13.07.2015 Views

Китобни кўчириб олиш (PDF)

Китобни кўчириб олиш (PDF)

Китобни кўчириб олиш (PDF)

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Abdulla ChimirzayevÓÄÊ: 821.512.133–1ÁÁÊ: 84 (5¡)7Ch 59Mas'ul muharrir:Iqbol MirzoUshbu kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiYoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan nashrgatavsiya etilib, “Ijod” fondi tomonidanmoliyalashtirilgan.Kitob respublika ta’lim muassasalari kutubxonalarigabepul tarqatilinadi.Chimirzayev, Abdulla.Ch59Hayot yog‘dulari: hikoyalar/A.Chimirzayev.– T.: ADIB nashriyoti, 2012. – 94 b.ISBN 978-9943-317-79-6ÓÄÊ: 821.512.133–1ÁÁÊ: 84 (5¡)7ISBN:978-9943-317-79-6 © «ADIB» nashriyoti, 2012© A.Chimirzayev, 20122


Hayot yog‘dulariEZGU AN’ANAMuhtaram Yurtboshimizning «Adabiyotgae’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» nomlirisolasida «Iste’dodlarni izlab topish va ularningiqtidorini ro‘yobga chiqarishda chuqur o‘ylanganusullar, ya’ni aniq mexanizm zarurligini bugunadabiyotimiz manfaatlari talab etmoqda», deganfikr asosiy maqsad-muddaolardan biri sifatida alohidata’kidlangani bejiz emas.Prezidentimiz "Adabiyot masalasi - ma'naviyatmasalasidir" deb ijodkorlar oldida turgan ulkan vamas'uliyatli vazifaga urg'u berarkan, millat kelajagiuchun qalam ahli ham javobgar ekanligiga e'tiborqaratadi:"...agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannumetmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajaginiulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiysaqlamoqchi bo'lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni,buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimizkerak".3


Abdulla ChimirzayevAna shu yuksak e’tibor samarasi o‘laroq, bugungikunda yosh iqtidor egalariga yaratilgan shart-sharoitva imkoniyatlar har qanday ijodkorning havasinikeltirishi tabiiy. Jumladan, «Do‘rmon» ijod uyidaustoz-shogirdlik an’analarini davom ettirishga zaminyaratuvchi ijodiy uchrashuvlar, o‘quv seminarlariniaytish mumkin. Ayniqsa, ezgu an’anaga aylanibulgurgan «Birinchi kitobim» loyihasi doirasida chopetilayotgan mo‘jaz asarlar adabiy hayotimizda ulkanhodisa sifatida e’tirof etilmoqda.Qo‘lingizdagi kitob ham minglab ijodkor yoshlarningichidan saralab olingan, mashaqqatli va serzavqmehnatning hosilasi, umidli yosh ijodkorningdastlabki qadamidir.4


Hayot yog‘dulariYOLG‘IZ KABUTARHalim duduqning derazasiga qarshi tushgan bir uybor edi. Halim u yerda yolg‘izlik yashaydi deb o‘ylardi.O‘sha "yolg‘izlik" erta tongda uyg‘onib olardi, piyolagachoy quyardi-yu, ammo ko‘pincha ichmasdi. Derazapardasi tonggi shabbodani qo‘ltiqlab ichkari tortardi.Sabo "yolg‘izlik"ning sochlarini tortib-tortib bezor bo‘libxonadan qochib chiqardi. Ro‘paradagi ko‘hlikoshyondan sho‘xchan qo‘shiqlar ovozi kelardi. Ammo"yolg‘izlik" doimgidek o‘yinbuzarlik qilib, iyagiga kafttirgab bu xonishlarni xayolchan qarshi olardi. Xonag‘amga botib za'faron tusga kirar edi. Sho‘rlik shamlarba'zan kechasi bilan yig‘layverib, shamdonga yetmaytosh qotib qolardi.Shunday kunlarda Halim duduq ham uyqusidanqolardi. Devorga suyab qo‘yilgan narvonga chiqibolib oyog‘ini osiltirgancha u ham "yolg‘iz"ga aylanardi....U Yumaloq tepaga o‘rladi. Yashillikda oyog‘itoyib boraverdi. Kavshini uchi bilan tosh qidirib oldingamunkiy-munkiy odimladi. Baland tog‘lar toji oq qorbo‘lsa, Yumaloq tepaniki oqtosh edi. Oqtoshga yelkasinibergancha birov o‘tiribdi. Yelvizak uning beqasamchoponi etaklarini qizg‘aldoq bargiday hilpiratadi.To‘zg‘in sochlarini goh u yon, goh bu yon taraydi. Yigit5


Abdulla Chimirzayevcho‘pon tayog‘ini bu tomonga olgancha Halim duduqqajoy berdi. So‘ng ovozini baralla qo‘ygancha baqirdi.– Cha-a! Shoxing singur, cha-a, dedim.Ammo qurg‘ur echki bu do‘qdan hayiqmadi ham,endi quyosh tig‘i yalagan chuchmomalardan, qora boshuko‘kgullardan saralab kavshanib ketaverdi. Ortidanqo‘y-echkilar biri qo‘yib, biri baqirib qir oshdilar.– Uf-f, Halim, shu olabelni bir kunmas bir kunurib o‘ldiraman-da.– Ey, qo‘- qo‘ysang-chi.– Ko‘rmaysanmi buni!– Bek-bekorga ey-echkini sha-ayton qa-qavmidandem-demaydilar-da?!– Hmm, nimasini aytasan. Sening qo‘ylaring qani.– A-a-ana!– Ketdik, birga qo‘shib boqamiz. Ular yolg‘izoyoqyo‘ldan yurib Chog‘ot tomonga yo‘l oldilar. Suruvoldini qayirib tashlab, ikkovi qumloq yo‘lcha ustigacho‘k tushdilar.– Hali-im– Hmm.– Sen ham birovni sevganmisan hech?– E-ey bor-e-e!– Nimadan uyalasan, o‘g‘il bolamiz-ku.– O‘z-o‘zing a-ayt.– Men ham bir qizni yoqtiraman, lekin avval senayt-chi?6


Hayot yog‘dulari– Ney-yega ax-ax...– Kel! Bunday qilamiz, ikkalamiz ham teskario‘tirib, o‘zimizga yoqqan qiz ismini yoza qolamiz.– Bo‘b-bo‘pti.Halim ko‘rsatkich barmog‘ini xatcho‘p qilib "D"harfini yozdi. Bektosh zimdan uni kuzatib turgan ekan,kulib yubordi. U o‘zini mayna bo‘lgan hisoblab, kaftibilan qumdagi yozuvni o‘chirib tashladi.– Ey, od-odam po-podammas ek-ekansan, qo‘y-e.– Qo‘ysang-chi, nimasiga hafa bo‘lasan. Mana, menham yozayapman, – deya Bektosh qumga "Dil" so‘ziniyozdi, zum o‘tmay to‘xtab qolib, so‘radi.– Nega sen yozmayapsan?– Ma-mana, yoz-yozyapman.Yer bag‘irlab qarab turgan Halimning ichiga olovtushdi. Qo‘li beixtiyor yoza boshladi. Bektoshninghayrat bilan qichqirishi uni biroz o‘ngladi.– Hey! Sen yoqtirgan qizning ismi ham "Dil"deya boshlanadimi? Mabodo sen ham qo‘shni qizDiloromni ko‘zlab yurgan bo‘lma tag‘in.Halim mushtlashishda taslim bo‘lgan boladay birqadam ortga chekindi.– Yo‘-o‘q! Mm-en, – deya xayoliga kelgan "Dil"so‘zi bilan boshlanuvchi ismni qizarib, bo‘zarib yozibtashladi. Lahzada hammasi oydin bo‘ldi. Bektosh Diloromniyoqtirarkan, Halim esa o‘zi ham yaxshi tanimaydiganDildora ismli qizni. So‘ngra ular ko‘m-ko‘k7


Abdulla Chimirzayevmaysalarga cho‘zilib uzoq xayol surdilar. Bektosh Diloromningko‘zlarini Qorato‘riqning ko‘zlariga qiyosladi.Halim bunga qo‘shilmadi. Uning nigohini ohunikigamengzadi. Bektosh Diloromning uzun sochlariniotining yoliga o‘xshatdi. Halim tag‘in ham uning fikrigaqo‘shilmadi. – Diloromning sochlari Hasanbuvaninghovlisidagi majnuntol shoxlarini eslatadi, – dedi.Ikkovlon tog‘dan qalin do‘st bo‘lib qaytdi. Biribirinikigatez-tez qatnaydigan odat chiqardi. Ayniqsa,Bektosh bir kunda ikki martalab keladigan bo‘ldi. Do‘stikeldi deguncha onasining hay-haylashiga ham parvoqilmay boloxonaga chiqib oladigan bo‘ldilar. Nimaemish kabutar boqar emish. Bir kuni azbaroyi kuyinganidanonasi koyib, "Otang qiladigan ishni qilsangchi",deb dakki ham berdi. Ammo foydasi bo‘lmadi.Onasi doim shu haqda gap ochguday bo‘lsa tamomtopib olgan gapi bitta: – Kabutar qush bo‘lmaganidafarishta bo‘lar emish. Tomimizda farishta yashasa yomonmi,ona, – deydigan bo‘ldi.Kabutarning Halimga ayon hislati ko‘p edi. Paturputuruchib hammani osmonga qaratar, bu ikki do‘stuchun ayni muddao edi. Bular uchun qishloqninge'tiboridan ham Diloromniki muhim edi. Reja o‘zinioqlay boshladi. Qo‘shni qiz goh derazadan, goh hovlinisupirayotib kabutarlarga so‘ng, yigitlarga jilmayibqo‘yardi. Halim bir kuni qo‘lini soyabon qilib, kabutarlarnikuzatayotgan qizga "Don bersang senga ham8


Hayot yog‘dulario‘rganadi", demoqchi bo‘ldi-yu duduqlanib gapiniado qilolmadi. Uning o‘rniga qizga bu gapni Bektoshchiroyli qilib tushuntirib bera qoldi. Halim osmongaqaradi, go‘yoki o‘zini "farishta"larni kuzatayotganga o‘xshabko‘rsatdi. Aslida o‘z uyidan o‘g‘irlik qilib chiqib, begonabolaga konfetini oldirib qo‘ygan bolaga o‘xshardi.Yaproqlarini yerga to‘shagan kuz ketidan, qish kiribkeldi. Bu orada uchovlon juda ahil bo‘lib ketdilar.Halim odatiga qarshi biroz xushchaqchaq bo‘lib qoldi.Yigit bilan qiz bir-biriga araz qilgan damlarda, umazxarabozlik qilib ularni yarashtirib qo‘yadigan bo‘ldi.Xullas, ular chiroqqa, Halim parvonaga aylandi.Muzlar erib, o‘t-o‘lanlar nish ura boshlagan damlardaDiloromning yovvoyi qalbida ham oppoq boychechakkabi ishq unib chiqdi. Bunga Bektoshning Halimtomonidan tahrir qilingan xatlari sababchi bo‘ldi. Dilorombu xatlarni har kuni burchakdagi xonaga qamalib olib,qayta-qayta pichirlab o‘qiydigan odat chiqardi."...Dilorom, sinf xonamizning derazasidan gullar yanog‘idagitomchilarni quvalab kelgan shabboda yuzingizgaurilib, sochingizdagi bahor iforini dimog‘imga tutgandamen beixtiyor titrab ketaman..." U begona qalb satrlaridanmana shunday sarmast bo‘ldi. Hayot shundayboshlandi. O‘zga qo‘l yozaverdi, bu yoziqni soddako‘ngil dil lavhiga ko‘chiraverdi. Va Bektosh bir qizqalbini qurol-yaroqsiz asir etdi. Bitiruvdan so‘ng hammao‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketdi. Bektosh portfelini9


Hayot yog‘dulari– Halimpolvon, hamsoyangnikida to‘y, sen qo‘yboqib yuribsan.– Qa-qa-qaysi? Ham-hams...– Anovi, Abdumurod juvozkashning qizinichiqarishyapti, dedi shekilli.– Nim-nima? Dil-dil...U shu so‘zlarni gapira turib, Oqtovdan pastgaqarab chopib ketdi, ortidan hech narsa anglolmay Zikirbuva hoy-hoylagancha qolaverdi. Pastda mashinalarkarvoni biri qo‘yib, biri ovoz berib, butun tog‘ni larzagakeltirgancha, qishloqdan uzoqlashib borardi. U jonjahdibilan ular orqasidan yugurdi. Go‘yoki yetibborsa Diloromni o‘zi bilan olib qoladiganday. Avvalcho‘pon tayog‘i, so‘ng choponi qaydadir qolib ketdi.Oqtoshga yetdim-yetdim deganda oyog‘i nimagadirchalishib ketib qulab tushdi. Bu qulash asnosida salqolsa peshonasi toshga urilay dedi. U bir muddatoppoq toshga termulib rasm tomosha qila boshladi.Yo‘qlikning suratini. Keyin o‘sha nuqtadan ko‘ziniuzmay turaverdi. Birdan oppoq silliq toshda o‘z aksiniko‘rib qoldi. Ich-ichidan yig‘ilib kelgan dardli alambilan qichqirib yubordi.– Dilorom, men seni sevaman. Eshityapsanmi?Men seni sevama-an! Keyin birdan boshini quyi solibjim bo‘lib qoldi. Toshlar esa hech qanday duduqlanmayaks-sado qaytardi:– Men seni sevama-an!11


Abdulla ChimirzayevCHO‘LGA TUSHGAN TOSHOsmon urushqoq xotindek qabog‘ini uyib olgan.Boladek mo‘ltillab turgan yulduzlar jimgina yig‘ilibgir-atrofdagi qishloqlarga qo‘nib olgandek edi, go‘yo.U shunday kezlari o‘zini g‘oyat yolg‘iz sezar, qishloqdagitengdoshlari qatori o‘ynab kulgisi, o‘zidan kattasinf o‘g‘il bolalari haqida sirdosh dugonasi bilan pichirlashibso‘zlashgisi, so‘ngra bo‘y qizlarga xos kulishgisikelib ketardi. Garchi ko‘p bo‘lmasa ham chala ko‘rilgantushdek yodida, yakkam-dukkam xotiraga aylanganbolalik chog‘idagi maktab manzarasi dam-badam xayoliniolib qochar, go‘yoki ular ila orzularida yana bolalikchog‘iga qaytgandek bo‘laverardi. Maftuna so‘nggipaytlarda o‘ziga nima bo‘layotganini tushunmas, alholavvalgidan-da ko‘proq o‘ychan bo‘lib borayotganinianglardi.Bugun ham ana shu xayolning domiga tushganMaftunani tobora quyuqlashib borayotgan tun pardasinitebratgan bir ovoz o‘ziga keltirdi.– Maftuna-a! Oting o‘chkur nima qilib yalpayibo‘tiribsan?! Moychiroqni tozalab yoq.Maftuna ilkis o‘ziga kelib, yon-veriga alangladi.Qarasa, choynak qopqog‘i burni bitgan boladek "piqpiq"labturibdi.12


Hayot yog‘dularibattar qahri qo‘zidi. Ho‘ng-ho‘ng o‘pkasini bosolmayotganqizga shapaloq tushirdi, qiz tomiri chirigandaraxtdek yerga quladi. Zarb bilan yerga qulaganzahoti jimjiloq qo‘lidan qayergadir otilib ketdi. Maftunahassasini yo‘qotgan ko‘rdek paypaslab uni axtaraboshladi. Va ko‘rib qoldi. U naqd Hadicha suprachiningoyog‘i ostiga tushgandi. – Barmoq, barmooq!– deya baqirib yubordi Maftuna. Hadicha suprachiqiz ko‘rsatgan joyga egildi-yu, tuproqqa belanganjimjiloqni qo‘liga oldi. Birdan dahshatga tushib qaltiradi.Ko‘zlari o‘ljasiga tashlanishga shaylangan yirtqichdayvajohat bilan qizga qadaldi. Va ilkis o‘rnidan qo‘zg‘aldidao‘choq ichida qizib turgan kasovni qo‘liga oldi.Qiz uning bu harakatlaridan yomon bir mujdani anglagandekbo‘ldi. Jon holatda tisarilib qochmoqqa shaylandi.Ammo ulgurolmadi. Yelkasiga tekkan kasova'zoi-badanini kabob qilib yubordi. Nihoyat u arslonchangalidan qutulgan ohu misoli tun ichra g‘arq bo‘ldi.Ortidan otilgan kasovga chap berib qoldi. U yig‘ito‘la ko‘zlari bilan mehribon onasini eslatuvchi chiroqlarsari intildi. Bor kuchini oyoqlariga berdi. Yalang oyoqlaritikonlar-u xas-cho‘plarni ayovsiz yanchib boraverdi.Hadicha suprachining shang‘illagan tovushi borgan saripasayib yo‘qolib borardi. Maftuna kichik enasi Hadichanicho‘kkalab qarg‘ayotganini tasavvur etar, shundaybo‘lsa-da uning yugurik oyoqlari chopishdan to‘xtamas,nigohi chiroqlar yog‘dusidan bo‘lak hech narsani ko‘r-17


