11.06.2021 Views

UMUMIY PSIXOLOGIYA

O'quv qo'llanma

O'quv qo'llanma

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

UMUMIY

PSIXOLOGIYA

O‘quv qo‘llanma

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvmetodik

birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan

5210200 – Psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv

qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

Navbahor Umarova, Dilshod Arziqulov

Mas’ul muharrir Oybek Hayitov

0


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON DAVLAT

JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Umarova N.Sh., Arziqulov D.N.

UMUMIY PSIXOLOGIYA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rtamaxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvmetodik

birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan

5210200 – Psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT – 2018

1


UO‘K: 159,9

KBK – 15

Umumiy psixologiya: O‘quv qo‘llanma / N.Sh.Umarova, D.N.Arziqulov; Mas’ul muharrir

O.E.Hayitov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Fan va

texnologiya”, 2018. – 184 b.

Sarlavha oldida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston

davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; Navbahor Umarova, Dilshod Arziqulov

Bugungi kunda jadallik bilan rivojlanayotgan yangi davr har bir insondan chuqur psixologik

bilimlarni egallashini davr talabi sifatida taqozo etmoqda. Hozirgi kunda psixologiya fanining 300

dan ortiq sohasi alohida shakllangan bo‘lib, eng avvalo psixologiyaning tarmoqlari va ular

bajaradigan vazifalar, psixolog-Kim? degan savolga javob topishimiz, shu bilan birga shaxs

psixikasining namoyon bo‘lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, shaxsning individualpsixologik

xususiyatlarini bilish zarur bo‘ladi. Fan sifatida psixologiya bir qator fanlar bilan uzviy

bog‘liq bo‘lib, bu tom ma’noda uning jamiyatda amaliy ahamiyati ortib borayotganligidan darak

beradi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma 5210200 – Psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

mo‘ljallangan. Shuningdek ushbu o‘quv qo‘llanmadan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar ham

foydalanishlari mumkin.

Общая психология: Учебное пособие / Н.Ш.Умарова, Д.Н.Арзикулов; Ответственный

редактор О.Э.Хайитов; Министерство Высшего и Среднего Образования Республики

Узбекистан.– T.: “Fan va texnologiya”, 2018. – 184 с.

Заглавие: Министерство Высшего и Среднего Образования Республики Узбекистан,

Узбекский государственный университет физической культуры и спорта; Навбахор Умарова,

Дилшод Арзикулов

В сегодняшние дни, развивающие с прогрессом, новая эра требует с каждого человека

иметь психологические знание как требование времени. В настоящие время в психологии

развилось более 300 отраслей, и эти отрасли отвечают на вопросы Психолог – это Кто? и они

какую задание выполняют, а также изучает влияние психических явлений: психический

процесс, психические состояние, индивидуально-психические особенности на развитии

личности. Психология как наука связанно с другими развивающими науками, а это

показывает, что психология в социуме играет важнейшую роль.

Это учебное пособие предназначенный для студентов по направлению 5210200 –

образование Психология (спорт). Также можно с этого учебного пособие пользоваться

студенты интересующейся психологии.

General Psychology: The manual / N.Sh.Umarova, D.N.Arziqulov; Responsible editor

O.E.Khayitov; The Ministry of higher and secondary special education Republic of Uzbekistan. – T.:

“Fan va texnologiya”, 2018. – 184 p.

Before headhine: The Ministry of higher and secondary special education Republic of

Uzbekistan, Uzbek State University of Physical Education and Sport; Navbahor Umarova, Dilshod

Arzikulov

Today’s faster, developing century is required that getting deply psychological knowledge as

centuries demand from each person. Nowadays, more than300 branches of psychology are formed,

firstly its fields and their tasks, we should not only find out the answer for the questions “Who is a

psychologist?”, but also we should know appearing forms of person’s psychology: psychic period,

psychological conditions, personal psychological pecuharities. Psychology is means that its

importance is getting rise in society.

Present manual is devoted to the student of 5210200 Psychology (sport) Education activity.

Mas’ul muharrir:

Taqrizchilar:

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent O.E.Hayitov

psixologiya fanlari doktori D.G.Muxamedova

pedagogika fanlari nomzodi, professor Z.G.Gapparov

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.X.Lutfyllaeva

2


Kirish 4

I qism

PSIXOLOGIYA FAN SIFATIDA

1.1. Yangi davr va psixologiya 6

1.2. Psixologiya fanining dolzarbligi 10

1.3. Sport psixologi faoliyatining xususiyatlari 13

1.4. Sport psixologi-tadqiqotchining faoliyati oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar 22

1.5. Psixologiya fanining predmeti 25

1.6. Psixologiyaning tarmoqlari 29

1.7. Psixologiya fanining metodlari 34

II qism

PSIXIKANING EVOLYUTSION TARAQQIYOTI

2.1. Nerv sistemasining tuzilishi 55

2.2. Markaziy nerv sistemasi 65

2.3. Psixika haqida umumiy tushuncha 74

2.4. Inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy tabiati 82

2.5. Ontogenezda inson psixikasining rivojlanishi 91

2.6. Faoliyat haqida umumiy tushuncha 97

III qism

SHAXS PSIXOLOGIYASI

3.1. Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi 107

3.2. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari 111

3.3. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli 116

3.4. Shaxsning oʻz-oʻzini anglashi va Men-kontseptsiyasi 118

IV qism

PSIXIK JARAYON: TASNIF, XUSUSIYAT, QONUNIYATLAR

4.1. Bilish jarayonlarining qisqascha tasnifi 123

4.2. Sezgi va idrok psixik jarayonlarning boshlangʻich holati ekanligi 125

4.3. Sezgilarni klassifikatsiyasi 128

4.4. Idrok haqida tushuncha 134

4.5. Pertseptiv obrazni tashkillashtirish 140

4.6. Tasavvur haqida tushuncha 145

4.7. Xayol haqida tushuncha 147

4.8. Diqqat haqida tushuncha 152

4.9. Diqqatning asosiy xusisiyatlari 155

4.10. Diqqat turlari va funktsiyalari 157

4.11. Xotira haqida umumiy tushuncha 159

4.12. Tafakkur toʻgʻrisida umumiy tushuncha 169

Umumiy psixologiyadan praktikum 178

Glossariy 202

3


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga yigirma yetti yil

to‘ldi. Mustaqillik fan, madaniyat va sport sohasining rivojlanishiga keng yo‘l

ochib berdi. Ayniqsa, u maorifni rivojlanishiga, birinchi navbatda, oliy ta’limning

yuksalishiga keng imkoniyatlar ko‘lamini ochdi.

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan bur davr, insonni mustaqil

fikrga ega shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib,

o‘zi uchun kerakli xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu keng olamda

biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila

olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz.

Prezidentimiz Sh.Sh. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantiris bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risi”dagi PF-4947-son farmonida

nazarda tutilgan ko‘rsatmalari va talablarining hayotga bosqichma-bosqich tadbiq

Yoshlarning ongu tafakkurini

ma’rifat asosida shakllantirish va

tarbiyalash eng muhim vazifadir.

Sh.Mirziyoyev

etilishi barkamol avlodni tarbiyalash samaradorligini

borgan sari kuchaytirmoqda.

Oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali

xodimlarni yetishtirish jarayonida psixologiyaning roli va o‘rni beqiyosdir.

Umumiy psixologiya fani yordamida inson psixikasining o‘ziga xos xususiyatlari

haqidagi to‘liq ma’lumotlar to‘plash imkoniga ega bo‘lish mumkin. Zamonaviy

psixologiya hozirgi kunda kishining individual-psixofiziologik va individualpsixologik

xususiyatlarini aniqlash, o‘rganish borasidagi tadqiqotlarni olib

boruvchi fandir. Shuningdek, u psixologik amaliyotning ham alohida sohasi

sanalib, psixologning undagi vazifasi shaxsdagi psixik, psixofiziologik

xususiyatlarining individual ko‘rinishlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi.

Umumiy psixologiya zamonga xos tarzda yangi bilimlar bilan jadal

rivojlanib borayotgan, jamiyat uchun kerak bo‘lgan ilmiy fandir. Psixologiya

(sport) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar o‘z faoliyatlarida psixologik

bilimlardan samarali foydalanishlari lozimligi bugungi kunning dolzarb

4


muammolaridan biridir. Chunki psixologiya yordamida shaxsning aqliy

imkoniyatlari, shaxsiy xususiyatlari, undagi ijtimoiy-psixologik ta’sir omillarini

o‘rganish orqali, har qanday faoliyat jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, uchraydigan

kamchiliklarni tuzatish, profilaktik hamda psxokorreksion ishlarini olib borish

imkoniyatini yaratish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5210200 – Psixologiya (sport) ta’lim

yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Umumiy psixologiya” fani bo‘yicha

tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma olam, jamiyat va insonni o‘rganishdagi

psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligini yoritib beradi. Talabalarning

dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o‘rganish

ehtiyojining mavjudligi, inson psixologiyasining umumiy psixologik

qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami

orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamni psixologik tahlili, psixologik

hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib

borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligi bilan xarakterlanadi.

Ushbu qo‘llanma orqali talabalar umumiy psixologik bilimlarni nazariy

asoslarini, hayotidagi psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini,

shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq etish ko‘nikmasini

hosil qilishlari mumkin.

Dotsent Oybek Hayitov.

5


I qism.

PSIXOLOGIYA FAN SIFATIDA

“Fan – amaliyotga!” degan

1.1. Yangi davr va psixologiya

tamoyil bugungi kunda har

qachongidan ham dolzarb masalaga

aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran

anglashga o‘rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayoni qator tatbiqiy vazifalarni

amalga oshirishni taqozo etadi.

Ilmu-fan taraqqiyotining uzoq davriga nazar tashlasak, olimlar va

tadqiqotchilar ko‘proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni

sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga

urinishlar ko‘proq uchraydi. Lekin bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson

tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang

tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar

zarur. Zero, mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan

shuni talab qilmoqda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri –

yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik

munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda

psixologiyaning o‘rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va

amaliy psixologiya doirasida ushbu vazifani amalga oshirish yo‘llarini topish

uchun yangi davr psixologiyasining asosiy tatbiqiy yo‘nalishlarini belgilash

maqsadga muvofiq sanaladi.

Ilmiy manbalarda keltirilishicha, psixologiya fan sifatida 4-bosqichli

rivojlanish yo‘lidan o‘tgan.

1-bosqichda – psixologiya jon-ruh ta’limoti sifatida o‘rganilgan. Bu

psixologiyada bundan ikki ming yil oldin shkillangan bo‘lib, unda jon-ruh

insoniyatni boshqaruvchi kuch sifatida talqin qilingan.

2-bosqichda – psixologiya ong haqidagi fan sifatida o‘rganila boshlangan.

6


VII asrda tabiiy fanlarning rivojlanishi bilan bu qarash yuzaga kelgan. O‘ylash, his

qilish va xohish-istaklar ong deb yuritila boshlangan.

3-bosqichda – psixologiya xulq-atvot to‘g‘risidagi fan sifatida talqin qilina

boshlangan. Ushbu qarashlar natijasida XX asrga kelib psixologiyaning vazifasi

sifatida ko‘rish mumkin bo‘lgan darajadagi holatlarni, ya’ni xulq-atvor, odatlar va

inson reaktsiyasini (bunda motivlar, faoliyatga undovchi odatlar nazarda

tutilmagan) kuzatish va ular ustida eksperimentlar o‘tkazish belgilangan.

4-bosqichda – psixologiya psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini, namoyon

bo‘lishini va mexanizmlarini o‘rganadigan fan sifatida yuzaga kela boshlagan.

Xo‘sh yangi davr psixologiyasi nima va u klassikadan qanday farqlanadi?

Psixologiya nima?

psixologiyaning negizi nima?

psixologik ilmlarning rivojlanishi qanday kechgan?

zamonaviy psixologiya nima?

psixologiyaning dolzarb savoli nima?

psixologiyaning 3 asosiy bosqichi qanday?

qachondiram turli millat odamlari, turli jins vakillari orasida qanday harakat qilish haqida

o‘ylab ko‘rganmisiz? Biz ulardan qaysi jihatlarimiz bilan farq qilamiz va o‘xshaymiz?

qachondiram yarim kechasi uyg‘onib ketib, nima uchun bunaqa “ahmoqona” tush

ko‘rganingiz haqida hech qiziqqanmisiz? Nima uchun biz tush ko‘ramiz?

qachondiram 6 oylik chaqaloq bilan “peekabo” o‘ynaganmisiz? Nima uchun bola bu

o‘yinga qiziqadi?

biror marta asrandi bolalar maktabi (mehribonlik uylari) qanday bo‘lishiga

qiziqqanmisiz? Ba’zi odamlar aqlli bo‘lib tug‘ilishadimi?

qachondiram depressiyaga tushganmisiz yoki o‘zingizni har doim yaxshi his qilganmisiz?

Kayfiyatimizning yaxshi yoki yomon bo‘lishiga nima ta’sir ko‘rsatadi?

Internet video o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar insonlarga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylab

ko‘rganmisiz? Bugungi elektron vositalar o‘ylarimizga qanday ta’sir etadi?

Psixologiya shu kabi savollarga javob izlaydigan fan hisoblanadi.

Manba: David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth

Publishers, 2013. – P. 2

Adabiyotlar tahliliga qaraganda, psixologiya fani sohasida mukammal

tarzdagi darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 180 yil bo‘ldi. Shu davr ichida

juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar,

7


qo‘llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fan o‘zining jamiyat oldidagi vazifalarini

to‘laqonli bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo‘lmadi. Sababi, psixologiya

sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha olimlar ko‘proq diqqatlarini mavhum shaxs va

individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat

taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o‘tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib,

o‘ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.

Fanda yangi yo‘nalishlar, yangicha yondoshuvlar paydo bo‘ldi. Masalan,

sinergetik yondoshuv (nemis olimi G.Xaken) barcha fanlarda bo‘lgani kabi

psixologiya, uning tarmoqlari hamda u bilan turdosh bo‘lgan fanlar misolida

“Sinergetlar” so‘zi

grekcha “synergetes –

xodimlar, sheriklar”

so‘zlaridan olingan

yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Eslatib o‘tamiz –

synergia (yunoncha) hamkorlikdagi, hamjihatlikdagi

harakat ma’nosini anglatadi. Ya’ni, inson va uning

psixologiyasini o‘rganish va unga ta’sir ko‘rsatishda

gumanitar fanlarning hamkorlikdagi rivojlanishi yoki boshqacha qilib aytganda,

ushbu fanlar maqsadlarining mushtarak uyg‘unlashuvi shaxs iqtidori va

qobiliyatlarini rivojlantirishning ishonchli vositasi sifatida qaraladi.

Bundan tashqari, yangi davr fanlarini rivojlantirishga akmeologik

yondoshuv (rus olimi N.Ribnikov) ham

mavjudki, unga ko‘ra, har bir fanning inson

uchun ahamiyati va o‘rni o‘sha fanlarning

shaxs kamolotiga qo‘shajak hissaning

salmog‘ini belgilash va baholashni taqozo

etadi. Akmeologiyaning predmeti deganda insonning o‘z-o‘zini rivojlantirish va

o‘zligini anglashini yuqori darajalariga yetishga o‘rgatuvchi fanlar majmui

tushuniladi.

Akmeologiya grekcha

“akme – cho‘qqi, yuqori

pog‘ona, gurkiratuvchi

kuch” ma’nolarini bildiradi.

Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni

bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli

o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va

tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni ob’yektiv va to‘g‘ri idrok qilish

8


qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.

Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‘z ichki imkoniyatlarini adekvat

bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini

bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o‘z davrida “O‘z-o‘zingni bil!” degan

shiorni o‘rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga “O‘z yoningdagilarni

va ularning qilayotgan ishlarini ham bil”, degan shiorni har qachongidan ham

dolzarb qilib qo‘ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya

ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.

An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u

o‘rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug‘ullanadigan

kimsalar o‘rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham

tanish bo‘lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va

uning o‘zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar

qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish

zaruratini talab qilmoqda.

9


XX asrda erishilgan

1.2. Psixologiya fanining dolzarbligi

yutuqlaridan eng muhimi shu

bo‘ldiki, inson o‘z aqli-idroki,

tafakkuri va ijodiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika, XXI asrda esa

android platformali “smart” va boshqa shunga o‘xshash global texnologiyalarni

kashf etdi. Lekin shu bilan birga ana shunday murakkab texnologiyalarni yaratgan

inson va uning hayoti bilan bog‘liq muammolar kamaymadi. Vaqti kelganda,

shunday faktga to‘g‘ri kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o‘ta aqlli

inson o‘zi va o‘z atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to‘g‘ri baholay olmasligi

sababli, o‘zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini bugungi davr isbotlab

bermoqda.

XXI asr bo‘sag‘asida juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida

munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar

boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori

saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy

barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog‘ladi.

Bundan inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi

xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.

Globalizatsiya sharoitida psixologiya o‘rganadigan muammolarning

dolzarbligi, avvalo, har bir shaxsning murakkab insoniy munosabatlar, axborot

kommunikatsiyalari sharoitida yashayotganligi, inson xulqini boshqarish ayrim

mamlakatlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi omili sifatida e’tirof

etilishi bilan izohlanadi.

O‘z vaqtida Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan:

“Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza

havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul

bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”.

Bu so‘zlarni bugungi globalizatsiya sharoitida insonning jamiyatda tutgan

10


o‘rni va zarur maqomni egallashiga, axborot xurujlari va turli xil ma’lumotlarning

turli yo‘llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib

kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar,

e’tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta’siri jarayonlari

ma’nosida qo‘llash shaxs psixikasiga aloqador siru-sinoatlarni bilishni, shaxsga

o‘z-o‘zini himoya hilish, o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini bilishni dolzarb qilib

qo‘yadi.

Dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab,

“internetomaniya” kasaliga chalinish arafasida turgan O‘zbekistonga ham yaxshi,

ham yomon ta’sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o‘zini-o‘zi

psixologik jihatdan salbiy ta’sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini

kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir. Ya’ni, siyosat sohasimi,

iqtisodiyotmi, mafkura yoki ma’naviyatmi,

tarbiya yoki huquq masalalarimi, barchasida

inson omili va uning manfaati talab va

ehtiyojlarini o‘rganish, undagi hayot jabhalariga

ko‘nikish va teran fikrlash qobiliyatlarini

Mafkura xalqni xalq, millatni millat

etadigan, uning sha’nu sharafi, or-nomusi,

ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan,

jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li,

turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan

holda muttasil rivojlanib, takomillashib

boradigan g‘oyalar tizimidir.

I.Karimov

o‘stirish fan oldida turgan eng muhim vazifadir. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida

tarbiyalash inson aqli va shuuri uchun kurashning eng samarali usullaridan biridir.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Milliy

g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab,

serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan

tushunchalarni o‘zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. Bu tushunchalar Vatan

ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning ma’no-mazmunini teran anglab

yetishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha’nu sharafi, ornomusi,

ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush

tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g‘oyalar

tizimidir” 1 – deb alohida ta’kidlagan edi.

1 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. – T.:

Ўзбекистон, 1998. – Б. 15.

11


Yoki O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 19-

sentyabrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zga chiqar ekan “... odamlar,

birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng

muhim vazifadir” 2 – deb alohida ta’kidlagan edilar.

Shaxs ongi va xulqiga tajovuzlarning ortib borayotganligi, xulqni boshqarish

barcha sohalarda ustivor bo‘lgan bir sharoitda insonning psixikasini, unda sodir

bo‘ladigan murakkab jarayonlarni, holatlarni o‘rganishning, yoshlarda mafkuraviy

immmunitetning shakllanishining ahamiyati ham oshib boraveradi. Shu nuqtai

nazardan olib qaralganda, odamni o‘rganish qanchalik qadimiy va an’anaviy vazifa

bo‘lishidan qat’iy nazar, bugungi globalizatsiya va bozor munosabatlariga o‘tish

davrida psixologiya fani uchun dolzarb bo‘lmagan mavzu yoki jarayonning o‘zi

yo‘qdir.

2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 19 сентябрдаги БМТ Бош

Ассамблеясининг 72-сессиясида сўзлаган нутқи // uza.uz

12


1.3. Sport psixologi faoliyatining

xususiyatlari

Sport sohasida psixolog

faoliyatining bosh mazmuni

sifatida – shaxsning sport faoliyati

yo‘nalishida, xulq-atvor va muomalada, ya’ni insonlarning bilish jarayonlari va

individual-psixologik xususiyatlari mohiyatini, shaxslararo munosabatlar

mexanizmlarini; shaxsni sport jamoasida shakllanish qonuniyatlarini, ya’ni psixika

va ongning taraqqiyot bosqichlari, inson roli va mavqeini; insonlar intellekti va

iqtidori darajalarini prognozlashning tadqiq etish bilan bog‘liq kompleks masalalar

majmuasi tashkil etadi.

Sport psixologi ...

Hozirgi vaqtda psixologiya fani juda keng

tarmoqli fanlardan biriga aylangan. Sport

psixologiya ushbu fan tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘zining o‘rganish ob’yektimuammolari,

usullari va qonuniyatlariga ega.

Sport psixologiyasi fani shug‘ullanuvchi

sportchilar (o‘quvchi va bolalar) va sport turlari

bo‘yicha jamoalar ichki olami, ruhiy rivojlanish

qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lib, jismoniy tarbiya va

sportfaoliyati bilan bevosita bog‘liq. Shuni aytib utish kerakki, sport psixologiyasi

nazariyadan ko‘ra amaliyotga yaqinroq, ya’ni shug‘ullanuvchi sportchilar

(o‘quvchi va bolalar) o‘z faoliyatida to‘qnash keladigan muammolarni tahlil

qilishga va hal etishga yo‘naltirilgan. Shaxsiy tarkibni o‘qitish va tarbiyalash

shug‘ullanuvchi sportchilar (o‘quvchi va bolalar) faoliyatining asosini tashkil etadi.

O‘qitish va tarbiyalash jarayonlari esa psixologik bilimlarga asoslanadi.

Keling, yaxshisi buning nima ekanligiga e’tiborni qarataylik shunda

yuqorida aytilgan fikrni tushunish oson bo‘ladi. Ta’lim yoki o‘qitish shunday

jarayonki, bunda ta’lim oluvchilarda ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar

shakllantiriladi yoki rivojlantiriladi. Shug‘ullanuvchi sportchilarning (o‘quvchi va

bolalarning) faoliyatlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi fazilatlarni tarbiyalash,

rivojlantirish tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Sport psixologi – sport

faoliyatida to‘qnash

keladigan muammolarni

tahlil qilishga va hal etishga

yordam beruvchi shaxsdir.

13


Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini psixologik jihatdan samarali tashkil

qilish uchun bir qator talablarga javob berish kerak. Bu talablar sport jamoalarning

ichki qonuni bo‘lgan umumjismoniy nizomlarda, dasturlarda o‘z ifodasini topgan.

Unga ko‘ra har bir jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport murabbiyi (bolalar

bogchalarida uslubchi-o‘qituvchi, ishlab chiqarish korxonalarida uslubchitashkilotchi)

o‘z qo‘lostidagi shug‘ullanuvchi sportchilarning (o‘quvchi va

bolalarning) individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek sport jamoada

kechadigan ijtimoiy-psixologik hodisalarni bilishi va ularni boshqara olishi lozim.

Inson psixikasi miya faoliyati natijasidan iborat. Psixika inson xulq-atvori va

faoliyatiniig asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tashqi dunyoni inson ongida aks ettirish

psixikaning moqiyatini tashkil etadi. Masalan, musobaqa davri psixika vositasida

musobaqalashuv holatini to‘g‘ri baholash juda katta ahamiyatga ega. Psixologik

aks ettirish natijasida inson ongida ob’yektiv dunyoning sub’yektiv obrazlari

yaratiladi.

Inson psixikasi biosotsiologik xususiyatga, tabiatga ega; inson psixikasining

ma’lum bir belgilari biologik-irsiy yo‘l bilan ota-onalaridan o‘tadi, qolgan

xususiyatlar esa ijtimoiy muhit shart-sharoitlari ta’siri ostida hayot faoliyati

mobaynida qaror topadi.

Faoliyat predmeti bo‘lib sportchining o‘zi xizmat qiladi. U faoliyatning faqat

sub’yekti emas, balki ob’yekti ham hisoblanadi va faqatgina boshqa odamlar uchun

emas (jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar, hakamlar, sheriklari va

Sport psixologi kasbiy

ob’yektlari

sportdagi raqiblari), balki o‘zi uchun ham.

Bunda sport psixologining kasbiy faoliyati

obyektlari sifatida:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport

bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va

malakasini oshirish markazi;

Suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi;

14


sport yakka kurashlari, sport o‘yinlari, sportning qishki va murakkab texnik

turlari, gimnastika, suv sporti turlari, yengil atletika, ot sporti bo‘yicha

respublika oliy sport mahorati maktablari;

Respublika o‘smirlar sport mahorati oliy maktabi;

Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari

bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi;

Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan

bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi;

Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya

zaxiralari sport maktabi;

Suv sporti turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar

olimpiya zaxiralari sport maktabi;

oliy sport mahorati maktablari;

ixtisoslashtirilgan Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati;

sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari;

sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari;

bolalar-o‘smirlar sport maktablari;

Respublika tashxis markazi;

nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi

Psixologik ilmiy-o‘quv markazi;

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Psixologik markaz;

O‘zbekiston Milly Olimpiya Qo‘mitasi qoshidagi sportchilarni reabilitatsiya

qilish va sog‘lomlashtirish markazi;

sport klublari va terma jamoalar;

sport federatsiyalari (uyushmalari);

aholiga (xususiy) psixologik xizmat ko‘rsatish va reablitatsiya

markazlarilarni e’tirof etish mumkin.

15


Zamonaviy sharoitda sport psixologi kasbiy

faoliyatining mazmunini:

shaxsning sport faoliyatiga doir shaxslararo yoki ijtimoiy munosabatlar

tizimida rivojlantiruvchi modellarni qo‘llash;

sportchi shaxsiga individual tarzda yoki guruhiy sharoitlarda psixologik

xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari, uning rivojlantirish istiqbollari belgilash

va qo‘llash;

sportchi shaxsini o‘rganish jarayonida umumiy psixologiya, ijtimoiy

psixologiya, psixodiagnostika va psixokorrektsion metodlarini qo‘llash;

sportchi shaxsini tadqiq etishda tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq

etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida psixologik vositalar, tamoyillarni qo‘llash;

yangi tipdagi psixologik xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish hamda

loyihalash;

sportchi shaxsining individual-psixologik, ijtimoiy-psixologik

Sport psixologi kasbiy

faoliyati mazmuni

xususiyatlarini o‘rganish va tadqiq qilish;

sport faoliyatiga doir psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur

bo‘lgan algoritmlar va matematik ta’minotni ishlab chiqish kabilar tashkil

etadi.

Psixologik xizmat.

Nima u?

Psixologik xizmat AQShda 1800-yillardan

boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi

amaliyotchi psixologlari o‘z-o‘zini tarbiyalash muammosini o‘rgangan

eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida

aqliy taraqqiyot

koefftisyentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining

rivojlanishiga olib keldi.

Fransuz maktab psixologiyasining “otasi” Alfred Bine bo‘lib, u bu sohada

1894-yildan boshlab ish boshlagan. 1905-yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega

umumiy dastur bo‘yicha o‘qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan

murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni

16


ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.

1909-yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1947-yilda

Fransiyada professor A.Vallon boshchiligida psixologik-pedagogik yordam

guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar

maktab psixologiyasi bo‘yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo‘yicha bir

mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo‘yicha bir mutaxassisni o‘z ichiga oladi.

Bunday brigada 800-1000 o‘quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir

necha maktabda xizmat qilishi mumkin.

Ko‘pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati

tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan.

Masalan, 1980-yilda Chexoslavakiyada tarbiya

masalalari bo‘yicha modda maktab to‘g‘risidagi

qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy

mazmuni – sog‘lom shaxsning o‘sishini

ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrektsiya qilish, kasb

tanlash muammolari tashkil qiladi.

Sobiq Chexoslavakiyada psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi

psixodiagnostik faoliyatidan iborat bo‘lgan.

Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan

foydalanish borasida urinishlar 1928-yilda pedologiya (I.A.Aryamov) doirasida

vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha

biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936-yilda pedologik

qarashlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga sovet

psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham

to‘xtab qoldi. Faqat 1960-yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida

amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.

Psixologik xizmatning asosiy mazmuni –

sog‘lom shaxsning o‘sishini ta’minlash,

shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni

korrektsiya qilish, kasb tanlash

muammolaridir.

Sobiq SSRIda birinchi bo‘lib Estoniyada 1975-yilda maktabda psixologik

xizmat tashkil etildi (xizmat rahbari – X.I. Liymets, Yu.L. Serd bo‘lib, tarbiyasi

qiyin o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib borgan). Eston psixologlari

17


“tarbiyasi qiyin” o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar.

Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. 1984-yilda

Moskvada SSRI FA psixologiya institutida “SSRIda psixologik xizmat

muammolari” bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tadi. Anjumanda

maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib boradi.

Xorijda u yoki bu sohada psixologiyaning amaliy tatbiqini yaqqol namoyon

etilganligi, bu O‘zbekistonda tashkil etilajak umumiy psixologik xizmat tizimining

dastlabki ilmiy-tashkiliy asosini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Masala mohiyatiga, ya’ni tadqiqot maqsadiga aniq yondashadigan bo‘lsak

psixologik xizmatning aynan ilmiy tashkiliy mazmuni va psixologik xizmat

tatbiqining amaliyotdagi faoliyat yo‘nalishlari haqida fikr mulohaza yuritishga va

mazkur fikr-mulohazalarni O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi

holatini tahlil qilish nuqtai nazaridan talqin qilishga to‘g‘ri keladi.

1989-yilda O‘zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi – universitet)da

amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochilgan.

1.3.1-rasm. O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holati

18


1.3.1-rasmga keltirilgan sohalarda psixologik xizmatni muvaffaqiyatli

amalga oshirish uchun “sotsiolog-psixologlar”, “amaliyotchi-psixologlar”

tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunda eng dolzarb muammo

ekanligini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Shu bois, yuqoridagi vazifalarni amalga

oshirish borasida olimlar tomonidan talaygina nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy

ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlarida olib borilayotgan

ilmiy tadqiqot ishlarini bunga misol sifatida keltirish mumkin.

Psixologik xizmatning ilmiy-amaliy asoslariga ilg‘or psixologiya fanidagi

nazariy-ilmiy, metodologik yo‘llanmalar, tamoyillar, mezonlar va xulosalarning

amaliyotdagi tatbiqi kiradi. Bu tatbiq esa ilmiy-amaliy ish jarayonining psixologik

oqartuv, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya, psixologik

maslahatlar kabi yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Psixologik xizmatning

tashkiliy faoliyat asoslari, deganda, qaysi sohada psixologik xizmatning tashkil

etilishiga qarab o‘sha soha yo‘nalishidagi yuqorii tashkilot qarori va shu qarorga

muvofiq tashkilot, korxona muassasalarda psixologik xizmat tizimining xududiy

psixologik xizmat markazlari faoliyati yoki bevosita amaliyotchi-psixologlar

faoliyati orqali tatbiq etilishi tushuniladi.

Psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:

Birinchidan, ilmiy nuqtai nazar;

Ikkinchidan, tashviqot nuqtai nazar;

Uchinchidan, amaliy nuqtai nazar.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat

predmetini tashkil etadi.

Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini

ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy funktsiyasi

maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va

rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag‘ishlangan

19


ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.

Tashviqot nuqtai nazari xalq ta’limi xodimlarini psixologik bilimlardan

foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar

bo‘lib, pedagoglar, metodistlar, didaktlar, maydonga chiqadi.

Xizmatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar,

ularning vazifasi – u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar,

o‘qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.

Ma’lumki, psixologik xizmat barcha mamlakatlarda, hatto bir-biriga

o‘xshamagan turli ilmiy-tashkiliy shakllarda amalga oshirilib kelmoqda. Bu,

albatta, tabiiy hol. Chunki, har bir davlatning faqat o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy

taraqqiyotiga mos tadbirlargina shu davlatda qo‘llaniladi va kerak bo‘lsa

rivojlantiriladi.

O‘zbekistonda psixologik xizmatning bugungi ilmiy-tashkiliy holatini tahlil

qilar ekanmiz, albatta, Respublika miqyosida psixologik xizmat ko‘lamini

kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan amaliyotchi-psixologlar

tayyorlash uslubi, tamoyillari va o‘ziga xos xarakterli xususiyatlari haqida o‘z fikrmulohazalarimizni

bayon etishni joiz, deb o‘ylaymiz.

Sportda psixologik xizmat.

Nima u?

Xo‘sh sportda psixologik xizmat qanday va u

qayerlarda taskil etiladi?

Hozirgi bosqichda zamonaviy psixologik xizmat faoliyatining 2 yo‘nalishi:

dolzarb va kelajak yo‘nalishlari mavjud.

Dolzarb yo‘nalish o‘quvchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular hulqatvoridagi,

muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq

muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Kelajak yo‘nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda

yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan.

Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o‘quvchi shaxsi garmonik rivojlanish

imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki yo‘nalish ham birbiri

bilan bog‘liq.

20


Mamlakatdagi jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng

qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb

etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport

industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mahalliy davlat hokimiyati

organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport

jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi,

ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni

ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish, xalqaro sport

maydonida yuqori natijalarga erishib mamlakatni munosib ifodalashni

ta’minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish yo‘lida har bir

ijtimoiy shaxs imkoniyatlarini to‘la-to‘kis yuzaga chiqarish masalasi bilan bog‘liq

quyidagi vazifalarni amalga oshirish mas’uliyatini yuklaydi:

aholi o‘rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator

tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish;

psixologik xizmat ko‘rsatish orqali jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni,

hududlar kontekstida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsixologik

tamoyillariga moslashtirilgan zamonaviy psixologik testlar, proyektiv

metodikalar asosida o‘rganish, tahlil qilish va bu borada tegishli xulosalar

chiqarish;

sportchilarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga

yunaltirishda sport tashkilotlariga ko‘maklashish, shuningdek barcha

sportch-murabbiylarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabiga

mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli

psixologik kurslarini tashkil etish;

fuqarolarning sport faoliyati oid kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash va HRkompaniyalar

faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko‘rsatish va

hokazolar.

21


1.4.Sport psixologi-tadqiqotchining

faoliyati oldiga qo‘yiladigan asosiy

talablar

Psixologiya (sport) ta’lim

yo‘nalishini tamomlagan bakalavr

istiqbolda

ilmiy-tadqiqot

faoliyatini ham olib borishi

mumkin. Bunda sport psixologi-tadqiqotchining faoliyati oldiga qo‘yiladigan

asosiy talablar quyidagilardan iborat:

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb psixologik muammolarni

aniqlash;

Jismoniy tarbiya va sportga oid psixologik ilmiy tekshirishlar bo‘yicha

namunaviy usullarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

Respublika va Xorijda chop etilgan jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiypsixologik

axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganish; ilmiy-tadqiqot

ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish;

aprobatsiyadan o‘tgan usullarni qo‘llagan holda jismoniy tarbiya va sport

sohasidagi faoliyatning psixologik jihatdan samaradorligini aniqlash

bo‘yicha ilmiy tadqiqot o‘tkazish;

matematik-statistika usullari, axborot texnologiyalari yordamida tadqiqot

natijalarini qayta ishlash usullaridan foydalana olish, umumlashtirish va

xulosalarni shakllantira olish;

mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov

berish, tahlil qilish va olingan malumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;

ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda

qatnashish;

internet tarmog‘ida sohaga tegishli eng yangi ilmiy, texnologik yutuqlar

haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va topish;

ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorlanganlik

profiliga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish qobiliyatlariga

ega bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasida psixologiya sohasida hozirgi paytda

22


fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar fan va faoliyat kontekstida

olib borilmoqda. Bunda sport psixologi-tadqiqotchi jismoniy tarbiya va sportga oid

soha bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda quyidagi:

jismoniy tarbiya va sportga oid mavzuning dolzarbligi;

jismoniy tarbiya va sportga oid muammoning o‘rganilganlik darajasi;

ilmiy tadqiqot ishining jismoniy tarbiya va sportga oid davlat (xususiy

sektor) buyurtmasi sanaladigan fundamental, amaliy yoki innovatsion

tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotning metodologik asosi;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotning ilmiy farazi;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqot maqsadi;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotning vazifalari;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotning obyekti;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotning predmeti;

jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqot metodlari;

himoyaga olib chiqilayotgan jismoniy tarbiya va sportga oid asosiy holatlar;

jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy yangiligi;

tadqiqot natijalarining jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy ahamiyati;

tadqiqot natijalarining jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy va amaliy

ahamiyati;

natijalarning jismoniy tarbiya va sport sohasiga joriy qilinishi;

jismoniy tarbiya va sportga oid ishning sinovdan o‘tishi (aprobatsiyasi);

jismoniy tarbiya va sportga oid psixologik natijalarning e’lon qilinganligi;

jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi

kabi kategorial apparatni qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir.

