqlarga pedagogikpsixologik,gigiyenik va badiiytalablar qo‘yiladi. Ota-onalaro‘yinchoqni ko‘zdan kechirishlari,milliy mentalitetimizgamos keladimi, qaysi qahramonniaks ettiradi, shu jihatlarigae’tibor qaratishlari kerak.O‘yinchoqning rangi yorqin,bolaning ko‘zini quvnatadigan,kayfiyatini ko‘taradigan bo‘-lishi zarur.Bo‘lakchalardan yig‘ilib yoyiladigan,kattalar yordamisizijod qilish – qurish-yasash mumkinbo‘lgan o‘yinchoqlar bolalarnibino, inshoot (turar joy,teatr, maydon, saroy, minora)larning turli qurilma-shakllariniyaratishga o‘rgatadi. Qurish-yasash o‘yinchoqlari istiqboldabolalardagi qurilishni rejalashtirishko‘nikmalarini rivojlantiradi.Bu o‘yinchoqlarni jondilidan sevib o‘ynaydigan bolalarkelajakda madaniyat, san’-at sohalarining yetuk vakillaribo‘lishlari mumkin.Yumshoq o‘yinchoqlar qulayligiva hajmi jihatdan boshqao‘yinchoqlardan farq qiladi.Yorqin rangdagi, ayniqsa, sevimliqahramonlarni aks ettiruvchiyumshoq o‘yinchoqlar,nafaqat kichkintoylarni, balkikattalarni ham o‘ziga jalb etadi.Yumshoq o‘yinchoqlarnisevuvchi bolalar, ayniqsa, qizbolalar, albatta biror buyumnio‘z qo‘llari bilan yaratishgaharakat qiladilar.O‘yinchoq do‘konidagi mashinalarhech bir bolani befarqqoldirmaydi. Mashinalarningtuzilishi, rangi va bajaradiganvazifalari bolani juda qiziqtiradi.Ko‘p qirrali o‘zi yurar mashinalaresa bolalarda “Mashinaninima ishga tu shirdi?”,“U qanday yurdi?” kabi ko‘plabsavollar tug‘ilishiga sababbo‘ladi va ularning yechiminitopishga undaydi.Tarbiyalanuvchilar mashi nao‘yinlari orqali ulardan foydalanishqonun-qoidalari haqidama’lumotlarga ega bo‘lishbilan bir qatorda, jamoat trans -portlari (avtobus, tramvay, trol -leybus, poyezd, samolyot, yukmashinalari) turlari haqidagi bi -limlarini kengaytiradilar. Ularniharakat muhitiga (yer, osmon,suv) va vazifalariga (yuktashuvchi, yo‘lovchi tashuvchi)ko‘ra farqlashga, shuningdek,transport vositalariniboshqaruvchi kasb egalari haqidagitushun chalarga hamos h no etishadi (haydov chi,u chuvchi, dengiz chi va h.k.).Hayvonot olami bilan qiziqqanbolalar ko‘ngilchan bo‘-lib, ular tabiat va jonivorlargaehtiyotkorlik bilan munosabatdabo‘ladilar. Kelajakdaulardan tabiatshunos yoki shusohaga moyil mutaxassislaryetishib chiqishi ham ehtimoldanxoli emas.Ota-onalar oldiga farzandlarinikitob mutolaa qilishgaqiziqtirish kabi muhim vazifaham qo‘yiladi. Buning uchunmutaxassis sifatida ota-onalargaquyidagi tavsiyalarni berganbo‘lar edik.Kitob do‘koniga farzandlarbilan borishdan avval ota-onalarningo‘zlari kitob do‘konlarinikuzatishlari, farzandlariningqiziqishlari va yoshinihisobga olgan holda qandaykitoblarni tavsiya etish va xaridqilish kerakligini taxminanmo‘ljallab olishlari ma’qul. Ma -salan, 5-6 yoshdagi bolalaru chun hajmi kichikroq va yor-10 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>


