09.09.2022 Views

_қўлланма_Арипова_А_

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” nomli metodik qo‘llanmada zamonaviy talimda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlar, ularning didaktik imkoniyatlari, qo‘llanish shartlari va tartibi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, metodik qo‘llanmada turli o‘quv fanlari bo‘yicha tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda interfaol metodlarni qo‘llashga oid tajribalardan namunalar berilgan. Metodik qo‘llanma ta’lim tizimining barcha boskichlarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi (pedagog) va xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va uni takomillashtirish masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” nomli metodik qo‘llanmada zamonaviy talimda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlar, ularning didaktik imkoniyatlari, qo‘llanish shartlari va tartibi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, metodik qo‘llanmada turli o‘quv fanlari bo‘yicha tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda interfaol metodlarni qo‘llashga oid tajribalardan namunalar berilgan. Metodik qo‘llanma ta’lim tizimining barcha boskichlarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi (pedagog) va xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va uni takomillashtirish masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

2022

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va

pedagogik kompetentlik”

O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA

A.ARIPOVA

www.sbtsul.uz


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Tuzuvchi: TDYuU IF Umumta’lim fanlari kafedrasi mudiri, f.f.n., dots.

PhD A.X. Aripova

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” nomli metodik qo‘llanmada zamonaviy

talimda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlar, ularning didaktik imkoniyatlari, qo‘llanish shartlari

va tartibi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, metodik qo‘llanmada turli o‘quv fanlari bo‘yicha tashkil

etiladigan mashg‘ulotlarda interfaol metodlarni qo‘llashga oid tajribalardan namunalar berilgan. Metodik

qo‘llanma ta’lim tizimining barcha boskichlarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi (pedagog) va

xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, ta’lim jarayonini samarali tashkil

etish va uni takomillashtirish masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Taqrizchilar: TDYuU professori p.f.f.d. D.U.Xashimova

TDYuU IF Umumta’lim fanlari dotsenti H.O.Ahmedova

Metodik qo‘llanma Umumta’lim fanlari kafedrasi yig‘ilishining 2022- yil 27.06 dagi 12-sonli

qarori bilan muhokama qilingan va nashrga tavsiya qilingan.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

MUNDARIJA

I. Ta’limda foydalaniladigan interfaol

metodlar

II. Nazariy materiallar

III. Glossariy

IV. Adabiyotlar ro‘yxati

Ta’limda foydalaniladigan interfaol metodlar


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Bugungi kunda mamlakatimizga chuqur bilimli, malakali, tezkor va

konstruktiv tarzda qaror qabul qila oladigan mutaxassislar zarur. Shu bois o‘qituvchi

va talabaning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorligi ta’lim jarayonining muhim

jihatiga aylanib, bunda ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish katta rol o‘ynaydi.

Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash mutaxassislarni

tayyorlashning sifatini oshirishga hamda talabalarning mustaqil ishlarining rolini

faollashtirishga ko‘maklashadi. Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy kompetensiyalarini

rivojlantirishda innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish kelajakda uning mehnat

bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga zamin yaratadi. Innovatsiya yoki yangilash

insonning har qanday kasbiy faoliyatiga xosdir. Innovatsiyalar o‘z-o‘zidan paydo

bo‘lmay, ilmiy izlanishlar, ilg‘or pedagogik tajriba natijalari sirasiga kiradi.

«Innovatsiya» tushunchasi lotinchadan tarjima qilinganda «yangilanish,

yangilik, o‘zgarish» ma’nosini anglatadi. Pedagogik jarayonda innovatsiya ta’lim va

tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, metod va shakllariga yangilik joriy qilish,

o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish demakdir. Bugungi

kunda pedagogikada aynan innovatsiyalar ta’lim samaradorligini oshirishning eng

maqbul vositasi bo‘lib bormoqda.

Hozirgi globallashuv jarayonlarida ta’limga innovatsion yondashuvning

ijtimoiy-pedagogik zaruriyati quyidagilar bilan o‘lchanadi:

1.Fan-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish uzluksiz ta’lim

tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy

tajribalarni o‘rganish, ta’limdagi innovatsion yondashuvlar va axborot

texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish;

2.Talaba-yoshlardagi ma’lumotlilik darajasi, intelektual salohiyat, ijtimoiy

faollik, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shaxsga

yo‘naltirilgan o‘qitishning samarali tashkiliy shakllari, texnologiyalarini yaratish va

amaliyotga tatbiq etish;

3.Pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan

o‘qituvchining kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish zarurati.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi

oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirgan, bu

axborotlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi,

mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada kasb-hunar ta’limida

innovatsion texnologiya larning boshqarish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati

beqiyosdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon, hamda o‘qituvchi va

talaba o‘rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o‘zgartishlar kiritish bo‘lib, uni amalga

oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi, chunki ta’limda boshqaruv

rolini o‘qituvchi bajaradi.

O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalari yordamida

talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish,

samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va

tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikrmulohazalarini

erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish,

muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi

sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin. Eng muhimi, interfaol ta’lim

texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi

aniq maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil

etadi. Shuningdek, talabalarni muayyan bilimlar sohasini egallashga yo‘naltirish,

boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini xolis

baholash imkonini beradi.

Hozirgi kunda interfaol ta’lim texnologiyalaridan ommaviylari quyidagilar

sanaladi: interfaol metodlar (“Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”,

“Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Musobaqa-bellashuv” va b.);

strategiyalar (“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”,

“Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval” va h.k.); grafik organayzerlar (“Baliq skeleti”,

“BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Nilufar guli”, “Insert”,

“Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”) va boshqalar.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

natijasida:

Shu bois interfaol ta’lim texnologiyalaridan o‘qitish jarayonida qo‘llash

-talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga

bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;

-talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga

bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;

-talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma,

malakalarni shakllantiradi;

-ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini

rag‘batlantiradi;

-har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi;

-o‘quv materialining samarali o‘zlashtirilishi uchun

qulay sharoit yaratadi;

-talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;

-talabalarda o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha fikr

hamda munosabatni uyg‘otadi;

-talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga

o‘zgartirilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunida

“innovatsiya” va “innovatsion faoliyat”ga quyidagicha ta’rif berilgan: “innovatsiya

– fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan,

qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan

yangi ishlanma”, “innovatsion faoliyat – yangi yangi ishlanmalarni tashkil etish,

shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga oshirilishini

ta’minlash bo‘yicha faoliyat” deb, ta’rif berilgan.

