15.11.2022 Views

+2022 2023 YUO`T qo`llanma Aripova Aziza

Юридик йўналишдаги талабалар учун ўзбек тили

Юридик йўналишдаги талабалар учун ўзбек тили

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

TOSHKЕNT DAVLAT YURIDIK UNIVЕRSITЕTINING

IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI

UMUMTA’LIM FANLARI KAFЕDRASI

Aripova Aziza Xasanovna

YURISTLAR UCHUN O‘ZBЕK TILI

2022

sbtsul


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

TOSHKЕNT DAVLAT YURIDIK UNIVЕRSITЕTINING IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI

UMUMTA’LIM FANLARI KAFЕDRASI

Aripova Aziza Xasanovna

YURISTLAR UCHUN O‘ZBЕK TILI

TOSHKENT -2022

1


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Ushbu o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filialining

2022-yil 29-avgustdagi №1 Umumta’lim fanlari kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilindi va

O‘quv-uslubiy kengashida tasdiqlash hamda nashr uchun tavsiya etildi.

Ushbu modul ishlanmasi Toshkent Davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filialining 1-kurs

rusiyzabon talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zbek tilidan tematik mavzular bo‘yicha

nutqiy bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Unda har bir mavzu zamonaviy

manbalardan namunalar, kerakli tavsiyalar hamda mashqlar bilan mustahkamlanadi. Modul

ishlanma talabalarning kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlari uchun muhim bo‘lgan yozish texnikasini

egallashlari, soha yo‘nalishiga oid manbalardan xabardor bo‘lishi, badiiy mavzularda ham yozma

hamda og‘zaki savodxonliklarini oshirishda ko‘maklashadi. “Yuristlar uchun o‘zbek tili” modul

ishlanmasidan oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tilini o‘rganayotgan rusiyzabon talabalari hamda

barcha yuridik soha yo‘nalishida til amaliyotidan eng zarur bilimlarni olishni xohlovchilar

foydalanishlari mumkin.

Muallif: TDYUIF Umumta’lim fanlari kafedrasi dotsenti, PhD A.Aripova

Taqrizchilar: Dsc D.Xashimova, TDYU prof.v.b.

Dsc M.Qurbonova, TDO‘TAU dotsenti.

2


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

KIRISH

Bugungi kunda xorijiy tillarini o‘rganishga qiziqishning kuchayishi

barobarida o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqda.

Tabiiyki, mazkur sohada darslik va o‘quv qo‘llanmalariga bo‘lgan talab yuqori. Oliy

ta’lim muassasalari darslik va qo‘llanmalarini tubdan yangilash asnosida mazkur

sohada ham talay ishlar qilinmoqda, xorijlik talabalar hamda rusiyzabonlar uchun

qator darsliklar, lug‘at hamda so‘zlashkichlar yaratildi. Jumladan, rusiyzabon

talabalar uchun o‘zbek tili fanidan darsliklar yaratish borasida birmuncha ishlar

qilindi. Turli soha va qatlam vakillari ehtiyojlarini aks ettiradigan qo‘llanmalar

qancha ko‘p bo‘lsa, til o‘rgatish shuncha samarali bo‘lishi tajribadan ma’lum. Shu

sababli, ushbu qo‘llanma TDYUIF Umumta’lim fanlari kafedrasining yuristlar

uchun o‘zbek tili fanidan ishchi dasturi asosida nofilologik yo‘nalishdagi 1- bosqish

rusiyzabon talabalar uchun yozildi.

Ushbu qo‘llanmani yaratishda funksional-semantik tamoyilga, y’ani, eng

avvalo, talabalarda nutqiy ko‘nikmalar hosil qilish maqsadiga tayanildi. Grammatik

mavzular morfologiya va sintaksis bo‘limlarini qamrab oladi. Ularning nomlanishi

va tartibida ham yuqoridagi tamoyilga asoslanildi: mavzular nutqiy bilim va

ko‘nikma hosil qilish uchun qulay izchillikda joylashtirildi. Har bir mavzu bo‘yicha

ham fonetik, ham leksik, ham grammatik bilimlar berish ko‘zda tutildigani holda,

ularni taqdim qilishda imkon qadar quruq lingvistik qoida va ta’riflarni keltirishdan

qochildi, grafik organayzer chizmalari, shakllar vositasida xotirada muhrlanishiga

harakat qilindi.

Mavzular mashq va matnlar yordamida mustahkamlanadi. Ular talabalar

nutqini o‘zaro tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozishda rivojlantirishiga

qaratilgan. Ayni paytda, amaliy mashq va matnlar mazmun-mundarijasi ijtimoiy

hamda maishiy hayotning turli jabhalarini qamrab olishiga e’tibor berildi.

Har bir matn yuzasidan talabalarning og‘zaki va yozma nutqlarini

takomillashtirishga qaratilgan savol va topshiriqlar hamda yangi so‘zlar lug‘ati

keltirildi.

Qo‘llanma so‘ngida o‘tilganlarni mustahlamlash yuzasidan mashq va matnlar

taqdim qilindi.

3


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Fan/modul kodi

Fan/modul turi

Majburiy

1.

Fan/modu

l nomi

Yuristlar

uchun

o‘zbek tili

O‘quv yili

2022-2023

Auditoriya

mashg‘ulotlar

i

(soat)

Ta’lim tili

O‘zbek/rus

Semestr

1

Mustaqil

ta’lim

(soat)

Kreditlar

2

Haftadagi dars soatlari

4

Jami yuklama soat

56 94 150

I. Fanning mazumi

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining beriligandan buyon o‘tgan davr mobaynida

Davlat tilini hayotga izchil joriy etish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga

o‘tish haqidagi qonunlarni hayotga tatbiq etish asnosida mamlakatimizda o‘zbek tilini

ikkinchi til sifatida o‘qitish borasida ancha katta tajriba to‘plandi. Til o‘qitish mazmuni

va maqsadini belgilashda o‘ziga xos yangi bosqich boshlandi. Mazkur bosqichda

o‘zbek tilini faqat kundalik muloqot, uy-ro‘zg‘or darajasida bilish yetarli emas. Davr,

taraqqiyot talabalardan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek tilida og‘zaki va yozma

nutqining mukammal bo‘lishi, davlat tilida mustaqil va erkin fikrlay olishi, har qanday

vaziyatga moslasha bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishini talab qilmoqda. Ushbu dastur

mazkur talabdan kelib chiqib tuzilgan.

2.

Fanni o‘qitishdan maqsad – “Yuristlar uchun o‘zbek tili (Legal Language)”

o‘quv kursi 1-kurs bakalavr yo‘nalishidagi rusiyzabon talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib,

ularning o‘zbek tilidan tematik mavzular bo‘yicha nutqiy bilim hamda ko‘nikmalarini

rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Fannning vazifasi – ikkinchi til o‘qitishning eng ilg‘or va samarali bo‘lgan

funksional-semantik tamoyiliga asoslanib, talabalarda nutqiy ko‘nikmalar hosil qilish

asos qilib olingan. Talabalar nutqiy ehtiyojini hisobga olib, u yoki bu mavzu doirasida

zarur bo‘lgan so‘z, so‘z birikmalari, jumlalarning modellari, ularni shakllantiruvchi

leksik-grammatik vositalar nutq mavzulari, ularga mos matnlar orqali talabalarga

singdiriladi. Leksik va grammatik bilimlarni egal-lash vazifasi ikkinchi o‘rinda bo‘lib,

asosiy maqsadga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.Lingvistik bilimlar nutqiy ehtiyoj

zaruriyatidan kelib chiqqan holda kompleks tarzda berilgan.

Har bir mavzu bo‘yicha ham fonetik, ham leksik, ham grammatik bilimlar

berish va shu bilimlar asosida talabalar nutqini o‘zaro tinglab tushunish, so‘zlash,

o‘qish va yozishga o‘rgatish ko‘zda tutilgan.Har bir mavzu to‘liq yoritilib, soha

bo‘yicha zarur ma’lumotlar beriladi va undagi qoliplashgan so‘z birikmalarini zahirada

saqlab qolish va kelgusida qo‘llash uchun mustahkamlovchi topshiriqlar bajarilishini

ko‘zda tutadi. Barcha mustahkamlash uchun topshiriqlar innovatsion texnologiyalar va

metodlar asosida ishlab chiqilgan. Mazkur kurs o‘quv materiallari, amaliy mashg‘ulot

ishlanmasi, video – audio taqdimot va yozma topshiriqlarni qamrab oladi. O‘quv kursi

4


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

o‘zbek, rus va lozim bo‘lganda guruh kesimida (xorijiy talabalar uchun) ingliz tillarida

olib boriladi.

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

Fan tarkibida ma’ruza mashg‘uloti ko‘zlamnagan.

III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1-semestr

Soat

“O‘zbekiston – yagona Vatan”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni

o‘qish, mazmunini to‘liq tinglab

tushunish. Matndagi atama va

2

iboralarning maʼnosini izohlash. Vatan

1-amaliy

mashg‘ulot

haqidagi sheʼrlardan namunalar yod olish.

Yozma nutq: “Yangi O‘zbekistonda el

aziz, inson aziz!” Matndan tayanch so‘z

4 soat va iboralarni ajratib yozish. Matndagi

asosiy fikrni yozma ravishda ifodalash.

Respublika baynalmilal madaniyat

2

markazi haqida qisqa maʼlumot yozish.

Grammatika: Orfoepiya qoidalari. O‘zbek

tilida tovushlar talaffuzi.

“O‘zbek tili – Davlat tili”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi asosiy fikrni ajratib

2

so‘zlab berish.

2- amaliy

mashg‘ulot

Yozma nutq: “Men o‘zbek tilini

o‘rganyapman” mavzusida dialog tuzish

4 soat va uni inssenirovka qilish.

Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan

2

namunalar keltirish.

Grammatika: O‘zbek tilining imlo

qoidalari.

“Milliy qadriyatlar – millat iftixori”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnga

2

munosabat bildirib so‘zlash. Milliy urfodatlarni

taʼriflab berish.

3- amaliy

mashg‘ulot

Yozma nutq: Biror milliy bayram,

4 soat

marosimdan olingan taassurotlarni

yozish. “Turli millatlarning urf-odatlari”

mavzusida polilog tuzish va uni

2

deklamatsiya qilish.

Grammatika: O‘zbek tilida so‘z yasalishi.

4- amaliy “Ulug‘ ajdodlarimiz” 2

5


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

mashg‘ulot

4 soat

5- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

6- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

7- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi atama va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnni

kengaytirib so‘zlab berish. Matnni

qismlarga bo‘lib, har bir qismni nomlash.

Yozma nutq: Mashhur allomalardan biri

haqida taqdimot tayyorlash. Buyuk

allomalarimizning asarlari ro‘yxatini

tuzish.

Grammatika: Tilning leksik qatlamlari.

Аtamalar va ularning vujudga kelishi.

“Muzeylar – o‘tmish va kelajak

orasida ko‘prik”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning ma‘nosini izohlash. Matnga

munosabat bildirib so‘zlash.

Yozma nutq: O‘zbekiston muzeylaridan biri

haqida taqdimot tayyorlash. Jahonning

mashhur muzeylari haqida qiziqarli

maʼlumotlar tayyorlash. Soha muzeyi haqida

matn tuzish.

Grammatika: Sohaviy terminlar va ularning

qo‘llanishi.

“Kelajak — bilimli yoshlar qo‘lida”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash. Mavzu

bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.

Yozma nutq: “Iqtidorli yoshlar”

mavzusida bog‘lanishli matn tuzish.

“Mening tengdoshlarim” mavzusida

dialog tuzish va uni inssenirovka qilish.

Yoshlar hayotidan qiziqarli hodisa va

voqealar to‘g‘risida hikoya tuzish.

Grammatika: O‘zbek tilida sinonimlar.

“Zamonaviy dunyoda taʼlim”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnni

reja asosida so‘zlab berish.

Yozma nutq: Turli mamlakatlarning

taʼlim tizimlari haqida maʼlumot

tayyorlash. Chet ellik talabalar hayoti aks

ettirilgan badiiy asar yoki film haqidagi

taassurotlarni yozish. Turli taʼlim

muassasalari haqida polilog tuzish va uni

inssenirovka qilish.

Grammatika: Til va terminologiya.

2

2

2

2

2

2

2

6


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

8- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

9- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

10- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

11- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

“Kitob mutolaasi”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash.

Kitobni tavsiya qilish usullari haqida fikr

bildirish.

Yozma nutq: O‘qilgan kitoblar to‘g‘risida

dialog tuzish va uni inssenirovka qilish.

O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini tuzish va

ularga qisqacha tavsif berish.

Grammatika: Erkin va turg‘un birikmalar.

“Аdabiyot – maʼnaviyatni

yuksaltiruvchi manba”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash.

Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab

berish.

Yozma nutq: Badiiy asar qahramoni

o‘quvchini qanday tarbiyalashi haqida fikr

bildirish va unga misollar keltirish. Mashhur

adabiy qahramonlar haqida taqdimot

tayyorlash. Аdabiyot haqidagi hikmatli

so‘zlardan namunalar yozish.

Grammatika: Nutq uslublari. Badiiy uslub

va uning xususiyatlari.

“Ommaviy axborot vositalari”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnga

munosabat bildirib so‘zlash. Mavzu

bo‘yicha bahsmunozarada ishtirok etish.

Yozma nutq: Ommaviy axborot

vositalarining faoliyati haqida fikr

bildirish. Teleko‘rsatuvlar va

radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi

materiallar, reklama matnlarini tahlil

qilish. “XXI asrda axborotning o‘rni”

mavzusida esse yozish.

Grammatika: Publitsistik uslub va uning

xususiyatlari.

“Internet hayotimizda”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Mavzu

bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.

Yozma nutq: Internet madaniyati haqida

matn tuzish. Taʼlim jarayonida eng ko‘p

foydalaniladigan internet saytlari

ro‘yxatini tuzish va tavsiya qilish.

2

2

2

2

2

2

2

2

7


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

12- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

13- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

14- amaliy

mashg‘ulot

4 soat

Internetdan foydalanish to‘g‘risida

polilog tuzish va uni instsenirovka qilish.

Grammatika: So‘zlashuv uslubi va uning

xususiyatlari.

“O‘zbekiston va jahon”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnni

qisqartirib so‘zlab berish.

Yozma nutq: O‘zbekiston aʼzolik

qilayotgan xalqaro tashkilotlar haqida

maʼlumot tayyorlash. Xalqaro

tashkilotlardan birining faoliyati haqida

taqdimot tayyorlash. Xalqaro

tashkilotlarning qisqartma nomlari

ro‘yxatini tuzish.

Grammatika: Rasmiy diplomatik uslub va

uning xususiyatlari.

“XXI asrda innovatsiyalar”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Turli

sohalarga oid innovatsiyalar haqida

gapirib berish.

Yozma nutq: “Zamondoshlarimizning

kashfiyotlari” mavzusida taqdimot

tayyorlash. Kasb sohasidagi

innovatsiyalar haqida maʼlumot

tayyorlash. Sohada qo‘llanadigan

baynalmilal so‘zlar lug‘atini tuzish.

Grammatika: Ilmiy uslub va uning

xususiyatlari.

“Davrimizning global muammolari”

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib

tushunish. Matndagi termin va

iboralarning maʼnosini izohlash. Matnni

o‘zgartirib so‘zlab berish. Mavzu

bo‘yicha bahsmunozarada ishtirok etish.

Yozma nutq: Insoniyat oldida turgan

global muammolar to‘g‘risida taqdimot

tayyorlash. Global muammolardan biriga

bag‘ishlangan publitsistik maqola yozish.

Grammatika: Maqola va uning turlari.

Intervyu.

2

2

2

2

2

2

Mashg‘ulot turlari bo‘yicha soatlar miqdori va ketma-ketligi

Mavzu nomi

Mashg‘ulot turlari

8


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

3

Mavzu

raqami

jami

ma’ruza

seminar

amaliy

mashg‘ulot

mashgulot

ketma-ketligi

1-semestr

“O‘zbekiston –

yagona Vatan”

- - 2 1-amaliy mashg‘ulot

1.

2.

3.

Orfoepiya

qoidalari. O‘zbek

tilida tovushlar

talaffuzi.

“O‘zbek tili –

Davlat tili”

O‘zbek tilining

imlo qoidalari.

“Milliy

qadriyatlar –

millat iftixori”

O‘zbek tilida

so‘z yasalishi.

“Ulug‘

ajdodlarimiz”

4

4

4

- - 2 2- amaliy mashg‘ulot

- - 2 3-amaliy mashg‘ulot

- - 2 4- amaliy mashg‘ulot

- - 2 5-amaliy mashg‘ulot

- - 2 6- amaliy mashg‘ulot

- - 2 7-amaliy mashg‘ulot

4.

5.

Tilning leksik

qatlamlari.

Аtamalar va

ularning

vujudga

kelishi.

“Muzeylar –

o‘tmish va

kelajak

orasida

ko‘prik”

Sohaviy

terminlar va

ularning

qo‘llanishi.

4

4

- - 2 8- amaliy mashg‘ulot

- - 2 9-amaliy mashg‘ulot

- - 2 10- amaliy mashg‘ulot

6.

“Kelajak —

bilimli yoshlar

qo‘lida”

4

- - 2 11-amaliy mashg‘ulot

- - 2 12- amaliy mashg‘ulot

9


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

O‘zbek tilida

sinonimlar.

7.

8.

9.

10.

“Zamonaviy

dunyoda taʼlim”

Til va

terminologiya.

“Kitob

mutolaasi”

Erkin va turg‘un

birikmalar.

“Аdabiyot –

maʼnaviyatni

yuksaltiruvchi

manba”

Nutq uslublari.

Badiiy uslub va

uning

xususiyatlari.

“Ommaviy

axborot

vositalari”

Publitsistik uslub

va uning

xususiyatlari.

“Internet

hayotimizda”

4

4

4

4

- - 2 13-amaliy mashg‘ulot

- - 2 14- amaliy mashg‘ulot

- - 2 15-amaliy mashg‘ulot

- - 2 16- amaliy mashg‘ulot

- - 2 17-amaliy mashg‘ulot

- - 2 18- amaliy mashg‘ulot

- - 2 19-amaliy mashg‘ulot

- - 2 20- amaliy mashg‘ulot

- - 2 21-amaliy mashg‘ulot

11.

So‘zlashuv

uslubi va uning

xususiyatlari.

“O‘zbekiston

va jahon”

4

- - 2 22- amaliy mashg‘ulot

- - 2 23-amaliy mashg‘ulot

12.

13.

Rasmiy

diplomatik

uslub va uning

xususiyatlari.

“XXI asrda

innovatsiyalar”

Ilmiy uslub va

uning

xususiyatlari.

4

4

- - 2 24- amaliy mashg‘ulot

- - 2 25-amaliy mashg‘ulot

- - 2 26- amaliy mashg‘ulot

14. 4 - - 2 27-amaliy mashg‘ulot

10


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

“Davrimizning

global

muammolari”

Maqola va uning

turlari. Intervyu.

- - 2 28- amaliy mashg‘ulot

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

1. Badiiy matndan ixcham nutq namunalarini saralab olish (A.Qahhor hikoyalari

matnlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir).

2. She’riy matnlardagi badiiy tasvir vositalaridan namunali foydalanishni namoyish

etuvchi parchalar tahlilini amalga oshirish.

3. Ilmiy matndan parchalar tahlil qildirish, ularning xususiyatlarini belgilashga

yo‘naltirish.

4. Gazetalar matnlaridan perifrazalarni belgilatish, ularning nutq ta’sirchanligini

belgilashdagi o‘rnini baholash.

5.Notiqona nutq so‘zlash (biror mavzu yuzasidan omma oldiga chiqish – taqdimot

asosida).

6.Nutq madaniyati va notiqlik texnikasini egallash (diksiya, artikulyatsiya mashqlarini

bajarish, podkast asosida o‘z ustida ishlash).

7.Nutqning ifoda vositalari.

8.Nutq matni ustida ishlash (ijtimoiy-siyosiy mavzudagi matnlarning til xususiyatlarini

o‘rganish, siyosiy faollar nutqi tahlili, ommabop diplomatiya va spichrayterlik san’ati).

9.Notiqlik san’ati tanqidchiligi (nutq tanqidiga baho berish).

10.Sahna nutqi va qo‘rquvni yengish metodlari (trening asosida).

11. Huquqiy demokratik jamiyat qurish mavzusi asosida nutq tayyorlash va taqdimot

topshirish.

12. Ilmiy nutqda atamalarni to‘g‘ri qo‘llash va ularni izohlash.

13. Ilmiy axborot shaklidagi maqolalar bilan tanishish asosida maqola yozish

ko‘nikmalarini berish.

14. Maqolaga reja tuzish va reja –loyiha tuzishga o‘rganish.

15. Ilmiy maqolaga annotatsiya yozish. Ahhotatsiya tuzilishi..

16. Tezis ko‘rinishi. Tezis yozish ko‘nikmalarini o‘rganish.

17. Ilmiy-ommabop maqolaga taqriz yozish ko‘nikmalarini shakllantirish.

18. Taqriz namunalari bilan tanishish orqali maqolalarga fikr bildirish ko‘nikmalarini

shakllantirish. 19. Turli mavzudagi intervyu tahlili.

20. Intervyu uchun mavzu tanlash bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishish.

21. Intervyu uchun savollar tuzish talablari. Intervyu tayyorlash va uning tahlili.

22. Ijtimoiy-siyosiy dolzarb mavzuda maqola uchun material to‘plash bo‘yicha

tavsiyalar.

23. Matn asosida uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar va ularning uslubiy qo‘llanishini o‘rganish.

24. So‘zlarni usluban to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.

25. Uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ustida ishlash.

26. Norasmiy xat turlari va mazmuni.

27. So‘zlashuv uslubida keng qo‘llanadigan umumiste’mol so‘zlar lug‘ati ustida

ishlash.

28. So‘z boyligini oshirishga mo‘ljallangan mashqlar.

29. So‘zlashuv uslubida keng qo‘llanadigan noadabiy qatlam tahlili.

30. Matnning ta’sirchanligini oshirish vositalari.

11


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

31.Iboralarni mazmunan va uslubiy to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar bajarish.

32. Iboralar omonimiyasi va sinonimyasidagi uslubiy farqlarni o‘rganish.

33.Tasviriy ifodalar va ularning qo‘llanishi.

34. Yangi paydo bo‘lgan tasviriy ifodalar lug‘atini tayyorlash.

35. Nutqning ta’sirchanligini oshirishda sinonimlarning uslubiy qo‘llanishiga doir

mashqlarni bajarish orqali sinonimlarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganish.

36. Matn ta’sirchanligini yuzaga keltiruvchi vositalar ustida ishlash.

37. Esse yozish bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganish, esse rejasini tuzish..

38. Matn ustida ishlash.

39. Matnda so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va ko‘chma ma’nodagi so‘zlarning uslubiy

qo‘llanishini o‘rganish.

40. So‘zlarni ko‘chma ma’noda to‘g‘ri qo‘llash.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan mustaqil

ishlar tayyorlash va uni prezentatsiya, infografika bilan boyitib taqdim qilish,

maqolalar yozish, kazuslar ishlab chiqish tavsiya etiladi.

V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar

O‘quv fanini o‘rganish natijasida talaba:

(bilim)

4.

- nazariy qoidalar;

- til va muloqot madaniyati o‘rtasidagi munosabatlar muammosiga zamonaviy

yondashuvlar;

- tilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligini o‘rganish;

- madaniy darajadagi til darajalarining milliy o‘ziga xosligini bilishi shart;

(ko‘nikma)

muloqot subyektlarining nutqiy tahlilini o‘tkazish;

- tilning barcha darajalari (fonetika, lug‘at, grammatika, sintaksis, matn)

birliklarining milliy-madaniy semantikasini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi va

amalda foydalanish va qo‘llashi;

(malaka)

- kommunikativ kompetentsiyani ta’minlash uchun madaniyat haqida, shaxsning

nutqiy faoliyati, milliy o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan

foydalanishni egallashi lozim.

12


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

5.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlar

amaliy mashg‘ulot (mantiqiy fiklash, tezkor-savol javob);

grafik organayzer;

klaster;

taqdimotlar qilish;

individual loyihalar;

kazus (muammoli vaziyat)lar bilan ishlash;

jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar;

“aqliy hujum”;

keys-stadi;

kollokvium;

ekspress so‘rovlar;

test so‘rovlari;

yakka tartibda va jamoa bo‘lib ishlash;

sinkveyn.

VII. Reyting ballni to‘plash uchun talablar:

6.

Joriy, oraliq va yakuniy nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish

orqali reyting ballar to‘planadi.

Bunda:

Joriy nazorat seminar darslari davomida bergan javobi hisobga olinadi;

Oraliq nazorat og‘zaki yoki yozma ish (individual yoki jamoaviy ish, prezentatsiya,

tahliliy ma’lumot tayyorlash) shaklida o‘tkaziladi;

Yakuniy nazorat savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli

vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (kazus, keys-stadini) o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, yakuniy nazorat test shaklida o‘tkazilishi mumkin. Modullar bo‘yicha

yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.

13


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

VIII. Tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

1. Ko‘chimov Sh.N. Yuridik til nazariyasi va amaliyoti. T, JIDU, 2010. 10 b.

2. Aripova A.X. “Yuristlar uchun o‘zbek/rus tili (Legal Language)” o‘quv

qo‘llanmasi, 1-kurs “Jinoyat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi talabalari uchun. T.,

TDYUU, 2020.

3. A.Otajonov. Shaxsga qarshi jinoyatlar. T., IIV Akademiyasi, 2012, 294b.

4. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili

stilistikasi. T.: O‘qituvchi, 1983.

5. Umurqulov B. So‘z tanlash san’ati. T.: Fan, 1985.

6. Sotimov G‘. Yuridik terminlarning inglizcha- ruscha -o‘zbekcha lug‘ati –

T:. Adolat. 1998.

7. Yuridik terminlar va iboralar lug‘ati – T:. Adolat.1993. -141

Qo‘shimcha adabiyotlar

7.

1. Sh.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent, 2017

2. Tojiyev Yo. va boshq. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. T.: 1994.

3. Sitseron. Tri traktata ob oratorskom isskustve. M.: 1972.

4. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T.: Yulduzcha, 1990.

5. Qilichev E. O‘zbek tilining amaliy stilistikasi. T.: O‘qituvchi, 1992.

6. Qonun va til. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1997.

7. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini

takomillashtirish Konsepsiyasi. 2018-yil 14-may PQ-3723-son qaroriga 1-

ilova.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-sonli 21.10.2019 yil qabul

qilingan O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni.