USLUBCHI KUNDALIGIqin rasmdagi kitoblarni, o‘qish -ni endigina o‘rgangan bolalaruchun esa suratlarga boy hamdaqiziqarli kitoblarni xarid qilishlozim. Bola yosh doirasidakeragidan ko‘proq ma’lumotlarniolishi fikriy zo‘riqish yokitezda ulg‘ayib, tengqurlaridanajralib qolishiga sabab bo‘lishimumkin.Kitob xarid qilayotgandabolalarning tanloviga ham e’tiborberish lozim. Kichkina kitobxonningqiziqishlari nimagayetaklab borishini kuzatishkerak, natijalarga qarab, otaonafarzandining kelajakdagiorzu-istagini bilishi mumkin.Ba’zi hollarda, ota-onalarfarzandlarining xotirasini mustahkamlashuchun katta hajmdagishe’rlarni yod oldiradilar.Biz buni tavsiya etmaganbo‘lar edik. Chunki bu masalabolaning shaxsiy xususiyatlariva imkoniyatlari bilan bog‘liq.Ba’zi bolalar nutqi ravon, xotirasio‘tkir, tengdoshlaridanortiq ma’lumotlarni qabul qilib,kattalardek muloqotga kirishadilar.Ba’zi bolalar esa,aksincha, sukut saqlashni afzaldeb biladilar. Bunga esa oilaviymuhit va yaqinlari, fiziologikomillar sabab bo‘lishi mumkin.Bu sohada bolaning individualxususiyatiga qarab masalanihal etish lozim.Eshitgan ertak, hikoya, rivoyat,masal va hokazolarniqayta hikoya qilib berish bolalardaxotirani mustahkamlaydi.Bu orqali bola o‘z mustaqilfikrini bildirish muhimliginianglaydi, ota-onalar esa bolaningertakni qanday qabul qilganliginibilib oladilar.Qayta hikoya qilib berishbolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish,ularni suhbat pay tidafaol ishtirok etishga undash,mavzu bo‘yicha berilgan savollargatushunib, qisqa valo‘nda javob berish malakalarinishakllantiradi. Nutqningifodali vositalari: imo-ishora,yuz harakatlari, ovoz sifatlari(baland, o‘rtacha, past, judapast va hokazo) dan foydalanishgao‘rgatish, nutqiy muloqotmadaniyatini tarbiyalash muhimdir.Bolalar uchun kitoblardanyaxshi sovg‘a bo‘lmasa kerak.Sovg‘a berish uchun esa tug‘ilgankun yoki bayramni kutishshart emas. Buni kundalik turmushdabolaning qiziqishlarinikuzatgan holda muntazamamalga oshirsangiz, tez oradaoilangizdagi kitobxonlar soniyana ortadi.Hilola Abdulhayeva,Olmazor tumani XTMFMT va TEBmaktabgacha ta’lim yo‘nalishi mutaxassisiMAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>11


NAVBATDAGI MASHG‘ULOTGAUlug‘ bayram muborak1-oktabr – O‘qituvchilarva murabbiylar kuni bayraminikatta-kichik munosib shodiyonabilan kutib oladi. Bukun muhtaram o‘qituvchi vamurabbiylarni ulug‘laydigan,sha’nlariga tasannolar aytib,mehnatlari rag‘batlantiriladigankun. Maktabgacha ta’limmuassasalarida ham bolalarbilan ustozlar haqida suhbatlaro‘tkaziladi. Zero, ustozlargamehr-muhabbat uyg‘otishularning yosh avlodga ko‘rsatgang‘amxo‘rligini e’zozlashdemakdir.Biz