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” uslubiy

qo‘llanmani o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida

o‘qituvchi:

- innovatsion ta’lim texnologiyalarining funksiyalari;

- innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari va qo‘llanilish sohalari;


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

- innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogikpsixologik va

metodik shart-sharoitlari;

- innovatsion ta’lim texnologiyalarini loyihalash qoidalari;

- innovatsion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish,

interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case study

(keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment

texnologilarining mohiyati;

- pedagogik kompetentlik asoslari va sifatlari;

- pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish yo‘llari, shakl va

metodlari;

- pedagogik kompetentlik potensiali va undan oqilona foydalanish shartlari;

- pedagoglarning kasbiy faoliyat (o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy

tadbirlarni tashkil etish)ga kreativ yondashishlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;

- aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini shakllantirish;

- interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini

loyihalash va rejalashtirish;

- shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish;

- talabalarning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish;

- interfaol ta’lim texnologiyalari (amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish,

interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case-study

(keys-stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment

texnologilari)ni oliy ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini

egallashi;

- innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini “jonli”, ijodiy

tashkil etish;

- innovatsion faoliyatni tashkil etish;

- innovatsion tafakkur yuritish orqali ta’lim jarayonida ijodiy muhitni

yaratish;

- innovatsion ta’lim texnologiyalarining oqilona tanlab olish;


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

- mutaxassislik bilan bog‘liqlikda innovatsion ta’lim texnologiyalarini real

amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga erishish;

- innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ommalashtirish

malakalarini egallashi;

- pedagogik innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish;

- ta’lim jarayonining innovatsion xarakter kasb etishini ta’minlash;

- innovatsion ta’lim texnologiyalari (innovatsion ta’lim texnologiyalari:

amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended

learning (aralash o‘qitish), case study (keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat

darslari, vebinar va assesment texnologilari)ga asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini

tashkil etish;

- talabalarni izlanishli-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish kompetensiyalarni

egallashi lozim.

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” asosida

o‘qitish jarayonida:

- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida

prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;

- o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress

so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash,

va boshqa interfaol ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi:

Ta'lim texnologiyasining tuzilishi

Kirish

Ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari

Ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlarda ta'lim texnologiyasi


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash talabalarda ilmiy

izlanishga qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini

rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar amaliy faoliyatda

tatbiq etiladi, o‘zlashtirish sifati oshadi:

Ta'lim texnologiyasi

modeli

O'quv mashg'ulotini

tuzilishi

O'quv mashg'ulotining

maqsadi va pedagogik

vazifalar

O'quv faoliyatining

kutilajak natijalari

Darsda kompyuter, smartteybllardan foydalanish o‘qitish jarayonini qiziqarli

olib borish, har bir talabaga individual yondashish imkonini beradi. Bunda,

birinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng imkoniyatlari orqali

talabalarga juda ko‘p bilim, fakt va ma’lumotlarni yetkazish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchidan, o‘qituvchining innovatsion reja, g‘oya va o‘y-fikrlarini to‘laqonli

amalga oshirish yengil va samarali tarzda kechadi. Bunday jarayonlar, ayniqsa,

sohaga yo‘naltirilgan fanlar ta’limida salmoqli o‘rin tutadi.

Uzluksiz ta’lim tizimida bilim oluvchi va tarbiyalanuvchilarni innovatsion

texnologiyalar asosida o‘qitish bilan cheklanib qolmasdan, kelajakda amaliy

faoliyatlarida o‘zlari innovatsion texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llashlariga

o‘rgatishni uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashning asosiy vazifalaridan biri, deb

hisoblanadi.

Fanlar integratsiyasi evaziga sivilizatsiyaning eng noyob yutuqlari qo‘lga

kiritilmoqda. Insonning tashqi dunyoni va o‘zligini anglashi, odam va jamiyat


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

munosabatlarining yangi qonuniyatlarini bilib olishi sodir bo‘lmoqda. Ana shunday

dialektik jarayonda ishlab chiqarishdek inson aql-zakovati bilan yo‘lga qo‘yilgan

iqtisodiy hodisa yetakchi pozitsiyaga ko‘tarilmoqda.

O‘QITISH SHAKLLARI

- ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab

olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);

- davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha yechimlari bo‘yicha taklif berish

qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);

- bahs va munozaralar (loyihalar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli

argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini

rivojlantirish).

- ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar

(ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab

olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy

bilimlarni mustahkamlash);

- davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha

yechimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini

oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy

xulosalar chiqarish);

- bahs va munozaralar (loyihalar yechimi

bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni

taqdim qilish, eshitish va muammolar

yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).

INTERFAOL METODLAR


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim

jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar

qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.

Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda

bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining

qo‘llabquvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

“AQLIY HUJUM” METODI

“Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan

bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga

kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari

mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim

oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini

aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim

oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda

yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga

(ignalar yordamida) mahkamlanadi.

“Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar

bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy

qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy

hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara

olib borish madaniyati shakllanadi.

Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon

etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan

fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi.

Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga

oshiriladi:

1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib

qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad

qilib qo‘yilganda-yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilgandamavzudan

so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham

inobatga olinadi.

3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Muammoli savol beriladi

Muammo nimada? Mohiyati qanday?

Umumlashtiriladi

Fikrlar tinglanadi

Jamlanadi

Xulosa

Aniq javob tanlab olinadi

Yechim

“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi

“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini

(fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli

qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:

natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikrg‘oyalarning shakllanishiga

olib keladi;

ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati

mavjud;

ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.

“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:

ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. “Kichik

guruhlarda ishlash” metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni

kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan

topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.

“DAVRA SUHBATI” METODI

Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Aylana stol atrofida

berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikrmulohazalarini

bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

•Bu har bir ta’lim

oluvchining bir-biri

bilan “ko‘z aloqasi”ni

o‘rnatib turishiga

yordam beradi.

•“Davra suhbati” metodi

qo‘llanilganda stolstullarni

doira shaklida

joylashtirish kerak.

Og‘zaki davra

suhbatida ta’lim

beruvchi mavzuni

boshlab beradi

ta’lim oluvchilardan

ushbu savol

bo‘yicha o‘z fikrmulohazalarini

bildirishlarini

so‘raydi

•agar muhokama qilish

lozim bo‘lsa, barcha

fikr-mulohazalar

tinglanib bo‘lingandan

so‘ng muhokama

qilinadi

aylana bo‘ylab har

bir ta’lim oluvchi

o‘z fikrmulohazalarini

og‘zaki bayon

etadilar

So‘zlayotgan ta’lim

oluvchini barcha

diqqat bilan

tinglaydi

•ta’lim oluvchilarning

mustaqil fikrlashiga va

nutq madaniyatining

rivojlanishiga yordam

beradi

Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim

oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir

mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini

yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi

bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z

javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va

yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi.

“ROLLI O‘YIN” METODI

Ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini

sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir. Masalan, ixtisoslikka

yo‘naltirilgan fanlar kesimida turli vaziyatlarga doir rolli o‘yinlardan foydalanish

mumkin (sud, oilaviy mojaro, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va b.) .


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Shu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi

tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa,

“Sohaga doir o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday

vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar. Rolli o‘yinda

ham sohaga doir o‘yin kabi muammoni yechish bo‘yicha ishtirokchilarning

birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda

shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.

“Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi

“Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi

hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.

2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.

4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni

kuzatib turadilar.

5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish

mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi.

Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va

o‘yinga xulosa qilinadi. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy

izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi.

