23.10.2014 Views

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLAR TO‘G‘RISIDAGI

XALQARO PAKT

1966 yil 19 dekabr

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan prinsiplarga

muvofiq, insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos bo‘lgan qadr-qimmat hamda

teng va buzilmas huquqlarini tan olish prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi

tinchlikning negizi ekanligini e’tiborga olib,

ushbu huquqlar inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini e’tirof

etib,

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq qo‘rquv va

muhtojlikdan holi bo‘lgan ozod inson shaxsining ideali har bir kishi o‘z fuqarolik

va siyosiy huquqlaridan, shuningdek o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

huquqlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga

chiqishini e’tirof etib,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga ko‘ra davlatlar inson

huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda hurmat qilishini

rag‘batlantirishi shart ekanligini e’tiborga olib,

har bir alohida inson boshqa odamlar va o‘zi mansub jamoaga nisbatan

majburiyati bo‘lgani holda mazkur Paktda tan olinayotgan huquqlarni

rag‘batlantirish va ularga rioya etishga erishishi lozimligini e’tiborga olib,

quyidagi moddalar borasida kelishib oldilar:

I QISM

1 -modda

1. Barcha xalqlap o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu

huquq orqali ular o‘z siyosiy maqomini va o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

taraqqiyotini erkin holda ta’minlaydi.

2. Barcha xalqlar o‘z maqsadlariga erishmoq uchun o‘z tabiiy boyliklari va

resurslariga egalik qiladi, bunda o‘zaro foyda prinsipiga asoslangan xalqaro

iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biror-bir majburiyatga

zarar yetmasligi lozim.

Hech bir xalq o‘ziga tegishli bo‘lgan tirikchilik vositalaridan hech qachon

mahrum qilinmasligi shart.

3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan o‘z-o‘zini

boshqara olmayotgan va vasiy bo‘lgan hududlarni boshqarish uchun javob

beruvchi davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq

o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishni rag‘batlantirishlari va bu

huquqni hurmat qilishlari lozim.

II Qism

2-modda

1. Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro

yordam va hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur

Paktda e’tirof etilgan huquqlarning asta-sekin to‘liq ro‘yobga chiqishini ta’minlash

uchun barcha zarur usullar bilan, jumladan qonuniy choralar ko‘rish orqali mavjud

resurslarning iloji boricha keng doirasida tadbirlar ko‘rish majburiyatini oladi.

2. Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda e’lon qilingan

huquqlarni biror-bir kamsitishsiz, ya’ni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki

boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi

yoki boshqa holatlardan qat’i nazar kafolatlash majburiyatini oladilar.

3. Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huquqlari va o‘z xalqi xo‘jaligini

zarur tarzda hisobga olgan holda o‘z mamlakatlari fuqarolari bo‘lmagan shaxslarga

mazkur Paktda e’tirof etilayotgan iqtisodiy huquqlar uchun qay darajada kafolat

berishlarini o‘zlari belgilashlari mumkin.

3-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda ko‘rib chiqilgan

hamma iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlardan foydalanishda erkaklar va

ayollarga teng huquq berish majburiyatini oladilar.

4-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktga ko‘ra birorbir

davlat huquqlardan foydalanish borasida shunday cheklashlarni belgilashi

mumkinligini, bu qonunda aks etib, o‘sha cheklashlar qayd etilgan huquqlar

tabiatiga uyg‘un bo‘lishini hamda u demokratik jamiyatda umumiy farovonlikka

ko‘maklashish maqsadidagina bo‘lishi lozimligini e’tirof etadilar.

5-modda

1. Mazkur Paktdagi biror-bir narsa birorta davlat, birorta guruh yoki birorta

shaxs ushbu Paktda e’tirof etilgan har qanday huquq va erkinlikni yo‘q qilishga

qaratilgan yoki shu Paktda ta’kidlanganidan ko‘ra ko‘proq cheklashga qaratilgan

faoliyat bilan shug‘ullanish yoki qandaydir xatti-harakat sodir etish huquqiga ega

degan mazmunda talqin etilishi mumkin emas.

2. Ushbu Paktda ishtirok etayotgan biror bir davlatda qonun, konvensiya,

qoida yoki urf-odat tariqasida tan olingan yoki mavjud bo‘lgan insonning asosiy

huquqlari ushbu Paktda tan olinmaydi yoki kam miqdorda tan olinadi degan

bahonada bu huquqlar cheklanishi yoki pisand etilmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

III QISM

6-modda

1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablag‘

topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat

turini har bir odam erkin holda tanlaydi yoki erkin holda rozi bo‘ladi. Shu Pakt

ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar esa fuqarolarni mazkur huquq bilan ta’minlash

uchun zarur choralar ko‘radi.

2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur huquqni to‘liq amalga

oshirish maqsadida ko‘rish kerak bo‘lgan tadbirlarga hunar-texnika ta’limi va

tayyorgarlik dasturi, insonning asosiy siyosiy va iqtisodiy erkinliklariga kafolat

beruvchi sharoitlarda uzluksiz holda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga

odamlarning ishlabchiqarishda to‘liq band bo‘lishiga erishish usuli va yo‘llari

kiradi.

7-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay

shart-sharoitga ega bo‘lgan mehnat qilish huquqini, jumladan quyidagilarni tan

oladi:

a) barcha mehnatkashlarga kamida quyidagilarni ta’minlaydigan haq

i) teng qiymatga ega mehnat uchun hech bir tafovutsiz adolatli ish haqi va

teng daromad, ayni paytda jumladan, ayollarga erkaklarnikidan kam bo‘lmagan

mehnat sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng haq to‘lanishi

kerak;

ii) mazkur Paktning qarorlariga muvofiq ular va ularning oilalari uchun

qoniqarli bo‘lgan turmush;

b) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi ish sharoiti;

c) mehnat staji va malaka asosidagina ishda tegishli yanada yuqoriroq

mansablarga ko‘tarilish uchun bir xil imkoniyat;

d) dam olish, bo‘sh vaqt imkoniyatining bo‘lishi va oqilona cheklangan ish

vaqti hamda haq to‘lanadigan ta’til, shuningdek bayram kunlari uchun haq.

8-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni ta’minlash

majburiyatini oladilar:

a) har bir insonning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish

va himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va o‘z ixtiyori bilan ana shu

uyushmalarga kirish huquqi. Buning uchun tegishli tashkilot qoidalariga rioya

qilish shart. Ko‘rsatib o‘tilgan huquqdan foydalanishga hech bir cheklanish

qo‘yilmaydi, qonunda ko‘zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi

yoki jamoat tartibi manfaatlari yo‘lidagi yoki boshqalarning huquq va erkinligini

muhofaza etishdagi huquqlar bundan mustasno;

b) kasaba uyushmalarining milliy federatsiya yoki konfederatsiya tuzish

huquqi va milliy federatsiya, konfederatsiyalarning xalqaro kasaba uyushmalari

tuzish yoki shu kabi uyushmalarga birlashish huquqi;

c) kasaba uyushmalarining hech bir to‘siqsiz, cheklashlarsiz faoliyat

yuritish huquqi, qonunda ko‘zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat

xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaati yoki boshqalarning huquq va erkinligini

muhofaza etish uchun zarur bo‘lgan huquqlari bundan mustasno;

d) har bir mamlakatning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan ish

tashlash huquqi.

2. Ushbu modda qurolli kuchlar, politsiya yoki davlat ma’muriyati

tarkibidagi shaxslar uchun mazkur huquqlardan foydalanishda qonuniy cheklash

kiritilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

3. Ushbu moddadagi hech narsa 1948 yilgi Xalqaro mehnat tashkilotining

konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va tashkilotlar

tuzish huquqini himoya qilish ko‘rsatilgan konvensiyada nazarda tutilgan

kafolatlarga ziyon yetkazgan holda qonuniy aktlar qabul qilish yoki ushbu

kafolatlarga ziyon yetkazadigan qonunni qo‘llash huquqini bermaydi.