Xorijiy adabiyotlar

1. Mark Levin. The Reporter's Notebook : Writing Tools for Student Journalists

(2000)

2. Buck Ryan and Michael O'Donnell. The Editor's Toolbox: A Reference

Guide for Beginners and Professionals (2001)

3. Allan M. Siegal and William G. Connolly. The New York Times Manual of

Style and Usage: The Official Style Guide Used by the Writers and Editors of the

World's Most Authoritative Newspaper (2002)

14


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

4. M. L. Stein, Susan Paterno, and R. Christopher Burnett, The Newswriter's

Handbook Introduction to Journalism (2006)

5. Bryan A. Garner. The Winning Brief: 100 Tips for Persuasive Briefing in

Trial and Appellate Court (1999)

6. Steve Peha and Margot Carmichael Lester, Be a Writer: Your Guide to the

Writing Life (2006)

7. Bill Walsh, The Elephants of Style: A Trunkload of Tips on the Big Issues

and Gray Areas of Contemporary American English (2004)3. Criminal Law: Doctrine

and Theory. 4th edition by William Wilson (Author). 2011.

8. Complete Criminal Law: Text, Cases, and Materials.3rd Edition.by Janet

Loveless (Author). Oxford University Press; 2012.

1. http://www.norma.uz

2. http://www.lex.uz

3. http://www.public.sud.uz

4. http://www.minjust.uz

5. http://www.legislature.uz

6. www.gov.uz

7. www.mfer.uz.

8. www.jahon.mfa.uz

9. www.edu.uz.

Elektron taʼlim resurslari

8.

9.

10.

11.

Baholash mezoni

Oraliq nazorat:

– O‘quv fani doirasida kazus yechimi yoki mantiqiy esse asosida yozma topshiriqni

kompyuterda topshirish - Times New Roman, 14 pt, 300 -500 so‘z atrofida;

Joriy nazoratda: o‘tilgan mavzular yuzasidan tushuncha hosil qilganligini tekshirish

uchun deklamatsiya (yakka), mavzu bo‘yicha grafik organayzer (guruh ishi) va taqdimot

himoyasi.

Yakuniy nazorat:

– Kurs davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma mantiqiy savollar

hamda o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha kazus, xususan nazariy va amaliy

jihatlarni o‘z ichiga oladi (mavzu doirasida mulohazaviy tahlil ishi).

TDYU IF Umumta’lim fanlari kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan va TDYU

Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Fan/modul uchun ma’sullar:

1. PhD Aripova Aziza Xasanovna

Taqrizchilar:

1. D.Xashimova, TDYU prof.v.b.

2. Dsc M.Qurbonova, TDO‘TAU dotsenti.

15


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

1-AMALIY MASHG‘ULOT

1-mavzu: “O‘zbekiston – yagona Vatan”

Tayanch so‘z va iboralar: Vatan, tabarruk maskan, ajdodlardan

avlodlarga buyuk meros, aziz xotira, yurt tuprog‘i, zamin, bo‘y ko‘rsatgan giyoh,

daryo-yu soylari, tog‘-u toshlar, odamlar, oddiy has, chag‘ir tosh, muqaddas

makon.

!!!Grammatika: Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.

‣ O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday

leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. viloyat

2. tuman

3. shahar

4. mahalla

5. qishloq

6. ovul

7. uchastka inspektori

8. chegara

9. hudud

10. ma’muriy markaz

11. ro‘yxatga qo‘yish

12. aholi punktlari

13. suverenitet

14. munosabat

15. bitim

16. nizo

17. murosa

18. vaziyat

19. turkum

20. bo‘ysunish

16


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!!Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qish, mazmunini to‘liq tinglab tushunish. Matndagi

atama va iboralarning maʼnosini izohlash. Vatan haqidagi sheʼrlardan namunalar yod olish.

Vatan tabarruk maskan

Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk meros, aziz xotiradir.

Shu bois Vatan deganda biz faqat mana shu yurt tuprog‘ini emas, balki bu zaminda

bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib uning daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha,

odamlaridan tortib to eng mitti jonvorlarigacha narsalarning barchasini tushunamiz.

Vatan tuprog‘idagi oddiy has ham, oddiy chag‘ir tosh ham bizga muqaddasdir.

Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa

ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot nazarlardan shum niyatlardan himoya

qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas

makon hisoblangan. Ayniqsa, u mustaqil bo‘lganida, yana ham go‘zallashdi.

Vatanimizni qanchalik sevsak, uning xususiyatlari shunchalik ortadi, yurtimiz

betakror va yagona ekanini his etamiz.

Vatan tuyg‘usi bu Vatanni anglash har bir umr davom etadigan uzluksiz

jaroyondir. Biz har gal o`lkamiz bahori, yozi, kuzi va qishiga ro`baro` kelganda,

uning tog`-u toshlari, daryo-yu o`rmonlari, bepoyon dalalari, tarixiy obidalari, obod

shahar-u qishloqlarini ko`rganda, ko`nglimizda yangi-yangi tuyg`ular paydo

bo`ladi.

Vatan - kindik qonimiz to‘kilgan, jonga jondosh, qalbga sirdosh eng ulug‘

kalom. Vatan - muqaddas dargoh, mo‘jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo‘lgan,

har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog‘i zar, ko‘zga gavhardir. Ona yurt misli qimmatli

Ko‘hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik

ardoqlidir. Bulbul o‘z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o‘z ona

tuprog‘ida baxt osmonini quchmog‘i mumkin. Bu maskanning na bahosi va na

qiyoslanuvchi qudrati bor. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Suvidan to giyohi

qadar begona ko‘zlardan himoyalangan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon

kuydurmog‘i, kelajagi uchun oz bo‘lsa-da nafi tegadigan bo‘lib yashamog‘i lozim.

Samimiy insonga inson do‘st bo‘lishga talpinganidek, iymoni but farzandi bo‘lmog‘i

uchun ham Vatan ona kabi intilaveradi, o‘sha insonni asrab-avaylaydi. Bu maskan

qadrini faqat bir soniya bo‘lsa ham musofir bo‘lgan insongina tushunadi. Vatan

ta’rifiga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz. Har bir insonning sog‘ingan yuraklar

taftiga mehr urug‘ini qadaguvchi buyuk yurtida hamisha ezgulik, tinchlik bardavom

va abadiy bo‘lsin!

Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun

qo‘ynida sokin navo insonni o‘ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot

nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu

hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog‘lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh,

17


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

ota kabi qonga qondosh bo‘lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun

Vatan yagona va takrorlanmas mo‘jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini

baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg‘u tug‘yon uradi.

Yoinki, go‘zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo‘y nasim kuy chertadi.

Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo‘shasi

ekanligingizdan faxr etib, go‘yoki, osmonlarni zabt etgandek bo‘ladi inson. Ha, shu

maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash

uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun

ham farz, ham qarzdir!

Bugun O'zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi

bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘lda u jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik

xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni

rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston,

balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati

rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish

orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon

bo‘lmoqda.

Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida

munosib o‘rin egallashiga asos bo‘luvchi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shunga

monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va

modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni

mustahkamlash bo‘yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda.

!!!Yozma nutq: Matndan tayanch so‘z va iboralarni ajratib yozish. Matndagi asosiy fikrni yozma

ravishda ifodalash.

Mashqlar

1.1-mashq. Quyidagi so‘zlarni qanday sohaga: axloq, etika, tibbiyot, madaniyat,

psixologiyaga, insonning ichki olami, his-tuyg‘ulariga oidligiga ko‘ra

guruhlarga ajratib yozing. Har bir guruhga 5-6 tadan o‘zingizning

misollaringizni qo‘shing:

jadallashmoq, shukuronalik, olijanob, burch, islohot, majbur qilmoq, qonun,

tartibsizlik, notinch, barbod qilmoq, qiron keltirmoq, ekstremizm, tamaddun,

g‘urur, kampaniya, transmilliy, beg‘araz, alyans, hal qiliuvchi, tamoyil,

ilhomlantirmoq, faol, saylovoldi, xayr-saxovat, gender yosh, sog‘lomlashtirish,

turmush tarzi, profilaktika, monitoring, emlash, adolat, yangilanishlar, xotira,

noqonuniy, qora og‘u

18


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

1.2-mashq. Quyidagi so‘zlar bilan birikmalar tuzing. Ularni mavzusi bo‘yicha

guruhlarga ajrating.

Insoniyat, qoida, yo‘nalish, ilohiy, orzu-istaklar, tuban xislatlar, go‘zallik,

tushkunlik, taraqqiyot, birdamlik, yakdillik, falsafa, erk, istiqlol, istiqbol, ezgulik,

yovuzlik, idrok, tafakkur, ma’naviyat, samimiyat, diplomatiya, ziddiyat, ixtilof,

globallashuv, Orol, taqdir, huquq, burch, inqiroz, kelishuv, bitim, axloqsizlik, illat,

sarmoya, fuqaro, nizo

1.3- mashq Berilgan so‘zlardan birikmalar tuzing:

yurtimizning har bir

baland va mustahkam kelajak

o‘zaro foydali

amaliy

madaniy-gumanitar

mudhish

iqtisodiy

yurt

soha

yorqin

Mulohaza

egasi

oqibat

imorati

faoliyat

farovonligi

salohiyat

go‘shasi

ufqlar

hamkorlik

yordam

Viloyat

Aholi punktlari

Ma'muriy

markaz

Qishloq

Uyga vazifa: Mavzuga xos sayt yangilikari, gazeta, jurnallardan bir nechta

kichik matnlar va maqolalar namunasini toping, olib keling, tematik reportaj,

intervyuga tayyorlaning. Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida qisqa

maʼlumot yozish.

19


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

2-AMALIY MASHG‘ULOT

2-mavzu: “O‘zbek tili – Davlat tili”

Tayanch so‘z va iboralar: qadimiy va boy til, o‘zbek tili, xalqchil til, milliy

o‘zlik, mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat,

madaniyat namunalari, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar, ona tili, milliy

g‘urur.

‣ O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday

leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. davlat tili

2. ma’naviy-ma’rifiy ishlar

3. jamiyat hayoti

4. millatning ruhi

5. davlat timsoli

6. tilni asrash

7. millatning yuksalishi

8. konstitutsiya

9. davlat tili maqomi

10. huquqiy jihat

11. mustaqil davlat

12. qonun yo‘li bilan himoya

qilinadigan

13. davlat ramzi

14. millat qiyofasi

15. ma’naviy boylik

16. cheksiz imkoniyat

17. iftixor

18. ish yuritish

19. tahrir

20. mukammallik

20


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

so‘zlab berish.

!!!Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi asosiy fikrni ajratib

Davlat tili

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun

milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik,

buyuk qadriyatdir. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganlariday, “...kimdakim

o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini

his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni,

o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga

quloq tutsin”.

Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini

aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar,

badiiy durdonalar yaratganlar. Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovli

kunlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashib keldi, o‘z ona tilini

— milliy g‘ururini saqlab qoldi.

Qutlug‘ bayramni nishonlar ekanmiz, avvalo, 1989-yil 21-oktabr sanasini –

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslash o‘rinli.

O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘

maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda

u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadamlardan edi.

Bu qonun xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi azmu qarorining yorqin

namoyoni bo‘ldi.

Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan

ona tilimizda jahonga e'lon qilindi. Qolaversa, mamlakatimizning Asosiy qonuni —

Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.

Shuningdek, ko‘plab xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat

madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi.

Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili — millat ma'naviyatining mustahkam

poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, har

21


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy

tili va adabiyotidir.

Shu ma'noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib

qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrabavaylashga,

rivojlantirishga intiladi.

!!!Yozma nutq: “Davlat tili qonuni” mavzusida annotativ axborot tayyorlang.

Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltiring.

Mashqlar

2.1. Berilgan so‘zlardan birikmalar hosil qilib, gap tuzing.

yurtning har bir

mustahkam kelajak

o‘zaro foydali

amaliy

madaniy-ma’rifiy

mudhish

iqtisodiy integratsiya

yurt

soha

yorqin

yordam

hayot

ravnaqi

yetakchisi

salohiyat

go‘sha

egasi

faravonligi

faoliyat

jarayoni

!!!Grammatika: O‘zbek tilining imlo qoidalari.

2.2. Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling, tagiga chizilgan so‘zlar ishtirokida

birikmalar tuzing va o‘zingiz uchun biror hudud (shahar, mamlakat)ning davlat

tili yuzasidan taqdimot tayyorlang.

Территория государства (государственная территория, территория как

признак государства) — одна из частей земного шара, находящаяся под

юрисдикцией какого-либо государства, один из признаков государства на

относительно поздней стадии социального развития.Определённая

государственная территория не была основным признаком государственности

в ранних государственных образованиях, но стала им позднее. На первой

22


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

стадии своего существования многие племена и народы вели кочевой образ

жизни, меняя местопребывание в зависимости от наличия природных

ресурсов. При этом существовала определённая система организации власти,

так что для некоторых из племён можно говорить о наличии таких основных

признаков государственности, как народ и суверенная

(верховная) государственная власть. С переходом к оседлости постепенно

установилась определённая государственная территория, которая стала

главным базисом развития государства.

Состав государственной территории:

суша — часть поверхности планеты, не покрытая водами, в

пределах государственных границ

внутренние и территориальные воды

воздушное пространство — (тропосфера, стратосфера, ионосфера, а также

значительная часть вышележащего пространства) в

пределах государственных границ

Недра — часть земной коры, расположенная ниже земной поверхности и

дна водоёмов до доступной глубины.

2.3. Siz “O‘zgaruvchan dunyoda inson omili” deb nomlangan xalqaro

forumda qatnashyapsiz. Forum ishtirokchisi ma’ruzasidan avval o‘z davlati

haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining

muhim faktlari haqida so‘zlab bering.

Uyga vazifa: Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga

munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti,

mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

Ushbu moddaga nisbatan o‘z fikr-mulohazangizni bildiring.

23


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

3-AMALIY MASHG‘ULOT

3-mavzu: “Milliy qadriyatlar – millat iftixori”

Tayanch so‘z va iboralar: milliy qadriyatlar, o‘zbek udumlari, urf-odat,

an’ana, insoniyat, ahamiyatli, millat, elat, manfaat, maqsadlariga xizmat qiladigan,

qadr, jamiyat ne’mati.

‣ O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday

leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. milliy madaniyat

2. xalq qadriyatlari

3. umuminsoniy

4. qadriyat

5. xususiyat

6. muomala

7. fuqarolar tomonidan e’zozlangan

8. qiymatli bo‘lgan ma’naviy boylik

9. diniy bayramlar

10. milliy urf-odatlar

11. muhim milliy qadriyatlar

12. ne’mat

13. avloddan-avlodga o‘tib kelgan

14. xalqning iftixori

15. ma’naviyat

16. millatning yashash tarzi

17. milliy ong

18. til

19. madaniyat

20. yaxshi niyat

24


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!!Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Milliy urf-odatlarni taʼriflab berish.

Milliy qadriyatlar – mamlakatdagi millat va elatlar uchun qadrli

milliy fazilat

Hech bir xalq o‘zligini anglamasdan, milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini

asrab-avaylab saqlamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan

qaray olmaydi. Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy

qadriyatlariga sodiqligidadir.

Istiqlolning ilk kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida

“Qadriyatlar”, “Milliy tiklanish”, “Milliy ong”, “Milliy g ‘urur” kabi atamalar teztez

ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.

“Qadriyat” iborasi o‘z ma’nosida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan

so‘ng keng qo‘llanila boshlandi. Sobiq Ittifoq davrida bu termin muomalada deyarli

uchramas edi, uni o‘zbekcha lug ‘atlardan topib ham bo‘lmasdi.

Milliy qadriyatlar – mamlakatdagi millat va elatlar uchun qadrli bo‘lgan va

fuqarolar tomonidan e’zozlanadigan, milliy xususiyat va fazilatlarni ifodalovchi

hodisalardir. Har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qiymatli bo‘lgan ma’naviy

boyliklari bo‘ladi. Masalan, Navro‘z bayrami, dinimiz va diniy bayramlarimiz,

milliy urf-odatlarimiz, tilimiz bizning eng muhim milliy qadriyatlarimiz sanaladi.

Demak, qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat,

elatlarning manfaatlariga va maqsadlariga xizmat qiladigan, shu tufayli ular

tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini tushunish lozim.

Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hozirgi kunda ham u

o‘zining ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, shu xalqning iftixoriga aylangan

durdonalardir.

Milliy qadriyatlar millatning yashash tarzi, milliy ong, til, ma’naviyat hamda

madaniyati bilan uzviy bog ‘liq.

O‘zbek udumlari

O‘zbeklar qadimdan to‘y turlariga boy xalq. Sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, askar

to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash to‘ylari…

Urf-odat ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u kishilar turmushiga

singib ketadi, bu ko‘proq oilaviy munosabatlarda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘zbek

xalqiga xos urf-odatlarga salomlashish qoidalari, kelin-qizlarning ertalab hovlilarni

supurib, suv sepishi; mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafalarida

bemor, yolg ‘iz, muhtoj keksalardan, qiynalganlardan xabar olish, hashar kabi

udumlar kiradi.

Yaxshi niyat – yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat,

duoyu olqishlar – bu ham o‘zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson

hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning

barcha chorrahalarida bir-biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi.

25


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Bola tug ‘ilganda, - “Farzand, zurriyot muborak bo‘lsin deya umriyu rizqi,

ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo‘lsin”,-deyiladi. Bu ixcham tilakning

mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug ‘ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo‘lsin,

rizqi nasibasi mo‘l bo‘lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq yuvib, oq tarab voyaga

yetkazar ekan, farzandining huzur-halovatini, rohatini, iqbolini ko‘rishsin, xalqning

og ‘irini yengil qiladigan shaxs bo‘lib yetishsin kabi ko‘pga va uzoqqa mo‘ljallangan

tilaklar birgina shu ibora hikmatda o‘z jamuljamini topgan.

Mo‘ysafidlar, ota-onalar farzandlarining duoyi jonini qilisharkan, “oy borib

omon qaytgin”, deya kaftlarini yuzlariga surtib, fotiha tortishadi. “Omad yor bo‘lsin,

olginu oldirmagin, to‘rt muchang sog ‘ bo‘lsin, xudo o‘z panohida asrasin, chor

yorlar madadkor bo‘lsin” tilaklari ham shu holatlarda qo‘llanilishi mumkin.

Mashqlar

3.1. Sinonimlarni ko‘chirib yozing va gaplar tuzing. Ajratilgan so‘zlarni

tarjima qiling.

Abadiy, mangu, umrbod, toabad, doimiy

chaqqon

Ayb, gunoh, jinoyat, qoziq

Aytmoq, bayon qilmoq, ijro qilmoq, bildirmoq

Aytmoq, taklif qilmoq, chaqirmoq, chorlamoq

Aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, oydin, ayon

Asar, asorat, nishon, iz

Asramoq, saqlamoq

Axil, ittifoq, inoq, apoq-chapoq

Aqlli, esli, oqil, aqli raso

Balandparvoz, dabdabali, beyama

Balo, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, uddaburon,

Befaxm, farosatsiz, betamiz, befarosat, kaltafaxm

Beg‘ubor, toza, sof, musaffo, g‘uborsiz

Bilimsiz, ilmsiz, o‘qimagan

Butunlay, batamom, abadiy

Dushman, yov, g‘anim, ag‘yor, yog‘i

Doim, mangu, hamisha, umrbod, abadiy

Daromad, kirim, kelim

26


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Dangasa, ishyoqmas, yalqov

3.2. Grafik organayzer asosida milliy urf-odatlar haqida ma’lumot bering.

Ko‘pkari

Askiya

Chilla

Maslahat

oshi

Kuyovnakar

!!!Grammatika: O‘zbek tilida so‘z yasalishi.

3.3. Antonimlar asosida gap tuzing.

Halol – harom

Har xil – bir xil

Hibsga olmoq – bo‘shatmoq, ozod qilmoq

Himmatli – muruvvatsiz, himmatsiz

Himoyachi – hujumchi

Hushyor – anqov

Huzur-halovat – azob-uqubat

Uyga vazifa: !!!Yozma nutq: Biror milliy bayram, marosimdan olingan

taassurotlarni yozish. “Turli millatlarning urf-odatlari” mavzusida polilog tuzish va

uni deklamatsiya qilish (taqdimot asosida).

27


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

4-AMALIY MASHG‘ULOT

4-mavzu: “Ulug‘ ajdodlarimiz”

Tayanch so‘z va iboralar: allomalar, mutafakkirlarning qomusiy bilimlari,

hayrat, tarixiy davr, fojia, buyuk meros, qism, bizgacha yetib kelgan, zulmat,

uyg‘onish davri, olimlar.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. ajdodlarimiz xotirasi

2. meros

3. haykal

4. qomusiy bilimlar

5. ilmiy muhit

6. allomalar

7. mutafakkir

8. hayrat

9. tarixiy davr

10. fojia

11. buyuk meros

12. qism

13. bizgacha yetib kelgan

14. ilm ne’mati

15. avloddan-avlodga o‘tib kelgan

16. asar

17. obida

ilmiy risolalar

18. madrasa

19. xonaqoh

20. hadis

28


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!!Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi atama va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnni kengaytirib so‘zlab berish. Matnni qismlarga bo‘lib, har bir qismni

nomlash.

O‘zbek xalqining ulug‘ ajdodlari

O‘zbekiston xalqi ko‘pni ko‘rgan, yelkasida tarix sinovlarini, ijtimoiy

xulosasini yelkalagan, o‘ziga ham o‘zgalarga ham tinchlik, osoyishtalik, farovon

hayotni tilab kelgan, shu niyatda butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga munosib

hissa qo‘shgan xalq. Bugun ham xalqimiz ota–bobolarimizdan meros bo‘lib

qolgan o‘zining ana shu ezgulik bayrog‘ini qo‘lidan tushirgani yo‘q.

Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizga hurmat–ehtirom, ularning boy ilmiy

merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli

mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar

yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko‘rish

mumkin.

Ma’lumki, o‘zbek elatining shakllanish jarayoni boshqa turkiy zabon

xalqlardan birmuncha farq qilgan. Jumladan: o‘zbek elatining ajdodlari tub yerli

etnik birliklar asosida, ya’ni ikki til (turkiy va eroniy tillar) turkumidagi xalqlarning

aralashuvi jarayonida vujudga kelgan. Movaraunnahr va unga tutash mintaqalarda

turg‘un yashovchi aholi so‘g‘diylar, xorazmiylar, turkiy zabon etnoslar o‘z

hududlarida qadimdan yashab, bo‘lajak o‘zbek elatining poydevorini tashkil

qiladilar.

Markaziy Osiyoning o‘troq voha aholisi so‘g‘diylar, xorazmiylar,

baqtriyaliklar, parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilgan. Ular yashagan vohalarni

o‘rab olgan dashtlarda esa chorvador ko‘chmanchilar yashar edilar. Ular

Ahmoniylar bitiklarida saklar deb atalgan. Yunon manbalarida ular skiflar deb

yuritilgan. Asosiy xo‘jaligi chorvachilik bo‘lgan bu aholi «Avesto»da turlar deb

atalib, ularni yurti Turon deb yuritilgan. Bularning har ikkisi ham o‘zbeklarni

qadimgi etnik qatlamiga oid deb tushunmoq kerak. Bu bronza davriga to‘g‘ri kelib,

bu davrda Movaraunnahrga birinchi bor turkiy zabon qabilalar kirib keladilar. Bu

bosqichda zardushtiylik e’tiqodlari bo‘yicha inson hayotining mohiyati halol va

poklik ekanligi, inson ezgu fikr, ezgu amal orkali yomonlik bilan kurashganlar. Bu

davrdagi ajdodlarimiz yutuqlari Sharq (Xitoy, Hindiston) va G‘arb (Rum, Yunon)

madaniyatiga ijobiy ta’sir qilgan. Keyin milodiy II-III asrlarda turkiy tilli

etnoslarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti rivojlanib, milodiy IV-V asrlarda

yangi Qang‘ar elati shakllanadi.

29


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Turk xoqonligi davrida turk va so‘g‘d tilli xalqlarning o‘zaro yaqinlashishi,

aralashish jarayoni davom etgan. Natijada ikki qardosh o‘zbek va tojik xalqlarining

shakllanishiga iqtisodiy va etnomadaniy sharoitlar yaratiladi.

IX-X asrlarda o‘zbek xalqi elat bo‘lib shakllangan. Ma’lumki, o‘zbek va tojik

elatlari sak-massagetlar, baqtriylar, yuechjilar – qang‘arlar, xunlar, so‘g‘diylardan

tomir olgan. Lekin ularni har biriga xos tili, o‘zligini anglashi kabi farqli

xususiyatlari mavjud bo‘lib, har bir elat ana shu xususiyatlari bilan birbiridan farq

qilgan.

XI asrda ham Mavaraunnaxr va unga tutash mintaqalarda yashovchi aholi

etnik, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib boradilar. Bu

bosqichda Islom dini ta’sirida ilmu-fan, ma’rifat taraqqiy etgan. Imom Buxoriy, at-

Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro tariqatlari ravnaq topadi. Ahmad

Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino kabi vatandoshlarimiz jahon

ilmu-fani, madaniyati va taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Ajdodlarimiz asarlarini G‘arb mamlakatlarida tarqalishi Ovropa madaniyatiga

ta’sir etib, Ovro‘pa uyg‘onishi – «Renessanisi»ni vujudga keltirdi, ya’ni Yevropani

ming yillik «uyqu»dan uyg‘otdi. O‘zbek xalqining shakllanish jarayonining

yakunlovchi bosqichi XIasrning o‘rtalaridan to XII-asr o‘rtalarigacha davom etib,

elatga xos etnik belgilarning rivojlanishi me’yoriga yetadi.

Bu davrda «O‘zbek» atamasi vujudga kelib, bu so‘zning tom ma’nosi «o‘z»

va «bek» so‘zlaridan iborat bo‘lgan, «Asl bek» demakdir. Bu o‘zbeklar XVI asr

boshlarida o‘z sardorlari bilan Movaraunnahrga kirib keldi va sulolaviy

hukmronlikni temuriylardan tortib olib, bu o‘lkaga o‘zbek nomini olib keldi. Bu nom

bugungi kundagi o‘zbek xalqi etnik nomiga aylandi.

