13.07.2015 Views

KUG - Jalaquduq pedogogika kolleji axborot resurs markazi

KUG - Jalaquduq pedogogika kolleji axborot resurs markazi

KUG - Jalaquduq pedogogika kolleji axborot resurs markazi

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIO‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZIK. HOSHIMOVKUNI UZAYTIRILGANGURUHLARDA TA’LIM-TARBIYANAZARIYASI VA METODIKASIKasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIKKOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATITOSHKENT — 20071


O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginingoliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodikbirlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidannashrga tavsiya etilgan.Taqrizchilar:Pedagogika fanlari doktori — Safo Ochil,Pedagogika fanlari doktori — F. R. YuzlikayevHoshimov, Komiljon.Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi vametodikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. — T.:«Sharq», 2007. — 272 b.Kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu o‘quv qo‘llanmada milliyistiqlol mafkurasi g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari,shakllari va metodlari bayon qilingan.Qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi, o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlariningboshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan.ISBN 978-9943-00-182-4© «SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlikkompaniyasi Bosh tahririyati, 2007-y.2


KIRISHO‘zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida kattao‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillik sharofati bilan qisqa davrmobaynida asrlarga tatigulik salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu,ayniqsa, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy sohalardanamoyon bo‘lmoqda.Prezidentimiz I. Karimov milliy merosimizni va jahonning engrivojlangan davlatlari tajribalarini ilmiy tahlil qilar ekan, jahonsivilizatsiyasining hozirgi bosqichida mamlakat rivojlanishiningbosh omili inson ekanligini o‘z asarlarida, nutqlarida metodologik,ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. U o‘zining «Tarixiy xotirasizkelajak yo‘q» asarida: «Hozir O‘zbekiston deb atalmish hudud,ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahonsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tanolmoqda» 1 , deb yozadi. Xuddi shu masalaga G‘arb olimlari hamalohida e’tibor bermoqdalar, masalan, G‘arb olimlaridan RaypliVin: «Afsuski, Vatanimizda ko‘pchilik odamlar o‘z qadriyatlari— ma’naviyatini unutib bormoqda. Mubolag‘asiz aytamanki,O‘zbekiston ma’naviyat masalalarida buyuk Britaniyaga o‘rnakbo‘lishi, unga dars berishi mumkin» 2 , — deydi.O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfununyaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zamindazardushtiylik dini keng yoyilgan davrlarda ham nekbin pedagogikmafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi«Avesto»da o‘z ifodasini topgan.Istiqlolga erishgunimizga qadar biz tarbiyaviy ishlarimizdaYevropa pedagogikasini asos qilib olgan va o‘rgangan edik. Endigivazifa Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tiborni ko‘proqqaratmoqdir. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hur1Karimov I. A. Adolatli jamiyat sari. — T.: «O‘zbekiston». 1998, 31-bet.2«Xalq so‘zi» gazetasi. (Raypli Vin maqolasi). 1997-yil, 3-iyul.3


fikrlik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir»degan olmon olimi Xyorler nechog‘li haqdir.Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosigo‘yo ulkan bir dengiz. Milliy qadriyatlarni umuminsoniyqadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish shu kunning talablaridandir.Chunki biror millat o‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridanajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma’naviyatida o‘zigaxos tomonlar bo‘lsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning birqismidir. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, biz qurayotganyangi jamiyat «binosi» uchun birinchi galda milliy qadriyatlarustun bo‘lmog‘i lozim. Biz, eng avvalo, milliy o‘zligimiznianglamog‘imiz, o‘z tafakkurimizni kashf etmog‘imiz lozim.Unutilayozgan sarchashmalarimizni puxta, atroflicha o‘rganmog‘imizbirinchi galdagi vazifadir.Bashariyatning fozil va oqil kishilari asrlar davomida maktabchinakam ilm dargohi, ma’rifat <strong>markazi</strong> bo‘lib kelganligini, undainson shaxsi haqqoniyat, adolat, samimiyat va ilg‘or insonparvarlikg‘oyalari asosida tarbiyalanganligini faxr bilan targ‘ib qilib kelganlar.«Fuqaro uchun iqtisodiy ta’minotdan so‘ng eng muhimzaruriyat — bu ma’naviy ta’minot — xalq ta’limidir» deyilishiham ayni haqiqatdir. Maktab va jamiyat bir-biridan ajralmasdir.Bizning asrimizda hech bir xalq ma’lumotsiz, ilm-fansizyashay olmaydi. Mamlakatdagi yangilanish jarayonlari va ijtimoiytuzumdagi tub o‘zgarishlar ta’lim tizimiga, uning asosiy bo‘g‘inibo‘lgan umumiy ta’lim sifatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.Jamiyatimiz ulug‘ maqsadlarimiz sari dadil, olg‘a siljimog‘i uchunhar bir yangi avlod ma’lumot va umumiy madaniyatni, kasbkorlikmalakasi va fuqarolar faolligini yanada yuqori pog‘onagako‘tarishi kerak.Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari,islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishinatijasida jamiyatning <strong>markazi</strong>y asosi hisoblangan xalq ta’limidaham tub islohotlar ro‘y bermoqda, u pedagogik texnologiyalar,amaliyot uslublari bilan boyib, yangilanmoqda, moddiy jihatdanmustahkamlanmoqda.Respublika Prezidentining ta’limni rivojlantirish, yoshlargajahon andozalariga mos bilim, malaka va ko‘nikmalar berish,yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashborasida ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya4


ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o‘zgardi. Eng asosiysi,mamlakatimizda ta’limning milliy modeli yaratildi.Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mamlakat iqtisodiyotida,shu jumladan, ta’lim tizimida islohotlar katta kuch, mablag‘,mehnat evaziga amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda o‘quvtarbiyaishlarini tashkil etish, uning moddiy bazasini mustahkamlash,yangi ta’lim muassasalarini qurish, o‘quvchilar hamdao‘qituvchilarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilishuchun bir yilda davlat budjetining 27 foizi sarflanmoqda.Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o‘zining O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so‘zlagannutqida: «...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturniamalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyatta’lab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko‘zi bilanqaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtayinazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladiganmanfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar» 1deb ta’kidlagan edi.Modomiki, davlat va jamiyat kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshavlod ta’lim-tarbiyasiga hech narsani ayamayotgan ekan, o‘zumrini bunday ulug‘ va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan har birpedagog davlat va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonchgamunosib bo‘lishi, pedagogik faoliyatida yuksak samaradorlikkaerishish bilan javob berishi, XXI asr maktabini bunyod qilishdafaol qatnashishi lozim.Jamiyatimiz kabi milliy ta’lim tizimimiz ham mustaqillikkaerishdi. U shakllandi va takomillashib bormoqda.Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining«Oila bog‘chasi», «Bog‘cha-maktab» majmualari tashkil etildi,umumta’lim maktablari tarkibida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib,gimnaziya, akademik litsey, kollej kabi yangi tipdagi o‘quv muassasalari,komplekslari barpo etildi.Ta’limdagi islohotlar o‘rta maxsus va oliy ta’lim bo‘g‘inlaridaham olib borildi: ko‘pgina pedagogika institutlari universitetlarga,pedagogika bilim yurtlari kollejlarga aylantirildi. Bu islohotlarningasosiy maqsadi yoshlarga ta’lim va tarbiya berish saviyasini1I. Karimov. «Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». —T.: «Sharq», 1997. — 19-bet.5


yanada yuqori ko‘tarishga, ularni mustaqil mehnat faoliyatigatayyorlashni yaxshilashga qaratilgandir. Shuningdek, maktabo‘quvchilari qalbiga Vatanga muhabbat, jamoatchilikka, kattalarga,ota-onalar va o‘qituvchilarga hurmat tuyg‘usini singdirishga,o‘z xulq-atvori uchun yuksak mas’uliyatni his qilishiga,o‘z-o‘zini boshqarishga da’vat etish hamdir.Mas’uliyatli va sharafli bu ish oila, maktab, mahalla va kengjamoatchilikning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi. Tegishli —vazirliklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarining ta’limtarbiyaishlariga rahbarligi va ularni amalga oshirishlari bujarayonlarni jadallashtirish maqsadlariga muvofiq ravishda amalgaoshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda shaxsning har tomonlamava uyg‘un ravishda rivojlanishi tobora taraqqiy etayotgan fantexnikaningzarur talabi bo‘lib qolmay, ijtimoiy taraqqiyot talabihamdir.Endilikda gap kishilarning, yosh avlodning umumiy ma’lumotinioshirish ustida emas, ularning kompyuter savodxonliginioshirish va ekologik bilimlar bilan qurollantirish haqida hambormoqda.Zotan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni istiqlol g‘oyalari ruhida,zamonamizning har tomonlama kamolga yetgan fuqarolariqilib tarbiyalash maktab oldida turgan eng muhim vazifalardanbiridir. Ilmiy, milliy tarbiya vazifalari komil insonni tarbiyalabvoyaga yetkazish masalasi aniq maqsadga yo‘naltirilgan izchil vachuqur pedagogik faoliyat yuritishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiyajarayonining samaradorligini oshirish, uning usul va metodlarinitakomillashtirish uchun yetarli sharoit yaratish, ularni odob-axloqruhida tarbiyalash ishini yanada kuchaytirish, ayniqsa, siyosiyiqtisodiymustaqillikka erishilgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tilgan birsharoitda yoshlarni yangicha yashashga, ishlashga o‘rgatish xalqmaorifi xodimlari va ko‘p sonli o‘qituvchilar oldida turgan engmuhim masalalardandir. Bularni ommaviy tipdagi umumiy ta’limmaktablaridagi o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish qatorimaktablarning konstruksiyasini o‘zgartirish, yangi tipdagi o‘quvtarbiyamuassasalarini barpo etish, ularning ishini shu kunningtalablari darajasida tashkil etish orqali amalga oshirish mumkin.Chunki, maktablar faoliyatida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyajarayonining o‘zi hayot taqozo etgan dialektik qonun asosida6


ivojlanib, takomillashib boradi va shu asnoda yangi-yangi ta’limtarbiyamuassasalarini vujudga keltiradi.Shu hayotiy pedagogik talablarni hisobga olib, sobiq Ittifoqningvazirlar Kengashi 1960-yil 15-fevralda «Kuni uzaytirilganmaktablar tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1962-yildabu tipdagi maktablar uchun maxsus Nizom tasdiqlandi.Qaror qabul qilingandan keyin respublikamizda kuni uzaytirilganmaktablar, sinflar va guruhlarga bolalarni qabul qilish ishlarikeng yo‘lga qo‘yila boshlandi. Masalan, 1959—1960-o‘quv yilidaO‘zbekistonda 180 ta maktabda kuni uzaytirilgan 277 ta guruhtashkil qilinib, bu guruhlarga 7201 nafar bola jalb qilindi. Bundaymaktab, sinf va guruhlarda o‘quvchilarning muayyan qismitarbiyalandi.Kuni uzaytirilgan maktablar, sinf va guruhlarning tashkilqilinishi va ular sonining o‘sib borishi maktablarda ta’lim-tarbiyaishlarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish, bir sinfda ikki yil o‘qishnibartaraf etish, bola qarovsizligini oldini olish, o‘quvchilar xulqatvorininazorat qilish, ularni sog‘lom qilib tarbiyalash imkoniyatiniyaratdi. Shuningdek, bola tarbiyasida oilaga yordam berish,ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan ota-onalarning xotirjam,unumli mehnat qilishlarini ta’minlash, oilada bola tarbiyasi bilanband bo‘lib qolayotgan onalarni xalq xo‘jaligining turli sohalarigajalb qilish, yosh avlodni tarbiyalashda jamoatchilikning rolinioshirish kabi hayotiy masalalarni amalga oshirishda alohidaahamiyat kasb etadi.Maktab va maorif oldida turgan muhim masalalarni hal etishda,vazifalarni amalga oshirishda yangi tipdagi muassasalarning,guruhlarning imkoniyatlari ancha keng va qulaydir. Jumladan,o‘quvchilarning kun bo‘yi pedagog tarbiyachilar, yoshlar vao‘quvchilar tashkilotlari nazoratida bo‘lishlari, sinfda va sinfdan,maktabdan tashqari olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlariniuzluksiz amalga oshirishlari, umumiy ovqatlanishlari, jamoa bo‘libo‘ynashlari va dam olishlari, ya’ni o‘quvchilar faoliyatiningtuzilgan kundalik rejim asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya ishlariniyuqori saviyaga ko‘tarishda, ayniqsa, bir sinfda ikki yilo‘tirishini tugatishda, ijtimoiy tarbiyani amalga oshirishda halqiluvchi ahamiyatga egadir.Umumiy ta’lim maktablari zaminida vujudga kelgan kuniuzaytirilgan sinf, guruh hamda maktab-internatlar jamiyatimiz7


taraqqiyotining yangi bosqichida vujudga kelgan ta’lim-tarbiyashoxobchalaridir. Ular kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hartomonlama tarbiyalash, jamiyatning har xil ixtisosga bo‘lgan talabva ehtiyojlarini to‘la qondirish, xalqning madaniy saviyasini oshirishvazifasini bajarishga xizmat qiladi.Respublikamizda bolalarni oilada tarbiyalashni yaxshilashborasida xilma-xil tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatordaijtimoiy tarbiyaning turli shakllarini rivojlantirish va ularning rolinikuchaytirishga tobora katta e’tibor berilayotgani qonuniy vamuhim vazifadir.Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘quvchilargatizimli, ijobiy ta’sir etishni kengaytirish bola tarbiyasidaoilaga kerakli yordamni ko‘rsatish bilan birga oila va maktabhamkorligini mustahkamlashga sharoit yaratadi. Eng asosiysi, buomillar: dars tayyorlash, darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari,jamoat topshiriqlari, mehnat va sport, badiiy havaskorlik, o‘quvchilarningbir me’yordagi (kun davomida) dam olishini yagonareja asosida tashkil qilish imkonini beradi. Kuni uzaytirilgan guruhva internat tipidagi maktablar jamoatchilik tarbiyasining asosiyshakli bo‘lib, davlatning maorif sohasidagi siyosatiga, xalqningmaorifga talabi va qiziqishlariga to‘liq javob beruvchi eng samaralimuassasalardir. Bolalarni bu tip muassasalarda tarbiyalash ijtimoiyxarakterga ega bo‘lib, ota-onalarning, ayniqsa, ayollarning ishlabchiqarishda xotirjam mehnat qilishlarini, dam olish, ijtimoiysiyosiyhayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi.Kuni uzaytirilgan guruh va internat tipidagi maktablardao‘quvchilarning barcha o‘quv va sinfdan tashqari ishlari tarbiyachirahbarligida hamda bolalar jamoasi ta’siri ostida ratsionalrejim asosida olib boriladi. Shuningdek, ularga madaniy xulq vaodob-axloq me’yorlari amaliy ish jarayonida singdirib boriladi.Xulosa qilib aytish mumkinki, kuni uzaytirilgan guruh, internat-maktablarmustaqilligimizni mustahkamlash davridagi xalqmaorifi tizimining muhim tarkibiy qismidir.8


BIRINCHI QISMKUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB,MAKTAB-INTERNATLARNING TARAQQIYOTIVA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARIKUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUHLARNING IJTIMOIYPEDAGOGIK ZARURATI VA QISQACHA TARIXIAngliyalik faylasuf va pedagog Jon Lokk (1632—1704) oilatarbiyasining ahamiyatini oshirib ko‘rsatib, xalq maorifining roliniinkor etdi. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz materialistiva ma’rifatchisi K. A. Gelvetsiy (1715—1771) jamoatchiliktarbiyasini yoqlab, maktab-internatlar ochishni taklif qildi.D. Didro (1713—1784) bepul umumiy majburiy boshlang‘ichta’limning amalga oshirilishi va kambag‘allarning bolalari o‘qishiuchun davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi zarur desa,shveysariyalik mashhur demokrat pedagog I. G. Pestalotssi(1746—1827) oila tarbiyasini ideallashtirib, jamoatchilik tarbiyasiniikkinchi o‘ringa qo‘ydi. Angliyalik utopik-sotsialist R. Ouen(1771—1858) maktabgacha tarbiya g‘oyasini kashf etdi. U bolalar3 yoshidan jamoat muassasalarida tarbiya olib, jamoa bo‘libyashashi, ishlashi hamda hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlarniolishlari kerak, deb hisobladi.V. G. Belinskiy, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy vaA. A. Dobrolyubovlar jamiyatni tubdan o‘zgartiradigan faolkurashchilarni tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdilar. Ular kurashchanodamlar oila va maktabda tarbiya olishlari lozim, oilatarbiyasi esa ijtimoiy xalq tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir,deb uqtirdilar.Rus pedagogi K. D. Ushinskiy (1824—1870) esa ijtimoiytarbiya tarafdori bo‘lib, xalq maorifi ishini xalqning o‘ziga topshirishkerak, deydi.Tarbiya ishini umumxalq ishi deb bilgan, dehqon bolalari uchunmaktablar ochgan L. N. Tolstoy ham ijtimoiy tarbiya tarafdoribo‘lgan. L. N. Tolstoyning XIX asrning 60-yillarida Yasnaya Polyanadatashkil qilgan tajriba maktabi mohiyatan kuni uzaytirilganmaktab edi. Unda ta’lim oladigan bolalar bilan maktab ertalabki9


dars mashg‘ulotlaridan so‘ng kunning ikkinchi yarmida o‘ziga xosish boshlagan: bolalar jamoa bo‘lib uy vazifalarini bajarishgan,o‘quv tomorqasida ishlashgan, L. N. Tolstoy ajratib bergan yeruchastkasida mehnat qilishgan, tajribalar o‘tkazishgan, ekskursiyalargaborishgan, adabiyot va tarixdan qiziqarli hikoyalarnio‘qishgan. Lekin o‘tmishdagi pedagoglar ham, sotsialist-utopistlarham, hattoki rus-demokratlari ham o‘sib kelayotgan avlodgatarbiya berishda oila va ijtimoiy tarbiyaning bir-biriga bog‘liqliginiilmiy asosda ko‘rsatib bera olmadilar.Materialist faylasuflar oila va ijtimoiy tarbiya muammosinijamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlariga, taraqqiyotqonunlariga bog‘liq ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdilar.Shuningdek, maorif sohasidagi dolzarb muammolardan birisifatida kuni uzaytirilgan guruhlar ochish masalasini ilgari surdilar.Chunki, yuqorida aytganimizdek, ishlab chiqarishda band otaonalarningbolalari nazoratsiz qolmasligida, ularni bilim asoslaribilan mukammalroq qurollantirishda kuni uzaytirilgan guruhlarijtimoiy hayot uchun birdan bir zaruriyat edi.Ilg‘or pedagog olimlar ishlab chiqarishning rivojlanishini maktablartaraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatib, yoshavlodni tarbiyalab voyaga yetishtirishda kuni uzaytirilgan maktabva guruhlar tashkil etish zarurligini nazariy jihatdan asosladilar.Dunyoning rivojlangan mamlakatlari maktablarida ham kuniuzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan. Bunday maktablar birinchibo‘lib 1908—1912-yillarda AQSHning Gari va Detroyd shaharlaridapaydo bo‘ldi. 1930-yillarga kelib bu tipdagi maktablarAQSHning hamma shaharlarida joriy etildi.Sobiq sovet hukumati davrida (1919-yillarda) maktablartizimi, tamoyili va istiqboli haqida turli g‘oyalar, qarashlar o‘rtagatashlandi. O‘sha yillarda sobiq sovet davlatining birinchi xalqmaorifi komissari A. V. Lunacharskiy: «...maktabni qayta qurishva takomillashtirish kuni uzaytirilgan maktablar va maktabinternatlartashkil qilish yo‘lidan boradi», — deb ta’kidlagan edi.Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalarning <strong>markazi</strong>yshaharlarida, jumladan, Leningrad va Toshkentda ham o‘shakezlarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etila boshlandi. Lekinshu paytlarda davlatning iqtisodiy jihatdan ahvoli og‘ir bo‘lishi,malakali mutaxassis kadrlarning ozligi kuni uzaytirilganmaktablarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.10


Arxiv materiallari va matbuot xabarlaridan sobiq sho‘rohukumati Toshkentda bolalar nazoratsizligining oldini olishmaqsadida turli tadbirlar ko‘rgani ma’lum. U vaqtdagi kuni uzaytirilganmaktablar hozirgi maktablar kabi mukammal bo‘lmasaham, ularda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlarini uzluksiz o‘tkazishgaqaratilgan ba’zi urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 1918—1919-yillardaToshkent shahridagi N. G. Chernishevskiy nomli mehnat tajribamaktabida o‘quvchilar bir smenada o‘qib, kunning ikkinchiyarmida, asosan, sinfdan, maktabdan tashqari ishlar bilanshug‘ullanganlar. Ularga issiq ovqat berilgan. Bu asosan, o‘quvchilarqo‘mitasi rahbarligida o‘z-o‘zini idora qilish yo‘li bilan olibborilgan edi. Bu yerda o‘quvchilar dars ham tayyorlaganlar.Ammo dars tayyorlash uchun alohida xonalar va rahbarlik qilishuchun tarbiyachilarning yo‘qligi ta’lim ishlarida katta qiyinchiliklartug‘dirgan. Toshkent shahrida, tor doirada bo‘lsa ham,birinchi marta maktablar qoshida kuni uzaytirilgan guruhlarning(o‘sha vaqtda yarim internat deb atalar edi) tashkil etilishimaktablarimiz tarixida katta ahamiyatga ega.V. Nevskiyning 1920-yilda yozgan bir maqolasida bolalartarbiyasi bilan shug‘ullanadigan klublar, klublar huzurida esa turlito‘garaklar tashkil qilingani, bunga 8 yoshdan 16 yoshgachabo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar jalb qilinib, tarbiya ishlari olibborilgani haqida ma’lumot berilgan. Bolalar klublarida bolalarningo‘z-o‘zini idora qilish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa ham,ularning mustaqil o‘qishlari, xilma-xil faoliyatlarini tashkil etish,uy vazifalarini tayyorlatish kabi asosiy ta’lim ishlari yetarlidarajada amalga oshirilmagan.1933-yili «Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ongli intizomnimustahkamlash haqida» O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligimaktablar sektorining xati e’lon qilinib, unda ham bolalar nazoratsizliginingoldini olish, nazoratsizlik oqibatida paydo bo‘lganyomon xulq-atvor, chekish, karta o‘ynash kabi zararli odatlargaqarshi kurashish masalalari ilgari surildi va maktablarda bolalarningbo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri uyushtirish orqali ularni yomonta’sirlardan saqlab, ongli tarbiya prinsiplari asosida tarbiyalash,ertalab badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, tanaffus va darsdankeyingi bo‘sh vaqtlarda yaxshi dam olishini ta’minlash maqsadidaturli ommaviy o‘yinlar uyushtirish, to‘garaklar ishlarini tashkiletish lozimligi ko‘rsatildi.11


1937-yilda nashr qilingan «Êëóá» (21-son), «Îáùåñòâåííèöà»(16-son), «Êóëüòóðíàÿ ðàáîòà ïðîôñîþçîâ» (9-son) kabijurnallarda e’lon qilingan materiallar ham O‘zbekistonda tashkilqilingan klublar bolalar tarbiyasida katta rol o‘ynaganini ko‘rsatadi.Bunday klublar, asosan, zavod-fabrikalar qoshida tashkiletilgan. Bolalar darsdan keyin alohida ajratilgan xonalarda o‘zlarisevgan yumushlar bilan shug‘ullanganlar, to‘garak mashg‘ulotlarinio‘tkazganlar. Yuqorida ko‘rilgan barcha tadbirlar ta’lim-tarbiyaishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, bolalarning darsdan keyinnazoratsiz qolish hollariga barham berish, ota-onalarga bolatarbiyasini yengillashtirish, ularning ishlab chiqarishda bamaylixotirmehnat qilishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadidaqo‘yilgan birinchi qadamlar edi. Lekin o‘sha muassasalar hozirgikuni uzaytirilgan maktab va guruhlar kabi ta’lim-tarbiya ishlariniyuqori darajaga ko‘targan, bolalar nazoratsizligining oldini olib,ularni moddiy tomondan ta’minlagan, shuningdek, ota-onalarningishlab chiqarishda xotirjam mehnat qilishlari uchun to‘la qulayliklartug‘dira olgan deya olmaymiz. Mutaxassis kadrlar, moddiybaza yetishmas, tizim mukammal emas edi.Vazirlar Kengashining 1960-yil 15-fevral qarori asosida tashkilqilingan kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar shart-sharoiti,ularning mutaxassis pedagog tarbiyachilar bilan ta’minlanganligi,qat’iy belgilangan kundalik rejim asosida, rejali ravishda ish olibborishi jihatdan ilgarigi klublardan tubdan farq qiladi. Bu o‘rindashuni ham aytish kerakki, kuni uzaytirilgan maktablarda bolalarnio‘qitish uchun sarflanadigan mablag‘lar mavjud umumy ta’limmaktablaridagiga qaraganda ancha ko‘p edi.Xarakterli jihati, mamlakatimizda kuni uzaytirilgan maktabva guruhlarning yildan yilga ortib borishi hayotimizda katta kuchbo‘lgan xotin-qizlarning ishlab chiqarishdagi faoliyatlarini oshirishva mustahkamlash, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi va ishdanbo‘sh vaqtlarida o‘z bilimlarini oshirishi uchun katta imkoniyatlaryaratdi.Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda olib boriladiganta’lim-tarbiya ishlarining mukammallashib, har tomonlamahayotga singib borishi oilada xotin-qizlarning uy ishlarini yengillashtirishgayaqindan yordam beradi.Respublika maktablaridagi bolalarning 70 foizidan ortiqrog‘iqishloq maktablarida ta’lim olmoqda. Ma’lumki, qishloqdagi ota-12


onalarning ko‘pchiligi dala ishlari bilan mashg‘ul. Qishloq xo‘jaligimehnati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, (masalan, ekish vayig‘im-terim davrida mehnat kuni ancha uzayadi) ota-onalardalada uzoq vaqt qolib ketishadi. Shunday paytlarda boshlang‘ichsinflarda ta’lim olayotgan bolalar dars tugagandan keyin qarovsizqoladilar. Ba’zan ular dars tugagach, dalaga, ota-onalariningoldilariga boradilar va vaqtlarini behuda o‘tkazadilar, ota-onalariningunumli mehnat qilishlariga xalaqit beradilar. Demak,qishloq joylarida kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkilqilish va ularning sonini muttasil ko‘paytirib borish maqsadgamuvofiqdir.Xullas, kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internatlarta’lim-tarbiya ishlarini pedagogik-psixologik va ijtimoiynuqtayi nazardan kompleks hal qilishda, maktabning oila vamaktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorligini kuchaytirishdakatta imkoniyatlarga ega. O‘zbekiston sharoitida kuni uzaytirilganguruh, sinf va maktablarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi zamonamiztalabi, ijtimoiy va pedagogik ehtiyojlar bilan bevositabog‘liq.O‘ZBEKISTON HUKUMATINING YANGI TIPDAGI O‘QUVMUASSASALARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGIG‘AMXO‘RLIGIKuni uzaytirilgan guruhlar taraqqiyoti. Kuni uzaytirilganmaktab, guruh, maktab-internatlarning tashkil qilinishi maktablartarixida yangi davrni boshlab berdi. Bu muassasalar vositasidamaktablarda o‘quvchilarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berishniyanada yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bu yangimuassasalarning paydo bo‘lishi maktablar tarixida o‘tkinchi birdavr emas edi. Bunday maktablar o‘ziga xos tarixga ega bo‘lishibilan birga, bu sohada ma’lum tajribaga ega edi.O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirishning1976—1980-yillarga mo‘ljallangan rejasida (1975-yilga nisbatanfoiz hisobida) kuni uzaytirilgan maktablar va guruhlardagio‘quvchilar sonini 1976-yilda 106,7 %, 1977-yilda 124,9 %, 1978-yilda 156,2%, 1979-yilda 189,6 %, 1980-yilda 123,1 % ga ko‘paytirishbelgilandi.13


Respublika hukumatining g‘amxo‘rligi tufayli respublikamizdakuni uzaytirilgan maktab va guruhlarning tarmog‘i yildanyilga kengaydi. 1966—1967-o‘quv yilida xalq xo‘jalik rejasigako‘ra respublikamizdagi kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarga170 000 bola tortilishi zarur edi, amalda esa 176710 o‘quvchijalb etildi. 1967—1968-o‘quv yilida rejadagi 204 500 bola o‘rniga236 100 bola qabul qilindi. Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlardaularga qabul qilingan o‘quvchilar soni shu tarzda keskinko‘paya bordi.Shunday qilib, 17 yil mobaynida respublika bo‘yicha kuniuzaytirilgan maktablar soni 5, o‘quvchilar soni 4 baravarga oshdi.O‘quvchilar kunduzgi umumta’lim maktablaridagi umumiyo‘quvchilar sonining salkam 30 foizini tashkil qildi. Bu o‘zgarishlarningqishloqlarda kuni uzaytirilgan maktablar tarmog‘inirivojlantirish hisobiga bo‘lganligi diqqatga sazovordir. Bundayqishloq maktablari soni 1965-yil 1-sentabrgacha shahar maktablaridanatigi 1,76 baravar ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1982-yilga kelibqishloq kuni uzaytirilgan maktablari shahar maktablariga nisbatan4,1 baravar ortdi.Kuni uzaytirilgan maktablar 1(O‘quv yili boshida)1-jadvalYillarKuni uzaytirilganmaktab va kuniuzaytirilganguruhli maktablarShu jumladanshaharjoylaridaqishloqjoylaridaKuni uzaytirilganguruhlardao‘quvchilarsoni (ming)Shu jumladanshaharjoylaridaqishloqjoylarida1970/711975/761980/811981/821982/8332284237653266936782912110212311310130823163135530153835474321,1450,61011,81130,01286,1149,9197,4339,7378,3431,2171,2253,2672,1751,7854,91983/841984/851985/866938702770091368138714005570564056091411,71498,81523,1465,6477,1492,5946,11021,71030,61Àðõèâ Ìèíèñòåðñòâà ïðîñâåùåíèÿ Óçáåêèñòàíà. îï. 22, Ä. 93.14


O‘zbekiston Respublikasining sobiq Maorif ministrligi kollegiyasida(1979-yil 20-avgust) qabul qilingan «Respublikada kuniuzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar ishini takomillashtirishto‘g‘risida»gi qarorda maktablar ishidagi mavjud xato va kamchiliklaralohida qayd qilinib, kuni uzaytirilgan muassasalar faoliyatini,ulardagi ta’lim-tarbiyaga oid tadbirlarni kengaytirishningmuhim omillari ko‘rsatildi. Shuningdek, 1980—1985-yillardarespublika miqyosida kuni uzaytirilgan maktablar sonini 422 taga,kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlardagi o‘quvchilar sonini1985—1986-o‘quv yiliga kelib 1 million 700 mingga yetkazishrejalashtirildi.Umuman olganda, O‘zbekiston kuni uzaytirilgan maktab, sinfva guruhlarning son jihatdan ham, sifat jihatdan ham taraqqiyetishi xalq maorifi rivojlanishi bilan birga respublikamiz barchatarmoqlarida ish va mehnat unumining oshishiga bevosita ijobiyta’sir ko‘rsatdi.O‘zbekistonda internat muassasalari ta’lim-tarbiyaning engyaxshi shart-sharoitlarini yaratish va bolalarni har tomonlamao‘stirish hamda ularni tarbiyalashda oilaga yordam berish maqsadidaumumta’lim maktab-internatlari tashkil qilingan edi. Maktab-internatlargako‘p bolali oilalarning, yolg‘iz onalarning,mehnat nogironlarining bolalari, vasiylikda bo‘lgan bolalar, yetimbolalar, shuningdek, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlashgaqurbi yetmaydigan oilalarning bolalari qabul qilinadi. Internato‘quvchilari davlat ta’minotida bo‘ladi, qisman korxonalar,homiylar, ota-onalar moddiy yordam berishadi 1 .Internat va yarim internat (kuni uzaytirilgan maktab dastlabana shunday atalardi) usulida bolalarni tarbiyalash g‘oyasi XIXasrning 20-yillarida oldinga surilgan bo‘lib, sobiq Ittifoqning XalqMaorif Komissarligi tomonidan ma’qullangan edi.Maktab-internatlarni tuzishning negizini tashkil etuvchi muhimpedagogik vazifa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonini qamrabolgan yagona tizimni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunday tizimshaxs ongining garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, o‘quvchilarniamaliy faoliyatga tayyorlaydi.1Àðõèâ Ìèíèñòåðñòâà ïðîñâåùåíèÿ Óçáåêèñòàíà. îï. 22, Ä. 93.15


1921-yilda Turkiston Respublikasida 157 ta internat, 54 takommuna maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi.Toshkentda birinchi maktab-internat eski shaharning Beshyog‘ochdahasida ochildi. Unga o‘zbek shoiri va sharq she’riyatitadqiqotchisi Almaiy nomi berildi. Respublika Maorif XalqKomissarligi bu maktabni K. Libknext va N. G. Chernishevskiynomidagi maktablarning amaliy o‘quv-tarbiyaviy ish tajribasigatayanib tashkil qilgan edi. Bu maktabda keng va yaxshi jihozlangano‘quv sinflari, fizika, kimyo, matematika, tarix xonalari boredi. Maktabning pedagoglar jamoasi respublika milliy maktablaridata’lim mazmunini ishlab chiqish va takomillashtirishdafizika, kimyo, matematika darsliklari va qo‘llanmalarini rus tilidano‘zbek tiliga tarjima qilishda, o‘zbek tilidagi o‘quv terminologiyasiniyaratishda faol qatnashdi. 1 Bu maktab namuna-o‘rnakmaktabiga aylandi: unda o‘qituvchilar seminarlari, boshlang‘ichmaktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari ishlayboshladi.Respublikada internatlar tarmog‘i asosan, Ikkinchi jahonurushidan keyingi yillarda keng rivojlandi. 1949-yil mart oyidanbarcha viloyatlarda, jumladan, ayrim tog‘li tuman chorva yaylovlaridaI—IV sinflarda o‘qitish lozim bo‘lgan maktab yoshidagibolalar maktab-internatlarga tortila boshlandi.Yosh avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish ishini yaxshilashbo‘yicha 1956-yil 15-sentabrda «Maktab-internatlarni tashkiletish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Unda maktab-internatlarni«Har tomonlama rivojlangan, ilmli tarbiyalangan bunyodkorlarnitayyorlash vazifalarini yanada yuqori saviyada hal etish»ga da’vatetilgan. Mahalliy tashkilotlar, xalq maorifi organlari hukumatqarorlarini amalga oshira borib, maktab-internatlar hamdamaktablar qoshidagi internatlar tarmog‘ini rivojlantirish sohasidakatta ishlar olib bordilar.1956—1957-o‘quv yilida O‘zbekistonda 1237 tarbiyalanuvchigamo‘ljallangan 6 ta maktab-internat, 1959—1960-o‘quv yilida 9,5ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 50 ta maktab-internat ochildi.Keyingi yillarda maktab-internatlar tarmog‘i yanada kengaytirilib,ularning soni 1965—1966-o‘quv yili oxiriga kelib 122 taga,1O‘zbekistonda xalq maorifining 40 yil ichida erishgan yutuqlari.O‘quvpeddavnashr, 1957, 24-bet.16


o‘quvchilar soni 44490 taqa yetdi. (Keyingi yillarda 68 ta maktabinternatda24440 nafar bola tarbiyalanmoqda).Maktab-internatlar va maktablar qoshidagi internatlarningo‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o‘quvchilar kecha-kunduzo‘sha yerda bo‘ladilar, bolalar jamoa bo‘lib yashaydilar, o‘ynaydilar,birgalashib dars tayyorlaydilar va boshqa turli tarbiyaviy tadbirlardaqatnashadilar. Bu ta’lim va tarbiya jarayonining mustahkam bo‘lishigakatta imkoniyatlar yaratadi. Bunday sharoitda tarbiyalanuvchilarningyurish-turishi, xulqi, uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarishi,shaxsiy va jamoat gigiyenasiga, madaniy axloq qoidalarigarioya qilishlari ustidan kundalik nazorat qilib borish imkonitug‘iladi.2-jadvalO‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha maktab-internatlar va ulardagitarbiyalanuvchilar sonining o‘sishi (ming kishi hisobida) 1Viloyatlar1958—59-o‘quv yiliMaktabinternatlarsoniTarbiyalanuvchilarsoni1965—66-o‘quv yiliMaktabinternatlarsoniTarbiyalanuvchilarsoniAndijon 3 624 20 7270Buxoro 2 310 11 4070Samarqand 3 472 19 6370Qashqadaryo 1 113 8 2210Surxondaryo — — — 1600Sirdaryo — — 11 3260Toshkent 1 370 9 4290Toshkent shahri 1 293 10 5710Farg‘ona 2 485 16 5620Xorazm 1 374 6 2090QQR — — 7 2000O‘zR bo‘yichahammasi14 3049 122 444901Äàííûå ïëàíîâî-ôèíàíñîâîãî óïðàâëåíèÿ Ìèíïðîñà ÓçÐ â 1958/59— 1965/66 ó÷åáíûå ãîäû.2—K. Hoshimov17


Maktab-internatlar o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat,axloqiy, estetik tarbiyasi bilan jismoniy rivojlanishini chambarchasbog‘lagan holda olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, bu yerda jamoaviy munosabatlar tezroq shakllanadi,bolalarning maktabdan va sinfdan tashqari ishlarini birgalikdabajarish uchun vaqtning ko‘pligi katta rol o‘ynaydi. Maktabinternatlarfaoliyatida o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarishigaalohida ahamiyat beriladi. O‘zini-o‘zi boshqarish tizimida«Kamolot» YIH va «Kamalak» bolalar tashkilotlari yetakchi rolo‘ynaydi. O‘zini-o‘zi boshqarishning ta’sirchanligi va samaradorbo‘lishi ko‘p jihatdan maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilari varahbarlariga bevosita bog‘liq.Xalq maorifi organlari umumta’lim maktab-internatlarinirahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaishlariga metodik yordam ko‘rsatadi. Maktab-internatda bolalardunyoqarashini shakllantirishga ustaxonalar, o‘quv-tajriba uchastkalaridamehnat, ijtimoiy foydali mehnat bilan izchil ravishdaqo‘shib olib boriladi. Zero, maktablar ishini qayta qurishdao‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishni ishlab chiqarish mehnatibilan qo‘shib olib borish eng muhim vazifadir. Turli-tuman ijodiyfaoliyatni ro‘yobga chiqarishda bolalardagi mavjud iste’dod vaqobiliyatni aniqlash imkoniyatlari ko‘p. Shu bois maktab-internatsharoitida kasbiy ta’limga keng o‘rin ajratilgan.O‘qituvchilarning sobiq sho‘ro davridagi I Butunittifoq syezdida(1968-yil) «Maktab-internatlarni rivojlantirish, ularda tarbiyaviyishlarni takomillashtirish umumiy o‘rta ta’lim masalasinihal etishga yordam bergan bo‘lur edi. Shuning uchun yaqin yillarichida maktab-internatlar tarmog‘ini, ayniqsa, qishloqda kengaytirish,ularning moddiy bazasini vujudga keltirish, u yerda bolalarningnormal ovqatlanishi va turmushini tashkil etish zarur»ligita’kidlandi. Maktab-internatlar faoliyatini yaxshilash va ulartarmog‘ini kengaytirishda Vazirlar Kengashining 1973-yilda qabulqilgan «Qishloq umumiy ta’lim maktablarining ish sharoitiniyanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi.Mazkur qarorda maktab qoshidagi internatlarni rivojlantirishgakatta e’tibor berildi.Qarorga muvofiq O‘zbekistonda maktablar qoshidagi internatlartarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy bazasinimustahkamlash yuzasidan ishlar avj oldirildi. 1981-yilda respub-18


likada ishlab turgan ana shunday 645 ta internatda 22770 nafarbola tarbiyalandi.Maktab-internatlar ishining samaradorligi ko‘p jihatdan tarbiyalanuvchilarningkundalik rejimini oqilona uyushtirishgabog‘liq. Makarenko ta’biri bilan aytganda, «Rejim — tarbiyalashgayordam beradigan vosita va metodlar tizimidir». Tarbiyalanuvchilartomonidan kundalik ratsional rejimning aniq bajarilishibutun organizmning (kishi tanasining) ishlashi uchun qulay shartsharoitlarnivujudga keltiradi, bu esa o‘quvchilarning ishlash qobiliyatinioshirishga yordam beradi. Kundalik rejim turli xarakterdagifaoliyatni navbatma-navbat almashtirib turishdan tashqari,qisqa muddatli faol ravishda dam olish, chunonchi, sayr qilish,sport o‘yinlari va hokazolar bilan shug‘ullanishni ham nazardatutishi zarur.Organizmning uyg‘oq davrida ish faoliyati va faol dam olishnialmashtirib turish ish qobiliyatini to‘la ravishda qayta tiklashuchun kifoya qilmaydi. Organizmning ish qobiliyatini to‘laravishda qayta tiklay oladigan dam olish vositasi, bu — uyqudir.Uyqu jarayonida, ya’ni dam olish va to‘la harakatsizlik paytidabosh miya po‘stlog‘i hujayralari o‘zining normal ishlash qobiliyatiniqayta tiklaydi. Sog‘lom uyqudan so‘ng bola o‘zini tetik, yengilhis etadi, ishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Demak, maktab-internatlarrejimida uyquga ham zaruriy o‘rin ajratiladi va bunga qat’iyanamal qilinadi.Maktab-internatlarda kundalik rejimni amalga oshirish muvaffaqiyatitashqi muhitning gigiyena shart-sharoitiga bog‘liq. Ishjoyini to‘g‘ri tashkil qilish (asbob-uskunalar, jihozlar, obodonlik,mikroiqlim) va tashqi muhitning boshqa shart-sharoitlario‘quvchilar ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.Kundalik rejim shunday tashkil etilishi zarurki, bunda ko‘proqaqliy mehnatni talab qiladigan darslar mehnat, badantarbiya,xoreografiya mashg‘ulotlari, ustaxona va maktab qoshidagi yeruchastkasida ishlash bilan almashinib turishi kerak. Ochiq havodayurish, muskullarni harakatlantirish o‘quvchilarning ishlashqobiliyatini oshirishda g‘oyat katta omil hisoblanadi. I—III sinfo‘quvchilari uchun maktabda dars mashg‘ulotlari kuniga to‘rtsoatdan oshmasligi lozim. IV sinfda haftasiga faqat ikki kun beshsoatdan dars o‘qitishga yo‘l qo‘yiladi. I—VI sinflarda esa harkungi darslar soni 5 soatdan oshmasligi zarur. VII—VIII sinf-19


larda haftasiga ikki marta olti soatdan dars o‘qitish mumkin. Darsjadvaliga kuniga besh yoki olti soat mashg‘ulot qo‘yilganda,badantarbiya yoki mehnat darslarini o‘qitish maqsadga muvofiqdir.Shanba kunlari esa darslar sonini to‘rt soatga qisqartirishlozim. Quyi sinflar o‘quvchilarining o‘quv kunini to‘rt soat darsbilan chegaralash talabi shunga asoslanganki, ular beshinchidarsdayoq charchab qolishadi. Oltinchi darsga kelib V—VI sinfo‘quvchilarining asab tizimi charchab, ish qobiliyati anchapasayadi.O‘quvchilarning ish qobiliyatini saqlash uchun o‘quv mashg‘ulotlariningdavom etish vaqtigina emas, balki kun va haftaichida darslarning o‘rin almashinishi ham ahamiyatga ega.Shuning uchun darslar jadvalini tuzishda asosiy gigiyena talablari,o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini qat’iy almashinibturishi ham hisobga olinishi kerak.Maktab-internatlarni tashkil etishda eng muhim pedagogikg‘oya — tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning hamma jihatini o‘z ichigaqamrab olgan tizimni amalga oshirishdan iboratdir. Shunday tizimshaxsning har tomonlama rivojlanishini, barqaror xaraktershakllanishini ta’minlaydi, ularni amaliy faoliyatga tayyorlaydi.Shu bois maktab-internatlar tarbiya shoxobchalarining harjihatdan barkamol, yetuk hozirgi jamiyat kishisini tarbiyalab,voyaga yetkazishning muhim shakllaridan biridir.KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLARNING ASOSIY SHAKLLARIHAMDA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARIKuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh deganda, har kunidarsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi-tarbiyachilar tomonidano‘quvchilar bilan tizimli ravishda olib boriladigan ta’lim tarbiyaviyishning shakl va mazmuni tushuniladi.Kuni uzaytirilgan guruh, sinf va maktablarning o‘qish vaqtiodatdagi umumiy ta’lim maktablarinikidan bir necha soat ortiq:haftada besh kun ishlaydigan maktab va guruhlarda 6 soat, oltikun ishlaydiganlarida esa 5 soat. Har bir maktab, guruh, sinfningkuni individual asosda uzaytiriladi. Maktabning xususiyati vaimkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezon o‘quvchilarning maktablardabo‘lish vaqtidir. Masalan, o‘quvchilar odatdagi umumiy20


ta’lim maktablarida o‘rtacha 5—6 soat bo‘lsalar, kuni uzaytirilganmaktab va guruhlarda 10—12 soat, internat tipidagi maktablardaesa 24 soat bo‘ladilar. Shuningdek, kuni uzaytirilgan maktab,guruhlardagi o‘quvchilar faoliyatining barcha turlari maktabjamoasi pedagoglari rahbarligida amalga oshiriladi. Oilaning bolatarbiyasi sohasidagi ishlarining ma’lum qismi maktab jamoasizimmasiga tushadi. Chunonchi, bola kuniga 2 marta ovqatlanadi,dam oladi va o‘quv ishlarini maktabda bajaradi. Jamoat va oilatarbiyasi bir-biriga maksimal yaqinlashadi.Kuni uzaytirilgan sinflar va guruhlar kun tartibi umumiy ta’limmaktablaridan ancha farq qiladi va maktabda dars jarayoni hamdadarsdan tashqari faoliyatini birgalikda amalga oshirish imkoniniberadi. O‘quvchilar jamoa mehnat jarayonida o‘z ishlarinirejalashtirishga, shaxsiy imkoniyatlarini to‘la safarbar qilishga,topshirilgan ish uchun javobgarlikni his qilishga o‘rganadilar. Bukun tartibi ulardagi yakka boshchilikka va bir-biridan ajralibqolishga barham beradi, o‘z ishi va jamoa ishi uchun shaxsiyjavobgarlikni oshiradi. Jamoa ish jarayonida o‘quvchilar birbirlarinio‘rganadilar, biri ikkinchisiga yordam beradi, o‘rtoqlariningsuhbatlarini tinglaydi, bir-birlarini o‘tilgan materiallarnitakrorlashga undaydi. Agar o‘quvchi uy vazifasini sifatsiz bajarganbo‘lsa, uni qayta ishlashga majbur etadi. Natijada o‘quvchilar o‘zishini va bir-birlarining ishini taqqoslashga, baholay olishgao‘rganadilar.Hozirgi vaqtda yangi ta’lim shaklining uchta: kuni uzaytirilganguruh, kuni uzaytirilgan sinf va kuni uzaytirilgan maktab kabiasosiy tashkiliy shakli vujudga kelgan. Kuni uzaytirilgan guruhmaktabda ham, o‘quvchilarning turar joyida ham tashkil qilinishi,bir xil yoki har xil yoshdagi o‘quvchilardan tashkil topishimumkin.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarning bir-biridanqanday farqi borligi va qanday atalishi haqida ba’zi anglashilmovchiliklarmavjud. Bizningcha, o‘quvchilarning kamida80—85 foizi kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarga jalb qilinganmaktab kuni uzaytirilgan maktab deb ataladi. Agar guruhgama’lum bir yoki bir necha parallel sinf o‘quvchilari jalb qilinganbo‘lsa kuni uzaytirilgan sinf (yoki kuni uzaytirilgan sinfli maktab),agar bir necha sinf o‘quvchilaridan (masalan, 1—2, 3—4, 5—6,7—8 va boshqa sinflar o‘quvchilaridan) kuni uzaytirilgan guruhlar21


tashkil qilingan bo‘lsa, u holda kuni uzaytirilgan guruh (yoki kuniuzaytirilgan guruhli maktab) deb ataladi.Ammo kuni uzaytirilgan maktabni har xil ta’riflaydilar: ba’zimualliflar maktabdagi bir necha sinflardan kuni uzaytirilgan sinfyoki guruhlar tashkil etilsa, qolgan o‘quvchilar ommaviy maktabrejimida bo‘lishidan qat’iy nazar, bunday maktablarni kuniuzaytirilgan maktab deb yuritadilar; ayrimlar (jumladan,L. Maskvin) kuni uzaytirilgan guruhlarga 50 bola jalb qilinganbo‘lsa, uni kuni uzaytirilgan maktab deb yuritish mumkin,deydilar. Boshqalari esa 7 va undan ortiq kuni uzaytirilgan guruhyoki sinfga ega maktabnigina kuni uzaytirilgan maktab debnomlashni tavsiya etadilar. Bu ta’riflar hamon mavjud bo‘lsada,biroq kuni uzaytirilgan maktablarning faoliyati va 1967-yildaqabul qilingan Nizom ularni rad etadi. Ha, maktabda I—VIIIsinf o‘quvchilarining 80 foizidan kam bo‘lmagan qismi guruhlargatortilgan bo‘lsagina, maktabni kuni uzaytirilgan deb atashmumkin.Ko‘p yillik izlanishlar, amaliy ishlar natijasida hozirgi vaqtdarespublikamizda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, kuniuzaytirilgan rejimning uch qismli tuzilmasi tarkib topgan. Bu kuniuzaytirilgan guruh — sinf — maktabdir. Ularda o‘quvchilarningindividual qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’limva tarbiya ishlari olib borilmoqda. Biroq ko‘p yillik tajriba kuniuzaytirilgan rejimdagi ta’lim va tarbiya ishining eng samaralishakli — sinf va maktab ekanligini ko‘rsatmoqda. Kuni uzaytirilganguruhlarda tarbiyaviy ishlarni uyushtirishda qiyinchiliklargaham duch kelinmoqda. Jumladan, turli yoshdagi o‘quvchilarningqiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularningko‘ngildagidek dam olishlarini, xususan, dars tayyorlash vamustaqil ishlarini tashkil etishda ko‘pgina murakkabliklar sodirbo‘lmoqda.Kuni uzaytirilgan sinflar shunday guruhlarga qaraganda pedagogikjihatdan ancha afzallikka ega.Ularda ta’lim-tarbiya ishlarini samaraliroq uyushtirish, ko‘pginatarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli hal etish imkoniyati mavjud.Bunday rejimdagi o‘quvchilar guruhi bir necha yil davomidao‘zgarmaydi. Natijada, tarbiya uchun katta qulayliklar tug‘iladi.Respublikada kuni uzaytirilgan sinf va maktablar tarmog‘iniyanada kengaytirishning zarur chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda.22


Umumiy ta’lim beradigan maktablar kun bo‘yi ishlaydigan ilmmaskanlariga aylantirilmoqda.«Kuni uzaytirilgan» tushunchasi darsdan so‘ng maktabdaqolib, tarbiyachi nazorati ostida sayr qiladigan, uy vazifalarinitayyorlaydigan, qolgan vaqtlarda esa o‘ynaydigan yoki badiiykitoblar o‘qiydigan o‘quvchilar guruhi rejimiga tegishlidir. «Kuniuzaytirilgan maktab» tushunchasining mazmuni esa butunlayboshqachadir. U alohida olingan o‘quvchilar guruhigagina daxldorbo‘lib qolmasdan, balki butun maktabga, butun tashkiliypedagogik jarayonga ham tegishlidir. Kuni uzaytirilgan maktabg‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy tarbiyaning mustahkam birliginita’minlaydi, umumiy ta’limiy, estetik va sport faoliyatini o‘quvrejalari hamda o‘quvchilarning shaxsiy (individual) qiziqishlarigamoslab tashkil etadi. Kuni uzaytirilgan maktab moddiy hayot vajamiyat qurilishi umumta’lim maktablarining oldiga qo‘ygan vailg‘or pedagogik jamoalar tomonidan izlanishlar natijasida vujudgakelgan. Obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra maktab o‘quvchilariningbarchasini kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga jalb qilishqiyin bo‘lganligi sababli, keyingi yillarda ayrim turarjoylarda ham,ya’ni mahalla va shaharchalarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkilqilinmoqda. Bu guruhlardagi o‘quvchilarning faoliyati uzluksizpedagogik ta’sir ostida bo‘lishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlari,mustaqil dars tayyorlashlari tarbiyachilar rahbarligida foydali vasamarali o‘tadi, ular klub ishlariga qatnashadilar, turli hunar-kasblarnio‘rganadilar.Maktablarda bolalar bilan ishlashning har xil shakllari mavjudbo‘lib, to‘garaklar, turar joylardagi bolalar uyushmalari shularjumlasidandir. Bolalar uyushmasi — bir uyda, mahallada, shaharchadayashovchi turli yoshdagi bolalarning uyushmasi. Bundayuyushmalarda kattalar kichiklarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Bolalaryoshiga, kuchiga mos mehnatga jalb etiladi. Ular bo‘sh vaqtiningko‘p qismini hovlida, ochiq havoda o‘tkazadilar. Hovli bolalarhayotida va rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Hovlida ma’lumqoidalar joriy qilinadi, odatlar shakllanadi, bu yerda ulartashabbus ko‘rsatadilar, o‘zaro do‘stlashadilar va hokazo.Shaharchadagi har bir uyda 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgano‘quvchilarni o‘z ichiga oladigan (qaysi maktabda o‘qishidan qat’inazar) har xil yoshdagi bolalar uyushmasi tuziladi. Uyushmakomandagachaqqon, hurmatga sazovor o‘quvchi boshchilik23


qiladi. Har bir uyushma, podyezd, zveno prinsipi bo‘yichazvenolarga bo‘linadi. Maktab mikrorayoni zonalarga taqsimlanadi.Ular 5—7 ta bo‘lishi mumkin. Zonadagi uyushma komandirlaridanzona shtabi tuziladi. Uni zona shtabi boshlig‘i boshqaradi.Zona shtabi boshliqlari <strong>markazi</strong>y shtabga bo‘ysunadi, unga«Kamolot»YIH a’zosi rahbarlik qilib, u hamma ishni boshqaradi.Zona shtabi boshliqlari yoshlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida hammaishlar bo‘yicha hisobot berib boradilar.Shanba kunlari komandirlar kengashi o‘tkaziladi. Kengashdaalbatta maktab direktori, «Kamolot» YIH kotibi, harakat a’zolariva o‘qituvchilar qatnashadi. Har bir yig‘ilishda 2—3 komandirhisoboti tinglanadi. Ishga shtatli pedagog, kuni uzaytirilgan guruhtarbiyachisi yetakchi bo‘ladi. Ishni o‘z-o‘zini boshqarish asosidatashkil etish katta tarbiyaviy samara beradi. Yoshlar turli-tumanma’lumotlar oladilar, mehnat qilish malakasini hosil qiladilar.Mustaqil dars tayyorlashdan so‘ng ular o‘zlari qiziqqan to‘garaklargaqatnashadilar, vaqti-vaqti bilan bog‘chalar, podyezd vako‘chalarni tozalash ishlariga, urush nogironlari va qariyalargayordam berish, sport maydonchasini tozalash, gullarni sug‘orishhamda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanadilar.* * *Umumiy ta’lim maktab-internatlari haqidagi Nizomga ko‘ratarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish, oilaga yordam berishmaqsadida Respublika xalq maorifi haqidagi qonun asoslarigamuvofiq maktab bolalarning yashash joylaridan 3 km va undanuzoqda bo‘lganda umumta’lim maktab-internatlari tashkil etishmumkin.24


IKKINCHI QISMKUNI UZAYTIRILGAN GURUH VA MAKTAB-INTERNATLAR ISHINI TASHKIL ETISHO‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiznitaraqqiyot yo‘lini, shu jumladan, Xalq maorifiningfuqarolarga umumiy ta’lim berish va kasb-hunar o‘rgatishnita’minlash, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, ma’naviy vajismoniy jihatdan kamol toptirish, ularni mehnatga va ijtimoiyfaoliyatga tayyorlashga qaratilgan navbatdagi vazifalarni belgilabberdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ko‘pgina bobva moddalarida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiyamuassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shaxsning har tomonlamakamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, O‘zbekistonfuqarosining ijodkorligi va qobiliyatini yanada o‘stirish belgilabqo‘yilgan. Bu muhim masalalarni to‘liq amalga oshirish uchunkeng ko‘lamdagi tashkiliy-pedagogik ishlarni bajarish talab etiladi.Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashsohasida katta yutuqlarga erishildi. Lekin hayot taraqqiyoti,zamon talabi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash sohasidata’limi vazirligi tizimi oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.Mustaqillik yillarida xalq maorifi organlari va maorifchilartomonidan o‘qitish ishining samaradorligini oshirish, maktabningmoddiy bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi, tarbiyachi kadrlarnitayyorlash va qayta tayyorlash borasida talay ishlar amalgaoshirildi. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish, uningboshqa tashkilotlar bilan aloqasini rivojlantirish sohasida ko‘pginaishlar bajarildi. Shunga qaramasdan umumta’lim maktablariningayrim sohalari sust rivojlanmoqda. Bu ta’lim-tarbiya ishlarigakompleks yondashish, uning barcha moddiy-ma’naviy va pedagogik-metodikimkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaslik, sinfdan,maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va maktab rejiminitakomillashtirish kabilarga tegishlidir.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning pedagogik jihati, uningo‘quvchilarni kompleks tarzda tarbiyalashdagi roli yanada kattaahamiyatga molikdir. Bolalarning kuni uzaytirilgan rejimda bo‘-25


lishlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni, turlitarbiyaviy tadbirlarni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish,butun o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda kattaimkoniyatlar tug‘diradi.Shuni unutmaslik kerakki, kuni uzaytirilgan maktab, guruhbu o‘ziga xos alohida bilim va tarbiya o‘chog‘i. Ota-onalar o‘zfarzandlarini butun kun bo‘yi o‘qituvchi-tarbiyachilar ixtiyorigaishonib topshirib qo‘yadilar. Bolalar bunday maktablarda ertalabsoat 8 dan kechki 18—20 gacha bo‘ladilar. Shu vaqtningmazmunli, samarali, foydali o‘tishi, pedagogik jihatdan to‘g‘ritashkil etilishi uchun bolalarning xohish, qiziqish, talab vaehtiyojlari hisobga olinishi shart. Afsuski, hamma joyda ham butalablarga to‘la amal qilinayotir, deb ayta olmaymiz. Odatda,o‘quvchilar sinf va xonalarda o‘tiraverib zerikadilar, charchaydilar.Bu hol ularning sog‘lig‘iga, ish qobiliyatiga, umumiy rivojlanishigasalbiy ta’sir etadi. Bunday maktablarda o‘quvchilarning faol damolishi, mehnat, turli o‘yin, badantarbiya, sport bilan shug‘ullanishinita’minlansh, ularni to‘garak ishlariga, ijodkorlikka va badiiyhavaskorlikka chorlashga alohida e’tibor berish lozim.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar ikki asosiy yo‘l bilan: xalqmaorifi organlarining budjet mablag‘lari hisobiga, turli muassasalartomonidan jamoatchilik asosida tashkil qilinadi.Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qilish to‘g‘risidagi 1960-yil 15-fevral qarorida kuni uzaytirilgan maktablar, guruhlar tashkilqilish va mehnatkashlarning farzandlari ovqatlanishlarini tashkiletishda jamoalarning faol ishtirok etishi tavsiya qilingan.Shaharlar va ishchilar shaharchalarida kuni uzaytirilganguruhlar miqdor jihatdan kam bo‘lsa ham, ular jamoatchilikasosida ochilib, zavod klublari va madaniyat saroylari, uy boshqarmalarihamda JEKlar huzurida, shuningdek, maktablarningo‘zida ishlab turibdi. Bunday ish tartibi, ayniqsa, maktablar haliham ikki smenada ishlaydigan va ularda guruhning ishlashi uchunzarur xona bo‘lmagan yoki guruhga belgilangan sondagi bolaniyig‘ishning iloji yo‘qligi sababli budjetdan tarbiyachining oyligiuchun mablag‘ yaratish imkoniyati bo‘lmagan joylarda amalgaoshirilgan.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar tashkil etish va ular faoliyatinirivojlantirishda moddiy baza va ta’minot masalasi asosiy omildir.Bu masalani hal qilishda ikki xil kamchilik mavjud. Birinchisi,26


ayrim maktab direktorlari bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishuchun jihozlangan xona, ular uchun issiq ovqat tayyorlaydiganbufet xonalari va boshqalar yetishmasligini bahona qilib, kuniuzaytirilgan guruhlar tashkil qilishni paysalga soladilar, tashabbusko‘rsatmaydilar. Ba’zi direktorlar esa guruhlar faoliyatiga moslashtirilmaganmaktablarda, ya’ni bolalarning o‘ynashi, ishlashi,o‘qishi, shuningdek, sayr qilishlari uchun imkoniyati bo‘lmagansharoitda sinf va guruhlar ochadilar. Natijada, o‘nlab va hattoyuzlab kichkintoylar darsdan so‘ng yaxshi dam olmasdan,o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmasdan, yanao‘sha sinf xonalarida uch-to‘rt soatlab vaqtlarini o‘tkazadilar.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhning moddiy bazasini vujudga keltirishmaktab direktorining, pedagogik jamoaning tashabbuskorligigabog‘liqdir.Hozirgi kunda kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning ta’limtarbiyaishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil qilishda ancha tajribato‘plagan jamoalar hamda maktab rahbarlari ko‘plab topiladi.Toshkentdagi 147-maktab jamoasi shular jumlasidan. Bu maktabbirinchilar qatorida kuni uzaytirilgan sinflar, guruhlar tashkil qilishmasalasiga katta e’tibor berdi. Dastlab, bir necha guruhlar tuzilib,maktab asta-sekin uzaytirilgan kun rejimiga o‘ta boshladi. Shukunlarda 19 ta kuni uzaytirilgan guruh — sinflar mavjud bo‘lib,ularga 600 dan ortiq o‘quvchi jalb qilingan, 9 ta guruh IV—VIIIsinflar bazasida tashkil topgan. Maktab pedagogik jamoasi o‘quvchilarningdarsdan tashqari faoliyatini tashkil etishda tarbiyaningommaviy, guruhli va individual shakllaridan keng foydalanishmoqda;maktab o‘qituvchilari va maktabdan tashqari bolalarmuassasalarining xodimlari, jamoatchilik vakillari va ota-onalaro‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini tashkil qilish ishlariga jalbetilmoqda.Har bir guruhga boshqarish (hujjatlarni yuritish, bolalarningovqatlanishi va dam olishini nazorat qilish, ular bilan klub ishlari,tarbiyaviy tadbirlar, ekskursiyalar)ni uyushtirish uchun bittadano‘qituvchi biriktirilgan. Kunning ikkinchi yarmida amalga oshiriladiganishlariga ajratilgan 570 soat vaqt maktabda quyidagichataqsimlangan:160 soat — o‘quvchilarning dars tayyorlashiga rahbarlik qilishva konsultatsiyalar o‘tkazishga;80 soat — to‘garaklardagi haq to‘lanadigan ishlarga;27


215 soat — o‘quvchilarning uxlashi, ovqatlanishi, dam olishiniboshqarish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga;115 soat — rivojlantiruvchi ishlarning boshqa turlari (ekskursiya,sayr, kutubxona ishlari va hokazo)ni tashkil etishga.Xullas, kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilishdategishli moddiy bazaning, ya’ni o‘quvchilarning bir kundaikki-uch marta ovqatlanishlari uchun to‘la jihozlangan oshxona,darsdan tashqari mustaqil ishlarning samarali o‘tishi uchuno‘quv kabinetlari, o‘quv zallari, har bir qavatda individualhamda guruh bo‘lib, mashqlar o‘tkazish uchun rekretsiyalar,o‘rta sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish mehnatini tashkilqilish bazasi, boshlang‘ich sinflar uchun mehnat xonalari, birqancha o‘yin xonalari, dam olish burchaklari, 1—2-sinfo‘quvchilari va sog‘lig‘i zaifroq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilariuchun uxlaydigan xonalar bo‘lishi katta ahamiyatga ega.Shuningdek, badantarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olibborish uchun zarur bo‘lgan sport zali, sport maydonchasi vategishli sport anjomlari bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda kuni uzaytirilganmaktablar bolalarning ovqatlanishi uchun zarur sharoitlarbo‘lmagan binolarda ochiladi.Shuningdek, bunday maktabda uzaytirilgan kun rejimiga astasekino‘tilishi kerak. Biroq sinflarda 25 va undan ko‘p o‘quvchibo‘lgan katta maktablarda kuni uzaytirilgan sinf rejimini boshidanoqdarhol asosiy shakl sifatida joriy etish mumkin. Agar maktabuzaytirilgan kun rejimini joriy etishni ilgari tajriba qilib ko‘rmaganbo‘lsa, u holda 1—2 ta sinf tashkil etib, ularning ishini yaxshiyo‘lga qo‘yib, bu borada malaka hosil qilib, ota-onalar o‘rtasidaobro‘-e’tiborga erishish, so‘ngra maktabning ichki imkoniyatlariniva ota-onalarning qiziqishini hisobga olib, kuni uzaytirilgan sinflartizimini asta-sekin rivojlantirib borish lozim. Shu bilan birga otaonalargabunday sinflarning xilma-xil faoliyati va pedagogikahamiyati haqida tushuncha berish kerak. Bunda ular kuniuzaytirilgan maktab, sinf, guruh ishlarining rejimi, dam olish vao‘qitish ishining mazmuni, maishiy qulayliklar, bolalarning kuniganecha marta ovqatlanishi va hokazolar bilan tanishtiriladi.O‘quv yili oxirida esa ota-onalar yig‘ilishida guruh ishigayakun yasaladi, erishilgan yutuqlar va yuz bergan kamchiliklartahlil qilinadi. Ota-onalarning taklif va mulohazalari e’tiborgaolinadi. Yangi o‘quv yilidagi vazifalar bayon etiladi.28


Xonalarning tartib bilan joylanishi internat-maktablarda kattaahamiyatga ega. Kiyimxonalar (garderoblar), quritish xonalari,xo‘jalik inventarlari saqlanadigan joy, poyabzal tozalanadiganjoylar, kiyim dazmollash xonasi internat hayotining muhimuchastkalaridir. Bularning hammasi katta ahamiyatga ega. «Teatrkiyim iladigan ilgakdan boshlanadi», — degan edi K. S. Stanislavskiy.Maktab ham xuddi shunday. Maktabga kelgan har qandayodam, avvalo, uning binosiga, tozaligi va tartibiga ahamiyatberadi. Kuni uzaytirilgan maktabni bezatishga ham alohida e’tiborberish lozim. Bu ishda direktor yoki uning o‘rinbosari rassomnitaklif qilib, uning maslahatlarini inobatga olishlari kerak.KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLARNI BUTLASHKuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda hamda internat tipidagimaktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajaga ko‘tarish ko‘pjihatdan ularni to‘g‘ri butlashga, o‘quvchilar sonini saqlashgabog‘liq. Lekin kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga bolalarni jalbqilish va ularni komplektlashda ba’zi maktablarda chalkashliklarro‘y bermoqda. Ayrim maktab rahbarlari faqat o‘zlashtirishi pastbo‘lgan o‘quvchilarni kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga o‘tkazsalar,boshqa joylarda esa biror predmetdan yomon baho olgano‘quvchilar hisobiga guruh tashkil qilinmoqda. Ko‘pchilik maktabrahbarlari, o‘qituvchilari bolalar jamoasi o‘rtasida tarbiyaviyishlarni har tomonlama tashkil etishni emas, uzaytirilgan vaqthisobiga o‘quv ishida o‘zlashtirish foizini yuqori ko‘tarishni asosiymaqsad qilib qo‘yganlar. Oqibatda kuni uzaytirilgan guruho‘quvchilari soni o‘zgarib turadi. Guruhlarga past o‘zlashtiruvchiva intizomi bo‘sh o‘quvchilar jalb qilinib, ular intizomli, o‘zlashtiruvchio‘quvchilar qatoriga o‘tgach, guruhdan chiqarilib, ularo‘rniga boshqalar qabul qilinmoqda. Bu xato pozitsiya yangitipdagi o‘quv-tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalarninguddalanishiga mone’lik qilmoqda. Bundan kuni uzaytirilgan sinfva guruhlarga o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarni qabul qilish kerakemas, degan ma’no kelib chiqmaydi. Va ayni choqda, bundayguruhlar maktabda ta’lim-tarbiya sifatini ko‘tarishga yordambermaydi. Shuningdek, ota-onalarning ishlab chiqarishda xotirjamishlashlarini ta’minlamaydi.29


Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarni butlashdan oldinbolalarning ota-onalari bilan suhbatlashish, ularning uy sharoitibilan tanishish lozim. Bunda ota-onalarning kasbi, ish bilanbandligi, oila moddiy ta’minoti, bolalarining xarakteri, qiziqishi,o‘qishga munosabati hisobga olinadi. 200 nafar tarbiyachiga«Guruh ishini yaxshilash bo‘yicha sizning takliflaringiz», degananketa savollarini tarqatganimizda, ularning hammasi guruhlargabir xil yoshli yoki yoshi yaqin bo‘lgan bolalarni tortish zarur,har xil sinflardan tuzilgan guruhlarda bolalar soni 25—30 danoshmasligi kerak, deb yozdilar. Yuqoridagi savolga o‘quvchilarota-onalarining bergan javoblari ham tarbiyachilar fikri bilandeyarli bir xil.Demak, yoshi va bilimi teng bo‘lgan yoki yoshlari bir-birlarinikidanuncha katta farq qilmaydigan bolalarni bir guruhga birlashtirishmaqsadga muvofiqdir. Zero, guruhda olib boriladiganturli ommaviy-tarbiyaviy va ijtimoiy foydali ishlar, to‘garaklaruyga berilgan vazifalarni tayyorlash jarayoni ularning yoshi, bilimdarajasi bir-biriga mos bo‘lishini talab qiladi. Bu, o‘z navbatida,tarbiyachining o‘quvchilar bilan olib boradigan barcha ishlarini,ayniqsa, ta’lim jarayonini osonlashtiradi hamda ta’lim-tarbiyametodikasidan izchil va unumli foydalanishga, bolalarning o‘zigaxos xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning ish tajribasi ularniquyidagicha butlash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi:1. Sinf bo‘yicha tuzish.2. Sinflararo butlash (guruhlar tuzish).3. Maktablararo butlash (guruhlar tuzish).Muayyan bir sinf o‘quvchilaridan kuni uzaytirilgan sinf yokiguruh tuzish anchagina qulaylik tug‘diradi. Chunki tarbiyachio‘quvchilar jamoasi bilan doimo birga bo‘ladi va ish olib boradi.Agar maktabda parallel sinflar kam bo‘lib, barobar yoshdagibolalardan guruh tashkil qilish imkoniyati bo‘lmasa, u holda yaqinsinflarni I—II, III—IV, V—VI va VII—VIII sinf bolalarini birguruhga birlashtirish mumkin. Guruhdagi o‘quvchilar soni 30—35nafardan oshmasligi kerak. Birinchi sinf bolalarini mumkin qadaralohida guruhga ajratgan ma’qul. Chunki ular boshqa sinfbolalariga nisbatan ko‘proq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari, uxlabdam olishlari kerak. Masalan, Toshkent shahar 47-maktab huzu-30


ida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan guruhlar 1960—1961-o‘quvyilining boshida quyidagicha tuzilgan edi: I sinf o‘quvchilarigaIV—V sinf o‘quvchilarini, II sinf o‘quvchilariga VI—VII sinfo‘quvchilarini qo‘shib guruh tuzdilar. Bu xilda komplektlashningnoto‘g‘ri ekanligini qisqa vaqt ichida turmushning o‘zi yaqqolko‘rsatdi.Tarbiyachilar yoshi va bilimlari jihatidan bir-biridan katta farqqiladigan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdaqiyinchiliklarga duch keldilar. Ular yuqori sinf o‘quvchilari uyvazifalarini tayyorlab bo‘lganlaridan keyin ularga uylariga ketishgaruxsat beradilar, faqat quyi sinf o‘quvchilari bilangina tarbiyaviyishlarni olib boradilar. Bu yo‘l o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga,intizomiga salbiy ta’sir etadi. O‘quv yilining ikkinchi choragidanboshlab, birinchi sinflar alohida, yuqori sinflar alohida qaytadanguruhlanadi. Bu ta’lim-tarbiya ishlarini har tomonlama yengillashtirdiva bolalar bilan qat’iy rejim asosida ish olib borishdama’lum darajada imkoniyat tug‘dirdi. Biroq, ba’zi ota-onalarningistak va talablariga ko‘ra ayrim o‘quvchilarning uy vazifasinisinfda, guruh bilan birgalikda bajarishdan ozod qilinishi tarbiyachilarningo‘quvchilarning,to‘g‘rirog‘i barcha o‘quvchilarninguy vazifalarini normal bajarishlariga xalaqit berdi. Maktabdirektori bu kamchilikni o‘z vaqtida hisobga olib, ota-onalar yig‘ilishinio‘tkazdi. Yig‘ilishda kuni uzaytirilgan guruhlarning asosiymaqsad va vazifalarini tushuntirib, kuni uzaytirilgan guruhgaqatnaydigan o‘quvchilar sinf rejimida belgilangan vaqtda uyvazifasini tayyorlashi zarurligi haqida ota-onalar bilan kelishibolindi. Bu tadbir o‘quvchilarning uy vazifasini yaxshi bajarishlariga,bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlariga imkon berdi, bolalarintizomini mustahkamladi.Agar maktablar bir-biridan uzoq bo‘lmasa, kuni uzaytirilganguruhlarni maktablararo tuzish ham mumkin. Bir maktabdaboshlang‘ich sinf bolalaridan kuni uzaytirilgan guruh tuzilsa,ikkinchisida yuqori sinf o‘quvchilari bir guruhga birlashtiriladi.Parallel sinf o‘quvchilari bir guruhga jalb qilinishi mumkin.Shuningdek, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish uchun kattaimkoniyat mavjud bo‘lgan bir maktabda kuni uzaytirilgan guruhyoxud guruhlar tashkil qilinishi va ularga ikki-uch maktabningo‘quvchilari jalb qilinishi mumkin.31


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 1-maktab huzurida 7 takuni uzaytirilgan guruh tashkil qilinib, bunga shu maktab o‘quvchilarihamda uning yaqinida joylashgan 2-, 3-maktablardano‘quvchilar jalb qilingan. Ularning 4 tasi rus, 3 tasi o‘zbek guruhlaridir.Maktab rahbarlari o‘quv yilining boshida guruhlardao‘quvchilar sonini ko‘paytirishga intilib, o‘quvchilarning yoshi,bilimini e’tiborga olishmagan edi. «Bir guruhda yoshi, bilimdarajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlariolib borish, — deydi shu maktabning direktori biz bilan suhbatda,—ishimizni qiyinlashtirib yubordi. Shundan keyin pedagog vatarbiyachilar bilan maslahatlashib, sinflar bo‘yicha guruhlartuzishga qaror qildik. Mavjud imkoniyatlarning hisobga olinishiva pedagoglar jamoasining jon kuydirib ishlashi natijasida bukamchiliklarni bartaraf etib, ta’lim-tarbiya ishini yaxshi yo‘lgasola bildik».Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida K.U.G.larda ta’limtarbiyasamaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiVazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-dekabr Nizom loyihasiniishlab chiqdi. Bu loyihaning 3-bandida K.U.G. maktabning zaruro‘quv-moddiy bazasi mavjud bo‘lsa va ularning faoliyati maktabningasosiy darslariga xalaqit bermagan sharoitda umumta’limmaktablarining 1—8-sinf o‘quvchilari uchun maktabning tashkiliy-iqtisodiyahvolidan kelib chiqqan holda Davlat budjetihisobidan K.U.G.lar va xo‘jalik hisobidan kuni uzaytirilganguruhlar (X.H.K.U.G.) tashkil etilishi qayd etilgan. Har birmaktab o‘z sharoitidan kelib chiqib K.U.G.ni butlashi lozim.Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlar yoshidagi o‘quvchilardankuni uzaytirilgan guruh tuzish birmuncha qiyin. Shuninguchun bu yoshdagi bolalardan guruh tashkil etishda bo‘sho‘zlashtiruvchi va pedagogik nazoratga muhtoj bo‘lgan bolalarniko‘proq guruhga jalb qilish lozim.Ayrim qishloq maktablarida kuni uzaytirilgan guruhlarni birxil yoshdagi o‘quvchilardan tuzish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.Chunki uylar maktabdan har xil uzoqlikda joylashgan bo‘ladi.Shuning uchun bir qishloqda yashovchi o‘quvchilarning birgakelib-ketishini e’tiborga olib, har xil sinf o‘quvchilaridan guruhtashkil etish ma’quldir. Biroq kuni uzaytirilgan maktab, sinf vaguruhlarda o‘quvchilar va ularning tarbiyachilari o‘zgarib turmas-32


ligi kerak. Toshkent shahridagi 2-maktabning kuni uzaytirilganII sinfida tarbiyachining tez-tez o‘zgarishi natijasida o‘quvchilarintizomi juda sustlashib, o‘zlashtirishi pasayib ketdi. Bundayahvolni kuni uzaytirilgan boshqa maktab va guruhlarda hamuchratish mumkin. Shunga binoan umumiy ta’lim maktablariningboshlang‘ich sinflarida qo‘llaniladigan I dan IV sinfgacha biro‘qituvchining ta’lim berish prinsipini kuni uzaytirilgan boshlang‘ichmaktablar va sinflarga tatbiq etish mumkin. Bunda bola Isinfdan to IV sinfni tamomlanguncha bir tarbiyachining qo‘lidatarbiyalanadi.Bundan tashqari kuni uzaytirilgan ba’zi guruhlarda o‘quvchilarsoni doimiy bo‘lmasligi va ayrim o‘quvchilarning goh kelib, gohkelmay yurishi ta’lim-tarbiya ishini ancha izdan chiqaradi. Buningoldini olish uchun o‘quv yilining boshida maktab ma’muriyatiota-onalar bilan uchrashib, bolalarning guruhga doimiy kelishkelmasliginianiqlab, barqaror guruhlar tuzish va bir guruhniqo‘shimcha tarzda yil mobaynida komplektlash uchun qoldirishimumkin.Maktablar huzurida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan sinf yokiguruhlar ishini yanada yaxshilash, imkoniyati bo‘lsa, ba’zimaktablarni kuni uzaytirilgan maktabga aylantirish maqsadgamuvofiq. Bunda sinflar alohida-alohida komplektlanadi, tarbiyachiqat’iy rejim asosida ish olib borishda, yagona dasturdanfoydalanishda va ta’lim-tarbiya ishlarini metodik jihatdan to‘g‘riuyushtirishda birmuncha qulayliklarga ega bo‘ladi.* * *Maktab-internatlar tashkil qilingan birinchi yillarda I—V vaI—II sinflar shaklida ochilgan edi. Birinchi variant ma’qulroqbo‘lib chiqdi.Yangi ochilgan maktab-internatda birinchi va ikkinchi yilibitirib chiquvchi sinflar bo‘lmaydi. Shu bois I—IV yoki I—VIIsinflarga o‘quvchilar qabul qilish bilan kifoyalanish pedagogiknuqtayi nazardan maqsadga muvofiq.B. E. Shirvind sinflarni yillar bo‘yicha komplektlashtirish34—34-betlardagidek bo‘lishini tavsiya etadi.600 va undan ko‘p o‘rinli katta maktab-internatlar tashkilqilish maqsadga muvofiqligi tajribada tasdiqlangan. Ularda parallel3—K. Hoshimov33


sinflar ochiladi. 580—600 o‘rinli 16 sinf (har qaysi parallel sinfdaikkitadan sinf) shu tarzda komplektlanadi. Maktab-internatrahbarlari sinflarni komplektlashga katta e’tibor berishlari, o‘zlashtirishsalohiyati turlicha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarningsinflarga notekis taqsimlanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.Maktab-internatga boshqa maktablardan olinadigan tarbiyalanuvchilarhar jihatdan nihoyatda sinchiklab tekshirib ko‘rilishilozim.TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISHVA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATIKuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishini muvaffaqiyatli olibborishning muhim shartlaridan biri muayyan pedagogik talablarga,shuningdek, har bir maktabning o‘ziga xos xususiyatiga to‘la javobberadigan reja ishlab chiqish va unga qat’iy rioya etishdir. Rejatuzish va shu asosda ishlash kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar uchunham shart. Aks holda muassasa ta’lim-tarbiya ishi bo‘yicha o‘zoldiga qo‘ygan vazifasini uddalay olmay qoladi.Tarbiyaviy ish uy vazifasini bajargunga qadar va bajargandankeyingina rejalashtirilgan tadbirlar vaqtidagina emas, balki harkuni va har soatda o‘tkaziladigan (olib boriladigan) tarbiyaviytashkiliyish kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisining asosiy vazifalaridanbiridir. Bu ish bevosita maktabda o‘tkazilishi shart emas.Sayr, sayohat, madaniy yurish, sinfdan tashqari turli mashg‘ulotlarjarayonida ham o‘tkazilishi mumkin.a) 420 o‘rinli (12 sinfli) internatlar uchun:Sinflar 1-y 2-y 3-y 4-y 5-y 6-y 7-y 8-y 9-y 10-yIIIIIIIVVVIVIIVIII122221——112222111112222211112222Hammasi: 10 12 13 12 12 14 14 13 12 1234211112222221122222211222222211121222211111222211