9-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ijtimoiy

ta’minlanish, jumladan, ijtimoiy sug‘urta huquqini e’tirof etadi.

10-modda

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni tan oladi:

1. Jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi hisoblanmish oilaga imkoni

boricha keng ko‘lamda yordam berilishi va muhofaza etilishi zarur. Ayniqsa u

shakllanayotgan davrda bunday ko‘mak zarur, chunki mustaqil bo‘lmagan bolalar

va ular tarbiyasi borasidagi g‘amxo‘rlik hozircha oila zimmasiga tushmoqda, nikoh

nikohdan o‘tayotganlarning erkin roziligiga ko‘ra tuzilmog‘i lozim.

2. Bola tug‘ilishidan oldin va undan keyingi davrda onalarga alohida

e’tibor berilishi lozim. Bu davr mobaynida ishlovchi onalarga haq to‘lanadigan

ta’til yoki ijtimoiy ta’minot bo‘yicha yetarli nafaqa bilan ta’til berilishi kerak.

3. Barcha bolalar va o‘smirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib

chiqishi yoki boshqa belgilaridan qat’i nazar alohida himoya choralari va yordam

ko‘rsatilishi shart. Bolalar va o‘smirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan

himoyalangan bo‘lishi kerak. Ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun

zararli bo‘lgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal o‘sishi

uchun zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sohalarda qo‘llash qonun bilan jazolanishi

kerak. Bundan tashqari, davlat shunday yosh chegarasini belgilab qo‘yishi kerakki,

shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlanishi va

qonun bilan jazolanishi lozim.

11-modda

1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun

yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz

yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lish huquqini

e’tirof etadi. Mazkur ishtirokchi-davlatlar ushbu huquqlar amalga oshirilishini

ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi, ayni paytda erkin kelishuvga asoslangan

xalqaro hamkorlikning bu boradagi muhim ahamiyatini e’tirof etadi.

2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ochlikdan holi

bo‘lishdek asosiy huquqini tan olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish

uchun aniq dasturlarni o‘tkazishni qamrab oladigan zarur choralarni ko‘rishlari

kerak:

a) texnik va ilmiy bilimlardan keng ko‘lamda foydalanish, ovqatlanish

tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni yoyish, tabiiy resurslardan yanada samarali

foydalanish va o‘zlashtirish uchun agrar tizimni takomilashtirish yoki isloh qilish

yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlabchiqarish, saqlash va taqsimlash

uslublarini yaxshilash; va

) ehtiyojga muvofiq va oziq-ovqat mahsulotlarini import yoki eksport

qiluvchi mamlakatlarning muammolarini hisobga olgan holda jahondagi oziqovqat

zahiralarining adolatli taqsimlanishini ta’minlash.

12-modda

1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va

ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini e’tirof etadi.

2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘rishi kerak bo‘lgan choralar

quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

a) o‘lik go‘daklar tug‘ilishini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda

bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash;

b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini

yaxshilash;

c) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldin olish, davolash

hamda ularga qarshi kurashish;

d) kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy

parvarishni ta’minlaydigan sharoit yaratish.

13-modda

1 Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ta’lim olish

huquqini e’tirof etadi. Ular ta’lim inson shaxsining to‘liq rivojlanishi va uning

qadr-qimmatini anglashiga qaratilgan bo‘lishi lozim, inson huquqlari va asosiy

erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash zarur degan fikrga keladi.

Shuningdek, ta’lim barchaga erkin jamiyatning foydali a’zolari bo‘lishga imkon

yaratishi, barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar o‘rtasidagi do‘stlikka, xayrixohlikka

va sabr-toqatli bo‘lishga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni

saqlash borasidagi ishiga ko‘maklashishi lozim degan fikrga keladi.

2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarning to‘liq

amalga oshirilishi uchun quyidagi ishlarni amalda bajarish kerakligini e’tirof etadi:

a) boshlang‘ich ta’lim hamma uchun majburiy va tekin bo‘lishi kerak;

b) o‘rta ta’limning barcha shakllari, jumladan hunar-texnika o‘rta ta’limi

ochiq bo‘lishi va barcha zarur choralar ko‘rilib, xususan, asta-sekin pulsiz ta’lim

olishni joriy etish yo‘li bilan barchaning imkoni yetadigan darajaga erishish lozim;

c) har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur

choralarni ko‘rish, xususan asta-sekin bepul ta’lim olishni joriy etish yo‘li bilan

oliy ta’lim olish hamma uchun imkon yetadigan darajada bo‘lishiga erishish kerak;

d) oddiy ta’lim, boshlang‘ich ta’limning to‘liq kursini o‘tmagan yoki

tugallamagan kishilar uchun imkon boricha rag‘batlantirilishi yoki jadallashtirilishi

lozim;

e) barcha darajadagi maktablar tarmoqlari faol rivojlantirilishi,

stipendiyalarning qoniqarli tizimi belgilanishi va o‘qituvchilarning moddiy ahvoli

doimiy ravishda yaxshilanib borishi kerak.

3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli

hollarda qonuniy vasiylarning o‘z farzandlari uchun davlat hokimiyati ta’sis etgan

maktablarnigina emas, ta’lim olish uchun davlat tomonidan belgilanishi yoki

tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan eng kam talabga javob beruvchi maktablarni ham

tanlab olish erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. Ota-onalar yoki qonuniy

vasiylarning bu erkiga o‘z shaxsiy e’tiqodiga ko‘ra farzandlarini diniy va axloqiy

ta’lim bilan ta’minlashlari ham kiradi.

4. Mazkur moddaning hech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning

ushbu moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga og‘ishmay rioya

etib va ushbu muassasalarda berilayotgan ta’lim davlat tomonidan belgilab

qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng kam talablarga javob berishiga rioya qilib o‘quv

yurtlari ochish borasidagi erkinligini kamsitadi degan mazmunda talqin

qilinmasligi kerak.

14-modda

Ushbu Pakt ishtirokchilari qatoriga kirishgacha bo‘lgan vaqtga qadar o‘z

metropoliyasida yoki yurisdiksiyasida tekin majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy

eta olmagan mazkur Pakt a’zosi bo‘lgan har bir davlat ikki yil ichida tekin

majburiy ta’lim tamoyilini amalga oshirish uchun mufassal tadbirlar rejasini ishlab

chiqish majburiyatini oladi. Ushbu rejani hayotga tatbiq etishning oqilona muddati

o‘sha rejada ko‘rsatiladi.

15-modda

1. Mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar har bir insonning quyidagi

huquqlarini e’tirof etadi:

a) madaniy hayotda ishtirok etish;

b) ilmiy taraqqiyot va uni amalda qo‘llash natijalaridan foydalanish;

c) o‘zi muallif bo‘lgan har qanday ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan

bog‘liq holda yuzaga keluvchi moddiy va ma’naviy manfaatlar himoyasidan

foydalanish.

2. Ushbu huquqlarni to‘la amalga oshirish uchun mazkur Paktda ishtirok

etayotgan davlatlar qabul qilishi kerak bo‘lgan tadbirlar fan va madaniyat

yutuqlarini himoyalash, rivojlantirish va yoyish uchun zarur bo‘lganlarini qamrab

oladi.

3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat

uchun so‘zsiz zarur bo‘lgan erkinlikni hurmat qilish majburiyatini oladi.

4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy va madaniy sohalarda

xalqaro aloqalarni rag‘batlantirish va rivojlantirish orqasidan keladigan nafni tan

oladi.

IV QISM

16-modda

1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktning shu qismiga

muvofiq, mazkur Paktda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish borasida

ko‘rilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida ma’ruzalar taqdim etish

majburiyatini oladi.

2. a) Barcha ma’ruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga

taqdim etiladi, u esa ko‘rib chiqish uchun mazkur Pakt qoidalariga muvofiq

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga ma’ruzalarning nusxasini yuboradi;

b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda ishtirok

etuvchi davlatlarning ma’ruzalarini yoki ma’ruzalarning tegishli qismini ushbu

davlatlar a’zo bo‘lgan muassasalarga yuboradi, chunki ana shu ma’ruzalar yoki

ma’ruzalarning qismlari konstitutsion aktlarga muvofiq o‘sha muassasalarning

vazifasi doirasiga kiradigan barcha masalalarga aloqadordir.