Sud

Ssenariy maxsus

fan bo‘yicha

o‘tilayotgan

mavzuga mos

ravishda, hayotda

yuz beradigan

ba’zi bir holatlarni

yoritishi kerak.

Mojaro

Ushbu metodni

qo‘llash uchun

ssenariy t’lim

beruvchi

tomonidan ishlab

chiqiladi.

Huquqbuzarlik

Ba’zi hollarda

ta’lim oluvchilarni

ham ssenariy

ishlab chiqishga

jalb etish

mumkin.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“BAHS-MUNOZARA” METODI

Biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv

tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud

bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu

metod qo‘llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim

oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin.

Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga

jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar

orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: -

barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

- “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya

qilish;

- fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

- bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;

- bir-birlariga o‘zaro hurmat.

“Bahs-munozara” metodining tuzilmasi

“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab

chiqadi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni

munozaraga taklif etadi.

3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va

fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini

kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini

erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni

guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Savol Munozara Yechim

“MUAMMOLI VAZIYAT” METODI

Ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil

qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga

qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning

murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular

qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda

yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga

bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.

«Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr

yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini

topishni o‘rganadilar.

Muammoli vaziyat tavsifini keltirish

Guruhlarga bo'lish

Sababini aniqlash

Muammoli vaziyatning oqibati

Muammoli vaziyatning yechimi

To'g'ri yechimni tanlash

Xulosa

Muammoli vaziyat metodi


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va

vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari

bilan tanishtiradi.

3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib

chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha

taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikrmulohazalarini

taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil

qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va

o‘z variantlarini taklif etadilar.

8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi

bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini

tanlab oladi.

М

sabablari

V

oqibatlari

yechim

xulosa


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“LOYIHA” METODI

Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt

davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va

amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish,

qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni

baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki

guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi

faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim oluvchining

vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir

topshiriqning yechimini topishdan iborat.

Ma’lum bir

hodisa yuzasidan

ma’lumot yig‘adi

Reja asosida tahlil

olib boradi

Tekshiruv

o‘tkazadi

• hodisani

o‘rganadi

• reja tuzadi

• Qarorga keladi

• Ishlarni amalga

oshiradi

• Yechimini izlaydi

• Xulosaga keladi

Masalan, MFYda oilaviy mojaro sababli qaynona-kelin o‘rtasida kelib chiqqan

nizoli vaziyatni o‘rganish (zo‘ravonlik va bosim, tazyiq yuzasidan surishtiruv

ishlarini amalga oshirish va b.).

Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim

oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini,

material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim. Talabalar ish rejasiga asosan

topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Pedagog bilan birgalikda qabul

qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“MUNOSABAT” METODI

Takomillashgan o‘qitish texnologiyasidir. Hozirgi OTMda samarali o‘qitish

texnologiyasi muammo asosida munosabat bildirish ta’limidir. Uning vazifasi faol

bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir.

Muammoga munosabatni bildirish ta’limi ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga

mos keladi. Bu ta’limning asosini muammo (yun. “to‘siq”, “qiyinchilik”) yoki

muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli TT ularning yechimini topishga xizmat

qiladi. Ko‘p holatlarda munosabat bahsi va muammoli holat sinonimlaridek qabul

qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.

Muammoga

munosabat

• axborotni

o'rganish

yechimini

izlash

• ma'lumot

to'plash

yechimini

topish

• hukm

“Munosabat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning

bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini

topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim

oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining

yo‘qolishiga olib keladi. Bu metod qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni,

muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni

o‘rganadi. Va shunga ko‘ra o‘z munosabatini bildiradi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“KEYS-STADI” TEXNOLOGIYaSI

“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” –

muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish)

talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul

variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya;

real vaziyatlarni bayon etishda qo‘llaniladigan o‘qitish texnikasi.

Texnologiyaning asosiy vazifalari

1. Tahlil ko‘nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.

2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.

3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.

4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.

5. Noaniqliklar mavjud bo‘lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash

ko‘nikmalarini shakllantirish.

Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni

o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni

hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi.

Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari,

ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib

borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni

o‘rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va talaba

(talaba) o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari.

“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega

bo‘ladi:

1. Tahliliy ko‘nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni

turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim

etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).

2. Amaliy ko‘nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni

tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo‘llay bilish).


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

3. Ijodiy ko‘nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish

muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini

topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).

4. Muloqot ko‘nikmalari (unga ko‘ra talaba bahs-munozara olib borish, o‘z nuqtai

nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli

hisobotni tayyorlash ko‘nikmalarini o‘zlashtira bilishi zarur). 5. Ijtimoiy

ko‘nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar boshqalarning xattiharakatini

tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o‘zgalarning fikrlarini

qo‘llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o‘zini

boshqara olishi lozim).

6. O‘z-o‘zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o‘zini tuta bilishi, boshqalarga

namuna bo‘lishi muhim) - maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan

ortiq) tushunilmasligi; - savol yoki topshiriqlar ma’lum darajada murakkab bo‘lishi;

- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi; - tezda

o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotmasligi; - milliy xususiyatlarni o‘zida namoyon

eta olishi; - ta’limning barcha yo‘nalish yoki sohalariga oid tipik vaziyatlarni

ifodalashi; - dolzarb ahamiyatga ega bo‘lishi; - talabalarda tahliliy tafakkurni

rivojlantirishi; - bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi; - bir necha

yechim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta’minlay olishi.

Keyslarni yechishga doir metodik ko‘rsatma:

Masalan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik keysi

1. Keys (muammo) bilan tanishing.

2. Muammoning dolzarbligini baholang.

3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.

4. Keys (muammo)ni samarali yechish yo‘llarini aniqlang.

5. Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va texnologiyalarni

tanlang.

6. Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni

shaklantiring.

Keysning yechilishi:


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

1. Keys (muammo)ning bayoni.

2. Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.

3. Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati.

4. Metodik ko‘rsatmalar.

5. Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, variantlar

maqbulligini tekshirish).

6. Keys yechimi bo‘yicha taqdimotni tashkil etish.

7. Keys yechimini tahlil qilish.

8. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi

“BALIQ SKELETI” GRAFIK ORGANAYZERI

Tushuntirish Ma'ruza

Evristik suhbat

Og'zaki

bayon qilish

metodlari

Hikoya

Suhbat

Metod talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va

yechish qobiliyatini shakllangiradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash,

mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga

keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Mazkur organayzer birorta muammo doirasidagi masalalar mohiyatini o‘rganishga

qaratilgan bo‘lib, unda talaba har bir holatni alohida unsurlari asosida o‘rganib

chiqadi va xulosaga keladi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

«Baliq skeleti» sxemasi

Baliq skeleti chizmasi

Bir

qator

muammolarni

tasvirlash va uni yechish

imkonini beradi.

Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar.

