Milliy g'oya - Uzedu.Uz
Milliy g'oya - Uzedu.Uz
Milliy g'oya - Uzedu.Uz
You also want an ePaper? Increase the reach of your titles
YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi

vazirliklarining 2010 yil _____ iyundagi

qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan

tasdiqlangan

“MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI: ASOSIY TUSHUNCHA VA

TAMOYILLAR” TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARDAN

UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA

TAVSIYALAR

(Prezident Islom Karimovning

“Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch”

kitobining mazmunini singdirish asosida)

TOSHKENT-2010
MUNDARIJA

1. Kirish............ ................................................................................. ...3

2. 1-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar... ...5

3. “1-sentabr Mustaqillik kuni” dars ishlanmasi...................... ...6

4. 2-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar................................................................................ ...8

5. “ “Tartib” dars ishlanmasi........................................................... 8

6. “Do‘stlik” dars ishlanmasi. ........................................................ ...11

7. 3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar.................................................................................. ...12

8. 4-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

......................................................................... ...13

9. 5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga

kiritilgan o‘zgartirishlar.................................... ...................... ...14

10. 6-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritlgan

o‘zgartirishlar................................................. ........... .................. ...15

11. “O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni”

dars ishlanmasi............................................................................... 16

12. “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” dars ishlanmasi............................... ...21

13. 7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”

fani dasturiga kiritlgan o‘zgartirishlar.................................. ...23

14. 8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat

asoslari” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar.................. ...26

15. “Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi”

dars ishlanmasi.............................................................................. ...27

16. 9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani dasturiga

kiritlgan o‘zgartirishlar................................ ...32

17. “O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar

va islohotlar mamlakati”............................................................ 33

18. O‘qituvchilar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati....... ....34

2
Kirish

Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-sonli qarori

bilan tasdiqlangan.

“2004–2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy

dasturi” doirasida Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va

o‘quv qo‘llanmalarini ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha

Hukumat komissiyasining 2004 yil 7 iyul 07-1-102-sonli bayoni bilan ishchi

guruhlari shakllantirilib, ular tomonidan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim

standartlariga berilgan sharhlar qayta ko‘rib chiqilgan.

Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar

o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajratildi

hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berilgan.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni

saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar

kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan

vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega

o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha

yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi.

Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbhunar

ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari

uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik

xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.

Birinchi bosqichda (gorizontal tahlil) umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan

24 ta o‘quv fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar

kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.

Ikkinchi bosqichda (vertikal tahlil) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalarida o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan,

“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi

fanlar bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim

standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib,

o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarining

hajmi optimallashtirildi.

Jumladan, ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik Kengash

tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi:

asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlardan jami 96 soat

hajmdagi 56 ta mavzu optimallashtirildi.

Shundan, 6-sinf o‘quv dasturidan jami 2 soatlik mavzu o‘quvchilarning

yosh xususiyatlariga mos bo‘lmaganligi sababli kasb-hunar kollejlari va

akademik litseylar o‘quv dasturiga o‘tkazildi.

Sinflar kesimida 94 soat 54 ta mavzu optimallashtirildi. 1-sinf

“Odobnoma” dasturida 33 soatni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim

standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib,

o‘rniga 10 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

3
2-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 8 ta

mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 9 soat hajmdagi

4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 9 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

3-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta

mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 5 soat hajmdagi

3 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 3 soat hajmdagi 3 ta mavzu kiritildi.

4-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 7 ta

mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi

2 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta mavzu kiritildi.

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta

mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 17 soat hajmdagi

5 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 17 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.

6-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta

mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 5

ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 9 ta mavzu kiritildi.

7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat

hajmni tashkil qilgan 24 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos

bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 7 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 8 ta

mavzu kiritildi.

8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat

hajmni tashkil qilgan 22 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos

bo‘lmagan 13 soat hajmdagi 6 ta mavzu chiqarilib, 13 soat hajmdagi 7 ta mavzu

kiritildi.

9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat

hajmni tashkil qilgan 21 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos

bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 8 ta mavzu chiqarilib, 11 soat hajmdagi 6 ta mavzu

kiritildi.

Quyida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga

kiruvchi fanlardan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga joriy etish bo‘yicha

tavsiyalar va materiallar berilgan.

Insoniyat taraqqiyot zinapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilib borgani sayin,

ijtimoiy rivojlanish tezlashadi. Bu esa globallashuvning o‘ziga xos

xususiyatlaridan biridir. Ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri yoshlarniing

qalbi va ongiga bo‘lgan tahdidlardir. Shuning uchun ham bugungi kunda

yoshlarimizning qalbi va ongida axborot immunitetini tarbiyalash muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi o‘z vaqtida yozilgan asar bo‘ldi.

Mazkur dasturga kiritilgan o‘zgarishlar asosan o‘quvchilarning yosh

xususiyatlarini, psixofiziologik rivojlanishlarini inobatga olgan holda

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

kitobidagi konseptual g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

turkumiga kiruvchi fanlarning predmeti bo‘lgan komil insonni tarbiyalash,

ularning ongiga yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo

bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish kabi vazifalarni oddiydan murakkablikka

4
tamoyili asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda barcha

sinflar kesimida birinchi darslar xalqimizning buyuk bayramlaridan mustaqillik

kuniga, hamda Vatan mavzulariga bag‘ishlandi. Mazkur darslarni tashkil etish

uchun o‘qituvchilar alohida e’tibor bilan tayyorgarlik ko‘rishlari, mustaqillik

bayramini mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga chuqurroq tushuntirishlari, bunda

aniq misollardan, ko‘rgazma vositalaridan unumli foydalanishlari tavsiya etiladi.

Mazkur vazifani oqilona yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida quyida ayrim

dars ishlanmalari taklif qilingan. Ulardan hududlarning demografik joylashuvini

hamda ta’lim muassasasining imkoniyatini inobatga olgan holda ijodiy

foydalanishni tavsiya etamiz.

1-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

1-sinf “Odobnoma” fani o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar

kiritildi:

“Ona Vatan”, “Sayohatga borish odobi”, “Milliy o‘yinlar”, “Ona tabiat

bag‘rida” boblaridagi davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan

bilimlar hamda “Oila odobi” bobi dasturdan chiqarildi.

Chiqarilgan bilimlar o‘rniga 10 soatli 6 ta yangi mavzu kiritildi:

- “1-sentabr Mustaqillik kuni”.

- “Odob – salomdan boshlanadi”.

- “ Oila – baxt qo‘rg‘oni ”.

- “Salomatlik – tuman boylik”.

- “Xotira va qadrlash kuni”.

- “Vatan bo‘ylab sayohat”.

Ushbu mavzularni darslikning quyidagi mavzularidan foydalangan holda

o‘qitilishi tavsiya etiladi.

“1-sentabr Mustaqillik kuni” mavzusi darslikning 20-27-sahifalarida

Ona Vatan bobida berilgan mavzulardan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya

etiladi.

“Odob – salomdan boshlanadi” mavzusini darslikning 4-7 betlaridagi

“Odob insonning husni” bobida, “Oila – baxt qo‘rg‘oni”, “Salomatlik –

tuman boylik” mavzulari darslikning 8-betida berilgan “Oila odobi” bobida,

“Vatan bo‘ylab sayohat”, “Xotira va qadrlash kuni” mavzusi darslikning 29betida

berilgan “Sayohatga borish odobi” bobidagi mavzular asosida tashkil

etilishi mumkin.

Darslarni samarali tashkil etish maqsadida quyidagi dars

ishlanmasini taklif etamiz.

1-dars: “1-sentabr Mustaqillik kuni” dars ishlanmasi

Reja:

- 1-sentabr - Mustaqillik kuni.

- Mustaqillikka oid she’r va qo‘shiqlar.

- Davlat ramzlari.

Darsning maqsadi:

5
Ta’limiy : o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga

oid bilimlar berish. Davlat ramzlari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarning bilim olishlari uchun xukumatimiz tomonidan

yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimizning bolalarga g‘amxo‘rligi,

bilim olish barcha insonlar uchun zarurligi haqida.

Rivojlantiruvchi: Mustaqillik, davlat ramzi, Prezident haqidagi bilimlarini

o’stirish.

Darsning turi: Aralash.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: Prezident sovg‘alari, (darsliklar, o‘quv qurollari), keng

bug‘doyzorning, moviy osmonning, paxta dalalarining, Amudaryo va

Sirdaryoning, Oy, Humo qushi, yam-yashil dalalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar,

maktabga borayotgan bolalar, katta yoshdagi odamlar va nuroniylarning rasmlari.

Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va

ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga

oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizma:

Tashkiliy qism 5 daqiqa

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 15 daqiqa

O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa

O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar:

O‘qituvchining savoli:

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog‘liq

belgilarni ko‘rsating. (1-rasm.)

O‘quvchilarning tahminiy javoblari: paxta, bug‘doy, tabiat, quyosh, tiniq

suv, bayroq, gerb.

2-savol. Davlatimiz bayrog‘ida necha hil rang bor va ular nimani

anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog‘iga ta’rif berishga harakat

qiling. (2- rasm. Davlat bayrog‘ining rasmi)

O‘quvchilarning tahminiy javoblari: 4 hil, oq, yashil, ko‘k, qizil....

3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?

Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta’rif berishga harakat qiling. (3-rasm)

4-savol: Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday ahloqiy qoidalarga amal

qilish kerak deb o‘ylaysiz? Nima uchun?

Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini

birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi,

o‘quvchilar unga jo‘r bo‘ladilar.)

5- savol: Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g‘amxo‘rlik qilmoqda?

O‘quvchilarning tahminiy javoblari: maktablar qurib bermoqda, bog‘chalar

qurib bermoqda, sport maktablari bor...... va hokazo.

O‘qituvchiga eslatma:

6
O‘qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u

avvaldan tayyorlab qo‘ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida

mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog‘i degan tushunchalarga izoh berib o‘tadi.