17-modda

1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash

tomonidan mazkur Pakt kuchga kirgandan so‘ng bir yil mobaynida ishtirokchi

davlatlar va ixtisoslashgan manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashib berilgan

dasturga muvofiq bosqichma-bosqich o‘z ma’ruzalarini taqdim etadi.

2. Mavzularda ushbu Pakt bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi darajasiga

ta’sir etuvchi omillar va qiyinchiliklar ko‘rsatilishi mumkin.

3. Agar tegishli ma’lumot ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat

tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yoki biror-bir ixtisoslashtirilgan

muassasaga ilgariroq xabar qilingan bo‘lsa, bu ma’lumotlarni qayta bayon etishga

hojat yo‘q va shu taxlitda xabardor etilgan ma’lumotlarga aniq tayanish yetarli

bo‘ladi.

18-modda

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga

ko‘ra inson huquqlari hamda asosiy erkinliklari borasidagi burchlarini bajarish

uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan ushbu muassasalar faoliyatiga aloqador

bo‘lgan ushbu Pakt qarorlariga rioya etilishiga erishish yo‘lida qanchalik siljishlar

bo‘lgani haqida ma’ruzalar taqdim etish borasida kelishib olishi mumkin. Bu

ma’ruzalar shu taxlitda amalga oshirish to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan muassasalar

obro‘li organlari qabul qilayotgan qaror va tavsiyanomalarning tafsilotlarini ham

o‘z ichiga olishi mumkin.

19-modda

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaga

ko‘rib chiqish va umumiy tavsiyalar berish uchun yoki tegishli hollarda inson

huquqlariga aloqador masalalar borasida ma’lumot uchun 16-17- moddalarga

binoan davlatlar taqdim etayotgan ma’ruzalarni axborot uchun berishi, shuningdek

18-moddaga muvofiq ixtisoslashgan muassasalar taqdim etgan inson huquqlariga

aloqador ma’ruzalar berishi mumkin.

20-modda

Mazkur Paktda ishtirok etuvchi manfaatdor davlatlar va ixtisoslashtirilgan

muassasalar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga 19-moddaga muvofiq har qanday

umumiy tavsiyanoma borasida yoki Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaning har

qanday ma’ruzasidagi ana shunday umumiy tavsiyanomaga tayanish xususida yoki

o‘sha joyda tayanilayotgan har qanday hujjat borasida mulohaza taqdim etishi

mumkin.

21 -modda

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash vaqti-vaqti bilan Bosh Assambleyaga ushbu

Paktda tan olinayotgan huquqlarga yalpi rioya etilishini ta’minlash borasida qabul

qilingan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida mazkur Paktda ishtirok etuvchi

davlatlar hamda ixtisoslashtirilgan muassasalardan olinadigan ma’lumotlarning

qisqacha bayoni va umumiy tusdagi tavsiyanomalar bilan ma’ruzalar taqdim etishi

mumkin.

22-modda

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa

organlari ularning yordamchi organlari va texnik yordam ko‘rsatish bilan

shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarning diqqat-e’tiborini mazkur

Paktning ushbu qismida eslatilayotgan ma’ruzalar tufayli yuzaga kelayotgan har

qanday masalalarga qaratishi mumkin, zero bu hol ana shu organlar tomonidan

vakolatlari doirasida ushbu Paktni asta-sekin amalga oshirishga ko‘maklashish

mumkin bo‘lgan xalqaro tadbirlarning qanchalik maqsadga muvofiqligi borasida

qarorlar chiqarishida foydali bo‘lishi mumkin.

23-modda

Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar konvensiyalar tuzish,

tavsiyanomalar qabul qilish, maslahat maqsadida mintaqaviy va texnik kengash

o‘tkazish, shuningdek, manfaatdor hukumatlar bilan hamkorlikda tashkiliy

tadqiqotlar olib borish ushbu Paktda e’tirof etilayotgan huquqlarni amalga

oshirishga yordam beruvchi xalqaro tadbirlar qatoriga kiradi deb kelishadilar.

24-modda

Ushbu Paktdagi hech bir narsa Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli

organlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarning mazkur Paktga daxldor masalalari

borasidagi tegishli majburiyatlarini belgilaydigan BMT Nizomi qarorlari va

ixtisoslashtirilgan muassasalarning nizomi ahamiyatini kamsitish deb talqin

qilinmasligi kerak.

25-modda

Mazkur Paktdagi hech bir narsa barcha xalqlarning o‘z tabiiy boyliklari va

resurslariga erkin egalik qilish hamda foydalanishdek ajralmas huquqini kamsitadi

deb talqin qilinishi mumkin emas.

V QISM

26-modda

1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan yoki

BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalariga a’zo bo‘lgan, Xalqaro Sud Statuti

ishtirokchisi bo‘lgan yoki mazkur Paktda ishtirok etish uchun BMT Bosh

Assambleyasi tomonidan taklif etilgan har qanday boshqa davlat imzolashi uchun

ochiq.

2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya qilingan yorliqlar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.

3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan har qanday

davlat qo‘shilishi uchun ochiqdir.

4. Qo‘shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo‘shilish

haqidagi hujjat saqlash uchun topshirilgach amalga oshiriladi.

5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktni imzolagan

yoki unga qo‘shilgan davlatlarni ratifikatsiya qilingan yorliqlar yoki qo‘shilish

haqidagi hujjatlar saqlash uchun topshirilishi to‘g‘risida xabardor qiladi, mazkur

Pakt uning o‘z ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish haqidagi hujjati saqlash uchun

qabul qilingandan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

27-modda

1. Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga o‘ttiz

beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qo‘shilish haqidagi hujjat saqlash uchun

berilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

2. Ushbu Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir davlat

uchun o‘ttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qo‘shilish haqida hujjat

saqlash uchun berilgandan so‘ng, o‘sha davlatning o‘z ratifikatsiya qilingan

yoplig‘i yoki qo‘shilish haqidagi hujjati saqlash uchun berilgan kundan boshlab

uch oy o‘tgach mazkur Pakt kuchga kiradi.

28-modda

Ushbu Pakt qarorlari federativ davlatlarning hamma qismiga hech bir

cheklashlarsiz yoki olib tashlashlarsiz joriy etiladi.

29-modda

1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatishlar taklif etishi va

uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh

kotib taklif etilgan har qanday o‘zgartirishlarni mazkur Paktda ishtirok etuvchi

davlatlarga jo‘natadi va ulardan ushbu takliflarni ko‘rib chiqish hamda ovozga

qo‘yish maqsadida konferensiya chaqirish haqidagi fikrini bildirishni iltimos

qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan biri shunday konferensiyani

ma’qullab fikr bildirsa, BMT Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti

rahbarligida ushbu konferensiyani chaqiradi. Mazkur konferensiyada ishtirok

etuvchi va ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-davlatlarning ko‘pchiligi

tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

2. Tuzatishlar ularni BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va ushbu

Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan ularning

konstitutsiya tartibiga muvofiq qabul qilingach kuchga kiradi.

3. Tuzatishlar kuchga kirgach uni qabul etgan ishtirokchi-davlatlar uchun

majburiy bo‘ladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Paktning ular

tomonidan qabul qilingan qarorlari va barcha ilgarigi tuzatishlar majburiy bo‘lib

qoladi.

30-modda

26-moddaning 5-bandiga muvofiq yuboriladigan bildirishlardan qat’i nazar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘sha moddaning 1-bandida qayd

etilgan davlatlarni quyidagilar haqida xabardor etadi:

a) 26-moddaga binoan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qo‘shilishlar;

b) 27-moddaga muvofiq mazkur Paktning kuchga kirish sanasi va 29-

moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi.