Alohida/kichik guruhlarda yuqori “suyagida”

kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu

kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi

dalillar yoziladi

Tizimli

tuzilmaga

tahlil

ko‘nikmalarini

rivojlantiradi

fikrlash,

keltirish,

qilish

Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar,

o‘zlarining chizmlarini to‘ldiradilar. Umumiy

chizmaga keltiradilar.

Ish natijalarining taqdimoti

“ASSESMENT” TEXNOLOGIYaSI

“Assesment” texnologiyasi (ingl. “essesment” – “baho”, “baholash”) – talabalarning

bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash

imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to‘plami. Mazkur texnologiya shaxsning

kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasi hamda kasbiy

kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash, baholashga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma va

malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Izohli lug'at

Muammoli

vaziyat

Ijodiy ish

Test

Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya’ni uyga vazifa

berish jarayonida qo‘llash mumkin. Darsning kirish qismida talabalarning uyga

vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish

jarayonida egallangan bilim, ko‘nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin.

“AJURLI ARRA” METODI

“Ajurli arra” (fransuzcha “ajour” - bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki

tomoni ochik) metodi talabalarga yaxlit muayyan mavzuni bir nechta kismlarga

ajratish orqali mohiyatini yoritish imkoniyatini yaratadi. Ushbu metod

qo‘llanilganda talabalar tayyor matnlar bilan ishlaydi. Mashg‘ulotda metodni

qo‘llash quyidagi tahlitda amalga oshiriladi:

1

2

3

• Guruhlarda vaziyat yuzasidan dalillar to‘plash

• matn tuzish

• Guruhlarda vaziyat yuzasidan savollar tuzish

• holatni o‘rganish

• Guruhlarda vaziyat yuzasidan yechimini aytish

• xulosaga kelish


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Metodni qo‘llashda tapabalarning mavzuni puxta o‘zlapggirganliklari, o‘zlari ega

bo‘lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo‘lishlari muhim

sanaladi.

“AKVARIUM” TEXNOLOGIYaSI

Ta’lim jarayonida ushbu texnologiyani qo‘llashdan maqsad talabani ma’lum

muammo bo‘yicha fikrlash, o‘z fikrini bayon etish, muammoni sherik (suhbatdosh)

bilan birgalikda muhokama qilishga o‘rgatishdan iborat. Guruh 2 ga bo‘linadi:

tahlilchilar va kuzatuvchilarga. “Tahlilchilar”ning asosiy vazifasi savol yuzasidan

muhokamani tashkil etish, “Kuzatuvchilar”ning asosiy vazifasi esa 1-guruh

(“Tahlilchilar”) faoliyatini kuzatib baholashdan iborat bo‘ladi.

Metodni qo‘llashda kuyidagi tashkiliy harakatlar o‘rinli:

Tahlilchilarga berilgan kazus

• muhokama va yechim

Kuzatuvchilarning baholashi

• umumlashtirish va xulosa

“AJIL” (“AMALIY JAMOAVIY IJODIY LOYIHALAR”)

TEXNOLOGIYaSI

Texnologiya talabalarda ijodiy faoliyat malakalarini shaklantirish, jamoaviy

ijodiy ishlarni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha

(ish)larning shakllari to‘g‘risidagi tushunchani hosil kilishga ko‘maklashishga

xizmat qiladi. Mazkur texnologiyani o‘quv jarayonida “Jamoaviy ijodiy ishni tashkil

etish” mavzusidagi suhbat yoki “Men - jamoaviy ish tashkilotchisiman” nomli blis-


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

o‘yin o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Metodni qo‘llashda

quyidagi tahlitda ish ko‘riladi:

loyiha ishi

•muhokama

loyiha

daydjesti

•namoyish

loyihani

taqdirlash

•baholanish

va rag'bat

Turli xil mavzudagi loyihalar asosida ijodiy jamoaviy ish olib boriladi.

“BLIS-SO‘ROV” METODI

Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra “Blis-so‘rov” (inglizcha “blis” – tezkor, bir zumda)

metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan

metod sanaladi. Metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan beriladi.

Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda

qaytarilishi mumkin”. Tadqiqot davrida ham “Blis-so‘rov” metodidan ham

foydalanildi. Metod mohiyatiga ko‘ra savollar so‘roq mazmunini ifodalovchi so‘zlar

va so‘roq belgisi bilan ifodalanmaydi, balki tushuncha yoki iboraning o‘zi bilan

ifodalanadi. Shunga muvofiq javoblarda ham fikr tushuncha, ibora yoki qisqa gap

bilan ifodalanishi lozim. Dastlab talabalarga metod, uning mohiyati va ta’lim

olishdagi imkoniyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tushuntirish chog‘ida savollar

lo‘nda, aniq va qisqa bo‘lgani kabi javoblar ham shunga muvofiq bo‘lishi zarurligi

ta’kidlab o‘tildi. Metod “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini

ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha ham tashkil etilgan darslarda qo‘llanilishi mumkin.

Talaba yoki tinglovchilar uchta kichik guruhga ajratiladi. Ularga blis-savollar

taqdim etiladi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

1-guruhga beriladigan 3 ta savollar turkumi

2-guruhga beriladigan 3 ta savollar turkumi

3-guruhga beriladigan 3 ta savollar turkumi

Qaysi jamoa tezkor javob topsa – g‘olib deb sanaladi, jamoalar bir-birlarini

javoblarini ham to‘ldirib, misollar keltirib o‘tishlari mumkin.

“ASALARI GALASI” METODI

“Asalari galasi” metodi o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tanlangan

muammoning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda alohida tahlil qilinishiga

yordam beradi. Metodni qo‘llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqlar bir xil

yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat

ichida muhokama qilinib, natija barchaga ma’lum qilinadi. Mashg‘ulot yakunida

masalaning eng ma’qbul yechimi tanlab olinadi. Mashg‘ulot jarayonida metodni

qo‘llashda quyidagicha yo‘l tutiladi:

1-muammo

MAVZU

2-muammо

1-yechim

sabablar

2-yechim

mohiyati

umumlashtirilgan xulosa


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

Bunda muammolar soni 2 tadan 10 tagacha bo‘lishi kuzatiladi. Belgilangan

vaqt nihoyasiga yetgach, guruhlar o‘z yechimlarini navbatma-navbat namoyish

etadilar.

xulosa daydjest taqdimot

“BARCHA OMILLARNI HISOBGA OL!” (BOHO) METODI

Huquqbuzarliklar profilaktikasida BOHO metodi eng ko‘p qo‘llanuvchi

metodlardan sanaladi, chunki bunda shaxs e’tibori muayyan omillarga qaratilib, uni

qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad shaxs ongini rivojlantirish, tasavvurini kengaytirish,

tafakkurini boyitishdan iboratdir. Metod qanchalik aniq maqsad asosida qo‘llanilsa,

uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar talaba u yoki bu fikrni ochiq

aytishga tortinsa, u holda metodni qo‘llash samara bermaydi. Mashg‘ulotlar

jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi savollarga javob topgan xolda

mavzuni samarali o‘zlashtirish imkonini beradigan omillarning ruyxatini tuzib olish

maqsadga muvofiqdir:

omillar hisobga olindi

omillar hisobga olinmadi

qaysi omillarni kiritish mumkin


mavzu bo 'yicha ma'lumot

mavzu bo 'yicha ma'lumot

mavzu bo 'yicha ma'lumot

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

1-jihat

2-jihat

3-jihat

“BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM”

(BBB) METODI

Metod talabalarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish

imkonini beradi. Uni qo‘llashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin.