Abdulla Chimirzayevmasdi. Borgan sari Maftunaning chopqirligi so‘na bordi.Endi uning tovoniga to‘lgan tikonlar yurishni og‘irlashtirayotgandekbo‘laverar, bu ham kamdek qayoqdandirpaydo bo‘lgan yelvizak atay qilgandek uningog‘riqli yelkasiga turtinib o‘tardi. Qiz ancha yo‘l bosdi.Shunga qaramay boyagina yaqin ko‘rinib uni chorlabturgan chiroqlar borgan sari yiroqlashayotgandek tuyulaboshladi. Turtina-turtina nihoyat, tuproq yo‘lga chiqibqolganini angladi. Oyog‘i bir dam orom oldi. Kepakdekmayin tuproqni elab boraverdi. Tovoni og‘ridi, zirqiradi,lekin yuraverdi. Bir payt ortidan u tomon ikki chiroqnijadallik bilan yaqinlashib kelayotganiga ko‘zi tushibto‘xtab qoldi. O‘sha chiroq goh ko‘rinib, goh ko‘zdanyo‘qolib u tomon oshiqardi. Nihoyat, uning ovozi hameshitildi. Chorak soatlardan so‘ng uning qarshisigakelib to‘xtadi. Bir muddat turib qolgach, eshigi ochilibichidan barvasta odam tushdi. Va qizga biroz hadikaralash murojaat qildi.– Hoy qiz! Bu yerda nima qilyapsan?– ...– Jinmisan, arvohmisan?– ...– Qoch yo‘ldan o‘tib ketaylik. Haydovchiningyalinish-u dod faryodi bekorga ketdi. Qiz miq etmayturaverdi. Shofyor kabinaga bosh suqib signal chaldi.Shunda qiz bo‘shashib, shilq etib tuproqli yo‘lga qulabtushdi.18


Abdulla Chimirzayevmaganda supirishdan to‘xtab qolgan qizga ko‘zi tushib,hovliqib ichkari kirib ketdi. Lahza o‘tmay onasi bilanchiqib keldi.– Nimalar qilyapsan, qizim?Qiz supurishni ham, supurmaslikni ham bilmay yergaqaradi.– Qo‘yaver o‘zim eplayman. Qiz bu gapdanso‘ng, muzqaymoq uchun pul olgan boladay suyunibketdi. Yarimta jilmayib tez-tez supurishga tushdi.– Ena, bu kim?– Bir qiz-da!– Qayerdan keldi.– Cho‘ldan...Ayol sochlarini to‘g‘irlay-to‘g‘irlay o‘g‘liga gapiribostona hatlab uyiga kirib ketdi. Ortidan savolini qo‘ymayo‘g‘li ergashdi. Zum o‘tmay ayol qaytib chiqdi. Qizningkasov yaralagan yelkasiga ro‘mol yopdi.Kun tug‘di. Maftunaning boshida quyosh charaqladi.U deb ko‘rdilar, bu deb ko‘rdilar Maftuna gunggaaylanib oldi. Kimning qizi ekanligi va kelgan joyinoma'lumligicha qoldi.Ayolning mehri tushdi. Qiz epchilgina chiqdi. Nonyopdi. Ovqat qilib, choy damladi. Tovuqlarga donsepdi. Sigir sog‘di. Tappi qildi. Xullas qo‘lidan ishinioldi. Maftuna kelgan xonadon ikki o‘g‘illi bo‘lib, qizva kelinlari yo‘q ekan. Shundanmi u aziz bo‘ldi. Hovlionasi erkalab qizim, deb chaqiradigan bo‘ldi. To‘ng‘ich20


Hayot yog‘dulario‘g‘il tortinib singlim deydigan bo‘ldi. Tengdosh o‘g‘ilna erkalab, na tortinib U deya atay boshladi.Qishloq avval iymandi. Ajablandi. Axiri o‘rgandi.Bu orada qo‘shni bolalar qiliq chiqardi. "Bek akamningxotini, Bek akamning xotini" deya uning jig‘iga tegadi.Qiz burilsa gurr qochadi.Hafta o‘tdi, oy o‘tdi bir kun eshikdan otasi kiribkeldi. Maftunaning qo‘lidan suv to‘la chelaklari tushibketdi. Otasi savol nazari bilan nigoh qadadi. Qizo‘ng‘aysiz bir holatda qoldi. Chelagini unutib oshxonagayugurdi. Otasi Xolmirza cho‘pon nimadir demoqchibo‘ldi, ammo negadir aytolmadi. Ko‘zlaridan bir tomchiyosh yumalab tushdi. Otasi bilan uy ichilar nima gaplashdi,nima qarorga kelindi, u bilmadi. Kutilganday eshiksharaqlab ochilib, xonadon bekasi kirib keldi. Uniotasiga topshirdilar. Cho‘ponning qiziga mehribonligiMaftunani tashvishlantirdi. U hech avval otasini buahvolda ko‘rmagan edi. Maftuna xonadon bekasigaginali-ginali qaradi. U qizni quchib peshonasidan cho‘lpcho‘lpo‘pib xayrlasharkan ko‘zlariga to‘lgan yoshniko‘rsatgisi kelmay ters o‘grilib ketdi. Akasiga boqdi.U yer chizib turaverdi. Najot izlab, tengquriga boqdi.Undan na xafalik alomatini uqdi, na xursandlik. Mashinaorqa o‘rindig‘idan nolishli-nolishli qarab ketdi. Ulartobora uzoqlashib nuqtaga aylana bordi va yoshlarigako‘milib ketdi. Yoshlarini ro‘molining uchi bilan artarkanburilib o‘rindiqqa to‘g‘ri o‘tirdi. Ammo yig‘layverdi.21


Abdulla ChimirzayevOtasi oynadan qarab ketaverdi. Qizini ovutishni ham,ovutmaslikni ham bilmadi. Zumda yetib kelishdi. Ularniyuzlari ko‘kargan, qo‘liga 4-–5 yoshli o‘g‘ilchasini ko‘-tarib olgan ayol qarshi oldi. Rostmi, yolg‘onmi bag‘rigabosib, yelkasiga qoqib qo‘ydi. Ayolning qo‘lidan o‘zigaintilib turgan bolani olarkan, tabiat gung qizga til ato etdi.Bola esa Maftunani o‘zidan ham sochlarini sog‘inganekan shekilli, kokillarini torta ketdi. Ular ichkari kirishdi.O‘gay onasi o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. UMaftunani erkalar, avaylar edi. Otasi qo‘y so‘ydi. Onasiovqat pishirdi. Dasturxon boshida gap aylanib, o‘shakungi voqealar yodga olindi.– Sherbek bolam mening, shaytoncham mening!O‘ynab borib somonxonadagi qo‘zilar oxurida uxlabqolgan bolam mening, – deya erkaladi onasi.– Voy u yerga bir necha marta kirgan edik-ku!Essiz, oxurga qarash xayolimga kelmagan ekan. Undahaligi jimjiloqchi?– Ha! U-mi? Kunduz kuni ataylab borib ko‘ribkeldim, o‘lsin tipratikanni, tulkimi, bo‘rimi, nimadirong tashlab tutib yegan shekilli.– Voy o‘lmasam! Panjalari yosh bolaning izlarigarosa o‘xsharkanda!– Hmm! Hayriyatki daragingni topdik. Otang salqolsa seni deb meni o‘ldirib qo‘yayozdi, – dedi Hadichasuprachi yuziga ishora qilib. Maftuna esa bilintirmayyelkasidagi kasov chandig‘ini ushlab-ushlab qo‘ydi.22


23Hayot yog‘dulariOtasi bu gapning ko‘p cho‘zilishini xohlamadi shekilli,dasturxonga duo o‘qib qo‘ra boshiga ketdi. Ular hamko‘p o‘tirishmadi. Chunki gap-gapga qovushmadi. Joyhozirlashib uyquga ketishdi.– Hadicha suprachi sahar mahal ko‘z ochdi. Xonaqorong‘usi sabab, gugurt yoqishni buyurmoqchi bo‘ldi.– Maftuna, tur chiroqni yoq!–dedi. Qiz miqetmadi. Yoniga qo‘l uzatdi. Ko‘rpasini tortib oldi,shunda ham turay demadi. Jahl aralash qizni uyg‘otmoqchibo‘lib yonboshga siljidi. Dafa'tan paypaslaniblol qoldi. So‘ng yorishib kelayotgan tong g‘uboridatashqariga otildi. Qishki chetan yonidan halloslab tuproqliyo‘lga chiqdi. Tuproq yo‘l bo‘ylab bir iz olislab ketgandi.Uni ortidan ergashdi. Eski soy o‘zani qarshisigayetib to‘xtab qoldi. Yuzlariga ilk quyosh nuri urildi."Hayriyat" deya chuqur so‘lish oldi. Lablari, yuzlari vako‘zlariga kulgi yoyildi. Yosh boladay o‘ynab yuboraydedi-yu yana eri ko‘rib qolib savalashidan qo‘rqdi.Shuning uchun tiliga kelgan gaplarga ohang beribpichirlay boshladi: "U bir tog‘ qo‘ynida do‘lana soyasida,yalpizning labida tug‘ilgan shabboda. Shundanmishamolni jilovlab bo‘lmaydi. Xudo xohlasa u qaytibkelmaydi. Ure-ey! Shamolni jilovlab bo‘lmaydi... "OMONAT YULDUZLARFaridaxon ena yetmishdan oshgan bo‘lsa ham halitetik, orasta ayol. Ammo u bir umr aybdordek kun


Abdulla Chimirzayevkechirdi. Garchi hech kim unga qo‘l niqtab kam-uko‘stini sanamasa ham, o‘zini xuddi keraksiz buyumdayhis qilaverdi. Har safargidek bugun erta tongdan hovlijoyni supurib-sidirib ro‘zg‘or ishiga g‘arq bo‘lib ketolmadi.Munkayib qolgan bo‘lsa-da cholining ko‘ziga botinibqarolmasligini o‘yladi. Tunning sovug‘i o‘tirgan vashudring qo‘ngan supaga cho‘karkan tomning shipidagiixchamgina bejirim qilib qurilgan musichaning iniga boqdi.In ichidagi hurpayibgina o‘tirgan musichaga ko‘zi tushdi.U xuddi uyqusizlikdan qiynalganday har zamondatumshug‘ini osmonga ko‘tarib patlari orasiga suqar, so‘ngrabir silkinib olib jim qotardi. Uning bu ahvolini kuzatibo‘tirgan Farida ena ko‘nglida musichaga nisbatan iliqliksezganday bo‘ldi. Mehri iyib pichirladi: – Ha, jonvor,sen ham uxlolmadingmi? Hechqisi yo‘q, mana tongham otay deb qoldi. Yana quyoshni ko‘rasan. Osmonuzra parvoz qilasan. Uchish qanchalar yaxshi, mendaham qanot bo‘lganda edi. Allaqachon uzoq-uzoqlargabosh olib ketgan bo‘lardim. Lekin men bu uyni yolg‘izqo‘yib ketishdan shunchalar qo‘rqamanki, go‘yoki menbo‘sag‘a hatlasam kimdir o‘rnimga kirib oladigandek...* * *Loy suvoqli uyda uzun qora sochlarini ohista tarar ekan,ko‘zguga alam bilan tikilib Farida singlisiga so‘z qotdi.– Shunaqa ham xunuk bo‘lamanmi, sochlarimniaytmasa...24


Hayot yog‘dulari– Unaqa demang, opa-a! Siz hammadan suluvsiz,– dedi Latofat uzun kipriklarini ninachining qanotidaypirpiratib.– Aldama, ko‘zim ko‘rmas-ku, koshki so‘zlaringgaishonsam.– Voy, nega unaqa deysiz, chiroylisiz-ku!– Qani aytganing rost bo‘lsa, sendagi husnningatiga yarmi menda bo‘lsa, –deya Farida chindan adashmadimmikan,degandek ko‘zguga qattiq tikilib qoldi.– O‘zimni opajonim-ey, hech o‘kinmang, siz o‘ntaLatofatdan odobli va go‘zalsiz, faqat buni mahallamizningahmoq yigitlari bilishmaydi, xolos. Hali ko‘rasiz sizniaqlli va ko‘rkam shahzoda sevib qoladi. Oq otidakelib sizni uzoq-uzoqlarga olib qochib ketadi...Shu payt Latofatning gapini, hovlini o‘rab turganqalama toshlarning qulagan ovozi kesdi.– Kimdir yuribdimi?– Yo‘g‘-ey opajon, tun yarmidan oshdi. Bu mahaldakim ham yurardi, qo‘shnimizning itidir-da! Gapbilan o‘tiraveribmiz qarang, – deya Latofat beparvosham yoniga borib puflab o‘chirdi-da, paypaslab joyinitopib cho‘zildi. Lahza o‘tmay derazaga mayda-maydatoshlar uchib kelib tega boshladi.– Latofat, –dedi Farida tim qorong‘u tunni o‘zidaaks ettirgan derazaga hayron boqib.– Hmm!– Qo‘shnimizning iti tosh otishni biladimi?25


Abdulla Chimirzayev– Yo‘-o‘q!– Qara bo‘lmasa, hovlimizda begona kuchukyuribdi.– Nega endi men?– Chunki bu uy atrofiga aylanadigan itlarningaksari seni izlab keladi-da.– Kesatmang opa-a!– Rost-da.– Balki sizgadir?– Bo‘lishi mumkin emas. Mana yigirma yettigachiqqan bo‘lsam hamki, u mo‘jiza ro‘y bergan emas.– Nega unaqa deysiz, Abdukarim-chi?– Qaysi?– Qo‘shni mahallalik pochtachi yigit.– Yo‘q, u bilmasdan… - "seni menga adashtirgan"deya aytolmay tutilib qoldi.– Yo‘q, lof aytasiz, sizda ko‘ngli borga o‘xshovdi.Keyin qarashini...Yana derazaning chertilishidan qizlar hadik olgankaklikday jim bo‘lib qolishdi. Tashqaridagi sharpaxira ovoz bilan pichirladi.– Latofat, Latofa-at?– Kim u? – dedi Farida zarda ila.– Latofat, o‘zingizmi?– Ha-a, siz kimsiz?! - deya ayyorlik bilan rolgakirishdi Farida.– Men Zarifman, eslaysizmi?26


Hayot yog‘dulari– Yo‘q! – bu safar Latofatning o‘zi tilga kirdi.– Anavi-chi, Do‘kurlik qassob... haligi paxtadatanishgandik-ku. Endi esladingizmi?– Eslolmadim, keting!– Iltimos, bir daqiqaga chiqolmaysizmi?– Keting dedim, bo‘lmasa akamni chaqiraman.– Axir...– Aka-a-a!–Xo‘p, xo‘p. Faqat erta tush payti buloq boshidakutaman. Derazadan sharpa yiroqlashganiga amin bo‘lishuchun bir muddat sukut saqlab turishdi.– Yomonsan Latofat, bolani majnunga aylantiribqo‘yibsan-ku.– Ey, qo‘ying, opa, shunaqa gaplarni. Undan ko‘rauxlaylik, ~ deya yalingan bo‘ldi singil.– Endi uyqu kelarkanmi? – Battar hujumgao‘tdi Farida, – Ayt-chi u kelishganmi?– ...– Nega indamaysan? Senga yoqadimi?~yanategajaklik qilishda davom etdi opasi.– Ey, tinch qo‘yasizmi, yo‘qmi?! Bo‘ldi uxlang.– Gapirmasang, gapirma qizg‘onchiq. – Faridagaalam qilib ko‘rpaga burkanib oldi. Dam o‘tmay ovozsizyig‘lay boshladi.* * *Farida tun bo‘yi to‘lg‘onib chiqdi. Go‘yo ichigabir ilon kirib olib, zahrini kimga socharini bilmay, so‘ng27