31-modda

1. Mazkur Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan bo‘lib

hamma matnlar teng kuchga ega, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxiviga

saqlash uchun topshirilishi kerak.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 26-moddada ko‘rsatilgan

barcha davlatlarga ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi.

QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLAShNING QATTIQ

ShAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID

YoKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVChI TURLARIGA QARShI

KONVENSIYa

1984 yil 10 dekabr

Ushbu konvensiyaning ishtirokchi davlatlari,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan prinsiplarga

muvofiq, insonlar oilasi hamma a’zolarining teng va ajralmas huquqlarini tan olish

erkinlik, adolat va umumiy tinchlikning asosi deb tan olinganini nazarda tutib,

bu huquqlar insonlar shaxsiyatiga mos qadr-qimmatdan kelib chiqishini tan

olib,

davlatlarning Nizomga, jumladan, 55-moddaga muvofiq, inson huquqlari

va asosiy erkinliklarining yalpi hurmat qilinishi va ularga rioya etilishiga

ko‘maklashish majburiyatlarini e’tiborga olib,

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 5-moddasini hamda

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktning 7-moddasini, ularning

ikkalasi hech kimga qiynoq yoki uning qadr-qimmatini kamsituvchi shafqatsiz

muomala qilinmasligini va jazo berilmasligini ko‘zda tutganini hisobga olib,

shuningdek hamma shaxslarni qiynoqlardan, boshqa qattiq, shafqatsiz yoki

qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlaridan muhofaza qilish to‘g‘risida

1975 yil 9 dekabrda Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan deklaratsiyani

hisobga olib,

butun dunyoda qiynoqlarga va qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni

kamsituvchi muomala va jazo turlariga qarshi kurash samaradorligini oshirishni

istab,

quyidagilarga kelishib oldilar:

I QISM

1-modda

1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun qiynoqning ta’rifi shunday

istalgan harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi

shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki

sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek uni yoki

uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida, yoki bunday og‘riq yoki azob

davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, yoki ularning

gijgijlashi bilan, yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har

qanday tusdagi kamsitish asoslangan istalgan sabab bo‘yicha ataylab kuchli og‘riq

va azob beriladi. Bu ta’rifga qonuniy sanksiyalar natijasida paydo bo‘ladigan shu

sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasodifan chiqqan og‘riq yoki azoblar

kirmaydi.

2. Bu modda yanada kengroq qo‘llash to‘g‘risida qoidalari bo‘lgan yoki

bo‘lishi mumkin bo‘lgan qandaydir xalqaro shartnomaga yoki qandaydir milliy

qonunchilikka zarar yetkazmaydi.

2-modda

1. Har bir ishtirokchi davlat uning yurisdiksiyasidagi istalgan hududda

qiynoq harakatlarining oldini olish uchun samarali qonun chiqarish, ma’muriy,

sudlov va boshqa choralarni ko‘radi.

2.Hech qanday favqulodda holatlar, ular qanday bo‘lmasin: xoh, urush

holatimi yoki urush xavfimi, ichki siyosiy beqarorlikmi yoki boshqa istalgan

favqulodda holatmi ekanligidan qat’i nazar, qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi.

3. Yuqori turgan boshliq yoki davlat hokimiyatining buyrug‘i qiynoqni

oqlashga xizmat qilolmaydi.

3-modda

Hech qaysi ishtirokchi davlat qaysidir shaxsni boshqa davlatga agar unga u

yerda qiynoq qo‘llanilishi mumkin deb o‘ylashga jiddiy asoslar mavjud bo‘lsa, uni

jo‘natmasligi, qaytarmasligi (refouler) yoki bermasligi kerak.

2. Shunday asoslar mavjudligini aniqlash uchun vakolatli hukumatlar ishga

taalluqli barcha holatlarni tegishli hollarda mazkur davlatda inson huquqlarini

amalda doim qo‘pol, jiddiy va ommaviy ravishda buzishlar mavjudligini qo‘shib

e’tiborga oladilar.

4-modda

1. Har bir ishtirokchi davlat hamma qiynoq harakatlari uning jinoyat

qonunchiligiga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Ayni shu narsa

qiynoqqa va istalgan shaxsning azoblashda sherikligi yoki qatnashuvidan iborat

harakatlariga ham tegishlidir.

2. Har bir ishtirokchi davlat bunday jinoyatlar uchun ularning og‘irlik

xususiyatini hisobga olgan holda tegishlicha jazolar tayinlaydi.

5-modda

1. Har bir ishtirokchi davlat quyidagi hollarda uning 4-moddada

ko‘rsatilgan jinoyatlarga nisbatan sud qilish huquqini belgilash uchun zarurligi

mumkin bo‘lgan tadbirlar belgilaydi:

a) jinoyatlar uning huquqiy tobeligidagi istalgan hududda yoki shu

davlatda ro‘yxatga olingan dengiz yoki havo kemasi bortida sodir qilingan bo‘lsa;

b) taxmin qilingan jinoyatchi shu davlatning fuqarosi bo‘lsa;

c) qurbon shu davlatning fuqarosi bo‘lsa va agar mazkur davlat buni

maqsadga muvofiq deb bilsa;

2. Har bir ishtirokchi davlat shunga o‘xshab shunday tadbirlar qabul

qiladiki, ular taxmin qilingan jinoyatchi uning huquqiy tobeligidagi istalgan

hududda bo‘ladigan hollarda shunday jinoyatlarga nisbatan o‘zining sud qilish

huquqini o‘rnatish uchun zarur bo‘lib chiqishi mumkin va u 8-moddaga binoan uni

ushbu moddaning 1-bandida eslatilgan davlatlardan hech qaysisiga bermaydi.

3. Ushbu Konvensiya ichki qonunlarga muvofiq istalgan jinoyatni sud

qilish huquqini amalga oshirishni istisno etmaydi.

6-modda

1. Uning ixtiyoridagi axborotni ko‘rib chiqqandan keyin vaziyatlar shuni

taqozo etishiga ishonch hosil qilgach, 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlardan

istalganini sodir etishda ayblanadigan shaxs hududida bo‘lgan istalgan ishtirokchi

davlat uni hibsga oladi yoki uning shu yerda bo‘lishini ta’minlaydigan boshqa

huquqiy choralar ko‘radi. Hibsga olish va boshqa huquqiy tadbirlar mazkur

davlatning qonunlari bo‘yicha amalga oshiriladi, ammo bu faqat jinoiy-protsessual

harakatlar yoki berish bo‘yicha harakat qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt mobaynida

davom etishi mumkin.

2. Bunday davlat darhol faktlar bo‘yicha oldindan tekshiruv o‘tkazadi.

3. Ushbu moddaning 1-bandiga asosan hibsda bo‘lgan istalgan shaxsga u

fuqarosi bo‘lgan davlatning eng yaqin tegishli vakili bilan yoki u fuqaroligi yo‘q

shaxs bo‘lsa, odatda yashab turgan davlatning vakili bilan kechiktirmay aloqa

o‘rnatishida yordam ko‘rsatiladi.

4. Davlat ushbu moddaga binoan qaysidir shaxsni hibsga olsa, 5-

moddaning 1-bandida eslatilgan davlatlarga bunday shaxsning hibsdaligi fakti

to‘g‘risida va uni ushlashga sabab bo‘lib xizmat qilgan vaziyatlar haqida

kechiktirmay xabar beradi. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘zda tutilgan oldindan

tekshiruv o‘tkazadigan davlat olgan ma’lumotlari to‘g‘risida kechiktirmay

yuqorida eslatilgan davlatlarga xabar qiladi va o‘zining sud qilish huquqini amalga

oshiradimi yoki yo‘qmi ekanligini ko‘rsatadi.

7-modda

Ishtirokchi davlat, agar uning huquqiy tobeligidagi hududda 4-moddada

ko‘rsatilgan jinoyatlardan istalganini sodir etishda gumon qilingan shaxs topilsa va

u 5-moddada ko‘zda tutilgan hollarda jinoyatchini bermasa mazkur ishni o‘zining

vakolatli hukumatlariga sudda tekshirish uchun beradi.