O‘qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida,

Vatanimiz go‘zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish

maqsadga muvofiqdir.

Davlat tomonidan o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir

sanab o‘tadi. (o‘qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan

sovg‘alarni birma-bir ko‘rsatadi)

Prezidentimizning sovg‘asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga

bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchga a’lo o‘qish va

namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiradi.

O‘qituvchi ushbu darsda shoirlarimizning Vatan haqidagi she’rlaridan

namunalar o‘qib beradi.

Masalan:

Mustaqillik-bu hurriyat,

Bu- ozodlik demakdir.

Bu -elu yurt osoyishi,

Bu obodlik demakdir.

Mustaqillik eng ulug‘u,

Eng aziz baxtdir bizga,

Sha’n-shavkati bo‘lsin baland,

Bu-abadlik demakdir. (B.Boyqobilov)

O‘qituvchi o‘quvchilardan ham o‘zlari bilgan she’rlarni o‘qib berishlarini

so‘raydi.

O‘quvchilarni rag‘batlantirish:

O‘qituvchi har bir o‘quvchini dars jarayonida ishtirok etishga undashi, ularni

har birini rag‘batlantirishi lozim.

Uyga vazifa:

1. “Mustaqillik” so‘zi ma’nosini anglatuvchi rasmlarni to‘plash. To‘plangan

rasmlarni izohlab berish.

2-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

“Yaxshi fazilat – insonga ziynat”, “Tadbirli va tartibli bo‘ling”, “Ota-ona –

aziz va mo‘tabar”, “Do‘st bo‘lish odobi” boblaridagi Davlat standart talablarida

bo‘lmagan 9 soat hajmdagi bilimlar chiqarilib, ularning o‘rniga 6 soat hajmdagi

quyidagi yangi mavzular kiritildi:

- “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti”.

- “Sog‘liging – boyliging”.

- “Ona tabiat”.

- “Do‘stlikni qadrlang”.

7
Ushbu mavzularni darslikning quyidagi mavzularidan foydalangan holda

o‘qitilishi tavsiya etiladi.

“O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusini o‘qitishda quyidagilar

yoritiladi: Bizning Vatanimiz – O‘zbekiston. Toshkent – O‘zbekiston poytaxti.

Konstitutsiyamiz – asosiy qonunimiz.

“Sog‘liging – boyliging” mavzusini yoritishda darslikning 47-49-betlarida

berilgan matndan foydalangan holda kun tartibiga rioya qilishning hikmati

haqidagi tushunchalar berilishi tavsiya etiladi.

Ushbu mavzuni o‘qitishda quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.

Kun tartibi.

Ahmadjon kechqurun televizordagi allaqanday bir filmni ko‘rib, ertalab

turishga erindi. Ota-onasining, buvasining erkalashiga ham qaramasdan o‘rnidan

turmadi. Adasining achchig‘i chiqqanidan so‘nggina u erinib o‘rnidan turdida,

yuz qo‘lini yuvdi. Bobosi va buvisiga ham salom berish esidan chiqib qoldi.

Nonushtani ham chala qilib, maktabiga kech qolib bordi. Dars vaqtida ham

mudrab o‘tirdi. O‘qituvchisining gaplari ham qulog‘iga kirmadi. Ustozi uy

vazifasini so‘raganida nimani bahona qilishini ham bilmay uyalib qoldi.

Darslarni samarali tashkil etish maqsadida quyidagi dars ishlanmasini

taklif etamiz.

“Tartib” dars ishlanma

Reja:

1. Vaqting bebaho boyliging.

2. Vaqtning qadriga yetish.

3. Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: kun tartibini to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish;

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vaqt, yoshlik, salomatlikning qadriga yetish

ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Rivojlantiruvchi: kun tartibi, tartibli bo‘lish, barcha ishlarni rejalashtirish va o‘z

vaqtida bajarish.

Darsning usuli: aralash.

Darsning texnik chizmasi:

Tashkiliy qism 10 daqiqa

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa

Yangi mavzu bilan ishlash 15 daqiqa

O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

Izoh: o‘quvchi ushbu yoshda ma’lum odob-axloq ko‘nikmalariga ega. Shu nuqtai

nazardan o‘quvchilarda mavjud bilimlar va ko‘nikmalardan unumli foydalangan

8
holda ularni yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorlashda faollashtiruvchi

savollardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinfni guruhlarga bo‘lishi va

ular o‘rtasida munozara uyushtirishi mumkin. Bunda, albatta darsning “oltin

qoidalari”ni eslatib o‘tilishi maqsadga muvofiq. O‘qituvchi o‘quvchilarning

bergan javoblarini umumlashtiradi hamda qo‘llanmada berilgan hikoya asosida

xulosa chiqaradi.

Faollashtirish uchun savollar:

1. Odamlar nima uchun soatni ixtiro qilganlar?

2. Soat biz uchun nimaga kerak?

3. Sizning kun tartibingiz qanday?

4. Kun tartibi nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?

Uyga vazifa:

1. Axmadjon qayerda xato qildi?

2. Siz shunday xatolarni qilganmisiz?

3. Ushbu hikoyani teskarisini tuzib ko‘ring va ikkala hikoyani bir-biri bilan

solishtiring. Sizga qaysi biri ma’qul bo‘ldi. Fikringizni izohlang.

4. “Vaqting ketdi – naqding ketdi” hikmatli so‘zining mazmunini kattalar

bilan izohlashga harakat qiling.

5. “Besh narsadan oldin beshta narsani g‘animat bil. Birinchi –

o‘limingdan oldin tiriklikni, ikkinchi – betoblikdan oldin salomatligingni,

uchinchi – bandligingdan oldin bo‘sh vaqtingni, to‘rtinchi – keksaligingdan oldin

yoshligingni, beshinchi – faqirligingdan oldin boyligingni”. Ushbu hadisni otaonangiz

bilan birga o‘qing, “Tartib” hikoyasiga bog‘liqlik jihatini toping.

6. Kun tartibingizni shunday tuzingki, unga rioya etganingizda ishlaringiz

unumli bo‘lsin.

“Ona tabiat” mavzusini yoritishda darslikning 36-38- betlaridagi “Sher va

chumoli” ertagi, 39-betdagi “Ariq va suv” she’ri, 42-betdagi “Mehr” hikoyasidan

foydalangan holda tabiat in’omlari va ularni asrash, “Qizil kitob”ga kiritilgan

hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tabiat qo‘ynida dam olish odobi haqida

tushunchalar beriladi.

“Do‘stlikni qadrlang” mavzusini yoritishda darslikning 64-betdagi “Kim

do‘st?”, 65-betidagi “Ikki do‘st”, “Hikmatli so‘z” hikoyalaridan foydalangan

holda do‘stlashish odobi, do‘st tanlash va tanishuv qoidalari, barcha millat

va elatlar do‘st va birodardirlar, do‘stlik millat tanlamaydi tushunchalarini

berish tavsiya etiladi. Shuningdek, ushbu mavzuni yoritishda quyidagi hikoyadan

ham foydalanish mumkin.

Adham va Oleg

hikoya

Adhamlar oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdilar. Adham ko‘chaga o‘ynagani

chiqdi. Ular bilan bir yo‘lakda turadigan qo‘shni bola Oleg ham ko‘chaga koptogi

bilan o‘ynash uchun chiqqan ekan. Ular bir-birlariga qarab turdilarda, ikkovlari

ham o‘zlarining tillarida «kel birga o‘ynaymiz», deb murojaat qildilar. Ko‘zlari

ko‘m-ko‘k, qo‘ng‘iroq sochlari sariq rus bolasining Adhamjonga qo‘lidagi

koptogini otib, «brosay» degan murojaatidan so‘ng ular birga o‘ynadilar. Adham

9
va Oleg do‘stlashib, bir-birlariga o‘zlarining ona tillarini o‘rgata boshladilar. Shu

ko‘chada turadigan Qobil degan bola Adhamning Oleg bilan o‘ynab yurganini

ko‘rib, “nega u bilan o‘ynayapsan, u rus-ku?”, deb Adhamga tanbeh berdi.

Ularning muomalasini kuzatib turgan Nazira buvi – “Hay, hay, hay bolam,

Qobiljon unday demagin, hamma odam bir odam, do‘stlik millat tanlamaydi,

mamlakatimizda azaldan turli millat vakillari yashab keladilar. Ular bir-birlari

bilan do‘st bo‘lib, hatto quda-anda bo‘lib ketganlar. Eng avvalo insonni qadriga

yetadigan odam bo‘lish kerak. Bolam , hammangiz bir mahallaning bolasisizlar,

ahil-inoq bo‘lsangiz hamma bizning mahallaga havas qiladi” dedi. Qobiljon

o‘zining noto‘g‘ri gapirib qo‘yganidan juda hijolat tortdi.

“Do‘stlik” dars ishlanma

(1 soat)

Reja:

1. Do‘stlik yuksak tuyg‘u.

2. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik.

3. Do‘stlik odobi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: milatlararo totuvlik, do‘stlik odobi haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda diniy bag‘rikenglik, boshqa din vakillarining diniy

qarashlarini hurat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, do‘stlik.

Darsning usuli: aralash.

Dars jihozi:

Didaktik: qo‘llanma, Toshkent shahridagi “1966 yildagi zilzila”ga bag‘ishlab

qurilgan “Do‘stlik” monumentining rasmi

Texnik: kompyuter, proektor, ekran.

Toshkent shahridagi “1966 yildagi zilzila”ga bag‘ishlab qurilgan “Do‘stlik”

monumenti haqida ma’lumotlar yozilgan 5-7 daqiqali film diski.

Darsning texnik chizmasi:

1. Tashkiliy qism – 10 daqiqa;

2. O‘quvchilarni faollashtirish – 10 daqiqa.

3. Yangi mavzu bilan ishlash – 15 daqiqa.

4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish – 5 daqiqa.