) 480 o‘rinli (14 sinfli) internatlar uchun:Sinflar 1-y 2-y 3-y 4-y 5-y 6-y 7-y 8-y 9-y 10-yIIIIIIIVVVIVIIVIII1222222—112222222112222222112222222112222222112222222112222222111222222111222222Hammasi: 13 14 14 14 14 14 14 14 14 14Maktabda sinf yoki guruh tashkil etilib, tarbiyaviy jarayonningmaqsad va yo‘nalishi aniqlangandan so‘ng tarbiyachi yarim yillikyoki choraklik reja tuzadi. Reja tuzishda maktabning umumiy ishrejasi, «Kamolot» YIH, «Kamalak» boshlang‘ich tashkilotining ishrejasidagi tadbirlar, fan o‘qituvchilarining takliflari hisobga olinadi.Shu bilan birga tegishli metodik jurnal va adabiyotlardanfoydalanib, ish reja mazmuni boyitiladi. Choraklik reja asosidakundalik talablardan kelib chiqib, kundalik reja tuziladi.Umumiy ta’lim maktablarida pedagogik faoliyatning 90 foizinita’lim ishlari tashkil etsa, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardao‘quvchilar darsdan tashqari 5—6 soat xilma-xil, qiziqarli mashg‘ulotlarbilan mashg‘ul bo‘ladilar. O‘qituvchi-tarbiyachilarrahbarligida ilm asoslarini chuqurroq o‘rganadilar, ijtimoiy foydalimehnat bilan shug‘ullanadilar, turli to‘garaklarga qatnashadilar,ovqatlanadilar, dam oladilar va o‘ynaydilar.Kuni uzaytirilgan guruhlar ishini rejalashtirish tarbiyachidanishga ijodiy yondashishni talab etadi. Sinf va guruhlardagi bolalarningmaktabda bo‘lish vaqti turlicha. Haftasiga 6 kun ishlaydigansinf, guruhda o‘quvchilar 5 soat, 5 kun ishlaydigan sinfyoki guruhda 6 soat bo‘ladilar. Shuning uchun ular bilan olibboriladigan mashg‘ulotlar rejasi bolalarning uy sharoitini hisobgaolgan holda tuziladi.Kuni uzaytirilgan guruh va sinf tarbiyachisi kundalik va uzoqmuddatga mo‘ljallangan ish rejalarini tuzadi. Uzoq muddatgamo‘ljallangan reja direktor tomonidan tasdiqlanadi, kundalik ishrejasi esa tasdiqlanmaydi, lekin vaqti-vaqti bilan ma’muriyattomonidan ko‘rib turiladi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda sinfdan tashqari ishlarnirejalashtirishda shu joyning iqlimi, maktabning hududiy shart-35


sharoiti hisobga olinishi lozim. Kuni uzaytirilgan sinf guruhlardasinfdan tashqari ishlar maxsus belgilangan tarbiyachilar tomonidanolib borilganligi uchun rejada belgilangan masalalar maktabningumumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Shuning uchunham kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar uchun reja tuzishdaquyidagi talablarga e’tibor berilishi maqsadga muvofiq:1. Reja qisqa va aniq tuzilishi.2. Rejada belgilangan tadbirlarning bajarilish muddati aniqbelgilanishi.3. Tuzilgan rejada kuni uzaytirilgan maktab o‘quvchilariningnazariy bilimi va amaliy tayyorgarligini oshirishga e’tibor berish.4. Kuni uzaytirilgan sinf va guruh uchun tuzilgan reja maktabningumumiy rejasiga moslashgan bo‘lishi.5. Kuni uzaytirilgan maktablar uchun tuzilgan rejani maktab«Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIH ish rejalaridanajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ular orasida muhimzaruriy bog‘lanish va aloqadorlik bo‘lishi.6. O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, amaliy tayyorgarligi,bilim darajasi sinf, guruhlar uchun tuziladigan rejalar va amaliytadbirlarda o‘z aksini topmog‘i lozim.Tarbiyaviy ishlar rejasi g‘oyaviy jihatdan aniq maqsad asosidatuzilsagina, u amaliy qo‘llanma bo‘la oladi. Axloq va madaniyxulqni tarbiyalash, mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatnishakllantirish, estetik madaniyat asoslarini vujudga keltirish hamdajismoniy barkamollik, salomatlikni mustahkamlash va sanitariyagigiyenamadaniyatini hosil qilishga doir tadbirlar har bir guruhdagibolalarning yoshiga, bilimiga mos tadbirlar orqali amalgaoshirilmog‘i lozim.Har bir tarbiyachi o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’limtarbiyaishlari rejasida ko‘zda tutilgan maqsad alohida bo‘limlarbo‘yicha berilishi, ishlarning bajarilish kuni, vaqti va bu ishgakim rahbarlik qilishi ko‘rsatilishi kerak. Amalda tarbiyachilarningrejalari xilma-xil bo‘ladi. Ayrim tarbiyachilar yarim yillik va birkunlik, ba’zilari esa bir yillik va bir kunlik qilib reja tuzmoqdalar.Bunday reja, so‘zsiz, mavhumlikka olib keladi. Ayrim tajribalitarbiyachilar ta’lim-tarbiya ishlari rejasini har bir chorak uchuntuzib, yaxshi natijaga erishmoqdalar. Chunki uni tuzish qulaybo‘lib, chorak mobaynida o‘qituvchi, tarbiyachi, maktab ma’-muriyati va ota-onalar qo‘mitasi birgalikda o‘z ishlarida sodirbo‘lgan ba’zi kamchiliklarni, yoddan ko‘tarilgan masalalarni36


hisobga olib, kelgusida bu kamchiliklarni tugatish imkoniyatigaega bo‘ladilar. Xullas, choraklik tarbiyaviy ish rejasi xatolarni o‘zvaqtida tezda tuzatishga, ishni tez yaxshilashga imkon beradi,tarbiyachi o‘z rejasida qishki va bahorgi ta’tillarda o‘tkaziladiganmashg‘ulotlarni to‘la aks ettira oladi.Tarbiyachilar rejalarini ikki variantda tuzmoqdalar: a) rejaningtarbiyaviy qismi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasidan iborat;b) rejaning ikkinchi bo‘limida ko‘proq kuni uzaytirilgan sinf,guruhlar bilan uyushtiriladigan mashg‘ulotlar; o‘quv ishlari,ijtimoiy-foydali mehnat, o‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash,o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, otaonalarhamda jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash, sinf xonalarinijihozlash kabilar qayd qilinadi.Reja tuzishdagi eng katta kamchilik guruh va sinflarningsharoitini hisobga olmaslik, ishga ijodiy yondashmaslikdir. Bundatarbiyachilar taqvimda ko‘rsatilgan ayrim tarixiy sanalarniginabelgilaydilar, ba’zilari biror parallel guruh yoki maktab tarbiyachilariningrejasini mexanik ravishda ko‘chirib olish bilan chegaralanadilar.Boshqa birlari esa har kuni kundalik rejimning sanasinio‘zgartirib, kundalik reja sifatida taqdim etib kelyaptilar. Ko‘pchiliktarbiyachilarning ish rejalarida ma’lum tizim, birlik, dasturmateriallari bilan bog‘liqlik, moslilik yo‘q. Ular kuni uzaytirilganguruh va sinflarning spetsifik xususiyatlarini hisobga olish,mahalliy materiallar bilan boyitish, rejalarga ijodiy yondashishkerakligiga yetarli darajada e’tibor bermayotirlar. Tabiiyki, bundayloqaydlik bilan o‘tkazilgan bir xil tadbirlar bolalarni zeriktiradi,charchatadi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardagi tarbiyachilar bilanhamkorlikda olib borgan tajribalarimiz reja tuzishda ta’lim-tarbiyajarayonida quyidagilarga e’tibor berish zarurligini ko‘rsatdi:a) ommaviy, siyosiy tarbiyalash;b) o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan muhabbatini, qiziqishinioshirish;d) ta’lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy-foydali mehnat bilan qo‘-shib olib borish;e) estetik tarbiyani yaxshilash;f) o‘quvchilarni jismoniy jihatdan chiniqtirish;g) ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda maktab, oila vajamoatchilikning yaqindan ishtirok etishiga qulaylik yaratish judamuhimdir.37


Tarbiyachi rejasida har bir bola bilan individual ishlashga doirtadbirlar ham bo‘lishi kerak. Buning uchun tarbiyachi yaxshi psixologbo‘lmog‘i lozim. Rus pedagogi K. D. Ushinskiy o‘zining «Kishitarbiya predmeti sifatida» asarining muqaddimasida «Agar pedagogikakishini hamma jihatdan tarbiyalashni istasa, u avvalo, bu kishiniham hamma jihatdan bilmog‘i kerak» 1 , deb yozgan edi.Tarbiyachi ishining muvaffaqiyati, asosan, uning bolalar ichkidunyosiga chuqur kirib, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorinito‘g‘ri tushunishiga bog‘liq. Zero, o‘quvchilar o‘z xarakteri,qiziqishi va mayli nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladilar.A. S. Makarenko shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalashningizchil tarafdori bo‘lishga qaramay, tarbiyalanuvchilarningindividual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ham ko‘rsatibo‘tgan edi. U o‘zining «Tarbiyaning maqsadi» degan maqolasidashunday deb yozadi: «Biz uchun inson, umuman olganda, bir xildaytuyulsa-da, aslida u tarbiya vositasi sifatida bag‘oyat xilma-xildir» 2 .To‘g‘ri tarbiya berishda bolalarga individual yondashish yanashu jihatdan muhimki, tarbiyachi o‘z o‘quvchilarini bilmasa, uo‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik ta’sir ko‘rsatishmetodlarini tanlash va uni amalga oshirishda xatolarga yo‘lqo‘yishi mumkin. Masalan, Safo Ochil «Inson ziynati odobdur»kitobida shunday yozadi. Hikoyat: Sinfxonada o‘quvchi qiz g‘amginholda o‘y surib o‘tirardi. Uning qulog‘iga hech nima kirmasdi.Buni ko‘rgan ayol o‘qituvchi dedi:— Hey qiz, nega yozmayapsan? Ko‘zing oldiga qaysi yigitlarkelayapti?Qiz javob bermay yig‘lab yubordi. Uning o‘rniga o‘rindiqdoshdugonasi javob qildi:— Opa, yaqinda uning onasi vafot etgan. O‘qituvchi juvonpinagini buzmay: — O‘lsa o‘libdi-da. Dars qilib kelsin, darsniyaxshi tinglab o‘tirsin. Yo‘q, u yigitlarni o‘ylayapti, — dedi.O‘quvchi qiz esa shartta o‘rnidan turdiyu, bu maktabni yelkamningchuquri ko‘rsin, — deya sinfxonadan ho‘ngrab yig‘labchiqib ketdi.Nodon bo‘lsa agar muallim,Nodonlikdan beradi ta’lim 3 ,1Ushincskiy K. D. Tanlangan asarlar. 9-tom. 1950. 23-bet.2Makarenko À. S. Àsarlar. V-jild. 1953.3Safo Ochil. Inson ziynati odobdur. — T.: «O‘qituvchi», 1996. 82-bet.38


deganlaridek, bu o‘qituvchi-tarbiyachini pedagogik odobga,pedagogik madaniyatga, pedagogik mezonga e’tibor bermasligidir.Rejada bolalar faolligining vaqti va bajaradigan ishining mazmuni,shuningdek, navbatchilar ro‘yxati va o‘quvchilarningkundalik vaqt taqsimotlari ham aks ettiriladi. Guruh ishini yo‘lgaqo‘yishda va samaradorligini oshirishda ota-onalar, jamoatchilikningyaqindan yordami juda zarurdir. Buning uchun guruhtarbiyachisi ota-onalardan anketa orqali kerakli ma’lumotlarnito‘plashi lozim. Xususan, oila boshlig‘ining familiyasi, ismi, yoshi,kasbi, o‘quvchi bo‘sh vaqtda nimalar bilan qiziqishi, ota-onalarmaktabga qanday yordam ko‘rsata olishlari aniqlanadi. Tarbiyachishu ma’lumotlarga tayanib, tarbiyaviy ish rejasini tuzadi. Guruhishining muvaffaqiyati tarbiyachining pedagogik bilim va ko‘nikmasidantashqari, tashkilotchilik qobiliyatiga, ota-onalar bilanumumiy til topa olishiga ham bog‘liq.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar faoliyatidagi dars va darsdantashqari mashg‘ulotlar ishlari yagona ta’lim-tarbiya jarayoni nuqtayinazaridan muayyan pedagogik maqsadga muvofiq rejalashtirilishilozim. Yagona rejalashtirish orqali quyidagi vazifalarnibajarish kerak:— dars va darsdan tashqari jarayonda aqliy tarbiya;— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ishlash,mehnat qilish, klub mashg‘ulotlari va dam olish, g‘oyaviy-axloqiytarbiya.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda haftasiga 30 soat vaqtningnamunaviy taqsimoti:Haftalik mashg‘ulot turlariSinflar bo‘yicha soatlar soniI sinf II va III sinflarDarsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari 6 9Texnik ijod, ijtimoiy foydali mehnat 1 2Jismoniy tarbiya (ochiq joydagi2 2mashg‘ulotlar)Badiiy (estetik) tarbiya (tasviriy ijod, musiqa, 3 3teatr-adabiyot mashg‘ulotlari)Rejalashtirilgan ijtimoiy tashkiliy faoliyat 1 1Ovqatlanish vaqti, sayr (ochiq joyda jismoniy 10 10tarbiyani hisobga olmaganda)Bo‘sh vaqt (o‘yinlar, I sinflarda uyqu) 7 330 3039


— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning ixtiyoriymashg‘ulotlari, ijtimoiy-foydali mehnat, texnikaviy ijod, tabiatquchog‘idagi ishlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida mehnattarbiyasi;— dars, musiqa va ashula, tasviriy san’at, o‘yin va ritmika,teatr-adabiyot, badiiy havaskorlik kabi darsdan tashqari mashg‘ulotlardaestetik tarbiya;— badantarbiya darslari, darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari,ochiq joyda mashq bajarish orqali badantarbiya.Haftalik o‘quv rejasi va uzaytirilgan vaqtni yuqoridagidektaqsimlash asosida, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarnihisobga olgan holda yagona o‘quv tarbiya ish rejasi tuziladi.Yagona reja haftaning har bir kuniga baravar taqsimlanadi.Maktab o‘z sharoiti, imkoniyati nuqtayi nazaridan ta’lim-tarbiyaishlari bo‘yicha haftalik jadval tuzadi.I—IV sinflarda ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yichayagona reja namunasiO‘qituvchi guruhni ertalab o‘qitib, tushdan so‘ng unda tarbiyachibo‘lib ishlasa, bunday holatda ta’lim jarayoni va guruhdaolib boriladigan mashg‘ulotlar asosida bitta katta reja tuziladi.Shunday qilib, tarbiyachi 2 ta rejaga, ya’ni istiqbol rejasi va ungaasoslangan kunlik joriy rejaga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilganasosiy rejalardan tashqari biror oraliqqa mo‘ljallab haftalik yokioylik rejalar tuzish shart emas, chunki ratsional tuzilgan kundalikrejim va haftalik jadvallarning o‘zi yetarlidir. O‘qituvchilar o‘quvyilining har bir choragi uchun, tarbiyachilar esa birinchi vaikkinchi yarim yillik uchun reja tuzadilar.Kunning ikkinchi yarmidagi barcha tadbirlar asosan quyidagiyo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:a) ta’lim yo‘nalishi: dars tayyorlash, konsultatsiya va qo‘shimchamashg‘ulotlar;b) siyosiy yo‘nalish: siyosiy <strong>axborot</strong>, «Kamolot» YIH lektorlikguruhlarining, «Jangovor va mehnat shuhrati» muzeyining ishlari;d) ilmiy yo‘nalish: predmetlar bo‘yicha to‘garaklarni, mehnatniilmiy asosda tashkil etish, sinfdan tashqari o‘qishlar;e) mehnat yo‘nalishi: o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, ijtimoiy-foydalimehnat;40


f) badantarbiya yo‘nalishi: sport seksiyalari, umumiy jismoniytayyorgarlik to‘garaklari, musobaqalar;g) estetik yo‘nalish: musiqa, xor, tasviriy san’at va «Mohirqo‘llar» to‘garaklari.Tarbiyaviy rejani amalga oshirishda ijrochilarni aniq tanlash,«Kamolot» YIH va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishlozim. Tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda ota-onalarning qatnashishiva ular orqali bolalar jamoasiga ta’sir etish maqsadga muvofiqdir.Istiqbol rejasining bo‘limlarida ko‘rsatilgan mavzu bolalarningpedagogik va ijtimoiy tashkilotchilik faoliyatini tashkil etib, qobiliyatinio‘stirishga xizmat qilishi lozim. Istiqbol rejasining asosiytarbiyaviy vazifalarini belgilashda quyidagilarga e’tibor berishzarur:— bolalarni umumiy rivojlantirish va individual xususiyatlarinihamda uy sharoitlarini hisobga olib pedagogik yondashishga;— o‘qishga nisbatan o‘quvchilarda mas’uliyat hissini tarbiyalash,bilimga qiziqish uyg‘otish, mustaqil ishlash, malaka vako‘nikmalarini o‘stirishga;— o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol ruhida tarbiyalashdag‘oyaviy-axloqiy bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga;— «Kamolot» YIH «Kamalak» tashkilotida mehnat muhitiniyaratish, ya’ni ularni ijtimoiy-foydali, texnik, qishloq xo‘jalikmehnatlariga jalb etishga;— o‘quv-tarbiya ishlarida Prezidentimiz qabul qilgan Qonunva farmonlarni amalda tatbiq etishga o‘rgatish, hayotga tayyorlashga;— yoshlar jamoasida javobgarlik, xayrixohlik, talabchanlik,adolatlilik, do‘stlik munosabatlarini tarbiyalash va madaniy malakahamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga;— o‘quvchilarni badiiy o‘qishga, teatrga, raqs tushish vakuylashga qiziqtirish va bu sohada tegishli malakalar hosil qilishga;— kuni uzaytirilgan guruh o‘quvchilarining sog‘liqlarini mustahkamlashva jismoniy rivojlantirish uchun ota-onalar, pedagogikjamoa vakillari, «Kamolot» YIH ishtirokida kun rejimini vaularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga.Tarbiyachi o‘zining reja konspektida o‘z sharoiti va imkoniyatigaqarab quyidagi vaziyatlarni aks ettirmog‘i lozim:41


1. O‘quvchilarni qabul qilib olish (bunga ayrim tashkiliy ishlar,o‘qituvchilar bilan birgalikda hal qilinishi lozim bo‘lganholatlar, kiyim almashtirishlar, yuvinishlar ham kiradi).2. Erkin o‘ynab dam olish, bo‘sh vaqt (uyushtiriladigan o‘yinningnomi, maqsadi, uning qisqacha tafsiloti, kimlar tomonidanuyushtirilishi, o‘yin uchun kerakli jihozlar, narsalar, o‘yin uchuntanlangan joy ko‘rsatiladi).3. O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish (navbatchilar,ovqat turlari, ovqatlanish qoidalari, gigiyenik talablar).4. Sayr qilish va ochiq joyda o‘ynash (o‘yinning qisqachamazmuni, o‘yin uchun kerakli jihozlarni tayyorlash, imkoniyatibor bo‘lsa, I—II sinf va salomatligi zaifroq bo‘lgan bolalarniuxlatish).5. Uy vazifasini mustaqil bajarish (bunda berilgan vazifalarmavzusi, mazmuni, ularni yechishda kerak bo‘ladigan ko‘rgazmaliqurollar, texnik qurollar, dalaga chiqishni talab qiladigan mavzubo‘yicha kuzatiladigan joylar ko‘rsatiladi).6. Tarbiyaviy-tashkiliy ishlar (har kuni har xil mavzudamustaqil darsdan oldin yoki keyin o‘tkaziladi).7. Badantarbiyaga oid sport ishlari (bajariladigan sportmashqlari, kerakli jihozlar, bu mashqlarni o‘tkazish uchuntanlangan joy kabilar ko‘rsatiladi).8. Mustaqil ravishda qo‘shimcha badiiy-ilmiy adabiyotlaro‘qish (o‘quvchilar o‘qiydigan kitoblarning nomi, muallifi, chiqqanyili, kimlarning qayerda o‘qishi yoki ommaviy o‘qish ko‘rsatiladi).9. To‘garak ishlari (to‘garakning nomi, kimlar qatnashishiko‘rsatiladi).10. O‘z-o‘ziga xizmat (kimning nima ish qilishi, shular uchunkerak bo‘lgan jihozlar ko‘rsatiladi).11. Uyga ketish.Ishni shu tarzda rejalashtirish va tashkil qilish ta’lim-tarbiyaishlari samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kundalikmashg‘ulotlarning bir-biriga o‘xshab, bir qolipga tushib qolishigayo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarni hisobga olish kerak:1. O‘quvchilarning bir kunlik va haftalik o‘quv soatini to‘g‘ritaqsimlash. Bu soatlarda o‘tkaziladigan tadbirlarning takrorlanishigayo‘l qo‘ymaslik.42


2. Sinfdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning aqliy, jismoniymehnatlarini dam olish bilan qo‘shib olib borish.Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, kuni uzaytirilgan sinf vaguruh o‘quvchilari bilan uyushtiriladigan mashg‘ulotlar shakl vamazmun jihatidan bir xil bo‘lsa, bu ularni zeriktiradi, charchatadiva ish unumiga sezilarli darajada salbiy ta’sir etadi. Shuninguchun tarbiyaviy ishni tashkil etishga ijodiy yondashmoq darkor.Chunki bolalarni tarbiyalash murakkab ijodiy jarayondir. Budoimo tashabbus ko‘rsatishni va hayotiy zaruriy pedagogikmuammolarni tadqiq etishni taqozo etadi. Demak, eng yaxshireja ham hali ishning boshlanishidir. Rejadagi tadbirlarni amalgaoshirish, avvalo, tarbiyachining tashkilotchiligiga bog‘liq. A. S. Makarenkoo‘z ma’ruzalaridan birida «tarbiyaviy ish, eng avvalo,tashkilotchilik ishidir» 1 , degan edi. Tashkilotchi, mohir tarbiyachihamma ishni o‘zi bajaravermaydi. U maktabdagi «Kamalak»boshang‘ich tashkiloti, «Kamolot» YIH tashkiloti va o‘z guruhidagifaollarga tayanib, kam kuch sarf etgan holda ko‘p ishbajarishga va uning zavqli, qiziqarli o‘tishiga erishadi.Tarbiyachi tarbiyaviy (klub) soati vaqtida o‘tkazadigan mashg‘ulotlarmavzusi olti ish kuniga asoslanib, haftaning muayyankunlari bo‘yicha taqsimlab chiqilib, ana shu tartibga qal’iy amalqilish lozim. Besh kunlik haftasi bo‘lgan sinflarda sport mashg‘ulotlariva ekskursiyalar o‘tkaziladigan kunlarni navbatlashtirishlozim, ya’ni birinchi hafta sayohat o‘tkazish, ikkinchi haftadasport mashg‘ulotlarini tashkil qilish kerak.Tarbiyachi sinf va guruhdagi bolalarning har kunini, har birdaqiqasini qiziqarli, mazmunli o‘tkazish uchun tarbiyaviy ishidaxilma-xillikka erishishi lozim. Masalan:Dushanba — axloqiy-mafkuraviy tarbiya.Seshanba — sinfdan tashqari o‘qish (kitob bilan ishlash).Chorshanba — mehnat tarbiyasi.Payshanba — estetik tarbiya (badiiy tarbiya).Juma — sport-sog‘lomlashtirish ishlari.Shanba — ekskursiyalar, sayrlar (tabiat qo‘ynidagi ishlar).Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, pedagog har bir daqiqa vahar bir vaziyatdan o‘quvchi shaxsiga kompleks ta’sir o‘tkazish1Makarenko A. S. Asarlar. T. IV. 349-bet.43


uchun foydalanishi zarur, ya’ni darsdan tashqari o‘qish darslariniestetik muammolardan ajratmasligi lozim, zavodga qilingan harqanday sayohatdan esa bolalarda jamiyatimizning texnik-iqtisodiyjihatdan rivojlanishiga qiziqishni uyg‘otish maqsadida foydalanishmumkin.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda olib borgan kuzatishlarimizdailg‘or tarbiyachilar tuzgan haftalik ish rejaning asosiybo‘limlarida quyidagi tadbirlarga e’tibor berganliklarining guvohibo‘ldik.Axloqiy-mafkuraviy tarbiya. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh vamaktab-internatlarda o‘quvchilar bilan g‘oyaviy-mafkuraviy,madaniy-ommaviy ishlarni amalga oshirish imkoniyati nihoyatdakengdir.Axloqiy-mafkuraviy tarbiya — bu jamiyatimiz yosh fuqarolaridabarqaror ma’naviy-axloqiy ongni tarbiyalash yuzasidandoimo, har kuni sobitqadamlik bilan muttasil olib boriladiganishdir. Bu avvalo, bolalarni yangicha siyosiy fikrlash ruhidatarbiyalash, baynalminallilik, birdamlik, Vatanga muhabbat,vatanparvarlik, jamoatchilik his-tuyg‘ularini tarbiyalashdir.Bolalarni allomalar hayoti va faoliyati misolida tarbiyalashbugungi maktabning ezgu (yaxshi) an’anasi bo‘lib qolmoqda.Ajdodlarni o‘rganish xalqimiz tarixini o‘rganish demakdir.Bu sohada ish shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin,bular o‘qilgan kitob yuzasidan, ko‘rilgan film, surat bo‘yichasuhbatlar, ma’ruza tarzidagi <strong>axborot</strong>, teatrga tashrif, keyinspektaklni muhokama qilish va shu kabilardir.Dastur bo‘yicha yuqori sinflarda «O‘zbekiston — meningVatanim» bo‘limi bor. 1-sinf uchun «O‘zbekiston — Vatanim»,2-sinf uchun «Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman», 3-sinfuchun «Vatan bayrog‘i», 4-sinf uchun «Kengashlar — xalq hokimiyati»,«Bizning kelajagimiz, o‘z qo‘limizda» kabi materiallarasosida yoshlarga axloqiy va baynalminal tarbiyasi berish mumkin.Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatning I—IVsinflarida Konstitutsiya haqida 3—4 suhbat o‘tkazish lozim. Boshlang‘ichsinflarda Konstitutsiya hayotimizning Asosiy Qonuni,O‘zbekiston xalqlarning do‘stligidan tashkil topgan yagona kattaoila ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, tarbiyachi suhbat o‘tkazarekan, albatta, bolalarni har gal hayotiy voqelikning konkretfaktlari bilan tanishtiradi, o‘quvchilarning Vatan haqidagi44


ilimlarini boyitadi va chuqurlashtiradi. Bunda tarbiyachi gazetava jurnallar, kitoblar, radio, televideniye, diafilmlardan foydalanishimumkin.O‘quvchilarni siyosiy jihatdan tarbiyalashda ijtimoiy-foydaliva jamoa mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalash katta o‘rin tutadi.Shu maqsadda I sinfda «Ota-onalar qanday mehnat qilishadi?»,«Ziyolilar, olimlar kashfiyotlar yaratmoqdalar», «Barcha respublikalarbolalari — juda ahil bolalar», «Men O‘zbekistondayashayman va o‘z o‘lkamni sevaman», II sinfda «Kim mohir?»,III sinfda «Hamma kasb ham yaxshi, yoqqanini tanlab ol», IVsinfda «Xalq uchun ishla, o‘qi va yasha!», «O‘zbekiston — meningVatanim», «Paxta — Respublikam faxri» mavzularida suhbatlaro‘tkazish maqsadga muvofiq.Siyosiy tarbiyada harbiy vatanparvarlik mavzusi ham muhimo‘rin tutadi. Bolalarni Vatan va Mustaqillik uchun qahramonlarchahalok bo‘lgan, jahon urushi qatnashchilari haqidagihikoyalar, ularni botir, mard bo‘lishga, fuqarolik burchlarini adoetishda o‘rnak ko‘rsatishga undaydi, vatanparvarlik, insonparvarliktuyg‘ularini tarbiyalaydi. Maktabda butun o‘quv yili davomidamamlakat va umumxalq an’anaviy bayramlari yoki fan, adabiyotva san’at arboblari nomi bilan bog‘liq yubileylar munosabati bilanturli kechalar, suhbatlar o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi.Bu muhim tadbirlarni tarbiyachi o‘z rejasida aks ettirishi vaayni choqda tarbiyaviy ta’siri haqida jiddiy o‘ylashi lozim.Tarbiyaviy ishlar rejasida qayd etilgan har bir mavzu bo‘yichasuhbatni boshlashdan oldin tarbiyachi hafta ichida mamlakatimizva xorijda bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealar haqida 7—10daqiqalik suhbat o‘tkazadi. Suhbatlarni ishlab chiqarish ilg‘orlari,urush va mehnat faxriylari ishtirokida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.Vatan to‘g‘risida, xalqlar do‘stligi haqida kitoblar o‘qib berish,diafilm va kinofilmlar ko‘rsatish tarbiyachiga Vatan haqidagimavzuni to‘laroq ochib berishga qo‘l keladi. Maktabda vatanparvarlikhis-tuyg‘ularini tarbiyalash alifbening deyarli birinchisahifasidan boshlab, bitirish imtihonlarigacha davom etadi.Dasturga din haqidagi mavzu ham kiritilgan. Shu narsaniyodda tutish kerakki, din yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdakatta naf keltirishi mumkin. Tarbiyachi bu masalaga dindorota-onalarning his-tuyg‘ularini hurmat qilgan holda, odob bilan45


yondashishi lozim. Dasturda har bir sinf uchun din bo‘yichamavzu berilgan. Mohirlik bilan tashkil qilingan suhbat dingato‘g‘ri munosabatda bo‘lgan holda yaxshi natijalar beradi: 1-sinfuchun «Biz nima uchun tush ko‘ramiz?», «Momaqaldiroq, do‘l,qor, yomg‘ir nimadan bo‘ladi?» mavzulari: 2-sinf uchun «Nimauchun kun va tun bo‘ladi?», «Tabiatda suv qayerdan keladi?»mavzulari: 3-sinf uchun «Tabiat ofatlari nimadan kelib chiqadi?»mavzusi: 4-sinf uchun «Quyosh va Oy tutilishlari qanday hosilbo‘ladi?» mavzusi kabilar.Inson huquqlari, ekologik madaniyatni tarbiyalash, etika(odob) to‘g‘risidagi va qahramonlik haqidagi mavzular ham axloqiy-mafkuraviytarbiyalash bo‘limiga kiritilishi mumkin.To‘g‘ri tashkil etilgan siyosiy <strong>axborot</strong>, suhbatlar o‘quvchilarningbilim doiralarini kengaytiradi, ma’naviy-axloqiy tushunchaning,dunyoqarashning muvaffaqiyatli shakllanishiga garov bo‘ladi.Sinfdan tashqari o‘qish. Bolalarda sinfdan tashqari o‘qishga,kitobga muhabbat uyg‘otish va o‘qishning maqsadga qaratilishi ulartarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalar yangi kitoblar,ularning mualliflari, mualliflar hayoti va ijodi bilan tanishadilar,estetik zavq oladilar. Bu, albatta, kitobning qaysi yoshdagi bolalargamo‘ljallanganligi bilan bog‘liq. Shunday ekan, sinfdan tashqario‘qish ishlarini rejalashtirganda bolalarning yosh xususiyatlarininazarda tutish lozim. Bunda «Oriyentir» dasturi qo‘l keladi.Sinfdan tashqari o‘qish kitobga muhabbatni tarbiyalaydi,fikrlashni rivojlantiradi, voqealarni tahlil qilishni o‘rgatadi. Bolalaryangi kitobni o‘qib, uning mazmuni bilangina emas, balki muallifibilan, muallifning u yoki bu voqeaga nisbatan nuqtayi nazari bilanham tanishadilar. Shu tariqa muallif bilan o‘ziga xos «Muloqot»vujudga keladi.1-sinfning birinchi yarim yilligida bolalar sinfdan tashqario‘qishga tayyorlanadi. Bu davrda asosiy ishni tarbiyachi olibboradi. Chunki, bolalar hali alifbe davrini o‘tayotgan bo‘ladi.Ularda sinfdan tashqari o‘qish soddaroq ertaklarni o‘qishdanboshlanadi. Kitobni o‘qishdan oldin tarbiyachi uni birma-birvaraqlab, hamma rasmlarini ko‘rsatadi. Bolalarda shu kitobgaqiziqish uyg‘otish uchun asarning bir parchasini ularga o‘qibberish va o‘qishni eng qiziqarli joyda to‘xtatib, qolgan qisminibolalarning o‘zlariga havola qiladi. Bolalar asar mazmuninirasmlar orqali so‘zlab berishi mumkin.46


Ikkinchi yarim yillikdan boshlab hikoya, ertak, rasm ishlanganshe’rlarni o‘qishni bolalarning o‘zlariga havola qilish mumkin.Sinfdan tashqari o‘qish ishini shunday olib borish kerakki, bundabolalar o‘qilgan asarlar ustida fikr yurita olsinlar hamda yaxshilikva yomonlik haqida o‘zlari xulosa chiqarsinlar. Bundan tashqaritarbiyachi bolalarning o‘qigan kitoblari haqida individual suhbatlaro‘tkazadilar.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar va maktab-internatlardabolalar individual kitobxonligini yo‘lga qo‘ymoq lozim. Shumaqsadda kuni uzaytirilgan ba’zi maktablar, sinflar va guruhlardao‘qish uchun kitoblar ro‘yxati tuziladi va maktabning ko‘rinarliyeriga osib qo‘yiladi. Jamoa kitobxonlik vaqtida tarbiyachi yangichiqqan va navbatda o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgazmasinitashkil qiladi.2-sinfda o‘quvchilar yangi-yangi kitoblar bilan tanishadilar.Muallifni, kitob nomini uning qisqacha mazmunini eslab qoladilar.Kitoblarni bolalar mustaqil ravishda o‘qiyoladilar. 3-sinfdabadiiy asarlardan tashqari ilmiy-ommabop asarlardan hamfoydalaniladi. Bu sinfda o‘quvchilar mashhur chet el bolalaryozuvchilari hayoti va ijodi bilan ham tanishadilar. Yozib borishuchun daftarlar, kundaliklar tutib, ularga muallifning familiyasi,ismi va otasining ismini, kitobning nomini, bosh qahramonlarni,o‘qilgan narsalar haqida o‘z fikrlarini yozib boradilar. 4-sinfdabolalar kitob qahramonlarining xatti-harakatlarini baholashlari,matn mazmunidan dalillar keltirishlari va o‘qilgan kitob yuzasidano‘z fikrlarini yoza olishlari kerak.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh, maktab-internattarbiyachilari bolalarning o‘qigan kitoblari haqida individualsuhbatlar o‘tkazadilar. Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishiningortishi maktab va maktab-internat kutubxonalarining kitobfondlariga ham bog‘liqdir.Maktab dasturi bo‘yicha o‘rganish uchun zarur bo‘lgan kitoblarningmajburiy ro‘yxatidan tashqari bolalar uchun yozadiganboshqa mualliflarning kitoblarini ham tavsiya etish mumkin.Kitobni o‘qib chiqqandan keyin mavzuiy ertalik, adabiy viktorinao‘tkazish foydalidir. Hamma bolalarni kutubxonaga a’zo bo‘lishlarigaerishish kerak. Tarbiyachi bolalarning o‘qishini nazoratqilishi, tizimga solishi va yo‘naltirib turishi lozim. O‘quvchilarningkundaligi yoki yozuv daftari bo‘lishi shart, ular bunga o‘qigan47


kitob yoki uning parchasi haqidagi o‘z taassurotlarini yozibqo‘yishlari yoki katta rasm (surat) tariqasida chizishlari hammumkin.Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘lkashunoslik materiallaridankeng foydalanish lozim. Bolalar Q. Hikmat, Q. Muhammadiy,A.Obidjon, T. Adashboyev she’rlarida yorqin tasvirlangan jonajono‘lka tabiati bilan albatta tanishishlari kerak. Tarbiyachi o‘quvchilargaO‘zbekiston tarixi to‘g‘risida, bu yerdagi oddiy odamlarmustaqillikkacha va mustaqillikka erishgandan keyin qandayyashayotganliklari haqida gapirib berishi, o‘tgan kunlarni bugungikun bilan taqqoslashi kerak.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dasturga muvofiq sinfdantashqari o‘qish uchun 32 soat, ya’ni haftasiga 1 soat ajratilgan.Tarbiyachi sinfdan tashqari o‘qish uchun ajratilgan kunlardanfoydalanib, umumiy o‘qish madaniyatini ko‘tarishga yordamberishi va bolalarning mualliflar to‘g‘risidagi tasavvurlarini chuqurlashtirishimumkin. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda o‘qishgabo‘lgan talab-ehtiyojni uyg‘otishi, o‘qilgan matnni idrokqilishga, fikr yuritishga, o‘qiyotgan asar ichiga chuqurroq kiribborishiga undashi lozim. O‘qilgan kitoblar bo‘yicha gapiribberishni keng yo‘lga qo‘yish zarur, chunki bu ham bolalarnio‘qishga qiziqishini uyg‘otadi.Xullas, kitob o‘qishni tizimli ravishda uyushtirishi va o‘qilgankitoblar muhokama qilinib borishi o‘quvchilarning kitobga bo‘lganqiziqishini orttiradi.MUSIQA MASHG‘ULOTLARIKuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlari kattaahamiyatga ega, chunki bunda o‘quvchilar didi har tomonlamashakllanadi, ularning barcha xususiyatlari shu jarayondao‘rganiladi. Bolalar bilan yanada yaqinroq tanishish, ularningyutuq va kamchiliklarini aniqlash va nuqsonlarini o‘z vaqtidabartaraf etishda bu mashg‘ulot muhim ahamiyat kasb etadi.Darsdan tashqari o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari rejasimusiqa darsi dasturi asosida tuziladi. Darsdan tashqari musiqamashg‘ulotining asosiy yo‘llanmasi mavzular rejasi va darslardasturiga tayanadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, birtomondan, musiqa darsida olgan bilimlari yanada kengayadi,48


ikkinchi tomondan esa bolada har xil musiqa tinglash va musiqamashg‘ulotlari jarayonida shu san’atga bo‘lgan qiziqish ortibboradi.Darsdan tashqari o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari to‘garakmashg‘ulotiga o‘xshaydi. Lekin farqi shundaki, mashg‘ulotbutun guruh bilan dam olish paytlarida yoki muayyan vaqtdao‘tkaziladi. Shu bilan birga yana bir narsani yodda tutish kerakki,darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida shu soha bo‘yicha kengyo‘llanma beriladi va o‘z ichiga xilma-xil shakllarni qamrab oladi:uni guruh bo‘lib, jamoa bo‘lib, yakka holda tashkil etish mumkin.Bunga yana har xil ertaliklarni, bayramlarga bag‘ishlab tayyorlanadiganikkinchi konsertlar, viktorinalarni qo‘shish mumkin. Masalan,darsdan tashqari mashg‘ulotni o‘yin sifatida o‘tkazish yokimusiqa haqida suhbat-viktorinalar uyushtirish, xor bo‘lib ijro etishva ritmik harakat qilish shular jumlasidandir. Darsdan tashqarimashg‘ulotning turlicha bo‘lishiga qaramay, uning yo‘nalishi birbo‘lib, musiqa darsi dasturi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak va O‘zbekistonxalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi lozim.Bu mashg‘ulotning to‘garak mashg‘ulotlaridan farqi shundaki,agar to‘garakda 10—15 o‘quvchi qatnashsa, kuni uzaytirilganguruhlarda 25—30 o‘quvchi qatnashishi mumkin, lekin u harhaftada bir marta 30 daqiqadan o‘tkaziladi.Sinfdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarining musiqa darsigao‘xshashligiga va o‘quv dasturi bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay,ular bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Masalan, darsdan keyingimashg‘ulotlarda ko‘proq o‘yin metodi qo‘llaniladi. O‘quvchiningqiziqishlari hisobga olinib, maktabda nishonlanadigan bayramlargajamoa bo‘lib tayyorlaniladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotdao‘qituvchi har xil metodlar qo‘llashi mumkin. Xalq musiqasigabag‘ishlangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ashulaningohangini, kuyining ritmini va o‘ziga xos navosini o‘rganishadi.O‘zbek xalq musiqasi orqali o‘quvchilar xalq hayoti vaturli-tuman an’analari bilan tanishadi, xalq og‘zaki ijodi asosidatayyorlangan musiqali o‘yinlar o‘ynaydi. Bu bolalarni o‘zbek xalqraqslari va qo‘shiqlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega.N. Qodirov qayta ishlagan bir ovozlik va ko‘p ovoz uchunmo‘ljallangan «Oq terakmi, ko‘k terak», «Choriy chanbar», «Zuvzuvboragay», Sh. Yormatovning «Sog‘lom avlod», «Salom,maktab», «O‘ynadik, hech to‘ymadik» va boshqa musiqalar shular4—K. Hoshimov49


jumlasidandir. Bolalar o‘yinda o‘zlarini juda erkin his qilishadiva ularda musiqaga bo‘lgan havas rivojlanadi. Darsdan tashqarimusiqa mashg‘ulotlari musiqa eshitish, xor bo‘lib ijro etish,cholg‘u asboblarida kuy chalish, ritmik harakat qilish kabi ijodiyvazifalarni o‘z ichiga oladi.Dasturga didaktik o‘yinlarning kiritilishi o‘quvchilarning bilishva o‘rganish qobiliyatini oshiradi. Mashg‘ulot jarayonidao‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lishadi.Darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘quvdasturiga tayangan holda o‘zbek bastakorlarining qo‘shiqlaridan,multfilmlar, kinofilmlardagi qo‘shiqlardan keng foydalanadi. Bubolaning ma’naviy dunyosini boyitadi.Kuni uzaytirilgan guruhning I sinfi uchun musiqa mashg‘uloti.Uchinchi hafta.Mavzu: O‘zbek xalq qo‘shiqlari.1. O‘zbek xalq qo‘shiqlari haqida suhbat.2. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini tinglash.3. Ijro etiladi: «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘zbek xalq qo‘shig‘i.4. Didaktik o‘yin. Ohangidan aniqlash.O‘zbek xalq qo‘shig‘i haqida suhbat o‘tkazilsa, o‘quvchilarxalq ijodiyotining qiziqarli olami bilan yaqindan tanishadi. O‘zbekxalq qo‘shiqlari oddiy iste’dodli odamlar tomonidan ijod qilinadi,oylar, yillar o‘tishi bilan ular sayqallashadi. Bu sayqalni xalqberadi. Xalq qo‘shiqlari qalbga juda yaqin, chunki ularda xalqningquvonchi va tashvishlari, orzu-umidlari, g‘am-alami o‘z ifodasinitopgan bo‘ladi. Ularning so‘zi va musiqasi bir-biriga tabiiy ravishdabirikib, uyg‘unlashib ketgan bo‘ladi.Tarbiyachi musiqaviy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarningritmik tuyg‘ularini rivojlantirish uchun turli o‘yinlardan foydalanishimumkin. Bunda o‘qituvchi ma’lum bir qo‘shiqning kirishqismi ritmini beradi, bolalar esa qarsak bilan takrorlab,qo‘shiqning nomini aytadilar. Bu xildagi o‘yinlar boshlang‘ichsinf o‘quvchilari bajaradigan musiqaviy obrazlarni ifodalovchimusiqaviy-ritmik (marshirovka, oyoq uchida yurish, yugurish vaboshqalar) harakatlarni musiqaga moslash usuli orqali amalgaoshiriladi. O‘quvchilar bilan musiqa jo‘rligida ritmik harakatlarnibajarish ularning jismonan sog‘lom, baquvvat, chiniqqan bo‘lishi-50


da va bolalar organizmining to‘g‘ri rivojlanishida muhim ahamiyatgaega.Musiqaviy-ritmik tarbiya berishning asosiy vositasi maxsusishlab chiqilgan musiqaviy-xarakterli faoliyat hisoblanadi. Musiqaviy-ritmiktarbiya berishning quyidagi vositalari mavjud:— musiqa savodining elementar asoslari;— harakatning musiqa bilan mosligini ta’minlovchi mashqlar;— musiqaviy o‘yinlar;— raqsga mos mashqlar;— yurish va yugurish;— anjomlarsiz bajariladigan mashqlar;— milliy va zamonaviy raqs ko‘rinishlari;— ritmik badantarbiya mashqlari.O‘quvchilarning kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqaviymashg‘ulotlaridagi ishtiroki ixtiyoriy bo‘lib, ular:— o‘zlari qiziqqan musiqa turi bilan shug‘ullanishi;— mashg‘ulot mavzusi hamda dasturiga takliflar kiritishimtiyozi;— mashg‘ulotning o‘yin shaklida bajarilishi;— maktabdan tashqari ma’lum madaniy-ma’rifiy muassasalargasayrga chiqishlari kabilardir.Kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqa tarbiyasining maqsadio‘quvchilarning axloqiy-estetik sezgisi, e’tiqodi, musiqaviy didiva ehtiyoji, bilim, ko‘nikma va malakalari, faoliyati, ijodiyqobiliyatlari kabi musiqaviy madaniyatini tarbiyalashdan iboratbo‘lmog‘i darkor.Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachisimusiqaviy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda quyidagisifatlarni o‘zida mujassam etmog‘i zarur:— yuksak madaniyatli bo‘lish, san’atni chuqur bilishi, ovozini,kayfiyatini idora qila bilishi, san’at va adabiyot sohasidagibilimini muntazam boyitib borishi;— mashg‘ulot maqsadini to‘g‘ri tushuntira olishi;— mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallanganbilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning kuzatishlari, hayotiytajribalari bilan bog‘lay olishi;— mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallanganbilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning kuzatishlari, hayotiytajribalari bilan bog‘lay olishi;51


— mashg‘ulot jarayonida axloqiy-estetik maqsadni to‘g‘ri vaaniq belgilashi; shuningdek, tarbiyachi tarbiyaviy ishlarni olibborishda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan maqsad, vosita, obyekt,subyekt kabi pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlariga tayanishikerak.Tarbiyachi kuni uzaytirilgan guruhlarning musiqa mashg‘ulotlaridayosh bolalar bastakorlari qo‘shiqlaridan bolalar ashulava raqs ansambllari dasturlarida foydalanishi mumkin. Musiqamashg‘ulotlari dastavval bolalarning charchog‘ini yo‘qotadi, ruhantetik qiladi, qolaversa, go‘zallik didini, ohanglar va tovushlarnifarqlay bilish qobiliyatini oshiradi.Bu, albatta, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shundayekan, kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlarigae’tiborni yanada oshirish lozim.Qoidalar bilan tanishish mashg‘ulotlari. Bu xildagi mashg‘ulotlardatarbiyachi aniq tanlangan metodik yo‘llanma asosidabolalarni o‘quvchilar qoidalari bilan tanishtirib boradi. Bu ularxulq-atvorini yanada yaxshilashga imkon beradi. O‘quvchilarqoidalarida bolaning maktabda, uyda, jamoa orasida o‘zinitutishiga doir maslahatlar o‘z aksini topgan.Kuni uzaytirilgan guruhlarda qoidalar bilan tanishtirish turlimashg‘ulotlar va usullar bilan o‘tkazilishi mumkin. Tarbiyachiturli-tuman sahna asarlaridan parchalar namoyish etadi, savoljavobsoatlari va bahslarni tashkil qiladi, hayotga yaqin bo‘lganpedagogik vaziyatlarni o‘yin tarzida uyushtiradi. Bularning barchasio‘quvchilar qoidalari mazmuni asosida o‘tkaziladi. Ammobu mashg‘ulotlar quruq yodlab olish emas, balki o‘quvchilarninghuquq va axloqiy tarbiyasiga singib, erkin idrok etishga asoslanishilozim.Tarbiyachi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshini hisobgaolishi, asta-sekin huquq va burchga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib,nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bolalar ongiga singdirishizarur. Bu mashg‘ulotlarning maqsadi o‘quvchilar orasidagihar xil nojo‘ya xatti-harakat va huquqbuzarliklarning oldini olish,turli illatlarning salbiy ta’sirini bartaraf qilishdir. Bolalar jamoabo‘lib, muayyan ijodiy ishlarni amalga oshirsalar, belgilangantartib-intizomni qo‘llab-quvvatlab, unga amal qilsalar, ko‘zlanganmaqsadga yetishish mumkin.52


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qoidasida, sanitariya-gigiyenava ko‘cha harakati qoidalari, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish birinchidarajaga chiqarilgan. Bolalarning shu qoidalarni puxta egallashlariuchun tarbiyachi turli metodlardan foydalanishi mumkin. Ko‘chaharakati qoidalarini bilish hozirgi texnika asrida barcha uchunjuda zarurdir.Guruh mashg‘ulotida tarbiyachi xonada ko‘cha tuzilishinichizishi mumkin va shu chizma-belgilar orqali ko‘chada harakatqilish qoidalarini o‘rgatadi, mashq qildiradi. Bu o‘yin-mashg‘ulotnibolalar havas bilan bajarishadi. Chunki u o‘yin shaklida o‘tadi.Bu ko‘cha harakatini o‘rgatishning eng sodda shaklidir. So‘ngtarbiyachi mashg‘ulotning murakkabroq shakllariga asta-sekinmurojaat etishi mumkin. Ko‘cha harakati qoidalarini o‘rganishguruh-guruh bo‘lib, musobaqa shaklida ham amalga oshirilishimumkin. Kutubxona xizmatidan to‘g‘ri foydalanish, u yerda o‘zinituta bilish qoidalari ham bolalar uchun nihoyatda kerak.Kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyachi kutubxonaga kirganda,shovqin qilmaslik, baqirib, ya’ni baland ovoz bilan gapirmaslikzarur ekanini tushuntiradi. Bolalarga bu malakalarni singdirishuchun tarbiyachi ularga kichik-kichik rollarni bo‘lib berishi vaoynatishi mumkin. Masalan, bir o‘quvchi kutubxonachi, boshqasikitobxon rolini o‘ynaydi. Qolgan bolalar esa zalda kitob o‘qibo‘tiradilar.Kitobxon-o‘quvchi bilan kutubxonachi-o‘quvchi muayyankitobni olish haqida sekin ovozda gapirishadilar.Bunday mashg‘ulotlar ozodalik, yaxshi o‘qish, kattalarnihurmatlash, o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish singari ko‘pginamavzularda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rgazmali mashg‘ulotlar kuniuzaytirilgan guruhda yaxshi samara beradi.Xulosa qilib aytganda, bolalarga qoidalarni o‘rgatish mashg‘ulotlariularning kundalik hayotida katta ahamiyatga ega. Shuninguchun bunday mashg‘ulotlarni bolalar maktabga ilk qadamqo‘ygan kunidanoq boshlash lozim.Mehnat tarbiyasi. Mehnat — jamiyat taraqqiyoti, jahondagibarcha moddiy va ma’naviy boyliklarning manbayidir. Mehnatkishining va kishilik jamiyatining eng zarur yashash shartidir.Mehnat inson hayotining mazmunidir. Mehnatning ulug‘vorligiinson va uning aqli, tafakkuri, ijodiy intilishlari, yaratuvchanlikqobiliyati, his-tuyg‘ularini kamol toptirishidadir. Mehnat inson-53


ning o‘zini shakllantiradigan, uning aqliy va jismoniy kamolotigayo‘l ochib beradigan kuchdan iboratdir.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning asosiy vazifalaridan biribolalarni birinchi sinfdan boshlab ijtimoiy foydali mehnatgatayyorlashdir.Haqiqatan ham, mehnat kishining kamolotga yetishiga vaunda eng yaxshi insoniy fazilatlarning paydo bo‘lishi hamdarivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Mehnat bilanshug‘ullangan bola mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan odat vamalakalarni egallaydi, o‘zining iste’dod va qobiliyatini takomillashtiribboradi hamda odob, intizomga o‘rganadi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgach respublika rahbariyati etishnimaktab ta’limi va tarbiya jarayoni, ayniqsa, mehnat tarbiyasini shukun talabi asosida tashkil qilish masalasiga e’tiborni qaratib, elektronhisoblash mashinalari va kompyuterlar bilan ishlash, ishlabchiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish, mehnatni ilmiy asosdatashkil etish, mehnat jamoalarini xususiylashtirish singari vazifalarniham ilgari surdi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodtarbiyasi, xususan, mehnat tarbiyasi haqida doimo g‘amxo‘rlik qilibkeladi. Mehnat tarbiyasining maktabdagi asosiy negizi, uning boshvazifasi o‘quvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni tarkibtoptirishdir. Jamiyat manfaati uchun qilingan mehnat kishini axloqiychiniqtiradi, uning burch hissiyotini tarbiyalaydi. Bolalar mehnatinitashkil etganda, mehnatning mazmunini tushuntirish, uning ijtimoiyahamiyatini o‘quvchilarga anglatish kerak. Shunda ular mehnatsizyashash mumkin emasligini, mehnatning shodlik va baxt keltirishinianglab yetishlari mumkin.Kuni uzaytirilgan guruhda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, bolalarnimehnatga tayyorlash muhim o‘rin egallaydi. Guruh xonasida, maktabhududida, sport maydonchasida, oshxonada tozalik va saramjonliknisaqlash o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishning dastlabki bosqichi bo‘lishimumkin. O‘ziga-o‘zi xizmat mehnat, malaka va odatlarni shakllantiradi,kattalar mehnatini qadrlashga o‘rgatadi, irodani mustahkamlashgayordam beradi. Mehnatga psixologik va amaliy tayyorgarlikmehnat ta’limining ajralmas qismi hamda yakuniy bosqichi —o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishida davom ettiriladi.O‘quvchilar tarbiyachilarning jinsidan qat’i nazar, yaxshifuqaro bo‘lishlari bilan birga yaxshi ro‘zg‘or boshqaruvchi kishibo‘lib o‘sishlari lozim.54


Ayrim tarbiyachilar o‘g‘il bolalar tarbiyasini qiz bolalartarbiyasidan farq qilish kerak, deb o‘g‘il bolalarni bichish-tikish,ovqat pishirish, pol yuvish, supirib-sidirish kabi ishlardan ko‘pinchachetlashtirib, ta’lim-tarbiyada xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.Bizningcha, o‘g‘il bolalarga ham turmushda g‘oyat zarur bo‘lganhamma ishni qilishni o‘rgatish kerak. Mehnatni taqsim qilishdao‘g‘il va qiz bolalar deb ajratmay, navbati bilan barcha ishlargajalb etish lozim.Guruhda ijtimoiy-foydali mehnatga (guruhda va oshxonadanavbatchilik qilish, yig‘ishtirish, maktab hududini tartibga solish,kutubxonadagi kitoblarni ta’mirlash kabilar) alohida e’tiborberiladi.1-sinf dasturida qog‘oz, gazlama bilan ishlash, qishloq xo‘jalikmehnati nazarda tutiladi. Tarbiyachi guruhda bolalar bilanbirgalikda turli xil buyumlarni, o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar,turmushda kerak bo‘ladigan narsalar, archa o‘yinchoqlariniyasashi mumkin. Mehnat mashg‘ulotlarida turli narsalar: toshlar,har xil narsalarga o‘xshagan novda va ildiz, g‘altak, gugurt qutisi,plastilin, loy, ganch va shu kabilardan foydalanib, buyumlaryasaydilar. Bu ham bolani mehnatga tayyorlaydi. Qishloq xo‘jalikmehnati xona gullariga qarash va maktab uchastkasida ishlashdaniborat, bolalar bahorda ko‘chat o‘tqazishlari, yerni yumshatishlari,sug‘orishlari mumkin. Bu ish 2-sinfdan boshlanishi mumkin.3-sinfda mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq ishlar ancha murakkablashaboradi: muqovali kitoblar, mehnat, ona tili va boshqa darslaruchun tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar yasashadi,gazlamadan pilotka, qo‘g‘irchoq teatri uchun kiyim-kechaklartikiladi. Turli figuralarni yashashda plastilin, loy, ganchdanfoydalaniladi.3-sinfda qishloq xo‘jalik mehnati ko‘p yillik o‘simliklarniparvarish qilish, xona o‘simliklarini o‘tqazish, sabzavot ekinlariniyog‘och qutilarda o‘stirishdan iborat.4-sinfda yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, yog‘ochniarralash va kuydirib, naqsh solish, o‘yinchoq, uy jihozlarinitayyorlash ishlari bajariladi.Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda hamma ishni shu sinfo‘quvchilarining kuchi bilan bajarish qiyin, shuning uchun kuniuzaytirilgan guruhlarda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish ishlaridayuqori sinf o‘quvchilarining quyi sinf o‘quvchilariga otalig‘ini55


uyushtirish lozim. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari 1-sinf, 6-sinfo‘quvchilari 2-sinf, 7-sinf o‘quvchilari 3-sinfga, 8-sinf o‘quvchilari4-sinf o‘quvchilariga otaliq qilishlari mumkin.Maktabda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishi belgilangan ma’lumsoatlarda o‘tkazilsa, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.Masalan, 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun o‘rta hisob bilan birkunda 30 daqiqa, 3—4-sinf o‘quvchilari uchun 45 daqiqa ajratishlozim.O‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishlariga o‘qituvchilar, tarbiyachilardantashqari ota-onalarning, otaliq qiluvchi tashkilotning,«Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIHning faolqatnashishi, kerak narsalar bilan ta’min etilishi mehnat tarbiyasiniommaviy tusga aylantirishda katta rol o‘ynaydi.O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tizimli, to‘g‘ri olibborish uchun tuzilgan maktab direktori ish rejasini tarbiyachilaro‘zlarining tarbiyaviy ish rejasiga alohida bo‘lim qilib kiritsa, shuningdek,ota-onalar qo‘mitasi, «Kamalak» boshlang‘ich tashkilotiva «Kamolot» YIH faoliyati ham aks ettirilsa maqsadga muvofiqbo‘lur edi.Tarbiyachi mehnat tarbiyasi bo‘yicha olib boradigan ishidabolalar mehnatini jamoatchilik mehnatiga aylantirishi lozim.Bolalarning birgalikda ishlarini ayniqsa qadrlamoq lozim — bujamoa mehnatning kurtagidir. Mehnat ta’limi estetik tarbiya bilanchambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Ana shundagina bolaningmehnatga bo‘lgan qiziqishi, mehr-muhabbati orta boradi.Bolalarning mehnat tarbiyasi bilan estetik tarbiyasini qo‘shibolib borishni turli vositalar orqali amalga oshirish mumkin.Chunonchi, kuni uzaytirilgan guruhda bolalar guruh xonalarinisaranjom, go‘zal tutishini, tushlik uchun stolni chiroyli qilibtuzashni, qizlar mashina va qo‘lda narsalarni did bilan tikishni,o‘g‘il bolalar arralashni va kuydirib naqsh solishni o‘rganadilar.Bolalar, odatda, plastilindan turli narsalarni yasashni, raqs tushish,qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘radilar. Mashhur sanalarga bag‘ishlabdevoriy gazetalar chiqariladi va fotomontajlar jihozlanadi. Stend,ko‘rgazma, albom, kecha, konsert va shu kabilarga tayyorgarlikko‘riladi. Demak, tarbiyachi mehnat va estetik faollikni tarkibtoptirishni maqsad qilishi lozim. Shuningdek, bolada estetikfaollik uyg‘otish uchun uni har bir narsaga ijodiy yondashishga:o‘z fikrini qo‘shish va uni ro‘yobga chiqarishning yangi yo‘llariniizlashga o‘rgatish maqsadga muvofiq.56


Har narsaga sa’y-harakat orqali erishiladi. Zahmat chekibmehnat qilish insonlarni orzulariga yetkazadi, ularga sevinch vashodlik libosini kiydiradi. Qat’iyat bilan ishga bel bog‘laganlarerta-yu kech o‘z maqsadlariga yetadilar.O‘z maqsadlariga erishish uchun esa har bir sohada chidamlilik,ishbilarmonlik, g‘ayrat va shijoat talab qilinadi. Ana shundayxislatlarga ega bo‘lgan tarbiyachi bolalarda ham shu xislatlarnishakllantira oladi. Ayniqsa, mehnat tarbiyasi tarbiyaning barchaturlari uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Chunki insondagi barchafazilatlar mehnat orqali shakllanadi.«Tarbiyachining o‘zi, agar insonning haqiqatan baxtiyorbo‘lmog‘ini xohlasa, insonni rohat to‘shagida yotishi uchuntarbiyalamasligi, balki uni turmush mehnatiga tayyorlashi lozim...»— deb yozgan edi bundan yuz yillar muqaddam K. D. Ushinskiy.Rus pedagogining bu fikri bizning davrda ham o‘z ahamiyatiniyo‘qotgani yo‘q.Mehnat va mehnatsevarlik shaxs kamolotida alohida o‘rintutadi. Bolalarni yoshlikdan mehnatsevarlikka o‘rgatish, mehnatgamehr-muhabbatini uyg‘otish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.Mehnatning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiyfoydali ishlarga tayyorlash bilan ularni axloq ruhida tarbiyalashdaham muhim vositadir. Chunki axloq dastlab turmush tajribasida,mehnat jarayonida hosil bo‘ladi. Insonda hamma yaxshi fazilatlarerkin mehnat tufayli paydo bo‘lgani kabi, yoshlardagi kamtarlik,mehnatsevarlik, intizomlilik, vatanparvarlik, halollik kabi xislatham mehnat jarayonida o‘sib yetishadi va mustahkamlanadi. Bolalarnimaktabda va maktabdan tashqarida mehnat bilan bevositashug‘ullantirmay turib, ularni aqliy va jismoniy mehnatga onglimunosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkin emas.Mehnat tarbiyasi deganda, faqat zavod, fabrika yoki qurilishda,dalada ishlashga tayyorlashgina emas, yoshlarni o‘quv mehnatiga,san’at, adabiyot, madaniyat borasidagi aqliy-ijodiy mehnatgaham hozirlash tushuniladi. Mehnat tarbiyasi mukammal,jozibali mashg‘ulotga aylansa, o‘quvchi har bir ishga muhabbat,zo‘r uyushqoqlik va ishchanlik bilan kirishadigan bo‘ladi.Bolalar qiladigan ishi, bajaradigan topshiriqlarning mohiyatinitushunsa, unga qiziqadi, qiziqish g‘ayrat bilan ishlashga undaydi.Shunga e’tibor berish kerakki, o‘quvchiga tavsiya etiladigan ishlarularning kuch va qobiliyatlariga mos bo‘lishi lozim. Kuni uzayti-57


ilgan guruh o‘quvchilarining madaniy hordiq chiqarish paytlaridabuyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz, o‘qimishli kishilar, ularningjamiyatda tutgan o‘rinlari haqida suhbatlar o‘tkazish, o‘qish,bilimli bo‘lish haqidagi maqollar, hikmatli so‘zlar va she’rlardano‘qib berish, o‘zlariga ham o‘qitib yod oldirib, mazmunini tushuntirishlozim.Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobursingari ko‘plab allomalarning hayotlari, mehnat faoliyatlari vabuyuk meroslari dunyoga mashhurdir. Ularning aziz va mo‘tabarkishilar sifatida ko‘p yillardan buyon xalqimiz dilida saqlanib,hurmat bilan tildan tilga doston bo‘lib kelishlarining sababi,ularning bilimli, ishbilarmon, xalq manfaati uchun xizmat qilgankishilar bo‘lganliklarini alohida mashg‘ulotlarda o‘qib, o‘rganib,tushuntirib borish kerak. Shuningdek, hozirgi kunda yashayotgan,xalq uchun xizmat qilayotgan va olqishga sazovor bo‘layotganbilimli kishilar, yetuk kashfiyotchilar haqida ham ma’lumotlarberib borish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar o‘quvchilardabilimli bo‘lishga, ana shunday kishilar izidan borishga qiziqishuyg‘otadi.O‘qish, o‘rganish, turli bilimlarni egallashda, mehnat, kasbhunarhaqida xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, badiiy asarlarningahamiyati beqiyosdir. O‘quvchilarga maqol, matal va hikmatliso‘zlarni aytib, yod oldirish va ma’nosini tushuntirib singdirish,ularni o‘quv mehnatiga nisbatan qiziqishlarini oshiradi. Masalan,buyuk bobomiz Alisher Navoiyning kasb-hunar haqidagi satrlarigae’tibor beraylik:Quyoshni istasang, kasbni kamol et,Kamol gar kasb etarkan bemalol et.Alisher Navoiy, hatto quyosh qadar ko‘tarilmoqchi bo‘lsangham kasb o‘rgan. Kasbni chala-chulpa emas, puxta va qiyinchiliklarsizbajara oladigan bo‘l, deyaptilar.Endi mana bu xalq maqollariga e’tiborimizni qarataylik:Daryo suvini bahor toshirar,Odam qadrini mehnat oshirar.Ish qilganga qop-qop,Qilmaganga — bo‘sh qop.58


Ishlaganning og‘zi oshga tegar,Ishlamaganning boshi toshga tegar.Ishning o‘zini bilguncha,Ko‘zini bil.Bu maqollarning ma’nosi o‘quvchilarga savol-javoblar asosidatushuntirilsa, uning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi.Maktabda birinchi sinfdan boshlaboq mehnat ta’limi darslario‘tila boshlaydi.O‘qish, yozuv, matematika, badantarbiya va boshqa darslardamehnat turlari, kishilar mehnati haqidagi tushunchalari ortibboradi. Individual mehnat bilan jamoa mehnat natijalarini farqlayboshlaydilar.Kuni uzaytirilgan guruh mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilarningmehnat ta’limi darslarida olgan bilimlarini mustahkamlashgava mehnat jarayoniga faol qatnashganlariga alohida e’tiborberish lozim.O‘quvchilarni mehnatga qiziqtirish uchun ularni mehnatdagimuvaffaqiyatlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantiribborish kerak.O‘quvchilar bilan mehnat mavzusida o‘tkaziladigan suhbatlarningqiziqarli bo‘lishi uchun ularning ayrimlariga oldindantopshiriqlar berib, ota-onalarining kasbi, ularning faoliyatlari haqidagapirib berishlarini tashkil qilish kerak.Bolalarning ko‘plari ota-onalarining qayerda va kim bo‘libishlayotganliklarini juda yaxshi gapirib beradilar.Tarbiyachi ularning fikrlarini umumlashtirib, barcha turdagikasblar ham foydali va zarurligini, insonni mehnat ulug‘lashini,mehnat baxt kaliti ekanligini tushuntiradi.O‘quvchilarning mehnat malakalarini shakllantirishda to‘garaklarningalohida o‘rni bor. Guruhdagi o‘quvchilar qiziqishi vaqobiliyatlariga qarab to‘garaklarga biriktirib qo‘yiladi, haftaningbelgilangan kunlarida o‘quvchilar o‘zlari a’zo bo‘lgan to‘garakmashg‘ulotlariga qatnashadilar. Bolalarning to‘garak mashg‘ulotlarigafaol ishtirok etishlariga erishish uchun ularning to‘garaklardabajargan ishlaridan ko‘rgazmalar tashkil etish, g‘olib o‘quvchilarnirag‘batlantirib borish zarur.Maktabda qaysidir bir kunni to‘garaklar kuni deb belgilash,to‘garaklarni tarbiyachilarning o‘zlari ham boshqarishlari mumkin.59


Har bir to‘garak rahbari to‘garak rejasi va mazmunini o‘zimustaqil belgilashi mumkin. Lekin barcha to‘garaklar:— o‘quvchilarning tasavvur tushunchalarini kengaytirishi;— fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi;— bilim malakalarini takomillashtirishi;— o‘qishga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishi;— mehnatning barcha turlariga qiziqishi va mehr uyg‘otishikabi umumpedagogik vazifalarni bajarishi lozim.To‘garak mashg‘ulotlari qiziqarli bo‘lishi uchun tushuntirishishlarini olib borish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, sayohatlar,musobaqalar uyushtirish singari tadbirlar almashinib turilsa,o‘quvchilar to‘garakka ishtiyoq bilan qatnashadilar.Quyida «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi haqida fikr yuritamiz.Bu to‘garak ishlarini ikki yo‘nalishda rejalashtirish mumkin:a) o‘simliklar hayotini o‘rganish;b) hayvonot dunyosi bilan tanishish.O‘simliklar hayotini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berishnazarda tutiladi:1. To‘garak a’zolarini o‘simliklar hayotining umumiy qonuniyatlaribilan tanishtirish. Amaliy mashg‘ulotlar davomidao‘simliklar ham tirik mavjudotlar singari ovqatlanish, nafas olish,noqulay sharoitga tushib qolsa halok bo‘lishini ko‘rsatish.2. O‘simliklar hayotini yaxshi bilgan kishi ularni o‘stirib,yuqori hosil olishi mumkinligini hayotiy dalillar bilan tushuntirish.3. O‘quvchilarga o‘simlik va daraxtlarning turlari ko‘pliginiaytish va ularning insoniyat uchun ahamiyati nimalardan iboratekanligini ko‘rsatish.Maktab yaqinida chorvachilik fermasi bo‘lsa, mashg‘ulotlarrejasida ana shu fermaga borish belgilanadi. U yerda ferma hayotibilan tanishish, sigir-buzoqlarning ovqatlanishi, ko‘payishi vayangi zotlarning yaratilishi haqida qisman bo‘lsa-da, tushunchagaega bo‘lishi nazarda tutiladi.To‘garak a’zolari o‘simliklar hayotini o‘rganishda, hayvonotdunyosi bilan tanishishda aniq topshiriq va vazifalar olishlari, faolqatnashishlari, har bir topshiriqning natijasini vaqti-vaqti bilanhisobga olib borishlari lozim.Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlariniyaxshilashda javobgarlik, intizomlik, tashabbuskorlikni o‘stirishdava ijtimoiy foydali mehnatga munosabatni kuchaytirishda tarbiya-60


lanuvchilar o‘rtasida uyushtiriladigan musobaqa katta rol o‘ynaydi.Musobaqada o‘ziga-o‘zi xizmat qilishning olib borilishi tarbiyachiva maktab ma’muriyati rahbarligida tuzilgan maxsus komissiyatomonidan nazorat qilinib boriladi. Har kuni sinflarning tozaliginikomissiya tekshirib, har bir sinfga baho qo‘yadi. Qo‘yilgan baholarhar haftada maktab bo‘yicha uyushtirilgan lineykadao‘qituvchi-tarbiyachilar jamoasi, maktab direktori ishtirokidamuhokama qilinadi hamda yakunlanadi. O‘z sinflarining ozodaligiuchun kurashgan, topshiriqlarni bajarishda, o‘qishda va xulqidayuqori ko‘rsatkichlarga erishgan eng yaxshi guruhga maktabning«Sharaf» vimpeli tantanali ravishda topshiriladi.Shuningdek, tarbiyalanuvchilar ishlagan eng yaxshi rasmlar,naqshlar, ular tikkan kiyimlar, turli qog‘ozlardan hamda yog‘ochdanishlangan ijod namunalari bo‘yicha ham tanlovlar o‘tkazilibturiladi. Bunday tanlov bolalarda hunarga va mehnatga bo‘lganishtiyoqning oshishiga xizmat qiladi.Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining mehnat ta’limi, avvalo,o‘quvchilarning iste’dodini aniqlash va imkoni boricha is’tedodningtakomillashishiga yordam berishi kerak.Shuningdek, ularni haqiqatan ham «Odamning husni mehnatda»ekanligiga, «Mehnat — rohat» ekanligiga ishontirish lozim.Estetik tarbiya. Hozirgi zamon pedagogikasining muhimmuammolaridan biri e’tiborni bolalar va yoshlarning estetik,badiiy, nafosat tarbiyasiga qaratishdir. Pedagogika ta’lim-tarbiyaniyagona jarayon deb qarab, bu borada san’atga muhim o‘rinajratadi va unga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Estetik tarbiyaningmaqsadi bolalarni san’at asarlari bilan tanishtirishgina bo‘lmay,balki bola shaxsini rivojlantirish, uning estetik his-tuyg‘ularini vaehtiyojini tarbiyalash hamdir.San’at mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlarda go‘zalliktarbiyasining muhim omillaridan hisoblanadi. Xushmuomala,yaxshi munosabat, kishilar bilan o‘zaro aloqa qilish madaniyatigo‘zallik tarbiyasi bilan bevosita bog‘liqdir.Tasviriy san’at mashg‘ulotlarini biror mavzuga tegishli turkumlarbilan uzviy ravishda bog‘lash, uning mazmunida Vatan, xalq,mehnat, tinchlik uchun kurash, tabiatga muhabbat, Orolni saqlabqolish kabi g‘oyalar bo‘lishi lozim. Shuningdek, marka kolleksiyalari,jurnallar reproduksiyasi, haykaltaroshlik, haykallar, barelyeflar,kashta tikish, to‘qish, matolar, applikatsiyalar, o‘yma-61


korlik, bolalar o‘yinchoqlari ham bolalarning didini o‘stirishdayordam beradi.Tarbiyachi mashg‘ulotda oq, rang-barang qog‘ozlar, bo‘yoq,cho‘tkalar, loy yoki plastilin, yelim, qaychilardan foydalanishnitavsiya etadi. Mashg‘ulot 1—1,5 soat davom etadi. Kirish qismiga10—15 daqiqa, mustaqil ishga 40—45 daqiqa, yakunlashga10—15 daqiqa ajratiladi.Agar o‘quvchi bu mashg‘ulotda o‘zining kuzatishlarini jamoaningijodiy ishlariga bog‘lay olsa, o‘quvchilarning bu mustaqilishlari tarbiyachi tomonidan rag‘batlantiriladi. Mustaqil ish davridatarbiyachi har bir o‘quvchiga yakkama-yakka yordam ko‘rsatib,ishning eng qiziq joyini va o‘quvchining tashabbuskorliginima’qullaydi.Mashg‘ulotning yakuniy qismida tarbiyachi bajarilgan ishlarnijamoaning muhokamasiga qo‘yadi, o‘quvchilar esa o‘z fikrlariniaytishadi. Eng yaxshi ishlar guruh yoki maktab ko‘rgazmasigaqo‘yiladi.Tarbiyachi bolalarning ish natijalarini baholaganda quyidagilargae’tibor beradi:1. Kuzatish; xayoliy ishlar mazmunini ko‘rsatish.2. Fikrning mustaqilligi.3. Ishda tirishqoqlik.4. Ishning umumiy badiiy ifodasi va uning yakuni.5. Tasviriy san’at texnikasini puxta egallash va har xil materiallarhamda ish uskunalari bilan ishlash kabilarga.Estetik tarbiyaning vazifasi bolalarda estetik didni tarbiyalashdir.Hissiyot madaniyatini tarbiyalash, go‘zallik qonunlarini to‘liqva chuqur tushuna bilish qobiliyatini o‘stirish vazifasi tarbiyachilaroldiga bir qator talablar qo‘yadi, ya’ni:1. Bolaning ma’naviy dunyosini boyitish kerak, bolalarnitabiatni kuzatishga, mehnatda bilim va tajriba to‘plashga, odamlarbilan muomala qila bilishga, musiqa tinglashga, me’morlikyodgorliklarini tushunishga o‘rgatish.2. O‘quvchilarni o‘rab turgan tabiat go‘zalliklarini ongli idrokqilishga: eshitish, tinglash, ko‘rishga va olgan taassurotlaridanxulosalar chiqara bilishga o‘rgatish.3. Bolalarda go‘zallik, hayolilik, komillik haqida tasavvur hosilqilish.62


4. Bolalarda estetik mustaqillikni va shu orqali estetik mayllarnitarbiyalash.K. D. Ushinskiy so‘zlari bilan aytganda, tabiat bolalarning engyaxshi tarbiyachisidir. Mashhur pedagog V. A. Suxomlinskiyyozganidek: «Biz bolalar bilan dala va maysazorga, daryo vaanhorlar qirg‘og‘iga, sersoya daraxtzor va o‘rmonzorga, mevalibog‘larga boramiz — go‘zallik hamma joyda ham mavjud, unifaqat bolaning ko‘zi oldida ochib bera olish kerak» 1 . Dasturningestetik tarbiya bo‘limiga rassomlar va ularning asarlari, kompozitorlarva ular yaratgan kuylar, inson qalbining go‘zalligi haqidagisuhbat mavzulari kiritilgan. Tinglash uchun tavsiya etiladiganmusiqa asarlarining nomi ham, bolalar badiiy havaskorlik ishlariham shu bo‘limda berilgan.I va IV sinf o‘quvchilarining yoshi ular qalbiga san’atgabo‘lgan muhabbatni chuqurroq singdirish uchun eng qulay hisoblanadi.Bolalar ko‘proq o‘zbek xalq qo‘shiqlari, Chaykovskiyning«Bolalar albomi», «Yil fasllari», I. Akbarovning «Onamlarbayrami», «Archa qo‘shig‘i», F. Nazarovning «Paxtaoy», «Maktabim»,«Vatan — bizning onamiz»; D. Zokirovning «Yangi yilim —yaxshi yilim», «Bulbul», «Binafsha qo‘shig‘i»; Rustam Abdullayevning«Charxpalak», «Shodlik qo‘shig‘i», «Navro‘z qo‘shig‘i»;Sh. Yormatovning «Sog‘lom avlod», «O‘ynadik, hech to‘ymadik»,«Salom, maktab», «Qor», «Ona tilim», «Onajonim», «Muallim»,«Keldi Navro‘z», N. Horxo‘jayevning «Oltin paxtam», «Oppog‘im»,«Salom bergan bolalar», «Yaxshi bola», «Kitob qo‘limda»,«Varragim», N. Qodirov qayta ishlagan bir ovozlik va ko‘p ovozuchun mo‘ljallangan «Oq terakmi, ko‘k terak», «Choriy chanbar»,«Zuv-zuv boragay» kabi ta’sirchan kuy va ashulalarni tinglashlarikerak. O‘quvchilar mashhur chet el va O‘zbekiston kompozitorlariijodi va hayotini yaxshi bilishlari, musiqa terminlari, musiqajanrlari va musiqa asboblari bilan tanishtirilishi lozim. I sinfo‘quvchisiga san’at haqidagi hikoyalarni tinglash qiyinlik qiladi.Shuning uchun bu mashg‘ulot savol va javob tarzida o‘tkazilsayaxshi samara beradi.Bolalarga ona tabiat manzaralariga doir rasmlarni ko‘rsatarekansiz, ularga ona tabiat go‘zalligi orqali Vatanga muhabbatni1Ñóõîìëèíñêèé Â. A. Ïàâëûøñêàÿ ñðåäíÿÿ øêîëà. — Ì.: «Ïðîñâåùåíèå»,1970, 374-áåò.63


tarbiyalaysiz. I sinf guruhlariga mo‘ljallangan mavzular o‘tibbo‘lingach, quyidagilar tavsiya etiladi:a) «Kuz», «Qish», «Bahor» va «Yoz» manzaralari tasvirlanganrasmlar chizish;b) shu mavzulardagi rasmlarni namoyish qilish;d) mavzuga yakun yasash maqsadida Chaykovskiyning «Yilfasllari» kuyini tinglash;e) shoirlarning yil fasllari haqidagi she’rlarini yodlash (H. Olimjon,Q. Muhammadiy, Q. Hikmat, P. Mo‘min, A. Obidjon,T. Adashboyev va boshqalar).Musiqa mashg‘uloti bolalar hissiyotiga chuqur ta’sir qiladi vaemotsional kayfiyat uyg‘otadi.San’at, musiqa estetik tarbiyaning, xususan, badiiy tarbiyaningajoyib vositasidir. Inson yuragi va aqlini zo‘r kuch bilanzabt etuvchi badiiy dunyodir.Naql qilishlaricha, Abu Nasr Forobiy Shom yurtiga yetgach,o‘zining turkona kiyimida amir Sayfuddavla yig‘iniga kirib boradi.Bu paytda amir olim-u fozillar bilan suhbat qurib o‘tirardi. Hammayupun kiyingan bu odamni ko‘rib, hayron bo‘ladi, unidarvesh, faqir bir odam deb o‘ylashadi. Lekin Sayfuddavla bu«darvesh»ga bir-ikki savol berib, uning javobidan qoniqish hissinituyadi, keyin mashshoqlarni chaqirib, Forobiyni xursand qilishmaqsadida kuy eshitmoqchi bo‘ladi. Forobiy har bir kuytugagach, mashshoqqa tanbeh beradi:— Sen kuyni chalayotganda falon pardasida, falon avjidayanglishding.Forobiy mashshoqlarning xato va nuqsonlarini shu zaylko‘rsatib beravergach, amir bu donishmandlikdan taajjubgatushadi. Shunda Forobiy to‘rvasidan o‘zi yasagan musiqa asbobiniolib kuy ijro eta boshlaydi. Birinchi kuyni chalganda yig‘indagilarninghammasi xo-xolab kuladi, ikkinchisini chalgandahamma yig‘laydi, uchinchi bir kuyni ijro etganida yig‘indagilarninghammasi dong qotib uxlab qoladi.Aytishlaricha, shu fursatdan foydalanib Forobiy saroydanchiqib ketadi.San’at badiiy didni, badiiy did san’atni inson ma’naviyati uchunxizmat qildiradi: bular birgalikda vujudga kelib, birgalikda rivojtopadi. Yuksak badiiy didni tarbiyalashda har bir san’at turi (kino,teatr, me’morlik, adabiyot, rassomlik)ning o‘ziga xos o‘rni bor.64


Kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlari bolalarningcharchog‘ini yo‘qotadi, ruhini tetiklashtiradi, qolaversa,didini, ohanglar va tovushlarni farqlay bilish, qobiliyatini oshiradi.Shunday ekan, kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlarigae’tiborni yanada oshirish lozim.I sinfda tasviriy san’at mavzusiga doir suhbatda asar tarbiyachirahbarligida tahlil qilinadi. Tarbiyachi bolalarga savollar bilanmurojaat qilib, bolalar diqqatini rasmda aks ettirilgan asosiy g‘oyalargajalb etadi. I sinfda tasviriy san’at asarlari bilan mashg‘ulotboshida yoki oxirida tanishiladi, bunga 10—20 daqiqa sarflanadi.Bu muhlatda 2—3 tadan ortiq rasm ko‘rsatilmasligi kerak.III sinfda rassomlarning asarlaridan ko‘rgazma sifatida foydalaniladi.Yillik reja tuzishda tarbiyachi predmetlar dasturini, yilfasllarini, mashhur sanalarni nazarda tutishi kerak. Tasviriy san’atmashg‘ulotlari imkoni boricha boshqa mashg‘ulotlar: tabiatga,muzeyga ekskursiya hamda mehnat bilan muvofiqlashtirilishilozim.II sinfda tasviriy san’at haqidagi suhbatlar bolalarni rasmningmazmunini mustaqil tushunishda va rasmlar haqida o‘z fikriniayta bilishga o‘rgatishi kerak. Dars vaqtida ko‘rilgan rasmlarnio‘rganish guruhda davom ettiriladi. Suhbatni savol-javob tarzidao‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarni faollashtiradi.Sinfda beriladigan savollar sodda bo‘lishi kerak. Bolalarning ko‘rganlarihaqidagi hikoyalariga alohida e’tibor berib, ularningtevarak-atrofga, tabiatga munosabatini bilib olish mumkin. «Kosmosgaparvoz», «Oyga parvoz» mavzularida rasm chizish esa bolalarningfantaziyasini o‘stiradi. Shuningdek, ularga musiqa asboblariningovozlarini (g‘ijjak, rubob, nay, dutor, chang, doira),musiqa turlarini (marsh, raqs, tantanaviy hazil) farqlashni o‘rgatishlozim.III sinfda o‘quvchilar tasviriy san’at asarlari bilan shu sohahaqidagi maxsus suhbatlarda tanishtiriladi. San’at asarlariningnamoyish qilinishi, ular haqidagi suhbatlar o‘quvchilarda san’atgaqiziqish va muhabbat uyg‘otadi.I—II sinflarda san’at asarlari bilan tanishishga mashg‘ulotningboshi yoki oxirida 10—20 daqiqa ajratilgan bo‘lsa, III sinfgakelib bu vaqt 30 daqiqaga yetkaziladi.III sinfda tasviriy san’at haqida quyidagi mavzular bo‘yichasuhbatlar o‘tkaziladi: «Tasviriy san’at turlari va janrlari (umumiy5—K. Hoshimov65


tanishish)», «Fuqarolar urushi tasviriy san’atda», «Musavvirlarningasarlarida tabiat manzarasi» va boshqalar. Agar 3-sinfda (guruhda)suhbat surat (rasm)larni ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borilgan bo‘lsa,4-sinfda rasmlarni ko‘rsatish bilan bir qatorda, rasmlarningg‘oyaviy-tematik mazmuni, axloqiy-estetik jihatlari ochib beriladi.Tabiat, atrofimizdagi ajoyib xushmanzara joylar estetiktarbiyaning boy manbayidir. Tabiat bolada kuzatuvchilik qobiliyatinio‘stiradi.Manzaralar go‘zalligini his etishni tarbiyalashda tabiatningbuyuk tarbiyalovchilik roli haqida K. D. Ushinskiy: «Go‘zalmanzara yosh yurakning yuksalishida shu qadar katta tarbiyaviyta’sir kuchiga egaki, u bilan pedagogning ta’sir kuchi raqobatqilishi qiyin», degan edi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirib borishda ularda estetik didva zavqni o‘stirishda gerbariylar tayyorlash ham katta rol o‘ynaydi,tabiatni o‘rganish to‘garaklarda, maktabda estetik tarbiyaishlarining yaxshilanishiga, shubhasiz juda katta yordam beradi.O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda maktabda yozuvchilar bilanuchrashuv o‘tkazish yoki yozuvchining asariga bag‘ishlangankitobxonlar konferensiyasini uyushtirish, tarixiy sanalar, sanoatva qishloq xo‘jaligi nishondorlari, olimlar bilan uchrashuvlar vaularga bag‘ishlab ertalik yoki kechalar o‘tkazib turish foydalidir.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari bilanshug‘ullanayotgan tarbiyachilar shuni unutmasliklari kerakki,ularning yurish-turishlari, kiyinishlari, muomalalari bolalardama’naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.Shuning uchun tarbiyachilar o‘zlarining tashqi qiyofalarigaham e’tibor berishlari zarur. Chunki kishining qay darajadamadaniyatli ekani uning tashqi qiyofasida ham zohir bo‘ladi.Odamning tashqi go‘zalligi ichki go‘zalligiga mos bo‘lsa, demak,husniga-husn qo‘shiladi.Qomusiy olim Ibn Sino o‘zining «Risolayi ishq» asaridakishining tashqi go‘zalligini ko‘rib, uni sevishga intiluvchilarnitanqid qiladi. U go‘zallikni faqat tashqi ko‘rinishdagi chiroylilikdanboshqacharoq, kengroq mazmunda tushuntiradi. Uningfikricha, kishi tashqi ko‘rinishda unchalik chiroyli bo‘lmasa-da,yaxshi xulqli, yaxshi xarakterli, aqlli bo‘lsa, u har qandaygo‘zallardan go‘zaldir. ...Agar kishi chiroyini aql va farosat bilanbirga ko‘rsata olsa va uni sevsa, bu insoniylikning yuqori daraja-66


sidir. Bu — insonning buyuk ideali hisoblanadi. Ana shundayodamni mard va dono, estetik didi yuksak deb haqli ravishdaaytish mumkin, deydi. A. S. Makarenko esa «Men birinchi galdatashqi qiyofaga e’tibor berardim. Kishining tashqi qiyofasi uninghayotida juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlagan edi.Haqiqatan ham ust-boshi iflos, tirnog‘i, sochi o‘sgan, taralmagankishi xunuk ko‘rinadi. Shuning uchun bunday hollarga otaonalar,pedagog-tarbiyachilar, o‘rtoqlari boladan toza bo‘lib yurishinitalab qilishlari kerak. Bu masalaga o‘z vaqtida e’tibor berilsa, uvaqtda bolalar sog‘lom va nafis didli bo‘lib tarbiyalanadilar, jamiyatoldidagi, maktab, jamoa oldidagi o‘z mas’uliyatlarini, burchlarinito‘liq his qiladigan, qadrlariga yetadigan, boshqalarni hurmatlaydigan,odobli, xushmuomalali bo‘lib yetishadilar.Umuman olganda, bolalarda estetik tarbiya ashula aytish,raqsga tushish, rasm solish, plastilindan, loydan har xil buyumlaryasash, tabiat bilan tanishish, badiiy asarlar o‘qish, ekskursiyalaruyushtirish kabi vositalar orqali hal qilinadi.Sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari. Kuni uzaytirilgan guruhlarningtarbiyachilari sport-sog‘lomlashtirish ishlariga alohidae’tibor berishlari kerak. Badantarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarniijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlashda muhim ahamiyatga egabo‘lib, ular bolalarni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismisifatida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya, politexnik ta’lim bilan uzviybog‘liq holda olib boriladi. Badantarbiyaning boshlang‘ichsinflardagi asosiy vazifasi — bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash vaorganizmining chiniqishiga yordam berishdir. Kuni uzaytirilganguruhlarda badantarbiya faol dam olish tarzida o‘tkaziladi (uyvazifalarini bajarish vaqtida uyushtiriladigan badantarbiya daqiqalari,harakatli o‘yinlar, o‘yin ko‘rinishidagi mashqlar va boshqalar).Badantarbiya (fizkulminut 3—5 daqiqa) (har kuni),harakatli o‘yinlar (musobaqalar) 20—45 daqiqa (haftada bir martasport kunida) o‘tkaziladi. Tarbiyachi badantarbiya ishini shu sohao‘qituvchilari bilan bamaslahat o‘tkazishi lozim.Badantarbiyaning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan birio‘yindir. Pedagogika o‘yinlarga katta ahamiyat beradi. O‘yino‘quvchilarning ko‘nglini ochadi, yaxshi kayfiyat hosil qiladi, bolalaro‘rtasida do‘stlik va o‘zaro yordam berish kabi fazilatlarning tarkibtopishiga yordam beradi. O‘yinda bola jismonan rivojlanadi, epchil,kuchli, ko‘zi o‘tkir bo‘ladi, zehni, tashabbuskorligi o‘sadi.67