2. Bu hukumatlar jiddiy tusdagi oddiy jinoyat holatida bo‘lganidek, shu

davlat qonuniga muvofiq tarzda qaror qabul qiladilar. 5-moddaning 2-bandida

sanab o‘tilgan hollarda sudda tekshirish va qoralash uchun zarur isbotlarga

qo‘yiladigan talablar hech bir holda 5-moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hollarda

qo‘llaniladiganiga nisbatan kamroq jiddiy bo‘lmaydi.

3. 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlardan har qaysisi munosabati bilan

tekshiriladigan har qaysi shaxsga ishni ko‘rishning hamma bosqichlarida adolatli

muomala qilish kafolatlanadi.

8-modda

1. 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar ishtirokchi davlatlar o‘rtasida mavjud

bo‘lgan berish to‘g‘risidagi har qanday shartnomaga kiritiladigan jinoyatlar sifatida

kiritilishi kerak deb hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlar bunday jinoyatlarni ular

o‘rtasida tuziladigan berish to‘g‘risidagi istalgan shartnomaga kiritiladigan

jinoyatlar sifatida kiritish majburiyatini oladilar.

2. Agar berishni shartnoma mavjudligi bilan shart qilib qo‘yadigan

ishtirokchi davlat u berish to‘g‘risida hech qanday shartnomaga ega bo‘lmagan

boshqa ishtirokchi davlatdan berish iltimosini olsa, u bunday jinoyatlarga nisbatan

ushbu Konvensiyani berish uchun huquqiy asos sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.

Berish shu haqda iltimos bilan murojaat qilingan davlatning qonunchiligida ko‘zda

tutilgan boshqa shartlarda amalga oshiriladi.

3. Berishni shartnoma mavjudligi bilan shart qilib qo‘ymaydigan

ishtirokchi davlatlar o‘zaro munosabat bunday jinoyatlarni berish to‘g‘risida

murojaat qilingan Davlatning qonunchiligida ko‘zda tutilgan shartlarga muvofiq

berishga olib keladigan jinoyatlar sifatida ko‘rib chiqadilar.

4. Ishtirokchi davlatlar o‘rtasida bunday jinoyatlar nafaqat sodir

qilinadigan joyda, balki shu 5-moddaning 1-bandiga binoan o‘zining sud qilishni

belgilashi lozim bo‘lgan davlatlar hududida ham sodir qilingan jinoyatlardek

ko‘riladi.

9-modda

1. Ishtirokchi davlatlar 4-moddada sanab o‘tilgan jinoyatlardan har biriga

nisbatan amalga oshirilgan jinoiy-protsessual harakatlar munosabati bilan birbirlariga

sud tekshiruvi uchun ular ixtiyoridagi barcha mavjud dalillar berilishini

qamrab oluvchi eng to‘liq yordam ko‘rsatadilar.

2. Ishtirokchi davlatlar o‘z majburiyatlarini shu moddaning 1-bandiga

binoan ular o‘rtasida o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi har qanday shartnomalar

bo‘yicha bajaradilar.

10-modda

1. Har bir ishtirokchi davlat qiynoqni taqiqlashga tegishli o‘quv

materiallari va axborotlar huquqni tatbiq etuvchi organlarning xodimlarini,

fuqarolarga oid yoki harbiy, tibbiy xodimlarni, davlatning mansabdor shaxslarini

hamda har qanday shaklda hibsga olingan, ushlangan yoki qamoqqa olingan

shaxslarni ushlab turib, so‘roq qilishga yoki ular bilan muomala qilishga

munosabat bildirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni tayyorlash dasturlariga to‘liq

ravishda kiritilishini ta’minlaydi.

2. Har bir ishtirokchi davlat bu taqiqni har qaysi shunday shaxslarning

vazifa va funksiyalariga oid qoida yoki yo‘riqnomaga kiritadi.

11-modda

Har bir ishtirokchi davlat qandaydir qiynoq hollariga yo‘l qo‘ymaslik

uchun uning huquqiy tobeligida bo‘lgan har bir hududda har qanday shaklda

ushlangan, hibs qilingan yoki qamoqqa olingan shaxslarni so‘roq qilish,

shuningdek qamoqda ushlab turish va muomala qilishga taalluqli qoida,

yo‘riqnoma, usul va amaliyotlarni muntazam ko‘rib chiqadi.

12-modda

Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo‘lgan har qaysi

hududda qiynoq qo‘llangan deb o‘ylashga yetarlicha asos bo‘lganda uning

organlari tez va xolis tekshiruv o‘tkazishlarini ta’minlaydi.

13-modda

Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo‘lgan istalgan

hududda qiynoq qo‘llanildi deb tasdiqlaydigan har bir shaxsga shu davlatning

vakolatli hukumatlariga shikoyat qilish huquqini hamda ular tomonidan bunday

jinoyat tez va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Da’vogar va guvohlarni har

qanday shakllardagi yoki uning shikoyati yoki har qanday guvohlik ko‘rsatmalari

munosabati bilan qo‘rqitishdan himoya qilishni ta’minlash choralari ko‘riladi.

14-modda

1. Har bir ishtirokchi davlat o‘zining huquqiy tizimida qiynoqlarning

qurboni tovon olishini va iloji boricha to‘laroq tiklanish uchun mablag‘larni

qamrab oluvchi, huquqiy sanksiya bilan to‘ldiriladigan adolatli va muqobil tovon

olish huquqiga ega bo‘lish huquqini ta’minlaydi. Qiynoq natijasida qurbon vafot

etsa tovon olish huquqi uning qaramog‘idagilarga beriladi.

2. Ushbu moddada hech narsa qurbon yoki boshqa shaxslarning milliy

qonunchilikka ko‘ra mavjudligi mumkin bo‘lgan har qanday tovon olish huquqiga

daxl qilmaydi.

15-modda

Har bir ishtirokchi davlat har qanday ariza, agar belgilanganidek, qiynoq

ostida berilgan bo‘lsa, istalgan sud tekshiruvi davomida dalil sifatida

foydalanmasligini ta’minlaydi, u qiynoq sodir etishda ayblanadigan shaxsga qarshi

ariza berilganining isboti sifatida foydalaniladigan hollar bundan mustasnodir.

16-modda

Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo‘lgan istalgan

hududda bunday harakatlar davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatida,

yoxud ularning gijgijlashi yoki kuzatuvi yo indamay rozilik berishi bilan

chiqadigan boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan 1-moddada bo‘lgan qiynoq

ta’rifiga kirmaydigan muomala berishning boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadrqimmatni

kamsituvchi boshqa harakatlarning oldini olish majburiyatini oladi.

Xususan, 10-, 11-, 12-va 13-moddalarda bo‘lgan majburiyatlar qiynoq to‘g‘risidagi

eslatmalar muomala va jazoning boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni

kamsituvchi shakllari to‘g‘risidagi eslatmalar bilan almashtirilgan holda tatbiq

etiladi.

2. Ushbu Konvensiyaning qoidalari qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni

kamsituvchi muomala va jazoni taqiqlovchi yoki berish yoki chiqarib yuborishga

tegishli istalgan xalqaro shartnomalar yoki milliy qonunchilikning qoidalariga

zarar keltirmaydi.

II QISM

17-modda

1. Qiynoqlarga qarshi qo‘mita (bundan keyin Qo‘mita deyiladi) tuziladi, u

quyida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi. Qo‘mita yuksak ma’naviy fazilatlarga

ega va inson huquqlari sohasida vakolatli deb tan olingan hamda shaxs sifatida

chiqadigan o‘nta ekspertdan iborat. Ekspertlar ishtirokchi davlatlar tomonidan

saylanadi, bunda jo‘g‘rofiy taqsimlanishga hamda huquqiy tajribasi bo‘lgan bir

nechta shaxsning ishtiroki maqsadga muvofiqligiga e’tibor beriladi.