5. Uyga vazifa – 5 daqiqa

Izoh: O‘quvchi ushbu yoshda ma’lum odob-axloq ko‘nikmalariga ega. Shu

nuqtai nazardan o‘quvchilarda mavjud bilimlar va ko‘nikmalardan unumli

foydalangan holda ularni yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorlashda

faollashtiruvchi savollardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinfni

guruhlarga bo‘lishi va ular o‘rtasida munozara uyushtirishi mumkin. Bunda,

albatta darsning “oltin qoidalari”ni eslatib o‘tilishi maqsadga muvofiq.

O‘qituvchi o‘quvchilarning bergan javoblarini umumlashtiradi hamda

qo‘llanmada berilgan hikoya asosida xulosa chiqaradi.

Faollashtiruvchi savollar:

1) Do‘stlik deganda nimani tushunasiz?

2) Do‘stlikning oltin qoidalarini bilasizmi?

10
3) Boshqa millat vakillaridan do‘stlaringiz bormi?

O‘qituvchi uchun eslatma: Ushbu mavzuni o‘tishda biror-bir dinni maqtash

yoki ateistik tanqid qilish qat’iyan mumkin emas. Shuningdek, o‘quvchilarning

diniy qarashlarini hurmat qilish talab etiladi. Ushbu mavzuga oid qo‘shimcha

misollar ta’lim muassasining metodik birlashmasi muhokamasiga kiritilishi talab

etiladi.

Uyga vazifa:

1. Hikoyani davomini yozing.

2. Siz Adhamning o‘rnida bo‘lganingizda qanday javob bergan bo‘lar

edingiz? Javobingizni asoslang.

3. Sizning boshqa millat vakillaridan do‘stlaringiz bormi?

4. Do‘stlikning “oltin qoidalari”ga amal qilish uchun nima qilish

lozimligi haqida hikoya tuzing.

3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

3-sinf “Odobnoma” fani dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

5 soat hajmdagi 2 ta bob, “Istiqlolimiz asoschisi”, “Vatan tuyg‘usi”

mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 5 soat hajmdagi 5 ta yangi

mavzular kiritildi.

- “O‘zbekiston – Mustaqil Davlat”.

- “Ona yurting – oltin beshiging”.

- “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.

- “Xalq o‘yinlari”.

- “Tejamkorlik”.

“O‘zbekiston – Mustaqil Davlat” mavzusi 3 soat hajmni tashkil etadi.

Uni o‘qitishda o‘qituvchi darslikning 3-betida berilgan “Istiqbolimiz asoschisi”

matnidan foydalanishi, Konstitutsiya alifbosi qo‘llanmasining 4-betida berilgan

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik davrida”, 6-betida berilgan “O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi”, 11-betida berilgan “Davlat fuqarosi” mavzularidan

foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil davlat, Islom Karimov –

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, Konstitutsiyamizda bolalar

huquqi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yashash, sog‘liqni tiklash, bilim olish

huquqlarini, o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish tushunchalarini yoritishi zarur.

“Ona yurting – oltin beshiging” mavzusini yoritishda darslikning 59betida

berilgan “Vatan tuyg‘usi va milliy g‘urur” matnidan foydalanish tavsiya

etiladi.

“Sog‘ tanda – sog‘lom aql” mavzusini yoritishda darslikning 37-sahifasida

berilgan “Orastalik – yaxshi odat” matnidan foydalanib, Orastalik – inson ko‘rki,

orastalik qoidalari, tozalik – sog‘lik garovi, ozodalik va saranjomlik haqidagi

bilimlar beriladi.

“Xalq o‘yinlari” mavzusini o‘qitishda darslikning 83-betida berilgan

“Harakatli o‘yinlar”, 87-betdagi “Fikr boyitish o‘yinlari” matnidan ijodiy

foydalangan holda o‘yin odobi, harakatli o‘yinlar – sog‘liq garovi ekanligi, tez

fikrlash, chaqqonlik musobaqalari haqida ma’lumotlar berish tavsiya etiladi.

11
“Tejamkorlik” mavzusini yoritishda o‘qituvchi darslikning 47-sahifasida

berilgan “Tejog‘liq ish - bejog‘lik”, 50-sahifada berilgan “Isrofgarchilik – yomon

odat” matnidan foydalanishi, shuningdek, “Iqtisod va soliq alifbosi”

qo‘llanmasining 6-betida berilgan “Oila xarajatlari: oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy

jihozlari, soliq to‘lovlari va boshqalar. Oilada iqtisod va tejamkorlik” matnidan

foydalangan holda bobolarimiz tejamkorlik haqida bildirgan qimmatli fikrlari,

tejamli bola – bejamli bola ekanligi, nonning ushog‘i ham – non, suv – hayot

manbai ekanligi haqidagi ma’lumotlar beriladi.

4-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

4-sinf “Odobnoma” fani o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar 11

soat hajmdagi “So‘zlashuv odobi”, “Ma’naviyat va ma’naviyatsizlik” mavzulari

dasturdan chiqarildi. Ushbu mavzular o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzu

kiritildi:

- “O‘zbekiston – ona diyor”.

- “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori”.

- “Vatanimiz posbonlari”.

- “Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi”.

- “Kasblar olamiga sayohat”.

Yangi mavzularni o‘qitishni quyidagicha taklif etamiz.

“O‘zbekiston – ona diyor” mavzusi darslikning 68-sahifasida berilgan “Yurt

tinchligi”, 70-betida berilgan “Millatlararo totuvlik” matnidan unumli foydalangan

holda, “Konstitutsiya alifbosi” qo‘llanmasining 4-betida berilgan

“Bizning Vatanimiz - O‘zbekiston” matnidan integratsion yondoshuv asosida

foydalanib, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat ekanligi, yurt – tinchligi, el –

boyligi ekanligi, mamlakatimizda millatlar teng huquqli, do‘st-birodar ekanligi

haqidagi bilimlar beriladi. Shuningdek, ushbu dars “Mustaqillik – kuni” darsiga

bag‘ishlanadi.

“Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori” mavzusi “Konstitutsiya alifbosi”

qo‘llanmasining 6-betida berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

huquqlarimiz kafolati”, 10-betidagi “Xalq – hokimiyatning yagona manbai”, 13betdagi

“Qonun himoyasida”, 15-betdagi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi

konvensiya matnidan integratsion yondoshuv asosida foydalanib, Konstitutsiya –

asosiy qonun, bolalar huquqlarining ta’minlanishi, bizning huquq va burchlarimiz,

qonun, qoida, Davlatni kim boshqaradi? kabi ma’lumotlar beriladi.

“Odobnoma” darsligining 38-43-betlarida berilgan “Konstitutsiya – asosiy

qonunimiz”, “Adolatparvarlik – ezgulik asosi” matnlari o‘quvchilarning yosh

xususiyatlariga murakkablik qilishi sababli ushbu matndagi ma’lumotlardan

o‘qituvchilar o‘zlari uchun foydalanishlari tavsiya etiladi.

“Vatanimiz posbonlari” mavzusini o‘qitishda Yurt tinchligi uchun

barchamiz mas’ulmiz, bizning armiya, biz Vatanning bo‘lg‘usi posbonlarimiz,

Vatan oldidagi burch va sadoqat tushunchalarini berilishi hamda ushbu

tushunchalarni o‘rganishda 3-sinf “Konstitutsiya alifbosi” ( muallif. O.Karimova)

qo‘llanmasining 29-betidagi “Vatan himoyasi” matnidan foydalanish tavsiya

etiladi.

12
“Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi” mavzusini o‘qitishda

“Mening huquqlarim” (S.Xidirov va b.) o‘quv qo‘llanmasining 12-betida berilgan

“Yashash huquqi” mavzusidan unumli foydalangan holda sog‘lom turmush tarzi

nima ekanligi, odam va uning sog‘ligi, onalik va bolalik davlat muhofazasida

ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Kasblar olamiga sayohat” mavzusini o‘qitishda hunarning yomoni

bo‘lmasligi, kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, mehnat qilish va kasb tanlash

huquqi haqidagi ma’lumotlar berildi. “Konstitutsiya alifbosi” qo‘llanmasining 20betida

berilgan “Dam olish va mehnat qilish huquqi” mavzusidan unumli

foydalanish tavsiya etiladi.

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar

5-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani o‘quv dasturidagi 17 soat hajmdagi “Vatan

tuyg‘usi”, “Vatan tuyg‘usi nima?”, “Vatanni nega sevamiz?”, “Istiqlol nima?”,

“Vatan timsollari” mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 17 soat

hajmdagi:

- “Ma’naviy hayotimizda mahallaning o‘rni”.

- “Barkamol avlod – Vatan kelajagi”.

- “Yurtimizning moddiy va ma’naviy boyliklari”.

- “Xalqni Vatan manfaati birlashtiradi”.

- “Iqtisodiy islohotlar Vatan ravnaqi yo‘lida”.

- “Qadimiy shaharlarimiz yosharmoqda”.

- “Mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivoji” mavzular

kiritildi.

Ushbu mavzularni o‘qitishda Prezident Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas

kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha M.Qarshiboev va boshqalar muallifligidagi

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish

mumkin.

“Ma’naviy hayotimizda mahallaning o‘rni” mavzusini o‘qitishda: Vatan

ostonadan boshlanadi. Vatan oldidagi burch, O‘z uyingni o‘zing asra. Mahalla

qadriyatlar beshigi. Obod mahalla obod ko‘ngildan boshlanadi. Mahalla – xalq

vijdoni deb nomlangan rejadan foydalanish tavsiya etiladi.

“Barkamol avlod – Vatan kelajagi” mavzusida O‘zbekistonda yosh

avlodga berilayotgan yukasak e’tibor va g‘amxo‘rlik, Vatanimizda bolalar uchun

yaratilgan imkoniyatlar. Vatan tinchligi va osoyishtaligi farovon hayotimiz

garovi kabi bilimlar beriladi. Ushbu bilimlarni mustahkamlashda “Voyaga

yetmaganlarning huquq, burch va mas’uliyatlari” (mualliflar B.Doniyarov va

boshqalar) o‘quv qo‘llanmasining 37-betida berilgan “Bolalar huquq va

burchlari” mavzusidan unumli foydalanish tavsiya etiladi.