Abdulla Chimirzayevo‘zini-o‘zi chaqib endi jon talvasasida to‘lg‘anayotgandekedi. Tong-sahar katakdagi xo‘rozlar tengi uyg‘ondi.Uni uyg‘ondi deb ham bo‘lmaydi. Chunki uxlaganiyo‘q. Shu sabab turdi desak, to‘g‘ri bo‘lar. Bugunko‘proq tozalik va har kungi amal yuzasidan emas,aksincha, ko‘zidan to‘xtamayotgan yoshini yashirish bahonayuziga suv urdi. So‘ng o‘zini ovutmoqchi bo‘lib, og‘ilxonagakirib sigir sog‘di. Tovuqlarga don sepdi. Lekinsoy yoqasiga tushib suv keltirishdek odatiga istisno qildi.Nonushta tayyorladi. Hech narsadan xabarsiz ota bugunkundagidan erta uyg‘ongan qizini alqab-alqab ishgaketdi. O‘zini beparvodek tutishga urinib urchug‘ ygirayotganopa zimdan singlisining xatti-harakatlariga bahoberardi. Go‘zal singlisi "Oppog‘oy" likinglab u yoqdanbuyoqqa yurdi-da, nima ish qilarini bilmay Faridaningyoniga cho‘kdi. Lekin opasining ko‘zlariga qaray olmadi.Gap gapga qovushmagach, ozroq qo‘y junlarini titishganbo‘lib, yana xonasiga qamalib oldi. Farida uni ortidankuzatib qolar ekan,xayoli o‘zida emas, degan qarorgakeldi. Chunki uning harakatlarida ertasi kuni to‘ybo‘ladigan kelinchakning holatiday besaramjomlik aksetib turardi. Aftidan u tush bo‘lishini ya'nikim, kun tikkagayetib qatnov tinishini kutardi. Buni qarang-ki, saratonkunining qoq o‘rtasida Latofatning yodiga paqirlar bo‘shekanligi kelib qoldi. U chelaklarni bilagiga qistirib soybo‘yiga oshiqdi. Lekin nechukdir ko‘ngli to‘lmay ortigabot-bot qarab ketaverdi.28


Hayot yog‘dulari* * *Bu holni opa bo‘lmish Farida sezmay qoldi. Ilg‘amayqoldi. Aftidan u o‘z ishiga shunchalar berilgandiki, boshko‘tarib qarashga fursat topmadi. Nimagadir u kutilmagandaqo‘lidagi urchug‘ini bir chetga qo‘yib, etaginiqoqib-qoqib singil ketgan tomonga ravona bo‘ldi. Ammoizma-iz ketdi deyish noto‘g‘ri bo‘larov, chunki u serdaraxtjoydan bitta-bitta qadam bosib, xuddi tikon kiribketishidan cho‘chigan kishiga o‘xshab o‘ta ziyraklik bilanatrofga nigoh tashlab odimladi. U soyga yondosh biroqtushish uchun ancha tiklik qiladigan joyga yetib to‘xtadi.Lekin ko‘zlar nimanidir, yoki kimnidir qidirardi. Shuyaqindagi bir toshning ustiga chiqib o‘tirdi-da, iyagigakaft tirgab shu narsaga muqim tikilib qoldi. U yerdaesa bir qiz bilan yigit suhbatlashib turishardi. Keyinyigit qiz qo‘lidagi chelakka suv to‘ldirib uzatdi. Qizta'magirlik qilib paqirdagi suvni yigitga sepdi. Yigitham qo‘lidagi hali to‘lishga ulgurmagan chelakni "manasenga" degandek hammasini sepib qo‘ya qoldi. Ikkalasibu sho‘xlikdan keyin, suvga tushgan mushukdek dildirabyapaloq tosh ustiga o‘tirib olib quyoshda toblanishdi.Ular bir-biriga shunchalar yaqin o‘tirar ediki, orasidanqil ham o‘tmasdi desak, mubolag‘a bo‘lmas. Aynan shuholat yuqorida bu ishlarga jonli guvoh bo‘lib turgan qizningallaqanday rashkini keltirar, ko‘rinishidan ularninggaplarini tinglay olmagani uchunmi? Yoinki u qizning29


Abdulla Chimirzayevo‘rnida o‘zi bo‘lolmasligi uchunmi, lablarini tishlab ularninghar bir xatti-harakatini qattiq e'tibor ila kuzatib turardi.Bu sokin shovqindan onasining cho‘ziq yo‘qlovchi tovushiqizni chaqirib oldi.– Farida-yu, hoy Farida, Latofa-at!Bu tovush quloqqa yetishi bilan Farida dik etib,joyidan qo‘zg‘algancha oyog‘ini qo‘liga olib uyiga chopibketdi. Hovlisi sari tikonli simning uzilgan joyidan yengilginahatlab kirib borar ekan. Enasi– Ha yashshamagur, qayoqlarda sandiroqlabyuribsan, ~ deb koyidi.– Buzoq jildirayotuvdim.– Singling qayerda?– Bilmadim, – Farida yelkasini qisdi, ~suvgaketgan bo‘lsa kerak!– Tez bo‘l, oshxonaga qara. Hamma yoqni tovuqlarkirib vayron qilibdi. Biroz hovuridan tushib gapirdi.– Ona qizim, o‘zing aqllisan-ku, seni hadeb tergabyotishim shartmi?– Yo‘q, enajon.– Unda bilib-bilib ishingni qil, qizim.–Xo‘p, ~ u astagina boshini egib jo‘nab qolayotganedi, enasi: – Pari qizim, deb qoldi.– Ha.– Bugun uyimizga mehmonlar kelishadi tuzukkinaqilib chuchvara tugib qo‘yinglar.Farida "mayli" degandek oshxonaga kirib ketdi.30


Hayot yog‘dulari* * *O‘sha kuni Latofat hech qanday o‘zgarishsiz uyigaqaytib keldi. O‘zgarishsiz deganimizki, na yuzidauchrashuvdan mamnunlik kayfiyatini, na xafaligini bilibbo‘ladi. Tabiiyki, bu borada opa singildan o‘zsa- o‘zadiki,aslo ortda qolmaydi. Farida go‘yo bu uydan hechchiqmagan, kuni bo‘yi xona ishi ila banddek tutdio‘zini. Kutilganidek bu to‘g‘rida hech qanday gapbo‘lmadi. Hatto ko‘ylaging nima uchun ho‘l deyaso‘raydigan odam topilmadi. Faridadan farqli o‘laroq,onasi tuzuk e'tibor ham bermadi.Oqshom cho‘kib, opa-singilni qo‘li-qo‘liga tegmadi.Hali choy qaynat, hali chuchvara suz. Doim mehmonkelsa chaqirib, uning ishchanligini namoyish qiladiganonasi, bu safar oshxonaga qamab qo‘ydi. Bu mehmonnavozliknisinglisi maromiga yetkazib ado etdi. Vanihoyat mehmonlar tarqab opa-singil horg‘in holdaxonasiga kirib ketdilar. Lekin nimagadir anchagachaikkovining ham uyqusi kelmay xayol vodiysida telbalikkada'vosirab kezindi. Biri ancha kundan beri kutganuchrashuvning taassurotlarini bot-bot xabarlar ekan, gohu yon, goh bu yon ag‘darilib yotdi. Yuragi baxt soyasiningizini quvlab chopaverib sal bo‘lmasa to‘shini yorib chiqqudayqo‘zg‘alon ko‘tardi. Biri esa zamin yopinib olgan,tim qora tun atalmish to‘niga tushgan hisobsiz mutalarningg‘imirlashiga deraza oynasi orqali guvoh bo‘larkan,31


Abdulla Chimirzayevkecha singlisini so‘rab kelgan shahzodani bugun uningo‘zini yo‘qlab kelishini kutib yotardi. U naqadar xushbichim,kelishgan huddi tushlarida ko‘rgan yigitga mengzashibketardi. Tikilib yotib tobora ichi qizirdi. Xuddiunga uchrashuv va'da qilib kuttirayotgandek, "nega endikelmayapti?" deya toqatsizlanardi. Yuragi ichkaridanayamasdan mushtlayverar, chuqur xo‘rsinish bilan budardni kamaytirayotgandek bo‘lardi. So‘ng bo‘g‘zigatiqilib kelayotgan achchiq alamini yengish uchun ko‘rpasiningbir burchini mahkam tishlab olardi. Ko‘zlaridanyumalagan yosh ko‘rpacha astariga singib ketardi.* * *Bu tun ham hordiq bilan o‘tmadi. Uxlab uxlolmadi,bedor bo‘ldi-yu uyg‘oq bo‘lolmadi. Tonggacha o‘zo‘zibilan kechgan kurashda, goh yon berdi, goh o‘zinioqladi. Yon bergani gulday singlisini ko‘zi qiymadi.To‘g‘ri-da, singlisi shuncha yigitlar ichida o‘shani tanlasayubu kishim hech narsadan hech narsa yo‘q, tomdantarasha tushganday yigitini undan rashk qilsa. Bir ko‘nglitavba, u meni tanimaydi ham-ku, nimani umid qildimbilmayman. O‘lay Farida bu kuningdan o‘l, singlinggahavas qilishni o‘rniga hasad qilyapsan, bundanam battarbo‘l, desa. Bir ko‘ngli, ho-o! Nega endi singling senturmushga chiqmasdan burun qalliq o‘yin qilib yuribdi.Nima xunuk bo‘lsang,sen qiz emasmisan? Sendako‘ngil yo‘qmi? Yo‘q aslida sen ham baxting uchun32


Hayot yog‘dularikurashishing kerak. Suvga singlingning o‘rniga senborishing kerak edi. Balkim u seni yoqtirib qolganbo‘lardi, degan xayollar tinchlik bermasdi. U shu tariqatong ottirib yubordi.Choshgohda onasi hovli o‘rtasidagi so‘rida chigittozalayotgan qizlarining yoniga cho‘kib ularga ko‘maklashishbahona yorilgan bo‘ldi. U gapni uzoqdan boshladi.– Farida, ona qizim, taqdir ekan seni shu paytgachakuyovga chiqara olmadik, ~ u har doimgidanda yumshoqroqva dardkash ohang ila davom etdi. – Ammobizni ham to‘g‘ri tushun, seni o‘ylab singlingning baxtinibog‘lashimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.– Nima gap o‘zi ena? – dedi Farida hech narsagatushuna olmay. Bu gap Latofatning ko‘nglidagi gap bo‘lganiuchun ham kiprik qoqmay onasini og‘zini poyladi.– Otangni tegirmonchi Asqar degich o‘rtog‘i bor-ku,o‘shani uli borakan. Shundan Latofatga kelishuvdi, bizotang bilan kelishib rozilik berdik. Yaxshi oila, undan keyin...Rajaboy xolani gapi og‘zida qoldi. Latofat ho‘ngrabyig‘lagancha uyga kirib ketdi. Onasining: – Nimagap, degan savoliga Farida javob berolmay dovdiradi.So‘ngra har doimgi usul joniga oro kirdi. Yelka qisib,- bilmadim, deyish bilan qutuldi. Onasi yumushiniyig‘ishtirib kenja qizi izidan, dahlizga kirib ketdi. Ko‘po‘tmay ichkaridan:– Men unga tegmayman, - deb zorlangan qizovozi quloqqa chalindi. So‘ngra bunga javoban sababi33


Abdulla Chimirzayevso‘raldi. Qiz tushmagur ham tap tortmay: «Meningko‘nglim boshqada», ~ deb yubordi. Shu mahal tarsakiovozi eshitildi. Qizning yig‘i ovozi bir parda ko‘tarildi.Shunda onasining: – Tegasa-an! Egachingga o‘xshabqariqiz bo‘b qolib ketishni xohlaysanmi? Jim bo‘l,yig‘lama-a! Men ham otangni chimildiqda ko‘ribsevganman. Mana o‘lganim yo‘q. Ko‘z tegmasinbinoyiday yashab yuribmiz. Hayotimiz yomonkechayotgani yo‘q, xudoga shukur. Endi gap bunday,g‘idi-bidingni otang eshitmasin. Seni ham, meni hamso‘yib qo‘yadi-ya!» deb uy eshigini zarda bilan yopibhovliga chiqib ketdi. Qiz yig‘idan to‘xtay demasdi.Farida asta o‘rnidan turib singlisi yoniga keldi. Nimadeb yupatishni bilolmay sochlarini siladi. Latofat esaopasini birdan bag‘riga tortar ekan o‘kirib yig‘labyubordi. Birozdan so‘ng opa-singillar birgalashib yig‘layboshlashdi.* * *Farida ezildi. Bu safar o‘zini o‘ylab emas,balkisinglisini o‘ylab ezildi. O‘zini-o‘zi yomon ko‘ribketganidan o‘tgan kunlar davomida o‘ziga qandayjazo berishni bilmay yurdi. Kechqurun singlisi bilangaplashib o‘tirar ekan, Latofat:– Opajon, bir gap aytaman, hech kimga churq etibog‘iz ochmaysiz, ho‘p! ~ dedi u Faridaning ko‘zlarigasinchkov nazar solib.– Mayli.34


Hayot yog‘dulari– Zarif akam meni obqochib ketmoqchilar.Dahlizda qandaydir g‘o‘drangan bo‘g‘iq tovusheshitildi. Opa-singil buni to‘la idrok etishga ulgurmay,ikki tabaqali eshik shiddat bilan ochilib, bo‘sag‘adasharpa paydo bo‘ldi. Zum o‘tmay kelib qizga changsoldi.– Sen ahmoq, sen tentak birovga aytilgan qiz,bizning yuzimizga oyoq qo‘ymoqchimisan! – qiziniyumdaladi Rajaboy xola. Shunda opa chidolmadi.Singlisi himoyasi uchun o‘rtaga tushdi. Orada u hamtarsaki yeb qoldi. Ammo chekinmay singlisini bag‘rigabosdi. Noiloj qolgan onasi xonani tark etdi. Shundanso‘ng Latofat uy qamog‘iga hukm etildi. Endi tashqaridagibarcha ishga Farida band qilindi. Bu oradaRajaboy xola kenja qizini tergashga tushdi. Bundanto‘ng‘ichi bexabar qoldi.* * *Tun edi. Atrof sokin va jozibali ko‘rinardi. Aldoqchibu ko‘rinish ortida ham hayot kunduzgiday davometardi. Faridalarning uyida ham shunday sokinlikyashirin edi. Kechki ovqatdan so‘ng Faridaga onasibuvisining paranjisini berib, yopinib olishni buyurdi.Farida nima sababga ko‘ra bunday qilishini tushunmasaham itoatkorona buyruqni bajardi. Hovli chetidagitutzor oralab onasining ketidan poyma-poy ergashibborar ekan, – Ena qayoqqa, ~ deya shivirladi. Onasi35


Abdulla Chimirzayevmuhim topshiriqni ado etayotgandek, ko‘rsatgichbarmog‘ini lablari ustiga qo‘yib "tss", deb yetaklabketaverdi. Farida onasining harakatlaridan yomon birmujdani uqqandek bo‘lib, yalinishga tushdi.– Enajon, qo‘ying kerakmas! ~ dedi ojizginadepsinib.– Bas qil, hozir men aytgan ishni qilasan, tushundingmi?!– Ena, axir...– O‘chir dedim! G‘ing deb ovoz chiqarmaysan!Men aytgan joyga borib turasan. Kuzatib o‘tiramanagar ishni pachava qilsang, o‘zim sochingni bittalabyulib olaman. Qani tez bo‘l, hadeb alanglayverma,orqangga qarama.Farida ming qo‘rquv bilan otuvga hukm qilinganqulday yurib ketdi. Uning oyoqlariga yurish uchundov-daraxtlar va toshlar to‘sqinlik qilayotgandek edi.Sutday tiniq oy yorug‘ida hamma narsa shubhali ko‘rinar,bu esa uni tahlikaga solardi. Ammo u hozir yurmasa,orqadagi qurol o‘qtalib turgan odamning o‘qi ko‘kraginiteshib o‘tadigandek his qilardi o‘zini, shu alfozda soyyoqasidagi eski yo‘lga chiqib keldi. Va qaltiray-qaltiraybiroz oldin onasi tushuntirgan toshning ustiga chiqiboldi. Bu vaziyatda qilayotgan ishi to‘g‘rimi, noto‘g‘rimibilolmas, biroq ho‘ng-ho‘ng yig‘lar o‘pkasini bosolmasedi. Uzoqdan muyulish bo‘ylab ot dupiri eshitildi. Otyaqinlashgan sayin uning yuragi battar hovliqa boshladi.36