Ming shukurlar bo‘lsin-ki, mustaqilligimiz tufayli o‘zbek «o‘ziga bek» va

o‘ziga-o‘zi «Xo‘jayin» bo‘lib, dunyo xaritasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Eng yangi etnografik tadqiqotlarga asoslanib, o‘zbekni quyidagicha ta’riflash

imkoniyatiga ega bo‘ldik: «o‘rta gavdali, bug‘doy rang, sochi qora, va qizg‘ishqo‘ng‘ir,

soqoliqora, ba’zida kul rang, burni kichkina va to‘g‘ri, lablari qalin, tishlari

oq va sog‘lom, peshonasi to‘g‘ri, qosh usti kam bo‘rtib chiqqan, qoshlari yoysimon,

iyagi yirik, yuzi serqirra, qulog‘i katta va ajralib turadi, oyoq-qo‘li mehnatda

toblangan, gavdasi risoladagidek» bo‘lgan. Shu bilan birga o‘zbeklar boshqa

millatlardan ochiq ko‘ngilliligi, mardligi, jiddiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi,

mehr-murruvatligi, mehmondo‘stligi, kechirimliligi, mehnatsevarligi, ona va

ayollarni e’zozlashi, otalarni hurmatlashi, yaxshilik qilish kabi qadimiy an’analarni

saqlab qolishi bilan ham farqlanadi. Shu bilan birga o‘zbeklarning «oilaviy

munosabatlarini» asl namuna deb hisoblasa bo‘ladi deb yozib qoldirgan Xerman

Vamberi.

30


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!!Yozma nutq: Mashhur allomalardan biri haqida taqdimot tayyorlash. Buyuk

allomalarimizning asarlari ro‘yxatini tuzish.

Mashqlar

4.1. Izohli lug‘atdan foydalangan holda huquqbuzarliklar sohasi jarayonida

qo‘llanuvchi “Tushunchalar tahlili”dagi so‘z shakllari jadvalini to‘ldiring. So‘zgaplarning

ma’no aniqligiga alohida e’tibor qarating.

So‘z-gap

ha aytganday

Lug‘aviy ma’nosi

yo‘q chunonan

aslo bo‘lmas

aksincha

mutlaqo

albatta

bo‘pti-da

hech ham

iloji yo‘q-ku

roziman

bo‘lmaydi-ku-ya

qo‘shilmayman

mayli, nima ham

derdim

!!!Grammatika: Tilning leksik qatlamlari. Аtamalar va ularning vujudga kelishi.

4.2. Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ishlatiladigan atamalar

izohini hayotiy misollar asosida ochib bering:

31


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan

jabrlanuvchiga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil

bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy,

pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda

qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan choratadbirlar

majmui;

g‘ayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor

normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi;

huquqbuzarlik — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik

nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik);

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi — jismoniy, ma’naviy yoki mulkiy zarar

yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs;

huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda

mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek

huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni

aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar

umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy,

ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs — o‘zining g‘ayriijtimoiy

xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan

jismoniy shaxs.

4.3. Berilgan hikmatlarning mazmuni haqida mushohada yuriting.

1. Afv et xalqdan kelsa yaxshi-yu yomon,

Adovatdan qochib, rohat qil, inson!

2. Soch oqargach qo‘ydim dilim g‘ish-g‘ishin,

Yerga otdim havo-havas tashvishin.

3. Har neki tingladim – sening bayoning,

Har nimaki ko‘rdim – sening nishoning,

Qayda boshim urib, qildim sajdalar,

Ko‘zim oshib ko‘rsam, sening ostonang.

4. Odamning ustiga qarab bir kunda,

Ilmu darajasin bilsa bo‘ladi.

Va lekin dilidan bo‘lma xotirjam,

Yillar o‘tib bir kun oshkor qiladi.

5. Ishonmagin maddoh, so‘zamollarga,

Zarracha naf uchun seni madh etar.

32


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

6. Bir kuni murodin hosil etmasang,

Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.

4.4. So‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganing. Ta’rifga mos so‘zni tanlang.

Kishilar yoki narsalar, voqealar yoki

tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro

uzviy bog‘liqlik.

Kishilar o‘rtasidagi muomala.

Kishilarning biror hodisa yoki narsaga

qarashi (yondashishi).

aloqa

munosabat

Yer yuzidan yoki boshqa biror joydan

tepada joylashgan.

Kuchli ma’nosida.

Yetakchi tashkilot, rahbar ma’nosida.

Biror narsaning eng ustki qismi.

baland

yuqori

Bajarilishi lozim bo‘lgan qoida.

Biror narsaga bo‘lgan muhtojlik

Istak ma’nosida.

Qat’iyat bilan qilingan iltimos.

ehtiyoj

talab

Uyga vazifa: Do‘stlaringiz bilan “Ajdodlardan meros yaxshi sifatlar”

mavzusida taqdimot tayyorlang.

33


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

5-AMALIY MASHG‘ULOT

5-mavzu: “Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasida ko‘prik”

Tayanch so‘z va iboralar: madaniyat maskanlari, xazinaxona, hikoya

qiluvchi eksponat, martabali mehmonlar, qo‘lyozma va toshbosma nusxalari,

tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlar,

asori-atiqa.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. tarixiy

2. moddiy va maʼnaviy yodgorliklar

3. ilmiy maʼrifiy muassasa

4. xazina

5. sanʼat asarlari

6. yozma manbalar

7. qoʻlyozmalar va bosma hujjatlar

8. ilmiy ommaviy va tarbiyaviy

shakllari

9. ekspozitsiya

10. koʻrgazmalar

11. memorial muzeylar

12. majmua oʻlkashunoslik muzeyi

13. toʻplamlarni butlash

14. muzey ashyolarini saqlash

15. monografiya, katalog, yoʻlkoʻrsatkichlari

nashri

16. metodologiya

17. ilmiy tashviqotlar

18. ekskursiya

19. madaniy ehtiyojlarni qondiruvchi

20. asl buyumlar

34


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

ma‘nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash.

Muzeylar - madaniyat maskanlari

Muzeylar… Yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan madaniyat

maskanlari. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o‘tmishimiz,

tariximiz aks etgan.

Muzeylar (yun. musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy

va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini

amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy maʼrifiy muassasalar. Muzeylar xazinasida, asosan,

moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga

yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega

qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.

Zamonaviy Muzeylarning koʻplariga tadqiqot va taʼlim-tarbiyaviy

vazifalarning bir butunligi xos. Muzeylarning oʻziga xos ilmiy ommaviy va

tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, koʻrgazmalar.

Zamonaviy ilmiy tasnifda Muzeylar tur va sohalar boʻyicha farqlanadi.

Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqot maʼrifat (Muzeylarning asosiy qismini

tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeylari, ommaviy Muzeylar deb ham ataladi),

tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini

oʻtovchi) va oʻquv Muzeylariga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, tabiatshunoslik,

sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa Muzeylarga boʻlinadi.

Shuningdek, Muzeylarning memorial muzeylar, majmua oʻlkashunoslik kabi turlari

bor.

Muzeylar katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni

butlaydi va oʻrganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va

taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi;

zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida

ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning

eng muhim shakli ekskursiyadir.

Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi Muzeylarning

paydo boʻlish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeylarning oʻtmishdoshlari

tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy

boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar

sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan.

Oʻzbekistonda Muzeylar 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan.

20-asr boshida Oʻzbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent oʻlkashunoslik muzeyi

35


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

(1876, hoz. Oʻzbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hozirgi A.

Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi),

Fargʻona xalq muzeyi (1899, hozirgi Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi) bor

edi.

Ularning toʻplamlari kam, ekspozitsiyalarining ko‘pi tasodifiy materiallardan

tashkil topgan edi. 20-asrning 20-yillaridan turli sohadagi Muzeylar tashkil etila

boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga oʻtkazilib,

muhofaza qilina boshlandi.

Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, Muzeylar uchun kolleksiyalar toʻplash ishi

yoʻlga qoʻyildi, koʻplab Muzeylar tashkil etildi. Hozir Oʻzbekistondagi

Muzeylarning asosiy qismi Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramogʻida.

Yirik Muzeylar: Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi,

Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi Oʻzbekiston xalqlari

madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, Oʻzbekiston tabiat muzeyi (1876) va b.,

Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida oʻlkashunoslik Muzeylari, jahon

ahamiyatiga molik memorial Muzeylar bor.

Muzeylar, taʼlim-tarbiya va ilmiy vazifalarga ega boʻlgan Muzeylar tizimi

taraqqiyotiga obyektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk

Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. mamlakatlar eng taraqqiy etgan Muzeylar

tizimiga ega.

Muzeylarning xalqaro maydonga chiqishi bilan ularning taʼsir doirasi

kengayib bormoqda. Bunda koʻrgazmalar ayirboshlash birinchi oʻrinda turadi.

Muzeylar jahonning turli mamlakatlariga oʻz xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet

mamlakatlarning koʻrgazmalarini oʻzlarida qabul qiladi va koʻrgazma hamda

Muzeylarda namoyish etadi. Muzeylar xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga

yordam bermoqda, milliy madaniyatlarning oʻzaro boyishi va xalqlar oʻrtasida

hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Jahon Muzeylari xalqaro tashkilotga birlashgan, YUNESKO tarkibida

Muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud, uning tarkibiga milliy Muzeylarning

qoʻmitalari kirgan.

!!! Yozma nutq: O‘zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash.

Mashqlar

5.1. Nuqtalar o‘rniga mosini qo‘ying.

1. Bugungi kunda oilada ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi ……….. (aloqa,

munosabat)larda o‘ziga yarasha muammolarning kelib chiqish sababi nimada?

36


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

2. Har bir insonda oila qurishga………… (talab, ehtiyoj) paydo bo‘ladi.

3. Ota-ona necha yoshgacha bolaning har bir……… (talab, ehtiyoj)ini bajarishi

kerak, deb hisoblaysiz?

4………….(Yuqori, baland) madaniyatli oilaga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz?

5.2. Ushbu so‘zlar yordamida assotsiativ voqeaband hikoya tuzing:

huquqshunos, harbiy, sir, sevgi, go‘zallik, kelinchak, ayol, odam, inson, ko‘ngil,

parishonlik, dunyo, olam, kasallik, odamovi, o‘kinch, qarindosh-urug‘, urush,

chehra, to‘y, buloq boshi, ipak ro‘mol, egin, ma’yus, iliq his, yoz kuni, uyalmoq,

qochmoq, muloyim, baxt, ro‘y bermoq, eslamoq, payqamoq, to‘lmoq, xushhollik,

soxta, yonbag‘ir, kekkaygan, bo‘zchi belboqqa yolchimaydi, afsuslanmoq.

5.3. Mazkur terminlar izohini o‘qib, hayotiy misollar asosida tushuntiring:

Tаrbiya – rivоjlаntirish, pаrvаrish qilish, o‘stirish, o‘rgаtish, ilm bеrish

kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Birinchi Prеzidеnt Islоm Kаrimоvning “Vаtаn rаvnаqi

uchun hаr birimiz mаs’ulmiz” аsаridа tа’kidlаngаnidеk, “jоndаn аziz

bоlаlаrimizni o‘zgаlаrning nоmа’qul tаrbiyasi vа mudhish tа’sirigа tаshlаb

qo‘yish – kеlаjаgimizgа nisbаtаn kеchirib bo‘lmаs хiyоnаtdir”.

Mustаqil fikr – yarаtuvchаnlik vа bunyоdkоrlikning mа’nаviy yo‘lidir.

Kаsbkоrlik – jаmiyat mа’nаviy хаvfsizligini mustаhkаmlаydi. Hunаrsiz,

ilmsiz оdаm buzg‘unchilikkа, jinоyatgа mоyil bo‘lаdi. Jаmiyat kаsbkоr insоnlаr

jаmiyati bo‘lsаginа u tаrаqqiy tоpаdi vа rivоjlаnаdi. Аksinchаsi o‘rinli еmаs. Аgаr

insоndа diplоm bo‘lsа-yu, mutахаssislik mаlаkаsi bo‘lmаsа – bu mа’nаviy

yеmrilishdir. O‘zbеkistоndа ilm, kаsb-hunаrni еgаllаsh uchun bаrchа shаrоitlаr

yarаtilgаn.

!!! Grammatika: Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.

5.4. Quyidagi huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari

tushunchalarni batafsil ravishda yozma izohlang:

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

insonparvarlik;

tizimlilik;

ishontirish usulining ustuvorligi;

ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish.

Uyga vazifa: Jahonning mashhur muzeylari haqida qiziqarli

maʼlumotlar tayyorlang. Soha muzeyi haqida matn tuzing.

37


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

6-AMALIY MASHG‘ULOT

6-mavzu: “Kelajak — bilimli yoshlar qo‘lida”

Tayanch so‘z va iboralar: jamiyatning ertasi, kelajagimiz va

istiqbolimiz poydevori, zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalar, mukammal

egallash, imkoniyatlar, Prezident va ijod maktablari, zamiri, zamonaviy talablar,

shart-sharoitlarga ega oʻquv binolari, taʼlim olayotgan yoshlar, yutuqlar, faxr.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. zamonaviy talablar asosida

2. davlatimiz rahbari boshchiligida

3. taʼlim-tarbiya sohasi

4. tanlagan yoʻlimiz

5. maktab ostonasi

6. taʼlim-tarbiya tizimi

7. gʻoyani ilgari surmoq

8. katta avlodning bilimi va tajribasi

9. uzoqni koʻra olish fazilatlari

10. yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat

11. mardlik va fidoyilik

12. koʻzlagan marraga yetish

13. mamlakat kelajagi

14. yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs

15. komil inson sifatida tarbiyalash masalasi

16. oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar

asosida yondashish

17. huquq va erkinliklar

18. imkoniyat va manfaatlarini himoya

qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar

19. zamon bilan hamnafas

20. takomillashish

38


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash. Mavzu

bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.

Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz

poydevori

Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda,

Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi

Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugun yurtimizda

ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun

barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani, xususan, Prezident va ijod

maktablari tashkil etilayotgani zamirida katta maʼno mujassam. Hozir biz

zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv

binolarida taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlana

olamiz. Birgina Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Firdavs

Abduqayumovning IELTS dasturi boʻyicha yuqori ball toʻplab, AQSHning

Jon Keroll universitetida tahsil olish uchun 96 ming dollarlik grant sohibiga

aylangani ham davlatimiz rahbari boshchiligida qisqa vaqtda taʼlim-tarbiya sohasida

tanlagan yoʻlimizning naqadar toʻgʻri ekanligini yaqqol isbotlab turibdi.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “Yangi Oʻzbekiston – maktab

ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyani ilgari surgani bejiz

emas. Zotan, yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Agar katta avlodning bilimi va

tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik

va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz”.

Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk,

bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga oʻziga xos

tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va

erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar

zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda.

Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining

qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni ­ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu,

davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda

katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga

koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir

Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan­ koʻpi yoshlardir. Kelgusida har

uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi.

Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida

eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham,

39


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan

muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab

turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlariyoʻlida

erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul

sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan

chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois,

mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli

yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining

“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da

rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil

5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston

yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil

25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari,

shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.

Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston

Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllabquvvatlashning

huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak

mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib,

davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan

shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish

uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar

yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.

Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining

asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni

qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini,

endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini

koʻrish mumkin.

Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning

qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz

aksini topgan.

!!!Yozma nutq: “Iqtidorli yoshlar” mavzusida bog‘lanishli matn tuzish. “Mening

tengdoshlarim” mavzusida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. Yoshlar hayotidan qiziqarli

hodisa va voqealar to‘g‘risida hikoya tuzish.

40


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Mashqlar

6.1. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va

sohalarda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron

hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot

texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha

hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan

ta'minlashni ko‘zda tutuvchi ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda.

IT loyihalari haqida axborot tayyorlang.

6.2. Savollarga javob bering:

1. Bugungi kun yoshlari oila va sevgi tushunchalarini qanday tushunadi?

2. Nikoh uchun qiz va yigitning dunyoqarashi, bilim darajasi teng bo‘lishi

shartmi yoki shart emasmi?

3. Siz baxtli oilani qanday tasavvur qilasiz?

6.3. Quyidagi so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

Исскуствовед, зло, веселье, грусть, собеседник, текстолог, экономист,

правовед, посол, сотрудник, представитель, помощник, продaвец.

6.4. Qarindoshlik, kasb-hunar, faoliyat, mavhum tushunchalarni

bildiruvchi so‘zlarga 5 tadan misol yozing. “Baxtli oilani qanday

tasavvur qilaman” mavzusida matn tuzing.

!!!Grammatika: O‘zbek tilida sinonimlar.

6.5.Quyidagi birikmalarning sinonimlarini keltirib, gap tuzing:

“……alohida dolzarblik kasb etadi”, “….kabi tadqiqodchilarning fikricha,….”,

“……degan qarashni ilgari suradi”, “……deyarli o‘rganilmagan”, “.....degan

qarash shubha uyg‘otadi”, “jumlalar tanlangan”.

Uyga vazifa:

1.Qavslarni ochib gaplar tuzing.

Millat (qahramon), qudrat (munosib bo‘lmoq), qahramonlik (intilmoq) ,

mardlik ruhi (tarbiyalamoq), millat (namoyon qilmoq), maqsad (yetishmoq), ezgu

41


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

fazilatlar (ifoda topmoq), balo-qazo (asramoq), qilmoq (qodir), vatan qo‘riqlamoq

(o‘rgatmoq), yomon ko‘z (asramoq).

2.Birinchi ustundagi gaplarni ikkinchisiga qo‘shing va sifatdoshli

birikmalarga aylantirib yozing.

Namina: O‘qituvchi vazifa berdi. Bu vazifa qiyin ekan. – O‘qituvchi bergan

vazifa qiyin ekan.

1. Sen menga bu kitobni o‘qishni

maslahat bergan eding.

2. Biz oldin shu uyda yashaganmiz.

3. Amir Temur buyuk kuchli

saltanatga asos soldi.

4. Yoshlar spori bilan

shug‘ullanishlari kerak.

5. Zuhra ertaga stadionga

bormoqchi.

6. Mustaqillik yoshlarga katta

imkoniyatlar berdi.

7. Sahnada qizlar raqs tushyaptilar.

8. Kutubxonadan kitoblar

olganman.

9. Giyohvand modda iste’mol qilish

xotira uchun xavfli.

10. Universitetimiz Istiqlol

shohko‘chasida joylashgan.

1. Kitob qiziq ekan.

2. Uy katta edi.

3. Bu saltanat 35 yil yashadi.

4. Bunday yoshlar sog‘lom

bo‘ladilar.

5. Stadion uning uyiga yaqin.

6. Ulardan foydalanish kerak.

7. Ular mening kursdoshlarim.

8. Ularni qaytarishim kerak.

9. Bunday odamning xotirasi

kuchsiz bo‘lib qiladi.

10. Bu ko‘cha keng.

42


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

7-AMALIY MASHG‘ULOT

7-mavzu: “Zamonaviy dunyoda taʼlim”

Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro miqyosdagi ta’lim dargohi, bilimlar ramzi,

oliy ta’lim, amaliy maktab, devonxona, ommaviy axborot vositalari, ko‘paymoq, obro‘ga ega

bo‘lgan universitet, universitetlar birlashmasi, innovatsiya, ta’lim yo‘nalishi , ma’muriy,

baravar, obro‘, obro‘ga ega bo‘lgan universitet, ta’lim kampusi, texnopark va

texnolaboratoriyalar.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. ochiq va dinamik tarzda rivojlangan, yuqori sifatli

ta'lim beradigan muassasa;

2. global fikrlay oladigan, global ta'lim beradigan dargoh

3. salmoqli nazariy bilimlar jamlagan ulkan akademik

maktab

4. fanlar va sohalararo ilmiy tadqiqot

5. mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori

malakali kadr

6. taʼlim maskani

7. talabalarga bilim beradigan dargoh

8. katta hayotga tayyorlash

9. ta'lim, fan, innovasiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalari

10. tijoratlashtira oladigan platforma

11. mamlakat soha va hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi

12. tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy

muassasa

13. oliy ta'lim

14. investisiyaviy jozibadorlik

15. xorijiy ta'lim

16. ilm-fan

17. texnologiyalarini jalb eta oladigan hamjamiyat

18. texnologiya

19. akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligi

20. raqamlashtirilgan, inson omili minimal bo‘lgan,

korrupsiyadan xoli tashkilot

43


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnni reja asosida so‘zlab berish.

Zamonaviy jamiyatdagi universitetlar

Barkamol va jadal rivojlanayotgan jamiyatni faqat zamonaviy bilimga

ega, doimiy o‘zgarishlarga moslashuvchan va oqilona munosabatda bo‘lishga

qodir, o‘z va yurti taqdiri uchun mas’uliyat hissi rivojlangan insonlargina

barpo etishi mumkin. Bunday kadrlarni tarbiyalashning ajralmas sharti

umumta’lim va kasb-hunar maktablarining oldinda rivojlanishi bo‘lib, buning

uchun davlat tomonidan ta’lim sohasida puxta o‘ylangan, strategik

yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish zarur. Bu jarayonda eng muhim

rollardan birini kasb-hunar ta’limi tizimining asosiy elementi sifatida

universitetlar o‘ynashi mumkin va bo‘lishi kerak.

Yevropada 900 yildan ortiq, Rossiyada esa taxminan 300 yil davomida

mavjud bo‘lib, ular butun dunyoda sivilizatsiya rivojiga, zamonaviy ilmfanning

shakllanishiga ajoyib hissa qo‘shdilar.

Universitetlar madaniyatning ma’lumot markazlariga mansub bo‘lib,

insoniyatning madaniy yutuqlari xilma-xilligini saqlash va rivojlantirishga

hissa qo‘shadi. O‘z tarixining uzoq davrida universitetlar sezilarli

o‘zgarishlarni boshdan kechirgan va davom etmoqda, bu ularga jamiyatning

doimiy o‘zgarib turadigan ehtiyojlari va inson bilimlari rivojlanishining ichki

mantig‘i bilan bog‘liq. Biroq, asrlar davomida ularning asosiy vazifasi deyarli

o‘zgarmadi - intellektual faoliyatni kasb sifatida o‘qitish, tarbiyalashga

yo‘naltiriladi.

Yevropada so‘nggi ikki yuz yil ichida paydo bo‘lgan universitet turi,

asosan, Humboldtning tadqiqot universiteti haqidagi g‘oyalarini

rivojlantiradi. Ilmiy-tadqiqot jarayonida haqiqatni izlash, uni o‘quv

jarayonida yetkazish va tarqatish, ta’lim jarayonida yuksak intellektual

madaniyatga ega shaxsni shakllantirish universitetning asosiy vazifalari

hisoblanadi. Har uchala vazifa bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,

ularni hal qilish jarayoni universitetlarning akademik erkinligi mavjudligiga

asoslanadi.

Biroq, XX asrning so‘nggi choragida jamiyatning barcha ijtimoiy

institutlarini qamrab olgan tub texnologik, iqtisodiy, madaniy siljishlar

universitetlarga ta’sir qilmay qolmadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda bilim

va axborotning roli ortib borayotgani va ularning iqtisodiy farovonlik va

raqobatbardoshlikning asosiy omillaridan biriga aylanishi, yangi bilimlarni

misli ko‘rilmagan tezlikda tarqatish imkonini beruvchi axborot va

44


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal o‘sishi, ilm-fanni talab

qiluvchi texnologiyalar yuqori malakali ishchilarni talab qilganda va past

malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabni kamaytirganda mehnat bozoridagi

o‘zgarishlar, jahon iqtisodiyotining globallashuvi - bularning barchasi

ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan universitetlarga

qo‘yiladigan talablarni oshiradi.

Zamonaviy universitet — bu:

- ochiq va dinamik tarzda rivojlanayotgan, yuqori sifatli ta'lim beradigan

muassasa;

- global fikrlay oladigan, global ta’lim beradigan dargoh;

- salmoqli nazariy bilimlar jamlagan ulkan akademik maktab;

- fanlar va sohalararo ilmiy tadqiqotlar markazi;

- mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar

tayyorlaydigan maskan;

- talabalarga nafaqat bilim beradigan, balki ularni katta hayotga

tayyorlaydigan dargoh;

- ta’lim, fan, innovasiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtira

oladigan platforma;

- mamlakat soha va hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq

qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasa;

- oliy ta’limning investisiyaviy jozibadorligini oshirib, xorijiy ta'lim va ilmfan

texnologiyalarini jalb eta oladigan hamjamiyat;

- professor-o‘qituvchi va talabalar uchun sog‘lom raqobat muhitini yaratib

beradigan maskan;

- ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan

o‘zaro manfaatli hamkorligini ta'minlay oladigan ko‘prik;

- akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega muassasa;

- raqamlashtirilgan, inson omili minimal bo‘lgan, korrupsiyadan xoli

tashkilot;

- xalqaro aloqalar tarmog‘i keng bo‘lgan, xorijiy TOP universitetlar bilan

qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘ygan platforma;

- ziyoli insonlar uchun magnit kuchiga ega fayzli dargoh.

!!!Yozma nutq: Turli mamlakatlarning taʼlim tizimlari haqida maʼlumot tayyorlash. Chet

ellik talabalar hayoti aks ettirilgan badiiy asar yoki film haqidagi taassurotlarni yozish. Turli

taʼlim muassasalari haqida polilog tuzish va uni inssenirovka qilish.

45


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Mashqlar

7.1. Quyidagi savollarga javob bering.

1. Kembrij universiteti qanday tashkil topgan?

2. Nima uchun Oksford, Kembridj, Garvard universitetlari dunyoda juda

katta mavqega ega?

3. Oksford universitetining tashkil topishiga asosiy sabab nima bo‘ldi?

4. Universitetlarda o‘qish tizimi qanday?

5. Bodlian kutubxonasi qanday mavqega ega?

6. Universitetlar muzeyida nimalar saqlanadi?

7.2. Tarjima qiling:

ГАРВАРД

Гарвард — один из старейших университетов США, был основан 8

сентября 1636 года. Назван в честь английского миссионера и филантропа

Джона Гарварда. Хотя он никогда официально не был связан с церковью, в

колледже обучалось главным образом унитарное и конгрегационалистское

духовенство. В 1643 году английская аристократка Энн Рэдклифф учредила

первый фонд для поддержки научных исследований. В течение XVIII века

программы Гарварда становились более светскими и к концу XIX века

колледж был признан центральным учреждением

культуры среди элиты Бостона.