quyida maktabga tayyorlovguruhi bolalari uchun“Ustoz – otangdek ulug‘” mavzusidabolalar bilan o‘tkaziladigansuhbat shaklining ishlanmasinihamda bolalarga so‘z -lab berish uchun ustozlar haqidagirivoyatlarni tavsiya etmoqdamiz.Tarbiyachilar ijo diyyondashgan holda foydalanishlarimumkin.Mavzu: “Ustoz – otangdekulug‘”Maqsad: “Ustoz – otangdekulug‘” iborasiga hamda usta,ustoz tu shunchasiga izoh berish.Bolalarda ustoz-shogirdan’analari haqida qisqachatushuncha ho sil qilish va shumazmundagi rivoyatni o‘qibberish.Mashg‘ulotning borishi:Tarbiyachi: – Bolajonlar,1-oktabr – O‘qituvchilar vamurabbiylar kuni bayrami. Bukun mehribon o‘qituvchi vamurabbiylarni ulug‘laydigan,tab riklaydigan kun. Shu kunimeh ribon va aziz ustozlarimiz –tarbiyachilar mehnatlariga hame’tibor berilib, ularga ezgu niyatlarbildiriladi. “Bolalar, sizningchaustoz qanday inson?”(Bolalar javoblari).To‘g‘ri, ustoz ko‘pni ko‘rgan,mehribon, g‘amxo‘r inson.Biz bugun siz bilan ustoz-shogirdodobi haqida suhbatlashamiz.Xalqimizda “Ustoz– otangdek ulug‘”, de ganhikmat bor. Bu hikmatningma’nosini tushuntirishga harakatqilaman. Otangiz siznitarbiyalab voyaga yetkazadi,ustoz esa unib-o‘sib kamolotgayetishingiz, ilm-ma’rifatlibo‘lishingizga ko‘maklashadi.Ustoz o‘z umrini, aql-idrokini,tajribasini va bilganlarinishogirdlariga o‘rgatadi. Shogirdiningyutug‘idan quvonadi,muvaffaqiyatsizlikka uchrasa,qayg‘uradi. Kishi ustoz ta’limitufayli oyoqqa turadi, kattahayotga qadam tashlaydi. Ustoz– bebaho, ulug‘, g‘amxo‘r,mehribon inson. Shuni qaydqilish kerakki, ustozlar ko‘pniko‘rib, bilgan, bilimda, mehnatda,aql-zakovatda el orasidatanilgan, o‘z tajribasi, biliminiboshqalarga, xususan, yoshlargao‘rgatadigan kishilardir.Ustoz-shogirdlik munosabatlari,ularning hunar bobidabellashuvlari, o‘z usto zi dano‘tib ketgan shogirdlar mahoratidanhikoya qiluvchi “Ustozdano‘tgan shogird”, “Ustozimningnabirasi”, “Ustoz va shogird”,12 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>“Ustoz ishini shogird davomettirar” kabi afsona, rivoyatlarg‘oyatda qiziqarlidir. Anashulardan ham ko‘rinib turibdiki,el orasida ustozlargahurmat cheksiz bo‘lib, bungaular o‘zlarining bilimdonliklari,bag‘rikengliklari, dono liklari,saxovatlari tu fayli erishganlar.Ustozlar hurmatinijoyiga qo‘yish, ular ishon chinioqlab, umrbod mu nosib izdoshbo‘lish har bir shogirdningmuqaddas burchidir. Shogirdlarningham ustozlari oldidao‘z odoblari bor. Shogirdustozi oldida shogirdlik odobinisaqlashi kerak. Bular quyidagilardir:– shogirdning ustoz oldidao‘zini kamtar tutishi;– ustozning barcha topshiriqlarinia’lo darajada bajarishi;– ustozning gaplarini diqqatbilan tinglashi;– tushunmay qolganda uzrso‘rab, tushuntirib berishlariniiltimos qilishi;– ustozni hamisha mamnunqilish uchun vazifalarnisifatli va o‘z vaqtida bajarishi;– hech qachon yolg‘on gapirib,ustozining ko‘nglini ranjitmasligikerak.Siz tarbiyalanayotgan muassasadaham shogird va ustozlarbormi? Ular kimlar debo‘ylaysiz? Bolalar javobi: To‘g‘ri,bizning us tozimiz mehribon.Chunki ular tarbiya chi opalarimiz.Bizni o‘z bo lalarideksevadilar. Bizning aqlli, dono,odobli bola bo‘lishimiz uchun