1.4.1-jadvalda hurmatli o‘quvchi psixologiya fanining O‘zbekiston

Respublikasidagi yirik namoyandalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz.

23


Psixologiya fanining O‘zbekiston Respublikasidagi yirik namoyandalari to‘g‘risidagi ma’lumot

1.4.1-jadval

№ F.I.O. To‘g‘ilgan Millati Ma’lumoti Ilmiy darajasi Ilmiy unvoni Ish joyi

yili

1.

SHOUMAROV G‘AYRAT

Psixologiya fanlari doktori,

1947 O‘zbek Nizomiy nomidagi TDPI

BAXROMOVICH

1990

Professor O‘R XTV

2.

TOKAREVA VALENTINA

Psixologiya fanlari doktori,

1935 Rus Leningrad DU

ANDREEVNA

1992

Professor Pensiyada

3.

QODIROV BOTIR

Psixologiya fanlari doktori,

MDU Toshkent

1943 O‘zbek SamDMI

Professor

RAXMANQULOVICH

1992

filiali

4.

G‘OZIYEV ERGASH

Nizomiy nomidagi TDPI Psixologiya fanlari doktori,

M.Ulugbek

1944 O‘zbek

Professor

G‘OZIYEVICH

va MDU

1992

nomidagi O‘zMU

5.

KARIMOVA VASILA

Psixologiya fanlari doktori,

1955 O‘zbek MDU

MAMANOSIROVNA

1994

Professor Pensiyada

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

BARATOV SHARIF

RAMOZANOVICH

JABBOROV AZIM

MEYLIQULOVICH

NISHONOVA ZAMIRA

TASKARAYEVNA

SAFAEV NURITDIN

SALIXOVICH

UMAROV BAXRITDIN

MENGBAYEVICH

MUXAMMEDOVA DILBAR

GAFURJANOVNA

ERGASHEV PO‘LAT

SOBIROVICH

RASULOVA ZIYODAXON

ABDUBORIYEVNA

1960 O‘zbek BuxDPI

1957 O‘zbek ToshDU

1964 Qozoq ToshDU

1959 O‘zbek MDU

1961 O‘zbek ToshDU

1980 O‘zbek

M.Ulugbek nomidagi

O‘zMU

1980 O‘zbek Nizomiy nomidagi TDPU

1978 O‘zbek

M.Ulugbek nomidagi

O‘zMU

Psixologiya fanlari doktori,

1998

Psixologiya fanlari doktori,

2000

Psixologiya fanlari doktori,

2005

Psixologiya fanlari doktori,

2005

Psixologiya fanlari doktori,

2008

Psixologiya fanlari doktori

(DSc), 2015

Psixologiya fanlari doktori

DSc), 2018

Psixologiya fanlari doktori

(DSc), 2018

Professor

Professor

Professor

Professor

Professor

Dotsent

Dotsent

Dotsent

BuxDU

QarDU

Nizomiy nomidagi

TDPU

M.Ulugbek

nomidagi O‘zMU

TAYLQvaEI

M.Ulugbek

nomidagi O‘zMU

Xalqaro Islom

Akademiyasi

Xalqaro Islom

Akademiyasi



1.5. Psixologiya fanining predmeti

Psixologiya so‘zi ikkita

grek so‘zlaridan – “psyche” –

jon, ruh va “logos” – ta’limot,

ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador

barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib

aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o‘zo‘zimizni

bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va

shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning

predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson

psixikasining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli

(ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz,

tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan

sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini

o‘rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu

qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar

ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki

xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki inson

Psixika – bu inson psixikasining shunday

holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni

ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks

ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz,

tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi.

psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar

murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o‘z-o‘zimizni ham tushunmay qolamiz.

Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y

berayotgan ob’yektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish

bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va

salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning

barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishning

usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.

Psixologikbilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va

hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik

hayotgaaloqador bo‘lgan jarayonlarni, o‘zimizda, miyamiz, ongimizda ro‘y

berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o‘rtoqlarimizdan

biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u

25


yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko‘rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga

nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko‘rishmay qolganimizda uni

sog‘inayotganligimiz bilan bog‘liq hisni bevosita ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga

ega emasmiz. Aynan shunga o‘xshash holatlar psixologiya o‘rganadigan hodisalar

va holatlarning o‘ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni

boshqa turli hodisalardan farq qiladi.

Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar

murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni

o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish

mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan

qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro birbirlari

bilan bog‘liq va umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo‘ysunadi.

Psixologiya fanining

asosiy vazifasi – psixik

hodisalarni o‘rganish

va ilmiy asoslashdir.

Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari,

tabiiy, uning predmetiga biroz o‘zgarishlar kiritadi.

Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi

butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala

sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt

fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy

qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog‘lom dunyoqarashlar,

mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish ham fanning muhim

predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning

bo‘lishi, milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularining to‘g‘ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq

va millat manfaatlari bilan uyg‘undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir

shaxsda o‘ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to‘g‘ri

munosabatlarni shakllanishi yo‘llarini ham o‘rganishi kerak.

Demak, bugungi psixologiya fani va uning tarmoqlarining predmetini

belgilashda yoshlar ongida to‘g‘ri dunyoqarashni milliy istiqlol g‘oyalari va uning

asosiy tushunchalari va tamoyillari asosida shakllantirish masalalari nuqtai

nazaridan yondashish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Inson mavjud ekanu o‘zining hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda

26


idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega

ekan ligi haqida o‘ziga-o‘zi hisob beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay,

unda harakat qiladi, o‘z faolligini namoyon etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga

intiladi, qiyinchiliklarga duch kelganida qat’iyatlilik va irodaviy sifatlarni

namoyon qiladi.

Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir texnikaga

qiziqadi, boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga, kimdadir qobiliyatlar,

boshqada she’r yozish, uchinchisida texnik qobiliyatlar mavjud, kimdir

harakatchan, boshqa birov bosiq, befarq, uchnchisi – dilkash, chaqqon, birov

mehnatsevar va kamsuqum va hokazo.

Bilish psixologiyasi bizning idrokimizni, harakatlarimizni va ma’lumotlarni qanday eslab

qolish yo‘llarini o‘rganadi. Bilish ilmi ko‘p sohani qamrab oladigan o‘rganish bo‘lib, miya

topshiriqlarida yashiringan aqliy faoliyatlar haqidagi tushunnchalarimizni boyitadi. Bilish

jarayoni bizga o‘zimizni tushunishning yangi yo‘llarini o‘rgatadi va depressiya kabi noqulay

vaziyatlarda o‘zini qanday tutushni ko‘rsatib beradi. Ko‘zga tashlanadigan xulq-atvor haqidagi

psixologlarning havotirlarini o‘z ichiga olgan holda biz bugun psixologiyani xulq-atvor va aqliy

faoliyatlar ilmi deb tariflaymiz. Keling bu ta’rifni aniqlashtiramiz. Xulq-atvor organizm qila

oladigan hamma narsa va biz uni kuzata olamiz, baqirmoq, jilmaymoq, gapirmoq, savol bermoq-

bularning hammasi ko‘z ilg‘aydigan harakatlar. Aqliy jarayonlar esa ichki bo‘lib, ular xulqatvordan

farq qiladi. Masalan, his-tuyg‘u, orzular, o‘y-xayollar, ishonch-etiqodlar kabi.

Psixologiya tarifining kalit so‘zi bu – ilm. Psixologiya bu kitobda ko‘plab savollarga

javob beradi. Mening maqsadim shunchaki natijalarni aytish emas balki, psixologlar qanday

o‘yinlar o‘ynashini ko‘rsatib berish hamdir. Siz tadqiqotchilarning bahsli fikr va g‘oyalarni

qanday baholashlarini ko‘rishingiz mumkin.

Manba. David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.:

Worth Publishers, 2013. – P. 6

Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga

bo‘ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va

rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni

boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri olib borishga yordam

beradi.

Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda avvalo psixik hayotning konkret

27


faktlari nazarda tutiladi. Psixik xarakterga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham

sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni

tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o‘tishni muqarrar talab qiladi. Bu esa o‘z

o‘rnida qonunlar mohiyatini ochib berishni talab etadi.

Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiya

fanining o‘rganiladigan predmeti bo‘lib yuzaga chiqadi, shuningdek, psixik

holatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya,

biofizika, bioximiya, kibernetika, psixogenetika bilan birga ochib beriladi.

28


Psixologiyaning alohida

1.6. Psixologiyaning tarmoqlari

tarmoqlarini differentsiatsiya

qilish eng avvalo ishlab

chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib

chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim

fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa

bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin.

Psixologiya sport, ta’lim-tarbiya, iqtisodiyot, sanoat ishlab chiqarishi,

qishloq ho‘jaligi, kibernetika, axborotlar texnologiyalari kabi qator xalq xo‘jaligi

sohalari bilan aloqador fan tarmog‘i hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson

shaxsi faoliyat ko‘rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, inson

xulq-atvorini turli vaziyatlarda boshqarish uchun inson psixologiyasini, shaxslararo

munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor

normalarini bilish, texnikaning inson qobiliyatlariga mos tarzda yaratish va

ikkinchi tomondan, tafakkur va harakatlarni texnologik normalarga ko‘ra

tarbiyalash va moslashtirish muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari

psixologik bilimlardan boxabar bo‘lishlari lozimdir.

Fan sifatida psixologiya avvalo, “ijtimoiy gumanitar”, so‘ngra “tabiiy, aniq

va texnika” va eng oxirida “iqtisodiyot” blokidan o‘rin olgan bir qator fanlar bilan

uzviy bog‘liq bo‘lib, bu tom ma’noda uning jamiyatda amaliy ahamiyati ortib

borayotganligidan darak beradi.

Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi

hozirgi kunda uning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat

beradi.

Demak, psixolog diplomiga ega bo‘lgan mutaxassis o‘z iqtidori va

qiziqishlari, oliy maktabda olgan ta’limiga ko‘ra u yoki bu turdagi psixolog

ixtisosini egallashi mumkin. Quyida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Rossiya

Federasiyasi (RF) va O‘zbekiston Respublikasi (O‘zR)da tayyorlanadigan

ixtisosliklar ro‘yxatini keltiramiz, vaholangki, ular xalq xo‘jaligining turli

tarmoqlarida mehnat qilishlari va o‘z bilimlarini joriy etishlari mumkin.

29


1.6.1-jadval

AQSh, RF va O‘zRdagi mavjud ba’zi psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi

AQSh RF O‘zR

Muhandis-psixolog

Odam-texnika tizimidagi o‘zaro munosabatlar

xususida bilimlarga ega bo‘lib, texnik

moslamalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi

Maslahatchi-psixolog

Shaxsiy muammolarni hal qilish yuzasidan

tavsiyalar berib, testlar o‘tkazadi

Madaniyat masalalari bo‘yicha psixolog

Turli madaniy muhit sharoitidagi odamlar ijtimoiy

xulqini solishtirma tahlili bilan shug‘ullanadi

Klinik psixolog

Terapiya va bemorlarning hissiy emotsional

kechinmalari masalalarini o‘rganadi

Ishlab chiqarish va sanoat psixologi

Ishlab chiqarish sharoitlarini ta-komillashtirish

hamda xodimlarni tanlash masalalarini o‘rganadi

Iste’molchilar psixologiyasi bo‘yicha

mutaxassis

Tovarlarning emotsional jihatdan iste’molbopligini

baholaydi, marketing, reklama va mollarning

tovar qiyofasiga oid muammolarni o‘rganadi

Maktab psixologi

Muvaffiqiyatli o‘qishga xalaqit beruvchi omillarni

diagnostika qiladi

Muhandis-psixolog

Odam va texnika o‘zaro munosabatlariga oid

psixologik muammolar bilan shug‘ullanadi

Siyosiy-psixolog

Siyosiy tuzilmalar a’zolariga psixologik

maslahatlar berish, siyosiy dasturlarni ishlab

chiqishda ishtirok etadi

Tibbiyotchi psixolog

Tibbiy maskanlarda psixologik profilaktika va

psixogigiyena masalalari bilan shug‘ullanib,

bemorlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganadi

Psixologiya o‘qituvchisi

Psixologiyaning turli aspektlariga oid ma’ruzalar

o‘qiydi

Trener-psixolog

Muloqot malakalari oshirish, shaxsning o‘z

imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha

treninglar o‘tkazadi

Menejment sohasidagi psixolog

Maxsus maslahatlar, menejerlarni o‘qitish va

tayyorlash bo‘yicha trening-seminarlar tashkil

etish, tashkilotlarda axborotlar almashinuvining

psixologik tomonlarini o‘rganadi

Zoopsixolog

Oliy toifali hayvonlar xulq-atvorini o‘rganadi

Muhandis-psixolog

Inson-texnika o‘zaro munosabatlariga oid

psixologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi

Maslahatchi-psixolog

Mahallalarda (fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish

organlarida) oilalarning shaxsiy muammolarni hal

qilish yuzasidan tavsiyalar berib, testlar o‘tkazadi

Tibbiy psixolog

Tibbiy-profilaktik maskanlarda psixologik

profilaktika va psixogigiyena masalalari bilan

shug‘ullanib, bemorlarning psixologik

xususiyatlarini o‘rganadi

Psixologiya o‘qituvchisi

Uzluksiz ta’lim tizimida psixologiya fani

sohalariga oid ma’ruza, amaliy va laboratoriya

mashg‘ulotlarini olib boradi

Trener-psixolog

Muloqot malakalari oshirish, shaxsning o‘z

imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha

treninglar o‘tkazadi

Menejment sohasidagi psixolog

Maxsus maslahatlar, menejerlarni o‘qitish va

tayyorlash bo‘yicha trening-seminarlar tashkil

etish, tashkilotlarda axborotlar almashinuvining

psixologik tomonlarini o‘rganadi

Ijtimoiy psixolog

Kichik va katta guruhlar (jamoalar) rivojlanishi va

psixologiyasini o‘rganadi



AQSh RF O‘zR

Salomatlik psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis

Odamlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va

turli kasalliklarni oldini olishga o‘rgatadi

Taraqqiyot psixologiya bo‘yicha mutaxassis

Inson tug‘ilishidan to qarigunicha bo‘lgan

taraqqiyot davrining psixologiyasini o‘rganadi

Psixometriya bo‘yicha mutaxassis

Testlar, so‘rovnomalar va boshqa psixologik

tekshiruv vositalarini standar-tlashtirish, ishlab

chiqish, ma’lumotlarni statistik tahlil qilish hamda

test natijalarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi

Ijtimoiy psixolog

Shaxsning ustanovkalari, dunyoqarashi va

biddiyatlarini, ijtimoiy guruhlararo

munosabatlarni, liderlik masalalarini o‘rganadi

Qiyosiy psixologiya

Turli toifadagi hayvonlar xulqini qiyosiy tarzda

laboratoriya sharoitida o‘rganadi, odam va

hayvon xulqiga oid umumiyliklarni asoslaydi

Psixofiziolog

Inson xulqining biologik asoslarini o‘rganadi

Eko-psixolog

Inson ehtiyojlariga mos tarzda turar-joylar va

binolarni loyihalashtirishga yordam beradi

Maktab psixologi

Maktabdagi o‘quv jarayoniga oid muammolar

bilan shug‘ullanib, o‘quv-chilar, ota-onalar va

o‘qituvchilarga psixologi maslahatlar beradi

Reklama sohasidagi psixolog

Reklama mahsulotlari tayyorlovchilarga

maslahatlar beradi

Bolalar psixologi

Bola taraqqiyoti masalalari bilan shug‘ullanib,

ota-onalarga maslahatlar beradi va bolalarni

maktabga tayyorlaydi

Huquqshunos psixolog

Sud-psixologik ekspertizalar jarayonida

qatnashadi, huquqshunoslikka oid jarayonlarning

psixologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi

Psixofiziolog

Insondagi psixologik va fiziologik jarayonlarning

xususiyatlarini o‘rganadi

Ijtimoiy psixolog

Kichik guruhlar va jamoalar rivojlanishi va

psixologiyasini o‘rganadi

Salomatlik psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis

Psixogigiyena va psixoprofilaktika, turmush

darajasining infratuzilmasini oshirish masalalari

bilan shug‘ullanadi

Iqtisodchi-psixolog

Tovarlarning emotsional jihatdan

iste’molbopligini baholaydi hamda reklama

mahsulotlari tayyorlovchilarga maslahatlar beradi

Bolalar psixologi

Bola taraqqiyoti masalalari bilan shug‘ullanib,

ota-onalarga maslahatlar beradi va bolalarni

maktabga tayyorlaydi

Maktab psixologi

Maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayoniga oid

muammolar bilan shug‘ullanib, o‘quvchilar, otaonalar

va o‘qituvchilar bilan psixoproflaktik,

psixodiagnostik, rivojlantiruvchi va korrektsion,

psixologik maslahat ishlari bilan shug‘ullanadi

Yuridik psixolog

Sud-psixologik ekspertizalar jarayonida

qatnashadi, huquqqa oid jarayonlarning

psixologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi

MTM psixologi

maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama

intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol

toptirish borasida psixologik maslahat ishlari

bilan shug‘ullanadi va testlar o‘tkazadi

Harbiy psixolog

Harbiy jamoalar jipsligini shakllantirishga ta’sir

etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganadi va

shaxsiy tarkib bilan ishlaydi

Sport psixologi

Sport faoliyatida to‘qnash keladigan

muammolarni tahlil qilishga va hal etishga

yordam beradi



Quyida bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus kasb etayotgan

psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflarini keltirdik:

umumiy psixologiya – psixologiyaning barcha masalalarining o‘ziga xos

jihatlarini o‘rganadigan maxsus sohasi;

pedagogik psixologiya – kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik

qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;

yosh davrlari psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to

umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va

o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganadi;

ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari

natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy

kechinmalar va xulq-atvorlarini o‘rganadi;

mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini,

mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi;

muhandislik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari

operatorning faoliyatini, odam-texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va

muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi;

yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq

masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;

harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon

bo‘ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o‘rtasidagi

munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;

savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari,

ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga

xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi

kabi masalalarini ko‘radi;

tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulqatvorining

psixologik jihatlarini o‘rganadi;

iqtisodiy psixologiya – turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga

kirishish orqali xo‘jalik yuritishni maqsad qilgan shaxslar, yaxlit guruh,

32


jamoalarning iqtisodiy tafakkuri hamda iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador

umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlarini, ishlab chiqarish

munosabatlarining har bir xo‘jalik subyekti ongida aks etishini o‘rganadi;

sport psixologiyasi – sport tadbirlari va mashg‘ulotlari jarayonida inson

psixikasiga daxldor musobaqa oldi hamda musobaqa vaqtidagi

o‘zgarishlarni dinamik tabiatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadigan

fanning sohasi.

Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi,

boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi,

psixodiagnostika va boshqa ko‘plab sohalari mavjud bo‘lib, ular bevosita

sotsiumdan tushayotgan talab va taklifga mos tarzda rivojlanmoqda.

33


Aniq izlanish predmetiga

1.7. Psixologiya fanining metodlari

ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha

predmetining mohiyatini yoritish

va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular

fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi

navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va

validliligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador

bo‘lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida

qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo‘l

bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar

bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z

vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni

sinovlardan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.

Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida

qo‘llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning

ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to‘plangan ma’lumotlarning qay

darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.

1.7.1-rasmda asosiy psixologik metodlar va ularni qo‘llash shakllari

keltirilgan. Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu

psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlar

to‘playdi, to‘plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi

mumkin.

KUZATISH METODI

Psixologiya fanining empirik (amaliy

metodlari turkumidan muhim o‘rin egallagan

diagnostik xususiyatli) metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod

fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq o‘tmish

zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv

qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi

kunda uning ob’ekti, ko‘lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar,

34


1.7.1-rasm. Psixologiya fanining asosiy metodlari



holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o‘rganish

imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.

Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari,

usullari paydo bo‘ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini

ifodalovchi mezonlar, o‘lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya

fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida

qo‘llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga

beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi

mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari,

tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.

Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:

voqelik (atrof-muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga,

yo‘nalishlarga ajratish (nemischa-lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya’ni zarur,

birincha darajali jihatlarini saralash);

kuzatishning ko‘lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash, ya’ni

uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;

kuzatishning ko‘lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash (ularni

yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha-lotincha “fiksatsiyalash”);

kuzatish davomida aniqlangan omillar, to‘plangan ma’lumotlar, natijalarni

matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy

tahlil yakunlari bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.

Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan

iborat:

kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maksadga muvofiq tanlash, uning

oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;

kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik

ifodalanishni yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:

kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa shaxslararo munosabatlar,

36


emotsional-hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati

ijodiyoti, muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir.

kuzatishning predmeti – insonning xilma-xil holati, jarayoni, harakatining

kuchi, jadalligi uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi

harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat

va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir.

amaliy va gnostik holatlar, nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati,

yo‘nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi,

intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi,

lingvistik qurilishi va boshqalar;

noverbal nutq ifodasisi: mimika, pantomimsh va vokal mimikasi (musiqa

ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);

vegetativ reaktsiyalarning ko‘rinishi: rangni qizarishi, oqarishi, terlash, nafas

olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

Kuzatishning bosqichma-bosqichliligi, tadrijiyligi (iyerarxiyasi) tarkiblari

quyidagilardan tashkil topadi:

kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy

talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik

holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g‘oyalarni ilgari surish.

Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat,

belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va

turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.

Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

izchil;

epizodli;

dala sharoitli;

laboratoriyaviy-sun’iy;

tabiiy;

xronologiyali;

37


davriy;

bir martali kabilar.

Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash

maqsadga muvofiq:

F.Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan

ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish

(sa’y-harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga

binoan muayyan ketma-ketlikda joylashtirish);

A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada

va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish);

talabalarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda:

yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.

Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab

ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish,

kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish

(o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hakazo.

Kuzatilgan ob’ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir:

kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir

tomonidan asosli ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi

xususiyatlari majmuasi.

Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan

tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo‘yicha g‘oyalar, umumlashmalar, xossalar,

qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.

Kuzatish yakunida to‘plangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan

qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish,

metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma-bosqich tahlili, ularning

muhokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo‘lgan

tavsiyalar, ko‘rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati va nihoyat

ilovalar (har bir qism o‘ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim).

38


Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish

ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli-tuman bo‘lishidan qat’iy nazar kuzatish

jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish,

nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga

qaratilgan ta’sir o‘tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi,

nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi.

Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs,

munozara jarayonida o‘zaro ta’sir o‘tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo‘llash

ijobiy natijalar beradi:

umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo‘naltirish;

guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo‘llarini baholash;

bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;

umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;

muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va

hamjihatligi.

Kuzatish yakunlari bo‘yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy,

etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari,

jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning

boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda to‘plangan materiallar qiymatini

oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik

metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik

darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.

Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan

turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usulidir. Usulning o‘ziga xosligi

shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit

bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o‘zgalarga munosabatini “zimdan

kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning ikki asosiy turi bo‘lib, tashqi-ob’yektiv

kuzatish va ichki – o‘z-o‘zini kuzatish farqlanadi. O‘z-o‘zini kuzatish birovlarni

tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki

39


hodisani shaxsan o‘rganishi maqsadida ma’lumotlar to‘plash va qayd etish usulidir.

Erkin kuzatuv ko‘pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish

maqsad qilib qo‘yilganda qo‘llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining

kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki

dastur bo‘lmaydi, kuzatuv ob’yekti ham qat’iy bo‘lishi shart emas. Yoki dars

jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish

uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan

kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy

belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.

Ijtimoiy hamda pedagogik (sport) psixologiya(si)da guruhiy jarayonlarning

shaxs (sportchi) xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan

kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh yoki oila hayotiga

tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda

kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‘l bilan olingan

ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi

tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh

hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’yektiv ravishda qayd

etadigan bo‘lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish

buning aksi –ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan

chetda bo‘ladi va faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida

xulosalar chiqaradi.

Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi

tartibda qo‘llash lozim:

olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblab chiqish;

to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish;

son qatoridagi o‘rtacha kvadrat og‘ishni hisoblash (sigma);

son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispertsiya);

omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil

qilish;

40


ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent

mezonidan foydalanish lozim.

Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda

o‘rgangan ko‘p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o‘zining bilim-bilmay

kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai

nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi.

Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko‘rsatgichlarni

qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining

professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog‘liq bo‘lgan jihatlar,

yana to‘plangan ma’lumotlarni sub’yektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‘lgani

uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar

bilan birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to‘plashga

qaror qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv ob’yektini ajratib olishi, undan

nimalarni kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan

odam yoki guruhning faoliyatini ma’lum muddat davomida bosqichma-bosqich

izchil tarzda qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha tuplangan

ma’lumotlarni psixologik jiatdan tahlil qila olishi kerak.

SO‘ROV METODI

Odamlarni so‘roq qilish, u yoki bu bilmagan

yoki qiziqtirgan narsalarni so‘rab o‘rganish insonga

xos xislat. Ko‘cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko‘chalar nomini

so‘rovchilar bo‘ladi. Masalan, ommaviy sport musobaqalari arafasida, ya’ni Futbol

bo‘yicha jahon chempionatining guruh (saralash) bosqichi va bevosita chempionat

arafasida terma jamolar imkoniyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so‘roqlar

o‘tkazilishi rasm bo‘lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o‘ylarni

o‘rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to‘plash vositasi sifatida qadrlanadi.

Shuning uchun so‘roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi

ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi

tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak

bo‘ladi.

41


So‘rov metodlari mehnat psixologiyada juda keng tarqalgan usullardan. Bu –

bevosita yoki bavosita yo‘l bilan og‘zaki yoki yozma tarzda ma’lumotlar olish

usulidir. Uning natijasida odamlarning u yoki bu ijtimoiy hodisa, qonuniyat yoki

shaxs to‘g‘risidagi fikrlari, baholari, ustanovkalari, ongga o‘rnashib qolgan fikrlari

– stereotiplari aniqlanadi. So‘rovning ikkita asosiy turi mavjud:

intervyu

anketa.

Biz, odatda, jurnalistlar tomonidan so‘roqqa tutilgan odamlar savoljavoblarini

ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Bu oddiy intervyu bo‘lib, ijtimoiy

hayotning u yoki bu (siyosiy) hodisasiga nisbatan ijtimoiy fikr o‘rganilgandagina

ishlatiladi. Lekin psixologik intervyu biroz murakkabroq jarayon. Chunki bunda

bevosita muloqot jarayonida insonlarning yuraklaridagi yashirin fikrlari,

hodisalarga sub’ektiv munosabatlari, o‘tmish xotiralar va ularning talqini orqali

juda muhim hayotiy faktlar aniqlanadi. Jurnalistdan farqli, psixolog intervyu

jarayonini erkinroq olib borishga, maksimal tarzda shaxsiy fikrni ajratib olishga

intiladi. Shu bois, oldindan aynan qanday javoblar olishini bilmaydi. Psixolog ana

shunday intervyuni guruh sharoitida ham o‘tkazishi mumkin. Bunda muloqot

munozara – diskussiya shaklida o‘tkazilib, diagnost fikrlarni umumlashtirib,

oxirida o‘ziga zarur ma’lumotni to‘plab oladi. Lekin bu jarayon oson emas. Misol

uchun O‘zbekiston( 24 )TVdagi “Xalqaro Press Klub”, “Munosabat” kabi

ko‘rsatuvlar guruh sharoitidagi so‘rovga misol bo‘la oladi.

Bundan tashqari, ommaviy intervyu tushunchasi ham bor. Bu ijtimoiy

fikrni, kayfiyat, tanglik kabi hodisalarni o‘rganishda ishlatiladi. Bunda omma

fikrini o‘rganish uchun ma’lum “chizma” bo‘yicha oldindan javob variantlari

nazarda tutilib anonim so‘rov o‘tkaziladi. Ommaviy intervyu maksimal tarzda

formallashtirilgan va standartlashtirilgan jarayondir. Bunday intervyuni telefon

orqali ham amalga oshirish mumkin.

Yozma so‘rov usuli ma’lumki, anketa deyiladi. Anketa metodi hammaga

tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning

42


tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingach ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni

to‘g‘ri sharhlash naqadar qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi. Kiritilgan savollar

mazmuniga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa

respondentdan o‘z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa

savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul

bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi.

Ochiq savollarning kamchiligi – respondentlarning har doim ham qo‘yilgan

vazifaga yetarli darajada – mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan

javoblarni statistik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada

respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat

yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib

bo‘lmaslikdir.

Shuning uchun oxirgi paytda yarim yopiq savaollardan iborat anketalar

tuzilmoqdaki, ularda javob varinatlaridan tashqari, yana fikr bildirish uchun

qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.

Odatda anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi:

Kirish qismi yoki “respondentga murojaat”. Bu qismda odatda tadqiqot

maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki

nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi

(anonimlik), anketaning to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Yo‘riqnoma –

murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga

bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.

Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi.

Yakuniy qism yoki “pasportichka”. Bu qism respondentning shaxsiy

sifatidagi ob’ektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda tekshiriluvchining

jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so‘raladi.

Bu usul ham ko‘pchilik fikrini qisqa muddatlarda aniqlash zarurati

tug‘ilganda ishlatiladi. Anketaning pochta, pressa orqali va bevosita tarqatish

turlari mavjud bo‘lib, bizda oxirgi yillarda asosan bevosita tekshiruvchi bilan

43


respondent uchrashuvini nazarda tutuvchi anketa so‘rovi qo‘llaniladi. Anketaga

kiritilgan savollar ochiq yoki yopiq turli bo‘lishi mumkin. Ochiq anketadagi

savolga javob variantlari berilmaydi, respondent nimani yozishni xohlasa, shuni

yozadi. Masalan, “Sizningcha, mamlakatning 5 yildan keyingi istiqboli qanday

bo‘ladi?”, “Siz uchun hokimiyat nima?” kabilar ochiq savollarga kiradi. Bu

sub’ektiv fikrlarni o‘rganish uchun yaxshi, lekin har doim ham odamlar o‘z

fikrlarini aniq va muxtasar bayon etavermaydi. Qolaversa, ochiq savollarga

berilgan javoblarni tahlil qilish ham ma’lum professional tayyorgarlikni talab etadi.

Shuning uchun oxirgi yillarda ijtimoiy hayotni o‘rganishda anketaning yopiq

savollardan iborat turi ko‘proq ishlatilmoqda.

Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin bo‘lgan javoblar oldindan

ko‘rsatiladi. Masalan: “Mamlakatning istiqboli nimalarga ko‘proq bog‘liq?

a) mehnat resurslarining oshishiga;

b) malakali kadrlar soniga;

v) rahbarlik uslubining takomillashuviga;

g) tashqi investitsiyalarning dadil jalb etilishiga;

d) ish sharoitlarining yaxshilanishiga;

e) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga;

j) yana (yozing)____________________”.

Anketalarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – unga kiritilgan

savollarning barcha uchun tushunarli bo‘lishidir. Shuningdek, savollarning va

ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa bo‘lishi va anketaning hajm

jihatdan juda katta bo‘lmasligi respondent vaqtini ko‘p olmasligini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, siyosiy-psixologik fenomenlar o‘rganilayotganda, har bir savol

o‘z o‘rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha uyg‘otmasligi, samimiy javobga

chorlashi lozimdir. Ba’zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi

tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham

keltirib chiqaradi. Masalan, ba’zan umuman odobsiz savollar beriladi: “Musiqani

yoqtirasizmi?”, “Ota-onangizni sevasizmi?” kabi. Yoki ba’zida uzundan-uzun

44


savollarning berilishi respondent o‘zidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish

darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda

o‘rinli, ma’noli, jo‘yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga

katta ahamiyat berishlishi zarur.

Sotsiometrik so‘rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi

shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois, uni ba’zan mualliflar psixologik

testlar qatoriga ham kiritishadi. Nima bo‘lganda ham bu usul yordamida guruhiy

hodisalar, unda har bir a’zoning tutgan o‘rni, yetakchilikning taqsimoti va

jamoadagi ma’naviy muhit o‘rganiladi. Hozirda sotsiometrik so‘rovning yuzlab

modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, dastlabki ma’lumotlar olishning samarali vositasi

sifatida undan ko‘plab tadqiqotchilar foydalanadilar. Qo‘lga kiritilgan

ma’lumotlarga odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuter dasturlari

yordamida tahlil qilinadi.

Og‘zaki so‘roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi,

o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rgach so‘roq o‘tkazadi.

Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo‘lmasa,

so‘rov o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‘rovchi ushbu metod

yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‘lgan noyob ma’lumotlarni

to‘plash imkoniga ega bo‘ladi.

Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir

vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga

kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z

fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va

ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa,

shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.

So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib,

birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi

shaklida esa, hattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir

xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi. So‘rovlar o‘tkazilishida

45


hal qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalardan biri so‘raluvchilarni

tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o‘z

ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari o‘rganilganda, tabiiy bir muammo

paydo bo‘ladi: necha kishini va qayerlardan so‘rash lozim, degan. Tanlov ob’ektini

tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi

muhim rol o‘ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini o‘rganish uchun barcha

talabalar fikrini mutloq o‘rganish shart emas. Tanlov agar 10 foiz deb belgilansa,

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar

sonidan kelib chiqib, o‘shaning 10 foizi o‘rtasida, bir necha oliygohlarda so‘roq

o‘tkazilishi kifoya qiladi. Barcha pensionerlarning ijtimoiy himoya borasidagi

fikrlarini o‘rganish kerak bo‘lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak,

tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o‘sha guruhning tushunish

darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so‘roq o‘tkazadi yoki intervyular

uyushtiriladi.

Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega.

Yoshlarga “Siz vatanparvarmisiz?” yoki jamoatchilikka “Siz tinchlik

tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo‘lgani uchun ham odatda

respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o‘sha vatanparvarlik

belgilarining namoyon bo‘lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik

bo‘lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o‘rganish birinchidan, turli

xil fikrlarni to‘plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli

qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz

aqllimisiz?” degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi

savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.

Ko‘pincha psixologik so‘rovlarda odam o‘z fikrini ochiq va erkin bayon

etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so‘rov deyiladi.

Ba’zi bir so‘rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o‘rniga “O‘zingiz o‘ylab topgan

ism-sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so‘rov o‘tkazish usuli

sifatida oxirgi yillarda qo‘llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo‘lsa, shuni

46


aytish kerakki, so‘rov metodlari inson psixologiyasini o‘rganish, uning

dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional

tarzda to‘g‘ri ishlatish va natijalarni to‘g‘ri tahlil qilish juda katta amaliy

ahamiyatga egadir.

PSIXOLOGIK TESTLAR

Hozir butun dunyoda “test” so‘zi jamiyatda

va kishilar orasida keng qo‘llaniladigan so‘zlardan

bo‘lib qoldi. Chunki biror kasb-hunar orttirish uchun ham odam test sinovidan

o‘tadi, ya’ni testning “sinov uslubi” ekanligi ko‘pchilikka ayon bo‘lib qoldi.

Psixologik testlarning har qanday boshqa testlardan farqi shundaki, ular yordamida

shaxs va jamiyatga aloqador bo‘lgan o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat,

ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va

ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo‘ladi.

Ayni testga qo‘yilgan talab hech qachon o‘zgarmaydi, xattoki, shunday testlar

borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o‘zgarmagan holda

ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o‘lchash, Kettelning va

Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Ularning ham turlari mavjud.

Test – so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan

javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi

introversiya-ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo‘q” tarzida javob

berish so‘raladi.

Test – topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida

baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi krefaollilikni aniqlash

uchun ko‘pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira

shaklidagi shakllardan o‘zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.

Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga

qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va krefaolligiga baho

berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi.

Inson shaxsini o‘rganishda, turli anketalar, turli xil ko‘rinishdagi

so‘rovnomalar, siyosiy qadriyatlar va yo‘naltirilganlikni aniqlash uchun tuzilgan

47


alohida testlardan foydalanish mumkin. Albatta, buning uchun maxsus

tayyorgarlikka ega bo‘lish, aniq tadqiqot dasturi asosida izlanish olib borish talab

etiladi. Bunda Rokich, Olport-Vernon va boshqalarning testlarini misol tariqasida

ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Siyosiy shaxslar va hodisalarni o‘rganish uchun

tuzilgan maxsus testlar ham yaratilganki, bunga Rozensveygning “Rangli

frustratsiya testi” misol bo‘la oladi. A.Xvostov tomonidan ishlab chiqilgan

“Tafakkur mantiqiyligining siyosiy maqsadga yo‘naltirilganligini” aniqlash testi

mantiqiy xatolarning sifati va miqdorini aniqlab, matndan iborat bo‘lgan siyosiy

ma’lumotni qabul qilishning adekvatlik darajasini baholash imkonini beradi. Shu

bilan birga ta’kidlash mumkinki, shaxsning siyosiy maqsadlarga yo‘naltirilganda

o‘zini tutishi va uning psixikasini bir butun holda baholash imkonini beradigan

psixodiagnostik usullar ham mavjud. Bunga T.Adornoning fikrlashning rigidlik

darajasini baholash “F-shkalasi” misol bo‘la oladi.