To‘g‘ri uyushtirilgan o‘yinlar qunt, chaqqonlik, tezkorlik,chidamlilikni, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar esa do‘stlik vabirodarlikni tarbiyalaydi. Qo‘shiq va musiqa jo‘rligida o‘tkaziladiganquvnoq o‘yinlar estetik tarbiyaga ham ijobiy ta’sirko‘rsatadi.O‘yinlarni tashkil qilishda rollarni to‘g‘ri taqsimlash, faol vapassiv, bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro etishga aynan moso‘quvchilarni tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yinlarniqiziqarli o‘tkazish maqsadga erishishning zarur shartidir.Kuni uzaytirilgan guruhlardagi ta’limiy va tarbiyaviy ishlarnirejalashtirishda didaktik, harakatli, mazmunli-rolli o‘yinlardanfoydalanish, shuningdek, o‘zbek milliy xalq o‘yinlariga alohidae’tibor berish lozim. Chunki bu o‘yinlar orqali bolalarni axloqiy,irodaviy sifatlari rivojlantiriladi, ijodkor va bunyodkorlarga xosbilim, ko‘nikma hamda malakalari, fuqarolarga xos ijobiy fazilatlarishakllanadi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘yinlarning xilma-xilshakllaridan foydalanish, bolalarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishiniorttiradi. O‘quvchilarning istagini hisobga olgan holda o‘yinlarturini o‘zgartirib borish, o‘quvchilar bilan yangi-yangi o‘yinlarijod qilish maqsadga muvofiqdir. Merganlik, o‘lja izlash, mo‘ljalgaotish, ko‘z boylagich, «Kim oldin?», «Kim sezgir?», «Ildamqadam tashla», «Oq terakmi ko‘k terak», to‘rga to‘p tashlash,bayroqchalar uchun kurash, «Yulduzcha», «Kecha va kunduz»va boshqa o‘yinlarni tashkil qilishga ularning ayrim qismlarinio‘zgartirib, o‘quvchilar yoshiga moslashtirish mumkin.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda badantarbiya mashg‘ulotlaribelgilangan ma’lum vaqtlarda o‘tkazilgani ma’qul. Chunkiqat’iy bir kun tartibiga rioya qilish bolalar organizmini mustahkamlashga,chiniqtirishga, kamroq kuch sarf qilib, ko‘proq ishbajarishga yordam beradi. Ayni vaqtda sog‘liqni yaxshilashga vaumrni uzaytirishga olib keladi.I sinf dasturida, asosan, guruh va jamoalarga bo‘linmayo‘ynaladigan harakatli o‘yinlar («G‘ozlar — oqqushlar», «Boyqush»,«Ikki sovuq») o‘tkazish tavsiya etiladi.I sinfning dastlabki oylarida bolalar bog‘chasida o‘ynaladigano‘yinlarni o‘tkazish lozim. Bu o‘yinlar mazmunan maktabdasturida nazarda tutilgan o‘yinlarga yaqin turadi («Qurbaqa vaqarqara», «Qo‘ng‘iroqli tuzoq», «Ayiqchalar va bolari»).68


III sinfda ancha murakkab o‘yinlar o‘tkaziladi: 1) o‘yinboshiyordamida («Tovonbaliqlar va cho‘rtanbaliq»); 2) komandalargabo‘linib («Kun va tun», «Ovchilar va o‘rdaklar»).Quyi sinflarda o‘ynalgan ko‘pgina o‘yinlar keyingi sinflardaham takrorlanishi mumkin. I sinf dasturidagi «Quvlashmoq»,«Har kim o‘z suvdoniga», «Kim uzoqqa otadi?» kabi o‘yinlarIII sinfda ham muvaffaqiyatli o‘ynalishi mumkin. O‘yinlar yilfasllariga moslab o‘tkaziladi.O‘yinlar vaqtida o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviyishga katta e’tibor beriladi.Ko‘pgina o‘yinlar (I—II sinflarda) bilim beradi. Ular jonivorlar,qushlar va bolalarning real hayotidagi harakatlariga taqlidqilish bilan bog‘liq sujetli o‘yinlardir. «Boyqushcha» o‘yini bilantanishtirayotganda bolalarga boyqush to‘g‘risida qisqa va aniqma’lumot berilib, uning xatti-harakatlari tahlil orqali tushuntirilsao‘yinning ta’siri oshadi, bolalarni yanada faollashtiradi.Tarbiyachi guruhda jismoniy mashqlar kompleksini o‘rgatishishart emas, biroq tarbiyachi uni takrorlashi mumkin. Badantarbiyamashqlari o‘yin boshlanishidan oldin yoki uy vazifalaribajarib bo‘lingandan keyin o‘tkaziladi.Gigiyenaga rioya qilish badantarbiyada muhim rol o‘ynaydi.To‘g‘ri kun tartibi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, quvnoqkayfiyat baxsh etadi, bolalarning ishlash qobiliyatini o‘stiradi,intizomlilik, tartiblilik va uyushqoqlik sifatlarini tarbiyalaydi.Dasturda gigiyena va kun tartibi bo‘yicha suhbatlar mavzusibelgilangan. Suhbatlar uchun 10—15 daqiqa ajratiladi. Qolganvaqtda jismoniy mashg‘ulotlar va o‘yinlar o‘tkaziladi. Boshlang‘ichsinflarning badantarbiya bo‘yicha yangi dasturiga yangi bo‘lim— «Raqs» mashqlari kiritilgan.Raqslarni o‘rganishga kirishishdan oldin musiqa jo‘rligidayurish, yugurish, sakrash, raqs odimlari va shu kabilar bilantanishish lozim. Raqslar gimnastika mashg‘ulotlari kabi muskullarnimustahkamlaydi, qomatni to‘g‘ri tutish, plastik harakatqilishga yordam beradi. Xuddi shu mashg‘ulotlar soddaroqshaklda ham o‘tkazilsa ijobiy natija beradi.Xullas, guruhlarda o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari bolalarningaqliy charchog‘ini tarqatishda, ularning kayfiyatini ko‘tarish,jismonan chiniqtirish, sog‘lom o‘sishlarida alohida ahamiyat kasbetadi.69


Sayohatlar va madaniy sayrlar. Sinfdan va maktabdan tashqariamalga oshiriladigan asosiy tadbirlardan biri — sayohatdir.Kuni uzaytirilgan guruh turli mavzudagi ekskursiyalarni o‘tkazishdakatta imkoniyatlarga ega. Ekskursiya va madaniy sayrlarkuni uzaytirilgan guruhlarda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarniamaliy mustahkamlashga yordam beradigan vosita hisoblanadi.Sayrga chiqishdan oldin tadbir qiziqarli va maqsadga muvofiq,mazmunli o‘tishini ta’minlash uchun tarbiyachi sayr rejasini puxtatuzib chiqishi va bunga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. O‘quvchilarningko‘proq narsani kuzatib, eslab qolishlariga erishishuchun sayrdan so‘ng «Sayr vaqtida nimani ko‘rdim» o‘yinmusobaqa(bir o‘quvchi hikoya qiladi, boshqalari uni to‘ldiradi,kimning hikoyasi to‘liq va mazmunli bo‘lsa va unga hech kimqo‘shimcha qila olmasa, o‘sha o‘quvchi g‘olib hisoblanadi)o‘tkazilishini oldindan ma’lum qilib qo‘yishi kerak.Sayohat jarayonida har bir tarbiyachi quyidagi maslahatlargaamal qilib samaraga erishishi mumkin:— sayohat sayr emas, balki o‘quv mashg‘ulotining majburiyqismi ekaniga ahamiyat bering;— sayohat o‘tkazadigan joyni oldindan o‘rganing, uningmazmunini belgilang va rejasini tuzing;— sayohat mavzusiga muvofiq ish tuting, tasodifiy masalalargaberilmang;— sayohat vaqtida faqat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsalarhaqidagina hikoya qiling;— uzundan uzoq tushuntirishlardan qoching;— sayohatga qatnashayotgan o‘quvchilar faqat tinglovchibo‘lib qolmasin, ularni faol ishlashga o‘rgating;— sayohatlarda nomlarni aytavermang, bunday nomlarningko‘plari tezda esdan chiqib ketadi;— obyektlarni to‘g‘ri ko‘rsata biling va bolalarga ham ularnito‘g‘ri ko‘rishni o‘rgating;— sayohatlarda o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ymang, aks holdaular hech narsani tinglamaydilar;— materialni qayta ishlash orqali sayohat taassurotini o‘quvchilarxotirasida mustahkamlang.Har bir sayohat oldidan tarbiyachi sayohat vaqtini aniq belgilabolishi, sayohat obyekti bilan oldindan shaxsan tanishmog‘i,o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlarni rejalashtirishi, savol-70


javoblarni tayyorlab qo‘yishi, guruh o‘quvchilarini guruhchalargabo‘lishi kerak, kuzatish uchun kundalik daftarlar tutilishi, ularganimalar qayd qilish lozimligi tushuntiriladi.Kirish suhbati bilan boshlanadigan sayohatlar korxona, zavod,fabrika, kombinatlarga, parrandachilik, chorvachilik fermalariga,muzey, ko‘rgazma zallari va madaniyat saroylariga uyushtiriladi.Madaniy sayrlarda kino, teatr, hayvonot bog‘i, sirk tomoshalariga,qo‘g‘irchoq teatri, bolalar konsertlariga boriladi.Bolalarni qishloq xo‘jalik ishlari (ekinlarni o‘stirish, mollargaozuqa tayyorlash kabilar) bilan tanishtirish, ularni qishloq hayotidan,qishloq xo‘jaligidan yotsiramaydigan qilib tarbiyalash zarur.Ularga dasturxonda turgan non, sut va go‘sht mahsulotlari qishloqahli mehnatining natijalari ekanini anglatish lozim. Zavod vafabrikalarga ekskursiyalarda esa ishlab chiqarish jarayoni bilantanishiladi.Bahor yoki kuz fasllarida tog‘lar, bog‘lar va dalalarga qilinadigansayrlarda bolalar tabiat bilan tanishtiriladi. Bundaysayrlardan oldin ularni chiroyli manzaralar tasvirlangan san’atasarlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu kabi tadbirlarbolalarning estetik qarashlariga ijobiy ta’sir etadi va tabiatgamuhabbat tuyg‘ulari tarbiyalanadi.O‘quvchilarda harbiy vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalashmaqsadida Vatan uchun jon fido qilganlar xotirasiga qo‘yilganhaykallar, «Motamsaro ona» monumenti kabilarni borib ko‘rishlozim. Shu kabi tadbirlarni amalga oshirish davomida o‘quvchilarmaxsus daftarlariga manzarali joylarning rasmlarini chizishlari,taassurot va savollarini yozib borishlari mumkin. Qaydlar guruhdaatroflicha muhokama etiladi va suhbatlar, munozaralar paytidao‘sha savollarga javoblar beriladi.KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHLARDA KUNDALIKISHNI REJALASHTIRISH NAMUNASIIkkinchi smenada shug‘ullanuvchi kuni uzaytirilgan sinf,guruhlar (I—IV sinflar)da sayrlar, sayohatlar shanba kuni,mafkuraviy tarbiya ishlari dushanba kuni o‘tkaziladi.Dushanba (boshlang‘ich sinflar). Mafkuraviy tarbiya.Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarni istiqlol g‘oyalari, xalqlarbirdamligi, o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiya-71


lash. 12 30 dan 13 15 gacha — tushlikka tayyorgarlik va tushlik(navbatchilar stollarni tuzaydilar, boshqa bolalar yuvinadilar).Oshxonada, «Oila davrasida» mavzusida xulq-atvor madaniyatimalakalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot (o‘yinko‘rinishida). Tushlik 13 15 dan 14 15 gacha.14 15 dan 15 45 gacha bolalarning o‘z ixtiyoricha erkin shug‘ullanishlari,bolalarning xohishiga ko‘ra ochiq havoda o‘yinlar.Bolalarda reaksiya (sezish) tezligini o‘stiruvchi o‘yin: «Bolalardatartib qat’iy».O‘yin mazmuni: O‘ynovchilar safda turadilar. Ular tarbiyachiishorasi bilan maydonga tarqalib, o‘rgatilgan qo‘shiqlarni kuylaydilar.Tarbiyachining ishorasi bilan bolalar ko‘rsatilgan joyda saflanadilar.Saflanish joyi o‘yin davomida o‘zgarib turadi. O‘yinnimusiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.15 45 dan 16 30 gacha tarbiyaviy-tashkiliy ishlar. Siyosiy tarbiya.Mavzu: «O‘zbekiston — mening Vatanim».Ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar:1. O‘zbekistonning siyosiy kartasi.2. I. Dunayevskiyning «Bepoyondir ona yurtim» ashulasininggrammafon yozuvi, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining Vatanhaqidagi ashulalari.3. Vatan haqidagi she’rlar: Ilyos Muslimning «Baxtli bolalarqo‘shig‘i», Qudrat Hikmatning «Ona Vatan», Po‘lat Mo‘minning«Yangi yilim — yaxshi yilim» qo‘shiqlari. Tarbiyachi musiqajo‘rligida quyidagilarni aytadi:Vatan! Qanchalik yangroq so‘z! Vatan — bu musaffo osmon.Vatan — bu bepoyon paxtazorlar, go‘zal bog‘lar. Vatan — buyurt, xalq. Vatan — bu baxt, istiqbol. Vatan — bu sening uying,maktabing, sinfing, guruhing va «Vatan» degan jonajon so‘znio‘z ichiga olgan ko‘pgina boshqa narsalardir (musiqa yangraydi).Tarbiyachi: «Bu qo‘shiqdagi satrlardan nimalarni anglashmumkin?»Taxminiy javob: «Unda Vatanimizning xushmanzara joylari,xalqlarning do‘stligi, baxtli hayoti, ularning Vatanga muhabbatiifodalangan. O‘zbeklar, ruslar, gruzinlar, turkmanlar va boshqalarham do‘st xalqlardir. Bizning Vatanimiz — O‘zbekiston, Vatan —bu do‘st xalqlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi deb atalgandiyor jahon sahnasida o‘z o‘rni va mavqeyiga egadir.72


Badantarbiya daqiqasi. 6 30 dan 17 30 gacha darslarga mustaqiltayyorlanish. Har bir daqiqani tejash va tejalgan vaqtdan ona tilihamda matematikadan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish, uy vazifalarinitez va to‘g‘ri bajarish. Uy vazifasini bajarishda kerak bo‘ladiganhamma narsalarni: ruchka, qalam, chizg‘ich, daftar, kitoblarnihozirlab qo‘yish. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individualshug‘ullanish, o‘quvchilarning yozuvlari chiroyli va tozabo‘lishiga erishish, topshiriqlarni bajarish. O‘zaro tekshirishnitashkil etish. Matematika bo‘yicha didaktik o‘yin «O‘ylab javobber: bir odam qo‘lida o‘nta barmoq bor, o‘nta qo‘lda nechtabarmoq bor?» (Ba’zilar darhol 100 ta deydilar, ba’zilari birozo‘ylagach, 50 ta deb to‘g‘ri javob beradilar).Shundan so‘ng o‘quvchilar guruh xonasini yig‘ishtirib, uygaketishlari mumkin.Seshanba. Sinfdan tashqari o‘qish. Mashg‘ulotning maqsadi:bolalarni kitobdan mustaqil foydalanishga o‘rgatish, ularni yangikitoblar va ularning mualliflari bilan tizimli tarzda tanishtirish.12 30 dan 13 15 gacha — tushlikka tayyorgarlik. Tushlik.13 15 dan 14 15 gacha. Tushlikdan keyingi uyqu.14 15 dan 15 45 gacha. Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bolalaro‘zlari qiziqqan yumushlari bilan (turli narsalar yasash,qirqish, rasm solish va h.k.) mashg‘ul bo‘ladilar. Xohishga ko‘raochiq havoda o‘ynash. Chaqqonlik, tezkorlikni mustahkamlovchi«Chaqqon bolalar» o‘yini.O‘yin mazmuni: o‘ynovchilar bir-birlarining qo‘llaridan ushlabdoira yasaydilar. O‘rtada boshlovchi turadi. Tarbiyachiningishorasi bilan bolalar:«Bizlar — quvnoq bolalar,Yuguramiz, o‘ynaymiz.Qani, bizga yetib ko‘rBir-ikki-uch — ushla» —deb turli tomonga qochadilar, o‘rtada turgan o‘quvchi ularniquvlaydi. Ushlangan bola o‘rtada turadi.15 45 dan 16 45 gacha tarbiyaviy-tashkiliy ishlar.Sinfdan tashqari o‘qish.Mavzu: G‘afur G‘ulom. «Sen yetim emassan».Ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar. «Har doim bo‘lsinquyosh» qo‘shig‘ining magnit tasmasi.73


«Qimmatli bolalar! Siz urushni kinolarda ko‘rgansiz. U haqdakitoblarda o‘qigansiz. Urush siz tug‘ilmasingizdan ancha oldinbo‘lgan. XX asrning qirq birinchi yili 22-iyun tongida nemisfashistlarisobiq sho‘rolar mamlakatiga hujum qildi. MustaqilO‘zbekistonimiz 1991-yilning 31-avgustigacha shu mamlakat tarkibidabo‘lgan. Ko‘pgina bolalar bombalar ostida halok bo‘lishdi,minglab bolalar ota-onasiz qoldilar. Jangchilar dushman bilanjang olib borayotgan vaqtda front ortiga, mamlakat ichkarisigayetim qolgan bolalar tushgan poyezdlar yo‘l oldi. Ular bir, ikkioylab yo‘l bosishdi. Bolalar Toshkent vokzalida poyezddantushdilar. Bu yerda ularni o‘zbek xalqi iliq mehr, ochiq chehrabilan kutib oldi. Ular shunchalik ko‘p ediki, bolalar uylari hamyetishmay qoldi. Shunda O‘zbekistonning Toshkent va boshqashaharlaridagi oilalar belorus, rus, ukrain bolalarini o‘z farzandlarisifatida qabul qildilar. 14 yetimni boqib tarbiyalagan toshkentliktemirchi Shoahmad Shomahmudovni butun mamlakat taniydi.O‘sha yillarda bunday oilalar O‘zbekistonda ko‘plab topilardi.Ajoyib o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom (shoirning portreti ko‘rsatiladi)o‘sha kunlar haqida sermazmun she’rlar yozgan. Ulardan biri «Senyetim emassan» (She’r ifodali, alla musiqasi jo‘rligida o‘qiladi).She’r o‘qib bo‘lingach, tarbiyachi savollar yordamida she’rningeng asosiy jihatlarini aniqlashtiradi:1. Bu she’r kimlarga atalgan?2. Shoir bolani qanday so‘zlar bilan ataydi?3. Shoir nima uchun she’rning boshida urush oqibatida uysizqolgan yetim bo‘lmasligini ishonch bilan ta’kidlaydi?4. Shoir yaqinda «tugaydigan tun» va uning ortidan keladigan«tong» so‘zlari orqali nimalarni nazarda tutadi? (Urushningtugashi, tinchlik tongi otishini).15—17 30 . Mustaqil tayyorlanish. Bolalar uy vazifalarini mustaqilbajaradilar. Dars tugagach, har bir predmet bo‘yichamustaqil dars oralig‘ida 2—3 daqiqalik tanaffus beriladi.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual shug‘ullaniladi.Topshiriqlar bajarilishi o‘zaro tekshiriladi.Nutq o‘stirish bo‘yicha didaktik o‘yin. Har bir o‘quvchiga a,b, d, e, f, g va boshqa harflar bilan bog‘lanuvchi so‘zlarni yozishbo‘yicha individual vazifa beriladi. O‘quvchilarning o‘qituvchibelgilagan vaqt davomida yozgan so‘zlari tekshiriladi. Qaysio‘quvchi ko‘proq so‘zni yoza olsa o‘sha g‘olib chiqadi. Xonaniyig‘ishtirish. Uyga ketish.74


Chorshanba. Mehnat tarbiyasi. Mashg‘ulotning maqsadi:mehnatga ongli munosabatni (mehnatga muhabbatni, tartiblilikni,tejamkorlikni, umum foydasiga mehnat qilishga hozirlikni, ishnioxiriga yetkazishda matonatlilikni, jamoa mehnat jarayonidado‘stona munosabatni) tarbiyalash.12 30 –13 15 . Tushlikka tayyorlanish (navbatchilar stollarnituzashadi, qolganlar yuvinadilar). Tushlik. «Ovqatlangandan so‘ngidishni qanday yuvish kerak?» mavzusida oshxonada amaliymashg‘ulot.13 15 —14 15 . Peshingi uyqu.14 15 —15 45 . Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bolalar o‘z qiziqishlarigako‘ra (plastilindan shakllar yasash, rasm solish, turlio‘yinlar bilan) shug‘ullanadilar. Bolalarda diqqatni o‘stiruvchi«Komanda bo‘yicha bajar» o‘yini.O‘yin mazmuni. Bir bola o‘rtada, qolganlar doira yasab turadilar.O‘rtadagi bola istalgan komandani berishi mumkin,qolganlar uni bajaradilar. U o‘z komandasiga «bolalar» so‘ziniqo‘shib aytsa, komanda bajarilishi, agarda bu so‘zni qo‘shmasa,komanda bajarilmasligi kerak. Masalan, «Bolalar, o‘tiringlar»(bajarish kerak). «Bir-biringizni ushlang» (bajarilmaydi).15 45 —16 30 . Mehnat tarbiyasi bo‘yicha tarbiyaviy-tashkiliytadbirlar.Mavzu: Qog‘oz bilan ishlash. «Yozgi ayvoncha» (tematik applikatsiyatayyorlash).Amaliy ishdan oldingi suhbat.Tarbiyachi: «Konstitutsiyamizda fuqarolarning huquqlari bayonqilingan. Bolalar, siz ham shu huquqlardan foydalanasiz. Sizmaktabda o‘qiysiz, oromgohlarda dam olasiz. Shifokorlar sizningsog‘lig‘ingizni nazorat qilib borishadi. Sizlar uchun stadionlar,o‘quvchilar saroylari ishlab turibdi. Siz ulg‘ayib katta bo‘lganingizdaistagan kasbingizni egallashingiz mumkin. Biroq har bir kishiningfaqatgina huquqi emas, balki o‘z Vatani va xalqi oldida burchlariham bor. Bu vijdonan mehnat qilish, Mustaqilligimizni mustahkamlash,dunyoda tinchlikni saqlash ishiga hissa qo‘shish, xalqlaro‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash zarur bo‘lsa, o‘z Vatanininghimoyasiga hozir-u nozir bo‘lishdir.Mehnat har bir kishining tabiiy ehtiyojidir. Kishilar hayotiningmazmuni ijtimoiy-foydali mehnatdir. Bizning mamlakatimizdamehnat qahramonlikka tenglashtirilgan. Mehnat qilish huquqiQonun bilan kafolatlangan.75


Bizning Qonunimiz faqat mehnat qilish huquqini emas, balkikasb tanlash huquqini ham beradi. Biroq, har bir shaxs birorkasbni tanlab, egallar ekan, u sidqidildan ishlashga majbur.Hozir biz mehnat qilishga kirishamiz. Kelinglar, avval mehnathaqidagi maqol va matallarni eslab ko‘raylik.Mehnatsiz rohat bo‘lmas.Ish ustasidan qo‘rqar.Mehnatni sevganlargina baxtli.Hozir biz sizlar bilan qog‘ozdan «Yozgi ayvoncha»ni yasaymiz.Buning uchun bizga oq va to‘rt xil rangdagi qog‘oz, qaychi,yelim, cho‘tka, qalam, chizg‘ich, uchburchak chizg‘ich kerakbo‘ladi.Mashg‘ulotning borishi.Bolalarga applikatsiya bilan bezalgan yozgi ayvon namunasiko‘rsatiladi va so‘raladi:A) Bu narsa nima uchun shunday deb ataladi? (Bunda ko‘mko‘kosmon, porlab turgan quyosh, yam-yashil o‘tlar tasvirlangan.)B) Bu ayvoncha nimani eslatadi? (Issiq yoz, yozgi dam olishni.)Qirqimlar uzunligi belgilanadi: oq qog‘ozda asos kattaligi12½16 sm to‘g‘ri burchak shaklidagi ayvoncha 3½4 sm, kvadratlar3½3 sm hajmida (7 dona).Bolalar mustaqil ishlaydilar: ayvoncha asosini belgilash vatayyorlash.Tarbiyachining yordami: barcha detallarni belgilash va tayyorlash.Detallarni yig‘ish.Yakun yasash. Ish o‘rnini tartibga keltirish.Badantarbiya daqiqasi.16 30 —17 30 . Mustaqil tayyorlanish. Uy vazifasini bajarishpaytida o‘quvchilarning o‘z qomatlarini tutishlarini kuzatish.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish.Bajarilgan uy vazifalarini o‘zaro tekshirish.Vazifani tez, chiroyli va bexato bajargan o‘quvchilarnirag‘batlantirish. Har bir predmet bo‘yicha vazifa bajarib bo‘lingach,ikki-uch daqiqalik tanaffus.Matematikadan didaktik o‘yin, topishmoq-hazillar.1. «Uch o‘rtoq».Maktabga 1-smenada o‘qiydigan o‘quvchi yo‘lda 1-smenadagiikkita o‘rtog‘i bilan uchrashib qoldi. Hammasi bo‘lib maktabganecha o‘quvchi ketyapti?76


2. 7 ta sham yoqishgandi, ikkitasi o‘chib qoldi. Nechta shamqoldi? (Javob: 2 ta, chunki qolgani yonib tugagan). Xonaniyig‘ishtirish. Uyga ketish.Payshanba. Estetik tarbiya. Mashg‘ulotning maqsadi: o‘quvchilarninggo‘zallikni his qila bilishini tarbiyalash, borliqqa estetikmunosabatni shakllantirish, insonni tabiatni tushunishga, tasviriysan’at asarlarini idrok etishga o‘rgatish.12 30 —13 15 . Tushlikka tayyorlanish, tushlik. «Non aziz» mavzusidasuhbatlashish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, nonnie’zozlash bo‘yicha fikr almashish.13 15 —14 15 . Peshingi uyqu.15 45 —14 15 . Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bolalarning o‘zqiziqishlariga ko‘ra o‘yinlar («Uy-Uy», «Maktab-maktab» vaboshqalar).Bolalarning ko‘rish xotiralari, epchilliklarini oshiruvchi «Kimko‘proq ko‘ra oladi?» o‘yini.O‘yin mazmuni. Bolalardan biri o‘rtada turadi, boshqalar uningatrofida doira yasaydilar. O‘rtadagi o‘quvchining komandasi bilano‘yinda ishtirok etayotgan bolalar qog‘oz parchasiga hayvon,qush, shahar va hokazolarning nomini yozadilar va qog‘ozni o‘zorqalariga qadab qo‘yadilar. O‘yinni boshlovchi o‘quvchiningkomandasi bilan bolalar bir-birlarining orqalaridagi qog‘oznio‘qishga, ayni vaqtda orqasidagi qog‘ozni ko‘rsatmaslikka harakatqilishlari kerak. O‘rtog‘ining orqasidagi nomlarni eng ko‘p o‘qigano‘quvchi g‘olib sanaladi.15 45 —16 30 . Estetik tarbiya bo‘yicha tarbiyaviy-tashkiliy tadbirlar.Mavzu: I. Levitan, A. Savrasov, O‘. Tansiqboyev, N. Karaxan,M. Mirzayev asarlarida bahorning tasvirlanishi.Mashg‘ulot rejasi va ko‘rgazmali qurollar:«Bahor» rasmini chizish. Rasmlarni namoyish qilish (qisqacha<strong>axborot</strong>).a) A. Savrasov. «Ola qarg‘alar uchib keldi»;b) I. Levitan. «Bahor — katta suv»;d) O‘. Tansiqboyev. «O‘zbekistonda bahor»;e) N. Karaxan. «Gullagan vodiy».M. Mirzayevning bahor valsi musiqasi. S. Marshakning «Yilfasllari», I. Muslimning «Lolaqizg‘aldoqlar» va «Lolalar» she’rlari.Suhbatni bahor haqidagi she’rlarni musiqa sadolari ostida o‘qishbilan boshlash kerak. O‘. Tansiqboyevning portreti va uning«O‘zbekistonda bahor» rasmi ko‘rsatiladi.77


Bolalar rasmni tomosha qiladilar.Tarbiyachi: «Rasmda tabiat aks ettirilgan. Osmonda bulutlarsuzib yuribdi. Rasmda yilning qaysi fasli tasvirlangan?» (Qishningoxiri, bahorning boshlanishi).Tarbiyachi: «Bu rasmda bahor tasvirlanganini qanday biliboldingiz?» «Qosh qoraygan, daraxtlar hali yalang‘och, biroq olaqarg‘alar uchib kelgan, ular bahor kelganidan shod, o‘zlariga inqurmoqdalar». Rasmga qarab tursang, xuddi qushlarning sayrashinieshitayotgandek bo‘lasan, bahor shabadasini his qilasan.Daraxtlar jonli qilib tasvirlangan. Oldingi planda tabiat ko‘rinadi,nariroqda taxta devor, uning ortida qishloq ko‘rinib turibdi.Bo‘yoqlarning rangi bahor nafisligini va shodlik tuyg‘usiniifodalaydi.Boshqa buyuk rassom I. Levitan ham (portreti ko‘rsatiladi)bahor haqida asarlar yaratgan. Uning rasmlaridan biri «Bahor —katta suv» deb ataladi. Agarda A. Savrasov bahorning boshlanishi,yerda qorlar yotgan davrni ko‘rsatgan bo‘lsa, I. Levitanbahorning qorlar erib ketgan paytini ko‘rsatgan. Daryoda daraxtlarxuddi oynadagidek aks etadi. Osmon tiniq. Suv esa sovuq.Rasmda odamlar ko‘rinmasa ham biz ularning shu yaqinoradaligini his qilamiz. Chunki qirg‘oqda qayiq turibdi. Bu rasmrassomning tabiatga muhabbatini ifodalaydi. U bo‘yoqlarvositasida tabiatning go‘zalligini bera olgan.Yilning shu faslini O‘zbekiston xalq rassomi O‘. Tansiqboyev(portreti ko‘rsatiladi) ham tasvirlagan. Tansiqboyev o‘zining«O‘zbekistonda bahor» asarida quyoshli o‘lkamizning tabiatinitasvirlaydi. Bu tabiat bizga ilk bolalikdan tanish. I. Levitanrasmida qorlarning erishi tasvirlangan bo‘lsa, O‘. Tansiqboyevasarida bodom va o‘rik gullaganini ko‘ramiz. Tog‘ etaklaridamaysalar ko‘kargan. Odamlar chigit ekishga hozirlik ko‘rishyapti.O‘. Tansiqboyev foydalangan bo‘yoqlar O‘zbekistonning chinakammanzarasini aks ettiradi. O‘zbekistonlik boshqa peyzajchiN. Karaxanning rasmi ham go‘zal. Uning «Gullagan vodiy» asariyorqin bo‘yoqlar bilan ishlangan bo‘lib, o‘zbeklar diyori lavhalariningpanoramasini ifodalaydi. (Shundan so‘ng Ilyos Muslimning«Lolaqizg‘aldoqlar», «Lolalar» she’rlari o‘qiladi).Umumlashtirish.Tarbiyachi: «Shunday qilib, biz siz bilan birgalikda bahorhaqidagi to‘rtta ajoyib rasmni tahlil qildik, she’rlar o‘qidik, musiqa78


tingladik. Endi har biringiz «Bahorning kelishi» mavzusida qisqachahikoya tuzasiz yoki rasm chizib berasiz».Badantarbiya daqiqasi.16 30 —17 30 Mustaqil tayyorlanish. Uy vazifasining mustaqilbajarilishini kuzatish. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilanindividual shug‘ullanish. Predmetlar bo‘yicha uy vazifasi bajarilgach,5 daqiqa tanaffus.Matematikadan didaktik o‘yin. 1. Nima og‘irroq — bir kilogrammpaxtami yoki bir kilogramm temir? Og‘ir bo‘lsa, qanchaga?2. Yo‘lkada 6 ta chumchuq bor edi, ularning yoniga yanabeshtasi uchib keldi. Shu vaqtda paydo bo‘lgan mushuk ulardanbirini ushlab oldi. Yo‘lkada nechta chumchuq qoldi? (10chumchuq deb berilgan javob hayotiy, mantiqiy haqiqatga to‘g‘rikelmaydi. Chumchuqlar yo‘lkada qolmaydi, balki uchib ketadi.)Xonani yig‘ishtirish.Uyga ketish.Juma. Sport — sog‘lomlashtirish ishlari.Mashg‘ulotning maqsadi: sog‘lom, quvnoq, har tomonlamajismoniy rivojlangan, Vatan himoyasi uchun doimo tayyor bo‘lganbarkamol avlodni tarbiyalash, sanitariya-gigiyena bo‘yichamalakalar tarkib toptirish.12 30 dan 13 15 gacha tushlikka tayyorlanish, tushlik. Oshxonadanavbatchilik, «Ovqatlanayotganda men gaplashmayman»mavzusida amaliy mashg‘ulot.13 15 dan 14 15 gacha. Peshingi uyqu.14 15 dan 15 45 gacha. Bolalarning ixtiyoriy shug‘ullanishlari. Bolalarningxohishiga ko‘ra ochiq havoda o‘ynash.15 45 dan 16 30 gacha. Tarbiyaviy-tashkiliy tadbirlar. Sporttarbiyasi. «Do‘ngliklar va to‘nkalar osha» sport o‘yini. O‘yindanoldin kirish mashqi (razminka) o‘tkaziladi.O‘yin mazmuni: maydonchaning bir tomonida chiziqdan 4—5metr narida bolalar yozgi dam olish oromgohi belgilanib, undabolalar yashaydilar. «Oromgoh» (belgi) ortida o‘rmon etagi.Poldaqi bir-biridan 40—50 sm oraliqda sochilib yotgan aylanava kvadratlar (rezina va kartondan) do‘ngliklar hamda to‘nkalarnianglatadi. Maydonning qarshi tomonida sakrash uchun ustuncha.Bu «kovakli va asalarili baland archa».O‘yinda ishtirok etuvchilarning hammasi oromgohda, uchtaboshlovchi «ari» esa «archa» orqasida. Tarbiyachining ishorasi79


ilan o‘ynovchilar tizzasini baland ko‘tarib, do‘nglik va to‘nkalarustidan she’r aytib yura boshlaydilar.Shox-shabba va do‘ngliklar, tup va to‘nkalar osha.Biz o‘rmon chetiga chiqdik, oyoqlarimizni ko‘tarib.Qoqilmaydi, yiqilmaydi.Kim shunday qadam tashlasa,Qara, baland archa yorig‘idan serjahl arilar uchib chiqmoqda.«Archa» orqasidagi uch o‘quvchi «ari»ning uchishiga taqlidqilib «archa» atrofida aylanadi.«J-j-j chaqmoqchimiz, chaqmoqchimiz».Qolgan o‘quvchilar: «Chaqqonlarga yetolmaydi, «ari»ningg‘o‘ng‘illashidan qo‘rqmaymiz, tezroq uyga chopaylik».«Uy» so‘zi signal bo‘lib, buni eshitgan bolalar do‘nglik vato‘nkalardan sakrab,oromgohga shoshiladilar. «Arilar» esa qochayotganlarni«chaqish»ga harakat qiladilar. Shundan so‘ng «chaqilgan»larsanaladi, ulardan «yangi arilar» tayinlanadi va o‘yinqaytadan boshlanadi. O‘yin tugagach, o‘n daqiqa dam beriladi.16 30 dan 17 30 gacha. Mustaqil tayyorlanish. O‘quvchilar uyvazifasi uchun kerak bo‘ladigan hamma narsalar (ruchka, qalam,daftar, kitob va boshqalar)ni tayyorlaydilar. Bo‘sh o‘zlashtiruvchio‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish. Har bir predmetbo‘yicha dars tayyorlanib bo‘lingach, ikki-uch daqiqalik tanaffus,o‘zaro tekshirishni tashkil qilish.Didaktik o‘yin. Ziyraklik uchun masala. Uch ot 30 km yo‘lbosdi. Har bir ot necha km yo‘l bosgan? (Javob: 30 km).Xonani yig‘ishtirish.Uyga ketish.Shanba. Sayohatlar, madaniy sayrlar.Mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarning bilim doirasinikengaytirish, lug‘at zaxiralarini boyitish, mehnatga, ishchixodimlarga hurmatni tarbiyalash, kasbga yo‘llash, narsalargatejamkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, ona tabiatniasrashga chorlash.12 30 dan 13 15 gacha tushlik. Oshxonada navbatchilik.13 15 dan 14 15 gacha peshingi uyqu.14 15 dan 15 30 gacha shahar kutubxonasiga sayohat. Mavzu:«Qiziq kitoblar umri haqida».80


Sayohat rejasi1. Bo‘lajak sayohat o‘tadigan jamoat joylarida o‘zini tutish,ko‘cha harakati qoidalari haqida suhbat.2. Kutubxona xodimlari bilan tanishish, ular bilan suhbatlashish.3. Kitob haqida she’rlar o‘qish.4. Bolalarning kutubxonalarga a’zo bo‘lishlari.Tarbiyachi: «Biz siz bilan shahar kutubxonasiga (yoki ARM —<strong>axborot</strong> <strong>resurs</strong> <strong>markazi</strong>ga) eng yaxshi do‘stlarimiz — kitoblar bilantanishish uchun keldik. Ular bilan tanishishdan oldin kitob haqidaozgina gaplashib olaylik.«Ko‘p o‘qigan, ko‘p biladi», deydi xalqimiz. Bu haqiqat. Kitoblarbizga Vatanimiz, ajdodlarimiz, bugungi kishilarimiz haqidahikoya qiladi. Kitob bizning hayotdagi yordamchimiz. Ishchidastgohini boshqarish uchun texnika, paxtakor ko‘proq hosil olishiuchun agronomiya, shifokor yaxshiroq davolashi uchun tibbiyot,o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishi va tarbiyalashi uchun pedagogikabo‘yicha kitoblarni o‘qiydi».Kutubxona xodimining bolalar bilan suhbati. Ko‘rgazmagaqo‘yilgan kitoblarni qisqacha ta’riflash, bolalarni sinfdan tashqario‘qiladigan kitoblar bilan tanishtirish. Bolalarga shahar kutubxonasidanfoydalanish qoidasini tushuntirish.Kutubxonaning eski kitoblarini ta’mirlash.Kutubxonaga birgalikda yozilish.Yakun yasash.Uyga ketish.Umuman olganda, sayohatlarni faqatgina kutubxonalarga emas,balki maqsad qilib qo‘yilgan mavzular bo‘yicha, chunonchi, tarixmuzeyi, san’at muzeyi, nashriyotlar, gazeta muharririyati, zavodva fabrikalar, fermalar va hokazolarga ham uyushtirish mumkin.Uzoq muddatga mo‘ljallangan ish rejasi yarim yil va chorakuchun tuziladi. Reja tuzilishiga sinf faollarini, ota-onalarni, otaliqtashkiloti vakillarini jalb qilish lozim. O‘tkaziladigan tadbirlar,ularning vaqti, ular uchun mas’ul shaxslar rejada albatta qaydetilishi kerak. Shu xildagi ish rejasi maktab dars jadvali va otaliqtashkilotining, maktabdan tashqari, bolalar muassasalarining, ya’nishahar, tuman kutubxonasi, bolalar uyi, yosh texniklar <strong>markazi</strong>,yosh naturalistlar, yosh turistlar tomoshaxonasi, bolalar va o‘smirlarsport maktablarining ish rejimi muvofiqlashtirilgan bo‘lishilozim. Uzoq muddatga mo‘ljallangan ish rejasi tuzilayotgan6—K. Hoshimov81


paytda tarbiyachi maktabning moddiy-texnika bazasi, tadbirlarningo‘tkazilish vaqtini, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini,sanitariya-gigiyena talablarini albatta hisobga olishi kerak.Rejalashtirilgan tadbirlar tarqoq bo‘lmasligi, aksincha, umumiybitta maqsadni ko‘zda tutishi zarur. Masalan, «O‘quvchilar qoidalari»nio‘rganish. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisining uzoqmuddatga mo‘ljallangan ish rejasi sinf rahbari bilan birgalikdatuzilishi ham mumkin. U holda, agar kuni uzaytirilgan guruhbir sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan bo‘lsa, ushbu reja sinfningtarbiyaviy ish rejasi bo‘lib qoladi va unda ko‘rsatilgantadbirlar sinf rahbari bilan birgalikda amalga oshiriladi.Respublikamiz maktablarining ko‘pchiligida kuni uzaytirilganguruh tarbiyachisi fan o‘quvchisi va ayni bir vaqtda shu sinfguruhning rahbari hamdir. Agar pedagog bir paytning o‘zida hamo‘qituvchi, ham tarbiyachi, ham sinf rahbari bo‘lar ekan, u holdau chorak yoki yarim yillik davomida bolalar bilan ishlashgamo‘ljallangan umumiy ish rejasi tuzadi. Agar pedagogningmaktabda dars soatlari bo‘lmasa, bu holda yillik va uzoq muddatgamo‘ljallangan tarbiyaviy ish rejasi tuziladi.Reja o‘quvchilar ish qobiliyatining hafta davomida o‘zgarishxususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.Dushanba kuni kichik tezlikda o‘tkaziladigan sport o‘yinlariuyushtirish lozim.Seshanba kuni jismoniy kuch talab qiladigan ish va mashqlarsonini oshirish mumkin.Qolgan kunlari esa jismoniy kuch talab qilmaydigan sportmusobaqalarini ko‘proq o‘tkazish, hafta so‘nggida esa o‘rtachatezlikdagi o‘yinlarni uyushtirish kerak.Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning umumiyvazifalari, mazmuni o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni olgan:— axloqiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;— siyosiy onglilikni tarbiyalash va ijtimoiy faollikni oshirish;— insoniy axloqiylikni, ongli intizom va xulq madaniyatinitarbiyalash;— o‘qishga ongli munosabatni, aqliy mehnat madaniyatinitarbiyalash;— mehnat va jamoat mulkiga halol munosabatni tarbiyalash,kasb tanlashga tayyorlash;— fuqarolik burchini shakllantirish;82


— go‘zallik madaniyati asoslarini tarbiyalash va badiiy qobiliyatnirivojlantirish;— sog‘liqni mustahkamlash va sanitariya-gigiyenik madaniyat.Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida rejada ko‘rsatilgantadbirlarni o‘tkazish vaqtini aniq ko‘rsatish lozim. Masalan, kunlikish rejasida guruhdagi badiiy o‘qish mashg‘ulotlarida qaysikitobning o‘qilishi ko‘rsatilishi bilan birga muhokama qilinadiganmavzu bo‘yicha savollar ham qayd etiladi.Uzoq muddatga mo‘ljallangan rejada sayohat o‘tkazish ko‘zdatutilgan bo‘lsa, kunlik ish rejasida uning mavzusi, yo‘nalishi,kuzatiladigan manbalar ko‘rsatiladi. Shuningdek, kunlik ishrejasida o‘quvchilarning daftarlarida qanday yozuvlar va chizgichlarqayd qilinishi, qanday jihozlardan foydalanish kerakligita’kidlanadi.Kunlik ish rejasida kichik, o‘rta, katta tezlikda o‘ynaladigano‘yinlar, ularni tashkil qilish metodikasi va ular uchun ajratilganvaqt ko‘rsatiladi. Kunlik ish rejasi ustida ishlash — bu guruhfaoliyatini, o‘quvchilarning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarinio‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat ijodiy pedagogik jarayondir.Bolaning rivojlanishiga bo‘lgan pedagog e’tibori kunlik ishrejasi bo‘limlari ustida ishlashning asosini tashkil qiladi. Kunlikish rejasi uzoq muddatga mo‘ljallangan reja asosida o‘tkaziladiganbir kunlik tarbiyaviy ishlar majmuasidir.Hayotning o‘zi tarbiyachining uzoq muddatga mo‘ljallanganrejaga o‘zgartirish kiritishni taqozo etishi mumkin va bu o‘zgartishlartarbiyachining kunlik rejasida aks etishi lozim. Agar o‘sharejada «Men sevgan ertak», «Hayvonot olamida», «Biz tabiatnisevamiz» mavzularida suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa,kunlik rejada shu suhbatning asosiy savollari ko‘rsatilishi kerak.Kunlik reja tuzishda tarbiyachilar o‘quvchilarning o‘quv,mehnat va dam olish rejimini, ochiq havoda bo‘lishlarini, aqliyva jismoniy mehnat gigiyenasini hisobga olishlari lozim.Tarbiyachining ish rejasida o‘quvchilar faoliyatining quyidagiturlari ko‘rsatilishi kerak. Masalan:17 noyabr. Seshanba.O‘quvchilarni guruhga qabul qilib olish — 12 30 —13 00 .Ish mazmuni: Navbatchilarga o‘z vazifalarini eslatib o‘tish,guruh faollarini shu kunda o‘tkaziladigan asosiy ishlar va ularningvazifalari bilan tanishtirish — 2—3 daqiqa.83


Dinamik soat — 13 00 —13 45 .Dinamik soat guruh faollari tomonidan o‘tkaziladi.Chiniqtiruvchi mashqlar — 10 daqiqa.O‘rtacha va kichik tezlikdagi harakatli o‘yinlar — 25 daqiqa.«Aylana ichida to‘p o‘yini», «Sinf, diqqat!» Safga tizilish: sporto‘yinlari natijalarini aytish — 10 daqiqa. Sport ashyolari: ikkitato‘p. Sport ashyolari uchun javobgar: Saidov M., Bashirova R.Tushlik 13 45 dan 14 05 gacha.Ochiq havoda sayr — 14 05 —14 45 .Quyidagi fanlar bo‘yicha mustaqil dars tayyorlash:Tushuntirish — 10 daqiqa.Mashg‘ulotchi o‘quvchilar — Akbarov Sh., Zokirova M.O‘quvchilar va kitoblar uchun javobgar o‘quvchilar — kutubxonaa’zolari.Vazifalarni tushuntirish. Kuni uzaytirilgan guruhda darstayyorlash qoidasini eslatib o‘tish.Dars tayyorlash vaqti:Ona tili — 25 daqiqa.Matematika — 35 daqiqa.Qisqa muddatli jismoniy mashqlar.Dars tayyorlash ishlari «Kamolot» YIH va «Kamalak» tashkilotifaollari yordamida o‘tkaziladi. O‘z-o‘zining va boshqalarningishlarini tekshirish. Tanaffus vaqtida «Kamolot» faollari yordamidabadantarbiya mashqlari o‘tkaziladi.Javobgar — Ahmedov A.Tarbiyachi bajarilgan vazifalarni tekshiradi.Sayr — 15 45 —16 00 .Maktab hududini tartibga keltirish ishlari bilan shug‘ullanishva qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish.Kerakli ashyolar: 5 ta supurgi, 7 ta belkurak.O‘yin ashyolari: to‘plar.Guruh faollari: Ahmedov A., Saidov M., Hakimova R.«Kamolot» — faollar — Komilov V., Umarov R.To‘garak ishlari:Sport seksiyasi — 7 o‘quvchi — 45 daqiqa.Mohir qo‘llar — 12 o‘quvchi — 45 daqiqa.Shaxmat seksiyasi — 3 o‘quvchi — 45 daqiqa.Kun natijalari.84


Boshlang‘ich sinf kuni uzaytirilgan guruhlarining haftalik ish rejasiI sinf II sinf III sinf IV sinf1. Salom, maktab!2. Ozodalik haftaligi3. Yana kuz keldi4. Mening birinchio‘qituvchim5. Bizning baxtli yoshligimiz6. Non— bizning boyligimiz7. Biz kelajak yoshlari8. Biz ahil bolalarmiz!9. Ertaklar dunyosida10. Kuylaymiz va rasmsolamiz11. Qish keldi!12. Tejamkorlik o‘lkasida13. Yangi yil oldidan14. Salom, Yangi yil!15. Biz rostgo‘y bolalarmiz!16.Yosh sportchilar17. Qish quvonchi!18. Mening sevimliqo‘shig‘im!19. Ozoda bolalarmiz!20. Ertaklar dunyosida21. Qo‘g‘irchoq teatri22. Onalarning bayrami!23. Salom, Navro‘z!Yana maktabda!Sog‘lom bo‘lishni istasangOltin kuzO‘qituvchim — mehribonimBizga baxt beruvchi qonunlarKuz ne’matlari«Kamalak» yoshlari — ahilbolalar!Bizning shaharBolalar va san’atKumush qish keldiMeniki va senikiYangi yil harakatlariSalom, Yangi yil!Rostgo‘ylik va vijdonlilikYoshlar — Prezident bolalari!Bolalar va hayvonlarBizning baxtli bolaligimiz!Mening Vatanim!Qadimgi o‘zbek xalq taronalariQahramon onalarBahor eshik qoqmoqda!Navro‘zim meningSan’at haftasiOdamlar g‘amxo‘r bo‘lishikerak!Bilimlar haftaligiSport haftaligiTabiatni asraO‘zbekiston KonstitutsiyasiO‘quvchining axloqiymadaniyatiBiz baynalminalchilarmiz!Hamma kasblar kerak vamuhimShahar bo‘ylab sayohatSan’at dunyosidaSport haftaligiYoshlar — tejamkor bolalarQorbobo ustaxonasiSalom, Yangi yil!Sport haftaligiMehnatni ulug‘laymizYoshlar o‘z maktabinisevadilar va yaxshi o‘qiydilar!Vatan bo‘ylab!O‘zbekiston QahramonlariYoshlar — rostgo‘y bolalar!Buvilarimiz va onalarimiz!Chaqimchilik — yomon odatGo‘zallik dunyosidaBilimlar dunyosidaQuvnoq startlarTabiatni asra va muhofaza qilO‘qituvchilik kasbiHuquq va burchlarimizO‘qi!Kitob — bilim xazinasiO‘quvchilar qoidasiMustaqillik uchunkurashganlarMen sevgan kasbShahrimning o‘tmishi vakelajagiSan’at turlariChaqqonlar va epchillarTejamkorlik guruhiYangi yil bazmiSalom, Yangi yil!Yoshlarning g‘amxo‘rlik ishiMening sevimli kasbim!Biz istiqlol g‘oyalarinio‘rganamiz.«Kamalak» — «Kamolot» yordamchisiMen O‘zbekiston fuqarosimanQahramonlar izidan85


DavomiI sinf II sinf III sinf IV sinf24. Go‘zal bahor!25. Biz bo‘lajak barkamolyoshlar!26. Bizning fazogirlar!27. Sevimli bobolarimiz!28. Xotira va qadrlash kuni29. Yoz yaqinlashdi30.31.32.33.«Kamalak» va «Kamolot»tug‘ilgan kunYoz ne’matlariBiz yana bir yoshga ulg‘aydikSalom, Navro‘z!Yaxshilik yomonlikni yengadiYoshlar — bo‘lajak «Kamolot»YIH a’zolaridirFaxriylar — urushQahramonlari!«Kamalak» yoshlari kuniTa’tillar yaqinlashdiMen yozda ham kitobo‘qiymanQadimgi madaniyat.Xalqaro xotin-qizlar kuni!Bahor ohanglariAssalom, Navro‘z!San’at haftasi«Kamalak» tug‘ilgan kunMustaqillik va yoshlarIkkinchi Jahon urushiUrush faxriylariOtalarimizdek yashaymiz vao‘qiymizYoshlar va sportO‘quvchilar yoziBOSHLANG‘ICH SINFLARNING KUNI UZAYTIRILGAN GURUHLARIDA TARBIYAVIY ISHMETODLARIKuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyachi ishi o‘quvchilarga yakkama-yakka ta’sir va butun jamoata’sirini o‘tkazish tizimini tashkil qilishdan iborat. Tarbiyachi bolalar bilan hamkorlikda kelajakkaishonch, mehr-shafqat va insonparvarlik ruhini singdirish asosida ish olib boradi. Boshqacha aytganda,tarbiyachi o‘quvchilarga sezdirmagan holda o‘z faoliyatini umid va ishonch, insonparvarlik g‘oyalariasosiga quradi. Buning uchun pedagog boshlang‘ich sinflarda o‘qitish ishlari va usullarini puxta bilishi,shu o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, shuningdek, kuni uzaytirilgan guruhlarning o‘ziga xos86


tomonlarini bilishi kerak. Bola fikrini tinglay va anglay olish, ubilan suhbat olib borish qobiliyatini egallashi kerak. O‘quvchilartomonidan har xil tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga yo‘lqo‘ymasligi lozim.Tarbiyachining maqsadi shundaki, u bolalarning qiziqishinio‘rganishi kerak. Xulqidagi ijobiy va salbiy tomonlarni tushunibyetishda ularga yordam berishi lozim. U tarbiyalanuvchi vajamoatchilik o‘rtasidagi yaxlit birlikka erishishi kerak. Bu maqsadnihamkorlik pedagogikasi amalga oshiradi. Bunda shaxslararoaloqa zanjirlari asosida boshqalarning fikrini hurmat qila olish,o‘zaro ishonch, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi mustahkamaloqalar barqaror bo‘lishi lozim.O‘zaro aloqaning bunday shakli tarbiyachi va maktab o‘quvchilario‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, ichki his-tuyg‘ularinishakllantiradi. Bunday shaxslar har tomonlama erkin, o‘zfikrlariga ega bo‘lishadi.Hamkorlik pedagogikasi — shaxsdagi demokratik qarashlarnirivojlantirishdan iborat bo‘lib, bu faqat bolalarni o‘qitish vatarbiyalashgina bo‘lib qolmay, balki o‘qituvchi va tarbiyachilarningshaxsiy ijodkorligini o‘stirish ham demakdir. Hamkorlik pedagogikasio‘qituvchilar jamoasi bilan o‘quvchilar jamoasi o‘rtasidagito‘siqni bartarof etish, ularni umummaktab jamoasiga aylantirishdir.Hamkorlik maktab va ota-onalarni, maktab va uningijtimoiy muhitini birlashtiradi.Tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ishlarniyanada yaxshi yo‘lga qo‘yishni, o‘ylagan maqsadlarini amalgaoshirishni demokratik asosda hal qiladilar. Bunda ular jamoa fikriva tajribalariga suyanadilar. O‘quvchilarda milliy axloqiy tarbiyaizchilligiga, tinchlikka bo‘lgan shaxsiy munosabat, jamiyatoldidagi o‘z burchiga, mehnat qilishga ongli munosabatda bo‘lishi,shuningdek, qiziqish, harakatchanlik, bilimga intilish, o‘zigaishonch faol hayot jabhalarida shakllanadi va rivojlanadi.Asosiy vazifalardan biri — maktab jamoasi orasida demokratikmuomalani rivojlantirish, amalga oshirish, o‘quvchilarni o‘zfikrini erkin bayon eta olishga, madaniyatga o‘rgatishdan iboratdir.Tarbiyachi demokratik takomillashgan shaxs sifatida,kattalar va boshqa bolalar bilan teng huquqli munosabatda bo‘lishikerak.87


Yuqorida bayon etilgan yo‘nalishlar tarbiyaviy ishlar rejasiningtuzilishini belgilab beradi: jamoa tavsifnomasi, tarbiyalanuvchilarva ularning ota-onalari haqida anketa ma’lumotlari,jamoa a’zolarining tarbiyalanganlik darajasiga pedagogik tavsifnoma,tarbiyaviy ishlarning belgilangan muddatdagi asosiyvositalari, jamoaning ijodiy ishini atroflicha yaxlit rejalashtirish.Jamoaning ijodiy ishini o‘quvchi shaxsini shakllantirishchoralaridan biri deb hisoblaydi va uni quyidagi bosqichlarga bo‘ladi:1- bosqich. Tarbiyachining taxminiy ishi.A. Jamoa rahbarining o‘z ustida ishlashi. Pedagog uningtarbiyaviy ahamiyati va yaxlitligi, hammasidan ko‘ra axloqiytarbiyaviy ahamiyati, jamoaning ijodiy ishini belgilaydi: umumiysiyosiy xarakterli mehnat, badiiy, sport va h.k. Muayyan davrlardao‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ijodiy ishlar bayramgacha va bayramvaqtida (2—3 variant) va o‘z takliflarini umumiy yig‘ishdatayyorlanadi, bayramni tayyorlash va uni o‘tkazish vaqtida kichikbosqich jamoalariga beriladigan ijodiy ko‘rsatmalar belgilanadi.Tarbiyaviy mashg‘ulotlarni va ijodiy kechalarni rejalashtirishishlarini tarbiyalanuvchilar yoki yordamchilaridan biri o‘tkazishimumkin: <strong>axborot</strong>lar, suhbatlar, sayohatlar, sinfdan tashqari o‘qish,to‘garak ishlari, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va h.k.Tarbiyachi quyidagi ishlarni belgilaydi: homiylar va tarbiyalanuvchilarningyaqin qarindoshlari shu davrda bayram uchunnimalarni qilishi kerak; tarbiyachining boshqa pedagoglar bilanhamkorligi nimadan iborat bo‘ladi?B. Jamoa rahbarini homiylar bilan o‘z tarbiyalanuvchilaridan«sir tutib ishlashi», bayramni tashkil qilishda homiylar bilanfikr almashish.D. O‘quvchilarning yaqin qarindoshlari bilan bayramni o‘tkazishto‘g‘risida fikr almashish.E. Aniq maqsad bilan tadbirlar o‘tkazish: suhbatlar, sayohatlarva h.k. Bu tadbirlarni o‘tkazish borasida har kungi suhbatlarda,o‘qituvchilar bu bayramning quvonchli tomonlari haqida hikoyaqiladilar, shu yo‘l bilan tarbiyalanuvchilar va ularningqarindoshlarini qiziqtiradilar.2-bosqich. Jamoa bo‘lib rejalashtirish davri.Bu davr umumiy yig‘ilish shaklida amalga oshiriladi. Buyig‘ilish jamoaning ijodiy ishi uch bosqichda olib boriladi.A. Jamoa rahbari yig‘ilish qatnashchilariga muammoli savollarberadi:88


— bayramni qiziqarli o‘tkazish uchun biz bayramgacha vabayramda nimalar qilishimiz kerak? Qanday ishlar? O‘yinlar?— kimning xursandchiligi va kimning foydasini ko‘zlaymiz?— qayerda o‘tkazish maqsadga muvofiq?— kim bilan birga o‘tkazish kerak?B. Kichik bosqich jamoalarda ishlash. Har bir qatnashuvchio‘z fikri va taklifini aytadi. Jamoalar rahbari eng kuchsiz kichikjamoaga «sir tutgan holda» uning ishiga yordam beradi, o‘ztakliflari bilan ruhlantiradi.Jamoada ijodiy ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi kuni uzaytirilganguruhlarda shaxsni har tomonlama shakllantirishga imkonberadi. Tarbiyaning bu shakli jamoa va kattalar tomonidan amalgaoshiriladi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlarning mehnat,san’at, o‘yin, sayohatlar, musiqa va hokazo turlari amalgaoshiriladi. Tarbiyaviy ishlarda madaniyat uylaridan, stadion,bog‘lar va xiyobonlardan foydalanish mumkin. Xonalardagimashg‘ulotlarda texnika vositalari, har xil buyumlar, o‘yinchoqlar,turli qurilish ashyolari asqotadi.Tarbiyaviy ishlarning samaradorligi o‘quvchilar harakatiningilmiy mehnatdan to‘g‘ri asosga yo‘naltirilishiga bog‘liq. Tarbiyachio‘quvchilarning faoliyatini tashkil qilishda eng qulay pedagogikmetodni qo‘llaydi, tarbiyaviy ishning maqsadini, vazifalarini,tamoyillarini, mazmunini aniqlaydi. Lekin metodsiz va tarbiyaviyishlarni tashkil qilish yo‘llarisiz tarbiya maqsadiga erishib bo‘lmaydi.Pedagogikada metodlarning bir necha tabaqasi mavjud.Ilmiy jihatdan asoslanib berilgan tarbiyaviy ishlar silsilasigaYu. K. Babanskiy, Omanashvili, T. I. Ilina, S. P. Baranov,S. R. Rajabov, Z. F. Mirtursunov, O. To‘rayeva, R. Usmonov,I. P. Ivanov va boshqalarning ishlari tavsiya etiladi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy usullarni qo‘llashdaI. P. Ivanov tomonidan tavsiya etilgan metodlar muhimdir:I guruh. Do‘stlikni rivojlantirish metodlari.a) mehribonlik tuyg‘ulari, erkinlik: uzoq va yaqindagi do‘stlarbilan hamkorlik;b) yaxshi ishdan quvonish, ijodiy fikr yuritish, qahramonlik,go‘zallik, saxiylik, olijanoblik, xursandchilik;89


d) do‘stona rag‘batlantirish, ma’qullash, qo‘llab-quvvatlash,maqtash, ko‘ngil olish. Bu metodlar yordamida bolalarda qiziqishva o‘z kuchiga ishonch tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.II guruh. Do‘stlikka ishontirish metodlari.Bu metodlar yordamida mas’uliyatni his qilishga o‘rgatiladiva shu psixologik jarayon mustahkamlanadi: o‘rtoqlarga va o‘zigatalabchanlik, nazorat, bir-birini tushunish va yordam berish, o‘zo‘zinitanqid qilish. Bu guruh metodlari ichida o‘z-o‘zini tanqidqilish tarbiyada asosiy rol o‘ynaydi. Buning natijasida bolalardao‘zidan qoniqmaslik, o‘z xatolarini tuzatish xohishi tug‘iladi. Buxususiyatlarni shakllantirishda yordam beradigan metodlar,shuningdek, askiya va hokazolardir.III guruh. Bir-biriga do‘stona o‘rgatish metodlari.Do‘stona, o‘rtoqlarcha g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmalarinishakllantirish:a) odamlarga ishonch, o‘rtoqlik, o‘rtoqlarcha samimiy tanqid,odamga murojaat etish, o‘rtoqlarcha yordam so‘rash;b) o‘rtoqlarcha ishontirish metodi: o‘rtoqlarcha tushuntirish,uqtirish, hikoya qilish, suhbat, o‘z tajribasi asosida tushuntirish,shaxsiy tajribasini muhokama qilish va boshqalar tajribasidano‘ziga tegishli xulosa chiqarish.d) o‘rtoqlarcha o‘rgatish metodlari:— hayotning optimal rejimi, tartibining ketma-ketligi aniqlanadi,bir-biriga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi;— o‘rtoqlarcha ijodiy topshiriq berish, o‘quv va amaliymasalalarni bajarish;— do‘stona ijodiy o‘yinlar orqali jamoaning quvonchiga sherikbo‘lish tuyg‘usini shakllantirish;— o‘rtoqlarcha musobaqa, o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash;— do‘stlik an’analari: ko‘pchilik quvonchi va foydasi uchunjamoaning ilg‘or tajribalaridan ijodiy foydalanish.Umuman olganda, yuqorida zikr qilingan tarbiyaviy yo‘nalishlarva metodik ishlarning rang-barang turlari boshlang‘ichsinflarning kuni uzaytirilgan guruhlarida tarbiyaviy ishlarni tashkilqilish, ularni mazmunan to‘g‘ri hal qilishda juda katta ahamiyatkasb etadi.90


O‘QUVCHI SHAXSINI VA O‘QUVCHILARJAMOASINI O‘RGANISHBugungi kunda maktabning vazifasi har tomonlama rivojlanganshaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchilarniva o‘quvchilar jamoasini puxta o‘rganish asosan ikki yo‘l bilanamalga oshiriladi. Bir tomondan, umumpsixologik jarayonlarnazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, muayyan, aniq o‘quv tarbiyajarayoni zaruriy omildir.Bu sharoitda o‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rganishdaquyidagi talablar qo‘yiladi:1. Har bir o‘quvchining psixologik rivojlanishi jarayoninio‘rganish.2. Diagnostika hech qanday normaga binoan o‘tkazilmaydi.Diagnostika muayyan bir o‘quvchining ilgari aniqlangan xususiyatlarinitaqqoslaydi.3. O‘quvchining psixologik rivojlanishi barcha o‘qigan yillarimobaynidagi faoliyati bilan qiyosiy o‘rganiladi.4. Diagnostika yaqin orada bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlaydi.5. O‘qituvchining rivojlanish darajasini aniqlagandan so‘ng,uning mazmuni tekshiriladi.6. O‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rganish muayyanpedagogik vazifalarni bajarishga qaratilishi lozim.7. Pedagogik optimizm — bu o‘quvchi shaxsida hamkorlikva kelajakka ishonch tuyg‘usining tarkib topishiga erishishdir.8. O‘quvchining shaxsini psixologik o‘rganish umumiy ravishdaolib boriladi, psixologik rivojlanishning barcha tomonlario‘rganiladi.9. Eksperimental vazifalar o‘quvchi yoshiga mos bo‘lishi lozim.10. O‘quvchining psixologik rivojlanishini tekshirish, o‘quvtarbiyajarayonida olib borilishi lozim.Diagnostikaning o‘quv jarayonidagi vazifasi tarbiya, nazoratqilish va kelajakda bajariladigan ishlarni belgilashdan iborat.Diagnostika manbasi: mafkuraviy, ekologik, aqliy, axloqiy,mehnat, estetik va badantarbiyadir. Quyidagi maqsad va talablardankelib chiqib, biz diagnostika mazmunini aniqlaymiz.Shaxsning rivojlanganlik darajasini aniqlash; aniq bir taassurot91


natijasida o‘quvchi shaxsida bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilish;psixologik rivojlanishning imkoniyatlarini topish, izlash.Tarbiyachi o‘quvchilar va kichik jamoa haqidagi ma’lumotlarniyig‘ib, ularni tizimlashtiradi. Buning bir necha metodlari bor:Tekshirish metodlarining tabaqalanishi:I. Eksperimental bo‘lmagan metodlar:a) kuzatish;b) anketa tarqatish;d) suhbat;e) o‘quvchilar faoliyatining natijalarini tahlil qilish.II. Diagnostika metodlari:— baholash tartibi: bir, ikki, uch, to‘rt, besh.— bilim sifatini aniqlaydigan metodlar;— aralash metodlar.III. Tajriba metodlari:a) tabiiy tajriba (psixologik va pedagogik tajriba);b) modellashtirish tajribasi: axloqiy masalalarni hal qiluvchi;go‘zallik xususiyatlari, kerakli <strong>axborot</strong>ni eslab qolish;d) laboratoriya tajribasi.IV. Shakllantirish metodlari.To‘plangan ma’lumotdan tarbiyachi reja tuzishda foydalanadi.Buning uchun dastlab reja turlarini belgilaydi, tuzilishini, rejatuzish vositasini aniqlaydi. Bu ishlar o‘quvchilar bilan hamkorlikdao‘tkaziladi. Reja tuzishda quyidagi ma’lumotlar ishlatiladi:1. Tarbiya vazifalari;2. Diagnostika natijalari;3. Dasturlar va metodik hujjatlar.Quyida o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini ko‘rsatadigantaxminiy diagnostik dastur namunasi berilgan.O‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini ko‘rsatadigan diagnostik dastur92


Shaxsningxususiyatlari1. G‘oyaviyva siyosiyfaollik.2. O‘qishganisbatanmas’uliyat.3. Ijtimoiyfoydalimehnatgamunosabati.4. Jamoatishidajavobgarlikva burch.Yaqqol seziladiI darajaHar doim gazeta o‘qiydi,radio tinglaydi vateleko‘rsatuvlarni ko‘radi,siyosiy bilimini o‘z do‘stlariva o‘quvchilar orasidatarg‘ib qiladi.Tirishib o‘qiydi, bilimgaqiziqishi bor, mehnatsevar,yaxshi yutuqlarga erishgan,o‘z o‘rtoqlariga yordamberadi.Mehnatning jamoat uchunzarurligini tushunadi,mehnat to‘g‘risidagi bilimgaqiziqadi, o‘z-o‘ziga xizmatqilishni sevadi, boshqalarnimehnatga jalb etadiJamoat topshirig‘ini xohishva javobgarlik bilanbajaradi, boshqalardan hamshuni talab qiladi.Tarbiyalanganlik belgilariSeziladiII darajaHar doim gazeta o‘qiydi,radio tinglaydi vateleko‘rsatuvlar ko‘radi,siyosiy bilimi yaxshi, lekinsiyosiy bilimini targ‘ibqilmaydi. Bu ishni iltimosqilinganda va vazifaberilganda bajaradi.Tirishib o‘qiydi, bilimgachanqoq, mehnatsevar, lekino‘rtoqlariga kattalar iltimosqilganda va buyurgandayordam beradi.Mehnatning jamoa uchunkerakligini tushunadi, o‘zivijdonan mehnat qilishgaintiladi, lekin atrofdagilarnimehnatga jalb etmaydi.Kam seziladiIII darajaKerakli darajada bilimiyo‘q, ahyon-ahyondagazeta o‘qiydi.Tirishib o‘qimaydi,o‘qishga qiziqmaydi,uni doim nazoratqilish kerak,do‘stlarining o‘qishigae’tibor bermaydi.Pedagog va do‘stlaritalab qilsa, mehnatqiladi.Jamoat topshirig‘ini xohish vajavobgarlik bilan bajaradi,lekin boshqalardan buni talabqilmaydi.Topshiriqlarni qo‘luchida bajaradi,o‘qituvchilar vado‘stlar tomonidannazoratni talab qiladi.SezilmaydiIV darajaSiyosiy ma’lumotikam, gazetalarnikamo‘qiydi.Nazorat ostidaham o‘qishgaqiziqishi yo‘q.Yomon o‘qiydi.Jismoniymehnatnisevmaydi, talabva nazorat bo‘lsaham mehnatdanbosh tortadi.Jamoattopshiriqlaridanbosh tortadi,mas’uliyatsizlikkayo‘l qo‘yadi.Davomi93


5. Intizomlilik.6. Jamoatchilikvado‘stlik.7. Mehribonlik.8. Rostgo‘ylik.9. Soddalikvakamtarlik.10. Tejamkorlik.O‘zini namunaviy tutadi,maktabda, ko‘chada, uydamustaqil, o‘zini tutishqoidalariga rioya qiladi.Jamoaning manfaatlariniko‘zlaydi, do‘stlarini iltimosinixohish bilan bajaradi,jamoat ishlarini tashkiletadi.Mehribon, o‘z xohishi bilanqiyin damlarda odamlargayordam beradi, boshqalarniham mehribonlikkachaqiradi.So‘zining ustidan chiqadi,o‘qituvchi va do‘stlari bilanhamisha, o‘z xohishi bilankamchiliklarini bo‘ynigaoladi, boshqalardan hamshuni talab qiladi.Sodda va kamtarona kiyinadi,kamtarona munosabatdabo‘ladi, do‘stlari va kattalargaham shu xususiyatlarnitarg‘ib qiladi.O‘zining va xalq mulkinitejaydi, atrofidagilarni hamshunga chaqiradi.O‘zini yaxshi tutadi, lekinboshqalardan buni talabqilmaydi.Do‘stlarining iltimosinibajaradi, dilkash, jamoatmanfaatini ko‘zlaydi, lekinjamoa ishlarini tashkiletmaydi.O‘zi mehribon, odamlargaqiyin damlarda yordamberadi, lekin boshqalarnimehribonlikka chaqirmaydi.So‘zining ustidan chiqadi,o‘qituvchilar va do‘stlari bilanhamisha, o‘z xohishi bilankamchiliklarini bo‘ynigaoladi, lekin boshqalardan bunitalab qilmaydi.O‘zi sodda va kamtar, lekindo‘stlarini qo‘polligigabeparvo.O‘zi tejamkor, lekinboshqalarni bungachaqirmaydi.Faqat o‘qituvchi vado‘stlari nazorati ostidao‘zini tutish qoidalarigarioya qiladi.O‘qituvchi yoki jamoaa’zolari talabi tufaylijamoa ishidaqatnashadi.O‘qituvchi yoki jamoabuyurganda do‘stlarigava qariyalarga yordamberadi.Va’dasini hamishabajarmaydi, kattalaryoki do‘stlari ko‘rsatgandaham o‘zxatosini tezda bo‘ynigaolmaydi.Kattalar va do‘stlariatrofida kamtar.Nazorat ostidatejamkorlik qiladi.Pedagoglar vado‘stlar talablarigaqaramasdanintizomni buzadi.Aloqa, dilkashlikdanbosh tortadi,manman,faqat o‘zinio‘ylaydi.Mehribon emas,do‘stlarinihaqorat qiladi.Ko‘pincharostgo‘y emas,kattalarni vado‘stlarinialdaydi.Do‘stlariganisbatan o‘zinikatta tutadi,birovni kamsitadi,doim kekkayadi.Tejamkor emas,maktab mulkigazarar keltiradi.94


KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLARDA KUN TARTIBIMaktabda kuni uzaytirilgan sinf, guruh o‘quvchilari uchundars soatlaridan tashqari yana 30 soat haq to‘lanadigan pedagogikvaqt mavjuddir. Vaqtni ratsional taqsimlash, undan to‘g‘rifoydalanish bolalar kamolotiga, sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir etadi.A. S. Makarenko bolalarning kun tartibi haqida gapirib, uningo‘quvchida mustahkam xarakterni tarbiyalashda, zarur ko‘nikmalarhosil qilishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan edi.Bolalarning kuni uzaytirilgan sinf va guruhdagi vaqti to‘g‘ritaqsimlangan kun tartibi asosida o‘tishi kerak. Kun tartibi, avvalta’kidlaganimizdek, bolaning garmonik rivojlanishini nazardatutgan holda, ta’lim va tarbiya ishining sifatini yaxshilash,shuningdek, maktab, ota-onalar va jamoatchilikning imkoniyatlarigamoslashtirib tuzilishi zarur.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda 30 soat vaqtni taxminanquyidagicha taqsimlash mumkin:Hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulot Sinflar bo‘yicha soatlar soniturlari I sinf II—III sinflar1 2 3Darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlariIjtimoiy-foydali mehnat, texnik ijodiy ishlarBadantarbiya (ochiq havoda mashg‘ulotlar) 2 2Badiiy-estetik tarbiya (tasviriy ijod, musiqa,teatr, adabiyot mashg‘ulotlari)3 3Rejalashtirilgan ijtimoiy-tashkiliy faoliyat 1 1Ovqatlanish, sayr (ochiq havodabadantarbiyani hisobga olmaganda)619210 10Bo‘sh vaqt (o‘yinlar, 1-sinflarda uyqu) 7 3Vaqtni bu tarzda taqsimlash dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarnihisobga olgan holda maktabning yagona ta’lim-tarbiyarejasi va haftalik kun tartibi mukammal jadvalini tuzishimkoniyatini yaratadi. Kuni uzaytirilgan guruh kun tartibi darsnio‘z vaqtida tugatish, toza havoda sayr qilish, ikki marta ovqatlanish,ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanish, birinchi, ikkin-95


chi sinf o‘quvchilarining hamda sog‘lig‘i zaif bo‘lgan bolalarninguxlab dam olishlari, bo‘sh vaqtda to‘garaklarga qatnashish, uyvazifasini bajarish, ochiq havoda harakatli o‘yinlar o‘ynash, sinfxonalarini tozalash kabi tadbirlarni bajarishni nazarda tutganholda tuziladi. Bu faoliyat turlarining hammasini 9—10 soatgagigiyenik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri taqsimlash kuni uzaytirilgansinf va guruhlar kun tartibining asosiy vazifasidir.Kundalik rejim bolalarni baquvvat va ruhan chiniqqan holdatarbiyalashda muhim omillardan biridir. Kundalik rejim har kunitakrorlanib turuvchi, bolalarning barcha faoliyatiga ijobiy ta’siretuvchi omildir.Kun tartibi maktab ma’muriyati, maktab shifokori, tarbiyachilar,o‘qituvchilar va ota-onalar qo‘mitalari bilan hamkorlikdamaktab sharoiti va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlabchiqilishi kerak.Kun tartibini tuzish jarayonida guruhdagi bolalarning qiziqishdoirasi, yosh xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarur.Bu aniq kundalik rejimning vujudga kelishini ta’minlaydi.Kundalik rejimda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlariga, mehnat, damolishga, badiiy kitoblar o‘qishga yetarli vaqt ajratish va shunarsalarga ko‘nikmalar hosil qilish bolalarning garmonik (hartomonlama) rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Tarbiyachi o‘quvchilarning dars tayyorlashini pedagogik vametodik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazsa, vaqtdan unumli foydalansa, ukun tartibining shunchalik to‘g‘ri bajarilishiga erishadi. Ayrimkuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari dars tayyorlashpaytida «Tez bo‘l», «Qachon bo‘lasan», «Qachongacha o‘tirasan».Guruhda bir yoki ikkita sekin ishlovchi o‘quvchi bo‘lishi mumkin,lekin belgilangan vaqt ichida sinfdagi ko‘pgina o‘quvchilartopshiriqni bajarib ulguradilar. Bu bolalar kundalik rejimda mustaqildars tayyorlashdan keyin aks ettirilgan navbatdagi to‘garakmashg‘ulotlari, ijtimoiy foydali mehnat yoki har xil o‘yinlargaqatnashishlari, ulgurmagan o‘quvchilar esa yuqoridagi mashg‘ulotlarningbiridan qoldirilishi mumkin. Tarbiyachi vazifani ishlabulgurmagan o‘quvchi bilan ishlashi, dars tayyorlab bo‘lgan bolalarbilan to‘garak rahbarlari yoki «Kamolot» YIH, «Kamalak»,tashkiloti faollari shug‘ullanishi mumkin, bu esa bolalarningnazoratsiz qolish hollariga butunlay barham beradi.96