Hayot yog‘dulariUni qandaydir qo‘rquv, hadik va ayni chog‘da biroztavakkalchilikka moyillik chulg‘ab oldi. Ot uning yonigayaqinlasharkan, oz-moz sekinlagan bo‘ldi. Bu oradaFarida onasining so‘nggi topshirig‘ini ado etib, yuzigaparanji chimmatini tushurib oldi. Chavandoz ham abjirchiqdi. Shu keluv asnosida tosh labida turgan qizni,quchib oldiga o‘ngargancha otga qamchi bosdi. Qizniyig‘idan to‘xtamayotganini fahmlagan yigit unga daldabermoqchi bo‘lib, – Ko‘rasan ular bizning bu qilmishimizni,albatta, kechirishadi. Vaqti kelib ular birozhovuridan tushgach, bosh egib boramiz. Egilgan boshniqilich kesmas deydilar. Ularni muhabbatimiz chinligigaishontiramiz. Hali ko‘rasan, hammasi unut bo‘lib ketadi.Faqat sen va men, o‘zimning Latofatim ortiq yig‘lamagin,bo‘ldi jonim, bo‘ldi...* * *Shu payt tashqari eshik shamol ta'siridan sharqetib ochilib ketdi. O‘y-xayolida kechayotgan o‘tmishxotiroti, birdan jonlanib ketgandek tuyuldi. Farida enaqattiq seskanib tushdi. Bu sarosima Farida enaningvujudiga nohushlik keltirdi. Nafasi bo‘g‘ilib chapko‘kragida qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Ko‘z oldi tinibyer gir-gir aylanar, shamolda u yoqdan-bu yoqqaborib kelayotgan eshik "g‘iyq-g‘iyq"ida ajal xonishiyangrar, go‘yo bu eshikdan alamzada Latofat otilibkirib, unga chang solayotgandek, – meni kechir, deya37


Abdulla Chimirzayevpichirlay boshladi. Ko‘zlari esa osmon sahnidan toborao‘chib borayotgan omonat yulduzlarga tikilib qoldi.Kutilmaganda cho‘loq musicha pir etib, osmongako‘tarildi. Ranggi dokadek oqarib borayotgan kampirniparvona misol pir-pir aylanib uchdi. Biroq u hardoimgidek, jilmayib qo‘l silkitmadi. U yana bir-ikkibor aylanib uchib, qadrdon kampir yoniga qo‘ndi.Maymoqlanib Farida enaning qo‘llari sari odimladi.Biroq kaftiga chiqib hayron turib qoldi. Mehriboniningqo‘llari avvalgidek iliq emas edi. U nima qilarinibilmay "ku-ku, ku-ku"deya ovoz chiqardi...HAYOT YOG‘DULARIMen onamni eslolmayman. Sharif buvamningaytishicha, onam meni dunyoga keltirib, olamdan o‘tganekan. Bu voqeaga ham mana o‘n yetti yil bo‘libdi. Budavr ichida otam boshqa ayolga uylandilar. Aniqrog‘i,uylanganlar. Men buni eslay olmayman. Chunki judayosh bo‘lganman. Avvallari o‘gay onamning o‘gayliginibilmasdim. Lekin yuragimning bir burchida doimo onammeni ukalarimdek yaxshi ko‘rmasligini sezib turardim.Chunki xohlasam, xohlamasam onamning menga nisbatanqilgan xatti-harakatlari meni shunday fikrlashga undardi.O‘gay onamni yomon ayol emas deydi orqavarotdanbilgan odam. Nega dersiz? Chunki kichkina onambegona kishilar va dadamning oldida meni shunday38


Hayot yog‘dularierakalatadiki, go‘yo o‘z tanasidan yaralgan farzandlaridandako‘proq meni yaxshi ko‘radiganday. Siz ko‘z oldingizgakeltirishingiz uchun tasvirlab o‘taman. Kichkina onamqotmadan kelgan, qorarang ayol. Chimirilgannamo qoshlari-yuqirra burni, cho‘ziq lablari va hattoki, qoramag‘izyuzidagi sepkillari o‘ziga juda yarashgan. Lekin bir fe'limenga yoqmaydi. Meni otamga gij-gijlayverib munosabatimiznibuzib qo‘yadi. Shu-shu kichkina otamningturtkilashlaridan bezor bo‘lib, maktabni bitirishim bilantog‘dagi Sharif buvamlarnikiga yo‘l oldim. Sharif cho‘ponrahmatli bobomning ukasi menga amaki buva bo‘ladi.Ha, aytgancha, sizlarga o‘zimni tanishtirmabmanku.Tanishib qo‘yaylik! Mening ismim Bahodir. Qo‘shnilarimmeni ko‘proq indamas deb chaqirishadi. Bundaydeyishlariga asos bor. Chunki men juda kamgapiraman, ko‘proq eshitaman. Hech qachon hech kimbilan ochilib gaplashmayman. Kichkina onamningaytishicha, men o‘ta ketgan ichidan pishgan, shum,"ichimdagini top" bola ekanman. Bilmadim, balkishundaydir. Negaki, mana maktabni bitirib o‘n biryillik yetuklik attestatini olgan bo‘lsam, shu davr ichidabiror do‘st topmadim. Maktabda asosan o‘g‘il bolalar,hattoki ustozlarim ham mening noshudligimdan kulishadi.Men bularning barchasini o‘zim bilib turaman. Lekinhar galgidek nim tabassum bilan qo‘l siltab qo‘yaqolaman. Boshqa odamlar ham menga nisbatan shundayqilishadi. Lekin bir shoir yozganidek:39


Abdulla ChimirzayevMen ham yashayapman o‘z zamonamda,Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.Demak, shunday ekan yuribman-da osmon ostida,yerning ustida rizqimni terib. Odamlar meni tushunmaydi,men esa odamlarni. Odamlarni tushunmaganimsababmi, ko‘pchilik tengdoshlarim davralariga qo‘shishmaydi.Aybim nima. Ko‘p gapirmasligimmi? Bilmadimshu tariqa real hayotdan uzilib, xayoliy olamga, o‘z olamimgatushib qolayotgandekman. Shukr-ki, oz bo‘lsa ham menitushunadigan insonlar bor. Ulardan bittasi Sharifbuvamning yakka-yu yagona qizi Mohinur. U mendanikki sinf yuqori o‘qigan. Uni opamdek yaxshi ko‘raman.Uning go‘zalligi xususida so‘zlasam, bemalol aytishimmumkin-ki, u ko‘kdagi oydek tiniq, yo‘q oydekdesam xato bo‘lar ekan. Chunki oyning ham yuzidaandak dog‘i bo‘ladi. Mohinur esa, oppoq yuzli, qorako‘zli, zimistondan nusxa olgan kamondek kipriklariva tovonini o‘padigan tim qora sochlari men uchun,balki mahallasidagi jamiki uni tanigan insonlar uchunLaylidan ham, Zuhrodan ham, Kumush-u Ra'nodanham aziz va ustunroq desam mubolag‘a bo‘lmas. Uniko‘pchilik tanishlari Mohiatirgul deyishadi. Rostdanham uning qaysidir jihatlari qirmizi atirgulni eslatadi.Gullar chiroyi, faqat tashqi go‘zalligi bilan. Lekin ichkigo‘zalligi boshqa bo‘lishi mumkin. Lolani olaylik. Uninghidi yo‘q, biroq atirgul unday emas. Atirgulninguzoqdan ham muattar bo‘yidan bahramand bo‘lish40


Hayot yog‘dularimumkin. Uning go‘zalligi va bo‘yiga mast bo‘lib,behosdan ushlab olsangiz qo‘lingizga tikon kirib jarohatlashimumkin. Lekin biz so‘z yuritayotgan atirgulgafaqatgina ko‘zingiz nogohon tushsa bas, u sizni qo‘lingizniemas, qalbingizni yaralashi muqarrar.Gulni chiroyli deyishimiz uchun uning tashqi ko‘rinishikifoya. Ammo go‘zal deyishimiz uchun esa, hambotinan, ham zohiran insonni lol qilishi kerak. Lekinshuni afsus bilan ta'kidlab o‘tmoqchiman. Go‘zallikgullarga ko‘pincha baxt emas, kulfat keltiradi. Kimdiruni yerdan qizg‘anib yulib oladi, oqibatda u uzoqyashamaydi. Bokiraligi so‘nadi.Bechora Atirgul qizning ham ko‘ngli yarimta. Uningham onasi vafot etgan. Shuning uchunmi, bir-birimizniyaxshi tushunamiz. Uning shaxsan o‘z og‘zidan eshitishimcha,onasi uzoq vaqt kasal bo‘lib yotib qolibdi.Sharif buvam ularni kasalxonama-kasalxona olib yuraveribdi.Garchi ayolining dardiga davo yo‘qligini bilsada,uni davolatishga urinibdi. Ammo vaqt o‘tgan ekan.Saraton xastaligini davolay olishmabdi. U o‘limidanoldin erini va qizalog‘ini yoniga chaqirib: «Qizimniehtiyot qiling» ~ deb Sharif buvamga vasiyat qilibdi.Mohinurni quchib, uzoq-uzoq yig‘labdi, keyinolamdan o‘tibdi.Shu-shu Sharif cho‘pon qayta uylanmagan, qolganumrini yolg‘izgina qiziga bag‘ishlagan. Nafaqagachiqqandan so‘ng uyida o‘tirolmay, cho‘ponlik qilib41


Abdulla Chimirzayevkelayapti. Ha, aytgancha, Sharif buvamni qishlog‘imizdahamma "Sharif faylasuf" deyishadi. Shu paytga qadar,ya'ni nafaqaga chiqqunicha bo‘lgan davrda qishlog‘idagikichkina maktabda tarix fanidan dars berib kelgan.Biroq nimagadir uni hamma shunday chaqirganichaqirgan.Sharif buvamlar bilan bizning uyimizni bitta tog‘ajratib turadi. Tog‘ning u tomonida bizlar, bu tomonidabuvamlar. Avvalo adirlar, yaylovlar nihoyat, keksa vahamisha navqiron tog‘lar bir-biriga ulanib ketgan.Bizning qishloq bilan buvamlarning qishlog‘ini kichikroqso‘qmoq yo‘l bog‘lab turadi. Bu yerlar, ayniqsa, bahorpayti yashnab ketadi. Bukri tog‘ning etaklarida yozdaham oppoq qorlar turadi. Shuning uchunmi, Bukritog‘ saratonda ham bahoriy tarovatini yo‘qotmaydi.Shu tog‘dan boshlanuvchi kichkina jilg‘a bora-boraboshqa soy suvlari bilan qo‘shilib ketib, Qirg‘iy qishloqqayetgunicha katta anhorni tashkil etadi. Bu qishloqSharif buvamlarniki. Bu yerda faqat qishlovni o‘tkazishadi,xolos. Keyin bahor kelishi bilan Bukri tog‘ etaklaridachodir tikib, ko‘chib chiqib ketishadi. Bukri tog‘daqushlar ham ko‘p. Bulbul deysizmi, bedana deysizmi,kaklik deysizmi, kuni bo‘yi sayrayverib quloqni qomatgakeltiradi. Giyohlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Xullas,bu yer jannatning bir parchasiday joy.Men ham Sharif buvamdan bir-ikki kunga javobolib, uyga ketgandim. Mana fursat yetib, yana ortga42


Hayot yog‘dulariqaytdim. Eshakda uyimizdan choshgoh paytida yo‘lgachiqqan bo‘lsam-da, Bukri tog‘ etaklariga yetibkelganimda quyosh qizarib, Qoraqoyaning orqasigaberkinishga shay turardi. Eshakdan tushishim bilanSharif buvam qarshi oldi. Eshakni qoziqqa bog‘lab,buvam bilan ko‘rishdim.– Ey, yaxshi keldingmi? – dedi, Sharif buvam,kaftini kaftimga bosar ekan.– Yaxshi rahmat, – dedim, bosh silkib.– Ota-onang, ukalaring yaxshimi? – so‘rashishdadavom etdi Sharif buvam.– Yaxshi, rahmat, – dedim, beparvo qo‘limgaxurjunni ola turib.– Qishloq tinchmi, bolam, – dedi Sharif buvamyangilikdan gapir degandek qilib. Men boshqa so‘zyo‘qday.– Yaxshi, rahmat, – dedim yana.Buvamning bu tarzidagi javobimdan tabi tirriqbo‘lgan bo‘lsa-da, yana nima der ekan degan maqsadda,– Yo‘l yurib charchagandirsan, bolam? Qani, chodirgakiraylik! ~ dedi. Garchi men Sharif buvamning bumaqsadini anglagan bo‘lsam-da, yana beparvolik bilan:– Mayli rahmat, avval qo‘ylarni ko‘zdan kechiribishlarni saranjomlaylik. Chodirga kirish qochmas, –dedim xurjunni chodir yoniga eltib qo‘yar ekanman.Buvam cho‘pon tayog‘iga suyangancha kulib yubordi.– Boshqa gaplarni ham bilar ekansan-ku? Men43


Abdulla Chimirzayevbo‘lsam faqat "yaxshi, rahmat"ni bilsa kerak, debo‘ylovdim.Kamgapligim ana shu joylarda pand berib qo‘yadi.Biz yengilgina kulishib olib, ishga kirishdik.Kech tushgach, ishlarni bitirib Mohinur yozgandasturxon atrofida non-osh oshab, suhbat qurdik.–Yo‘l rosa toliqtirgandir? – deb gap boshladibuvam, choy ho‘plar ekan.– Ha, nimasini aytasiz, to‘rt yuz-besh yuz qo‘yortidan yurib bunchalik charchamasdim.– Ey, mendan so‘rasalar, dunyoda eng uzunnima desalar, yo‘l deb javob bergan bo‘lardim. Menuchun uyim bilan maktabimga eltadigan yo‘l eng uzunyo‘l. Negaki shu yo‘ldan qirq yil qatnadim. Qirq yilumrim, balki undan ham ko‘proqdir, shu yo‘lda o‘tdi.Men qatnaydigan maktab va uyni biladigan kishi e'tirozbildirishi mumkin "maktab bilan uyning orasidagi masofabir chaqirim ham chiqmaydi-ku" deb. Men ungashunday javob bergan bo‘lardim. Biz hali ham yo‘ldamiz,odamning umri payoniga yetsagina bu yo‘l tugaydi.De mak,bu yo‘l beshikdan qabrgacha bo‘lgan yo‘lekan. Mana shu hayot yo‘llari turlicha. Kimdir o‘nqircho‘nqir,toshloq yo‘ldan qoqilib yuradi, yana kimdirtekis-silliq yo‘ldan yuradi. Menimcha shu toshloqyo‘ldan tekis-silliq yo‘lga chiqib olish ham yoki tekissilliqyo‘ldan toshloq, chang bosgan yo‘lga tushib qolishiham insonning o‘ziga bog‘liq. Bu yo‘lda, ya'ni maktab44