Guruhda ishlashda mashg‘ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil

qilinadi. Guruhlar faoliyati quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:

BILAMAN

BILISHNI

XOHLAYMAN

BILIB OLDIM

Bu metod yuridik sohadagi bilimlarni o‘rganishda hamda mutaxassislik doirasidagi

ma’lumotlarni to‘liq tahlil qilib bilib olishda katta ahamiyat kasb etadi.

nimani to‘liq

bilmas//

bilmoqchi edim

nimani to‘liq

bilishni//

o‘rganishni

xohlayman

nimani to‘liq

bilib// o‘rganib

oldim


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“BUMERANG” TEXNOLOGIYaSI

Texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar,

matnlar bilan ishlash, yodda saqlash, so‘zlab berish, fikrlarni erkin bayon etish, qisqa

vaqt ichida ko‘p bilimga ega bo‘lish, o‘qituvchi tomonidan barcha talabalar

faoliyatining birdek baholanishi uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. Ma’lumotlar

individual shaklda samarali o‘zlashtirilishini, auditoriyada tashkil etiladigan

suhbatning munozaraga aylanishini ta’minlash orqali ularning faoliyatini nazorat

qilish imkonini beradi. Bu texnologiyadan suhbat-munozara shaklidagi darslarda

individual, juftlik, guruhli va jamoaviy shakllarda foydalanish mumkin. Boshka

interfaol metodlar kabi ta’lim jarayonida mazkur texnologiyani qo‘llash ham

muayyan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni:

1-guruh

matni va

savollari

2-guruh

matni va

savollari

5-guruh

matni va

savollari

3-guruh

matni va

savollari

4-guruh

matni va

savollari

Har bir guruhdan bittadan vakil guruhlarga borib matn mohyatini tushuntiradi

va so‘ngra o‘z guruhiga qaytadi va savol-javob o‘tkaziladi:

5

1

2

4

3

Har bir guruh o‘ziga tushgan matn doirasida savol beradi, qolganlar javob

berishga urinadilar (eshitgan fakt va dalillarga tayangan holda).


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“VENN DIAGRAMMASI” TEXNOLOGIYaSI

Bu texnologiya strategiyasiga ko‘ra talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy

yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish

(sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni

shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi o‘zaro

teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema chiziladi:

1-qonuniyat

2-

qonuniyat

3-

qonuniyat

umumiylik

xususiylik

xulosa


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“VIDEOTOPISHMOQ” METODI

Pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompyuter, televidenie, radio,

slayd, video va audio vizual vositalar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga

alohida e’tibor qaratilmokda. O‘qituvchilar oldida o‘qitishda turli axborot

vositalaridan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish vazifasi turibdi. Metoddan

foydalanishda quyidagi jarayon amalga oshiriladi:

rolik

namoyishi

muammolar

va sabablar

xulosa

Videolavhalar namoyish qilingach, talabalardan lavhada qanday jarayon,

hodisa yoki voqelik aks etganligi, qaysi voqelikka dohil shaxs, jarayon yoki tarixiy

shaxs ifodalanganligi yuzasidan mushohada yuritish talab qilinadi.

Videotopishmoqning javobini topish orqali talabalar mavzuni ochishadi hamda

tegishli mavzu yuzasidan bilimga ega bo‘lishadi.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

“NIMA UChUN?” METODI

Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirishning yo‘l va

vositalari

“Nima uchun?” metodimuammoning

dastlabki

sabablarini aniqlash

bo‘yicha fikrlar zanjiri.

Tizimli, ijodiy, tahliliy

fikrlashni rivojlantiradi va

faollashtiradi.

“Nima uchun” metodini tuzish qoidasi bilan

tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda muammoni

ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rog‘ini beradilar va

chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon

muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha

davom etadi.

Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar,

o‘zlarining chizmlarini to‘ldiradilar. Umumiy

chizmaga keltiradilar.

Ish natijalarining taqdimoti

«Nima uchun?» metodini tuzish qoidalari

1. Qanday piktogrammadan: aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak foydalanishingizni o‘zingiz hal

etasiz.

2. Mulohazalar sxema-zanjiri turini: chiziqli, nochiziqli, spiralsimon (dastlabki holatni markazga

yoki chetga joylashtirib) bo‘lishligini o‘zingiz tanlaysiz.

3. Strelka sizning qidiruv yo‘nalishingizni belgilaydi: dastlabki holatdan oqibatgacha.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI

Diagrammani tuzish qoidalari bilan tanishiladi.

«QANDAY?»

DIAGRAMMASI

IYERARXIK

Yakka (juftlikda) diagramma tuziladi.

-muammo haqida butunligicha

umumiy taassurot olish imkonini

beruvchi mantiqiy bir qator

savollar.

Tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada

qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Juftlarga birlashadi, o‘z diagrammalarini taqqoslaydi va

qo‘shimchalar kiritadi.

Natijalar taqdimoti

«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASINI QURISH QOIDALARI:

1. Asosiy savollarga javob izlash;

2. Muammoni qay tarzda sodir bo‘lganini analitik tahlil qilish;

3. G‘oya tuzilmasini aniqlash;

4. Strategik asoslarni izlab topish;

5. Har bir ishtirokchining fikrini olish;

6. Tahliliy baza;

7. Xulosalash.

“GALEREYA” METODI

Metod talabalarda kichik guruh asosida bir necha masalani muhokama qilish

qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‘llashda guruhning har bir a’zosi taklif etilgan

barcha masalalar yechimini topishga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega

bo‘ladi. Mashg‘ulotlar davrida “Gapereya” metodidan foydalanish quyidagi tartibda

amalga oshiriladi:


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

masalani qo‘yish (o‘qituvchi

kichik guruhlarga muayyan

muammo (yoki masala)ni hal

qilsh topshirig‘ini beradi

har bir guruh o‘ziga toshpirilgan

masalaning yechimini

topish ustida ishlaydi (bu jarayon 5-

10 dakiqa ichida kechadi)

guruh navbati bilan 2-,

3- va 4-guruhga

topshirilgan

muammoning

yechimini topishga

kirshiadi

guruhlar harakati doira tarzida

soat

strelkasi bo‘yicha amalga

oshiriladi; bir guruh boshqa

guruhlarning yechimlarini

o‘rganadi, ularga nisbatan o‘z

munosabatini bildiradi;

qo‘shimchalar kiritadi

guruh o‘z o‘rniga kaytadi

talaba guruh ishi bilan

jamoani

tanishtiradi va ular

asosida muhokama

tashkil etiladi

“GUGURT DONALARI” METODI

Gugurt donalari metodi o‘quv materialining talabalar

tomonidan qay darajada o‘rganilganligini aniqlash maqsadida

qo‘llaniladi. Metod talabalarga o‘quv materialining mavzusidan

kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish,

mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish,

ta’riflashda yordam beradi. Shuningdek, metod mashg‘ulot davomida har bir

talabaga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning

ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu metod talabalarda bir qator

tarbiyaviy xarakterdagi, ya’ni: mustaqil ishlay olish; muloqatga

kirishuvchanlik; xushfe’llik; o‘zgalar fikrini hurmat qilish; faollik;

faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo‘lishiga qiziqish va

intilish; o‘zini o‘zi baholash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Metod qo‘llanilgan mashg‘ulot talabalarni o‘rganilgan yoki o‘rganilishi

kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash,

o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to‘plangan fikrlarni umumlashtirish,

ularni yozma ravishda yoki chizma, tasvir, sxema, model ko‘rinishida

ifodalashga o‘rgatadi. Metod juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

etiladi. Talabalar tushunchalarni yozma ravishda ta’riflaydi va

ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi. Gugurt donasi kabi tayyorlangan

kartochkalarda topshiriqlar beriladi. Talabalarga gugurt donalari kabi tayyorlangan

topshiriqlardan istagancha tanlab olish taklif etiladi va talaba topshiriqni bajaradi.

Masalan:

ushbu

rasmdagi

holatni

izohlang

jinoyat

turini

aniqlang

holatga

huquqiy

baho

bering

“YAGONA DAVRA” METODI

Talabalarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan mustaqil, mantiqiy

fikrlash, boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni tinglash, ularning

shaxsiy fikrlarini asoslash, xulosa chiqarish qobiliyatini

tarbiyalashga xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan har bir talabaning

fikrini bilish muhim. Shuning uchun har bir talaba fikr

bildirayotganda uning so‘zini bo‘lish, qo‘shimcha qilish hech kimga, hatto


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

talabaga ham ruxsat etilmaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi shartlarga rioya etish

shart:

Davraga berilgan savol

Javob variantlari

Umumiy to'xtam

“DEBAT” TEXNOLOGIYaSI

“Debat” (fransuzcha “debat” so‘zidan olingan bo‘lib, “debat” - “bahslashmoq”)

texnologiyasi yig‘ilish, majlis yoki mashg‘ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan

ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro bahs uyushtirish, ularning o‘zaro

fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat kiladi. Bahs uchun 2 ishtirokchi

tayinlanadi. Bu ishtirokchilarga bahs va munozara uchun muammo O‘quv

mashg‘ulotlarida debat quyidagi tartibda uyushtiriladi:


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

1-spiker

•bahs yuritilishi

•zarur bo‘lgan muammo

•fikr bildiradi

2-spiker

•bahs yuritilishi

•zarur bo‘lgan muammo

•fikr fildiradi

bildiriladigan fikrpar tahlil

qilinadi

Ekspertlarning fikrlari

tinglanadi

Debatda bildirilgan fikrlar

yuzasidan xulosa chiqariladi

va debat yakunlanadi

“DELFI” METODI

Metod taklif kilinayotgan muqobil javoblar ichidan eng yaxshisini

tanlashga yordam beradi. Buning uchun jamoaning a’zolaridan muayyan mavzu

mohiyatini ochib beruvchi eng maqbul javoblarni bildirish taklif kilinadi.

Bildirilgan javob variantlari to‘planadi. So‘ngra jamoaning har bir

a’zosidan ma’lum ketma-ketlikda mavjud javoblarning har biriga baho berish talab

kilinadi. Ta’limda metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Vazifa

•sabab

•muqobil

javob

Vazifa

•sabab

•muqobil

javob

Vazifa

•sabab

•muqobil

javob


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

umumiy xulosa

“YELPIG‘ICH” TEXNOLOGIYASI

Murakkab va ko‘p tarmoqli bo‘lib, muammoli vaziyatlarni o‘rganishga

yunaltirilgan ushbu texnologiyaning mohiyatiga klra mavzuning bandlari,

bo‘limlari bo‘yicha ma’lumot beriladi. Band va bo‘limlar alohida

muhokama qilinadi. Masalan, ma’lum hodisa, voqea yoki jarayonning ijobiy,

salbiy jihatlari, foydasi, zarari, afzalligi, kamchiligi ko‘rsatib beriladi.

Texnologiya talabalarda tanqidiy, tahliliy, mantiqiy fikrlash,

o‘z fikrlarini muvaffaqiyatli rivojlantirish, shaxsiy g‘oyalarni yozma va

og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, uni samarali himoya qilish ko‘nikma,

malakalarini shakllaitirishga imkoniyat yaratadi. “Yelpig‘ich” texnologiyasi

yordamida o‘zlashtirilayotgan mavzuning muayyan jihatlarini jamoa, guruh, juftlik

hamda har bir qatnashchining individual faol ishlashi asosida o‘rganishga xizmat

qiladi. Texnologiyani nafaqat ta’lim, shu bilan birga ma’naviy-ma’rifiy ishlar

jarayonida ham qo‘llash mumkin. Bunda talabalarning quyidagi sifat va

ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga erishiladi: jamoa bilan ishlash; muammo va

vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama kilish; kelishuvchan qarorlarni qabul

qilish; o‘zgalar fikrini hurmat qilish; xushmuomalalik; faoliyatga ijodiy yondashish;

faollik; muammoga diqqatni jamlay olish va b. Ta’lim jarayonida muayyan mavzuni


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

o‘rganish chog‘ida texnologiyani turli bosqichlarda aniq maqsadlar asosida qo‘llash

mumkin. Masalan:

Bilish faoliyatini

rivojlangirish va

talabalarni

faollashtirish

Mavzuning

asoslarini chuqur

anglash va

tushunish

O‘zlashtirilgan

bilimlarni

tartibga solish

PEDAGOGIK IJODKORLIK VA KOMPETENTLIK

Pedagogik mahorat zamirida pedagogik kompetentlik yotadi. Pedagogik

kompetentlik deganda pedagogik funksiyalarni muayyan tarixiy davrda qabul

qilingan me’yorlar, standartlar va talablarga muvofiq bajarishga tayyorlik va

qodirlikni belgilovchi professional-shaxsiy tavsif tushuniladi. Professionalpedagogik

kompetentlik pedagogik voqelikni tizimli tushunish va unda tizimli ish

ko‘rish ko‘nikmasini o‘z ichiga oladi. Professional kompetentlik o‘z faoliyat

sohasida erkin mo‘ljal olishni ko‘zda tutadi.

Kompetentlik uch muhim omil bilan bog‘liq bo‘lgan zamonaviy pedagogik

texnologiyalarni o‘zlashtirishni nazarda tutadi:


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

boshqa odamlar bilan

muloqot qilish ko‘nikmasi va

munosabatlar madaniyatini;

o‘z faoliyat sohasi haqida

axborot olish ko‘nikmasini;

o‘quv axborotini

boshqalarga berish

ko‘nikmasini.