Keyingi yillarda maktab rahbarlari ilg‘or kuni uzaytirilganguruh rahbarlari, tarbiyachilari ta’lim-tarbiyaning samaraliroq usulva shakllaridan foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar.Bunda o‘qituvchi uyga berilgan vazifalarni bajartiradi, tarbiyachiesa ovqatlantirish, sayr qildirish, ashula ayttirish, badantarbiyamashqlarini bajartirish, rasm solishga havas uyg‘otish va turlitumano‘yinlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu ta’lim-tarbiyaishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, o‘qituvchi va tarbiyachininghamkorligini mustahkamlaydi, tarbiyachining obro‘sini oshirishgayordam beradi.Respublikamizdagi ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarish faoliyatida, ayniqsa, katta sinflarda yuqoridagi variantdanboshqacharoq uslubda ish olib borilmoqda. Bunda o‘qituvchikunning birinchi yarmida yarim stavka dars mashg‘ulotlari bilanshug‘ullansa, ikkinchi yarmida tarbiyachi sifatida yarim stavkahisobida murakkab bo‘lgan fanlar yuzasidan mustaqil darstayyorlashni o‘tkazadi. Bunday usulni kuni uzaytirilgan sinf vaguruhlari ko‘p bo‘lgan maktablarda amalga oshirish samarali vaqulaydir. Ko‘pgina tadqiqotlar va amaliy ish tajribalari tarbiyachilikva o‘qituvchilik vazifalarini birga qo‘shib olib borishpedagogik jihatdan maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.O‘qituvchining bu xildagi ishi bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yishda ijobiy rol o‘ynaydi. Chunki u har bir o‘quvchining darsjarayonidagi faoliyatini va xulqini juda yaxshi biladi. Bu, o‘znavbatida, o‘quvchilarning intizomini mustahkamlashda, ularnio‘quv vazifalarini va jamoat topshiriqlarini aniq, tartibli bajarishgaodatlantirishda, tarbiya davomida ishni to‘g‘ri tashkil qilishda judakatta yordam beradi.* * *Afsuski, ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda chalkashliklarva bir tomonlamalik hollariga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Kuzatishlarimizshuni ko‘rsatadiki, ba’zi maktab tarbiyachilari kuntartibiga rioya qilmay, o‘z xohishlari bilan ish olib borganlaridamaktab rahbarlari bunga e’tibor bermaganlar. Bunday holda ba’ziguruh bolalari o‘yin, mehnat bilan shug‘ullansa, ko‘plari to‘garaklarda,ayrimlari mustaqil dars tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladilar.Oqibatda kim nima bilan shug‘ullanganini aniq bilish qiyin bo‘libqoladi. Shuningdek, ayrim guruhlarning mustaqil dars tayyorlash7—K. Hoshimov97


vaqti, boshqa guruhlarning dam olish, o‘ynash yoki boshqa mashg‘ulotlarbilan shug‘ullanishiga parallel kelib qolishi natijasida,koridor va boshqa xonalardagi bolalarning shovqin-suronlarimustaqil dars tayyorlayotgan guruh bolalarining unumli va sifatliishlashlariga xalaqit beradi.Kun tartibini tuzishda fasllarni ham e’tiborga olish foydadanxoli emas. Masalan, qishda sport va harakatli o‘yinlar tushdankeyin ochiq havoda o‘tkazilsa, yaxshi bo‘ladi. Chunki tushdankeyin havo biroz iliydi. Yozda esa, bu kun tartibiga amal qilibbo‘lmaydi, chunki yozda kunning ikkinchi yarmida havo issiqbo‘lishi tufayli bu vaqtda bolalarni dam oldirishga, kunningoxirida esa mehnat va sport bilan shug‘ullantirishga to‘g‘ri keladi.Tuzilgan ma’lum rejim asosida ishlash insonda quyidagisifatlarni, chunonchi, boshqaruvni, tartibni, estetik didni tarbiyalaydi.Shuni eslatish lozimki, o‘quvchilarning ochiq havoda kambo‘lib, ishlar bilan haddan ziyod ko‘p shug‘ullanishi bolaningcharchashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarningvaqtini shunday aniq rejalashtirish kerakki, bunda ularning hamo‘qishlari, ham dam olishlari, ham ovqatlanishlarining vaqti to‘g‘ritaqsimlansin. Bu o‘quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan tezrivojlanishiga yordam beradi.Demak, kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh kun tartibinirejalashtirishda quyidagilarga ham e’tibor berish kerak:— o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlarinie’tiborga olish;— o‘quvchilarning ochiq havoda maksimal ravishda bo‘lishi;bolalar jamoasida ish ustidan aniq nazorat olib borish;— ularning faoliyati ustidan muntazam talabchanlik o‘rnatish.Yuqoridagi talablarga ko‘pgina maktab jamoalari amal qiladilarva ularning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bir kunlik kun tartibrejasiga amal qilinishi, o‘quvchilarning o‘qish va ish faoliyatiga,sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, qon aylanishi,nafas olish organlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashgaijobiy ta’sir qiladi, bosh miya po‘stlog‘ining charchab qolishinikamaytiradi va bolaning ish qobiliyatini oshiradi.Bolalarda ishlash qobiliyati kun bo‘yi ikki marta ko‘tarilib,bir marta pasayadi. Kuzatishlarga qaraganda, ishlash qobiliyatiningko‘tarilishi soat 8 dan 11 gacha va soat 16 dan 17 gachadavom etadi, soat 11 30 dan 14 00 gacha hamda 19 00 dan keyin98


keskin ravishda pasayadi. Shuning uchun uy vazifalariningbajarilishi bolalarning fikrlash qobiliyatlarining ko‘tarilgan paytigamo‘ljallanadi — (9 dan 11 gacha, II navbatdagilar uchun soat15 dan 17 gacha). I guruhlarda ishni uyushtirishda shuni hame’tiborga olish kerakki, bolalardagi mavjud ishlash qobiliyati haftadavomida o‘zgarib turadi. Dushanba kunidan boshlab o‘quvchilarmaktab hayotiga asta kirib boradilar. Haftaning o‘rtasiga kelibesa (chorshanba, payshanbada) yosh organizm o‘zida charchashalomatini sezadi. Juma, shanba kunlarida esa charchash judakuchli bo‘lganligi sababli bolalarda ishlash qobiliyati keskin ravishdapasayadi. Alohida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,o‘quvchilarda ishlash qobiliyati kun, hafta, chorak, yarimyillik, hatto butun o‘quv yili davomida o‘zgarib boradi. O‘quvchilardagiishlash qobiliyati yozgi ta’tildan keyin ancha pastbo‘ladi, chunki bola keskin ravishda o‘zgartirilgan rejimga vao‘quv ishlariga asta-sekin o‘rganib boradi. Bolaning ishlashqobiliyati maksimum I chorak oxirida esa past bo‘ladi. Davriyravishda o‘quvchilarda ishlash qobiliyatini oshirish uchun ularningkun tartiblaridagi unumli dam olishdan ratsional foydalanishkerak.O‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqtini ikki davrga bo‘lishkerak: o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin uy vazifalarini bajarishgabo‘lgan payt va uy vazifalarini bajarib, uyga ketishgacha bo‘lganpayt. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, birinchi davrda o‘quvchilargaqo‘shimcha aqliy vazifani yuklash, ya’ni, suhbatlar, to‘garakdagimashg‘ulotlarni o‘tkazish ularning asab tizimiga salbiy ta’sirko‘rsatadi. Ikkinchi davr esa, yosh organizmning ishlash qobiliyatinitiklashga imkon yaratadi. Mana shu davr davomida bolalarturli xil to‘garaklarda qatnashishlari, televizion tomoshalarni, kinova diafilmlarni ko‘rishlari, kitob mutolaa qilishlari mumkin. Lekinshunga qaramasdan o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqisho‘quvchilarda yo‘qolmasligi zarur. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar1—1,5 soat davom etishi kerak. Teleko‘rsatuvlarni, kino vadiafilmlarni ko‘rish haftada 2 marta uyushtiriladi. Bu bolalarningko‘rish qobiliyatini pasaymasligini ta’minlaydi. Tajriba shuniko‘rsatadiki, turli xil qiziqarli suhbatlar o‘tkazish o‘quvchilardaaxloqiy-estetik va tarbiyaviy hislarning tobora o‘sib borishida kattarol o‘ynamoqda. Bu ishlar hafta boshida o‘tkazilishi zarur, chunkibu paytda o‘quvchilarda hali tetiklik yo‘qolmagan bo‘ladi.99


«O‘rta umumiy ta’lim maktabi standarti»da o‘quvchilarga uyvazifalarini bajarishlari uchun I sinfda — 1 soat; II sinfda —1,5 soat; III va IV sinflarda — 2 soat; V—VI sinflarda — 2,5soat; VII sinfda — 3 soat; VIII—X sinflarda — 4 soat vaqt tavsiyaqilingan. Shuningdek, bunda o‘quvchilarning uydagi har xilvaziyat, sharoit va turli chegaralangan imkoniyatlar asosida darstayyorlashi ko‘zda tutilgan.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhda esa mustaqil darstayyorlashni tashkil etish va uni o‘tkazishning o‘ziga xosxususiyatlari, qulayliklari va katta imkoniyatlari borligi tufayli shuvaqtni minimum darajagacha qisqartirish mumkin.Olib borgan tajribalarimiz va ko‘p yillik kuzatishlarimizo‘quvchilarning uy vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun I—IIsinflarda — 1 soat, III sinfda — 1 soat-u 30 daqiqa, IV sinfda —1 soat-u 40 daqiqa, V—VI sinflarda — 2 soat, VII—VIII sinflarda— 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq ekanliginiko‘rsatdi.Kundalik rejimda uy vazifasini mustaqil bajarish uchunajratilgan vaqt ichida qisqa tanaffus qilib turish ko‘zda tutilishizarur. Chunki bolaning miyasi tez charchaydi, stulda yoki partadaqimirlamay o‘tirishi natijasida ba’zan oyoqqa qon to‘planib qolishiqon harakatini qiyinlashtirishi mumkin. Qon aylanishiningbuzilishi organizmning normal ishlashini izdan chiqaradi: bolanipassivlashtiradi. Demak, yana ta’kidlaymizki, o‘quvchilarningo‘quv materiallarini to‘la o‘zlashtirishi, uy vazifalarini sifatli bajarishiuchun ular tez-tez tanaffus qilib, harakatli ish bilanshug‘ullanishlari lozim. Pedagog-tarbiyachilar bunga alohidae’tibor berishlari zarur. Mustaqil dars tayyorlash vaqtida har birfandan berilgan vazifani bajarib, matematikadan berilganvazifalarni ishlashga o‘tishdan oldin kamida 3—5 daqiqalik damolishni tashkil qilish kerak.Dam olish kundalik, haftalik va yillik bo‘ladi. Kundalik damolishning asosiy turi uyqudir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,boshlang‘ich sinf, ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilarining kunduzgiuyqusi, ularning ish qobiliyatini 25 foizga qadar oshiradi. Uxlabhordiq chiqarish boshqa faol dam olishlarga nisbatan charchoqniyozadigan va kuch-quvvatni asliga qaytaradigan muhim omillardanbiridir. Ammo keyingi yillarda bolalarning kechki teleko‘rsatuvlarniuzoq muddat tomosha qilishi, kech yotib, erta turishi,100


ayrim tarbiyachilarning kunduzi ham guruhdagi bolalarni har kuniteleko‘rsatuvga jalb etishi, ularning uyqusi qisqarishiga sababbo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, organizmning charchashiga,asablarning taranglashishiga olib kelmoqda. Shuning uchunimkoni boricha barcha bolalarni uxlatishga erishish kerak.Kundalik rejimda kunduzgi uyqu uchun qishda 1 soat, yozoylarida esa 1 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir.Ayrim tarbiyachilar bolalarni tez uxlatish uchun kitob o‘qibyoki ertak aytib berishni afzal ko‘radilar. Bu bilan bolalarningtinch, yaxshi uxlashiga erishib bo‘lmaydi. Aksincha, ertak, qissava hikoyalar bolalarda kuchli taassurot qoldirishi, natijada ularninguyqusi buzilishi mumkin.Bolalar uyqudan turgach, uy vazifasini mustaqil bajarishgatayyorlanadilar. Shu vaqt ichida yuz-qo‘llarini yuvib, ochiqhavoda harakat qiladilar, so‘ngra uy vazifasini bajarish uchun sinfxonalariga, o‘quv xonalariga kiradilar.Bolalar I—II sinflarda — 1 soat, III sinf — 1 soat-u 30 daqiqaberilgan uy vazifasini mustaqil bajaradilar. Pedagog-tarbiyachiningshu jarayondagi muhim vazifalaridan biri bolalarning bir xildafaol mehnat qilishiga erishishdan, vaqtdan unumli foydalanishdaniboratdir. Tarbiyachi kun tartibida belgilangan vaqtga doimo amalqilsa, o‘quvchilar tartib bilan unumli ishlashga o‘rganadilar. Agarbolalarga bir kun — bir soat, ikkinchi kuni — bir soat-u 40daqiqa, uchinchi kuni esa — 50 daqiqa vaqt ajratilsa, bolalar birxil rejim bilan ishlashga odatlanmaydilar. To‘g‘ri, ayrim kunlariuyga berilgan vazifalar osonroq bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtdapedagog-tarbiyachi qo‘shimcha ish tashkil qilishi va kun tartibidako‘rsatilgan vaqtda ishni tugallashni mo‘ljallashi lozim.Bolalar uy vazifasini mustaqil bajargandan keyin 30 daqiqamaktabda bo‘lib, bu vaqtda ular sinfdan tashqari ishlar bilan, ya’nitabiatga sayohat uyushtirishlari, kino va diafilmlar ko‘rishlari yokikitob o‘qish va ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanishlarimumkin. Uyga ketishga 10 daqiqa qolganda bu ishlar tugatiladi.Chunki qolgan 10 daqiqa ichida bolalar maktab formalarini kiyib,uyga ketadilar. Yuqoridagi fikrlarimizga asoslanib tuzilgan va kuniuzaytirilgan maktab, sinf, guruh faoliyatida sinalgan quyidagirejimni keltiramiz.Birinchi smenada o‘qiydigan va kuni uzaytirilgan sinf yokiguruhga qatnashuvchi I—II sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan kun101


tartibi:Dars jarayoni 9.00—12.40O‘quvchilarni qabul qilish: 12.40—13.00(ochiq havoda sayr qilish, dam olish,tushki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish)Tushki ovqat 13.00—13.30Ochiq havoda o‘ynash, sayr qilish 13.30—14.10Kunduzgi uyqu 14.10—15.10Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlariga qatnashishva o‘zlari sevgan mashg‘ulotlarbilan shug‘ullanish) 15.10—15.55Peshingi ovqat 15.55—16.10Uy vazifasini bajarish 16.10—17.10Ochiq havoda bo‘lish, sayr qilish vauyga ketish 17.10—17.40Respublikamizdagi ayrim maktablarda sharoit nuqtayi nazaridanI—II sinflarda o‘qish ikkinchi smenada ham olib borilmoqda.Shuning uchun ikkinchi smenada o‘qiydigan va kuniuzaytirilgan sinf va guruhga qatnashuvchi I—II sinf o‘quvchilariuchun quyidagicha kundalik rejimni tavsiya etamiz:Sayr va badantarbiya 9.00—9.30Uy vazifasini bajarish 9.30—10.30Nonushta 10.30—10.45Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlari, o‘zlarisevgan mashg‘ulotlar bilanshug‘ullanish) 10.45—11.30Kunduzgi uyqu (agar imkoniyati bo‘lsa,bo‘lmasa toza havoda o‘yinlaro‘ynash, sayr qilish) 11.30—12.30Tushki ovqat 12.30—13.00Toza havoda sayr qilishva dam olish 13.00—14.00Dars jarayoni 14.00—17.40Kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuvchi III sinf o‘quvchilariuchun tuzilgan kun tartibi I—II sinf o‘quvchilari uchun tuzilgankun tartibidan ancha farq qiladi. III sinfda o‘quv rejasigamuvofiq bir haftada 28 soat dars bo‘ladi. Topshiriqlar hajmi hamdars soatlariga muvofiq ko‘payib boradi. Uyga berilganvazifalarning ko‘pchiligini hisobga olib, kunduzgi uyqu vaqtidakuni uzaytirilgan guruhda bolalar uxlatilmaydi, faqat sog‘lig‘i zaifbolalargina uxlatiladi, xolos.102


Birinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuvchiIII sinf o‘quvchilari uchun kundalik rejimni quyidagichatuzish mumkin:Dars jarayoni 9.00—12.40 13.35O‘quvchilarni qabul qilib olish(ochiq havoda sayr qilish, dam olish,tushlik ovqatga tayyorgarlik ko‘rish) 12.40—13.00 13.35—13.55Tushki ovqat 13.00—13.30 13.55—14.25Ochiq havoda bo‘lish, o‘yin, sayr,ijtimoiy-foydali mehnat kabilar 13.30—14.10 14.25—15.05Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlariga qatnashishva o‘zlari sevgan mashg‘ulotlarbilan shug‘ullanish) 14.10—15.25 15.05—16.20Peshingi ovqat 15.25—15.40 16.20—16.35Uy vazifasini bajarish 15.40—17.10 16.35—18.05Ochiq havoda sayr qilish va uygaketish 17.10—17.40 18.05—18.35Tarbiyalanuvchilar toliqib qolmasliklari uchun ularni to‘rtmahal ovqatlantirish lozim: ertalabki nonushta, dars o‘rtasidagikatta tanaffusda ikkinchi nonushta, tushki ovqat va kechki ovqat.Shuningdek, mustaqil o‘quv mashg‘ulotlari o‘rtasida tanaffusdavrida kech tushki ovqat uyushtirilishi kerak.Quyida maktab-internatning 1—8-sinflarida tarbiyalanuvchilaruchun tavsiya etilgan rejimning taxminiy sxemasini keltiramiz:Kun tartibiUyqudan turish,ertalabki gimnastika,oyoq-qo‘lniyuvish, yotoqxonaniyig‘ishtirish1-sinf 2—4-sinflar7.00—7.40Nonushta 7.40—8.00Sayr qilish 8.00—8.30O‘quv mashg‘ulotlariHarakatli o‘yinlarva sport o‘yinlari8.30—12.0012.00—13.307.00—7.407.40—8.008.00—8.308.30—12.0012.30—13.305—6-sinflar7.00—7.407.40—8.008.00—8.308.30—14.007-sinf7.00—7.407.40—8.008.00—8.308.30—14.008-sinf7.00—7.407.40—8.008.00—8.308.30—14.00— — —103


Kun tartibiTushki ovqat 13.30—14.00Tushki ovqatdankeyingi uyquOchiq havodagio‘yinlar, ijtimoiyfoydalimehnatMustaqil o‘quvmashg‘ulotlariBo‘sh vaqt (o‘zi yoqtirganijodiy faoliyat), to‘-garak ishi, ijtimoiyfoydalimehnat vaboshqalar1-sinf 2—4-sinflar14.00—15.0015.00—16.0016.00—17.0017.00—19.00Kechki ovqat 19.00—19.30Bo‘sh vaqt vauxlashdan oldingi sayrYuvinish, kiyim vapoyabzalni tozalash19.30—20.0020.00—20.3013.30—14.005—6-sinflar14.00—14.307-sinf14.00—14.30Davomi8-sinf14.00—14.30— — — —14.00—16.0016.00—17.3017.30—19.0019.00—19.3019.30—20.0020.00—20.3014.30—16.0016.00—18.0018.00—19.3019.30—20.0020.00—20.3020.30—21.0014.30—16.0016.00—18.3018.30—19.3019.30—20.0020.00—21.0021.00—21.3014.30—16.0016.00—18.3018.30—20.0020.00—20.3020.30—21.3021.30—22.00Uyqu 20.30 20.30 21.00 21.30 22.00III sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan guruhning sinfdantashqari ishlarini tashkil etish o‘ziga xos xarakterga egadir. Bundamaktab qoshida tashkil qilingan turli xil to‘garak mashg‘ulotlaridaishtirok etishlari, ijtimoiy-foydali ishlar bilan shug‘ullanishlari,kutubxonada ishlashlari, harakatli, didaktik o‘yinlartashkil etishlari mumkin.Tavsiya etilgan kun tartibida salomatligi zaifroq bolalarninguxlashi uchun alohida vaqt ajratilmagan. Agar sinf va guruhdasalomatligi zaif bolalar bo‘lsa, ularning bo‘sh vaqt uchunko‘rsatilgan vaqtda uxlab dam olishlariga imkoniyat yaratib berishkerak. Ikkinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhgaqatnashuvchilar uchun darsning 4 yoki 5 soat bo‘lishi rolo‘ynamaydi. Bundan tashqari ularning peshingi nonushta qilishlariham hisobga olinadi. Chunki, ko‘pincha bolalar turli sabablargako‘ra ertalab maktabga yaxshi ovqatlanib kelmaydilar.104


Ikkinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuvchiIII sinf o‘quvchilari uchun quyidagi kun tartibi tavsiya etiladi:Sayr va badantarbiya 9.00—9.30Uy vazifasini mustaqil bajarish 9.30—11.00Nonushta 11.00—11.15Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlari, o‘zlarisevgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish)11.15—12.00Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr,ijtimoiy-foydali mehnat kabilar) 12.00—13.00Tushki ovqat 13.00—13.30Sayr, dars jarayoniga tayyorgarlik 13.30—14.00Dars jarayoni 14.00—17.40 (18.35)Keyingi yillarda maktab tajribalari asosida ikki xil kun tartibivujudga keldi. Bunda vaqt quyidagicha taqsimlanadi:I variantGuruhga kelish,erkin mashg‘ulotlar,o‘z-o‘ziga xizmat,tushki ovqatga tayyorgarlik 12.15(12.30)—13.00Tushki ovqat 13.00—13.30Sayr 13.30—15.00Dars tayyorlash 15.00—16.00—(16.30)Klub soati 16.00 (16.30)—17.00(17.30)O‘z-o‘ziga xizmat, uyga ketish 17.00 (17.30)—18.00Agar ob-havo ochiq, yaxshi bo‘lsa, bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashmaqsadida klub mashg‘ulotlarini sayr nuqtayi nazaridantashkil qilish mumkin. Asosan maktablarda 16.00 da peshingichoy tashkil etiladi.II variantBolalarni qabul qilish, sayr,o‘yinlar, maktab atrofida mehnat 8.30—9.30Uy vazifalarini tayyorlash 9.30—10.30(11.00)Ikkinchi nonushta 11.00—11.15Klub soati 11.15—12.15Sayr, tushki ovqat, maktabga, ya’nidarsga borish 12.15—13.30 (14.00)Agar maktabda kichik yoshdagi (I—II) sinf o‘quvchilarini uxlatishimkoniyati bo‘lsa, uyqu uchun vaqt sayr qilish va qiziqish-105


lari bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning qisqartirilishihisobiga uyushtiriladi.Uyqu qo‘shilganda kun tartibi quyidagicha tuziladi:Guruhga kelish 12.15—12.30Sayr 12.30—13.30Tushki ovqat 13.30—14.00Uyqu 14.00—15.00Dars tayyorlash 15.00(15.30)—16.00(16.30)Klub mashg‘ulotlariyoki ikkinchi sayr 16.30—17.30Uyga ketish 17.30—18.00Ilg‘or maktab ma’muriyati va pedagoglar sinf hayoti kuntartibini bolalarning oiladagi sutkalik hayoti tartibi bilan moslashtirganholda tuzmoqdalar.Bu quyidagicha:Rejim vaqti I sinf II—III sinflar7.00—7.30 O‘rindan turish, yuvinish,badantarbiya, o‘rinniyig‘ishtirish7.30—8.00 O‘rindan turish, yuvinish,badantarbiya8.00—8.30 Nonushta, maktabgakelish8.30—17.30 Sinfdagi va guruhdagi mashg‘ulotlar106Nonushta, maktabgatayyorgarlik, kiyinishSayr, maktabga kelish18.00—19.00 Sayr, dam olish, oila ishlariga yordam, kechki ovqat19.30—20.30 O‘qish, erkin mashg‘ulotlar, oilaga yordam.(30 daqiqalik sayr ham bo‘lishi mumkin)20.30—21.00 Uyquga tayyorgarlik, uyqu1986-yilning 1-sentabridan boshlab olti yoshli bolalarni astasekinbosqichma-bosqich 1-sinflarga qabul qilish boshlandi.Bunday sinflar maktablar qoshida, bolalar bog‘chalarida ochildi.O‘sha yili birinchi sinflarda 71,1 ming olti yoshli bola,shundan 54,1 ming bola maktablarda, 17 ming bola bolalarbog‘chalarida o‘qiy boshladi.1-sinfda bolalarning o‘qish muddati 32 o‘quv haftasidan iboratbo‘lib, olti yoshli bolalarga faqat birinchi smenada ta’lim berildi.Bolalar uchun maktab rejimini ratsional tashkil etish kattaahamiyat kasb etadi. 6 yoshli bolalar maktabda soat 17—18 gacha


qolishadigan bo‘lishsa, ular, albatta kunduzi 2 soat uxlashlari,2—3 soat faol dam olib, sayr qilishlari, jismoniy sog‘lomlashtirishmashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari va 3 marta ovqatlanishlarikerak.O‘quv yili davomidagi jadvalni tuzishda maktabning barchao‘quvchilariga ko‘zda tutilgan ta’tillardan tashqari 23-fevraldanboshlab bir haftalik qo‘shimcha ta’til o‘tkazish ham tavsiya etiladi.To‘g‘ri rejimni tashkil etish uchun maktablarda ham, maktabgachatarbiya bolalar muassasalarida ham optimal sharoitlaryaratish, maktab va bolalar bog‘chasi ish rejimiga xalaqit bermaslikuchun olti yoshlilar doirasini belgilab qo‘yish lozim.Takror aytamizki, olti yoshli bolalarning kuni uzaytirilganguruhlarda qancha vaqt bo‘lishi va ketish tartibi maktab direktorihamda ota-onalarning o‘zaro fikr almashuvi bilan belgilanadi.Sobiq pedagogika fanlari Akademiyasi bolalar va o‘smirlar fiziologiyasiilmiy tadqiqot instituti 6 yoshli tayyorlov sinflariningkuni uzaytirilgan guruhlari uchun quyidagi taxminiy kun tartibinitavsiya etadi:13.00—13.30 tushlik;13.30—15.30 uyqu;15.30—15.45 o‘rnini yig‘ishtirish;15.45—16.20 o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish,tinch o‘yinlar o‘tkazish;16.20—16.40 peshingi ovqat;16.40—18.00 sayr qilish, ochiq havoda harakatli o‘yinlar.Ta’tillar davrida va shanba kunlari ertalabki soatlarni o‘zlariqiziqqan mashg‘ulotlarni bajarishga, sayohatlar, uzoq vaqtli sayrlarhamda ochiq havoda badantarbiya va harakatli o‘yinlar o‘tkazishgaajratish maqsadga muvofiqdir.Maktab-internatning kundalik tartibi umumiy ta’lim maktabiningkundalik tartibidan ancha farq qiladi. Ya’ni, u o‘quvchiningyarim kunini emas, balki butun kunini qamrab oladi. Shuningdek,o‘quvchilarning sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etish,ularni maqsadga muvofiq ravishda ovqatlantirish va organizmlarinichiniqtirish uchun qulay sharoitlar vujudga keltiradi (105-betgaqaralsin).Kundalik tartibning maktab-internat tarbiyalanuvchilari bolalarningochiq havoda bo‘ladigan paytlar bilan bog‘liq jihatlariga107


alohida e’tibor berishlari kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchilar3,5—4 soat, yuqori sinflarning tarbiyalanuvchilari esa 2—2,5 soatochiq havoda bo‘lishlari lozim. Buni amalga oshirish uchunayrim fanlarni, ya’ni badantarbiya, biologiya, geografiyadarslarini tez-tez sinfdan tashqarida o‘tkazish foydalidir.Maktab-internatning shiyponlaridan tizimli ravishda foydalanishlozim. Ko‘pgina to‘garaklar va sport seksiyalari mashg‘ulotlariningsinfdan tashqarida o‘tkazilishi, turli xil sayohatlargachiqish — bularning hammasi bolalarning ochiq havoda bo‘lishvaqtini ancha uzaytirish imkoniyatini beradi. Agar kuniuzaytirilgan IV—VIII sinflarning kundalik rejimida asosiy e’tiboro‘quvchilarning maktabdagi to‘garak ishlarida ishtiroki, maktabustaxonasida ishlashi, otaliqqa olingan tashkilotlarga yordamqilish, ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilinishi, uy ishlarida yordamlashishikabi ishlarga qaratilsa, I—III sinflarnikida esaasosan harakatli o‘yinlar o‘ynash, diafilm va kinofilmlar ko‘rish,sayohat va sayillar tashkil etish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish kabilarasosiy o‘rinni egallaydi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarningtarbiyachilaridan kundalik tartibdan ijodiy foydalanish vao‘quvchilar guruhini hisobga olish talab qilinadi. Agar guruhI—II—III sinf o‘quvchilaridan tuzilgan bo‘lsa, u vaqtdapedagog-tarbiyachi I—II sinflar va III sinflar uchun tuzilgankundalik tartiblardan ijodiy foydalanishi lozim. Masalan, IIIsinflarda 5 soat dars bo‘lganda, pedagog-tarbiyachi I—II sinfbolalari bilan ishlashi, I—II sinf bolalari uxlagan vaqtda esa IIIsinf bolalari bilan kundalik tartibda ko‘rsatilgan tadbirlarniamalga oshirishi mumkin. Kuni uzaytirilgan guruhlar II—IIIsinf o‘quvchilaridan tashkil topgan bo‘lsa, kundalik tartibdagitadbirlarni to‘la amalga oshirishga maktab «Kamalak» tashkilotiva «Kamolot» YIHni, o‘quvchilar jamoasi faollarini, guruhyetakchilarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir.Kuzatishlarimiz yuqoridagi kundalik tartibda ish olib borilgansinf va guruh o‘quvchilarining yuqori o‘zlashtirishga erishayotganlariniko‘rsatdi. Lekin bunday natijaga osonlik bilan erishilmaydi.Buning uchun kundalik tartibda ko‘rsatilgan barcha tadbirlarningbajarilishi yoki o‘tkazilishini maktab ma’muriyati, maktabshifokori, ota-onalar va jamoatchilik nazorat qilib borishi va butadbirlarning amalga oshirilishiga har tomonlama yordamlashishlarizarur.108


Bolalarning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, ular shunchalikko‘proq uxlashlari kerak. Bolaning yoshi ulg‘aygan sari uyqumuddati kamaya boradi, 7—9 yashar bolalar 10,5—11 soat,10—12 yashar bolalar 9,5—10 soat, 13—15 yashar bolalar esa9—9,5 soat uxlashlari lozim. Buning uchun bola kechki 9—10dan kechikmay uxlashga yotishi zarur. Bola uxlaydigan xonayaxshi shamollatilgan, shovqin eshitilmaydigan bo‘lishi hamdaxonaning harorati 18°C dan oshmay, unda ko‘p bolalar yotmasligimaqsadga muvofiqdir. Agar maxsus ajratilgan xonalar yetishmasa,u holda veranda, zal, sinf xonasi va zal tipidagi joylardan bolalaruxlaydigan xona sifatida foydalanish mumkin. Buning uchunyig‘ma mebellar bo‘lishi kerak.RF Pedagogika fanlari Akademiyasining badantarbiya vamaktab gigiyenasi ilmiy tekshirish instituti kuni uzaytirilganmaktablar uchun tuzilgan kundalik tartibda bolalarning kunduzgiuxlash muddatining 1 soat bo‘lishini tavsiya etadi.Ba’zi maorif xodimlari kunduzgi uxlash uchun bir soat emas,balki 1 soat-u 30 daqiqa lozimligini ta’kidlaydilar. O‘zbekistonsharoitida esa bolalarni qish oylarida 1 soat, yoz oylarida kunninguzayishi munosabati bilan 1 soat-u 30 daqiqa uxlatish ma’quldir.O‘quv yilining boshida ba’zi tushunmovchiliklar natijasida kuniuzaytirilgan ayrim maktablar rejimida bolalar tushki ovqatdankeyin biror ish bilan shug‘ullanmay darhol uxlashga yotqizilsa,ular tinch uxlay olmaydi va yaxshi dam ololmaydi. Shuninguchun tushki ovqatdan keyin bolalar toza havoda dam olishlariyoki biror foydali ish bilan shug‘ullanishlari zarur.Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish kishi salomatligininggarovidir. Shuning uchun ham kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardabolalarning kun bo‘yi maktabda bo‘lishini e’tiborga olib,ularning kun tartibi rejim asosida ovqatlanishini ta’min etishmuhim masalalardan biridir. Bunda birinchi navbatda bolalartaomining xilma-xil bo‘lishiga alohida ahamiyat berish zarur.Chunki taomning xilma-xilligi o‘quvchilarning ishtaha bilanovqatlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va uning yaxshi hazmbo‘lishini ta’minlaydi. 7—11 yoshli bolalarning bir sutkali ovqatratsionida 75—80 gramm oqsil, 75—80 gramm yog‘, 280—300gramm shakar moddalari, 12 yoshdan 15 yoshgacha bolalar ratsionidaesa 90—100 gramm oqsil, 90—100 gramm yog‘, 270—420gramm shakar moddalari bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.109


Yog‘ energiya va issiqlikni ko‘p miqdorda beradi. Agar ovqatdayog‘ kam bo‘lsa, ishlash qobiliyati yomonlashadi, tez charchaydi,yuqumli kasalliklarga qarshiligi pasayadi. Demak, yog‘organizmning normal o‘sishi uchun zarurdir.Bola organizmining normal faoliyati uchun suv, mineraltuzlar, vitaminlar ham juda zarur. Maktab yoshidagi bolalar birsutkada har bir kilogramm og‘irligi hisobiga 50 ml ga yaqin suviste’mol qilishlari kerak. Ovqatlardagi suyuqliklar ham shu hisobgakiradi. Ayniqsa, ko‘proq sabzavotlar bilan ta’minlashga e’tiborberish lozim. Ovqatning kaloriyasi sutka davomida sarflanganenergiya o‘rnini qoplabgina qolmay, balki bolalarning aqliy vajismoniy jihatdan to‘g‘ri va normal o‘sishini ham ta’min etmog‘ilozim. Shuning uchun ham o‘quvchilarga to‘yimli ovqat berishzarur. Chunki ular katta yoshdagi kishilarga nisbatan tez va ko‘pharakat qiladilar. Bundan tashqari o‘qish, dars tayyorlashjarayonida kuniga I—IV sinf o‘quvchilari 5—6 soat, V—VIII sinfo‘quvchilari 7—8 soat aqliy mehnat bilan band bo‘ladilar.Ovqat rejimini tuzishda ovqatning miqdorigina emas, balkiuning sifatini, mazasini ham nazarda tutish va o‘quvchilarningovqatlanish vaqtini aniq gigiyenik talablarga mos qilib belgilab,o‘quvchilarni sutkada 4 marta ovqatlantirish lozim.Biror bola oldiga qo‘yilgan taomni oxirigacha yemasa, ba’zitarbiyachilar sababini so‘ramasdan «yemasdan oshxonadanchiqmaysan» deb, turib oladilar. Bu xato, albatta. Chunki bolaningkayfiyati, salomatligi doimo bir xilda bo‘lavermaydi. Ovqatniyemasa, yegin deb majbur qilish, boshqacha aytganda, majburanyeyilgan ovqat ba’zan bolaning salomatligiga zarar keltirishi hammumkin. Masalan, Toshkent shahar kuni uzaytirilgan guruhlardanbirida tarbiyachi o‘z guruhida Sh. ismli bolani oldidagi taomnioxirigacha yemaganini ko‘rib «oxirigacha yemasdan joyingdanturmaysan» deb, uning tepasida turib oldi. Sh. istar-istamas o‘zinizo‘rlab yeya boshladi va yeb tugatmasdanoq qayt qilib tashladi.Shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Bola ikki kunga qadaro‘zini og‘ir sezib yurdi.Keragidan ortiq berilgan taomdan bola esnay boshlaydi vatez uxlab qoladi. Uyqudan esa og‘ir bo‘lib turadi. Bunday holdabola ishga ham, darsga ham, hatto o‘yinga ham qiyinlik bilankirishadi. Shu sababli maktab direktori, ota-onalar, tarbiyachilar,110


asosan, maktab shifokori o‘quvchilarning qanday taomlar iste’molqilishlaridan doimo xabardor bo‘lib turishlari zarur.Bolalarning o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanishlarini ta’minlashuchun kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar juda qulaydir. AkademikI. P. Pavlovning «faqat ishtaha bilan yeyiladigan taomgina normalva foydali bo‘la oladi» degan so‘zlariga kuni uzaytirilgan sinf vaguruhlarda doimo amal qilinmog‘i lozim.O‘quvchilarning ishtaha bilan ovqatlanishini ta’minlash uchunularning ta’bi va milliy xususiyatni hisobga olish katta ahamiyatgaega. Maktab oshxonalari ko‘proq o‘zbek milliy taomlari tayyorlashizarur.Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim kuni uzaytirilgan sinfva guruhlarda bolalarni ovqatlantirish qoniqarli emas. Bu sinf vaguruhlarda bolalar bir martagina ovqatlantiriladi, ya’ni bola 5—6 soat orasida faqat bir mahal ovqat yeydi. Bunday ovqatlanishninormal ovqatlanish, deb bo‘lmaydi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarorganizmi har 3—4 soatda ovqatlanishni talab qiladi. Shuninguchun bola ovqatni oz-oz, ammo tez-tez yeb turishi kerak. Agarkatta yoshdagi odam uchun 3 marta ovqatlanish kifoya qilsa,kichik yoshdagi o‘quvchilar kuniga kamida 4 marta ovqatlanishlarilozim. Shu tufayli mavjud imkoniyatlardan foydalanib, bolalarnimaktabda bir marta ovqatlantirishdan ikki marta ovqatlantirishgako‘chish kerak. Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktabning pedagoglar jamoasi ota-onalar bilan kelishib, o‘quvyilining boshidan bolalarga ikki mahal ovqat bera boshladi. O‘quvyilining birinchi choragida bolalarga soat 13 00 va 17 00 da ovqatberildi. Lekin bu sanitariya-gigiyena talablariga, pedagogikmaqsadga to‘la javob bermagach, maktab jamoasi bolalarni soat11 30 da, so‘ngra esa soat 14 00 da ovqatlantiradigan bo‘ldilar. Butartib bolalarning salomatligiga, unumli ishlashiga ijobiy ta’sirko‘rsatdi.Sutkalik kun tartibining bolalar hayotida odat tusiga kiribborishi uchun o‘qituvchi, pedagog-tarbiyachi va ota-onalar birxilda talab qo‘yib, ish olib borishlari kerak. Buning uchuno‘qituvchi va pedagog-tarbiyachilarning ota-onalar bilanmuntazam ish olib borishlari talab qilinadi. Bolaning sog‘lomo‘sishi, ularning ish qobiliyatini kuchaytirishi uchun sutkali kuntartibiga rioya qilmaslik holatlari va uning oqibati haqida vaqtvaqtibilan ota-onalarga xabar berib turadilar. Ayniqsa, bahor111


faslida o‘quvchilarning kech uxlashi, vaqtida kechki ovqatgakelmaslik holatlari ko‘plab uchraydi. Bu esa o‘quvchining ishfaoliyatini susaytiradi. Bunday vaqtlarda ota-onalar o‘zfarzandlarini nazorat qilishlari lozim. Rejim muammolarini otaonalarbilan hal qilib, ularga o‘quvchilarning vaqtini ratsionalo‘tkazish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi lozim. Chunki barchaota-onalar ham farzandining kunlik tartibini gigiyenik jihatdanto‘g‘ri tashkil etishga, aqliy mehnatni jismoniy mehnat, sportbilan bog‘lab olib borish kerakligiga birdek e’tibor beravermaydilar.«Insonning sihat-salomatligi to‘g‘risida, ayniqsa,bolaning sihat-salomatligi haqida qayg‘urish — bu sanitariyagigiyenanormalari va qoidalarining oddiy yig‘indisigina emas,balki rejimga, ovqatlanishga, mehnatga, dam olishga bo‘ladigantalablarning yig‘indisi hamdir. Bu, avvalo, barcha jismoniy vama’naviy kuchlarning to‘la uyg‘unligi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdirki,ijod, quvonch ana shu uyg‘unlikning tojidir» 1 , — deganedi pedagog V. Suxomlinskiy. Biz quyida sutkalik kun tartibiningnamunalarini ilova sifatida keltiramiz.1Suxomlinskiy V. «Tarbiya haqida», T., 1977. 57-bet.112


ILOVALARBirinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf,guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik kun tartibini tuzishmumkin:T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti1. Uyqudan turish 7.302. Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinniyig‘ishtirish 7.30—8.003. Nonushta 8.00—8.204. Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 8.20—9.005. Dars jarayoni 9.00—12.406. O‘quvchilarni qabul qilish, ochiq havoda sayrqilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlik 12.40—13.007. Tushki ovqat 13.00—13.308. Ochiq havoda bo‘lish; sayr, o‘yin, ekskursiya 13.30—14.009. Kunduzgi uyqu 14.00—15.0010. Ochiq havoda bo‘lish: yuvinish, sayr, o‘yin 15.00—15.3011. Peshingi ovqat 15.30—15.4512. Uy vazifasini mustaqil bajarish 15.45—16.4513. Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish va 16.45—17.30o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish14. O‘z-o‘ziga xizmat qilish, sinflarni tozalash va 17.30—18.20uyga ketish15. Kechki ovqat 18.20—18.4016. Toza havoda sayr qilish va turli o‘yinlar18.40—19.10o‘ynash17. Televizor ko‘rish, radio tinglash va dam olish 19.10—20.3018. Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 20.30—21.3019. Uyqu 21.308—K. Hoshimov113


Ikkinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf,guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzishmumkin:T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti1. Uyqudan turish 7.302. Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni7.30—8.00yig‘ishtirish3. Nonushta 8.00—8.204. Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 8.20—9.305. Uy vazifasini mustaqil bajarish 9.30—10.306. Yarim nonushta 10.30—10.457. Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish vao‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish 10.45—11.308. Kunduzgi uyqu (uxlatish imkoniyatibo‘lmasa, toza havoda turli o‘yinlar bilanshug‘ullanish, sayr qilish) 11.30—12.309. Toza havoda sayr, o‘yin, ekskursiyalar 12.30—13.3010. Tushki ovqat 13.30—14.0011. Dars jarayoni 14.00—17.4012. O‘z-o‘ziga xizmat qilish, sinflarni tozalash vauyga ketish 17.40—18.2013. Kechki ovqat 18.20—18.4014. Toza havoda sayr qilish va turli o‘yinlar18.40—19.10o‘ynash15. Televizor ko‘rish, radio tinglash va dam olish 19.10—20.3016. Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 20.30—21.3017. Uyqu 21.30114


Birinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf,guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzishmumkin:T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti1. Uyqudan turish 7.302. Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinniyig‘ishtirish 7.30—8.003. Nonushta 8.00—8.204. Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 8.20—8.405. Maktabga kelish va ertalabki lineyka 8.40—9.006. Dars jarayoni 9.00—12.407. O‘quvchilarni qabul qilish. Ochiq havoda sayrqilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlikko‘rish 12.40—13.008. Tushki ovqat 13.00—13.309. Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiyfoydali mehnat) 13.30—15.0010. Peshingi ovqat 15.00—15.1511. Uy vazifasini mustaqil bajarish 15.15—16.4512. Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish vao‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish) 16.45—17.3013. O‘z-o‘ziga xizmat qilish, uyga borish 17.30—18.1014. Kechki ovqat 18.10—18.3015. Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘ziyoqtirgan foydali ishlar bilan shug‘ullanish 18.30—19.3016. Badiiy kitob, gazeta o‘qish, televizor ko‘rish,radio tinglash 19.30—20.5017. Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 20.50—21.3018. Uyqu 21.30115


Ikkinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf,guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzishmumkin:T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti1. Uyqudan turish 7.302. Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinniyig‘ishtirish 7.30—8.003. Nonushta 8.00—8.204. Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 8.20—8.405. Maktabga kelish, sayr qilish 8.40—9.006. Uy vazifasini mustaqil bajarish 9.00—10.307. Nonushta (yarim nonushta) 10.30—10.458. Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish,o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish) 10.45—12.309. Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiyfoydalimehnat) 12.30—13.3010. Tushki ovqat 13.30—14.0011. Dars jarayoni 14.00—17.4012. Sinflarni tozalash, o‘z-o‘ziga xizmat qilish vauyga ketish 17.40—18.2013. Kechki ovqat 18.20—18.4014. Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘ziyoqtirgan foydali ishlar bilan shug‘ullanish 18.40—19.4015. Badiiy kitob, gazeta o‘qish, televizor ko‘rish,radio tinglash 19.40—21.0016. Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 21.00—21.3017. Uyqu 21.30Xulosa qilib aytganda, kundalik tartib har tomonlama o‘ylab,mavjud sharoit hisobga olingan holda tuzilsa va unga doimo amalqilinsagina, u tarbiyalanuvchilarning aqliy va jismoniy mehnatqilish qobiliyatini oshiradi, shuningek, ularning sog‘lig‘ini, irodava xarakterini mustahkamlaydi, o‘qishga ham, dam olishga ham,o‘z-o‘ziga xizmat qilishga ham, o‘ynashga ham, oilaviy ishlargayordam berishga ham vaqt yetadi.116


KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNAT ISHLARINI HUJJATLASHTIRISHKuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat muassasalaridabarcha ta’lim-tarbiya hamda xo‘jalik ishlarini hujjatlashtirishmuhim ahamiyatga ega. Maktab rahbarlari tarbiyachi vaota-onalar bu tipdagi maktablarda ta’lim-tarbiya ishi samaradorliginioshirish uchun olib boradigan ishlar quyidagichabo‘lgandagina qabul qilingan mavjud qonun-qoidalari asosidaishlashni taqozo qiladi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tuman, shahar xalq ta’limbo‘limi tomonidan belgilangan miqdorda tashkil qilinadi. Buninguchun o‘z farzandlarini berishni istagan ota-onalar yoki ularo‘rnini bosuvchi shaxs 1-iyundan 15-avgustga qadar maktabdirektori nomiga ariza yozadi. Arizada o‘z farzandini kuniuzaytirilgan sinf, guruh yoki maktab-internatga berish sababiko‘rsatiladi.Ariza namunasi:ARIZAZomin tuman 1-o‘rta maktabdirektori Karimov Valiga shutumanda istiqomat qiluvchiOchilov AhmaddanOilamizda men va turmush o‘rtog‘imning korxonalardaishlashimiz sababli, farzandimiz 1-sinf o‘quvchisi Ochilov Shodmonnikuni uzaytirilgan o‘quv guruhiga qabul qilishingizni iltimosqilaman.Sana va imzo117


Yoki boshqacha nusxasi:ARIZAMaktab rahbarigaOta-onalar (ismi, sharifi)danMening farzandim (bolaning ismi sharifi, sinfi)ni XH<strong>KUG</strong>gaqabul qilishingizni so‘rayman.(fani ko‘rsatilgan) haftaning quyidagi kunlariga (muddatiko‘rsatiladi) haftasiga... soat.Har bir ariza maktab ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilib,20-avgustga qadar bolaning qabul qilinishi yoki qabulqilinmasligi haqida ota-onalarga javob qaytariladi. 25-avgustgaqadar sinflar, guruhlar tashkil etilib, shu kundan maktab ma’muriyatibuyruq chiqaradi.Buyruq namunasi:BUYRUQ¹ ...Zomin tuman 1-son o‘rta maktab bo‘yicha.Ota-onalar tomonidan tushgan arizalarga muvofiq maktabqoshida quyidagicha o‘quv kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tashkilqilinsin:1-§Quyidagi o‘quvchilar kuni uzaytirilgan, 1-sinfga qabul qilinsin:1. Ochilov Shodmon.2.3.4.va hokazo.2-§Quyidagi o‘quvchilar kuni uzaytirilgan 2-sinfga qabul qilinsin:1. Musayev Eson.2.3.4.va hokazo.118


Shu tariqa maktabda nechta sinf yoki guruh bo‘lsa, shunchaparagrafda buyruq beriladi. Buyruq tagida ota-onalar arizasibuyruq uchun asos ekanligi ta’kidlanadi. Shuning uchun arizalardoimo maktab direktorida saqlanishi kerak.O‘quv yili davomida biror o‘quvchining sinf yoki guruhdanchiqib ketishi zarur bo‘lsa, ota-ona maktab direktori nomiga arizayozadi va shu ariza asosida buyruq chiqariladi.Yangi o‘quvchi qabul qilish kerak bo‘lsa ham ariza va buyruqbilan rasmiylashtiriladi. Buyruq maktab buyruqlar kitobigakiritilishi shart. Shu buyruq berilgan kundan boshlab tarbiyachiyoki boshqa shaxslarga ish haqi to‘lanadi. Agar kuni uzaytirilgansinf yoki guruh birinchi sentabrdan ishlab, buyruq 20-sentabrdaberilsa, maktab ma’muriyati tarbiyachilarga 20 kunlik ish haqinito‘lashdan mahrum bo‘ladilar.Sinf yoki guruh jurnali. Respublika xalq ta’limi vazirligiko‘rsatmalariga muvofiq kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhhaftasiga har kuni 5 soatdan yoki 5 kunda 6 soatdan ishlashikerak. Bu ish uchun tarbiyachiga bir stavka ish haqi to‘lanadi.Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhda maxsus jurnal yuritiladi.U sinfning oddiy jurnallariga o‘xshagan bo‘lib, kuni uzaytirilgansinf va guruh ishiga moslashtirilgan 1 . Tarbiyachi tomonidanhar kuni shu jurnalga besh soatlik ish mazmuni vao‘quvchilarning bor-yo‘qligi qayd qilib boriladi. Ayniqsa, jurnaldao‘quvchilarni yo‘qlama qilishga alohida e’tibor berishkerak. Mashg‘ulotga kelmagan bolani jurnalda kelmaganiniqayd qilish va bir ilojini topib, uning kelmaganligi haqida uyigaxabar berish har qanday noxush voqealar yuz berishining oldinioladi. Aks holda, kelmagan o‘quvchi bilan shu vaqtda birorbaxtsiz hodisa ro‘y bersa, maktab va tarbiyachi javobgarlikdansoqit bo‘lmaydi.Uzaytirilgan sinf va guruh jurnalini maktab rahbarlari vaqtivaqtibilan tekshirib, u haqdagi fikr va mulohazalarini jurnaldaqayd qilib qo‘yishlari lozim. Jurnal moliyaviy hujjat hisoblanadi.U tarbiyachiga to‘langan haqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanliginiisbot qila oladigan darajada bo‘lishi kerak.1Jurnal 10 yil ilmiy bo‘lim mudiri qo‘lida va 40 yil maktab arxividasaqlanadi. Shu muddat davomida moliya yoki boshqa tekshiruv xodimlaritomonidan reviziya qilinishi mumkin.119


Bolalarni ovqatlantirish qonun va qoidalari. Kuni uzaytirilgansinf, guruh o‘quvchilari ikki mahal, maktab qoshidagi internato‘quvchilari har kuni to‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanishishart. Bu davlat hujjatlarida maxsus qayd qilingan. Ma’lumki,ovqat ota-onalar hisobidan bo‘lishi kerak. Ovqat narxi ota-onalarxohishiga ko‘ra qoidada ko‘rsatilgan past narxda bo‘lishi mumkin.Bu narx maktab ma’muriyati va ota-onalar hamkorligida aniqlanadi.Kuni uzaytirilgan maktab guruh va internatlarda ovqat pulihar oyning boshida besh kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.Ayrim hollardagina direktor tomonidan buyruq bilan tayinlabqo‘yilgan shaxs qo‘liga pul topshirilishi mumkin. Markazlashganbuxgalteriya esa bu shaxs nomiga to‘lov xabarnomasini to‘ldiradi.Pul hisobi 2-ilovada ko‘rsatilgan forma asosida maxsus kitobdaftardaolib boriladi. To‘plangan pul uch kun davomida tegishlitashkilot hisobiga davlat banki orqali o‘tkazilishi zarur. Pulnibankka topshirmasdan xarajat qilinishi mumkin emas.Maktab qoshidagi internatlar oshxonalariga (zarur yordamchixonalar, shtatlar bo‘lsa) ota-onalar tomonidan to‘lanadiganovqat puli o‘rniga mahsulot topshirilishi mumkin. Qabul qilishdauchta kirish orderi to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, biri qabul qilibolgan kishiga, biri topshirgan kishiga beriladi. Unda mahsulotningturi, nomi, necha kilogrammligi, narxi, topshirgan kuni aniqko‘rsatiladi.Fermer otaliq tashkilotlari va maktab tajriba uchastkasidantushgan mablag‘ ham mavjud hisobga o‘tkaziladi. Agar mahsulotbo‘lsa «nakladnoy» orqali topshiriladi.Agar oshxonada ishlovchi shaxslar uchun shtat bo‘lmasa, uholda hamma inventar, mahsulot va pul jamoat yo‘li bilanovqatlanish tashkilotlariga topshiriladi. U vaqtda bolalar talonbilan ovqatlanadi. Bunda maktab direktori tomonidan maxsusshaxs tayinlanadi. Bu shaxs bolalar soniga qarab, buxgalteriyadantalon olib, tarbiyachilarga tarqatib beradi. Oy oxirida maxsusshaxs talonlarning xarajat qilinganligi haqida hisobot tuzadi.Buning uchun tarbiyachilar bolalarning davomati va talonningqanchasidan foydalanganligi haqida ma’lumot beradi. Bu hisobotasosida buxgalteriya jamoat yo‘li bilan ovqatlanish tashkilotlari,ota-onalar bilan hisoblashadi.120


Kuni uzaytirilgan guruhlarda ota-onalarning o‘zi jamoatchilikasosida ovqatlanish tashkilotlaridan talon olib, zarur bo‘lishigaqarab, maktabni aralashtirmagan holda tashkil qilishi ham mumkin.Muallif professor Komiljon Hoshimov kuni uzaytirilgan guruhli maktabrahbarlari bilan suhbat o‘tkazmoqda.121


UCHINCHI QISMKUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLARDA TA’LIM-TARBIYA ISHININGO‘ZIGA XOSLIGI VA AFZALLIKLARIKuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruhlar ta’lim-tarbiyatizimining yangi shakli bo‘lib, ular, asosan, umumiy majburiyta’lim maktablarining amaldagi reja va dasturlari bo‘yicha ish olibborsa-da, bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘ziga xos xususiyatlargaega.Bu xususiyatlar quyidagilar bilan izohlanadi:1. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va internat tipidagi maktablardabolalar kun bo‘yi pedagog-tarbiyachilar, «Kamalak» boshlang‘ichtashkiloti va «Kamolot» YIH a’zolari nazoratida bo‘ladilar.Bu ta’lim va tarbiya ishida nihoyatda katta ahamiyatga ega.2. Bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigantarbiyaviy ishlar uzluksiz amalga oshiriladi.3. O‘quvchilar faoliyati butun kun bo‘yi, yagona kundalikrejim asosida tashkil etiladi.4. Bolalarga o‘zini-o‘zi boshqarish, rahbarlik qilish vabo‘ysunish tamoyillarini singdirish imkoniyatlari nihoyatda keng.5. O‘quvchilarni umumiy ovqatlantirish, ularning jamoa vako‘ngilli dam olishlari yo‘lga qo‘yiladi.6. Jamoatchilik va ota-onalar bilan aloqa yanada yaxshilanadi.7. Ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Bularning hammasikuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar umumiy ta’limmaktablaridan bir qancha afzal va samarali ekanligini ko‘rsatadi.Ma’lumki, O‘zbekistonda paxtachilik xalq xo‘jaligining asosiytarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, ekish va yig‘im-terim vaqtlaridadala ishlari ancha davom etadi, mehnatkashlar ertadan kechgachadalada bo‘lishadi. O‘zbek xonadonlarining aksariyat qismi ko‘pbolali oilalardir. Yosh bolalarning bu vaqtda ma’lum muddatqarovsiz qolishi tabiiy. Bunday oilalarga kuni uzaytirilgan sinfguruhlar,internat-maktablar juda qo‘l keladi. Lekin shuni hamaytish kerakki, bu ota-onalarni bola tarbiyasidan ozod qilmaydiyoki bola tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatdan xoli122


etmaydi. Aksincha, bunday maktablar oilada bola tarbiyasigabo‘lgan talabni yanada oshiradi, uni tashkil etishni yaxshilashdamaktab, oila va jamoatchilikning hamkorligi uchun yangiimkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Bola tarbiyasida oilagakerakli yordam ko‘rsatish imkoniyati kengayadi.Ta’lim ishlarining o‘ziga xosligi va afzalliklari. Internat, kuniuzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘qituv ishlari umumiy ta’limmaktablaridagi kabi tashkil qilinsa-da, ularning o‘ziga xos xususiyatlaribor. Avval aytganimizdek, barcha fanlardan o‘quvchilargamustaqil bajarish uchun berilgan vazifalarning asosiy qismitarbiyachi-pedagog rahbarligida maktabda bajariladi. Shuningdek,tarbiya soatlarida uyushtirilishi lozim bo‘lgan xarakterli o‘yin,to‘garak mashg‘uloti, kino va diafilm ko‘rish, sayohat va sinfdantashqari o‘qish kabilar dars materiallarini mustahkamlash maqsadidatashkil etiladi.Kuni uzaytirilgan guruhlar va sinflarda o‘quv ishlari samaradorliginioshirish asosan dastur va darsliklarning sifati, maktabningmoddiy bazasi, muallimlarning pedagogik mahorati va o‘quvchilarningkamolot xususiyatlariga bog‘liq.Mustaqil dars tayyorlash samaradorligini oshirish uchunbirinchi navbatda maktabning moddiy bazasidan, ya’ni o‘quvkabinetlari, maktab kutubxonasi va mavjud ko‘rgazma qurollari,texnikaviy vositalardan to‘liq foydalanish zarur. Bu esa o‘qishjarayoni yo‘nalishini amaliy asosda tubdan yaxshilash imkoniyatiniberadi.Mustaqil dars tayyorlashning tashkil etilishi, o‘tkazilishi xarakteriva davom etish vaqti o‘quvchilarning yoshiga, ularni nazariymateriallarni, ommaviy bajarish metodlarini va o‘z-o‘zini, sinfdoshlarininazorat qilish usullarini qanchalik o‘zlashtirganligiga,ko‘rgazmali o‘quv qurollar bilan qanday ta’minlanganligiga,shuningdek, o‘quv materiali tuzilishidagi nazariy va amaliybilimlar nisbatiga bog‘liq bo‘lib, bularning hammasi o‘quvchilarmustaqil bajaradigan ta’limiy ishlarning sifati va saviyasini belgilaydi.Internat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruhlardamustaqil o‘qish mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishijihatdan shu maktabning spetsifik xususiyatini hisobga olishnitaqozo etadi. Internat va kuni uzaytirilgan sinf, guruh sharoitidao‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlashi tarbiyalanuvchilar uchun123


ham, pedagoglar va rahbarlar uchun ham eng murakkab vamuhim holatlardan biridir. O‘quvchilarning mustaqil ishlarigatajribali tarbiyachi va o‘qituvchilar rahbarlik qilishlari kerak.Chunki bolalarning erkin dam olish jarayonidagi o‘quv tarbiyaishlari o‘quvchilarning ijodiy ishlarini, to‘garak ishlarini, ularningdarsdan tashqari vaqtda maktab quchog‘ida o‘tkazadigan jo‘shqinfaoliyatlarini qamrab olishi lozim. Internat tipidagi va kuni uzaytirilgansinf, guruhlarda o‘quvchilarning bu faoliyatlarini mohirlikbilan boshqarib borish mustaqil o‘quv ishlarining samaradorliginioshirishda muhim omildir.Bolalarning samarali o‘qishi uchun normal sharoit yaratish,tegishli tartib joriy etish, mustahkam mehnat intizomi o‘rnatish,o‘quvchilarni barcha o‘quv asboblari bilan ta’minlash, ulgurmovchio‘quvchilarga yordam berish, bolalarning darsda va sinfdantashqari ishlarda hosil qilgan bilimlarini kengaytirish va boshqako‘pgina ishlar ham o‘qituvchining, ham tarbiyachiningzimmasidagi vazifadir. Bu vazifalarni bir-biridan ajratish, faqato‘qituvchi yoki tarbiyachi bajarishi lozim deb qarash noto‘g‘ri.Ular inoq bo‘lib, bamaslahat ishlamoqlari darkor.Hamma tarbiyalanuvchilarning bir vaqtda dars tayyorlashima’lum qiyinchiliklar tug‘diradi: ba’zi bolalar diqqatni bir joygato‘plab shug‘ullana olmaydilar, ba’zilari o‘yinga chalg‘iydilar,she’rni yodlay yoki berilgan materialni ovoz chiqarib takrorlayolmaydilar. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida bu kabi holatlarnihisobga olish kerak. Ha, bilim, ko‘nikma va malakalarni bolalargasingdirish oson ish emas, bu — qunt bilan bajariladigan, kattamatonat talab qiladigan mehnat.O‘qituvchi va tarbiyachi darslarda, bolalarning mustaqil darstayyorlashida, sinfdan tashqari ishlarida bolalar oldiga mutlaqobir xilda talablar qo‘yishlari, birining qo‘ygan talabi ikkinchisigazid kelmasligi kerak. Rag‘batlantirish va chora ko‘rishlar hambarcha uchun teng bo‘lishi lozim. Hamma ish bitta, umumiymaqsadga o‘quvchilarning darsda o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishlariniyuqori darajaga ko‘tarish ularda mehnat va madaniyxulqning mustahkam malakalarini hosil qilishga bo‘ysundirilishikerak.Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlaro‘zining ba’zi xususiyatlariga qaramasdan, odatdagi darslarga124


o‘xshab ketadi. Har bir mashg‘ulot xuddi dars singari ma’lumshartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladi:1. Mashg‘ulotga pedagog boshchilik qiladi.2. Ko‘pincha jamoat bo‘lib ishlash qo‘llaniladi.3. Ma’lum me’yorda bilim beriladi, ko‘nikma va uquvlarmashq qilinadi.4. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablar kuni uzaytirilganguruhlarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga ham joriy etiladi.Biroq, «dars» va «mashg‘ulot» tushunchalarining ma’nosianglab etilmas ekan, ularni bunday qiyos qilish yuzaki bo‘ladi.«Mashg‘ulot» o‘quvchilar faoliyatini uyushtirishni o‘z ichigaqamrab oluvchi juda keng jarayon bo‘lib, ular ichiga dars hamkiradi. «Dars» tushunchasi ancha tor. Guruhda mashg‘ulotlar darsshaklida olib borilib, tashkiliy mohiyatiga ko‘ra o‘quv jarayoniningtaqlidi bo‘lib qolmasligi kerak. Chunki hadeb bir xil shaklniqo‘llayverish bolalarni zeriktiradi. Shuning uchun ham darstuzilishi sharoitga qarab samarali tashkil etish haqida turli fikrlarva urinishlar mavjud. Ba’zi olim va metodistlar 45 daqiqadarsga 15 daqiqa mustaqil dars tayyorlashni qo‘shib, uni 60 daqiqadavom ettirish lozim, deyishmoqda. Ayrim olimlar esa kunningbirinchi yarmida o‘quvchilar 3 soat dars o‘qigach, 4-soatda, ya’nioxirgi soatda mustaqil dars tayyorlashlari, unga o‘qituvchiboshchilik qilishi, badantarbiya, mehnat, ashula va rasm darslarikunning ikkinchi yarmida tarbiyachi tomonidan olib borilishikerak, degan fikrni ilgari surishmoqda.Ayrim ilg‘or maktab tajribalari kuni uzaytirilgan maktab,sinflarda yagona o‘quv jarayonini tashkil qilish lozimliginiko‘rsatmoqda. Masalan: maktab pedagoglari ayrim fanlar bo‘yicha45 daqiqalik darsni saqlagan holda, ularning setkadagi haftaliksoatlarini mustaqil dars tayyorlashga ketgan vaqt hisobigako‘paytirib tashkil qilishni tavsiya qilsa, Yevropa maktab-internatpedagoglari ko‘pchilik o‘quv fanlaridan mustaqil dars tayyorlashni,45 daqiqalik darsni saqlagan holda kunning birinchi yarmiga,mehnat va badantarbiya darslarini esa kunning ikkinchi yarmigako‘chirishni tavsiya qiladi. Barcha kuni uzaytirilgan maktab, sinfo‘qituvchi, tarbiyachilari esa asosiy fanlar bo‘yicha dars vamustaqil dars tayyorlashni birlashtirish va o‘quv jarayonini 35daqiqalik juft dars shaklida (70 daqiqa), orada 5 daqiqalik tanaffus125


ilan tashkil qilishni, chizmachilik, ashula, rasm, mehnat vabadantarbiya darslarida 45 daqiqalik darsni saqlagan holdakunning birinchi yarmi oxirida 4-soatlarda o‘tishni tavsiya qiladi.Asosiy o‘quv fanlari bo‘yicha dars va mustaqil dars tayyorlashnibirlashtirish kun tartibi — rejimini to‘g‘ri tashkil qilish vavaqtni unumli o‘tkazishga imkoniyat tug‘diradi hamda sinfdantashqari o‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha o‘tkaziladiganmashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratish imkoniyatini yaratadi. Buxildagi darslar o‘quvchilarga amaliy ish bilan ko‘proq shug‘ullanishgava o‘rganilgan dars bilan bevosita aloqa bog‘lashiga,maktab jamoasi faoliyatini butun kun va hafta davomida unumlitashkil etishga yordam beradi.Darsni 60 daqiqaga qadar cho‘zish ta’lim nuqtayi nazaridanhar qancha samarali bo‘lmasin, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariniuzoq vaqt partada o‘tirishga majbur qilish, mutaxassislarningfikricha, ularning salomatligiga katta zarar yetkazadi. Shu bois60 daqiqalik dars o‘tkazish fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi.Umumiy maktablar tarixiy taraqqiyoti jarayonida yuqori sinfo‘quvchilarini o‘qitish bo‘yicha katta yutuqlarga erishgan bo‘lsada,boshlang‘ich sinflar faoliyatida hali hal qilinishi lozim bo‘lganishlar ko‘p. A. N. Konev «Maktab I—III sinf o‘quvchilariningjismoniy, psixologik, yosh va individual xususiyatlarini yetarlichahisobga olmaydi. Masalan, I—X sinflarda dars 45 daqiqa davometadi. Nega? Yetti va o‘n yetti yoshli o‘quvchilarning jismoniyquvvati baravarmi? So‘zsiz, yo‘q» 1 , deb juda to‘g‘ri fikrni ilgarisuradi. U shu fikri asosida o‘qituvchi-tarbiyachilar bilanhamkorlikda bir necha boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinflarda45 daqiqalik dars o‘rniga 35 daqiqalik dars tashkil qilib (darssoatlarini ko‘paytirish hisobiga, ya’ni 4 soat o‘rniga 6 soat) tajribao‘tkazdi. Tajriba butun kun mobaynida o‘quvchilar charchamasligini,sog‘lom bo‘lishini, shuningdek, o‘zlashtirishda yuqori darajagaerishishlarini ko‘rsatdi. Albatta, maktabni bunday turlimuddatda davom etadigan rejimga o‘tkazish ancha murakkabbo‘lib, ilmiy tadqiqotlar olib borishni, eng to‘g‘ri tavsiyalar ishlabchiqishni taqozo etadi.1Êîíåâ À. Í. «Îðãàíèçàöèÿ ó÷åáíîãî ïðîöåññà I—III êëàññàõ â óñëîâèÿõïîëíîãî äíÿ». 1980.126


Hozirgi kunda o‘quvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinfo‘quvchilarining mustaqil dars tayyorlashlari asosan tarbiyachilarrahbarligida o‘tkazilishini hisobga olib, ularning bu faoliyatlarihaqida ayrim mulohazalarimizni bayon etamiz:1. Dars tayyorlashni unumli va to‘g‘ri tashkil etish uchun tarbiyachi(yoki dars tayyorlashni o‘tkazuvchi kishi) o‘z guruhidagio‘quvchilarning bilimini, psixologik xususiyatlarini shu sinfo‘qituvchilari kabi to‘liq bilishi va o‘qituvchi bilan bir xildapedagogik talab qo‘yishi kerak.Buning uchun tarbiyachi o‘qishning birinchi kunlaridayoqo‘qituvchilarning darslariga, mashg‘ulotlariga qatnashishi, ularningish metodlari, rag‘batlantirish usullari, dars davomida olibboradigan tarbiyaviy ishlari, sinf va uy vazifalarining hajminidiqqat bilan o‘rganishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchilar hamtarbiyachi olib boradigan mashg‘ulotlarga qatnashib, tegishlimaslahat va yordam berib turishlari kerak. Bu xildagi aloqa vahamkorlik natijasida o‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidao‘quvchilarga nisbatan bir xil talab vujudga keladi.2. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dars va darsdan keyingita’lim jarayonining samarador bo‘lishining eng muhim omillaridanyana biri, bu o‘qituvchi bilan tarbiyachining o‘zi ishlaydigansinf dasturini yaxshi bilishidir. Eng yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachiham dastur mazmunini, uni o‘qitishdan kutilgan maqsadni bilmasekan, u ta’lim ishini to‘g‘ri tashkil eta olmaydi.Keyingi yillarda boshlang‘ich sinflarda o‘qish yangi reja vadastur asosida olib borilmoqda. Yangi reja va dasturga binoanhamma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qayta tayyorlov kurslaridao‘qitilmoqda. Shunga ko‘ra boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinfva guruhlarda ishlaydigan tarbiyachi-pedagoglar ham bu kurslardao‘qitilishi lozim. Aks holda o‘qituvchi bilan tarbiyachi ishidapedagogik talab bir xil bo‘lmaydi. Shuningdek, dastur talab vamaqsadlarini bilmagan tarbiyachi mustaqil dars tayyorlashjarayonini ham muvaffaqiyatli o‘tkaza olmaydi.3. O‘qituvchi bilan tarbiyachining mustahkam aloqasi ta’limtarbiyasifatini hozirgi talablar darajasiga ko‘tarishda, bir sinfdaikkinchi yil qolishning oldini olishda juda katta ahamiyatga ega.Lekin hamma vaqt ham o‘qituvchi bilan tarbiyachi har kuniuchrashish va bir-biriga maslahat hamda yordam berish imko-127


niyatiga ega bo‘lavermaydi, albatta. Bunday paytlarda har bir o‘qituvchiyoki tarbiyachi o‘z fikrini yozma tarzda bayon qilishi hammumkin. Bunga Toshkent shahridagi kuni uzaytirilgan maktabningsinf o‘qituvchilari bilan tarbiyachilari o‘rtasidagi tavsiyamizgako‘ra tutilgan «Kundalik aloqa» daftari yaxshi misol bo‘la oladi.O‘qituvchi sinfda olib boradigan va o‘quvchilar bilan bajarilishilozim bo‘lgan ishlarini shu daftarga yozib qoldiradi. Tarbiyachilarham shu yozuv asosida ishlaydi. Va u ham, o‘z navbatida,qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini o‘sha daftargayozadi. O‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa»daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday mashg‘uloto‘tkazganligini, o‘quvchilar intizomi kabilar bilan tanishadi.«Kundalik aloqa» daftari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:Fan Sana O‘qituvchiningtopshirig‘i va<strong>axborot</strong>iVazifaniishlashmuddatiTarbiyachining<strong>axborot</strong>iMasalan, 2004-yil 2-martda IV sinf o‘qituvchisi tarbiyachigabunday ma’lumotni yozib qoldirgan: «O‘quvchi S. ona tilidan«Sifat» matnini yaxshi tushunmadi va bugungi darsga kecha uygatopshirilgan 166-mashqni to‘la bajarmay keldi. Shu o‘quvchininguy vazifalarini to‘g‘ri va doim puxta tayyorlashiga, ayniqsa, onatilidan topshirilgan vazifalarni bajarishiga alohida e’tibor berishingizniiltimos qilaman».Shuningdek, 1-sinf tarbiyachisi tubandagilarni yozgan: «Ba’-zi bir o‘quvchilar alifboni yaxshi o‘zlashtirmaganliklari sabablibosh harflarni ajrata olmaydilar. Ular bilan harflarni tartiblitakrorlash ishida birgalikda shug‘ullansak». Demak, «Kundalikaloqa» daftari orqali ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarini qamrabolish va hamkorlik qilish mumkin.4. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda vimpellartaqdim etishni joriy qilish ham ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yuqoriko‘tarish vositalaridan biridir.«Sinflararo tozalik uchun», «O‘qishda, intizomda ilg‘orsinflar uchun», «Maktabga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlari uchun»128


kabi vimpellar o‘quvchilar o‘rtasida tozalik, madaniylik, intizom,bilim olishga qiziqish va maktab mulkini ko‘z qorachig‘idaysaqlash, ehtiyot qilish va jihozlash kabi foydali ishlarniyo‘lga qo‘yishda, ularni faol jamoatchi qilib tarbiyalashda kattayordam bermoqda.«O‘qishda, intizomda ilg‘or sinflar uchun» vimpelini topshirishbilan har haftada barcha sinflarning o‘qish va intizomdagimuvaffaqiyatlari va kamchiliklari qayd qilinadi. Qaysi sinfo‘quvchilari shu hafta ichida yomon baho olmagan, maktabtartib-qoidasini buzmagan bo‘lsa, umummaktab o‘quvchilarilineykasida maktab ma’muriyati tomonidan ana shu sinfgatantanali ravishda topshiriladi. Vimpelni shu hafta mobaynida engko‘p a’lo baho olgan va intizomda o‘rnak o‘quvchi qabul qiliboladi.Kuni uzaytirilgan maktablarda olib boriladigan bundaytadbirlar natijasida o‘quvchilar o‘rtasida bilimni chuqur egallash,mustaqil dars tayyorlash, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarga yordamva yaxshi intizmom uchun kurash faqat pedagog-tarbiyachiningginaemas, balki o‘quvchilar jamoasining asosiy ishiga aylanadi.5. Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda o‘quvchilarningkun bo‘yi maktabda bo‘lishi maktab ma’muriyatining ular bilanmustahkam aloqada bo‘lishini talab qiladi. O‘quvchilar o‘rtasidata’lim-tarbiya ishlarining rolini yanada oshirish maqsadida harkuni sinf yoki guruh navbatchisining maktab direktori yoki ilmiybo‘lim mudiriga o‘z sinfi haqida quyidagi chizma asosidama’lumot berib turishi yaxshi natija beradi.Bosh navbatchiningfamiliyasi, sanaDarsga kelmadi,sababiKechikdiQaysi darsda kimo‘zini tutabilmadi«2» bahooldiBunday <strong>axborot</strong> maktab ma’muriyatini bolalar hayoti bilanyaqindan tanishtirishga, barcha guruhlardagi har kungi ahvolnibilishga va shu asosda lozim bo‘lgan tadbirlar o‘tkazishga, otaonalarbilan aniq dalillar asosida suhbatlar o‘tkazishga imkonberadi. O‘quvchilarning ongli va mustaqil, har qanday ishning9—K. Hoshimov129


mazmuniga to‘la tushunib ishlashini uyushtirish tarbiyachidanmetodik mahoratni, pedagogik san’atni talab qiladi. Tarbiyachiningham predmet o‘qituvchisi kabi darsga tayyorlanish, shukuni uyga berilgan topshiriqlarni puxta bilishi, vaqtni to‘g‘rirejalashtirishi o‘qish sifatini ko‘tarishga imkon beradi, o‘quvchilarniesa tizimli, halol va mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Shuningdek,dars tayyorlash paytida o‘quvchilar vazifani bajarishgaqiziqtirilsa, ular diqqati to‘la jalb qilinsa, intizomning asosiyaratilgan bo‘ladi.O‘quvchilarning dars tayyorlashi, ish unumini oshirish uchunsinf xonasi yetarlicha yoritilgan, havosi toza, partalar o‘quvchilaryoshiga, bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Avval ta’kidlaganimizdek,maktabdagi mashg‘ulotlar va kuni uzaytirilgan guruhlarda uygaberilgan vazifalarni bajarish bir butun ta’lim jarayonini tashkiletadi. Uyga berilgan vazifalarni to‘g‘ri va mustaqil ishlashdatarbiyachining o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatishi, ularni tushuntirishkatta ahamiyatga ega. Ba’zi tarbiyachilar metodikani yaxshibilmasligi, o‘quvchilarning dars tayyorlash jarayonini to‘g‘ri tashkilqila olmasligi tufayli bolalarni qiynab qo‘yishadi. Yoki, ular darstayyorlash davomida qiynalgan o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarko‘rsatish, ularni mustaqil o‘ylashga o‘rgatish o‘rniga topshiriqnio‘zlari ishlab beradilar.O‘quvchilarga bu tarzda «yordam» berish pedagogikaga yotmetoddir.Internat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda ta’-lim-tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘ygan va o‘quvchilarga pedagogikatalablari asosida yaqindan yordam berib, yaxshi natijalargaerishayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar respublikamizdako‘p.Masalan, Namangan viloyati, Namangan tumanidagi 23-maktabda13 ta kuni uzaytirilgan sinf tashkil qilingan bo‘lib, ularga402 o‘quvchi jalb etilgan. Kuni uzaytirilgan I—IV sinflardagio‘quvchilarning 85 % i faqat «4» va «5» baholarga o‘qiydilar.Shu faktning o‘ziyoq kuni uzaytirilgan guruhning afzalligidandalolat beradi.130


KUNI UZAYTIRILGAN SINF VA GURUHLAR ISHIGAPEDAGOGIK RAHBARLIK QILISH 1Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quvchilar bilan ta’limtarbiyaishlarini tashkil etish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlarinianiqlash va rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish (turlixil to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, sport seksiyalari vaboshqalarni tashkil etish) ishiga mohirona pedagogik rahbarlikqilingan taqdirdagina yaxshi natijalarga erishish mumkin.Hozirgi maktab ishiga rahbarlik qilish sinf va guruhlar ishinitubdan ijodiy ravishda yangilashni talab etadi.Gap kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardagi hozirgi afzalliklardanko‘ra yanada istiqbolli shakllarini o‘ylab topish va ularishini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirish to‘g‘-risida boradi.Mamlakatimizda har bir maktab yoshidagi bolaning to‘liqo‘rta ma’lumotga ega bo‘lishida kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarningkeng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bevositamaktab rahbarining mahoratiga, tashkilotchiligiga, kasb-korliktayyorgarligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.Bunda pedagoglar jamoasining birligi katta rol o‘ynaydi.A. S. Makarenko yozganidek, mohir rahbar boshchilik qilayotganinoq, ahil jamoadagi eng yosh, eng tajribasiz pedagog pedagoglarjamoasi bilan chiqisha olmaydigan har qanday iste’dodli vatajribali pedagogdan ko‘ra ko‘proq ishni bajaradi 1 .O‘qituvchi va tarbiyachi mehnatining samaradorligini oshirishmaktabda unga qulay sharoitlar yaratilib berilishiga: o‘quvxonalari yaxshi jihozlangan va texnika vositalari bilan ta’minlanganbo‘lishiga, o‘qituvchiga metodik adabiyotlar bilan yordamko‘rsatilishiga, maktab metodika xonasida o‘quv-tarbiya ishigadoir didaktik material va ko‘rsatmali qurollar to‘plangan bo‘lishiga,qulay psixologik iqlim, o‘zaro yordam vaziyatining vujudgakeltirilishiga ham bog‘liqdir. Uzaytirilgan kun tartibiga o‘tkazilgansinf va guruhlar uchun moddiy baza oddiy umumta’lim maktabimoddiy bazasidan ancha farq qilishini ham hisobga olish lozim.1Ushbu mavzu 1992-yil «O‘qituvchi» nashriyotida chop etilgan T. Sotlikovning«Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari (qishloqmaktablari misolida) qo‘llanmasi» va ilg‘or tajribalar asosida tayyorlandi.131


Shuningdek, faqat maktab pedagoglar jamoasi faoliyati bilancheklanibgina qolmay, maktab rahbariyati sharoitga qarab bazakorxonalari, otaliq tashkilotlari, mahalla madaniyat muassasalari,maktabdan tashqari muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish lozim.O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar faqat o‘qituvchi vatarbiyachilar, maktab jamoasi kuchi bilangina emas, keng jamoatchilikimkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘tkazilishimaqsadga muvofiqdir.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quv-tarbiya va sog‘lomlashtirishishlariga rahbarlik qilish murakkab jarayon bo‘lib,rahbarlardan ijodiy ishlashni talab qiladi.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiyava sog‘lomlashtirish jarayonlariga rahbarlik qilishda quyidagilargae’tibor berish kerak.Birinchi darajali boshqarish: maktab direktori, pedagoglarkengashi, maktab kasaba uyushmasi, yoshlarning «Kamalak»tashkiloti va «Kamolot» YIH, ota-onalar jamoasi, otaliq tashkilotva maktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorlik.Ikkinchi darajali boshqarish: ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yichamaktab direktori o‘rinbosarlari, ma’naviyat va ma’rifat ishlaribo‘yicha direktor o‘rinbosari, boshlang‘ich harbiy ta’lim tayyorgarligirahbari, bosh yetakchi, maktab direktorining xo‘jalik ishlaribo‘yicha o‘rinbosari.Uchinchi darajali boshqarish: o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari.To‘rtinchi darajali boshqarish: o‘quvchilar, o‘quvchilarningo‘zini-o‘zi boshqarish organlari, maktab umumiy yig‘ilishlari,«Kamolot» YIH yig‘inlari va boshqalar.Maktab rahbari ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilishda vamaktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda boshqarishningyuqoridagi barcha bo‘g‘inlari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatib,ular bilan hamkorlikda ishlagandagina yaxshi natijalarga erishishmumkin. Bugungi kun talabi asosida maktab direktori boshqarayotganva bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni ko‘z oldimizgakeltiradigan bo‘lsak, u ta’lim-tarbiyada birinchi shaxs ekanligigaishonchimiz komil. U o‘quvchilar jamoasining murabbiysidir,pedagoglar jamoasining ustozi, teng huquqli a’zosi, mohirtashkilotchisidir. Ma’lum pedagogik talablarga va maktabningo‘ziga xos xususiyatlariga javob beradigan, puxta o‘ylangan va132


jamoa fikri asosida tuzilgan rejani ishlab chiqish va uning muvaffaqiyatlibajarilishini ta’minlash maktab direktorining engmuhim vazifalaridandir.Maktabning umumiy ishlar rejasi imkoni boricha aniq va qisqabo‘lmog‘i darkor. Ish rejasida o‘quv-tarbiya ishlarini yaxshilash,maktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish asosiy o‘rinniegallamog‘i kerak. Fan asoslarini o‘qitish jarayonida hartomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashga, har bir fannio‘qitish sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga,o‘quv rejalari talablariga muvofiq, o‘quvchilarni chuqurva mustahkam (bazaviy) bilim bilan qurollantirishga, bolalarningqobiliyatlari, iste’dodlarini hisobga olgan holda chuqur bilimolishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak: Kuni uzaytirilgan sinflardahar bir darsni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishuchun, o‘qituvchini dars sifati uchun kurashga tayyorlashva tarbiyalash maktab rahbarining bosh vazifasidir. Darsdan keyino‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari va maktabdantashqari tadbirlarga «Kamalak» tashkiloti va «Kamolot» YIHfaoliyatiga, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishigarahbarlik, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri uyushtirishishlari, bolalar salomatligini mustahkamlash ishlariga alohidae’tibor berilishi lozim.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda tarbiyalanuvchilarningijtimoiy-foydali mehnati, ularga madaniy axloq malakalarinisingdirish ishlari, madaniy-ommaviy to‘garaklar va klub ishlari,texnik va badiiy ijodkorlik ishlarini rivojlantirish, o‘quvchilarningmustaqil dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratish,maktab moddiy bazasidan o‘quvchilarning istagan vaqtdafoydalanish imkoniyatini tug‘dirish kabi masalalar asosiy o‘rintutishi lozim.O‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan ishlash, ularning faoliyatinimuvofiqlashtirib borish, eng muhimi — o‘qituvchi,tarbiyachi, sinf rahbarining o‘quvini tashkil qilish, ulargamalakali metodik yordam berish rahbarning diqqat <strong>markazi</strong>dabo‘lmog‘i kerak.Har bir o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari ishiga baho bergandahar bir dars, mashg‘ulotning, sinfdan va maktabdantashqari ishlarning hamda tarbiyaviy tadbirlarning rolini oshirishmasalasi, sinf va guruhlar tarbiyalanuvchilarini o‘qish va mehnatga133


o‘rgatishda qanday natijalarga erishilayotgani e’tiborda bo‘lishilozim. O‘quvchilarga bo‘lgan pedagogik talablarning puxta ishlabchiqilganligi va izchillik bilan unga rioya qilinishi, o‘quvchilar,tarbiyachilar, maktab va ota-onalar jamoasi hamkorligida xilmaxiltadbirlarni amalga oshirish orqaligina ko‘zlangan natijalargaerishish mumkin.Tashkiliy va pedagogik tadbirlar:1. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar dars o‘tkazadigan vamustaqil dars tayyorlaydigan xonalarni jihozlash.2. Sinf va guruhlarda mustaqil dars tayyorlash uchun zarurko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni hozirlab qo‘yish.3. Har bir sinf va guruhda to‘plangan didaktik materiallarnihisobga olib borish va tartibga solish, ulardan to‘g‘ri foydalanishyuzasidan nazorat o‘rnatish.4. Har bir sinf va guruhda o‘qituvchi va tarbiyachi hamkorligidamustaqil dars tayyorlash uchun har bir fandan matnlar,variantlar, mashqlar, misol va masalalar, didaktik o‘yinlartayyorlash.5. O‘quv yili davomida kamida ikki tarbiyachining mustaqildars tayyorlash sohasidagi ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish.6. Mustaqil dars tayyorlash bo‘yicha ochiq darslar o‘tkazish.7. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachining yil davomida o‘tiladiganmavzularga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi.8. Tarbiyachi va o‘qituvchilar malakasini oshirish uchunsharoit yaratish, ular malaka oshirish kurslaridan qaytgach,<strong>axborot</strong>larini eshitib borish.9. O‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘z ustida mustaqil ishlashrejalarining bajarib borilishini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish.10. Metod birlashma yig‘ilishlarida o‘qituvchi va tarbiyachilarningilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish va <strong>axborot</strong>larinieshitib borish.11. Har bir sinf va guruh uchun kutubxona tashkil qilib, vaqtivaqtibilan o‘quvchilar o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgazmasinitashkil qilish.Maktabda pedagogik jarayonni takomillashtirishga, ijodiyishlashga maktabning barcha o‘qituvchilari va tarbiyachilariningfaol jalb qilinishi maktab ichidagi nazoratning to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yilganligi va pedagogik jamoaning ishiga to‘g‘ri baho berilishiga134


ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Keyingi yillarda ilg‘or maktablardao‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa faollar ishini baholashningmezonlari ishlab chiqilib, bunga amal qilayotganligi yaxshinatijalar bermoqda. Bog‘ot tumanidagi I. Do‘sov nomli o‘rtamaktabda ham maktab kengashi, ota-onalar jamoasi, pedagoglarkengashi hamkorlikda o‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa xodimlarningishiga baho berish mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularasosida har bir xodim mehnati baholanib borilmoqda.O‘QITUVCHI MEHNATINI BAHOLASHNINGTAXMINIY MEZONI1. Dars sifati va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha olibborilayotgan sinfdan tashqari ish natijalari.2. O‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining samarasi.3. O‘qituvchining ijodiy izlanishi va uning samarasi.4. Mehnat intizomi, ishga vijdonan munosabat.5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish.6. O‘quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilikhamkorligining natijalari.7. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga pedagogikrahbarlik.8. Xonalarni zamonaviy jihozlash va ularning saranjomligi.9. Jamoat ishlarida qatnashish.10. Yil davomida uzluksiz ishlash.11. O‘quvchilar ota-onalarining o‘qituvchi haqidagi fikrlari.12. O‘z-o‘ziga baho berish.TARBIYACHI ISHINI BAHOLASH MEZONI1. O‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotganishlarning natijasi.2. Tarbiyachi va o‘quvchi hamkorligining samarasi.3. Mehnat intizomi va ishga vijdonan munosabat.4. Tarbiyachining ijodiy izlanishi va uning samarasi.5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish.6. Tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilikninghamkorligi.135