Bu kabi metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb

egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa

guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa, kamchiligi –

ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy

tarzda uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi

mumkinligidir.

Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning

asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga shunday topshiriq

beriladiki, u topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashayotganligini, natijasi qanday

bo‘lishini oldindan bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning “Siyoh dog‘lari”

testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda

bir narsaning proyeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi.

1921-yilda kashf etilgan “Siyoh dog‘lari” va ularga qarab tekshiriluvchining

nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning shaxs

sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni

bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli,

48


lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va natijalarni mohirona tahlil

qilishi talab qilinadi.

PSIXOLOGIK EKSPERIMENT

Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan

shu yo‘l bilan bir omilning ta’siri ikkinchi bir omil

ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro‘y berishiga olib kelganligi isbotlanadi.

Ya’ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy farazlarni

isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari

qanday omillarga bog‘liq, degan savol paydo bo‘lsa va bunday olmillardan biri

o‘quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri taxmin

qilinsa, o‘sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar ishlatiladi, ikkinchi sinov

sinfda esa eskicha o‘qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning

o‘zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi.

Mana shunga o‘xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va

psixologik amaliyotda ko‘plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida

o‘tkaziladi, yangiliklar ochiladi.

Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat

shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon

yoki hodisa ajratiladi, o‘rganiladi, ta’sir ko‘rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy

eksperiment o‘sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy

hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda,

litsey auditoriyasida va shunga o‘xshash) maqsadli tashkil etilib, o‘rganilsa,

laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida

ataylab o‘rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo‘lsa,

psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida

yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o‘rganish

mumkin bo‘ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o‘zaro hamjihatlik,

liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun guruhiy integratorlar va

gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi

turli xil hodisalar o‘lchangan.

49


Eksperiment o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan

ob’yektda eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo‘lishidir. Tadqiqotchining

taxmini asosida birinchi guruhda u yoki bu o‘lchovlar, tekshirishlar, shartsharoitlar

kiritilsa, nazorat guruhi o‘sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar

ta’siridan xoli qilinadi. Eksperiment so‘ngida natijalar ikkala guruh misolida

taqqoslanib, kerakli xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat

motivatsiyalaridan biri deb, uning ta’sirini o‘rganish kerak bo‘lsa, eksperimental

guruh a’zolariga maoshlar ko‘paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda

qoldiriladi. Ikkala guruh a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga

munosabati, ishlab chiqarishdagi mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab

chiqiladi. Demak, eksperiment uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to‘g‘ri tahlil

qilish uchun professional psixologlar kerak.

MODELLASHTIRISH

Kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa

usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub

mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo‘llaniladi. Bunda o‘sha

hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model

asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.

Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo‘lishi mumkin.

Matematik model asosida o‘rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-

Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan

matematik formulasi hamda shu asosda to‘plangan ma’lumotlar tahlilini misol

qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‘pincha inson aqli va tafakkuri

jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish tamoyillari bilan qiyoslash

orqali tuzilgan g‘oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa

g‘oyalar psixologiyasini AKTdagi matematik dasturlash tamoyillariga

moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko‘pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham

dasturlashtirilgan bo‘lib, ular algoritmlar asosida qisqa fursatda ko‘pgina sifatlarni

ko‘plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab, natijalarni umumlashtirishga imkon

bermoqda. Ko‘pincha matematik o‘yinlar g‘oyasi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro

50


munosabatlar sohasini o‘rganishda ham qo‘llanilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha,

odamning fikrlash operatsiyalari bilan AKTlarning ishlash tamoyillari o‘rtasida

ma’lum uyg‘unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish

orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.

Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o‘ziga xos

metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks

tarzda o‘rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o‘z vaqtida va professional

tarzda qo‘llay bilish va olingan natijalardan to‘g‘ri xulosalar chiqara olishdir.

Modul yuzasidan tayanch iboralar

Psixologik xizmat, “Gaydens” xizmati, sinergetlar, sinergetika,

akmeologiya, sport va sog‘lomlashtirish tizimlarida psixologik xizmat, sport

psixologiyasi, kasb, mutaxassis, psixolog, psixika, kuzatish, eksperiment, psixik

hodisalar, shaxs, metod, ishonchlilig, validlilig, kuzatish metodi, so‘rov metodi,

anketa, test.

Nazorat va muhokama qilish uchun savollar

1. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari qaysi muammoni o‘rganganlar?

2. Psixologik xizmat AQShda nechanchi yildan boshlab rivojlangan?

3. Bine-Simon testi qachon yaratilgan va u qanday muammolarni o‘rganishga

qaratilgan?

4. MDH mamlakatlarida psixolog mutaxassislar tayyorlash haqida tushuncha

bering?

5. Evropa mamlakatlarida psixolog mutaxassislar tayyorlash haqida tushuncha

bering?

6. Psixolog tayyorlashning rivojlanish bosqichlari.

7. O‘zbekistonda psixologiyani rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar.

8. O‘zbekistonda nechanchi yilda va qayerda amaliyotchi psixologlarni

51


tayyorlash fakul’teti ochildi?

9. Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar haqida tushuncha bering?

10. Fanda yuzaga kelgan yangi yo‘nalishlar va yangicha yondoshuvlar haqida

tushuncha bering?

11. “Sinergetlar” so‘zi ma’nosini nimani bildiradi?

12. Sinergetik yondoshuv deganda nimani tushunasiz?

13. Akmeologik yondoshuv deganda nimani tushunasiz?

14. Globalizatsiya sharoitida psixologiya o‘rganayotgan muammolarning

dolzarbligini izohlang.

15. “Internetomaniya” tushunchasiga ta’rif bering?

16. Insonni o‘rganishning ahamiyati nima uchun zaruratga aylandi?

17. Aholiga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatilish sohalari haqida tushuncha

bering?

18. Psixolog kasbining professiogrammasi tushunchasiga ta’rif bering?

19. Sport psixologiyasi fani nimalarni o‘rganadi?

20. Sport psixologiyasi: yuzaga kelishi va hozirgi holati haqida tushuncha

bering?

21. Sport psixologi qanday muammolarni o‘rganadi?

22. Psixolog sifatida shakllanish bosqichlari va ularning o‘ziga xos

xususiyatlarini izohlang.

23. Psixolog xizmati nima u?

24. Guruhiy psixologik treningqanday holatlarda ishlatiladi?

25. Kasb tushunchasi nima?

26. Taniqli psixolog E.A.Klimov kasblarni tahlili bo‘yicha fikrlarini izohlang?

27. “Mutaxassis” va “qiziquvchi” psixologlarning psixologiyasi haqida

ma’lumot bering?

28. Amaliy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlarini sanang?

29. Sport psixologi tadqiqotchisining faoliyati oldiga qo‘yiladigan asosiy

talablar

52


30. Psixologning ixtisoslikka o‘z o‘zini-o‘zitayyorlashning mazmuni va shakli.?

31. Psixologiya institutlari ilmiy faoliyatining xarakteristikasi (Sport

federatsiyalari, olimpiya zahiralar kolejlari, ilmiy muammoli

laboratoriyalari)?

32. Psixologiya fanining predmeti va uning fanda asoslanishi.

33. Psixikaning zamonaviy va klassik ta’riflari.?

34. Psixik jarayonlarning namoyon bo‘lish shakllari va ular o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlikni izohlang.

35. Psixologiya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?

36. Psixologiyaning predmeti nima?

37. Psixologiya necha bosqichda rivojlangan?

38. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

39. AQSh va RFdagi mavjud ba’zi psixologik tarmoqlar klassifikatsiyasi?

40. Psixologiyaning tarmoqlari o‘zaro bog‘liqlikni izohlang.

41. Bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus kasb etayotgan

psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflari?

42. Ijtimoiy psixologiya nimalarni o‘rganadi?

43. Sport psixologiyasi nimalarni o‘rganadi?

44. Psixolog xizmati nima u?

45. Umumiy psixologiya fanining qanday asosiy metodlari mavjud va ular

qanday tasniflangan?

46. Kuzatish, so‘roq hamda psixologik testlar deganda nimalarni tushunasiz?

47. So‘rov metodi va uning klassifikatsiyasi.

48. Erkin kuzatuv qanday amalga oshiriladi?

49. Anketaning qanday turlari mavjud?

50. Modellashtirishlarning psixologiyalashtirilishni izohlang.

53


Bibliografiya

1. Ўзбекистон Республикаси Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги

тўғрисида НИЗОМ // Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 18 майдаги

369-сон қарорига илова // lex.uz

2. David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland,

Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – 687 p.

3. Каримова В.М., Холйигитова Н.Х. Психология: Ўқув қўлланма. – Т.:

“IQTISODIYOT”, 2014. – 175 б.

4. Ғозиев Э. Умумий психология: Психология мутахассислиги учун

дарслик / Э.Ғозиев; ЎзР ОЎМТВ, М.Улуғбек номидаги ЎзМУ. – Т.:

“Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти, 2010. – 544 б.

51. Karimova V., Hayitov O., Akramova F., Lutfullayeva N. Umumiy

psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik

// V.M.Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T.: TDIU , 2010. – 328 b.

5. Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений: В

3 кн. – 4-е изд. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. – Кн. 3:

Психодиагностика. Введение в научное психологическое исследование

с элементами математической статистики. – 640 с.

6. Каримова В.М. Психология. Ўқув қўлланма. – Т.: А.Қодирий номидаги

халқ мероси нашриёти, 2002. – 205 б.

54


II qism.

PSIXIKANING EVOLYUTSION TARAQQIYOTI

Psixikaning moddiy asosi

2.1. Nerv sistemasining tuzilishi

nerv sistemasi va bosh miya

hisoblanadi. Shu sababli nerv

sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib, psixik hayot

hodisalarini tushunib bo‘lmaydi.

Nerv sistemasi nerv to‘qimasidan iborat, bu to‘qima esa nerv hujayralaridan

tashkil topgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo‘lib, ikki turli

o‘simtalari bor, bu o‘simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo‘ladi.

Kalta o‘simtalari sertarmoq bo‘lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o‘simtalari

aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o‘simtalar ikkitadan ortiq

bo‘lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o‘ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi

pardasi yog‘simon parda bo‘lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi.

Ikkinchi tashqi pardasini shvann pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o‘tuvchi

nerv qo‘zg‘alishini ajratib turuvchi izolyatsiyadek bir vazifani o‘taydi. Neyrit,

odatda, nerv tolasi, deb ataladi.

Nerv hujayrasi, uning o‘simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda

neyron deb ataladi. Nerv sistemasi juda ko‘p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari

miyadan tutam-tutam bo‘lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so‘z bilan aytganda,

nervni hosil qiladi.

Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to‘plami miyaning kul rang moddasini,

mielinli nerv tolalarining to‘plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.

Hujayralar – ularning yadrolari va tolalari sinapslar degan maxsus mayda

tolachalar yordami bilan bevosita bog‘lanadi (sinaps grekcha so‘z bo‘lib, “ilgak”

degan ma’noni bildiradi). Nerv sistemasining maxsus xossalari bor, bu

xossalardan asosiylari qo‘zg‘aluvchanlikva o‘tkazuvchanlikdir. Bu xossalar

shundan iborat.

55


Agar nerv tolasining biron joyiga tegilsa, issiq; sovuq, elektr toki, ximiyaviy

moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki qo‘zg‘atilsa, nerv tolasining

qo‘zg‘atilgan joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‘y beradi, buni qo‘zg‘alshi

deyiladi. Agar nerv tolasi yetarli darajada qo‘zg‘atilsa, bu qo‘zg‘alish sodir bo‘lgan

joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo‘ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan

ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tadi, nihoyat, qo‘zg‘atish kuchi muayyan darajaga

yetganda qo‘zg‘alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.

Nerv to‘qimasida qo‘zg‘alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar:

elektr, kimyoviy, issiqlik hodisalari paydo bo‘ladi. Yonma-yon turgan bir nerv

hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi –

sinapslar borligi tufayli, qo‘zg‘alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin

pardasi borligidan, qo‘zg‘alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.

Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq evolyusiyasi jarayonida

va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan. Nerv sistemasi birinchi

marta kovak ichli hayvonlarda ro‘yi rost ko‘rinadi. Bu nerv sistemasi butun

organizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masalan, gidroid poliplarning

nerv sistemasi shunday bo‘ladi. Bu – diffuz tipda tuzilgan nerv sistemasidir

Umurtqali hayvonlar bilan odamda nerv sistemasi murakkab tuzilgan bo‘lib,

uch qismga – markaziy, periferiyadagi va vegetativ qismlarga bo‘linadi (2.1.2-

rasmga qarang).

Yarim sharlarning miya po‘sti deb ataladigan butun yuzasi tekis bo‘lmay,

balki g‘ijim-g‘ijim, burmachalar bilan qoplangandir, bular go‘yo egat va

pushtalarga o‘xshaydi. Shu bilan birga, hayvon biologik taraqqiyotning qancha

yuqori bosqichida tursa, yarim sharlar yuzasidagi bu egatlar shuncha chuqurroq va

pushtalari ko‘proq bo‘ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi pushtalar juda

ko‘p va egatlari ko‘p darajada chuqurdir.

56


Periferik nerv

sistemasi

Markaziy nerv

sistemasi

Nerv

sistemasi

Periferik

Markaziy

(bosh va orqa

miya)

Vegetativ nerv

sistemasi – ichki a’zolar

(nafas olish, qon

aylanish, ovqat hazm

qilish, ayirish, jinsiy va

ichki sekretsiya bezlari)

faoliyatini hamda

moddalar almashinuvi

jarayonini boshqaradi

Somatik nerv sistemasi

– odam tanasining sezgi

a’zolari va sklet

muskullari faoliyatini

boshqaradi

Simpatik nerv sistemasi –

yurak ishini tezlashtiradi,

arterial qon bosimini oshiradi,

me’da-ichak harakatini

susaytiradi, siydik pufagi

muskullarini bo‘shashtiradi,

bronxlarni kengaytirib nafas

olishni yengillashtiradi, ko‘z

qorachig‘ini kengaytiradi, ter

ajralishini ko‘paytiradi

Parasimpatik nerv sistemasi –

yurak ishini sekinlashtiradi,

arterial qon bosimini

pasaytiradi, me’da-ichak

harakatini kuchaytiradi, siydik

pufagi muskullarini qisqartirib,

siydikni tashqariga chiqishini

ta’minlaydi, bronxlarni va ko‘z

qorachig‘ini toraytiradi, ter

ajralishini kamaytiradi

2.1.2-rasm. Odam nerv sistemasining tuzilishi

57


Periferik nerv sistemasi orqa miyaning orqa va

oldingi shoxlaridan chiqadigan 31 juft sezuvchi va

harakatlantiruvchi somatik nerv tolalari hamda bosh

Somatik nerv sistemasi – odam

tanasining sezgi a’zolari va skelet

muskullari faoliyatini boshqaradi.

miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nerv tolalaridan iborat. Bulardan tashqari

vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik nerv tolalari ham, periferik

nerv sistemasi hisoblanadi. Bu nervlar bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta,

uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning turli sohalarini yon shoxlaridan chiqadi.

Pereferik nerv sistemasi. Bizning pereferik nerv sistemamiz 2 ta komponentdan, ya’ni

somatik va vegetativ komponentlardan tashkil topgan.

Somatic nerv sistemasi skelet muskullarini boshqarish qobiliyatiga ega. Vegetativ nerv

sistemasi esa ichki organizmdagi bezlar, muskullarni nazorat qiladi, yurak urushi, hazm qilish

organlarining faoliyatiga ta’sir etadi. Vegetativ nerv sistemasi 2ta muhim asosiy vazifani

bajaradi.

Sezuvchi nerv sistemalari energiyani uyg‘otadi va sarflaydi. Agar sizga nimadir

qiyinchilik tug‘dirsa yo ogohlantirsa, sezuvchi nerv sistemangiz yurak urushingizni tezlashtirib

yuboradi, qon bosimingizni oshiradi, hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi, qondagi shakar

miqdorini oshiradi.

“Yaqinda men vegetativ nerv sistemasini tekshiruvidan o‘tdim. Meni apparatga

jo‘natishdan oldin xodim mendan qo‘rqan yoki qo‘rmaganligimni so‘radi. Men esa o‘zimni

dovyurak ko‘rsatib, hammasi joyidaligini aytdim. Birozdan keyin orqacha yotgan holda

harakatlana olmasdim. Qo‘rquv meni chetlab o‘tmadi, yuragim tez urib, nimadir qochib ketishga

undar edi. Baqirib yuborishimga oz qoldi. Keyin esa yurak urushim sal sekinlashdi, tanam

yayradi. Garchi tekshiruv tugagandan so‘ng 20 daqiqadan keyin uyg‘ongan bo‘lsam ham, xodim

tekshiruv muvaffaqiyatli o‘tkanini ta’kidladi”.

Manba: David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.:

Worth Publishers, 2013. – P. 48

Somatik va vegetativ nerv sistemasi funktsiyalari. Yuqorida

ta’kidlanganidek, bajaradigan funktsiyasiga ko‘ra nerv sistemasi ikki qismga

bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi.

Somatik nerv sistemasi – odam tanasining sezgi a’zolari va skelet muskullari

faoliyatini boshqaradi. Bu funktsiya yuqorida aytilganidek orqa miyadan

chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar va bosh miyadan

chiqadigan 12 juft bosh miya nervlari orqali bajariladi.

Vegetativ nerv sistemasi – simpatik va parasimpatik nerv tolalari bosh

miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta va uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning

ko‘krak, bel, dumg‘aza segmentlaridan chiqadi.

58


Vegetativ nerv sistemasi – ichki a’zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat

hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo), shuningdek, ichki sekretsiya bezlari

faoliyati hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.

Simpatik nerv – yurak ishini tezlashtiradi, kuchaytiradi, arteriya qon

tomirlarini toraytiradi, arterial qon bosimini oshiradi, me’da-ichak harakatini

susaytiradi, siydik pufagi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit

yaratadi, bronxlarni kengaytirib nafas olishni engillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini

kengaytiradi, ter ajralishini ko‘paytiradi (2.1.3-rasm).

Parasimpatik nervi – yurak ishini

sekinlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi,

me’da-ichak harakatini kuchaytiradi, siydik pufagi

muskullarini qisqartirib, siydikning tashqariga

chiqarilishini ta’minlaydi, bronxlarni va ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ter ajralishini

kamaytiradi.

Vegetativ nerv sistemasi – ichki

a’zolar (nafas olish, qon aylanish,

ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy

va hokazo), shuningdek, ichki

sekretsiya bezlari faoliyati hamda

moddalar almashinuvi jarayonini

boshqaradi.

Refleks tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmning javob reaktsiyasidir. Refleks

markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funktsiyasi hisoblanadi. Odam organizmining

barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi (og‘riq sezish, qo‘l-oyoq harakati, nafas olish,

ko‘zni yumish va ochish). Refleks ikki xil bo‘ladi: shartli va sharsiz. Shartsiz refleks orqa va

bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi.

Manba: David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.:

Worth Publishers, 2013. – P. 268-269

Shartsiz reflekslar – tug‘ma bo‘lib, ular odamning ixtiyorisiz bajariladi.

Masalan, nafas olish, yurak urishi, ko‘zni ochib yumish, so‘lak ajralish va

hokazolar.

Shartli reflekslar – bosh miyaning po‘stloq qavatidagi nerv markazlari

ishtirokida yuzaga kelib, odam tug‘ilgan vaqtda bo‘lmaydi, keyinchalik hayotiy

tajribalari, tarbiya va bilim olish, hunar o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi.

Refleks yoyining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: retseptor, sezuvchi

nerv tolasi, nerv markazi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, ishchi a’zo, har bir

faoliyatni bajaruvchi. Refleks hosil bo‘lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari

59


butun bo‘lishi kerak. Ularning birontasi shikastlansa refleks hosil bo‘lmaydi.

13-rasm. Perferik nerv sistemasining tuzilishi va ishlash funktsiyalari

Manba: David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth

Publishers, 2013. – P. 56-57

60


Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik funktsiyasida, tananing turli qismlarida

joylashgan retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali miyaning nerv

markazlariga kelgan impulslar, uning oq moddasida joylashgan o‘tkazuvchi nerv

yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv

markazlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish, pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari

orqali, orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan

harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi to‘qima va a’zolarga o‘tkaziladi.

Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va

umumiy sezuvchanlik markazidir. Emotsiya va instinktlarimiz shu soha bilan

chambarchas bog‘liqdir Harakatlarimizni idora etish uchun po‘st ostidagi

61


tugunlardan targ‘il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ‘il jism zararlanganda,

odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo‘ladi.

Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va

odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‘stidir. Bosh

miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya ongsiz

reflektor harakatlarning markazlari bo‘lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora

etadi.

Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy

nerv sistemasi bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining bosqichlaridir. Bosh miyaning

taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‘zidan

avvalgi qismning ustiga qatlangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya

markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‘st

genetik jihatdan miyaning zng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining

yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq

psixik funktsiyalarni ham bajargan deb o‘ylash mumkin. Markaziy nerv

sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq

psixik funktsiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tdi. Shu bilan

birga psixik funktsiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik

funktsiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tishi bilan miyaning

pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora etadigan

bo‘lib qoldi.

Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar ko‘rsatib turibdi.

Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po‘sti

va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning funktsiyasini pastroqdagi

qismlar o‘tay boshlaydi. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan baqa tamomila

normal baqaga o‘xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o‘tiradi; baqa turgan taxta

ag‘darila boshlasa, u ag‘anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha

ag‘nab tushsa, o‘nglanib oladi. Shunday qilib, baqa miya yarim sharlaridan

mahrum bo‘lsa ham harakat qilish va o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish

62


qobiliyatini saqlab qoladi.

Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‘ziga solingan ovqatni yeydi, turtib

yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib

yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari

olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi.

Bunday it og‘ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi qattiq

tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‘zicha ovqat qidirib

topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni

boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari shu bilan birga, yangi

malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo‘qoladi. Ba’zi fiziologlar maymunlarning

yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar operatsiya qilingandan

keyin psixik funktsiyalari yo‘qolishi bilan birga, harakatni muvofiqlashtirish tizimi

ham buzilgan. O‘lar to‘ppa-to‘g‘ri o‘tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni

changallay olgan, ammo murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati

buzilgan.

I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalarni

ilmiy asosda tushuntirib berdi.

Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar

shuni ko‘rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa,

quyi qismlarining yuksak psixik funktsiyalarni bajara olish imkoniyati o‘shancha

kam bo‘ladi.

Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funktsiyalarni bajarishga

mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po‘sti ostidagi qismlari po‘st funktsiyasini

loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan bolalar

(anensefallar)ni kuzatish bu holatni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday

bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to‘qqiz oy

yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib

ko‘rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni qo‘lda ushlab

turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko‘rilgan; u ba’zan

63


ijirg‘angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga

kelgan. Bola tagi bulg‘anganda ham hech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan

gaplashish yoki unga biron narsa o‘rgatish aslo mumkin bo‘lmagan. Unda hatto

eng oddiy ko‘nikmalar ham hosil bo‘lmagan.

Yuqorida aytilganlardan, miyaning po‘st ostidagi qismlarining psixik

hayotga hech qanday aloqasi yo‘q, degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po‘sti

o‘z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog‘langan.

Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari

va po‘st ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po‘stining qismlariga

bog‘langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati

bo‘lmasa, psixik hayot ham bo‘lmas edi.

Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida

bosh miya po‘sti asosiy rol o‘ynaydi I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, yarim sharlar

po‘sti organizmdagi hamma funktsiyalarni idora etadi.

Pavlov ta’limotiga ko‘ra, katta yarim sharlar po‘sti organizmning barcha

funktsiyalarini boshqaradi.

Bir asr oldin olimlar tirik inson miyasini tekshiradigan yuqori sifatli

texnologiyalarga ega bo‘lmagan. Dastlabki klinik kuzatishlar shifokor va keng

fikrlovchi insonlar tomonidan o‘tkazilgan. Miyaning bir tomoni shikastlanishi

ko‘pincha karaxtlik va bir tomonning falaj bo‘lishiga olib kelgan. Miyaning orqa

tomoni shikastlnishi esa ko‘rish a’zolariga, chap tomoni nutq apparatiga ta’sir

etgan. Asta sekin dastlabki tadqiqotchilar miya xaritasini tuzishgan. Hozir yangi

avlod kartograflari eng qiziqarli organ bo‘lgan miyani tekshirishmoqda.

Nevropotologlar ham miyaning turli qismlarini tekshira oladilar. Olimlar hatto

yakka neyronlar ma’lumotiga ham nazar tashlashdi. Tadqiqotchilar yana

yashirincha milliardlab neyronlarni tekshirishlari va miya harakatni rangli

tasvirlarda ko‘rishlari mumkin.

Hozirda sizning aqliy qobiliyatingiz elektrik, metabolic va magnit signallarni tarqatadi,

64


bu esa nerv sistemasini o‘rganuvchi olimlarga sizning miyangizni ish vaqtida tekshirish imkonini

beradi. Elektrik harakatda sizning miyangizdagi neyronlar yuza qismi bo‘ylab tekis

harakatlanadi. Elektroentsefalografiya (EEG) shunday to‘lqinlarni o‘quvchi asbob. Inson

miyasidagi harakatlarni EEG orqali o‘rganish, mashina motorini uning shovqinini eshitib

o‘rganishga o‘xshaydi. Miyaga hech qanday yo‘l yoqligiga qaramasdan, tadqiqotchilar stimul

qaytarilish va miyadagi harakatlarning stimulga bog‘liq bo‘lmagan jihatlarini o‘rganishgan.

1746-yilda Lord Chesterfield o‘g‘liga yozgan maktubida “sen odamlarni o‘zidan ko‘ra

ularning ichiga nazar tashlashing kerak” deb yozadi. EEG ga o‘xshamagani holda, neyronlarni

aks ettiruvchi yangi texnologiyalar miyaning ichki tomonini ko‘rishga imkon beradi. PET

(positron tarqatish tomografiyasi) kabi uskunalar har bir miya qismining glukoza kabi kimyoviy

moddalar orqali miya harakatini tasvirlab beradi.

Glyukozalar faol neyronlar hisoblanadi, hamda inson radiofaol glyukozalarni qabul

qilgandan keyin berilgan vazifani bajarayotganda PET tekshiruvi gamma nurlarini kuzatib turadi.

Yomg‘ir yog‘ishini kuzatuvchi ob-havo radariga o‘xshab, PET tekshiruvi inson matematik

hisob-kitob qilganda, yuz tasvirlariga qaraganda hamda orzu qilganda miyaning qaysi qismi

faolroq bo‘lishini ko‘rsatadi.

MRI miya tekshiruvida esa inson miyasi kuchli magnitli maydonga qo‘yiladi, bu esa

miya molekulalaridagi atomlarni bir safga joylashtiradi. Qachonki, miya o‘zining normal

holatiga qaytganda, ular mayin to‘qimalarning to‘liq tafsilotlari haqidagi signalni qoldirib ketadi.

MRI miya tekshiruvi mukammal darajada namoyish ko‘rsatadigan musiqachilarning chap

yarimsharidagi asab maydonlarining ancha qismini fosh etgan. Bundan tashqari MRI tekshiruvi

shizefroniya kasalligi bo‘lgan bemorlarning miyalarini ham tekshirgan.

Maxsus MRI tekshiruvlari miya funktsiyalarini uning strukturalari bilan birgalikda ochib

beradi. Miya asosan qayerda faol bo‘lsa, o‘sha yerda qon aylanishi ko‘proq bo‘ladi. Qachonki

inson biror bir tasvirga qarasa, bu ko‘rishga oid ma’lumotlarni miyaga yuboradi, bunda MRI

tekshiruv apparati orqa miyaga qon yo‘nalganligini aks ettiradi.

Manba: David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.:

Worth Publishers, 2013. – P. 49-55

65


2.2. Markaziy nerv sistemasi va oily

nerv faoliyati

Nerv sistemasining ikkinchi

funktsiyasi – odamning tashqi

muhit va atrofdagi boshqa

odamlar bilan munosabati, fe’l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini

ta’minlaydi. Nerv sistemasining bu funktsiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan

oliy nerv faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim

sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi.

Oddiy nerv hujayralaridan tortib murakkab nerv hujayralarigacha hammasi

orqa miya va bosh miyada vujudga keladi. Miya-insonga o‘ylash, his qilish va

harakatlanish imkonini beradi. 10

mln nerv hujayralari boshqa

minglab nerv hujayralari bilan

aloqaga kirishib diagramma hosil

qiladi.

Orqa miya periferik nerv

sistemasi va miya o‘rtasida ikki

tomonlama malumot yetkazuvchi

vositadir. Yuqoriga ko‘tariluvchi

nerv tolalari ma’lumot yuboradi,

pasayuvchilari esa ularni qaytarib

Oliy nerv

sistemasi

Periferik

nerv

sistemasi

jo‘natadi. Nervlarimiz bizning reflekslarimizni boshqaradi, avtomatik

javobgarligimizni kuchaytiradi, orqa miya faoliyatini rivojlantiradi. Shunga

o‘xshash refleks og‘riqlarda ham mavjud. Masalan: qo‘lingizni olovga bexosdan

tekkizib olganingizda og‘riq orqa miyagacha yetib boradi. Bu reaktsiya qo‘l

mushaklarida joylashgan motoneyron orqali sodir bo‘ladi. Bu oddiy og‘riqqa

bo‘lgan reaktsiya orqa miyaga yetib boradi va biz darhol qo‘limizni olovdan

olamiz. Bunda miyaga og‘riq haqidagi malumot yetib borgan bo‘ladi va u bizga

buyruq beradi. Shuning uchun ham bunday vaziyatlarda sizni kimdir

boshqarganday tuyiladi. Ma’lumot bosh miyadan orqa miyaga tomon tarqaladi.

66


Miyaning buyrug‘iga muvofiq tana jarohatdan saqlanish uchun harakatlanadi.

Qachonki miya markazi tormozlansa inson qad ko‘tarolmaydi va bu falajlikka olib

keladi.

Endokrin tizim Endokrin tizimi qanday qilib nerv sistemasiga ta’sir

ko‘rsatadi?

Shu vaqtgacha biz tananing elektrokimyoviy ma’lumot tizimining tezligiga

diqqatimizni qaratdik. Nerv sistemamizga bog‘langan ikkinchi aloqa tizimi bu –

endokrin tizimidir. Endokrin bezlari garmonlar ishlab chiqaradi, bu garmonlar

miyani ham o‘z ichiga olgan holda butun tanaga tarqaladi. Garmonlar miyada

harakatlanganda bizning har sohaga bo‘lgan qiziqishimiz ortadi.

Ba’zi garmonlar kimyoviy jihatdan nevrotashuvchilarga o‘xshaydi, shuning

uchun ham endokrin sistemasi va nerv sistemasi bir biriga juda yaqin. Ikkalasi ham

molekulalar ishlab chiqaradi. Lekin ularning farqli tomonlari ham bor. Nerv

sistemasi ma’lumotlarni ko‘zdan miyaga, qo‘ldan nerv sistemasiga juda tez, qisqa

vaqtlarda yuboradi, endokrin tizimining ma’lumot uzatishi esa bir muncha

sekinroq kechadi. Agar nerv sistemasini uyali aloqa vositasidan xabar yuborishga

o‘xshatsak, endokrin tizimini esa pochta orqali xat jo‘natishga o‘xshatish mumkin.

Lekin bazan sekin va barqarorlik g‘olib chiqadi. Endokrin xabarlari uzoq

davom etadigan natija beradi, bu bizga bizni xafa qilgan narsalardan ogoh

bo‘lgach, tuyg‘ularimizning sustlashib qolishini tushunishga yordam beradi. Eng

ta’sirli endokrin bezlari bu gipofiz bezlari bo‘lib u no‘xat ko‘rinishiga egadir. U

miya hududi – gipatalamusda – boshqariladi.

Orqa miya Yuqorida ta’kidlanganidek, nerv sistemasi ikki

qismdan: markaziy va periferik nerv sistemasidan iborat.

Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan. Orqa

miya umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, nerv to‘qimasidan

tuzilgan va shaklan go‘yo yo‘g‘on chilvirga o‘xshaydi. Orqa miya uzunasiga

ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‘ng va chap qismlarga bo‘linadi. Orqa

miyaning tevarak-atrofida oq modda (nerv tolalarining to‘plami), o‘rtasida esa kul

67


rang modda (nerv hujayralarining to‘plami) joylashganligini orqa miyaning

ko‘ndalang kesigidan ko‘rish mumkin. Kul rang modda kesigi shaklan kapalakka

o‘xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, orqadagi qismlari

orqadagi ildizchalar, deb ataladi.

Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta

odamda 40-45 sm, og‘irligi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko‘proq

nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi. Ulardan

chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat

parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon, ichki

qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi

bo‘ladi.

Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va

bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning

pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa

miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib,

ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi.

Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo‘yin qismida,

12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1-3 tasi dum qismida bo‘ladi.

Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil modda: (1) tashqi qismi oq

modda va (2) ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko‘rinadi. Kulrang modda

kapalak yoki “H” harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.

Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon

shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa

shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Nerv

hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular

umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi. Nerv hujayralarining uzun

o‘simtalari sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalarini tashkil etib,

ular umurtqa pog‘onasidan tashqariga chiqib tananing to‘qima va a’zolariga

boradi.

68


Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa

miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh

miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya

nerv markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish

funktsiyasini bajaradi.

Orqa miyada nerv tutam bo‘lib joylashgan, qo‘zg‘alish periferiyadagi nerv

uchlaridan, skelet muskullari, teri, shilliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv

tolalarning tutamlari orqali nerv impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va

bosh miyadan periferiyaga keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‘tkazuvchi

yo‘llar deb ataladi.

Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‘lmay, balki

ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‘l-oyoq

muskullarini, ko‘z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‘ladigan

bir qancha fiziologik jarayonlarni, ya’ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa

shu kabi fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu

markazlardan bir qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.

Bosh miya

Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir.

Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati,

ongi kabi muhim psixik xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi (2.2.2-rasm).

2.2.2-rasm. Bosh miyaning tuzilishi

69


Inson bosh miyasi boshkalla qutisida joylashgan bo‘lib, go‘yo orqa miya

tepasidagi ustki qavat hisoblanadi.

Mutaxassislar tomonidan bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi:

ketingi miya;

o‘rta miya;

oraliq miya;

oldingi miya.

Bosh miya – o‘ng va chap katta yarimsharlardan iborat bo‘lib, ular

qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari

ikki qavatdan iborat:

Ensa bo‘lagi

Tepa bo‘lagi

Peshona bo‘lagi

Oldingi

ildizcha

Chakka bo‘lagi

2.2.3-rasm. Bosh miya yarim sharlari

po‘stining yuza qismlari

2.2.4-rasm.

Kulrang modda bo‘lagi

Bosh miya po‘sti miyaning kul rang moddadan iborat (2.2.4-rasmga qarang).

Miyaning turli qismlarida po‘stning qalinligi 1 mm dan. 4-5 mm gacha boradi.

Odamning bosh miya po‘stining butun yuzasi o‘rta hisob bilan 2000 kv.sm keladi.

Bosh miya yarim sharlari po‘stining yuzasi odatda to‘rtta katta qismga – peshona

qismi (eng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‘linadi (2.2.3-

rasmga qarang).

70


Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po‘sti va yarim

sharlarida 15 milliardga yaqin nerv hujayrasi bor. Katta yarim sharlar po‘sti shakli

va funktsiyasi bilan bir-biridan farq qiladigan olti qavat nerv hujayralaridan

tuzilgan. Oltinchi qavat o‘z navbatida ikki qatlamga bo‘linadi. Ammo bosh miya

po‘stining turli qismlari olti qavat hujayradan. iborat emas, balki ikki, uch, to‘rt

qavatdan, ba’zi qismlari esa olti qavatdan iborat. Bosh miya po‘stining hujayralar

qavati bir xilda bo‘lgan uchastkalari maydon hosil qiladi. Odam bosh miyasining

po‘stida hammasi bo‘lib 52 ta maydon bor Tuzilish jihatidan bir-biriga

o‘xshaydigan maydonlar sohalarni tashkil etadi; bunday sohalar 11 tadir. Bosh

miya po‘stining uchinchi va beshinchi qavatlari katta, piramidasimon

hujayralardantuzil gan, qolgan qavatlari esa mayda (donasimon) hujayralardan,

uchburchak va dugsimon hujayralardan tuzilgan. Bosh miyaning po‘sti ostidagi

qismlari po‘st ostidagi soha deb ataladi.

