21.11.2021 Views

avtomobillarning_texnik_ekspluatastiyasi

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

№3-ATE. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg’i ta’minlash tizimiga

texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi

I.Ishdan maqsad:

Yonilg’i bilan ta’minlanish tizimidagi asboblarni diagnostikalash va ularni sozlash

usullarini o’zlashtirish.

II.Ishning mazmuni.

Laboratoriya ishi kafedraning laboratoriya bazasida yoki ilg’or ATK larning

birida o’tkaziladi. Bunda talabalar yonilg’i ta’minlash tizimi zichlikligini nazorat qilish,

tizimning nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda karbyurator va

yonilg’i nasoslarini qismlarga ajratish va ularga xizmat ko’rsatish ishlari bilan tanishadilar.

III.Jihozlar va asboblar:

1.Neksiya va VAZ turidagi avtomobillar

2.Karbyuratorchi-chilangarning asboblar majmuasi.

3.Elektronasosning hosil qiluvchi bosimini tekshiruvchi monometr.

IV.Ishni bajarish tartibi:

1.Ta’minot tizimi agregatlarini tashqi nazorat qilish.

2.Yonilg’i nasosining holatini tekshirish.

3.Injektorlarning zichlikligini tekshirish.

4.Dvigatel tirsakli valining erkin tekis aylanishlar sonini tekshirish va

me’yoriga keltirish.

V.Umumiy ma’lumot:

Avtomobillarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan dvigatelning

yonilg’i bilan ta’minlanish tizimidagi mexanizm va uzellarning texnik holatiga

bog’liqdir.

Ta’minlanish tizimini diagnostikalashda, birinchidan ta’minlash tizimidagi

nosozliklarni qaysi mexanizm va uzellarga bog’liqligi aniqlansa, ikkinchidan, uning

texnik soz holatini ta’minlovchi yonilg’i o’tkazgichlarning zichlikligi, yonilg’i va

havo filtrlarning holati, yonilg’i nasosini, karbyuratorni, injektorni tekshirish va sozlash

ishlari bajariladi. Avtomobillarga rejaviy ogohlantirish tizimi va servis xizmat

ko’rsatish usullarida xizmat ko’rsatiladi. Shuning uchun biz avtomobillarga 1-TXK,

2-TXK va SXK davrida ta’minot tizimi bo’yicha bajariladigan ishlar tarkibi bilan tanishib

chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

1-TXK da benzinli dvigatellarni ta’minlash tizimi bo’yicha quyidagi ishlar

bajariladi:

1.Ta’minlash tizimidagi asboblarni ko’zdan kechirish, ularning mahkam biriktirilganligini

va qotirilganligini nazorat qilish.

2.Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi (SO) miqdorini o’lchash, zarur

bo’lsa me’yoriga keltirish. Bu ish gazoanalizator yordamida bajariladi (№10-ATE

laboratoriya ishida keltirilgan).

10

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!