NAVBATDAGI MASHG‘ULOTGAo‘z yordamlarini ayamaydilar.Ustozimiz bizga kitoblar o‘qibberadilar, ertaklar aytib beradilar,turli xil o‘yinlar o‘ynatadilar.Ular bizni sanash ga,o‘qishga o‘rgatadilar. Kiyinishimizga,yuvinishimizga yordamlashadilar.Biz doimo ustozimiznihurmat qilishimiz,ularning so‘zlarini diqqat bilantinglashimiz kerak. Shunda bizdanhamma xursand bo‘ladi.Bugun suhbatimiz ustozlar haqidaekan, men sizga ibratlihikoyalardan so‘zlab beraman.Ustozdan o‘tgan shogirdTovuq tovusni o‘ziga shogirdqilib olibdi-da, unga rasmsolishni o‘rgatibdi. Vaqti-soatikelib, endi o‘zing rasm soladiganbo‘lib qolding, deya tovusni“uchirma” qilmoqchi bo‘libdi.Oradan bir muddat vaqto‘tgach, tovuq shogirdini sinabko‘rmoqchi bo‘lib, uyiga mehmongachaqiribdi. Tovuqningoziq-ovqatlarni xuddi terib qo‘ygandekyerga rasmini solibqo‘yganini ko‘rgan shogirdustozi qanchalik oling demasin,qornim to‘q, deb turaveribdi.Ketish oldidan: “Biznikigamehmonga borsangiz, ustoz!”,– debdi. “Sezib qolibdi,demak yetilibdi”, deb tovuqham xursand bo‘libdi ich -i chidan. Ertasiga tovuq tovusnikigakelib, eshik oldidaturgan tulkivoyni ko‘rib, izigaqaytib keta boshlabdi.Tovus: “Ustoz, axir bu devorgachizilgan rasm-ku”, –deya ustozini yo‘ldan qaytarganekan.– Balli, ustozingdan o‘zibsan,men xursandman, – debditovuq. Qissadan hissa shuki,ustozdan o‘tmagan shogird –shogird emas.Tarbiyachi bolalar bilanmasal mazmuni bo‘yicha savoljavobqilib mashg‘ulotni yakunlaydi.Donishmand ustozAbu Ali ibn Sinoning qo‘lidata’lim olish, unga shogirdbo‘lish benazir sharaf sanalardi.Kunlardan bir kun ikkiota – biri katta boy, ikkinchisikambag‘al odam o‘z o‘g‘illariniIbn Sinoga shogirdlikkabermoqchi bo‘lishdi.MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>– Ey, ulug‘ tabib, huzuri n-gizga bolalarimizni olib keldik.Tarbiyangizga olib, qabulqilsangiz. Zora sizga o‘xshab,tabib bo‘lib yetishsalar, – deyishdi.Ibn Sino rozilik bildirib,ularni sinab ko‘rishini aytibdi.Ibn Sino odatda kim yonigakelsa, oldin sinovdan o‘tkazar,so‘ng tabiblik ilmini o‘rgataredi.– Bolalarim, – debdi u sho -girdlikka kelgan yigitlarga qarab,– tog‘-u toshlar kezing,cho‘l-u biyobonlar oralangda,har biringiz ming donadano‘t-giyoh terib keling.Oradan bir necha kun o‘tdi.Bolalarning birinchisi kelibyiqqan giyohlarini Ibn Sinoningoldiga to‘kdi. Hammasishifobaxsh giyohlar edi. Buniko‘rgan Ibn Sino quvonib so‘-radi:– Barakallo o‘g‘lim, – engsara dorivor giyohlarni teribsan.Endi bir savolimga javobbersang. Qani ayt-chi, oyoqqabarishiga nima davo bo‘ladi?13