После гражданской войны в США, президент

Чарльз Эллиот после сорока лет правления (1869—

1909) преобразовал колледж и зависимые от него

школы профессионального образования в

централизованный исследовательский университет и Гарвард стал одним из

основателей Ассоциации американских университетов в 1900 году.

Дрю Джилпин Фауст была избрана 28-м президентом Гарварда в 2007

году и стала первой женщиной, руководящей университетом. Гарвард имеет

самый большой эндаумент (целевой капитал) в мире, который составляет 27,4

млрд долларов по состоянию на сентябрь 2010 года.

46


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Университет включает в себя 11 отдельных академических

подразделений – 10 факультетов и Институт Перспективных Исследований

Рэдклиффа – с кампусами по всему Бостону, 85га основного корпуса

университета находится в так называемом “Гарвардском дворе” Harvard Yard

(англ.) русск. в Кембридже, примерно в 5,5 км к северо-западу от центра

Бостона. Бизнес-школы и спортивные объекты, в том числе Гарвардский

стадион, расположены на реке Чарльз в Аллстоне, а объекты медицинского и

стоматологического факультета находятся в Лонгвуде.

7.3. Quyidagi gap qoliplari ishtirokida gaplar tuzing:

1. .......-ligi tan olinmoq.

2. ......, deb bejiz aytilmagan.

3. Qilingan ishlar tubandagilar:.............

4. ....... sifatida tan olinmoq.

5. .......... –ligi ma’lum.

6. ...........-shiga hissa qo‘shmoq

7. ........ shular jumlasidandir.

8. Tarixning guvohlik berishicha,…….. yuz bergan.

7.4. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini rus tiliga tarjima qiling:

Yetakchi akademik oliygoh, yuzaga kelgan kelishmovchilik, ko‘ngilsizlik,

o‘nlikka kirmoq, chet elliklar bilan bog‘liq, umrbod lavozimni egallamoq, kundalik

faoliyat, faoliyat yuritmoq, namoyishga qo‘yilmoq.

!!!Grammatika: Til va terminologiya.

Uyga vazifa: Ushbu terminlarni izohlang

muassasa, andoza, izzat-ehtirom, homiylik, umuminsoniy taraqqiyot, asrlar

osha, ma’rifat o‘chog‘i, maskan, ulamo, koshona, o‘tmish, ixtiyor, mashg‘ul

bo‘lmoq, hissa qo‘shmoq, behisob, riyoziyot, falakiyot, handasa, mantiq, jug‘rofiya,

shular jumlasidan, sahifa, peshtoq, asos solmoq, da’vat etmoq, guvohlik bermoq,

sayqaliga aylantirmoq, xolis niyat, mo‘tadil munosabat, millat ravnaqi, tahsil olmoq,

tubanda, taraqqiyot to‘lqini, tarmoq otmoq, o‘rta toifa, yuz bermoq, o‘qimishli,

ma’muriyat, qaror topmoq, e’tirof etmoq, faoliyat yuritmoq, dalolat bermoq.

47


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

8-AMALIY MASHG‘ULOT

8-mavzu: “Kitob mutolaasi”

Tayanch so‘z va iboralar: kitobxonlik saviyasi, dastlabki tarbiya, ma’naviy

ozuqa, jamoada o‘zini tutishi, chin inson bo‘lib yetishish, kitob mutolaasi, inson kamoloti,

bilim manbai, komillik, ma’naviy sarchashma, farzandlar dunyoqarashi, nutqni o‘stirish,

xotirasini mustahkamlash.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. sadoqatli hamroh

2. bebaho boylik

3. ma’naviy-ruhiy dunyo

4. kitobga munosabat

5. ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning

sababi

6. kitob mutolaasi

7. aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish

masalasi

8. jiddiy e’tibor

9. umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur

10. inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat

manbai

11. sodiq do‘st

12. ma’rifat peshvolari

13. ahli donishlar

14. insoniyat

15. kitob o‘qishga targ‘ib

16. ilmu odob sirlari

17. o‘rganish

18. chorlab kelmoq

19. mash’ala

20. fasohat

48


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash. Kitobni

tavsiya qilish usullari haqida fikr bildirish.

Kitob insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasidur...

“Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob

bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida

e’tibor qaratish lozim” (Sh.Mirziyoyev).

Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan

oladi. Keyin esa maktabga boradi. Jamoada o‘zini qanday tutishni o‘rganadi.

Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo‘lib yetishishning birdan bir yo‘li bu kitob

mutolaasi hisoblanadi. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog‘liq. U

insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma

farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o‘stirib, xotirasini

mustahkamlaydi.

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik

hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy

dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin.

Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror

yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining

kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Kitob – umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh

etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq

do‘st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega

vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun

insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.

Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy

quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviyma’rifiy

olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib

borishga qodir mash’ala hisoblanadi.

Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob

haqida shunday deydi: «Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq

suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan

xoli hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq

boru, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi.

Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi.

Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi.

Uning suhbatidan senga shunday fayz­li foydalar yetadiki, bunday foydani

odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar

49


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni

o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham «kitob aql

qal’asidir».

Bugun mamlakatimizda ichki ishlar organlarining har bir xodimi tomonidan

«Xalq manfaatlariga xizmat qilish»ni muqaddas burch deb biladigan ijtimoiy

yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli

islohotlar o‘tkazilayotgan bir davrda har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb

etgan tizim xodimlarining kasbiy malakasini, huquqiy bilimlarini oshirish, ularning

ma’naviy dunyo­qarashini yuksaltirish, xodimlar bilan ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni

yanada kuchaytirish kabi vazifalarni bajarishda kitob eng yaqin ko‘makchi bo‘lishi

shubhasiz. Bugun shiddat ila rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo‘laman,

degan har bir davlat xizmatchisi, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari ham

doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va ko‘nikmalarini tinimsiz oshirishi zarur. Buning

uchun esa kun tartibida kitob mutolaasiga ham vaqt ajratishi, kundalik davriy

nashrlarni, internet tarmog‘idagi yangiliklarni kuzatib borishi lozim. Zero, ichki

ishlar organlari xodimlari doim xalqimizning ko‘z o‘ngida, aholi orasida xizmat olib

boradi, tabiiyki, har kuni o‘ziga turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolarga

qonuniy va asosli javob berishiga to‘g‘ri keladi.

O‘zingiz o‘ylang, kitob o‘qimagan, dunyoqarashi tor, notiqlik mahorati

bo‘lmagan xodim yuqorida ta’kidlangan vazifalarni sifatli bajara oladimi? Biror-bir

muammo yuzasidan yordam so‘rab kelgan fuqaroga qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsata

oladimi? Albatta, yo‘q. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun har bir ichki ishlar

organi xodimi jamiyatda huquqiy madaniyat targ‘ibotchisiga aylanishi, buning

birinchi sharti sifatida, avvalo, o‘zi kitobga oshno bo‘lishi lozim.

«Kitob tafakkur qanotidir», degan edi alloma adibimiz Oybek. Kitob o‘qigan

inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab

vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari,

nutqi ravon bo‘ladi, odamlarni o‘z ortidan ergashtira oladi. Bular esa ichki ishlar

organlari xodimlari uchun eng kerakli sifatlar hisoblanadi.

!!!Yozma nutq: O‘qilgan kitoblar to‘g‘risida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish.

O‘qilgan kitoblar ro‘yxatini tuzish va ularga qisqacha tavsif berish.

Mashqlar

8.1. Organayzerni to‘ldiring.

Millatning borlig‘i – tafakkur. Tafakkur esa nozik tildan tiklangan, til bilan

mustahkamlanadi, til bilan o‘sadi. Aslida barcha badiiy, ma’naviy, ruhiy, falsafiy,

ilmiy – jamiyki boyliklarimiz tilimizda. Davlat maqomiga ko‘tarib, qonun bilan

himoya qilgan holda tilimizni asrayapmizmi? Tilga beparvolik oqibatida adabiyot

50


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

orqaga ketmayaptimi…. Tili g‘ariblangan xalqning tafakkuri ham o‘tmas bo‘lib

qoladi… Mustaqillik ruhiyatimizga, ko‘nglimizga erkin kengliklar berdi. Xalqning

fikrlaydigan qismi millat oldidagi mas’uliyatini unutmasligi kerak.

Yuqoridagi

tezisning mohiyati

nimada?

Nima haqida?

Muammo nimada:

Sabab

(Nima sababdan bermagan)

Fikr

muallifi

yechimini

berganmii?

Yechimi (Agar bor bo`sa, matndan ajratib ko`rsating)

Dalil:

Xulosangiz:

8.2. Quyidagi holatlarga badiiy asardan misollar keltiring:

Anafora (takror) – gapning boshidagi so‘z hamda iboraning keyingi gaplar boshida

takrorlanishi.

Epifora – so‘z va iboralarning gap oxirida takrorlanib kelishi.

Jonlantirish – insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar, harakatlar, holatlarning jonsiz

narsalar, tabiat hodisalari, hayvonot va qushlar dunyosiga ko‘chishi.

Portret – badiiy asarda inson tashqi qiyofasi tasviri.

Peyzaj – tabiat tasviri.

Sifatlash (epitet) – kishilar, narsalar, voqea-hodisalardan oldin ko‘pincha sifat so‘z

turkumiga oid aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so‘zlarni qo‘llash. Mard yigit, dono

qariya, mas’ud damlar;

51


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

O‘xshatish –biror predmet yoki voqeani boshqa biror narsa yoki voqeaga o‘xhatish. –

dek, -day, -simon, -saro qo‘shimchalari, go‘yo, xuddi, kabi, singari, yanglig‘ so‘zlaridan

foydalaniladi.

Parafraz (Tasviriy ifoda) – narsa-hodisani boshqa chiroyli nom bilan atash. Masalan:

Neft – qora oltin.

Mubolag‘a – shaxs, narsa, hodisaning ba’zi jihatlarini bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatish.

8.3. Sizda kuchli taassurot qoldirgan birorta asardan shaxs yoki safar

haqida kichik ocherk yozing.

!!!Grammatika: Erkin va turg‘un birikmalar.

8.4. Keltirilgan frazeologik iboralarga uslubiy tavsif bering. Har xil

uslublarda 5 ta gap tuzing.

Fikrni o‘rtaga tashlamoq, pashshadan fil yasamoq, o‘rin tutmoq, sabr kosasi

to‘lmoq, qad rostlamoq, ko‘rpaga qarab oyoq uzatmoq, fikrga qo‘shilmoq, bir

tomondan, ikkinchi tomondan, dumini tugmoq, diqqatni jalb qilmoq, o‘z fikrida

qolmoq, o‘rtaga tashlamoq, ovoz bermoq.

8.5. Matnni o‘qing. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni topib rus tiliga

tarjima qiling.

- Eng go‘zal narsa nima?

- Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir.

- Eng tez narsa nima?

- Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.

- Hammadan donoroq narsa-chi?

- Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi.

- Hamma uchun eng umumiy narsa nima?

- Umid. Chunki u hech narsasi yo‘qlarda ham mavjuddir.

- Eng kuchli narsa nima?

- Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukmronlik qiladi.

- Eng qiyin narsa nima?

- O‘zni anglash.

- Eng oson narsa-chi?

- O‘zgalarga maslahat berish.

- Kimni baxtli sanash mumkin?

- Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini.

- Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?

- G‘animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish.

(FALESdan)

Uyga vazifa: Mutaxassisligingizga tegishli bo‘lgan atama va birikmalar

orasidan ko‘chma ma’noli so‘z hamda birikmalarni toping, ular ishtirokida gaplar

tuzing.

52


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

9-AMALIY MASHG‘ULOT

9-mavzu: “Аdabiyot – maʼnaviyatni yuksaltiruvchi manba”

Tayanch so‘z va iboralar: jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi, jamiyat

tarixidagi jiddiy o‘zgarishlar, obrazlar vositasi, turli badiiy shakllar, aks ettirmoq,

yaratilgan asarlar, qadimgi ajdodlar, urf-odat, e’tiqod, ifoda, islom ta’limoti bilan

hamohanglik, tasavvuf, adabiyotdagi ko‘rinish, jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar,

aloqador, asar.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. tasviriy san’at

2. haykaltaroshlik

3. me’morchilik

4. teatr va kino

5. musiqa, raqs va badiiy adabiyot

6. san’atning turlari

7. yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar

8. yagona maqsad

9. turli-tuman yo‘llar

10. tana a’zolarining ifoda imkoniyatlari

11. tovushlar uyg‘unligi

12. tovushlarning hissiy ifodasi

13. san’at uchun ranglarning o‘zaro mutanosibligi

14. mo‘yqalam

15. xom material (tosh, ganch, yog‘och, metall) ga

ishlov berish

16. go‘zallik yaratish

17. so‘z va ruhning beqiyos imkoniyatlari

18. daxldor

19. muayyan badiiy estetik vazifa

20. insoniy kechinmalar

53


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab berish.

Adabiyot so‘z san’atidir

Adabiyot inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga,

ularni so‘z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog‘onalarga

chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to‘lqinlantiradigan,

hayajonga soladigan o‘y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda

insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham

takrorlanmasdir. O‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini mahorat bilan aks

ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon

uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tegishli hissa qo‘sha oladi. Muhimi,

ular faqat ma’rifiy bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz

takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.

San’at turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik,

me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san’atning turlarini tashkil

qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko‘zda

tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli- tuman yo‘llar bilan erishadi.

Masalan, raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa

tovushlar uyg‘unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun

ranglarning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo‘yoq va

mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog‘och,

metall) ga ishlov berish orqali go‘zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so‘z

va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi. So‘zlar badiiy matnning yuzaga

kelishiga omil boladi, ammo har qanday matn va so‘zlar badiiy adabiyotga daxldor

bo‘lavermaydi. Buning uchun so‘z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim.

Shunga ko‘ra ham badiiy adabiyot voqea- hodisalarni yoki insoniy kechinmalarni

bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi. Tasvir so‘zga tayanadi. So‘z sehr, mo‘jiza

bilan o‘ziga mahliyo qiladi, rom etadi.Shuning uchun go‘dak allaga,kichik yoshdagi

bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko‘rinishlariga nihoyatda qiziqib

qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o‘zlarini ham shu olamga mansub

hisoblaydilar.

Adabiyotning ta’sir kuchi nimada? U nimalarga bog‘liq? Buning uchun yirik

so‘z san’atkorlari yaratgan ko‘plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat

va e’tibor qozonganligini eslash joiz. Yusuf Xos Hojib XI asrda 1069-70- yillarda

«Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugatadi va uni qoraxoniy hukmdorlardan

Tabg‘ach Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasanbinni Arslonxonga taqdim etadi. Hukmdor

adibga mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri — Xos Hojiblikni beradi. Xos

Hojib «eshik og‘asi» demakdir. Hozirgi tilimizda u «ish boshqaruvchi»ga to‘g‘ri

keladi. Yana bir misol. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn

Boyqaroga sovg‘a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a’yonlari oldida

Navoiyni o‘z «pir»i deb e’lon qiladi va shoirni otga mindirib, o‘zi xalq oldida unga

54


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

jilovdorlik qiladi.Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga, so‘z

san’atkoriga nisbatan hurmat va e’tirofi ramzi edi. O‘zbek xalqining jodkorlarga

nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ham yaxshi ma’lumdir Mahmud

Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida «Ardam bashi — til» («Barcha

fazilatlarning boshi tildir») degan maqol uchraydi. Demak, til va badiiy so‘zning

qudratiga qadim zamonlardayoq ajdodlarimiz alohida e’tibor berishgan. XI asr

sharoitida Yusuf Xos Hojib shoirlarni «so‘z teruvchilar» deb ta’riflaydi. XIV asrda

esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi. Navoiy shoirlarni ruh chamanining

xushxon bulbullariga o‘xshatgan edi. So‘z adiblar nazarida ham alohida, mo‘tabar

mavqega ega.

Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat

tarixidagi jiddiy o‘zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda

aks ettiradi. Shunga ko‘ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi

ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan bo‘lsa, keyingi davrlarda islom

ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan,

tasavvufning adabiyotdagi ko‘rinishi jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar bilan

aloqador holda rivojlandi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida

qadimgi ajdodlarning turli-tum an mashg‘ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari,

e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko‘rish qiyin emas. Xalqimiz qadimdan

farzandlarining sog‘lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo‘lishini orzu qilgan,

shunga intilgan. Qadimgi qo‘shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto

marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy,

Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy,

Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o‘z ifodasini topgan. 0’zbek

adabiyoti o‘zbek xalqining o‘zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o‘ziga

xos shakllanish va taraqqiyot yo‘li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish,

anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o‘rganish zarur.

Adabiyot tarixi so‘z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz

namoyandalari haqida ma’lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan

buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar,badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar

haqida tasavvur hosil bo‘ladi.

!!!Yozma nutq: Badiiy asar qahramoni o‘quvchini qanday tarbiyalashi haqida fikr

bildirish va unga misollar keltirish. Mashhur adabiy qahramonlar haqida taqdimot tayyorlash.

Аdabiyot haqidagi hikmatli so‘zlardan namunalar yozish.

Mashqlar

9.1. Gaplarni diqqat bilan o‘qing. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarning

topib, ma’no ko‘chishini izohlang.

1. Zal guvillar... Men ruxsatingiz bilan zalga murojaat qilmoqchiman.

55


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

2. Uch kundan beri to‘xtamay yog‘ayotgan yomg‘irdan shahar ham ezilib ketdi.

3. Kiyimimga moy isi urib qolibdi.

4. Shahar uyg‘onmoqda, tramvaylarning taqur-tuquri eshitila boshladi.

5. 18 ga to‘ldi u bugun...

6. Besh qo‘l barobar emas.

7. U eshik og‘zida turgan kalitni ko‘rib hayratda qoldi.

8. Bugun butun universitet shu yerda edi.

9. Soy yoqasidan pastga tomon qiyalab yurish mumkin.

10. Eshitgan quloq nima deydi?

!!!Grammatika: Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.

9.2. Quyidagi fikrga o‘z nuqtayi nazaringizni yozma bayon qiling:

«Onasini behurmat qilgan odam qo‘shni kampirni yaxshi ko‘raman desa,

ishonmayman. O‘z tilini, madaniyatini, tarixini hurmat qilmagan odam boshqa

xalqlarning tilini, madaniyatini, tarixini hurmat qilaman desa, ishonmayman» (O‘.

Hoshimov).

9.3. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning omonimlariga gap tuzing.

1. Sakkiz ming so‘mni o‘n uch foiz foyda berish sharti bilan olib, na

foydasini beradi, na tanini (tan).

2. Har narsaga o‘z oti yarashadi (yarashmoq).

3. U shirinlikka juda o‘ch (o‘ch).

4. Yosh chog‘im – oltin chog‘im (chog‘).

5. Ter to‘kib sochsang urug‘, yer seni qo‘ymas quruq (urug‘).

6. Qarorning beshinchi bandiga o‘zgartirishlar kiritildi (band).

7. Daraxtning bo‘shini qurt yer (bo‘sh).

8. Аlpomish o‘n to‘rt botmon yoyni ko‘tarib tortdi.(yoy).

9. Qishi bilan bir necha jild kitob yozish mumkin (jild).

10. Yaxshidan qand yeysan, yomondan - pand (pand).

9.4. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning yozilishi va ma’nosiga e’tibor bering.

1. Bulbulga taqlid (o‘zgaga oxshash bo‘lish ) qilib sayradi. 2. Ularning hayoti

shunchaki bir ro‘zg‘or tebratish taxlitida (usul, yo‘sin; shakl, qiyofa) o‘tdi. 3.

Shahrimiz nufusi (aholi) milliondan oshdi. 4. Bek o‘z nufuzining (obro‘-e’tibor)

yo‘qolib borayotganidan diqqati oshib ketdi. 5. Yoriq (darz ketgan) joyini yamash

uchun rosa harakat qildi. 6. Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi

yorug‘(nurli). 7. Sizning o‘gitlaringiz yodimda (es, xotira) abadiy qoladi. 8. Qadr

bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yot (begona) yaxshi.

56


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

9.5. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘zlarning mosini qo‘yib ko‘chiring.

1. (Qari, qa’ri) bilganni pari bilmas.

2. Tarixni o‘rganish hammamiz uchun ham (qars, qarz), ham farzdir.

3. Ajdodlarimiz Vatanimizni dushman (istilo, istiloh) idan himoya qilib, asrlar

davomida o‘z (istiqlol, istiqbol)i uchun kurashib yashaganlar.

4. Ob’yektiv dunyo, butun olam, mavjudot - (borliq, borlik).

5. O‘z huquqingizni himoya qilish uchun sud organlariga (da’vo, davo) arizasi

bilan murojaat qilishingiz mumkin.

6. Ko‘tarinki (ruh, rux ) bilan ishni boshladik.

7. Tiz cho‘kib yashaguncha, tik turib o‘lgan (afzal, abzal).

8. Kurs ishining har bir (bop, bob)ini diqqat bilan o‘qib chiqdim.

9. Qilgan yaxshiligingizni hech qachon birovga (ta’na, tana) qilmang.

10. Biz (asr, asir)ga tatigulik yillarni bosib o‘tdik.

Uyga vazifa:

Sinonimlarning mosini qo‘llab o‘ng tomonda berilgan so‘zlar yordamida so‘z

birikmalari yoki yangi so‘zlar tuzing. Xulosa qiling, sinonimik qatordagi qaysi

so‘zlar ko‘p hollarda bir-birini to‘liq almashtirishi mumkin.

1. Olam iqtisod, fanlar, odam

jahon

hayvonot, tillar,

koinot

sir, tashqi, yangiliklar

dunyo

2. Uyat qiz (ayol), yo‘q,

sharm

tegmoq, bo‘lmoq,

xayo

qilmoq, gapirmoq,

nomus

yiqit

3. Turli gullar, odamlar, voqea,

har xil

kiyinmoq, fe’l-atvor,

har turli

gaplar, dunyo (olam)

turli-tuman

anvoyi

4. Toza osmon, qalb, xona,

ozoda

inson, tuyg‘u,

pok

dil, ish, o‘zek tili,

57


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

pokiza

sof

musaffo

havo, idish,.

Quyida berilgan so‘zlarning sinonimik qatorini tuzing. Eng ko‘p qo‘llanadigan

(bosh) so‘zni aniqlang.

Ayb, bahs, sovg‘a, tanqis, yashirin, g‘alaba, gunoh, hadya, o‘g‘rincha, tirriq,

munozara, pinhon, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv,armug‘on, tahchil, xudbin,

zafar, g‘irrom, tuhfa, maxfiy.

58


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

10-AMALIY MASHG‘ULOT

10-mavzu: “Ommaviy axborot vositalari”

Tayanch so‘z va iboralar: nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli,

ommaviy axborotni davriy tarqatish, OAV, axborot uzatish nuqtai nazari, turli xil

texnologiyalar, murojaat, uzoq vaqt, xabarlar yuborish, ma'lumot qidirish, radio va

televideniye, gazetalar, raqamli asr, Internetga ulanish, yangi texnologiyalar.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. ommaviy axborot vositalari

2. xabar uzatish

3. ma’lumot tarqatish uchun keng kuchga ega

4. jamiyat madaniyati doirasi

5. audiovizual yoki yozma ommaviy axborot

vositalari

6. ma’lumotlar va voqealar uzatiladigan kanallar

7. ma’lumotni shaxsiylashtirish

8. uzatish

9. xabarni umumlashtirish

10. texnologik rivojlanish

11. xabarlar yuboruvchi

12. qabul qiluvchi

13. javob olmasdan uzatish

14. ijtimoiy tarmoqlar

15. istisno

16. aksariyat hol

17. qayta aloqa

18. ma’lumot berish va ko‘ngil ochish

19. kundalik hayot

20. muloqotga bo‘lgan ehtiyoj

59


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada

ishtirok etish.

Ommaviy axborot vositalari

Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng

ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga

ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va

boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar,

umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda

kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy

axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.

Ommaviy axborot vositalari haqida gap ketganda, axborot uzatish nuqtai

nazaridan muhim ko‘lamga ega bo‘lishga harakat qiladigan turli xil texnologiyalarga

murojaat qilinadi. Ular uzoq vaqtdan beri xabarlar yuborishda ham, ma'lumot

qidirishda ham eng ko‘p foydalanilgan.

Birinchi va eng yaxshi tanilganlar orasida 20-asrda ishlab chiqilgan radio va

televidenie va gazetalar kabi yoshi ulug‘ odamlar bor. Hozirgi kunda raqamli asrning

Internetga ulanish bilan bog‘liq yangi texnologiyalari ham qo‘shilmoqda.

Vaqt o‘tishi bilan, ushbu ommaviy axborot vositalari siyosat, madaniyat va

iqtisodiyot kabi turli darajalarda katta dolzarblikka ega bo‘ldi, chunki ko‘p sonli

aholiga xabar yuborish imkoniyati mavjud edi.

Shu tarzda, ular madaniyatga, bozorga va boshqalarga ta'sir o‘tkazishga

muvaffaq bo‘lishdi, chunki ular odamlarning afzalliklari va ehtiyojlarini

o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan modalar, qarashlar yoki badiiy mahsulotlarni targ‘ib

qilish, xabardor qilish va tarqatish uchun ishlatiladi.

Ommaviy axborot vositalarining xususiyatlari

- Ular ommaviy axborot vositalari.

-Ularga bemalol kirish mumkin.

-Ular uzoq masofada bo‘lgan odamlar guruhiga rasm yoki xabar uzatishi mumkin.

-Ular ma'lumot tarqatish uchun keng kuchga ega.

Ular jamiyat madaniyati doirasida ta'sirchan.

-Ular audiovizual yoki yozma ommaviy axborot vositalariga qarab turli xil ifoda

shakllaridan foydalanadilar.

Ommaviy axborot vositalari bu dunyoda sodir bo‘layotgan ma'lumotlar va voqealar

uzatiladigan kanallardir.

-Ular ma’lumotni shaxsiylashtirilgan tarzda uzatmaydi, chunki ular xabarni

umumlashtirilgan tarzda olib yurishadi.

- Ko‘pchilik, ayniqsa, hozirgi paytda ularning ishlashi va evolyutsiyasi uchun

texnologik rivojlanishga bog‘liq.

60


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

-Ular bir yo‘nalishli bo‘lishga moyil, ya'ni xabarlar faqat yuboruvchidan qabul

qiluvchiga javob olmasdan uzatiladi. Ijtimoiy tarmoqlar kabi istisnolar mavjud

bo‘lsa-da, aksariyat hollarda qayta aloqa mavjud emas.