2.2.5-rasm. Bosh miya va uning tuzilmasi

Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va

bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy

ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. (2.2.5-rasmga qarang).

71


Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funktsiyalarni boshqaruvchi nerv

hujayralari to‘plami oliy nerv markazlari deyiladi. Jumladan, bosh miya

po‘stlog‘ining ensa qismida-ko‘rish, chakka qismida-eshitish, peshona qismining

ostki, ichkari sohasida-hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida –

harakat, orqa markaziy pushtasida-teridagi sezish markazlari joylashgan.

Ketingi miya Ketingi miyaga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi va

miyacha kiradi. Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‘prigi orqa

miyaning go‘yo bevosita davomidir. Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa

miyaga qaraganda xiyla murakkab vazifani o‘taydi.

Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqoriroqdagi

bo‘limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‘limlaridan orqa miyaga

impulslar o‘tib turadi. Uzunchoq miya yadrolari emish, chaynash, yutish, so‘lak

ajratish, me’da va me’da osti bezidan shira ajratish, qusish va shunga o‘xshash bir

qancha murakkab reflektor jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurakning

ishlashini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq

miyadadir. Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo‘limlariga,

shuningdek, yuqoriroqdagi qismlariga ko‘p yo‘llar bilan mahkam bog‘langandir.

Miyachaning juda katta ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‘rinadi-ki,

miyacha olib tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funktsiyalari

juda ham buziladi; harakatlar tartibsiz, chalkash, poyma-poy bo‘lib qoladi.

Miyachasi olib tashlangan hayvon qaddini ko‘tarib va boshini tutib turolmaydi;

boshi va tanasi doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin

harakatlar qiladi.

Uzunchoq miya – bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi

orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5

sm, massasi 7 gramm.

Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funktsiyalarini bajaradi.

Reflektor funktsiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish

markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funktsiyasi esa orqa

72


miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida

joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga

o‘tkazishdan iborat. Uzunchoq miyaning shikastlanishi o‘tkazuvchanlik

funktsiyasining buzilishiga, ya’ni orqa va bosh miya o‘rtasidagi aloqani hamda

nafas olish, yurak ishining buzilishiga olib keladi.

Miya ko‘prigi – uzunchoq miyaning yuqori tomonida joylashgan bo‘lib, yon

tomonidan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigida uchlik nervining, ko‘z

soqqasini harakatlantiruvchi nervining markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali

miya ko‘prigi reflektor funktsiyani bajaradi.

Miyacha – bosh miya yarimsharlari ensa bo‘lagining ostida joylashgan.

Massasi 150 gramm. Uning ikkita yarim sharlari va ular o‘rtasida

chuvalchangsimon qismi bor. Miyachaning tashqi qavati kulrang rangdagi nerv

hujayralari modda bilan qoplangan bo‘lib, u kichik egat va pushtalarga

bo‘lingan. Miyacha odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va

harakatlarining tartibli bajarilishini va muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa tana muskullari bo‘shashadi va

odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi

qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi.

O‘rta miya Muskul tonusining normal taqsimlanishini va

gavdaning tovush hamda yorug‘lik singari qo‘zg‘ovchilarga,

shuningdek og‘irlik kuchiga nisbatan to‘g‘ri turishini idora etadigan to‘rt tepalik,

qizil yadro va miyaning boshqa ba’zi bir uchastkalari o‘rta miya tarkibiga kiradi.

O‘rta miyasi olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal harakat qila

olmaydigan bo‘lib qoladi.

U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi,

tananing barcha to‘qima-a’zolari faoliyatini bir-biriga bog‘lab, boshqaradi.

Organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi, uni muhit sharoitiga

moslashtiradi. Bosh miya kalla suyagi ichida joylashgan bo‘lib, uning vazni katta

odamda o‘rtacha 1020-1970 grammni tashkil qiladi. Odamning aqliy faoliyati bosh

73


miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining

murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xussusiyatlari bilan bog‘liq.

Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshligidan tarbiyasi, ilm

olishi, mashq qilishiga bog‘liq.

O‘rta miya – miya ko‘prigining yuqorisida joylashgan. Unda to‘rt tepalik

deb nomlangan nerv hujayralari to‘plami bo‘lib, tepalikning oldingi 2 tasida –

po‘stloq osti ko‘rish markazi, tepalikning orqadagi 2 tasida – po‘stloq osti eshitish

markazi joylashgan. O‘rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv

markazi ovqatni chaynash, yutish va qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini

boshqaradi. Undagi qizil tana deb nomlangan nerv markazi tana muskullarining

tarangligini ta’minlaydi.

Oraliq miya Oraliq miya – o‘rta miyaning yuqori qismida

joylashgan bo‘lib, bosh miya yarimsharlari bilan qoplanib

turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus) va

do‘mboq osti soha (gipotalamus) kiradi. Talamus – po‘stloq osti sezish

markazidir. Gipotalamus – vegetativ nerv sistemasining markazidir.

Oraliq miya muhim funktsiyalarni o‘taydigan bir qancha nerv

uchastkalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‘rta miya idora

etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va

muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‘rta miyada deb taxmin

qilinadi.

Oldingi miya Oldingi miya va uning po‘sti bosh miyaning oliy

qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining

qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan

o‘shancha ko‘prok joy egallaydi. Oldingi miya ikkita yarim shardan – o‘ng va

chap yarim sharlardan iborat. Bosh miyaning peshana bo‘ladigan ensa bo‘lagiga

qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-biridan ajratib turadi. Oldingi

miyaning o‘ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami

bilan o‘zaro birlashadi.

74


2.3. Psixika haqida umumiy tushuncha

Inson mavjud ekanu

o‘zining hayotiy tajribasiga

asoslanib, u yoki bu holda idrok

etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekan

ligi haqida o‘ziga - o‘zi hisob beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay, unda

harakat qiladi, o‘z faolligini namoyon etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga intiladi,

qiyinchiliklarga duch kelganida qat’iyatlilik va irodaviy sifatlarni namoyon qiladi.

Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir texnikaga

qiziqadi, boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga, kimdadir qobiliyatlar,

boshqada she’r yozish, uchinchisida texnik qobiliyatlar mavjud, kimdir

harakatchan, boshqa birov bosiq, befarq, uchnchisi – dilkash, chaqqon, birov

mehnatsevar va kamsuqum va hokazo.

Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy fanlardan ajratilib

Inson psixikasi – psixika

taraqqiyotning eng oliy

bosqichidir

o‘rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning

asosiy sababi shundaki, o‘sha paytlarda psixologiya,

inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan.

Psixologiya oldida turgan asosiy vazifa asosan inson ichki olamini o‘rganish

bo‘lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo

bo‘ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan.

Masalan R.Dekartning ta’kidlashicha, insonning o‘zini o‘zi anglashi uning ruhiy

hayotiga xos bo‘lgan narsa bo‘lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi

faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog‘liqdir.

Psixika – bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali

xususiyati, sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol

aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt

o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda

o‘z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir.

Psixika (yunoncha psychirosruhiy)

- yuksak darajada tashkil

topgan materiya – miyaning

funktsiyasi

Evolyutsion taraqqiyot davomida psixikaning eng sodda ko‘rinishidan inson

ongigacha taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan iborat bo‘lgan. Tirik organizmlarda

75


uzluksiz o‘zgarib turuvchi hayot sharoitlariga

muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakat fikrlari

instinktiv, individual va harakatning intellektual

shakli maydonga kela boshlagan. Tirik organizmni psixik rivojlanish jarayoni birbiridan

tamomila ajralib turuvchi 2 davrni o‘z ichiga oladi: hayvonlar psixikasining

rivojlanishi biologik qonuniyatlarga: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, tabiat, saralanish

qonunlariga bo‘ysunadi va odam ongi rivojlanadi.

Psixikaning riojlanishini, umuman tirik organizmlar rivojlanishi kabi 2 reja

asosida o‘rganish mumkin: filogenez va ontogenez.

Seskanuvchanlik – psixikaning paydo

bo‘lishida zaruriy xususiyat, majburiy

shart-sharoitdir.

Yerda hayotning paydo bo‘lishi materiya taraqqiyotidagi yangi bosqich,

materiya tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab alohida xossalarga ega bo‘lgan.

Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi –

sezuvchanlik paydo bo‘ladi. A.N.Leontevning farazlariga ko‘ra sezuvchanlik

genetik jihatdan qaraganda muhitning organizmni boshqa taassurotlar bilan

bog‘lovchi, organizmni muhitda mo‘ljal olishiga yordam beruvchi, signallik

vazifasini o‘tovchi ta’sirlariga javob ta’siridan bo‘lak narsa emas.

Ta’sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish hayot tarzining o‘zgachaligi bilan

bog‘liqdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi organlari

shakllanadi. Taraqqiyotning elementar sensor bosqichidan komplesk

qo‘zg‘atuvchilarning, predmetlarning butunligiga aks ettirish bilan ifodalanadigan

qobiliyatiga, ya’ni pertseptiv aks ettirishga o‘tish amalga oshiriladi. Yashash

76


sharoitlarini murakkablashuvi tirik organizmlarini muhitga moslashuvi

zaruriyatini, materiyani sifat jihatdan o‘zgarishi aks ettirish usullarini

takomillashtiruviga xatti-harakatlarini maqsadga muvofiq, epchil bo‘lishiga olib

keldi.

2.3.1-rasm. Psixikaning namoyon bo‘lish shakllari

77


Hayvon va odam psixikasidagi farqlar umumlashgan holda quyidagi 2.3.1-

jadvalda o‘z aksini topgan.

Hayvonlar faoliyati

Instinktiv biologik hayot faoliyati.

Hamkorlikda faoliyat mavjud mas.

Konkret vaziyatdan ko‘rsatmali tasavvurga

asoslanadi.

Avloddan o‘tadigan harakatlar dasturi.

Yordamchi vositalardan foydalanish mumkin

lekin ularni saqlamaydi doimo ulardan

foydalanmaydi.

Atrof muhitda moslashadilar.

Hayvon va odam psixikasidagi farqlar

Muhim xususiyatlar

Inson faoliyati

2.3.1-jadval

Faoliyat bilish va muloqot ehtiyoji orqali

yo‘naltiriladi.

Har qanday harakat insonlar uchun hamkorlik

faoliyatida ma’lum darajada mazmun kashf

etadi.

Mavhum fikr yuritadi, narsa va hodisalar

orasidan bog‘liqlikni aniqlashga harakat qiladi.

Muloqotning ijtimoiy vositalari orqali tajribani

uzatish va mustahkamlash.

Mehnat qurollarini yasash, ularni saqlash va

keyingi avlodga qoldirish.

O‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashqi olamga

ta’sir etadi, uni o‘zgartiradi.

Materiyaning asta-sekin (evolyutsion) rivojlanish jarayoni muqarrar ravishda

uning eng oliy xossasi tirik organizmlarning yashashi uchun zarur narsa

hisoblangan psixikaning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tirik organizmlarning juda qadim zamonlardan buyon bosib o‘tgan butun

psixik rivojlanish jarayoni bir-biridan tamomila ajralib turuvchi ikki davrni o‘z

ichiga oladi: hayvonlar psixikasining rivojlanishi (bu rivojlanish biologik

qonunlarga: irsiyat, o‘zgaruvchanlik tabiiy saralanish qonuniyatlariga bo‘ysunadi)

va odam ongining rivojlanishi. Odam ongi ijtimoiy tarixiy qonuniyaglarga

muvofiq ravishda ham rivojlanadi.

Hayvonot olamida psixikaning rivojlanishi ruhiy jarayonlarning maydonga

kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan, bu ruhiy jarayonlar tevarak-atrof voqelikni aks

ettirish hamda voqelikka moslashishning ancha takomillashgan shakllarini vujudga

keltiradi.

Sezgilar rivojlanishi bilan ketma-ket ravishda hayvonlarda idrok (narsalarni

78


ularning bir qator belgilari bilan birgalikda aks ettirish) paydo bo‘ladi. Yuksak

bosqichga ko‘tarilgan umurtqalilarda tasavvurlar (ayni chog‘da idrok

etilmagannarsalarning obrazlari,chunonchi, maymun yaqindagina o‘z ko‘zi bilan

ko‘rgan, ammo ayni paytda yashirib ko‘yilgan bananni axtara boshlaydi)

maydonga keladi. Hayvonlarning xotirasi takomillasha boshlaydi (hayvonot

olamining eng sodda vakillarida ham xotira kurtaklari ko‘zga tashlanadi).

Umurtqali hayvonlarda tafakkur belgilari mavjud, ammo hayvonlarning tafakkuri

iisonning fikrlash faoliyatiga qaraganda nihoyatda sodda tuzilishga ega.

Psixikaning rivojlanishida hayvonning hayot kechirish tarzi katta ahamiyatga ega

bo‘lib, u o‘z navbatida tevarak-atrofdagi muhitga bog‘liq. Masalan, yerda

yashovchi ko‘pgina hayvonlarga qaraganda havoda uchib yuruvchi qushlarda,

suvda yashovchi baliqlarda psixika uncha rivojlanmagan bo‘ladi (buning sababi

ular istiqomat qiluvchi muhitning bir xilligidadir). Ammo shunga qaramay, qushlar

ko‘zining o‘tkirligi bilan ajralib turadi, ular o‘zlariga yemish bo‘lishi mumkin

bo‘lgan narsalarni ko‘z orqali olis masofadan paqay oladilar. Daraxtlar ustida

hayot kechiruvchi maymunlarda epchillik qobiliyati rivojlangan. Maymunlar

mevalarning mag‘zini ajratib olib iste’mol qiladi, shu tufayli ularning qo‘llari

nozik hamda aniq harakatlarni bajara oladi, narsalarni sinchiklab ko‘zdan

kechiradi, ularni paypaslab ko‘ra oladi va hokazo. Shu tarzda murakkab hayot

kechirish maymunlarda fikrlash faoliyati kurtaklarining rivojlanishiga imkon

yaratgan.

Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko‘ra, psixika hayot faoliyatida vujudga

kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart-sharoitlarda vujudga

keltiradi. Masalan, notirik tabiatda alohida buyumlarning o‘zaro aloqasi mavjud.

Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi. Qoya

suvdan mustaqil ravishda bo‘lishi mumkin, suv qirg‘oqdan mustaqil ravishda

mavjud bo‘lishi mumkin.

Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning

yo‘qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan

79


naslga hech qanday o‘zgarishiz o‘tadigan tug‘ma xatti-harakat formasidir. Bu xattiharakat

shakli umurtqasizlarning hayotida yetakchi ahamiyat kasb etadi, masalan

qumursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan

umurtqalilarda ham instinktlar yetakchi o‘rin egallaydi. Faqat asta sekinlik bilan

individual o‘zgaruvchan xatti-harakatlarga o‘rnini bo‘shata boshlaydi.

Inson psixikasi – psixika taraqqiyotning engoliy bosqichidir.

Shunday qilib, psixika (yunoncha psychiros – ruhiy) – yuksak darajada

tashkil topgan materiya – miyaning funktsiyasidir. Uning mohiyati tuyg‘ular, idrok

tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks etirishdan iboratdir. Inson

ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning instinktiv, individual va intellektual

harakat formalaridan batomom boshqacha, nihoyatda murakkab hodisadir. Inson

ongi evolyutsion taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichi, ya’ni inson taraqqiyoti

bosqichidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan.

Inson ongi insonnning o‘zi bilan birga, deyarli bir vaqtda maydonga kelgan.

Ong tarixiy taraqqiyotning ikkinchi yo`nalishi – odamlarning amaliy faoliyatlari

bilan amalga oshiriladigan va tekshirib ko‘riladigan inson bilish faoliyatining

doimo rivojlanish jarayonidir.

Ongning tabiati – ong odamning borliq haqiqatini aks ettirish formasi

tariqasida keladi. Ongning asosiy belgilari, odam ongining psixologik

xarakteristikasi, so‘z va ma’noning ongni tashkil qiluvchi

tushunchalarsifatidakelishi, odam ongining borliqdagi narsa va hodisalarni,

ularning engbarqaror muhim belgilari va xususiyatlari ma’lum darajada so‘z bilan

umumlashtirib ifodalaydi, aks ettiradi. Psixika va ongning paydo

bo‘lishitaraqqiyoti inson ongining paydo bo‘lishining dastlabki shart-sharoitlari,

kishilarning birgalikdagi mahsuli- faoliyati, mehnat taqsimoti kishilar o‘rtasidagi

muloqotning borgan sari faollashib borishi, til asosida turli so‘z

signallaridan,belgilar tizimidan foydalanish, insonning moddiy va ma’naviy

madaniyatini, inson boyliklarini yaratilishi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish,

avloddan-avlodga berish, saqlash bilan bog‘liq.

80


Ongning paydo bo‘lishi taraqqiyotida filogenetik – organizmning oddiy

shaklidan tortib murakkab, to hozirgi zamon kishisiga qadar rivojlanish jarayoni

juda uzoq tarixiy ijtimoiy, biologik o‘zgarishlar yuz bergan davrlar bilan

xarakterlanadi.

Ontogenetik taraqqiyotda har bir individ hayoti davomida murakkab

o‘zgarishlar tizimini bosib o‘tadi. Murakkab ko‘rinishdagi shart-sharoitga

moslashish refleks qobiliyatini paydo bo‘lishi, taraqqiyotiga olib boradi. Ongning

rivojlanishini ta’minlovchi omillar: hozirgi zamon sharoitida yoshlarni har

tomonlama kamol topishi, mustaqil fikrlash, atrofidagi o‘zgarishlarga ochiq ko‘z

bilan teran fikr bilan munosabatda bo‘lishi mumkin ijtimoiy o‘zgarishlarda faol

ishtirok etishlari lozim.

Buning uchun fan yutuqlarini, umumxalq madaniyatini o‘zlashtirilishi, o‘zo‘zini

boshqarishni yangi vositalaridan foydalanish zarur. Ishlab chiqarish

korxonalarini yangi texnologiyalar bilan boyitish, bilimga bo‘lgan qiziqishni

ortishi kelajakdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, istiqbollar nazarda tutiladi. Shuningdek

odamdagi barcha psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar faqat ong

bilan emas balki ongsizlik ong osti holatlarida ham ro‘y berishi mumkin.

Odam shaxsidagi ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan holda

qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Bunday xatti-harakatlar turli

ixtiyorsiz reaktsiyalarda, xulq atvorda, psixik hodisalarda namoyon bo‘ladi.

Ongsizlik holatlarini ikkinchi guruhi asosida ongsizlik holatlarining uchinchi

guruhi kishining idroki, xotirasi va xayoli bilan bog‘lanib ketadi. Tush ko‘rish,

shirin xayol, orzu. Ongsizlik holatlari ba’zan kishining ongiga singib qolgan axloq

normalari orqali nazorat qilinishi ham mumkin.

Real olamning in’ikosi bo‘lmish psixikaning faqat odamgagina xos bo‘lgan

va odamda jamoa mehnati jarayoshda rivojlanuvchi oliy shakliga ong deb ataladi.

Hamkorlikdagi mehnat va insoniy nutqning maydonga kelishi bilan

81


birgalikda paydo bo‘lgan ong odamlarda o‘zgarmay qolmagan, u avloddan-avlodga

muttasil rivojlanib borgan. Og‘zaki nutqdan tashqari yozma nutqning maydonga

kelishi xdm ongning rivojlanishiga imkon beradi. Bir-birlaridan olis joylarda

yashovchi odamlar yozma nutq tufayli o‘zaro tajriba almasha oladilar, bir avlod

qo‘lga kiritgan bilimlar yozma nutq tufayli kelajak avlodlarga yetkaziladi. Ong

faoliyatda namoyon bo‘ladi va faoliyatda shakllanadi ham.

Alohida olingan odam ongining rivojlanishi hamisha ijtimoiy-tarixiy

jarayonga bog‘liq bo‘lgan, ijtimoiy borliq, ya’ni muayyan jamiyatning turmushi

tomonidan belgilangan. Moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlar, shu jumladan mehnat

qurollarining rivojlanishi ana shu ijtimoiy turmush-ning eng muhim sharoiti

hisoblanadi. Chunonchi, tosh asri kishisining ongi bronza va temirdan qurollar

yasash hamda ulardan foydalanishni o‘rganib olgan kishilarning ongiga qaraganda

ko‘p darajada sodda bo‘lgan.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxs o‘ziga xos qaytarilmas dunyo.

Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul.

Odam tashqi qiyofasi, bo‘yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin,

lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil

insonlar bo‘lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham

juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi

korrelyatsiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan.

82


Inson psixikasining

2.4. Inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy

ijtimoiy-tarixiy tabiatinig

tabiati

taraqqiyotini harakatlantiruvchi

kuchlar bu – shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlarni harakatlantiruvchi kuchidir.

Bunda asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo‘ladigan yangi ehtiyojlar

va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs

taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar

sistemasida tutgan o‘rni o‘rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir.

Shaxs yangi sharoitga moslashish (adaptasiya)ga intiladi.

Ehtiyojlarning

vujudga kelishi

Psixologik nuqtai nazardan borliq to‘g‘risida

mulohaza yuritilganda, tirik mavjudodlarning (oddiy

tuzilishga ega bulganidan tortib, murakkabigacha)

tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan,

turli xususiyatli bog‘lanishlarni ta’minlab turuvchi

faoliyati ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan

xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli

murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib (onglikning mahsuli sifatida), turli-tuman

mohiyatli, har xil ko‘rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi, kelib

chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma’naviy va boshqalar)ni qondirish uchun

xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatining asosiy mexanizmlaridan

birinchi bo‘lib, tirik mavjudodlarning o‘z imkoniyati darajasida tashqi olam

ta’sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi.

Ehtiyoj – jonli mavjudod (hayot

kechirishining yaqqol shartsharoitlariga)

tobe ekanligini

ifoda etuvchi va mazkur shartsharoitlarga

nisbatan faolligini

namoyon qiluvchi holat

tariqasida ifodalanadi.

Borliqdagi jonli mavjudodlarning o‘ziga xos tarzda, muayyan yo‘nalishda,

ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi

ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga

asoslanib fikr yuritganimizda, ehtiyoj – jonli mavjudod (hayot kechirishining

yaqqol shart-sharoitlariga) tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shartsharoitlarga

nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi.

83


Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada ham mohiyat, ham

shakl jihatdan tafovutga ega bo‘lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda

qondirilishida o‘z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudodlar va hayvonlar

o‘zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga

binoan, o‘z o‘ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy

imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.

Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq

ravishda kechgan bo‘lsa, bu esa o‘z navbatida, ularning qurshab olgan yashash

muhitiga yengillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.

Lekin insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai hisoblanmish insoniy

ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo‘lib, biologik shartlanganlikdan

tashqari, moddiy va ma’naviy ko‘rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga

ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan

yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan

yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat tomonidan

vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni qondiruvchi

o‘lja ma’nosini va ahamiyatini yo‘qotadi. Odam boshqa mavjudodlardan farqli

o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi

muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan qayta o‘zgartirishga,

takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan odamning o‘z

ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bilan

o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga

yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida

ahamiyat kasb etadi.

“Insoniyatga xos bo‘lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi”

usuli ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o‘zgarib va takomillashib

boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi

ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik

xususiyatlar ta’siri o‘z ahamiyatini yetarli darajada yo‘qotmaydi. Shaxsning

84


ehtiyojlarini to‘la-tukis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng

muhim shartlaridan biri hisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini

bildirmaydi, chunki boshqa ta’sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga

erishishning muhim shart-sharoiti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga

aylanmasa, u o‘z ehtiyojlarining engil, oson yo‘llar bilan qondirishga harakat qilsa,

inqirozga uchraydi. Engil yo‘l bilan o‘z ehtiyojlarini qondirish ijtimoiy qonun va

qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib

chiqishiga, tekinxo‘rlik illatining namoyon bo‘lishiga zamin xozirlaydi.

Ehtiyojlarning turlari Inson bir davrning o‘zida ham individuallik, ham

ijtimoiylikni aks ettirgan bo‘lganligi sababli uning

ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Boshqacha so‘z bilan aytganda,

undagi tor ma’noli shaxsiy xususiyatga ega bo‘lganday to‘ygu o‘ygotuvchi (tabiat

in’omiga aloqador) ehtiyojlarni qondirish jarayoni ham ijtimoiy hamkorlik

faoliyatining mahsuli (dehqonlar, ishchilar, xodimlar, sportchilar va boshqa

kasbdagi) odamlarnish sa’y-harakati, hamkorlikdagi mehnatining moddiy tarzdagi

ifodalanishidan foydalanishida aks etadi.

Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o‘z ehtiyojlarini

qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan

foydalaniladi. Natijada u yoki bu sharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan,

yog‘ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o‘zi yetarli

emas, balki bir qator shart-sharoitlar, dastgoh, duradgordik asboblari bo‘lishi

lozim. Uning sifatiga nisbatan ehtiyoj ham tug‘iladi. Xuddi shu boisdan unda o‘z

xohish-istaklarini ro‘yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qaratilgan ehtiyoj

vujudga keladi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini

qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi

jamoaviy ehtiyojlar yakkaholligiga oid xususiyat kasb etadi.

Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‘z

predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiriladi. Odatda o‘zlarni kelib

85


chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi.

Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya

qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shartsharoitlarga

tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning

ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan

asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy

ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga

mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi.

Murrayning inson

ehtiyojlari reyestri

Farovonlik har bir ehtiyojni qondirish uchun

“ne’matlarning” mavjud bo‘lishini anglatadi. Tabiiyki,

ehtiyojlar reyestrini ishlab chiqish va uni mavjud ne’matlar bilan taqqoslash

maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu yerda “ne’mat” so‘zi maxsus ahamiyat kasb

etadi. Bu yerda ne’mat deganda oddiy jismlar yoki xizmatlar emas, balki sevgi,

nufuz va shu kabi mavhum, ijtimoiy yoki psixologik omillar ham tushuniladi.

Bunday yondashuv H.Murray, A.Maslow, M.Rokeach hamda Shet, Nyuman va

Grosslarning eng yangi tadqiqotlarida bayon etilgan.

Murray individning ehtiyojlarini quyidagi to‘rt mezonga ko‘ra tasniflovchi

ancha tartiblangan reyestrini keltiradi: kelib chiqishi fiziologik yoki fiziologik

bo‘lmagan birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; obyekti individni o‘ziga tortishi yoki

uni o‘zidan itaruvchi ijobiy va salbiy ehtiyojlar; ehtiyojning haqiqiy yoki xayoldagi

xulq-atvorni belgilashiga ko‘ra yaqqol va latent ehtiyojlar; individning retrospektiv

jarayonlari bilan bog‘liqligiga ko‘ra anglangan yoki anglanmagan ehtiyojlar.

Murray o‘z reyeestrida shu mezonlar asosida ehtiyojlarning 37 xilini keltiradi.

Murrayning fikricha, ehtiyojlar barcha kishilarda bir xil, biroq u yoki bu

ehtiyojlar turli kishilar uchun shaxsiy va muhit omillarining ta’siriga ko‘ra turlicha

namoyon bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar ichki va tashqi stimullar tomonidan vujudga

kelishi va turli paytlarda kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar uch xil

holatda bo‘ladi:

86


refraktor holat, bunda ehtiyojning uyg‘onishiga hech qanday stimul ta’sir

qilmaydi;

ishontiruchi holat, bunda ehtiyoj sust bo‘lsada, biroq uni qo‘zg‘atish

mumkin;

faol holat, bunda organizmning xulq-atvorini shu ehtiyoj belgilaydi

(H.Murray).

Maslowning taklif etgan

ehtiyojlar iyerarxiyasi

Psixologlar tomonidan inson

motivatsiyasining bir qator nazariyalari yaratilgan.

Ularning orasida Z.Freydning “Motivatsiya

nazariyasi” va A.Maslowning “Ehtiyojlar iyerarxiyasi” nazariyalari mashhurdir.

Olimlarning fikricha, har qanday motivatsiya zamirida ehtiyoj yotadi.

Ehtiyoj – bu individ rivojlanishi va faol darajada o‘zini namoyon qilishining

sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan omilidir. Ehtiyojlarni biologik, fiziologik, psixologik

hamda ijtimoiy ko‘rinishlarda farqlash mumkin.

Z.Freydning fikricha, odamlar o‘z xulqlarini shakllantiradigan real ruhiy

kuchlarni anglamaydilar. Yosh ulg‘aygan sayin mayllarning ko‘pi to‘la yo‘qolib

ketmaydi, balki ongda saqlanib qoladi. Shu sababli, kishilar o‘z motivatsiya

manbalari jihatidan o‘zlariga oxiriga qadar hisobot bermaydilar.

Abraham Maslow (1908–1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va

gumanistik psixologiya vakili bo‘lib, u bu sohada psixotahlil va bexiviorizm

yo‘nalishlarini bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch”

atamasini kiritgan olimdir.

A.Maslou (A.Maslow) izlanishlari asosida, o‘ziga xos, noyob konsepsiyani

taklif etgan bo‘lib, unga ko‘ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning

nasliy psixologik tizimiga ega sifatida jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar.

Maslowning fikricha, sog‘lom rivojlanish uchun qobiliyatlarni faoliyatlarda

amalga oshirish darkor, zero, psixik buzilishlar ana shu ichki imkoniyatlar

tormozlash yoki ro‘yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo‘ladi.

87


Muallif mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi sxemasini yaratgan bo‘lib, bu unga

ko‘plab ravishda e’tiroz va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko‘ra asosiy fiziologik

ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlar (o‘z-o‘zini

hurmat qilish va o‘zini takomillashtirish)dan oldin qondirilishi kerak. O‘zini o‘zi

ro‘yobga chiqarish inson xarakteriga bog‘liq holda o‘zgarib boraveradi.

Maslow nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga

ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, Maslow

nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil hamda isbotlar bilan qo‘llabquvvatlanmagan.

Maslowning o‘zi bu nazariyani eksperimental tomondan

muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin ko‘pchilikning shaxsiy tajribalariga mos

kelganligi hamda ularga hayot mazmunini anglashga yordam berganligini alohida

ravishda ta’kidlaydi.

U bixevioristlardan birinchilardan bo‘lib o‘z izlanishlarida ehtiyojlar

darajasining murakkabligini va ularni motivatsiyaga ta’sirini asoslab beradi. 1940

yilda o‘zining motivatsiya nazariyasini yarata turib, inson tabiatiga xos bo‘lgan

ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkinligiga e’tiborni qaratadi.

Natijada, Maslow ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratadi (2.4.1-rasmga

qarang) va ularni bir necha guruhga bo‘lib tahlil qiladi:

Fiziologik ehtiyoj. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy hamda jinsiy

aloqaga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi;

Xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji. Bu ma’lum bir guruh

psixologiyasiga xos bo‘lib, o‘z ichiga insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi va

o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog‘liqligi, qo‘llab-quvvatlashi kabi

ehtiyojlarni qamrab oladi. Shuning uchun ham Maslow bu ehtiyojlarni o‘sish

ehtiyojlari sirasiga kiritadi;

Ijtimoiy ehtiyoj. Shaxs tomonidan o‘zining jamiyatdagi mavqeini his

qilinishi ehtiyoji;

Hurmat qilish ehtiyoji. Bunga o‘zini o‘zi hurmat qilish va tan olish

ehtiyojlari kirib, bu ham o‘sish ehtiyojiga taalluqlidir;

88


Yuksalish ehtiyoji (o‘zini ko‘rsatish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog‘onasidir.

Unda ahamiyatga molik, qadrlanish va rivojlanish shart-sharoitlari hamda

insonn1ng shaxs sifatida takomillashuvi nazarga olinadi. Muallifning

ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir. Har inson ma’lum marraga

yetib kelgach, darhol ikkinchisini mo‘ljallay boshlaydi. Natijada, “maqsad –

intilish – yetishish” jarayoni qayta-qaytadan takrorlanaveradi.

2-jihatda

Yuksalish

ehtiyojlari

Hurmat qilish ehtiyojlari

Ijtimoiy ehtiyojlar

1-jihatda

Xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari

Fiziologik ehtiyojlar

2.4.1-rasm. Maslowning taklif etgan ehtiyojlar iyerarxiyasi

Barcha yuqori ehtiyoj ko‘rsatgichlari qat’iy iyerarxik tuzilishlar orqali

amalga oshadi. Maslowning fikricha, ehtiyojning yuqori pog‘onasi, uning pastki

pog‘onasi (fiziologik, xavfsizlik va himoya) qondirilgandagina yuzaga chiqadi.

89


Individuallik

Shaxs – qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi

bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning

asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz

yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki

tushunchaga izoh berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu – “individ” va “individuallik”

tushunchalaridir. “Individ” tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani

to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Bu

tushuncha uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va

xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga

xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ –

insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.

“Individuallik” – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha

bo‘lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos

xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil

qiladigan bo‘lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti,

xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy

ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o‘tilgan kategoriyalar shaxsdagi

individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo‘yi, eni,

yoshi, sochining rangi, ko‘z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o‘xshash

sifatlari bir xil bo‘lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari,

temperamenti, faoliyat motivatsiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir

xil bo‘lgan odamni topib bo‘lmaydi. Ular – individualdir. Demak, psixologiyada

har bir insonning individualligini izohlovchi xususiyatlar borki, ularga birinchi

navbatda quyidagilar kiradi:

Qobiliyatlar – shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular

odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlarini ta’minlaydi va

qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.

Temperament– insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va

insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaktsiyasini tushuntirib beruvchi

90


xususiyatlari majmuidir.

Xarakter – shaxsning boshqa odamlar yoki insonlar guruhi, o‘z-o‘ziga,

vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan

sifatlarini o‘z ichiga oladi.

Irodaviy sifatlar – har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga

erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz

majmuini o‘z ichiga oladi.

INDIVIDUALLIK

Qobiliyatlar

Temperament

Emotsiya

(hissiyot)lar va

motivatsiya

Xarakter

Irodaviy

sifatlar

Ijtimoiy ustanovkalar

2.4.1-rasm. Individuallikni izohlovchi xususiyatlar majmuasi

Emotsiya (hissiyot)lar va motivatsiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan

hodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday

qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz

bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks

etishidan kelib chiqadi.

Ijtimoiy ustanovka – yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega

insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va

munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.

91


Ijtimoiy-tarixiy tajribada

2.5. Ontogenezda inson psixikasining

shaxs psixik jarayonlarining

rivojlanishi

asosiy mahsuli – muayyan tizimli

va tuzilmali, turli shakldagi (ko‘rinishdagi), masalan, verbal, noverbal va simvolik

bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi.

E.G‘. G‘oziyev ta’biri bilan aytganda, ularning har qaysisi o‘ziga xosligi

bilan bir-biridan ajralib turadi, shuning bilan birga aks ettirish imkoniyati,

tanlovchanlik xususiyati orqali o‘zaro tafovutga ega. Shuningdek, bilimlarning

shakli, ko‘rinishi, mazmuni, aks ettirishdagi batafsillik, yaxlitlik, ixchamlik, tashqi

va ichki omillar bilan mujassamlashganligiga ko‘ra, ularni quyidagi turlarga

ajratish mumkin:

emotsional-hissiy ma’noli;

piktogrammaviy mohiyatli;

chizma grafik ko‘rinishli;

shartli belgili, simvolik xususiyatli;

ifodali harakatli;

verbal ifodali.

Globallashuv sharoitidagi jamiyatda mavjud va qo‘llanilib kelayotgan

bilimlarning tuzilishi, faolligi, aniqligi, mazmundorligi, ko‘lami, qamrovi,

muayyan kasbiy ma’no aks ettiruvchanligiga binoan, ularni ushbu ko‘rinishlarga

ajratish maqsadga muvofiq:

sodda – murakkab;

ma’noli – ma’nosiz;

chuqur – yuzaki;

tartibli – tartibsiz;

barqaror – beqaror;

puxta;

mustaqil;

keng qamrovli – tor hajmli;

92


nazariy – amaliy kabilar.

Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, inson ontogenezida bilish

jarayonlarini vujudga keltiruvchi va ularni amalga oshiruvchi, funktsional holatni

yaratuvchi, uni harakatlantiruvchi kuch sifatida hukm suruvchi manbalar, negizlar,

mexanizmlar, bizningcha, quyidagilardan iborat:

tug‘ma instiktlar;

shartsiz reflekslar;

shartli reflekslar;

ideomotor harakatlar;

predmetli harakatlar;

taqlid yoki imitatsiya;

tajriba-mashq;

bilim, ko‘nikma, malaka va odatlar;

funktsiyalar;

regulyatsiya.