Harakat rejimining to‘g‘ritashkil etilmaganligi bolalarningharakat talablarini qoniqtirishdaqiyinchiliklarni yuzagakel tiradi va ularning jismoniyhamda harakat faolligigasalbiy ta’sir etadi. Shuninguchun ular rivojlanish xususiyatlarinihisobga olib, kar vazaif eshituvchi maktab gachayoshdagi bolalarda jismoniytarbiya mashg‘ulotlari alohidasharoit va maxsus uslub vausullarni talab qiladi.Bir qarashda oson tuyulganmashqlar bu bolalarda qiyinchiliktug‘dirishi mumkin. Bolalarningeshitish va muloqotxususiyatlarini hamda mashg‘ulotlardamaxsus jihozlarningqo‘llanishini hisobga olib,harakatni rivojlantiruvchi jismoniytarbiya mashg‘ulotlariniyorug‘, yaxshi jihozlangan,keng, toza zallarda o‘tkazishko‘zda tutilgan.Birinchi yil ta’lim olayotgankar bolalar mashg‘ulotlarjarayonida muammoga duchMUTAXASSIS MASLAHATIINTENSIV TA’LIM JARAYONIDABOLALAR HARAKATIkelish ehtimoli bor. Shuninguchun mashg‘ulotda ikkitadankatta yoshli odamlar qatnashishimaqsadga muvofiq bo‘-ladi. Ertalabki mashg‘ulotlardatarbiyachiga pedagog yordamberishi, kechkisida esa musi qarahbari yordam berishi mum kin.Pedagogning mash g‘ulotda qatnashishibolalar lug‘at zahirasiniboyitishga yordam bersa,musiqa rahbari musiqani tinglashga,ovoz signallariga ta’sirko‘rsatishga o‘rgatib boradi.Mashg‘ulotda musiqaning qatnashishizaif eshituvchi bolalargaquvonch va yuqori darajadagikayfiyatni baxshidaetadi.To‘rt yoshli bolalarda mash -g‘ulot davomiyligi boshlang‘ichdavrda 20-25 daqiqa,ikkinchi yil ta’lim olayotganlardaesa 25-30 daqiqani tashkiletadi. Mashg‘ulot avvaldantayyorlangan, yaxshi tempda,qiziqarli va tushunarli tarzdao‘tkazilganda bolalar bemalolbu vaqtni o‘tkazishlari mumkin.Mashg‘ulotlar bolalarningharakat ehtiyojlarini va tez toliqishlarinihisobga olib tuzilishizarur. Kichik yoshdagi bolalar,nafaqat mashg‘ulot davomiyligidan,balki harakatlar birxilligidan, o‘z navbatini ko‘pkutishdan, tarbiyachining uzoqvaqt tushuntirish olib borishlaridanham charchaydilar. Mashg‘ulotlarkatta-kichik hajmliligi,guruhli va individualligigaqarab o‘rin almashtirib turiladi.Agar tarbiyachi ko‘rsatmalariqisqa tushunarli bo‘lsa,navbatdagi harakat turiga tayyorgarlikko‘p vaqtni olmaydi,bolalarda mash g‘ulotga xohishva qiziqish ham saqlanib qoladi.Aks holda ularda charchash,diqqat chalg‘ish hollaripaydo bo‘ladi. Char chashbolalarda turlicha namoyonbo‘ ladi, ba’zilari xuddi qotibqolganday bo‘shashadilar, kamharakat bo‘ladilar, kayfiyatsizlikkuzatiladi, ba’zan esa aksincha, jizzaki bo‘lishadi.