Xususiyatlari

- Uning ikkita asosiy aloqa funktsiyasi - bu ma'lumot berish va ko‘ngil ochish.

- Ta’lim, reklama, targ‘ibot va hattoki fikr kabi sohalarda foydalanish mumkin.

Demak, uning boshqa vazifasi - o‘qitish.

- Ular jo‘natuvchi, kanal, xabar va qabul qiluvchi o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rnatadigan

aloqa jarayoniga mos keladi.

-Ular ko‘pchilik odamlarning kundalik hayoti va kundalik hayotining bir qismidir.

Ommaviy axborot vositalari turlari

Ommaviy axborot vositalari axborot tarqatishda masofani kamaytirish imkoniyatiga

ega. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj tarix davomida xabarlarni tarqatish uchun bir nechta

kanallarni ishlab chiqishga imkon berdi.

- yozma ommaviy axborot vositalari

Ushbu turkumga gazeta va jurnallar kiradi, ammo risolalar yoki risolalar kabi boshqa

narsalar ham kiritilgan. Ayniqsa, gazeta eng dolzarb va eng qadimgi ommaviy

axborot vositalaridan biri bo‘lgan.

Mashqlar

!!! Yozma nutq: Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirish.

Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi materiallar, reklama

matnlarini tahlil qilish. “XXI asrda axborotning o‘rni” mavzusida esse yozish.

10.1.Maqolani o‘qib, izohlang, savollarga javob yozing:

FARQI BOR! BOR!

Turk kinoseriallaridagi shu nusxa sizning ham xotirangizda qolgan bo‘lsa

kerak. Chap qoshini doimo tajanglarcha kerib “janoblarining otgan o‘qlari”

qiyofasida har qanday hukmga hozir turadigan mafiya sarbozi. To‘daboshi xo‘jayin

“Borib falonchini daf qilib kel!” degan zahoti ul shotir joyida askarona shahdam

qalqib, “Farq etmes”, deydi-yu o‘sha yoqqa ot suradi. “Yo‘q, shoshma, avval

yoningdagi manovi sherigingning kallasini olib ketasan!” deyilsa ham kiprik

qoqmay, “farq etmes”ini takrorlaydi-da, darhol ijroga kirishadi.

Dunyoviy istilohda bunaqalar “zombi” deb ataladi. Mudom birovning

tizginida yuradigan irodasiz qul, o‘zi erkin fikr qilolmaydigan temirtan banda –

robot, Manqurt desayam bo‘ladi.

O‘zimning bir jiyanim bor, esli-hushli tuppa-tuzuk yigit, talaba – babobro‘ bir

o‘quv dargohida tehsil ko‘radi. Lekin nima gap so‘ramang, javobi bir xil: “Farqi

yo‘q”. “Ertaga darsga borsanmi yoki bekor kuningmi?” “Siz nima desangiz – shu.

61


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Farqi yo‘q”. O‘qishni bitirgach qolib ilmiy ish qilmoqchimisan yo qishloqqa

ketasanmi?” “Farqi yo‘q”.

Keyin atrofga diqqat qilsam – aksariyat yoshlarimizning tilida shu gap: “Farqi

yo‘q, farqi yo‘q”. Anchayin ommalashgan kundalik iborami bu yohud chindan ham

hech nimaning farqi qolmaganmi ularga?

Kecha bilan bugunning farqi yo‘qmi?

Yaxshi bilan yomonning farqi yo‘qmi?

Tubanlik bilan olijanoblikning farqi qolmaganmi?

Harom bilan halol aralashib ketganmi?

Boy bilan kambag‘al baravar – farqi yo‘qmi?

Katta bilan kichikning-chi?

Zolim bilan mazlumning-chi?

Rost bilan yolg‘onga nima deysiz?

Haqiqat bilan nohaqlikka-chi?

Yozdan qishning farqi bordir?!

Kunning tundan farqi bordir?!

Erkakdan ayolning farqi…

Jo‘jadan tovuqning…

Kalladan sallaning…

Farqini yo‘qotgan befarq dunyo…

Bandasi oq bilan qoraning, yaxshi bilan yomonning farqiga bormasa. Xudo

uni yaratib, ko‘ngil, fahm-farosat ato etib nima qilardi deng?! Tosh – toshligicha,

kesak – kesakligicha qolaveradi-da, to‘g‘rimi? Alhazar, alhazar!..

Qarang, shularni ham – jonsiz tosh bilan kesakning-da farqi bor-a!..

Erkin A‘zam

10.2. Quyidagi frazeologizmlarning ma’nosini izohlang. Ular bilan birgalikda

gaplar tuzing.

Ildiz otmoq, tag-tugi bilan qo‘porib tashlamoq, ko‘z yummoq, tegirmoniga

suv quymoq, ildiziga bolta urmoq, dunyo yuzini ko‘rmoq, har qadamda uchramoq,

tuzog‘iga ilinmoq, yo‘l qo‘ymoq, tagiga yetmoq, munosabatlarni yo‘lg qo‘ymoq, iz

qoldirmoq, qalb to‘ridan joy olmoq, domiga tushmoq, qad rostlamoq, bo‘y

cho‘zmoq.

10.3. Quyida berilgan so‘zlarning sinonimik qatorini tuzing. Eng ko‘p

qo‘llanadigan (bosh) so‘zni aniqlang.

Ayb, bahs, sovg‘a, tanqis, yashirin, g‘alaba, gunoh, hadya, o‘g‘rincha, tirriq,

munozara, pinhon, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv,armug‘on, tahchil, xudbin,

zafar, g‘irrom, tuhfa, maxfiy.

62


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

10.4. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘ying.

1. Tevarak-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealar va tinchligimizga (xavf,

tahlika) soluvchi kuchlardan....... (xabardor, ogoh,boxabar, voqif)

bo‘lishimiz darkor.

2. U mezbonlar bilan (xayrlashib, vidolashib), tashqariga chiqdi.

3. Men mavzuni yaxshi (tushunmoq, anglamoq, uqmoq, fahmlamoq).

4. Bo‘lib o‘tgan voqealar tafsilotini va (vaj, sabab, bois, bahona) ini bilish

(uchun, niyatida, maqsadida, orzusida) axborot agentligiga murojaat

qildik.

5. Har ishda ham mayda (kamchilik, ayb, qusur, nuqson)lar uchrab turadi.

6. Do‘stingning sodiqligini boshingga (og‘ir, zildek, zalvorli, vazmin)

tashvish tushganida bilasan.

10.5. Berilgan ta’rifga mos so‘zni toping va uning sinonimik qatorini tuzing.

Namuna: Biror ishni ko‘ngildagidek qilib bajara olmaydigan, uddalay

olmaydigan - uquvsiz, bo‘shang, noshud, landavur.

1. Qattiq qiyinchilik bilan, qattiq urinib, mashaqqat bilan -.......,

2. Bir-biri bilan tinch-totuv, do‘st bo‘lib yashaydigan, bir-biriga g‘amxo‘rlik

qiladigan - ..........,

3. Sihat-salomatligi yomon -.......,

4. Ruhan yoki jismonan kuchli darajada qiynalish -.....,

5. Hayotidan o‘ta norozi va qayg‘u-hasrat bilan yashaydigan -...,

6. Topish-tutishi tirikchilik o‘tkazish uchungina zo‘rg‘a yetadigan-...,

7. Biror narsa yoki faoliyat evaziga sarflanadigan mablag‘ -....,

8. Maqtanishni yoqtiradigan, o‘ziga bino qo‘ygan, o‘zini boshqalardan yuqori

qo‘yadigan -...,

9. Maxsus axtarib ham topish qiyin -.....,

10. Tezda tushunib yetadigan, gaplarini o‘ylab gapiradigan, vaziyatga mos ish

tutadigan -......

Yordamchi so‘zlar: idrokli, arang, kibr-havoli, buromad, faqir, oralaridan qil

o‘tmaydigan, anqoning urug‘i, xasta, tolesiz, zahmat.

10.6. Berilgan iboralarning to‘liq sinonimik qatorini tuzing. O‘ng tomonda

berilgan so‘zlardan foydalaning. Iboralarning qo‘llanish o‘rnini eslab qoling va

ular ishtirokida gaplar yozing.

63


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Qovog‘idan qor yog‘adi

(qayg’urish kayfiyatida)

Og‘zi qulog‘ida

(shodlik bilan to‘la)

Ilonning yog‘ini yalagan

(aldashga usta, hiyla bilan ish

tutadigan)

Yer tagida ilon qimirlasa

biladigan

(vaziyatni tezda sezib,baholab,

zarur chora ko‘ra oladigan)

Yuragida yoli bor

(qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan)

Burnidan tortsa yiqiladigan

(kuch-quvvati kam)

Yulduzni benarvon uradigan

(har qanday ishni bajara oladigan)

Tutuni bulut ko‘rmagan

(hech kimga hech narsa bermay

digan, arzimas narsani ham qizg‘ana

digan)

Beti qattiq (birovdan uyalmaydigan)

jasur, mug‘ombir, xushnud,

g‘amgin, bemajol, ziqna,

ibosiz, ishbilarmon, ziyrak,

dovyurak, nokas, qayg‘uli,

tuyg‘un, darmonsiz,

quv, shod, abjir,

sharmsiz, yurakli, vaqti chog‘,

qurumsoq.

!!! Grammatika: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.

Uyga vazifa: O‘zingizning sohangizga oid mavzudagi biror matn asosida

tayanch-sxema reja tizing va maqola yozing.

64


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

11-AMALIY MASHG‘ULOT

11-mavzu: “Internet hayotimizda”

Tayanch so‘z va iboralar: Internet, tarmoq,ma'lumotlarning ajoyib ombori,

resurs, murojaat, cheksiz imkoniyatlar, ijtimoiy tarmoq, xabarchi, muloqot qilish, ichki

dunyo, muhim usul, musiqa tinglash, rasmlarni ko‘rish, o‘yin o‘ynashdan zavqlanish,

dizayn, dasturchi, pul ishlash imkoniyati.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. mahsulotingizni Internetda reklama qilish

2. biznesmenlar uchun o‘z mahsulotlarini reklama

qilish va yangi xaridorlarni topish makoni

3. cheksiz imkoniyatlar

4. ijtimoiy tarmoq

5. xabarchi

6. muloqot qilishi

7. bir xil qiziqishdagi do‘stlarni topish

8. o'smir hayotidagi Internet

9. sizning ichki dunyoni boshqalar bilan

bo‘lishish

10. eng muhim usul

11. sharoit

12. asotsial xarakter

13. saytlar

14. ekstremistik guruhlar

15. zo‘ravonlik va tajovuz

16. targ‘ib

17. guruh

18. bolaning psixikasiga salbiy ta’sir

19. pornografik tarkibli saytlar

20. hayot va haqiqat o‘rtasidagi chegara

65


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.

Internet – ma’lumotlarning ajoyib ombori

Internet zamonaviy insonning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Uning yordami bilan siz har doim kerakli ma'lumotlarni topishingiz, istalgan vaqtda

video qo‘ng'iroq qilishingiz, turli xil xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga

oshirishingiz mumkin. Internet tufayli hayotning barcha sohalarida deyarli cheksiz

imkoniyatlar mavjud.

Internet bizning hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Ammo buni albatta

yaxshilik yoki yomonlik deb atash mumkin emas. Shu nuqtai nazardan, siz metaforik

ravishda Internet tarmog'ini oshxona pichog‘i bilan taqqoslashingiz mumkin. Siz uni

mazali taom tayyorlash uchun ishlatishingiz mumkin. Yoki siz odamni o‘ldirishingiz

mumkin. Va har kim o‘z tanlovini qiladi, uning oqibatlari uchun javob beradi. Inson

hayotidagi Internet, shaxsning o‘ziga qarab, yaxshi yoki yomon. Axir, agar u o‘ziga

qaramlikni yoki sog‘likka zarar yetkazishni tanlasa - kelajakda u mustaqil ravishda

"hisob-kitoblarni to‘lashi" kerak bo‘ladi. Internetdan yaxshilik uchun

foydalanadiganlar unda ijobiy tomonlarni ko‘rishadi.

Internetning ko‘plab afzalliklari mavjud:

Internet - bu ma'lumotlarning ajoyib ombori. Har bir inson o‘z resurslariga murojaat

qilishi va o‘z savoliga javob topishi mumkin. Entsiklopediyalar va ma'lumotnomalar

uzoq o‘tmishda. Endi har bir savol uchun javobni Internetdan topishingiz mumkin.

Muloqot uchun deyarli cheksiz imkoniyatlar. Inson ijtimoiy tarmoqlarda,

xabarchilarda muloqot qilishi, bir xil qiziqishdagi do‘stlarni topishi mumkin. O'smir

hayotidagi Internet sizning ichki dunyomizni boshqalar bilan bo‘lishishning eng

muhim usuli bo‘ldi.

Internetda siz mutaxassis bilan maslahatlashishingiz, fikringizni bildirishingiz va

muloqot qilishingiz mumkin.

Siz musiqa tinglash, rasmlarni ko‘rish, o‘yin o‘ynashdan zavqlanishingiz mumkin.

Shuningdek, siz ish topishingiz mumkin. Dizaynerlar, dasturchilar va boshqa

ko‘plab odamlar Internetda pul ishlash imkoniyatiga ega.

Siz o‘zingizning mahsulotingizni Internetda reklama qilishingiz mumkin. Internet -

bu biznesmenlar uchun o‘z mahsulotlarini reklama qilish va yangi xaridorlarni

topish uchun ajoyib joy.

Internetning zaif tomonlarini ham sanab o‘tishingiz mumkin:

Turli xil ma'lumotlarning nazoratsiz joylashuvi haqiqat ma'lumotlarini ishonchsiz

ma'lumotlar bilan aralashtirib yuborishga olib keldi. Axborotni endi o‘zlashtira

boshlagan yoshlar uchun bu dunyo haqidagi buzuq g'oyalarga olib keladi.

66


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Ijtimoiy tarmoqlarda oddiy odamlar bilan bir qatorda firibgarlar, manyaklar va

noqonuniy niyatli boshqa odamlar ham ishlaydi. Internet hayotimizdagi haqiqiy xavf

manbaiga aylandi.

Erkinlik sharoitida asotsial xarakterdagi saytlar ko‘payib ketdi. Ularning xo‘jayinlari

firqalar, ekstremistik guruhlardir. Ular zo‘ravonlik va tajovuzni targ'ib qiladilar.

Ushbu guruhga bolaning psixikasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan pornografik tarkibga

ega saytlar kiradi.

Izohlarning Internetda bepul joylashtirilishi odobsiz so‘zlarning hamma joyda

bo‘lishiga olib keldi. Ko‘rinib turgan anonimlik qasamyod qilish odatiy holga

aylandi.

O'yinlarning mavjudligi kompyuterga qaramlik kabi falokatga aylandi. Qimorga

qaramlik giyohvandlikka o‘xshaydi. "Yangi hayot" olish imkoniyati o‘yinchilarga

virtual hayot va haqiqat o‘rtasidagi chegarani yo‘q qilish uchun aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlarni joylashtirish Internetga qaramlikning eng xavfli

turlaridan biriga aylandi.O'zining ahmoqligi tufayli kamdan-kam uchraydigan

zarbani olishga urinayotgan o‘spirinlar ko‘pincha o‘z hayotlarini xavf ostiga

qo‘yishadi.

Ijtimoiy tarmoqlar odamlar o‘rtasidagi jonli muloqot tobutidagi so‘nggi

mixga aylandi. Hammasi butunlay teskari o‘girildi. Endi biz haqiqiy aloqadan zavq

olishni to‘xtatdik - hamma narsa virtual dunyoda sodir bo‘ladi. Inson o‘z histuyg'ularini

dumaloq sariq rasmlar orqali ifodalaydi, u o‘zining ichki fikrlarini

blogga joylashtiradi, boshqa Internet foydalanuvchilarining yoqtirishlari va

reaktsiyalarini keskin kuzatib boradi. Albatta, odamlar bir-birlari bilan uchrashishni

to‘xtatmaganlar. Ammo bu aloqa yanada beparvo bo‘lib qoldi va ko‘pincha uning

o‘rniga virtual aloqa almashtirilmoqda. Psixo-emotsional ehtiyojlarni tabiiy

qondirish uchun deyarli vaqt qolmadi.

Albatta, har doim taraqqiyot qadimgi zamonlarga intilib, haqorat qilingan edi,

deyishimiz mumkin. Biroq, har bir narsada oqilona chegara, muvozanat bo‘lishi

kerak. Bugungi kunda hayotimizdagi Internet har qanday yoshdagi odamlarda

giyohvandlikka olib keladi. Zamonaviy jamiyat dastlab muvozanatning ozgina

oqishini, so‘ngra asta-sekin bir tomonga burilishini ko‘rdi.

!!! Yozma nutq: Internet madaniyati haqida matn tuzish. Taʼlim jarayonida eng ko‘p

foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzish va tavsiya qilish. Internetdan foydalanish

to‘g‘risida polilog tuzish va uni instsenirovka qilish.

Mashqlar

11.1. Quyidagi qolip asosida yozing:

Masalan: 1. Oqni oq qorani qora deyish oson emas.

67


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

O‘zini aybli sanagan odam ko‘pincha tushkunlikka tushib qolishi

mumkin.

Guvohlar bayonoti bo‘lishiga qaramay, aybdor o‘zini erkin tutardi.

1 Aybdor, aybli, qora

2. Qo‘lga olmoq, qamamoq, hibsga olmoq

3. Bo‘shatmoq, qo‘yib yubormoq, ozod qilmoq

4. Ochmoq, oshkor qilmoq, fosh qilmoq

5. Yashirin, xufiya, maxfiy, pinhon

6. Soxta, yasama, qalbaki

7. Ijro etuvchi, bajaruvchi, ijrochi

8. Javobgar, mas’ul

9. Ziyon, zarar, shikast.

11.2. Berilgan so‘zlarning rasmiy uslubda qo‘llanadigan sinonimini toping va ular

ishtirokida rasmiy xabar( matn) tuzing.

Mamlakat, yurtboshi, mehmon bo‘lmoq, suhbat, munosabat, mehmonlar, so‘z

yuritmoq, turli mavzular, tantanali, tomosha qilmoq, xursannd bo‘lmoq, rahmat

aytmoq.

11.3. Berilgan so‘zlarga antonim bo‘la oladigan so‘zlarni toping, lekin o‘zak

takrorlanmasin.

Namuna: obro‘li (obro‘siz emas) - nufuzli

Sergap, layoqatli, aniq, aqlli, shafqatsiz, bardoshli, xavfli, farosatli, tajribali,

muruvvatli, zotsiz, jonli, bilimli, bemaza, barqaror.

11.4. Quyidagi ta’riflarga mos so‘zni aniqlang, ularning antonimini toping va shu

so‘zlarga ta’rif bering.

Namuna: Mehmondorchilik, ziyofat o‘tkazuvchi xonadonnig egasi - mezbon.

Mehmon - ziyofat yoki mehmondorchilikka kelgan kishi..

1. Kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, raqibidan yengilish -.......

2. O‘rinsiz, ortiqcha sarflash -......

3. Maxfiy tutilishi lozim bo‘lgan narsani ko‘pchilikka bildirish -......

4. Hamma uchun birdek xos, barchaga tegishli -....

5. Biror fikrni to‘g‘ri deb topmoq, unga qo‘shilmoq -......

68


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

6. Yuzaki emas -.........

7. Aql-idroksiz, hayotni to‘g‘ri tushunmaydigan -........

8. Yaxshilikka yaxshilik qaytarmaydigan -.......

11.5. Quyidagi gaplarda ishtirok etgan qaysi antonimlar o‘zaro juft so‘z hosil qila

oladi? Shu juft so‘zlarning ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

1. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi.

2. Yolg‘on aytib foyda ko‘rsang, oxiri zarar toparsan.

3. U kerakli narsalarni oldi va menga berdi.

4. Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatoingni to‘g‘rilaydi.

5. Osmonga uchsang - oyog‘ingdan, yerga kirsang - qulog‘ingdan tortaman.

6. Yomon urug‘dan yaxshi hosil kutma.

7. Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati - farz.

8. Yog‘och kessang, uzun kes, temir kessang, qisqa kes.

9. Joyimiz tor bo‘lsa ham, ko‘nglimiz keng.

10. Saxiy bilan baxil bir quduqdan suv ichmas.

11.6.Berilgan maqollarda nuqtalar o‘rniga mos antonimlarni qo‘ying.

1. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda..... bo‘l.

2. Keng kengashib yirtilar, .... – tortishib.

3. Mard – bir o‘lar, .... – yuz o‘lar.

4. Yaxshilikka yaxshilik har kishining ishidir,

.... ka yaxshilik er kishining ishidir.

5. Nodon so‘zlar, .... ibrat olar.

6. Do‘sting ham til, .... ham til.

7. Arzon beillat bo‘lmas, .... behikmat bo‘lmas.

8. Havas qilgan yetar, ..... yitar(yo‘qolar).

!!! Grammatika: So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari.

Uyga vazifa: “Baxt kaliti ” mavzusida o‘z mulohazangizni yozing.

69


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

12-AMALIY MASHG‘ULOT

12-mavzu: “O‘zbekiston va jahon”

Tayanch so‘z va iboralar: rezolyutsiya, BMT ga a’zo davlatlar, bir ovoz bilan

qo‘llab-quvvatlash, Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Afrika va boshqa qit’alar, qariyb

55 mamlakat, hammualliflik, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilish, yurtboshi

tashabbusi, dolzarblik, dalolat, qo‘shni davlatlar, Germaniya, Italiya, Kanada, Norvegiya,

Shveysariya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Turkiya, Singapur, Qatar, BAA va Hindiston

bilan aloqalar, jumla, O‘zbekistonning dolzarb tashabbuslari.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday

leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. dovyurak va faol siyosat

2. sharofat

3. mintaqa

4. mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

5. fundamental siljish

6. yuz bermoq

7. Markaziy Osiyoda mustahkam siyosiy ishonch

8. o‘zaro hamkorlik

9. aks ettiruvchi

10. mutlaqo

11. yangi siyosiy muhit

12. BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi

13. bir ovoz bilan qabul qilinish

14. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishni

ta’minlash

15. O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya,

madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi imkoniyatlari

16. samarali foydalanish

17. yaqin qo‘shnilik

18. o‘zaro manfaatli sheriklik

19. tamoyillari asosi

20. mamlakatning mintaqaviy hamkorligi

70


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnni qisqartirib so‘zlab berish.

O‘zbekiston va jahon hamjamiyati

Ma’lumki, 2017- yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh

Assambleyasining 72-sessiyasi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator dolzarb masalalar, shu jumladan, tashkilot

doirasida Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasini

qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan.

Mazkur taklif ijrosi asnosida o‘tgan yilning noyabrida Samarqand shahrida

“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va

taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir

yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi xorijiy davlatlar yuqori

martabali delegatsiyalari, shu jumladan, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston, MDH,

Yevropa, Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar mahkamalari rahbarlari,

shuningdek, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, YeTTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar

vakillari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Shunday qilib, BMT doirasida maxsus rezolyutsiya loyihasi ko‘p oylar

davomida muhokama etilganidan so‘ng, 2018 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston

Prezidentining mazkur tashabbusi hayotga tadbiq etildi. Xususan, Nyu-Yorkda

BMT Bosh Assambleya yalpi majlisi chog‘ida “Markaziy Osiyo hududida tinchlik,

barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy

hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Quvonarlisi shundaki, rezolyutsiya nafaqat BMT ga a’zo davlatlar tomonidan

bir ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi, balki Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Afrika

va boshqa qit’alardan qariyb 55 mamlakat bilan hammualliflikda qabul qilindi.

Uning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi esa yurtboshimiz tashabbusining

dolzarbligidan dalolat beradi. Bizga qo‘shni davlatlar bilan bir qatorda Germaniya,

Italiya, Kanada, Norvegiya, Shveysariya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Turkiya,

Singapur, Qatar, BAA va Hindiston shular jumlasidandir.

Rezolyutsiyaga O‘zbekistonning dolzarb tashabbuslari kiritilgan. Xususan,

unda Samarqanddagi konferensiya chog‘ida qabul qilingan muhim yechimlar va

ularning asosiy natijalari tilga olingan hamda mintaqa mamlakatlarining ikki

tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekani tasdiqlangan.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari

rahbarlari doimiy maslahatlashuv yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi jahon

hamjamiyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi qayd etilgan.

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining

Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish hamda uning mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy masalalardagi ishtirokini

ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada

«Tinchlik jarayoni: xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik»

71


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi

(2018 yil mart) afg‘onistonliklar boshqaruvi ostida amalga oshirilayotgan tinchlik

va sulh jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat

harakatlarining davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

dovyurak va faol siyosati sharofati bilan mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarda fundamental siljish yuz berdi. Bu esa Markaziy Osiyoda mustahkam

siyosiy ishonch va o‘zaro hamkorlikni aks ettiruvchi mutlaqo yangi siyosiy muhit

paydo bo‘lishiga olib keldi.

Umuman olganda, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasining bir ovoz bilan

qabul qilinishi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash

maqsadidagi O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya,

madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish

uchun yaqin qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli sheriklik tamoyillari asosida

mamlakatning mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha olib borayotgan hozirgi faoliyati

xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi.

!!! Yozma nutq: O‘zbekiston aʼzolik qilayotgan xalqaro tashkilotlar haqida maʼlumot

tayyorlash. Xalqaro tashkilotlardan birining faoliyati haqida taqdimot tayyorlash. Xalqaro

tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzish.

Mashqlar

12.1. Berilgan hikmatli so‘zlarni tahlil qiling.

1. Yomon bilan yaxshi orasida farqdur,

Ikki kemaning uchini tutgan g‘arqdur (Navoiy)

2. Uzun aytma, qisqa ayt - ko‘p ma’no ber.

3. Yo‘gon cho‘zilar, ingichka uzilar.

4. Chin so‘zni yolg‘onga chulg‘ama,

Va chin ayta olur tilni yolg‘onga bulg‘ama.

5. «Bildim» dedim - tutildim,

«Bilmadim» dedim - qutuldim.

6. Ilm ko‘p-u, umr oz, keragin ol-u, toshga yoz.

7. Ilm qishda eriydi, yozda muzlaydi.

8. Osmon uzoq, yer qattiq.

9. Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir.

10. Mehr temirni eritar, qahr toshni yorar.

12.2. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo’yib, maqollarni o‘zbek tiliga tarjima

qiling.