Hayot yog‘dulariva mening uyimga eltadigan yo‘ldan kichkinagina, tezoqaranhorcha kesib o‘tgan. Bu mening nazarimda, vaqtbo‘lib tuyuladi. O‘sha anhordagi oqayotgan suvningyuziga tasodifan qo‘lingizdan olma tushib ketdi. O‘shaolmani olish uchun suvni orqaga qaytarish yoki to‘xtatishkerak. Ehtimol, siz suvni to‘xtatishning imkonini yokiorqaga qaytarish ilojini bir amallab eplarsiz, lekin aynidamda vaqt atalmish tezoqar suvda biz o‘zimiz olmamiz.Demak,olma suvni to‘xtata olmaydi. Vaqt uchqurtulpor singari olg‘a ketaveradi. Bir daqiqaga ham tinolmaydi. Suv tuproqdan sizib chiqib, yana shu tuproqqasingib ketgani kabi inson ham tuproqdan yaralib,tuproqqa qorishib ketadi. Inson bolasi tug‘ilish va o‘lisharo umr kechirarkan tug‘ilgan jamiki jonliq bor, hattohissiyotlar ham mana shu uchqur ot ostida so‘nibboradi. Tug‘iladi, tug‘ildimi demak, o‘limga mahkum.Hayot yo‘llari esa turli xil, kimning yo‘li kimniki bilankesishadi, yana kimnikidir shunchalar chiroyli yo‘l bo‘ladiki,biroq ikki yo‘l hech qo‘shilolmaydi, qo‘shilmoqchi bo‘lgandaesa, o‘sha uchqur ot ketib bo‘lgan bo‘ladi. Qizig‘ishundaki, qo‘shilgan yo‘llar ham baravar tugamaydi.Buvam gapi tugaganidan so‘ng ko‘zimizni uyqubosib, bazo‘r turganimizni ko‘rib, shuncha gapiga achinib,qo‘lida sovib qolgan choyini ho‘pladi-da, tezgina dasturxongaduo o‘qidi. Keyin bizga yuzlanib:– Mayli uxlanglar, ertaga ish ko‘p! ~ dedi-da,chodirdan chiqib ketdi.45


Abdulla ChimirzayevMoychiroqning lippillab turgan yorug‘ida Mohinurningchiroyli yuzi uzra nimtabassum paydo bo‘ldi. Menham qo‘zg‘aldim. Biz Sharif buvam ikkalamiz tashqaridaqayrag‘och ostidagi ikki-uch kishilik loydan suvalgan supaustida dam olardik. Chodirda esa Mohinur bilan jajjidugonasi, xolasining qizi Gulchiroy yotardi.Har kuni osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarga termulibuyquga ketaman. Sahar chog‘i, nim qorong‘ipayt ekan. Chodirimizni qo‘riqlab yuradigan itlarningqattiq akkillashidan va qo‘tonni buzgudek bo‘layotganhurkak qo‘y-echkilarning tovushidan cho‘chib, uyg‘onibketdim. Uyqu aralash ko‘zlarimni ishqalab, itlarning yonigachopdim. Borib ne ko‘z bilan ko‘rayki, bir bo‘ri bolasiniitlar talayapti. Itlarni bir amallab quvib yuborib, yaradorbo‘ri bolasini chodirga olib keldim. U juda holsiz.Ancha vaqt ovqat yemagan shekilli, qorni puchchayibqolgandi. Oyog‘ida turolmaydi. Qo‘ton yoniga qandaykelib qolgan bilmadim. Bundan tashqari itlar uning birikkijoyini tilib yuborgan. Buvam achinib:– Onasi ye mak izlab ketib, qaytib kelmabdishekilli,-dedi.Men bo‘ri bolasini Mohinurning qo‘liga topshirib,nonushta qilgach toqqa suruvni o‘rlatib ketdim. Qo‘ylarniyaxshi boqdim, o‘tga to‘ydi. Lekin bir qo‘y qo‘zilashgaqiynaldi. Birinchi bolalashi ekan, uni qancha avaylab,tirik qolishi uchun harakat qilmayin, bo‘lmadi. Axiyriuning bo‘g‘ziga pichoq tortib, eshakka ungarib, yetim46


Hayot yog‘dulariqolgan nimjon qo‘zichoqni chodirga olib keldim.Bir-ikki kun o‘tib, Sharif buvam bir gap topibkeldi: – Shu yaqin atrofdan bir ona bo‘rini otibolishibdi, ~ dedi u.–Demak, bo‘richamiz yetim qolibdi, –dedim men.– Ha, shunday bo‘lgan shekilli. Meli cho‘ponningqo‘ylariga hujum qilgan ekan, otib olishibdi.– Qo‘yavering dada! – gapga aralashdi Mohinur,– Bo‘richa ham bizga ancha o‘rganib qoldi. Qo‘zichaikkalasi ortimdan qolishmaydi. Bu yetimchalar bizgadarddosh, – dedi.Haqiqatan men va Mohinur ham bu qo‘zichoq vabo‘ri bolasiga juda o‘rganib qoldik. Har kuni qo‘zichoqqasigirning sutini sog‘ib berardik. Bo‘rivoygaesa, qolgan-qutgan ovqat qoldiqlari-yu suyaklar tashlaredik. Yaqinda ular uchta bo‘lishdi. Uchinchisi nimadersiz. Yetim kuchukcha. Uni Toshtemir olib keldi.Aytishicha bu kuchukcha Meli cho‘ponning qo‘riqchiitlarining bolasi bo‘lib, yaqinda uning onasini bo‘rilarbo‘g‘izlab ketishgan ekan. Menga bu kuchukcha unchayoqmadi. Nega desangiz, kuchukka ham o‘xshamaydi.Dumini qisib yuradi, kuchuklar hurishganda akkillamaydiham, lekin qitmirligi bor. Qo‘zichoqni bo‘ridan tortibolishga urinadi, hech ikkalasini ko‘rolmaydi. Bo‘ri bolasiniholi-joniga qo‘ymay ta'qib qilib yuradi. Meli cho‘ponkim,Toshtemir kim, deb hayron bo‘layotgandirsiz?Hozir ularni sizga tanishtiraman.47


Abdulla ChimirzayevMeli cho‘pon katta chavandoz bo‘lgan. Uni bittaqishlog‘ida emas, balki qo‘shni davlatlar hududidaham yaxshi tanishadi. Hozir yetmish yoshdan oshganbo‘lsa ham baquvvat, otni yaxshi chopadi. Lekin keksayibqolganligi sabab hozirgi kunda qo‘y boqadi. Ko‘pkarigaham faqat tomosha qilish uchun boradi. Toshte miresa uning nevarasi. U buvasining aksi. Ko‘pkarigaonda-sonda boradi. Yurgan yo‘lida bezorilik qilganiqilgan.Qishloqdagilar unga ko‘nikib ketishgan. Buvasigaachinganidan toqqa kelib-ketib yuradi. U ham Mohinurningoshiqlaridan. Mohinurni yoshligidan Salimtraktorchining o‘g‘liga beshiketti bo‘lganini bilsa-da,baribir uning ketidan qolmaydi. Chamamda Mohinurtomonidan o‘ziga sal e'tibor sezsa bas, unashtiruvniham buzib, Mohinurga uylanishga shay. Uni hammadanrashk qiladi. Mening esa shu yerga kelib orttirganyakka-yu yagona do‘stim shu. U bilan tanishuvimizham qiziq bo‘lgan. Mening Sharif buvamlarga cho‘liqtushgan yillarimning birinchi oyi, hali toqqa qo‘ylarniolib chiqqanimiz bilan chodirga to‘la ko‘chib o‘tmaganedik. Men Sharif buvamlarnikiga eltadigan yolg‘izoyoqyo‘ldan ketib borardim. Hali sizga so‘zlab o‘tganjilg‘a suvi to‘plana borib, shu joylarga yetganda kattaanhor suvini tashkil etadi. Bu yerga ya'ni Qirq‘iyqishloq bilan bizni qishlog‘imizni birlashtirib turish uchunhar yili qo‘ldan ko‘prik qurishar, lekin sel kelib oqizibketardi. Shundan bezor bo‘lgan odamlar beton ko‘prik48


49Hayot yog‘dulariqurishga majbur bo‘lishgandi. Men ham uyimizdanyo‘lga chiqib, shu yerga yetganimda ko‘prikning utomonida, ya'ni ro‘paramda qorachadan kelgan, uzunchayir yigit paydo bo‘ldi. Bu Toshtemir bo‘lib, qishloqningeng urushqoq yigiti, degan nom chiqargandi. Uo‘tkir nigohini menga qadab:– To‘xta! ~ dedi cho‘ntagidan qayirma pichoqchasiniolib, quyosh nurida yalt-yalt o‘ynatarkan.Men indamay o‘z yo‘limda davom etmoqchi edim,ammo qurib ketgur eshagim hurkib ketib, olg‘a qadambosmay qo‘ydi. Shunga qaramay, men hech narsabo‘lmagandek eshakni niqtab, yurgizishga urinardim.– Senga aytyapman, to‘xta! ~ dedi ovozini birparda ko‘tarib, o‘shqirarkan Toshtemir.– Nima deysan, nima uchun yo‘limni to‘syapsan.Kimsan o‘zi, yo‘lto‘sarmisan? ~ dedim.– Men ham sendan shu narsani so‘ramoqchi edim.Kimsan o‘zi, Mohinurning ketidan buncha girdikapalakbo‘lasan? ~ dedi savolga savol bilan Toshtemir.– Bir kamim senga hisob berishim qoluvdi. Borey,toshingni ter! ~ dedim qonim qaynab.– Mohinur faqat meniki, bildingmi. Unga ko‘zingniolaytirma, yo‘qsa ko‘zingni o‘yib olaman! ~ dedi mengadag‘dag‘a qilib.– Voy-voy-ay. Juda qo‘rqib ketdim-ku. Kimsano‘zi olifta, menga aql o‘rgatadigan. Qoch yo‘limdan! ~dedim men ham ters javob bilan.


Abdulla Chimirzayev– Nima mening kimligimni bilmaysanmi hali? ~dedi Toshtemir yuziga achinarli tus berib.– Ko‘p yo‘l yuraman, oldimdan ola mushuk ko‘pkesib chiqib turadi. Qaysi birini eslab qolayin? ~dedim kinoyali qochiriq qilib, jahlim chiqqanini sezdirmaslikkaurinib. Uning yuziga g‘alati qahrli tabassumqalqidi. Mening qochirig‘imni tushunganidan boshinisarak-sarak qilib, bir maromda tebratib, o‘tkir nigohinimendan uzmay javob berdi:– Seni aqlli odam desam, sher bilan mushuknifarqlay olmaydigan ahmoq ham ekansan, ~ kinoyagakinoya ila javob berib.– Shunaqa degin. Sher bo‘lsang ham urg‘ochisibo‘lsang kerak. Negaki erkak sher o‘zining bilak kuchigaishonib jang qiladi. Senga o‘xshab qo‘qqisdan xilvatjoydan otilib chiqib birdan tashlanmaydi. Shu turishingni(qo‘lidagi pichoqqa ishora qilib) erkagini kuchiga ishonib,irillayotgan urg‘ochi sherga o‘xshatdim.Bu gapim unga ta'sir qilib, qo‘lidagi pichoqni soygauloqtirib yubordi.– Senday toshbaqani qo‘rqitish uchun soyamningo‘zi kifoya. Bilsang, shu qishloqning sheri bo‘laman.Aminmanki, sen ham soyam tushishi bilan boshingnitoshkosang ichiga yashirib olasan, ~ dedi mag‘rur, menibu kesatiq jangda o‘zini yengan hisoblab. Yakkamayakkajang qilishga shaylanib ko‘ylagini yechar ekan,qomatini ko‘z-ko‘z qilib mushaklarini shishirdi. Men50


Hayot yog‘dulariham jang bo‘lishi muqarrarligini sezib, eshakdan tushdimda,uni anhorning chetiga bog‘ladim. So‘ng beparvouning qochiriqlariga javob tariqasida shunday dedim:– Ko‘p maqtanma, quyon ham toshbaqani ustidankulgan ekan. Oqibatda nima bo‘ldi. Endi hammaquyonning ustidan kuladi. Sen ham bilsang sher terisiniyopingan quyonsan, xolos. Bu gaplarim unga o‘tibketdi. Bor kuchini yig‘ib, men tomon tashlandi. U shuqadar tez harakat qildiki, zarbasidan qochib qolishgaulgurmadim. Qulog‘im ostiga uning qora mushti kelibtushdi. Men bu zarbadan oz-moz chayqaldim, lekintezda o‘zimni tutib olib, yana men tomon yo‘llanganzarbasini havoda qoldirishga muvaffaq bo‘ldim. Uningmushti shundoq sochlarimni silab o‘tdi. Chapaqayligimqo‘l kelib, uning o‘ng ko‘ziga tushirdim. U ham qalqibketdi. Muvozanati buzilgan zamon tanasining har-harjoyiga ustma-ust zarba berdim. U beton ko‘prikkaquladi. So‘ng uning yoniga yaqinlashganim zamonToshtemir o‘zini holsiz tutib turib, birdan oyog‘imdanchaldi. Men quladim. Endi u meni savalay ketdi. So‘ngraesa, men uni. Xullas, mushtlashuv uzoq davom etdi. Bizyana va yana olishaverdik. Yuz-ko‘zlarimiz, afti-angorimizqontalash, tanalarimiz ko‘kargan, qizargan, tanada madoryo‘q. Bo‘ldi bas, deyishga esa ikkalamizning hamg‘ururimiz yo‘l qo‘ymasdi. Shu mahal bizning bu holatimiznitushungan Chori muallim uzoqda kuzatib turganekan shekilli, kelib rosa dakki berdi.51


Abdulla Chimirzayev– Nimani bo‘lisha olmayapsizlar, qayta janjal qilganlaringniko‘rmay! ~ deb urishib berib, ikkalamizniajratib yubordi. Ikkalamiz ikki tarafga g‘udranib yo‘loldik. Buvamlarnikiga yetib borgach, meni bu ahvolgakim solganini Sharif buvam ham, Mohinur ham uzoqsurishtirdi. Har galgidek men "Indamas"dan:– Eshakdan yiqildim, ~ degan gapdan boshqasiniolisholmadi. Shu-shu biz bir-birimizni qayerda uchratibqolsak dahanaki jang qilib, ya'ni bir-birimizni "yomonso‘zlar" bilan siylashib ajralishardik. Yana shundaybahorning oxirgi oylarida, qadrdon eshagimdabuvamlarnikiga ketib borardim. Toshtemirni ko‘prikostida bir necha o‘rtoqlari bilan cho‘milayotganini ko‘ribqoldim. Har galgidek, so‘kinishni u boshlasa kerak, debo‘ylagan edim. Biroq hadeganda undan sado chiqavermagach,bu safar men boshladim.– Ha, Toshtemir cho‘chqa, sen ham cho‘milarekansan-da? Cho‘chqalarni cho‘milmasa kerak, debo‘ylardim. Undan javob kutib qulog‘im ding bo‘ldi.U biror so‘z demadi. Yana o‘zim sayray ketdim:– Hoy, eshakning dumi! Nega jimsan, tovuqqao‘xshab pusib qolibsanmi, gapirmaysanmi? Lekin uyana jim, sukut qilardi. Faqatgina siniq jilmayib, mengatikilib turardi. Yonidagi ikki do‘sti bu gaplarimgachidolmadi. Men ularni ichki kechinmalarini anglabturardim. "Nahotki, qishloqning eng pahlavon yigitikelib-kelib kelgindi bir yigitdan haqorat eshitib o‘tirsa",52


Hayot yog‘dularideb o‘ylardi ular. Shuning uchun yugurib chiqishdida,mening yo‘limni to‘sishdi.– Hov naynov, nima deding? Bir qaytar! ~ dedilabi pirpirab, ko‘zi kosasidan chiqqudek bo‘lib, menbilan urishmoqqa shaylanarkan. Ularning so‘zlarigamunosib javob izlab, og‘iz juftlashim bilan meningso‘zlarimni Toshtemirning g‘o‘ldiragan tovushi kesdi.– Bas qilinglar, tinch qo‘yinglar uni! ~ dedi u vaustiga kiyimlarini kiyib, men kelgan yo‘ldan asta ketaboshladi. Men va Toshtemirning ikkala do‘sti hayronbo‘lgancha ortidan qarab qoldik. Picha fursat o‘tib,men eshakning boshini ortga burdim. Chamasi yarimchaqirim o‘zim ham to‘xtatmadim, u ham to‘xtamadi.Jimgina so‘qmoq yo‘lda ortidan ergashib boraverdim.Oxiri chidolmadim,– Toshtemir to‘xta! ~ dedim.U ortiga, men tomonga burilmasdan joyida to‘xtadi.– Meni kechir jo‘ra, senga gaplarim qattiq tekkanbo‘lsa! ~ dedim unga yetib eshakdan tushar ekanman.U menga jimgina burilib qaradi. Men esa boyagichaholatda kechirimga ilova qilib shunday dedim:– Mayli, xafa bo‘lgan bo‘lsang uraqol. Bu safarindamayman.Shu gaplarimdan so‘ng, uning mallarang ko‘zlariuzra yiltillagan yosh qalqidi. U beso‘z meni bag‘rigabosdi. Uzoq ko‘rishmagan qadrdonlardek qo‘yvormayturdi. Ayni shu lahzalarda menga u men bilgan bezoriToshtemir emas, balki oqko‘ngil insondek tuyulib53


