27.08.2020 Views

O‘ZBEK TILI FAKUITETI

O‘zbek tili fakulteti Respublikamizda mavjud filologik taʼlim tizimidagi yangi fakultet hisoblanadi. U 2019-yilning oktyabrida tashkil etilgan.

O‘zbek tili fakulteti Respublikamizda mavjud filologik taʼlim tizimidagi yangi fakultet hisoblanadi. U 2019-yilning oktyabrida tashkil etilgan.

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O‘ZBEK TILI FAKUITETI

FACULTY OF UZBEK LANGUAGE

ФАКУЛЬТЕТ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

Manzil: 100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy

tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy


FAKULTET HAQIDA

‣ O‘zbek tili fakulteti Respublikamizda mavjud

filologik taʼlim tizimidagi yangi fakultet hisoblanadi. U

2019-yilning oktyabrida tashkil etilgan.

‣ Shunga ko‘ra, fakultet Respublikamizda taʼlim

sohasida rejalangan islohotlarni amalga oshirishga

yo‘naltirilgan fakultetdir. Maʼlumki, o‘zbek tili a) ona tili

sifatida; b) davlat tili sifatida o‘qitiladi. Ayni vaqtda

O‘zbekistonda rus tilida taʼlim beriladigan 827 ta maktab,

qozoq tilida taʼlim beriladigan 386 ta maktab, tojik tilida

taʼlim beriladigan 250 ta maktab, qirg‘iz tilida taʼlim

beriladigan 58 ta maktab, turkman tilida taʼlim beriladigan

45 ta maktab mavjud.

‣ Bugungi kunda ularda 453809 nafar rus zabonli, 46640

nafar qozoq zabonli, 59360 nafar tojik zabonli, 7072 nafar

qirgʼiz zabonli, 8573 nafar turkman zabonli o‘quvchilar

tahsil olmoqda.


‣ Boshqa millat vakillari uchun o‘zbek tili taʼlim,

muloqot tili, turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlash

uchun zarur til bo‘lib, hayotning barcha jabhalarida

nihoyatda muhimdir.

‣ Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasbhunar

kollejlari, shuningdek, Respublika OTMlarida

o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili” fani o‘qitiladi.

Mazkur fan asosiy fan sifatida taʼlim muassasalari

o‘quv dasturining 1-blokiga kiritilgan.

‣ Shunga ko‘ra, fakultetda O‘zbekiston

Respublikasidagi umumtaʼlim maktablari, akademik

litsey, professional ta’lim va OTMda o‘zbek tili –

davlat tili fanidan dars beruvchi o‘qituvchilar

tayyorlanadi.


O‘zbek tili fakultetida amaliy o‘zbek tiliga oid yana bir ta’lim

yo‘nalishi - Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham kadrlar

tayyorlanadi.

Bunda noshirlik ishiga oid zamon talablariga javob beruvchi

quyidagi malakalarga ega noshirlar tayyorlanadi:

‣ mualliflar va qo‘lyozmalar bilan ishlash, ularni tahrirlash,

nashriyotlarning turli bo‘limlari (logistika, ishlab chiqarish,

marketing, tarqatish), kitoblar va seriyalarni dastlabki materialini

qayta ko‘rib chiqishdan tortib, nashrga tayyorlash;

‣ mas’ul muharrir sifatida internet-portalda yoki bosma nashrda

yoxud axborot agentligi lentasidagi ma’lumotlarni joylashtirish,

fakturani, ya’ni nashr konsepsiyasining g‘oyasiga materiallar va

mavzuning mosligini tekshirish, ta’sirchan sarlavhalarni o‘ylab

topish, ijodiy guruh ishini muvofiqlashtirish, nashrlarning tematik

rejasini tayyorlash, sinchiklab qilingan tahrirdan so‘ng materialni

matbuotda yoritita olish;


‣ bil’d- muharrir (fotosuratlarni tanlovchi muharrir) sifatida

maqola uchun fotosuratlarni topish, fotosuratlar sifatini

baholash, retush, fotomaterialning sahifaga joylashtirish bilan

shug‘ullanish;

‣ kontent-menedjer (nashr yoki veb-sayt mazmuni uchun

mas’ul shaxs) sifatida veb-saytni zaruriy mazmun (matnli va

grafik ma’lumotlar) bilan to‘ldirish, foydalanuvchilar bilan

interaktiv ishlash, muloqot qilish;

‣ kopirayter (reklama matnlarini yozadigan mutaxassis)

sifatida reklama qilingan mahsulotni sotib olish istagini paydo

qila oladigan matn yozish;