72


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

1. ….страна - мать, ……… страна - мачеха.

2. Готовь сани…..., а телегу - …….

3. Ученье -- ……, неученье -- ……

4. …… осудит, а ……. рассудит.

5. …. человека кормит, а ….. портит.

6. …… дело лучше …..безделья.

7. ……друзей наживай, а ….не теряй.

12.3. O‘z ixtisosligingizga tegishli atamalarni toping. Ularni misollar yordamida

tushuntirib bering.

12.4.Fikrga qo‘shilasizmi? O‘z mulohazangizni bildiring: «Qora qog‘ozni

harchand yuvgan bilan oq bo‘lmaydi. Oq qog‘ozni qora qilish uchun bir chiziq

tortish kifoya. Qorani oqlash emas, oqni qoralamaslik adolatdir»…

!!! Grammatika: Rasmiy diplomatik uslub va uning xususiyatlari.

12.5. Quyidagi gaplarda berilgan iboralar qanday ma’noda ishlatiladi.

1. Biz mustaqillikni qo‘lga kiritib, endi uni mustahkamlash yo‘liga o‘tdik.(g‘alaba

qozonmoq, ega bo‘lmoq, bo‘lmoq, olmoq).

2. Ma’lumki, hammaning boshini boshiga qo‘shuvchi yagona maqsad bo‘lmasa,

el-yurt tarqab, sochilib ketadi. ( yaqinlashtirmoq, jipslashtirmoq,

aralashtirmoq, birlashtirmoq).

3. Ba’zida eng olijanob so‘zlar va niyatlar ham shunchaki quruq gap bo‘lib

qolaveradi. (mazmunsiz gap, safsata, be’mani, yolg‘on gap, asossiz gap,

badiiy vositalarsiz gap).

4. Ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun eng avvalo nima qilish kerak?

(bajarmoq, rejalashtirmoq, o‘ylamoq, tushuntirmoq).

Uyga vazifa: Chap tomonda berilgan so‘zlarning ma’nolariga mos

iboralarni aniqlashga harakat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Xafa, anqov, baxtsiz,

yomonlamoq, xursand,

birlashtirmoq, saxiy, yashirin.

ochiq qo‘l, yeng ichida, baxti qora,

yerga urmoq,

og‘zi qulog‘ida, qovog‘idan qor

yog‘moq,

boshini qovushtirmoq, og‘zing qani

desa, qulog‘ini ko‘rsatadigan

73


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

13-AMALIY MASHG‘ULOT

13-mavzu: “XXI asrda innovatsiyalar”

Tayanch so‘z va iboralar: innovatsion texnologiyalar yuzyilligi, yirik

mamlakatlar, barcha sohalar, ilm-fan va texnologiyalar jabhasi, beayov kurash, ilmiy

yangiliklar, sohadagi raqobat, qurollanish poygasi, dunyoga hukmronlik mezoni, dunyoga

hukmfarmolik qilish, asosiy shart, mamlakatning mudofaa sohasi, kuch-qudrat, yuksak

ilmiy texnologiyalar.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday

leksikani bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. innovatsion texnologiyalar

2. maishiy hayot

3. yirik ishlab chiqarish

4. yangi texnologiyalar

5. insonlarning hayotini farovon va qulay qilish

6. xizmat qilmoq

7. yangi g‘oyalar

8. kam mehnat qilib, ko‘proq daromad qilish

9. kam harakat bilan ko‘proq samaraga erishish

10. ta’minlash

11. sayyoramiz tabiiy resurslari

12. tobora kamayib borayotgan payt

13. mamlakatlar o‘rtasida ilmiy jabha

14. raqobat

15. yanada kuchayishi

16. kashf qilinmagan yangilik

17. yaratilmagan ixtiro

18. texnologiyalarning “nano” ko‘rinishlari

19. nanotexnologiyalar

20. ixtirochilar

74


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Turli sohalarga oid innovatsiyalar haqida gapirib berish.

XXI asr innovatsion texnologiyalar yuzyilligi

XXI asr innovatsion texnologiyalar yuzyilligiga aylanmoqda. Dunyoning yirik

mamlakatlari o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ilm-fan va texnologiyalar

jabhasida ham beayov kurash ketmoqda. Innovatsiya, ilmiy yangiliklar sohadagi

raqobat oldida qurollanish poygasi hech narsa bo‘lmay qoldi. Ta’bir joiz bo‘lsa,

dunyoga hukmronlik mezoni ham o‘zgarayotir. Yaqin-yaqingacha dunyoga

hukmfarmolik qilishning asosiy sharti mamlakatning mudofaa sohasidagi kuchqudrati

edi. Ammo bugun yuksak ilmiy texnologiyalarsiz shunchaki qurol-aslaha

bilan uzoqqa borib bo‘lmasligi ayon bo‘lib bormoqda. Bir qancha tadqiqot

markazlari sayyoramiz davlatlarining innovatsiya bo‘yicha reytingini e’lon qilib

boradi. Ammo ular orasida Bloomberg xalqaro agentligi tuzadigan reyting nufuzli

doiralarda ham e’tirof etiladi. Negaki, agentlik mutaxassislari davlatlarning

innovatsiya jabhasidagi o‘rnini aniqlashda ilmiy tadqiqotlarga sarflanayotgan

mablag‘ hamda kashfiyot va yangi ishlanmalarga berilgan patentlar miqdori, ishlab

chiqarish samaradorligi, yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar hamda

ilmiy tadqiqotchilar soni kabi muhim mezonlarga tayanadi. Har bir mamlakat ushbu

mezonlar bo‘yicha baholab chiqiladi va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar

jamlanib, umumiy o‘rin belgilanadi. Bloomberg xalqaro agentligi xulosasiga ko‘ra,

2021- yilda dunyoning innovatsiya bo‘yicha peshqadam 10 davlati quyidagilardir:

1. Janubiy Koreya – 87,38 ball

2. Germaniya – 87,3 ball

3. Finlyandiya – 85,57 ball

4. Shveysariya – 85,49 ball

5. Isroil – 84,78 ball

6. Singapur – 84,49 ball

7. Shvetsiya – 84,15 ball

8. AQSh – 83,21 ball

9. Yaponiya – 81,96 ball

10. Fransiya – 81,67 ball.

E’tiborli jihati, kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan davlatlarning barchasida ilmiy

izlanishlar uchun g‘aznadan juda katta miqdorda mablag‘ ajratiladi. Ushbu

maqsadda, masalan, AQSh 476,5 milliard dollar (yalpi ichki mahsulotning 2,7 foizi),

Yaponiya 169,6 milliard dollar (YaIMning 3,4 foizi), Germaniya 109,6 milliard

dollar (YaIMning 2,9 foizi), Janubiy Koreya 73,1 milliard dollar (YaIMning 4,3

75


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

foiz) yillik mablag‘ sarflaydi. Singapur esa yillik budjetning deyarli 20 foizini

innovatsion izlanishlarga yo‘naltiradi.

Bugun innovatsion texnologiyalar maishiy hayotdan tortib yirik ishlab

chiqarishga qadar kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar insonlarning hayotini

farovon va qulay qilishga xizmat qilmoqda. Sodda qilib aytganda, yangi g‘oyalar

kam mehnat qilib, ko‘proq daromad qilish, kam harakat bilan ko‘proq samaraga

erishishni ta’minlamoqda. Sayyoramiz tabiiy resurslari tobora kamayib borayotgan

bir paytda mamlakatlar o‘rtasida ilmiy jabhadagi raqobat yanada kuchayishi

shubhasiz.

Odatda oilada har bir narsani kattalar kichiklarga o‘rgatadi. Kompyuter,

telefon kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishni esa, aksincha,

kichiklardan o‘rganishadi. Ana shu kichiklar – yosh avlodning yangi asr

texnologiyalariga qiziqishi ilm-fanga bo‘lgan qiziqishga aylantirilsa, qanday yaxshi!

XXI asrga kelib texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, go‘yo kashf qilinmagan

yangilik, yaratilmagan ixtiro qolmadi. Ammo texnologiyalarning “nano”

ko‘rinishlari bu xulosaning xato ekanini isbotladi. Bugun nanotexnologiyalarning

o‘zida ham ixtirolar qilinayotir. O‘zbek yoshlaridan Alisher Tojiev SMS

yuborishning yangi usulini o‘ylab topgani, Azizbek Mirzaevning kimyo sohasida

izlanishlari, Ravshan Nazarovning yangi antivirus tizimini yaratgani bunga misol

bo‘la oladi. Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli

tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga

chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga

qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun to‘garaklar ta’sis etilmoqda.

!!! Yozma nutq: “Zamondoshlarimizning kashfiyotlari” mavzusida taqdimot tayyorlash.

Kasb sohasidagi innovatsiyalar haqida maʼlumot tayyorlash. Sohada qo‘llanadigan

baynalmilal so‘zlar lug‘atini tuzish.

Mashqlar

13.1.Harakatni ifodalovchi va holatni ifodalovchi birikmalarni alohida-alohida

yozing.

Nari borib beri kelmoq, boshi ko‘kka yetdi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi, boshda

tosh chaqmoq, olmaga olchani ulamoq, suvga tushgan mushukdek, tomdan tarasha

tushgandek, oyog‘i yerga tegmay.

13.2. Berilgan gaplarga tagiga chizilgan birikmalarga mos iboralar toping.

76


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

1. O‘ zidan boshqa hammani yomon ko‘radigan odam oxir oqibatda hammaning

nafratiga yo‘liqadi.

2.Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko‘rinishga urinadigan

odam eng xavfli odamdir.

3. Dili bilan tili muttasil bir ko‘chadan yuradigan odamga oson tutmang.

4. Bolaligida qush uyasini buzishga odatlangan odam katta bo‘lganida birovning

oilasini bemalol buza oladi. (O‘tkir Hoshimov)

13.3. Odamning salbiy va ijobiy tomonlarini ifodalovchi frazeologik

birikmalardan 10 tadan yozing.

Salbiy

Ijobiy

Ko‘zini yog‘ bosgan

Ko‘ngli ochiq

...... ......

13.4. Berilgan iboralarning o‘zbek tilidagi muqobil variantlarini topib, ma’nosini

izohlang.

Душа общества, золотое сердце, маменькин сынок, не бросает слов на ветер,

в два счёта, выйти из себя, вылететь в трубу, живёт своим умом, куры не

клюют.

!!! Grammatika: Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.

Uyga vazifa:

1.Ilmiy va rasmiy nutqda keng qo‘llanadigan iboralarni yozing va ular ishtirokida

gaplar tuzing.

Namuna : Qo‘l qo‘ymoq, ovoz bermoq, o‘rtaga tashlamoq kabi.

2.«Suvdan quruq chiqmoq» mavzusida kichik matn tuzing.

3. Berilgan fikrga o‘z nuqtayi nazaringizni bildiring. «Qancha ko‘p tilni

bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida xush

ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... O‘lim oldidan onasini ona tilida yo‘qlaydi...»

77


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

14-AMALIY MASHG‘ULOT

14-mavzu: “Davrimizning global muammolari”

Tayanch so‘z va iboralar: o‘zgarishlar natijasi, bir qator dolzarb ahamiyatli,

ta’sir doirasi keng, jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy

taraqqiyotini belgilab beruvchi, muammolar, insoniyatning global muammolari, yechimi,

davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari, jamlanish, global muammolarning

vujudga kelishi, keskinlashuv sabablari, jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir

necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish, tarmoq.

O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan suhbatlashish uchun qanday leksikani

bilish lozim?

№ Leksik minimum Tahlili

1. tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash

2. muammo

3. ekologik muammo

4. rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi

5. qashshoqlik

6. demografik muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining

yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mamlakatlardagi

demografik inqiroz)

7. oziq-ovqat muammosi

8. energetika muammosi

9. xomashyo resurslari muammosi

10. dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi

11. millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi

12. qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish

muammosi

13. global muammolar toifasi

14. favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish muammosi

15. koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi

16. ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi

17. biologik yetimlik

18. ijtimoiy yetimlik

19. yadroviy qurolga egalik

20. toza ichimlik suvi tanqisligi

78


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

!!! Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning

maʼnosini izohlash. Matnni o‘zgartirib so‘zlab berish. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada

ishtirok etish.

Insoniyatning global muammolari

Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb

ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning

kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga

keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda

ularning yechimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyatharakatlari

jamlanishi maqsadga muvofiq.

Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon

aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va

boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy

muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon

xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tufayli yagona

global tizim sifatida shakllanishi, fan-texnika inqilobi va zamonaviy axborotkommunikatsiya

texnologiyalarining salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy

kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat.

Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi:

tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; ekologik

muammo; rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va

qashshoqlik muammosi; demografik muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar

aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mamlakatlardagi

demografik inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi, xomashyo

resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi;

millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; qon-yurak, onkologik

kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa

bir guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga

kiritiladi, masalan, favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish

muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki

ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi.

Insoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq,

bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan,

muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qaratmasdan yechish

imkoniyati mavjud emas. Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi

demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud,

chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining

yetishmovchiligi va ocharchilikni keskinlashtiradi.

Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador

hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab

chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.

79


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng

universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot

va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat

tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y

bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli

hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo

jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan

XX asrda keskinlashdi. Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va

sotsialistik davlatlar, ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qaramaqarshiliklar

sharoitida "qurol poygasi” keskinlashib ketdi.

Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya,

Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan

yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy yadroviy

maqomga ega bo‘lmagan KXDR ham bu turdagi qurolga ega ekani barchaga

ma’lum.

Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir

bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar

gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali,

Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi

mumkin.

!!!Yozma nutq: Insoniyat oldida turgan global muammolar to‘g‘risida taqdimot tayyorlash.

Global muammolardan biriga bag‘ishlangan publitsistik maqola yozish.

Bilasizmi?

Berilgan o‘zbek tilidagi tojikcha so‘zlarning o‘zbekcha sinonimlarini

bilasizmi?

Agar, josus, polvon, gunoh, hiylagar, alanga, firibgar, ravshan, go‘l, lashkar,

zodagon, afsus, tan, baland, ofarin, barg, begona, bekor, nishon, bepoyon.

Mashqlar

14.1. Berilgan so‘zlarni qaysi tildan o‘zlashganini aniqlang. Ularni aniqlashda

nimaga asoslandingiz? So‘zlarning tuzilishi ham ularning qaysi tildan olinganini

ko‘rsata oladimi?

1. Muhokama, barg, ohang, odam, kitob, iqtisod, huquq, imkoniyat, faoliyat,

bajarmoq, adliya, haqiqat, hisob, e’lon, maslahat, qonun, hayot, talaba, o‘quvchi,

bilim, bitmoq, ifodalamoq, bozor, tuzmoq, elchi, kengash, majlis, parlament, nur,

yorug‘lik, subyekt, biz, muzokara, yorliq, xalq, el, aholi, olomon, millat, rahbar,

boshliq, rais, ovqat, uzr, kechirmoq, gugurt, deraza, mulk, mol, tovar, sherik, dallol,

ayol, xotin, rostdan, darhaqiqat, to‘g‘ri, shirkat, musodara, jinoyat, fuqaro, davlat,

hokimiyat, nizom, savol, qimmat, xarajat, tijorat, savdo, ixtisos, kasod.

14.2. Berilgan gaplardagi tarixiy so‘zlarni topib, ma’nosini izohlang.

80


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z

sohibidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga

yomon dushman deb bildim.

Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar qurishni, musofir

yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino qilishni buyurdim.

G‘anim tomonidan bo‘lgan navkar bizga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa, o‘z

yurtining tuz haqini halollagan bo‘ladi.

Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsam, o‘sha yerning

obro‘-e’tiborli kishilarini aziz tutdim: ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta’zim

bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol, vazifalar berdim.

(Amir Temur)

14.3. Ajratilgan so‘zlarni izohlang

1. Bu jinoiy ishni ochish uchun bir necha shohidning ko‘rsatmasini o’rganib

chiqish kifoya emas. 2. Mirza bu safar ham uninig shikoyatini qabul qilmadi. 3.

Yetmish yil qamaldan keyin uch ming sipohni bir yarim mingga tushirib,

Normuhammad qushbegi quruq qaytishga majbur bo‘ldi. 4. Bir botmon keladigan

bu narsani hech kim qimirlata olmadi. 5.Bir miri yo‘q, kerilishini aytmaysizmi? 6.

Podshohning odamlari kelib, uzumimni o‘lchashganlaridan keyin ushr to‘layman,

shundan so‘ng uzumimga qol tekkizaman.

14.4. O‘z sohangizga tegishli ibora yoki maqollarni yozing. Ularni izohlab bering.

Masalan, Bozori chaqqon mol, elchiga o‘lim yo‘q,

14.5. Quyidagi atamalarni eng oson yo‘l bilan misollar yordamida izohlang. So‘ng

ularni lug‘atda berilgan izohi bilan solishtiring. Sizning misolingiz ushbu

atamaning ma’nosini to‘liq ochib bera oldimi?

Sud, erkin almashtiriladigan valuta, o‘rtoqlik sudi, kodeks, amnistiya, da’vo,

monopoliya, musodara, muxtor elchi, ajrim.

14.6. Quyidagi atamalarni o‘zbek tilidagi muqobil variantini toping va ularga

ta’rif bering.

Система, ревизия, гарантия, фонд, идеология, администрация, протест,

состав, таможня, страхования, рекомендация, реформа, ратификация,

протокол, дефицит, гимн, визит.

!!!Grammatika: Maqola va uning turlari. Intervyu.

14.7.Respublikamizning (dunyoning) eng mashhur 5 kishisidan intervyu olishga

savollar tayyorlang. Savollaringizni sharhlab bering.

14.8. Publitsistik uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni ajratib, ular ishtirokida gaplar

tuzing.

81


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Qatra, aksioma, muhtasham, integratsiya, barakali, mo‘l, ulug‘vor, jonini

bermoq, yutmoq, fidokorona, o‘sish, demokratiya, taraqqiyot, zafar quchmoq, birga,

sal-pal, sobitqadamlik, hamkorlikda, kelishuv, erishmoq, zabt etmoq, bahramand

bo‘lmoq, murosa, kelmoq, sarflamoq, ishlatmoq, tashrif buyurmoq, minnatdorchilik,

aytmoq, izhor qilmoq.

14.9. Fikrni davom ettiring. Quyidagi parcha publitsistik maqola yoki

ocherkingizning kirish qismi bo‘lsin.

Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnodagi ranglarni,

odamlarning qiyofasini ko‘zingiz bilan ko‘rib hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling:

siz musiqa tinglayapsiz. Cholg‘u ohanglarini eshitib hayajonga tushyapsiz... Endi

tasavvur qiling: siz kitob o‘qiyapsiz. Oq qog‘ozda qora chiziqlar – harflardan bo‘lak

hech qanaqa rang yo‘q. Hech kim kuy ham chalmaydi. Asarni o‘qishga

kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog’ingiz

ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O‘zingiz bilmagan holda qattiq hayajonga

tushasiz... Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo’jiza!

Uyga vazifa: 1. Boshqa tildan o‘zlashgan mutaxassisligingizga oid atama va

tushunchalardan 10 ta misol keltiring. O‘z mutaxassisligingizga doir matn tanlab,

unda ishlatilgan o‘zlashma so‘zlarni toping.

2. Rus tilida qo‘llanadigan turkiy so‘zlardan misol keltiring.

Masalan, караул, кенаф, утюг, кирпич...

82


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Mulohaza va esse uchun matnlar…

O‘n beshinchi firibgarlik

Namanganlik Maxpirat Burxonova firibgarlik ko‘chasiga qadam qo‘yib, Jinoyat

kodeksining bir qancha bandlari nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganda 27 yoshda

edi. O‘shanda jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining hukmiga binoan

unga nisbatan 2 yil muddatga axloq tuzatish jazosi belgilandi.Ammo Maxpirat

bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmadi. Aksincha, shundan keyingi 10 yil

mobaynida, u yana 13 marotaba firibgarlikka qo‘l urib, bu “hunar”ning ustasi bo‘ldi.

Hattoki, homiladorligi hamda 3 yoshga to‘lmagan farzandi borligi bois jazosi

kechiktirilgan paytda ham Maxpirat firibgarlikdan o‘zini tiymadi. So‘nggi marotaba

ham jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining hukmiga ko‘ra tayinlangan

5 yilu 8 oy ¬ozodlikdan mahrum qilish jazosi kechiktirilgandi. Biroq ko‘zi

ochilmagan M.Burxonova o‘n beshinchi firibgarlikka qo‘l urib, yana o‘zgalarni

chuv tushirdi. Bu gal esa jinoyatiga ukasining rafiqasi Gulzoda Tursunovani ham

sherik qilib oldi.

Gap shundaki, xavfli retsidivist bo‘lgan Maxpirat o‘sha kuni Gulzoda bilan birga

Pop tumani Chodak qishlog‘idagi Dilbar Fazliddinovaning kelin liboslarini ijaraga

beruvchi saloniga kiradi. Kirib ko‘rishsaki, tadbirkor ayol do‘konida kelin liboslari

bilan birga turli parfyu¬meriya mahsulotlarini ham savdoga qo‘yib qo‘ygandi.

Shuning uchun qaynisingil va kelin o‘sha go‘zallik ¬ashyolari va kiyimlarni birmabir

kiyib ko‘rib, pardoz mahsulotlarini qo‘llariga olib ko‘ra boshlashadi.

— Bizga juda yoqdi, narxlari qancha?, — deb so‘raydi ular.

— Kiyganlaringiz 2.400.000 so‘mlik va qo‘lingizdagilar besh yuz ming so‘m

bo‘ladi.

— Mayli, olamiz. Faqat hozir pulimiz yo‘q edi. Shunga mana bu tilla uzuklarni olib

qolsangiz. Ertaga pulini berib, uzuklarni olib ketamiz, — deyishadi muloyimlik

bilan.

Shu kuni do‘konda Dilbar Fazliddinovaning sing¬lisi Saida savdo qilayotgandi.

Saida opasiga qo‘ng‘iroq qilib, ¬ularning iltimosini yetkazadi. Lekin Dilbar

singlisiga nasiyaga savdo qilmaslikni tayinlaydi. Shunday bo‘lsa-da, firibgar

qarindoshlar Saidani avrab, kiyim-kechaklar va taqinchoqlarni olib ketishadi.

Voqeadan xabar topgan Dilbar Fazliddinova darhol tuman ichki ishlar

bosh¬qarmasiga xabar beradi. Oqibatda, Maxpirat bilan Gulzoda tez orada qo‘lga

olinib, ikkalasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Tergov jarayonida M.Burxonova D.Fazliddinovaga yetkazilgan zararning

1.900.000 so‘mini qopladi. Yetkazilgan zararning qoplanmagan 1.000.000 so‘mini

M.Burxonova va G.Tursunovadan teng tartibda undirish belgilandi. Eng qizig‘i

shuki, Maxpiratning 3 yoshga to‘lmagan farzandi borligi uchun unga tayinlangan

83


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

ozodlikdan mahrum qilish jazosi yana keyinga qadar kechiktirildi. Biroq bu safar u

qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqaradimi-yo‘qmi bilmadik.

Orzularni olovga otma!

Yashash yaxshi, yaxshi yashash undan ham yaxshi, deyishadi. Yaxshi yashashni

hamma ham o‘z qarichi bilan o‘lchaydi. Kimdir bu baxtni o‘z oilasi bag‘rida, o‘z

vatani tuprog‘ida, deb bilsa, yana kimdir shohona hayot ilinjida xorijda ishlab, pul

topishni afzal biladi. Ammo har yerda bor toshu tarozi, deganlaridek, xorijda ham

tillodan taxt yasab qo‘yilmaganligini anglaganingizda esa kech bo‘ladi. Bugun odam

savdosi jinoyatidan aziyat chekayotganlar, ularning to‘riga aldanib tushib

qolayotganlar son ko‘rsatkichi, afsuski, dunyo bo‘ylab tobora oshib bormoqda.

Quyida odam savdosi jabrdiydalarining taqdiri bayon qilinadi:

Zamira. Oilali. Ikki nafar farzandi bor edi. O‘g‘liga hademay to‘y qilish arafasida

yurgan, o‘qimishli, zukko va o‘ta sezgir ayol. Bunday ayolni odam savdogarlari

qo‘lida o‘yinchoq bo‘ladi, deb kim ham o‘ylaydi, deysiz? U nufuzli tashkilotda

ishlardi. ¬Oilasi katta. Ham ish, ham uy yumushlariga ulgurish qiyinligi uchun

Rashida ismli qizni uy ¬yumushlariga qarashadi, deb ishga oladi. Rashida

ko‘rinishidan beozor, saranjom-sarishta, gap-so‘zga usta qiz. Xullas, nima qilsa

qildi-yu, Zamiraning ko‘nglidan chiqdi, uning ishonchiga kirdi. Zamiraning

Rashidaga mehri oshdi. Rashida kunora qo‘l telefonidan go‘yoki xorijdagi

qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilib gaplashar, uni ham yonlariga chaqirib olish¬larini

so‘rardi. Zamira bu so‘zlashuvlarga guvoh edi. Oradan bir necha oy o‘tgach,

Rashida xorijga ishga ketayotganligini, u yerda bola parvarishlashini, buning uchun

unga 700 AQSH dollari to‘lashlarini aytib qoldi. Zamiraga bu xabar og‘ir botdi.

Chunki bu qizga qattiq bog‘lanib qolgan edi... Xorijga uchib ketgan Rashida oradan

hafta o‘tar-o‘tmas Zamiraga qo‘ng‘iroq qilib, uni sog‘inganligini, bu yerlar juda

go‘zal ekanligini, hatto Zamiraga ham ish topib qo‘yganligini aytadi. Zamira

kutilmagan taklifdan esankirab qoladi. To‘g‘risi, shuncha pulning zarari bormi?

O‘g‘li uylanadigan, yordam bo‘lar, qolaversa, to‘rt-besh oy o‘tadi-ketadi degan

xayollar bilan Zamira tonggacha o‘ylanib chiqdi. So‘ng turmush o‘rtog‘ini ham

ko‘ndirdi. Ammo Zamira yuqorida aytganimiz kabi juda mulohazali, sinchkov va

zukko ayol emasmi, ogohlikni qo‘ldan chiqarmadi. Shu sababli, avval xorijda

asqotadi, deb huquq-tartibot ¬idoralari telefon raqamlarini yon daftariga muhrladi.