“Yurtimizning moddiy va ma’naviy boyliklari” mavzusini o‘qitishda

Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan

foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek ushbu mavzuni yoritishda Vatanni

sevgan kishigina uning qadriga yetadi. Vatanning moddiy va ma’naviy boyliklari,

uning qadr-qimmati. Vatan ravnaqi farzandlarning ma’naviy va jismoniy

13
kamolotiga bog‘liq ekanligi haqidagi bilimlar beriladi. Shuningdek, “Iqtisod va

soliq saboqlari” (mualliflar: E.Sarikov va b.) o‘quv qo‘llanmasining 4- sahifasida

berilgan “Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar” matnidan unumli foydlanish tavsiya

etiladi.

“Xalqni Vatan manfaati birlashtiradi” mavzusini yoritishda

o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda darslikning 60-betida

berilgan “O‘zbekiston xalqi” mavzusidan foydalangan holda, xalqni Vatan

manfaati birlashtirishi, hukumatimiz tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar inson

uchun, uning manfaatlari uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilganligi haqidagi

bilimlar beriladi.

“Iqtisodiy islohotlar Vatan ravnaqi yo‘lida” mavzuni yortishda

o‘quvchilarga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, saxovatli va mehnatkash

xalqi, O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivojlanishi, jahon bozorida

O‘zbekistonning o‘rni haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni yoritishda

darslikning “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzusining 54-betidagi 1-, 2-, 55betdagi

1-abzaslaridan foydalanish tavsiya etiladi.

“Qadimiy shaharlarimiz yosharmoqda” mavzusini o‘qitishda

“O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzusining 55-betidagi 2-abzasidan 57betning

2-abzasida berilgan matndan foydalangan holda yurtimizning qadimiy

va navqiron shaharlari: Termiz, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz,

Marg‘ilon, Toshkent, go‘zal vodiylar, viloyatlar – barchasi g‘urur-iftixor

manbai ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

6-sinf “Vatan tuyg‘usi” fani dasturiga kiritilgan

o‘zgartirishlar

6-sinf Vatan tuyg‘usi fani dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar va tuzatishlar

kiritildi. Davlat ta’lim standartiga mos kelmaydigan 10 soat hajmdagi “Milliy

davlatchiligimiz”, “Milliy qadriyatlarimiz”, “Biz - O‘zbekiston fuqarosimiz”,

“Vatanparvarlik”, “Yoshlar – Vatan kelajagi” mavzulari dasturdan chiqarildi.

Ularning o‘rniga 10 soat hajmdagi quyidagi mavzular kiritildi:

- “Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish”.

- “O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat”.

- “Tarix – ma’naviyat uchun poydevor”.

- “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq

toptirishga qo‘shgan hissasi”.

- “Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir”.

- “Shoirlarning sultoni – Alisher Navoiy”.

- “Til – ma’naviyat ko‘zgusi”.

- “Inson qalbiga yo‘l”.

- “Ma’naviyatni yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni”.

- “Tinchlik uchun kurashmoq kerak”.

Ushbu mavzularni o‘qitishda Prezident Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi hamda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas

kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha M.Qarshiboev va boshqalar muallifligidagi

14
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish

mumkin.

“Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish” mavzusini yoritishda

ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi, milliy

qadriyatlarimizning tiklanishi, mustaqillik – oliy ne’mat, mustaqillik ma’naviy

imkoniyatlar manbai haqidagi tushunchalar beriladi. Ushbu mavzuni

musathkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas

kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Mustaqillik darslari”ni o‘tish bo‘yicha 5-6-sinflar uchun quyidagi

1 soatlik dars ishlanmasidan foydalanish tavsiya etiladi.

“O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni” dars ishlanma

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun

mohiyatiga oid bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularinin

o‘stirish. Mustaqillik, erkinlik, O‘zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat,

qadriyatlarni ulug‘lash, o‘zlikni anglash tuyg‘ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta’lim: O‘quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik

haqidagi dunyoqarashlarini o‘stirish.

Darsning turi: Aralash.

Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk

shaxslar portretlari, “Vatan tuyg‘usi” darsligi, Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va

ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga

oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizma:

Tashkiliy qism 5 daqiqa

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 15 daqiqa

O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa

O‘quvchilarni rag‘batlantirish 5 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

2. O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar.

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so‘ziga izoh

berishga harakat qiling (1-rasm, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar,

maktab va kollej o‘quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram

tantanalarining rasmi)

15
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Mustaqillik – bizga uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma’naviy

tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o‘zimizning ichki

va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli sal bo‘lmas

unitilayozgan, devorlari nurash darajasiga kelib qolgan qadriyatlarimiz tiklandi,

sayqal topdi.

Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya’ni ushbu so‘zning zamirida katta

va ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha mujassam.

2-savol. “Shu aziz Vatan – barchamizniki” deganda nimani

tushunasiz?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan,

bebaho Vatanimizdan olamiz.

Shu aziz Vatan – barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug‘ istiqboli,

farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilish shu

muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

3-savol. Nima uchun “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” deyiladi?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli

tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya

degani – avvalo, OGOH bo‘lish degani.

Hushyorlik ogoh bo‘lib yashash – bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy

masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo‘lishi lozim.

Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik – O‘zbekiston davlatining uchta ustunidir.

4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlar kim uchun qilinayapti?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Jamiyatning haqiqiy boyligi – bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har

qanday yangilanish, har qanday o‘zgarish avvalo inson uchun, uning hayotini

farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.

Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarning

bosh maqsadidir.

Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfaatlarini ta’minlash

uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi

eng yuksak qadriyat va boylikdir.

5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar

yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o‘z iqtidorlarini

namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday

foydalanmoqdasiz?

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.

16
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Har qaysi inson o‘zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy

emas, lekin xotria mangu, xotira boqiy.

Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish,

zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq

ruhining, xalq mardligining timsolidir.

Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab

turibdi.

Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarga

vorismiz.

Inson o‘z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, hayot davomiyligini

asragan bo‘ladi.

7- savol. “Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog‘liq”

deganda nima nazarda tutiladi?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga

quyidagicha xulosa qiladi.

Yoshlarning ma’naviy uyg‘oqligi millatni g‘aflatdan asraydigan asosiy

omillardan biridir.

O‘qituvchi butun bir dars davomida o‘quvchilarning savollarga

bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

Vatanga bo‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har

qanday yovuz kuchni yengishga qodir.

Tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib

bo‘lmaydi.

Aziz o‘quvchilar! O‘z aql zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuchg‘ayratingizga,

tog‘dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling.

Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli

yoshlarimizniki!

Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g‘alabangiz- yurtmiz

g‘alabasi O‘zbekiston g‘alabasidir!

Dars davomida o‘qituvchi javob bergan o‘quvchilarni fikrlarini ochiqdanochiq

tanqid qilmagan holda, to‘g‘ri yo‘naltirib, rag‘batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma’ruzavozlikdan iborat bo‘lmasligi, berilayotgan

topshiriqlarni ko‘proq amaliy tomonlariga e’tibor qaratilishi lozim.

Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda

“O‘zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni” mavzsida erkin

fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o‘quvchilariga

bugungi kundagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar

hayotidagi o‘rni haqida mustaqil ish yozisib kelish.

“O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat” mavzusini yoritishda darslikning

12-betida berilgan “Biz – o‘zbek xalqimiz” mavzusidan foydalangan holda

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va

17
elatlarning tili, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning

rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar,

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi haqidagi bilimlar beriladi.

“Tarix – ma’naviyat uchun poydevor” mavzusini o‘tishda darslikning 3betida

berilgan “O‘zlikni anglash” mavzusidan, hamda 22-betida berilgan “Biz –

buyuk tarix egasimiz” matnidan unumli foydalangan holda, o‘zlikni anglashda

tarixning o‘rni, qadimiy tarixiy yodgorliklar – ma’naviyatni shakllantiradigan

asosiy mezonlardan biri ekanligi, “Avesto” – bebaho ma’naviy obida sifatida, xalq

og‘zaki ijodining noyob durdonasi “Alpomish” dostoni haqida, qadimiy va shonli

tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligi

haqidagi bilimlar berilishi lozim. Ushbu mavzuni musathkamlashda Prezident

Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish

tavsiya etiladi.

“Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq

toptirishga qo‘shgan hissasi” mavzusini o‘tishda darslikning 49-betida berilgan

“Mo‘jizaning tug‘ilishi” matnidan foydalanib, buyuk mutafakkir va

allomalarimizning Islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror

hissasi, Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi,

yurtdoshlarimizga “Muhaddislar sultoni”, “Musulmonlarning e’tiqodini

tuzatuvchi”, “Din va millatning hujjati” unvonlarining berilishi haqidagi

ma’lumotlar beriladi. Ushbu mavzuni mustahkamlashda Prezident Islom

Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan foydalanish

tavsiya etiladi.

“Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir” mavzuni

o‘qitishda darslikning 28-betida berilgan “Biz – buyuk ma’naviyat egasimiz”

mavzusining 32-33-betlarida berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda,

yurtdoshimiz Muso Xorazmiyning algebra faniga asos solishi, Oydagi kraterlardan

ikkitasiga buyuk vatandoshlarimiz Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bekning nomi

berilgani, Abu Nasr Forobiyga “Muallim-us-soniy”, Abu Ali ibn Sinoga “Shayx

ur-rais” unvonining berilishi, XI asrning Beruniy asri deb nomlanishi. Umrboqiy

zakovat nuri – Ma’mun akademiyasi haqidagi ma’lumot beriladi. Ushbu mavzuni

mustahkamlashda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas

kuch” kitobidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Shoirlarning sultoni – Alisher Navoiy” mavzusini o‘qitishda darslikning

28-betida berilgan “Biz – buyuk ma’naviyat egasimiz” mavzusining 34-35-

betlarida berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda, O‘zbek xalqi ma’naviy

dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zot –

Alisher Navoiy haqida, Navoiyning bebaho merosi, Prezidentimiz Islom

Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida Alisher Navoiy

haqidagi fikrlari beriladi.

“Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusini o‘qitishda O‘zlikni anglash,

milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlik til orqali

namoyon bo‘ladi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kabi

bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda quyidagi matndan foydalanishni taklif

etamiz

18
“Til – ma’naviyat ko‘zgusi”

Faollashtirish uchun savollar

1. So‘zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz?

2. Telefondagi so‘zlashuv bilan odatdagi so‘zlashuvning nima farqi va

qanday umumiylik tomonlari bor?

3. Maktabda, o‘qituvchining savoliga javob berish uchun qo‘l ko‘tarish

shartmi?

4. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

5. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

6. Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va ellatlarning tillari

rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

7. Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki

sport to‘garagida qanday so‘zlashgan ma’qul deb o‘ylaysiz?

8. Telefonda so‘zlashganda “Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu,

ladno, chao!” kabi so‘zarni ishlatilishiga munosabatingizni bildiring.

9. Quyidagi hikoyaga fikringizni bildiring.

Avtobusda ketayotgan edim. Avtobusning orqa tarafida orasta kiyingan,

qo‘lida bejirim maktab sumkasi ham bor, sochlarini chiroyli qilib turmaklagan,

ko‘rgan odamning havasi keladigan bir qizchaning telefonda gaplashib turgani

hammani e’tiborini tortdi.

- “Da”, “mam”, men Sizga necha marotaba aytdim, men u ko‘ylakni

“vobshem” kiymayman, agar boshqa yangi ko‘ylak olib bermasangiz ertaga

maktabga bormayman.

Qizchaning onasi bilan telefonda gaplashganini avtobusdagilarning

hammasi eshitdi. Ba’zilar uning onasi bilan bo‘lgan suhbatini eshitib, boshlarini

chayqatib qo‘yish bilan o‘zlarining noroziliklarini ifodalashdi.

“Til – ma’naviyat ko‘zusi” dars ishlanma

Reja:

1. So‘z qadri

2. “Davlat tili” to‘g‘risida”gi qonun.

3. So‘zlashganda boshqa millat va elatlarning tillarini hurmat qilish tushunchasi.

4. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy

bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun, So‘zlashganda boshqa millat va

elatlarning tillarini hurmat qilishning mohiyati haqida. Milliy ong va

tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali

namoyon bo‘lishi.

Tarbiyaviy: Inson ma’naviyatini shakllanishida ona tilining o‘rni beqiyos

ekanligi tushuntiriladi. O‘quvchilarda jamoat joyida va uyda o‘z fikrini

bildirishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish malakalari shakllantiriladi. Milliyg‘urur

va iftixor tuyg‘ulari yuksaltiriladi. Globallashuv jarayonida “ommaviy

19
madaniyat” ona tilini yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida

ma’lumotlar beriladi.

Dars usuli: Aralash

Dars jihozi:

Didaktik: Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas

kuch” kitobi, qo‘llanma, darslik, tarqatma savollar, vatman, marker, skotch va

boshqa zaruriy buyumlar.

Darsning texnik chizmasi:

1. Tashkiliy qism – 10 daqiqa.

2. O‘quvchilarni faollashtirish – 10 daqiqa.

3. Yangi mavzu bilan ishlash – 15 daqiqa.

4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish – 5 daqiqa.

5. Uyga vazifa – 5 daqiqa

Faollashtirish uchun savollar

1. So‘zlashuv odobi deganda nimani tushunasiz?

2. Telefondagi so‘zlashuv bilan odatdagi so‘zlashuvning nima farqi va

qanday umumiylik tomonlari bor?

3. Maktabda, o‘qituvchining savoliga javob berish uchun qo‘l ko‘tarish

shartmi?

4. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

5. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

6. Davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tillari

rivojiga ham shart-sharoitlar yaratilganligining sababi nimada deb

o‘ylaysiz?

7. Jamoat joyida, avtobusda, teatr va kino zalida, futbol tomoshasida yoki

sport to‘garagida qanday so‘zlashgan ma’qul deb o‘ylaysiz?

8. Telefonda so‘zlashganda “Da, hozir boraman, znaesh ya tebe pozvanyu,

ladno, chao!” kabi so‘zlarning ishlatilishiga munosabatingizni bildiring.

9. Quyidagi hikoyaga fikringizni bildiring.

Savolarni o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, har bir guruh uchun alohida

berish mumkin.

O‘quvchilarning har bir savolga bergan javoblari e’tiborsiz qoldirilmasligi

lozim, javoblar umumlashtiriladi.

O‘qituvchining xulosasi:

Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar

o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu

fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan

singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.(“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

Islom Karimov).

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

20
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va

elatlarning tillari, urf odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi,

ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda)

Ibrat: «Nodon kishi lashkar nog‘orasiga o‘xshaydi: ovozi balandu ichi bo‘mbo‘sh

va g‘arib».

(Sa’diy Sheroziy)

“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oinai hayoti til va

adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmoqdir”.

(Abdulla Avloniy)

Uyga vazifa:

1. Avtobusdagi qizchaning onasiga bo‘lgan muomalasiga munosabat

bildiring?

2. Telefonda siz qanday so‘zlashgan bo‘lar edingiz?

3. Telefondan qaysi vaqtlarda foydlanish to‘g‘ri hisoblanadi?

4. Ushbu savolni oila a’zolaringiz bilan muhokama qiling.

5. Odamning tashqi qiyofasi uning odobiga mos kelishi kerakmi?

6. Quyidagi “da”, labbay, eshitaman, qulog‘im sizda, uzr keyin gaplashsak

bo‘ladimi?, men hozir avtobusdaman, xvatet boshqa telefon qilmang, ya nemogu

seychas s vami razgovarivat – darsdaman, privet, poka-poka, xayr omon bo‘ling,

uchrashguncha xayr, assalomu alaykum, salom, ladno uchrashguncha

so‘zlaridan telefonda so‘zlashish uchun ma’qul bo‘lganlarini jadvalga soling.

Telefonda so‘zlashishda ishlatish mumkin Ishlatilmaydi

“Buyuklik timsoli” mavzusini o‘qitishda darslikning 38-betida berilgan

“Milliy davlatchiligimiz” mavzusida Amir Temur – buyuk davlat asoschisi, Amir

Temurning madaniyat va din ahllariga ko‘rsatgan cheksiz mehr-muruvvati, Temur

shaxsiga munosabatning o‘zgarishi, Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash

ekanligi, Amir Temur – xalqimiz dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzi

ekanligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Inson qalbiga yo‘l” mavzusi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual

g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashtirib,

dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab ekanligi, kasblarning ichida eng

sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylik kasbi ekanligi, yoshlarning ma’naviy

kamoloti – jamiyat va xalq qudratini ta’minlovchi muhim omil ekani, ta’lim olish

huquqining kafolatlanishi darslikning 94-betida berilgan “Yoshlar – Vatan

kelajagi” mavzusi orqali tushuntirish tavsiya etiladi

“Ma’naviyatni yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusi

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh

xususiyatlarini inobatga olgan holda moslashtirib tushuntiriladi. Teatr va san’atda

milliylik, kino san’atining rivojlanishi. “Teatr- bu ibratxonadir”. Musiqa

21
festivallarining tashkil etilishi. “Sharq taronalari”, “Nihol” va boshqa tanlovlar

hamda ulardan ko‘zlangan maqsadlar kabi rejadan foydalaniladi.

“Tinchlik uchun kurashmoq kerak” mavzusini tushuntirishda

darslikning 86-betida berilgan “Vatanparvarlik” mavzusidan, hamda 44-betida

berilgan “Milliy qadriyatlarimiz” mavzularidan foydalangan holda milliy qadriyat

va ana’analarimizga yot bo‘lgan odatlar, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri

haqidagi bilimlar beriladi.

7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” faniga kiritilgan

o‘zgartirishlar

7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturidan davlat

ta’lim standartlari talabalarida bo‘lmagan, boshqa sinflar dasturida takrorlanadigan

10 soat hajmdagi Kirish, “Vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usi”, “Hurlik

tuyg‘usi”, “Huquqiy madaniyat tushunchasi”, “Huquqiy madaniyat zarurati”,

“Mehr-muruvvat tuyg‘usi”, “Kamtarga – kamol, manmanga zavol”, “Muloqot

madaniyati”, “Oilada va jamoat joylarida muloqot qoidalari” mavzulari dasturdan

chiqarildi.

Ularning o‘rniga 10 soat hajmdagi quyidagi mavzular kiritildi:

- “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat

qiladi”.

- “O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari”.

- “Ma’naviy meros”.

- “Ma’naviy tahdidlar”.

- “Milliy an’ana va qadriyatlar ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi”.

- “Shaxs tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor sohasi”.

- “Qonun ustuvorligi – jamiyat farovonligi”.

- “Axloq-odob – ma’naviyat negizi”.

“Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat

qiladi” mavzusini o‘qitishda ushbu bilimlar beriladi. Bugun O‘zbekiston

hayotida mafkuraning tutgan o‘rni. Millatning, xalqning hamjihatligi taraqqiyot

garovidir. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkura

va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi. Hech qaysi mafkura davlat

mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi. Mafkura nima? Ushbu bilimlar

darslikning 31- betida berilgan matndan foydalangan holda beriladi.

“O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari”

mavzusini o‘qitishda O‘zbekistonni yangilanish va rivojlantirishning o‘z yo‘li,

to‘rtta asosiy negizi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning

ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z

imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bilimlar berilishi

nazarda tutiladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid

konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda

foydalanish tavsiya etiladi.