Shaxs egallashi mumkin bo‘lgan bilimlarning shakllari va turlarini alohidaalohida

o‘rganish maqsadga muvofiq sanaladi. Unga ko‘ra, bilish jarayonida inson

miyasiga kirib boruvchi, o‘ziga xos iz qoldiruvchi, har xil munosabatlarda

ifodalanuvchi, xohish va ehtiyojlar mahsulasi sifatida vujudga keluvchi, mantiqiy

yoki mexanik ravishda o‘zlashtirilgan, aks ettirilgan, egallangan bilimlarning

shakllari va turlari:

sodda tarzdagi ta’sirlanish (biologik yoki fiziologik darajada);

muvaqqat taassurotlar (shartli reflekslar asosida);

tashqi belgilarga asoslangan tanishish;

ilk tasvirlar majmuasi;

obrazlar (turli ko‘rinishlar, bosqichlari, ko‘lami, uzviyligi, uyg‘unligi

kabilar);

93


tasavvur timsollari (har xil bosqichdagi, turlicha aniqlikdagi);

tushunchalar (yaqqol, umumiy, xususiy, yakka, mavhum, to‘planma);

hukm (chin, taxminiy, zid, qarama-qarshi);

xulosa chiqarish (induktiv, deduktiv, analogiya);

anglash (mavhumlashni mavhumlashtirish, umumlashmani umumlashtirish,

shaxsiy pozitsiya, yondashish, individual talqin, tahlil, kontseptsiyaning

tug‘ilishi);

tushuncha (fikriy, mantiqiy, intellektual);

kreatsiya (ijodiyat, ijod, ijodiy qobiliyat va iste’dod, kashfiyot, ixtiro);

antisipatsiya (faoliyat va ijod mahsulining oldindan modelini yaratishdan

iborat shaxs fazilati);

refleksiya (faoliyat va xulq-atvorni ongli boshqarish imkoniyati);

o‘zini-o‘zi anglash (o‘tmishdagi “Men”, hozirdagi “Men”, bo‘lg‘usi “Men”,

ideal “Men”, dinamik “Men” yoki o‘zlik) kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.

Shaxs faoliyatida, xususan, ontogenezda inson bilishining psixologik

tuzilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’riflashda, moddiy manba,

harakatlantiruvchi turtki, kuch-quvvat negizi, atrof-muhitni aks ettirish bosqichlari,

ifodalanish shakllari va ko‘rinishlari, psixik jarayonlarning qatnashuvi, shaxslararo

munosabat, o‘z-o‘zini baholash va borliq to‘g‘risidagi taassurotlari, bilimlari orqali

namoyon bo‘lishini muayyan tartibda joylashtirish quyidagi original sxemani

vujudga keltiradi (2.5.1-jadvalga qarang).

Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish

imkoniyati va hali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay

tarzda in’ikos etilishi kuchli qiziqish uyg‘otadi. Bu hodisani izohlashning yagona

yo‘li – u ham bo‘lsa borliqning muhim xususiyati hisoblanmish qonuniyatning

mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera hisobga olinmaganda) barcha narsalar,

munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy

bog‘liqlikka ega bo‘lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan

ikkinchisiga o‘tadi.

94


Ontogenezda inson bilishining bosqichlari (E.G‘. G‘oziyev)

2.5.1-jadval

BILISHNING

mahsuli

ifodali

manbai negizi bosqichi

jarayoni

bilim

shakli ko‘rinishi shakli turlari

instinkt ehtiyoj harakatli ta’sirlanish impiriting tana a’zosi hissiy sodda

refleks motiv tasodifiy piktogramma murakkab

harakat mayl hissiy taassurot ideomotor adaptatsiya chizma-grafik ma’noli

taqlid moyillik tanishish reaktsiya ma’nosiz

tajriba ustanovka hissiy ilk-tasvir sensomotor sezgi ramziy chuqur

mashq qiziqish obraz sensor idrok harakatli (yuzaki)

funktsiya kayfiyat tasavvur subsensor tasavvur verbal tartibli

regulyatsiya faollik pertseptsiya (tartibsiz)

ko‘nikma appetseptsiya barqaror (beqaror)

odat aqliy tushuncha mantiqiy xotira puxta

identifikatsiya hukm fikriy tafakkur mustaqil

refleksiya xulosa ijodiy xayol qamrovli

ilhom timsoliy intellekt tor hajmli

ijodiyot ijodiy tarhiy anglash mavhumlik onglilik nazariy

sharoit kreatsiya ongostlilik amaliy

antisipatsiya umumlashma o‘z-o‘zini anglash

refleksiya oliy funktsiya o‘taonglilik



Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug‘ga aylanadi, harorat pasaysa, u

muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan yoz keladi,

narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois ob’ekt bilan hodisa

o‘rtasidagi o‘zgarmas, barqaror munosabatlar, ob’ektning muhim xususiyatlari

hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o‘zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning

mavjudligi o‘zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo‘naltirish

imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki

timsoliy (psixik) faoliyat tarzida his etiladi. Ob’ektlarga yo‘naltirilgan yaqqol

harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo‘ljallangan timsoliy jarayon bilan

almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy

harakatga mana shu tarzda o‘tish jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish)

deb ataladi.

Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,

P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot

qilingan. Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig‘ida

uning idrok maydonida yo‘q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga

ega bo‘ldi. Shu narsa ma’lumki, bunday o‘zgarishlarning muhim quroli bo‘lib so‘z,

o‘zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so‘zlarni

to‘g‘ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlarini

axborotidan foydalanishning usullarini o‘zlashtirish demakdir.

Inson faoliyati murakkab va o‘ziga xos jarayon bo‘lib, shunchaki

ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko‘pincha jamiyatning maqsadi va

talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo‘yilgan maqsadning

anglanilganligi va unga erishish bo‘yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va

unga erishish bo‘yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog‘liq ekanligi inson

faoliyatining o‘ziga xos belgisi bo‘lishini tasdiqlaydi.

Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki)

tuzilmalari bir-biri bilan uyg‘unlashganligi ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyatining

tashqi jabhasi uning atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan sa’y-harakatlar

ichki (psixik) jihatiga bog‘liq bo‘lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va

96


boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o‘z navbatida:

psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o‘zida namoyon

qiladi;

ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradi;

psixik andozalar o‘xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga

muvofiqligini ko‘rsatadi;

ularni uzluksiz ravishda yo‘naltirib va nazorat qilib turadi.

Shunga muvofiq ravishda tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik)

faoliyatning eksteriozatsiyalashuvi (tashqi tarzga aylanishi) deb baholash

maqsadga muvofiq.

97


Voqelikka nisbatan

2.6. Faoliyat haqida umumiy tushuncha

munosabatning muhim shakli

sifatidagi faoliyat inson bilan uni

qurshab turgan olam (borliq) orasida bevosita aloqa o‘rnatadi. Tabiatga, narsalarga

o‘zga odamlar ta’sir ko‘rsatish ham faoliyatning qudrati bilan ro‘yobga chiqadi.

Inson faoliyatda narsalarga nisbatan sub’ekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa

shaxs tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga musharraf

bo‘ladi. Buning natijasida ikkiyoqlama bog‘lanish uzluksiz harakatga kirishishi,

to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va

jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot to‘playdi. Har xil

xususiyatli o‘zaro munosabatlar negizida faoliyat sub’ekti uchun narsalar

sub’ektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi.

2.6.1-rasm. Faoliyatning asosiy jabhalari tuzilishi

Inson faoliyatga yo‘naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‘lda harakat

qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o‘z oldida turgan

maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig‘ida u yoki bu amalni bajaradi.

Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi,

98


ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so‘zlarni teradi,

so‘ngra ma’lum ma’no anglatuvchi matn paydo bo‘ladi.

Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga

mo‘ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi.

Masalan, kompyuter texnikasidan foydalanish harakatlari amalga oshiriladigan

ishlardan tarkib topadi. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati,

holati, fazoviy joylashuvini o‘zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami

bilan, balki muayyan sa’y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik

yasamoqchi bo‘lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o‘lchaydi, unsurlarini

sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz

beradi, oshiq- moshiq qoqadi, kesaki o‘rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va

hokazo. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoqqo‘llari,

boshining tutishi sa’i harakatlari bilan birga “tanlash”, “ishlov berish”,

“o‘rnatish” amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa’y-harakatning

harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo‘nalganligi, epchilligi,

uyg‘unligi singari belgilarida o‘z ifodasini topadi.

Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan

biri hisoblanib, ko‘pincha psixologik tushuncha sifatida olib qaraladi. Shuning

bilan birga ushbu tushuncha haddan ziyod keng ma’noli va ko‘p ahamiyatli tarzda

foydalanilganligi tufayli uning mohiyati yoyiq bo‘lib boradi, natijada qiymati asl

mazmunini yo‘qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy

qabul qilingan definitsiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta’rif esa

ko‘p hollarda tanqidga uchraydi. Holbuki shunday ekan, semantik tahlil o‘tkazish

orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o‘zaro taqqoslash

zaruriyati aniqlangan bo‘lar edi, bu esa o‘z navbatida uning (faoliyatning) ilmiy

psixologik ob’ektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar tarkibini

mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Ensiklopediya, izohli lug‘at va lingvistik so‘zliklardagi ma’lumotlar, ilmiy

matnlar tahlilining ko‘rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya,

sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o‘zaro qorishish

99


oqibatida mehnat, ish, faollik, xulq singari to‘rt xil tavsifga ega bo‘lgan.

I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‘g‘risida

tasavvurga ega bo‘lgan, shu sababdan uning asarlarida “tafakkurning faol shakli”,

“tafakkur faoliyati”, “miya faoliyati”, “muskul faoliyati” so‘z birikmalari keng

ko‘lamda joy egallagan.

I.P.Pavlov tomonidan “oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyn esa

“fiziologiya faolligi” atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn

faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko‘ra farqlagan bo‘lishiga

qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo‘llagan.

A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy

tushunchasi sifatida “predmetli faoliyat” so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif

tomonidan “odamning hissiy amaliy faoliyati” so‘z birikmasi “ijtimoiy inson”

sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “faoliyat”, “xulq” tushunchalari har xil

mazmunda ishlatiladi, jumladan, “teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”,

“faoliyatning halqali tuzilishi”, “faoliyatni boshqarish”, “qo‘lning tuyush

faoliyati”, “pertseptiv faoliyat”, “retseptor va effektor apparatlarning hamkorlik

faoliyati” kabilar.

ehtiyoj

motiv

maqsad

topshiriq

faoliyat

harakat

operatsiya

sharoit

2.6.2-rasm. Faoliyat tuzilishi (A.N.Leontev bo‘yicha)

Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin

qilingan bo‘lsa, ish, mehnat faoliyati “mehnat faolligi” mazmunida qo‘llanadi.

Ijtimoiy psixologiyada “faoliyat-faollik-ish-mehnat”, “faoliyat-xulq”, “mehnatxulq-faoliyat”

ko‘rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat

100


birligi tamoyilini ilgari surib va atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini

yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki

“ijtimoiy tushuncha”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik

jabhalarini” tadqiq etadi.

B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida

tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‘rinishidir.

Tadqiqotchi “inson faoliyati”, “tashkiliy ish”, “tashkilotchilik faoliyati”, “xulq

jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi.

Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar

tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo‘ladi. Faoliyatda inson shaxsi aks

etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat

birligi tamoyiliga asoslanish orqali shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga

kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtiradi, o‘zaro ta’sir yordamida

ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o‘yin, ta’lim, mehnat, sport va

boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga

oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala vositasida ehtiyoj, istak,

ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o‘zlashtirilishi natijasida

shaxs tarkib topa boshlaydi.

O‘yin faoliyati

Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o‘yin

hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda

harakatlardan keyinchalik syujetli, roli o‘yinlarga, hatto sportgacha

murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi.

Insonning borliqni in’ikos etishidagi dastlabki urinishni harakat orqali

namoyon bo‘ladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik

dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to‘g‘risidagi ilk taassurotlar, sodda

tasavvurlar, bilimlarni o‘zlashtirishni anglatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar

muayyan ma’no kasb etib, syujetli va rolli o‘yinlarga aylanadi. o‘yinlar milliy

(etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan bo‘lib, ijtimoiy hayotning

barcha jabhalarini o‘zida aks ettiradi. o‘yinlar takomillashib borib sport turlariga,

101


sport faoliyatiga o‘sib o‘tadi, jumladan, shaxmat, domino, futbol, shashka va

hokazo. Sport o‘yin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos bo‘lib

hisoblanadi.

O‘yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga

harakat qiladi va shu yo‘sinda atrof-muhit to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmushdagi

shaxslararo munosabatlarni o‘zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu

hodisani rol orqali ijro qiladi. So‘z bilan harakatning birikuvi natijasida o‘yin

faoliyat tusini oladi va muayyan ma’no, axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega

bo‘ladi. Dastlabki o‘yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid

qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o‘yinlar borliqning goh anglangan, goho

anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga xizmat qiladi.

O‘yin dastavval bola uchun vaqt o‘tkazish, uni mashg‘ul qilish funktsiyasini

bajarsa, keyinchalik ijtimoiy tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga

o‘sib o‘tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola

shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug‘ilganidan to maktab

ta’limigacha davrida uning uchun o‘yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi,

shuningdek, o‘yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.

Ta’lim faoliyati

Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida

insonning hayotida muhim rol o‘ynaydi va muayyan

davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Ta’lim boshqacha so‘z

bilan aytganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi

hamkorlik faoliyati hisoblanadi. Aksariyat hollarda o‘qituvchi axborot uzatuvchi

(kommunikator) o‘quvchi esa uni qabul qiluvchi ob’ekt sifatida talqin etiladi, lekin

ikkiyoqlama harakat tufayli ma’lumot insonga anglashiniladi, o‘zaro ta’sir, o‘zaro

anglashuv, tushunuv, o‘zaro sub’ektlarning bir-birga zaruriyligi, taqozochanligi

hamkorlikning muvaffaqiyati kafolatli sanaladi.

Ta’lim o‘quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini

o‘taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi.

Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning mahsulining o‘ziga xosligi,

102


barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo‘lishdir. Ta’lim o‘quv

faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli vaziyat

(auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang‘ich, o‘rta, maxsus,

oliy ta’lim) o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutolaa qilish ham

o‘quv faoliyatining muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, shaxsiy ilmiy, ijodiy izlanishning

mahsuli hisoblanadi.

Ta’lim tarbiya bilan uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘ladi, sub’ektga

ob’ektiv ta’sir o‘tkazish tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsiy fazilatlar

tarkib topadi. Ta’limning mohiyatiga (matnda g‘oya, taassurot, mazmun, syujet,

timsol orqali) tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish dasturiy asosda, iyerarxik (yunoncha

hierarchia izchillik) tarzda singdiriladi. Ta’lim muayyan guruh va jamoani

shakllantiradi, shaxslararo munosabat maromlari bilan tanishtiradi, shaxsiy

fazilatlarning tarkib topishiga, sub’ektning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir

o‘tkazadi.

Ta’limning yana bir muhim funktsiyasi shuki, u turli yoshdagi odamlarni

kasb tanlashga yo‘naltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga, mutaxassis

sifatida shakllanishga muhim ta’sir o‘tkazadi. Ta’lim ijtimoiy jihatdan shaxslarni

shakllantirish, ixtisos ko‘nikmalari bilan qurollantirish, u yoki bu sohada

mutaxassis bo‘lib faoliyat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Mustaqil fikrlash, psixologik imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish,

barkamollikni egallash borasida ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ta’lim yetakchi

faoliyat tariqasida muhim rol o‘ynaydi.

Mehnat faoliyati

Insoniyat o‘zining mehnati tufayli ongli

mavjudodga aylangan, jamiyatda mo‘l-ko‘lchilikni

yaratgan, tabiatda esa ayrim o‘zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni egallashga musharraf bo‘lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida

mehnat, ish harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish

tufayli faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda

bo‘lishi mumkin.

103


Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb-kor ko‘nikmalarini avlodlarga

o‘rgatish mehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni

shakllantirish, takomilashtirish, mahsulot yaratish va undan maqsadga muvofiq

ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro‘yobga chiqariladi. Mehnat

faoliyatida amaliy ko‘nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g‘oya, mulohaza

vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo‘lganligi sababli shaxs tarkib

topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati individual xususiyat

kasb etsa-da, lekin uning mohiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy ehtiyojini qondirish

uchun mehnat qiladi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam

ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o‘z shaxsiy ulushini qo‘shadi.

Mehnat faoliyati yashash, ehtiyojni qondirish, kelajak uchun mo‘l-ko‘lchilik

vujudga keltirish, yaratilgan mahsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat

asarlarini) saqlash, asrash, meros sifatida qoldirish funktsiyalarini bajaradi.

Shuning uchun mehnat faoliyati o‘n minglab kasbkor professiogrammasiga

asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro‘yobga

chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.

Mehnat maishiy va ishlab chiqarish turlariga ajratilgan holda imkoniyatga,

layoqatga, qobiliyatga, salohiyatga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun mehnat

faoliyatining sodda ko‘rinishlari ilk bolalik yoshidan ko‘zga tashlanadi, bu o‘rinda

dastyorlik, ko‘maklashish holatlari nazarda tutiladi. Keyinchalik yaxlit mehnat

faoliyati tashkil qilinadi va muayyan maqsad amalga oshiriladi, uning mahsuli

(natijasi) moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Umuman olganda mehnat faoliyati kishida praksik (lazzatlanish) hissini

shakllantiradi, butun imkoniyatini ishga tushirishga moddiy, ma’naviy negiz

yaratadi.

104


Modul yuzasidan tayanch iboralar

Nerv hujayrasi, neyron, nerv tolalari, qo‘zg‘alsh, perferik nerv sistema,

markaziy nerv sistema, miya, gipotalamus, garmonlar, filogenez, ontogenez,

ong, psixik jarayonlar, shaxs xususiyatlari, anglangan harakatlar, anglanmagan

harakatlar, ehtiyoj, individ, individuallik, ijtimoiy ustanovka, mas’uliyat,

maqsadlar, ideallar, qiziqishlar, e’tiqod, muomala, kommunikativ, yosh davrlari,

chaqaloqlik davri, go‘daklik davri, ilk bolalik davri, maktabgacha yosh davri,

kichik maktab yoshi, o‘smirlik davri, o‘spirinlik davri, yetuklik davri,

psixogerantologiya keksalik, keksalik, faoliyat, faollig, interiorizatsiya,

ekstreoriozatsiya

Nazorat va muhokama qilish uchun savollar

1. Nerv sistemasining tuzilishi qanday tasniflangan?

2. Nerv hujayrasi, uning o‘simtalari va ularni qoplovchi pardalar deganda

nimalarni tushunasiz?

3. Neyron nima?

4. Qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlikka ta’rif bering?

5. Diffuz nerv sistemasini izohlang.

6. Periferik nerv sistemasi nimalarni boshqaradi.

7. Markaziy nerv sistema nimalarni boshqaradi?

8. Markaziy nerv sistemasiga ta’rif bering?

9. Vegetativ markazlar deganda nimani tushunasiz?

10. Inson miyasi qanday tuzilgan?

11. Bosh miya yarim sharlariga ta’rif bering.

12. Bosh miya po‘stining qismlari izohlang.

13. Orqa miya va ketingi miyani bog‘lovchi qanday miya bor?

14. Orqa miya qayerda joylashgan?

15. Oldingi miya nimalardan tashkil topgan?

16. Psixika haqida umumiy tushuncha bering.

105


17. Psixikaning namoyon bo‘lish shakllari haqida tushuncha bering.

18. Psixik jarayonlar nimalardan iborat?

19. Psixik holatlar deganda nimalar tushuniladi?

20. Psixikaning ob’ektiv va sub’ektiv mezonlari deganda nimalarni tushunasiz?

21. Xatti-harakat formalari nima?

22. Psixikani rivojlanish bosqichlariga ta’rif bering.

23. Ong nima?

24. Inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy tabiati tushunchasiga izoh bering.

25. Ehtiyojlarning vujudga kelishi deganda nimalarni tushunasiz?

26. Individ, sub’ekt, shaxs, individuallik tushunchalariga ta’rif bering.

27. Qobiliyat tushunchasiga ta’rif bering.

28. Temperment nima?

29. Ongning vujudga kelishida: jamoa, mehnat faoliyati va nutq ahamiyatini

ko‘rsating?

30. Maslowning taklif etgan ehtiyojlar iyerarxiyasini izohlang.

31. Faoliyatni interiorizatsiyalash deganda nimani tushunasiz?

32. Faoliyatni ekstreoriozatsiyalash degani nima?

33. Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etilishini yoriting.

34. Faoliyat boyicha qaysi olimlar ishlarini bilasiz?

35. E.G‘. G‘oziyev bo‘yicha ontogenezda inson bilishining bosqichlari qanday?

36. A.N.Leontev bo‘yicha faoliyat tuzilishini tushuntiring.

Bibliografiya

1. David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland,

Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 687

2. Каримова В.М., Холйигитова Н.Х. Психология: Ўқув қўлланма. – Т.:

“IQTISODIYOT”, 2014. – 175 б.

3. Шарипов Ш.С. ва бошқ. Билим олишнинг интеллектуал тизимини

ишлаб чиқиш назарияси ва амалиёти / Монография. – Т.: “Фан”, 2011. –

106


208 б.

4. Ғозиев Э. Умумий психология: Психология мутахассислиги учун

дарслик / Э.Ғозиев; ЎзР ОЎМТВ, М.Улуғбек номидаги ЎзМУ. – Т.:

“Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти, 2010. – 544 б.

5. Karimova V., Hayitov O., Akramova F., Lutfullayeva N. Umumiy

psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik

// V.M.Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T.: TDIU , 2010. – 328 b.

6. Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений: В

3 кн. – 4-е изд. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. – Кн. 3:

Психодиагностика. Введение в научное психологическое исследование

с элементами математической статистики. – 640 с.

7. Каримова В.М. Психология. Ўқув қўлланма. – Т.: А.Қодирий номидаги

халқ мероси нашриёти, 2002. – 205 б.

8. Hayitov O.E. Iqtisodiy psixologiya: O‘quv qo‘llanma. Oliy o‘quv yurtlari

magistratura bosqichi talabalari uchun. – T.: TDIU, 2009. – 230 b.

9. Ғозиев Э., Жабборов А. Фаолият ва хулқ-атвор мотивацияси:

Университетларнинг психология мутахассислиги учун ўқув қўлланма.

– Т.: Университет, 2003. – 124 б.

107


III qism

SHAXS PSIXOLOGIYASI

Bilamiz-ki, “Shaxs”

3.1. Psixologiyada shaxs va jamiyat

tushunchasi psixologiya fanida

muammosi

eng ko‘p qo‘llaniladigan

kategoriyalar sirasiga kiradi. Psixologiyada o‘rganilayotgan barcha fenomenlar

aynan ushbu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan

qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan

jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmaydi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini

o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan

oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan. Har

bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va

uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.

3.1.1-rasm. Shahsga ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi bosqichlari

108


Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat

ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan

aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy

xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Demak, har bir shaxsning fe’l-atvoriga atrofdagi referent guruhning (do‘stuyorlari,

oilasi), tarixiy zamon, davr, davlat tuzumi va o‘sha jamiyatdagi siyosat,

iqtisodiyot va mafkuraning ta’siri bo‘lib, bu ta’sir uning yaxlit dunyoqarashi,

fikrlash tarzi, tafakkurida o‘z aksini topadi. Bunday ta’sirlarning ikki xili

farqlanadi.

Bir qarashda ikkinchi bosqich ta’sirlarigina shaxsning insoniy qiyofasi hamda

fe’l-atvorini belgilaydiganday tuyuladi. Chunki xalqimizda “qush uyasida

ko‘rganini qiladi”, degan naql ham bor. Ayniqsa, bizning “o‘zbekchiligimiz”da

odamning tug‘ilib o‘sgan oilasi, mahallasi, kimning avlodi-yu, kimning zurriyodi

ekanligi, ta’lim olgan dargohiga katta e’tibor beriladi. Ko‘pincha xalqda: “Hovli

olma, qo‘shni ol”, degan maqol ham ishlatiladiki, bu ham farzandlar kamoli va

oilaning tinchligida yon-atrofning ahamiyatiga ishoradir. Lekin makro bosqichdagi

ta’sirlarning ahamiyatini kamsitish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi

ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi

ta’sirlarning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi

qonuniyatlarini izladilar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi

yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini

ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga

umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun

avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni

o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy

mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.

Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasida birdaniga,

bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki nuqtai nazardan

kelib chiqadi.

109


Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni

tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).

Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki “top-toza

taxta” (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi

va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri

J.Lokk bo‘lib (1632-1704), uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi

mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta

ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va

g‘oyalarning assosiasiyasi ro‘y beradi.

G.Leybnis (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof

doskaning o‘zi bo‘lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham

sezilarli teshiklar, do‘ngliklar yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladi-ki, ular odamning

sezish va bilish organlari vositasida anglanishi mumkin. Xuddi shunday, inson

bolasi ham tug‘ilishdan muayyan belgilar, xususiyatlar bilan tug‘iladi-ki, ularni biz

layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug‘ma belgilar

Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo

munosabatlarning mahsuli, ongli

faoliyatning subyekti bo‘lmish

individdir

shakklantirishga xizmat qiladi.

inson taqdirida ma’lum rol o‘ynaydi, lekin

yetakchi, sezilarli ta’sirlar hayotning

keyingi bosqichlarida, turli faoliyatlarni

(o‘yin, o‘qish, mehnat va b.q.) amalga

oshirish jarayonida bilinib, shaxs sifatlarini

Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab

ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham

ob’yekt, ham sub’yekt bo‘lishlikdir.

Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi,

ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’yektni), so‘ngra shu

ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson

bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy

muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat,

huquq, axloq olamidir.

110


Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar majmui

ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu

ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarning ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va

ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari,

norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va e’tiqodiy dunyoqarashlar mafkuraviy

munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab va

boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir

uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va

g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, u shaxsning maslagiga

aylanadi hamda u hayoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o‘z

qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo

o‘qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib, elu-yurtiga

xizmat qiladi.

Hozirda fan-texnika rivojlanayotgan bir vaqtda insoniy munosabatlarni

boshqarish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.

Ayni vaqtda dunyo miqyosida global tarzda ijtimoiy stereotiplar barham

topib, o‘zgara boshladi. Kechagina mumkin bo‘lmagan narsalarga bugun ruxsat

bor, kecha umuman erkinlik, demokratiya tushunchalarini guyoki, G‘arb

madaniyati deb e’tirof etgan bo‘lsak, bugun butun jamiyat bu jarayonlar bilan

yashay boshladi, buning natijasida inson ongi, uning boshqalarga munosabatlari

ham o‘zgardi.

111


Bugungi kunda shaxsni

3 2. Chet el psixologiyasida shaxs

oʻrganishga turlicha

nazariyalari

yondashuvlar mavjud.

Masalan, Z.Freydda shaxs tuzilmasi, A.Adler , K.Xornida individual

psixologiya, E.Frommda shaxs destruktivligi masalalari va boshqalar.

Gumanistik psixologiya, bixeviorizm maktabi olimlari shaxsini o‘rganishda

turlicha yondashuvlarga murojaat qiladilar va muammo mohiyatini yoritishda

o‘ziga xos pozitsiyaga egadirlar.

Va yana shular qatorida shaxsning biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik,

kognitivistik kabi nazariyalarini ham sanash mumkin.

Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul

qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular

bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan,

taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlariga (aniqlovchilariga)

qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar keltirilib

chiqariladi.

Taraqqiyot jarayonining o‘zi, dastavval biologik yetilishning universal

bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va

E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs psixologiyasining

individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining

(filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi. Bu esa

noto‘g‘ri g‘oyaning shakllanishiga olib kelgan.

Biogenetik nazariya qarama-qarshi bo‘lgan yana bir nazariya yuzaga keladi

bu – sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Bu yondashuvga asosan, shaxsda ro‘y

beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, uning ijtimoiylashuvi, uni qurshab

turgan damlar bilan o‘zaro munosabatidan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.

Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy

shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.

112


Xorijiy shaxs nazariyalarining talqini

3.2.1-jadval

Shaxs

nazariyalarining

nomlanishi

Biogenetik

Sotsiogenetik

Psixogenetik

Kognitiv

Psixoanali

Shaxs nazariyalarining qisqacha mazmuni

Insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning

taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos deb

qaraladi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan.

Bu nazariyaga ko‘ra individ o‘zgarmas genlar orasidag vaqtinchalik qobiq vazifasini bajaradi.

Unga ko‘ra individning hayotdagi asosiy vazifasi ajdodlariga xos bo‘lgan narsalarni asrabavaylashi

va ularni kelajak avlod yetkazishdir deb qarashadi. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki,

evolyusion va barcha individul yutuqlar ushbu muammoning yechimidagi vosita hisoblanadi.

U biogenetik, sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar

taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta

mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va

jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi.

Kognitiv lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida bilish degan ma’noni anglatadi.

Psixologlar ushbu yondashuvni tasdiqlashlariga asosiy ichki omillar yoki tashqi olamdagi

hodisalarga ko‘r-ko‘rona va mexanik javob beradigan mashina emasligini tasdiqlaganligi sababli

ushlab turibdilar. Kognitiv yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni

kiritish mumkin.

Psixoanaliz nazariyasi eng avvalo Z.Freyd nomi bilan bog‘liqdir. Ushbu nazariya nevroz

holatini davolash metodi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, undan so‘ng psixologik nazariya sifatida

yuzaga keladi. Psixoanaliz nazariyasi shaxs dinamikasini tushuntirib berishga qaratilgan ilk

psixologik qarashdir. Bu nazariya asosida psixologiya fanida tub burilish yuzaga keladi.



Analitik psixologiya

Bixeviorizm

Sotsial madaniy

nazariya

Gumanistik

psixoanaliz

Individual

psixologiya

Karl Gustav Yung – shvetsariyalik psixolog va faylasuf ushbu nazariyaning asoschisidir. U

“o‘zlik”ni – individuallikka intilish deb qaragan. Xarakterni shaxsning yetakchi vazifasi deb

hisoblab unga bog‘langan holda shaxs tipologiyasini ishlab chiqqan.

Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll va

nemis psixologi E.Krechmerdir. Ularning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot

filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimlarning talqiniga binoan, go‘daklik

hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdir va shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir

qancha biologik omillardan tashkil topgan, insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati

o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qilishadi

K.Xorni ushbu nazariyaning asoschilari hisoblanadi. Xornining ta’kidlashicha, bolaning

rivojlanishida ular va ota-onalari o‘rtasidagi sotsial munosabatlar hal etuvchiligini aniqladi. Bolalik

davrida ikkita ehtiyoj xos, qoniqish va xavfsizlikka ehtiyoj. Birinchisi, barcha biologik ehtiyojlarni

qamrab olsa, ikkinchisi esa bolaning rivojlanishi uchun zarur. Bu sevimli, ardoqli va tashqi

olamdagi xavf-xatar yoki dushmanliklardan himoyalanishga intilish sanaladi.

E.Fromm nazariyasining asosiy holati quyidigacha: Inson mavjudligining bosh ziddiyati –

tevarak olamdan mustaqillik va erkinlikka intilish, xavfsizlikka va sotsiumga mansublikka intilish

o‘rtasidagi ziddiyatdir deb ta’kidlaydi

Alfred Adler individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi. Inson – yagona va o‘zini o‘zi

muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum (lat.) – bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir

namoyon bo‘lishini izolyatsiyada ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib

chiqish mumkin.



V.M.Bexterevning ta’kidlashicha shaxs – organik va sotsial sohaning

chambarchas birligi hisoblanadi va ikki sohani mukammal o‘zlashtirgandagina

to‘laqonli shaxsga aylanadi.

A.F.Lazurskiyning shaxs kontseptsiyasida – shaxsning sotsial muhitga

moslashuvi bo‘lib, u keng ma’noga tushuniladi (tabiat, narsalar, insonlar,insoniy

munosabatlar, g‘oyalar, estetik, axloqiy, diniy qadriyatlar va boshqalar). Shaxsning

atrof muhitga moslashuvi har xil psixik darajada bo‘ladi: yuqori, o‘rta, quyi. Bu

darajalar shaxsning psixik rivojlanish darajasini ifodalaydi. Lazurskiy shaxsni

ikkita psixik mexanizmni birligi sifatida talqin qilgan, endopsixika va ekzopsixika.

3.2.1-rasm. Shaxsning psixik mexanizmi (Lazurskiy)

Bu ikki jihat bir biri bilan o‘zaro bog‘liq, bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.

Masalan, xayolning rivojlanganligiijodiy faoliyatni sharlovchi,yuqori sezgirplik va

qo‘zg‘aluvchanlik –san’atga mashg‘ul bo‘lishga imkon beradi.

V.N.Myasishev shaxs kontseptsiyasinishaxsning tuzilmasini tahlil qilishga

e’tibor qaratgan. Shaxs kontseptsiyasining asosiy elementi – munosabat. Shaxs

munosabatlari – bu shaxsning voqelikni har xil tomonlari bilan shaxsni faolligi,

ongli, integral, tanlovchanlikka asoslangan tajribasiga bog‘liqligidir.

Myasishevning munosabat tuzilmasi:

115


emotsional (emotiv);

baholovchi (kognitiv);

xulqiy (konativ).

A.G.Kovalevning shaxs kontseptsiyasiga ko‘ra shaxs psixik jarayonlar,

xususiyatlar va holatlarning integral tuzilmasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bilamizki,

inson psixik faoliyatining poydevorini psixik jarayonlar tashkil etadi. Psixik

jarayonlar psixik faoliyatning funktsional darajasini xarakterlovchi psixik

holatlarni shakllantiradi.

A.N.Leontyev shaxs tuzilmasini tadqiq qilishi davomida shaxsning uchta

asosiy parametrini ajratib ko‘rsatadi:

insonning olam bilan aloqalarining kengligi;

ma’no hosil qiluvchi motivlarning o‘zlashtirish iyerarxiyasida bu

aloqalarning iyerarxiyalashgan darajasini aks ettirishi;

bu aloqalarning umumiy tuzilmasi, aniq motivlar va maqsadlar majmui.

S.L.Rubinshteyn shaxsga yondashuvlarini:

Yo‘nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va

xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida;

Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida

egallanishida;

Intividual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyatlarga aks

etishida deb ta’kidlaydi.

116


Psixologiyada

shaxs

3.3. Shaxs rivojlanishining individuallik

tuzilmasining modelini yaratishga

xususiyatlari va ularning roli

boshqa fanlarga nisbatan kengroq

yondashiladi va uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishiladi, natijada u

psixologiya sohasidagi muammolarorasidagi markaziy o‘rin sifatida yuzaga keladi.

Psixolog olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs

tuzilishiga oid masala u yoki bu jihati orqali uzviy bog‘liqka egadir. Psixologiya

fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar

amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, xilma-xil shaxs tuzilmasining modeli

yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananyevning fikricha,

psixologik hodisalarni intellektual, hissiy-emotsional va irodaga ajratilishidir.

Inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko‘rinishi

bo‘lib, uning izchilligini ko‘pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir.

B.G.Ananyev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha

psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi - psixik aktlarning

psixik funktsiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan

uyg‘unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning psixik

funktsiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin,

chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va

ikkinchi signallar sistemasi o‘zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.

Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik

jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi

muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananyev

tomonidan strukturaviy kontseptsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik

“hodisalarni bir qator jabhalari bilan to‘ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat

kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to‘plash imkoniyatini

(idrok, tafakkur, emotsiya, iroda) beradi”. Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir

tomondan, psixik funktsiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan,

elementar, motivlari (ehtiyoj, ustanovka) hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu

qo‘shimchalar “genetik ma’no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini

117


umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga

o‘tishga imkon beradi”. Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus

psixologik deb qarashdan qat’i nazar, hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun

umumiy ahamiyatli jihatni yuksaklikka ko‘tarishga qodir emas.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan psixik hodisalarning turli ko‘rinishlarini

fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo‘yicha bahs yuritmasdan turib, jumladan

jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo‘linishdan ko‘z yumib, ushbu

kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs tuzilmasining tarkibiy qismlariga

tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik

asnoda vaqt va fazo o‘lchami bo‘yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun

B.G.Ananyev tomonidan kiritilgan ilmiy qo‘shimchalar umumpsixologik vaziyatni

keskin o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa-da, uning ayrim tomonlarni

to‘ldirishga ega.

118


Psixolog olimlarning fikricha,

3.4. Shaxsning oʻz-oʻzini anglashi va

individ, shaxs, sub’yekt va komil inson

Men–kontseptsiyasi

to‘g‘risida mulohazalar yuritilganda

ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o‘ta (super) onglilik holatlari bilan uzviy

aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan atamalar ongli mavjudodga

taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy manbalarida atroflicha talqin

qilingan, lekin ularning iyerarxiyasi, mohiyati bayonida turlicha yondashuvlar

mavjuddir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga yo‘naltirilgan nazariyalar o‘ta

bahsli bo‘lib, uning zaminida faqat ong yotishi tasdiqlanagan, xolos. Aslida esa

inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan maqsadga asoslanib, biron-bir

faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong shaxsning ushbu faoliyatini

regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq odam funktsional holatining

o‘zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik) ka o‘tishi, ijod, tashabbus

uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda shaxs ongosti

(muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu boisdan shaxs bir

davrning o‘zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) hukmi ostida

yashashi, faoliyat ko‘rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi mumkin. Har

uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, ularning har

qaysisi bu jarayonga o‘ziga xos ulush qo‘shadi. Ong holatlari tabiiy ravishda birbiri

bilan uzluksiz tarzda o‘rin almashtirib turadi, chunki inson ixtiyorsiz, ixtiyoriy

va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar hukmi bilan yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi.