Shunday qilib, professional-pedagogik kompetentlik quyidagi asosiy

komponentlar bilan tavsiflanadi:

shaxsiy-insoniy munosabatlar kompetensiyasi;

pedagogik jarayonni tizimli idrok etish;

o‘z faoliyati sohasida mo‘ljal ola bilish;

pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirganlik.

O‘qituvchining professional kompetentligi kreativlik bilan tavsiflanadi.

Kreativlik – kasbda ishlash usuli, yangi pedagogik borliqni yaratish istagi va

ko‘nikmasi. Professional-kompetent pedagog refleksiyaga qodir bo‘lishi lozim.

Refleksiya – fikrlashning alohida usuli. U pedagogik jarayonga hamda o‘z shaxsiga

muayyan kasb egasi sifatida chetdan nazar tashlashni ko‘zda tutadi.

Pedagogning menejer sifatidagi muvaffaqiyati nima bilan belgilanadi?

N.M.Karamzin: “Buyuk odamlar iste’dodi boshqa odamlarda iste’dodlarni kashf

etishdan iboratdir”, degan edi. O‘z-o‘zidan ravshanki, menejment pog‘onasiga

ko‘tarilgan har bir pedagog shu uslubda ishlashi shart. O‘z o‘quvchilarida

iste’dodlarni kashf etish pedagog yetuk mahoratining tasdig‘idir. Ammo

“iste’dodlarni kashf etish” mexanik jarayon emas. Bu yerda pedagogning birinchi

bosqichda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lish orqali ularda qiziqish uyg‘otish va so‘ngra

ularning o‘z tashabbusiga yo‘l ochish qobiliyati alohida rol o‘ynaydi. Bu yerda gap


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

pedagogning liderlik fazilatlari haqida boradi. Professional-pedagogik

kompetentlikning yuqorida zikr etilgan elementlari murakkab tuzilmani,

mutaxassisning “ideal modeli”ni tashkil etadi, uning shaxsiy-faol tavsifini

belgilaydi. Pedagogik texnika tushunchasi.

Pedagogik texnika – o‘quv jarayonini samarali tashkil etish shartidir.

Pedagogik texnika – shunday malakalar yig‘indisiki, u pedagogga talaba ko‘rib,

eshitib turgan voqea, hodisa, narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va his–hayajonlarini

yetkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning

ana shu malakalari uning xulq–atvorida namoyon bo‘ladi. Pedagogik texnikaning

asosiy tarkibiy qismlaridan biri – mimik va pantomimik ko‘rinishidir. Aniq imo–

ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir

ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirishga qaraganda samarali muomala vositasi bo‘la

oladi. Pedagog o‘zining tashqi ko‘rinishini, xatti–harakatini, butun gavdaning, bosh,

bo‘yin, qo‘llar harakatini to‘g‘ri idor eta olishi, ayrim so‘zlar o‘rnida mimik yoki

pantomimik imo–ishoralarni o‘rinli qo‘llay bilishi, hissiyoti, kayfiyati, diqqatini

to‘g‘ri boshqara bilishi kerak. Pedagogik texnika malakalarining barchasi, shu

jumladan nutq malakalari ham pedagogning shaxsiy psixik– fiziologik

xusususiyatlari asosida tarkib topadi. Shaxsiy pedagogik texnika pedagogning yoshi,

jinsi, ma’lumot turi, mijozi, fe’l–atvori, sihat–salomatligi, anatomik–fiziologik

xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik texnikani to‘liq egallash uchun pedagog

aktyorlik va rejissyorlik mahoratining tarkibiy qismlarini ham egallashi zarur.

Chunki pedagogning faoliyati bir qator xususiyatlari bilan aktyor va rejissyorning

ijodiy faoliyatiga yaqindir. Harakat, diqqat, chehra yorqinligi, xayol, muomala va

boshqalar teatr pedagogikasining asosiy tushunchalari bo‘lib, ularni bo‘lajak

pedagog ham o‘zlashtirib olishi foydalidir. Qolaversa, teatr faoliyati bilan pedagogik

faoliyat bir–biriga yaqin bo‘lib, bir qator umumiy jarayon xususiyatlariga ega.

Pedagogik muloqot madaniyati va uslubi. Muloqot madaniyati – ish

jarayonida odamlarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etish sohasidagi hamkorlar

bilan aloqa o‘rnatish, ular bilan til topish imkoniyatini beruvchi bilimlar va

ko‘nikmalar. Muloqot madaniyati zamirida xushmuomalalik, sipolik, odoblilik,


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

kamtarlik, bir so‘zlilik, iltifotlilik kabi muloqotga qo‘yiladigan umumiy axloqiy

talablar yotadi. Xushmuomalalik – boshqa odamlarga nisbatan hurmat ifodasi.

Muomalada, so‘zlarda, ovoz ohangida, imo-ishoralarda aks etadi. Qo‘pollik

madaniyatsizlik ko‘rsatkichigina emas, balki iqtisodiy kategoriya hamdir. Qo‘pol

muomala natijasida xodimlar mehnat unumdorligida o‘rta hisobda 17% ni

yo‘qotishlari aniqlangan. Sipolik – har qanday, eng avvalo – konfliktli vaziyatlarda

o‘zini qo‘lga ola bilish. Odoblilik ham muloqot madaniyatining muhim unsurlaridan

biri hisoblanadi. U eng avvalo muloqotda me’yorni bilishni nazarda tutadi.

Kamtarlik o‘zgalarga baho berishda sipolikni, ularning didini hurmat qilishni

anglatadi. Ishga doir munosabatlarda muvaffaqiyatga erishishda bir so‘zlilik ham

ulkan ahamiyat kasb etadi. Faoliyatning istalgan sohasida berilgan va’dalar va

olingan majburiyatlarni aniq bajarmasdan ish olib borish qiyin. Iltifotlilik – birinchi

bo‘lib iltifot ko‘rsatishga, boshqa odamni o‘ng‘aysizlik va ko‘ngilsizliklardan xalos

etishga harakat qilish. Muloqot madaniyatining yuksak darajasi muloqot jarayonida

insonda quyidagi shaxsiy fazilatlar mavjudligi bilan belgilanadi:

empatiya – dunyoni boshqalar ko‘zi bilan ko‘rish, uni shu odamlar kabi

tushunish ko‘nikmasi;

xayrixohlik – hurmat, simpatiya, odamlarni tushunish, boshqalarni qo‘llabquvvatlashga

tayyorlik;

tashabbuskorlik – odamlar bilan til topa bilish, muayyan sharoitda

javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik;

ochiqlik – ochiq-oydin gapirish va ish ko‘ra olish, boshqalarga o‘z ichki

dunyosini ochishga tayyorlik;

o‘z-o‘zini bilish – odamlardan o‘zi haqida har qanday axborotni olishga

tayyorlik, lekin o‘zgalar fikriga qaram bo‘lmaslik. Muloqot madaniyatining muhim

tarkibiy qismi nutq madaniyatidir.