“Ma’naviy meros” mavzusini o‘qitishda Qadimiy va go‘zal diyorimiz

nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida. “Avesto” –

22
xalqimizning diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini o‘zida ifoda etuvchi

bebaho ma’naviy obida sifatida. Xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi

bo‘lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan,

avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qahramonlik dostoni sifatida. Buyuk

Vatandoshlarmiz Imom Buxoriy, At- Termiziy, Imom Moturidiy, Marg‘inoniy,

Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamahshariylar qoldirgan

ma’naviy meros haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh

xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Ma’naviy tahdidlar” mavzusini o‘qitishda globallashuv jarayonlari.

Ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o‘zligimizga qaratilgan tahdid

ekanligi. Inson qalbi va ongi uchun kurash. Bugungi kunda mafkuraviy

tahdidning shakllari: axloqsizlik, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizmning

kelib chiqishi, xavfli oqibatlari, ma’naviyatning qudratli kuchi haqidagi bilimlar

beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda darslikning 24- betida berilgan “Vayronkor

g‘oyalar va ularning oqibatlari” mavzusidan foydalanish mumkin. Shuningdek,

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh

xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Milliy an’ana va qadriyatlar ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi”

mavzusini o‘qitishda Mustaqillik yillarida milliy an’ana va qadriyatlarimizning

tiklanishi. Navro‘z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarining nishonlanishi.

Diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligining kafolatlari, millatlararo totuvlik va

fuqarolar birligi tushunchasi haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni

o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas

kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh

xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Shaxs tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor sohasi” mavzusini

o‘qitishda komil inson tarbiyasining dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotining asosi,

uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir.

Bilimdonlik – ma’naviy barkamollik mezoni, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar,

kitobxonlik – ma’naviyatni shakllantiradigan omillardan biri ekanligi haqida

tushunchalar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda darslikning 57- betidagi

“Bilimdonlik – ma’naviy barkamollik mezoni” matnidan foydalanish tavsiya

etiladi.

“Qonun ustuvorligi – jamiyat farovonligi” mavzusini o‘qitishda

yoshlarning jamiyat talablari va qonunlarini bilishi hamda ularga rioya etishi

zarurligi. Huquqiy madaniyat shaxs madaniyatining ajralmas qismi. Inson, uning

hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari – oliy,

qadriyat.ekanligi to‘g‘risidagi bilimlarni berishda darslikning 61- betidagi

“Huquqiy madaniyat” mavzusidan berilgan matndan foydalanish tavsiya etiladi.

“Axloq-odob – ma’naviyat negizi” mavzusini o‘qitishda darslikning 89betida

berilgan “Xulq-odob ma’naviyat negizi” matnidan foydalangan holda

axloq me’yorlari, jamiyat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy hulq-atvor

23
qoidalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ezgulik va yovuzlik. Sha’n, qadrqimmat,

adovat va nohaqlik, burch va mas’uliyat tushunchalari. Otabobolarimizdan

meros bo‘lib qolgan sharqona odob-axloq, Sharq va G‘arb

mamlakatlarida odob-axloqqa bo‘lgan munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar

beriladi.

8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kiritilgan

o‘zgartirishlar

8-sinf Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani dasturidagi 3

soat hajmda Milliy g‘oyaning tarixiy va falsafiy asoslari”, “Ma’naviyat haqida

umumiy tushuncha”, “Shaxsiy gigiena”, “Yoshlar va kiyinish odobi”,

“Ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, aqliy va jismoniy kamolot

kushandasi” mavzulari davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaganligi

uchun dasturdan chiqarildi. Ularning o‘rniga quyidagi yangi mavzular

kiritildi:

- “Milliy g‘oya millatni, xalqni birlashtiradi”.

- “Urush va uning oqibatlari”.

- “O‘zbekistonda vijdon erkinligining kafolatlanganligi”.

- “O‘zbekistonda barcha millatlar huquq va erkinliklarining

kafolatlanishi”.

- “Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi”.

- “Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?”.

“Milliy g‘oya millatni, xalqni birlashtiradi” mavzusini o‘tishda

darslikning 3- betida berilgan Kirish qismidan foydalanilgan holda o‘quvchilarga

mafkurasi mustahkam millat – ogoh, o‘z g‘oyalarini tiniq anglagan millat

ekanligi, milliy mafkura jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishi

haqidagi bilimlar beriladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom

Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga

oid konseptual g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan

holda foydalanish tavsiya etiladi.

“Urush va uning oqibatlari” mavzusini o‘tishda darslikning 13-betida

berilgan “Yurt tinchligi g‘oyasi” matnidan foydalanib, urush doimo taraqqiyotni

orqaga surishi, urush va uning oqibatlari, urushda g‘olib davlatlar bo‘lishi

mumkin, lekin baxtli odamlar va g‘olib onalar bo‘lmasligi, bir kun janjal chiqqan

uyda baraka bo‘lmasligi haqidagi bilimlar beriladi.

“O‘zbekistonda vijdon erkinligining kafolatlanganligi” mavzusini

o‘tishda darslikning 33-betida berilgan “Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi”

matnidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy

tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida diniy bag‘rikenglikning barcha huquqiy

asoslari yaratilganligi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi. Har bir

inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik

huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlatning ishi – davlatniki, dinning ishi – dinniki bo‘lishi kerakligi haqidagi

bilimlar beriladi.

24
“O‘zbekistonda barcha millatlar huquq va erkinliklarining

kafolatlanishi” mavzusini o‘tishda darslikning 30-betida berilgan “Milatlararo

hamjihatlik g‘oyasi” mavzusidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasida

istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analari hurmat

qilinishining ta’minlanishi, O‘zbekistonda barcha millatlarning huquq va

erkinliklari ta’minlanganligi, milliy bayramlar va urf-odatlar, O‘zbekistonda

faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar haqidagi bilimlar beriladi.

“Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi” mavzusini

o‘tishda darslikning 37-betida berilgan “Ma’naviyat haqida umumiy tushuncha”

mavzusidan foydalangan holda milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday

ishimizning poydevori ekanligi, ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining

majmui ekanligi, ma’naviyat boyib borsa jamiyat ravnaq topishi, ma’naviyat

insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singishi, ma’naviyat –

jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevori ekanligi haqidagi bilimlar

beriladi.

Shuningdek, ushbu mavzuga oid dars ishlanmasidan unumli

foydalanishni tavsiya etamiz.

Mavzu: Ma’naviyat – inson va jamiyat madaniyatining negizi

Reja:

1. Oliyjanob fazilatlar – komillik belgilari.

2. Milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi asosiy mezon.

3. Oila tarbiyasi - ma’naviy kamolot poydevori.

4. Ta’lim va tarbiya birligi – sharqona hayot falsafasi.

Darsning maqsadi:

A) Ta’limiy maqsad:

Oliyjanob fazilatlar – komillik belgilari. Tarixiy xotira va ma’naviy meros.

Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyati. Oila tarbiyasi - ma’naviy

kamolot poydevori. Mahalla–ma’naviyat va tarbiya o‘chog‘i. Ta’lim va tarbiya

birligi – sharqona hayot falsafasi haqidagi bilimlarni berish.

B) tarbiyaviy maqsad:

Milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori ekanligi,

ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmui ekanligi, ma’naviyat

boyib borsa jamiyat ravnaq topishi, ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi,

ajdodlar o‘giti bilan birga singishi, ma’naviyat – jamiyat va millat ravnaqining

bosh omili va poydevori ekanligini tushuntirish.

O‘quvchilar ong-tafakkurida “ma’naviyat” tushunchasini shakllantirish;

ma’naviyatning tarixda va bugungi kundagi ahamiyatini qiyoslash; ozodlik,

mustaqillikka erishishdagi mashaqqatlar; taraqqiyotga erishishdagi jahon

xalqlari tajribasi; ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar (ma’naviy

meros, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, xalq og‘zaki ijodiyoti,

allomalarimizning ilmiy-ijodiy kashfiyotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya tizimi)

haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.

V) Rivojlantirib boriluvchi g‘oya:

Ma’naviyat, vatanparvarlik, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, tarixiy

yodgorliklar, “Avesto”, xalq og‘zaki ijodiyoti, “Alpomish” dostoni, Imom

25
Moturidiy, Bahouddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Farg‘oniy,

Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Zamaxshariy, Amir

Temur, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning hayoti va ijodi.

Dars jihozi:

A) Didaktik:

1. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobi.

2. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuchi” fakultativ kursidan o‘quv qo‘llanma

(tuzuvchilar: R.Qo‘chqorov, M.Qarshiboev, O.Toshboev):

3. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”. fanlari

bo‘yicha (mavzuga oid) proeksion ko‘rgazmalar va plakatlar

4. Mavzuga oid rasmlar va boshqa materiallar.

V) Texnik:

Slayd, kompyuter, multimediya, DVD, televizor.

Darsning blok chizmasi (taxminiy):

Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash. 5 daqiqa

Faollashtiruvchi savollar

Yakka ishlash:

kichik guruhlarda ishlash;

katta guruhlarda ishlash

26

5 daqiqa

5 daqiqa

5 daqiqa

O‘quvchilar fikrini umumlashtirish 15 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

Rag‘batlantirish 5 daqiqa

Faollashtirish uchun savollar: (ko‘rgazma vositalari orqali kompyuter

texnologiyalaridan foydalangan holda avval muammoli savollar yakka

o‘quvchilarga, so‘ngra muhokama uchun davra kengaytiriladi, so‘ngra katta

guruhlarda ishlanadi hamda guruhlarning bildirgan fikrlari umumlashtirilib,

doskada aks ettiriladi.)

1. Ma’naviyatli inson bilan ma’naviyatsiz insonni farqlashga imkoniyat

beradigan xususiyatlarni sanab bering.

2. Ma’naviyatli inson qanday bo‘ladi?

3. Imon-e’tiqodli, irodali shaxs-chi?

Darsning borishi:

Birinchi bosqich.