‣ musahhih sifatida matnni asl nusxasi bilan solishtirish va

matn teruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan imloviy va

ishoraviy xatolarni tuzatish, o‘rnatilgan texnik qoidalarning

buzilishini bartaraf etish, rasmlar, sxemalar, diagrammalar

ostidagi yozuvlarni, satrdagi harflar orasidagi masofaning

to‘g‘ri bo‘lishini tekshirish;

‣ media-menenjer sifatida turli mass-medialarini boshqarish,

ularning rivojlanish strategiyasini belgilash, media-loyihalarni

boshqarish va turli ommaviy axborot vositalarida mediamahsulotlarni

yaratish, media-rejalashtirishni amalga oshirish,

brend strategiyasini va bozorda OAV marketingini belgilash,

reklama byudjetlarini tuzish, reklama beruvchilar uchun

foydali takliflarni ishlab chiqish.


Fakultet rahbariyati

Dekan:

Muhamedova Saodat

Xudoyberdiyevna

filologiya fanlari doktori,

professor


FAKULTET DASTURLARI RO‘YXATI

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

‣ 5112400 - O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

‣ 5611600 - Noshirlik ishi

Magistratura mutaxassisliklari:

‣ 5A120106 - Kompyuter lingvistikasi

Qo‘shma ta’lim dasturlari:

‣ 5A150902 – Kompyuter grafikasi va dizayn


TALABALAR FAOLIYATI

‣ О‘zbek tili fakulteti talabalari bir nechta

xalqaro dasturlar ishtirokchisi hisoblanadi:

‣ 2019-yil 21- 23- oktabr kunlari Tojikiston

Respublikasi Xorug shahrida BMT Bosh

Assambleyasi, Jahon Banki, Xalqaro Migratsiya

Tashkiloti, Jahon Turizm Tashkiloti, Xavfsizlik

Kengashi, Ekologik dasturi tomonidan

tashkillashtirilgan “Yoshlar dunyo xavfsizligi

uchun” deb nomlangan xalqaro konferentsiyada

ishtirok etishdi. Konferentsiyada dunyoning turli

mamlakatlaridan 150 dan ortiq delegatlar

qatnashdi.

‣ Konferentsiya davomida universitet vakillari

ingliz tilida maʼruzalar qildilar. Ular universitet

faoliyati haqida taqdimot qilib, o‘zbek madaniyati

va sanʼatidan namunalar ko‘rsatishdi. Talabalar 6

ta yo‘nalish bo‘yicha muhokamalarda ishtirok

etib, takliflarini bildirishdi va konferentsiya

so‘ngida sertifikat bilan taqdirlanishdi.


‣ 2020 -yil 26 -fevralda Moskva davlat

lingvistika universitetida “Shoh, shoir,

olim, noyob shaxs: Zahiriddin Muhammad

Bobur” mavzusida xalqaro miqyosdagi

davra suhbati bo‘lib o‘tdi

‣ Tadbirda ToshDO‘TAU iqtidorli

talabalarining innovatsion tarzda qilgan

chiqishlari barcha ishtirokchilarda katta

taassurot qoldirdi


‣ 2020- yil 28- fevral kuni Moskva davlat universitetining

Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida

"Интеллектуальное наследие Захириддина Мухаммада

Бабура и современность" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiya bo‘lib o‘tdi

‣ Konferensiya tashkilotchilari sifatida MDU, Moskvadagi

Davlat Sharq muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi

ToshDO‘TAU va SamDChTI belgilangan

‣ Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika

mamlakatlari instituti, Rossiya davlat gumanitar universiteti

va ToshDO‘TAU talabalarining badiiy chiqishlari

ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi va ToshDO‘TAU

talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy kompozitsiya

eng yaxshi chiqish sifatida baholandi.