7. Tarbiyalanuvchilar qarovsizligining oldini olish bo‘yichaishlari.8. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlarigapedagogik rahbarlik.9. Jamoat ishlarida ishtirok etish.10. Guruhdagi tejamkorlik.11. Ko‘rik-tanlovlar yakuni.12. O‘quvchilar kontingentining saqlanishi.13. Yil davomida uzluksiz ishlash.14. O‘quvchilar ota-onalarining tarbiyachi ishi haqidagifikrlari.15. O‘z-o‘ziga baho berish.MAKTAB SHIFOKORI MEHNATIGA BAHOBERISHNING TAXMINIY MEZONI1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati.2. Mehnat intizomiga rioya qilinishi.3. Jamoat ishlarida ishtirok etishi.4. O‘quvchilarning sanitariya-gigiyena ishlarida qatnashishi.5. Davolash sohasidagi ijodiy faolligi.6. O‘z ustida mustaqil ishlashi.BOSHQA XODIMLAR MEHNATIGA BAHOBERISH MEZONI1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati.2. Ishdagi tashabbuskorlik.3. Mehnat intizomiga rioya qilinishi.4. Mehnat qilish madaniyati.Maktabda xodimlar ishiga oshkora ravishda baho berib borishmehnat intizomini mustahkamlashga, jamoadagi o‘quv-tarbiyaviyishlari uchun mas’uliyatni oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNAT TARBIYACHILARINING FAOLIYATITarbiyachining vazifasi shu qadar xilma-xilki, hatto ularumumta’lim maktablari qoidasida ham to‘la bayon qilinmagan.136


Tarbiyachi pedagogika-psixologiyani chuqur egallagan, sanitariyava gigiyenani, shuningdek, «Kamalak» va «Kamolot» YIH bilanishlash forma va metodlarini hamda tarbiyaning ijtimoiy vazifalarinibilishi shart. Bu maxsus bilimlar tarbiyachiga tarbiyajarayonini ilmiy asosda boshqarish uchun zarurdir. Nazariy tayyorgarlikdantashqari tarbiyachi quyidagilarni bilishi lozim:a) bola va bolalar jamoasini pedagogik-psixologik jihatdano‘rganishni;b) jamoani shakllantirish (jamoa modelini loyihalash) va univujudga keltirishni;d) bolalar jamoasiga rahbarlik qilish va jamoa faoliyatini to‘g‘rishakllantira borish; jamoadagi har bir shaxs va butun jamoaningijtimoiy va jismoniy o‘sish jarayonini tashkil etishni;e) tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari hamkasblar bilanmunosabat jarayonida pedagogik etika va pedagogik taktnormalariga qat’iy rioya qilishni;f) o‘z mehnati natijalarini analiz va sintez qilishni;g) o‘z bilimini, siyosiy-pedagogik va madaniy qarashlariningo‘sishini uzluksiz davom ettirishni.Bu muassasalarda ta’lim-tarbiya masalalarini ijodiy hal etishuchun tarbiyachilarning atroflicha bilimdon, bolalarga chinakamrahnamolik qila oladigan kishilar bo‘lishi talab etiladi.O‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning muvaffaqiyati,eng avvalo, o‘qituvchi-murabbiyga, uning g‘oyaviysiyosiyyetukligiga, bilimdonligiga, kasb mahoratiga, metodiksan’atiga, bolalarni chin dildan sevishiga, ularning taqdiri uchundavlat va xalq oldidagi ulkan mas’uliyat hissini to‘la anglabyetishiga bog‘liq.O‘qituvchi, tarbiyachi, sharafli hurmati o‘rniga qo‘yiladigankasblardan hisoblanadi. Zero, inson o‘z mehnati bilan ona tabiatgasayqal bersa, o‘qituvchi-murabbiy insonning qalbini go‘zallashtiradi,tilini burro, fikrini ravon qiladi.«Tarbiyachini, — degan edi atoqli pedagog-mutafakkirV. G. Belinskiy, — bog‘bon bilan taqqoslash qanchalik eski ta’rifbo‘lsa ham, lekin bu juda to‘g‘ridir. Ha, go‘dak bamisoli o‘z urug‘idanendigina unib kelayotgan murg‘akkina och yashil niholdir,tarbiyachi esa unib chiqayotgan ana shu nozik niholni parvarishqiladigan bog‘bondir». Tarbiyachi o‘zining kamtarona mehnatini,butun ma’naviy kuchini, mehr-muhabbatini bolalarni tarbiya-137


lashga sarflaydi. U insonning shakllanishi va mukammal bo‘libyetishishida dastlabki poydevorni qo‘yadi.Yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish jamiyat taraqqiyotibilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda butuninsoniyatning oliy maqsadi — rivojlangan jamiyat qurish uchunumumxalq kurashining tarkibiy qismi bo‘lgan maktabningkundalik ishini o‘sib borayotgan talablar darajasiga ko‘tarish, unitobora takomillashtirishdan iboratdir. Bu masalada o‘qituvchi vatarbiyachilarning roli juda kattadir.Maktablarda ta’lim-tarbiya berish metodlari takomillashaborgan sari o‘qituvchi va tarbiyachining roli orta boradi. Yangitip muassasa tarbiyachilarining faoliyati o‘quvchilarda mustaqilishlash, topshiriqlarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish,yoshligidan boshlab o‘z-o‘ziga talabchanlikni oshirish kabiko‘nikmalarni hosil qilib borishga qaratilgan bo‘lishi kerak.Tarbiyachi kelajak quruvchisining ma’naviy qiyofasinishakllantirib boradi. Shuning uchun ham ta’lim tizimini takomillashtirishbo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarimizninghal qiluvchi faktori — yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiyachilarva maktabning mohir rahbarlaridir. Tarbiyachi ta’limtarbiyaishida hamma vaqt asosiy figura bo‘lib keldi va shundaybo‘lib qoladi. Shunday ekan, tarbiyachi ta’lim-tarbiya ishlarinianiq belgilashi, jamiyat oldidagi fuqarolik burchini doimo hisqilishi lozim.K. D. Ushinskiy: «Yangi bino qurayotgan arxitektor qandaybino qurmoqchi ekanini sizga ayta olmagan arxitektorga nimadeyish kerak bo‘lgan bo‘lsa... o‘zining tarbiyachilik faoliyati oldigaqo‘yilgan maqsadni aniq va to‘g‘ri tushuna olmagan tarbiyachihaqida ham shunday fikrni aytishingiz mumkin» 1 , degan edi.Tarbiyachi faqatgina bolalar bilan olib boriladigan ish soatijarayonidagina tarbiyachi bo‘lib qolmay, u doimo, hamma joyda,hamma vaqt pedagog bo‘lib qoladi.Tarbiyachining bolalar tarbiyasida muvaffaqiyatga erishishuchun ba’zan o‘zining bo‘sh vaqtlarini, ya’ni dam olish daqiqalariniham ularning tarbiyasiga sarflashiga to‘g‘ri keladi.Sustkashlik, loqaydlik, «ish vaqtini shunchaki o‘tkazish bilan1Ushinskiy K. D. Asarlar to‘plami. 2-t, M., 1948, 63-bet.138


cheklanish» — iste’dodli tarbiyachi uchun yot narsa. Tarbiyachilikmehnati shundayki, u har kuni, har soatda uning oldigayangi-yangi muammolar qo‘yadi. Bu murakkab vazifalarnimuvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tarbiyachi tinimsiz, muntazamravishda ijodiy mehnat bilan shug‘ullanishi lozim.Bolalar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularni o‘zfarzandidek sevish, ardoqlash va ayni choqda talabchanlik, sabrbardosh,matonat tarbiyachiga xos xususiyatdir. Tarbiyachitalabchan bo‘lish bilan birga adolatli bo‘lishi ham lozim. Ba’zidatarbiyalanuvchilar tarbiyachining nohaqligidan norozi bo‘lishib,uning adolatsizligini betiga aytadilar. Afsuski, shunday noshudtarbiyachilar ham uchrab turadiki, ular tarbiyalanuvchilar,qolaversa, butun jamoa oldida o‘z obro‘larini yo‘qotadilar.Tarbiyalanuvchilarning noroziligi — tarbiyachi sha’niga bo‘lgano‘ziga xos tanqidlar. Tarbiyachi o‘z faoliyatida xatoga yo‘l qo‘ysa,uni vazminlik bilan pedagogik nuqtayi nazardan hal qilmog‘i vao‘z xatosini tuzatmog‘i kerak. Shuningdek, hamkasblari, maktabrahbarlarining tanqidiy mulohazalarini ham vazminlik bilando‘stona qabul qilishi lozim.Tarbiyachi faoliyatida hamma narsa har doim silliq bo‘lavermaydi,kelishmovchiliklar, ba’zida ziddiyatlar vujudga keladi. Agartarbiyachining o‘zi shu ish yuzasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib,boshqalarning aralashuvisiz, masalani to‘g‘ri hal qilsa, albatta,durust bo‘ladi.Ma’lumki, inson dunyoga tayyor fikr, g‘oya va tushunchalarbilan kelmaydi. Bunday falsafiy va psixologik jarayonlar ijtimoiyhayot mahsuli va natijasi bo‘ladi. Shaxs jamiyatning tarkibiyqismidir. Ijtimoiy sharoitda shaxsni jamiyatdan ajratish mumkinbo‘lmagani singari, shaxsni jamiyatga qarshi ham qo‘yib bo‘lmaydi.Shuning uchun inson kamolotida ta’lim-tarbiya qudratlikuchdir. O‘quvchilarning ma’naviy qobiliyatini ta’minlovchimurabbiyning eng asosiy vazifasi o‘zining ibratli xulqi va xattiharakatibilan o‘z shogirdlariga yetakchi, rahnamo bo‘lishgaerishishdan iboratdir.Aksincha, bolaga behuda do‘q qilish, koyish uning o‘jar bo‘libo‘sishiga, bilimlarni o‘zlashtirmasligiga sabab bo‘ladi. Bolaningtabiati ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab etadi.139


Buning uchun har bir tarbiyachi jamoa bilan ishlashni vabolalar bilan muomala qilishni yaxshi bilishi kerak. Undajamoatchilik, faollik, intiluvchanlik kabi xislatlar mujassam bo‘lsa,u ishda yangi yutuqlarni qo‘lga kiritib boradi.N. G. Chernishevskiy ta’biri bilan aytganda, tarbiyachi tarbiyalanuvchidaqanday sifatlar bo‘lishini istasa, o‘sha sifatlargao‘zi ham ega bo‘lishi kerak.Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’limtarbiyajarayonini takomillashtira borish tarbiyachilar zimmasigatushadi. Bunda tarbiyachilarning bolalarda to‘g‘ri mantiqni,dunyoqarash asoslarini shakllantirib borishga e’tibor berishlari,yoshlarni turmushga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashnazarda tutiladi. Kuni uzaytirigan guruh, maktab-internatlardao‘quvchilar faoliyatining mazmuni ma’lum bir pedagogikmaqsadga qaratilgan bo‘lib, ularning har tomonlama kamolotgayetishishini ta’minlab boradi. Yangi tipdagi tarbiya muassasalarigarahbarlik qilish — bu son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagano‘quvchilar jamoasiga shunchaki rahbarlik qilish emas, balkibolalarni jismoniy mehnat va madaniy-ommaviy ishlarga jalbetish, jamoatchilik ishlariga, turli to‘garak va tanlovlargaqatnashtirish demakdir. Shuningdek, bunday guruhlar o‘quvchilarningdam olishlari va hordiq chiqarishlari bilan bog‘liq bo‘lganmasalalar: o‘z-o‘ziga xizmat qilish, bolalarni rejim bilan ovqatlantirish,ularning har tomonlama bilim olishlariga bo‘lgan talabva ehtiyojlarni to‘la qondirish, kundalik rejimni to‘g‘ri tashkiletish kabi murakkab sohalarni ham qamrab oladi.Kuni uzaytirilgan guruhlarga rahbarlik o‘quvchilar jamoasiishini chegaralab qo‘ymasdan, ularning ko‘proq mustaqilfaoliyatiga va intilishiga imkon berishi lozim. Shu jihatdanqaraganda, kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlardaishlayotgan tarbiyachilarning faoliyati nihoyatda mas’uliyatlidir.Chunki bolalarning har bir daqiqasini mazmunli va qiziqarlio‘tkazish uchun tarbiyachining o‘zi maxsus tayyorlanganbo‘lmog‘i kerak. Biroq, musiqa, rasm, ashula va mehnatsohasidagi bilimlardan yetarli xabardor bo‘lmagan tarbiyachio‘quvchilar turmushini mazmunli uyushtira olmaydi.Shuningdek, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar uchun namunabo‘la oladigan sofdil, bilimdon va insonparvar bo‘lishi kerak.140


Ayrim tarbiyachilar bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘ladilar.«Agar to‘polon qilsang, shovqin solsang, sinfdan chiqaribyuboraman» deb do‘q-po‘pisa qiladilar, jerkib beradilar. Bundaymuomala ongli intizom o‘rnatishga ko‘p jihatdan putur yetkazadi.Aksincha, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilishi, turli vositalarbilan ularning faolligini, qiziqishini oshirishi, bekorchilikka,zerikishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.Tarbiyachi o‘qituvchi singari bolalarning ijobiy fazilatlarini hardoim e’tiborga olishi, o‘ta sinchkov bo‘lishi, sinfdan tashqarimashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir etadigantomonlarini yo‘qota borishi zarur. Chunki internat va kuniuzaytirilgan guruhlar sharoitida o‘quvchilarda bilim asoslariniyanada chuqurroq, atroflicha egallab olish imkoniyati bo‘lganisingari, ularda turmushga ishonch, e’tiqod hosil qila borish,ularning iste’dod va qobiliyatlarini ham tarbiyalab borish mumkin.Tarbiyachi bolaning o‘sib kamol topishiga katta e’tibor berarekan, dastlab uning ijobiy xususiyatlarini ko‘ra bilishi kerak.Bolani seva oladigan, uni hurmat qila oladigan tarbiyachiginauning yaxshi xislatlarini sezadi. Bu bilan u, shubhasiz o‘quvchilarninghurmatiga sazovor bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachitomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samaralikechishiga olib keladi. Tajribali murabbiylar pedagogik maqsadnio‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotning mazmun vaxarakteriga qarab belgilaydilar. Bu ular tomonidan olib boriladigansinfdan tashqari mashg‘ulotlarning qiziqarli va mazmunlio‘tishini ta’minlaydi.Kuni uzaytirilgan guruh va sinflarda mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarihamda tarbiyaviy ishlarning mazmunli bo‘lishinita’minlaydigan vositalardan yana biri tarbiyachining o‘quvchilaroldidagi obro‘sidir. Obro‘li tarbiyachi o‘quvchiga do‘q-po‘pisaqilmaydi, baqirmaydi. Ular o‘z obro‘si bilan o‘quvchilarningtashabbus ko‘rsatib ishlashiga, topshiriqlarni his qilishlarigaerishadi. Demak, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiyaishining samarasi tarbiyachining ijobiy fazilati bilan bevositabog‘liq. Ha, tarbiyachi qancha obro‘li bo‘lsa, o‘quvchilar uningtopshiriqlarini shuncha yaxshi bajaradilar.Bolalar tarbiyachi bilan o‘qituvchining xoh darsda bo‘lsin, xohturmushda bo‘lsin, ularning o‘zlarini qanday tutishini, qandaykiyinganini, o‘z atrofidagi kishilar bilan qanday muomalada141


o‘lishini doimo kuzatib yuradilar. Ayniqsa, ishi bilan so‘zi birbirigato‘g‘ri kelmaydigan pedagoglarni bolalar yoqtirmaydilar.Bolalar samimiy, g‘amxo‘r, dilkash tarbiyachini hurmat qiladilarva unga ishonadilar.Demak, tarbiyachining pedagogik mahorati va shaxsiy namunaviysifatlari bola tarbiyasida asosiy va muhim rol o‘ynaydi.Tarbiyachi va o‘qituvchining obro‘si har qanday intizomsiz bolagaham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.Tarbiyachining tashqi qiyofasi: uning kiyinishi, so‘zlashishmadaniyati, o‘zini tutishi, salobati, bola tarbiyasining shakllanishidaalohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, uning jismoniyjihatdan sog‘lomligi, ko‘rish-eshitish qobiliyatlari, nutqi tarbiyalanuvchiuchun o‘rnak bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuning uchunguruh tarbiyachilarini shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, sog‘lig‘initekshirib turish lozim. Yurak-qon, <strong>markazi</strong>y nerv tizimida,psixikasida kasal va nuqsoni bor, sil kasalining xavfli shakllariva yuqumli teri kasalliklari bilan og‘rib yurgan, ko‘rish va eshitisha’zolari ishdan chiqa boshlagan kishilar tarbiyachilik kasbiga jalbetilmaydi.Afsuski, tarbiyachilar orasida boshlang‘ich sinflar bo‘yicha oliyma’lumotli mutaxassis kishilar ozchilikni tashkil etadi. Ba’ziqishloq maktablarida yuqori sinflarning predmet o‘qituvchilariyoki pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan kishilar, yosh o‘qituvchilar,ayrim hollarda nafaqaga chiqish arafasida turgan o‘qituvchilartarbiya san’atini bilish, bilmasligidan qat’i nazar tarbiyachi qilibtayinlanadilar. Bunday holatlar yangi tip muassasalar ishiniyaxshilashga, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning samarali bo‘lishigasalbiy ta’sir etadi. Tarbiyachilar orasida qisman bo‘lsa-da,qo‘nimsizlik, ularni tez-tez almashtirish kabi hollar uchrab turadi.Tarbiyachilik kasbiga nisbatan bunday munosabat kuniuzaytirilgan guruh, maktab va maktab-internatlardagi ta’limtarbiyaishlarining mazmuniga salbiy ta’sir etishi shubhasizdir.Ba’zan maktablarda guruhlarga tarbiyachilar bir stavka ta’minlanmayqolgan o‘qituvchilarning stavkasini to‘ldirish maqsadidatayinlanadilar.Tarbiyachilarning tez-tez almashib turishlariga quyidagilar:a) xalq maorifi xodimlarining, jamoatchilikning kuni uzaytirilganmaktab, sinf va guruhlarning ta’lim-tarbiya ishini yanadayaxshilashga, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash-142


da jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirishga joylarda yetarliahamiyat berolmayotganliklari;b) ba’zan kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilarningmehnatlari maktab ma’muriyati tomonidan yetarlidarajada baholanmayotganligi;d) tarbiyachilarni moddiy, maishiy va ma’naviy jihatdanrag‘batlantirish ular bajaradigan ishga nisbatan yetarli darajadaemasligi;e) tarbiyachilar orasida o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilanishlash guruhi degan tushunchaning mavjudligi sabab bo‘lmoqda.Juda ko‘pchilik maktablar ma’muriyati kuni uzaytirilganguruhlarga tarbiyachilar tanlashda ularning pedagogik ma’lumotiniginahisobga olish bilan chegaralanadilar. Vaholanki, guruhlardao‘quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish,ularning mustaqil faoliyatlarini samarali uyushtirib borish, bolalarningtalab va ehtiyojlariga har tomonlama javob berish uchunpedagog-tarbiyachidagi pedagogik bilimning o‘zigina kamlikqiladi. Bu muassasalarda ishlaydigan tarbiyachilar texnikagaqiziqishi, tasviriy san’at sohasida ma’lumotli, ommaviy o‘yinlartashkil qila oladigan bir yoki bir necha sport turlari bo‘yicha jamoatchi-trener,ekskursovod, lektor, tashviqotchi bo‘la oladiganqobiliyatli kishilar bo‘lmog‘i lozim. Bularning hammasi tarbiyaviyishlar doirasini yanada kengaytirishning asosiy omilidir.Xullas, tarbiyachi jamoat o‘rtasida, ayniqsa, bolalar bilanmuloqotda bo‘lganda o‘zini tuta bilishi katta ahamiyat kasb etadi.Oddiylik, tabiiylik, qadr-qiymat, so‘zlashganda imo-ishorasiz,baland ovoz bilan gapirmaslik, o‘zini tuta bilish, shuningdek,iltifotlilik, kamtarinlik, inson yoshidan qat’i nazar uni hurmatqilish — bu har bir pedagog egallashi zarur bo‘lgan muomala vaaxloqning asosiy qoidalaridir.Boshlang‘ich sinf tarbiyachilarining asosiy vazifalari. Tarbiyachiningvazifalari va ish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular ilmiyishlarda, metodik qo‘llanmalarda hali to‘la o‘z ifodasini topmagan.Shuning uchun ham yosh tarbiyachilar yoki endiginatarbiyachi etib tayinlangan o‘qituvchilar ish jarayonida ma’lumqiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ilg‘or tarbiyachilarning ishtajribasiga tayanib, ularning vazifasini ikki guruhga bo‘lishmumkin — kundalik va joriy (epizodik). Birinchi kuni uzaytirilganguruh o‘quvchilarining bir kunlik faoliyatini o‘z ichiga olsa,143


ikkinchi guruhga sinfda, shuningdek, sinfdan va maktabdantashqari o‘quvchilar bilan olib boriladigan perspektiv, joriy ishlarnio‘z ichiga oladi.Tarbiyachi o‘zining guruh bilan olib boradigan ishini hujjatlarbilan tanishishdan boshlaydi. Shundan so‘ng u davomatnianiqlaydi, bolalarning ruhiy ahvoli, kayfiyati, salomatligi,o‘zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni o‘qituvchidan so‘rab biladi.Keyin uyga berilgan vazifalarning xususiyatlarini o‘rganadi,maktab rahbariyatidan aniq ko‘rsatmalar oladi, zarur bo‘lgandao‘qituvchilar darslarida bo‘ladi va olingan ma’lumotlar (<strong>axborot</strong>lar)asosida kundalik rejaga tuzatishlar kiritadi. Tarbiyachixonani ko‘zdan kechirishni, o‘yinchoqlar, texnik asboblarningmavjudligi va holatini tekshirishni nazardan qochirmaydi.Bolalarni qabul qilgach, ota-onalarning iltimoslarini, shuningdek,guruh sardori yoki navbatchining <strong>axborot</strong>ini eshitib, bolalarningistak va talablari asosida ularning individual xususiyatlarinihisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarga bir kunlik ish rejasinie’lon qiladi.Bolalarning ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish uchun, oshxonaganavbatchi tayinlanishi, sochiqlarning tozaligiyu, bolalarningozodaligini tekshirish, ovqatlanish qoidalari xususida ikki daqiqaliksuhbat o‘tkazish va ularning oshxonada o‘zini tutishiga e’tiborberish, ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng oshxonadan tashkiliy sur’atdachiqishini kuzatish lozim.Xonada tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazayotganda tarbiyachi zimmasigamuhim vazifalar yuklatiladi. Chunonchi, dastlab umashg‘ulot rejasini e’lon qiladi, o‘tkazilayotgan tadbirlardabolalarning ishtirokini kuzatadi, faol qatnashayotgan bolalarrag‘batlantiriladi, o‘tkazilgan tadbirlar tahlil qilinadi.Uy vazifasini bajarishga tayyorlash chog‘ida tarbiyachi mashg‘uloto‘tkaziladigan xonani shamollatishni nazorat qiladi, zarurko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ish o‘rinlariningtayyor bo‘lishi va bolalarni joy-joyiga o‘tqazish, bo‘sh o‘zlashtiruvchio‘quvchilarni kuzatib borish, bajarilgan mustaqil ishlarnifrontal tekshirish, yordamga muhtoj bolalarga o‘z vaqtida yordamko‘rsatish, vaqti-vaqti bilan o‘quvchilarning kundaligini tekshirish,o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishning sifatini aniqlashuchun savol-javoblar o‘tkazish, mustaqil dars tayyorlashniyakunlash va vazifani qunt bilan bajargan ba’zi o‘quvchilarni rag‘-144


atlantirish hamda mustaqil dars tayyorlashning natijalarito‘g‘risida o‘qituvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish lozim.Guruh ishini tugallash chog‘ida tarbiyachi ertaga bo‘ladigannavbatchilarni tayinlashi, sinfning tozalanishini kuzatishi,o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yishi, bolalarini olib ketishga kelganota-onalar bilan suhbatlashishi, bolalar uyga ketayotganlaridaularning kiyinishini kuzatishi va kun bo‘yi qilingan ishlarninghisob-kitobini olishi, shuningdek, o‘qituvchilarga o‘z mulohazava tavsiyalarini yozib qoldirishi maqsadga muvofiqdir.Ochiq havoda dam olishni uyushtirishda tarbiyachining vazifasiko‘p qirralidir. Ob-havoni hisobga olgani holda tarbiyachibolalarning qanday kiyinganligini ko‘zdan kechiradi, ularga damolish rejasini e’lon qiladi, ular o‘rtasida vazifalar taqsimlanib,topshiriqlar beriladi, rejada belgilangan mavzu asosida yakka yokiguruh holda suhbatlar o‘tkazadi. Ochiq havoda dam olishnihoyasiga yetgach, qilingan ishlarga va dam olishga qisqachayakun yasab, darsga kirishdan oldin bolalarning tartib-intizominikuzatadi.O‘QITUVCHI VA TARBIYACHILARNING MALAKASINIOSHIRISH TIZIMI«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliydasturi» yoshlarni ham jismoniy, ham aqliy mehnatga qobiliyatli,xalq xo‘jaligida, hayotining turli sohalarida, fan va madaniyatjabhalarida faol ishtirok ko‘rsatishga qodir ongli, bilimdon qilibtarbiyalash va tayyorlash yo‘li izchil olib borilayotgani qaydetiladi. Shu masalalarni davr talablari asosida amalga oshirishdamaorif muassasalarining faoliyati, pedagog kadrlarning ish uslubiva metodlarini yaxshilash, ularning malaka tizimini rejali amalgaoshirish ko‘zda tutiladi.Ma’lumki, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi vamuvaffaqiyati kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, malakasi,o‘z omilkorligini takomillashtirish ustida qunt va izchillik bilanishlashiga bog‘liq.O‘qituvchi kasb mahoratini takomillashtirish uchun umr bo‘yio‘z ustida ishlashi, izlanishi lozim.Chunki o‘qituvchi-tarbiyachi jamiyatning yosh avlod ta’limtarbiyasigaqo‘ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir.10 — K. Hoshimov145


Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘qituvchi-tarbiyachilarningfazilati haqida gapirib:«Tarbiyachi ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokinio‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etibyetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi aynan shundayyuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlargaega bo‘lishi kerak», deydi.Ma’lumki, maktab, maorif ishi juda murakkab, ko‘p qirraliva g‘oyat mas’uliyatli ish. Hozirgi zamon taraqqiyoti maktaboldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda: o‘qituvchilar,tarbiyachilar ishiga talab tobora oshmoqda. Ana shunday birsharoitda eski metod bilan ishlash, qachonlardir olgan bilimlarbilan cheklanib qolish aslo mumkin emas. Xullas, pedagog o‘zkasbining ustasi bo‘lishi shart. K. D. Ushinskiyning «Tarbiyachiningfaqat o‘qituvchigina bo‘lishi yetmaganidek, o‘qituvchiningham nimani o‘qitish kerakligini bilishi va buni nazariy jihatdanginaemas, balki amaliy jihatdan ham bilishi lozim», deganso‘zlariga to‘la amal qilish kerak.O‘qituvchi va tarbiyachilar malakasini oshirish zarurligiga«Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning Asosiyyo‘nalishlari»da alohida e’tibor berilib, unda «Pedagog kadrlarningmalakasini oshirish tizimi yanada takomillashtirilishi lozim. Pedagoglarmahoratini oshirish, ilg‘or tajribani umumlashtirish va ommalashtirishningilmiy-metodik markazlari bo‘lmish o‘qituvchilarmalakasini oshirish institutlari rivojlantirilsin. Bu institutlardategishli kafedralar tashkil qilinsin, ularda ishlash uchun malakalimutaxassislar jalb etilsin. Qoida tariqasida pedagog har to‘rt-beshyilda bir marta qayta tayyorgarlikdan o‘tib turishi maqsadgamuvofiqdir», deb qayd qilingan.Hozirgi vaqtda pedagoglarning ma’naviy dunyosini boyitish,ularning har tomonlama bilimli, mahoratli bo‘lishlarini ta’minlashmasalasi maktabni isloh qilish talablari sirasiga kiradi. O‘qituvchilar,tarbiyachilar va boshqa xalq maorifi xodimlariningmalakasini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish,xodimlarning o‘z ustlarida mustaqil ishlashlarigakatta e’tibor berilmoqda.Malaka oshirish uzluksiz va doimiy jarayondir. Bu jarayonningsamarali bo‘lishi, asosan, pedagog-tarbiyachilarning mustaqilo‘qishini izchil nazorat qilish va boshqarish bilan birga, ularni146


vaqti-vaqti bilan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitib turish, turliformadagi metodik ishlarga faol jalb etishga bog‘liqdir.O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi ana shu masalagadoimo jiddiy e’tibor berib kelayotir. Chunonchi, vazirlikningo‘qituvchi kadrlar malakasini oshirishda pedagogika institutlariningmaktablarga yordam berishi to‘g‘risidagi (1973-yil)buyrug‘ida, o‘qituvchilarga bilimi va pedagogik mahoratinioshirishda, hozirgi zamon fanini, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishdayaqindan ko‘maklashish, ularga zaruriy ilmiy-pedagogikma’lumotlar izlashning metodlarini, ommaviy <strong>axborot</strong> vositalaridanmohirona foydalanish usullarini o‘rgatish, kafedralarningko‘chma majlislarini tashkil etish, joylarda seminar va amaliymashg‘ulotlar o‘tkazish hamda boshqa tadbirlar orqali qishloqmaktablarining pedagoglari bilan uzluksiz ish olib borish, ularningta’lim-tarbiya ishlarini tahlil qilish singari vazifalar belgilanganedi. Shu ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchi va tarbiyachilarningpedagogik mahoratini, malakasini oshirish muhim omildir.Keyingi yillarda o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlaridaana shu masala bo‘yicha ba’zi tadbirlar amalga oshirilmoqda: seminarlar,yozgi, qishki kurslar, viloyatlar, tumanlardagi tayanchmaktablar, tajribali tarbiyachilarning ishlarini yoritadigan metodikxatlar shular jumlasiga kiradi. Bu tadbirlar tarbiyachilarningmalakasini oshirib borishda ijobiy natijalar berayotir. Shuningdek,respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan turli konferensiyalar,seminar-kengashlar internat va kuni uzaytirilganmaktablar, guruhlar tarbiyachilarining ishini yanada yaxshilashdakatta yordam bermoqda. Yana bir narsani alohida ta’kidlashlozimki, pedagogika universitetlari orqali mazkur muassasalargatarbiyachilar tayyorlash shu kunning muhim talabidir. Zero,tarbiyachi ishining muvaffaqiyati, eng avvalo, uning g‘oyaviysiyosiyva professional tayyorgarligiga bog‘liqdir. Hozirgi zamonpedagogi fikr doirasining kengligi, hukumat tomonidan xalq vaxalq maorifi organlari oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalarnibilishi va tushunishi, kundalik, siyosiy voqealardan xabardorligi,chuqur bilimi, shaxsiy madaniyati, san’at va fanga muhabbatibilan ajralib turadi. Ilg‘or tarbiyachi o‘z ishiga doir ilmiy-nazariyyangiliklarni, pedagogik va psixologik tadqiqotlarni o‘rganib,ularni tarbiyaviy ishlariga tatbiq etib borishi lozim.147


O‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari konferensiyalartashkil etish yo‘li bilan ilg‘or maktablar va guruhlarda qo‘lgakiritilayotgan yutuqlarni ommalashtirib bormoqdalar. Shuningdek,tarbiyachilarning metod kengashlari qo‘lga kiritilgan ilg‘ortajribalarni yoyishning yaxshi vositasi sifatida har xil seminarlardanham foydalanmoqda. Bu tadbirlar kuni uzaytirilgan sinfva guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar malakasini oshirishga hamyordam bermoqda. Seminarning ahamiyati shundaki, u o‘qituvchi-tarbiyachigasinfda, sinfdan tashqari ishlarda maktab o‘quvtizimidagi didaktik usullarni, faollashtirish tajribasini qo‘llashni,suhbatlar olib borishni, nutq madaniyatini o‘rgatadi.O‘qituvchi-tarbiyachilarga umumiy fan yutuqlarini, xususan,pedagogika, metodika fani sohasidagi yangiliklarni o‘rganish,o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarining asosiy vazifalaridanbiridir. Respublikamizda shu masalaning to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yilishi o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik yordam berishmaqsadida amalga oshirilayotgan ko‘chma seminarlar, qishloq vatumanlarda, viloyatlarda o‘tkazilayotgan konsultatsiyalar, metodikbirlashmalar yaxshi natija berayotir. Toshkent, Andijon, Buxoro,Qashqadaryo va Farg‘ona pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagikafedralar tashabbusi bilan har yili o‘tkazilayotgan seminarmashg‘ulotlari yosh o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik vaamaliy yordam berishning juda qiziqarli va g‘oyat foydali omiligaaylanib qoldi.Ma’lumki, maktablarning bir-biriga o‘zaro yaqinligi, ularningo‘quv-moddiy bazasi, ta’limning qaysi tilda olib borilishi vahokazolar metod birlashmaning tuzilishini belgilovchi omillardir.Qishloq joylarda qaysi maktab malakali xodimlar bilan yetarlidarajada ta’minlangan, moddiy jihatdan yaxshi bazaga ega bo‘lsa,o‘sha maktab metod birlashmalarning <strong>markazi</strong> sifatida xizmatqilishi lozim. Birlashma yig‘ilishlarini ta’til paytlarida har yili to‘rtmarta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Yig‘ilishlarda ayrim pedagoglarva pedagogik jamoalarning ijodiy hisobotlarini tinglash,ularning faoliyatidagi mavjud tadbirlarni belgilash, tuman va undagixo‘jaliklarning hozirgi ahvoli, kelajakdagi vazifalari, anashularga bog‘liq holda maktabdagi ta’lim-tarbiya masalalarinimuhokama qilish, uning sifati va samaradorligini yaxshilashyo‘llarini aniqlash kabi ishlar amalga oshiriladi.148


Birlashma metod birlashma faoliyatidan ko‘zlangan natijalargaerishish uchun, avvalo, birlashma rahbarlarining nazariytayyorgarligini har tomonlama yaxshilash va tashabbuskorliginioshirish lozim. Shuningdek, viloyat o‘qituvchilar malakasinioshirish institutlarining xodimlari qishloq maktablarida xilma-xilishlarni olib borishda birlashma metod birlashmalarga yaqindanyordam berishlari kerak. Malaka oshirish ishi qanchalik chuquro‘ylanib, har tomonlama maqsadga muvofiq tashkil etilsa, ushunchalik yaxshi natija beradi.Yosh tarbiyachining mehnatdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdanmaktab jamoasiga, maktab rahbarlari va pedagoglari, tuman,shahar xalq maorifi bo‘limlari va metodist xodimlarning ungaqanchalik e’tibor berishlari hamda g‘amxo‘rlik qilishlariga hambog‘liqdir. Respublikamizning ko‘pgina maktablarida, tuman vashaharlarida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarni tantanali kutibolish an’anaga aylanib qolgan. Maktabning birinchi pedagogikkengashida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarga kitoblar, gullartaqdim qiladilar. Bu xildagi tadbir endi ish boshlovchi yosh mutaxassisningko‘nglini, kayfiyatini ko‘taradi, unga madad va dadillikbaxsh etadi.Pedagog-murabbiy, maktab rahbarlari yosh o‘qituvchi-tarbiyachilargata’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish yo‘llarini o‘rgatadi,bu borada amaliy yordam beradi. Shuningdek, yosh mutaxassislarham, o‘z navbatida, peshqadam o‘qituvchi-tarbiyachilarningilg‘or tajribalari asosida malakalarini oshiradilar.Ko‘pgina maktablarda boshlang‘ich sinflar bo‘yicha ishlaydigantarbiyachilarning alohida metodik birlashmalari mavjud.Ularda ilg‘or tajribalar atroflicha o‘rganiladi, tahlil qilinadi vaommalashtiriladi. Bunday metodik birlashmalar tarbiyachilarkuchini bir yerga to‘plash va uni bir maqsad sari yo‘naltirish,o‘quv-tarbiya ishlarini uyushtirishning samaradorligini oshirishgakatta yordam beradi. Bu ishlarga tajribali tarbiyachilar yokiboshlang‘ich sinflar bo‘yicha ilmiy bo‘lim mudirlari boshchilikqilmoqdalar. Kuni uzaytirilgan guruhlari oz bo‘lgan maktablarningterritorial joylashishiga qarab uch, to‘rt maktab tarbiyachilariningmetodik birlashmasini bir maktabda tashkil etish hamyaxshi natija bermoqda. Katta bo‘lmagan maktablarda bumetodik birlashmaga katta tarbiyachilardan biri yoki ilmiybo‘lim mudiri boshchilik qiladi. Katta maktablarda esa tajribali149


tarbiyachilardan bittasini bu metod birlashmaga rahbar qilibsaylash maqsadga muvofiqdir. Metod birlashma rahbarlarito‘g‘ridan to‘g‘ri tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining rahbarligidaish olib boradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kuni uzaytirilganguruhlari ko‘p, to‘liq o‘rta maktablarda sinf rahbarlari va tarbiyachilarninguchta metod birlashmalari tashkil etilgan: I—III;IV—VI va VII—IX sinflarda.Har bir metod birlashma o‘ziga rahbar saylaydi. Ayniqsa,yosh pedagoglarga ochiq mavzuli kechalarda ishtirok etish kattafoyda beradi. Bularga musiqali kechalar, harbiy vatanparvarlikmavzusidagi kechalar, o‘quvchilarning tug‘ilgan kunlarininishonlash (stol yasash), mashhur kishilar bilan uchrashuvlaro‘tkazish va hokazolar. Bunday tadbirlardan so‘ng o‘quvchilarniuyga kuzatib, metod birlashma rahbarlari o‘sha tadbirnipedagogik yig‘ilishlarda muhokama qiladilar, o‘z fikrlari bilano‘rtoqlashadilar.Metod birlashma ishi hech qachon maktab ichida qolib ketmasligikerak. Pedagoglarning maktablararo aloqalari to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yilib, ularning yutuq va muvaffaqiyatlarini konferensiyalar,murakkab pedagogik vaziyatlar muhokamasiga olib chiqish, xullas,tajriba almashish lozim. Maktablararo pedagogik birlashmalardailg‘or ish tajribalarini umumlashtirgan metodik guruhlar tashkiletiladi. Ularda mavzu jihatdan qiyin bo‘lgan muammolar halqilinadi, referatlar, maqolalar muhokama etiladi. Bunday birlashmalardakuni uzaytirilgan maktab-internatlar ham ishtirok etishimumkin.Nihoyat, sinf rahbarlari metod birlashmasini tashkil etish judamuhimdir. Kuni uzaytirilgan sinf-guruhlar va maktab-internatlardagipedagoglarning ish rejimi murakkabdir. Ko‘pchiliko‘qituvchilar dars berish jarayonida tarbiyaviy ishlarni qo‘shib olibborsalar, boshqalari shu ish bilan ertalab, yana birlari esao‘quvchilar bilan butun kun davomidagi tanaffus paytlaridashug‘ullanadilar.Pedagogik yig‘ilish o‘tkazadigan maktab pedagogik talablargahar tomonlama javob berishi lozim. Bunday metodik birlashmalardaboshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan kuni uzaytirilganguruhlarda mustaqil o‘quv ishining samaradorligini oshirishgayordam beradigan mavzular, metodik usullardanfoydalanish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilishi ke-150


ak. Quyida biz kuzatish olib borgan maktablarda tarbiyachilarningmetod yig‘ilishlarida muhokama qilingan ayrim masalalarningnamunasini keltiramiz. Mavzularni rejalashtirgandaasosan o‘quvchilar bilan mustaqil o‘quv ishini uyushtirish vaunga rahbarlik qilish, dam olishni uyushtirish, bolalarning ovqatlanishinitashkil etish, kundalik vaqtni taqsimlash, tarbiyachiishini rejalashtirish kabi muhim masalalarga ko‘proq e’tiborberilgani diqqatga loyiq.Tadbirlarnio‘tkazishmuddatiMuhokama qilinganmavzular151Shu ishgamas’ullarMulohazalar1 2 3 4SentabrOktabrNoyabrKuni uzaytirilganguruh va sinflarnituzish tartibi, tarbiyachiishini rejalashtirish.Mashg‘ulot uyushtiriladiganxona, o‘yinxonasi, sport maydonchasinijihozlash.Kuni uzaytirilgan guruhlardao‘quv ishiniuyushtirish uchun keraklijihozlarni hozirlash.O‘quvchilarningovqatlanishini yo‘lgaqo‘yish, mustaqilo‘quv mashg‘ulotlariniamalga oshirishdao‘quvchilarning individualxarakterlariningahamiyati.Kuni uzaytirilganguruhlarda boshlang‘ichsinf o‘quvchilaribilan mustaqil o‘quvmashg‘ulotini uyushtirish,to‘garak seksiyalarinitashkil etish.Maktab direktori,tarbiyachilar.Direktor o‘rinbosari,maktabningxo‘jalik ishlaribo‘yicha mudiri,«Kamolot» YIHningxo‘jalikishlari bo‘yichaboshlig‘i, metodbirlashmaningboshlig‘i, otaonalarqo‘mitasiraisi, otaliqqaolgan tashkilotvakili.Tarbiyachilar.Qo‘shimcharavishda biror guruhtarbiyachisini vaota-onalarqo‘mitasining rejasinimuhokamaqilish.Ikki yoki uch tarbiyachiningmashg‘ulotinikuzatib,uni tahlil qilish.


1 2 3 4Dekabr Kuni uzaytirilgan guruhlardao‘quv mashg‘ulotlarinitashkiletishda tarbiyachi bilano‘qituvchining hamkorligi.Yanvar Mustaqil o‘quv mashg‘ulotlariningsamaradorliginioshirishdao‘quvchilar bilimini hisobgaolishning ahamiyati.FevralMartAprelMayKuni uzaytirilgan guruhlardasinfdan tashqarimustaqil o‘quvmashg‘ulotlari, ularnio‘tkazishda maktab, oilava otaliqqa olgantashkilotlarning hamkorligi.Kuni uzaytirilgan guruho‘quvchilari bilansayohatlar tashkil etish.Kuni uzaytirilgan sinf vaguruhlarda o‘tkaziladigano‘quv mashg‘ulotlaridao‘quv-texnikvositalaridan va sinfdantashqari mashg‘ulotlardaturmush tajribalaridanfoydalanish.Bir yillik ta’lim-tarbiyaishida qo‘lga kiritilganyutuqlar va yo‘lqo‘yilgan kamchiliklar.Kelgusi o‘quv yilidaamalga oshirilishi zarurbo‘lgan vazifalar.O‘qituvchi vatarbiyachilar.Tarbiyachilar.Maktabning ilmiyishlar bo‘yichamudiri, maktabniotaliqqa olgantashkilot rahbari,ota-onalarqo‘mitasining raisi.Tarbiyachilar,«Kamolot» YIHsardori.Tarbiyachilar.Maktab direktori,ilmiy bo‘lim mudiri,tarbiyachilar,«Kamolot» YIHsardori, ota-onalarqo‘mitasining raisi,otaliqqa olgan tashkilotva tuman(shahar) xalq maorifibo‘limidan vakil.DavomiIkki nafartarbiyachi olibborgan to‘garakmashg‘ulotiniqiyoslab, tahlilqilish.Kuni uzaytirilganguruhlarningumumiy hayotibilan tanishish.Bir necha o‘quvmashg‘ulotlarinitahlil qilish.Bir nechamashg‘ulot tahlili.Maktabningo‘quvchilar bilanyozgi ta’tildaamalga oshirilishilozim bo‘lgan ishrejasinimuhokama qilish.152


Mavzularning muhokamasida uning xarakteriga qarab, sinfo‘qituvchilarining ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.Tarbiyachilar metodik birlashmasining bo‘lishi, metodikxarakterdagi mavzular yuzasidan muttasil seminarlar uyushtirilishi,yordam berish, sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarini ijodiytashkil etish muhim ahamiyatga egadir.Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, kuniuzaytirilgan sinf va guruh, maktab-internatlar tarbiyachilariningpedagogik malakasini oshirib borish hozirgi kunning muhimmasalasidir. Shu muammolarni to‘la amalga oshirish uchunquyidagi muhim ishlarga alohida e’tibor berish kerak:1. Pedagogika kollejlari va pedagogika universitetlariningboshlang‘ich ta’lim metodika fakulteti o‘quv dasturiga internat,kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning maqsadi, vazifasi, amalgaoshiriladigan ishlarning metodlariga oid mavzularni ko‘proqkiritish;2. Ilg‘or tarbiyachilarning ta’lim-tarbiya ishlari jarayonidagiyutuqlarini mahalliy matbuotda izchil ravishda yoritib borish;3. Respublika va viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirishinstitutlari tomonidan joylardagi internat, kuni uzaytirilganmaktab va guruhlar tarbiyachilari tajribasini atroflicha o‘rganib,shu asosda tavsiyalar, metodik xatlar ishlab chiqish bilan birgatajribalarni ommalashtirishga yordam beradigan tayanch maktablaritashkil etish;4. Maktablar qoshidagi kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlartarbiyachilari metodik birlashmasining muntazamishlashiga erishish; bu metodik jamoa ish uslubini fan-texnikayutuqlariga moslash; bu yangi tip muassasalarda ta’lim-tarbiyaborasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llariniqidirish. Shuningdek, bu mavzular muhokamasida maktab ma’-muriyati, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, «Kamolot»YIH, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti, ota-onalar qo‘mitasi vajamoatchilik tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash lozim.Zero, xalq maorifi faoliyatida kadrlarni tayyorlash va ularningmalakasini oshirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta’lim vatarbiya ishining sifatini hamda samaradorligini oshirish shuvazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liqdir.153


KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLARDA BOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARINING MUSTAQIL DARS TAYYORLASHIVA ULARGA PEDAGOGIK RAHBARLIKKuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘quvmashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishi jihatidanularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlaridaneng muhimi — o‘quvchilarning tarbiyachi yoki o‘qituvchi rahbarligidavazifalarini belgilangan kun tartibi asosida bajarishidir. Kuniuzaytirilgan sinf va guruhlarda dars tayyorlashdan asosan ikkimaqsad ko‘zda tutiladi:a) dars davomida olgan bilimlarni mustahkamlash;b) bolalarda mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash.Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda darstayyorlashning xususiyatlaridan yana biri, tarbiyachi ota-onalarninguy vazifasini tayyorlatish va nazorat qilish vazifasini o‘zzimmasiga olishidir. Bu maktablarning faoliyati xilma-xil vamurakkab bo‘lganligi uchun o‘quvchilar bilan olib boriladigantadbirlarga, ayniqsa, mustaqil o‘quv ishlarini o‘tkazishga mohirtarbiyachi-o‘qituvchilarning rahbarlik qilishlari talab etiladi. Kuniuzaytirilgan sinf, guruh, maktab-internatlar kun tartibida darslarbilan bir qatorda, o‘quvchilarning uy vazifasini mustaqiltayyorlashi ham asosiy omillardan hisoblanadi. Kuni uzaytirilgansinf va guruhlarda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini pedagogiknuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil qilish, ularni mustaqil bilimolishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.Mustaqil dars tayyorlash jarayonida o‘quvchilar darsni takrorlaydilar,uy vazifalarini bajaradilar, ba’zan qo‘shimcha vositalarorqali bilimlarini mustahkamlaydilar va kengaytiradilar. Kuniuzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda o‘quvchilar bilanmustaqil o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish deganda, tarbiyachiyoki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ma’lum vaqt ichidatopshiriqlarni ongli ravishda bajarishlarini, shu xususda hartomonlama mulohaza yuritishlarini, faol fikrlashlari va o‘zlariningbilimlarini ishga solgan holda bajaradigan ishlarini tushunmoqlozim. Ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilari tarbiyachining yordamigaehtiyoj sezadilar. Shu sababli ham kuni uzaytirilgan sinf, guruh154


va maktab-internatga qatnaydigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilaribilan o‘tkaziladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorliginioshirish uchun ularda mustaqil ishlash ko‘nikma vamalakalarini hosil qilish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilardamustaqil bilim olish malakasini hosil qilish va takomillashtiribborish ta’lim-tarbiya ishining ajralmas, muhim tarkibiy qismidir.Bu bolalarning barcha fanlardan atroflicha bilim olishga bo‘lganhavasini orttiradi. Mustaqil ish izlanuvchanlik, erkin fikrlash kabiqobiliyatlarni o‘stirib boradi, o‘quvchilarning bilim doirasinikengaytiradi va mustahkamlaydi.Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi o‘quvchilarning bilimgabo‘lgan ishtiyoqi-yu havasini oshirish borasidagi faoliyati jarayonidaularni o‘z ustida mustaqil ishlab bilimini tizimli oshirishga,siyosiy voqealardan, yangi texnologiyalardan xabardor bo‘lishgao‘rgatadi. Bu, eng avvalo, ularga o‘z ustida mustaqil ishlashningshakl va usullarini egallashga yordamlashish, dars tayyorlashjarayonida kun tartibiga rioya qilish va har bir daqiqadan unumlifoydalanish kabilarni taqozo etadi. O‘qituvchi-tarbiyachilar o‘quvchilarninguy vazifalarini muvaffaqiyatli, mustaqil bajarishlarigaerishish uchun ishni to‘g‘ri tashkil etib, aniq pedagogik talablargarioya qilishlari lozim. Chunonchi:1. O‘quvchilarning mustaqil mashg‘uloti oldidan sinf xonasinigigiyenik jihatdan tayyorlash.2. Mashg‘ulot uchun kitoblar, ko‘rsatmali qurollar, yozuvanjomlari va shu kabilarni tayyorlash.3. O‘quvchilarning mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida va ma’lumformada kelishlarini ta’minlash.4. Har bir o‘quvchi uchun doimiy ish joyini biriktirish.5. O‘qituvchilar bilan tarbiyachilarning doimiy aloqasi vao‘zaro yordami.6. Tarbiyachilarning mashg‘ulot o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlikko‘rishi.7. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doirpedagogik qoida va rejim talablarini bajarish maktab rahbarlariyoki katta tarbiyachi tomon nazorat qilib boriladi. Bu esao‘quvchilarni har bir daqiqadan unumli foydalanishga, vaqtnito‘g‘ri taqsimlashga, uy vazifalarini sifatli bajarishga o‘rgatadi,155


shuningdek, ularda ishchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tartibintizomkabi sifatlarni tarbiyalaydi. Uyga berilgan vazifalarni mustaqilbajarish vaqtida o‘quvchilar darsda olgan bilimlarinimustahkamlaydilar, bilim malakasini oshiradilar hamda darsliklardan,yordamchi kitoblardan va boshqa qo‘llanmalardan foydalanishyo‘llarini mukammal o‘rgana boradilar. O‘qish jarayonidao‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, mehnatsevarligi(tashabbuskorligi) oshadi, ularda berilgan topshiriqni mustaqilbajarishga intilish va unga mas’uliyat bilan qarash kabi xususiyatlarpaydo bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqiniuyg‘otishda ularni mustaqil ishlashga o‘rgata borish va aqliymehnat samarasini ko‘ra bilishni ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.Kichik yoshdagi, ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilanuyga berilgan topshiriqni har kuni bir xil rejim asosida bajarishmaqsadga muvofiq bo‘ladi.O‘quvchilarning bardam, tetik va yaxshi dam olgan holda ishboshlashlari juda muhim pedagogik ahamiyatga ega. Shuninguchun ham tajribali tarbiyachi sayrning yakuniy qismida bolalarniasta-sekinlik bilan dars tayyorlashga o‘rgata boradi, bu ishnitarbiyachi har xil «kam harakat talab» qiladigan o‘yinlar o‘tkazishyo‘li bilan amalga oshiradi. Agar bu jarayon sinf xonasidao‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda tarbiyachi o‘quvchilarning tincho‘tirishlarini ta’minlaydi.Uyga berilgan vazifani bajarishga kirishishdan oldin, o‘quvchilarnitinchlantirib, ularning kuch-g‘ayrati va diqqat-e’tiboriniberilgan topshiriqni bajarishga qaratish kerak. Dars borayotganxonaga boshqa (begona) kishilarning kirmasligini va zaldashovqin-suron bo‘lmasligini ta’minlash zarur. Agar tarbiyachio‘quvchilarga tanbeh yoki ogohlantirish bermoqchi bo‘lsa,guruhga qarab emas, balki aybdorning o‘ziga yarim ovozda aytishikerak.O‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash davrida, barchakuni uzaytirilgan guruhlarda bolalarning dam olishi uchuntanaffuslar tashkil qilinadi. Ko‘pincha 45 daqiqalik darsdan so‘ng,10 daqiqa tanaffus beriladi. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki,10 daqiqalik tanaffusdan so‘ng kichik maktab yoshidagibolalarning ishlash qobiliyati ancha susayib qoladi. Bu o‘quvchilardiqqat-e’tiborining boshqa narsaga jalb bo‘lganligi bilan bog‘liqdir.156


Shuning uchun ham o‘quvchilar aniq bir ishni bajargandan so‘ng,ularning erkin dam olishlariga sharoit yaratib berish kerak.Birinchi sinf o‘quvchisi 10—15 daqiqa davomida, 3—4-sinfo‘quvchisi esa 20—25 daqiqa uzluksiz ravishda ishlash qobiliyatigaegadir. Shu vaqtdan keyin ishning samarali bo‘lishi uchun 2—3daqiqalik «jismoniy daqiqa»lar o‘tkazish kerak. Bunda o‘quvchilaro‘rnidan turib, 3—5 ta mashq bajaradilar: qo‘llarini ko‘taribtushirish mashqi, barmoqlarini ochib-yopish mashqi, burundanchuqur nafas olib o‘tirib-turish, gavdani har tomonga egish, oyoquchida ko‘tarilish va boshqa mashqlar 4—6 martadantakrorlanadi. Ba’zi o‘quvchilar tez charchab qoladi, ulargatarbiyachining o‘zi dam olishni tavsiya etadi. Ayrim bolalartopshiriqni hamma bilan birgalikda bajara olmaydi, ko‘pinchaog‘zaki bajariladigan topshiriqlarni bajarishda tez charchabqolishadi, keyin har xil harakatlar qila boshlab, boshqalargaxalaqit berishadi, ba’zi bir bolalar esa uyga berilgan topshiriqniovoz chiqarib o‘qish yo‘li bilan bajarishga odatlanadilar. Shuninguchun boshqa o‘quvchilarga mashg‘ulotlari uchun sharoit yaratibberish choralarini izlash kerak bo‘ladi. Bunday hollarda bo‘shsinf xonalaridan, o‘ynaladigan xonalardan, yetakchilar yig‘ilishio‘tkaziladigan va dam olish xonalaridan foydalanish mumkin. Buxonalarda ota-onalar yoki yuqori sinf o‘quvchilaridan navbatchilarturishni tashkil qilish mumkin.Tajribali tarbiyachi-o‘qituvchilar o‘quvchilarni mustaqil darstayyorlatishga kirishishdan oldin tartib-intizom, saranjomsarishtalik,vaqtdan unumli foydalanish masalalariga e’tiborberadilar va quyidagi zarur qoidalarni aniq bajarishni talabqiladilar:1. Ish oldidan qo‘lingni toza yuv va o‘zingni tartibga keltir.2. Ish joyingni egalla va uni toza tut.3. Ish uchun kerakli bo‘lgan barcha narsalarni tayyorla.4. Barcha uy vazifalarini o‘qituvchi tushuntirgandek bajar.5. Jimlikni (sukunatni) saqla va o‘rtoqlaringni ishdan chalg‘itma.6. Har bir topshiriqni belgilangan vaqtda bajarishga harakatqil.7. Agarda qiyinchilikka duch kelib qolsang, uni bartarafqilishga, qilgan xatoyingni mustaqil to‘g‘rilashga harakat qil.8. Yordam uchun faqat tarbiyachingga murojaat qil.157


9. Yozma topshiriqlarni bajarishdan oldin ularning mazmunini,qoidasini, masalasini o‘qib chiq, keyin ishlashga kirish.10. Har bir topshiriqni bajarib bo‘lganingdan so‘ng hammasinidiqqat bilan tekshir, og‘zakilarini esa mustaqil tuzgan rejangasosida so‘zla.11. Uy topshiriqlarini bajarib bo‘lganingdan keyin ish joyingnitartibga keltir.O‘quvchilar mustaqil ishlarining metodik jihatdan to‘g‘ritashkil qilinishi juda muhimdir. Har bir topshiriqni bajarishdanoldin tarbiyachilar dastlab o‘quvchilarda o‘quv ishlari uchunkerakli bo‘lgan barcha qo‘llanma va o‘quv asboblari bor yokiyo‘qligini, ular nimani va qanday bajarishi kerakligini aniqlaydilar,so‘ngra uy vazifasini ishlashda qiynalayotgan ayrim o‘quvchilargaalohida e’tibor beradilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv dasturini puxta o‘zlashtirmaslik, birsinfda ikki yil qolish kabi salbiy holatlarning asosiy sababi hammustaqil ishlashni bilmaslikdir. Shu sababdan ham kuni uzaytirilgansinf, guruh va maktab-internatlarda o‘tkaziladigan mustaqilo‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish uchuno‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga alohidae’tibor berish kerak. O‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatidamuvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarga amal qilishlozim:— o‘qituvchi va tarbiyachilar yaqindan o‘zaro muloqotdabo‘lishlari, bir-biriga <strong>axborot</strong> berib, o‘quvchilarga bir xil talabqo‘yishlari;— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning qobiliyatlarinihisobga olib, o‘quv materiallari va ish sur’atini aniqlab,ularga differensial va individual yondashish;— o‘quvchilarning faqat darsda olgan bilimlarini mustahkamlabqolmay, balki ularning mustaqilligi va ijodkorligini hisobgaolgan holda uy vazifalari hajmi va mazmunini kengaytirish;— o‘qituvchi uyga berilgan vazifalarni oldin o‘zi bajarishi,so‘ngra bajarish kuni va bajarishga ketgan vaqtni ko‘rsatib, guruhtarbiyachisiga berishi;— o‘quvchilar dars tayyorlaydigan xonani kerakli anjomlar,ma’lumotlar, ilmiy va badiiy adabiyot, didaktik material hamdaboshqa o‘quv qurollari bilan jihozlash, vaqtdan unumli foydalanish;158


— o‘z-o‘zini va o‘zaro bir-birini tekshirish usullaridan kengfoydalanib, o‘quvchilarni o‘quv ishlarini mustaqil bajarishgao‘rgatish;— jamoada ijobiy pedagogik-psixologik iqlim va shart-sharoityaratish imkonini beradigan o‘zaro munosabatni vujudga keltirish;— o‘qituvchilar o‘quvchilarga uy vazifasini topshirayotganda,ularning darsdan tashqari vaqtda mustaqil ijod qilishlarinihisobga olish;— o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini to‘la o‘zlashtirilishiuchun uy vazifasi hajmini oldindan dastur asosidabelgilash va unga amal qilish.Mustaqil dars tayyorlash jarayonida tarbiyachi o‘quvchilargaayrim zaruriy yo‘l-yo‘riqlarni berishi mumkin. Bu vaqtdan unumlifoydalanishga, uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga yordamberadi. Respublikamizdagi ayrim tajribali, ilg‘or pedagoglarmustaqil dars tayyorlash jarayonida har kuni, kundalik jadvalasosida doskaga narsalarning nomi va unga sarf qilinadigan vaqtniko‘rsatib ish olib borsalar, ayrimlari «Kundalik aloqa» daftaritutish yo‘li bilan mustaqil dars tayyorlashda yaxshi natijagaerishmoqdalar.«Kundalik aloqa» daftarida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilartayyorlashi lozim bo‘lgan narsalar, unga ketadigan vaqt ko‘rsatilsavazifalar, maslahatlar yozilsa, tarbiyachi tomonidan esa o‘quvchilarbu vazifalarni qay tarzda bajarganligi haqidagi fikr vamulohazalar qayd etiladi.«Kundalik aloqa» daftaridan namunaOy, kun, haftaFanlarVazifalarO‘qituvchimaslahati vamulohazalarvaqtO‘qituvchitomonidanTarbiyachitomonidanTarbiyachimulohazalari«Kundalik aloqa» daftariga o‘qituvchi sinfda olib borgan ishiva o‘quvchilar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yozibqoldiradi. Tarbiyachi shu yozuv asosida ish olib boradi va u ham,o‘z navbatida, qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini yozib159


qoldiradi. O‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa»daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday ishlaro‘tkazganligi va ishning natijasi, o‘quvchilar intizomi, qiziqishi,ayrim o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanishi zarur bo‘lgan tarbiyaviytadbirlar bilan batafsil tanishadi.Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Abu Ali ibn Sinonomli maktabning III sinf tarbiyachisi Zaripov H. quyidagixarakterli fikrlarni yozgan: «Qurbonov I. mustaqil o‘quv mashg‘ulotlaridako‘pincha boshqa narsalar bilan shug‘ullanib o‘tiradi,uning cho‘ntaklarida hamma vaqt gayka, mix va boshqa har xiltemir-tersaklar bo‘ladi. U ko‘pincha mustaqil mashg‘ulotlardashular bilan shug‘ullanib o‘tiradi. Bu o‘quvchi bilan suhbatlashishjarayonida uning texnikaga qiziqishi borligi ma’lum bo‘ldi».«Niyozov A. mustaqil ishni tez bajaradi, lekin u shoshib judako‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. Tarbiyachi unga xatosiz yozish uchunnimalarga e’tibor berib borish kerakligini tushuntirib berdi.Shundan so‘ng u o‘zidagi kamchiliklarni yo‘qotishga muvaffaqbo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilardan ba’zilarining sog‘lig‘i yomonligi,mashg‘ulotlarda diqqatini bir yerga to‘play olmasligi, chiroyliyozishga yetarli e’tibor bermasligi aniqlandi. O‘quvchilarga yuzberayotgan yuqoridagi singari kamchiliklarni tuzatish bo‘yichatadbirlar belgilandi».Demak, «Kundalik aloqa» daftari tarbiyachi bilan o‘qituvchio‘rtasidagi pedagogik aloqanigina emas, balki ta’lim-tarbiya ishlariniyaxshilashda va ayrim o‘quvchilardagi nuqsonlarni yo‘qotishdaham asosiy vosita hisoblanadi. Bu tarzdagi yozishmalarbolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashgakatta pedagogik ta’sir etadi.O‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan vaqtni predmetlar asosidataqsimlanishi ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda vaqtfaoliyatni tezlashtiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. Boshlang‘ich,o‘rta va yuqori sinflarda mustaqil dars tayyorlashda tarbiyachiningmetod va uslubi turlichadir. I—III sinflarda o‘quvchilarnimuntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi. Hammao‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil predmetdan darstayyorlaydi.Yana shuni aytish lozimki, o‘quvchilarning yozma ishlaritarbiyachi tomonidan mustaqil dars tayyorlash jarayonida tekshiribboriladi, og‘zaki vazifalar esa matnni ovoz chiqarib o‘qish, qayta160


hikoya qildirish, rollarga bo‘lib o‘qitish va o‘yindan foydalanib,dialog tarzida o‘tkaziladi. IV sinfning ba’zi o‘quvchilari o‘qishuchun topshirilgan materiallarni oxirigacha bir yo‘la sidirg‘asigao‘qish yo‘li bilan yaxshiroq o‘zlashtirsalar, boshqalari materialniayrim qismlarga bo‘lib, alohida-alohida muhokama qilish yo‘libilan o‘rganadilar. Bunday hollarda o‘quvchilarning qismlarni birbiribilan mantiqiy bog‘lanishi va matnning umumiy mazmuninitushunib, ongli xulosa chiqara olishlari ta’minlanishi lozim. Matno‘qib chiqilgandan keyin, o‘quvchi materialni qay darajadao‘zlashtirilganini aniqlash uchun o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rishilozim. Bu, odatda, kitobni yopib qo‘yib, o‘qilganlarini yoddanqaytarib chiqish (ovozsiz) yo‘li bilan olib boriladi.Bu xildagi takrorlashda yoddan ko‘tarilgan o‘rinlar qaytao‘qiladi.O‘rta sinflarda tarbiyachilar mustaqil dars tayyorlashni aniq,rang-barang metodlar asosida tashkil qilishlari zarur. Masalan,ona tilidan o‘tilgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan misolni adabiyotdano‘tilgan matndan topish tavsiya etiladi va shu metod orqaliadabiyot darsi ham mustahkamlanadi. Tushunilishi qiyin bo‘lganso‘zlar uchragan taqdirda, o‘quvchilarga lug‘atdan foydalanishtaklif qilinadi.Matematikadan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda bola masalayechishda qiynalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi unga qoidalarni qaytako‘rib chiqishni, yechish yo‘llarini, hisoblashni, masala shartlariniilgari yechilgan masalalarga solishtirib ko‘rishni tavsiya qiladi.Yuqori sinf o‘quvchilari mustaqil dars tayyorlashda texnik vositalardan,ko‘rsatmali materiallardan, yordamchi kitoblardan,lug‘atlardan, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishi zarur. Shuninguchun yuqori sinf o‘quvchilariga o‘quv xonalaridan va kutubxonadanfoydalangan holda dars tayyorlash imkoni yaratilgan.Kuni uzaytirilgan sinf va maktab-internatlarda mustaqilmashg‘ulot jarayonini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarniijodiy izlanishga, ularni savollar tuzish, javobini mustaqil topishkabi ishlarga o‘rgatib borish mashg‘ulot samaradorligini, shuningdek,bolalarning faol qatnashishini ta’minlashda muhim ahamiyatgaega.Ko‘pchilik tarbiyachilar ishini o‘qitish, yozma ish bo‘lsako‘chirtirish, sinf xonasida o‘tirib, biror kitobni o‘qitish yokimatematikadan misol va masalalar yechtirish kabi ishlar bilan11 — K. Hoshimov161


o‘quvchilarni ortiqcha band qilib qo‘yadilar. Ilg‘or tarbiyachilaresa o‘quvchilarning erkin, ijodiy ishlashi uchun tarqatilgansavollarga atrofni kuzatish yo‘li bilan mustaqil javob topishgaundaydilar. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonidamustaqil ishlashning xilma-xil turlaridan, laboratoriya, amaliyot,ekskursiyadan, ustaxonalardan, o‘quv-tajriba uchastkasidankorxonalardagi va tashkilotlardagi ishlab chiqarish tajribasidankeng foydalaniladi.Nemis pedagogi Adolf Disterveg o‘quvchilarda fikrlashqobiliyatini o‘stirish, ularda tafakkur, faollik, mustaqillikuyg‘otish g‘oyasiga alohida ahamiyat berdi. O‘quvchiga oddiyginaidrok qilish yoki passivlikni o‘rgatadigan har qanday metodham, — deb yozgan edi A. Disterveg, — yomon metod, undamustaqillik uyg‘otadigan metod esa yaxshi metoddir. Rivojlanuvchimetod o‘quvchilarga aqliy kuch baxsh etadi, ularga izlanish,mushohada qilish imkonini beradi. Distervegning fikricha,yomon o‘qituvchi o‘quvchiga bor haqiqatni aytib qo‘yaqoladi, yaxshi o‘qituvchi esa uni izlab topishga o‘rgatadi. Engmuhimi — o‘quvchida mustaqil ishlash istagini uyg‘otish, unio‘ylashga da’vat etishdir.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar tajribasinio‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mustaqil mashg‘ulotlarning samaradorliginioshirishda o‘quvchilarning diqqatini bir joyga jamlashmuhim ahamiyatga ega. K. D. Ushinskiy aytganidek, «Diqqatruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizgakiradigan narsalar shu eshik orqali o‘tib kiradi. Demak, bilimlarningzarrasi ham shu eshik tashqarisida qolmasligi kerak, aksholda u bolaning ongiga singmaydi. Bolani shu eshikni doimoochiq tutishga o‘rgatish eng muhim vazifadir, chunki bu o‘qitishningmuvaffaqiyatini ta’min etadigan shartdir».Kichik yoshdagi bola diqqati uncha barqaror bo‘lmaydi. Ubir narsaga uzoq vaqt diqqat bilan tikilib tura olmaydi, undantez chalg‘iydi, chunki bu vaqtda ularning ixtiyoriy diqqati hamyetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Tajriba sinf va guruhlardapedagoglar maslahatimiz asosida o‘quvchilarning diqqatlarinitarbiyalab borish maqsadida quyidagi usullardan foydalandilar:— o‘qitilayotgan matnlarning mazmuniga qarab maqol vatopishmoqlar topish orqali o‘quvchilar diqqatini faollashtirib,barqaror saqlash;162


— matn mazmunini aks ettiruvchi rasmlar haqida suhbato‘tkazish;— maqol va topishmoqlarga oid rasm ko‘rgazmalaridanfoydalanish.Bunday usullar o‘quvchilar diqqatini tarbiyalashda muhimahamiyatga ega bo‘ladi. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilaribilan uyushtirilgan mashg‘ulotlardan birining qisqacha mazmuninikeltiramiz.Mashg‘ulot mavzusi: «O‘z sinf xonasini kim yaxshi biladi?»Tarbiyachi bir o‘quvchini doskaga chiqarib, sinf xonasini yaxshilabkuzatishni va ko‘rgan narsalarini eslab qolishni taklif qildi.O‘quvchi sinf xonasini yaxshilab kuzatganidan so‘ng, uningko‘zlari ro‘molcha bilan berkitildi, qolgan o‘quvchilar navbat bilanunga savollar bera boshladilar: tarbiyachimiz o‘tirgan stul qayerdaturibdi? Kitob javonining soni nechta va qayerlarda turibdi? Senganisbatan qaysi tomonda? Sinfimizda nechta parta bor? O‘ng vachap tomoningda nechtadan parta joylashgan? Sinfimizda qandayrasmlar osilgan? Sinfimizda nechta deraza bor?Ko‘zi berkitilgan o‘quvchi savollarga javob berib bo‘lgandanso‘ng, ro‘molcha yechilib, javoblar tahlil qilinadi. Tarbiyachisavollarga javob berishni istagan yana bir o‘quvchini doskagachiqarib, sinf xonasini yaxshilab kuzatishni taklif qiladi. Bolasinfni kuzatib bo‘lgach, hamma narsalarni eslab qolganini aytdi.So‘ng uning ko‘zi berkitilgach, ikki o‘quvchi sinf xonasidansekingina chiqib ketdi. Xuddi shuningdek, sinf xonasidagi jihozlardanbir nechasining o‘rni almashtirib qo‘yildi. Ko‘zini ochganidanso‘ng, u sinf xonasidagi ana shu o‘zgarishlarni tez aytibberishi kerak.Uchinchi holat «Kim o‘rtog‘ini tovushidan yaxshi taniydi?»deb nomlandi. Hamma o‘quvchilar «bilamiz» deb qo‘llarini ko‘tarishdi.Tarbiyachi yana bir o‘quvchini doskaga chiqarib, ko‘ziniberkitgach, navbat bilan o‘quvchilar tovush chiqarishdi. U qaysio‘rtog‘i gapirganini aytdi. Bu o‘quvchining ham javoblari tahlilqilindi. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarningasosiy sababi aniqlandi.Shu metod bilan atrofni o‘rab turgan narsalarga e’tibor berib,ularni kuzatib yurish va eslab qolish bilimlarni oshirishga, xotiranimustahkamlashga; diqqatni uzoq vaqt bir joyga to‘play bilishgayordam berishini tushuntiriladi. Tarbiyachilar shunga o‘xshash163


«Maktabim», «Men qaytmaydigan yo‘l», «Xo‘jalikda ekiladiganekinlar», «Maktab bog‘i» va shu kabi mavzularda o‘yin xarakteridagibir necha mashg‘ulotlar uyushtiradilar. Bu mashg‘ulotlaro‘quvchilarni har bir narsani diqqat bilan kuzatishga, ko‘rgan vaeshitgan narsalarini esda saqlab qolishlariga har tomonlamayordam beradi. Boshlang‘ich sinf tarbiyachilarining muhimvazifasi bolalarning diqqatini o‘stirish, ularni o‘qituvchi va otaonalariningso‘zlarini tinglash, mustaqil mulohaza yuritib fikrlash,ko‘rgan va eshitgan narsalarini esda saqlab qolishga o‘rgatibborishdan iborat.Pedagog o‘quvchilarga to‘g‘ri pedagogik yordam berishi uchunmustaqil dars tayyorlash jarayonida ularni unumli ishlashqoidasiga o‘rgatishi, mustaqillik berishi, ish usullari, qo‘llanmalardanfoydalanishi, o‘zaro yordam va ishning yakuni kabilargae’tibor berishi kerak. Mustaqil ishlar jarayonida o‘quvchilardamatonatlilik, qat’iyatlik, tashabbuskorlik va o‘z mehnatini tashkileta olish kabi sifatlar vujudga keladi. O‘qituvchi dars tayyorlashpaytida o‘quvchilarning quyidagi mustaqil ishlarini tashkil etadi:— materialni o‘zlashtirish uchun takrorlashni;— o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklar va nuqsonlarni aniqlashni,ularni to‘ldirish va bartaraf etishni;— mustaqil ishlash jarayonida zarur hollardagina o‘quvchilargaindividual yordam berishni;— dars tayyorlash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilansuhbat o‘tkazganda, matn yuzasidan savol berish bilan chegaralanmay,ko‘proq «asoslab ber», «sababini aniqla», «izohla» kabitopshiriqlar berishi va to‘liq javobni talab qilishi maqsadga muvofiq.Boshqacha aytganda, pedagog mumkin qadar savolga bolalarningo‘zlarini javob topishga da’vat etishi va, ayniqsa, u yoki bumashg‘ulot davomida o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgannazariy bilimlaridan foydalana olishlarini ta’minlamog‘i lozim.Mustaqil dars tayyorlashning yakunida ishning bajarilishi vanatijasi, o‘quvchining dars tayyorlashdagi oz bo‘lsa hammuvaffaqiyati qayd etilsa yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchio‘quvchilarning ishdagi xatolarini ko‘rsatib, tuzatishlar kiritadiva umumiy xulosa chiqaradi.To‘rtinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarning bilimi, bir-birigamunosabati, umumiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan ularni kichik164


guruhlarga bo‘lib mustaqil dars tayyorlashlarini tashkil etish maqsadgamuvofiqdir. Har bir guruhga bilimi kuchli, xulqi namunalio‘quvchilar rahbarlik qiladi.Do‘stlariga yordam berishi va nazorat qilishi orqali rahbar —o‘quvchida tashkilotchilik, ishchanlik kabi fazilatlar tarkib topadiva rivojlanadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning bilim darajalarigaqarab, kuchli, kuchsiz va o‘rta bilimga ega bo‘lgan bolalarguruhini tashkil qilish va ularga bolalarning o‘zlaridan konsultantlarbelgilash mumkin. Guruhdagi har bir o‘quvchi biror fandankonsultant qilib belgilanadi. Ular tarbiyachilar, fan o‘qituvchilariishtirokida guruh a’zolari tomonidan saylanadi. Konsultant bolalarishini nazorat qilish bilan birga mas’uliyatni his qilishga hamodatlanadi, IV sinfda yozma va og‘zaki vazifalarni tayyorlashjarayonida konsultant faoliyati taxminan quyidagicha bo‘lishimumkin:Yozma vazifalarni tayyorlash:— konsultant o‘quvchilardan biriga vazifani o‘qishni taklifqiladi, qolganlari uni kundalik bilan solishtiradilar;— u matnni, qoida yoki masala shartini o‘qiydi;— shundan so‘ng konsultant o‘qilgan matn yuzasidan savollarberadi, guruh a’zolari esa navbat bilan javob beradilar;— masala, qoida tahlil qilingandan so‘ng, yozma ravishdavazifani bajarishga kirishiladi;— yozilgan mashq, misol yoki masala o‘qituvchi-tarbiyachiningtalabini hisobga olgan holda tekshiriladi.Og‘zaki vazifalarni bajarish:— konsultant paragrafni navbat bilan ovoz chiqarib o‘qishnitaklif qiladi;— so‘ngra har bir o‘quvchi darslikdagi paragrafning oxiridaberilgan bir, ikkita savolga javob beradi;— material bo‘laklarga bo‘linib, qayta hikoya qilinadi.O‘zaro bir-birining ishonchini qozongan guruhlarda predmetbo‘yicha matnlar oldindan bo‘lib olinadi va har bir o‘quvchio‘ziga tegishli qismni qayta hikoya qiladi. Bu har bir fanga tayyorgarlikuchun ketadigan vaqtni tejash maqsadida qilinadi. Ishningbunday tashkil etilishi natijasida o‘quvchilar o‘z konsultantidananiq topshiriq oladi va ular shu ishga sidqidildan yondashadi.Natijada intizom, o‘zaro nazorat yaxshilanadi. Bu o‘qishga nisbatanmunosabatning o‘zgarishiga, bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan165


intilishining kuchayishiga olib keladi. Ko‘pchilik bolalar fanbo‘yicha mustaqil dars vazifalarini konsultant sifatida ko‘rib chiqadilar,qiynalganlarida pedagog va yuqori sinf o‘quvchilarigamurojaat qiladilar. Guruhlarni bu tarzda guruhlash faqat didaktiktomondan emas, balki tarbiyaviy tomondan ham yaxshi natijalarbermoqda. Bunda tarbiyachi ko‘proq o‘zlashtirishi sust bo‘lgano‘quvchilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.Mustaqil bilim olishni tartibga solishda maktab direktori vauning o‘rinbosari tomonidan olib boriladigan nazorat kattaahamiyatga egadir. Uni uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish:birinchidan, o‘qituvchi-tarbiyachining qanday ish ustidamashg‘ulot olib borayotganini bilish, ikkinchidan, qanday ishlatganinianiqlash (ish uslubining samaradorligi), uchinchidan,nazariy bilimlarning amalda qanday qo‘llanilayotganini bilishhamda uy vazifasi normasini belgilash tavsiya qilinadi. Bundaynazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun maktabda sentabr oyidanboshlab mustaqil bilim olish jadvali tuzilishi va maktab rahbarlarijadvalning bajarilishini tekshirib borishlari lozim.O‘quvchilar o‘z faoliyatlariga ko‘ra yuqori, o‘rta va past ishqobiliyatiga egadirlar. Davomli, og‘ir mehnatga qodir, hammaishni ko‘ngildagidek bajaruvchi, pedagog va o‘rtoqlari tomonidannazoratga muhtoj bo‘lmagan, qisqa vaqtda yuqori o‘zlashtirishgaerisha oladigan o‘quvchilar yuqori ish qobiliyatli bolalarhisoblanadi.O‘rtacha ish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar qatoriga uzoqmuddat mehnat qiluvchi, lekin har qanday ishni doimo oxirigachabajara olmaydigan, vaqti-vaqti bilan o‘qituvchi yoki o‘rtoqlaritomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi.Ish qobiliyati past o‘quvchilar qatoriga o‘quv jarayonidavazifalarni belgilangan vaqtda bajarib ulgura olmaydigan, ishnito‘liq bajarishga qodir bo‘lmagan, doim o‘qituvchi, o‘rtoqlari, otaonalartomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi.Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, bolaningindividual xususiyati va psixologiyasini hisobga olish anchamurakkabdir. Masalan, bir bolada ko‘ruv xotirasi, ikkinchisidaeshitish, uchinchisida harakat xotirasi yaxshi, yoki biri tezanglaydi va farosatli, ikkinchisi sust fikr yuritadi va qismanfahmsizroq; biri hovliqma, ikkinchisi vazmin; yana biri sergap,serg‘ayrat, boshqasi tepsa tebranmas, yalqov; qay biri tirishqoq,166


oshlagan ishini oxiriga yetkazadi, ayrimlari pala-partish, chalaishlaydi, ishga tez kirishib, tez soviydi. Bu jarayonlarninghammasini tarbiyachi yaxshi o‘rganib, ta’lim ishi jarayonidashularga e’tibor berishi kerak.Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning individual bilimsaviyasini hisobga olmasdan topshiriqlar berilishi yangi tipmaktablar ishida sezilarli darajadagi nuqsonlarning kelib chiqishigasabab bo‘ladi. Natijada, sekin ishlaydigan o‘quvchilar vazifanioldin bajargan o‘rtoqlaridan mexanik ravishda ko‘chirib oladilaryoki xato bajaradilar, ba’zilari esa o‘rtoqlaridan uyalib, «ishladim»deb yolg‘on gapiradilar. Bu kamchiliklarning oldini olish uchunsinf o‘qituvchilari bilan tarbiyachilar hamkorlikda o‘quvchilargaberiladigan uy ishini differensiallashtirishlari lozim. Bu o‘quvchilarnimashg‘ulotlarda faolroq ishtirok etishga, har bir o‘quvchinivazifani mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Ayrim guruh tarbiyachilario‘quvchilarning tez, sekin ishlashlarini hisobga olmaydilarva vazifani differensiallashtirishga e’tibor bermaydilar. Natijadavazifani oldin bajargan o‘quvchilar orqada qolgan o‘quvchilarningishlab bo‘lishlarini kutib o‘tiradilar. Bunday holat, birinchidan,vazifani oldin ishlagan bolalarning bekor turib qolishlariga sababbo‘lsa, ikkinchidan, ular bekorchilikdan o‘rtoqlariga xalaqit berishiyoki zerikkanidan intizomni buzishi mumkin.O‘quvchilarning tez, sekin yoki o‘rtacha ishlashini aniqlashmaqsadida 29 nafar o‘quvchiga bir xil mazmundagi vazifatopshirildi. Buning natijasi quyidagicha bo‘ldi:O‘quvchilarningumumiy soniTez (7—8 daqiqada)ishlaganlarO‘rtacha (10—12daqiqada) ishlaganlarJuda sekin(14—15 daqiqada)ishlaganlarIshlay olmaganlar29 o‘quvchi 8 o‘quvchi 11 o‘quvchi 8 o‘quvchi 2 o‘quvchiDemak, topshiriqni bajarish uchun sekin ishlaydigan o‘quvchilargatez ishlaydigan o‘quvchilarga nisbatan ikki marta ko‘pvaqt kerak ekan. Bizningcha, o‘qituvchi bilan tarbiyachilar167


kelishgan holda o‘quvchilarga topshiriq berishda ularning tez,sekin ishlashlarini ham hisobga olishsa, bu topshiriqlarning sifatlibajarilishiga va mashg‘ulotning samarali o‘tishiga yordam beradi.Bundan tashqari mustaqil mashg‘ulotlarning samaradorliginioshirish uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ayrim tashkiliyishlar bo‘yicha elementar ko‘nikma va tushunchalarni hamsingdira borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, daftarlarga harkungi sanani qo‘yib borish, o‘quv qurollarini hozirlab qo‘yishkabilar. Ko‘pchilik o‘quvchilarda esa bu masalalar bo‘yicha yetarlidarajada ko‘nikma va malakalar yetishmaydi. Shuning uchun hambutun mashg‘ulot davomida ayrim o‘quvchilar «Sana qo‘yibyozaymi?», «Hoshiya qoldiraymi?», «Sumkadan daftarimniolaymi?», «Bu mashg‘ulotlar uchun nima kerak?» kabi ortiqchasavollar bilan murojaat qiladilar. O‘quvchilarda bunday masalalarbo‘yicha ko‘nikma va malakalar hosil qilish ularning boshqakeraksiz narsalarga chalg‘imasdan asosiy masalaga kirishib ketaolishlari uchun imkon beradi, vaqtdan unumli foydalanishgaodatlantiradi.Mustaqil dars tayyorlashni unumli tashkil qilish va uningsamaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biri, yanata’kidlaymizki, o‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi o‘zaromunosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishidir. O‘zaro munosabat o‘zo‘zidankundalik aloqa daftari orqaligina vujudga kelmaydi. Uyaxshi o‘ylangan, maktab rahbariyati tomonidan o‘qituvchitarbiyachiimkoniyatlari hisobga olinib, rejalashtirilgan holdamaktab o‘quv dasturiga binoan tashkil etiladi.Ba’zi maktablarda o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayrim vaqtlarda o‘qituvchidars jarayonida yangi mavzuni to‘liq tushuntirmay, uy vazifasiberish qoidasiga amal qilmay, uni kuni uzaytirilgan guruhningzimmasiga yuklaydi. Natijada uyga berilgan topshiriqni bajarishvaqti ancha cho‘ziladi, bu esa kun tartibiga, ishning sifatlibajarilishiga, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etadi.Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o‘qituvchi o‘zi o‘qitayotgano‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturining bajarilishiga asosiyjavobgar shaxsdir. Tarbiyachi esa o‘quvchilarni mustaqil darstayyorlashlariga rahbarlik qilish orqali o‘qituvchi darsda boshlaganishni davom ettiradi. O‘qituvchi-tarbiyachining muvaffaqiyatiularning o‘zaro munosabati va bamaslahat ishlashlariga bog‘liq.168