Darsni tashkil qilish, davomatni belgilash, yangi mavzu hamda mavzu rejasi bilan

o‘quvchilarni tanishtirish.

Ikkinchi bosqich. (Yakka tartibda, kichik guruhlarda, katta guruhlarda ishlashni

tashkil qilish)

Yakka tartibda ishlash:

O‘qituvchi har bir qatorga faollashtiruvchi savollarni alohida- alohida beradi.

Hamda daftarlariga o‘zlarining fikrlarini tushurishlarini so‘raydi. (2-3 daqiqa

vaqt beradi.)

Yakka holda ishlash. Bu usul o‘quvchilarni individual ishlashga jalb qiladi.

Masalan birinchi qatorga
- Ma’naviyatli inson bilan ma’naviyatsiz insonni farqlashga imkoniyat

beradigan xususiyatlarni sanab bering.

Ikkinchi qatorga

- Ma’naviyatli inson qanday bo‘ladi?

Uchinchi qatorga

- Imon-e’tiqodli, irodali shaxs-chi?

Ikki kishilik guruhlarda ishlash: Belgilangan vaqt o‘tishi bilan o‘qituvchi

o‘quvchilarga daftarlaridagi bildirilgan fikrlarini partadoshlari bilan muhokama

qilishlari mumkinligini hamda bir to‘xtamga kelishlarini so‘raydi. Buning uchun 1

daqiqa yetarli ekanligini eslatib o‘tadi.

Kichik guruhlarda ishlash. Bunda o‘qituvchi toq sondagi qatordagi

partalarda o‘tirgan o‘quvchilarni orqa partadagi o‘quvchilar tomonga

o‘girilishlarini so‘raydi. Hamda ulardan berilgan savol yuzasidan bitta to‘xtamga

kelishlarini so‘raydi. Bu vazifa uchun ham 1 daqiqa yetarli.

Katta guruhlarda ishlash.

1-,2-,5-,6- qatordagi partalarda o‘tirgan o‘quvchilarni 3-4- partalar atrofiga

yig‘ilishlarini so‘raydi. Hamda ularga vatman qog‘oz berib 7-daqiqa ichida

barcha fikrlarni umumlashtirib yagona to‘xtamga kelishlarini so‘raydi.

O‘quvchilar uchta katta guruhlarga birlashadilar. Har bir guruh 3

daqiqa davomida o‘zlarining taqdimotlarini qiladilar.

O‘qituvchi ularning fikrlari aks etgan vatman qog‘ozlarni doskaga

mahkamlaydi. Hamda barcha guruhlardan uchta fikrlarni umumlashtirgan

holda ma’naviyatli insonga ta’rif berishlarini so‘raydi.

O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib, Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ma’naviyat so‘ziga berilgan ta’rifni

o‘qib beradi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z o‘rinlarini egallashlarini so‘raydi. Hamda

quyidagilarni daftarlariga yozib olishlarini so‘raydi.

.... Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan,

odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon e’tiqodini butun qiladigan,

vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir

(1-slayd).

Odamning boyligini

belgilab beradigan asosiy

mezon

Ma’naviyat tushunchasi

27

Komil inson bo‘lish, halollik va adolat

bilan hayot kechirish
Jamiyat hayotidagi qarashlar

g‘oyaviy ma’rifiy madaniy diniy axloqiy

Milliy ma’naviyatni shakllantiruvchi asosiy mezonlar:

� Millatning tarixi.

� Millatning urf - odati va an’analari.

� Ko‘hna tarixiy yodgorliklar.

� Millatning milliy qadriyatlari.

� Madaniy boyliklar.

� Ma’naviy meros.

Aqliy hujum: Faraz qiling, ertalab o‘rningizdan turganingizda ism

sharifingizni, kimligingizni, yaqinlaringizni unutib qo‘ydingiz, har qancha

urunishlaringiz bekor bo‘ldi. O‘zingizni qanday his qilardingiz?

O‘quvchilarning javoblarini eshitib, o‘qituvchi agar millat o‘zligini unutib

qo‘ysa, bu kim uchun fojea bo‘ladi? Albatta millat uchun.

Demak, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy

toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda

kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda

mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, tibbiyot, matematika, mineralogiya,

kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid

qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.

Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.

Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy,

ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida

bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan

“Avesto” deb ataladigan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Avvalom

bor, shuni aytish joizki, ota-bobolarimizning aql –zakovati, qalb qo‘ri mahsuli

bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir

sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha yetib kelganligining o‘zida katta ma’no

mujassam. Bunday o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab

turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan dalolat beradi.

Aqliy hujum: 1999 yilda o‘zining ming yilligini nishonlagan tarixiy

yodgorlik haqida bilasizmi?

Javob: Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston

bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti desak to‘g‘ri bo‘ladi.

1999-yil yurtimizda “Alpomish” dostoning ming yilligi keng nishonlanishi

xalqimizning ushbu suyukli dostoniga bo‘lgan muhabbatining yana bir isboti

bo‘ldi.

Kitob bilan ishlash: So‘rab bilish va to‘ldirish

1.“Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor

bo‘lgan, “Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan bobomiz haqida,

28
“Din va millatning hujjati” degan yuksaak unvonga sazovor bo‘lgan,

vatandoshlarimiz hayoti va ijodlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plang.

Kitobning 38-,39-,40,- betlaridan lavhalar o‘qiladi.

2. Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalardan kimlarni bilasiz?

41-,42-,43-, betlardan namunalar o‘qiladi.

3. Tajribada ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli

bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Ushbu hikmatning

ma’nosini yoritib bering, uni bugungi kunda ham dolzarb desak bo‘ladimi? 45-bet.

5. Prezident Islom Karimovning 1996 yil Parijda YuNESKOning bosh

kotibi Federiko Mayor bilan bo‘lgan suhbatini o‘qing. Prezidentimizning Parij

xotirasi nimalarni isbotlaydi? 46-bet.

6. Alisher Navoiy bobomiz qay tariqa o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining

shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan? 47-, 49 bet.

7. ...oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan –

mamlakat barqarordir. Ushbu so‘zlarni izohlashga harakat qiling.

52-, 56 bet

Topshiriq: Daftaringizga tushuring.

1. Yuqoridagi matnlarni o‘qiganingizda nimalarni his qildingiz?

2.Yashash manzilingizda ta’lim sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning

guvohi bo‘ldingizmi? Nima uchun davlatimiz ta’lim-tarbiyaga e’tiborni

qaratishni davlat siyosati darajasiga ko‘targan?

Xulosa:

Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi

beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof

etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulomolar, siyosatchi

va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning

uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy bilimlarning, ayniqsa islom dini

bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona

yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarimizning xizmatlari beqiyos

ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. (60-bet)

Uyga vazifa: Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim

hayotiy omillar haqida kichik hikoya tuzish.

“Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?” mavzusida inson

qadri – ulug‘, xotirasi boqiydir. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanishi.

O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Biz

Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarga vorismiz. Oila

farovonligi – milliy farovonlik asosi. Oila – har qanday odamga parvoz uchun

qanot beradigan muqaddas qo‘rg‘on. Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam,

jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarorligi haqidagi bilimlar beriladi.

Ushbu mavzuni o‘qitishda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi ushbu mavzuga oid konseptual

g‘oyalarni o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish

tavsiya etiladi.

29
9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturiga

kiritilgan o‘zgartirishlar

9-sinfning Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari dasturidagi

Davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan 11 soat

hajmdagi Kirish, “Diniy ekstremizm va terrorizmning barqarorlik uchun xavfi”

mavzusida suhbat, “Ona tili – millat ruhi”, “Ota-ona va farzandlik burchi”, “Kim

bo‘lsam ekan?”, “Mehnat, kasb-hunar madaniyati”, “Urf-odatlar va

marosimlar”, “Mehmon kutish madaniyati” mavzulari dasturdan chiqarildi.

Chiqarilgan mavzular o‘rniga Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch” kitobidagi konseptual g‘oyalar singdirilgan quyidagi mavzular

kiritildi.

“Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi” ushbu mavzuni Prezident Islom

Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish

bo‘yicha tuzuvchi mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar tomonidan

tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasining 22betida

berilgan mavzudan foydalangan holda mustaqillik nafaqat iqtisodiy, balki

beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanligi, ma’naviy va moddiy hayot

uyg‘unligida iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarining tashkil etilishi,

moddiy va ma’naviy hayot tamoyillarining bir-birini to‘ldirishi haqidagi bilimlar

beriladi.

“Ma’naviy jasorat” ushbu mavzuni Prezident Islom Karimovning

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini o‘rganish bo‘yicha tuzuvchi

mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv qo‘llanmasining 36-betida berilgan

mavzudan foydalangan holda inson qalbiga yo‘l, eng buyuk jasorat – bu

ma’naviy jasorat, Ozod Sharafiddinov, Yahyo G‘ulomovlarning hayot yo‘li

ma’naviy jasorat timsoli, Zulfiya – o‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasi haqidagi

ma’lumotlar beriladi.

“Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili” mavzuni o‘qitishda

darslikning 42-betidagi “Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning ahamiyati”

mavzusidan foydalanib, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat bosh

islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy himoya, bozor iqtisodiyotiga

bosqichma-bosqich o‘tish tamoiyllari va ularning jamiyat rivojidagi ahamiyati

haqidagi bilimlar beriladi.

“Yuksak ma’naviyat – buyuk jasoratga yetaklaydi” mavzusini ushbu

mavzuni Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

kitobini o‘rganish bo‘yicha tuzuvchi mualliflar M.Qarshiboev va boshqalar

tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv

qo‘llanmasining 44-betidagi “Eng buyuk jasorat” mavzusidan foydalangan holda

Jasorat ko‘rsatish imkoniyati doimo mavjud. Har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish,

o‘z imkoniyatlarini yurt ravnaqi uchun safarbar qilish haqiqiy qahramonlikdir.