Z.Freyd ta’limoti bo‘yicha shaxsning tuzilishi 3 tizimdan iborat: “U”,

“Men” va “Kayvoniy men”. “U” – bu mustaqil bo‘lib, uning mohiyatida - qiziqish,

ehtiyoj va motiv yotadi (ongsizlik darajasini ifodalaydi). “Men” – onglilikni,

“Kayvoniy men” esa yuqori ong darajasini ifodalaydi. “U” – qoniqish tamoyiliga

asoslanadi. “Men” – haqiqatga yaqin, “Kayvoniy men” – ideal taassurotga –

jamiyatdagi axloq normalari va qadriyatlariga asoslanadi.

“U” – insonning hayvonot dunyosiga yaqinligi, uning tajribasi hayotdagi

omadsizligi natijasida kelib chiqishidir.

“Men” – insonning o‘zini anglashi, o‘z shaxsi va xulq - atvorini tasavvur

119


qilishi va baholay bilishidir.

“Kayvoniy men” – jamiyatni insonningyuqori onglilik holatiga ta’sir

ko‘rsatishidir. Buning natijasida odam ijtimoiy, axloqiy qadriyatlar va

me’yorlarni o‘zlashtiradi.

XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari,

o‘z-o‘zini anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi shu boisdan o‘z-o‘zini

anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:

o‘tmishdagi “Men” (“o‘zlik”);

hozirgi “Men” (“o‘zlik”);

bo‘lg‘usi “Men” (“o‘zlik”);

ideal “Men” (“o‘zlik”);

dinamik “Men” (“o‘zlik”).

O‘z-o‘zini anglash jarayoni milliy o‘zligini anglash bilan uzviy bog‘liq

bo‘lib, muayyan vaqt, muddat o‘tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u

ham evolyutsion, ham revolyutsion yo‘l ta’sirida amalga oshishi mumkin. O‘zo‘zini

anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib,

pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish

qiladi. O‘z-o‘zini anglash besh tarkibdan iborat bo‘lib, u o‘ta murakkab jarayon

hisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas.

Chunki insonda o‘zining hayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor

ko‘nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda

ma’naviyat ko‘rsatkichlarini oqilona baholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid

va o‘z-o‘zini tanqid, baholash va o‘z-o‘zini baholash, tekshirish va o‘z-o‘zini

tekshirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish, boshqarish va o‘z-o‘zini

boshqarish, takomillashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish va o‘zo‘zini

rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va

ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni

ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi.

Inson o‘z-o‘zini anglash jarayonida ko‘pincha reallikdan boshlaydi, hozirgi

va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum

120


mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa

kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o‘zining nimalarga qodirligi yuzasidan

mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning

ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash,

unga o‘zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo‘lg‘usi “Men” iga aniqlik kiritadi

va faollik mexanizmiga aylantiradi.

O‘z-o‘zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o‘tmishini tahlil qiladi,

undagi qusurli va ibratli jihatlarni o‘zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu

borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotdan u o‘ziga ideal bo‘luvchi

shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko‘rinishlarni,

ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o‘z-o‘zini anglash

davomida dinamik harakatsiz hech bir narsani ro‘yobga chiqara olmasligiga iqror

bo‘ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga

oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat

qilish, boshqarish natijasida dinamik “Men” shakllana boshlaydi. O‘z-o‘zini

anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa,

demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan

dalolatdir.

O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt,

muddat talab qiladi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning

boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlangan

maqsadga erishish mumkin.

Modyl yuzasidan tayanch iboralar

Shaxs, ijtimoiy munosabat, nativizm, empirizm, ijtimoiy muhit, ijtimoiy

stereotiplar ,qadriyatlar tizimi, shaxs nazariyalari, biogenetik, sosiogenetik,

psixogenetik, kognitivistik endopsixika, ekzopsixika, Men-kontseptsiyasi, “Men”,

“Kayvoniy men”, “U”, o‘zlik.

121


Nazorat va muhokama qilish uchun savollar

1. “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini izohlang.

2. Ijtimoiy muhit deganda nimini tushunasiz?

3. Shahsga ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi bosqichlarini sanag va izohlang.

4. Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning vujudga kelishida qaysi

nuqtai nazar asosiy rol o‘ynagan?

5. Nativizm yonalishi haqida tushuncha bering?

6. Empirizm yonalishi haqida tushuncha bering?

7. Shaxsga ta’rif baring?

8. Biogenetik nazariya haqida nimalar bildingiz?

9. Sotsiogenetik nazariyaga ta’rif baring?

10. Psixogenetik nazariyaga ta’rif baring?

11. Kognitivistik nazariya haqida nimalar bildingiz?

12. Z.Freyd gʻoyalarida shaxs tuzilmasi qanday yoritilgan?

13. A.Adler va individual psixologiya haqida nimalarni bilasiz?

14. K.Xorni gʻoyalariga ta’rif bering.

15. E.Frommning shaxs destruktivligi haqida nimalar bilasiz?

16. Gumanistik psixologiyaga ta’rif bering?

17. Bixeviorizm maktabi g‘oyalari nimalardan iborat?

18. Endopsixika va ekzopsixika haqida tushuncha bering.

19. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning rolini izohlang.

20. Shaxsning oʻz-oʻzini anglashi deganda nimalarni bildingiz?

21. Men-kontseptsiyasi haqida tushuncha bering.

22. Z.Freyd ta’limoti bo‘yicha shaxsning tuzilishini izohlang.

Bibliografiya

1. David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland,

Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – 687 p.

122


2. Каримова В.М., Холйигитова Н.Х. Психология: Ўқув қўлланма. – Т.:

“IQTISODIYOT”, 2014. – 175 б.

3. Ғозиев Э. Умумий психология: Психология мутахассислиги учун

дарслик / Э.Ғозиев; ЎзР ОЎМТВ, М.Улуғбек номидаги ЎзМУ. – Т.:

“Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти, 2010. – 544 б.

4. Karimova V., Hayitov O., Akramova F., Lutfullayeva N. Umumiy

psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik

// V.M.Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T.: TDIU , 2010. – 328 b.

5. Каримова В.М. Психология. Ўқув қўлланма. – Т.: А.Қодирий номидаги

халқ мероси нашриёти, 2002. – 205 б.

123


IV qism

PSIXIK JARAYON: TASNIF, XUSUSIYAT,

QONUNIYATLAR

Bilish jarayonlari –

4.1. Bilish jarayonlarining qisqascha

bu shunday psixik

tasnifi

jarayonlarki, ular shaxsga

oʻzini oʻrab turgan atrof-muhitning ma’lum va muhim xususiyatlarini anglashga,

tushunishga va ular ustida oʻziga zarur xulosalar chiqarib, oʻz xulq-atvorini

rejalashtirishga imkon beradi. Bilish jarayonlari ma’lum ma’noda boshqariladigan

jarayonlar hisoblanib, agar biz oʻz imkoniyatlarimizni kengaytirmoqchi yoki

xotiramizni oʻstirmoqchi boʻlsak, bu jarayonlardagi barcha qoidalar hamda

xususiyatlarni bilib olishimiz kerak.

Inson ongi bir qarashda yaxlit ob’ekt hisoblansada, ammo u ayrim alohida

jarayonlardan iboratdir. Shuning uchun ham bizni oʻrab toʻrgan atrof - muhitni,

oʻzimizni bilishga imkon beruvchi ongni oʻrganish uchun uni alohida psixik

jarayonlarga boʻlib oʻrganamiz. Bu jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, diqqat,

tafakkur, nutqlardan tashkil topgandir (4.1.1-rasmga qarang). Bu jarayonlar shu

qadar bir-birlari bilan uzviy bog‘iq boʻlib, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning

oʻzi qiyin. Masalan, koʻrib idrok qilib turgan narsa haqida fikr yuritmay boʻlmaydi,

bu jarayonning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan koʻrgan yoki oʻqigan

matnningizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa toʻg‘risida fikrlash uchun bizga bir

vaqtning oʻzida ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolingan ob’ekt, ham ichki

nutqimiz, irodamiz va diqqatimiz kerak boʻladi. Hozirgi kunda rivojlangan texnika

taraqqiyoti insonning oʻz psixik jarayonlariga qiziqishini yanada ortirmoqda. Endi

ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga oʻhshash),

ularni qayta ishlash (tafakkurga oʻhshash) va uni saqlash (xotira) haqida koʻp

gapiradigan boʻlib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va

tarbiyasi masalasini yanada yuqori koʻtardi.

124


4.1.1-rasm. Shaxsning bilish jarayonlari

Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga

oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan koʻra murakkabligi va odam

anglagan ma’lumotlaridan koʻproq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi.

Masalan, maxsus laboratoriya asboblar yordamida aslida inson koʻrmaydigan, his

qilmaydigan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaktsiyalarni keltirib

chiqarayotganligi qayd etildi. Analogik holat xotiramizda ham tez - tez roʻy beradi.

Kimnidir uchratib qolamizda, oʻylanamiz: qayerda koʻrgan ekanman? hech

eslolmaysiz, lekin yuzi, koʻzi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday

izohlash lozimki, inson koʻrgan - kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong

sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal boʻlib yoki biror narsadan

qattiq tashvishga tushaganimizda miyamizga har xil oʻy - fikrlar kelaveradi.

Oʻshalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi. Bilish jarayonlardagi

individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan

tanishamiz.

125


4.2. Sezgi va idrok psixik jarayonlarning

boshlangʻich holati ekanligi

Tevarak-atrofimizda

boʻlgan va bizga ta’sir etib

turadigan narsa va

hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar koʻrish, eshitish, hid bilish, ta’m

bilish va teri-tuyish organlari organlari yordami bilan ongimizda bevosita aks etadi.

Sezgi organlarimizga ta’sir etadigan narsalardagi ayrim xossalarning miyamizda

shu tariqa bevosita aks etishi sezgi deb ataladi.

Sezgilar – psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham,

odamlarga ham xos xususiyat boʻlib, u voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim

belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta’minlaydi. Sezgilar kishiga tevarak-atrofdagi

narsa va voqealarning xususiyatlarini bilishga imkon beradi.

Sezgi a’zolari kishiga tevarak-atrofdagi olamda moʻljal olish imkonini

beradi. Biz qizil, yashil ranglarni, shirin, achchiq ta’mlarni, og‘ir-yengilni, issiqsovuqni

va shu kabilarni sezamiz. Sezgi organiga ta’sir yetib, sezgini vujudga

keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa)

qoʻzg‘ovchideb ataladi, uning ta’siri esa

qoʻzg‘alish deb yuritiladi.

Sezish jarayoni quyidagicha roʻy beradi:

1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga

(retseptorga) ta’sir yetib, tegishli sezuvchi nervning chekka (periferi) uchlarini

qoʻzg‘aydi; 2) shu yerda kelib chiqqan qoʻzg‘alish oʻsha nervning oʻtkazuvchi

SEZGI-odamning tegishli sezgi

organlariga moddiy olamdagi narsa

va hodisalar ta’sir ko‘rsatgan vaqtda

ulardagi ayrim xossalarning aks

ettirilishidan iborat bo‘lgan eng

sodda psixik jarayondir

yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli

markaziy hujayralar sistemasiga oʻtadi; 3) bu

yerda nerv qoʻzg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni

sezgiga aylanadi.

Sezish jarayoniningana shu 3 bosqichi

I.P. Pavlov tomonidan analizator deb atalgan sezuvchi nerv apparatining

tuzilishiga muvofiq ravishda oʻtadi. Yuqorida aytganimizdek, har bir analizator

sezuvchi nervning chekka tarmoqlaridan, oʻtkazuvchi yoʻldan va bosh miya

poʻstining markaziy hujayralaridan iborat.

Sezgi muayyan vaqt oralig‘ida

hosil bo‘ladi. Bu 0,02

soniyadan 0,1 soniya vaqt

davomiyligida amalga

oshiriladi.

126


Analizatorning yuqorida koʻrsatilgan qismlaridan birortasi zararlansa, sezgi

hosil boʻlolmaydi. Nomidan ham koʻrinib turibdiki, analizatorlar tevarak-atrofdagi

olam ta’sirlarini analiz qilib beradi. Analizatorlar insonning koʻp asrlardan beri

davom yetib kelgan tarixida hayot uchun nihoyatda muhim boʻlib kelgan

qoʻzg‘ovchilarni boshqa qoʻzg‘ovchilardan ajratadi, ularni bir-biridan ayirib

beradi.

Sezish jarayonida tug‘iladigan tuyg‘ular ayni vaqtda organizmning

qoʻzg‘ovchi ta’siriga javoban reaktsiyasiga sabab boʻladi (bu reaktsiya ba’zan

arang bilinadi). Bu reaktsiyalar bolalik davrida, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Ana shu

reaktsiyalarga qarab, bolalarning biron sezgini boshdan kechirayotganini bilamiz.

Ana shu reaktsiyalarning borligisezgining nerv-fiziologik mexanizmi refleksdan

iborat ekanligini koʻrsatadi.

Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular

bizning olam haqidagi va oʻzimiz toʻg‘rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi.

Sezgilar bizga ob’yektiv voqelikning haqqoniy suratini beradi, ya’ni olamni u

qanday mavjud boʻlsa shundayligicha aks ettiradi. Tovushlar, hidlar va boshqa

kuzatuvchilar koʻzga ta’sir qilganda koʻrish sezgilarini hosil qilmaydi. Xuddi

shuningdek, nur va hid ham eshitish kuzata olmaydi.

Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzatuvchidan ta’sirlanuvchi

reaktsiyalari tarzida hosil boʻladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik

xususiyatiga egadir. Kuzatuvchining oʻziga aynan oʻxshaydigan analizatorga ta’siri

natijasida hosil boʻladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi hisoblanadi.

Analizator reaktsiyalarida periferik boʻlimlarining muayyan xujayralari miya

qobig‘idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos boʻladi. Jumladan, koʻz toʻr

pardasining turli nuqtalari qobiqda har xil nuqtalarda yoyilgan holda gavdalangan

boʻladi; eshitish a’zosi ham qobiqda barcha sezgi organlariga ham taaluqlidir.

Sun’iy kuzatish metodlari boʻyicha oʻtkazilgan koʻplab tajribalar hozirgi

paytda u yoki bu sezgi turlarining miya qobig‘idagi ma’lum bir joyda chegaralanib

qolishini yetarlicha aniq qilib belgilash imkonini beradi. Jumladan, koʻrish

sezgilari joylashgan qism, asosan bosh miya qobig‘ining ensa qismida

127


joylashgandir. Eshitish sezgilari miya qobig‘i tepa burmasining oʻrta qismiga

joylashgan. Toʻyish – harakat sezgilari miya qobig‘i markaziy burmasining orqa

qismiga joylashgan va h. k.

Sezgining hosil boʻlishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida

ishlashi darkor. Kuzatuvchining retseptorga ta’siri qoʻzg‘alishning yuz berishiga

olib keladi. Ana shu qoʻzg‘alishning boshlanishi tashqi quvvatning retseptor

yordamida nerv jarayoniga aylanishidan iboratdir. Bu jarayon retseptordan

markazga intiluvchi nerv orqali analizatorning oʻzak qismiga qadar yetib boradi:

qoʻzg‘alish analizatorning qobiqdagi xujayralariga borib yetganda organizmning

qoʻzg‘atuvchi javobi hosil boʻladi. Biz nurni, tovushni, ta’mni yoxud boshqa

sezgilarni sezamiz. Shunday qilib, sezgi tashqi qoʻzg‘alish energiyasining ong

faktiga aylanishi demakdir.

128


Sezgilar xilma-xil

4.3. Sezgilarni klassifikatsiyasi

boʻladi. Turli-tuman sezgini

qaysi sezgi organlari yordami

bilan hosil qilsak, ularni oʻsha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya’ni

koʻrish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta’m (maza) bilish sezgilari,

teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi

organlari qayerda ekanligiga va qayerdan qoʻzg‘alishiga qarab, ularni uch guruhga

ajratish mumkin. (4.3.1-rasm.)

Koʻrish sezgilari

Rang va yorug‘likni sezish koʻrish sezgilariga

kiradi. Biz sezadiganranglar xromatik va axromatik

ranglarga boʻlinadi.

Yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali oʻtib, singanda hosil

boʻladigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Xromatik ranglar kamalak

ranglari boʻlib, bunga qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, koʻk va binafsha

ranglar kiradi. Bu ranglarning turlari nihoyatda xilma-xil boʻlib, juda koʻpdir. Oq

rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kulranglar axromatik ranglar

deb ataladi.

Rang sezish jarayonlarini tushuntirib beradigan eng mashhur nazariya “uch

rangni koʻrish” nazariyasidir. Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini rus olimi

M.V. Lomonosov tomonidan 1756-yilda yaratilgan. Nemis fiziologi va fizigi

Gelmgols Lomonosovdan 100 yil keyin oʻsha nazariyani toʻla bayon qilib bergan.

Bu nazariyaga koʻra, toʻr pardaning kolbachalarida uchta asosiy element bor.

Oʻsha elementlardan birining alohida qoʻzg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi

birining qoʻzg‘alishi yashil rang sezgisini va uchinchi birining qoʻzg‘alishi

binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Yorug‘lik toʻlqinlari birdaniga uchta elementni

bir xilda qoʻzg‘asa, oq rang sezgisi hosil boʻladi. Lekin, yorug‘lik toʻlqinlari ikki

yoki uch elementga ta’sir etsa, ammo bu ta’sir bir tekisda boʻlmasa, u holda

sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qoʻzg‘alganligiga qarab, har xil rang

sezgilari hosil boʻladi.

129


4.3.1-rasm. Sezgilar klassifikatsiyasi

“Uch rangni koʻrish” nazariyasi rang sezish jarayonlaridagi koʻrish

organining rolini ochib berishda eng ma’qul nazariya deb hisoblanadi. Ammo bu

nazariya haqiqatda ehtimolga eng yaqin gipotezadir, chunki kolbachalarda rang

sezuvchi uch elementning borligi hali aniq isbot etilgan emas, balki faraz qilinadi,

130


xolos.

Hozirgi vaqtda psixologlar va fiziologlar ranglarni sezish yolg‘iz toʻr

pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki boshqa miya poʻstida boʻladigan

jarayonlar bilan ham bog‘liq ekanligini isbotlashga harakat qilmoqdalar.

Eshitish sezgilari

Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir.

Tovushlar musiqiy tovushlarga va shovqinli tovushlarga

boʻlinadi. Tovushlar oddiy va murakkab tovushlarga ham boʻlinadi. Nutq

tovushlari ohangli tovushlar (asosan, unli tovushlar) bilan shovqinlardan iborat

(shovqinlarda undosh tovushlar koʻproq boʻladi). Eshitish sezgilari organi quloq

boʻlib, u uch qismdan: tashqi quloq, oʻrta quloq va ichki quloqdan iboratdir.

Tashqi quloq – quloq suprasi bilan eshituv yoʻlidan iborat. Tashqi quloq havo

toʻlqinlarini yig‘uvchi karnay desa boʻladi.

Tashqi quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasida bir parda bor, u nog‘ora parda yoki

oʻrta quloq pardasi deb ataladi. Oʻrta quloq – nog‘ora parda va unga yopishgan

uchta suyakcha: bolg‘acha sandon va uzangidan iborat. Nog‘ora parda,

shuningdek, unga yopishuvchi suyakchalar (bolg‘acha, sandon va uzangi) havo

tebranishlarini ichki quloqqa oʻtkazadi. Oʻrta quloq

maxsus kanal (Yevstaxiy nayi) yordami bilan og‘iz

boʻshlig‘iga va burun boʻshlig‘iga tutashgan.

Ichki quloq yoki quloq labiranti oʻzaro

birlashgan uchta boʻlakdan iborat. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim joyga

kanaldan, oʻrta qismi kameradan (u ichki quloq dahlizi deb ataladi) va pastki qismi

chigʻanoqdan iborat, ichki quloqning uchala boʻlimi yendolimfa nomli maxsus

suyuqlik bilan toʻla. Ichki quloqning asosiy qismi chig‘anog‘idir. Eshitish

sezgilarining fizik sababi – havo toʻlqinlarining harakati boʻlib, bu havo toʻlqinlari

tovush chiqaruvchi jismlar tebranganda hosil boʻladi.

Inson qulog‘i 20000

yaqin tovushlarni

sezadi

Eshitib sezishlar chog‘ida eshitish organida roʻy beradigan spesifik

jarayonlar sababini anglatishda eng koʻp qabul qilingan nazariya Gelmgols ishlab

chiqqan rezonans nazariyasidir. Bu nazariyaga koʻra havoning toʻlqinsimon

131


harakatlari tashqi va oʻrta quloq orqali ichki quloqdagi endolimfaga oʻtadi. Bu erda

endolimfaga botib turuvchi qillar orqali asosiy membrana tolalari harakatga keladi,

ulardan eshitish nervi ham harakatga keladi.

Odatda detsibel quvvat oʻlchamlarni oʻlchash uchun ishlatiladi, shu bilan

birgalikda tok kuchini, tovush bosimini oʻlchash uchun ham ishlatiladi. Insondagi

eshitish sezgisini oʻlchash uchun ham qoʻllanilad. Insonnning eshitish sezgisining

eng psatki oʻlchami 20 mkPa boʻlsa, yuqorisi taxminan 120 dB deb belgilangan.

Tovush chastotasi amplituda bilan belgilanadi. Oddiy inson 16-20 Gs dan

15-20 kGs gacha boʻlgan diapazondagi tovush tebranishlari chastotasini eshitadi.

Inson eshitish chegarasidan past boʻlgan tovushlar infratovush deb yuritiladi. 1Gs

gacha boʻlgan tovushlar ultratovush, 1GGs gacha boʻlgani gipertovush deb

yuritiladi.

Hid bilish sezgilari

Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi.

Hidlar nihoyatda koʻp va xilma-xil boʻladi. Hidlarni

klassifikatsiya qilish uchun umumiy bir mezon yoʻq. Hidlar odatda hidli

narsalarning nomi bilan ataladi, masalan, gul hidi, non hidi, olma hidi va hokazo.

Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga boʻlinadi, lekin bu taqsimot hidlarning

mohiyatini koʻrsatib bermaydi, balki oʻsha hidlarga qanday qarashimizni

koʻrsatadi.

Hid bilish sezgilarining organi burun kovagining yuqori tomoni boʻlib, bu

yerda hid bilish hujayralariva sezuvchi nervning tarmoqlari bor, sezuvchi nervning

tarmoqlari hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi.

Hidli moddalar sezuvchi nervni qoʻzg‘aydi, bu qoʻzg‘alish bosh miyaga

oʻtadi, natijada biz turli hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim

sharlari orqa yuzasining pastki qismida deb faraz qilinadi.

Hidli moddalar hid bilish hujayralariga faqat gaz holatidagina ta’sir etadi va

kimyoviy reaktsiya yoʻli bilan ularni qoʻzg‘aydi. Ma’lumki, hidli moddalarning

hammasi bug‘lanadi va eriydi. Gaz holatidagi moddalar nafas olinadigan havo

bilan burun kavagiga kiradi.

132


Ta’m bilish sezgilari

Ta’m

sezgilariga

bilish

shirin,

achchiq, nordon-shoʻr his qilishlar kiradi. Shu

asosiy ta’m bilish sezgilaridan tashqari, umumiy

klassifikatsiyasi boʻlmagan juda koʻp va xilma-xil

ta’m bilish sezgilari ham bor. Hid bilish sezgilari

kabi ta’m bilish sezgilari ham, muayyan ta’mli

narsa yoki moddalarning nomi bilan ataladi. Masalan, sutning mazasi, yog‘ning

mazasi, goʻshtning mazasi, nonning mazasi va hokazo deb ataymiz.

Insonning ogiz bo‘shlig‘ida

shirinni bilish retseptorlari

33 tagacha, achchiqni sezish

retseptorlari 24 gacha

hamda nordon-sho‘rni his

qilish retseptorlari

18tagacha bo‘lar ekan.

Teri sezgilari

Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi,

bu sezgilarning teri sezgilari deb atalishiga sabab shuki,

bu sezgilarning chekka nerv apparatlari (retseptorlar) terida va organizmimizning

tashqi shilliq pardalarida boʻladi.

Tuyush sezgilari – tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki tuyush

4.3.2-rasm. Esteziometr.

Teri sezgirligini o‘lchaydigan

asbob

tanachalaridan iborat. Taktil sezgilar,

shuningdek, silliq yoki g‘adir-budurni tuyush

sezgilaridir. Biror narsaning tegishini sezish

tashqi ta’sir (qoʻzg‘alish) kuchayganda siqiq

sezishga aylanadi. Qoʻzg‘alish yanada

kuchayganda siqiq og‘riq sezgisiga aylanishi

mumkin. Ammo terida seziladigan har

qanday og‘riq teriga ta’sir etadigan tashqi qoʻzg‘alishga bog‘liq boʻlavermaydi.

Esteziometr (teri sezgirligini oʻlchaydigan asbob) yordamida teri sezgisining

mutloq chegarasini aniqlash mumkin boʻladi (4.3.2-rasm).

Bu asbob keriladigan ikkita oyoqli sirkuldan iborat. Sirkul oʻzagidagi

darajalar oyoqchalarning uchlari oʻrtasidagi masofani koʻrsatib beradi

Biron masofada kerilgan ikki oyoqcha bir vaqtda tekkanda, tekshiriluvchi

kishi ikki yoki bir nuqtani sezayotganligini sinab koʻrish mumkin.

133


Barmoqlarning uchlarida 1 mm dan 2 mm gacha masofada, qoʻl kaftida

10 mm masofada, orqada esa 60-70 mm masofada bir yoʻla ikki oyoqcha

tegayotganligini sezish mumkin ekanligi shu yoʻl bilan aniqlanadi. Oyoqchalar

oʻrtasidagi masofa kamaytirilganda terining oʻsha qismlaridagi ikki ta’sir birbiridan

farq qilinmay, bitta ta’sir deb seziladi. Bir yoʻla ikki ta’sir faqat bitta ta’sir

deb seziladigan teri qismlari “sezgi doiralari” deb ataladi.

134


4.4. Idrok haqida tushuncha

Kishining yana bir muhim

bilish jarayonlaridan biri bu idrokdir.

Narsalar va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi

ongida aks etishiga idrok deb aytiladi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma

xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi, bunda idrok xissiy bilishning oʻziga xos

xususiyatlari bilan sifat jihatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.

Idrok narsa yoki hodisalarning inson

ongiga bevosita ta’sir etishi natijasida tartibga

solinadigan, alohida sezgilar orqali narsa va

vokealarni yaxlit bir obrazi tarzida birlashtirib

aks ettirilishi jarayonidir. Idrok

qoʻzgovchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib

narsani butunligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi.

Idrokda qaysi analizator ustunlik qilishiga qarab idrok koʻrish, eshitish, hid

bilish, ta’m-maza, teri-tuyish, kinestetik turlariga ajratiladi.

Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan

sezgilar narsa va hodisalarni to‘g‘ri

aks ettirish uchun miya po‘stlog‘ida

bir-biri bilan birikadi va insonda

narsa va hodisaning yaxlit obrazi

yaratiladi va idrok hosil bo‘ladi.

4.4.1-rasm. Idrok turlari

Idrok oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan hissiy bilishning sifati jihatidan

yangi bos’hichidir.

Idrokning predmetliligi deganda uning aniq bir predmetga qaratilishini

tushunamiz. Idrokning predmetliligi tashqi dunyodan olinadigan axborot oʻsha

dunyoga mansubligida ifoda etiladi, masalan, g‘isht bilan portlovchi modda

bog‘lami paypaslab koʻrilganda bir–biriga juda ham oʻxshash boʻlib koʻrinishi

135


mumkin, lekin ularning amalda qay tarzda ishlatilishi bilan bog‘liq asosiy

xususiyatlari borki, bunda idrokning predmetliligi yordam beradi.

4.4.2-rasm. Idrok xususiyatlari

Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Idrokning yaxlitligi

deganda narsa va hodisalarni yaxlitligicha ongimizdaaks ettirishni tushunamiz.

Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks

ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq, narsalarning yaxlit obrazidir. Oʻz-oʻzidan

ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil

sezgilar tarzida olinadigan umumlashtirish negizida tarkib topadi.

Idrokning konstantligi ham uning muhim xususiyatlaridan biridir. Idrokning

narsalar bilan qilinadigan faoliyat jarayonida shakllanadigan konstantligi – kishi

hayoti va faoliyatining zarur shartidir. Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi

narsalarning shakli, katta kichikligi, rangi va shukabilarni nisbatan oʻzgarmas

tarzda idrok qilamiz. Masalan, teatrda oʻtirgan odamlarning yuzlariga uzoqdan

qarasak, ular bizga oʻzgarmas, haqiqiy odamlardek koʻrinadi, aslida koʻz toʻr

136


pardasiga uzoqdagi narsalarning aksi kichik boʻlib tushadi. Yoki yuqori qavatdan

turib pastga qarasak odamlar, mashinalar juda kichik boʻlib koʻrinadi, lekin biz

ularni oʻz holicha idrok qilamiz. Konstantlik xususiyati narsaning va uning yashash

sharoitining birligini aks ettirar ekan, tevarak-atrofdagi olamning nisbatan

barqarorligini ta’minlaydi.

Kishining idroki uning tafakkuri bilan uzviy bog‘liq, narsani ongli idrok

etish–unga fikran nom berish, sinfga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish

demakdir. Idrok sub’yektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq boʻladi. Kishining

tajribasi qanchalik boy boʻlsa, uning bilimlari qanchalik koʻp boʻlsa, uning idroki

ham shunchalik boy boʻladi, bunda u shunchalik koʻp narsalarni koʻra oladi.

Idrokning mazmuni kishi oldiga qoʻyilgan vazifa bilan ham, uning faoliyat

sababalari bilan ham belgilanadi.

Figura va fonning ilgarigi

harakatga bog‘liqligi

qonuni

Bu bizdagi idrok jarayonlarining

faolligimizga, ob’ektga munosabatimizga bevosita

bog‘liqligini koʻrsatib turibdi. Agar talaba biror fan

predmetidan qarzdor boʻlib qolsa, och qoringa yegan shirin taomi ham

“ta’timaydi”, hatto nima yeganini ham unutib qoʻyadi. Yomon kayfiyat koʻproq

qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil boʻlsa, yaxshi koʻtarinki kayfiyat,

aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda “koʻradi”. Bu yana bir bor

idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol

ustanovkalarga bog‘liq boʻlgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini

isbotlaydi.

Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida boʻlgan, bevosita toʻqnash

kelgan, tanish narsalarini idrok qilishga moyil boʻladi. Agar biror predmetni u

ilgari figura sifatida idrok qilgan boʻlsa, demak, keyingi safar ham uni aynan

figuraday idrok qiladi, agar fon boʻlgan boʻlsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu

qonunning hayotdagi oʻrni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib

tushuntirilishi mumkin. Oʻzbekistonliklar Yer kurrasining qaysi burchagida

boʻlmasin, oʻzbek doʻppisi yoki atlas koʻylakni juda tez ilg‘ab oladilar va suyunib

ketadilar ham. Yonidagi sheriklari oʻzbek boʻlsa ham, aynan doʻppili oʻzbekni

137


koʻrib, koʻzlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham

milliy koʻylagida yurgan boʻlishi mumkin, lekin oʻzbek turist uchun bu kiyim fon

edi, fonligicha qoladi ham.

4.4.3-rasm. Idrok qilish jarayonlariga xos qonuniyatlar klassifikatsiyasi

Bu qonun ma’lum ma’noda oldingisiga bog‘liq. Ya’ni bunda ham ilgarigi

tajriba katta rol oʻynaydi. Ma’nosi: odam oʻziga tanish boʻlgan narsalarni oʻsha

xossa va xususiyatlar bilan oʻzgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot

ichida oʻtirib yerga qaraganmisiz? Avtomobil yoʻllari, ularda harakat qilayotgan

mashinalar kichkina koʻrinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok

qilmaymiz-ku? Aslida koʻz qorachig‘imizdagi aks kichkina boʻlsa-da, ularni

oʻzimiz “toʻg‘rilab” alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.

Bu oʻrinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi xarakterli. U kunlarning

birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq oʻrmondan

chiqqan (bu qabilaning umri qalin oʻrmonda oʻtadi). Roʻparada yaylovda sonsiz

mollar podasi oʻtlab yurgan boʻlgan. Etnograf ularni oddiy mollar podasi sifatida

idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga oʻxshatib, ularning koʻpligi va

kichikligidan hayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon boʻlgan

boʻlsa, uning sherigida uning buzilganligi kuzatilgan.

138


Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida

narsalarning xossa va xususiyatlarini oʻzgartirmay, turg‘un holda yaxlit tarzda

idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda toʻg‘ri moslashuvimiz, narsalar

dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. Konstantlik – “constanta” soʻzidan

olingan boʻlib, oʻzgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.

Koʻpincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga

bog‘liq boʻlib qoladi. Biz oʻzimiz kutgandan ham koʻp paytlarda oʻzimiz koʻrgimiz

kelgan narsalarni koʻramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, kechasi

yolg‘iz qolib kimnidir kutayotgan boʻlsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham

oyoq tovushlariga oʻxshayveradi. Sog‘ingan doʻstingizga biror jihati bilan

oʻxshash boʻlgan odamni koʻrsangiz-chi?

Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot

vositasida ongdagi boʻshliqni toʻldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan

chaqirishini kutayotgan boʻlsangiz, negadir albatta, bosh harfi toʻg‘ri kelgan ismni

aytsa ham tezginada oʻsha tomonga oʻgirilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar

ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik olim J.

Begbi, stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik aniq

boʻlmagan slaydlarni birin-ketin koʻrsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol

oʻyini, oq sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buqalar jangi,

qora sochli qiz, deb ta’riflaganlar. Koʻpchilik bolalar esa koʻrsatilgan ikkita

rasmdan faqat bittasini koʻrganini e’tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz,

uning mazmuni madaniy va ma’naviy muhitga ham bog‘liq boʻlib, bu kutishlar

tizimidan kelib chiqarkan.

Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda

uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, oʻtirganingizda soatning chiqqilashini

eshitganmisiz? Ha, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt oʻtgandan soʻng goʻyoki u

yoʻq boʻlib qolganday – eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg‘iz bitta

nuqtadagi yorug‘lik manbai koʻzga ta’sir etilib, koʻz ham shu nuqta bilan bir

vaqtda harakatga keltirib turilganda, 1-3 sekunddan soʻng odam yorug‘lik

manbaini koʻrmay qoʻygandek. Shunga oʻxshash eksperimentlar barcha idrok

139


turlarida ham sinalgan. Past ohangli kuy ham ma’lum vaqtdan keyin

eshitmaganday hisni keltirib chiqarishini sinab koʻrishingiz mumkin.

Nutq vositasida hadeb bir xil soʻzlarni qaytaraverish psixoterapevtik

amaliyotda gipnotik holatni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ishlatiladi. Chunki

bir xil soʻzlar hadeb qaytarilaversa, ular oʻzining ma’no-mohiyatini ham yoʻqotadi.

Masalan, mahoratli raqqosa har qanday raqsga ham chiroyli, jozibali harakatlar

bilan oʻyin tushib ketaveradi.

Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganlgi, uning zarurati va

ma’nosi katta ahamiyatga ega boʻladi. Agar biz kuzatayotgan predmet,

eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma’nosiz, tushunarsiz, noaniq

boʻlsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan

odam shu tilda soʻzlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda

qiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam

odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. hattoki, ma’ruzachining bugun

tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalaringiz va bilim

doirangizdan uzoq boʻlsa, professorga qarab oʻtirgan boʻlsangiz ham uning gaplari

qulog‘ingizga kirmaydi. Shunday paytlarda “Nima deyapti oʻzi?” deb

qoʻshnimizdan soʻrab qoʻyamiz ham, zero, ma’ruzachi oʻsha biz uchun qadrdon va

ona tili hisoblanmish oʻzbek tilida gapirayotgan boʻlsa ham. Sinab koʻrish uchun

oʻrtog‘ingizga bir nechta soʻzlardan iborat qatorni bering. Ular orasida mazmunan

bir-biriga bog‘liq boʻlmagan soʻzlar, hattoki ma’nosiz (teskarisiga yozilgan

soʻzlar) boʻlsin. Oraga 2-4 ta tanish oʻzbek tilidagi soʻzlardan aralashtiring. Bir

daqiqa mobaynida qarab, eslab qolganini qaytarishni soʻrasangiz, oʻsha 2-4 ta

soʻzlardan boshqalarni deyarli “koʻrmaganining” guvohi boʻlasiz.

Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan koʻpincha adashamiz,

ba’zan esa oʻzimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi

tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat boʻlib, bizning sezgi

organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning koʻlami va imkoniyatlarini yanada

oshiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok – tashki muhit toʻg‘risidagi

taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir.

140


Idrok qilish haqida fikr yuritar

4.5. Pertseptiv obrazni tashkillashtirish

ekanmiz uning shakllari haqida

toʻxtalib oʻtishimiz zarurdir. Fazoni

Fazoni idrok qilish

idrok qilish toʻg‘risida gapirar ekanmiz, biz

narsalarning fazodagi shakllarini, katta-kichikligini

va fazodagi oʻzaro munosabatlarini tushunamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllarga

qarab uch burchakli, toʻrt burchakli, kub, silindir kabilarga ajratiladi. Narsalar katta

- kichikliga qarab katta, kichik, oʻrtacha deyiladi. Fazodagi munosabatlariga qarab

bizga nisbatan yaqin yoki uzoq, bizdan oʻng tomonda yoki chap tomonda, yuqorida

yoki pastda deyiladi. Tevarak - atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi barcha

narsalar fazoda joylashgan boʻlib, muayyan oʻrin egallaydi, ulardan har birining

oʻz katta-kichikligi, hajmi va shakli bor. Ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan

malum masofada turadi. Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ко z о

‘ngimizda aks ettirishimiz fazoni idrok qilish deb ataladi.

4.5.1-rasm. Idrok shakllari

Biz faozoni asosan koʻzimiz orqali idrok qilamiz. Uni bir koʻz bilan

(monokulyar) va ikki koʻz bilan (binokulyar) idrok qilish mumkin. Koʻz

gavxarining, umuman, koʻzning ravshan koʻrish uchun uyg‘unlashuvini

akkomadasiya deb ataymiz.

Konvergasiya ma’lum bir narsaga qaraganda ikkala koʻz soqqasining

141


qanshar tomon barobar burilishidir. Idrok qilinayotgan narsa kanchalik yaqin tursa,

koʻz soqqalari bir-biriga, ya’ni qanshar tomonga shunchalik yaqin buriladi, koʻrish

uqlari ham bir-birini shunchalik yaqin kesib oʻtadi.Koʻz konvergensiyasi ayniqsa

masofani, yiroqni, chuqurlikni, aniq, raso idrok qilishga imkon beradi.

Fazoni biz faqat koʻrish orqali idrok qilmasdan balki teri-tuyish va muskulharakat

sezgilari orqali ham idrok qilamiz. Maydaroq narsani shaklini, ularning

katta-kichikligini, holatini teri sezgisibilan ya’ni ushlab koʻrib idrok qilamiz.

Vaqtni idrok qilish

Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar

ma’lum bir vaqt (zamon) davomida paydo boʻladi,

taraqqiy qiladi va oʻzgarib boradi. Narsalar harakati va oʻzgartshidagi oldinmaketinlik,

tezlik va davomiylikning odam ongida aks ettirilishi vaqtni idrok qilish

deb ataladi. Vaqtni idrok qilishni vaqt “boʻlaklarini” soat va xronometrik asboblar

yordamida ulchash deb tushunishyaramaydi. Kishi xuddi bir xilda boʻlgan vaqt

boʻlagi “daqiqa, soatyoki kun”ning ob’yektiv davomini hamisha bir xilda

sezavermas ekan. Ba’zan bir soat bir daqiqaday tez oʻtib ketadi yoki bir kun bir

yildek tuyuladi. Biz vaqtni “uning toʻxtovsiz borishi, choʻzilishi va davomini”

idrok qiladigan maxsus bir organga ega emasmiz. Oʻtayotgan vaqt avvalo

atrofimizdagi narsa va hodisalarning oʻzgarib va almashinib turishidan bilinadi.

Shu sababli vaqtni idrok qilish hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog‘langan

deb aytish mumkin.

Maxsus mashq qilib, oʻtayotgan vaqtning ayrim xissalarini mumkin qadar

aniq belgilay bilish qobiliyatini oʻstirish mumkin. I.P.Pavlov itlarda ovqatning

kelish vaqtini his qiladigan shartli reflekslar hosil qilgan edi. Bunday refleksni

odamlarda hosil qilish mumkin.

Bundan tashqari moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda va

о‘zgarishdadir. Bu harakat va о‘zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yuz beradi.

Harakatni idrok qilish deb narsalarning fazoda oʻrin almanishini idrok qilishga

aytiladi. Harakatni idrok qilish hayotiy muhim ahamiyatga egadir.

142


Harakatni idrok qilish

Harakatni idrok qilishga imkon beradigan

usullardan ikkinchisi ob’yektning harakatiga koʻz

bilan qarab turishdir. Bunda harakat qilayotgan ob’yektning tasviri koʻz toʻr

pardasiga nisbatan bir oz harakatsiz boʻlib qoladi. Biroq biz, shunday boʻlsa ham,

ob’yektning harakatini koʻramiz. Ob’yektlarning fazoda egallagan holati

oʻzgarishining aks ettirilishi harakatni idrok etish deyiladi.

Idrok odamning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Agar biz

biron rasmga mahliyo boʻlib uning qarshisida qimirlamay tursak ham, baribir biror

aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan boʻlamiz.

Odatda bizning ongli idrok qilishimiz bilib olishimiz lozim boʻlgan qandaydir

konkret masalani yechishdan iboratdir. Uni maxsus pertseptiv faoliyat (lotincha

“perception” - idrok) deb atash mumkin. Bizning ongli idrok etishimiz persepsiya

deyiladi.

4.5.2-rasm. Idrok darajalari.

Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, shaxsiga hos xususiyatlariga,

oʻtmish tajribaga bog‘liqligi appertseptsiya (lotincha “ap”-taalluqli+

143


“perception”-idrok demakdir) deb ataladi. Ayni bir narsa yoki hodisani ayrim

kishilarning idrok etishida koʻrinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan

belgilangan boʻladi. Bu xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga bog‘liq

xususiyatlardir. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumoti, turmush

tajribasi, kasbi, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida koʻrinadigan

shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok etadilar.

Turli kasb kishilari bitta narsaning oʻzini turlicha idrok qiladilar. Gulni

koʻzdan kechirayotgan rassom guldagi ranglarning uyg‘unligiga e’tibor bersa,

botanik qaysi sinfga mansubligi nuqtai-nazaridan qaraydi. Biron narsani idrok

etayotganda bundan oldingi idrokning izlari ham faollashadi. Shuning uchun ham

aynan bir narsani kishilar turlicha idrok etadilar.

Gallyutsinatsiya – (lotincha “hallucination” - alahlash, bosinqirash,

valdirash) real voqelikdagi narsa va hodisalarning analizatorlarga bevosita

ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo boʻlishidan iborat

psixopatologik hodisa.

Gallyutsinatsiya sezgi a’zolarimizning normalariga qarab koʻruv, eshituv,

hid va boshqa turlarga boʻlinadi. Gallyutsinatsiya psixik kasallikning belgisi

boʻlib, bosh miya qobig‘idagi qoʻzg‘alish jarayonlarining patologik sustligi

natijasida, ba’zan nerv sistemasining zaxarlanishi yoki haddan tashqari toliqishi

natijasida roʻy beradi. Masalan, choʻlda suvsagan kishi uzoqda yarqirab turgan

shoʻrlagan yerni koʻl deb oʻylashi yoki oʻrmondagi toʻnka qurqoq odamning

koʻziga bironta yirtqich hayvonga oʻxshab koʻrinishi mumkin. Gallyusinasiya

tashqi olamda yoʻq narsalarni idrok qilishdir. Yoʻq narsalarning koʻzga koʻrinishi,

yoʻq ovozning eshitilishi, yoʻq xidning dimoqqa urilishi gallyusinasiyadir.

Gallyusinasiya paytida kishi guyo bir narsani aniq koʻrgandek, eshitgandek,

ushlagandek, his bilgandek tuyuladi.

Narsalarni notoʻg‘ri, buzib idrok qilish illyuziya deb ataladi.Idrok qilib

turgan shaxsningpsixikasida roʻy beradigan oʻzgarishlar bilan bog‘liq tasodifiy

illyuziyalar ham boʻladi. Illyuziyalar qoʻyidagi koʻrinishda boʻladi:

Ochiq (yorqin) va boʻgiq rang illyuziyasi.

144


Kontrastlik illyuziyasi.

Butun xususiyatlarning boʻlaklarga koʻchishi illyuziyasi.

Narsalar tepa qismining kattalashib koʻrinishi illyuziyasi.

Chiziqlar yoʻnalishining oʻzgarishi illyuziyasi.

Perspektiva illyuziyasi.

Illyuziyalar xatto nutqda ham uchraydi. Masalan, ba’zida, kishi «men

boshqacha tushunibman» deydi.

145


lekin ilgari idrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz.

Tasavvurlar

tufayli ayni paytda koʻz

oʻngimizda

boʻlmagan

Yakka tasavvur deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur

qilishga aytiladi. Masalan: tanish boʻlgan odamlar (oʻrtogi, sinfdoshi haqidagi) va

shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, portfeli kabi)

tasavvurlar.

4.6. Tasavvur haqida tushuncha

Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir

guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur

etishga aytiladi. Masalan: odamni, daraxtni yoki oʻsimlikni tasavvur qilish. Odamda

dastavval yakka tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi.

Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga oʻxshash narsani qayta-qayta idrok

qilish natijasida hosil boʻladi.

Ilgari idrok qilingan narsa

va hodisalar obrazlarining

ongimizda qayta

gavdalanishiga tasavvur

deb ataladi.

4.6.1-rasm. Tasavvurning bo‘linishi.

Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosida amalga

oshiriladi. Odatda mazmun jihatdan ikki xil tasavvur ya’ni xotira tasavvuri va

xayoliy tasavvur farqlanadi.

Xotira tasavvuri – ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari oʻz shaxsiy tajribamizda

boʻlib oʻtgan, lekin hozir koʻz oʻngimizda boʻlmagan narsalarning obrazlarini

ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, birinchi marta maktabga

borganimizdagi taassurotlarni ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvuri boʻladi.

Xayoliy tasavvuri – xotira tasavvuriga qaraganda murakkab boʻlib, ongimizdagi

146


bilimlarimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu vaqtgacha turmush

tajribamizda uchratmagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir.Xayoliy

tasavvur ijod qilish jarayoni bilan bog‘liq boʻlgan tasavvurdir. Masalan: matndagi

obrazlarning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining koʻz oldimizda paydo boʻlishi

xayoliy tasavvurga misol boʻla oladi.

Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqali hosil boʻlishdan

tashqari soʻzlar orqali, ya’ni soʻz bilan biron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil

boʻlishi mumkin. Tasavvur obrazlarining toʻla va ravshan boʻlishi birinchi navbatda

idrokning chuqur va toʻlaligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor bermay palapartish idrok

qilgan narsalardan hosil boʻlgan obrazlar juda xira boʻladi. Binobarin, bunday obrazlar

tasavvurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq boʻladi.

Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ayni chog‘dagi

ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq boʻladi. Chunonchi, tobi qochib, kayfiyati

buzilib (koʻngli biron narsaga g‘ash boʻlib), diqqati chalg‘ib turgan vaqtda odam idrok

qilgan narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok qilish jarayonida

qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab tasavvurlar turlarga ajratiladi:

4.6.2-rasm. Tasavvur turlari

Insonlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi.

Masalan: rassomlarda koʻrish tasavvuri, bastakor va sozandalarda eshilish tasavvuri,

raqqosalarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi.

147


4.7. Xayol haqida tushuncha

Predmet va hodisalarning

obrazlari garchi kishining

xayoliy tasavvurlarida ilgari u

shu holda idrok qilmagan tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamisha kishi

hayotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil topgan boʻladi. Xayolni koʻpincha

fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan "fantaziya"

degan soʻz bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xayolni

tushinadilar. Xayoining boyligi idrok qilish

koʻnikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini

kuzatish va xotirada saqlab qolishga bog‘liq boʻlib, ular keyinchalik qayta ishlab

chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol oʻynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga

tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy baholaydi. His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir

koʻrsatadilar va ularning oʻzlari koʻp jihatdan xayolga bog‘liq boʻladilar. Nihoyat

kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun iroda zarur

boʻladi.

Xayolning fiziologik asosi - miyaning katta yarim sharlar poʻstlogʻida ilgari

hosil muvaqqat bog‘lanishlar oʻrtasida yangi birikmalarning paydo boʻlishidir. Avvalgi

bog‘lanishlarning tiklanishi – bu xotira jarayonlaridir. Xayolning ishlashi uchun bu

bog‘lanishlarning miya poʻstlog‘ida hali mavjud boʻlmagan, lekin u yerda bor

qoʻzg‘alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmali yangi sistemalari vujudga

keiishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog‘langan.

Agar kishi tegishli sezgilar, idroklarga ega, ya’ni atrofdagi voqelikning dastlabki

signallarini olgan taqdirdagina, unda narsalar va hodisalar toʻg‘risidagi obrazlar,

tasavvurlar hosil boʻlishi mumkin.

Xayol turlari

Xayol o‘zining faolligi va faolligi bilan

xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida

ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o‘rnida, ya’ni soxta faoliyat

sifatida harakat qilishi mumkin.

Biz ilgari idrok qilgan va

qilmagan predmet va

hodisalarni yaratishdan

iboratpsixik jarayon xayol

deb ataladi.

148


4.7.1-rasm.

Odam og‘ir ahvolga tushganda, biror masalani yecha olmaganda, o‘z xatolaridan

qochishga harakat qilgani kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq

fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib

bo‘lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi sust xayol deb

ataladi. Sust xayol ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda

yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan sust

xayol turi shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin

xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari

ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning sustligidan dalolat beradi. Sust xayol ixtiyorsiz ravishda

ham yuzaga kelishi mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi

signallar sistemasining susayishida, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida,

uyqusirash holatida, affekt holatida, uyquda (tush ko‘rish), ongning kasallikka uchrab

buzilishida (gallyusinasiya) va shu kabilarda sodir bo‘ladi.

Sust xayolning aksi bo‘lgan faol xayol ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga

bo‘linadi.

Ma’lum bir asosga yozuvlarga, chizmalarga asoslanib, ularga muvofiq

keladiganobrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deyiladi.

Ijodiy xayol qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, original va qimmatli

149


moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol

barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi.

Xayol obrazlari (fantaziya) qanday yaratiladi? Xayol jarayonlari ham idrok,

xotira, tafakur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradayoq

ob’yektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo‘lmagan

belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida

andoza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq,

predmetlar va hodisalar o‘rganiladi.

Xayol jarayonlari

Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha

o‘ringa va yo‘nalishga ega. Chunki xayol jarayonida

yangi, avval bo‘lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va

eskilik o‘rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi

turlicha amalga oshiriladi.

Agglyutinatsiya yoʻli bilan ertak obrazlari, fsonalar, multfilmlar yaratiladi. (Suv

parisi, tovuq oyoglda turgan uycha, hind afsonalaridagi koʻp qoʻlli xudolar, yetti boshli

ajdar vxk) Hozirgi zamon agglyutinatsiyasidan texnik, badiiy ijodiyotda keng

foydalanilmoqda. Masalan, samolyot amfibiya (yunon. amibtos – ikki yoqlama hayot

kechirish) quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot, avtokran – avtomobil va kran

qo‘shilmasi va boshqalar

Tassavvur formalarini oʻzlashtrish jihatidan agglyutinatsiyaga yaqin turuvchi —

giperbolizatsiya yunon “huperbole” - boʻrttirish, kuchaytirishdir, ya’ni obrazlarni

kattalashtirish yoki kichraytirishdir.

Urg‘u berish. Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo‘li narsalarning

kanaydir sifatlarini, belgilariga urg‘u berish, ularga diqqatni turli yo‘llar bilan jalb

qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko‘p qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan o‘rtoqlik

hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.

Sxematizatsiya (sxemalashtirish) – biror mavjud narsadan andaza olib, shu

andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan, rassomlar turli o‘simliklarning obrazi

asosida naqshlar yaratidilar.

150


Tipiklashtirish (yunoncha “tupos” – iz, chiziq)dan badiiy adabiyotda keng

qoʻllaniladi, ular orqali narsalarning takrorlanadigan muhim tomonlari ajratilib konkret

obrazlarda gavdalantiriladi. Bu usul bilan oʻrtoqlik hazillari, karikaturalar yaratiladi.

Xayoining ishlashi uchun bilimlar nihoyatda zarur boʻladi. Xayoli jamiyat uchun

foydalinarsalarni yaratishga qaratilgan kishilarda bilim ayniqsa koʻp boʻladi. Xayol

bunday kishilarni ijod qilishga, gipotezalar yaratishga, ularni tekshirib koʻrishga

undaydi, bilim va tajriba esa kishining fikr doirasini kengaytirib, fantaziya uchun boy

ma’lumot beradi.

Xayolning orzu va fantaziya kabi shakllari farqlanadi. U ham mustaqil tarzda

yangi obrazlar yaratishdan iboratdir, lekin orzu hamisha kelajakka qaratilgan boʻlib,

kishining istaklarini ifodalaydi. Ijodiy xayoldan farqli orzu ayni vaqtdagi faoliyatga

bevosita kiritilmagan boʻladi. Orzu qilishning ikki xili: foydali va zararli (quruq

soʻzlar) orzular boʻladi. Ma’lum maqsadga intilgan kishilarning orzulari butunlay

boshqacha xarakterga ega boʻladi. Fantaziya “goʻyo” degan soʻz yordami bilan oʻyinga

olib kirilgan xayoliy vaziyatdir. Fantaziya oʻyin faoliyatming dasturi sifatida namoyon

boʻla oladi. Masalan, bola goʻyoki oʻzini shifokor hisoblab kasallarni davolaydi.

Xayol odatda kechinmalarga boy boʻladi. Xayolda tasvirlanadigan yorqin

manzaralar koʻpincha yuksak ta’sirchanlik oqibatida vujudga keladi. Qoʻrquv

tuyg‘usi kishini xayoliy xavf-xatarlarni tasavvur etishga majbur qiladi va aksincha bu

xavf-xatarlarni xayol qilish qoʻrquv tuyg‘usini koʻp marta kuchaytirishi mumkin. Bu

narsa quvonch yoki qayg‘u emotsiyalariga ham taaluqlidir. Xayol ularni

kuchaytiradi, bu kechinmalarning oʻzi esa xayolni kuchli ravishda ishlashga undaydi.

Kuchli faol xayol surish buyuk mutafakkirga xos zarur narsalardir.

Faktlar hodisalar va voqealarni noaniq koʻrsatish, boʻrttirib yuborish, yoki

kamaytirishga moyillik koʻpincha xayol ustidan nazoratning yoʻqligi tufayli yuz

beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud boʻlib ular yolg‘on gapirganlarida ba’zan

haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradilar, lekin yillar oʻtishi

bilan toʻg‘ri tarbiyalangan bolalardagi bu kamchilik yoqoladi. Bunday sifat katta

yoshdagi kishida avj olsa ancha yomon boʻladi. Bu kishi oʻziga oʻzi baho berishda

haqiqatda oʻzida yoʻq ustunlik mavjud deb tasavvur qilishi mumkin. Bunday kishi

151


oʻz kamchiliklarini sezmaydi va atrofdagi kishilar nafratini qoʻzg‘atuvchi

maqtanchoq boʻlib qolishi mumkin. Aksincha ong tomonidan nazorat qilib

turiladigan xayol oʻz-oʻzini tanqidiy baholashga yordam beradi. Chunki kishi

oʻzining qanday boʻlmoqchi ekanligini aniq tasavvur qiladi.

Oʻqituvchi darsga tayyorgarlik koʻrar ekan uning borishini tasavvur qiladi.

Oʻquvchilarning ehtimol tutilgan ta’sirlanishlarini savol va javoblarini oldindan

payqab oladi. Xayol yetarli darajada rivojlanmagan boʻlsa, maktab oʻquvchisimng

oʻquv ishi ham muvaffaqiyatli boʻlmaydi. Oʻquvchi badiiy asarlarni oʻqish yoki aytib

berish bilan shug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikran tasavvur qiladi.

Bola geografiyani oʻrganayotganda, xayolida oʻziga notanish tabiat manzarasini

tasavvur qiladi. Oʻtmishdagi kishilar va hodisalarni tasavvur qilmasdan turib, tarixga

oid hikoyalarni tushinib boʻlmaydi. Ba’zi oʻquvchilar oʻqituvchi gapirgan yoki

darslikda yozilgan narsani fikran tasavvur qila olmasligi sababli oʻquv materialini

oʻzlashtira olmaydilar. Maktab oʻquvchisining insho yozishdagi (ayniqsa erkin

mavzuda) ish jarayonida xayolning oʻrni kattadir. Xayol maktab oʻquvchisi

shaxsining umumiy rivojlanishiga, xususan, axloqiy tarbiyasiga ta’sir koʻrsatadi.

Xayol ta’siri ostida qahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obrazga

oʻxshash uchun intiladi.

152


Diqqat – ongning biron-bir

4.8. Diqqat haqida tushuncha

predmet, hodisa yoki faoliyatga

qaratilishi hamda to‘planishidir.

Idrokning aniqligi va samaradorligiga bevosita aloqador bo‘lgan psixik

jarayonlardan biri – diqqatdir. Shuning uchun ham uyqusirab o‘tirib ma’ruza

tinglagan talabaning o‘sha ma’ruza matnini idrok qilishi qay darajada bo‘lishi

mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Shuning uchun ham biz diqqatimizni

kerakli ob’yektda ushlash uchun, yuqorida misolda talabaning ma’ruzani to‘la

idrok qilishi uchun konspekt qilish kerakligi tavsiya etiladi. Chunki, shu paytda

ongimiz eshitayotgan so‘zlarning mazmuniga qaratilgan bo‘ladi. Demak, diqqat –

shunday psixik jarayonki, uning yordamida ongimiz o‘zimiz uchun ahamiyatli

bo‘lgan narsalar, hodisalar, prsdmetlar mohiyatiga qaratiladi. Ya’ni, diqqat –

ongning yo‘nalganligini tushuntiruvchi psixik jarayondir. Gap shundaki, bizni

o‘rab turgan borliq va undagi hodisa va predmetlar dunyosi shunchalik murakkab

va turfaki, biz ongimizni bir vaqtda ularning barchasiga birdan yo‘naltira

olmaymiz. Diqqat shuning uchun kerakki, u bizga ayni vaqtda kerak bo‘lgan

ob’yektni shu turfaning orasidan ajratib, uni o‘rganish yoki tanishishga imkon

beradi. Masalan, o‘qituvchining savoliga javob berayotgan o‘quvchini tasavvur

qiling: gapirayotib, barmoqlari bilan daftarining qirg‘og‘ini hadeb

buklayotganligini o‘zi sezmaydi. O‘qituvchining “Daftarni tinch qo‘y”, degan

tanbehigina uning diqqatini o‘zi amalga oshirayotgan harakatga yo‘naltiradi.

N.F.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo,

F.N.Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujudga

kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishini bildiradi,

go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish va tig‘izlanish

natijasida ong doirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan,

tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi

shu markaz (fokus) ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari,

o‘y va fikrlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha,

diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada faollik xususiyatini saqlab turadi.

153


Bunday faollik, ongning biron bir ob’yektga o‘ynalishining kuchayishi va

ma’lum vaqt davomida diqqat yo‘naltirilgan narsaga ongning faol (faol)

qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saqlanishini

ta’minlaydi.

Diqqatni jalb etishning bir nechta universal qoidalari bor. Masalan, birinchisi –

Kontrast qonuni

kontrast qonuni. Masalan, televizor ko‘rib o‘tirib,

birdan bir kanalning boshqasi bilan ulanib qolishi,

ranglarning birdan almashinishi, xorij safari vaqtida kutilmaganda ona tilida

kimningdir orqangizda turib gaplashishi kabilar idrokni aniqlashtirish va buning

uchun diqqatni o‘sha narsaga qaratishga sabab bo‘ladi yoki Toshkentning an’naviy

qiyofasida paydo bo‘lgan o‘ta zamonaviy bino, masalan, Banklar assosiyasiyasi binosi

kontrast effekt beradi, chunki u boshqa ob’yektlardan tub farq qiladi. Shuning uchun

ham diqqatimiz noan’anaviy, ajralib turadigan narsalarga idrokimizni, ongimizni

yo‘naltiradi.

Qaytaruv qonuni

Saylov oldi jarayonlarida nomzodlar o‘z

fotosuratlari yoki siyosiy partiyalari haqidagi

ma’lumotlarni har bir mahalla va katta ko‘chalarga

iladilarki, shu orqali ko‘pchilikning diqqatini o‘zlariga jalb qiladilar.

Yangilik qonuni

Ma’lumotning yangiligi, shaxs uchun

kutilmaganda paydo bo‘lishi ham diqqatni jalb

etuvchi kuchli omil. Reklamada ham «Birinchi marta»

deb berilgan ma’lumot, ijgimoiy jarayonlardagi yangiliklarning o‘ziga xos betakrorligi,

do‘stingiz ustidagi yangi kostyum, bildirilgan yangi fikr yoki g‘oya albatta, o‘zgalar

diqqatini o‘ziga tortmay qolmaydi.

Ommaviy axborot vositalari orqali bugun dunyoga

Ommaviy ta’sirlanish

qonuni

taralayotgan biror xabar, yoki ataylab odamlar o‘rtasida

tarqatilgan «mish-mish» yoki «shov-shuvlar» alohida

ayrim shaxslarning ham diqqat markaziga tushadi. Qolaversa, biz hammani qiziqtirgan,

hamma gapirib yurgan ma’lumotga ishonamiz, hamma kiygan libosga e’tibor qaratib,

o‘zimizda ham bo‘lishini xohlaymiz.

154


Appersepsiya qonuni

Ushbu tushunchani fanga G.Leybins olib

kirgan. U biron bir taassurotni, sezgilarni aniq va

anglagan holda idrok etishi tushuniladi.

Appersepsiya qonuni diqqatning darajalari barqaror emas, balki u har bir insonda

tebranib turishini bildiradi.

Bitta predmetni bir necha yoki bir necha predmetni bitta tarzda idrok etishi

mumkinligini ham anglatadi. Ammo bu qonunning asosiy vositasi –diqqatning

darajasi -doimiy o‘lchamga ega emasligi. U faqat insonga emas, bir qator tashqi

omillarga ham bog‘liq.

Ustanovkag‘ organizmning yaxshi idrok etish

Ustanovka qonuni

yoki payqashga nisbatan organizmni moslashuvidir

(nemis olimi L.Lange, keyinchalik D.N.Uznadze ).

Ustanovka bu faoliyatga yoki harakatga tayyorlikni bildiradi. Ustanovka bu

organizmda ma’lum zo‘riqishlar paydo bo‘lganda namoyon bo‘lib qolmaydi. Ko‘p

yoki oz ustanovka va yaqqol ustanovka organizmdagi ko‘pchilik reaktsiyalar

sharoitida gavdalanadi. Katta yoshdagilarda tajriba ta’sirida ustanovkaning uzoq va

barqarorligi shakllanadi. Ular ichki qo‘zg‘alishlar ta’sirida paydo bo‘ladi.

(masalan, ish, o‘qish, murakkab vazifalarni yechishda).

155


Diqqatning asosiy

4.9. Diqqatning asosiy xusisiyatlari

xususiyatlariga tayangan holda

diqqatning barqarorligi,

diqqatning ko‘lami, diqqatning taqsimlanishi, diqqatning to‘planishi

(konsetrasiyasi) hamda diqqatning ko‘chishidan iborat jarayonni ko‘rib chiqamiz.

Diqqatning ma’lum vaqt oralig‘ida saqlanish diqqatning barqarorligi deb

ataladi. Agar biron bir kitobni e’tibor bilan o‘qishga kirishilganda bu xususiyat

kuzatiladi. Diqqatning barqarorligining tebranishi lahzali ondan bir necha

soatgacha davom etishi mumkin.

Diqqatning qisqa vaqt oralig‘ida bir necha ob’yektni idrok etish xususiyati

esa diqqatning ko‘lami deyiladi. Masalan, inson bir vaqtni o‘zida gapirishi,

eshitishi va o‘qishi mumkinmi? Buning imkoni bormi? Albatta. Imkoni bor.

Buning uchun ushbu faoliyatga o‘rganish kerak.

4.9.1-rasm. Diqqatning xususiyatlari.

Diqqatni bir vaqtning o‘zida bir necha ob’yektlarga yo‘nalishi va nazorat

olib borishi hamda ba’zan aksincha bir necha faoliyatdan bitta faoliyatga

156


diqqatning taqsimlanishi deyiladi.Masalan, harakat, intellektual jarayonlar bilan

bir vaqtda eshitish assosasiya hosil qilish. Bunday har xil faoliyatni bir vaqtning

o‘zida amalga oshirish ancha qiyinchilik tug‘diradi.

Diqqatning to‘planishi deganda ong biron bir ob’yektga to‘planishi va

yo‘nalishi tushunilib, unda faoliyatni boshqa chet ta’sirlarga chalg‘ishiga yo‘l

qo‘yilmaydi. Diqqatning to‘planishi intellektual faoliyatni aniq va muvaffaqiyatli

bajarish sharti hisoblanadi. Bu xususiyat ikkita talabga tayanadi: birinchidan, agar

diqqat ob’yekti va faoliyat turlari qancha kam bo‘lsa odam diqqatini taqsimlashdan

ko‘ra yuqori darajada diqqatini to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Diqqat

to‘planishining aksi esa parishonxotirlik hisoblanadi. Parishonxotirlik diqqatning

bir joyga to‘play olmaslik. Bunday holat ko‘pincha shaxsning ichki

muammmolarining natijasi sifatida yuzaga chiqadi. Natijada odam atrofdagi

ta’sirlarni payqamaydi yoki kuchsiz boshqaradi. Parishonxotirlik kishiga yolg‘on

taassurot uyg‘otadi.

Diqqatning bir ob’yektdan ikkinchi bir ob’yektga o‘tishi diqqatning

ko‘chishi deb ataladi. Bunda bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish sharoitida

oxirgi faoliyat samaradorligi susaymasligi kerak. Masalan, shaxs aqliy faoliyat

bilan mashg‘ul, so‘ngra u biron bir jismoniy faoliyatga ko‘chib o‘tdi, so‘ngra

musiqa asbobida kuy chaldi va boshqalar. Har safar bir faoliyat turidan

ikkinchisiga o‘tgan vaqtda ma’lum vaqt talab etiladi. Bu esa unga roslanish,

adaptasiya qilish va yangi faolimyat turiga ko‘nikma hosil qilishni talab etadi.

Agar faoliyat mashqlantirib borilsa, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tganda

diqqatning samaradorligi susaymaydi.

157


4.10. Diqqat turlari va funktsiyalari

farqlanadi: ixtiyoriy va beixtiyor diqqat.

Diqqatning

asosan ikki xil turi

4.10.1-rasm. Diqqat turlari.

Agar ixtiyoriy diqqat shaxs onganing bevosita o‘zi uchun ahamiyatli

ob’yektlarga ataylab jalb etishi bo‘lsa, (masalan, ma’ruzani to‘la tushunish uchun

talabaning urinishlari) beixtiyor diqqat narsa va hodisalarning mazmun va

mohiyati, jozibasiga bog‘liq tarzda ongimizning ma’lum narsalarga

yo‘nalganligidir. Masalan, tijorat do‘konida mashhur aktyor kiyib rol o‘ynagan

ko‘ylak qizlarning diqqatini beixtiyor o‘ziga tortadi. Bundan tashqari ixtiyoriydan

so‘nggi diqqat turi ham mavjud.

Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zining

yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqatning manbai

ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masalan, tikuvchi, muharrir

kabilarning faoliyatida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat

idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan

narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasini tasavvur

qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on

qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi.

Inson ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu

istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har

158


ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa

qo‘shish imkoniyatiga egadir.

Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning

va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati

qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat

hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi.

Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush

sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat

aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham

uning ishtirokida sodir bo‘ladi.

159


4.11. Xotira haqida umumiy tushuncha

Xotira psixologiya fanining

chuqur tadqiq qilingan

jarayonlaridan biri bo‘lib

hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko‘p jihatdan xotira

muammolarining o‘rganilishiga bog‘liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini

ochish, “aqlli” va “sun’iy intellekt”li mashinalar

maxsuldorligini oshirish, sifat darajasini ko‘tarish

uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib

borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib

qolish, esga tushirish mexanizmlari va

kognitivistik nazariyalarga bag‘ishlangan. Lekin

jahon psixologiyasi fanida assosianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi

ko‘plab yo‘nalishlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va

tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega

bo‘lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning xaddan tashqari ko‘pligi

kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai

nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani

o‘rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari

mavjudligidan dalolat beradi.

Odatda biz biror bir materialni o‘qiydigan bo‘lsak, uni xech bir o‘zgarishsiz

eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material

ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq

bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki ma’lumot xohlasak ham xotiradan

o‘chmaydi, boshqasi esa juda qattiq xohlasak ham kerak vaqtda yodimizga

tushirolmaymiz. Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar

bo‘lib, ba’zan o‘z taraqqiyotimiz va kamolotimizni ham ana shunday omillarga

bog‘lagimiz keladi.

X o t i r a — bu tajribamizga

aloqador har qanday

ma’lumotni eslab qolish, esda

saqlash, esga tushirish va

unutish bilan bog‘liq

murakkab jarayondir.

Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar

shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan

tabiiy tarzda yo‘qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatiiz

160


manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham

ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi

aksidir.Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, yani qis-kechinmalarimiz, ko‘rgankechirganlarimizning

mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga

bog‘liq:

esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;

shaxsning o‘zi shug‘ullanayottan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi va

shu ishga moyilligiga;

shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining

qandayligiga;

shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;

irodaviy kuchi va intilishlariga.

Xotiraning samaradorligi eslab

qolishning ko‘lamiva tezligi,

esda saqlashning davomiyligi,

esga tushirishning aniqligi bilan

bog‘lanadi.

Demak. odamlar ham aynan shu sifatlarga

ko‘ra ham farqlanadilar:

1. materialni tezda eslab qoladiganlar;

2. materialni uzoq vaqt esda

saqlaydiganlar;

3. istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.

4.11.1-rasm. Eslab qolish xususiyatiga ko‘ra xotiraning turlari

Ba’zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tug‘ma deb atashadi. To‘g‘ri,

oliy nerv sistemasi, uning o‘ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o‘ziga xos

161


individual uslubini belgilashi mumkin. Lekin hayotda ko‘pincha shaxsning bilish

jarayonlari va sezgi organlarining ishlash qobiliyatlariga bog‘liq tarzda ajralib

turadigan tiplari haqida gapirishadi. Masalan, ayrim odamlar ko‘rgan narsalarini

juda yaxshi eslab qoladi, demak, ularning xotirasi ko‘rgazmali — obrazlibo‘lib,

ko‘zi bilan ko‘rmaguncha, narsaning mohiyatini tushunmaydi ham. Boshqalar esa

o‘zicha fikrlab, nomini aytib, mavhum tarzda tasavvur qilmaguncha, eslab qolishi

qiyin bo‘ladi. Bundaylar so‘z — mantiqiy xotiratipi vakillaridar. Yana bir tipli

odamlar bevosita his qilgan, «yuragidan» o‘tkazgan, unda biror yorqin emotsional

obraz qoldirolgan narsalarni yaxshi eslab qoladilar, bu — emotsional xotiradir.

Lekin yana bir xotira egalari borki, ularni fenomenal xotirasohiblari deb atashadi.

Psixologiyaga oid kitoblarda ana shunday xotiraga ega bo‘lgan kishilar to‘g‘risida

ko‘p yozilgan. Bu shunday kishilarki, ular bir vaqtning o‘zida nisbatan juda katta

hajmdagi ma’lumotlarni esda saqlay oladi va esga tushiradi.

Masalan, tarixiy shaxslar orasida Yuliy Sezar, Naloleon, Mosart, shaxmat

ustasi Alexin kabi insonlar xotirasi ana shunday noyob bo‘lganligi haqida

ma’lumotlar bor. Taniqli, rus psixologi va neyropsixologi A.R. Luriya ham ana

shunday xotira sohiblaridan biri — asli kasbi jurnalist bo‘lgan Shereshevskiy

degan shaxs xotirasini ataylab uzoq vaqt mobaynida o‘rgangan. Uning xotirasi

shunday ediki, Dantening “Ilohiylik komediyasi”dan olingan uzundan-uzoq

parchani bir marta qarab olgandan so‘ng, 15 daqiqadan keyin so‘zma-so‘z aytib

berolgan. Shunisi xarakterli ediki, komediya unga notanish bo‘lgan italyan tilida

yozilgan edi. Ko‘pchilikni qanday qilib yaxshi, mustahkam esda saqlab qolish

muammosi qiziqtirsa, Shereshevskiy uchun qanday qilib unutish masalasi

murakkab edi. Uni xotira obrazlari doimo qiynar, ko‘rgan narsalari ko‘z oldida

gavdalanaverar edi. Qanday qilib eslab qolasiz? Degan savolga u shunday javob

bergan: men “materialni” o‘zimga tanish va sevimli bo‘lgan Moskva ko‘chalariga

joylashtiraman. Bir marta bir materialning bir bo‘lagi o‘sha «ko‘chaning» salqin

tushgan yeriga tushib qolib, esga tushirishi ancha qiyin bo‘lgan ekan. Shunga

o‘xshash har bir fenomenal xotira egalarining o‘ziga xos eslab qolish uslublari

bo‘lar ekan.