Abdulla Chimirzayevketdi. Men uni quchib tursam-da, hech narsaga tushunolmasdim.Garang bo‘ldim. U nihoyat tilga kirdi:– Meni kechir do‘stim! Seni shuncha vaqt tahqirladim.Bir-ikki bor so‘kingan chog‘larimizda "onangni",deb yubordim. Rostini aytsam men ham "onangni"deganda chidab turolmayman. Chunki do‘stim, menham senga o‘xshab yetimman.U meni mahkamroq bag‘riga bosdi. Shuniangladimki, endi u chindan ham yig‘layotgandi.– Seni shuncha haqorat qilmay, hech bir so‘z shuso‘zchalik jahlingli chiqara olmasdi. Nega o‘shandayetim ekanligingni bilmadim. Sen mening shu so‘zlarimdankeyin ham biror marta "o‘zingni …ni" demading.Rahmat senga.U meni bag‘ridan bo‘shatgach, ko‘zlaridan yuzigaoqib tushgan bir juft yoshni kafti bilan sidirgan bo‘ldi.– Qo‘y, do‘stim, yoshlikda hamma narsa bo‘ladi. Onamo‘tabar inson. Uni bunday iflos so‘zga aralashtirmaslikkerak, ~ dedim uning yelkasiga qoqib qo‘yar ekanman.– Albatta, ~deb, so‘zimni ma'qulladi Toshtemir.– Bilaman, hozir sen ota-onang yo‘qligidan o‘kinyapsan.Lekin buving bilan buvang bor-ku. Ular hamsenga ham ota, ham ona-ku.– To‘g‘ri aytasan. Hozir ota-onamni eslab, ko‘nglimbo‘shashib ketdi.U o‘zining bu qilig‘idan uyalib, nigohini yerga qadadi.– Bo‘pti yaxshi qol, deya men eshagimga mindim.54


Hayot yog‘dulari– Meni kechirsang bir umrga do‘st bo‘lib qolardik,nima deysan? ~ deb yuzimga savol nazari bilan tikildi.Men indamay eshak jilovini o‘z yo‘limga burdim. Vaortimdan jovdirab qarab qolgan Toshtemirga:– Biz bugundan boshlab do‘stmiz Toshtemir.Seni allaqachon kechirganman, ~ dedim ortimga o‘girilmayturib.–Ha-a! Albatta, bir umrga do‘stmi-iz!~degan Toshtemirning bo‘g‘iq tovushi adirlar aro har tomonga yoyilibketdi. Shu-shu Toshtemir bilan do‘st bo‘lib qoldik.Toshtemir va Mohinurning aytishicha,Toshtemirerta yetim qoladi. Uning ota-onasi va akasi mashinadahalokatga uchrab olamdan o‘tishadi. Toshtemir esa,buvisi va buvasi qo‘lida qolib, erka, tanti, ko‘chadanuyga kelmadigan bezori bo‘lib ulg‘ayadi.Har safar itni ko‘rganimda xotiramda Toshtemirva o‘sha voqea jonlanadi. Mana, shu bugun ham kunbo‘yi yomg‘ir yog‘di. Bu uch yetimcha ham yomg‘irdanqochib, chodirga bekinib olgan.Men ham qo‘ylarni chodirimiz to‘g‘risidagi kattaarcha ostiga qoldirib kelganman. Men Mohinur opamva uning jajji dugonasi Gulchiroy bilan zerikkanimizdanmushoira o‘ynayapmiz. Lekin darrov yutqazibqo‘yaman. Chunki ko‘p she'r bilmayman-da. Mohiatirgulesa she'r o‘qishni yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, Rauf Parfishe'rlarini yoqtiradi. O‘qib ko‘rib, o‘lay agar, hech narsatushunmadim.55


Abdulla ChimirzayevQuyoshning yog‘dusi qoradir,Yulduzlar muzlardir, to‘kilgan.Bu daryo uzangan yaradir,Daraxtlar egilgan, bukilgan.Yulduzlar muzlardir, to‘kilgan,Toshlardek qotmishdir tumanlar.Yerlarga tikonlar ekilgan,Ekilgan yolg‘onlar, gumonlar.Men ham uning she'rini yod olmoqchi bo‘lib o‘qidim,lekin qayoqda.Mana oradan ancha vaqt o‘tdi. Yetimlar hamulg‘aydi, ya'ni qo‘zichoq, bo‘ri va noshud itimiz Oqdum.Bizlar ham ularga qo‘shilib qaysidir ma'noda ulg‘aydik.Bir kuni qo‘ylarni yalanglikda qoldirib, ayni tushpayti suv olgani buloq boshiga tushayotgandim. Chodirimizqarshisidagi tog‘dan ikkita itni quvlashib chiqibqolganini ko‘rib qoldim. Yaxshilab razm solsam, bizningbo‘rivoyni boyagi indamas itimiz Oqdum quvib kelayapti.Ozgina kuzatib turdim. Har galgi bir-biri bilano‘yini bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo shunibildimki, men bormasam it bo‘rini o‘ldirib qo‘yishianiq. Men jon holatda suv idishimni yerga tashlab, ulartomon chopa ketdim. Va borishim bilan bo‘rini bosib,qizil qoniga bo‘yab g‘ajiyotgan itimizni undan ajratmoqchibo‘lib, bo‘yniga qalin cho‘pon tayoq bilanchunonam urdimki, oqibatda kuchugimiz bo‘rining56


Hayot yog‘dulariustidan sirg‘alib tushib,g‘ingshib tipirchiladi-yu keyintinchib qoldi. Bu orada itning domidan qutilgan bo‘rioqsoqlagancha dumini qisib, o‘zini to‘qay orasiga uribketdi. Uning ortidan uzoq tikilib, «Bechora bo‘ri, aybinima, bo‘ri bo‘lganimi» deb o‘ylanib qoldim. Bir mahalmana shu ikkalasi oshgan yerdan halloslagancha Sharifbuvam ko‘rindi. U bizga yetmay turib, uzoqdan baqirdi:– Bahodir bolam, anavi bo‘rivoy bilan Oqdumgako‘zing tushmadimi? ~ dedi.– Mana, ~ dedim kuchugimizga nafrat bilan boqarekanman, u hamon qimirlamayotganini sezdim. Buvamyetib kelganida u butunlay tinchib qolgandi.– Bunga nima bo‘ldi? ~ dedi buvam itni ko‘rsatib,men o‘zimni oqlagan kishi bo‘lib, voqeani boshidanko‘rganimcha so‘zlab berdim. Buvam meni indamayeshitdi-da, engashib, jonsiz Oqdumni boshini siladi.So‘ng uh tortib, "bechoragina" deb qo‘ydi. Men buvamgahayron tikildim. Aftidan mening qilgan bu ishimbuvamga unchalik xush yoqmagandek tuyuldi. Buvamsassiz-sadosiz, indamay buloq boshiga yo‘l oldi. Menham izma-iz ortidan ergashdim. Buvam buloq boshidagitekis toshlardan birining ustiga cho‘kdi. Men ham shuyerdagi bir tosh ustiga o‘tirib buvamning og‘zini poylayboshladim. Buvam ancha sukutdan so‘ng shundaygap boshladi:– Mana bunga bir qara! Buloqdan iliq, toza, musaffosuv sizib chiqyapti. U asta-sekinlik bilan boshqa buloq57


Abdulla Chimirzayevsuvlariga qo‘shilib ketadi. Qaysidir buloq suvi tozasuvlarga qo‘shilib, odamlarni, hayvonlarni va o‘simliklarnichanqog‘ini qondirib, foydasi tegadi. Qaysidir buloqsuvi loyqalanib, hech narsaga foydasi tegmaydi. Uyetgan joy qurib,balchiqqa aylanadi. Demak,suvniboshidan to‘g‘ri ariqqa bog‘lash kerak. Sharqirab, toshdan-toshgaurilib, o‘zanini buzgudek bo‘lib, ko‘pchib oqadigansuvdan ko‘ra, ravon, vazmin oqadigan suv yaxshiroq.Istaymizmi-yo‘qmi, baribir suv o‘zaniga oqaveradi.Shunga o‘xshash bir misol, ajriqni olaylik. Laylakbu o‘simlikni bir amallab, yerdan ajratib olib, iniga olibchiqadi. U laylakning inida o‘n-yigirma yil, balki undanham ko‘proqdir, so‘lib yotadi. Ammo ajriqni tasodifanlaylakning inidan shamol uchirib yerga tushiradi. Yeresa nam. Ajriq o‘ziga ozgina namlik olgach, darrovhech narsa bo‘lmagandek qayta ko‘karib ketaveradi.Bunga xalqimizda shunday hikmat bor: «Yaxshidanyomon chiqdi deb kuyinma, baribir o‘z nasliga tortadi.Yomondan yaxshi chiqdi deb suyinma, baribir o‘znasliga tortadi».Men hali ham hayron edim. Buvamning so‘zlarigatushuna olmagandim. Sharif buvam mening anglamaganimnisezdi shekilli, menga tushuntirgan bo‘ldi.–La'nati bo‘rining bolasi baribir bo‘ri bo‘lar ekan.Shuncha unga qaradik, itlardan himoya qildik. Birgayurganiga o‘rganib qolganimiz uchunmi, qo‘zichoqnitashqariga qo‘yib yuborgan edik. Bo‘rini ta'qib qilib,58


Hayot yog‘dulariholi-joniga qo‘yavermagach, Oqdumni bog‘labqo‘ygandim. Tushda sal mizg‘ib olay deb uyga kirdim.Ko‘zim endi ilingan ekan, Oqdumning bezovta huraverganidanuyg‘onib ketdim. Chiqib qarasam, bu bo‘riqo‘zichoqni g‘ajib yeb yotganining ustidan chiqdim.U mening qoramni sezgan zamon qochib qoldi. Aybinibiladi-da, yaramas. Men uni o‘zim tutolmasligimgako‘zim yetgach, zanjirni uzgudek bo‘lib, o‘zini u yoqdanbu yoqqa urayotgan Oqdumni bo‘shatib yubordim.Voqea shu yerga yetganida miyamga qon quyilgandekbo‘ldi, boshim og‘riqdan lo‘qillab ketdi. O‘zimdano‘zim nafratlandim. Keyin buvam ikkalamiz shuyerda, ya'ni it o‘lgan joydan chuqur qazib, uni ko‘mdik.Men cho‘pon tayoqni Sharif buvamga topshirib,qo‘limga qayirmani olib, bo‘rini axtarib ketdim. Lekintezda kech tushdi. Uni topolmadim. Ertasi kuni yaylovgachiqishda ov miltig‘ini yelkamga osib, qo‘limga esadurbinni ko‘tarib oldim. Men bo‘rini otib tashlashgaahd qilgan edim. Chunki u endi nafaqat bizning qo‘ylarga,balki boshqa cho‘ponlarning qo‘ylariga ham xavftug‘dirardi. Qo‘ylarni bo‘ri kirib ketgan chakalakzoraro haydadim. Zora uchratib qolsam-u, otsam. Lekinyotoq paytigacha uning daragini topa olmadim. Qo‘ylarniyotoqqa yotqizib, tog‘ning baland joyiga chiqib olib,durbin bilan atrofni ko‘zdan kechira boshladim. Zorabo‘rining biron joyda qorasini ko‘rsam. Lekin uchratmadim.Durbin bilan atrofni kuzatish jarayonida navbat59


Abdulla Chimirzayevchodirimizga yetganda, o‘choqni tutatib o‘tirgan Mohinurningjajji dugonasini ko‘rdim. Lekin nimagadirMohinur ko‘rinmadi. Chodir atrofidagi yerlarni birbirkuzatib, durbinni soy tomonga to‘g‘riladim. Kutilmagandaqizil ko‘ylakli Mohinurga ko‘zim tushdi.Aftidan suv olishga tushgan shekilli. Ey, Mohinur chopayaptimi,deb uni aniqroq ko‘rishga harakat qildim.Qarasam ne ko‘z bilan ko‘rayki, uni bir barzangi quvibborardi. Ustiga-ustak bugun Sharif buvam hamqishloqqa tushib ketgan. Chodirda mendan bo‘lakerkak yo‘q. Men bo‘lsam ancha uzoqdaman. Yanabir bor durbin bilan qaradim. Rostdan ham uni birerkak ta'qib qilib borardi. Mohinur jon holatda turtinibsurinibqochib ketishga urinar, yigit yetay-yetay debqolgandi. Uning niyati buzuqligi aniq edi. Oyog‘imniqo‘limga olib tog‘dan pastga, Mohinur tomongachopdim.«Ey xudo!», ~ deya jon-jahdim bilan bor kuchimnisarflab, o‘sha joyga yetib keldim. Mohinur u yerdayo‘q. Yuz odim oldinda uni o‘sha erkak tutib olgan,Mohinurning oh-zorini hech kim eshitmas, chunki soydagisharqiroq suvlar uning ovozini bosib ketardi. Ularniko‘rgan zamonim o‘ylab o‘tirmay, Mohinur opachamningor-nomusini toptashga urunib, xiralik qilayotgan erkaknibo‘ri ovlash uchun olib chiqqan ov miltig‘im bilan mo‘ljalgaolib, ikki bor o‘q uzdim. Ularning biri erkakningchap ko‘kragiga, ikkinchisi esa beliga tegdi. O‘qning60


61Hayot yog‘dularitovushidan dod-voy solayotgan Mohinur hushidanketdi. Men esa odam o‘ldirib qo‘yganimni sezib, quloqlarimchim bitib qolgan, qaltiragan qo‘llarimdan miltiqallaqachon tushib ketgandi. Yuragim esa, qinidan chiqibketgudek dupurlab urardi. Ko‘zlarimning oldi qorong‘ulashib,go‘yo yer chir-chir aylanayotgandek bo‘lardi.Shu turgan holatda cho‘kkallab o‘tirib qoldim. Birmahal o‘zimga kelgandek bo‘ldim. Qurib qolgan lablarimnitilim bilan ho‘llab, qult etib yutindim. Bu yutinishimdago‘yo zahar yutgandek bo‘ldim. Asta madorsizoyoqlarim bilan qaltirab-qaqshab bazo‘r yurib borib,o‘sha yigitning murdasini Mohinurning ustidan olibtashlamoqchi bo‘lib yelkasidan tortdim. Qay ko‘z bilanko‘rayki, yarim yalong‘och bu yigit mening jonajondo‘stim Toshtemir edi. Men dong qotib qoldim.Go‘yo qo‘llarim qonsiz, oppoq dokadek bo‘lib ketgandi.Keyin esa eslolmayman. Qanday Mohinurning yuzigasuv sepganimni, sal o‘ziga kelgach uni chodirga olibborganimni. Lekin shuni bilamanki, qancha vaqt o‘tganbo‘lsa ham, men bir joyda devonaga o‘xshab o‘tiribqoldim. Kechga yaqin Qirg‘iy qishloqdagi militsiyanozirlari mening qo‘limga kishan solib olib ketishdi.Va shunda ortimdan Mohinur zor-zor yig‘lab qolganiniva hech yod ololmay yurganim Rauf Parfi she'riningshu satrlari quyilib keldi:Xayrlashdik… O‘ynar kapalak…Biz asir bo‘lmadik lahzaga,