Xorijda uni Rashida kutib oldi. Samolyotdan tushgan hamono Zamira hech kimga

bildirmay atrofni suratga tushira boshladi. Ayniqsa, ma’lumotlar, joy nomlari

keltirilgan hududlarni ko‘zdan qochirmadi. Balki yuragi sezgandir. Yo‘lda Rashida

unga bu yerlarda yuqumli kasallik¬lar tarqalganligini, shu sababli emlash olishi

kerakligini aytadi.

Ular kichik bir dorixonaga o‘xshash joyga kirishadi. Va Zamiraning tomiridan

ukol jo‘natishadi. Shu bilan Zamiraning qora kunlari boshlanadi. U uyg‘onganda bir

nechta erkak¬larga sotib yuborilganligini biladi. Rashidaning yuzidagi niqobi

yechilgandi. Zamira karaxt ahvolda undan hammasini tushuntirishini va bu o‘yinni

84


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

darhol to‘xtatishini so‘raydi. Ammo Rashida unga kechasi telefonda olingan

tasvirlarni ko‘rsatib, buni turmush o‘rtog‘iga yuborishini aytib qo‘rqitadi, badaliga

shu yerda “xizmat” qilishini shart qilib qo‘yadi. Zamiraning boshqa iloji qolmadi.

Ko‘nmasa oilasi buziladi, qolaversa, bu yerdan qochib ketishning sira imkoni yo‘q.

Pasporti ham Rashidada. Zamira shu tariqa o‘zini Rashidaga topshirgandek tutadi

va bu tutqunlikdan qutilishning payiga tushadi. Har bir onni imkoni boricha

telefonga muhrlab boradi. Bir kuni Rashidaning sumkasidan pasportini o‘g‘irlab,

to‘rtinchi qavatdan parda, choyshab bormi hammasini bir-biriga mahkamlab,

ikkinchi qavatgacha tushib oladi. Keyin esa yerga sakraydi. Shu tariqa amallab

huquq-tartibot organlariga qo‘ng‘iroq qiladi va ulardan yordam so‘raydi. Tezkor

harakatlar tufayli uch kun ichida O‘zbekistonga qaytishga muvaffaq bo‘ladi.

Ammo uni o‘z yurtida ham quvonch bilan kutishmayotgan edi. Boisi, u yo‘lga

chiqqanida orqasidan telegram orqali behayo tas¬virlari ham turmush o‘rtog‘iga

yetib kelgan edi. Oila buzilib ketdi. O‘g‘illari onasini tan olmadi. Uyidan haydab

solishdi. Xullas, ayol ham ishidan, ham oilasidan, eng yomoni, obro‘-e’tibori,

sha’nidan ayrildi. Mahallasida yasholmay, bosh olib chiqib ketdi. Bular

kutilmaganda sodir bo‘ldi. Axir, uning xorijga borib-kelganiga yetti kungina

bo‘lgandi-da. Ba’zan odamlar bila turib, ogoh bo‘lib ham aldanib qolaverar ekanda...

85


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Odam qayerga, nimaga, qachon borishi kerakligini, bu ishonchlimi yoki aldov

ekanligini bilishi hozirgi kunda qiyin emas. Chunki, aynan, xorijiy migratsiya

masalasi bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi organlarning hamisha fuqarolar uchun

eshigi ochiq. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham so‘rovlar, savollar qabul

qilinadi. Jumladan, migration.uz, advice.uz saytlari yaqin ko‘makchidir. Davlat

idorasiga borishga erinsangiz, internetdan foydalanishingiz mumkin, xullas ogoh

bo‘lish lozim.

Dardimga da’vo istab borgandim...

Malika opa 40 yoshda. Ruhiy xastalikka uchragan. Ko‘zlari bir nuqtaga

termulgancha ilinj kutadi. Yo‘q ilinj emas, nazarimda, farzandini kutadi. Dasta-dasta

gullar ham, yoqimli musiqalar ham unga tatimaydi. Tabassumni butunlay unutgan...

Og‘ir xastalikka chalindiyu, oilasidan halovat qochdi. Oilasi o‘ziga to‘q.

Toparmon-tutarmon turmush o‘rtog‘i qo‘lidan kelgunicha uning ko‘ngliga qaradi.

Dori-darmonlarni uzmadi, davolatdi. Shifokorlar unga xorijdagina qilinadigan o‘ta

noyob ukolni tavsiya qilishdi. Chiqmagan jondan umid. Ular rozi bo‘lishdi.

Kuz oylarida ayol xorijga muolaja uchun jo‘nab ketdi. Qaytgach o‘zini juda

yaxshi his qildi. Shu bois keyingi yili ham, albatta, boradigan bo‘ldi. Muddat ham

tezda kelib qoldi. U onasi bilan birga muolajaga boradigan bo‘ldi. Manzilga yetgach,

shifokorlar ukol o‘n kundan keyin keltirilishi, ungacha kutishlari kerakligini

aytishdi. Shu orada ular kasalxonada ¬ishlaydigan o‘zbek ayolga duch kelishdi.

— Mehmonxona qimmat. Istasangiz mening uyimda turing. Bir yurtdan ekanmiz.

Sizlarga chin ko‘ngildan yordam bermoqchiman. Faqat oyingiz keksa ekan. Bu

yerning havosi yoqmasligi mumkin. Ularni O‘zbekistonga qaytarib yuborsak, men

sizga o‘zim ko‘z-quloq bo‘lib turardim, — dedi ayol.

Malika opaga bu taklif ma’qul keldi. Onasini uyga qaytarib yuborishdi. O‘sha

kuni kechasi uning suviga tabletka aralashtirib berishdi. Shu kundan e’tiboran u ham

yovuzlar to‘riga ilindi. Dardmand ayol vahshiylarcha kaltaklandi, fohishalikka

majburlandi. Na muolajadan darak bo‘ldi, na o‘z vataniga qaytishdan umid bo‘ldi.

Unga ham ortga qaytsa videodagi behayo tasvirlarni tarqatib yuborishlarini aytib,

qo‘rqitishdi.

Xullas, ayolning sog‘lig‘i butunlay izdan chiqdi. Keraksiz matohdek bo‘lib

qolgandan keyin cho‘riga aylantirishdi. Axiyri, ishga ham yaroqsiz bo‘lib qolgandan

keyingina uyga qaytarishdi. Ayol samolyotga ko‘tarilgandayoq, ¬oila a’zolariga

behayo videolar yetib keldi. Oilasi uni uyiga kiritmadi. Eshiklar tanbalandi.

Farzandlar yuz ¬o‘girdi. Shu sababli ayol har kuni og‘riqli xotiralar girdobida

yashaydi. Har kuni taqdirini qoralab yig‘laydi. Ko‘zlari yo‘lda. Lekin uning qalbiga

qo‘yilgan qulf eshiklari ¬ochilishiga umid yo‘q.

86


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

“Tirnog‘imizgacha yulib olishgan edi...”

Sarvarning deyarli hamma mahalladosh¬lari qo‘shni davlatga ishlashga ketgan.

U bilaklari kuchga to‘lgan yigit bo‘ldi. U ham yaqin o‘rtog‘i bilan xorijga ishga

ketmoqchi bo‘ldi. Ularning joniga bir ko‘cha narida yashovchi Nozim aka oro kirdi.

Chunki u bu borada tenggi yo‘q “dallol” ¬edi. Yigitlar hujjatlarni tayyorlab, yo‘lga

otlandilar. Ularni huvillagan, sovuq va nursiz bir xonadonga joylashtirishdi.

Pasportlarini olib qo‘yishdi. Bu yerdagi “tartib-qoidalarni” obdon tushuntirishdi.

Xullas yigitlar limonariyada ishlaydigan bo‘lishdi.

Har kuni bir buxanka non va ranggi o‘chgan choy uch mahal ovqat o‘rniga

beriladigan bo‘ldi. Yigitlarning sillasi quridi. Ular hech bo‘lmasa bir oylik

maoshlarini olib, uyga qaytib ketishni mo‘ljallashdi. Ammo bir oy o‘tdi hamki na

maoshdan, na tuzuk ovqatdan darak bo‘lmadi. Bosh ko‘targan borki o‘z jazosini

olaverdi. Eng yomoni, kimki haqqini talab qilsa, ko‘pchilikning oldida qiynoqqa

solinardi. Sarvarning xotirlashicha, kimda kim ish haqini so‘rasa yoki qochishga

urinsa, elektr toki stoliga o‘tqizilardi. Bu “marosim” hammaning guvohligida,

uyquga ketish arafasida boshlanardi. Kunbo‘yi ochlik azob bergan, kamiga ishlab

charchagan yigitlarni ruhini sindirish, qo‘rqitish uchun qilingan bu tomosha ham

yetmagandek, “qaynoq suv terapiyasi”, hatto yigitlarning oyoqlaridagi

tirnoqlarigacha shilib olishardi. Eng yomoni kim qochsa itdek otib tashlashardi.

O‘lganlarni hech kim izini topolmasdi.

Sarvarning yaqin o‘rtog‘i bu nohaqliklarga chidolmadi. Shu sabab qochishga

qaror qildi. Ikki do‘st o‘zaro kelishib, paytini poylab yotoqlaridan qochishning

uddasidan chiqishdi. Ammo buni payqab qolgan uy egalari (baquvvat, barzangi

yigitlar) ortidan tushishdi. Sovuq qish. Ustlarida yupun kiyim, qorni och yigitlar

faqat chegara tomon yugurishardi. Yerlar muzlagan. Qorong‘u. Ular qo‘lga tushsa,

o‘lim muqarrar. Tirik qolish ilinjida tuproqlardan uyum yasab, berkinishdi. Ularning

oldida oxirgi sinov qolgandi. Chegaradan o‘tib olish. Ammo buning uchun suv

kechish kerak edi. Qahratonning qahridan suv ham muzlagandi. Ular tavakkal qilib

o‘zlarini suvga otishdi. Tomiri tortishib qolgan Akmal taslim bo‘lishga, u yerdagi

qiynoqdan ko‘ra tanasi baliqlarga yem bo‘lishiga ham rozi bo‘ldi. Kiyimlar

muzlagani sari suv qa’riga tortardi. Sarvar do‘stini mahkam tutdi. Amallab suv

sathiga chiqib olishdi. O‘zlarini chegarachilarga topshirishdi. Chegaraga yetganda

o‘zlarini suvga otmay, to‘g‘ri borib bo‘lgan voqeani aytib berishsa bo‘lmasmidi, deb

o‘ylagandirsiz? ¬Ammo ularning miyasiga chegara haqidagi tushunchalar butunlay

boshqacha quyilgandi. Go‘yoki bu yerda ularni otib tashlashadi yoki qamashadi, deb

singdirilgan, qo‘rqitilgan edi. Shu sababli ular chegarani buzib o‘tmoqchi

bo‘lishgandi...

Sarvarning oyog‘idagi tirnoqlari necha yillar o‘tib endigina o‘sishni boshladi...

Og‘riqlari, ko‘rgan qora kunlari esa yuragida bir umr chandiq bo‘lib qoldi.

87


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Qizini sotgan ona

Nasibaning oilasi hech tinchimadi-tinchimadi. Kunda-kunora uyiga arazlab

keladi. Turmush o‘rtog‘ining sabri toshdan ekan. Oilasi buzilishini istamadi. Necha

marta kerak bo‘lsa shuncha qaynotasining uyiga boshini egib borib ayolini, bolasini

olib kelaverdi.

Afsuski, qizning oilasi ham tinch ¬emas. Onasi qing‘ir yo‘ldan yurganiga ancha

yillar bo‘lgandi. Xushtori qo‘shnisi. Uning qizini tergashga vaqti ham, xohishi ham

yo‘q edi. Nima bo‘lsa ham qizining ¬ajralishini istardi. Shunday kunlardan birida

Nasiba yana arazlab uyiga keldi. Onasi unga yaqin dugonasining uyiga mehmonga

chaqirganini, poyezdga chiptani ham o‘zi olib berishini, borsa biroz chalg‘ib

kelishini aytadi. Shu tariqa ona-bola va Nasibaning ikki yoshga to‘lmagan qizalog‘i

yo‘lga otlanishadi. Poyezd to‘xtaganida ona biroz nabirasini aylantirib kelishini

aytib tushib qoladi. Shu ketganicha qaytib kelmaydi. Poyezd yura boshlaydi. Nasiba

xavotirda u yer bu yerga alanglaydi. O‘zini yurib ketayotgan poyezddan otmoqchi

ham bo‘ladi. Ammo uni keyinchalik ismi Rozaliya ekanligi ma’lum bo‘lgan ayol

to‘xtatib qoladi va birdan maqsadga ko‘chadi. U Nasibani 800 AQSH dollariga o‘z

onasidan sotib olganligini, evaziga “xizmat” qilib berishi kerakligini aytadi. Qiz

tabiiyki ishonmaydi. Qanday qilib, onasi, o‘z onasi-a, bu ishni qilolmaydi-ku, axir?!

Rozaliya unga onasi bilan o‘zaro savdolashgan videotasvirni qo‘yib ko‘rsatadi.

Shundan so‘ng jim bo‘lishini, aks holda poyezddan ¬itarib yuborib, buni baxtsiz

hodisaga yo‘yishini aytadi. Shu tariqa qizning azobli kunlari boshlanadi.

Sovuq o‘lkalardan biriga olib borilgan Nasibaning vazifasi erkaklarning

“ko‘nglini ovlash” edi. Ammo u bunga ko‘nmadi. O‘g‘ilbola sifat, baquvvat,

qo‘polligi sabab u boshqalarda “qiziqish” uyg‘otmadi ham. Shu sababli uni

xizmatkorlikka qo‘yishdi. Isnoddan ko‘ra, mehnatni ustun bilib, ular nima, desa shu

topshiriqni qilib yuraverdi.

Qizlardan biri bilan o‘ralashib qolib qamalishgacha bordi. Ammo o‘zining hulqi

bilan namuna ko‘rsatib, o‘sha yerdagi qamoqxona xodimlarining ham mehrini

qozondi. Xullas, qamoqxona xodimlarining yordamida amallab o‘z vataniga qaytdi.

Uyiga kelganida qizi ancha katta bo‘lib qolgandi, uni tanimadi ham. Otasi vafot

etibdi. Bunga onasi va singlisi sababchi bo‘libdi. Onasining xushtori singlisi bilan

ham “don olishib yurib”, homilador bo‘lib qolganida o‘z otasiga to‘nkab vaziyatdan

chiqib ketmoqchi bo‘lishadi. Ota sudgacha boradi. DNK tekshiruvi o‘tkazilishiga oz

qolganda, isnodga chidolmagan ota vafot etdi. Haqiqat oshkor bo‘ldi. Ammo kech

bo‘lgandi. Shu tariqa qiz barcha ko‘rguliklar uchun onasidan javob kutadi. Uni

sudga beradi. Ammo biroz o‘tgach ishni ko‘rmasdan qoldirishni so‘raydi.

88


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant №1

“Tarixlar qalbni toza qilur...”

Tarix – ulug‘ murabbiy. Shafqatli va dono muallim singari uning asosiy

mashg‘uloti – saboq o‘rgatmoqlikdir. U asrlar mobaynida teran tajribalar, ibratli

timsollar va achchiq xulosalar vositasi ila insonga tarbiya berib keladi.

Taqdirning hal qiluvchi davrlarida har bir millat, har bir xalq tarix sari yuz

tutib, o‘tmishdan ma’naviy tayanchlar axtaradi. Ayni shu pallada tarixiy saboq

tuyg‘usiga ehtiyoj, ayniqsa, kuchayadi va u shu millat, shu xalq kelajagi uchun

beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Bugun biz tarix kitobini chinakam orif odamlar sifatida asl holida

o‘qimoqlikka kirishdik. Ko‘nglimiz to‘la muhabbat va hayrat. Bobolardan meros

qolgan ma’rifiy xazinalar shu qadar shukuhliki, dabdurustdan ko‘z qamashib qolishi

hech gap emas. Ammo qamashgan ko‘z bilan bu xazinalar kalitini topib bo‘lmaydi.

Moziy kitobining go‘zal va yarqiroq sahifalarigagina mahliyo bo‘lib, sarg‘aygan,

nursiz varaqlarini bepisand tashlab o‘tib ketib bo‘lmaydi. Chunki yaxshimiyomonmi,

shonlimi-shonsizmi, bu – bizning ajdodlarimiz qismati, bosib o‘tgan

yo‘limizdir. Chunki bu kitobda raqam etilgan hatto juz’iy hodisot zamirida ham bir

sir, bir xikmat mujassam. Shu bois undagi har bir satr, har nuqta birdek quntu e’tibor

berib o‘rganmoqlikka, tahlil va tadqiq qilib, tarixiy xulosalar chiqarmoqlikka

sazovor.

Tarix – tafakkur dengizidir. Bu dengizning goh asov, goh sokin to‘lqinlari

ruhiyatingizni turli xil hissiyotlarga g‘arq qiladi. Zamon gardi qo‘ngan, ne-ne

nasllarning dardu armonlari, quvonch-shodliklari, alam-anduhlari jo bo‘lgan ko‘hna

qo‘lyozmalarni mutolaa qilar ekansiz, yurak ba’zan bu tarixiy yukni ko‘tarolmay

qoladi. Jannatmakon ota-bobolarning chigal taqdirlari, ularning boshidan kechmish

qonli fojialar, o‘zaro adovat va nizolar, ona Vatanning taraqqiy va tanazzul topgan

davrlari o‘zining shafqatsiz haqiqati, hayajonli tafsilotlari bilan kishini larzaga

soladi.

(Xayriddin Sulton. Haqiqat jamoli.T., 2019)

89


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant №2

Amir Temur buyuk faoliyat kishisi

Insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini

tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga xukmronlik qilgan jahongir bo‘lsa-da, kuchqudrat

zo‘rlik, zo‘ravonlikda emas, aksincha, kuch – adolatda ekanini teran

anglagan. Shu o‘lmas haqiqatni umr bo‘yi boshqalarga ham anglatishga intilib

yashagan. Shu bois ham, uning mamlakatdorlik siyosati “Kuch – adolatdadur” degan

oliyjanob shiorga asoslangan.

Buyuk davlat arbobi o‘laroq, Amir Temur tarqoq mamlakat va o‘lkalarni

birlashtirib, ulkan saltanat barpo etdi. O‘z zamonasi, o‘sha davrdagi tarixiy vaziyat

imkon bergan darajada turli millat va el-elatlarni jipslashtirish, bahamjihat qilish,

odamlar o‘rtasida totuvlik va adolat o‘rnatishda intildi. O‘zaro fitna-nizolar, diniymilliy

adovatlarni, nohaq jabru zulmlarini ezgu amallar bilan bartaraf etishga

tirishdi.

Harbiy mahorat, davlat qurilishi, diplomatiya, qonunchilik borasidagi

olamshumul yutuqlarining xar biri ulkan tabqiqotlarga mavzu bo‘lishga arziydi.

Uning ilm-fanga, madaniyat va diyonat ahllariga nisbatan ko‘rsatgan cheksiz mehrmuruvvatlari

tarixiy jixatdan, ayniqsa, ibratlidir. Qadim Turon diyorida, ulug‘

bobomizning qadami yetgan boshqa o‘lkalarda mag‘rur qad rostlab turgan

mo‘jizaviy obidalarning bosh me’mori , bosh bunyodkori ham aslida Amir Temur

xazratlaridir. Aytish mumkinki, bu go‘zal obidalarning xalqimiz insoniy salohiyati,

ijodiy tafakkurning dunyoviy miqyosidagi yetuklik shahodatnomasidir.

Temur bobomizga qo‘yilgan yodgorlikning mustaqillik bayrami arafasida

ochilgani, shubhasiz, o‘ziga xos ramziy bir ma’noga egadir. Zero, Amir Temur

faoliyati – ruhi istiqlolimiznig ma’naviy poydevoridir.

Ko‘hna yurtimizda kamol topgan va dunyoga tanilgan buyuk insonlar shu

qadar ko‘pki, agar har birining tavallud kunlarini alohida-alohida nishonlaydigan

bo‘lsak, bir yilning uch yuzu oltmish besh kuni ham yetmasligi shubhasizdir.

Vatanimiz bilan har qancha iftixor etsak arziydi. (252 ta so‘z)

90


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant № 3

Ilm — aql nuridir

Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar

rivoj topgani bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor

o‘sha davlatning ertangi kunini belgilab beradi. U insonlarni borliqni his etish,

voqelikni idrok etish, ma’naviy va moddiy olamni anglashga, tafakkurini

shakllantirishga undaydi. Ilm yashash chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi,

yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi. Ziyoli insonlar jamiyatning

yetakchilari hisoblanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

«Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir», deya marhamat qilganlar. Beshikdan

to qabrgacha ilm egallashga intilish mo‘min kishining hayot tarzi bo‘lishi kerak.

Bilim to‘g‘risida xalqimizning ham juda ko‘p maqol va iboralari mavjud.

Bilim olishning erta-kechi bo‘lmaydi, deydi dono xalqimiz. “Ilm olish igna bilan

quduq qazish”, deb bekorga ta’kidlanmaydi. Ilm cheksiz olam, tubsiz quduqdir. U

chek-chegarasiz, uni to‘liq egallashga umrlar yetmaydi, keragini o‘qish ilm

sohibining mahoratiga, tajribasiga, sabr-toqatiga va albatta ustozu muallimlar

ko‘rsatmalariga bog‘liqdir.

Ma’rifatga ega bo‘lmay turib maqtanish bu jaholatdir. Shuning uchun donolar

aytadiki, ilm egarlangan otdir, bilganga do‘st, bilmaganga dushmandir. Ilmli

insonlar yashaydigan, istiqomat qiladigan, faoliyat yuritadigan makonlar charog‘on

hisoblansa, ma’rifatsizlar makoni, ularning istiqomat manzili zimistondir. Ilmli

insonning so‘zi ravon, aniq va tushunarli bo‘ladi, ilmsiz odamda ishonchsizlik

kuchli bo‘lib, nutqida mavhumlik ko‘proq bo‘ladi. Johil kimsa aniq bir manfaatni

ko‘zlab ilm yo‘lida yursa-da, manfaatga erishganidan so‘ng shu ilmga sodiqlikni

yo‘qotadi, ilmning sof fazilatlarini soxtalashtirib, yangi foyda sari odimlaydi.

Bunday insonlardan barcha yiroqda yurishni lozim deb biladi.

Ilm chegarasiz ummondir. Shuni ham ta’kidlash muhimki, ma’rifatli

bo‘laman, o‘zi uchun, oilasi uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun ilm o‘rganaman degan

inson, avvalo, o‘z ustida izlanmog‘i lozim. (254 so‘z)

91


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant № 4

Ajdod tili, avlod tili — Davlat tili!

Mutaxassislarning fikricha, jahon ahli bugungi kunda 7000 dan ziyod tilda

gaplashar va, buni qarangki, ularning faqatgina 200 ga yaqinida davlat tili yoki rasmiy til

maqomi mavjud. Agar mubolag‘a bo‘lmasa, bugungi kunda Yer yuzida 50 millionga yaqin

aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu raqamlar Ona tilimizning umrboqiyligini mustahkam

belgilab turuvchi omillardan so‘zlaydi, albatta.

Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q» degan ibora bor. Nega deysizmi,

chunki biz dunyolarga dars bergan buyuk ajdodlarimizning mutloq merosxo‘ri bo‘la turib,

ya’nikim, O‘zbekiston atalmish obod diyorda farovon hayot kechirib, yurt tuprog‘i

sog‘inchi, tildoshlar va eldoshlar sog‘inchi nima ekanligini his qilmagan holda

umrguzaronlik qilib kelmoqdamiz. Endi tasavvurga ham bir erk berib ko‘ring: qanchadanqancha

o‘zbeklar ayni paytda yer yuzining turli nuqtalaridagi boshqa mamlakatlarda

boshqacha tutumda hayot kechirib kelishmoqda. Ammo ularning aynan o‘z tiliga bo‘lgan

ehtiromi ba’zan bizni uyaltirib qo‘yadigan darajada butunlay o‘zgacha.

Bosh Qomusimizning 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili

o‘zbek tilidir», deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, hech bir tildan kam bo‘lmagan go‘zal Ona

tilimiz o‘z zabonimizga to‘laqonli qaytarib berilganiga va erkimiz quyoshi boshimizda

porlab turganiga ham nari-berisi bilan 32 yil to‘ldi.

Ma’rifat fidoiysi Abdulla Avloniyning «Hifzi lison» maqolasida mana shunday o‘tli

so‘zlar qayd etilgan: «Milliy tilni yo‘qotmak — millatning ruhini yo‘qotmakdir...»

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini

tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va

qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy

etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish,

davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til

siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda

istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 21 oktabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5850-son Farmoni hamda 2020 yil 20 oktabrda

«Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-sonli Farmonlari qabul qilindi. Farmon ijrosi

yuzasidan davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili

sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining

nutq madaniyatini oshirish kabi qator ishlar belgilab qo‘yildi.

Dunyoda qancha til bo‘lmasin, avvalo u o‘sha millatning ruhini, davlat belgisini

anglatib turadi. Har bir til, aynan, davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va

ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi bilan

chambarchas bog‘liqdir. Davlat tili –milliy g‘urur timsoli! (372 ta so‘z)

92


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant №5

Abdulla Qodiriy – ulug‘ ajdod

Abdulla Qodiriy – o‘zbek xalqining milliy mustaqilligi uchun jonini fido

etgan ulug‘ ajdodimizdir. Ehtimol, o‘zbek ziyolilari ichida hech bir zot istiqlol

kunlarini, istiqlol saodatini bu mumtoz siymo singari zoriqib kutmagan bo‘lsa...

“O‘tgan kunlar”ning mard qaxramoni Otabek bizni qayg‘uli ishq qissasi

bilangina maftun etib qolmaydi. Balki Vatan ozodligi yo‘lida, yurt erkinligi yo‘lida

shahid bo‘lishi bilan ham qalblarimizni larzaga soladi. Shu tariqa, uning nurli

tiynatiga nisbatan ko‘ngillarda ham hazin, ham yorug‘ ehtirom paydo bo‘ladi.

Muazzam asardagi asosiy boblardan biri “Istiqlol dardi” deb ataladi. Zukko kitobxon

buning zamiridagi nozik va teran ma’noni yaxshi anglaydi.