O‘qituvchi va tarbiyachining dars hamda mustaqil dars jarayonidatizimli qatnashishlari ularning o‘zaro munosabatinibelgilovchi omillardan biridir. O‘qituvchilar mustaqil dars tayyorlashjarayonini kuzatish orqali uyga berilgan vazifaning qiyinchiliginibilib oladilar. Xuddi shuningdek, tarbiyachilar ham darsgaqatnashishi tufayli o‘qituvchilarning dars uslublari bilan tanishadilar,har bir bolaning bilim darajasini aniqlaydilar va shu yo‘lbilan mustaqil dars tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llarinibelgilaydilar.O‘qituvchi va tarbiyachi mustaqil dars tayyorlash hamda unitashkil qilish metodikasi haqida o‘zaro kelishib, o‘quvchilarga birxil pedagogik talab qo‘ygan holda o‘zaro bir-birlariga <strong>axborot</strong>berib borsalar, ta’lim va tarbiya ishida katta muvaffaqiyatgaerishadilar. Shuningdek, tarbiyachining ham predmet o‘qituvchisikabi darsga tayyorlanishi, shu kuni uyga berilgan topshiriqlarnipuxta bilishi, vaqtni to‘g‘ri va yaxshi rejalashtirishi o‘qishsifatining ko‘tarilishiga imkon beradi, o‘quvchilarni esa tizimli,mustaqil ishlashga o‘rgatadi.Har bir pedagog o‘quvchilarning uyga berilgan vazifalarni quntva diqqat bilan mustaqil ishlashlariga, o‘rtoqlariga xalaqitbermasliklariga va mustahkam intizomga erishishi kerak. Agarpedagog dars tayyorlash paytida o‘quvchilarni ishga qiziqtira olsava ularning diqqatini to‘la jalb qila bilsa, u intizomning asosiniyaratgan bo‘ladi. Sinfda zaruriy sharoit yaratish; intizomnimustahkamlash, parta, stol va stullarning o‘quvchilar yoshigamuvofiqligi, doskaning bolalar bo‘yiga mos bo‘lishi va ozodaliknita’minlash ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda kattarol o‘ynaydi. Bularning hammasi o‘quvchilarning ish unuminioshiradi.Uyga berilgan vazifalarni to‘g‘ri va mustaqil bajarishda tarbiyachiningo‘quvchilarga ishlash yo‘llarini to‘g‘ri tushuntirishi kattapedagogik ahamiyatga ega. Agar tarbiyachi o‘quvchiga darstayyorlash vaqtida vazifani qanday, qaysi usullar bilan bajarishningto‘g‘ri yo‘llarini tushuntirib bera olsa, u holda o‘quvchilar uyvazifasini tez va to‘g‘ri bajaradilar. Ba’zi tarbiyachilar pedagogikmahoratining yetishmasligi, o‘quvchilarning dars tayyorlashjarayonini to‘g‘ri tashkil qila bilmasligi, ularning mustaqilishlashlarini yaxshi uyushtira olmasligi tufayli ta’lim ishidaqiyinchiliklarga duch keladilar.169


Demak, kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlardao‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidaginarsalarga e’tibor berish lozim:1. Har qanday mustaqil ish o‘quvchilarning kuchiga muvofiq,ular diqqatini jalb qiladigan va ularni qiziqtiradigan bo‘lishi;2. Hamma mustaqil ishlar o‘quv dasturlariga mos bo‘lib,muayyan o‘quv dasturi yuzasidan olinadigan bilimlarni chuqurlashtirishva mustahkamlashga qaratilishi;3. Har bir mustaqil ish oldidan o‘qituvchi uni qanday bajarishkerakligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatma berishi;4. Mustaqil ishni tashkil qilish vaqtida o‘quvchilarga belgilivazifa berish va ularning bajarilishini tekshirib borish;5. Mustaqil ish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishliyordam berishi (konsultatsiya, ishning ayrim turlarini qanday qilibbajarishni ko‘rsatish va hokazolar) kerak.Ayrim maktablarda dars tugashi bilanoq tarbiyachi o‘quvchilarnimatematika yoki yozuvdan uyga berilgan vazifalarniishlatishga kirishadi. Bu bolalar sog‘lig‘iga zarar bo‘lib, bilimniyaxshi o‘zlashtirishga imkon bermaydi, chunki o‘quvchiningmiyasi charchagan bo‘ladi. O‘quv materialini yaxshi bilib olish,uy vazifalarini sifatli bajarish uchun o‘quvchilarning aqliy ish bilanshug‘ullanish, dam olish vaqti to‘g‘ri taqsimlanishi, ya’ni ularningdars tayyorlashi dam olish, ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanishyoki toza havoda turli o‘yinlar o‘ynash bilan almashinibturishi lozim.Mustaqil dars tayyorlash vaqtida har bir fandan berilganvazifani bajargandan so‘ng, ya’ni ona tili topshirig‘ini ishlabbo‘lgach, matematikadan berilgan vazifalarni ishlashga o‘tishdanoldin kamida 2—3 daqiqalik dam olishni tashkil qilish mumkin.Dam olganidan so‘ng ular diqqatini yangi ishga jalb etish osonbo‘ladi.Kichik maktab yoshidagi bolalarning nerv tizimini bir xil ish —mustaqil dars tayyorlash tez charchatadi, natijada ular boshqanarsalar bilan mashg‘ul bo‘lishga harakat qiladilar. Shuning uchunpedagog-tarbiyachi sinfdagi o‘quvchilarning nerv tizimi vakayfiyatining qanday holatda ekaniga, diqqatining barqarorligiga,tushunish va idrok qilish qobiliyatiga alohida ahamiyat berishikerak. O‘quvchilarning nerv tizimi tetik va sog‘lom bo‘lsa,o‘zlashtirish juda tez va mustahkam bo‘ladi, bilimni to‘liq va170


puxta egallaydi. Agar bola charchagan bo‘lsa, u qiyin o‘zlashtiradiva olgan bilimini tezda unutadi. O‘quvchilar bilimining puxtava mustahkam bo‘lishiga erishish uchun, birinchidan, darstayyorlashi dam olish, ijtimoiy-foydali mehnat yoki toza havodaturli o‘yinlar o‘ynash bilan almashinib turishi lozim, ikkinchidan,o‘quvchilarning uy vazifasi ustida muvaffaqiyatli ishlashi darsdao‘tilgan mavzuni qanchalik o‘zlashtirishiga ham bog‘liqdir. Xullas,dars qanchalik to‘laqonli, mazmunli bo‘lsa, bilimni egallash hamshuncha puxta bo‘ladi. Natijada mustaqil dars tayyorlash davridategishli samaraga erishiladi.O‘qituvchi o‘quvchilarning ishini kuzatib, ular ishiga bahoqo‘yayotganida o‘z ishining natijasini ko‘radi va mavzuni qanchaliktushuntirganu qanchalik tushuntira olmaganini yaqqolsezadi.Tizimli va izchil ta’lim o‘quvchilarning bilim va malakalarinichuqurlashtirish, kengaytirish hamda mustahkamlashda kattaahamiyat kasb etadi. Progressiv pedagogika klassiklari, ta’limningizchil bo‘lishi prinsipining klassiklari ta’limning izchil bo‘lishiprinsipining dastlabki va boshlang‘ich didaktik qoidalarini yaratibberganlar. Jumladan, Ya. A. Komenskiy shunday deydi: «Izchillikkarioya qilib o‘qitish lozim, toki, bugun o‘rganilgan ilmlarkecha o‘rganilganlarni mustahkamlasin, erta o‘rganiladiganigazamin hozirlasin» 1 .Yana bir narsani aytish kerakki, ayrim o‘qituvchilar tarbiyachilargaishonib, uyga ko‘p vazifa beradilar va uy vazifasime’yorini buzadilar. Bu yaxshi natijaga olib bormaydi. Shuningdek,o‘qituvchi uy vazifasini tushuntirish va uni kundalik daftargayozdirish uchun yetarli vaqt ajratishi lozim. Afsuski, ayrimo‘qituvchilar vaqtni to‘g‘ri taqsimlamay, uy vazifasini qo‘ng‘iroqchalingandan so‘ng beradi. Bunda o‘quvchilar koridordagi shovqintufayli vazifa shartlarini, ishlash yo‘llarini yaxshi tushuna olmaydilar.Shuni ham aytish kerakki, ko‘pgina o‘qituvchilar o‘quvchilargauy vazifasi berish qoidasi va normasiga amal qilmay,o‘quvchilarni uy vazifalari bilan haddan tashqari band qilib1Komenskiy Ya. Buyuk didaktika. «O‘qituvchi» nashriyoti. T., 1975, 159-bet.171


qo‘yadilar. O‘qituvchilar tizimli dars o‘tish va asosiy bilimnidarsda berish o‘rniga, materialni uyga vazifa qilib beradilar.Buning oqibatida bolalarning darsga qiziqishi susaya boshlaydi,o‘qituvchi so‘rab qolishi mumkin, degan nuqtayi nazardan uyvazifalarini shunchaki tayyorlaydilar. Demak, bolalar uy vazifasinidarsda o‘tgan materialni mustahkamlash uchungina oladilar.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining instruktiv-metodikxatida kuni uzaytirilgan maktab va guruhlardagio‘quv-tarbiya ishlari quyidagicha qayd qilingan; ya’ni, O‘zbekistonRespublikasining ko‘pgina maktablarida kuni uzaytirilgan guruhlardao‘quvchilar faqat o‘quv mashg‘uloti bilan banddirlar. Buo‘quvchilarni o‘quv ishi bilan ortiqcha 8—9 soatlab band qilibqo‘yishga va tarbiyaviy ishlarning bo‘shashib ketishiga sababbo‘lmoqda.Shuningdek, uy vazifasi berishdagi bir xillik, darslikdan chetgachiqmaslik o‘quvchilar qiziqishini so‘ndiradi. Ko‘pincha, ayrimo‘qituvchilarning dars oxirida «Uyga vazifa: kitobning falonbetidan piston betigacha» deb topshiriq berishlari va o‘quvchilarningesa «Muncha ko‘p, shunchani ishlab bo‘ladimi?» kabiso‘roqlarining guvohi bo‘lasiz. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar uygavazifa berganlarida bolaning o‘tilgan mavzuni tushungani yokitushunmaganini hisobga olmaydilar. Natijada bolalar topshirilganishning yechilish yo‘llarini bilmay, mustaqil dars tayyorlashvaqtida tarbiyachini o‘sha materialni takror tushuntirishga majburqiladi, oqibatda, mustaqil dars tayyorlashning cho‘zilib ketishigasababchi bo‘ladi.O‘quvchilar qiziqishini orttirish maqsadida pedagog-tarbiyachininguy vazifalarini tayyorlash davomida faqat darslik bilanchegaralanmay, har bir fanga doir hayotiy mavzular ustidabolalarni mustaqil ishlatish va yuqorida aytib o‘tganimizdek, uyvazifasining mazmunini to‘ldiradigan kitoblar, jurnallar, gazetalaro‘qitish hamda turli mavzuli o‘yinlar tashkil qilishi maqsadgamuvofiqdir.Quyida shu momentlarga amal qilingan holda IV sinfda ayrimfanlar bo‘yicha olib borilgan bir kunlik mustaqil dars tayyorlashmazmunini keltiramiz:1. Ona tilidan: sifat mavzusi bo‘yicha «Kim narsalarningsifatini ko‘proq o‘ylab topadi?» (O‘yin xarakterida).172


2. Matematikadan: sinfda ishlanganidek, o‘z hayotidan yokimaktab hayotidan masala o‘ylab tuzish.3. Tabiatshunoslikdan: «Tabiatning xilma-xilligi» mavzusidagibo‘limini guruh bo‘lib yoki jamoa bo‘lib o‘qish.Mustaqil dars tayyorlashning bu shakli bolalarda uy vazifasinibajarishga havas va qiziqish uyg‘otadi.Shuningdek, dars tayyorlashning bu usuli bolalarni erkinfikrlashga, har bir narsa to‘g‘risida o‘ylashga o‘rgatadi.Ona tilidan «Kim ko‘p sifat topa oladi?» mavzusida o‘tkaziladigano‘yin turidagi savol-javob orqali bolalar shu fanni puxtao‘rganadi. Va ayni chog‘da ularning charchog‘i ketadi. So‘ngesa — matematikadan masala yechadilar. «Tabiatshunoslik»dan«Tabiatning xilma-xilligi»ni o‘qiydi. Shu yo‘sinda, birinchidan,bolalarning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati tarbiyalanadi,ikkinchidan, ular tabiat fani asoslarini o‘rganadilar.O‘quvchilar kitobxonligini to‘g‘ri uyushtirish ham ta’limtarbiyaishida juda katta ahamiyatga ega. Bu o‘qituvchi-tarbiyachidanyuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. O‘qituvchikutubxonachi bilan birgalikda har bir mavzuga oid bo‘lganadabiyotlar ro‘yxatini aniqlab, ularni o‘quvchilarga tavsiya etishikerak. Bu kitoblarni o‘quvchilarning o‘qiyotgani yoki o‘qimayotganinidarsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda alohida savoljavoblardavomida tekshirib borish lozim. Bu tadbir o‘quvchilarningkitobxonlikka bo‘lgan muhabbatini, bilim darajasinioshirishda katta rol o‘ynaydi.Kitob o‘qishning tizimli ravishda tashkil qilinishi va o‘qilgankitoblar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib turilishi o‘quvchilarningkitobga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi, birorkitobni jamoa bo‘lib muhokama qilishga o‘rgatadi. O‘quvchilarasar qahramonlarining xarakterlari ustida o‘ylaydigan, fikrlashadiganva ba’zi bir jumla hamda so‘zlarni matndan yozib oladiganbo‘ladilar. Mana shularning barchasi bolalarning tilini taraqqiyettiradi, so‘z boyligini oshiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.Shuning uchun quyi sinflardan boshlaboq bolalarni kitobxonlikkao‘rgatish va bu sohadagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishlozim.Ayrim tarbiyachilar kitob o‘qishga endigina odatlanayotgano‘quvchining kamchiliklariga nisbatan «O‘qishni bilmaysan», «Seno‘qishga o‘rgana olmaysan», «Bo‘ldi, sen qo‘yaqol, eshitib173


o‘tiraver» kabi so‘zlarni aytadilar va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadilar.Bunday qo‘pol muomala ularning psixologiyasiga salbiy ta’siretadi, o‘qishga bo‘lgan havasini so‘ndiradi, ruhan cho‘ktiradi.Bolaning nuqsonlarini uning shaxsiga tegmay yotig‘i bilantushuntirish va yaxshi o‘qib ketishiga ishonch hosil qilish, aniqko‘rsatmalar berish hamda uni yanada yaxshiroq o‘qishgarag‘batlantirish lozim.Kuni uzaytirilgan 79-maktab tarbiyachisi S. Irismatovao‘quvchilarda kitobxonlikni yaxshilashga to‘g‘ri munosabatdabo‘layotgani uchun IV sinfda 100 foiz o‘zlashtirish berishgaerishdi va shu o‘quvchilarning ko‘pchiligi V sinfda ham «yaxshi»va «a’lo» baholar bilan o‘qiy boshladilar.Bir narsani eslatish lozimki, yuqori sinflarda mustaqil darstayyorlash uchun kundalik rejimda ajratilgan ikki soat vaqtko‘pincha kamlik qiladi. Yuqori sinflarda xilma-xil fan o‘qitilishiva bolalarning uyda ozmi-ko‘pmi mustaqil sharoitda ishlashgaodatlanganligi kabi xususiyatlar ishning me’yorda borishiga,rejimda belgilangan vaqtda bajarilishiga xalaqit beradi. Bunianiqlash maqsadida V—VI sinf o‘quvchilarining mustaqil darstayyorlashlarini bir necha marta xronometraj bilan kuzatdik.Quyida biz VI sinfda olib borilgan bir kunlik kuzatishimiznatijasini ilova qilamiz:FanOna tilidanAdabiyotdanRus tilidanAlgebradanFizikadanBajarish vaqti15 daqiqada 20 daqiqada 30 daqiqada 40 daqiqada2 o‘quvchi—2 «—»2 «—»1 «—»20 o‘quvchi4 «—»8 «—»4 «—»2 «—»5 o‘quvchi11 «—»8 «—»11 «—»14 «—»—12 o‘quvchi9 «—»10 «—»10 «—»O‘rta hisob bilan mustaqil dars tayyorlash uchun ona tiliga21 daqiqa, adabiyotga 33 daqiqa, rus tiliga 28 daqiqa, algebraga31 daqiqa va fizikaga 31 daqiqa, jami ikki soat-u 26 daqiqa vaqtsarf bo‘lgan. O‘quvchilarning bir qismi — yaxshi o‘zlashtiruvchilarmustaqil ishni 1 soat-u 30 daqiqada ishlab ulgursalar, bo‘sho‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bunga 3 soat va undan ham ortiq vaqtsarf qildilar.174


V—VI sinflarda o‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlashjarayonini uzluksiz kuzatish natijasida quyidagi kamchiliklarnianiqladik: o‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlashlarida tarbiyachiish funksiyasining hamda rahbarlik qilishdagi ish uslubininganiqmasligi, bu sohada tarbiyachi huquqining chegaralanganligi;tarbiyachilarning predmet o‘qituvchilari bilan yaxshi aloqadabo‘lmasligi; tarbiyachilarning barcha predmetlardan, ayniqsa,aniq fanlardan to‘la tushunchaga ega emasligi kabi kamchiliklarma’lum bo‘ldi. Tarbiyachining hamma fanni birday yaxshibilishi, mustaqil dars tayyorlash vaqtida o‘quvchilar tomonidanberiladigan xilma-xil savollarga doimo to‘liq javob berishi qiyin,albatta. Shuning uchun V—VIII sinflarda mustaqil dars tayyorlashnifan o‘qituvchilari olib borishi maqsadga muvofiqdir.Keyingi yillarda bu masalaga katta e’tibor berilmoqda.Ko‘pincha ulgurmovchi o‘quvchilarning dars tayyorlashigako‘proq vaqt ajratish maqsadida ular sinfdan, maktabdantashqaridagi ishlardan, to‘garaklardan ozod qilib qo‘yiladi. Kuniuzaytirilgan 157-, 79-maktablarda olib borgan tajribalarimiz esabuning aksicha ish olib borish ma’qulligini ko‘rsatdi. Biz birinchichorakda ulgura olmagan 6 o‘quvchini yaxshi o‘zlashtirmaganpredmetlari bo‘yicha to‘garaklarga qatnashtirdik. Natijada ularo‘quv yilining ikkinchi yarmida ulguruvchilar qatoriga qo‘shildilar.Demak, ta’lim sifatini oshirishda ulgurmovchilarni o‘shao‘zlashtira olmagan predmetlari bo‘yicha to‘garaklarga qatnashtirish,sinf rahbari, fan o‘qituvchisi va tarbiyachilarning yordamibilan shu fanlar bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan havaslarini oshirishmaqsadida, birinchi galda ularni kichik-kichik badiiy asarlar bilanta’minlash juda foydalidir.Yuqorida bayon qilingan sinfdan tashqari tadbirlarni ko‘proqkuni uzaytirilgan maktablarda va maktab-internatlarda guruhlarfaoliyatiga tatbiq qilish mumkin. Chunki bu maktablarningmoddiy material bazasi, mutaxassislar, tarbiyachilar bilan ta’minetilganligi, bolalarning kun bo‘yi maktabda bo‘lishi, darsdaboshlagan ishini kunning ikkinchi yarmida, ya’ni darsdan tashqarivaqtlarda davom ettirish kabi imkoniyatlar barcha ta’lim-tarbiyaishlarini muvaffaqiyatli olib borishga katta yordam beradi.O‘quvchilarning dars tayyorlashini tashkil qilish va boshlashdaularning diqqatini vazifani bajarishga jalb qilishda pedagog175


tarbiyachilarning tushuntirish olib borishi katta ahamiyatga ega.Shuning uchun ham doimo o‘quvchilarning uy vazifasini bajarishitarbiyachining tushuntirishi bilan boshlanadi.Tarbiyachi uy vazifasini ishlatish vaqtida hamma o‘quvchilarningmustaqil ishlashini kuzatib borishi, topshiriqni bajarishdaqiynalgan o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlashi va unga yordamberishi, birorta o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasligi kerak.Lozim bo‘lganda parta oralab yurib bolalar ishini ko‘rishi, ayrimtortinchoq bolalarga alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, bundaybolalar tushunmagan bo‘lsa ham uyalganidan tarbiyachidanso‘ramaydi, savol bermaydi. Shunday hollarda tarbiyachitortinchoq va bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolaga o‘zi murojaat qilib,tushungani yoki tushunmaganini so‘rab tekshirib turishi kerak.Ba’zi bir bola esa, o‘rinsiz bo‘lsa ham ustma-ust savollarberaveradi, tortinmaydi, tarbiyachini chalg‘itadi, tartibni buzadi.Tarbiyachi bunday bolaga boshqa bolalarga nisbatan ko‘proq talabqo‘yishi, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar berishi va shu kabivositalar bilan to‘g‘ri pedagogik ta’sir ko‘rsatishi lozim. Tarbiyachibolalardan uy vazifasini aniq belgilangan vaqtda, qunt va diqqatbilan bajarilishini talab qilsin.Bolalarning mustaqil ishlashini uyushtirishdagi muhim xususiyatlardanyana biri tarbiyachining bolalar jamoasi o‘rtasida olibboradigan ishidir. Ko‘pchilik o‘quvchilar qunt va diqqat bilanishlash malakalariga ega emaslar. Ular ishga kirishishdan oldindiqqatni dars tayyorlashga jalb qila olmay turadilar, sal sharpabo‘lgan tomonga chalg‘iydilar, agar biron narsa tushunarlibo‘lmasa, baland ovoz bilan so‘raydilar. Bolalarni mustaqil ishlashga,ortiqcha gapirmaslikka, tug‘ilgan qiyinchiliklarni mustaqilbartaraf etishga o‘qishning birinchi kunidan boshlaboq o‘rgatibborish kerak.Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi kuni uzaytirilgan 79-maktabning III sinf tarbiyachisi S. Irismatova tubandagilarniaytadi: «Kuni uzaytirilgan guruh bilan ishlashning birinchi oyidamen juda qiynaldim, uch yil birga o‘qib, bir-biriga o‘rganganbolalar ham bu sharoitda dars tayyorlashga tez o‘rgana olmadilar.Hadeb chalg‘ir, ishlash o‘rniga ko‘proq bir-birlari bilan gaplashishgaurinar, o‘zlari bosh qotirishni xohlamas, bir-biridanko‘chirishga harakat qilar edilar. Ba’zi bolalar topshiriqni bajaribbo‘lganlarini baland ovoz bilan bildirardilar. Bolalardagi bunday176


kamchiliklarni yo‘qotish uchun men o‘qituvchi bilan birgalikda«Jamoa bo‘lib o‘qish», «Mehnat qilishning ahamiyati va tamoyili»,«Bir daqiqani ham qadrla», «O‘rtoqlik, do‘stlik, hamkorlikqanday bo‘lishi kerak?», «Sinf sharoitida dars tayyorlash»kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazdik va har bir bolaning individualxususiyatlarini o‘rganib, to‘g‘ri pedagogik munosabatda bo‘lishgaerishdik».Birinchi sinfda dars tayyorlash vaqtida tarbiyachining o‘zirahbarlik qiladi. Ularni ravon o‘qishga o‘rgatadi. II—III—IVsinflarda esa matnlarni mustaqil o‘qish yuzasidan topshiriqqa yanaham ko‘proq e’tibor berish talab etiladi. Tarbiyachi o‘quvchilarningmustaqil o‘qish ko‘nikmasini kuzatadi, o‘quvchilar ham o‘znavbatida bir-birlarining qanday o‘qishlarini o‘zaro tekshiribko‘radilar. Keyin uyga berilgan vazifalarning bajarilish sifatinibilish maqsadida ayrim o‘quvchilar o‘qitiladi. To‘rtinchi sinfdatabiat va o‘lkani o‘rganish materiallarini o‘zlashtirishni mustaqilo‘qishdan boshlaydilar.Umuman olganda, mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarbilimini o‘rganish, nazorat qilish katta ahamiyat kasb etadi.Bu quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: maxsus yozma ishlar(diktant, insho, bayon, ijodiy insho, ko‘rgazmali diktant va shukabilar) uyushtirib, uni tahlil qilish; o‘qilgan matnlar bo‘yichasuhbatlar o‘tkazish; o‘quvchilarning daftarini, og‘zaki nutqini,mustaqil kitob o‘qishini, o‘qilgan narsalarni o‘z so‘zi bilan gapiraolishini nazorat qilish; yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarningsababini aniqlash; harf elementlarining to‘g‘ri ishlatishlarinio‘rganish; mustaqil ishlash ko‘nikmasini; mustaqil o‘quv ishlaridaelementar talablarga amal qilishni tahlil qilish. Bular asosidatarbiyachi o‘quvchilarning har tomonlama o‘rganib, ta’lim ishlarini,ayniqsa, mustaqil dars tayyorlash jarayoni samaradorliginioshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Tarbiyachi dars tayyorlatishga ajratilgan vaqtdan unumlifoydalanib, uyga berilgan hamma vazifalarni o‘z nazorati ostidaishlatsa va bunda to‘g‘ri yordam berib tursa, yaxshi natijagaerisha oladi. Nazoratning tubandagi xillaridan foydalanishmumkin:a) tarbiyachi tomonidan;b) bir-birlarini;d) o‘zini o‘zi.12— K. Hoshimov177


Tarbiyachi tomonidan qilinadigan nazoratning maqsadio‘quvchilarning mustaqilligini tekshirish, vazifaning bajarilishiva uning sifati, materialni o‘zlashtirish darajasi, bo‘sh o‘zlashtirishningsabablarini aniqlashdan iborat. Tarbiyachi bolalarningyozma ishini, kundalik daftarini va sinf jurnalini ko‘rib borishikerak. Har qanday holda ham nazorat bolalarning tashabbuskorligigaxalal bermasligi lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganvaqtlarida tarbiyachi ularni boshqalar yordamisiz mustaqilishlashini kuzatib turadi. O‘quvchi vazifani bajarishda qiyinchilikkaduch kelsa, tarbiyachiga murojaat etadi, tarbiyachi esayordamchi savollar orqali uni to‘g‘ri yo‘lga soladi. Sinfda darstayyorlash davomida tarbiyachi doim yurib turmasligi kerak, buo‘quvchilar diqqatini chalg‘itishi mumkin. Tarbiyachininghamma vaqt ham barcha ishni tekshirib chiqishi shart emas.Ba’zan yaxshi, to‘g‘ri bajarilgan vazifalarning ayrimlarini ustidanqarab chiqishi kifoya qiladi. Bunda tarbiyachi yaxshi bajarilganishni o‘z ishlari bilan solishtirib, tekshirib chiqishi uchun o‘quvchilargatopshiradi. Bunday topshiriq uy vazifalarini muntazamva o‘z vaqtida ishlab turishga rag‘batlantiruvchi omillardan biribo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘quvchilar o‘z o‘rtoqlarining ishiniko‘rishni xohlaydilar. Ular har bir ishni mayda-chuydalarigachatekshiradilar. Bu metod o‘quvchilarda o‘ziga talabchanlikxislatini vujudga keltiradi.Tarbiyachi uyga berilgan hamma topshiriqlarning ham bajarilishinito‘liq tekshira olmaydi. Shu tufayli o‘quvchilarningo‘zlari bajargan ishni o‘zlariga o‘zaro tekshirtirish foydalidir.Bu, ayniqsa, og‘zaki vazifalarni tekshirishda samara beradi.Tarbiyachi guruhdagi hamma o‘quvchilarning qay darajadao‘zlashtirganliklarini tekshirib chiqishi qiyin. Shunga ko‘ra bumaktablarda og‘zaki vazifaning bajarilishini tekshirishgako‘pincha yuqori sinf o‘quvchilarini ham jalb qilish mumkin.Qobiliyatli o‘quvchilar odatda yozma ishlarni tezroq bajaradilar.Tarbiyachi bunday o‘quvchilarning ishi yaxshiligiga, xatosizbajarganligiga to‘la ishonsa, ularga o‘rtoqlarining ishinitekshirishga ruxsat beradi. Bunda o‘zi ham ishtirok etadi,albatta. O‘quvchi o‘rtog‘ining xatosini tuzatmaydi, balki ungaqaysi qatorda xato borligini va uni tekshirish kerakligini aytadi.Bu usul o‘quvchilarga uy vazifasini tez va yaxshi ishlashda, dars178


tayyorlash uchun ajratilgan vaqtni qisqartirish imkoniyatini tug‘-dirishda asosiy stimul bo‘lib xizmat qilmoqda.Poytaxtdagi 47-maktab huzurida tashkil qilingan kuni uzaytirilganguruhlar turli sinf o‘quvchilaridan tuzilgan. Shuninguchun guruhdagi yuqori sinf o‘quvchilariga vaqti-vaqti bilan quyisinf o‘quvchilarining ishini tekshirish vazifasi berib boriladi.Masalan, 2-sinf o‘quvchisi qiynalsa, 3-yoki 4-sinf o‘quvchilaritekshiradi va yordam beradi, 4-sinf o‘quvchisi qiynalsa, tarbiyachiningo‘zi tekshiradi. Ishning bunday shakli o‘quvchilaro‘rtasida faollikni oshirish bilan birga o‘zaro tekshirishdagi mas’uliyatnisezish va shu orqali o‘quvchilarda o‘rtoqlik va g‘amxo‘rlikhislarini tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatdi.Bolalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish nihoyatda zarurdir,yaxshi maktab ham qiyosan uncha katta bo‘lmagan bir hajmdabilim beradi. Texnika taraqqiyoti, fan taraqqiyoti, kasb-korningdoim almashinib turishi, funksiyalarning almashinib turishi, yangipaydo bo‘lgan bir qancha masalalarni o‘ylab olish va hal qilishzarurligi bilim hosil qilish sohasida mustaqil ishlay bilishni talabqiladi.O‘zi mustaqil o‘qib bilim orttira olmaydigan va faqat o‘qituvchining,tarbiyachining og‘zidan eshitganlarinigina qulog‘iga quyiboladigan, faqat boshqalarning yo‘l-yo‘rig‘i bilangina ish qilaoladigan o‘quvchi noshud bo‘ladi. Shuning uchun yosh avlodnimustaqil sur’atda bilim ola bilishga o‘rgatish shu kunning talabidir.Umuman olganda, tarbiyachining barcha tadbirlari o‘quvchilarninguy vazifasini bajarishda mustaqil o‘qib, bilim olishmalakasini hosil qilishiga qaratilmog‘i kerak.O‘QUVCHI SHAXSINI TARBIYALASHDA BO‘SH VAQTBo‘sh vaqt haqida tushuncha. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotijarayonida bo‘sh vaqt muhim ahamiyatga ega. Shuninguchun ham bo‘sh vaqt muammosining ilmiy tahlili faylasuflar,iqtisodchilar, pedagoglar va siyosiy arboblar diqqatini jalb etibkelgan.Olimlar, ziyolilar, klassik yozuvchilar insonning ishdan bo‘shvaqtini asosan jamiyat va o‘zining manfaatlari uchun hamdama’naviy kamoloti yo‘lida sarflashiga asosiy e’tiborni qaratganlar.179


Bo‘sh vaqt yoshlarni kamolotga yetkazish va ta’lim-tarbiyaishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Insonning bo‘sh vaqtijamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chunki inson mehnati va bo‘shvaqti to‘g‘ri tashkil etilsa, bu inson shaxsining va jamiyatningrivojlanishiga bevosita yordam beradi. Modomiki, bo‘sh vaqtjamiyatning ijtimoiy boyligini oshiruvchi omil ekan, uni tashkiletishga jamiyat g‘amxo‘rlik qiladi. Demak, o‘z navbatida, bo‘shvaqt — jamiyat oldidagi mas’uliyatdan xoli bo‘lgan vaqt emas.Mamlakatimiz rahbariyati bo‘sh vaqtning ahamiyatiga kattae’tibor berib, uning samarali kechishiga doimo g‘amxo‘rlik qilibkelmoqda. Yoshlarni bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishga o‘rgatish,uni jismoniy va ma’naviy kamolotni rivojlantirishga yo‘naltirishjuda muhimdir.Boshqacha aytganda, insonning bo‘sh vaqti uning dam olishi,intellektual taraqqiyoti, bilim olish, oz o‘rtoqlari bilan fikr almashishi,erkin jismoniy va intellektual kuchlarini tiklash vaqtidir. Insono‘zining bo‘sh vaqtini faqat o‘z shaxsiy manfaatlari uchun sarfqilmasdan, balki jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi lozim.Jamiyat taraqqiy qilib borishi bilan kishilarning bo‘sh vaqtistrukturasi ham takomillashib boradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqtstrukturasida jamoat ishlari alohida o‘rin egallaydi.Keyingi yillarda xalqimizning bilim va madaniy saviyalariningyuqori darajaga ko‘tarilishi, ularning o‘qishga ajratgan vaqtmiqdorining ko‘payishiga olib kelmoqda.Mamlakatimizning ilg‘or kishilari ishdan bo‘sh vaqtda faqatdam olish, o‘qish bilangina chegaralanib qolmay, balki o‘zlariningmadaniy saviyalarini oshirish, fan, san’at, badantarbiya va shukabi ishlar, ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar, shuningdek,jamiyat va xalq manfaatlari yo‘lida turli jamoat topshiriqlarinibajaradilar.Jamiyat qurilishi va yoshlarning ma’naviy kamolotida bo‘shvaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir. Ayniqsa, yoshlarningchuqur bilim egallashi nuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayoniniratsional tashkil etish, faoliyatning hamma turlaridan vaqtnitejash, ularda vaqtdan unumli foydalanishga nisbatan ko‘nikmalarhosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohida ahamiyatkasb etadi. Chunki vaqt o‘zgarmas qiymatga egadir. Shuninguchun ham vaqtni materialning hajmiga emas, balki materialninghajmini vaqt miqdoriga bo‘ysundirish talab etilmoqda.180


Vaqtning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Vaqtni kishilarko‘rishi, eshitishi, tutishi, hidlashi mumkin bo‘lmasa-da, ubor narsa: u hech qachon to‘xtamaydi, ovozsiz va betinim doimoharakat qiladi. Vaqtning eng muhim xususiyati orqaga qaytmaslik,to‘xtamaslikdir, cheksizlikdir. U hamisha bir yo‘nalishda —o‘tmishdan kelajakka yuradi. Shu sababdan o‘tgan vaqtni, o‘tgankunni va o‘tgan daqiqalarni qaytarib bo‘lmaydi.Vaqt sekundlar, minutlar, soatlar, kunlar, oylar, yillar, asrlar...Vaqtning bunday beto‘xtov oqimi odamlarga ma’lum. Qatorhayotiy, falsafiy masalalar kabi vaqt muammosi ham nechaasrlardirki, inson tafakkurini band etib kelgan. Chunki insonbutun o‘tmishi, hozirgi hayoti davomida hal etilmagan muammolarnianiqlashga, ularni jamiyat uchun foydali tomongabo‘ysundirishga intiladi. Shunig uchun ham insoniyat tafakkuritaraqqiyoti jarayonida vaqt to‘g‘risida falsafiy fikrlar, nazariya vaqarashlar, astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematikhisoblar, geografik o‘lchovlar, pedagogik-psixologik tushunchalaryaratilgan.Inson madaniyati yuksalgan sari vaqt to‘g‘risidagi bilimlariham tobora kengayib borgan. Bu jarayon bizning davrimizda hamo‘ziga xos ravishda davom etayotir. Shu sababdan vaqtningqadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik, turmushning oliy shartiekanligi haqida xalqimiz maqol, matal, hikmatli so‘zlar to‘qigan.Shuningdek, u ijodkorlar va olimlarning sevimli mavzusi bo‘libkelayotir. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy yil davomidakunni tunga ulab, tinmay ishlashi natijasida fanning turli sohalaribo‘yicha 150 dan ortiq asarlar yaratdiki, buning uchun barchainsoniyat undan abadiy minnatdordir. Yoqut-al Kamoliy o‘zining«Adiblar qomusi» kitobida Beruniy zamondoshi — qonunshunosal-Valvolijiy hikoyasini keltiradi. Unda qayd qilinishicha, AbuRayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida ham, jon berayotganvaqtda ham fan to‘g‘risida o‘ylagan va hayotining so‘nggi daqiqalaridauni ko‘rgani borgan al-Valvolijiydan merosiy huquqqaoid chigal masalani yechishda yordam berishini iltimos qilgan.Unga al-Valvolijiy: «Shunday holatda-ya?» desa, Abu RayhonBeruniy: «Men bu dunyo bilan xayrlashayapman, o‘sha masalanibilmay ketganimdan ko‘ra, bilib ketganim yaxshiroq emasmi?»— deb javob bergan ekan. Shuningdek, al-Xorazmiy o‘limto‘shagida yotganida undan Abu Bakir: «Ko‘ngling nimani181


xohlaydi, ishtahang nimani taqozo qilmoqda?» — deb so‘raganlarida,al-Xorazmiy: «Kitob yuziga bir qarasam!» degan ekan.Taraqqiyot muqarrar ravishda yangi talab va ehtiyojlarni keltiribchiqaradi, shuning uchun ham maktablarda ta’lim-tarbiyaishlarini yanada takomillashtirish talab etiladi.Maktabda bolalarni yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashularni bir me’yorda mehnat qilishga, vaqtdan unumli foydalanishga,tartibli hayot kechirishga o‘rgatish demakdir. Kishiningvaqtdan foydalanish madaniyati yuksak bo‘lsa, uning ishunumining oshishiga, o‘zining intizomli bo‘lishiga yordamberadi. Bunday xususiyatlar ratsional hal etilgan kun tartibiorqali amalga oshiriladi. Oqilona tashkil etilgan kun tartibi insonuchun o‘z-o‘zini tarbiyalashda ongli intizom vositasi bo‘libxizmat qiladi. Atoqli pedagog A. S. Makarenko o‘zining intizomto‘g‘risidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz fuqarolardanhar tomonlama intizomli bo‘lishni talab etamiz. Biz fuqarolardanbuyruqni nima uchun va nimaga bajarish zarurligini tushunishniginaemas, balki bu buyruqni mumkin qadar yaxshiroqbajarish uchun uning faol harakat qilishini ham talab qilamiz.Bu ham ozlik qiladi.Biz fuqarolardan farmoyish, buyruq berilishini kutib turmasdan,o‘z hayotining har bir daqiqasida uning itoatkor, irodali,tashabbuskor bo‘lishini talab qilamiz» 1 .Vaqt budjetining yana bir xususiyati shundan iboratki, uniuzaytirish va qisqartirish mumkin emas, uning har daqiqasidano‘z o‘rnida foydalanish mumkin. Tejalgan vaqtdan yoshlar ijodiyfaoliyat va kamolot uchun foydalanmoqlari lozim. Vaqtni o‘rinsizsarflashning oqibati, umrni befoyda o‘tkazish to‘g‘risidaK. D. Ushinskiy shunday degan edi: «Hammadan ham shu narsazarurki, tarbiyalanuvchi qo‘lida bir ishi, boshida bir fikri yo‘qbekorchi odamlar kabi, o‘z vaqtini bekorga laqillab o‘tkazishgasira tobe bo‘lmasin, chunki qo‘l ham, miya ham mashg‘ulbo‘lmagan ana shunday chog‘da insonning fikri, qalbi va axloqibuziladi». 21Maêàðåíêî A. Ñ. Èçáðàííûå ïåäàãîãè÷åñêèå ïðîèçâåäåíèÿ. — Ì.:Ó÷ïåäãèç, 1946, 253 ñòð.2Ushinskiy K. D. Tanlangan pedagogik asarlar. — T.: 1959, 157-bet.182


Xulosa qilib aytganda, bo‘sh vaqt yoshlar shaxsining shakllanishigaijobiy yoki salbiy omil sifatida xizmat qilishi mumkin.KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLAR SHAROITIDAO‘QUVCHILARNING BO‘SH VAQTLARINI UYUSHTIRISHKuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatlar sharoitidayosh inson shaxsini har tomonlama shakllantirishda tarbiyaningbarcha vositalari qatori o‘quvchilarning o‘qishdan tashqari,xususan, bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarini o‘rganish va uni to‘g‘rirejalashtirish hamda mazmunli o‘tkazishning o‘rni benihoyakattadir. O‘qishdan tashqari bo‘sh vaqt faqat ko‘ngil ochish uchunemas, balki ilmiy, badiiy yoki texnikaviy ijod bilan shug‘ullanishniham taqozo etadi. Pedagogik tadqiqotlarimizning natijasigaqaraganda, qonunbuzarchilik, kashandalik, bezorilik, ichkilikbozlik,giyohvandlik singari noaxloqiy holatlar maktabdan tashqarivaqtni to‘g‘ri, rejali uyushtirilmasligidan kelib chiqadi.«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliydasturi»da jamoat tashkilotlarining maktab va oila bilan doimiyravishda uzviy aloqada bo‘lishi zarurligi, yosh avlodni tarbiyalashdagijamoat tashkilotlari ishini oilaviy tarbiya bilan yanadako‘proq qo‘shib olib borish ko‘rsatilgan.Bo‘sh vaqt ijtimoiy boylik asosidir. Ammo ana shu bo‘shvaqtdan kishi qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, shuningdek,butun jamiyatning moddiy va ma’naviy imkoniyatlariniyanada ko‘paytirish maqsadida foydalanilsa, haqiqatan hamijtimoiy boylik orta boradi. Jamiyatimiz qurilishi va yoshlarningma’naviy kamolotida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish judamuhimdir. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni chuqur bilim egallashinuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayonini ratsional tashkil etish,faoliyatning hamma turlarida vaqtni tejash, ularda vaqtga nisbatanko‘nikmalar hosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohidaahamiyat kasb etadi.Ma’lumki, ota-onalari ishlab chiqarishda band bo‘lgan ayrimboshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarinireja asosida tartibli uyushtira olmaydilar. Bunday bolalargashu masala bo‘yicha pedagogik ta’sir etish talab qilinadi. Kuniuzaytirilgan guruh va maktab-internatlar ana shunday pedagogik183


ta’sirning muhim omili bo‘lishi bilan birgalikda, ular o‘quvchilarningbo‘sh vaqti muammosini hal etishda qator qulayliklargaegadirlar. Bu tipdagi maktablar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtiommaviy maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtiga qaraganda ikkibarobar ko‘pdir. Shuningdek, bu vaqtning asosiy qismi pedagogtarbiyachitomonidan nazorat qilinadi va uyushtiriladi. Bundantashqari bu maktablarda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini uyushtirishningbir qator jihatlari ham mavjuddir. Birinchidan, bu yangi tip maktablardao‘quv vaqtini tejash hisobiga o‘quvchilarning bo‘sh vaqtiko‘paysa, ikkinchidan, ularning deyarli hamma vaqti o‘quvchilarjamoasi sharoitida o‘tadi. Bu esa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdanyaxshiroq, yanada samaraliroq foydalanish imkoniyatini beradi.Uchinchidan esa, o‘quvchilarning ko‘cha-ko‘ylarda o‘tadiganbo‘sh vaqti ancha qisqaradi. Masalan, umumiy ta’lim maktablariningboshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtacha bir o‘quv kunida3 soat bo‘sh vaqtga ega bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktabo‘quchilari bir kunda o‘rtacha 4 soat-u 50 daqiqa bo‘sh vaqtgaega bo‘ladilar. Umumiy ta’lim maktablarining IV—VIII sinfo‘quvchilari bir o‘quv kunida o‘rtacha 2 soat bo‘sh vaqtga egabo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o‘quvchilari 3 soat-u 40 daqiqabo‘sh vaqtga egadirlar (bu, albatta, rejimni to‘g‘ri tuzishga vaunga amal qilishga bog‘liq). Shuni nazarda tutmoq kerakki,o‘quvchilar bo‘sh vaqtini haddan tashqari ko‘paytirib yuborishularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Vaqtningpedagogik ma’nosi, mazmuni, yo‘nalishi, motivi, formasi halqiluvchi faktor hisoblanadi.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatdagi o‘quvchilarningbo‘sh vaqti shunchaki rejimda ko‘rsatilgan tadbir bo‘lmasdan,u biror maqsadni ko‘zlab tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlargao‘lchov bo‘lmog‘i lozim. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisioldiga o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etishda quyidagi talablarqo‘yiladi:— bo‘sh vaqtni uyushtirishning qulay yo‘llarini aniqlash;— o‘quv ishlari va bo‘sh vaqt orasidagi o‘zaro bog‘liqlikqonuniyatlarini yechish;— o‘quvchilarning o‘quv, dam olish, bayram va ta’til paytidagibo‘sh vaqtini o‘tkazishning turli tizimlarini ishlab chiqish;— bo‘sh vaqtda mashg‘ulotlar o‘tkazishning moddiy-texnikabazasini yaratish yo‘llari va mazmunini belgilash;184


— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘qituvchilar,tarbiyachilar, ota-onalar va keng jamoatchilikning hamkorliginiyo‘lga qo‘yish;— o‘quvchilarga u yoki bu ishlarni bajarishda yordam berish,shuningdek, ularning mazmunli dam olishlarini uyushtirish.Ma’lumki, kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatdagio‘quvchilarning bo‘sh vaqti ularning kundalik rejimida aksettiriladi va bu vaqtda qator tarbiyaviy ishlarni bajarish ko‘zdatutiladi. Har bir tarbiyachi va pedagog oldiga o‘quvchilarningbo‘sh vaqtini uyushtirish davrida o‘quvchi shaxsini har tomonlamarivojlantirish, sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarni davomettirish, bolalarga u yoki bu topshiriqlarni bajarishda yaqindanyordam berish hamda o‘quvchilarning mazmunli dam olishlarinita’minlash vazifalari qo‘yiladi. Kuni uzaytirilgan guruh vamaktab-internatlarda bo‘sh vaqtning rang-barang o‘tkazilishitarbiyachilarning pedagogik mahoratiga hamda o‘quvchilarningkontingentiga bog‘liq. Bo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlarqanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, tarbiyachi tomonidanqo‘yiladigan aniq vazifaga javob berishi o‘quvchilarning tashabbuskorligiva ijodkorligining o‘sishiga xizmat qilishi lozim.O‘quvchilarning bo‘sh vaqti — ularning o‘z saviyasiga, o‘zxohishiga ko‘ra foydalanadigan vaqtdir. O‘quvchilarning bo‘shvaqtini uyushtirishda quyidagilardan keng foydalanish mumkin:— o‘quvchilarning ijtimoiy <strong>axborot</strong>larni o‘zlashtirishi bilanbog‘liq bo‘lgan faoliyatlari: badiiy kitob va gazeta-jurnallar o‘qish;kinofilm, televizion ko‘rsatuvlarni, teatr tomoshalarini ko‘rish,muzeylarga borish;— o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lganfaoliyatlari: o‘rtoqlari bilan sayr, suhbat, muhokama qilish,uchrashuvlar o‘tkazish, jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanish,bayramlar, kechalar, sayohat va ekskursiyalar uyushtirish;— o‘quvchilarning sport bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari:badantarbiya daqiqalari, harakatli va tinch o‘yinlar, sport musobaqalari,sport o‘yinlari, o‘quvchilarning o‘z xohishiga ko‘rao‘ynaladigan o‘yinlar;— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtni individual o‘tkazishlari:havaskorlik mashg‘ulotlari, passiv dam olish, yakka holda sayrqilish;185


— o‘quvchilarning boshqa xilma-xil to‘garak mashg‘ulotlarigaqatnashishi, maktab yer maydonida ishlashi, «Kamolot» YIH,«Kamalak» tashkilotlaridagi va o‘quvchilar jamoasidagi ishlari.O‘quvchilarning maktab va maktabdan tashqaridagi bo‘shvaqtlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqishdao‘quvchilarda vaqtni qadrlash hissini tarbiyalash va ularnio‘zlarining bo‘sh vaqtlarini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘rgatishmasalalariga alohida e’tibor berish lozim. Ayrim o‘quvchilar bo‘shvaqtlarini past saviyada o‘tkazadilar. Ular foydasiz o‘yinlarnio‘ynaydilar yoki o‘zlarining kamol topishlariga yordam beradiganmashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaydilar. Tarbiyachi xuddi shundayo‘quvchilarga bo‘sh vaqtni yuqori saviyada, mazmunli o‘tkazishuchun yo‘llanma va yordam berishi zarur. Bo‘sh vaqtni uyushtirishningtamoyillari ixtiyoriylik, mustaqillik va romantiklikka asoslanadi.Ixtiyoriylik bo‘sh vaqt mazmunidan kelib chiqadi, chunkibunday vaqtda bolalarning xarakteri ularning istagi va tashabbusibo‘yicha amalga oshadi. Har qaysi o‘quvchiga barcha imkoniyatva layoqatini ko‘rsatish uchun sharoit yaratiladi. Bolalarbo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilari vaijrochilari bo‘ladilar. Bu esa ularda tashabbuskorlik, ishchanlik,mustaqillik, tashkilotchilik, jamoatchilik kabi xislatlarni tarkibtopishiga yordam beradi.Mustaqillik. Kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatlardabo‘sh vaqtda dam olish, o‘ynash yoki biror foydali narsa bilanshug‘ullanishni o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydi.Romantika esa bolalarning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelibchiqadi. Bolalarning bo‘sh vaqtlarini uyushtirish va qiziqarlio‘tkazishda maktabda zarur bo‘lgan barcha moddiy texnika bazasiyaratilishi lozim, ya’ni maktab sport zali, xonalar, o‘quv ishlabchiqarishustaxonalari, o‘yin xonalari, kutubxona, oshxona,musiqa, milliy cholg‘u asboblari komplekti zali, sport va harakatlio‘yin, dam olish maydonlari, maktab stadioni kabilar ularningixtiyorida bo‘lishi kerak.Hozirga qadar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishdapedagoglar, ota-onalar va jamoatchilik o‘z bilganlaricha faoliyatko‘rsatib kelmoqdalar. Afsuski, ular o‘rtasida mustahkam aloqamavjud emas. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlari186


faoliyati va tajribasi ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamhamda tizimli bo‘lishini taqozo qiladi. Ota-onalar tez-tez sinfva guruhlarga kirib, farzandlarining bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarinikuzatishlari, ular bilan tanishishlari hamda bolalarga turlimavzularda suhbatlar uyushtirishlari, mutaxassis (rassom,xonanda, bastakor, sportchi va hokazo) ota-onalar esa ayrimmashg‘ulotlarni o‘tkazishlari ham mumkin.Toshkent shahridagi 147-, 157- va 185-maktablarda kuniuzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchilarining ko‘pchiligi sportishlariga jalb etilgan. 147-maktabning ikkita sport zalida har kunikech soat 19 gacha voleybol, basketbol, yengil atletika va badiiygimnastika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Sport seksiyalarigafaqat mazkur maktab o‘qituvchilarining o‘zlari rahbarlik qilmaydilar.Maktab bazasidagi sport to‘garaklarini bolalar va o‘smirlarsport maktablarining, «Lokomotiv» sport jamiyatining trenerlariboshqaradilar. Maktab o‘quvchilarining bir qismi sport maktabi,sport jamiyati va suv sporti saroyidagi mashg‘ulotlarga hamqatnashadi.185-maktabning kuni uzaytirilgan guruhlarining pedagogikjamoasi madaniy-oqartuv muassasalari, sport maktabi, mahallava jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilib, o‘quvchilar bilano‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni sermazmun va qiziqarli o‘tishigaerishmoqdalar.Ushbu maktab bilan 25-musiqa maktabi jamoasi o‘rtasidakoordinatsiya kengashi tuzilib, ularning o‘zaro hamkorligidamaktabda rejali, namunaviy estetika kabineti tashkil qilindi. Musiqamaktabi o‘quvchilarining yordami bilan 50 nafar o‘g‘il bolalardan2 ta ovozli xor tashkil qilindi. Ular shahar ko‘riklarida qatnashib,an’anaviy «San’at bayrami»da doimo ishtirok etadilar. Tuman madaniyatuyi xodimlari yordamida dutorchi qizlar ansambli tashkiletilgani hamda bunga kuni uzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchilariningjalb qilingani katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Shuningdek, bu maktabda O‘zbekiston xalq rassomi HikmatRahmonov boshchiligidagi rassomlar to‘garagi ishlamoqda. TarbiyachiM. Ikromova va H. Rahmonov rahbarligida o‘quvchilartomonidan ishlangan rasmlar to‘planib, ko‘rgazma tashkil etildi.10-sport maktabi trenerlari rahbarligida tumandagi kuni uzaytirilgansinf va guruh tarbiyachilari uchun seminar mashg‘ulotlari,praktikumlar o‘tkazib turiladi.187


Bu maktabning otaliq tashkiloti tomonidan maktab sportmaydonchasi kompleks ravishda jihozlandi. Bularning hammasikuni uzaytirilgan sinf, guruhlar faoliyatini mazmunan boyitishda,ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishda katta yordambermoqda.Faol ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlarining tarbiyachilarga,o‘qituvchilarga tarbiya ishlari sohasida yaqindan berganyordami tufayli maktabda mas’uliyatsizlik, qarovsizlik holatlariningoldi olindi, sinfdan tashqari ishlar, to‘garak ishlari yaxshiyo‘lga qo‘yildi. Bu borada Abdulla Nabiyev nomli mahallaningraisi, maktab ota-onalar qo‘mitasining faol a’zosi, atoqlisan’atkor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistG‘ani A’zamovning xizmatlari nihoyatda katta bo‘lgan.Kuni uzaytirilgan maktab, maktab-internatlarda o‘quvchilarningbo‘sh vaqtlari ikki davrda, ikki xil prinsipda tashkil qilinadi:1. Dars tugagandan keyin uy vazifalarini tayyorlaydiganvaqtgacha bo‘lgan davrda.2. Uy vazifasini bajarib bo‘lgandan keyin o‘quvchilar uylarigaketadigan vaqtgacha bo‘lgan davrda.Birinchi davrdagi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari o‘qishdantashqari vaqtda toza havoda sayr qilish tarzida o‘tkaziladi.Bolalarning sayr qilishlari ularning jismoniy o‘sishiga va yaxshidam olishiga ijobiy ta’sir qilishi kerak. Bolalarning qiziqarli damolishlari, jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchunbo‘sh vaqtdan qanday foydalanish to‘g‘risida ularga elementarma’lumotlar berish ham o‘qituvchi va tarbiyachilarning asosiyvazifasidir. Bunda quyidagi asosiy masalalarga: kundalik rejimgarioya qilish, ochiq havoda o‘ynash, organizmni chiniqtirishqoidalariga alohida e’tibor berish zarurligi tushuntiriladi.Bolalarning tushunchalarini har tomonlama rivojlantirishdashahar (qishloq) bo‘ylab o‘tkaziladigan sayrlar foydalidir. Chunkibolalar shahardagi yodgorliklarni, muzeylarni ko‘radilar va o‘ziyashayotgan shahar yoki qishloq hayoti bilan tanishadilar.Tarbiyachi sayr qilish vaqtida tashkil qilgan har bir o‘yindabolalarni ma’lum bir maqsadga yo‘llashi, yangi o‘yin qoidalaribilan tanishtirishi, tashkil qilingan o‘yinlarni me’yorida o‘tkazishikerak. O‘qituvchi o‘yin va mashg‘ulotlarni polizda, bog‘da ishlash,kitoblar o‘qish, kashta tikish va hokazolar bilan qo‘shib olib borish188


foydali ekanini tushuntiradi. Piyoda sayr qilish va ekskursiyalargaalohida e’tibor berish kerak. (Bir sayr davomida ikki, uch o‘yino‘tkazish mumkin, ammo bunda tez bajariladigan o‘yinlarni tanlashva o‘tkazish lozim). Bu sohada bolalarga boshlang‘ichturizmga oid bilimlar berish, bunda turistik anjomlar, kiyim-bosh,poyabzal, oziq-ovqatlar olish, poxod dori-darmon qutisi vahokazolar haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatma qurollar, rasmlardankeng foydalanish zarur.Kuni uzaytirilgan sinf guruhlarining ikkinchi davri uy vazifasinibajarib bo‘lgandan keyin boshlanadi va klub soati shaklida harkuni o‘tkaziladi. U o‘z ichiga kitob bilan ishlash, musiqa bilanshug‘ullanish, siyosiy va estetik mavzularda suhbat, estetiko‘yinlar, ekskursiyalar va hokazolarni oladi. Ayrim maktablardakuni uzaytirilgan guruhlarning ish rejimi quyidagicha tuzibqo‘yilgan: dushanba — badiiy to‘garak bilan shug‘ullanish;seshanba — «Kamalak yulduzchasi»; chorshanba — fanto‘garaklari ishlari; payshanba — mehnat faoliyati bilan bog‘liqishlar; juma — badantarbiya va sport ishlari; shanba — ekskursiya,sayr, muzey, kino va teatrlarga borish, ko‘rgazmalarni ko‘rishva tomosha qilish.Shanba kunlari o‘quvchilarda uy topshiriqlari yo‘qligi hisobgaolinib, ular bilan ikki soat atrofida shug‘ullanish mumkin. Klubsoati haftaning ma’lum kuniga rejalashtiriladi. Yuqorida keltirilganmashg‘ulotlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan bir-biridanfarq qiladi. Masalan, agar kitob bilan ishlash rejalashtirilganbo‘lsa, bu tadbir bolada mustaqil o‘qish, o‘qilgan matnni so‘zlabbera olish xususiyatlarini rivojlantirmog‘i lozim. Shuningdek,guruh o‘quvchilari klub soati vaqtida yangi chop qilingan bolalaradabiyoti bilan tanishadilar.Haftada bir marta kuni uzaytirilgan guruh klub soati musiqava drama to‘garaklarining mashg‘uloti uchun ajratiladi. Bolalarbilan ishlashning bu shakli qator tarbiyaviy ishlarni yaxshilashda,ya’ni bolalar jamoasini uyushtirish, ularning umummadaniysaviyasini oshirish, san’at sohasidagi bilim doirasini kengaytirish,madaniy hayot ko‘nikmalarini hosil qilish masalalarida yordamberadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teatr va kino san’ati bilantanishtirib borish tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishdamuhim rol o‘ynaydi. Bolalarni san’at, kino bilan tanishtirishda189


tarbiyachi qiziqarli suhbatlar o‘tkazadi. Kino mazmuni vaqahramonlardan ta’sirlangan o‘quvchilar ularga mustaqil bahobera boshlaydilar.Respublikamizdagi kuni uzaytirilgan guruh va maktabinternatlaridailg‘or tarbiyachilar quyidagi o‘yin turlaridan kengfoydalanmoqdalar:— «Quvnoq startlar» tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quvchilarnifanga, mehnatga va hayotga tayyorlashda muhim rolo‘ynaydi:— «Inoqlar tanlovi» tipidagi o‘yinlar esa o‘quvchilarning ijodiyfaoliyatini o‘stirishga xizmat qiladi;— kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid o‘yinlardan. Bunga texnikmodellashtirishning barcha turlari, harakatlanuvchi mashinalaryasash va boshqalar kiradi;— adabiy teatr tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quvchilarningmadaniy nutqini va havaskorlik faoliyatini o‘stiradi;— «Bilimdonlar musobaqasi» o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashqobiliyatini o‘stiradi;— har xil attraksionlardan. Bular o‘quvchilarning dam olishinita’minlaydi, ularga quvnoqlik baxsh etadi;— jamoa bo‘lib badantarbiya-sport o‘yinlarini o‘ynash esao‘quvchilarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantiradi, ularnichaqqonlikka, go‘zallikka o‘rgatadi.Yuqoridagi o‘yinlarning hammasi yagona, umumiy ta’limtarbiyajarayonini yaxshilashga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdagifaoliyatini mazmunli, qiziqarli o‘tishiga yordam beradi.Shuningdek, avval yozganimizdek, o‘yinda har bir guruhningsardori belgilanadi. Sardor tarbiyachining yordamchisi hisoblanadi.O‘yinning tartibi, qonun-qoidasi o‘yinni boshlashdan oldintushuntiriladi. Har qanday o‘yinni quyidagi tartibda tushuntirishmumkin:1. O‘yinning nomi, maqsadi, vazifalari.2. O‘yinchilarning roli va ularning maydonda joylashishi.3. O‘yinning borishi.4. G‘oliblarni aniqlash tartibi.5. O‘yinning qoidasi. O‘yin qoidasini tushuntirish savollargajavob berish bilan tugaydi.Harakatli o‘yinlarni tushuntirish davrida tarbiyachi o‘yinnito‘xtatib, har xil ko‘rsatmalar berishi mumkin. Ammo, bu o‘yin-190


chilar kayfiyatiga ta’sir etmasligi, o‘yinni sovutmasligi lozim.Shuni qayd qilish kerakki, o‘yinda berilgan tanaffus davridatarbiyachi o‘z yordamchilari orqali guruhdagi o‘yin qoidasini,tartibini qanday bajarayotganini o‘yinchilarga tushuntiradi. O‘yindavomida qo‘pollikka, janjalga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, aksincha,o‘rtoqlik, haqgo‘ylik, o‘zaro yordam, birodarlik, maqsadga intilishkabi odatlarni tarbiyalash kerak.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda o‘quvchilarningbo‘sh vaqtini uyushtirishda bayramlar katta tarbiyaviyahamiyatga ega. Bayramlar bolalar o‘yinlariga yaqin turadi.Odatda, u bolalarni to‘lqinlantiruvchi taassurotlar bilan bog‘liq.Bu tantanali voqea fan, adabiyot, san’at va amaliy ishni bir-birigabog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. Bayramni kutish, ungatayyorlanish guruh bolalarining hayotini alohida mazmun bilanboyitadi. O‘quvchilar bayramga adabiy-musiqali chiqish, xor,qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishi tayyorlaydilar. Bu jarayonlar o‘quvchilarniinoqlik, do‘stlik ruhida tarbiyalaydi.Bayramlarga tayyorlanish davrida har qaysi guruh kichikguruhlarga bo‘linib, ularga ishlar taqsim qilinadi. Masalan,birinchi guruh badiiy havaskorlik bo‘yicha shug‘ullansa, ikkinchiguruh sinf va guruhlarni jihozlash, kostum va dekoratsiyalartayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uchinchi guruh devoriy gazetatayyorlash, bayram dasturini tuzish, mehmonlarni kutib olishbilan band bo‘lsa, to‘rtinchi guruh o‘yinlar, attraksionlar, o‘yinlaruchun musiqa tayyorlaydi.Qarshi shahridagi 2-maktabda bayramlarga tayyorlanishjarayonida sinflar bo‘yicha yig‘ilish, suhbatlar o‘tkaziladi. Kinofilmlarnamoyish etiladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari vaArmiya jangchilari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi. Bu tadbirlarbolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kattaahamiyat kasb etadi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda umumxalq bayramlari singario‘quv bayramlari ham hishonlanib turiladi. Bular jumlasiga«Yangi o‘quv yilining boshlanishi», «Yulduzcha», «Alifbebayrami», «Kamalak» tashkiloti tashkil topgan kun» va shungao‘xshagan boshqa bayramlar kiradi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda tug‘ilgan kunni guruh bilannishonlash o‘quvchilarda do‘stona tuyg‘ularni vujudga keltiradi.Tarbiyalanuvchilar tug‘ilgan kunini nishonlayotgan o‘rtog‘iga191


o‘zlari yasagan buyumlar, kashtalar, chizgan rasmlarini sovg‘aqilishadi.Yangi tip muassasalarda adabiyot to‘garaklarini yaxshiroqtashkil qilish imkoniyatlari mavjud. Bunda bolalar hikoya vaertaklarni o‘qish orqali tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarhaqidagi tasavvurlarini boyitadilar. Bu tadbir bolalarning g‘oyaviysiyosiy,axloqiy hamda estetik tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdamuhim vositadir. Bolalar va o‘smirlarning to‘garaklari kundalikturmush hodisasi bo‘lib qolmog‘i zarur.To‘garaklarda qatnashish orqali o‘quvchilarning tashabbuskorligiva mustaqilligi hamda axloqiy fazilatlari yanada ortadi. Engmuhimi, ularning vaqti to‘g‘ri maqsadga yo‘naltiriladi.O‘quvchilarni mehnatsevar va axloqli qilib tarbiyalashda,ularni kasb tanlashga o‘rgatishda Qarshi shahridagi Alisher Navoiynomli maktab, shuningdek, Chiroqchi tumani maktablaridatashkil etilgan to‘garaklar e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirmoqda.Bu maktablarda to‘garak va klub hayoti qaynaydi. Ota-onalarmaktabning doimiy mehmoni, ular o‘quvchilar ko‘rgazmalarida,kechalarida ishtirok etadilar. O‘z bolalarining qanchalikmazmunli va qiziqarli hayot kechirayotganliklarini ko‘radilar.Dam olish va ta’til kunlarida bolalarning bo‘sh vaqtlari qandaytashkil etilganligi, ular qanday tarbiyalanayotganligi, dam olish,baynalmilal do‘stlik klublari, o‘quvchilar ilmiy jamiyatlari vato‘garaklari qanday ishlayotganligi bilan tanishadilar.Kuni uzaytirilgan guruh, sinflar va maktab-internatlarga jalbqilingan o‘quvchilarning hammasi ham uy ishlarini bajarishgao‘rgangan bo‘lavermaydi. Shu sababli guruhdagi bolalar bilanbo‘sh vaqtlarda ijtimoiy-foydali mehnat va uy-ro‘zg‘or ishlarihaqida suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib turish maqsadgamuvofiqdir. Bekobod tumanidagi 12-maktabning ilg‘or, tajribalio‘qituvchilari o‘quvchilar bilan «Tozalik — salomatlik garovi»,«Navbatchining vazifalari», «Hamma joyda tozalik uchunkurashaylik» kabi mavzularida suhbatlar o‘tkazib turadilar.Bundan tashqari «Sinf xonamiz — o‘z xonamiz», «Tugmaqadash», «O‘z joyini yig‘ishtirish» kabi mavzularda amaliymashg‘ulotlar o‘tkazilishi natijasida tarbiyalanuvchilar o‘z-o‘zigaxizmat ko‘rsatish malakalariga ega bo‘ladilar. Buning tarbiyaviyahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiy-foydali ishlarga192


tayyorlash bilan birga, ularni axloqiy ruhda tarbiyalashda hammuhim vositadir. O‘quvchilarning maktab hovlisini, tevarakatrofnisupurib-sidirishi, suv sepishi, ariqlarni tozalashi, sinflarniyig‘ishtirishi, deraza, eshik va pollarni yuvishi, maktab gulzoriva atrofdagi o‘simliklarni parvarish qilishi kabi yumushlarningtarbiyaviy roli juda ham katta.Xalqimizda «bola yoshidan» degan naql bor. Yoshlar, xususan,qizlar bichish-tikish, ovqat tayyorlash ishlarini yaxshi bilishlariuchun ularga shu ishlarni ularga bolaligidan o‘rgata borish lozim.Bichish-tikishning dastlabki elementlari I—III sinflarda o‘rgatibboriladi. Bunda tarbiyachi qizlarga dastlab igna bilan muomalaqilishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Bu jarayonda oddiydanmurakkablikka qarab borish tamoyiliga amal qilinadi.Albatta, biz yuqoridagilarni barcha maktablarda tadbiq qilishmajburiy deb ayta olmaymiz, lekin ulardan o‘zlari uchunkeraklilarini olib, o‘z maktablari sharoitiga moslashtirsalarfoydadan xoli bo‘lmaydi.Tarbiyachi o‘tkazilayotgan har bir tadbirning muvaffaqiyatliyakunlanishiga javobgardir, chunki u har bir ishda sezdirmaganholda o‘quvchilarga yordam beradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqtni ko‘ngildagideko‘tkazishda klublar faoliyati salmoqlidir. Toshkent uyboshqarmalari huzuridagi bir qator klublarga bolalar jalb etilgan.Masalan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktab,Olim Xo‘jayev nomli mahallada o‘quvchilarning yig‘ma guruhlariasosida maktab klubi tashkil qilingan. Keyinchalik bu klubningfaoliyati hamma sohalarda keng avj olib ketdi. «Kamalak»tashkiloti va «Kamolot» YIH hamda mahalla jamoatchiliginingyordami bilan klub ancha ishlarni amalga oshirdi. «O‘quvchi,sening bo‘sh vaqting», «Bir onning qadri», «Vaqtingni va yoshligingiqadrla» kabi mavzularda bir qancha suhbat va munozaralaruyushtirdi. Ularda bir daqiqa ichida bajariladigan ishning qimmati,uning ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati ishonarli misollaryordamida bayon etildi.O‘tkazilgan shu munozarada o‘quvchilar vaqtga nisbatanto‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, vaqtni bekor o‘tkazmaslik zarurliginibilib oldilar. Ayniqsa, keksalarning, mehnat faxriylariningsuhbatlari samarali bo‘ldi.Shunday qilib, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqti kattaijtimoiy-pedagogik qimmatga egadir. Bu vaqtda ular faqat dam13 — K. Hoshimov193


olibgina qolmay, balki o‘zlarining o‘quv doirasidagi bilimini,madaniy saviyalarini takomillashtiradilar. Bundan tashqari bolalarjamoat topshiriqlarini bajarishlari yoki oila a’zolariga yordamlashishlarimumkin.Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘shvaqtining samarali o‘tishi va maqsadga muvofiq bo‘lishi maktabningsharoitiga, undagi tarbiyaviy ishlarning holatiga, «Kamalak»va «Kamolot» YIHning faoliyatiga, sport va maktabdantashqari tarbiya muassasalarining ishlariga bog‘liq ekan.Tadqiqotlarimizning natijasida shu narsa aniqlandiki, 77—85foizgacha bo‘lgan o‘quvchilar har kuni bo‘sh vaqtining 40 daqiqasini,shanba va yakshanba kunlari esa 1 soat-u 40 daqiqasinibadiiy kitob o‘qish uchun sarf qiladi, 35 foiz o‘quvchilar bo‘shvaqtini to‘garaklarda va har xil klublarda o‘tkazadilar.O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘quvchi uchunzarur bo‘lgan foydali mashg‘ulotni o‘qituvchi yoki tarbiyachi tanlaydi,unga esa jamoat tashkilotlari va oila yordam beradi. Biroq,o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi faqat maktabda yokibo‘sh vaqt jarayonida emas, balki axloqiy va ma’naviy fazilatlargaasos solinadigan oilada ham amalga oshadi. Basharti oilagaaxloqsizlik, nopoklik, o‘g‘rilik, yulg‘ichlik illatlari aralashsa, shuoilada o‘sayotgan bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasida xunukhodisalar ro‘y berishi turgan gap.Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning hozirgibosqichida oilaning tarbiyachilik funksiyasi bilan bog‘liqvazifalar beqiyos darajada o‘zgaradi va kengayadi. Oila bolaningma’naviy o‘sishi, fuqarolik sifatlari, dunyoqarashi, e’tiqodi,mehnatga va o‘z vazifalariga munosabati kabi fazilatlari uchunjamiyat oldida javobgardir. Oila bolaning birinchi tarbiyachisi,ayni vaqtda maktabning ham eng birinchi, eng yaqin, faolyordamchisidir. Ijtimoiy tarbiya bilan oiladagi tarbiyani birgaqo‘shib olib borishning ahamiyati nihoyatda kattadir.Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashda maktab vaoilaning birgalikdagi roli benihoya kattadir. Jamiyatimizda bolatarbiyasi har bir o‘qituvchi va ota-onaning jamiyat va davlatoldidagi ijtimoiy burchidir. Maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasitarbiyada bir-biriga uzviy bog‘langan yagona bir jarayondir.Oilalar bilan dastlabki tanishishimiz ularning turmush tarzi,hayoti, ota-onalarning pedagogik iqtidori, ya’ni oilaning tarbiyada194


muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,agar oila yaxshi uyushgan jamoa sifatida qaror topganbo‘lsa, tarbiya muvaffaqiyatli hal qilinadi.Biz ota-onalar va tarbiyachilar bilan «Bo‘sh vaqtda bolalarimiznima bilan shug‘ullanadilar?» degan savol bo‘yicha anketaso‘roqlaro‘tkazdik. Bunda 350 dan ortiq ota-onalar, tarbiyachilarqatnashdilar. Ularning javobi quyidagicha bo‘ldi:1. Sport bilan shug‘ullanadi — 180 kishi.2. Badiiy adabiyotlar o‘qiydi — 175 kishi.3. Uyni yig‘ishtirish va tozalashda qatnashadi — 115 kishi.4. Uy ishlarida qatnashadi — 100 kishi.5. Kinoga boradi — 102 kishi.6. Stol tennisi bilan shug‘ullanadi — 80 kishi.7. Jamoat ishlarini bajaradi — 85 kishi.8. Musiqa, badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanadi — 80 kishi.9. O‘z ishi bilan shug‘ullanadi, o‘rtoqlari bilan birga bo‘ladi —110 kishi.10. Cho‘milish, rasm chizish, velosiped minish, qo‘l mehnativa hokazolar bilan shug‘ullanadi — 150 kishi.Shunday qilib, yuqoridagi javoblardan ma’lum bo‘lishicha,o‘quvchilarning ko‘pchiligi bo‘sh vaqtlarini badiiy adabiyot o‘qish,sport to‘garaklariga qatnab, o‘z o‘rtoqlari bilan o‘tkazar ekan.Bundan tashqari biz bolalar tarbiyasi bo‘yicha ota-onalarga vatarbiyachilarga «Siz bo‘sh vaqtda bolalaringizda qaysi sifatlarnitarbiyalashga ahamiyat berasiz?» degan savol bilan murojaat etdik.Ular esa quyidagicha javob berdilar:1. Axloqiy sifatlarni tarbiyalashga (vatanparvarlik, kamtarinlik,to‘g‘rilik, sofdillik) — 150 kishi.2. Madaniy saviyalarini oshirishga — 50 kishi.3. Intizomli qilib tarbiyalashga — 55 kishi.4. Mehnatsevar qilib tarbiyalashga — 45 kishi.5. Bilim olishga qiziqishini o‘stirishga — 65 kishi.6. Irodali qilib tarbiyalashga — 45 kishi.7. Tashabbuskorlik va faollikni tarbiyalashga — 30 kishi.8. Boshqa sifatlarni tarbiyalashga — 80 kishi.Anketa-so‘roqlarining birinchi va ikkinchi savollariga berilganjavoblar va ularni taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilardaaxloqiy sifatlarni paydo qilish va ularni o‘stirish ko‘proq oilaviytarbiyaga bog‘liq ekan. Shunisi xarakterliki, qaysi oilada hamjihat-195


lik, yakdillik bo‘lsa, o‘sha joyda mustahkam oila jamoasi qarortopgan. Shunday oilada turli ixtiloflar, kelishmovchilik va janjallarbo‘lmaydi, bolalarning bo‘sh vaqtlari qiziqarli, maqsadga muvofiqo‘tadi.Xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan hikmatbor. Bola ham oilada nimani ko‘rsa, eshitsa, shunga qarab ishtutadi. Demak, bu oilalarda bolalar tarbiyasi yaxshi yo‘lgaqo‘yilgan bo‘ladi. Lekin shunga qaramasdan oilada duch kelinadiganqiyinchiliklar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, oiladagiaxloqiy muhitni aniqlash uchun ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan«Oilada bolalar tarbiyasida duch keladigan qiyinchiliklar. Ularniyengmoq mumkinmi va qanday yordamga muhtojsiz?» — degansavolni o‘z ichiga olgan anketamizga quyidagicha javoblar oldik:1. Bolalar bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt oz — 133kishi.2. Bolalarda hafsalaning kamligi — 93 kishi.3. Bolalardagi o‘jarlik va o‘zboshimchalik — 84 kishi.4. Bolalar o‘z vazifalarini bajarishni xohlamaydilar — 89 kishi.5. Bolalar kun tartibiga rioya qilishmaydi — 85 kishi.6. Axloqsizlik (egoizm, qo‘pollik, aldash va hokazo) — 77kishi.7. Bolalar to‘g‘risida adabiyotlarning kamligi — 74 kishi.8. Boshqa qiyinchiliklar — 35 kishi.Ko‘rib turganingizdek, berilgan javoblarning 38 foizi bolalarbilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt yetishmasligi, 29 foizibolalarga yordam berishda bilim darajasining kamligi, 20 foizioilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi adabiyotlarning ozligi to‘g‘-risidadir. Keltirilgan faktlarga asoslanib oiladagi munosabatlartizimi, hayot qonun va qoidalari, shart-sharoitlar, ota-onalarningtarbiyada qo‘llaydigan vosita va usullari tarbiya maqsadlariga muvofiqbo‘lishi kerak, degan xulosani chiqarish mumkin. Buninguchun ota-onalar bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash nimalardaniborat ekanligini aniq tasavvur etishlari lozim. Shundaginaoila tarbiyasidagi strategiya va taktika bir-biriga muvofiq, maqsadgato‘g‘ri yo‘naltirilgan, vazifa aniq belgilangan bo‘ladi va busamarali natijalarga olib keladi. Faqat shundagina oilaning yaxshiaxloqqa ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdagi imkoniyatlari optimallashadi.Maktab tarbiya masalasida ommaviy pedagogik tashviqotorqali ota-onalarga yordam berishi: tarbiyaviy soatlar, siyosiy ax-196


orot va boshqalar orqali o‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy, estetikbilimlar berish, oila sharoiti va undagi muhitni o‘zgartirishgaerishish, ota-onalarga ham, o‘quvchilarga ham egallanganbilimlarga muvofiq odatlarni shakllantiradigan mashqlar ishlabchiqilishi kerak.Demak, asosiy masala ota-onalarning pedagogik madaniyatinio‘stirish, oilada bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish, munosabatlartizimi va oila hayotini to‘g‘ri uyushtirish, bolalarni tarbiyalashsan’ati va mahoratini egallashlariga bog‘liqdir.Jamiyat rivojlanishining hozirgi jadallashtirish bosqichida yangikishini kamol toptirish, har tomonlama rivojlangan shaxsnitayyorlash uchun zarur shart-sharoit yaratilgandir. Shaxsninggarmonik rivojlanishi uchun uning aqliy kuch va qobiliyatlariningravnaq topishi, o‘z ustida muntazam ishlashi ahamiyatga ega.Buning uchun shaxs o‘z vaqtini maqsadga muvofiq o‘tkazishi vauyushtira olishi kerak. Shaxsdagi shunday malakalar maktabpartasida hosil qilina boshlanadi. O‘quvchining maktabdagifaoliyati o‘qituvchilar, tarbiyachilar rahbarligida o‘tadi, uningdarsdan keyingi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish pedagogik jihatdanalohida ahamiyatga egadir. O‘quvchilar xuddi shu jarayonda ixtiyoriytashkil topgan «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot»YIH ishtirokchisi, oila a’zosi sifatida harakat qiladi.Biz olib borgan kuzatishlar — o‘quvchilar hayotini o‘rganish,tarbiyachilar, maktabdan tashqari muassasalarning ish faoliyatibilan tanishish natijasida quyidagicha xulosaga keldik:1. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat o‘quvchilariningbo‘sh vaqt muammosi muhim pedagogik muammohisoblanadi. Bu vaqtda uning shaxsi kamol topadi, ma’naviy vaaxloqiy qiyofasi o‘sadi.2. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf, guruh o‘quvchilariningbo‘sh vaqtini uyushtirish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib,u pedagog nazorati ostida uyushtiriladi.3. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat o‘quvchilariningbo‘sh vaqtini tashkil etish shakli va muvaffaqiyatitarbiyachining mahoratiga bog‘liqdir. Bu ish shakllari, xarakteriva o‘tkazish metodikasiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin, lekin utarbiyachi qo‘ygan aniq pedagogik talabga mos bo‘lishi hamdamaktab o‘quv jarayonida o‘tilganlarni takrorlamasligi kerak.197


4. Maktabda sharoitning kamligi, bo‘sh vaqtning cheklanganligisababli o‘quvchilarning o‘z vaqtini uyushtirishi murakkabdir.KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHVA MAKTAB-INTERNATLAR BOSHLANG‘ICHSINFLARIDA «KAMALAK» BOLALAR BOSHLANG‘ICHTASHKILOTI VA «KAMOLOT» YIH BILAN ISHLASHKuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar boshlang‘ichsinflarida sinfdan tashqari ishlar tarbiyachi, «Kamolot» YIH vajamoatchilik tomonidan tashkil qilinadi. Sinfdan tashqariishlarning o‘quv ishidan farqi shundaki, bu ish qat’iy qoida yokidastur asosida tashkil qilinmaydi. Tarbiyaviy ishlar boshlang‘ichsinf o‘quvchilari olgan bilimlarning kengayishiga, chuqurlashishiga,mustahkamlanishiga hamda o‘quvchilar umumiy dunyoqarashiningkengayishiga juda katta imkoniyat yaratadi.Tarbiyachi tomonidan tashkil qilingan sinfdan tashqari ishlarbolalar uchun qiziqarli bo‘lishi kerak.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarning boshlang‘ichsinflarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari ishlar bolalardaquyidagi tarbiya ko‘nikmalarini shakllanishiga imkon berishikerak:— o‘quvchining aqliy faoliyatini faollashtiradi. Tarbiyaviy ishjarayonida bolaga ayrim topshiriqlar berish, uni bajarishgaqiziqtirish, mehnatning natijasini ko‘rsatish unda o‘ziningqobiliyatiga ishonch hosil qiladi. Ijodiy izlanishga, ishlashga undaydi.Bu esa aqliy faoliyatning shakllanishida muhim garovhisoblanadi;— bolada siyosiy ong va axloq normalarini shakllanishigaimkon beradi. Bu xususda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar onglilikni,Vatanga sodiq bo‘lishni, dunyoqarashning shakllanishini,o‘zaro hamkorlik va o‘rtoqlikni, rostgo‘ylikni shakllantiradi.Bolada axloq normalari hamma taraflama, chunonchi odob,madaniy xulq jihatdan jamiyat talablariga to‘la javob berishilozim;— bir qator tarbiyaviy xarakterdagi sinfdan tashqari ishlarbolalarda maktabga ongli munosabatda bo‘lishni, kasb va kasbtanlash haqidagi dastlabki tasavvurni shakllantiradi, halol mehnatqilish ko‘nikmalarini tarkib toptiradi;198


— sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarda estetik didnishakllantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat hosil qiladi. Tabiatdagigo‘zallikni his qilish, madaniyatli kiyinish, gapirish, yurishturish,san’at sirlarini egallash kabilar haqida tushuncha paydobo‘ladi;— tarbiyaviy ishlar vositasida bolalarni kompleks tarbiyalashmaktab islohoti oldiga qo‘ygan asosiy talablardan biri hisoblanadi.Shuning uchun bolaning bilimliligi, odobliligi, siyosiyongliligi, mehnatsevarligi bilan birga, jismonan baquvvat bo‘lishitarbiya ishining ajralmas qismi hisoblanadi.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar boshlang‘ichsinflarida o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy hamda axloq ruhida tarbiyalash.Yurtboshimizning keyingi qarorlarida bolalarni g‘oyaviysiyosiyjihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda. Chunkikishilarning ongliligi, ichki va tashqi siyosatga ongli munosabatdabo‘lishi farovon jamiyat qurish ishiga sadoqatni ta’minlaydi. Kuniuzaytirilgan guruhlarda bolalar uzoq muddatda pedagoglarnazorati ostida bo‘lar ekan, ularni g‘oyaviy-siyosiy jihatdantarbiyalashga qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Kundalikish jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda bo‘layotganvoqealar bilan tanishadilar, ularni tahlil qilib, o‘z munosabatlarinibayon etadilar, xulosa chiqaradilar.Kuni uzaytirilgan guruhlarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlarinitakomillashtirishning qulay vositalaridan biri klub soati mashg‘ulotihisoblanadi. Tarbiyachi o‘quv yili davomida taxminan 32—34marta g‘oyaviy-siyosiy mavzu — klub soati mashg‘uloti o‘tkazishilozim. Buning uchun klub soatlari mavzusi oldindan aniqlanishikerak. Bu mashg‘ulotni ikki qismga ajratib o‘tkazish tavsiya qilinadi.Birinchi qismga 10—12 daqiqa vaqt ajratib, unda mamlakatimizdabo‘layotgan o‘zgarishlar, va dunyoda ro‘y berayotgan voqealarbolalarning yosh xususiyati hamda bilim darajasini hisobga olganholda hikoya qilib beriladi. Haftalik voqealar muhokamasida I—IIsinflarda tarbiyachi faolroq rol o‘ynasa, III—IV sinflarda esao‘quvchilarni faol ishtirok etishiga sharoit yaratish lozim. Ularmamlakatda va dunyo miqyosida bo‘layotgan voqealarga o‘zmunosabatlarini bildirishga, ularni tahlil qilishga va to‘g‘ri xulosachiqarishga o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida esasiyosiy mavzuga doir bir mavzu tanlanadi. Bunda Vatanga sodiqlik,ilg‘or kishilik hayoti, vatanparvarlik, baynalmilallik, Qurolli kuchlar199


safida xizmat qilish kabi masalalarga oid mavzular tanlanishi kerak.Masalan: «O‘zbekiston — Vatanim manim», «Paxta —Respublikamiz iftixori», «O‘zbekiston — Baynalmilal Respublika»,«Vatan nimadan boshlanadi?», «Mustahkam do‘stlik —muvaffaqiyat garovi», «Qurolli kuchlar safida xizmat qilish — muqaddasburch» va hokazo. Bu bolalarning kichik maktab yoshidagibolalar ekanini hisobga olib, har bir mashg‘ulot ko‘rgazmalisuhbat shaklida o‘tkazilishi kerak. Mavzuga doir fakt va raqamlarrangli, chiroyli yozib keltirilishi lozim. Muhokama qilinayotganmasalaga doir nutqlar magnitofon orqali eshittirilsa, rasmlarepidiaskop orqali namoyish qilinsa, suhbatning ta’sirchanligi yanadaoshadi. Ayrim holatlarda siyosiy voqealarda ishtirok etgankishilarning jonli suhbatini uyushtirish bolalarda yana ham chuqurtaassurot qoldiradi. Demak, tarbiyachining bu mashg‘ulotga puxtatayyorgarlik ko‘rishi talab qilinadi.O‘quvchilarga Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasiningqarorlari amalga oshayotganligini o‘quvchilarga tushuntirishuchun hayotiy faktlarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Qishloq,tuman, viloyat va respublika miqyosidagi o‘zgarishlar, xalqmoddiy farovonligining yaxshilanib borayotganligini o‘quvchigako‘rsatish kerak. Masalan:1. Mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar materiallari asosidastend tayyorlanadi.2. Ilg‘or kishilarning O‘zbekiston qahramonlarining mehnatdaerishgan yutuqlariga doir faktlar to‘planadi.3. Qishloq yoki tuman miqyosida avvalgi yillarda sodir bo‘lgano‘zgarishlar, yangi va keyingi yillarda amalga oshiriladigantadbirlar jadvali tuziladi.Tarbiyachi bu mashg‘ulotni o‘tkazar ekan, bolalar qalbigaMustaqillikning naqadar tengsiz ne’mat ekanini, uning o‘rniVatan va shaxs ravnaqida ham tengsiz ekanini singdiradi. Shubilan birga, bolada ijtimoiy muhitga munosabatni tarkib toptirishgaerishiladi. Bu esa hayot, xalq mehnati, qurilish tajribasibilan mustahkam bog‘langan faoliyatdagina tarkib topadi.Tarbiyachi bu talablarga amal qilib, o‘quvchilarni hayotdan ajratibqo‘yilgan sun’iy bir sharoitda emas, balki hayotning tabiiy sharoitida,uning har tomonlama namoyon bo‘lishida, uning qiyinchiliklarihamda qarama-qarshiliklari bilan birga, bu qaramaqarshiliklarnibartaraf qilish jarayonida tarbiyalab boradi.200


Umuman olganda, boshlang‘ich sinfda bolalarga g‘oyaviy-siyosiytarbiyaning dastlabki (ongiga, bilimi va tafakkuriga mos)elementlari berilishini unutmaslik kerak.Kichik maktab yoshidagi bolalarning g‘oyaviy-siyosiy onginitarkib toptirishda istiqlol g‘oyalarini bolaga ishonchli shakldatushuntirib borish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ekskursiyaningroli juda kattadir. Chunki bolaning dunyoqarashi faqatkitob o‘qiganda, tarbiyachini tinglagandagina emas, balki realhayotni kuzatganda, burch, vazifa, javobgarlik va vijdon tushunchalarinihayot bilan taqqoslab tahlil qilganda ham shakllanadi.Bir oyda bir marta ishlab chiqarish korxonalariga, turli muzeylarga,fan va madaniyat dargohlariga, qurilish obyektlari, shirkatxo‘jaliklariga ekskursiya uyushtirish mumkin. Xususan, bolalarningota-onalari xizmat qilayotgan joylarga ekskursiya tashkil etishmaqsadga muvofiqdir. Bolalar o‘z ota-onalari jamiyat uchun, xalquchun qanday jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini o‘z ko‘zlari bilanko‘rib xulosa chiqaradilar. Tarbiyachi o‘quv yilida ekskursiyalartashkil qilishni mo‘ljallar ekan, yashab turgan joyining shartsharoitini,imkoniyatini hisobga olishi shart.O‘quvchilarda g‘oyaviy-siyosiy ongni shakllantirishda tarixiysanalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ertaliklarning ham rolikattadir. Agar tarbiyachi bu tadbirlarni o‘tkazishda yuzakilikkayo‘l qo‘ysa, puxta tayyorgarlik ko‘rmasa, bolalarga real fakt varaqamlar haqida ma’lumot bermasa, o‘quvchilarda qat’iy siyosiymaqsad shakllanishi qiyin bo‘ladi. Tarbiyachining o‘tkazgansiyosiy tarbiya ishlari tufayli bolada erishilgan yutuqlarni boyitishdagishaxsiy o‘rni, mustaqillikni himoya qilishga intilish xislatlarishakllanishi lozim. Shu vaqtdagina bolada jamiyat va undagio‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy munosabat paydo bo‘ladi va o‘zidaham unda faol ishtirok etish ishtiyoqi tug‘iladi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb qilingan kuni uzaytirilgansinf, guruh hamda maktab-internatlarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiyama’lum tizimda tashkil qilinishi kerak. Har bir sinf bolalariningyosh xususiyatlarini, bilim darajasini hisobga olgan holda quyidagitaxminiy dastur tavsiya etiladi:I-sinfda Alisher Navoiyning bolaligi, Navoiy oilasidagi ahillik,Alisherning jonivorlarga g‘amxo‘rligi, Alisher Navoiyning xalqbaxt-saodati yo‘lida qilgan ishlari, O‘zbekistonning ko‘p millatlidavlat ekani, ular orasidagi inoqlik, do‘stlik qudrati haqida aniq201


misollar yordamida suhbatlar uyushtirishi, savol-javob kechalarirejalashtirilishi lozim.Vatanparvarlik mavzusida o‘tkaziladigan tadbirlar mazmunini«Men O‘zbekistonda yashayman», «O‘z o‘lkamni obod qilaman»kabi mavzularda suhbatlar tashkil qilish, stendlar chiqarishsingari faoliyat orqali yoritish mumkin. Shuningdek, bolalargamamlakatimiz ayrim yirik inshootlari haqidagi faktlar yetkazilishilozim.II sinfda 1-sinfda o‘tkazilgan tadbirlar davom ettiriladi. Avvalgiberilgan materiallarga bog‘lagan holda bolalarga yangi faktlar,raqamlar, ma’lumotlar berilishi kerak. Alisher Navoiyning o‘smirlikdavridagi xalqparvarlik faoliyatini boshlanishi, uning oilasidagilarningoddiy mehnatkash xalqqa bo‘lgan munosabati, otasi,onasi, ukalari haqidagi parchalar, asarlaridan o‘qib berish, filmlarnamoyish etish, muzey materiallari bilan tanishtirish lozim.Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston singariqo‘shni respublikalar, ularning yirik shaharlari, xalqi, urf-odatlari,tili, madaniyatiga doir ma’lumot beradigan mashg‘ulotlaruyushtirish ko‘p millatli mamlakatimiz haqidagi bolalar tasavvurinikengaytiradi.O‘quv materiallariga bog‘lagan holda Qurolli kuchlar, uningsafida xizmat qilganlar, urush qahramonlari haqidagi badiiyasarlarni o‘qish, muhokama qilish kerak. Harbiy xizmat va unio‘tash har bir erkak kishining fuqarolik burchi ekani jonli misollarvositasida, ya’ni xizmatdagi kishilar bilan uchrashuvlar tashkilqilish vositasida o‘quvchilarga yetkazilsa ta’sirli bo‘ladi.Vatanparvarlik mavzusi yanada kengaytiriladi. Bunda Toshkentva viloyatlar haqida suhbatlar uyushtirish mumkin. «Vatan»va «vatandoshlar» terminlarini tahlil qilish, kishi, uning huquqikabilar ustida tarbiyaviy tadbirlar belgilanishi kerak.O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, uning qabul qilinishi, mazmunihaqidagi dastlabki tushuncha hosil qilinadi.III—IV sinflarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari kengroqko‘lamda olib boriladi. Hur Vatanimizning turli viloyat va shaharlarigabag‘ishlangan qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etiladi.Alisher Navoiyning adabiyotga kirib kelishi va adabiyot sohasidagifaoliyati chuqurroq o‘rganiladi. Uning «Xamsa», «Hayratul-abror»asarlari va «Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyukmutafakkiri va shoiri» mavzusida suhbatlar uyushtiriladi.202


Tarbiyachi suhbat o‘tkazar ekan, albatta, bolalarni ijtimoiyvoqelikning aniq faktlari bilan tanishtirib o‘tadi. Bu xususda«O‘zbekiston — mening Vatanim», «Shu Vatan barchamizniki»,«Paxta — Respublikam faxri» kabi mavzular tarbiyaviy ishlar kuntartibidan o‘rin olishi kerak.Siyosiy tarbiya ishlarini jonlantirishda «G‘uncha», «Gulxan»,«Yosh kuch» jurnallari taxlamlaridan foydalaniladi. Ulardan rejadagitadbirlarni amalga oshirishda foydalanibgina qolmay,bolalarning muntazam mustaqil o‘qishini tashkil etish, vaqti-vaqtibilan ularda chop etilgan materiallarni tahlil qilish kabi tadbirlarbelgilanishi kerak.Bolalar bilan bo‘ladigan fan taraqqiyoti to‘g‘risidagi suhbatlardakosmosga qilinadigan parvozlar, Quyosh tizimidagisayyoralar hikoya qilinadi; yulduzlar haqidagi ko‘rgazmali o‘quvqurollaridan foydalaniladi. Bolalarga Yerda hayot qanday paydobo‘lganligi, tabiiy hodisalar (Yer qimirlashi, Quyosh va Oyningtutilishi, suv toshqinlari, kuchli shamol)ning sodir bo‘lishi sabablariniishonchli faktlar bilan tushuntirish muhim hisoblanadi.«Kamalak» bolalar tashkilotiga «Kamolot» YIH otaligi vajamoatchilik ishlari.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internat «Kamalak»tashkilotida, «Kamolot» YIH hamda jamoatchiliksiz ishni to‘latashkil qilish mumkin emas. Ishni shunday tashkil qilish kerakki,tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlarda toliqib, zerikib qolmasinlar,aksincha, ularning sog‘liqlari mustahkamlanib, o‘qishdagi o‘zlashtirishlariyaxshilansin, qiziqishlari oshsin. «Kamalak» tashkilotiva «Kamolot» YIH tashkil etadigan ishlar tarbiyalanuvchilarningtashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishi, jamoani, aqliy vajismoniy malakani takomillashtirishi kerak.O‘zbekiston Respublikasida kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarningko‘pchilik qismi boshlang‘ich sinf hisobidan tashkilqilinadi. Shuning uchun bu sinf va guruhlar asosan «Kamalak»tashkiloti a’zolari yoshidagi bolalardan iborat bo‘ladi. Bumaktabning «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkilotlari tarbiyaviyishlarini yana ham takomillashtirishda faol bo‘lishni taqozo etadi.Pedagoglar bu tashkilotlarning faol yordamida o‘z o‘quvchilarigako‘maklashishlari kerak. Pedagog va «Kamolot» YIH faollari«Kamalak» tashkiloti ishiga rahbarlik qiladi, uning muvaffaqiyatliishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratadi va doimo rivoj-203


lantirib boradi. Bu ishda bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tishjarayoni amalga oshadi. «Kamolot» a’zolari o‘zlariga o‘rinbosartayyorlaydi. «Kamalak» a’zolari bilan ishlashning muhimelementlaridan biri — guruh yig‘ilishi hisoblanadi. Birinchi sinfdaquyidagi mavzularda yig‘ilish o‘tkazish mumkin: «Kundalik rejimbizning do‘stimiz», «Biz o‘z kitob va daftarlarimizni ozodatutamiz», «Qo‘shiq — hamrohimiz», «Kim yaxshi chizadi?» vahokazo.Ikkinchi sinfda «Yaxshi ishlash uchun, yaxshi o‘qish kerak»,«Do‘stlik — bizning ahdimiz» mavzularida yig‘ilish o‘tkaziladi.Uchinchi sinfda yig‘ilish mavzusi ko‘lami kengayadi:«Kamalak» yoshlari — mustaqil mamlakatda», «Mehnat insonniulug‘laydi». To‘rttinchi sinf uchun «Do‘stlik har narsadan aziz»,«Vatanni mehnat bilan sharaflaydilar» kabi mavzularda yig‘ilishlaro‘tkazish tavsiya qilinadi.Rejaga muvofiq konsert dasturini tayyorlashda, sport o‘yinlarinitashkil etishda, ekskursiya va sayohat uyushtirishda «Kamalak»a’zolarining vazifalari belgilab olinadi. Shuningdek, rejadaertaliklar mavzusi va ularni o‘tkazish tartibi, tarixiy sanalargabag‘ishlangan yig‘ilishlarni o‘tkazish borasida qilinadigan ishlarham ko‘rsatiladi.«Kamalak» yig‘ilishi o‘quvchilarda faollikni oshirish, mustaqillikko‘nikmalarini takomillashtirish bilan birga ijtimoiy-siyosiyqiziqishni oshiradi. Yig‘ilishni suhbat, ommaviy o‘yin, diafilmtomosha qilish, badiiy o‘qish tanlovi, plastilin yoki qog‘ozdanyasalgan narsalar ko‘rigi kabi shakllarda uyushtirish mumkin.Bunda, albatta, o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarinazarda tutiladi.Yig‘ilish quyidagi qismlarga ajraladi: kirish so‘zi, rejalashtirilganmavzuda suhbat, «Yulduzchalar» bajargan topshiriqlarnibaholash, yig‘ilishni yakunlash. Yig‘ilishning asosiy qismini suhbattashkil etadi. U ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Suhbat, asosan,10—15 daqiqaga, bolalar faol ishtirok etsa, 20—25 daqiqagamo‘ljallanishi mumkin.Yig‘ilish ta’sirchanligini oshirish uchun diapozitiv, fotosuratlar,badiiy asarlardan, sitatalardan foydalaniladi. Yig‘ilish kelgusiyig‘ilish mavzusini e’lon qilish va unga qanday tayyorgarlikko‘rishni tushuntirish bilan tugaydi. Yig‘ilish ko‘pi bilan birastronomik soatdan oshmasligi kerak.204


Bayroq va uning bo‘lagi haqida hikoya qilish, «Kamalak»nitantanali va’dasining hamda qoidalarining ma’nosini tushuntirish,«Kamalak» tashkiloti o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan talablarhaqida emotsional va obrazli shaklda hikoya qilish yosh avlodlardahavas uyg‘otadi.O‘n yoshga to‘lgan va «Kamalak» safiga kirishni istagan harbir bolani «Kamalak» a’zosi bo‘lishini, avvalo, eng yaxshi o‘rtoqlari,«Yulduzcha» a’zolari ma’qullashlari kerak. Bu esa «Yulduzcha»yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunday yig‘ilishnitayyorlashga tarbiyachi, yetakchi yordam beradi. Biroq, tarbiyachiyoki yetakchi bolalarga o‘z fikrini, so‘zini o‘tkazishga harakatqilmay, bolalar o‘rtasida talabchan va haqiqiy do‘stona vaziyatniyaratishga intilishi lozim. Muhimi, bolalarning qanday o‘qishi yokio‘zini qanday tutishigina emas, balki o‘rtoqlariga, kichkintoy vakattalarga qanday munosabatda ekanligiga, jamoat topshiriqlariniqanday bajarishiga, «Yulduzcha» va guruh hayotida qandayqatnashishiga baho bera olishlarini tashkil qilish talab qilinadi. Harbir nomzod alohida-alohida muhokama qilinadi va uning uchunovoz beradilar. Bu tadbir bolada o‘zining «Kamalak» tashkilotia’zosi ekanligidan faxrlanish va mas’uliyat hissini paydo qiladi.Maktab-internat (imkoniyat bo‘lsa), kuni uzaytirilgan guruhlardashu tantanaga ota-onalar avvaldan taklif etilishi kerak.Tantananing qayerda o‘tkazilishi maktab «Kamalak» tashkilotikengashida hal qilinadi. Bayram tantanasini maktabda, o‘quvchilarsaroyida, muzeyda, maktabni otaliqqa olgan tashkilotlardao‘tkazish mumkin.Yuqorida zikr qilingan tadbirlar bolalarning g‘oyaviy-siyosiytarbiyasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.Boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi boshqarish. Ta‘limjarayonida o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmalarinihosil qilish avvaldan o‘zini oqlab kelgan va shunday bo‘lyapti.Olimlar yaratgan asarlarda ham o‘zini-o‘zi boshqarishning foydaliekani ilmiy nuqtayi nazardan isbot qilingan. Maktab-internat,kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarishishi, uning tashkiliy masalalari o‘ziga xos spetsifikxususiyatlarga ega. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘ziboshqarishning mazmuni va formasini belgilash muhimhisoblanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ertalab soat 9 00 dan kechqurun18 00 gacha maktabda bo‘ladilar. Ular ovqatlanadilar, uxlab ham205


oladilar va bo‘sh vaqtlarda o‘ynaydilar. Sinf xonasi, o‘yin xonasiva uyqu xonalari ularning ixtiyorida. Ularni jihozlash, ozodatutish, gullar parvarish qilish kabi ishlarda o‘quvchilarning o‘zlarifaol ishtirok etishi zarur. Bu xonalarda navbatchilik qilish,yumushlarni bajarish, bajarilgan ishga baho berish guruh ixtiyorigaberilishi kerak. So‘zsiz, bu ishlarning hammasi tarbiyachining faolnazorati ostida olib boriladi. Pedagog doimo guruh faolini harbir o‘quvchining ijtimoiy topshiriqni bajarishiga real baho berishgaundab borishi kerak. Shu jumladan, bolalar mehnati muhokamaqilinganda uning axloqiy tomoniga: burch, e’tiqod, javobgarlik,fuqarolik, rostgo‘ylik kabilarga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi,vaqti-vaqti bilan bu mavzularga oid qiziqarli suhbatlar uyushtiribboriladi. Uchinchi sinflarda chiqariladigan devoriy gazetalardayoki maxsus fotostendlarda ijtimoiy mehnatda, sinfni boshqarishda,sinf xo‘jalik ishlariga doir topshiriqni bajarishda o‘rnakko‘rsatgan bolalar faoliyati aks ettirilishi kerak.O‘zini-o‘zi boshqarishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi sinf yokiguruh faolini tanlashga ko‘p tomonlama bog‘liqdir. Ayrimmaktab-internatlarda sinf boshlig‘i etib, uning o‘qishidan qat’inazar, jismonan kuchli, hammadan «zo‘r» bolani tayinlaydilar.Bunday qilish mutlaqo xato. Sinf yoki guruh faoli qilib intizomli,o‘qishi yaxshi, obro‘li va, eng muhimi, tashabbuskor bolanisaylashga erishish maqsadga muvofiqdir.Faol doimo o‘z sinfi yoki guruhi oldida turgan vazifaniginabilib qolmasdan, u umummaktab jamoasi, obrazli qilib aytganda,qanday nafas olayotganini, uning yutuq va kamchiliklarini yaxshibilishi lozim. Bu o‘zini-o‘zi boshqarish ishini to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yishga yordam beradi. Masalan, maktablarda har yil apreloyida bir oylik ko‘kalamlashtirish va sanitariya kunlari o‘tkaziladi.Har bir sinf yoki guruh o‘z imkoniyatini hisobga olib, o‘sha ishganima bilan hissa qo‘shishini hisobga oladi, uni sifatli va o‘zvaqtida bajarishga harakat qiladi. Bu tashabbusni muhokamaqilishni, har bir jamoa o‘z vazifasini belgilashni sinf yoki guruhfaoliga topshirish lozim. Chunki o‘zlari qabul qilgan qarornio‘zlari sifatli va astoydil bajarishga urinadilar. Sinf boshlig‘ibajarilgan ishlar haqida muntazam hisobot beradi.Tarbiyachi, avval ta’kidlaganimizdek, boshlang‘ich sinflardao‘quvchilarning sinfda, o‘yin xonasida va oshxonada navbatchilikqilishiga alohida e’tibor berishi kerak. Navbatchilik qoidalari206


o‘quv yili boshida jamoa o‘rtasida o‘rganilib, ular tomonidanqabul qilinadi. Har bir navbatchi uchun daftar-jurnal tashkilqilinib, unga kechikib kelish yoki boshqa sodir bo‘lgan umumiyqoidaga xilof ishlar ko‘rsatiladi. Jurnaldagi yozuvlar vaqti-vaqtibilan sinf yoki guruh majlisida muhokama qilinadi. Bu o‘rindatarbiyachi daftarda qayd etilganlarning realligini, uning sodirbo‘lish sabablarini o‘rganib, unga nisbatan o‘z munosabatinimajlis vaqtida o‘quvchilarga bayon qilishi mumkin. Buningtarbiyaviy ahamiyati juda katta.Har o‘quv yili oxirida o‘zini-o‘zi boshqarish ishiga yakunyasash kerak. Sinf boshlig‘i, o‘quv-xo‘jalik, tozalik bo‘yichakomissiyalar qilingan ishlar haqida jamoa oldida hisobot beradilar.Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalar rag‘batlanishni yaxshiko‘radi. Shuning uchun tarbiyachi, maktab o‘quvchilar qo‘mitasiningvakili yakun vaqtida qilingan yaxshi ishlarni alohida ta’kidlashlari,o‘quvchilarning tashabbusi va faolligi uchun minnatdorchilikbildirishilari kerak. Kamchiliklarni esa pedagogik taktikagaasoslangan holda tahlil qilish lozim. Aks holda faol a’zoligigasaylash uchun bolalar roziligini olish qiyin bo‘ladi.Maktabda o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yaxshilash amalda joriyetilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo‘nalishlari»daalohida qayd qilinadi. Chunonchi, unda o‘quvchilarningta’lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirish, mehnat vao‘quv intizomini takomillashtirishga erishish, ularning ijtimoiyfaolligini ta’minlash, o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yo‘lga qo‘yishbilan amalga oshiriladi, deyilgan.Xulosa qilib aytganda, o‘zini-o‘zi boshqarish ishi nafaqatbugungi ta’lim-tarbiya ishi samaradorligini oshiradi, balki ertangijamoatchi, tashabbuskor kishini voyaga yetkazadi.Mehnat faoliyati va o‘z-o‘ziga xizmat qilish. Boshlang‘ich sinfo‘quvchilarining mehnat faoliyati turli xil mehnat qurollari bilantanishish, ulardan foydalanish malakasining shakllanishi hamdaularda mehnatning sodda shakllarini bajarish ko‘nikmasini paydobo‘lishiga qaratiladi. O‘quvchilar shaxsining shakllanishida mehnatfaoliyati to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘quv jarayonida berilgan ta’limmateriallari kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotlar bilanmustahkamlanadi. Bola darsdan tashqari yana 5 soat maktabdabo‘lar ekan, bu vaqtning anchagina qismini bolalarning mehnatfaoliyatini uyushtirish uchun sarf qilish mumkin. Tarbiyachi207


olalarni mehnat faoliyatiga jalb qilar ekan, u albatta bolaningxarakterli xususiyatini, ya’ni o‘z mehnatining oqibatini ko‘rishgaoshiqishi, o‘z mehnatidan rohatlanishini, mehnatning foydaliekanini his qilish kabilarni hisobga olishi kerak.O‘qishlar o‘zbek tilida bo‘lgan maktab o‘quvchilarida mehnatko‘nikmasi anchagina shakllangan bo‘lsa ham jamoaviy mehnatqilish, o‘z oldilariga maqsad qo‘yish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,qo‘l kuchidan to‘g‘ri foydalanish kabilarda malaka yetarli emas.Shuning uchun tarbiyachi bolalarda jamoaviy mehnat qilish,o‘ziga topshirilgan ishga astoydil, vijdonan munosabatda bo‘lishxislatlarini tarbiyalashga urinadi. O‘quvchilarning mehnatfaoliyatiga rahbarlik qilish uch bosqichda amalga oshiriladi:mehnatga tayyorlash, mehnat jarayonini tashkil etish va mehnatgayakun yasash.Birinchi bosqichda mehnat maqsadi bayon qilinadi, bolalarmehnat qurollari, qilinadigan ishlar, yagona mehnat qonunqoidalari,mehnatni hisobga olish, kuzatish va yakunlash kabilarbilan tanishtiriladi.Ikkinchi bosqichda mehnat jarayoni boshlanadi. Tarbiyachi bolalardahalol mehnat qilishga intilish, mehnat natijasining yaxshibo‘lishiga erishish istagini uyg‘otadi. Masalan, maktab hovlisinitozalash bir sinf yoki guruh zimmasiga tushdi, deylik. Tarbiyachibolalarga maktab hovlisi toza bo‘lsa, uning chiroyiga chiroyqo‘shilishi, unda odamlar yurib quvonishi, ularning bolalarmehnatidan mamnun bo‘lishi, ularga minnatdorchilik bildirishihaqida tushuntiradi. Yoki, o‘quvchilar o‘zlari uchun o‘yinmaydonchasini jihozlashi kerak, deylik. O‘yin maydonchasininghar tomonlama ko‘ngildagidek bo‘lishining mohiyatini bolatushunsa, bolada bu mehnatga ishtiyoq, qiziqish uyg‘onadi.Tarbiyachi bolalarga mehnat turlarini taqsimlar ekan, ularmehnatidagi bir-biriga bog‘liqlik, mehnatining sifatli bo‘lishi zarurekanligi ongiga yetkaziladi. Bu esa bolada javobgarlikni his qilishga,jamoaviy mehnat ko‘nikmasining shakllanishiga olib keladi.Sinf yoki guruh o‘quvchilarini guruhchalarga taqsimlab yumushbilan shug‘ullantirish ham bolada vazifani jamoa bo‘lib yechishgao‘rgatadi.Butun mehnat jarayoni sinf yoki guruh faoli rahbarligidatashkil qilinishi, ayrim vazifalarni o‘quvchilar jamoasi hal qilishgaimkoniyat yaratilishi kerak. Lekin, bu tarbiyachi o‘sha jarayonga208


mutlaqo aralashmasligi kerak degan so‘z emas. Tarbiyachi mehnatjarayonining boshidan oxirigacha rahbarlik qiladi, kerakli o‘rindamaslahat beradi.Bolalar mehnatini tashkil qilishda asosiy tarbiyaviy rolniuchinchi bosqich o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning mehnatfaoliyatiga yakun yasaydi. Bajarilgan ishning sifati tahlil qilinadi.Bunda, eng muhimi, bolaning mehnatga munosabati, mehnatjarayonida bir-biri bilan samimiy aloqasi, o‘zaro yordamlashishkabilar ustida ko‘proq to‘xtash kerak. Topshirilgan ishni kuchiyetmaganidan yoki uquvi yo‘qligidan sifatsiz bajargan bolalarustidan kulishga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Mehnatdagijamoaviylik, o‘rtoqlik munosabati, mehnatning yaxshi oqibati,foydaliligi bolada eng olijanob xislat — mehnatsevarliknishakllantiradi.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning mehnat faoliyatinitashkil etish jarayonida kasb tanlash masalasining hal etilishigaalohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, kasb tanlash haqidagitushunchaning kurtaklari o‘quvchida maktabgacha davrda paydobo‘ladi. Tarbiyachi esa buni hisobga olib, birinchi sinfdan boshlabbolalarga kasb, uni xilma-xil ekanligi, har bir kasbning o‘zigaxos xususiyatlari mavjudligi haqida hikoya qila boshlaydi.Xususan, kasb tanlash haqidagi ma’lumot sayohat bilan birgabog‘lansagina ta’sirchan bo‘ladi. Sayohat kishilar mehnatiningxarakterini, mohiyatini ochib beradi va bolani psixologik tomondanmehnat faoliyatiga chorlaydi. Deylik, non zavodiga sayohatuyushtirildi. Bolalar juda katta qiziqish bilan u yerda ishlaydigankishilarning mehnatini kuzatadilar. Bir qator bajarilgan operatsiyalartufayli oddiy undan tayyor bo‘lgan turli xil non va boshqaun mahsulotlarini ko‘rib hayron bo‘ladilar. Sayohat yakunidanonvoylardan biri mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi. Kasbhaqidagi bu bahs-suhbat ekskursiyadan keyin maktabda davomettiriladi. Natijada bolalarning ayrimlarida nonvoy bo‘lish orzusipaydo bo‘lishi mumkin.Demak, bolalar bilan turli ishlab chiqarish korxonalariga,qurilishlarga, zavod va fabrikalarga, ferma va avtokorxonalargaekskursiyalar uyushtirish, kasb tanlashga yo‘llashda katta ahamiyatkasb etadi.Qishloq joylarida yashayotgan bolalar, asosan, qishloqxo‘jaligiga doir joylarga olib boriladi. Shuningdek, tuman, viloyat14 — K. Hoshimov209


<strong>markazi</strong>dagi turli korxona, muassasa va tashkilotlarga, muzeylarga,o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlariga sayohatlar uyushtirishyanada katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi, birinchidan,bolalarning dam olib hordiq chiqarishiga, ikkinchidan, darsdaolgan bilimlarini mustahkamlash va kengaytirishga, uchinchidan,mehnatsevarlik, kasb tanlashga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishmalakalarini hosil qilishiga erishadi.Bolalarning mehnatga qiziqishini uyg‘otish o‘zini-o‘zi boshqarishishida katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, mehnat xonasi,«Mohir qo‘llar» to‘garagi mashg‘uloti, mehnat ta’limi darslari shudolzarb muammoni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchunmehnat xonasi, uning jihozlanishiga o‘qituvchilar, tarbiyachilaralohida e’tibor beradi. O‘quv xonasida mehnat ta’limi darsi vato‘garak mashg‘uloti uchun qulay sharoit yaratiladi.«Mohir qo‘llar» to‘garagi ham mehnat faoliyatini faollashtirishgako‘maklashadi. U maktab sharoitini hisobga olgan holdahaftaning xohlagan kunida bir marta bir astronomik soatdavomida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bu sohadagi bir yillik to‘garakdasturini maktab moddiy bazasi imkoniyati doirasida 32mashg‘ulotga mo‘ljallab tuzadi.Birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfda o‘tkaziladigan to‘garakmashg‘ulotlari bir-biridan biroz farq qilishi kerak. Birinchi sinfbolalari ko‘proq ixtiyoriy mashqlar bilan shug‘ullanishni yaxshiko‘radi. Shuning uchun bu sinfda mashg‘ulot o‘quvchilarningqiziqishiga qarab o‘tkaziladi. Masalan, plastilindan biror predmetyasash kerak bo‘lsa, bunda har bir bolaning xohlagan narsasiniyasashiga ijozat berish kerak. Shunda bola faoliyati faollashadi.Ikkinchi, uchinchi sinflarda to‘garak mashg‘ulotlariga bo‘lganbolalar munosabati anchagina mustahkamlangan bo‘ladi. Ularshunchalik odatlanadilarki, tarbiyachining ayrim shartlariga hamrozi bo‘ladilar.Tarbiyachining reja-konspektida mashg‘ulot mavzusi, mazmuni,maqsad to‘liq aks ettiriladi. Bu reja-konspekt ma’muriyattomonidan xohlagan vaqtda tekshirilib, tasdiqlanishi mumkin.Mashg‘ulotda karton, qog‘oz, plastilin, cho‘p bilan ishlash,bichish-tikish mashqlari, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanishtavsiya etiladi. Yana bir bor ta’kidlaymizki, bularningbarchasi mehnat ta’limi dasturiga mos bo‘lishi kerak.210


To‘garak mashg‘uloti samaradorligini oshirish uchun maktabma’muriyati turli xil tadbirlar o‘tkazadi. Shulardan biri — o‘quvyili davomida ikki marta «Mohir qo‘llar» ko‘rigi (ko‘rgazmasi)nio‘tkazish. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar vakillaridan hakamlarhay’ati tayinlanadi. Ko‘rgazma bir hafta davom etadi. Hakamlarhay’ati a’zolari hafta oxirida yakun yasab, 1-, 2-, 3-o‘rinlarniguruhlarga hamda yakka o‘quvchilarga berish yuzasidan qarorchiqaradilar. G‘olib guruhlar va o‘quvchilar maktab ma’muriyatitomonidan taqdirlanadi. Maktab-internatlarda hamma boshlang‘ichsinflar, umumiy ta’lim maktablarida esa barcha boshlang‘ichsinf, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlar ishtirok etadi. Bundayko‘rgazmalar «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishini yanada samaralibo‘lishini ta’minlaydi. Uning natijasi o‘quvchilarnigina emas,balki tarbiyachilar va ota-onalarni ham qiziqtiradi. Ular kelgusiko‘rgazmalarda faolroq ishtirok etishga harakat qiladilar. Bu kabiko‘rgazmalarni har o‘quv yilida bir marta tuman yoki shaharmiqyosida ham o‘tkazish mumkin. Unda maktablar ko‘rgazmalaridag‘olib chiqqan sinf va guruhlar ishtirok etadilar.O‘quvchilarda mustaqillikning shakllanishida, asosan, o‘quvmashg‘ulotlari katta rol o‘ynaydi. Lekin o‘z-o‘ziga xizmat qilishham bunga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ammo kichik maktabyoshidagi bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat qilish ishiga odatlantirisho‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu ishning samarali bo‘lishigaerishishda quyidagilarga e’tibor berish talab qilinadi: tarbiyachio‘quv yili boshida bolalar bilan suhbat o‘tkazib, ularning uydaqanday ish bilan shug‘ullanishini, ularning ishiga kim rahbarlikqilishi yoki yordam berishini, maktabda qanday yumushniqilmoqchi ekanliklarini aniqlab oladi. Eng muhimi, uyda vamaktabda har bir o‘quvchining o‘zi o‘tirgan joyi, ust-boshini,ovqatlanish o‘rnini qay holatda tuta olishini kuzatish zarur.Uyda va yotoqxonalarda (maktab-internatlarda) karavot,pollarni o‘z vaqtida artib turish, ko‘rpa va choyshablarni taxlabqo‘yish, ust-boshlarni yechinganda ehtiyot qilib taxlash kabi ishlartarbiyachi tomonidan kuzatiladi. Kerak bo‘lsa, bunga e’tiborbermaydigan bolalarga o‘rgatib boriladi. O‘quvchilarning buishlarni uyda ota-onalari nazoratida bajarishlarini ota-onalaryig‘ilishida ta’kidlanadi.Bir maktabdagi ikki kuni uzaytirilgan guruhda ikki xil holatnitahlil qilib ko‘raylik. Birida bolalar sochi taralgan, tugmalari211


qadalgan, usti-boshlari toza. Ikkinchisida esa, bu darajada emas.Nega bunaqa? Suhbat natijasida ma’lum bo‘ladiki, birinchiguruhning o‘qituvchisi ham, tarbiyachisi ham bola bilan ishlashdanoldin, ulardan o‘zlarini tartibga solishni talab qiladi. Hatto,dastlabki vaqtlarda sochlari to‘zib keladigan qizlarni sinf eshigioldida to‘xtatib, pedagoglar o‘z taroqlari bilan ularni tartibgasolib, keyin partaga o‘tirishga ijozat beradilar. Pedagoglarning buishi bolalarni ortiqcha uyaltirish yo‘li bilan emas, ularga kishidoimo o‘ziga qarashi, o‘zini tartibga solib yurishi kerakliginitushuntirish bilan olib boriladi. Hatto, buni ota-onalar ham sezib,farzandlarini maktabga jo‘natishdan oldin ularni kuzatadiganbo‘ldilar.Ma’lumki, 1986—87-o‘quv yilidan boshlab maktablardaijtimoiy-foydali mehnat maxsus davlat dasturi asosida tashkilqilina boshladi. O‘quvchilarning bu faoliyatiga rahbarlik qiladiganmaxsus kishilar tayinlanadi.Ijtimoiy-foydali mehnatni bir chorak, yarim o‘quv yili yokibir o‘quv yiliga mo‘ljallab rejalashtirish mumkin. Kuzatishlaryarim o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzilgan reja yoki dasturningafzalligini isbotlamoqda. Quyida biz boshlang‘ich sinfga o‘quvyilining birinchi yarmi uchun rejalashtirilgan axloqiy-mafkuraviyva ijtimoiy-foydali mehnat tarbiyasi mavzusini namuna sifatidatavsiya etamiz.I. Axloqiy-mafkuraviy tarbiya, (32 mashg‘ulot)1-sinf1. Alisher Navoiyning bolaligi. (4 mashg‘ulot).a) Alisher — odobli bola — 1 soat;b) Alisher — kitob shaydosi — 1 soat;d) Alisher tug‘ilgan oila — 1 soat;e) Alisherning jonivorlarga g‘amxo‘rligi — 1 soat.2. O‘zbekiston — mening Vatanim. — 1 soat.3. Bizning Vatanimiz — katta, ahil oila (baynalminal tarbiya) —1 soat.4. Barcha respublikalarning bolalari do‘stlik tufayli kuchlidir(baynalminal tarbiya) — 1 soat.5. Men O‘zbekistonda yashayman, men o‘z jonajon o‘lkamniyaxshi ko‘raman — 1 soat.212


6. Ota va ona qanday mehnat qiladi? — 1 soat.7. Bolalar tashkiloti qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat.8. Mehnat qilish — demak, yalqovlik qilish emas — 1 soat.9. Biz Vatanimizni himoya qilamiz — 1 soat.10. Bizning bolaligimizni kim himoya qiladi? — 1 soat.11. Haqiqat va yolg‘on bir-biriga zid. — 1 soat.12. Tabiatni muhofaza qil (qo‘riqla), (ekologiya) — 1 soat.13. Nima yaxshiyu, nima yomon? (odob) — 1 soat.14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 1 soat.15. Kimlarni vatanparvar deyish mumkin? — 1 soat.16. O‘zbekiston fuqarolarining huquq va burchlari — 1 soat.17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.Din haqida18. Suhbat: Biz nima uchun tush ko‘ramiz? — 1 soat.19. Suhbat: Momaqaldiroq, do‘l, qor, yomg‘ir nimadan bo‘ladi?— 1 soat.20. Sehrli ertaklar nimadan darak beradi? — 1 soat.21. Islom dini va tarbiya — 2 soat.2-sinf1. Alisher Navoiyning bolalik yillari.a) Alisher Navoiyning she’riyatga qiziqishi — 1 soat;b) mustaqil mutolaa — 1 soat;d) o‘rtoqlarga yordam — 1 soat;e) aziz ustoz o‘qituvchim — 1 soat.2. Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman — 1 soat.3. Biz — «Kamalak» bolalarimiz — 1 soat.4. «Kamalak» mamlakatiga sayohat — 1 soat.5. Tarix bilan uchrashuv (mamlakat tarixi) — 1 soat.6. Istiqlol va mustaqillik haqida — 1 soat.7. O‘sha kunlarning shuhrati so‘nmas — 1 soat.8. Kerakli bo‘lish juda muhim — 1 soat.9. Kimlarning qo‘llari mohir? — 1 soat.10. Harbiy xizmatchi — 1 soat.11. Qadimiy shaharlarimiz — 1 soat.12. Respublikamizning gerbi va bayrog‘i — 1 soat.13. Toshkent — mehmondo‘st poytaxt shahar — 1 soat.14. Mas’ullik va javobgarlik — 1 soat.213


15. O‘zbekiston fuqarolari Vatanga naf keltirishlari shart —1 soat.16. O‘zbekiston — tinchliksevar mamlakat — 1 soat.17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.Din va hayot18. Nima uchun kun va tun bo‘ladi? — 1 soat.19. Suv qayerdan keladi? — 1 soat.20. Bizning mamlakatimizda vijdon erkinligi va din — 1 soat.21. Din haqidagi diafilmlarni ko‘rish — 2 soat.3-sinf1. Alisher Navoiyning adabiyotga kirib kelishi va adabiyot sohasidagifaoliyati — 4 soat.a) «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim» — 1 soat;b) donolarning donosi — 1 soat;d) «Boshingni fido ayla ato qoshig‘a, jismingni qil sadqa onaboshig‘a» — 1 soat;e) Alisher Navoiy haqidagi latifa, hikoyat va rivoyatlar — 1soat.2. Vatanning bayrog‘i ostida — 1 soat.3. Do‘stlik hamma narsadan qimmatli — 1 soat.4. O‘zbekiston nimasi bilan boy? — 1 soat.5. Davlat mustaqilligi nima? — 1 soat.6. Hokimiyat nima? — 1 soat.7. Hamma ishlar yaxshi, didingga yoqqanini tanlab ol — 1soat.8. Mehnat kishi shuhratini oshiradi — 1 soat.9. Dengiz faqat mardlarga bo‘ysunadi — 1 soat.10. Bolalar mamlakati — 2 soat.11. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun — 1soat.12. Halol va so‘zimiz ustidan chiqadigan bo‘laylik — 1 soat.13. Baxtimiz qomusi— 1 soat.14. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagiqonuni — 1 soat.15. Muhim sanalar to‘g‘risida suhbat — 8 soat.Din va hayot16. Din va zamonaviylik — 1 soat.214


17. Zilzila, suv toshqini, o‘rmon yong‘inlari nimadan sodirbo‘ladi? — 1 soat.18. Dunyoda qanday dinlar bor? — 1 soat.19. Dinga oid diafilmlarni ko‘rish va hikoyalar tinglash — 2soat.4-sinf1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari.a) Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiri va shoiri— 1 soat;b) Alisher Navoiyning «Xamsa» asari haqida — 1 soat;d) Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» asari haqida — 1 soat;e) Alisher Navoiy bugungi kunda — 1 soat.2. O‘zbekiston — mening Vatanim — 1 soat.3. Paxta — Vatanimiz iftixori — 1 soat.4. «Yer — fermerlarga!» — 1 soat.5. Yoshlar — tinib-tinchimas qalblar — 1 soat.6. Qush uyasini buzib, o‘zingdagi ezgulikni yo‘qotasan — 1soat.7. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi — 1 soat.8. Hech kim, hech narsa unutilmaydi — 1 soat.9. Turli xalqlarning bolalari, bizlar tinchlik haqida o‘ylabyashamoqdamiz — 1 soat.10. Qadimiy shaharlar — 1 soat.11. Odamlarga nisbatan ezgulik va iltifot haqida — 1 soat.12. Ahil jamoa qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat.13. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganlik haqida(1989-y. 21-oktabr) — 1 soat.14. O‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va qardoshligi — 1 soat.15. Odam odamga do‘st, o‘rtoq va birodardir — 1 soat.16. O‘zbekiston — baynalminal mamlakat — 1 soat.17. Toshkent — non shahri — 1 soat.18. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.Din va hayot19. Nima uchun Oy va Quyosh tutilishi ro‘y beradi? — 1soat.20. Yerda hayot qanday paydo bo‘lgan? — 1 soat.21. Diniy bayramlar va marosimlar — 2 soat.22. Milliy bayramlar — 1 soat.215


Mehnat tarbiyasi1-sinfQog‘oz va karton bilan ishlash1. Qog‘oz salfetkalar yasash — 1 soat.2. Rangli applikatsiyalar qirqish — 2 soat.3. Shakl va rasmlarni qirqish hamda ularni kartochkalargayopishtirish — 1 soat.4. Qog‘ozdan sumkalar, bayroq tizimlari, archa bezaklari,o‘yinchoqlari (fonarlar, sumkalar, jonivorlar tasviri, qor parchalari,karnaval qalpoqchalari) yasash — 4 soat.Gazlama (mato) bilan ishlash5. Popukli salfetka, ilgak tayyorlash — 1 soat.6. Tabiiy materiallar (so‘ta, shox, somon, yeryong‘oq) danfoydalanib narsalar yasash — 2 soat.Plastilin bilan ishlash7. Mevalar, hayvonlar, «Bo‘ri va yetti uloq», «Qizil shapkacha»ertaklarining qahramonlarini, harbiy mashinalarni vabolalarning o‘z xohishlariga ko‘ra narsalarni yasash.Texnik modellashtirish8. Konstruktor-mexanik termasi detallaridan eng oddiyqurilmalar modelini yasash — 4 soat.Qishloq xo‘jalik mehnati9. Xona gullarini parvarishlash. Ularni o‘stirish va parvarishqilish qoidalari bilan tanishish — 2 soat.10. Belkurak, xaskash bilan ishlash usullarini o‘rganish,urug‘lar sepish — 2 soat.11. Kolleksiya to‘plash: «Kuz barglari, gullar va o‘tlar» — 3 soat.O‘z-o‘ziga xizmat qilish12. Kiyimni qanday kiyish, saqlash va tozalash kerak?Ovqatlanayotganda idish-tovoq va shu kabilardan qanday foydalanishkerak? — 2 soat.13. Ijtimoiy-foydali mehnat — 5 soat.II sinf uchun dasturTexnikaviy mehnat1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Kartondan shaxmat-shashkataxtachalarini, lotoga o‘xshash o‘yin uchun kartochkalarni,archa uchun bezak va o‘yinchoqlarni, oddiy kartochkalarni216


tayyorlash. O‘quvchilarning o‘z xohishlariga ko‘ra shug‘ullanishlari— 4 soat.2. Gazlama (mato) bilan ishlash. Ipak, jun, tabiiy gazlamava ip namunalari kolleksiyasini tuzish. Nonushta uchunxaltachalar, navbatchilar uchun bog‘ichlar tikish, tugma qadash,kamarchalar, sakrash uchun arqonchalar to‘qish — 4 soat.3. To‘qish texnikasi — 1 soat.4. Turli materiallar bilan ishlash. Yog‘och g‘ildirakli aravachauchun taxta randalash, g‘altakdan viz-vizaklar yasash — 2soat.5. Plastilindan bolalar xohishiga ko‘ra qush, jonivorlar va shukabilar shaklini yasash — 3 soat.6. Daraxt butog‘i, ildizi, yong‘oq va shu kabilardan ertaklarningpersonajlari (qahramonlari)ni yasash — 2 soat.Texnik modellashtirish7. «Konstruktor» termasi detallari (bo‘laklari)ni qo‘llab,namunalar asosida texnik o‘yinchoqlarning model va maketlari(bino, avtomashina, ko‘tarma kran va shu kabilar)ni yasash —2 soat.8. Ijtimoiy-foydali mehnat — maktab uchastkasida ishlash,qog‘oz to‘plash, shanbalikda qatnashish — 7 soat.Qishloq xo‘jalik mehnati9. Kuz. O‘quv-tajriba uchastkasida tuproqqa ishlov berish.Bahor. Xona o‘simliklari ko‘chatini tayyorlash va ekish. Maktabqoshidagi uchastkada ishlash — chopish, ariq olish, urug‘ sepish,ekish, parvarish qilish — 5 soat.O‘z-o‘ziga xizmat qilish10. Suhbat: Ho‘l bo‘lgan kiyimlarni quritish va tozalashusullari — 1 soat. (Amaliy mashg‘ulot)11. Turar joyga qarash. (Amaliy mashg‘ulot) — 1 soat.III sinf uchun dasturMehnat tarbiyasi1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Matematikadan masalalartuzish uchun ko‘rgazmali qurollar, mehnat darslari uchunkartochkalar shablonlari (andozalari), karton muqovali qo‘lbolakitoblar tayyorlash. Mehnat, ona tili, matematika darslariuchun kerakli tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar217


yasash, qopqog‘i applikatsiyalar bilan bezatilgan qutichalargatabiiy materiallardan to‘plangan kolleksiyalarni joylashtirish —10 soat.2. Gazlama bilan ishlash. Ish turlari: yamoq solish, turlash,tish cho‘tkalari uchun kashta tikilgan xaltachalar, yengliklar,yoqalar, qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar tikish — 4 soat.3. Turli materiallar bilan ishlash: a) yog‘ochdan buyumlar(ko‘rsatkich, xatcho‘p, ko‘chat va kolleksiyalar uchun qutichalar,qushlar donlashi uchun moslamalar) yasash. b) Plastilindan«Fermer xo‘jaligi dalasida», «Shirkat xo‘jaligi fermasi», «Hayvonotbog‘i» maketini va shu kabi maketlarni yasash — 4 soat.4. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak, qog‘oz to‘plash,kutubxona kitoblarini taxlash, shanbaliklarda ishtirok etish — 8soat.5. Texnik modellar yasash. «Konstruktor» termasidan cho‘ntakfonarining batareyasi bilan ishlaydigan turli texnik qurollar(karusel va shu kabilarni) yasash — 2 soat.6. Qishloq xo‘jalik mehnati: maktab uchastkasida ishlash(yerni kuzda shudgorlash, bahorda qayta chopish, o‘g‘itlash, sabzavotva gul, manzarali ko‘chatlar ekish, ularni parvarish qilish,oziqlantirish) — 4 soat.IV sinf uchun dasturTexnik tarbiya1. Qog‘oz va karton bilan ishlash (jurnalni muqovalash, kichikalbom va xotira (yon) daftarlari tayyorlash). Ko‘rgazmaliqurollar — geometrik jismlar, qo‘l mehnati asboblari, kolleksiyauchun qutichalar, archa o‘yinchoqlarini yasash — 3 soat.2. Mato bilan ishlash. Ish kiyimi etagining andozasini tayyorlash,bichish va tikish. Kashta tikish. To‘plar uchun to‘r,soatlar uchun tasmalar to‘qish — 3 soat.3. Yog‘ochni arralash, kuydirib naqsh solish — 3 soat.4. Texnik modellar yasash. Turli materiallar (qog‘oz, karton,faner, mayda sim, tunuka, plastik massa)dan har xil buyumlaryasash, «Konstruktor» termasidan turli modellar (suv g‘ildiragi,shamol dvigateli, semafor va svetofor) yasash — 5 soat.Qishloq xo‘jaligi mehnati5. Xona gullarini parvarish qilish — 2 soat.218


6. Maktab uchastkasini qishga tayyorlash, bahorda ishlash,ekin ekish, o‘stirish — 4 soat.7. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak yig‘ish, shanbaliklardaishtirok etish — 8 soat.O‘z-o‘ziga xizmat qilish8. Kir yuvish va dazmollash — 2 soat.9. Elektr asboblaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qonunqoidalari — 2 soat.KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLAR O‘QUVCHILARI UCHUN BADANTARBIYAMASHQLARIKuni uzaytirilgan maktablarning kundalik rejimiga quyidagimashg‘ulot turlari kiritilgan: dars oldidan o‘tkaziladigan gimnastika,dars mashg‘ulotlaridagi badantarbiya daqiqalari, ochiqhavoda o‘tkaziladigan badantarbiya va sport o‘yinlari, kattatanaffusda bajariladigan harakatli o‘yinlar va hokazolar.Badantarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad. Badantarbiyamashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlari mavjud maktabrejimiga kiritilgan bo‘lib, u bir necha darsdan keyin o‘quvchilarningdam olishi maqsadiga va keyingi o‘quv faoliyatida ishqobiliyatini tiklashga qaratiladi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridafaol harakat qilishi juda foydali. Chunki har kungi bu harakatkichik maktab yoshidagi bolalarning yoki o‘quvchilarning qonharakatini mo‘tadillashtiradi, sog‘lig‘ining yaxshilanishiga ijobiyta’sir qiladi.O‘quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalash tarbiyaning uzviybir qismidir. U yoshlarni har tomonlama chiniqqan, sog‘lom qilibo‘stirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Badantarbiyaningvazifasi o‘quvchilarni jismoniy jihatdan baquvvat, tetik, xushchaqchaq,mehnatga qobiliyatli, ijodiy mehnat qilishga qodir, hayotdahar qanday qiyinchiliklarga bardosh beradigan qilib tarbiyalashdaniboratdir.O‘quvchining kuzatuvchanligi, zehni, xotirasi uning jismoniyrivojlanishiga, sog‘lomligiga bog‘liq. Shuning uchun sog‘liqnimustahkamlash, kasallanishning oldini olish ish qobiliyatiningortishi va o‘qishda yaxshi natijalarga erishishda zamin hisoblanadi.219


Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda va maktab-internatlardabolalarning kuni bo‘yi maktabda pedagog-tarbiyachilar nazoratiostida bo‘lishi ularni turli mashg‘ulotlarga jalb qilish imkoniyatiniberadi. Bunday mashg‘ulotlardan biri bolalar o‘rtasida olib boriladiganbadantarbiya mashg‘ulotlaridir. Bunday mashg‘ulotlaro‘quvchilarning har tomonlama o‘sishida va ularni ijtimoiyfoydalimehnatga tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchunbu yangi tip muassasalarda bolalarga ertalab, dars boshlangungaqadar badantarbiya mashqlari qildirish, darsdan keyin harakatlio‘yinlar, turli gimnastik mashqlar bilan shug‘ullantirish masalasigae’tibor berilishi kerak. Jismoniy ta’lim nazariyasining asoschisiP. F. Lesgaft kishining badantarbiyasi aqliy, axloqiy va estetiktarbiyasi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi haqida to‘xtalibshunday deydi: «Rivojlanish, — degan edi u — jismoniy rivojlanishsingari garmonik bo‘lishi, aqliy, estetik va axloqiy tarbiyaham shunga muvofiq bo‘lishi kerak, aks holda matonatli vasobitqadam kishilarni voyaga yetkazib bo‘lmaydi» 1 .Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda badantarbiyaishlari rejim asosida olib borilishi kerak. Bu bolalarningsalomatligini mustahkamlabgina qolmasdan, balki ularningtashqi ko‘rinishiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Dadilligi, chaqqonligiva xushchaqchaqligini ta’minlaydi, shuningdek, aqliy-axloqiy,estetik tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi vaqtlardakuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarning ko‘pchiligidabadantarbiya va sport ishlarini darsdan keyin bolalar bilanbadantarbiya o‘qituvchisi emas, balki tarbiyachilar ham olibbormoqdalar. Tarbiyachilar badantarbiyani bolalarning yoshi vao‘ziga xos xususiyatlariga mos holda olib borishga e’tiborbermog‘i kerak. Shuningdek, bu masalada badantarbiyao‘qituvchisi bilan doimo maslahatlashib, maktab shifokoridanolib turish zarur.Badantarbiya mashqlari davomida o‘quvchilarning faolliginioshirish uchun fizkultura tashkilotchilarini, sportning ayrim turlaribo‘yicha hakamlarni, bayram, musobaqa, ko‘riklarda eshittirishlarolib boruvchi sharhlovchilarni, instruktor va uningyordamchilarini bolalarning o‘zlaridan yoki yuqori sinf o‘quv-1Ëåñãàôò Ï. Ô. Ñîáð. ïåä. ñî÷. — Ì., 1-òîì. 1-÷àñòü. ñòð. 195.220


chilaridan tayyorlash lozim. Ular esa amaliy sport faoliyatidamaxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari, maktabning sport klubi kengashiva tarbiyachilar topshiriqlarini muntazam bajarishlari kerak.Yana bir narsani aytish kerakki, kuni uzaytirilgan sinf,guruhlarda badantarbiya turli shaklda olib borilishi mumkin.Biroq, haftadagi ikki soatlik badantarbiya darsi kam harakatlilikningoldini olishga qodir emas. Ma’lumki, kichik maktabyoshidagi bolalar bir sutkada lozim bo‘lgan harakat ehtiyojining18—22 foizini o‘zlarining xilma-xil ixtiyoriy, rejalashtirilmaganmustaqil harakatlari orqali qondiradilar.Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, jadval bo‘yicha badantarbiyadarslari o‘tkazilgan kunlarda kamharakatlilik 40 foizni tashkilqilsa, dars yo‘q kunlarda esa u 80 foizga ko‘tariladi. Lekin bularbolalarning harakatga bo‘lgan biologik ehtiyojlarini qondiraolmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarning bir kunlik faol harakatko‘lami 2 soatdan, haftada esa 14 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy harakatehtiyojlarini hisobga olib, jismoniy mashg‘ulotlarni quyidagichatashkil qilish va o‘tkazish mumkin:1. Mashg‘ulotgacha gimnastika — 10 daqiqacha.2. Har bir darsda va mustaqil dars tayyorlash vaqti jismoniyharakat daqiqalari — 2—3 daqiqadan.3. Tanaffus paytidagi o‘yinlar va turli mashqlar — 10—15daqiqacha.4. Mashg‘ulotdan keyin sport ishlari — faol dam olish vaochiq havoda bo‘lish — 45 daqiqacha.5. Harakatli oyinlar, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish —40 daqiqacha.Bu tadbirlarning belgilangan vaqtda qiziqarli, samarali o‘tkazilishimaktab direktori hamda badantarbiya bo‘yicha mas’ul kishitomonidan nazorat qilinishi muhimdir. Bu o‘quvchilar o‘rtasidaommaviy badantarbiya va sportni rivojlantirishning qo‘shimchachoralari to‘g‘risida Vazirlar Kengashi, Xalq maorif vazirligi,jismoniy harakat va sport qo‘mitasining buyrug‘i (1981-yil)asosida maktab direktoriga kuni uzaytirilgan guruhlarda har kunibir soat jismoniy harakat mashg‘ulotlarini, turli harakat o‘yinlari,badantarbiya mashqlarini sayr etish, qisqa vaqtli poxodlar, oddiysport musobaqalari yo‘li bilan tashkil etishni ta’minlash yuklatilgan,shuningdek, badantarbiya o‘qituvchilarining yuqori sinf221


o‘quvchilari orasidagi badantarbiya faoli yordamida tarbiyachigadoimiy yordam berishi uqtirilgan. Ayrim ilg‘or maktablardabolalar harakatini tashkil qilishning aniq shakllari, ya’ni guruhlardabir soat badantarbiya mashg‘ulotlarini tizimli o‘tkazishkundalik rejim asosida mustaqil dars tayyorlab bo‘lganlaridankeyin amalga oshirilmoqda. Shu talablar kun tartibi asosidao‘tkazilgani ma’qul. Chunki qat’iy bir kun tartibiga rioya qilishbolalar organizmini mustahkamlashga, chiniqtirishga, kamroqkuch sarf qilib, ko‘proq ish qilishga yordam beradi va aynivaqtda bu sog‘liqni yaxshilashga va umrni uzaytirishga olib keladi.Shu tufayli maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlarningkundalik kun tartibida mehnatga va tarbiya mashg‘ulotlarigaalohida e’tibor berilishi, vaqt belgilanishi, shart-sharoityaratilishi zarur.O‘zbekistonda yozning ancha issiq bo‘lganligi uchun maktabinternatva kuni uzaytirilgan har bir guruhda bolalarning yuvinishiuchun dush bo‘lishi, vodoprovodi bo‘lmagan qishloq joylarda esabolalar maktabga yaqin bo‘lgan anhorda yoxud suvi tez-tezyangilanib turiladigan hovuzlarda cho‘milishi zarur. Dushdacho‘milish, suvda suzish bola organizmini chiniqtiradi; suv uyquniqochiradi, miyani faollashtiradi, ishga tez kirishish va unumliishlashga yordam beradi.Shuningdek, turistik sayohatlar uyushtirish yo‘li bilan sportharakatlarini olib borish mumkin. Bunda, birinchidan, bolaharakat qiladi, ikkinchidan, diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.Bu uning tarbiyasiga samarali ta’sir qiladi. Buxoro viloyatiGijduvon tumanidagi maktablarda o‘lkani va shaharlar tarixinio‘rganishga ta’tilda katta e’tibor berilmoqda. Bu maktablarningpedagoglar jamoasi qishki ta’tilda bolalarni Buxoro shahrigasayohat qildirib, ularni Buxoroning o‘tmishi va hozirgi hayoti,ajoyib, boy yodgorliklari bilan batafsil tanishtiradi. Sayohat davridabolalar juda ko‘p narsalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, biliboladilar.Hozirgi kunda badantarbiya mashg‘ulotlarida xalq raqslari,badiiy gimnastika mashqlari ham qo‘llanilmoqda. Ayrimmaktablarda o‘tkazilgan tajriba badantarbiya bo‘yicha qizlar bilanolib boriladigan badantarbiya ishini snaryad gimnastikasielementlari, xalq raqslari va xalq o‘yinlaridan boshlash zarurliginiko‘rsatmoqda. Ularni ana shunday yo‘l bilan asta-sekin sportga222


jalb etib borish zarur. Badantarbiya vositalari orasida gimnastika,harakatli o‘yinlar va sport yetakchi hisoblanib, o‘quvchilarnibadantarbiyalash tizimida asosiy gimnastika, gigiyenik gimnastika,sport gimnastikasi, yordamchi (davolash) gimnastika kabilar kengqo‘llaniladi. Asosiy gimnastikaning mazmuniga: saflanish, yurish,yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish va oshibo‘tish mashqlari kiradi. I—II sinflarda gimnastika hamda harakatlio‘yinlar asosiy o‘rinni egallab, III sinfdan boshlab akrobatikamashqlari, basketbol elementlari, tayanib sakrash, osilisho‘yinlariga keng o‘rin beriladi. Demak, sportning ba’zi bir turlaribilan tanishish III sinfdan boshlanadi. Bolalar yoshi kattalashibborgan sari material murakkablashib, sportning ayrim turlarinio‘rganish texnikasi va taktikasiga bo‘lgan talab ortib boradi.Harakatli o‘yinlar barcha sinflarda gimnastika darsiga va darsdantashqari faoliyatlarga kiritilib, ular o‘rganilgan gimnastikamashqlarini mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llaniladi.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sport gimnastikasiningoddiy elementlari bilan shug‘ullansalar, davolash gimnastikasiorqali sog‘lig‘i va kuchini mustahkamlash nuqtayi nazardanshug‘ullanadilar.Bolaning normal o‘sib rivojlanishida, organizmni harakatgabo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda gigiyenik gimnastikaning rolikattadir. Harakat tezligining ortishi bilan ularning <strong>markazi</strong>y nervtizimi funksional holati va ishchanlik qobiliyati yaxshilanadi.Badantarbiya soatining mazmuni tarbiyachining iste’dodiga,tarbiyachilik iqtidoriga bog‘liqdir. Bu mashg‘ulotni turlichao‘tkazish mumkin. Albatta, kichik maktab yoshidagi bolalarningimkoniyatini va yosh xususiyatini hisobga olib ish tutish lozim.Bularga quyidagi harakat turlarini kiritish mumkin: a) yurish: qo‘l,oyoq, gavdani har xil holatda harakatlantirish, maydonchabo‘ylab, yo‘nalishni o‘zgartirgan holda sekin va tez yurish, oyoqlaruchida va tovonlarda yurish;b) sekin yugurish va tez yugurish: ishora bo‘lishi bilanoqvazifani darhol bajarish, yugurishni yurish bilan almashtirish,baland bo‘lmagan to‘siqlardan yugurib o‘tish, xari ustidan sakrabo‘tish va hokazo;d) sakrash: bir va ikki oyoqlab sakrash, turgan joyda, oldingaharakat qilib, arg‘amchida, halqada sakrash va hokazo;223


e) to‘pni irg‘itish: kichik va katta to‘plarni irg‘itib ilib olish,o‘quvchilar yuzma-yuz turgan holda to‘pni bir-biriga irg‘itish,to‘pni uzoqqa otish, har xil nishonga, savatchaga, halqagatushirish va hokazo;f) tirmashib chiqish, oshib o‘tish: halqadan, narvonchadan,devordan oshib tushish, o‘yin maydonchasidagi to‘siqlardan oshibo‘tish va boshqalar;g) osilish, tayanib turish: turnikda, devorda va boshqa shungao‘xshash narsalarda osilish, tayanib turish va hokazo;j) muvozanat saqlash mashqlari: to‘r chiziq ustidan, xaridano‘tish, to‘siqlarni narsasiz va narsa bilan oshib o‘tish, tortibqo‘yilgan arqon rezinka tasmalar ustidan odimlab o‘tish vahokazo;i) narsalar bilan mashq bajarish: to‘plar, halqalar bilanhalqalarni dumalatish, halqalar ustidan sakrash, halqalarni vertikalholatda aylantirish, gavda atrofida aylantirish, uzun va kaltaarg‘amchilarda (har xil sakrashlar, joyda, harakatda bir va ikkikishi bo‘lib) mashqlar bajarish, bundan tashqari, qo‘l, oyoq,gavda, bosh bilan bajariladigan mashqlarni turgan joyda, yurishpaytida, ayrim o‘yinlar (masalan, «O‘rtoq komandir!», «Taqiqlanganharakat»)da bajarish mumkin. Shuningdek, harakatlio‘yinlar, saflanish, umumiy muskullarni rivojlantiruvchi mashqlar(qarshilik ko‘rsatib yugurish, sakrash, to‘siqlardan oshib o‘tish),komandali va komandasiz o‘yinlar o‘tkazsa bo‘ladi.Yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, to‘plar, tayoqchalar,bayroqlar bilan estafetalar o‘tkazish lozim. Sportga oid o‘yinkulgilar,velosiped minish, badminton o‘yinining elementlari,voleybol, basketbol, futbol, bayroqchalar bilan sportga oid o‘yinkulgilarnibajarish mumkin. Bularga badantarbiya soatiningmazmuniga qarab tabiiy harakat turlarini, harakatli o‘yinlar vaestafetalar, sportga oid o‘yin-kulgilarni qo‘shish kerak.Badantarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishini shartli ravishda uchqismga bo‘lish mumkin:I qism — tayyorlov qismi (10—15 daqiqa) o‘quvchilar o‘yinmaydonchasiga kelishi bilanoq boshlanadi. Uning mazmunisaflanish, tarbiyachining tashkiliy ko‘rsatmalari, yurish vamaydoncha bo‘ylab bir qatorda saf tortib, 300—500 metrgachasekin yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishdaniborat.224


Yurish va yugurish badantarbiya soati boshlanishida yurakqontomir va nafas olish a’zolarining faolligini va mashq qilishhavasini oshiradi.II qism — badantarbiya soatining asosiy qismi bo‘lib, 30—40daqiqa davom etadi, buni biz faol dam olish, deb atashimizmumkin. U hamma sinflar uchun bir xil: harakatli o‘yinlar, sportan’analari, sportga oid o‘yin-kulgilar va bolalarning o‘zaromustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari hamda sportga oid o‘yinkulgilariva hokazo.Guruhlarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va an’anaviyo‘yinlar bolalarga quvnoq kayfiyat, ruhiyat baxsh etishi kerak.Shunda ular sportning bir turidan ikkinchi turiga oson ko‘chaoladigan, kirishib keta oladigan bo‘ladilar.Asosiy qismidagi faol harakatlar esa epchillik, chaqqonlik,tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga imkon beradi, bolalarningharakatlanish tajribasini boyitadi. Harakatli o‘yinlar haqidagibilimlarni to‘ldiradi.Bolalarning juft-juft bo‘lib yoki kichik-kichik guruhlardamustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari va sportga oid o‘yinkulgularbadantarbiyaga xos malakalarini oshirib, ularni shodxurramqiladi, charchoqlarini yozadi va shu bilan yaxshi damolishlarini ta’minlaydi.III qism — yakuniy qism (5—7 daqiqa). Yakuniy qismda bolalarningfaol dam olishi tartibli ravishda yakunlanadi. Buniquyidagicha amalga oshirish mumkin. O‘quvchilar umumiy safgaturadi, maydoncha bo‘ylab erkin yuradi yoki diqqatni to‘plabolishga imkon beradigan mashqlar bajaradi.Badantarbiya mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish. «Umumiy ta’-lim maktablari o‘quvchilarining badantarbiyasi to‘g‘risida»giqaroriga binoan badantarbiya soatini tashkil qilishga maktabdirektori mas’uldir (1979-yil).Kuni uzaytirilgan guruh yoki sinfda badantarbiya soatinitarbiyachi tashkil qiladi va o‘tkazadi. Uning vazifasiga: dam olisho‘tkaziladigan joyni, o‘yin maydonchasini jihozlash, ya’ni sportasbob-anjomlarini tayyorlash va ularni saqlash, badantarbiyasoatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish kiradi.Tarbiyachilarga badantarbiya soatini o‘tkazishda metodikyordamni badantarbiya o‘qituvchilari beradi. Bu yordam amaliymashg‘ulotlar tanlash, ya’ni harakatli o‘yinlar, an’anaviy o‘yinlar,15 — K. Hoshimov225


sportga oid o‘yin-kulgilar va shularga oid metodik ko‘rsatmalardaniborat bo‘ladi.Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, badantarbiya soatini oddiysayr qilishga aylantirib yuborish yaramaydi. Ayrim tarbiyachilarningfikricha, bolalar o‘ynayotgan paytda, ularningo‘yinlariga aralashilmasa, yaxshi dam olishar ekan. Bu aytarlito‘g‘ri emas. Ularga ortiqcha «erkinlik» berish ham xatodir.Bizningcha, tarbiyachilar bolalarning xulq-atvorini chetdankuzatib turgandan ko‘ra, ular bilan qo‘shilishib yurgani yaxshi.Chunki tarbiyachining yetakchi o‘rni bo‘lmagan badantarbiyasoatidan maktab o‘quvchilari unumli foydalana olmaydilar.Badantarbiya soatining samarali o‘tishi uchun tegishli joy,jihozlar, asbob-anjomlar va ular saqlanadigan joylar bo‘lishi kerak.Shuning uchun har bir guruhda har xil diametrdagi rezinkato‘plar, kalta arg‘amchi sakragichlar (20—25 ta), uzun arg‘amchi(5—10 ta), badminton uchun raketka (5—10 juft), kegli vag‘o‘lacha (5—6 komplekt), kichik samokatlar, har xil bayroqchalar,barabanlar, bulavalar, hushtaklar, halqalar, shaxmatshashkalar,voleybol, basketbol, futbol to‘plari bo‘lishi kerak.Xullas, kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya sportmashqlari va o‘yinlarining to‘g‘ri tashkil qilinishi bolalarningjismoniy va aqliy jihatdan mukammal rivojlanishiga katta yordamberadi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya daqiqasini o‘tkazishningtaxminiy majmuasi. Odatda, badantarbiya daqiqasi debumumiy ta’lim darslarida ish qobiliyatini oshirish hamdacharchashni bartaraf etish maqsadida 2—3 daqiqa davomida ikkiuchtamashq o‘tkazilishiga aytiladi.Badantarbiya daqiqasi I—IV-sinflarda dars paytida, kuniuzaytirilgan guruhlarda uyga berilgan vazifalarni bajarish vaqtidao‘tkaziladi.O‘qituvchilarning bajarayotgan ishlarini o‘zgartirib turish, ya’niularga mashg‘ulotlar orasida ikki-uchta badantarbiya mashqi bajartirishbutun dars davomida ulardagi ishlash qobiliyatinioshirishga yordam beradi. Buning sababi shuki, asab qo‘zg‘alisho‘chog‘i miya po‘stlog‘ining boshqa joyiga ko‘chadi, ishlayotganmarkazlarda esa, to‘xtash holati sodir bo‘ladi. Bu holda ulardagitiklanish jarayoni tezlashadi va yaxshilanadi. Jismoniy mashqlardankeyin o‘sha to‘xtash holati bo‘lgan joylarda qo‘zg‘alish226


yanada kuchayib ketadi va biz o‘quvchilarning bo‘lingan ishniyana diqqat va faollik bilan davom ettirishga tayyor ekanliklariniko‘ramiz. Bundan tashqari harakat qilish natijasida qon aylanishiyaxshilanadi, bu esa charchashni kamaytiradi.Badantarbiya daqiqalari o‘tkazish kichik maktab yoshidagibolalarga anatomik-fiziologik xususiyatlari nuqtayi nazaridanyuqori sinflarga qaraganda ancha zarurdir.Bolalar dars vaqtida betoqat bo‘lib, haddan tashqari ko‘pharakat qilishlari, o‘tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari,gaplashishlari, orqalariga, yonlariga qarab-qarab o‘tirishlari,shovqin-suron ko‘tarishlari mumkin. Bundan tashqari gavdanito‘g‘ri tutib turuvchi yelka muskullari, bo‘yin, oyoqlar, zo‘riqishholatida bo‘ladi. Zo‘riqish o‘quvchini juda charchatadi, natijadauning muskullari asta-sekin bo‘shashadi, yelkasini chiqaribko‘kragini partaga tirab, goh u qo‘liga, goh bu qo‘liga tiranib,yastanib o‘tiradi. Yozma ishlar vaqtida ba’zan qo‘llarning uvishibqolishi seziladi. Bularning hammasi charchashning dastlabkibelgilaridir. Shu kabi ko‘rinishlarning hammasini badantarbiyadaqiqalari o‘tkazib turish orqali yo‘qotish mumkin.Badantarbiya daqiqalari majmuasi, odatda, oddiy, bolalarbajara oladigan, murakkab harakatni talab qilmaydigan 3—4mashqdan iborat bo‘ladi.Bajariladigan mashqlar orqali gavda muskulining ko‘pqismlariga ta’sir qilish, nafas olinishini yaxshilash, qon aylanishinikuchaytirish zarur. Buning uchun, asosan, kerishish, qadnirostlash, egilish, bukilish va hokazo mashqlardan foydalaniladi.Barmoqlar uvishib qolganda qo‘l va barmoqlar mashqqildiriladi. O‘tirib-turish tipidagi mashqlar ham muhimdir, chunkiular ko‘p o‘tirish natijasida hosil bo‘ladigan toliqishni yo‘qotishgayordam beradi.Masalan, yozma ishlar bajarilayotgan paytda badantarbiyadaqiqasini parta yonida o‘tkazish yoki nazoratli ishlar yozdirilayotgandao‘quvchilarni ortiqcha harakatlantirmaslik uchunpartada o‘tirgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Og‘zakidarslarda badantarbiya daqiqalarini partada o‘tirgan holda o‘tkazsaham bo‘ladi, chunki bunday paytda o‘quvchilar erkin holdao‘tirib, o‘z gavdalari muvozanatini tez-tez o‘zgartirib turishimkoniga ega bo‘ladilar.227


Odatda, mashg‘ulotlar majmuasi quyidagi tarzda tuziladi:birinchisi: kerishish, qadni rostlash turidagi, so‘ngra ikkitadinamik intensiv mashqlar va oxirgisi — osoyishta bajariladiganmashqlardir.Badantarbiya daqiqalarini o‘tkazish zarur va uning vaqti o‘qituvchitomonidan belgilanadi. Boshlang‘ich sinflarda badantarbiyadaqiqalari mashqlarini o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi, shuninguchun u badantarbiya majmuasini yaxshi bilishi, uni amaldako‘rsata bilishi va to‘g‘ri bajarilishini kuzata olishi kerak.O‘qituvchi shu majmuani o‘rgatar ekan, dastlab mashqlarni o‘zibajarib ko‘rsatishi lozim. Keyinchalik o‘quvchilar uni o‘rganibolganlaridan so‘ng takrorlaydilar.Mashq qilayotgan o‘quvchilarning erkin va chuqur nafas olishigao‘qituvchi alohida e’tibor berishi zarur. Ammo badantarbiyadaqiqasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va metodik jihatdan to‘g‘rio‘tkazilgan taqdirdagina foyda keltirishi mumkin.Quyida darslar davomida o‘tkaziladigan «badantarbiya daqiqasi»1 uchun namunaviy mashqlar keltirildi.1K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmonxo‘jayev. «Kuni uzaytirilganguruhlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish» metodik qo‘llanmasidan olindi. —T.: «O‘qituvchi», 1991.228


BADANTARBIYA DAQIQASII sinf1-majmua(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning qirrasiga qo‘yiladi.Bajarilishi: 1) o‘rindan turish; 2) dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burib, o‘ng qo‘lni tirsaklarbilan o‘tirgichning suyanchig‘iga tegizish; dastlabki holatgaqaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida, tirsaklarniold tomonga qaratish:Bajarilishi: tirsaklar yon tomonga uzatiladi; egiladi; dastlabkiholatga qaytish.2-majmua(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida.Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib kerishish; dastlabkiholatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqa suyanchiqning yonidagio‘tirgichda.Bajarilishi: oldinga engashib, qo‘llarning uchini polga tegizish;harakat qilish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar parta ustida.Bajarilishi: barmoqlarni musht qilib tugish va yozish.3-majmua(Partada orqasida turib)1-mashq. Dastlabki holat: sherigiga orqa o‘girib, qo‘llarnibelga qo‘yib turadi.Bajarilishi: orqaga egilib, sherigining qo‘liga qo‘lini tegizish;dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burish; dastlabki holatgaqaytish. Shuning o‘zini chap tomonga bajarish.229


3-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish.Bajarilishi: asta-sekin qadam tashlab, o‘ng tomonga burilish.4-majmua(Partada orqasida turib)1-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belda, bosh barmoq oldigaqaratilgan.2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: ikki marta o‘ng tomonga prujinasimon engashish;Shu mashqni chap tomonga to‘xtatmasdan bajarish.3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bel orqasida.Bajarilishi: yarim cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish.5-majmua(Partada yonida tik turgan holda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat; oyoqlar yelka kengligida, qo‘llaryelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilish, tirsaklarni yon tomonlarigako‘tarish, dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqaga qo‘yilgan.Bajarilishi: oyoq uchlarida cho‘kkalab o‘tirish, dastlabkiholatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: chapga engashish; dastlabki holatga qaytish; o‘nggaengashish; dastlabki holatga qaytish.6-majmua1-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish.Bajarilishi: barmoqlarni tugish va yozilgan holida sekin-astaqo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasiga qo‘yilgan.Bajarilishi: o‘ng oyoqni orqaga qo‘yish; dastlabki holatgaqaytish. Shu mashqni chap oyoqda takrorlash.3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni oldinga ko‘tarish,dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoq bilan bajarishnitakrorlash.230


II sinf1-majmua(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida, barmoqlarbirlashtirilgan.Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish va egilib qo‘llargaqarash; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: o‘rindan turib, partadan chiqish; dastlabki holatgaqaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bilan orqa o‘rindiq ushlanibturiladi.Bajarilishi: oyoqni oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish.2-majmua(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida.Bajarilishi: barmoqlarni musht qilish, barmoqlarni yozib,qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: o‘ng tomonga egilib, chap qo‘lni yuqoriga uzatish;dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga egilib o‘ngqo‘lni ko‘tarish bilan bajarish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: bosh ustida chapak chalish; dastlabki holatgaqaytish.3-majmua(Partada orqasida turgan holda)1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan,qo‘llar ko‘krak oldida.Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, tirsaklar orqa tomongauzatiladi; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: o‘ng oyoqni orqa tomonga qo‘yib, qo‘llar yuqoriyon tomonga uzatiladi; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: o‘ng tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish,chap tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish.231


4-majmua(Partada orqasida turib)1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida ochilibqo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: oyoqlar uchida ko‘tarilib, qo‘llarni yuqorigauzatish; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: old tomonga engashib, qo‘llarni polga tegizishgaharakat qilish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bel orqasida.Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga oyoq uchida qo‘yib,o‘ng tomonga engashib, o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarish; dastlabkiholatga qaytish. Shu mashqni boshqa tomonga, chap qo‘lniyuqoriga ko‘tarib bajarish.5-majmua(Partada yonida turib)1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan,qo‘llar yelkada.Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilish, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish;dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga tekkizilmay orqada.Bajarilishi: oyoq uchida turib, cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarnioldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqada.Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga qo‘yib, chap tomongaengashish, o‘ng qo‘lni orqaga uzatish, yuqoriga ko‘tarish va dastlabkiholatga qaytish.6-majmua1-mashq. Dastlabki holat: Qo‘llar kafti pastga qaratilib,ko‘krak oldida tutiladi.Bajarilishi: oyoq uchida turib, tirsaklarni prujinasimon orqagaburish; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: qo‘llarni polga yetkazishga harakat qilib, oldingaengashish, dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.232


Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish; dastlabkiholatga qaytish.III sinf1-majmua(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib cho‘zilish yoki tortilish;dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: boshni o‘ng tomonga burib, tirsaklarni yon tomongauzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap tomongaburilib bajarish.3-mashq. Dastlabki holat: kaftlar yuqoriga qaratilib, qo‘llaroldinga uzatilgan.Bajarilishi: barmoqlarni musht qilib, qo‘llarni tirsaklardanbukish; dastlabki holatga qaytish.2-majmua(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar tirsakdan bukilib, parta ustigaqo‘yilgan.Bajarilishi: qo‘llarni yozmasdan boshning orqasiga o‘tkazish;dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: gavdani o‘ngga, oldinga, chapga egish va dastlabkiholatga qaytish; shu mashqni chap tomonga bajarish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: oyoqlarni tizzadan to‘g‘rilab, qo‘llar oldingauzatiladi; dastlabki holatga qaytish.3-majmua(Parta orqasida turib)1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.Bajarilishi: asta-sekin oyoq uchlarida ko‘tarilib, qo‘llarniyuqoriga uzatish, egilish; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasiga qo‘yilgan.Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirib, kaftni tizzaga qo‘yish; dastlabkiholatga qaytish.233


3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: gavdani chap tomonga burib, qo‘llarni yontomonga uzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni o‘ngtomonga burilib bajarish.4-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatgaqaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirib, qo‘llarni oldinga uzatish;dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.Bajarilishi: oldinga bukilgan holda engashish; dastlabki holatgaqaytish.5-majmua(Parta yonida turib)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarni oldinga uzatib, cho‘qqayibo‘tirish.Bajarilishi: turib qo‘llarni yon tomondan yuqoriga ko‘targanholda o‘ng oyoqni orqaga tashlab, oyoq uchida turish, kerishishva dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqda bajarish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga aylantirib harakat qilish;shu mashqni chap tomonga bajarish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada.Bajarilishi: boshni oldinga engashtirish; dastlabki holatgaqaytish. Orqaga engashtirish; dastlabki holatga qaytish. O‘ng tomongaengashish; dastlabki holatga qaytish. Chap tomonga engashtirish;dastlabki holatga qaytish. Boshni chap tomonga burish;dastlabki holatga qaytish. Boshni o‘ng tomonga burish; dastlabkiholatga qaytish.6-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: Tirsaklar va bosh oldinga engashtirilgan. Boshniko‘tarib, qo‘llarni yon tomonga uzatish, kerishish, dastlabkiholatga qaytish.234


2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, qo‘llarni bosh orqasigaqo‘yish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqasida chatishtirilgan.Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish.IV-sinf1-majmua(Partada o‘tirgan holda)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.Bajarilishi: qo‘llarni orqaga ko‘tarish, oldinga engashish,yuqoriga qarash; dastlabki holatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: o‘ngga burilish, o‘ng qo‘lni o‘ng tomonga cho‘zish;dastlabki holatga qaytish; Shu mashqni chap qo‘l bilan chaptomonga burilib bajarish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.Bajarilishi: o‘ngga engashish, tirsaklarni yon tomonga ko‘tarish;dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomongabajarish.4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarni o‘rindiqqa tirab o‘tirish.Bajarilishi: Oyoqlarni oldinga cho‘zish; dastlabki holatga qaytish.2-majmua(Parta orqasida turib)1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: Orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatgaqaytish.2-mashq. Qo‘llar yelkada.Bajarilishi: parta o‘rindig‘iga o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish;dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: Oldinga engashish, dastlabki holatga qaytish.3-majmua(Parta yonida turib)1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.235