2020-yilda O‘zbek tili fakulteti talabalari

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi Oqila

Turakulova rahbarligida “Kitobxon talaba”

Respublika kitobxonlar tanlovida qatnashib,

faxrli 1-o‘rinni egallashdi


TALABALAR TURAR

JOYLARI

‣ Fakultet talabalari universitet kampusida

joylashgan talabalar turar joyida istiqomat

qilishadi

‣ Bu yerda ularga barcha sharoitlar yaratilgan:

zamon talablariga javob beradigan yashash

xonalari, keng, yorugʼ, shinam va zamonaviy

texnikalarga ega oshxonalar, so‘nggi rusumdgi

sport anjomlari bilan jihozlangan trenajor zali

mavjud


TALABALAR TURAR

JOYLARI

‣ Eng muhimi, talabalar turar joylarida

nogironligi bor, ko‘zi ojiz talabalar

uchun barcha sharoitlar yaratilgan

‣ Ular uchun maxsus kirish-chiqish

yo‘laklari, maxsus gigiena xonalari

mavjud

‣ Talabalar turar joyida 24 soat faoliyat

ko‘rsatadigan kutubxonada ko‘zi ojiz

talabalar uchun ilmiy, badiiy, o‘quv

adabiyotlarining audio variantlari

jamlangan


TALABALAR TURAR

JOYLARI

‣ Talabalarning qiziqishiga ko‘ra

turli klublar, to‘garaklar tashkil

qilingan

‣ Universitet rektori tashabbusi

bilan O‘zbek tili fakulteti

talabasi Ma’rifat Hasanova

tomonidan talaba-qizlar uchun

Go‘zallik saloni tashkil qilingan


Fakultet yutuqlari

‣ 2020-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti

Gulruxsor Ergasheva hamda O‘zbek tili fakulteti

talabalarining MO‘TUL jamoasi tomonidan xorijliklar

uchun “O‘zbekona” darsligi yaratildi

‣ U xorijiy tilni egallashning umumyevropa

kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash

imkonini beruvchi darslik bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 3 ta

nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi

qismlardan iborat


2020-2021-o‘quv yilida

xorijliklar uchun O‘zga tilli

guruhlarda o‘zbek tili

bakalavr dasturi bo‘yicha qabul

e’lon qilindi


Fakultetda o‘zbek

tili bo‘yicha

tayyorlov kurslari

ham faoliyat

ko‘rsatadi





10. O‘qish shakli: 5112400- O‘zga tilli guruhlarda

o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar

tayyorlash faqat kunduzgi ta’lim shaklida amalga

oshiriladi.

11. Imtihon qoidalari va baholash birliklari:

Kredit-model tizimi asosida Oliy ta’lim vazirligi

buyrug‘i va universitet ichki nizomi asosida amalga

oshiriladi


12. AMALIYOT TALABLARI:

Malakaviy amaliyotlar bakalavriat taʼlim dasturining majburiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotlar o‘quv-tanishuv,

ishlab-chiqarish, pedagogik va bitiruv oldi amaliyot mashgʼulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy-amaliy

tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bakalavrlar tayyorlashning taʼlim dasturi – umumkasbiy fanlar bilan

bog‘liq o‘quv amaliyoti va kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.


13.ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTLARI: TALABALAR AMALIYOT O‘TASHI REJALASHTIRILGAN

TASHKILOTLAR TARKIBIDAGI BO‘LIMLAR BILAN TANISHADI

‣ Talabalar amaliyot davrida o‘zbek tili va

adabiyotini o‘zga tilli maktablar, professional

taʼlim, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan

o‘zbek tili kurslari, markazlarida o‘qitishning

samarali usullarini chuqur egallashi va ulardan

foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, rus,

ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishi va undan kasbiy

faoliyatda foydalana olish, rivojlangan xorijiy

mamlakatlar taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishgan

holda ulardagi o‘qitishning ilg‘or usullarini taʼlim

jarayoniga tatbiq qila olishi mumkin.


14

Bitiruvchining

kasbiy

profillari:


1- KURS

MAJBURIY KURSLAR

2- KURS

MAJBURIY KURSLAR

Kurs nomi

ECTS

O‘zbekistonning eng yangi tarixi 2

Tilshunoslik asoslari 5

O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi 10

O‘zbek adabiyoti 5

Hozirgi o ‘zbek adabiy tili 4

O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi 5

O‘zbek adabiyoti 8

Hozirgi o ‘zbek adabiy tili 10

Umumiy psixologiya 4

5112400-

O‘zgа tilli

guruhlаrdа

o‘zbek tili

bаkаlаvr

tа’lim

yo‘nаlishi

o‘quv rejаsi

3-KURS

MAJBURIY KURSLAR

4-KURS

MAJBURIY KURSLAR

TANLOV KURSLAR

10

Umumiy pedagogika 5

O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi 12

O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi 4

Falsafa 2

Davlat titlida ish yuritish va monitoring 4

“Adabiy o‘qish” fani metodikasi 10

Мutolaa madaniyati va ifodali o‘qish 10

Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari 6

Jismoniy tarbiya va gigiena 3

Jahon adabiyoti 5

Lingvomadaniyatshunoslik va mdaniyatlararo kommunikatsiya 8

Sharq tillari 11

Ilmiy va ijodiy ish yozish asoslari 5

Sosiolingvistika 7

Tarjima nazariyasi va amaliyoti 7

Ikkinchi til o‘rganishning psixolingvistik asoslaru 5

OCHIQ TANLOV KURSLAR

Attestasiyalar 29

QO‘SHIMCHA KURSLAR 8

MALAKAVIY VA PEDAGOGIK AMALIYOTLAR 36

JAMI: 240


5611600-Noshirlik ishi

bakalavriyat ta’lim dasturi to‘g‘risida ma’lumot

❖ 1. Qo‘lga kiritiladigan malaka:

❖ 5611600-Noshirlik ishi bakalavr dasturi to‘rt yillik

dastur bo‘lib, u bitiruvchilarga noshirlik ishi

faoliyatini tashkillashtirish va ish jarayonini

boshqarish, hozirgi o‘zbek adabiy tili, zamonaviy

axborot texnologiyalari haqida umumiy maʼlumotga

ega bo‘lish va kasbiy faoliyatda foydalana olish,

bloggerlik faoliyati uchun zarur bo‘ladigan

dasturlash tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega

bo‘lish, madaniyatlararo kommunikatsiya

ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning

dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradi.


2. Dastur davomiyligi muddati:

‣ Kunduzgi taʼlimda bakalavriat dasturining

meʼyoriy muddati - 4 yil.

3. Talab etiladigan kreditlar soni: talaba har

semestrda 30 kreditdan, to‘rt yilda esa jami

240 kredit to‘playdi.

‣ Har bir kredit o‘rtacha 26 soat o‘qish

yuklamasini anglatishini hisobga olinsa,

talaba muayyan fanga taqsimlangan

kreditlar miqdoriga qarab, ushbu fanning

o‘qish yuklamasi haqida dastlabki

maʼlumotga ega bo‘ladi.


4 5

6

Erishiladigan taʼlim

darajasi 5611600-Noshirlik

ishi dasturni o‘zlashtirishi

natijasida talabaga

“bakalavr” malakasi

(darajasi) hamda oliy

maʼlumot to‘g‘risidagi

“Noshirlik ishi, Noshir”

kvalifikatsiyali davlat

namunasidagi rasmiy hujjat

beriladi

Аlohida qabul

talablari: davlat qabul

komissiyasi qarori

asosida umumeʼtirof

etilgan test sinovlari

asosida talabalar qabul

qilinadi

Аvval qo‘lga kiritilgan taʼlimni

eʼtirof etish bo‘yicha qoidalar:

5611600-Noshirlik ishi taʼlim

yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat

darajasiga qabul qilish uchun

odatiy talab – bu professional

taʼlim va akademik litseylar

diplomlari, umumiy o‘rta taʼlim

maktablari attestatsiyalari talab

etiladi


7. Malaka talablari, qoidalari va bitirish talablari:

‣ belgilangan miqdordagi kreditlarni to‘rt yil davomida qo‘lga kiritish;

‣ yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tish;

‣ mustaqil taʼlim va ilmiy-ijodiy ishlari natijasida o‘qitilayotgan fan bo‘yicha

pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borish;

‣ noshirlik ishi faoliyatida yuqori saviyada matnlarni tahrir qilish mahoratiga ega

bo‘lish;

‣ joriy imlo qoidalarini mukammal bilish, imlo qoidalarida yuzaga kelgan

munozarali o‘rinlarga munosabat bildirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

‣ noshirlik ishi faoliyatini tashkillashtirish va ish jarayonini boshqarish bo‘yicha

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ulardan kasbiy faoliyatda foydalana olish;

‣ tahrir nazariyasi va texnikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash;

‣ noshirlik ishida foydalaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida

umumiy maʼlumotga ega bo‘lish va kasbiy faoliyatda foydalana olish;

‣ kasbiy faoliyatning standart vazifalarini axborot va kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalangan holda va axborot xavfsizligining asosiy talablarini

hisobga olgan holda hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lish va b.



10. O‘qish shakli: 5611600-Noshirlik ishi

taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash faqat

kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.


12. AMALIYOT TALABLARI:

‣ Malakaviy amaliyotlar bakalavriat taʼlim dasturining

majburiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotlar o‘quvtanishuv,

ishlab-chiqarish va bitiruv oldi amaliyot

mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiyamaliy

tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi.