2. Qo‘mita a’zolari ishtirokchi davlatlar tomonidan ko‘rsatiladigan

shaxslar ro‘yxati hisobidan yashirin ovoz berish bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi

davlat o‘z fuqarolari hisobidan bitta eomzod ko‘rsata oladi. Ishtirokchi davlatlar

shuningdek Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktga binoan ta’sis

etilgan Inson huquqlari qo‘mitasining a’zolari bo‘lgan hamda Qiynoqlarga qarshi

qo‘mitada ishlash istagini bildirgan shaxslarni ko‘rsatish maqsadga muvofiqligini

ham hisobga oladilar.

3. Qo‘mita a’zolari saylovi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi

tomonidan ikki yilda bir marta chaqiriladigan ishtirokchi davlatlar kengashida

o‘tkaziladi. Kvorumini ishtirokchi davlatlarning uchdan ikki qismi tashkil etadigan

ana shu kengashlarda eng ko‘p ovoz hamda Konvensiya ishtirokchi davlatlari

vakillaridan ishtirok etgan va ovoz berishda qatnashganlarining mutloq ko‘pchilik

ovozini olganlar Qo‘mitaga saylangan nomzodlar bo‘ladi.

4 Dastlabki saylovlar ushbu Konvensiya amalga kiritilgan sanadan boshlab

olti oydan kechikmay o‘tkaziladi. Navbatdagi saylovlar sanasidan hech

bo‘lmaganda to‘rt oy avval Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi

davlatlarga uch oylik muddatda ularning nomzodlarini taqdim etish taklif qilingan

xat jo‘natadi. Bosh kotib tayyorlaydigan ro‘yxatga alifbo tartibida shu tarzda

ko‘rsatilgan shaxslar ularni ko‘rsatgan ishtirokchi davlatlarni ko‘rsatgan holda

kiritiladi, Bosh kotib bu ro‘yxatni ishtirokchi davlatlarga taqdim etadi.

5. Qo‘mita a’zolari to‘rt yil muddatga saylanadi. Ular takror ko‘rsatilgan

taqdirda qayta saylanish huquqiga egadir. Ammo dastlabki saylovda saylangan

besh a’zoning vakolat muddati ikki yillik davr oxirida tugaydi, dastlabki saylovdan

keyin darhol shu besh a’zoning nomlari, kengash raisi tomonidan qur’a tashlab

aniqlanadi, bu haqda ushbu moddaning 3-bandida bayon etiladi.

6. Qo‘mita a’zosi vafot etgan yoki iste’foga chiqqan taqdirda yoki

qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra Qo‘mitadagi vazifalarini bajarish imkoni

bo‘lmaganda uning nomzodini taklif qilgan ishtirokchi davlat qolgan muddatga

ishtirokchi davlatlar aksariyatining ma’qullashi bilan boshqa ekspertni tayinlaydi.

Agar ishtirokchi davlatlarning yarmi yoki ko‘prog‘i Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh kotibidan tavsiya qilinadigan tayinlov to‘g‘risida axborot olgandan keyin olti

hafta ichida salbiy javob bermasa, nomzod ma’qullangan deb hisoblanadi.

7. Ishtirokchi davlatlar Qo‘mita a’zolarining ular tomonidan Qo‘mitada

vazifalari bajarilgan davrdagi xarajatlarini qoplashni o‘z zimmalariga oladilar.

18-modda

Qo‘mita o‘zining mansabdor shaxslarini ikki yil mudatga saylaydi. Ular

qayta saylanishlari mumkin.

2. Qo‘mita o‘zining xususiy tartib-qoidalarini belgilaydi, lekin bu

qoidalarda, jumladan, quyidagilar ko‘zda tutilmog‘i lozim:

a) olti a’zo kvorumni hosil qiladi;

b) Qo‘mita qarorlari qatnashayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan

qabul qilinadi.

3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo‘mita o‘z vazifalarini

ushbu Konvensiyaga muvofiq ravishda samarali olib borishi uchun zarur xodimlar

, shart-sharoit bilan ta’minlaydi.

4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo‘mitaning birinchi

kengashini chaqiradi. O‘zining birinchi kengashidan keyin Qo‘mita tartibqoidalarda

ko‘zda tutilgan vaqt oralig‘ida to‘planishi lozim.

5. Ishtirokchi davlatlar ularning va Qo‘mitaning kengashlarini o‘tkazish

munosabati bilan yuzaga keladigan xarajatlarni qoplashni ushbu moddaning 3-

bandiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ta’minlanadigan

xodimlarga haq to‘lash va shart-sharoitlarni ta’minlash kabi har qanday xarajatlar

qoplanishini qo‘shib o‘z zimasiga oladi.

19-modda

1. Ishtirokchi davlatlar Qo‘mitaga ushbu Konvensiyaga binoan Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orqali ular tomonidan ularning vazifalarini amalga

oshirish yuzasidan ushbu Konvensiya tegishli ishtirokchi davlat uchun amalga

kiritilgandan keyin bir yil mobaynida qabul qilingan tadbirlar to‘g‘risida

ma’ruzalar taqdim qiladi. Shundan keyin ishtirokchi davlatlar to‘rt yilda bir marta

har qanday qabul qilingan yangi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’ruzalarni,

shuningdek so‘rashi mumkin bo‘lgan boshqa ma’ruzalarni takdim qiladi.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shu ma’ruzalarni barcha

ishtirokchi davlatlarga jo‘natadi.

3. Har bir ma’ruza Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi, u o‘zi maqsadga

muvofiq deb hisoblaydigan ma’ruza yuzasidan umumiy tartibda mulohazalar

qilishi mumkin, keyin ularni tegishli ishtirokchi davlatga jo‘natadi.

Mazkur ishtirokchi davlat Qo‘mitaga javob tariqasida o‘rinli deb

hisoblaydigan istalgan mulohazalarni berishi mumkin.

4 Qo‘mita o‘z xohishicha, 24-moddaga binoan tayyorlanadigan o‘zining

yillik ma’ruzasiga uning tomonidan ushbu moddaning 3-bandiga binoan qilingan

istalgan mulohazalarni ular bo‘yicha tegishli ishtirokchi davlatdan olingan

mulohazalar bilan kiritishi mumkin. Tegishli ishtirokchi davlat iltimosiga ko‘ra

Qo‘mita shuningdek ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq taqdim qilingan

ma’ruza nusxasini ham kiritishi mumkin.

20-modda

1. Agar Qo‘mita olgan to‘g‘ri axborotda, uning fikricha, qaysidir

ishtirokchi davlat hududida qiynoqlar muntazam qo‘llanilgani to‘g‘risida to‘liq

asosli ma’lumotlar bo‘lsa, unda u ushbu ishtirokchi davlatga shu axborotni ko‘rib

chiqishda hamkorlik qilishni hamda shu maqsadda o‘zining mazkur axborotga

nisbatan mulohazalarini bildirishni taklif qiladi.

2. Tegishli ishtirokchi davlat taqdim etadigan har xil mulohazalarni,

shuningdek uning ixtiyoridagi ishga aloqador boshqa istalgan axborotlarni hisobga

olgan holda Qo‘mita, agar u shuni maqsadga muvofiq deb topsa, maxfiy ravishda

tekshirish o‘tkazish va Qo‘mitaga shoshilinch ravishda tegishli ma’ruzani berish

uchun o‘zining bir yoki bir necha a’zolarini tayinlashi mumkin.

3. Agar ushbu moddaning 2-bandiga binoan tekshiruv o‘tkazilsa, Qo‘mita

tegishli ishtirokchi davlat bilan hamkorlik o‘rnatishga intiladi. Shu ishtirokchi

davlat roziligi bilan bunday tekshiruv uning hududiga borib ko‘rishni nazarda

tutishi mumkin.

4. Shu moddaning 2-bandiga muvofiq ana shu tekshiruv a’zosi yoki

a’zolari tomonidan taqdim qilingan tekshiruv natijalari ko‘rib chiqilgandan keyin

Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlatga bu natijalarni shu vaziyatda maqsadga

muvofiq deb topiladigan istalgan mulohazalar yoki takliflar bilan qo‘shib jo‘natadi.