Bajarilishi: dastlab qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib oldinga egilish,rostlanib, o‘ng oyoqni orqaga qo‘ygan holda engashish; dastlabkiholatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqni qo‘yib bajarish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.Bajarilishi: oldinga engashish bilan barobar — qo‘llarni yuqorigako‘tarish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni yuqoriga ko‘tarishva kerishish. Dastlabki holatga qaytish, chap oyoq bilan hamshuning o‘zini bajarish.4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish vadastlabki holatga qaytish.I—II sinflar uchun1-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan holdako‘krak bilan partaga yotiladi.Bajarilishi: qadni rostlab, tirsaklarni orqaga burish.2-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar gavdaga siqilgan, qo‘llarmusht qilingan holda partaning chetiga qo‘yiladi.Bajarilishi: barmoqlar tez ochilib, sekin musht holiga keltiriladi.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning o‘rindig‘iga qo‘yiladi.Bajarilishi: orqaga egilib, dastlabki holatga qaytiladi.2-majmua1-mashq. Dastlabki holat: barmoqlar yoyilgan holda qo‘l boshorqasiga qo‘yiladi.Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, dastlabki holatga qaytiladi.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar o‘rindiqning suyanchig‘iyoniga qo‘yiladi.Bajarilishi: qo‘llarni polga tekkizishga harakat qilib, oldingaengashish; dastlabki holatga qaytish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.236


Bajarilishi: o‘rindan turib, qo‘llarni oldinga cho‘zish, dastlabkiholatga qaytish.3-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar oldinga cho‘zilib parta ustigaqo‘yiladi.Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib cho‘zish; dastlabkiholatga qaytish.2-mashq. Dastlabki holat: o‘tirib, qo‘llar mushtum qilinganholda parta chetiga qo‘yiladi.Bajarilishi: oldinga engashib barmoqlarni partaning narigiqirrasiga tekkizish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarning tirsaklari oldinga qaraganholda bosh orqasiga qo‘yiladi.Bajarilishi: tirsaklarni yon tomonlarga ochib egish; dastlabkiholatga qaytish.4-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarning bosh barmoqlari oldingaqaratilgan holda belga qo‘yiladi.Bajarilishi: bukilgan holda orqaga engashish; dastlabki holatgaqaytish.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.Bajarilishi: gavdani o‘ngga burib, o‘ng qo‘lni yon tomongacho‘zish va orqada turgan partaga yetkazish; dastlabki holatgaqaytish; shu mashqni boshqa tomonda chap qo‘l bilan bajarish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi.Bajarilishi: tirsaklarni old tomondan bir-biriga yaqinlashtirish;dastlabki holatga qaytish; aksincha, tirsaklarni orqadan yaqinlashtirish;dastlabki holatga qaytish.5-majmua1-mashq. Dastlabki holat: parta orqasida turib, o‘rtog‘iga orqao‘girib, qo‘llar belga qo‘yiladi.Bajarilishi: bukilgan holda engashish, o‘ng oyoqni orqaga tashlash;dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoqni orqagatashlagan holda bajarish.2-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llarbosh orqasiga qo‘yiladi.237


Bajarilishi: gavdani chap va o‘ng tomonga burish.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar qovushtirilgan holda orqagaqo‘yiladi.Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish va yana dastlabki holatgaqaytish.4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi.Bajarilishi: turgan yerda yurish.6-majmua1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llaryelkada.Bajarilishi: oyoqlar uchida turib, tirsaklar yon tomonga ko‘tariladiva dastlabki holatga qaytiladi.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada bo‘ladi.Bajarilishi: oyoqlar uchida cho‘qqayib o‘tirib turiladi.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada.Bajarilishi: chapga engashib, o‘ng qo‘l yuqoriga ko‘tariladi vadastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi.4-mashq. Dastlabki holat: tikka turiladi.Bajarilishi: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi va orqaga; dastlabkiholatga qaytiladi. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, yon tomongatushiriladi va egilib turib dastlabki holatga qaytiladi.III—IV sinflar uchun1-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi, engashib turib yuqorigaqaraladi va dastlabki holatga qaytiladi.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.Bajarilishi: dam o‘ngga, dam chapga burilib, dastlabki holatgaqaytiladi.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.Bajarilishi: o‘ng tomonga engashib, tirsaklar yon tomongako‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq chap tomongabajariladi.238


2-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilib tikka turiladi.Bajarilishi: bir gal oldinga, bir gal orqaga bukilib engashiladiva dastlabki holatga qaytiladi.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi.Bajarilishi: partaga o‘tirib, qo‘llar oldinga cho‘ziladi va dastlabkiholatga qaytiladi.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.Bajarilishi: chap tomonga engashiladi va dastlabki holatga qaytiladi.Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi.4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi.Bajarilishi: o‘ng qo‘l oldinga cho‘ziladi va yuqoriga ko‘tariladi,shu tartibda qo‘l tushiriladi.3-majmua1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda, bosh oldinga engashtirilganholatda turadi.Bajarilishi: tirsaklar old va orqa tomonlarga buriladi, boshko‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi.2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.Bajarilishi: oyoqlar uchida ko‘tarilib, dastlabki holatga qaytiladiva oldinga bukilgan holda engashib dastlabki holatga qaytiladi.3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada turadi.Bajarilishi: yarim cho‘kkalab o‘tirib, turiladi.Demak, kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlardaxilma-xil mashqlar majmualari o‘tkazilishi bilan birga bolalarnijismoniy kamoloti muntazam tekshirilib turilishi ham kerak.Tekshirish esa maktab shifokor xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.Maktabda sanitariya-gigiyena ishlarini nazorat qilish, sanitariyafaollarini tayyorlash va ular yordamida o‘quvchilar bilan sog‘liqnisaqlash sohasida ishlar olib borish, dori-darmon qutilaridan to‘g‘rifoydalanishga o‘rgatish shifokorning asosiy ishidir. Bu ishlarnitizimli va muvaffaqiyatli olib borish uchun kuni uzaytirilganmaktablarga alohida bir shifokor shtati berilishi lozim.239


Xullas, bu maktablarda badantarbiya va sport ishlarini to‘g‘ritashkil etishga alohida e’tibor berish kerak. Bu, o‘z navbatida,bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirishva umrini uzaytirish uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi.O‘yinlarMaktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyalanuvchibolalar hayotida o‘yinlar katta o‘rin tutadi. O‘yin tarbiyaningeng muhim vositalaridan biridir. O‘yin bola uchun ovutish,xursandchilik, rohatlanish, hordiq chiqarish vositasi bo‘libqolmay, balki uning qaddi-qomatini kamolga yetkazuvchi omilham hisoblanadi. Albatta, o‘yin vositasida tarbiyalash bolaningturli yosh davrlarida turlicha sifatga, xususiyatga ega bo‘ladi.Bunga Abu Ali ibn Sinoning yoshlik yillari faoliyati yaqqol misolbo‘la oladi. Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdonbo‘lib yetishgan va har xil fanlardan o‘zi mashg‘ulot olib borgan.O‘zidan katta yoshdagi bolalar kelib, undan ta’lim olganlar, utushlikkacha bolalarni o‘qitgan, mashg‘ulotlardan keyin o‘ztalabalari bilan har xil o‘yinlarda qatnashgan. Ba’zi bir odamlargaIbn Sinoning bunday xatti-harakati yoqmay, ular:— Sen bilimdon va aqlli, o‘zing bolalarga har xil fanlardanbilim berasan-u, yana ular bilan hovlida qo‘shilib o‘ynaysan, —deb tanbeh berganlarida, Ibn Sino bunday javob bergan:— Inson hayotining har bir davri o‘zining go‘zalligiga ega.Bolalikning xususiyati esa — o‘yin. 1Demak, bolalarning doimiy hamrohi o‘yindir. O‘yinlar bolauchun ham dunyoni bilish, ham mehnat faoliyati, ham ma’naviyhis-tuyg‘ular va odatlarning tarkib topishi, ham harakat qilishtalabini qondirish, ham bolalar bilan muomala qilish usulidir.Atoqli pedagog A. S. Makarenkoning bolalar o‘yiniga alohidae’tibor berib ta’kidlashicha, bolalar hamma vaqt, hatto jiddiy ishbilan shug‘ullanganda ham o‘ynamog‘i kerak. Ba’zi o‘yinlarbolada jamoatchilik, do‘stlashish, g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarnitarkib toptirsa, boshqalari vatanparvarlik, insonparvarlik, turlitipdagi muomala madaniyati kabi munosabatlarni tarbiyalaydi.1Kayum Nosiriy. Ab galisino, Tatar davlat nashriyoti, 1952, 5—6-betlar.240


O‘yin bolalar yoshiga mos bo‘lsa, u dangasani mehnatsevar,tirishqoq, prinsipial bo‘lishga, bolalar jamoasini uyushtirishga,ba’zi uyatchan va indamas bolalarni faol faoliyatga olib kirishgayordam beradi, intizom saqlashga, boshqalarning xatti-harakatlarinito‘g‘ri baholashga o‘rgatadi.O‘yin bolalar uchun o‘z kuchini sinab ko‘rishga imkoniyatyaratadi. O‘yin jarayonida esa, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilariniyanada yaxshiroq o‘rganadi, xarakterini, qiziqishlarini, tashkilotchilikqobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini bilish orqali ularninghar biriga to‘g‘ri pedagogik ta’sir qilish yo‘llarini belgilaydi.Shuningdek, o‘yin tarbiyachiga bolalar bilan tez til topishibketishga yaqindan yordam beradi. Bu esa tarbiya jarayonida kattaahamiyat kasb etadi.Bolalar faoliyatida har xil o‘yinlar mavjuddir: harakatli, rasmli,o‘xshatish, musiqali, didaktik va boshqalar. Ammo bular orasidamuhim o‘rinni harakatli o‘yinlar egallaydi. Alohida o‘tkazilgantajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalar vaqtining 80 foizini o‘tirishholatida o‘tkazishadi, bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’siretadi. Harakatli o‘yinlar bolalar uchun «kam harakat» kasalligi— gipodinamiyaga qarshi eng yaxshi davodir. I—II sinfdao‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning ko‘p qismi harakatli o‘yinlargaajratiladi. O‘yinlar asosan sujetli bo‘lib, oddiy, erkinharakatlarning turli xilligi bilan ajralib turadi, o‘quvchilarningo‘yin jarayonidagi harakatlari qisqa muddatli hordiq chiqarishlarbilan almashinib turadi.III—IV sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlaruzoqroq davom etadi. O‘yin qoidalari ancha murakkablashadi.Bu yoshdagi bolalar jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlargako‘proq qiziqadilar.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarga o‘quvchilarningmaktabdagi va maktabdan tashqari hayoti qiziqarli,mazmunli o‘tishiga erishish uchun ularning yosh xususiyatlarinihisobga olib, harakatli va didaktik o‘yinlar tashkil etish zarur.Didaktik o‘yinlar ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, o‘quvchilarnidarslarda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi,mustaqil dars tayyorlashni osonlashtiradi.Har xil didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish ularda mustaqilliknio‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Didaktik o‘yinaqliy jarayonlarni faollashtiradi, bolalarni (o‘yin qoidasi shartla-16 — K. Hoshimov241


ini yaxshi tushunib olish uchun) tarbiyachining gaplariga astoydilquloq solishga odatlantiradi. Shuningdek, ularni o‘z diqqatlarinibir joyga to‘plash, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish,qiyinchiliklarni yengishga, fikr yuritishga va tashabbuskorlikkao‘rgatadi.Bola uchun «O‘yin — voqelik, — deb yozgan edi K. D. Ushinskiy,— binobarin uning tevarak-atrofidagi voqelikdir. U, xususan,bolaga tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir. O‘yin bolaga shuninguchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsabor» 1 . — Haqiqatan ham harakatli o‘yinlarning, ham didaktiko‘yinlarning bola hayotida, ularga ta’lim va tarbiya berishdaahamiyati beqiyosdir. Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘yingaqiziqishga moyil bo‘ladilar. O‘quvchilar har kuni har xil o‘yinlartashkil etilishini va vaqti-vaqti bilan ularni yangilab turishnixohlaydilar. Bolalarning qiziqishiga qarab:— yugurish o‘yinlarini;— turgan joydan hamda yugurib kelib balandlikka va uzunlikkasakraladigan o‘yinlarni;— uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish o‘yinlarini;— kuzatuvchanlikni, e’tiborni, zamon va makonda o‘z o‘rninitopa bilishni belgilovchi o‘yinlarni;— musiqa jo‘rligida o‘tkaziladigan va o‘tkazilishi mumkinbo‘lgan o‘yinlarni;— unutilib ketgan milliy o‘yinlarni uyushtirish mumkin.V. A. Suxomlinskiy kun tartibi to‘g‘risida fikr yuritib, faqatdarsda vaqtni emas, balki kuni uzaytirilgan guruhda ham bolalartarbiyaviy hayotning buzilishi kishini nihoyatda achintiradi deganidek,shunday hollar ham uchraydiki, bolalar 5—6 soatdarsdan keyin yana 4—5 soat maktabda qolib, tabiat qo‘ynidao‘ynash va dam olish o‘rniga kitoblar bilan shug‘ullanadilar. Sinfxonalarida doimiy bo‘lishlari ularning vaqtni zerikarli o‘tkazishlarigaolib keladi. Tashkil qilingan o‘yinlar esa faqat bolalarningvaqtini bekor o‘tkazmaslik uchungina emas, balki ta’limtarbiyaviymaqsadlar uchun xizmat qilsin.O‘yinlarni tashkil qilishda rollarni to‘g‘ri taqsimlash, faol vapassiv, bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro etishga aynan mos1Óøèíñêèé Ê. Ä. Ñîáð. ñî÷., T. 2. — Ì., 1948. — 182-áåò.242


o‘quvchilarni tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yinlarniqiziqarli o‘tkazish maqsadga erishishning zarur shartidir.Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi bolalargako‘plab o‘yinlar o‘rgatishda, o‘yinlarga muhabbat uyg‘otishda,o‘yinni ularning kundalik hamrohiga aylantirishda cheksizimkoniyatlarga ega. O‘yinlarni bilish esa har bir tarbiyachi uchunzarurdir. Seminar, metodik birlashma yig‘ilishlarida ular yangiyangio‘yinlar o‘rganishlari va ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlarikerak. Masalan, seminar yoki metod birlashmalarda ularquyidagi seminar mavzularni ishlab chiqishlari mumkin: topishmoqlar,rebuslar, harakatli o‘yinlar (guruh bilan, jamoalaro‘rtasida, yakkama-yakka bellashuvlar, to‘p bilan o‘yinlar, arg‘imchoq),arqoncha (o‘yin), fokuslar, hazillar va boshqalar. Har kimo‘ziga yoqqan mavzuni olib, qunt bilan ishlab chiqadi va kerakliamaliy materiallarni hamkasblariga taklif qiladi. Bunday seminarlargabadantarbiya, ashula va musiqadan dars beruvchi o‘qituvchilarnitaklif etish shart. Imkoniyat bor joylarda, tuman metodikakabineti yoki bolalar uyi qoshida o‘yinlar bo‘yicha alohida kurslartashkil qilish lozim.Bolalar bilan o‘yinlar tashkil qilishda tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarfaolini o‘zlariga yordamchi qilib olishlari, maktabda«Bolalar bo‘sh vaqtini quvnoq o‘tkazish tashkilotchilari» to‘garaginituzib, unga rahbarlik qilishni «Kamolot» YIH a’zosi bo‘lganyuqori sinf o‘quvchisiga topshirish, shuningdek, o‘quvchilarni,«Kamolot» YIH a’zolarini, ota-onalarni taklif qilish mumkin.Maktab yoshidagi bolalar hayotida o‘yin bolalar hayotini jonlantiradiva ular hayotiga xilma-xillik kiritadi. O‘yinlar bolalarningbiror faoliyatiga bog‘lab uyushtirilsa, yanada ko‘proq samaraberadi.Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda bolalarningaqliy, jismoniy jihatdan o‘sishiga yordam beradigan o‘yinlar,dastlab bolalarni zamon talabi ruhida tarbiyalash vazifalarigajavob bermog‘i kerak. Shuningdek, bu o‘yinlar bolalarning zehnini,fantaziyasini o‘stiradi, ularni tetik va chaqqon qiladi, do‘stlikva o‘rtoqlik, intizomlilik kabi ajoyib xislatlarni tarbiyalaydi.O‘yinlarning bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishiga erishishlozim. I—II sinflar bolalaridan tashkil topgan guruhlarda o‘zlarixohlagan o‘yinchoqlarini o‘ynashga, harakatli o‘yinlarga, III—IVsinflarda esa yakka-yakka holda va guruh bo‘lib o‘ynaladigan243


hamda sujetli o‘yinlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kichik yoshdagibolalar o‘yinni ko‘pincha o‘zlari o‘ylab chiqaradilar. Tarbiyachilarshu xildagi o‘ylab topiladigan o‘yinlarga rahbarlik qilishlari vabolalarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishlari lozim. Yuqori sinflarda(V—VIII) ko‘proq sport o‘yinlari hamda yakka-yakka holda vaS bo‘lib o‘tkaziladigan musobaqalar katta o‘rin tutadi. Turlirebuslar, viktorinalar, topishmoqlar va shu kabi o‘yinlar ham kengtarqalgandir.Har qanday o‘yinning qiziqarliligi va uning emotsional o‘tishiko‘p jihatdan tarbiyachining tashkilotchiligiga, tayyorgarligigava bu sohadagi malakasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi o‘yinlarnima’lum maqsad asosiga qurmog‘i va reja asosida tizimli ravishdauyushtirmog‘i lozim. Ko‘pchilik tarbiyachilar bolalar o‘yinlarigae’tiborsiz qaraydilar. Ular bolalarni toza havoga olib chiqib,o‘zlari ko‘pincha bir-birlari bilan suhbatlashib o‘tiradilar yokiboshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar, bolalar bilan birgao‘ynamaydilar. Natijada o‘quvchilar o‘zboshimchalik qiladilar,o‘yin qoidalariga rioya qilmay, o‘yinning oxirini janjal bilantugatadilar.Kuni uzaytirilgan Shayxontohur tumanidagi 254-maktabdatarbiyachilar o‘quvchilarga qanday o‘yin o‘rgatmasinlar, avvalo,o‘sha o‘yinning tartib-qoidalari, shartlari va mazmuni hamdaahamiyatini tushuntirib beradilar, so‘ng esa uni boshlaydilar.O‘yinda o‘zlari ham ishtirok etadilar. Ular o‘quvchilargao‘rgatiladigan o‘yinlarni choraklik tarbiyaviy ish rejalarida vakundalik ish rejasida ham aks ettirib, tizimli uyushtirib boradilar.Bu xilda o‘yin uyushtirib borgan tarbiyachilar ta’lim-tarbiyaishlarida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritib, o‘quvchilarning zavqbilan o‘yinda faol qatnashishiga, miriqib dam olishi, ongli,intizomli bo‘lib kamol topishiga erishmoqdalar.Namuna tariqasida quyida bir soat davomida harakatli o‘yinlarniqanday o‘tkazish haqida to‘xtaymiz:I. O‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish» mavzusi.II. O‘yinning maqsadi. Chaqqonlik va epchillikni mustahkamlashhamda bolani har tomonlama chiniqtirish.III. O‘yinga tayyorgarlik. O‘quvchilarning o‘yinga tayyorgarliginiko‘zdan kechirib, unda qatnashuvchi o‘quvchilarni aniqlashva o‘tgan o‘yinni takrorlash.244


Tarbiyachi: — Bolalar, biz o‘tgan safar qanday o‘yin o‘ynaganmiz?O‘quvchilar: — «Ikkinchisi ortiqcha» o‘yinini o‘ynaganmiz.Tarbiyachi: — Qani kim aytadi, bu o‘yin qanday o‘yin edi?O‘quvchilarning ko‘pchiligi javob berish uchun qo‘l ko‘taradi.Tarbiyachi biror o‘quvchining aytib berishiga ruxsat etadi.O‘quvchi o‘yin qoidasini aytib beradi.O‘yin quyidagicha o‘ynaladi: o‘ynovchilar doira bo‘lib turadilar.Doiradan tashqarida ikkita o‘yin boshlovchi qoladi. Ulardanbiri quvlovchi, ikkinchisi esa qochuvchi bo‘ladi. Quvlovchi biroro‘rtog‘ining oldiga turib olsa, orqada turgan bola qochishi kerak.Agar quvlovchi qochib ketayotganni ushlab olsa, ushlaganquvlovchi bo‘ladi. Shu bilan o‘tgan o‘yin mustahkamlanadi,shundan so‘ng tarbiyachi o‘yin jarayonida kimlarning qoidagarioya qilgani yoki qilmagani va kamchiligi haqida gapirib mavzuniyakunlaydi.Yangi o‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish» o‘yini. O‘yinningqanday o‘ynash kerakligini o‘quvchilarga tushuntirib berish. O‘yinquyidagicha o‘ynaladi: Ikkita doira chiziladi. Birinchi doira ichiga20 ta butilkasimon tayoq yoki boshqa narsa terib qo‘yiladi.Ikkinchi doira bo‘ylab o‘quvchilar yuradilar. Doira atrofidagio‘ynovchilar 21 kishi bo‘lishi kerak.O‘qituvchi signal berishi bilan o‘ynovchilar yurishdan to‘xtab,har biri o‘ziga bittadan butilkasimon tayoqni oladi. Tayoq yetmayqolgan o‘quvchi esa o‘yindan chiqariladi. O‘yin yana takrorlanadi.Birinchi doira ichiga 19 ta tayoq terib qo‘yiladi. Ikkinchi doirabo‘ylab 20 ta o‘ynovchi yuradi. O‘qituvchining signali bilano‘ynovchilar butilkasimon tayoqni oladilar. Butilkasimon tayoqyetmay qolgan o‘ynovchi yana o‘yindan chiqariladi. O‘yin shuyo‘sinda davom etadi. Eng oxirida doira ichida bir butilkasimontayoq, doira bo‘ylab esa ikki o‘ynovchi yuradi. O‘ynovchilardanqaysi biri butilkasimon tayoqni olsa, o‘sha o‘ynovchi o‘yindayutadi. O‘yin tugagach, 1—2 o‘quvchidan o‘yinni qanday o‘ynashkerakligini so‘rab, o‘yinga yakun yasaladi. Bundan tashqariikkinchi usulda tarbiyachi o‘yinni rejalashtirishda o‘tiladigano‘yinning tasviri va qoidalarini qisqacha ko‘rsatishi zarur. Buo‘yinni tizimlashtirishda o‘qituvchining roli kattadir.Namuna sifatida harakatli o‘yinlardan «Himoyachi», «Qidiruvchilar»o‘yinlarining mazmuni va qoidasini bayon etamiz:245


1. «Himoyachi» o‘yini. O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi, engavvalo, bolalarni ikki guruhga bo‘ladi. Bir o‘yinboshi tayinlanadi.Maydonga yoki zal o‘rtasiga diametri 3—4 metrli doira chiziladi,uning <strong>markazi</strong>ga bironta buyum (masalan, to‘p) qo‘yiladi.O‘yin tasviri. Bolalar maydon yoki zalning ikki chetida turadilar.Tarbiyachining signali bo‘yicha bolalar doira <strong>markazi</strong>daturgan buyumni olib qochishga intiladilar. Shu paytda o‘yinboshibuyumni olib qochib ketayotgan bolani (doira ichida) ushlabolishi kerak. Ushlangan bola o‘yinboshi, ya’ni «Himoyachi» bo‘libqoladi. Buyumni bir-biriga uzatish mumkin emas; olgan kishio‘zi olib qochib, o‘z joyiga kelib turishi kerak. Buyumni oldiribyuborgan bolani o‘yinga tushirish, ashula ayttirish kabi jarimaberiladi. Kam jarima olgan guruh g‘olib chiqqan hisoblanadi.O‘yin qoidalari: 1) o‘yinboshi faqat doiraning ichida yurishikerak. 2) «Asir»ga olingan o‘ynovchi o‘yinga tushish, ashula aytishkabi shartlarni bajarishi lozim. Bolalarning charchagani sezilishibilanoq o‘yinni to‘xtatish kerak.2. «Qidiruvchilar» o‘yiniga tayyorlanish. O‘yin hovlida yokimaydonchada o‘tkaziladi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Ikki bolakapitan qilib tayinlanadi. Guruhlarga istalgan nom qo‘yilishimumkin. Qaysi guruh yashirinishi, qaysi guruh hujum qilishi chektashlash orqali aniqlanadi.Yashirinishi zarur bo‘lgan guruh yashirinadi. Signal berilgach,ular yashiringan joylaridan asta-sekin, bildirmay o‘tib ketishlarikerak va ilgaridan belgilangan joyga borib yig‘ilishlari lozim.Agarda o‘yinchilardan birortasi qo‘lga tushib qolsa, o‘sha guruhyutqizgan hisoblanadi va guruhlar o‘rin almashadilar. O‘yin shutarzda davom ettiriladi. Guruhlarning biri yashirinsa, ikkinchisihujum qiladi.3. «Bolaning nomini ayt» o‘yini. O‘yinning maqsadi. O‘quvchilarninghayvon bolalari qanday nom bilan atalisi haqidagitushunchalarini mustahkamlash.O‘yinning qoidasi. Oldindan o‘quvchilarga hayvon bolalariqanday nom bilan atalishi tushuntirilgan bo‘lishi kerak. Masalan,sigirning bolasi — buzoq, otning bolasi — toychoq, qo‘yningbolasi — qo‘zi singari. Keyin o‘quvchilar doira bo‘lib turadilar.O‘rtada tarbiyachi yoki o‘quvchilardan biri turadi. O‘rtada turgano‘z ixtiyori bilan bolalardan biriga koptok otadi. Koptokotayotganda biror hayvon bolasining nomini aytadi.246


O‘yinning sharti. Oldindan tanish bo‘lgan hayvon nomlariginaaytiladi.O‘yinning natijasi. O‘yin davomida hayvon bolasiningnomlarini tez va to‘g‘ri aytgan bolalar rag‘batlantiriladi.4. «Qoch bolam, kalxat keldi» o‘yini. O‘yinning maqsadi.Bolalarning eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirish.O‘yinning qoidasi. Maydoncha yoki sport zalining ikki tomonigaikkita doira chiziladi. O‘yinchilardan biri kalxat qilibtayinlanadi va u, doiraning birida turadi. O‘ynovchilar jo‘jabo‘ladilar. Jo‘jalar ona tovuq ketidan har biri o‘z oldida turgano‘yinchining belidan ushlagan holda zanjir bo‘lib turadilar.O‘yin rahbari signal berishi bilan kalxat jo‘jalarga hujum qilaboshlaydi. Ona tovuq kalxatning yo‘lini to‘sib, unga bitta hamjo‘ja bermaslikka tirishadi. Kalxat esa har xil harakatlar bilan onatovuq va jo‘jalarni aldab, zanjir bo‘lib turgan jo‘jalarning orqasidaturganini tutib, o‘z uyasiga — doiraga olib ketishga harakat qiladi.U tutilgan jo‘jani o‘z doirasiga olib borib qo‘yib, yana hujumqilishga o‘tadi.O‘yinning shartlari. Ona tovuq har gal kalxat hujumga o‘tganidajo‘jalariga: «Ehtiyot bo‘linglar, bolalarim, kalxat turadigandoira ichidagina tutish mumkin. Kalxat jo‘jalar turadigan doiraichiga kirmasligi kerak. Kalxat qo‘liga tushgan jo‘ja tezda jo‘jalardoirasidan chiqishi va «asir» bo‘lib jo‘nashi lozim.O‘yinning natijalari. Bolalar o‘yinni o‘ynash bilan tezkor,chaqqon va chidamli, serharakat bo‘ladilar.Yuqorida keltirilgan o‘yinlar bolalarda hushyorlik, ziyrakliknioshiradi, epchillik va harakatchanlikni o‘stiradi, ularni ahillikkao‘rgatadi.Kuni uzaytirilgan guruhlar va maktab-internatlarda olibboriladigan barcha o‘yin va mashg‘ulotlar ta’lim-tarbiya ishlariniyaxshilash bilan birgalikda, bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlashdaham muhim rol o‘ynamog‘i lozim.Tajribalarimiz o‘quvchilarning jismoniy jihatdan chiniqishidayaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi o‘yinlardanfoydalanishning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.I, II, III sinf bolalari bilan «Karusel», «Ikki Yaxob», «Ayyortulki», bekinmachoq, «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Oq suyak»,«Arqondan sakrash», «Besh barmoq orzusi», «Mehmon-mehmon»,«Do‘ngdan do‘ngga sakrash», «Bo‘ri zovur ichida», «Ov-247


chilar», «Ikkinchisi ortiqcha», «Mushuk bilan sichqon», «Qopqonyopildi», «Qidirib top», «Arqon tortish» kabi, IV sinfdan boshlab«Himoyachi», «Qidiruvchilar», «Joy almashish», «Eshitib top»,«Yomg‘ir», «G‘ozlar — oqqushlar», «To‘p — savatga», «Signalnieshit», «Topar bo‘lsang topa qol, topolmasang, qo‘yaqol»,«Kamalak to‘pi», «To‘p markazda» kabi o‘yinlarni o‘ynaganma’qul.Bulardan tashqari kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigano‘qituvchi-tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga doir maxsus kitoblardan(masalan, K. Hoshimov, M. Normuhamedova,T. Usmonxo‘jayev. «Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlarnitashkil qilish», L. N. Shexova, A. R. Imomxo‘jayev.«Boshlang‘ich sinflarda harakatli o‘yinlar», T. Usmonxo‘jayev,F. Xo‘jayev. «Harakatli o‘yinlar», R. Yo‘ldosheva. «O‘zbek xalqo‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati» va hokazolardan) o‘z guruhlaridagio‘quvchilarning yoshiga mos o‘yinlaridan foydalanishlarimumkin.Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda yuqoridagio‘yinlar ko‘proq o‘ynalib, bolalarning o‘yinga bo‘lgan tabiiyehtiyojlarini qondirish bilan birga o‘quvchilarda tez harakat qilish,chap berish, o‘yin qoidasiga rioya qilish, jamoada ahillik kabiyaxshi fazilatlarni singdiradi. Bunday jamoa o‘yinlari jarayonidabolalar tashkilotchilikka, qonun-qoidalarga rioya qilishga, hayotnibilishga o‘rganadilar.KUNI UZAYTIRILGAN SINF,GURUH, MAKTAB-INTERNATLARNING OILA HAMDAJAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGIMustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikamiz rahbariyatiboshchiligida jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish,ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va har tomonlamabarkamol insonni shakllantirishdan iborat juda katta tarixiy vazifalaramalga oshirilmoqda. Jamiyat bunyodkorlarini tarbiyalashva tayyorlash rivojlangan jamiyat qurishning zaruriy sharti hamdir.Yosh avlodni tarbiyalash eng qiyin, nozik, ko‘p qirrali vamas’uliyatli ishdir. Bu ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalgaoshirishda, yosh avlodni davrimizning munosib kishilari qilibtarbiyalashda maktab, oila va keng jamoatchilikning, mahallaning248


o‘zaro aloqasi, hamkorlikda olib boradigan ishlari, tadbirlarimuhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham hozirgi vaqtdamaktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlashmuhim vazifalardan biridir. Xususan, yosh avlodni hayotga,amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularda mehnat ta’limi va tarbiyasinitarkib toptirishda, kasb tanlashlarida maktablarning o‘quvmoddiybazasini boyitishda ota-onalar, jamoatchilikining, otaliqtashkilotlarining roli katta. Bu masala Vazirlar Kengashining«Umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaberishni va ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirishto‘g‘risida», «Umumiy ta’lim va hunar maktabini islohqilishning asosiy yo‘nalishlari» kabi qarorlarida o‘zining yorqinifodasini topgan.Respublikamiz xalq maorifi tizimining yetakchi tamoyillaridanbiri — barcha tarbiyaviy muassasalarning hamkorligidir. Maktab,oila va jamoatchilik birgalikda ish olib borgandagina yosh avlodnitarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Maktab, oila vajamoatchilik — serhosil daraxtning o‘ta mustahkam ildizlaridir.Mabodo shu ildizlardan birortasi zaif bo‘lsa bu daraxtdan shirinva sharbatli meva kutish qiyin. Bu gapda tog‘dek yuksak, dengizdekulkan ma’no bor.Haqiqatan ham yoshlarni faqat ayrim shaxslargina tarbiyalamaydi,balki butun oila, butun maktab jamoasi, shuningdek,ko‘cha, jamoat muassasalari, butun tevarak-atrofdagi sharoit,ijtimoy tuzum, turli voqea-hodisalar tarbiyalaydi.Ijtimoiy tarbiya tizimi va oila zamonamizning ongli va faolquruvchilarini tayyorlab yetkazishdek yagona maqsadni amalgaoshiradi. Bunda maktab, ijtimoiy tarbiya muassasalari oila tarbiyasimasalalarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq amalga oshirishdatashkilotchilik va yetakchilik qiladi, ota-onalarga ko‘maklashadi.Maktab davlatning ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida oilaviytarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra har bir ota-onamaktab jamoasining talablarini bajarishi shart.Yosh avlodni siyosiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk kishilar qilibtarbiyalashda maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar bilanota-onalarning vazifalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Maktabinternat,kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar bilan olib boriladiganta’lim-tarbiya ishlari va ularning xarakteri ota-onaningbola tarbiyasidagi mas’uliyatini ular zimmasidan soqit qilmas-249


dan, aksincha, bu sharafli burch va mas’uliyatni yanada kuchaytiradi.Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlar jamoatchilik, otaonalaryig‘ini bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ular hamkorligidaish olib borgandagina yoshlarni har taraflama kamolotga yetganongli, axloqli va respublikamizning faol quruvchilari qilib tarbiyalashdakatta yutuqlarga erisha oladi. Shu tufayli maktab-internat,kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisi, tarbiyachilari bilan otaonalaro‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatishda maktab vaguruhlar bilan oilalar o‘rtasida olib boriladigan ishlarni tartibgasolishda ota-onalar qo‘mitasining roli kattadir. Ishchan maktabota-onalar qo‘mitasi maktab oldida turgan umumiy majburiy ta’-lim, o‘quv-tarbiya ishlari, aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarnitashviqot qilish, politexnik ta’lim ishlarini amalga oshirishda,xo‘jalik sanitariya-sog‘lomlashtirish va tozalik kabi ishlarni amalgaoshirishda maktab jamoasiga yaqindan yordam ko‘rsata oladi.Hayot shuni ko‘rsatadiki, maktab-internatlarning barpoqilinishi oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi aloqaniancha o‘zgartirdi, ijtimoiy tarbiyaning salmog‘ini keskin ravishdaoshirdi. Ijtimoiy tarbiyaning roli oshishi munosabati bilandastlabki vaqtda ba’zi ota-onalar va, hatto, ayrim pedagoglarda:«Maktab-internatlar oilaviy tarbiyaga salbiy ta’sir etmasmikin?»degan savollar tug‘ildi. Ko‘pgina maktab-internatlarning ishtajribasi bunday hol yuz berishi mumkin emasligini, aksincha,bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol ishtirok etishini ko‘rsatdi.Ota-onalar maktab-internatga ota-onalar majlisigagina emas, balkibayram kunlarida, tarbiyalanuvchilarning tug‘ilgan kunlarida hamqatnashadilar. Shuningdek, tarbiyachilar jamoasi va «Kamolot»YIH har bir bayram oldidan barcha ota-onalarga bayramtabriknomasi yuborib, unda tabrik so‘zlari bilan bir qatordabolalarining o‘qishi va jamoat ishlarida qatnashishi haqidama’lumot beradilar. Bu tadbirlar maktab-internat bilan ota-onalaraloqasini yanada mustahkamlaydi.O‘quv yili boshida ota-onalarning umumiy majlisi chaqirilib,maktabning tashkiliy ishlari, kundalik rejimi, o‘quvchilarningyurish-turish qoidalari, bolalarni uylariga yuborish va ularni kutibolish tartibi, bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi, shuningdek,har qaysi o‘quvchini davlat tomonidan qilinadigan moddiy250


xarajatlar bilan tanishtirish, bolalarda hayotiy, amaliy ko‘nikmahamda malakalar hosil qilish zarurligi tushuntiriladi va fikralmashinadi.Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktab-internatdirektori L. Pak ota-onalar yig‘inining olib borayotgan ishlarihaqida gapirib, quyidagilarni ma’lum qiladi: «Maktabning o‘quvtarbiyahamda xo‘jalik-maishiy xarakterdagi masalalari ota-onalarmajlisida muhokama qilinadi. O‘quvchilarimizning ota-onalarimaktab-internatga katta yordam qilmoqdalar. Ota-onalarningkuchi bilan bir qancha xo‘jalik binolari, sabzavotxona, ustaxona,omborxonalar qurildi, vodoprovod o‘rnatildi. Ota-onalar jamoasiinternat bolalari uchun ma’lum kattalikdagi turli ichki kiyimlartikib berishga onalarni jalb etishga qaror qildi. Natijada, otaonalaryordamida qiz bolalar uchun 198 ta ko‘ylak hamda o‘g‘ilbolalar uchun 200 ta ichki kiyim va 200 ta shim tikib tayyorlandi.Ota-onalar bolalarga bichish va tikishni o‘rgatishga kirishdilar.Hozir ko‘p narsalarni tarbiyalanuvchilarimizning o‘zlari bemaloltika oladilar». Demak, ota-onalar bilan aloqaning mustahkamlashimaktab-internat faoliyatida yaxshi natijalar beradi.Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlashuchun kuni uzaytirilgan maktab guruhlarida ham ota-onalaryig‘ini tashkil etiladi. Bu jamoa faoliyatiga maktab direktorirahbarlik qiladi. Bundan tashqari, yana maktab bo‘yicha barchasinf-guruhlar uchun ota-onalar raislari saylanadi. Hamma otaonalarraislari har bir o‘quv yilining boshida butun o‘quv yiligasaylanadi.Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar ishlariga rahbarlikqilish uchun maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi, uning o‘rinbosari,kotibasi va 5—7 a’zodan iborat prezidium saylanadi. Ota-onalarjamoasi raisi maktab pedagoglar kengashining a’zosi hisoblanadi.Ota-onalar yig‘ini maktab direktori tasdiqlagan rejasi asosida isholib boradi. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarga maktab va oilatarbiyasining har tomonlama mutanosibligini ta’minlaydi, ilg‘orpedagogik tajribani targ‘ib qiladi, o‘quvchilar bilan o‘tkaziladiganta’lim-tarbiya ishlariga faol qatnashadi va bu borada vaqti-vaqtibilan maktab ma’muriyati bilan fikr almashib turadi.Bu tadbir ota-onalar uchun leksiyalar, ota-onalar majlislaridaayrim ota-onalarning o‘z tajribalari xususidagi chiqishlariniuyushtirish, tarbiya ishlari yuzasidan tajriba almashishga251


ag‘ishlangan konferensiyalar o‘tkazish kabi priyomlar orqaliamalga oshiriladi.Madaniy-ommaviy ishlar komissiyasi madaniy sayillar, kinoteatrlargaborishni uyushtirish kabi har xil tadbirlarni, sportsog‘lomlashtirishishlari komissiyasi esa sport seksiyalarini tashkiletish, musobaqalar, turistik ishlarni o‘tkazishda, umuman, maktabdasog‘lomlashtirish-tibbiyot tizimiga oid barcha ishlardaqatnashadi.Sinf rahbari o‘zining barcha ta’lim-tarbiya ishlarini sinftarbiyachisi va ota-onalar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.Korxonalarda, mikrorayonlarda maxsus tuzilgan oila vamaktabga yordam ko‘rsatish kengashlari maktab, oila hamda jamoatchilikningo‘zaro aloqalarini o‘rnatishi bilan shug‘ullanadilar.Bu kengashlarga korxonalar, «Kamolot» va kasaba uyushmalaritashkilotlari hamda ma’muriyat vakillari kiradilar. Birnarsani alohida ta’kidlash lozimki, sinflarning ota-onalar jamoalaritaxminan har yili ikki marta qilingan ishlar to‘g‘risida umummaktabota-onalar jamoasi prezidiumi majlisida hisob beradilar.Maktabda ko‘zga ko‘rinarli joyda ota-onalar uchun amaldagieslatma osib qo‘yiladi.Ota-onalar uchun eslatmaMamlakatimizning unsonlari hayoti va halol mehnatlari misolidabolalarga mehnat namunalarini, jamiyat va oila oldidagiburchingizni puxta va vijdonan bajarish namunalarini ko‘rsating.Har oyda kamida bir marta maktabga kelib o‘z bolalaringizningfaoliyati, xulqidan xabardor bo‘lib turing.Uyingizda bolalaringizga burchak ajratib bering.Bo‘sh paytlarda bolalarni jismoniy mehnatga o‘rgating, jalbqiling.Bolalaringizdan kattalar, o‘qituvchilar va o‘z tengdoshlari bilansamimiy munosabatda bo‘lishni talab qiling.Bolangizni ozodalikka, maktab ashyolariga va o‘z o‘quv qurollariganisbatan ehtiyotkor bo‘lishga o‘rgating.Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli uyushtiring, badiiyadabiyotlar o‘qish, musiqa eshitishga odatlantiring, texnika vasportga qiziqishini rag‘batlantiring.252


Bolangizni oilada janjal chiqarishiga, qo‘pollik qilishiga,yolg‘on gapirishiga yo‘l qo‘ymang.Ota-onalar tomonidan bolalarga qo‘yiladigan talablarningqarama-qarshi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.Ko‘chada o‘z bolangizning va boshqa bolalarning ham odobxulqinikuzating, jamoat tartibining buzilishiga barham bering.Oila va maktab hamkorligida jamiyat bunyodkorlari avlodinitarbiyalayotganimizni esda tuting.Professor E. I. Sokolnikov kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisiva tarbiyachisiga ota-onalar bilan ishlashning quyidagi formalarinitavsiya qiladi:— o‘quvchilarning uylariga birgalikda borish, ota-onalar bilantanishish, ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha kuzatishlar, fikrolishuvlar;— ota-onalar majlislarini birgalikda tayyorlash va o‘tkazish;— kuni uzaytirilgan sinfning ham, guruhning ham yagonaota-onalar faollarini saylash;— ota-onalarni sinf xonalarini, kuni uzaytirilgan guruhbinolarini jihozlashga, bolalar bilan madaniy-ommaviy ishlarnitashkil etishga (ota-onalarning o‘quvchilar sayrlarida, sayohatlaridava hokazolarda ishtiroki) jalb qilish;— ota-onalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlarnimuvofiqlashtirish (uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazish, ota-onalarhuzuriga borish va h.k.);— ota-onalarni pedagogika bilimlari bilan tanishtirishga birgalikdaqatnashish.Xalq ta’limi vazirligining «Maktabning ota-onalarning ishjoyidagi jamoat tashkilotlari bilan aloqasini kuchaytirish to‘g‘risida»giinstruksiyasida «Sinflarning ota-onalar jamoalariga sinfrahbarlari bilan birgalikda o‘quvchilarning ota-onalari ish joyidagijamoatchilik tashkilotlarini o‘z bolalarining tarbiyasiga yetarlie’tibor bermaydigan ota-onalar to‘g‘risida..., xuddi shuningdek,o‘z bolalarini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli tarbiyalayotgan ota-onalarto‘g‘risida xabar berib borish tavsiya etilsin» deyiladi.Maktabning ota-onalarni kunning ko‘p qismida bolalariustidan nazorat qilishdan ozod etganligi katta ahamiyatga molikbo‘lib, ularni o‘qishdan tashqari ishlarga kengroq jalb qilishimumkin. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruh va jamoatchilikningasosiy vazifasi maktab yoki guruhlardagi bolalarning253


xilma-xil ehtiyojlarini to‘la ta’min etish uchun sharoit yaratishdir.Bu vazifalarni hal etish masalasi ota-onalar jamoasining tashkilotchiligiva faoliyatiga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Kuniuzaytirilgan bir qator maktab va guruh rahbarlari o‘quv-tarbiyaishlarini tashkil etishda, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarnio‘tkazishda ota-onalar jamoasi faoliyatlariga tayanib ish olib bormoqdalar.Bu borada Toshkent shahridagi 185-, 157-, Samarqandshahridagi 17-, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani, Sarmijonqishlog‘idagi kuni uzaytirilgan maktab guruhlar namunaviy isholib bormoqdalar.Kuni uzaytirilgan 157-maktab jamoasi va ota-onalar jamoasiningbu sohadagi ishi, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bumaktabda har chorak oxirida ota-onalarning umumiy yig‘ilishio‘tkaziladi. Yig‘ilishda o‘z bolasini tarbiyalashda maktab bilandoimo aloqa bog‘lab, ta’lim-tarbiya ishlarida faol qatnashgan vabolasining yuqori o‘zlashtirishiga erishgan ota-onalar tantanaliravishda quyidagicha rahmatnoma bilan taqdirlanadi:Hurmatli o‘rtoq Nazirova!Toshkent shahar Shayxontohur tumani kuni uzaytirilgan157-maktab direksiyasi, «Kamolot» YIH, «Kamalak»tashkilotlari va ota-onalar yig‘ini Sizga bolangizni yaxshitarbiyalaganingiz, a’lo o‘qishiga yordam berganingiz uchunminnatdorchilik va tashakkur izhor etadi. Sizning o‘g‘lingiz —Bahodir o‘quv yilining III choragini a’lo baholar va a’loxulq bilan tamomladi.Siz bilan bir qatorda biz ham o‘g‘lingizning muvaffaqiyatlaridanfaxrlanamiz va quvonamiz.Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, ishingizda muvaffaqiyatlargaerishishingizni tilaymiz.Ma’muriyat, «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkiloti,Ota-onalar jamoasiQuyida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi kuniuzaytirilgan 254-maktabdagi ota-onalar jamoasining maktab254


direksiyasi bilan birgalikda bajaradigan ishlari aks etgan ish rejasiniilova qilamiz:I. Umumiy ta’lim komissiyasiBoshliq: G‘ulomov. A’zolar: Akbarov, Karimova.1. Maktabga tegishli hududdagi o‘quv yoshidagi hamma bolalarnito‘g‘ri hisobga olish va o‘qishga tortish.2. O‘quvchilar orasida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarnianiqlash va ularga tegishli yordam berish.3. Maktabimizda o‘qish uchun sharoiti bo‘lmagan bolalarnibolalar uylari va internatlarga joylashga yordamlashish.4. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim haqidagi Qonunni ota-onalaro‘rtasida keng tashviqot qilish.5. Maktab binosi va xonalarini hamda ko‘rsatmali qurollarnio‘z vaqtida ta’mirlash va ularni yaxshi saqlashda maktabma’muriyatiga yaqindan yordam berish.6. Maktabda mehnat darsini o‘tish va maktabni politexnikalashtirishuchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’min etishgayordam berish.II. O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha a’zolarBoshliq: Mirzayev. A’zolar: Azimova, Razzoqov.1. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishiga yordamberish.2. Maktab bilan oila o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlash.3. O‘quvchilarning davomatini yaxshilashga yordam berish.4. O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarning ota-onalari bilan doimiyish olib borish.5. Namunali xulqli, yaxshi, a’lo baholarga o‘qiyotgan faolo‘quvchilar ota-onalarining tarbiya sohasidagi tajribalarini ommalashtirish.6. Intizomsiz o‘quvchilarning ota-onalari bilan muntazam ravishdaish olib borish.7. O‘quvchilarning maktabga har xil kiyim kiyib kelishlarigayo‘l qo‘ymaslik hamda maktab formasida kelishlarini ta’minlashgayordam berish.III. Madaniy-ommaviy ishlar bo‘yicha a’zolarBoshliq: Boboxonova A. I. A’zolar: Usmonova, Zukurxo‘-jayev.1. O‘quvchilarni turli ishlab chiqarish korxonalariga va muzeyhamda fermer xo‘jaliklariga sayohatlarga olib borish.255


2. Bolalarning yosh xususiyatlariga qarab kinoteatrlarga olibborish.3. Yozgi va qishki ta’til vaqtlarida o‘qituvchilarning o‘quvchilarnituristik yurishlarga olib borishlarida yordam berish.4. Har bir o‘quvchiga dars tayyorlash burchagi va kutubxonatashkil qilishda ota-onalari orqali yordam berish.IV. Sanitariya-xo‘jalik ishlari komissiyasiBoshliq: Shokirova O. A’zolar: Aronova Z., Sultonxo‘jayeva.1. Maktab binosining ichki va tashqi tomonining doimo tozava ozoda bo‘lishini nazorat qilish.2. Sovuq kunlarda xonalarning me’yoriy issiqlikda bo‘lishinita’minlash.3. Har kuni dars oldidan tizimli ravishda jismoniy mashqqilish uchun yordam berish.4. O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘liq haqida ma’ruzalaruyushtirish.5. Maktab bufeti va oshxonasida gigiyena qoidalariga doimorioya qilinishiga ota-onalarning yordami.6. Badantarbiya darsini yaxshi tashkil qilish va darsningnormal ravishda o‘tishi uchun o‘quvchilarning sport kiyimidabo‘lishlariga erishish.7. Maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, koridor va sinflargagullar qo‘yish uchun yordam berish.V. Kuni uzaytirilgan guruhlarning ishlarini yaxshilash a’zolariBoshliq: Aitova T. A’zolar: Levina, Rahmatullayeva.1. Kuni uzaytirilgan guruhli maktab haqidagi ko‘rsatmalarniota-onalar o‘rtasida keng tatbiq qilish.2. I sinfdan V sinfgacha o‘quvchilarning kuni uzaytirilganguruhiga yordam berish.3. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga yordamlashish.4. Kuni uzaytirilgan guruhda moddiy yordamga muhtojbo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga yordam tashkil etish.5. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarni o‘z vaqtida sifatliovqatlantirish uchun ota-onalardan kundalik navbatchi tayinlashgayordam berish.6. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarning kunduziuxlayotganda alohida kiyimlar bilan ta’minlashga yordam berish.256


7. Ota-onalarning kasblarini aniqlab, ulardan tarbiya maqsadidategishlicha foydalanish.Tarbiyaviy ishlarni jamoa bo‘lib olib borish shakli turlichabo‘lib, bularga maktab umumiy, ota-onalar yig‘inining majlisi,kuni uzaytirilgan guruh ota-onalar yig‘ilishi, turarjoydagi otaonalaryig‘ilishi, bir guruh ota-onalar bilan shu mavzuda suhbatlarolib borish, pedagogik lektoriy, ota-onalar konferensiyasi, otaonalarfaollari bilan suhbat, seminarlar va konsultatsiyalar kabimashg‘ulotlar kiradi. Maktabda doimiy konsultatsiya xonasi yokiota-onalar uchun burchaklar tashkil qilinib, haftaning bir kunikonsultatsiya kuni deb belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.Burchakda ota-onalarga tavsiya qilingan adabiyotlardan namunalar,ilg‘or o‘quvchilarning ishlari qo‘yiladi.Ota-onalar bilan ishlashning individual shaklida tarbiyachio‘quvchilar uyiga borib, ularning uy sharoitlari, ishlab chiqarishkorxonalariga borib, ota-onalarning qanday xizmat qilishlari bilantanishadi.Maktabda ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni belgilanib,unda ota-onalar bilan pedagogik mavzularda va bolalarningtarbiyasi haqida suhbatlar o‘tkazish mumkin.Tarbiyachining ota-onalar bilan samimiy hamkorligi ta’limtarbiyaishlarining samarasini oshirishga yordam beradi. Tarbiyachioiladagi tarbiyaviy nuqsonlarni, o‘quvchidagi kamchiliklarnifaqat individual suhbat jarayonida bayon qilishi lozim, aks holdaota-onalar bilan tarbiyachi o‘rtasida konflikt yuzaga kelishimumkin.Shuningdek, o‘qituvchi, tarbiyachilar ota-onalar bilan samimiysuhbat davomida o‘z o‘quvchilarini, ularning har biriganisbatan individual yondashish yo‘llarini bilib oladilar.Andijon shahar kuni uzaytirilgan 36-maktabda tarbiyaviy ishlarkeng miqyosda olib boriladi. Quyida shu maktabning o‘quv,tarbiya va pedagogika tashviqoti sektorining tuzgan ish rejasidannamuna keltiramiz (258-betda).Ayrim muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish maqsadidaumumiy ta’lim fondlarini kengaytirish, buning uchun esafaqat budjet mablag‘igina emas, balki otaliq qiluvchi va kasabauyushma tashkilotlarining vznoslari, mablag‘laridan, shuningdekboshqa manbalardan foydalanish, bu mablag‘larning foydalanilishiustidan tegishli nazorat o‘rnatish va maktabdan uzoqda turuvchi17 — K. Hoshimov257


TartibraqamiBajariladigan ishlarning mazmuniBajarishmuddatiBajaruvchi1. «Bolangiz uyda sizga qanday yordamberadi?» mavzusida ma’ruza2. «Men farzandimni qanday qilibijtimoiy mehnatga o‘rgatdim»mavzusidan tajribali ota-onalarningsuhbatini uyushtirish3. «Kelajak avlod benuqson bo‘lmog‘ikerak» degan mavzuda ma’ruza o‘tkazib,axloqiy nuqsonlarning nimalardaniborat ekanini ota-onalarga uqtirish4. «Farzandingizga estetik tarbiyaniqanday singdirasiz?» mavzusida tajribalionalarning suhbatini uyushtirish5. «Go‘zallik nimada?» mavzusida suhbatuyushtirish6. «Zamonamiz kishilarining olijanob fazilatlari»mavzusida ma’ruza o‘tkazish7. «Bolalarda do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularioilada qanday tarbiyalanadi?» deganmavzuda suhbat o‘tkazish8. «Namunali kishilar oilasida bolatarbiyasi» mavzusida suhbat o‘tkazish9. «Ota-onalar ovozi» — devoriygazetasini chiqarib turish10. Ota-onalar universiteti va siyosiyto‘garaklarga ota-onalarni ko‘proqtortishni nazorat qilish11. Maktabning davomatini ayrimkunlarda tekshirib, darsga kelmaydigano‘quvchilarni aniqlash va ular bilansuhbatlashish258Fevral Rahmonova S.Mart Orifova I.Fevral Yusupov H.MartBekmirzayevaAprel Rahmonova S.YanvarAshurovaFevral Yusupov H.Mart Rahmonova S.Harchorakda12. Maxsus predmetlarning o‘qitilishi Oyda birmarta13. I sinf va IV sinf o‘quvchilarining otaonalaribilan imtihonlar haqida suhbato‘tkazib, bolalariga dars tayyorlashuchun to‘la sharoit yaratish zarurliginiuqtirishYusupov H.Doimo Yusupov H.Doimo Yusupov H.MayYusupov H.Ashurova,Rahmonova S.


olalarni transportda tashishni ta’minlash masalalariga e’tiborberish lozim. Maktab rahbarlari ana shu imkoniyatlardan to‘g‘rifoydalanishlari kerak. Shundagina maktab bolalar tarbiyasiishlarini moddiy va ma’naviy tomondan ta’min etgan bo‘ladi.Kuni uzaytirilgan guruhlar sonining o‘sishi birinchi navbatda anashu yuqoridagi masalalarning hal etilishiga bog‘liqdir.Yana bir bor ta’kidlaymizki, maktab-internat, kuni uzaytirilganguruhlarning oila hamda jamoatchilik bilan hamkorligi bolalartarbiyasida muhim ahamiyatga ega.Shuningdek, bolani eski urf-odatga o‘rgatib, eskicha turmushkechirishga majbur qiluvchi ota-onalar ham uchrab turadi.Ba’zan, bunday ota-onalar bilan suhbat o‘tkazish vaqtida qishloqSoveti deputati, kolxoz raisini, qisqasi ota ishlaydigan tashkilotyoki muassasa rahbarlaridan birortasini taklif etish yaxshi natijaberadi.Ota-onalar bilan aloqa bog‘lashning eng yaxshi turi o‘z vaqtidaota-onalar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazishdir.Bunday suhbat ota-onalarning pedagog-tarbiyachilarga bo‘lganishonch va hurmatini kuchaytiradi, ularning maktab bilanaloqasini mustahkamlaydi.Umuman olganda, maktabda oila va jamoatchilikning umumiytarbiya ishiga mehr-muhabbatini uyg‘otish, oshirish otaonalarningbola tarbiyasidagi mas’uliyatlarini puxta anglatishuchun pedagogik tashviqot g‘oyat katta ahamiyatga egadir.Ayniqsa, ota-onalar yaqindan yordam beradigan maktab va kuniuzaytirilgan sinflarda o‘quv-tarbiya ishlari borgan sari yaxshilanibboradi.Demak, maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar oilava jamoatchilikning yordamiga tayanmasalar, ular ta’lim-tarbiyaishlarini to‘la ravishda bajara olmaydilar. Binobarin, yosh avlodniyetuk kishilar qilib tarbiyalashda maktab, oila va jamoatchilikninghamkorligi xalq maorifi tizimining eng yetakchi tamoyillaridanbiridir.259


XULOSAMamlakatimizda xalq maorifi tizimida hayot ehtiyojiga ko‘rakuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar vujudga keldi.Yosh avlodga yuksak darajada ta’lim-tarbiya berishda ular o‘zininghayotiyligi, qulayligi bilan keng jamoatchilik va ota-onalarhurmatiga sazovor bo‘ldi. Chunki jamiyatimizning ijtimoiyiqtisodiy,madaniy va siyosiy taraqqiyotiga umumiy ta’limmaktablari qatori maktab-internat, kuni uzaytirilgan maktab,maktab qoshidagi sinf va guruhlar o‘zining munosib hissasiniqo‘shib kelmoqda. Bu maktablar jamiyatimiz tomonidan xalqmaorifi tizimi oldiga qo‘yilgan talablarni muvaffaqiyatli ravishdabajarishda xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassiskadrlarni yetkazib berishda umumiy ta’lim maktablariga o‘ziningamaliy ta’sirini ko‘rsatayotir.Umumiy ta’lim maktablari bilan bu maktablar o‘rtasida judako‘p umumiy tomonlar mavjuddirki, bularni e’tiborga olmasdanbo‘lmaydi, albatta. O‘sib kelayotgan yosh avlodni zarur ilmiybilimlar bilan qurollantirish, jamiyatning ongli, faol va mehnatsevarkishilari qilib yetishtirishni bosh maqsad qilib olganligijihatdan ham bir-biriga yaqin turadi.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar, ularning xilmaxilish formalari ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini ko‘tarishdag‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu yangi forma bolalarningo‘qishdan keyingi vaqtlarini to‘g‘ri, samarali uyushtirishimkoniyatini tug‘diradi. Bolalar tizimli ravishda uyga berilganvazifani puxta tayyorlash, jismoniy chiniqish, estetik qarashlarinishakllantirish, shuningdek, o‘zlaridagi mayl hamda qobiliyatlarinio‘stirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Umumta’lim maktablari o‘quvchilar uchun ilm dargohi bo‘lsa,yangi tip muassasalar ularning ikkinchi uyiga aylanib qoldi. Bumuassasalarda o‘quvchilar eng ishonchli, eng tadbirkor, pedagogikma’lumotga ega va ota-ona singari mehribon kishi — o‘qituvchitarbiyachilarningqo‘lida bo‘ladilar. Tarbiyachi o‘quvchini260


do‘stlikka, hamkorlikka, mehnat qilishga, odobli, axloqli bo‘lishgao‘rgatadi.O‘qituvchi va tarbiyachilar o‘quvchilar bilan maktab-internat,kuni uzaytirilgan guruhlarda ilmiy jihatdan asoslanganta’lim-tarbiya va tibbiyot talablariga to‘la mos keladigan dasturva reja asosida ish olib boradilar. O‘quvchilarning kundalikfaoliyatiga tarbiyachi, o‘qituvchi, pedagoglar jamoasi bilan otaonalar,jamoatchilik tashkilotlari birgalikda hamkorlik qilibboradilar.O‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning yuksak darajadaaxloqli, ma’lumotli, madaniyatli va yuqori saviyali kishilari qilibyetishtirishda maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarijtimoiy taraqqiyot tomonidan qo‘yilgan talablarga to‘la javobberishini hayot tasdiqladi.Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishinito‘g‘ri tashkil etish va pedagogik maslahat masalalari pedagogika,psixologiya fani, maorif xodimlari oldiga hal qilinishi lozimbo‘lgan bir qancha yangi vazifalarni qo‘yadi. Bu yangi vazifalarnito‘g‘ri hal qilish uchun bu yangi tip muassasalar pedagogikaamaliyoti vazifasini o‘tashi va pedagogika fani xodimlari bumaktab tarbiyachilari bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ularga amaliyyordam berib borishlari zarur. Shuningdek, bolalar bilan olibboriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarishuchun bu yangi tip muassasalarda ishlayotgan pedagoglar jamoasiva tarbiyachilari matbuot, radio va televideniye orqali o‘z ishfaoliyatlari, tajribalari bilan fikr almashishlari maqsadga muvofiqdir.Mazkur guruhlarga qatnashadigan o‘quvchilar islohot asosida30 boladan ko‘p bo‘lmasligi, ularning yoshi, bilim saviyasinihisobga olib birlashtirishga alohida e’tibor berish kerak.— Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda olibboriladigan o‘quv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tasavvurga egabo‘lish hamda bu maktab, sinf va guruhlarning maqsadi vavazifasini ongli ravishda har tomonlama hisobga olgan holdao‘quv ishlarini uyushtirish mustaqil mashg‘ulotlarning samaradorliginioshirish uchun har tomonlama imkon beradi.— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyachiishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,bu guruhlarda ishlaydigan har bir pedagog o‘quvchilar jamoasini261


uyushtira olishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, qiziqarlio‘tkazishi, musiqa, ashula, rasm, mohir qo‘llar to‘garaklariniboshqara bilishi, mafkuraviy-ommaviy ishlarga rahbarlik qilaolishi, jismoniy faoliyatlarini to‘g‘ri boshqara olishi, sayr, ekskursiyalaruyushtirishi, dam olish kechalari tashkil etishi, o‘quvchilarningdevoriy gazeta, fotomontaj tayyorlash kabi har xil ijodiyishlariga rahbarlik qilishi kerak.— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardao‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan kishipedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan tajribali, kuni uzaytirilganguruhlar ishining mohiyatini biladigan izlanuvchi, ijodkor,havaskor, tashkilotchi, tashabbuskor, o‘yinlar tashkil qila oladigano‘qituvchilardan tayinlanishi zarur.— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar maktabma’muriyati tomonidan tasdiqlangan maxsus jadval va kundalikrejim asosida ishlashi lozim.— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruh bolalariningmashg‘ulotlari uchun maktabda sanitariya talablariga javobberadigan ozoda va yorug‘ xonalar ajratilishi, bu xonalar keraklijihozlar, o‘quv qurollari, kitoblar, turli o‘yinchoqlar bilanjihozlanishi kerak. Bundan tashqari jismoniy tomondan zaif vakunduz kuni bir-ikki marta dam olishga muhtoj bo‘lgan bolalaruchun alohida dam olish xonasi tashkil qilinishi lozim.— Mazkur guruh ishiga maktab shifokori yoki hamshirasinijalb etish yaxshi natija beradi. Ular guruhdagi bolalar bilantibbiyotga oid mavzularda suhbatlar o‘tkazishi bilan birga,bolalarning o‘z vaqtida ovqatlanishi, jismoniy tomondan to‘g‘ritarbiyalanishi va mashg‘ulotlarning belgilangan kun tartibi asosidaolib borilishini nazorat qiladilar.— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruhlardaolib boriladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorliginioshirishga, mashg‘ulotlarning amaliy xarakterdabo‘lishiga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu mashg‘ulotlardao‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun texnikvositalardan, ko‘rgazmali materiallardan, kuzatish, sayohatga olibchiqish va bulardan to‘plangan materiallardan mashg‘ulotdaatroflicha foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Ularni uzoq vaqtmashg‘ulotlar bilan band qilib qo‘ymaslik kerak. Shuningdek,topshiriqlarni individuallashtirish, mustaqil ishlashga undaydigan262


topshiriqlar berib borish kabilar ham o‘quvchilarning mustaqilmashg‘ulotlarda faol ishtirok etishini ta’minlaydi.— O‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi mustahkam aloqahar bir o‘quvchiga individual munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi.Bu esa, tarbiyachining har bir o‘quvchiga uning bilim doirasigamos talablar qo‘yib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi uchunyordam beradi. Mustaqil o‘quv ishlarining samaradorliginioshirishda, ayniqsa, o‘quvchining o‘z bilimiga bo‘lgan ishonchinioshira borish muhim ahamiyatga ega.— Mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishuchun uyga berilgan vazifani ishlashni tashkil etish metodlarinihar tomonlama takomillashtira borish kerak.Uzluksiz olib borgan kuzatishlarimiz bu maktablar faoliyatida,yuqorida eslatib o‘tganimizdek, katta yutuqlar bilan bir qatordaayrim nuqsonlar ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Ayrimnuqsonlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin:1. Ayrim tarbiyachilar, hatto maktab ma’muriyati, kuniuzaytirilgan guruhlarning maqsad va vazifasi, o‘ziga xos xususiyati,uning umumiy ta’lim maktabi bilan bo‘lgan aloqasi, birligikabilarni aniq bilmaydilar.2. Bu yangi tip muassasalarda ishlayotgan pedagog-tarbiyachilardastur, zarur metodik qo‘llanmalar bilan yetarli ravishdata’minlanmaganlar.3. Ayrim guruhlar o‘quvchilarning, ota-onalarning talab vaehtiyojlari, xohishi va istagi hisobga olinmay komplektlashtiriladi.4. Ayrim maktablarda tarbiyachilar tanlashda pedagogikatalablariga qat’iyan amal qilinmay, masalaga yuzaki qaraladi.5. Ba’zi sinf va guruhlarda zarur sharoitlar — o‘quvchilarningvaqtida ovqatlanishlari, yuvinib-taranishlari, sport, badiiyhavaskorlik, chizmachilik ishlari bilan shug‘ullanishlari, hordiqchiqarishlari uchun sharoit yaratilmagan.6. Ayrim ota-onalar jamoalari, otaliq tashkilotlari bu maktablargayetarli e’tibor bermaydilar.Yuqoridagi va shunga o‘xshash nuqsonlardan xoli bo‘lish vata’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash uchun quyidagilarga e’tiborberish lozim:Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tashkilqilishda dastlabki tegishli moddiy baza, sharoit va imkoniyat-263


ning yaratilishi katta ahamiyatga ega. Vazirlar Kengashining«Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilish to‘g‘risida»gi(1960-yil) qarorida bu maktab va guruhlarni barcha zarursharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ochish mumkinligiko‘rsatilgan.Shuning uchun maktabning imkoniyatini hisobga olgan holdakuni uzaytirilgan sinf va guruhlar sonini belgilash, taqsimlashdaxalq xo‘jalik rejasiga amal qilish zarur. Ko‘pchilik maktablardamashg‘ulot ikki smenada o‘tkaziladi. Bu ilmiy bo‘lim mudiriningkuni uzaytirilgan sinf va guruhlar faoliyatini yetarlicha pedagogiknazorat qilishini, ularga metodik yordam berishini qiyinlashtiradi.Shuning uchun o‘n va undan ortiq kuni uzaytirilgan sinf vaguruhlari bo‘lgan maktablarda bosh tarbiyachi lavozimi shtatiberilishi maqsadga muvofiqdir.Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiyaishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash uchun quyidagilargae’tibor berish lozim:— Respublika, viloyat va shahar o‘qituvchilar malakasinioshirish institutlari, pedagogika universitetlari hamda pedagogikailmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan yangi tipmuassasalari tajribasini ilmiy ravishda o‘rganib, ilg‘or tajribalarniommalashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun tayanchmaktablari tashkil qilish;— maktablar qoshidagi kuni uzaytirilgan sinf va guruhlartarbiyachilari metodik kengashining muntazam ishlashiga erishish;shuningdek, tuman va shahar miqyosida tarbiyachilarningmetodik birlashmalarini tashkil qilish, ularda alohida metodikxarakterdagi mavzular yuzasidan seminarlar uyushtirish va tarbiyachilargaamaliy yordam berish;— pedagogika universitetlarining boshlang‘ich ta’lim metodikafakulteti o‘quv pedagogika <strong>kolleji</strong> dasturiga kuni uzaytirilganguruh, maktab-internatlarning maqsadi, vazifasi, ulardaamalga oshiriladigan ishlarning metodlariga oid mavzularniko‘proq kiritish imkoniyati bo‘lsa, bu muassasalardaishlaydigan maxsus tarbiyachilar tayyorlaydigan fakultetlar, bo‘-limlar ochish;— maktabni otaliqqa olgan tashkilot, tuman-shahar yoshlaruyi, o‘quvchilar ijodiyoti markazlari, yosh texniklar stansiyasi kabimuassasalarning maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlarda264


to‘garaklar, sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan ishlarbo‘yicha hamkorligini yo‘lga qo‘yish;— bu yangi tip muassasalar ishini yanada yaxshilash uchuno‘quvchilarning butun kun bo‘yi vaqtlarini zavqli va samaralio‘tkazishlari uchun klublar, madaniyat saroylari kabi kunduzkunlari band bo‘lmagan binolardan imkoni boricha foydalanishgasharoit yaratish va ulardan unumli foydalanish.Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruhlar va maktab-internatlaryosh avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishhaqidagi mamlakatimiz rahbariyatining xalq maorifi oldigaqo‘ygan vazifalarni bajarishda g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga olibkeladi.265


FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR1. I. A. Karimov. «Istiqlol va ma’naviyat». — Ò.: «O‘zbekiston»,1994.2. I. A. Karimov. «O‘zbekiston buyuk kelajak sari». — Ò.: «O‘zbekiston»,1998.3. I. A. Karimov. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishgaxizmat etsin». — Ò.: «Òafakkur» jurnali, 1998, 2-son.4. I. A. Karimov. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» — Ò.: «O‘zbekiston»,1999.5. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori, PrezidentI. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagannutqi. — Ò., 1997.6. I. A. Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7. — Ò.:«O‘zbekiston», 1999.7. I. A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovardmaqsadimiz. 8. — Ò.: «O‘zbekiston», 1999.8. I. A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9. — Ò.:«O‘zbekiston», 2001.9. I. A. Karimov. Biz tanlagan yo‘l — demokratik taraqqiyot va ma’rifiydunyo bilan hamkorlik yo‘li. 11., — Ò.: «O‘zbekiston», 2003.10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — Ò.: «O‘zbekiston»,1992.11. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni. — Ò.:«O‘zbekiston», 1997.12. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. — Ò.: «O‘zbekiston», 1997.13. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. — Ò.:«O‘zbekiston», 2000.14. Mualliflar guruhi. «Barkamol avlod orzusi». — Ò.: «Sharq», NMK, 1999.15. Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari.— Ò., 1984.16. Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qilish to‘g‘risida. (Vazirlar Kengashiqarori 15-fevral 1960-y) 1917—1973-y. Hujjatlar to‘plami. — M.,«Pedagogika», 1974, 122-bet.17. Sobiq O‘zbekiston Maorif ministrligining kuni uzaytirilgan maktab vagruppalar to‘g‘risidagi Nizomi. (O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining¹214 qarori bilan tasdiqlangan) 143—149-betlar. — Ò.: «O‘zbekiston», 143—349-bet.266


18. Sobiq O‘zbekiston Maorif Ministrligining kollegiya qarori, buyruq vainstruksiyalar to‘plami. ¹2, Òoshkent — 1988-y. Kuni uzaytirilgan guruhlarva maktablar ishini rejalashtirish, butlash va tashkil qilishni yaxshilashto‘g‘risida. 32—38-betlar.19. Àáðàìîâà Ò. Í. Øêîëà ñ ïðîäëåííûì äíåì. — Ì., 1986.20. Àíêóäèíîâà Ò. Ä. Âîñïèòàíèå ñàìîñòîÿòåëüíîñòè ïî ïîäãîòîâêåäîìàøíèõ çàäàíèé. — M.: «Íà÷àëüíàÿ øêîëà», 1972. ¹4, ñ. 28.21. Âåäåíèñîâà Ë. Ô. Îñíîâíûå íàïðàâëåíèÿ â ðàçâèòèè ïðîäëåííîãîäíÿ.  êí.: Ðóêîâîäñòâî ïåäàãîãè÷åñêèì ïðîöåññîì â ãðóïïàõ ïðîäëåííîãîäíÿ. — Ðèãà: Çâàéãàçíå, 1977, c. 18—42.22. Âåäåíèñîâà Ë. Ô. Ðóêîâîäñòâî âíåóðî÷íîé ó÷åáíîé äåÿòåëüíîñòüþó÷àùèõñÿ â ãðóïïàõ ïðîäëåííîãî äíÿ.  êí.: Ïðîáëåìû ðàçâèòèÿïðîäëåííîãî äíÿ â oáùåîáðàçîâàòåëüíûõ øêîëàõ. — Ì., 1972,c. 89—90.23. Âåäåíèñîâà Ë. Ô., Ñóðêîâà Î. Ï. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ ïîìîùü ìëàäøèìøêîëüíèêàì ïðè ïîäãîòîâêå äîìàøíèõ çàäàíèé.  êí.: Âîïðîñûâîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â íà÷àëüíûõ êëàññàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ïåðìü,1977, c. 63—71.24. Âíåóðî÷íàÿ ó÷åáíàÿ ðàáîòà ó÷åíèêîâ. Ìåòîäè÷åñêèå ðåêîìåíäàöèè.Ñîñò. Îãîðîäíèêîâ À. À., Îãîðîäíèêîâà Â. Ï., Ñóðêîâa Î. Ï. —Ïåðìü, 1976, c. 28.25. Âîïðîñû âîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â íà÷àëüíûõ êëàññàõ ïðîäëåííîãîäíÿ. — Ïåðìü, 1977, c. 63—71.26. Âîñïèòàòåëü ãðóïï ïðîäëåííîãî äíÿ (Ïîä. ðåä. Î. Ñ. Êåë). —Ì.: «Ïðîñâåùåíèå», 1977.27. Âûïîëíåíèå äîìàøíèõ çàäàíèé ó÷àùèìèñÿ â øêîëüíûõ óñëîâèÿõ.Ìåòîäè÷åñêèå ðåêîìåíäàöèè. Ñîñò. Îãîðîäíèêîâ À. À., Ñóðêîâà Î. Ï.— Ïåðìü, 1977, c. 22.28. Ãóðâè÷ Ë. Á. Ðàáîòà âîñïèòàòåëÿ â ãðóïïå ïðîäëåííîãî äíÿ (1—3 êëàññû). Ïîñîáèå äëÿ ó÷èòåëåé. — Ì.: «Ïðîñâåùåíèå», 1982, c. 190.29. Çåëåíèíà Ì. Ë. Èññëåäîâàíèå îðãàíèçàöèîííîé ñòðóêòóðû ó÷åáíîéäåÿòåëüíîñòè ó÷àùèõñÿ 1—3 êëàññîâ øêîë ïðîäëåííîãî äíÿ.  êí.:Ñîäðóæåñòâî øêîëû, ñåìüè è îáùåñòâåííîñòè â âîñïèòàíèè è îáó÷åíèåäåòåé è ìîëîäåæè. — Ì., 1975, c. 44—53.30. Êàðêëèíà Ñ. Ý. Ïåäàãîãèêà ïðîäëåííîãî äíÿ, 1988.31. Êîáçàð Á. Ñ. Ó÷åáíî-âîñïèòàòåëüíûé ïðîöåññ â øêîëàõ è ãðóïïàxïðîäëåííîãî äíÿ. — Êèåâ: Ðàä. øêîëà, 1982, c. 173.32. Êóäåøåâ Þ. Ï. Ñàìîñòîÿòåëüíûå çàíÿòèÿ ó÷àùèõñÿ ïî èíîñòðàííîìóÿçûêó â óñëîâèÿõ øêîëû ïðîäëåííîãî äíÿ.  êí.: Ìåòîäèêàîáó÷åíèÿ èíîÿçû÷íîé óñòíîé ðå÷è. Èçä-âî Âîðîíåæñêîãî óí-òà. —Âîðîíåæ, 1976, c. 91—96.33. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda musiqaviy-tarbiyaviy ishlarnitashkil etish. Tuzuvchilar: Qirg‘izov I. Q., Ahmedov S. S., — Farg‘ona, 1990.267


34. Ïëîòêèí Ì. Ì., Öûïóðñêèé Â. Ã. Ñîäåðæàíèå è îðãàíèçàöèÿâîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â øêîëå-èíòåðíàòå. — Ì., 1982.35. Ðÿçàíîâà Â. Â. Ïåäàãîãè÷åñêîå ðóêîâîäñòâî âûïîëíåíèåì äîìàøíèõçàäàíèé â ãðóïïàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. Èç îïûòà ìîñêîâñêèõ øêîë.Íà÷àëüíàÿ øêîëà. 1978, ¹9, c. 42—46.36. Sotlikov Ò. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiyaishlari. — Ò., 1992.37. Sotlikov T. Bozor iqtisodi sharoitida ta’lim-tarbiya mazmuniniyangilashning dolzarb vazifalari. — T.38. Ñóðêîâà Î. Ï. Îðãàíèçàöèÿ êîíòðîëÿ çà âûïîëíåíèåì äîìàøíèõçàäàíèé ìëàäøèìè øêîëüíèêàìè â ãðóïïå ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ò.,Ñîâåò ìàêòàáè, 1977, ¹3, c. 28—29.39. Ñóðêîâà Î. Ï. Ê ïðîáëåìå âîñïèòàíèÿ ñàìîñòîÿòåëüíîñòè ìëàäøèõøêîëüíèêîâ ïðè âûïîëíåíèè äîìàøíèõ çàäàíèé â ãðóïïå ïðîäëåííîãîäíÿ. — Ïåðìü, 1977, c. 50—62.40. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablarda ta’lim-tarbiyaishlarini planlashtirish. — Ò., 1961.41. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablar ta’lim-tarbiyaishlarining ayrim masalalari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1962.42. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablarda ta’lim-tarbiyaishlari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1965.43. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktab va gruppalarningxususiyati va kundalik rejim masalasi. — Ò.: «Ilmiy asarlar». 1965.44. K. Hoshimov. Respublikamizda o‘quv kuni uzaytirilgan maktablarhayotidan. Òo‘plam — Ò.: «Fan» nashriyoti. 1971.45. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktabning muhim vazifalari. 10-son.—T., 1973,46. Ê. Xaøèìîâ, Æ. Ñàðñåíîâ. Íåêîòîðûå âîïðîñû îðãàíèçàöèè ïðîäëåííîãîäíÿ â øêîëå. — Àëìà-Àòà: Èçäàòåëüñòâî «Ìåêòåï», 1974.47. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktab va uning ravnaqi. 126-tom. — Ò., 1974.48. K. Hoshimov, R. Mallayev. Kuni uzaytirilgan maktab va gruppalar. —Ò.: «O‘qituvchi». 1975.49. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va gruppalar faoliyatinitakomillashtirish. — T., 1977, 9-son.50. K. Hoshimov. Òarbiyachi va o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlik masalalari,210-tom. — Ò., 1977.51. K. Hoshimov. Respublikada kuni uzaytirilgan maktab va gruppaningperspektivasi hamda taraqqiyoti masalasiga doir. Òo‘plam. — Ò.: «O‘qituvchi»,1978.52. K. Hoshimov, L. Marudova. Kuni uzaytirilgan sinf va gruppalardatarbiyaviy ishlarni planlashtirish. — Ò., 1978.268


53. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, gruppalar va to‘la kunlimaktablarga pedagogika asoslari. — Ò., 1981.54. K. Hoshimov. «Kuni uzaytirilgan maktablarga» kundalik rejim. — Ò.:«O‘qituvchi», 1982.55. K. Hoshimov, L. Marudova. Âîñïèòàòåëüíàÿ ðàáîòà â ãðóïïàõ èêëàññàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. Ò.: «O‘qituvchi», 1982.56. K. Hoshimov, L. Marudova. Kuni uzaytirilgan klass ham gruppalargatarbiyaliq jumislardi planlastirdi. — Nokis, «Karakalpaqstan», 1982.57. Ê. Xaøèìîâ. Ðàçâèòèå øêîë ïðîäëåííîãî äíÿ â Óçáåêèñòàíå. —Ò.: Èçäàòåëüñòâî «Ôàí», 1984.58. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktablar ishini takomillashtirish. —Ò.: «O‘zbekiston», 1984.59. K. Hoshimov. O‘quvchilar ong va xulqining shakllanishida kuniuzaytirilgan maktab, gruppalarning imkoniyatlari. — Ò., 1984 y.60. O. Hasanboyeva. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlar. — Ò.,1994.61. Ê. Xaøèìîâ, Êàìèëîâà Ì. Ìåòîäèêà îðãàíèçàöèè ñàìîïîäãîòîâêèó÷àùèõñÿ øêîë, ãðóïï ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ò., 1984 ã.62. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab va internatlar ishiningpedagogik asoslari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1988.63. M. Yusupov, T. A. Abdullayeva. O‘quv kuni uzaytirilgan sinf va gruppalarishini tashkil etish. T.: «O‘qituvchi», 1986.64. K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmonxo‘jayev. — Kuniuzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish. (Metodik qo‘llanma).— Ò.: «O‘qituvchi», 1992.269


MUNDARIJAKirish .................................................................................................. 3Birinchi qismKuni uzaytirilgan sinf, guruh, maktab, maktab-internatlarningtaraqqiyoti va o‘ziga xos xususiyatlari ........................................ 9Kuni uzaytirilgan maktab, guruhlarning ijtimoiy pedagogikzarurati va qisqacha tarixi .......................................................... 9O‘zbekiston hukumatining yangi tipdagi o‘quv muassasalarinirivojlantirish haqidagi g‘amxo‘rligi ........................................... 13Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruh va maktab-internatlarningasosiy shakllari hamda pedagogik xususiyatlari ........................ 20Ikkinchi qismKuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar ishini tashkil etish . 25Kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internatlarni butlash .. 29Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uning pedagogik ahamiyati ..... 34Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda kundalik ishni rejalashtirishnamunasi .................................................................................. 71Boshlang‘ich sinflarning kuni uzaytirilgan guruhlarida tarbiyaviyish metodlari ............................................................................ 87O‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rganish ..................... 91Kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internatlarda kuntartibi ........................................................................................ 95Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatishlarini hujjatlashtirish ........................................................... 117Uchinchi qismKuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda ta’limtarbiyaishining o‘ziga xosligi va afzalliklari .......................... 122Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishiga pedagogik rahbarlikqilish ....................................................................................... 131Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachilariningfaoliyati ..................................................................... 136O‘qituvchi va tarbiyachilarning malakasini oshirish tizimi............ 145270


Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda boshlang‘ichsinf o‘quvchilarining mustaqil dars tayyorlashiva ularga pedagogik rahbarlik ................................................ 154O‘quvchi shaxsini tarbiyalashda bo‘sh vaqt ................................... 179Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar sharoitidao‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini uyushtirish .......................... 183Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar boshlang‘ichsinflarida «Kamalak» bolalar boshlang‘ich tashkilotiva «Kamolot» YIH bilan ishlash ............................................ 198Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar o‘quvchilariuchun badantarbiya mashqlari .................................... 219Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarning oilahamda jamoatchilik bilan hamkorligi..................................... 248Xulosa............................................................................................. 260Foydalanilgan adabiyotlar .............................................................. 266271


Komiljon HoshimovKUNI UZAYTIRILGAN GURUHLARDATA’LIM-TARBIYA NAZARIYASIVA METODIKASIKasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma«SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlikkompaniyasi Bosh tahririyati.Toshkent — 2007MuharrirBadiiy muharrirTexnik muharrirMusahhihKompyuterda sahifalovchiA. AkbarJ. GurovaA. SalixovJ. ToirovaE. KimBosishga 24.08.07 da ruxsat etildi. Bichimi 60½90 1 / 16.«Tayms» garniturada ofset bosma usulida bosildi.Shartli b. t. 17,0. Nashr t. 17,2. Jami 3650 nusxa. Buyurtma ¹ 231.«ARNAPRINT» MCHJ bosmaxonasida bosildi.100182, Toshkent, H. Boyqarî ko‘chasi, 41.

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!