Yoshlarning ma’naviy uyg‘oqligi millatni g‘aflatdan asraydigan asosiy

omillardan biri ekanligi. Yuksak ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning

30
kuch-qudratidir. Jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay

olmasligi haqidagi bilimlar beriladi.

“Mustaqillik darslari”ni o‘tish bo‘yicha 7-, 8-, 9-sinflar uchun 1 soatlik

dars ishlanma.

Mavzu: “O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va islohotlar

mamlakati”

Reja:

1. Makonimiz – O‘zbekiston, zamonamiz – Mustaqillik

2. Mustaqillik yillari falsafasi.

3. O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun

mohiyatiga oid bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini

o‘stirish. Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq

bo‘lishini ta’minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta’lim: O‘quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik

haqidagi dunyoqarashlarini o‘stirish.

Darsning turi: Aralash.

Darsning usuli: “Muzyorar”, suhbat, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara,

guruhlarda ishlash.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk

shaxslar portretlari, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligi, Islom

Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi, tarqatma materiallar,

slaydlar.

Texnik jihoz: Proektor, ekran. “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va

ma’naviyat asoslari” fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga

oid bo‘lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizmasi:

Tashkiliy qism 5 daqiqa

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa

O‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa

Guruhlarda ishlash 10 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

Darsning borishi:

Dars boshida o‘quvchilar uchta katta guruhga bo‘lingan holda joylashadilar

O‘qituvchi darsni “Muzyorar” metodidan foydalanib, tanishuv mashg‘uloti

bilan boshlaydi. Bunda har bir o‘quvchi oldin o‘z ismini, so‘ng ismidagi bosh

xarf bilan boshlanuvchi o‘zidagi bitta fazilatni aytishi kerak. Masalan,

Xurshida – xushmuomala, Kamol – kamtarin va hakozo.

31
O‘qituvchi o‘quvchilardan ushbu o‘tkazilgan mashg‘ulotdan olingan

taassurotlar haqida fikrlashadi.

O‘quvchilarning tahminiy javoblari;

1-o‘quvchi: Menda bu tanishuvdan ko‘tarinki ichki hissiyot paydo bo‘ldi.

2-o‘quvchi: Men bu mashg‘ulotda faol qatnashish mas’uliyatini sezdim.

O‘qituvchi: Sizlarga katta rahmat! Barchangiz tanishuv mashg‘ulotida faol

ishtirok etganingizdan juda mamnun bo‘ldim. O‘ylaymanki darsimiz davomida

yanada ishchanlik kayfiyatida bo‘lasizlar.

Bugungi mavzu: O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar, yangilanishlar va

islohotlar mamlakati.

(O‘qituvchi sinf taxtasiga yozib qo‘yilgan yangi mavzuni tushuntirish

davomida uchraydigan tayanch so‘z va iboralar ma’nosini o‘quvchilar faolligini

ta’minlagan holda izohlab beradi).

O‘quvchilarni faollashtirish uchun savollar

1. Mana bugun o‘quv yilining birinchi kuni, maktabga kelishingizdan oldin

siz o‘zingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?

O‘quvchilarning javoblari umumlashtiriladi. (har bir o‘quvchining fikrini

olishga harakat qilinadi. Agar 9-sinf o‘quvchilari bo‘lsa, savolni davom ettirib,

kelgusida qaysi kasbni egasi bo‘lmoqchisiz, buning uchun nima ishlarni

qilishingizni lozimligini o‘ylab ko‘rdingizmi? Degan savol ham berish mumkin.)

2. Bizning yashayotgan xududda sizlarning ertangi kuningiz uchun qanday

imkoniyatlar mavjud?

O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtirgan holda. Hududagi

yangi qurilgan, zamonaviy maktab, kollej, akademik litsey binolari, hamda sport

inshoatlarining rasmini ko‘rsatadi va ularni nomini birma-bir sanab o‘tadi.

3. Hotirjamlik, tinchlik, totuvlik, imkoniyat, mustaqillik, baraka,

bag‘rikenglik, iqtisod, qadriyat, ma’naviyat so‘zlarini izohlashga harakat

qiling. Ushbu so‘zlardan hikoya tuzishga harakat qilib ko‘ring.

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.

Hurmatli o‘quvchilar!

Dunyoda buyuk tushunchalar, muqaddas qadriyatlar ko‘p. Lekin ushbu

tushunchaning bular orasida ayricha o‘rni va alohida ahamiyati bor.

Bu – ONA, VATAN, TINChLIK, SOG‘LIK.

Ularni bir-biridan ayri tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Ona Vatan, ona diyor,

ona yurt – inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan joyni Vatan deydi.

Vatannni esa, dunyoda biz uchun eng aziz inson bo‘lgan onaga tenglashtiriladi.

XX asrning eng buyuk voqealaridan biri bu asrning so‘ngi o‘n yilligi boshida

bu olamshumul harakatga qo‘shildik – mustaqillikka erishdik.

Vatanimiz, mamlakatimiz butun O‘zbekiston xalqi 1991 yilning 31 avgustda

o‘zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi. Prezidentimiz Islom Karimov

aytganlaridek Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va va yuksalish demakdir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni,

qadriyatlarimizni, ma’ngaviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining

shoni-shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi.

32
Xalqim, tantiliging o‘zi bir olam,

Yurtboshing boshingda yonib turgan sham.

Ta’rifingni bitib charchamas qalam,

Mag‘rur o‘g‘lonlaring doim bor bo‘lsin.

Darhaqiqat o‘tgan 19 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu

davr ichida qo‘lga kiritilganyutuqlarni sarhisob qilish qiyin.

Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos

beradi: o‘n to‘qqiz yilda O‘zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy

qiyofasi batamom o‘zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o‘zgarishi sodir

bo‘ldi. Bugungi xalq o‘n to‘qqiz yil burungi xalq emas.

Bu o‘zgarishlar, o‘n-o‘n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar

berishini bir ko‘z o‘ngimizga keltirib ko‘raylik. Shunda ko‘ngilga baxtiyor

umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi.

Mustaqillik, avvalo, millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini

kafolatlaydi. Bu degani esa – biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog‘liq

barcha masalalarni o‘zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.

Mamlakat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni uchga – siyosiy, iqtisodiy

va ma’naviy islohotlarga bo‘lib tahlil etish mumkin.

Siyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil

davlat sifatida yuz ko‘rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o‘rinni egalladi. O‘z

ovoziga, o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo‘ldi.

O‘z tiliga, Qomusiga, gerbiga, bayrog‘iga, Prezidentiga, madhiyasiga,

chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo‘ldi.

Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik:

avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g‘alla mustaqilligiga

erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi.

Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo‘lsa, endilikda paxtani

qayta ishlash korxonalari qurildi.

Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o‘zgarib, chiroy ochib, kollej, litsey,

maktablar,guzar, choyxona, to‘yxona va do‘konlar ham iqtisodiy

salohiyatimizdan dalolat beradi.

Ma’naviy jihatdan yurtimizdagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalish lozim.

Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an’ana va qadriyatlarga, adabiyot va

san’atga bo‘lgan munosabatning o‘zgarganligini misollar bilan sanab sanog‘iga

yetish qiyin.

Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalq kelajagi uchun

qayg‘urib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablag‘ ajratildi.

Mustaqillikning og‘ir sinovlari davri o‘tdi. Odamlarimizning kiyinishi ham,

yeb-ichishi ham, xatto, to‘ylarimiz ham o‘zgardi.

Har kimsaning bo‘lsin o‘zin boshpanasi,

Har kimsa o‘z kulbasida davrin sursin.

33
Odamni-ku aytmay turay, bu dunyoda

Hatto qushning yot butoqda ini bo‘lsin.

Uyga vazifa sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali

yig‘ilishidagi ma’ruzasidan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldirishga

harakat qiling.

Ta’lim sohasidagi

islohatlar

Siyosiy sohasidagi

islohatlar

34

Huquqiy

sohasidagi

islohatlar

Madaniyat va

sport sohasida

erishilgan yutuqlar

O‘qituvchilarga foydalanish uchun qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Islom Karimov: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.

2. Islom Karimov: “Vatan va xalq mangu qoladi” hikmatli so‘zlar va

iboralar to‘plami.

3. Islom Karimov: “Barkamol avlod orzusi” kitobi. 1999.

4. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini

o‘rganish yuzasidan M.Qarshiboev, R.Qo‘chqorov, O.Toshboevlar

tomonidan tayyorlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” o‘quv

qo‘llanmasi.

5. 1-4 sinf “Iqtisod va soliq alifbosi” qo‘llanmasi.

6. 1-4-sinf “Konstitutsiya alifbosi” (muallif. O.Karimova) qo‘llanmasi.

7. 1-4 sinf “Mening huquqlarim” (S.Xidirov va b) o‘quv qo‘llanmasi.

8. 5-9 sinf “Voyaga yetmaganlarning huquq, burch va mas’uliyatlari”

(mualliflar: B.Doniyarov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi.

9. 1-4-sinf “Odobnoma” darsligi.

10. 5-6-sinf “Vatan tuyg‘usi” darsligi.

11. 7-9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darsligi.

12. Murtazo Qarshiboev: “Ezgulik va ma’naviyat” risola.

13. Muhammadjon Quronov: “Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi” risola.

14. Muhammadjon Quronov: “Biz anglayotgan haqiqat” kitobi.

15. G‘ofurjon Shodiev: “Ma’naviyat va yoshlar” risola.

16. Sultonmurod Olim: “Istiqlol – baxtim saodatim” risola.

17. “Axloq – odobga oid hadis namunalari” 1990 yil.

18. Yo.Saitov: “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” hikmatlar to‘plami.

19. Jaloliddin Rumiy: “Masnaviy hikoyalaridan darslar”

20. Kaykovus: “Qobusnoma”.

21. “Hikmatnoma” to‘plam 1992 y
22. “Odob bo‘stoni va axloq gulistoni” asar.

23. Abduvohid Ochildiev: “Globallashuv va mafkuraviy

jarayonlar”.

35