Ma’lumki, Abdulla Qodiriy ijod etgan yillar xalqimiz boshi uzra qatag‘on

qilichining dami yaqinlashib kelayotgan mash’um kunlar edi. Ana shunday mudxish

bir sharoitda, qonsiragan jallodlarning oyboltasi ne-ne aziz boshlarni sapchaday uzib

turgan bir vaziyatda, Qodiriy o‘limning ko‘ziga tik qarab, haqiqat va adolat so‘zini

ayta bildi.

Olamdagi yagona, tengsiz boyligimiz – ona Vatanimiz saodati deb aziz

umrini, beqiyos iste’dodini qurbon qilgan yuzlab minglab qodiriylarning intilishlari

besamar ketmadi. Ularning o‘lmas asarlari, ibratli shaxsiyatlari bugungi istiqlol

kurashchilari va bunyodkorlarining yangi-yangi avlodlarini tarbiyalab voyaga

yetishtirdi. Va bu - buyuk ma’naviy jarayon uzluksiz davom etishi shubhasizdir.

Xalqi deb, yurti deb jonini bergan, azob-uqubatlarga duchor bo‘lgan ulug‘

insonlarning qadriga yetish, izzat-ikromini joyida qo‘yish ulkan ma’rifat va

haqgo‘ylik belgisidir.

Biz ko‘pincha Vatan haqida, haqiqat va adolat haqidagi balandparvoz gaplarni

aytamiz-u, afsuski, ular zamirida oddiygina shaxsiy yoki guruhbozlik manfaatlari

yotgan bo‘ladi. Biz, toki bu mayda tuyg‘ulardan, nomarg‘ub xislatlardan xalos

bo‘lolmas ekanmiz, millat va xalq sifatida taraqqiy topmog‘imiz mushkul

kechaveradi.

Shu ma’noda Abdulla Qodiriy shaxsiyati bizga hamisha buyuk bir o‘rnak

isbotidir. (250 ta so‘z)

93


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant № 6

Ijodkorlarning «yulduzli onlari»

Har bir ijodkor hayotida bir umrga arzigulik mo‘’jizakor lahzalari bo‘ladi.

Bunday laxzalarda ijodiy xayol ilhomning buyuk qudrati tufayli zamindan osmon

qadar yuksalib ketadi. Mumtoz san’at asarlari aksariyatining asosi ana shunday

damlarda yaralgan. Odatda bunday daqiqalarni shoirona lutf bilan «ijodning yulduzli

onlari» deb ataydilar.

Deylik, ulug‘ Alisher Navoiyning intihosiz hasrat bilan zanjirband sher

tasvirini qog‘ozga chekayotgan lahzalarini yoki Aleksandr Sergeyevich

Pushkinning «G‘aroyib ul lahza yodimda hanuz...» degan o‘lmas misralarni

bitayotgan chog‘dagi holatini ko‘z o‘ngiga keltirishning o‘ziyoq kishini cheksiz

hayratga va shu qadar cheksiz hayajonga soladi. Abdulla Qodiriy Kumush vafotiga

ko‘z yosh to‘kib o‘tirgan damlari, G‘afur G‘ulom esa «Sen yetim emassan!» degan

dardli, haroratli satrlarni yozgan kezlarida qalbida ne ne bir g‘alayonlar kechganini

taxminan bo‘lsa-da, taxmin qilsak-da, tasavvur qilish mushkul. Ammo oradan oylar,

yillar o‘tib, biz boshqa bir ijodkor idroki orqali o‘sha saodatli onlarning asl

mohiyatidan, ruhiy-hissiy mazmunidan chinakamiga voqif bo‘lamiz.

Bu asarlarning barchasida mazkur ijodkorlarning aynan «yulduzli onlari»

mahorat bilan tasvir etilgan. Ularning har biri alohida uslubda ishlangan, ayricha

kompozitsion yechimga ega, biroq yaxlit, yagona bir tuyg‘u bu tasvirlarga

mushtaraklik baxsh etib turibdi: ijodiy bedorlik. Ruhiy navqironlik. Fikriy shijoat.

Teran badiiy idrok etilgan bu uch fazilat tufayli biz o‘sha ilhombaxsh lahzalar

zamirida bir umrga arzigulik ma’no, mazmun mujassam bo‘lganini anglaymiz. Shu

tariqa ijodkorning sehrli qilqalami lahzaga abadiylik bag‘ishlaydi, hayotning oddiy

bir daqiqasini o‘zgacha shukuh, o‘zgacha joziba bilan to‘ldiradi.

Har bir ijodkor madaniyatimiz tarixiga o‘z nomini mashaqqatli mehnati,

so‘nmas ijodi bilan kirib keladi, o‘z nomini qoldiradi. Ularning o‘lmas ijodlari –

«yulduzli onlari» lentalariga muhrlanadi.

94


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant № 7

Baxt ...

Baxt nima ... Baxt – aslida bu boylik ham emas, uy joy yoki mashina-yu temir

tersak, tilla-yu mato ham emas... Baxt - bu inson bo‘lib yaralganing, odam farzandi

ekanliging... Baxt - bu kuzdagi nurning porlashi... Baxt - qo‘l va oyoklarimizning

sog‘lomligi va bizga itoat etayotganligi... Baxt - bu aklimizning ongli tafakkurdagi

faoliyati... Baxt - bu yurtimiz tinchligi, xotirjamligi, kelajakka umidimiz...

Lug‘atlardagi baxt — ma’naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati

natijalaridan, hayotda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan to‘la qoniqishi, yashash tarzidan

mamnunligi, muayyan maqsadga yetganligi, orzu-umidining ushalishi, bearmonlik

holati sifatida namoyon bo‘ladi. Baxt falsafaning asosiy tushunchasidir. Uning

vakillari baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar intiladigan masrurlikka

erishilgan holatning, shod-xurram bo‘lishning eng oliy ko‘rinishi sifatida

qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy,

Beruniy, Ibn Sino, Sa’diy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu

muhim o‘rin egallagan. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham bu mavzuga katta

e’tibor berilgan. Baxt nisbiy tushuncha, mutlaq baxt yo‘q. Baxtni qanday ma’noda

tushunish shaxsning ijtimoiy o‘rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog‘liq. Baxt

haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar

majmuasi bilan uzviy bog‘liq. Chinakam Baxtli bo‘lish uchun har bir shaxs erkin,

teng, o‘z iste’dod va qatiyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va ma’naviy

ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i zarur. Shuningdek, Baxtga

erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topgan, burch va

mas’uliyatni anglagan bo‘lishi lozim. Odam o‘z ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xattiharakati,

xulqi, aql-zakovati bilan baxtli bo‘lish uchun intilishi va kurashishi kerak.

Inson o‘z taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uyg‘unlashtirgandagina to‘la

baxtli bo‘lishi mumkin. O‘z taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan bog‘laganlar esa –

mard insonlar sanaladi.

95


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Diktant o‘tkazish

MЕTODIKASI

1. Talabalarga o‘qib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 250 — 300 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.

2. Kafedra a’zolari tomonidan talabalarga diktant matni bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib

eshittiriladi. Diktant matni to‘liq o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga

tayyorlanadi.

3. Diktant yozish boshlanganda kafedra a’zosi diktant matnini sekin birma-bir o‘qib beradi.

Bunda 1 ta gap o‘qib eshittiriladi va talaba o‘qib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.

4. O‘qib eshittirilgan gapni talabalar yozib bo‘lganidan keyin ushbu gap kafedra a’zosi tomonidan

yana bir marotaba o‘qib beriladi.

Diktantni baholash

MЕZONLARI

1. Talabalar tomonidan yozilgan diktant «5» ballik tizimda baholanadi.

Diktant:

1 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — «5» ball bilan

baholanadi;

3 tadan 7 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — «4» ball

bilan baholanadi;

7 tadan 10 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — «3» ball

bilan baholanadi;

11 ta va undan ortiq orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — «2»

ball bilan baholanadi.

Talaba diktant varog‘ini yozilmagan bo‘sh holda topshirganda, u «0» ball bilan baholanadi.

2. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi:

5 ta o‘rinda «h» yoki «o‘» harflari o‘rnida tegishlicha «x» yoki «u» harflari yozilgan bo‘lsa, belgi

qo‘yishda boshqa belgi ishlatilsa;

kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion xatolikka yo‘l

qo‘yilgan bo‘lsa;

qaratqich belgisi 3 tagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa.

3. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:

tasodifiy xatolar (masalan, «tushunmoq» so‘zi barcha keyingi o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa);

takroriy xatolar (masalan, «qutulmoq» so‘zi 5 tagacha o‘rinda «qutilmoq» tarzida qo‘llanilgan

bo‘lsa);

so‘z ko‘chirishdagi xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa (masalan, voqe-a yoki oktya-br);

ayrim atamalarning yozilishidagi xatolarga yo‘l qo‘ysa (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota,

Yunusobod — Yunus-obod).

4. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi.

5. Diktant talabaga qulay bo‘lgan alifbo (kirill, lotin)da yozilgan bo‘lsa xato sanalmaydi. Rus

guruhi uchun faqat rus tilidagi matn o‘qib eshittiriladi va ular kirill alifbosida yozib topshiradilar.

96


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

“Yuristlar uchun o‘zbek tili” modulidan oraliq nazorat uchun muammoli vaziyat

(namunaviy kazuslar)

№ Oraliq nazorat uchun muammoli vaziyat (kazus)

1. Bugungi kunda o‘smirlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar arzimagan sabablar

bilan sodir etilmoqda, uning oldini olishning yagona yo‘li bu ota-onalarda

mas’uliyat hissini oshirishdir. Bu fikrga qo‘shilasizmi? Shu asosda matn yozing.

2. Tasavvur qiling, muhim topshiriq yuzasidan siz Termezga poyezdda ketyapsiz.

Kupeda 2 ta yo‘lovchi bor. Ular o‘zbek tilini o‘rgangan xorijlik sayyohlar. Ular

Sizga murojaat qilib borayotgan manzili haqida ma’lumot so‘rashdi. Siz ular bilan

muloqotga kirishmoqchisiz. Ular bilan tanishishga harakat qiling hamda

Termezdagi tarixiy maskanlar haqida ma’lumot bering. Shu asosda matn yozing.

3. Tasavvur qiling, siz samolyotda Moskvaga uchyapsiz. Siz bilan birga uchayotgan

boshqa millatga mansub ayol sizga bir necha marotaba murojaat qildi. Biroq siz

tilni mukammal bilmaganingiz bois o‘zingizni noqulay his etayapsiz va u ayol bilan

tanishish mushkulligini anglayapsiz. Ayting-chi, bugungi kunda yoshlar bilishi

lozim bo‘lgan tillar qaysi va tillarni o‘rganishning ahamiyati qanday? Shu asosda

matn yozing.

4. Tasavvur qiling, siz Turkiyada xalqaro talabalar konferensiyasida qatnashyapsiz.

Konferensiyaning har bir ishtirokchisi ma’ruzasining avvalida o‘z davlati haqida

to‘liq ma’lumot berib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sifatida davlat

tuzilishi, ramzlari hamda qisqacha tarixiy shaharlari haqida yozma matn yarating.

5. Siz universitetga o‘qishga kirdingiz. O‘qishning birinchi kuni kursdoshlaringiz

bilan tanishishingiz kerak. Siz bilan bir stolda yonma-yon o‘tirgan talaba yigit yoki

qiz bilan tanishing. Suhbat davomida salomlashish, tanishish va murojaat qilish

formulalaridan foydalaning. Shu asosda dialogik matn yozing.

6. XXI asr yoshlarining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: internet,

Instagram, televizor, do‘stlar va mashhurlar hayoti. Har qanday holatda oilaning

ta’siri ikkinchi o‘ringa tushib qolmoqda. Har qanday holatda oila muhim ekanini

unutmaslik lozim. Ushbu qarashlarni muhokama qiling va o‘z fikringizni bildiring.

Shu asosda muhokama matnini yozing.

7. Odamzod yaralibdiki, tezkor rivojlanish va integratsiya ekologiyaga ta’sirini

o‘tkazdi. Ayrimlar odamlarning sayyoramizga zarar yetkazishini to‘xtatish

imkonsiz deb o‘ylaydi, boshqalar esa xatti-harakatlarimizni o‘zgartirib, kelajakda

zararlanishning oldini olishimiz mumkin degan fikrda. Har ikki fikrni ham

muhokama qiling va fikringizni bildiring. Shu asosda matn yozing.

8. XXI asr globallashuv va taraqqiyot asri bo‘lib, barcha jabhalarda texnologiyalar

insoniyatga qulayliklar yaratmoqda. Bugungi kunda mamlakatlarda odamlar

internet orqali ish topishni ma’qul ko‘rishadi. Bu holat orqali ayrim odamlarimiz

97


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

ko‘pincha odam savdosi vaziyatiga tushib qolishmoqda. Ushbu holatning ijobiy va

salbiy tomonlarini ko‘rsating. Shu asosda matn yozing.

9. Hozir ko‘pchilik spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash jinoyatchilikni keskin

kamaytiradi degan fikrda, chunki aksariyat jinoyatlar spirtli ichimliklarni iste’mol

qilish sababli sodir etilmoqda. Ta’qiqlash - jinoyatchilikka qarshi samarali chora

deb o‘ylaysizmi? Qanday yechimlarni taklif qilasiz? Shu asosda matn yozing.

10. Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar va qarovsiz qolgan bolalar orasida

huquqbuzarliklar, jinoyatchilikning ortishiga – avvalo, ommaviy axborot

vositalaridagi zo‘ravonliklar haqidagi xabarlar sababchi, degan mulohazalar

mavjud. Bu fikrga qo‘shilasizmi? Vaziyatni hal qilish uchun qanday yechimlarni

taklif qilasiz? Shu asosda matn yozing.

YN uchun mantiqiy matn savollari

1. Fikr izohini yozing:

Dunyoda hech qanday chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur

sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu – Ona mehri!

2. Fikr izohini yozing:

«Poraxo‘rlik qilgan kishi dinimizda la’natlangan» deyiladi, ammo aynan shu

ishni qilib yurgan odamlar buni eshitsalar ham, beparvolik qilishadi.

3. Quyidagi fikr izohini yozing:

E’tibor berganmisiz: qaldirg‘ochlar fayzsiz, noahil xonadonga hech qachon in

qurmaydi. Goho qaldirg‘och odamdan aqlliroqmikin, deb o‘ylab qolaman. Siz–

chi bunga nima deysiz?

4. Quyidagi fikr izohini yozing:

«Onasini behurmat qilgan odam qo‘shni kampirni yaxshi ko‘raman desa,

ishonmayman. O‘z tilini, madaniyatini, tarixini hurmat qilmagan odam boshqa

xalqlarning tilini, madaniyatini, tarixini hurmat qilaman desa, ishonmayman»

(O‘. Hoshimov).

5. Fikr izohini yozing:

Poraxo‘rlik, ta’magirlik, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘luvchi, davlat

manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan illatdir. Buni anglagan inson borki,

vijdonsizlik qilmaydi, nafsiga qul bo‘lmaydi. Ammo...

6. Fikr izohini yozing:

Haqiqat - shu qadar shirinki, totib ko‘rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni

kuydiradi!

7. Fikr izohini yozing:

98


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Vatanparvarlikka o‘rgatadigan fan yo‘q. Vatanparvarlikning kitobi ham

bo‘lmaydi. Birovga «vatanparvar bo‘l», deb buyruq ham berib bo‘lmaydi. O‘zi

bu so‘zni avaylab ishlatish lozim.

Yillar, asrlar o‘tsa-da, bu tushunchaning mohiyati o‘zgarmaydi. Vatanparvarlik

haqida o‘ylaganimda shoirning «Yuragingga olov so‘rayman», degan satri

xayolimga kelaveradi. Ha, bugun ana shu o‘t, olov har doimgidan-da zarur.

Negaki matonat, mardlik atalmish tuyg‘ular ana shu olovdan hosil bo‘ladi.

Yoshlarimiz qalbida istiqlol yillarida ana shunday uchqun, olov paydo

bo‘layotganidan quvonasan, g‘ururlanasan, kishi. Bunday o‘tyuraklar, Vatan

taqdirini o‘z taqdiri, deb biladiganlar ertamizning munosib davomchilaridir.

8. Fikr izohini yozing:

Kiyik och qolmaslik uchun ko‘kat yeydi. Amma bir-birini o‘ldirmaydi. Sher och

qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o‘ldirmaydi. Odam ko‘katni

ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ko‘ngil hushi uchun sherni ham o‘ldiradi…

Keyin.. urush qilib, bir-birining boshini yeydi…ming afsus...

9. Fikr izohini yozing:

Darvinga e’tiroz... Darvin ta’limoti noto‘g‘ri. Odam maymundan emas, maymun

odamdan tarqagan. Oyog‘i yerdan uzilmaganlar odam bo‘lib qolgan. Oyog‘i

yerdan uzilganlar esa maymun bo‘lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon

hamon davom etmoqda…

10. Fikr izohini yozing:

Kecha - ibrat. Bugun - tajriba. Erta - qadamni to‘g‘ri qo‘yishga imkondir. Dunyo

shunday.. Yashaymiz..O‘rganamiz.

11. Fikr izohini yozing:

Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh –

universitet rektori (Albert Eynshteyn )

12. Fikr izohini yozing:

Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va

tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz

qachonlardir tushanadigan, bilib oladigan narsarni ham qamraydi.

13. Fikr izohini yozing:

Bizning dunyoimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani

uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun.

14. Fikr izohini yozing:

Aqliy o‘sish tug‘ilgandayoq boshlanishi va faqat o‘lim paytidagina to‘xtashi

kerak.

15. Fikr izohini yozing:

99


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

O‘zingni xursand qilishning eng yaxshi yo‘li – boshqa birovga quvonch baxsh

etishdir.

16. Fikr izohini yozing:

Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas,

maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak.

17. Fikr izohini yozing:

Biz muammoni yaratgan fikrlash tarzimiz bilan uni hal eta olmaymiz.

18. Fikr izohini yozing:

Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin

o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim.

Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan

idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.

19. Fikr izohini yozing:

Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan o‘tib

ketgan va hozir tirik bo‘lgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan.

Men ulardan olgan va olayotgan darajada o‘zimdan ma’naviy meros qoldirishim

kerak.

20. Fikr izohini yozing:

Tabiatga yaxshilab nazar soling, shunda ko‘p narsalarni chuqurroq anglaysiz.

21. Fikr izohini yozing:

Birinchi galda o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘rganib olish zarur. Shundan so‘ng

boshqalarga o‘xshamagan holda o‘ynay boshlaysiz.

22. Fikr izohini yozing:

Yozuvchi bo‘lishdan avval til bilguvchi yaxshi o‘quvchi bo‘lish kerak....O‘z

tilida fikrlay olmaydigan kishilar, o‘z tilida yoza olmaydigan «yozuvchilar», o‘z

tilida o‘qiy olmaydigan o‘quvchilar, o‘z tilida ilm yarata olmaydigan olimlar, o‘z

tilida va’z o‘qiy olmaydigan voizlar, o‘z tilida kuylay olmaydigan xonandalar

paydo bo‘ldi… San’atkorlarimiz, notiqlarimiz, ahli hunarmand, ahli fuqaro, ahli

hukamo va ahli fuzalo — o‘z tilida «bir nima» deya olmasa…afsus...

23. Fikr izohini yozing:

Tilning g‘aribligi — tafakkurning qashshoqligidan. Chamasi, tilni buzganligi

uchun jarima tayin etish kerak. Ana o‘shanda hozir turnaqator bo‘lib bosilib

chiqayotgan yuzlab kitoblar, risolalar taqqa to‘xtaydi. Odamlarning qulog‘i

tinadi. Qog‘oz tejaladi…

24. Fikr izohini yozing:

Axir, tabiatga qarang-a! Daryo «shovullaydi». Jilg‘alar «shildirab» oqadi.

Shabada — «g‘ir-g‘ir». Qushlarning «chug‘ur-chug‘uri» ham jonga rohat. Biz

100


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

ularning «tilini», «shevasini» tushunmaganimiz boisidangina buni — «chug‘urchug‘ur»

deb aytamiz. Aslida esa ularning ana shu «chug‘urida» bir dunyo

ohanrabo ohang va ma’no bor! Biz o‘zimizning kundalik tashvishimiz bilan

band, ularni eshitmaymiz, ilg‘amaymiz, farqlamaymiz, xolos. Chunki o‘zimiz

o‘zimizning kundalik sidirg‘a «chug‘urimizdan» ortmaymiz. Turfa tabiat,

shalola, gullar atri, parrandayu darrandalarga yo‘l bo‘lsin!

25. Fikr izohini yozing:

O‘z tilida xirgoyi qilish nimaligini bilmaydigan, o‘z tilida o‘z dilbandiga alla

aytolmaydigan, o‘z tilida duoyi xayr, duoyi bad aytolmaydigan, munojot, nido

qilolmaydigan va hatto o‘z tilida… tush ko‘rolmaydigan bir talay odamlar paydo

bo‘ldi!

26. Fikr izohini yozing:

Biz bola tarbiyasi, didni o‘stirish, o‘sayotgan niholga shakl berish, tabiatni

muhofaza qilish, o‘rmon, ko‘l, dengizlarni asrash haqida (kechikib bo‘lsa ham!)

o‘ylay boshladik. Yirtqichlar, baliqlar, kapalaklar, chuvalchanglar, shilliq

qurtlarni halokatdan qutqazish haqida qonunlar bor. Nega endi tilning sofligi,

beg‘uborligi, pokizaligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik yo‘q. Axir, til — ruhiy g‘izo,

insonning insonligi, uning mohiyati-ku!...

27. Fikr izohini yozing:

Zakovat o‘qish-o‘rganish emas, unga erishish yo‘lidagi harakatlar mevasidir.

28. Fikr izohini yozing:

Faqat aqlimga tayanganimda, birorta kashfiyot qila olmagan bo‘lardim.

29. Fikr izohini yozing:

Intuitsiya – ilohiy ne’mat, mulohazali aql – sodiq xizmatkordir.

30. Fikr izohini yozing:

Ommaga ergashgan odam undan o‘zib ketolmaydi. O‘z ongi bilan harakat

qiladigan kishi esa hech kimning oyog‘i yetmagan manzillarga bora oladi.

31. Fikr izohini yozing:

Kichik ishlarda haqiqatdan ko‘z yumadigan kishiga muhim ishlarni topshirib

bo‘lmaydi.

32. Fikr izohini yozing:

Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Uni faqat murosa bilangina qo‘lga

kiritish mumkin.

33. Fikr izohini yozing:

Men hech qachon kelajak haqida o‘ylamayman. Axir u shu yerda va hozirning

o‘zida ro‘y beryapti.

34. Fikr izohini yozing:

101


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil

kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik.

35. Fikr izohini yozing:

Haqiqiy bilim – kimningdir bilimsizligidan saqlanmakdir...

36. Fikr izohini yozing:

Fikrlamay ilm olmoq – behudalik; bilim bilan sug‘orilmagan tafakkur esa

xatardir.

37. Fikr izohini yozing:

Haqiqatni ko‘rmoq va unga intilmoq – yoki jasorat, yoki tarbiya mahsuli.

38. Fikr izohini yozing:

Kimki nokamtarlik bilan yolg‘on so‘zlar ekan, uning jimjimador so‘zlari faqat va

faqat musibat keltiradi.

39. Fikr izohini yozing:

Oliy odam uch holatda o‘zini saqlay oladi: yoshlikda hirsdan, kuchga to‘lganda

janjaldan, keksalikda ochko‘zlikdan.

40. Fikr izohini yozing:

Oliyjanob odam xavfsizlikda ham xatarni, to‘qlikda ham yo‘qlikni unutmaydi.

Tartib hukm surgan paytda tartibsizliklar bo‘lishini nazardan qochirmaydi.

Bunday odam zinhor xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani ham, xalqi

ham bexatar.

41. Fikr izohini yozing:

Agar odam jazodan qochish yoki mukofot olish uchungina tartib-qoidalarga rioya

qilsa, buning hech bir yaxshi jihati yo‘q.

42. Fikr izohini yozing:

Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab

ko‘rmagan bo‘ladi.

43. Fikr izohini yozing:

Yaxshi odam kim...? .... Qarz so‘rab borganingizda qarz bergan odammi?!

Yo‘q.! Holingizdan xabardor bo‘lib o‘zi yordam taklif qilgan odam… Hajga

bordim deb, hojilikka da’vo qilgan odam emas….yon atrofidagi beva

bechoralarga ozgina bo‘lsa ham ehson qilgan odam… Qurbonlikka qo‘y so‘yib,

badavlat do‘stlariga ulashgan odam emas...bir bo‘lakdan bo‘lsa ham, imkoni

boricha miskinlarga tarqatgan odam...

44. Fikr izohini yozing:

Bizni ezgu o‘y va amallarga yo‘llovchi yagona vosita – buyuk va ma’naviy

pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani o‘rgatishning yagona oqilona

yo‘li – misol keltirishdir.

102


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

45. Fikr izohini yozing:

Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil.

Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga

qarab ahamiyatlidir.

46. Fikr izohini yozing:

Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar

yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering.

47. Fikr izohini yozing:

Buyuk shaxslar go‘zal nutqlar vositasida emas, o‘z mehnatlari va ularning

natijalari orqali shakllanadi.

48. Fikr izohini yozing:

Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi.

Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona

va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.

49. Fikr izohini yozing:

Odam yosh bo‘lgan paytda yolg‘izlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari

uning ilhombaxsh kuchi ortadi.

50. Fikr izohini yozing:

Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi.

Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.

103


Yuristlar uchun o‘zbеk tili

MUNDARIJA

Kirish Muallifdan 3

Fan sillabusi Fan haqida to‘liq ma’lumot 4-15

№ 1 1-amaliy mashg‘ulot 16

№ 2 2-amaliy mashg‘ulot 20

№ 3 3-amaliy mashg‘ulot 24

№ 4 4-amaliy mashg‘ulot 28

№ 5 5-amaliy mashg‘ulot 34

№ 6 6-amaliy mashg‘ulot 38

№ 7 7-amaliy mashg‘ulot 43

№ 8 8-amaliy mashg‘ulot 48

№ 9 9-amaliy mashg‘ulot 53

№ 10 10-amaliy mashg‘ulot 59

№ 11 11-amaliy mashg‘ulot 65

№ 12 12-amaliy mashg‘ulot 70

№ 13 13-amaliy mashg‘ulot 74

№ 14 14-amaliy mashg‘ulot 78

Mulohaza Esse uchun matnlar 83

O‘qituvchi uchun Diktant yozish uchun matn va mezonlar 89

ON Oraliq nazorat namunalari 97

YN Yakuniy nazorat savollari 98

104

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!