5. Qo‘mitaning ushbu moddaning 1-4-bandlarida eslatilgan butun ishi

maxfiy tusdadir va bu ishning hamma bosqichlarida ishtirokchi davlat bilan

hamkorlik qilishga intilish lozim. 2-bandga binoan o‘tkazilgan tekshiruv nisbatan

bu ish tugagagach Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlat bilan maslahatlashgandan

keyin shu ish natijalari to‘g‘risida qisqacha hisobotni 24-moddaga asosan

tayyorlanadigan o‘zining har yilgi ma’lumotiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul

qilishi mumkin.

21-modda

1. Ushbu moddaga muvofiq mazkur Konvensiyaning har qanday

ishtirokchi davlati istalgan vaqtda u Qo‘mitaning bir ishtirokchi davlatning boshqa

ishtirokchi davlat o‘zining ushbu Konvensiya bo‘yicha vazifalarini

bajarmayotganligi to‘g‘risidagi xabarlarini olish va ko‘rib chiqish vakolatini tan

olishini bildirishi mumkin. Bunday xabarlar ushbu moddada bayon qilingan tartibqoidalarga

muvofiq faqatgina ular o‘ziga nisbatan Qo‘mita vakolatini tan olgani

to‘g‘risida ariza bergan ishtirokchi davlat tomonidan taqdim etilgan holdagina

qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi mumkin. Qo‘mita ushbu modda bo‘yicha

axborotlarni, agar ular bunday ariza bermagan ishtirokchi davlatga tegishli bo‘lsa,

ko‘rib chiqmaydi. Ushbu moddaga ko‘ra olingan xabarlar quyidagi tartibga

muvofiq ko‘rib chiqiladi:

a) agar qaysidir ishtirokchi davlat boshqa ishtirokchi davlat ushbu

Konvensiya qoidalarini bajarmayotir, deb hisoblasa, unda bu haqda shu masala

haqida ko‘rsatilgan ishtirokchi davlatga yozma xabar qilishi mumkin. Shu xabarni

olgandan keyin uch oy mobaynida uni olgan davlat yozma ravishda shunday xabar

jo‘natgan davlatga tushuntirish yoki boshqa ariza taqdim qiladiki, unda qanchalik

mumkin va maqsadga muvofiq bo‘lsa, shu masala yuzasidan qabul qilingan, qabul

qilinadigan yoki qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ichki tartib va tadbirlar

ko‘rsatilmog‘i lozim;

b) agar dastlabki xabar oladigan davlat tomonidan olingandan keyin olti oy

mobaynida masala ikkala tegishli ishtirokchi davlatni qondirish sari hal etilmasa

shu davlatlardan har qaysisi bu masalani Qo‘mitaga berib, bu haqda Qo‘mita va

boshqa davlatga bildirib qo‘yishi mumkin;

c) Qo‘mita unga ushbu moddaga binoan berilgan masalani faqatgina u

hamma iloji bor ichki choralar ko‘rilgani hamda mazkur holda umum tomonidan

tan olingan xalqaro huquq prinsiplariga muvofiq tugagani haqida ishonch hosil

qilganidan so‘ng qarab chiqadi. Bu qoida shu tadbirlarni ko‘llash asossiz cho‘zilib

ketgan yoki ushbu Konvensiya buzilishining qurboni bo‘lgan shaxsga samarali

yordam ko‘rsatishi dargumon bo‘lgan hollarda harakat qilmaydi;

d) ushbu modda bo‘yicha axborotlarni ko‘rib chiqqanda Qo‘mita yopiq

majlislar o‘tkazadi;

e) Qo‘mita «s» banddagi qoidalarga rioya etgan holda tegishli ishtirokchi

davlatlarga masalani ushbu Konvensiyada ko‘zda tutilgan majburiyatlarini hurmat

qilish asosida do‘stona hal etish maqsadida yaxshi xizmatlar ko‘rsatadi. Shu

maqsadda Qo‘mita zarurat bo‘lganda maxsus kelishuv komissiyasini ta’sis qilishi

mumkin:

f) ushbu moddaga muvofiq o‘ziga berilgan har qanday masala bo‘yicha

Qo‘mita «b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlardan ishga taalluqli

istalgan axborotni berishlarini so‘rashi mumkin;

d) «b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlar Qo‘mitada masalani

ko‘rib chiqishda vakil orqali qatnashishlari va og‘zaki va (yoki) yozma ravishda

fikr bildirishlari mumkin.

h) Qo‘mita bildirishnoma olgan kundan o‘n ikki oy mobaynida «b» bandga

muvofiq quyidagi hollarda axborotnoma taqdim etadi:

I) agar «e» band qoidalari doirasida yechimga erishilsa, unda Qo‘mita o‘z

axborotida faktlarni va erishilgan yechimni qisqacha bayon etish bilan

chegaralanadi;

II) agar «e» band qoidalari doirasida yechimga erishilmasa, Qo‘mita o‘z

axborotida faktlarni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi; tegishli ishtirokchi

davlatlar tomonidan taqdim etilgan yozma taqdimotlar va og‘zaki arizalarning

qaydi axborotga ilova qilinadi.

Har bir masala bo‘yicha axborot tegishli ishtirokchi davlatlarga jo‘natiladi.

2.Ushbu moddaning qoidalari mazkur Konvensiyaning beshta ishtirokchi

davlati shu moddaning 1-bandiga muvofiq ariza berganida amalga kiritiladi.

Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, Bosh kotib ularning nusxalarini qolgan

ishtirokchi davlatlarga jo‘natadi. Ariza Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo‘natish

orqali istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish

ushbu moddaga muvofiq avval o‘tkazib bo‘lingan axborot mavzui bo‘lgan har

qanday masalani ko‘rib chiqishga zarar yetkazmasligi kerak; ushbu moddaga

muvofiq har qanday ishtirokchi davlatning hech qanday keyingi axborotlari, agar

tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermagan bo‘lsaBosh kotibga arizaning

chaqirib olinishi to‘g‘risida bildirilgandan keyin qabul qilinmaydi.

22-modda

1.Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlati istalgan vaqtda ushbu

moddaga muvofiq uning huquqiy tobeligida bo‘lgan shaxslarning ishtirokchi

davlat tomonidan Konvensiya qoidalarini buzish qurbonlari bo‘lganliklarini yoki

ular nomidan tushadigan shunday tusdagi axborotlarni tasdiqlaydigan xabarlarini

olish va ko‘rib chiqishga Qo‘mita vakolatini tan olishi to‘g‘risida bayonot berishi

mumkin. Shunday bayonot bermagan ishtirokchi davlatga taaluqli bo‘lgan har

qanday axborotlarni Qo‘mita qabul qilmaydi.

2. Qo‘mita ushbu moddaga binoan anonim bo‘lgan yoki uning fikricha,

shunday xabarlarni berish huquqini suiiste’mol qilgan yoki ushbu Konvensiya

qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday axborotni nomaqbul deb hisoblaydi.

3. Qo‘mita 2-bandni hisobga olgan holda ushbu moddaga muvofiq

ravishda unga berilgan axborotni 1-bandga ko‘ra bayonot bergan va go‘yoki

Konvensiyaning u yoki bu qoidalarini buzayotgan ushbu Konvensiyaning

ishtirokchi davlatiga ma’lum qiladi. Axborotni olgan davlat olti oy mobaynida

Qo‘mitaga masalani va shu davlat tomonidan qabul qilinadigan har qanday

tadbirlarni aniqlashtiradigan yozma tushuntirish yoki ariza taqdim etadi.

4. Qo‘mita ushbu moddaga muvofiq olingan xabarlarni unga mazkur shaxs

tomonidan yoki uning nomidan va tegishli ishtirokchi davlat tomonidan taqdim

etilgan butun axborotlar asosida ko‘rib chiqadi.