‣ Bakalavrlar tayyorlashning taʼlim dasturi – umumkasbiy

fanlar bilan bog‘liq o‘quv amaliyoti va kasbiy tayyorgarligi

bilan bog‘liq amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.


13.ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTLARI:

TALABALAR AMALIYOT O‘TASHI REJALASHTIRILGAN TASHKILOTLAR

TARKIBIDAGI BO‘LIMLAR BILAN TANISHADI

‣Talabalar amaliyot davrida rus, ingliz

tilini chuqur o‘zlashtirishi va undan

kasbiy faoliyatda foydalana olish,

rivojlangan xorijiy mamlakatlar

nashriyotlari tizimi bilan yaqindan

tanishgan holda o‘z bilimlarini

amaliy jarayoniga tatbiq qila olishi

mumkin.

‣ Amaliyotlar asosan eng zamonaviy

va raqamli nashriyotlarda o‘taladi.


14


5611600-

Noshirlik

ishi

BAKALAV

R TA’LIM

YO‘NALIS

HI O‘QUV

REJASI

1-KURS

MAJBURIY KURSLAR

2-KURS

MAJBURIY KURSLAR

3-KURS

MAJBURIY KURSLAR

4-KURS

MAJBURIY KURSLAR

TANLOV KURSLARI

OCHIQ TANLOV KURSLAR

KURS NOMI

ECTS

Noshirlik asoslari 4

Noshirlik ishida axborot texnologiyalari 11

Veb-dizayn 11

Falsafa 2

Axborot tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalari 5

Amaliy dasturlar paketi 5

Matn lingvistikasi 6

Adabiy tahir 9

Hozirgi o‘zbek adabiy tili 9

O‘zbekistonning eng yangi tarixi 2

Tahrir nazariyasi va texnikasi 6

Medialoyihalashtirish va grafik dizayn 9

Hozirgi o‘zbek adabiy tili 4

Noshirlik ishida menejment va marketing 6

Jahon va o‘zbek adabiyoti 4

Xorijiy til 12

Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari 6

Jismoniy tarbiya va gigiyena 4

Imlo muammolari 4

Davlat tilida ish yuritish va monitoring 6

Raqamli dizayn 6

Attestatsiyalar 36

QO‘SHIMCHA KURSLAR 37

MALAKAVIY VA PEDAGOGIK

AMALIYOTLAR

36

JAMI 240


O‘zbek tili

fakultetidagi

magistratura dasturi


ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI

‣ Fakuitet talabalari ta’lim jarayonida quyidagi tashkilot va

muassasalarda o‘quv, ishlab chiqarish va malaka

amaliyotlarini o‘tash, o‘qishni bitirganidan keyin esa ishga

qolish imkoniyatiga ega:

‣ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi

vazirligi

‣ Tashqi ishlar vazirligi

‣ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

‣ O‘zbekiston turizmni rivojlantirish vazirligi

‣ O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

‣ O‘zbekiston milliy axborot agentligi

‣ Madaniyat vazirligi

‣ O‘zbek tili, adabiyoti va folklori ilmiy-tadqiqot instituti

‣ O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

‣ Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

‣ O‘zbekiston Mudofaa vazirligi


ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI

‣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTB

‣ Qashqadaryo viloyati XTB

‣ Surxondaryo viloyati XTB

‣ Xorazm viloyati XTB

‣ Samarqand viloyati XTB

‣ Buxoro viloyati XTB

‣ Xorazm viloyati XTB

‣ Navoiy viloyati XTB

‣ Jizzax viloyati XTB

‣ Sirdaryo viloyati XTB

‣ Toshkent viloyati XTB

‣ Andijon viloyati XTB

‣ Namangan viloyati XTB

‣ Farg‘ona viloyati XTB


ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI

‣ “O‘zbekiston” nashriyoti

‣ “O‘qituvchi” nashriyoti

‣ “Ma’naviyat” nashriyoti

‣ “Sharq” nashriyoti

‣ “Akademnashr”

‣ “Milliy ensiklopediya” davlat nashriyoti

‣ “G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at”

nashriyoti

‣ “Cho‘lpon” nashriyoti

‣ “Til va adabiyoti ta’limi” jurnali

‣ “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi

‣ “Ma’rifat” gazetasi

‣ “Xalq so‘zi” gazetasi

‣ “Jahon adabiyoti” jurnali

‣ “Sharq yulduzi” jurnali

‣ “Moziydan sado” jurnali va b.


E‘tiboringiz uchun

katta rahmat

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!