Abdulla ChimirzayevXayrlashdik beso‘z, beyurak.Bu bog‘, bu gul keldi larzaga.Shabnamning sof qadahi sindi,Kulimizni sovurdi falak.Sen mendan ayrilding, men sendan,O‘yin tushar rangin kapalak.O‘ynar, o‘ynar, o‘ynar kapalak,Bir lahzaning farmoni qoldi.Xayrlashdik beso‘z, beyurak,Buyuk sevgi armoni qoldi…Qanday go‘zal rangin kapalak…Men qamoqdan chiqib shuni bildim, Mohinur Salimtraktorchining o‘g‘liga turmushga chiqmabdi. Ko‘pchilikbuning sababini Toshtemirdan ko‘ribdi. Shunga qaramayMohiatirgulga ko‘p joylardan sovchilar kelibdi. Biroqu hech qaysisiga turmushga chiqmabdi. Bu vaqt ichidaSharif buvam ham olamdan o‘tibdi. Menga esa qamoqdanchiqqach beringlar deb bir enlik vasiyat xati qoldirganekan. Unda shunday satrlar bor edi:"Salom, aziz bolajonim Bahodir! Senga ming rahmat.O‘z joningni garovga qo‘yib, qizimning orini saqlabqolding. Mana necha yildirki, u turmushga chiqmaydi.Sababini bilasanmi? U o‘z shahzodasini kutyapti.Bilasanmi, bu yigit kim? Men uchun bu gapni aytishbiroz noqulay bo‘lsa-da, biroq baribir aytmasam bo‘l-62


63Hayot yog‘dularimaydi. Bu yigit sensan. Ishonamanki, sen ham qizimgabefarq emassan. Men ham o‘ylab-o‘ylab faqatgina unibaxtli qila oladigan odam sensan degan qarorga keldim.Uni, albatta, baxtli qilasan degan umiddaman. Senijonidan aziz ko‘ruvchi, Sharif buvang." (Shaxsiy imzosi).Ota-onamning roziligi bilan men Bahodir Akbaro‘g‘li o‘ttiz uch yoshimda va Mohinur Sharif qizi o‘ttizbesh yoshda turmush qurdik.Mana shu voqealarga ham ancha vaqt bo‘ldi. Lekinqaynotamning faylasufona bir gaplari qulog‘im ostidanketmaydi. U shunday degan edi:–Har kuni tong otadi, kun botadi. Har kuni quyoshchiqadi, kun yorishadi. Yana qorong‘i bo‘ladi. Bubir qarashda ma'nosiz bir takrorlanish bo‘lib tuyulishimumkin. Lekin hech bir kun bir-biriga o‘xshamaydi.Har kun o‘zgacha kashfiyot, yangilik bo‘lib tug‘ilaveradi.Bu kunlarda nimadir o‘zgaradi, yangilanadi. Odamlarmana shu kunlarda tug‘iladi, o‘sadi, vafot etadi. Ma'nosizlikdanma'no axtaradi va albatta, qaysidir ma'nodama'no topadi ham.SUVGA OQQAN MAKTUBLARO‘zim bilmagan holda g‘ayriodatiy bir voqeaningtasodifiy ishtirokchisiga aylanib qoldim. Sirni biladiganbir kishi edi. Men bilan ikki kishi bo‘ldi, keyin esa…Keling, yaxshisi sizga bu voqeani boshidan so‘zlabberay.


Abdulla ChimirzayevO‘shanda o‘n besh yoshlardagi chaqqon, bo‘z yigitman.Yetmish ikki tomirimda qon bilan birga qiziquvchanlikoqardi. Ayni shu damlarda o‘z-o‘zimga berganbahoyim shunday edi: nazdimda mendan-da shovvoz,har qanday ishni eplaydigan yigit yo‘q.Ayni yoz chillasi emasmi, issiqdan odamning nafasibo‘g‘iladi. Uyimizni o‘z ichiga olgan kichkinagina bog‘imizbor. O‘sha bog‘dagi mevali-mevasiz daraxtlarbarglari suvsizlikdanmi, yoki haddan tashqari ko‘tarilibketgan ob-havoning haroratidanmi, kuz kelmasdan burunsarg‘ayib ketgandi. Otamning maslahati bilan qishloqyuqorisidan o‘tuvchi kanaldan suv bog‘lab kelganibordim. Kanalning suvi ham ancha qurib, tortilib qolibdi.Ariqqa suvni ochib yubordim-da, kanal sathi ko‘tarilsindeb, bir ikkita daraxtning katta-katta, quchoqqa sig‘maydiganchirib qolgan tanasini amallab sudrab kelib, oqibketmaydigan qilib suvga tashladim. Ariqda suv birozko‘tarilganday bo‘ldi. Shundan so‘ng yana uyga qaytdim.Daraxtlarni sug‘orib bo‘lgach, band boshiga keldim.Hali to‘g‘on sifatida suv yuziga tashlangan daraxt to‘nkalariniolib kelmoqchi bo‘lgan edim. To‘satdan to‘nkagataqalib turgan shishaga ko‘zim tushdi. Uni qo‘-limga oldim. Gazli suv idishining og‘zi yaxshilab berkitilganiuchun suv shishaning ichiga sizib kirmagan. Menihayron qoldirgan narsa shishani o‘zi emas, balki uningichidagi naydek yumaloqlab o‘ralgan qog‘oz edi.Shishaning mahkamlangan og‘zini amallab ochib,64


Hayot yog‘dulariuning ichidan qog‘ozni sug‘urib olgach, uni qandaydirxat ekanini bildim. Xatga qiziqib, ariqchaning qulog‘iniberkitish ham yoddan ko‘tarilib ketibdi. Tobora qizarinibbotishga shaylanib borayotgan quyosh shafaqlari ostidaxatni o‘qiy boshladim. Unda shunday satrlar bor edi:Maktub – II"Assalomu alaykum M. aka. Namozshomgul barglarigatabassum siniqlarini chizib, ortidan ko‘z yoshlariila imzo qo‘ygancha, tongda g‘oyib bo‘ladigan shabnammisol bir telba xayolingiz sizga bahor keltirdi. Kaftingiznioching. Bu bahor maysaning tomirida uxlab, uningsabza urgan nishlarida uyg‘ondi. U yoq-bu yoqqaqarab esnadi-da, chik-chik yerga sakradi. Shunda menkapalak tutganday bir erkalab, uni tutib oldim. Ehtiyotbo‘ling, u juda sho‘x, qo‘liga pistaqi rang bo‘yog‘iniolib har tomonga sachrataveradi. Ko‘z ochib-yumgunchajumlai jahon shodlik rangiga burkanib oladi. Anashu lahzalarda sizni o‘sha mitti musavvir yonidan o‘tibqolishingizni uzoq kutgan bir qaldirg‘och bor. Uko‘nglingizni o‘zingizga ham qorong‘i sinchiga in quribolgan. Ayting, uni o‘sha yerda yashashiga izn berasizmi?Haydab chiqarmaysizmi, yurakka aylangan toshlarniotib. U ko‘zingizdan ishq tilanib boqsa savalamaysizmikipriklaringiz bilan. Haydasangiz baxt ko‘chasigachakuzatib qo‘ya olasizmi? Yo‘q, aslo, bu ko‘chani bilmaymandemang. Har kuni siz hovlisidan rayhon hidiufurgan eshik yonidan o‘tib qaytasiz. Baxt deraza65


Abdulla Chimirzayevpardasining ortida sizni poylab turgan bo‘ladi. Ammoko‘rmaysiz.Siz qaldirg‘ochni quvlab chiqarib, barini sovuq birhazilga yo‘ygancha, qo‘lidan tutib qololmaganingiz kabi.Uning jovdirab turgan ko‘zlariga boqib baxt uyi shuyerda deya olmaganingiz kabi men ham sizga uningkimligini aytmayman. Juda qiziqsangiz mo‘ralab qochayotgannigohlarga to‘r tashlang. Balkim tanib qolarsiz. Ammobir narsani bilingki, uchib ketgan bu qaldirg‘och aslo ortgaqaytmaydi. Hurmat ila, kuyunchagingiz V.".Bu xatni o‘qidim-u uzoq o‘ylanib qoldim. Unikim yozdi ekan? Qiz bolaligi aniq. Men tanirkanmanmi.O‘zimizning qishloqdanmikin yoki yuqoridanmikin.To‘xta. "Maktub – II" debdimi. Demak,bundanchiqdi uning birinchisi ham bo‘lgan. Lekin birinchisiqayerda ekan. Oqib o‘tib ketdimikin? Esiz, birinchisiniko‘rolmadim-da.Demak, xatning uchinchisi ham bo‘lishimumkin. Kim ekan-a, bu qiz? Yigit-chi, yigit kimekan. Bu qizni shunchalik sevib qolishiga qaraganda?Kelishgan yigit bo‘lsa kerak.Xatning xayoli bilan bo‘lib, ariqning qulog‘i berkitilmayqolgani endi yodimga tushdi. Qosh ham qorayibqolibdi. Tezda suv yo‘lini to‘sib, uyga yo‘l oldim.Uyda xatni qayta-qayta o‘qib chiqdim. Ammo bunikim yozganligini sira bila olmadim. Shu sabab qiziqishimbattar kuchaydi. Shu kundan boshlab kanal yoqasidanberi kelmaydigan bo‘lib qoldim. Uni-buni bahona66


Hayot yog‘dulariqilib har kuni kanal yoqasiga boraman. Qolgan xatlarnitopish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.Xatni oqshom payti oqib o‘tib ketib qolmasligi uchunsuv yuziga shox-shabbalardan to‘g‘on qurib qo‘ydim.Shishaman degan hammasini bittalab, erinmasdan ko‘ribchiqaman. Shishada men izlagan narsa bo‘lmasa, unixafsalasizgina chetroq joyga uloqtirib yuboraman. Hayriyatki,izlanishlarim besamar ketmadi. O‘ylaganimdek,xatni yozgan kishi uni kunora suvga oqizgan. Shusababdan ularni hech qiynalmasdan to‘g‘onchadan tutibolar edim. Birinchi va oltinchi xatlardan boshqa hammaxatlarni topishga muvaffaq bo‘ldim. Ularning qisqachamazmuni shunday edi.Maktub – III"Assalom M aka. Tashqariga bir qarang, yomg‘iryog‘yapti. Yo‘q, siz yaxshilab qarang, bu yomg‘ir emas,achchiqqina ko‘z yoshlari-ku. Hozirgina bir sharpashu ko‘z yoshlar ostida rosa ivib keldi. Borma deganimgaqaramasdan ko‘ngil ko‘chalarini aylangani ketgandi.Bilasizmi, u nimani ko‘ribdi. Maktab oshxonasidevoriga bir zamonlar kimdir yozib ketgan "M+V"degan yozuvlarni. Ajabo, hali ham o‘chmagan ekan-da.O‘sha kimdir birovlarga azob berib yaxshi ko‘raredi. Esida turgan bo‘lsa, yoshligida opasining chaqalog‘iniko‘tarib chiqqan qo‘shni qiz hovliga soya tashlasa, qo‘lidagigo‘dakni olib, o‘ynatib-o‘ynatib bir chimchib yig‘-latib qochardi. Qo‘shni qiz ortidan koyib qolar edi-67


Abdulla Chimirzayevyu, ammo bilardi, bu ishni biror bir g‘arazlik uchun emas,balki suyib yig‘latganidan qilardi. Hozir ham biladi.Chimchilangan qalb yarasi oson bitmas ekan-da.Onam chaqiryaptilar xatimga shu yerda nuqta qo‘yaman,V».Maktub – IV«Qashshoq umidlarim qo‘lidan hech narsa kelmayapti.Bugun yo erta u naqd ko‘ksimga qulab tushadi. O‘shandato‘rga ilingan baliqday yig‘lab, ko‘z yoshlarimni menibo‘g‘ayotgan borliqqa ulab yuborsam kerak. O‘zimbilan arazlashib gaplashmay qo‘yishim aniq. Ahmoqningsavog‘iday uzun yo‘llardan har kun aqldan ozganxayolimni kuzatib qo‘yaman. Ammo u har safar qarshimgabosh egib, quruq qo‘l bilan qaytib kelaveradi.Kimsasiz bog‘da o‘rindiq ikki begonani kutibsarg‘aysa bizga nima. V.".Maktub – V"Salom M. aka. Tasavvur qiling. Tomdan tomchitomadi chik-chik. Bir tomchi tushdi. Birozdan so‘ngyana bir tomchi. Necha tomchi qoldi. Bir tomchi. Axirikki tomchi tushgandi qani bittasi? Tuproqqa singibketdi. M aka, nega bularni menga yozgan ekan bu tentakqiz, deya hayron bo‘larsiz, balki? Hozir tushuntiraman.Nol raqami o‘ziga juda mos tushgan. Negaki, "0"nol ichi bo‘m-bo‘sh. O‘z nomi bilan nol-da. Matematikhisobdan olib qaralganda, har qanday raqam noldanboshlanib, nolda tugaydi. Agar butun bir koinotni68


69Hayot yog‘dularicheksiz bo‘shliq, ya'ni nol deb oladigan bo‘lsak, nollaro‘rtasida raqamlar bo‘lgani kabi koinotda ham bo‘shliqdanbo‘shliqqacha bo‘lgan bo‘shliqda hayot borekan. Demak qisqa qilib aytadigan bo‘lsak,inson bolasiikki nolning o‘rtasida yasharkan.Shundan kelib chiqib, M sizsiz ham V baribiryashashga mahkum, degan xulosaga keldim. Lekin bilasiz,qaldirg‘och qancha vijirlagani bilan baribir qishdanqo‘rqadi.V.".Maktub – VII«Vaqt ustidan qah-qah otib yig‘ladim. Ikkalamizhech dugona bo‘lolmadik u bilan. Doim aytganini bajartirishgao‘rgangan tannoz. Tunov kuni tuyg‘ularimnibosib chil-chil sindirib ketdi. Tutib olib sochini yulmoqchiedim, yetolmadim. O‘ksidim. Bilaman ko‘ngilningpeshonasi yo‘q. Ammo taqdiri bor. U chaqmoqningsoyasi tushgan bor-yo‘g‘i oppoq qog‘ozga o‘xshaydi.Yo‘qchilik qat-qat bukkani bilan u sof qolmog‘i kerak.Unga astronomik nigohli dil izhorlar bilan, balkim baxtningsurati chizilar, zero dog‘ tushgan qog‘ozni ishlatmaydilar,g‘ijimlab axlat chelakka uloqtiradilar.Men ham qo‘limga zarrabin tutib, g‘ijimlanganko‘nglimdan shuni topdim:Menga haqiqatni gapirgin olov,Alahlab o‘yg‘otgan tushingdan so‘zla.Hilol haqqi yovvoyi bir ifor chiz,


Abdulla ChimirzayevMudragan ertaklar evrilsin bari.Ulgu bersin ushshoq ahli uchun bir,Doshqozon yuzini qoplagan mujda.She'r qanday yoziladi, men bilmayman. Bu shunchakiqalbim to‘riga cho‘kkan qirindilar, xolos. Tongda qushlarchug‘uri naqadar naqshin. Shu chog‘da bu satrlarnihovlimizda o‘ynab yurgan shabbodaga o‘qidim.Bilmadim, yetkazarmikan... Eltsa-da endi kech.Bog‘imizda bir gul bor edi. Avvaliga otam qattiqmehr berib qarab yurdi. Ammo baxtga qarshi yaqinikki yil bo‘ldi. U qurib qoldi. Otam uni "endi odambo‘lmaydi", deya ildizi bilan sug‘urib tashlab, o‘rnigaboshqasini ekib qo‘ydi. Men ham otamni qizimanshunday qilaman. V".Maktub – VIII"Chaqmoq osmonni kesilgan bargday ikkiga ajratibtashladi. Shunda men ilkis soyamni uchratib qoldim.Kunduzi yetmaganday u kechasi ham ortimdan ergashibyuribdiykan. Qop-qora kiyinib olgan.Menga nimanidir gapirmoqchi edi, ammo doimgidaytil tishlab qoldi. Axir u soya-da, u nimadir ishoraqilishi mumkin. Yoki siniq jilmayishi, arazlasa teskario‘girilib yig‘lashi mumkin. Ammo ishoning, soyalarhech qachon gapirmaydi.Nogoh bugun uni anglab qoldim. Uning ko‘zlarida"birovlarning birovi" menga qo‘llarini paxsa qilib baqirardi.70