5. Qo‘mita agar u quyidagilarga amin bo‘lmasa, ushbu moddaga ko‘ra

qandaydir shaxsdan olingan hech bir axborotni ko‘rib chiqmaydi:

a) xuddi shu masala xalqaro tergov yoki bartaraf etish bo‘yicha qaysidir

boshqa marosimda ko‘rib chiqilmagan va ko‘rib chiqilmayapti;

b) mazkur shaxs mavjud ichki huquq himoyasining barcha choralarini

tugatgan; bu qoida shu tadbirlarni qo‘llash asossiz cho‘ziladigan yoki shu

Konvensiyani buzish qurboni bo‘lgan shaxsga samarali yordam berishi gumon

sanalgan hollarda harakat qilmaydi.

6. Ushbu modda bo‘yicha axborotlarni ko‘rib chiqqanda Qo‘mita yopiq

majlislar o‘tkazadi.

7. Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlat va mazkur shaxsga o‘z fikrlarini

bildiradi.

8. Ushbu moddaning qoidalari ushbu Konvensiyaning beshta ishtirokchi

davlati mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq ariza berganda amalga kiritiladi.

Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, u ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi

davlatlarga jo‘natadi. Ariza istalgan vaqtda Bosh kotib nomiga bildirishnoma

jo‘natish vositasida chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu

moddaga binoan berilib bo‘lingan axborot mavzui sanalgan istalgan masalani

ko‘rib chiqishga zarar keltirmasligi lozim; har qanday shaxs tomonidan yoki uning

nomidan jo‘natiladigan hech qanday keyingi xabarlar ushbu moddaga muvofiq,

Bosh kotib tomonidan arizani chaqirib olish to‘g‘risida bildirishnoma olingandan

keyin, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermasa, qabul qilinmaydi.

23-modda

Qo‘mita va 21-modda 1-bandining «e» kichik bandiga binoan tayinlanishi

mumkin bo‘lgan kelishuv komissiyalarining a’zolari Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Imtiyozlar va immunitetlar to‘g‘risida Konvensiyasining tegishli

bo‘limlarida ko‘zda tutilganidek Birlashgan Millatlar Tashkiloti topshirig‘i

bo‘yicha ishlaydigan ekspertlarning imtiyozlari va immunitetlari huquqiga

egadirlar.

24-modda

Qo‘mita ishtirokchi davlatlarga va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assambleyasiga ushbu Konvensiyaga binoan o‘z ishi to‘g‘risida yillik ma’ruza

taqdim qiladi.

III QISM

25-modda

1. Ushbu Konvensiya hamma davlatlar tomonidan imzolanishga ochiqdir.

2. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi.

26-modda

Ushbu Konvensiya hamma davlatlarning qo‘shilishi uchun ochiqdir.

Qo‘shilish qo‘shilganlik to‘g‘risida hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

kotibiga saqlash uchun topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

27-modda

1. Ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish

to‘g‘risidagi hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun

topshirilganining o‘ttizinchi kuni amalga kiritiladi.

2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoki o‘nta yigirmanchi

ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risida hujjat topshirilgandan keyin

qo‘shiladigan har bir davlat uchun ushbu Konvensiya uning o‘zining ratifikatsiya

yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risida hujjati saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin

o‘ttizinchi kuni amalga kiritiladi.

28-modda

1 Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolash yoki ratifikatsiya qilish yoki

qo‘shilish paytida u yigirmanchi moddada belgilangan Qo‘mita vakolatini tan

olmasligi mumkin.

2 Ushbu moddaning birinchi bandiga muvofiq izoh bergan har qanday

ishtirokchi davlat bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini xabardor

qilib istalgan vaqtda o‘z izohini olib tashlashi mumkin.

29-modda

1. Ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan har qaysi davlat tuzatish taklif

qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim qilishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi keyin taklif qilingan tuzatishni

ishtirokchi davlatlarga shu taklifni ko‘rib chiqish hamda u bo‘yicha ovoz berish

o‘tkazish maqsadida ishtirokchi davlatlar konferensiyasini chaqirishga ular tarafdor

yoki tarafdor emasligini unga bildirishni iltimos qilib jo‘natadi. Agar bunday xat

jo‘natilgan sanadan so‘ng to‘rt oy davomida ishtirokchi davlatlarning kamida

uchdan bir qismi shunday konferensiyaga tarafdorligini bildirsa, Bosh kotib

Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida konferensiya chaqiradi. Shu

konferensiyada hozir bo‘lgan va ovoz berishda ishtirok etgan ishtirokchi

davlatlarning aksariyati tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Bosh kotib

tomonidan hamma ishtirokchi davlatlarga tasdiqlash uchun beriladi.

2. Ushbu moddaning 1-bandi bo‘yicha qabul qilingan tuzatish ushbu

Konvensiyaning ishtirokchi davlatlaridan uchdan ikki qismi Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh kotibini o‘zining konstitutsion tartiblariga muvofiq ular tomonidan

mazkur tuzatish qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qilgandan keyin amalga

kiritiladi.

3 Tuzatishlar amalga kiritilgach, ular o‘shalarni qabul qilgan ishtirokchi

davlatlar uchun majburiy bo‘lib boshqa ishtirokchi davlatlar uchun esa ushbu

Konvensiya qoidalari va ular tomonidan qabul qilingan tuzatishlar majburiy bo‘lib

qoladi.

30-modda

1. Ushbu Konvensiyani sharhlash yoki qo‘llanish xususidagi ikki yoki

ko‘proq ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etilishi

mumkin bo‘lmagan har qanday bahs ulardan birining iltimosi bo‘yicha arbitrajga

beriladi. Agar arbitraj to‘g‘risida iltimos qilingandan so‘ng o‘tgan olti oy

mobaynida tomonlar arbitraj tashkil etish to‘g‘risida bitimga kelish holatida

bo‘lmasalar, tomonlardan birining iltimosi bo‘yicha bahs Xalqaro sud maqomiga

binoan Xalqaro sudga o‘tkazilishi mumkin.

2. Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolaganda, ratifikatsiya qilganda

yoki unga qo‘shilganda u o‘zini ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan

bog‘lanib qolmagan deb hisoblagani to‘g‘risida ma’lum qilishi mumkin. Boshqa

ishtirokchi davlatlar shunday izoh bergan har qanday ishtirokchi davlatga nisbatan

ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bog‘lanib qolmaydilar.

3. Ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq izoh bergan har qanday

ishtirokchi davlat bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirib

qo‘yib, istalgan paytda o‘z sharhini olib tashlashi mumkin.

31-modda

1. Har qaysi ishtirokchi davlat ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishda xabar berish yo‘li bilan bekor qilishi

mumkin. Bekor qilish Bosh kotib tomonidan bildirishnoma olingandan keyin bir

yil o‘tgach amalga kiradi.

2. Bunday bekor qilish ishtirokchi davlatni ushbu Konvensiya bo‘yicha

uning bekor qilish amalga kiritilgan sanaga mavjud bo‘lgan har qanday harakat

yoki nuqson uchun javobgarliklardan ozod qilmaydi va bekor qilish Qo‘mita

tomonidan bekor qilish amalga kiritilgan sanagacha ko‘rib chiqilgan istalgan

savolning davom etayotgan ko‘rib chiqishiga hech qanaqa zarar yetkazmaydi.

3. Qaysidir ishtirokchi davlat uchun bekor qilish kuchga kiritilgan sanadan

keyin Qo‘mita mazkur davlatga tegishli yangi masalalarni ko‘rib chiqishga

kirishmaydi.

32-modda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti

a’zolari bo‘lgan barcha davlatlarga, ushbu Konvensiyani imzolagan yoki unga

qo‘shilgan barcha davlatlarga quyidagi ma’lumotlarni xabar qiladi:

a) 25- va 26-moddalarga binoan imzolash, ratifikatsiya qilish va qo‘shilish

to‘g‘risida;

b) 27-moddaga binoan ushbu Konvensiyani amalga kiritish va 9-moddaga

binoan istalgan tuzatishlarni amalga kiritish sanasi to‘g‘risida;

s) 31-moddaga binoan bekor qilish to‘g‘risida.

33-modda

1. Inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha matnlari bir

xil autentik bo‘lgan ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

kotibiga saqlash uchun topshiriladi.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning

tasdiqlangan nusxalarini barcha davlatlarga jo‘natadi.

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!