– Mening tabiblikdan xabarimyo‘q, – debdi bola, –sizga endi shogird tushdim-ku.Ibn Sino “Shu o‘n kun ichidatabobat ichida yurib, tabiblikdanalifni o‘rganmab sanmi,sendan tabib emas, olibsotarchiqadi”, deb ko‘nglidano‘tkazibdi-da, so‘ng:– Senga javob, o‘g‘lim, ketaver!Borib savdo-sotiq bilanshug‘ullan! – debdi.Oradan bir kun o‘tgach, kam-bag‘al kishining o‘g‘li y etibkelib, to‘plagan o‘tlarini hakimningoyog‘i ostiga to‘kdi.Ibn Sino juda xursand bo‘lib:– Barakallo bo‘tam, qanimenga aytchi, oyoq qabarganiganima davo bo‘ladi? – debso‘radi.– Yovvoyi rayhon yoxudyalpizni suvda ivitib, ozginatosh tuzdan qo‘shib yuvish kerak,– javob qildi bola.– Cho‘l-u biyobonda qolding-ku,suv topolmading deylik,chanqoqlikni nima bilanqondirish mumkin? – yanasavolga tutdi Ibn Sino bolani.– Yantoqning suvi chanqoqniqondiradi ham darmonbo‘ladi, – dadil javob berdi bola.– Rahmat o‘g‘lim, sen endimenga shogirdgina emas, farzandham bo‘lding!Oydin Mahmudova,Samarqand viloyati,Kattaqo‘rg‘on tumaniXTMFMTTEB mutaxassisi14 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>


MUTAXASSIS MASLAHATIHar bir mashg‘ulotda bolalarberilgan yuklamani hisetishlari, harakat talablariniqondirishlari, o‘zlarini harakatdanamoyon qilish imkoniyatigaega bo‘lishlari kerak.Tartibga ko‘ra, har bir harakatturi bir necha marta takrorlanadi.O‘quv yili mobaynidaasta-sekinlik bilan harakatko‘nikmalari mustahkamlanadiva mukammallashadi.Mashg‘ulotni samarali o‘tkazishdakattalarning munosabatiham juda muhim. Tarbiyachiningko‘tarinki kayfiyati,bardamligi, faol harakatlari,to‘g‘ri ko‘rsatmalari, tashqiko‘rinishining “a’lo”ligi bolalarfaolligini oshiradi, diqqatlariniuzoq vaqt saqlay oladi, teztoliqishlarining oldini oladi.Kichik maktabgacha yoshdagikar bolalarga asosiy ta’lim berishusuli, ta’limning birinchiyilida namunaviy ko‘rsatmamashqlari hisoblanadi. Kar vazaif eshituvchi bolalar tarbiyachiningog‘zaki tushuntirishlarinieshita olmaydilar, shuninguchun tarbiyachining namunaviyko‘rsatmasi yaxshi ko‘rinibturish kerak. Shu maqsaddamashg‘ulot uchun zarurjihozlarni (tayoqlar, zina, koptoklar,kubiklar) bolalar oldigajoylashtirish muhim ahamiyatgaega.O‘quv yili davomida birinchiva ikkinchi yil ta’lim olayotganbolalar guruhlaridamash g‘ulotlar ovoz signallarijo‘rligida o‘tkaziladi (pianino,baraban). Mashg‘ulotlarda bo -lalar baland, ritmik, qisqa,tez-tez berilgan ovoz signallariniajratishga va ularni yurish,yugurish harakatlariga solishtirishgao‘rganadilar.Ta’limni boshlang‘ich davridasignallar ko‘ruv-eshituvidrokiga beriladi, ular barabanniko‘radilar va eshitadilar,keyinroq yilning II yarmidabirinchi yil ta’lim olayotganbolalarda bu signallarni faqateshi tib ajratishlari talab qilinadi.Ikkinchi yil ta’lim olayotganbolalar ta’limning ilk oylaridayoq,tayyorgarlik bosqichidanso‘ng, signal to‘xtashibilan