71Hayot yog‘dulariMening orzularim, oppoq qordek beg‘ubor orzularim.Lekin ular qordek sovuq emasdi. Issiq qor edi. Bugunsen oppoq liboslarga burkanib olib, shaffof dilimniqora qilding. Avvallari iliq qorlar uzra gullar unardi.Dilim ichra qish qo‘ynida bahor bor edi. Endi... ko‘zlarimdanoqqan yosh kipriklarimda muzlab qolmoqda.Kaftimni peshonamga soyabon qilib, qattiq tikilib tursamqishdan so‘ng kuz kelayotganga o‘xshaydi. Shundanmi,qalbimdagi qirov boshimga oralay boshladi. Avvallarioqshomlar sutga chayilgan bo‘lar edi. Endi beboshkunduzlarimning ham rang-quti o‘chib bormoqda.Sendan iltimos, sochlarimga yog‘ayotgan kapalak qorabadiy muzlikka aylanmasdan burun yuragingninghovuriga quloq tut. Oppoq qor yerga qo‘nsa tuproqqaqo‘shilib ketadi. Gardsizligiga putur yetadi. Iltimos,to‘xtatib qol! Ko‘zlaringni och! Uyg‘on! Uyg‘on!!!Kipriklarim tunning yuzini yuvib tongga aylantirdi.M. aka sizdan bir o‘tinchim, endi tushlarimga kirmang...V".Shu voqeadan so‘ng, oradan yillar o‘tdi. O‘tganyillar mobaynida bu xatdagi satrlarni o‘qiyverib yodolib qo‘yganman, desam adashmayman. Men ularningegalari ustida ko‘p izlanishlar olib bordim. Siz va menuchun noma'lum bo‘lgan M. va V. harflari bilanboshlanuvchi ismlar V. xonimimiz o‘z ismini va sevganiM.ni "VII – Maktub"dagi she'rga shunday joylashtirganki,she'r satrlarining boshlanishidagi harflarga sevgani-


Abdulla Chimirzayevning, satr oxiridagi harflarga esa o‘zining ismini bekitadi.Bu she'r badiiy adabiyotda muvashshah deb yuritiladi.Ehtimol uni she'riyatni tushunadigan odam she'r debham hisoblamas. V. ning maqsadi she'r yozish emas,u bu satrlar orqali yashirgan sirini jumboqli qilib ochibbergan. Albatta, buni anglash uchun o‘quvchi g‘oyatsezgir bo‘lishi darkor. Men ham bu sirni ochmoqchiemasman. Mayli, V. yashirgan sir sirligicha qolaversin.Hamma o‘zi uchun bu sirni kashf eta qolsin. Menham bu sirni tasodifan anglab yetgan chog‘imda buqahramonlarimiz hayotida ham turlicha o‘zgarish bo‘lganinibildim. Endi aziz o‘quvchim, men sizga V.niyaqindan tanishtirmoqchiman.U oilasida to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ota-onasi o‘zlarigato‘q odamlar edi. V.ning otasi tadbirkor, savdo ishibilan shug‘ullanuvchi kishi bo‘lib, uning ko‘pgina do‘konlaribor edi. Qiziga kuyovni ham otasining o‘zi topgandi.Onasi esa qishloqdagi muallima, ona tili va adabiyotfanlaridan dars berardi. Ular oilasida to‘qqiz kishi,ota-onasi bilan, albatta. Otasining puli ko‘p narsagayetardi. Afsuski, ayrim narsalar borki, ularni pul bilanham sotib olib bo‘lmas ekan. Ya'ni, o‘z pushtidanbo‘lgan o‘g‘il farzandni. Chunki Rahmon Safarov shuyetti qizidan bittasi, albatta, o‘g‘il bo‘lishini juda-judaxohlagan. Lekin ona tili va adabiyot o‘qituvchisiMuhayyo Safarova Rahmon Safarov bilan o‘chakishgandayyetti farzandni ham qiz qilib tuqqan. Ular72


Hayot yog‘dularinoiloj taqdirga tan berdi. Qiz bo‘lsa ham farzand,berganiga shukr, deyishdi. Endi V.ga kelsak, qishlog‘imizdaikkita chiroyli qiz bo‘lsa, uning bittasi shu.Agar bitta bo‘lsa, o‘sha ham shu qiz. Demak, shundayekan, sizga uning jismoniy go‘zalligi ta'rifini keltiribo‘tirishimning hech hojati yo‘q deb o‘ylayman. Agaruni tasavvur etmoqchi bo‘lsangiz, Marg‘ilonning qiziKumushbibini eslang. Go‘zallikda Kumushbibidaybo‘lsa bordir, lekin aslo kam emas. Undan ancha yoshkichik bo‘lishimga qaramay men ham uning tashqigo‘zalligiga oshiq edim. V. menga yanga bo‘lgach,ya'ni amaki akamga zavja bo‘lib tushgach, unga nisbatanoshiqligim hurmatga aylanib, o‘n chandon ortdi. Chunkishu davr ichida amaki akamni ardoqlashga, sevishgaharakat qildi. U ichidagi dardini bir dam bo‘lsa-dabildirgan emas. Tag‘in sizga so‘zlagan oshiq so‘zimninoto‘g‘ri tushunmang. Shunchaki, havas qilganman, opamsifatida sevganman, hurmat qilganman. Ha aytgancha,amaki akam V. ning hali ismini bilmay turib turmushgachiqqan eri. Uning ismi Qulmat. Qorachadan kelgan,basavlatgina yigit. Tadbirkor, qishlog‘imizda kattaginado‘koni ham bor. U juda odamoxun, hamma bilan tiltopishib ketadigan, qishloqliklarning tili bilan aytganda"qishloqning oldi yigiti". Endi angladingizmi. Bu yigitniV. ning otasi nima uchun kuyov qilganligini? U kuyovemas,V.ning otasi orzu qilgandek u kishiga o‘g‘ilo‘rniga o‘g‘il bo‘ldi. Uning qizini boshiga ko‘tardi.73


Abdulla ChimirzayevBechora akam bu gaplardan xabarsiz-da, xotinini yer-uko‘kka ishonmaydi. Faqat meni sevadi, men uchunyashaydi, deb o‘ylaydi. Lekin bu voqealarni bilsa bormi,xudo asrasin, shunday oilaga putur yetishi hech gapmas.Shuning uchun ham men miq etmayman. Men balki bugaplarni aytmay akamga xiyonat qilayotgandirman. Lekinaytib tiniq suvday kechayotgan hayotlarini loyqalantirgandanko‘ra, bir umr gap ichimda chirib ketgani ma'qul.Qulmat amakimning oilasiga kelsak, u yolg‘iz farzand.Uning ota-onasi nafaqada, avval kolxozchi bo‘lishgan.Hozir yakka-yu yagona bolasining rohatini ko‘ribo‘tiribdilar. Yaqinda suyukli kelini V. qo‘chqordeko‘g‘il nabira tug‘ib berdi.Endi V.ning armonli muhabbati bo‘lgan M.gakelsak. M. ham aqlli-hushli yigit, faqat u Qulmatakamga o‘xshagan qorachadan kelgan emas, balkiuning aksi, qoshi ko‘zi qora o‘zi oppoq yigit, sochlariesa xuddi gugurt cho‘pning boshi singari qorong‘iroqjoyda tursa qora, oftob tegsa qo‘ng‘ir ko‘rinish oladi.Xullas, bir so‘z bilan aytganda, kelishgan yigit. M. buo‘tgan yillar mobaynida o‘z bilimi bilan tibbiyot institutigao‘qishga kirdi. Bu yigitga faqat V. emas, qishlog‘imizdagiko‘pgina qizlar ham maftun ekan. Men M.to‘g‘risida ham yetarlicha ma'lumot to‘pladim. Orqavorotdanso‘rab-surishtirishlar natijasida chiqargan xulosamshu bo‘ldiki, M.ning ham V.ga ko‘ngli bor ekan.M.ning oilasi iqtisodiy tomondan qiynalibroq kun ke-74


Hayot yog‘dularichirar edi. Shu sabab M. V.ga biron nima deyishgabotina olmagan. Rahmon Safarovdek tadbirkor, boyodam uni shu turishiga kuyov qilmasligini bilgan.Shuning uchun avval o‘qishga kirib, so‘ng og‘iz solmoqchibo‘lgan. Aksiga olib, o‘qishga hujjat topshirgan yiliyiqilgan. Afsuski, V.ning uni kutishga iloji ham, imkoniyatiham yo‘q edi. Chunki yana bir-ikki yil kutsa qari qizbo‘lib qolishi mumkin. Uning kasriga singillari ham"o‘tirib" qolishi mumkin bo‘lgan. Bu esa yaxshi emas.Mana shularni o‘ylagan Rahmon Safarov qizini doimoyelib-yugurib, xizmatini qilib, "akam-akam"lab ko‘ngliniolgan Qulmat akamga bermoqchi bo‘lgan. Ayni shunikutib yurgan Qulmat akamga bu ikki chandon yoqibtushgan va ota-onasini sovchilikka jo‘natgan. Bu voqealarbo‘lib o‘tayotgan bir paytda o‘qishga kirgan M.niham ota-onasi bir amallab yig‘ib qo‘ygan puli evazigashu qishloqdan boshqa bir qizga uylantirishadi. Shubilan ayri-ayri taqdir yo‘llari o‘z izmi ila odimlayveradi.Shu voqealardan yetti yil o‘tganidan so‘ng yanabir hodisa sodir bo‘ldi. Toshkent~Termiz yo‘lidakatta tezlik bilan ketayotgan amakim Qulmat mashinasidaavtohalokatga uchradi. U kasalxonada vafot etdi.Bechora V. yangamning yig‘isi olamni titratdi. Unikuzatib turib, hech amaki akamdan boshqa yigitnisevganiga ishongim kelmas edi. Xudoyisi kuni kattaonamiz bu ko‘rgulikka chidolmay yotib qoldi. Bechorabuvamning esa o‘z dardi ichida, bir haftaning ichida75


Abdulla Chimirzayevcho‘kib, ancha qarib qoldi. Qora sochlariga oq tushdi.Yaxshiyam bularning baxtiga V. yangam bor. Uo‘zining yog‘iga o‘zi qovrilib, o‘zi bilan o‘zi ovvorabo‘lib, chol-kampirning xizmatini qilib yuribdi. Qulmatakamning yili o‘tgach bir ishni qilmoqchi bo‘ldim.Bilmadim, bu gunohmi yoki savob. Shu paytgachaaralashmay jimgina kuzatib keldim. Nima bo‘lsa bo‘lardeb, ko‘zimni chirt yumib, orimni ham chetga suribqo‘yib, ikki kishini baxtli qilmoqchi bo‘ldim. Kim ekanbular deb hayron bo‘layotgandirsiz. Hayron bo‘lmang.M. ham turmush qurganiga yetti-sakkiz yil bo‘libdiki,farzand ko‘rmadi. O‘zi do‘xtir bo‘lgani uchun aybkimdaligini yaxshi biladi. Farzandsizligining sababchisixotini. Lekin xotiniga ket deya olmaydi. Ketsa-ketsin,bo‘lmasa o‘zi biladi, deb ixtiyoriga tashlab qo‘ygan.Endi tushundingizmi nima qilmoqchiligimni. Menqo‘limdagi xatlarning hammasini M.ga topshirdim. Uesa bu ishimdan juda xursand bo‘ldi. Agar xatni olibbormagan taqdirimda ham shu ishni qilmoqchi bo‘lganiniaytdi. Ya'ni V.ga og‘iz solmoqchiligini. Ularni mendanolganini hech kimga aytmasligini, hatto yangamdan hamsir tutishini iltimos qildim. Oradan ancha vaqt o‘tib,V.ning ota-onasinikiga M.dan sovchilar kelibdi. BuniQulmat akamning ota-onasi ham eshitdi. Men ulardanbu ishga qattiq e'tiroz kutgan edim. Lekin, ular hechqanday qarshiliksiz rozi bo‘lishdi. Faqat o‘g‘ilchangnibizga berasan deyishibdi. Men esa V. yangamdan bu76


Hayot yog‘dularikutilmagan baxtdan jon-jon deb rozilik kutgan edim.Lekin qizig‘i shundaki, u bu taklifni butunlay rad qildi.– Qayta turmush qurmayman, ~ deb turib oldi.Ilojsiz qolgan M. unga o‘zi yozgan xatlarini ko‘rsatdi.V. xatlarni qanday qilib uning qo‘liga tushib qolganigaqiziqdi, xolos. U shundan so‘ng, qat'iy qilib, M.ga:– Sizni bir zamonlar sevganim rost, ehtimol hozirham sevarman, lekin dunyoda sevgidan boshqa shundaytuyg‘ular borki, o‘sha tuyg‘ular xotirasi uchun bir umryolg‘iz o‘tsang arziydi. Men bu kishi bilan turmushqurib baxtimni topdim. Siz, albatta, mening birinchisevgim bo‘lib qolasiz. Endi men o‘g‘lim uchun yashamoqchiman,~ dedi.Shu gaplar ta'sir qildimi, M. V.ga qayta sovchiqo‘ymadi.Oradan o‘n yil o‘tdi. Men ham uylandim, farzandlibo‘ldim. Lekin hali-hali V. yangamni ko‘rsam qilmishimuchun chaqnab turgan ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yergaboqib, ikki chakkam sholg‘omdek qizaradi. Bugunham shunday bo‘ldi. Uyimizga V. yangam kirib keldi.Bir piyola choy ustida suhbat qurdik.– Mahkamjon uka! O‘g‘lim Yodgorjonni uylantirmoqchiman.Mana, o‘qishniyam bitirdi, ishga joylashdi.Endi ola xurjunni bo‘yniga osadigan vaqt keldi. Suyanganim,ishonganim sizlar. O‘g‘limni yetim ekaninibildirmay, to‘yga bosh-qosh bo‘lishlaringizni so‘rayman.Iltimosim shu.77


Abdulla Chimirzayev– Albatta, yanga, shuni ham so‘rab o‘tiribsizmi,qo‘limdan kelganicha yordamimni ayamayman.Shu bahona V. yangam bo‘lib o‘tgan voqealarnibir-bir xotirladi. U ketar chog‘da bir umr meni qiynabkelgan gapni aytdim.– V. yanga, meni kechiring! O‘sha xatlarni mentopib olgandim va M. akaga bergan edim, ~ dedim.Uyatdan boshimni egib. U menga kulib qaradi-da,boshini sarak-sarak qilib;– Bilaman-bilaman, ~ deya chiqib ketdi.Men turgan joyimda yerga yarmi ko‘milgan ustundaytik qotib qoldim. Radiodan esa mashhur Oxunjonhofizning shirali nafasi ila qo‘shiq yangradi:Sevadi, kutadi, qiladi alam,Ammo dorga osing, aytmas birovga.Sevishini aytmay sevganiga ham,Tegib ketaverar boshqa birovga.Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlari…78


Hayot yog‘dulariM U N D A R I J AYolg‘iz kabutar...............................................5Cho‘lga tushgan tosh.....................................12Omonat yulduzlar .......................................23Hayot yog‘dulari .........................................38Suvga oqqan maktublar ..............................6379


Abdulla ChimirzayevABDULLA CHIMIRZAYEVHAYOT YOG‘DULARIhikoyalarMuharrir: Humoyun AkbarovRassom: Xurshid O‘rozaliBadiiy muharrir: Akbarali MamasoliyevMusahhih: Davron RajabovSahifalovchi: Oygul FozilovaNashriyot litsenziyasi ¹. 181. 08.12.11.Terishga 16.08.2012 da berildi. Bosishga ruxsat 20.09.2012 daberildi. Bichimi 70x90 1 / 32. Ofset usulida bosildi.«Academy» garniturasi. Shartli b.t. 2,34. Nashr-hisob t. 2,0.Adadi 20.000 nusxa. Buyurtma ¹«ADIB» nashriyotida tayyorlandi.100027. Toshkent. O‘zbekiston ko‘chasi, 16-uy.Tel: (8371) 245-89-24.O‘zbekiston Matbuot va axborot agentliginingG‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyibosmaxonasida bosildi.100128. Toshkent. Shayxontohur ko‘chasi, 86.Muqovani bezatishda respublika rassomlik kollejitalabalarining ijodiy ishlaridan foydalanildi.80

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!