Ishga doir munosabatlarda nutq madaniyatning asosiy ko‘rsatkichlari

qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: so‘z boyligi (uyat, jargon so‘zlar,

dialektizmlar istisno etiladi), lug‘at boyligi (u qancha boy bo‘lsa, suhbatdoshga ta’sir

shuncha kuchli bo‘ladi), talaffuz, grammatika (ishga doir nutq grammatikaning


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

umumiy qoidalariga rioya etishni talab qiladi), stilistika (ortiqcha so‘zlarga yo‘l

qo‘yilmasligi, so‘zlarning to‘g‘ri tartibi, balandparvoz iboralar yo‘qligi). Har bir

shaxsning rivojlanish xususiyatlari individual muloqot madaniyatining betakrorligi

haqida so‘z yuritish imkoniyatini beradi. Muloqot madaniyati ta’lim jarayonida

rivojlanishi mumkinligi yodda tutish muhimdir.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

GLOSSARIY

Modernizatsiya (ingl. “modern” – zamonaviy, ilg‘or, yangilangan) – ob’ektning

yangi talablar va me’yorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatkichlariga mos

ravishda yangilanishi sanaladi.

Ta’lim tizimining modernizatsiyasi – jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy

ehtiyojlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olish bo‘lgan

talabini qondirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida

mavjud mexanizmning qayta ishlab chiqilishi yoki takomillashtirilishi.

Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) –

muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat,

san’at darajasida tashkil etilishi.

Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish)

jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi. Ta’lim

texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni,

avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichmabosqich

amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va

vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim

jarayonini yuqori darajada boshqarish Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining

majmuaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning

birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini

o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi.

Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan

o‘qitish va boshqalarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson

omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va

aniqlashning izchil metodi (YuNESKO).

Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat.

Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida

yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan

ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni

shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.

Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish

asosida o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan

o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar o‘quvchilar tomonidan ijtimoiyfoydali

mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga

ega.

Syujetli o‘yinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va

unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda pedagogik muammolarning yechimini

izlash, ta’im-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf

etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladi.

Rolli o‘yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy

holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda

rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari

o‘quvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik,

hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma-malakalarni

hosil qilishga xizmat qiladi.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: o‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa

a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari

va b.) sifatida turli rollarni bajarish talabalarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan

yaqindan tanishish imkoniyatini yaratsa, o‘quvchilarga ma’lum faoliyatni samarali

tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam

beradi.

Ishbilarmonlik o‘yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini

yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka

hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi

o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni

shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan

ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining

modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini talabalarda kasbiy sifatlarni

hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning

ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.

Imitatsion o‘yinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar,

tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash

(taqlid qilish, ko‘chirish) asosida talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga

samarali tayyorlashga yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ssenariyasi,

syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon, ob’ektlarning tarkibiy tuzilmasi va

ahamiyatini to‘la ochib berish maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o‘yinlar

jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, m: masalalar yechish,

ma’lum bir usulni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda ijtimoiy

masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik

xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik

va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash,

shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish,

jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam ko‘rsatish hamda

samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.

O‘qituvchi – ta’limni tashkil etishda fasilitatorlik mahoratini ishga solib, o‘quvmetodik

qo‘llanmalar yaratuvchi mashg‘ulot muallifi.

Moderator – ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va

forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (muloqot jarayonining

to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur

bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash

qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).

Tyutor (lot. “tutorem”) – talabalarning yetakchisi, o‘quv kurslari uchun interfaol

metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani

o‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).

Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy

ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi

vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.

Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – ta’lim xizmatidan

foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga

yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi,

shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.

Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini

nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

SO‘NGSO‘Z O‘RNIDA

Ushbu metodik qo‘llanmada ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ayrim interfaol

metod namunalari keltirilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash,

samaradorligini oshirish, yosh o‘qituvchi (pedagog) va ta’lim oluvchi - talabalar

guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror

toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, hamda

ta’lim muhitni yaratishda foydalanishga mo‘ljallangan.

Interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’limiy yoki tarbiyaviy

maqsadlarni amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni

ta’minlasa-da, ammo, ularning har birini ta’lim jarayonida qo‘llashda individual

yondashuvni talab qiladi. Shu sababli pedagoglar interfaol metodlar va

texnologiyalarni tanlashda o‘rganilayotgan mavzu,

muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan masalaga e’tibor qaratishlari

maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlarning samaradorligini oshirish uchun

o‘qituvchi metod yoki texnologiyani tanlaganda talabaning psixologik xususiyatlari,

dunyoqarash darajasi, bilim va ko‘nikmalari hamda tinglovchilarning tajribalarini

ham inobatga olishi lozim. Albatta bu holat o‘qituvchilardan kasbiy mahorat,

malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi. Mazkur

qo‘llanma

ta’lim sohasiga endi qadam qo‘yib, o‘z faoliyatini olib borayotgan yosh

o‘qituvchilar uchun amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.


“Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”

FOYDALANILGAN ADABIYoT VA MANBALAR

1. Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. – T.2018, 19-20-b.b.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 23.09.2020 yil

O‘RQ- 637-son.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘RQ-576-son.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘RQ-630-son.

5. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. A. Pedagogik texnologiya asoslari: Qo‘llanma.–

T.:O‘qituvchi, 2004. – 104 b.

6. Санто Б. Инновация и глобалный интеллектуализм // Инновации. — 2006.

— № 9; 5.

7. Букатов В.М. Педагогические таинства дидиктических игр / 2-е изд., испр.

и доп. - Москва: сентр инноваций и развития, 2003. — 152 с.

8. Кондратев Н.Д. Проблемы экономической динамики. – М.: Экономика,

1989;

9. Панина Т. С., Вавилова Л.Н. Современные способы активизатсии обучения

/ Учебное пособие. Под ред. Т.С.Паниной. - 4-е изд., стер. - Москва:

Издателский сентр “Академия”, 2008. - 176 с.

10. Панфилова А.П. Инновационные педагогические технологии. Активное

обучение / Учебное пособие. - Москва: Издателский сентр “Академия”, 2009.

11. Психолого-педагогическое сопровождение реализатсии инновационных

образователных программ / Под ред. Ю.П.Зинченко, И.А.Володарской. -

Москва: Изд-во МГУ, 2007. - 120 с

12. Tolipov U D ., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya asoslari // “Maktab va

hayot” jurnaliga ilova. - Toshkent: UzPFITI, 2003. - 32 b.

13. Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbikiy asoslari. -

Toshkent: Fan, 2006. - 260 b.

14. Tolipov U .K,-, Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.

- Toshkent: “Fan”, 2005. - 205 b.

15. https://lib.jspi.uz/storage/uploads

16. http.Y/ru.wikipedia.org/wiki/

17. http://www.anovikov.ru/artikle/forms.htm

18. http://letopisi.ru/index.php/Interaktivnыemetodыobucheniya.

19. http://paidagogos.com/?p=124.

20. http://innarusskova.ru/publ/interaktivnoe_obuchenie/l-l-0-6

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!