yurish yoki yugurishinito‘xtatib, eshituv idrokiga tayanganholda bir harakat turidanboshqasiga o‘tish malakalariniegallagan bo‘lishlarilozim.Tovush (barabanga urish)xuddi signal singari mashqlarboshlanishida (masalan, bayroqchatomon yugurishda, skameykadanhatlab o‘tish, qiyadoskaga tirmashish va h.k.) vauning yakunida (masalan, sakrashnito‘xtatish, joyda aylanish)qo‘llaniladi.Bolalar mashg‘ulotga yengilkiyim va shippaklarda kelishlarishart. Ikkinchi yil ta’limolayotgan bolalarga jismoniykiyim kiyishlari ma’qul bo‘ladi.Maxsus kiyim tarbiyachiu chun ham majburiydir.Ma’lumki, o‘yin – maktabgachayoshdagi bolalarningyetakchi faoliyat turi hisoblanadi,shuning uchun o‘yintarzida berilgan vazifa bolalaruchun qiziqarli bo‘ladi. Biroqeshitishda nuqsoni mavjud bolalarningkichik yoshdagi guruhlaridao‘yin faoliyatining mashg‘ulotlardata’lim metodi sifatidaqo‘llanishi to‘g‘ri bo‘lmaydi,chunki ularda harakat tajribasikam, oddiy harakatlarnibajarishda birmun cha jiddiyqiyinchiliklarga duch kelishlarimumkin. Ular predmetlarorasida mo‘ljal olishga qiynaladilar.Harakatli o‘yinlarnio‘tkazish esa asosiy harakatMAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>malakalarini erkin qo‘llash ni,yetarli harakat tajribalarini talabqiladi. Biroq, o‘yin mashqlarinio‘tkazish ham ijodiy-ta’-limiy va sog‘ lomlashtiruvchi natijaberadi. Sujetli-harakatlio‘yinlarga nisbatan “Koptokniil”, “Ko‘prik uzra”, “Yo‘lakchadanyur”, “Koptokni dumalat”,“Bayroqcha tomonyugur” va boshqa sujetsiz harakatlio‘yinlar ta’limiy vazifanibajarishi bilan qimmatlidir.O‘yin materialini taklif etishshakli juda muhim. Bu tarbiyachiningbolalarni qiziqtira olishmalakasiga va ularning harakatimkoniyatlariga bog‘liq. Bajarilishioson mashq lar, odatda,qiziqish va e’tiborni jalb qiladi,predmetlar bilan harakat qilishxohishini uyg‘otadi, bajarilganmashq esa bolalarga quvonchva rohat baxsh etadi.Harakatlarni rivojlantirishmashg‘ulotlari mobaynida tarbiyachihar bir mashg‘ulotoxirida keltirilgan lug‘atdanfoydalanishi lozim. Bu nutqmateriali oldindan berilmaydi,balki mazkur mashg‘ulot mobaynidakiritiladi va mustahkamlanadi.Avval har bir so‘zyoki ibora jadval yordamidakiritiladi. Bu materialni bolalarog‘zaki yoki og‘zaki-daktilshaklda qabul qiladilar. Har birso‘zli vazifa bolalar tomonidanbiron bir harakatni bajarishgayo‘llanma hisoblanadi. Mashg‘ulotdavomida so‘zlarni eslabqolish bo‘yicha maxsus isholib borilmaydi. Bolalar so‘zva iboralar mazmunini mashg‘ulotlardatizimli ravishda qo‘llashnatijasida o‘zlashtiradilar.Zulfiya Mamarajabova,Nizomiy nomidagi TDPUKorreksion pedagogikakafedrasi dotsenti15


16 MAKTABGACHA TA’LIM / 9-<strong>2013</strong>TARBIYACHI KUTUBXONASI

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!