162


Tarixda bunday kishilar bor va ular bizning oramizda ham yo‘q emas. Muhimi

shunda-ki, ana shu fenomenal xotirani shaxs va jamiyat manfaatiga mos tarzda unumli

ishlata bilishdir.

4.11.2-rasm. Xotiraning sakkiz qonuni.

Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’niberilgan

materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada

muhrlagan bo‘lamiz.

Qiziqish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni

ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan

munosabatda bo‘lishimiz, va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.

Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p

bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari

o‘qigan biror kitobni qaytadano‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz,

demak, siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi o‘zlashtira

olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlarham tajribaga

aylangandagina, yangilariga zamin bo‘la oladi.

Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval,

bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab

qolasiz. Masalan, fizika o‘qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul

163


bo‘lgan bo‘lsa. Siz: “Bugun ham yangi narsa o‘rganib chiqaman”, deb o‘zingizni

ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo‘ladi yoki vaqgganisbatan tayyorlik

ham shunday. “Bir amallab imtihon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga

tayyorlangan bo‘lsangiz, imtihon tugagach, go‘yoki mnyangizni birov “yuvib

qo‘yganday” tasavvur hosil bo‘ladi. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun

juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada

muqim saqlanadi.

Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun xaqida eramizdan avval Arastu ham

yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar

xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, ayni aniq bir xona o‘sha yerda ro‘y

bergan hodisalarni ham eslatadi.

Birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni

teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda

joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga

muvofiqdir.

Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi

taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin

bo‘ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida

eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.

Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o‘zidanoldingi

ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o‘chib ketmasligi uchun yangini

esda saklashdan avval mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak.

Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo‘lish uchun xar bir predmet yoki

fanning mavzularini o‘ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini

ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani,

tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni

maslahat beramiz.

Xotirani rivojlantirish masalasi nafaqat psixologiyadagi, balki insoniyatning

oldida turgan dolzarb muammodir. Ayniqsa, u yoki bu ta’lim maskanlarida

o‘qiydigan har bir o‘quvchi yoki talaba uchun ham bu juda muhim narsa: kim

164


eshitgan yoki ko‘rgan narsasining mazmunini to‘la eslab qolib, keyin sheriklari

yoki o‘qituvchisini lol qilishni xohlamaydi deysiz? Shuning uchun ham ushbu

mavzuda amaliy jihatdan ma’qul va mumkin bo‘lgan ayrim tavsiyalarga e’tiborni

qaratamiz.

Ko‘pchilik psixologlar va amaliyotchilar inson xotirasini kitoblar javoniga

o‘xshatishadi. Agar shu javonda kitoblar tartib bilan joy-joyiga qo‘yilgan va siz

vaqti-vaqti bilan ularning orasiga “tashrif” buyurib tursangiz, qaysi kitob qayerda

turganini yaxshi bilasiz. Xotira ham shunday. Agar siz muntazam o‘z

qobiliyatlaringizni o‘stirish ustida ishlasangiz, u yoki bu qiziqtirgan mavzu

bo‘yicha turli kitoblarni o‘qib, ularni ma’lum tartibda qaytarib tursangiz, esda

saqlash va esga tushirish qobiliyatingiz o‘sib boraveradi.

Ikkinchi muhim amaliy qoida – bu o‘qigan, eshitgan yoki ko‘rgan

narsangizning mohiyatini anglashga harakat qilishingiz lozim. Chunki

tushunmagan narsangizni qayta-qayta o‘qisangiz ham esda yaxshi qolmaydi.

Masalan, ingliz tilidan “topiklar”ni o‘qituvchi so‘raganda yoddan aytib bergan

bo‘lsangiz, u tezda xotirangizdan o‘chib ketadi. Agar uni amaliy biror ishfaoliyatingiz

bilan bog‘lab, qiynalib bo‘lsa ham ovoz chiqarib mashq qilsangiz, u

anchagacha yoddan chiqmaydi.

Uchinchi keng tarqalgan usul – bu eslab qolinishi kerak bo‘lgan narsalarni

ma’no jihatdan guruhlarga bo‘lib turib eslab qolish. Bu usulni biz yoshlikdan

boshlab ishlatib kelganmiz. Masalan, sizga so‘zlar qatori berilgan: sinf, bola, parta,

ruchka, bog‘, uzum, charos, qalam, ariq. Shu so‘zlarni yaxshilab esda saqlash

uchun ularni ma’lum guruhlarga oldin bo‘lib olsak, masalan, maktabga aloqador

narsalar guruhi va bog‘ bilan 6og‘liq narsalar guruhlari. Shu aqliy ishni amalga

oshirsak, albatta, xotiramiz ishi samarali bo‘ladi yoki yoshlikdagi bir ertak

hammaga tanish: chol turp ekkan va u shu qadar katta bo‘lib ketganki, o‘zi yakka

hech uni tortib chiqara olmaydi. Shunda u kampirni, kampir – nabirasini, nabira –

kuchukni, kuchuk – mushukni, mushuk esa sichqonchani chaqirib, birgalikda jo‘r

bo‘lishib, tortib olishadi. Nega bu ertakning ma’no-mazmuni yoddan chiqmaydi,

chunki undagi voqealar zamirida birin-ketin amalga oshadigan voqealar zanjiri

165


mavjud. Shu birin-ketinlik qonuni eng kattadan eng kichkina bo‘lgan jonzotning

birgaliqdagi, do‘stona uzviyligi yotadi. Bu ertakda nafaqat tarbiyaviy ma’no bor,

bu ham muhim, balki unda yuqorida ta’kidlaganimiz – guruhiy o‘zaro bog‘liqlik

tamoyili bor.

Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgankechirganlarimizning

mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga

bog‘liq:

esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;

shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi

va shu ishga moyilligiga;

shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining

qandayligiga;

shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;

irodaviy kuchi va intilishlariga.

Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatdagi yutuqlariga bog‘liq bo‘lgani uchun

ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko‘plab olimlar ahamiyat berganlar.

Masalan, nima uchun odam u yoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga

turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada

hosil bo‘ladigan nerv bog‘lanishlari - assosiasiyalar bilan bog‘lashsa, bioximiklar –

ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik o‘zgarishlar oqibatidadir, deb

tushuntiradilar.

Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati

va motivlar xarakteri bilan bog‘laydilar. Chunki shaxsning yo‘nalganligi, uning

hayotdagi mavqei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining

mazmuniga bog‘liq. Shuning uchun xattoki, shunday gap ham bor: “Nimani

eslashingni menga ayt, men sening kimligingni aytaman”.

Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi va uni o‘quv va mehnat

faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. Chunki ko‘pincha odamlar

orasida ishchanrog‘i, o‘quvchi yoki talabalar orasida bilimlirog‘i ham bir qarashda

xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Amir

166


Temurning xotirasi haqida afsonalar yuradi. Masalan, u o‘z qo‘l ostidagi

beklarning nafaqat ismini, balki otasining ismlarini ham yoddan bilarkan,

uchrashuvlarda bevosita nomini aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning o‘z

qo‘l ostidagilar orasida obro‘ining balandligiga ta’sir ko‘rsatgan. Amerikaning

mashhur Prezidentlaridan Avraam Linkoln ham ana shunday fenomenal xotirani

o‘z yaqinlari va ish yuzasidan u bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarga nisbatan

namoyon etib, lol qoldirgan ekan. Demak, xotira tarbiyasi, uni kerakli yo‘sinda

rivojlantirish – kerak bo‘lsa, shaxsiy obro‘ hamda ishdagi samara masalasi bilan

bevosita bog‘liq ekan.

Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda

saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak,

odamlar ham aynan shu sifatlarga ko‘ra ham farqlanadilar:

materialni tezda eslab qoladiganlar;

materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;

istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.

Shotlandiyalik matematik A.Etkin 1933-yili 25 ta bir-biri bilan

bog‘lanmagan so‘zlardan iborat ikki qatorni eslab qolib, hech bir xatosiz uni 27

yildan keyin esga tushira olgan. “Qilich va qalqon” kinofilmidagi rus razvedchigi

I.Vaysning natsistlar tomonidan rejalashtirilgan birinchi navbatda batamom yo‘q

qilinishi lozim bo‘lgan ob’yektlar – shifrlari bilan ko‘rsatilgan ro‘yxatini bir karra

ko‘rib chiqib, bir necha daqiqadan so‘ng esga tushirganini eslang. U ham go‘yoki,

ko‘rib turganday o‘sha ro‘yxatlarni qaytadan o‘qiganday, takrorlaydi. Tarixda

bunday kishilar bor va ular bizning oramizda ham yo‘q emas. Muhimi shundaki,

ana shu fenomenal xotirani shaxs va jamiyat manfaatiga mos tarzda unumli ishlata

bilishdir.

Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham

muhim muammo. Chunki ko‘pincha biz xotiramizda kechagina o‘qigan yoki

yaqindagina o‘qituvchimiz aytib bergan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin

kerak vaqtda uni esga tushira olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish

omillariga quyidagilar kiradi:

167


Ma’mulotning anglanganligi. Biz o‘zimiz to‘la anglagan, tushungan

narsalarni osonroq esga tushiramiz. Masalan, alfavitni juda oson esga tushiramiz,

yoki 1, 2, 3, 4 va hakozo tartibli sonlarni bir ko‘rgandan so‘ng u milliongacha

bo‘lsa ham esga tushirishimiz sirayam qiyin emas. Lekin shu sonlardan bor yo‘g‘i

7 - 8 tasini teskari yoki aralash tartibda yozilgan bo‘lsa, ularni esga tushirish ancha

mushkulbo‘ladi. “Psixologiya” yozuvini esga tushirish juda oson, lekin “i p i o x o

ya s l g” harflari to‘plami aynan o‘sha harflardan iborat bo‘lsa ham sira esga

tushira olmaymiz. Demak, materialni yaxshilab esda saqlash va esga tushirish

uchun uni tushunish va anglash kerak. Mazmunini va mohiyatini tushungan xolda

iloji bo‘lsa, o‘zimizdagi qiziqishlarga bog‘lay olishimiz kerak.

Kutilmagan ma’lumot. Kutilmaganda paydo bo‘lgan yangi va yaxshi

ma’lumot ham yaxshi esga tushadi. Masalan, sonlar qatorida berilgan bitta harf,

yoki aksincha, harflar orasidagi bitta son, uzun jumlalar orasida paydo bo‘lgan

qisqa jumla esga tezroq va aniqroq tushadi. Buning oddiy sababi - biz

kutilmaganda paydo bo‘lgan ma’lumot yoki narsaga hayratlanamiz, jonli

emotsiyalar bilan javob beramiz, bu esa yaxshi eslab qolishga va kerak bo‘lganda,

yorqin tiklashga asosdir.

Ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi. Masalan,

agar ko‘plab bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar orasida “erkak” va “ayol”

so‘zlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, bittasining esga tushirilishi ikkinchisining ham esda

tiklanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quv rejasiga kiritilgan barcha

fanlar shunday birin-ketinlikda beriladiki, birini o‘zlashtirish ikkinchisining ham

o‘zlashtirilishi, bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsin.

Esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o‘rtasidagi farq. Odamda

berilgan ma’lumotni idrok qilish va shu orqali esda saqlash vaqti qanchalik ko‘p

bo‘lsa, esga tushirish ham osonroq bo‘ladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli

xotirada saqalanadigan informasiya uzoq vaqt mobaynida, ko‘pincha bir necha

marta qaytarib beriladi, qisqa muddatlida esa bir marta, qisqa fursatda beriladi va

shu narsa esga tushirish kerak bo‘lganda, tiklanmaydi. Masalan, biror tekstni

kompyuterga kiritish uchun o‘rtog‘ingizga berib, keyin nimalarni kiritganini

168


so‘rang. Javob aniq: “Esimda yo‘q”. Ya’ni ma’lumotning umumiy mazmuni yodda

qolsa ham, asosiy tushunchalar va mohiyat esda qolmaydi.

Shunday qilib, xotira faol jarayon bo‘lib, u shaxsning u yoki bu turli

ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini

tasavvur qilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat

eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko‘rgan narsasining 50

foizgachasini, o‘zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu

ko‘plab psixologik eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o‘zi o‘ylab topib,

o‘zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada

generasiya effekti deb ataladi. Agar talaba yoki o‘quvchi ham o‘zi biror teoremani

mustaqil ravishda isbot qilgan bo‘lsa, yoki biror xulosaga mustaqil ravishda

kelolgan bo‘lsa, o‘qituvchi tushuntirgan hodisaga yaqin narsa to‘g‘risida

o‘rtoqlariga so‘zlab bergan bo‘lsa, albatta uni xoxlagan paytda osongina esga

tushiradi. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda o‘yin metodlari, munozara

metodlaridan o‘quv jarayonida ham keng foydalanilmoqda.

Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo‘lish uchun har birpredmet yoki

fanning mavzularini o‘ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini

ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani,

tarixdan keyin adabiyotfanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni

maslahat beramiz.

169


Tafakkur – ijtimoiy

4.12. Tafakkur toʻgʻrisida umumiy

sababiy, nutq bilan

tushuncha

chambarchas bog‘liq, muhim

bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni

analiz va sintez qilish uni bevosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat

jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo‘ladi va

hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.

Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan bog‘lanadi va keyin tafakkurga

o‘tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha

hissiy bilish bilan, ya’ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog‘langan bo‘ladi.

Tafakkur faoliyati o‘zining butun “materialani” faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy

bilishdan oladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan

bog‘lanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi

hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi

bog‘lanishlarni, paydo bo‘ladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.

Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi.

Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o‘rtasidagi

murakkab o‘zaro bog‘lanishlarni ajratish, yechish mumkin bo‘ladi. Zarur hollarda

turli vositalar qo‘llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o‘rganish davomida

vositalar qo‘llaniladi:

1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo‘lmagan

hodisalarni o‘rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar,

umuman yoki o‘tmishda ro‘y bergan yoki kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan

hodisalarni o‘rganish davomida;

2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok

qilishning imkoni bo‘lmagan hodisalarni o‘rganishadi. Bunga misol tariqasida juda

kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari “sezmaydigan” turli to‘lqin

uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan ob’yektlar (planetalar, yulduzlar

va h.k);

3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita qo‘llash

170


samarali bo‘lgan hollar. Masalan, o‘sib turgan daraxtning balandligini

trigonometrik funktsiyalar yordamida o‘lchash, havo haroratini termometr

yordamida o‘lchash kabilar.

Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va

vositali ravishda aks ettirishdan, ular o‘rtasiga aloqa hamda munosabatlarni

aniqlashdan iborat bo‘lgan bilish jarayonidir.

4.12.1-rasm. Tafakkurning bo‘linishi

Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi? Biz doimo fikrlaymiz. Agar vaziyat

bizga tushunarli bo‘lsa, yetarli hamma ma’lumot va vositalarga ega bo‘lsak, biz

“o‘ylamaymiz”. Tafakkur jarayoni muammo paydo bo‘lsa, muammoli vaziyatda

paydo bo‘ladi. Muammoli vaziyat – biror masalani yechish uchun zarur bilimlar,

vosita yoki ma’lumot, malakalarning yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz yetishmay qoladi. Shu

sababli oddiy, tushunarli, o‘zida yangilikni aks ettirmaydigan ma’lumotni

eshitayotgan talaba va o‘quvchi fikrlamaydi. Ularni fikrlashga undash uchun

171


muammoli vaziyat yaratish kerak.

Kelib chiqish va rivojlanish bo‘yicha tafakkur ijtimoiy tabiatga ega. Chunki

bilishning barcha vositalari, usullari va manbalari inson tomonidan yaratilgan

moddiy va ma’naviy boyliklar bilan bog‘liqdir. Odamning aqliy taraqqiyoti

insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plangan bilimlarni

o‘zlashtrish jarayonida amalga oshadi. Bu yerda shaxsning faolligini inkor

qilmaymiz. Mavjud, tayyor bilimlarni o‘zlashtirish boladan fikriy zo‘r berish,

ijodiy ishlash, yangilik ochishni taqozo qiladi. Aks holda o‘zlashtirilgan bilim

yuzaki, mexanistik bo‘lib qoladi.

Tushuncha shunday fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning

umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettriladi. Masalan, odam tushunchasi

uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va

shular kabilar nixoyatda muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Mana shu

belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.

Tushunchalarning mazmuni hukmlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va

hodisalar o‘rtasidagi mavjud bog‘lanishlarning yoki shu narsa-hodisalarga xos

bo‘lgan xususiyat va belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zida aks ettiruvchi

tafakkur shakli.

Hukmlar ob’yektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab chin va yolg‘on

172


bo‘lishi mumkin. Rost – “Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti”. Yolg‘on – “Hech

qanday uchburchak o‘tkir burchakka ega bo‘la olmaydi”.

Hukmlar umumiy, juz’iy va yakka bo‘ladilar. Umumiy hukmda aks

ettirilgan xususiyat va bog‘lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalukli

bo‘ladi. “Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadilar”. Juz’iy hukmlarda tasdiqlash

yoki inkor qilish faqat ayrim narsalargagina taalluqli bo‘ladi. “Ba’zi o‘quvchilar

a’lochidirlar”. Yakka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga

tegishli bo‘ladi. “A.Salimov a’lochi o‘quvchi”.

Hukmlar ikkita yo‘l bilan hosil qilinadi:

bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi;

bavosita usul bilan, ya’ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo‘li bilan.

Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish – xulosa

chiqarishdir. Maslan, «Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadilar, “Mis metal”. Ana

shu ikkita asosdan yangi hukm – xulosa chiqariladi. “Mis elektr tokini o‘tkazadi”

Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi:

induktiv xulosa chiqarish;

deduktiv xulosa chiqarish.

Induktsiya – juz’iy hodisalardan umumiy hodisalarga qarata xulosa

chiqarish.

Deduktsiya – umumiy qoidalardan juz’iy hodisaga, faktga, misolga qarata

xulosa chiqarish.

Tafakkur jarayonlari

Analiz – ob’yektning muayyan bir tomonlarini,

elementlarini, xossalarini munosabatlarini va boshqa

shuning kabilarni ajratib olib, o‘rganilayotgan

ob’yektni fikran bo‘laklarga, qismlarga, elementlarga bo‘lish demakdir. Biron

narsani analiz qilish davomida bu narsaning g‘oyat muhim, kerakli va qiziqarli

va shu kabi muayyan xususiyatlari ajratib olinadi.

Sintez – bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponetlarni

birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o‘zaro bog‘liqdir.

173


Taqqoslash – narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko‘rish va ular

orasidagi o‘xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni

taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintaz qilmasdan turib

ular orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni topib bo‘lmaydi.

4.12.2-rasm. Tafakkur jarayonlari

Taqqoslash davosida narsalarni umumlashtirish amalga oshiriladi.

Umumlashtirish o‘xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi

umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik buyicha kit baliq

hisoblaanadi (yuzaki belgi) ikkinchi umumiylik asosida esa kit sutemizuvchilar

sinfiga kiradi (muhim belgi asosida).

Pisxologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli

klassifikatsiyasi tarqalgandir:

ko‘rgazmali harakat;

ko‘rgazmali obrazli;

mavhum (nazariy) tafakkur.

Ko‘gazmali-harakat tafakkuri. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o‘z

oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar;

keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Dastlab yerni qadamlab

174


o‘lchaganlar, keyinchalik uning asosida geometriya fani shakllangan. Bu shuni

anglatadiki, sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o‘zi

birlamchidir. Bog‘chagacha yosh davrida bolada asosan ko‘rgazmali harakat

tafakkuri ustun bo‘ladi. Hamma ish, «o‘ylash», bilish jarayoni harakatlar vositasida

amalga oshiriladi.

Ko‘rgazmali – obrazli tafakkur. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur sodda

shaklda asosan bog‘cha yoshidagi bolalarda namoyon bo‘ladi. Ularda tafakkurning

harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzaga chiqmaydi.

Endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok qilinmayotganligidagi obraziga

suyanib fikr yuritadi. Agar shu yoshdagi bolaga ikkita bir xil hajmdagi xamirdan

qilingan soqqa ko‘rsatilsa, u ularning tengligini aytadi. Keyin ularning ko‘z

o‘ngida sokqalardan biron shakliga keltiriladi. Bolalar yassilantirib, non shakliga

keltirilgan soqqani ko‘p, katta deb ko‘rsatadilar (J.Piaje tajribalaridan).

Mavhum (nazariy) tafakkur. Bolalarning amaliy va ko‘rgazmali-obrazli

tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga

asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko‘plab fanlardan o‘quv predmetlaridan

oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va

hodisalar o‘rniga ularning nomlari (so‘z-belgi) qo‘llaniladi. Mavhum tafakkur endi

bolaga endi o‘zi yo‘q predmetlar bilan ham so‘zlar yordamida (nomlari) ishlash,

ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Shu sababli mavhum tafakkur o‘quvchining o‘quv va faoliyatida eng muhim

o‘ringa ega. Maktabning, pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning

mavhum tafakkurini rivojlantirish, ularda to‘g‘ri shallangan tushunchalar tizimini

hosil qilishdan iboratdir.

Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha

namoyon bo‘ladi. Biri kishining o‘zida ham tafakkurning turli xususiyatlari

turlicha namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual

xususiyatlarining asosini tashqil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga

bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar

kiradi.

175


Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra

bilish va qo‘ya bilishda, undan so‘ng esa uni o‘z kuchi bilan yecha bilishda

namoyon bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o‘z ifodasini

topgan.

Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, maslani yechishning boshda

belgildangan yo‘li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib

bo‘lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo‘lni o‘zgartira

olishdan iboratdir.

Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilingan hollarda

talab qilinadi.

Tafakkurning yuqorida ko‘rsatilgan barcha va boshqa juda ko‘p sifatlari

uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har qanday

tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan kat’iy

nazar, muhim tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora umumlashtirishga kela

bilishdan iborat.

Modul yuzasidan tayanch iboralar

Bilish jarayonlari, sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, esteziometr,

persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya, agglyutinatsiya,

giperbolizatsiya, sxematizasiya, tipiklashtirish, fenomenal xotira, emotsional

xotira, tushuncha, hukm, xulosa, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, taqqoslash

Nazorat va muhokama qilish uchun savollar

1. Sezgi qanday jarayon?

2. Gallyusinasiya nima?

3. Sezgilarning turlarini aytib bering.

4. Idrok qanday jarayon?

5. Idrokning predmetliligini tushuntiring.

176


6. Idrokning yaxlitligi nima?

7. Idrokning ma’lum tartibda tuzilganligini tushuntiring.

8. Idrokning anglanganligi deganda nimani tushunasiz?

9. Idrokning turlarini tushuntiring.

10. Xayol haqida tushuncha bering.

11. Sust xayol deb nimaga aytiladi?

12. Shirin xayol deb nimaga aytiladi?

13. Faol xayol deganda nimani tushunasiz?

14. Qayta tiklovchi xayol deb nimaga aytiladi?

15. Ijodiy xayolni tushuntiring.

16. Xayol obrazlari qanday yaratiladi?

17. Agglyutinasiya deganda nimani tushunasiz?

18. Giperbolizatsiya nima?

19. Yangi xayolni tipiklashtirishni tushuntiring.

20. Tafakkur deganda qanday psixik jarayonni tushunasiz?

21. Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi?

22. Tafakkurning mantiqiy shakllarini tushuntiring.

23. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish deganda nimani tushunasiz?

24. Hukmlar ob’yektiv borliqni aks ettirishiga qarab necha xil bo‘ladi?

25. Tafakkurda induktiv va deduktiv xulosa chiqarishni tushuntiring.

26. Tafakkur jarayonini tushuntirib bering.

27. Tafakkur turlarini aytib bering.

Bibliografiya

1. David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland,

Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. –687 p.

2. Каримова В.М., Холйигитова Н.Х. Психология: Ўқув қўлланма. – Т.:

“IQTISODIYOT”, 2014. – 175 б.

3. Ғозиев Э. Умумий психология: Психология мутахассислиги учун

177


дарслик / Э.Ғозиев; ЎзР ОЎМТВ, М.Улуғбек номидаги ЎзМУ. – Т.:

“Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти, 2010. – 544 б.

4. Karimova V., Hayitov O., Akramova F., Lutfullayeva N. Umumiy

psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik

// V.M.Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T.: TDIU , 2010. – 328 b.

5. Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений: В

3 кн. – 4-е изд. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. – Кн. 3:

Психодиагностика. Введение в научное психологическое исследование

с элементами математической статистики. – 640 с.

6. Каримова В.М. Психология. Ўқув қўлланма. – Т.: А.Қодирий номидаги

халқ мероси нашриёти, 2002. – 205 б.

178


UMUMIY PSIXOLOGIYADAN PRAKTIKUM

PSIXIKANING EVOLYUTSION TARAQQIYOTI

Bosh miya

bo‘laklari

Uzunchoq

miya

Miyacha

Quyidagi topshiriqni bajaring!

1-topshiriq

Inson bosh miya bo‘limlarining faoliyati

O‘ziga xos xususiyati Bajaradigan funktsiyasi

Old miya

O‘rta miya

Voroley

ko‘prigi

2-topshiriq

Gansfeld metodi

Kerakli jihozlar: Bitta tennis koptogi, leykoplastr, baland ovozga ega

radiopryomnik (uyali aloqa apparati radiosi bo‘lmaydi).

Ishni olib borish tartibi: tennis koptogini teng qilib ikkiga bo‘linadi. Tinch

joyda yotgan holda radiopryomnikni bo‘sh to‘lqinga qo‘yib undan sh-sh-sh-sh

degan tovush kelishiga erishish zarur. Uni baland ovozga qo‘yib, ikkiga bo‘lingan

tennis koptogini ko‘z soqqasiga qo‘yib, ustidan leykoplastr bilan mahkam qilib

yopishtiriladi. So‘ngra tinch holatda radiopryomnik tovushiga butun diqqatni jalb

qilgan holda 20 daqiqa yotiladi.

yozing.

Ko‘zga qo‘yilgan koptog bo‘laklarini olib asta o‘rindan turasiz.

20 daqiqa ichida nima sodir bo‘ldi? O‘z hissiyotingizni bo‘lgan voqeani

_____________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

179


SHAXS PSIXOLOGIYASI

3-topshiriq

“Shaxs nazariyalari” mavzusidan topshiriq varaqasi

Shaxs nazariyalari

Nazariy

yondashuv

Biogenetik

Tadqiqot predmeti

O‘rganiladigan savollar

Sotsiogenetik

Psixogenetik

Kognitiv

Psixoanaliz

Analitik

psixologiya

Bixeviorizm

Sotsial madaniy

nazariya

Gumanistik

psixoanaliz

Individual

psixologiya

Rollar nazariyasi

Mustaqil

o‘zlashtirish

Fazoviy zarurat

maydoni

Psixodinamika

nazariyasi

180


PSIXIK JARAYON: TASNIF, XUSUSIYAT, QONUNIYATLAR

SEZGINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH

Bilamiz-ki, sezgi aks ettirish jarayonlaridan biridir. Tevarak-atrofdagi narsa

va hodisalarning har xil a’zolarga bevosita ta’sir etib turishi natijasida ularning

turli belgi va xossalarining miyada aks ettirilish jarayoniga sezgi deb aytiladi.

Masalan, sezgilar orqali narsalarning rangi, shakli, mazasi, vazni, hidi, tovushi,

botishi va hokazolarni aks ettirish mumkin. Sezgilar ob`ektiv olamning sub`ektiv

obrazidir, inson bilimlarining manbaidir.

Sezgilarimiz bizga tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqida dastlabki

axborotlarni etkazib turuvchi kanallar bo‘lib xizmat qiladi.

Sezgirlik va uning chegaralari haqida qisqacha tushuncha. Barcha

a`zolardagi sezgirlik o‘zining muayyan chegarasiga ega bo‘ladi. Sezgi, absolyut,

mutloq; farq qilish; yuqori chegaraga ega bo‘ladi.

Sezgining absolyut, mutloq chegarasi; bilinar-bilinmas muayyan sezgi hosil

qiluvchi minimal darajadagi kuchga ega bo‘lgan qo‘zgovchilar miqdori mavjuddir.

Shu miqdorga etmagan qo‘zgovchilar sezgini hosil qilmaydi. Sezgilar mutloq

chegarasining miqdori sezgi organlariniig mutloq sezgilarini sifatlaydi. Sezgining

mutloq chegarasi qanchalik past bo‘lsa, mutloq sezgirlik shunchalik yuqori bo‘ladi.

Sezgining mutloq chegarasini eshitish sezgisi misolida tushuntiradigan

bo‘lsak, mutloq eshitish tovushlardagi eng nozik o‘zgarishlarni sezish, tasavvur

qilishi va esda qoldira bilishdan iborat nodir iste`doddir. Mutloq eshitish

kishilardagi musiqa qobiliyatining asosini tashkil qilib, ayrim ijrochilarda o‘ta

darajada rivojlangan bo‘ladi.

Sezgining farqlanish chegarasi taassurot kuchining sezgilarda bilinarbilinmas

o‘zgarish hosil qiluvchi minimal darajadagi o‘zgarishidan iboratdir.

Sezgilarning yuqori chegarasi esa qo‘zgovchi kuchining maksimal darajada

ortishi natijasida sezgilar kuchining tegishli analizatorlarda ogʻriq hosil qilish

tomoniga qarab o‘zgarishidir. Masalan, haddan tashqari yorug‘lik aytaylik,

payvandlashda chiqadigan yorugʻlik ko‘zda ogriq sezgisini hosil qiladi. Agar

181


qo‘zgovchi kuchi sezgining yuqori chegarasidan ortsa, sezgi organlari zararlanishi

yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin.

4-topshiriq

Mushak sezgisining farqlash chegarasi

Tadqiqotning maqsadi: har xil og‘irlikdagi qadoq toshlar yordamida

muskul sezgisining farqlash chegarasini aniqlash.

Tadqiqot uchun zarur jihozlar: 1 grammdan 500 grammgacha bo‘lgan har

xil qadoq tosh va metall plastinkalar.

Tadqiqotning borishi: tekshiriluvchi ko‘zi yumuq yoki bog‘lab (bekitib)

qo‘yilgan holda o‘ng va chap qo‘liga bittadan qadoq toshni olib, ularning vaznini

chamalaydi.

Dastlab har ikkala qo‘lidagi toshning vazni baravar (masalan, 600

grammdan) bo‘lishi kerak. Tekshiriluvchining bir qo‘lidagi qadoq tosh taqqoslash

uchun o‘zgarmas me`yor bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchi qo‘lidagi qadoq tosh sekinasta

(1,2,3 va hokazo grammga) orttirib boriladi va toshlarning qay biri

og‘irlashganini tekshiriluvchidan damba-dam so‘rab turiladi. Muayyan

vaqtlargacha tekshiriluvchi ikkala qo‘lidagi qadoq toshlarning vazndagi

o‘zgarishini sezmaydi. Nihoyat, u bir qo‘lidagi tosh ikkinchi qo‘lidagiga nisbatan

og‘irlashganini aytadi. Tekshiriluvchi tomonidan payqab olingan qo‘shimcha

og‘irlik miqdori undagi muskul sezgisinng farqlash, chegara ko‘rsatgichi bo‘lib

hisoblanadi. Har bir tekshiriluvchi bergan ko‘rsatkichlar qarorda qayd etib borilishi

kerak.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish: o‘tkazilgan tadqiqot natijasi

quyidagicha qarorlashtirilib, tahlil qilinishi mumkin.

Bayonnoma:

Tajriba mavzusi – muskul sezgisini farqlash chegarasini tekshirish

Tekshiruvchi _______________________

Tekshiriluvchi ____________________

Sana. ____________________

182


Tavsiya qilingan qo‘zg‘ovchi

doimiy

o‘zgaruvchi

Tekshiriluvchidan olingan

ko‘rsatkich

1 600 601 teng

2 -- 602 --

3 -- 603 --

4 -- 604 --

5 -- 606 --

6 -- 610 --

7 -- 612 --

8 -- 615 --

9 -- 617 --

10 -- 620 O‘ng qo‘limda og‘ir

11 -- 620 --

12 -- 620 --

n

Mazkur tajribaning ko‘rsatishicha, tekshiriluvchining muskul sezgisidagi

farq qilish chegarasi 20 grammga teng. Bu miqdor dastlabki tavsiya qilingan 600

grammlik vaznining 1,30 qismini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich har xill odamda

boshqa-boshqa chiqishi tabiiydir. Chunki odamning yoshi, tajribasi, hatto

shugullanadigan ish faoliyati bilan bog‘liq holda sezgirlik chegarasi ham o‘zgarib

boradi.

5-topshiriq

Odamning teri va badan orqali sezishini tekshirish

Tadqiqotning maqsadi: talabalarga insonning bilish faoliyatida sezgining

rolini ko‘rsatib berish.

Tadqiqot uchun zarur jihozlar: unchalik katta bo‘lmagan oddiy buyum

(predmet): kalit, rezina, bo‘r, tugma, ilmatugma kabilar.

Tadqiqotning borishi: tadqiqot ikki faslda o‘tkaziladi. Birinchi faslda

183


tekshiruvchi tekshiriluvchiga orqa o‘girib, qaramay turishni taklif qiladi va dastlab

tekshiriluvchining barmoqlari ortiga, keyin kaftiga – barmorlari uchiga kalit, rezina

yoki ilmatugmani qo‘yadi. Har safar tekshiriluvchiga qarab: “Ushbu buyum haqida

nima deyishingiz mumkin?”, – degan savolni berib boradi. Tekshiriluvchi

tomonidan berilgan javoblarni butun guruh yozib boradi.

Tadqiqotning ikkinchi faslida tadqiqotchi tekshiriluvchiga predmetni ushlab

ko‘rishni taklif qiladi va birinchi faslda o‘tkazilgan tajriba jarayonidagi savolga

javob berishni so‘raydi. Tekshiriluvchining bergan javoblarini bu safar ham butun

guruh yozib boradi.

Har bir tajribani dastlab psixologiya o‘qituvchisining o‘zi o‘tkazib

ko‘rsatadi. So‘ngra talabalarning o‘zlari mustaqil o‘tkazadilar.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish: o‘tkazilgan birinchi fasldagi tajriba

yuzasidan talabalar shunday xulosaga olib kelinadi: sinaluvchi kishida bir-biridan

ajratilgan alohida-alohida sezgilar paydo bo‘ladi. Bu sezgilar predmetning nima

ekanini bilishga imkon bermaydi. Uning faqat ayrim xususiyatlarini aks ettiradi:

“qandaydir bir yengil narsa”, “yumshoq bir narsa”, “sovuq narsa”, “metall buyum”

va shunga o‘xshash javoblar beriladi.

Ikkinchi faslda o‘tkazilgan tajribaning ko‘p hollarida sinaluvchilar

predmetning nima ekanligini aytib beradilar. Chunki predmet kompleks

qo‘zgatuvchi sifatida badan orqali sezish yordamida idrok etiladi. Bunda faqat teri

sezgilarigina emas, balki kinestetik analizatorlar ham ishga tushadi va bilish

apparatlari harakatga keltirilgan bo‘ladi.

6-topshiriq

Teri sathi sezgilarining mutloq chegarasi

Tadqiqotning maqsadi: esteziometr (teri sezgirligini o‘lchaydigan asbob)

yordamida teri sezgisining mutloq chegarasini aniqlash.

Tadqiqot uchun zarur asbob va jihozlar: esteziometr. Bu asbob tashqi

ko‘rinish jihatidan shtangentsirkul (biror detalning qalinligi, yo‘gonligi yoki ichki

diametrini o‘lchaydigan asbob) ni eslatadi.

184


Esteziometr

Esteziometr – millimetrlarga ajratib chiqilgan metall sterjen (tayoqcha);

sterjenning nol bo‘lmasi tomoniga o‘rnatilgan qo‘zgalmas oyoqcha: millimetr

butun qismi bo‘ylab har ikkala tomonga surish mumkin bo‘lgan – harakatlanuvchi

oyoqchalardan tuzilgan asbobdir. Tadqiqot jarayonida esteziometrning

qo‘zgaluvchi oyoqchasini surish orqali ikkala oyoqcha oralig‘idan zarur bo‘lgan

kenglikni tanlash mumkin.

Tadqiqotning borishi: tadqiqot ikki faslda o‘tkaziladi. Birinchi fasl. Tajriba

jarayonida tekshiriluvchining ko‘zlari yumuq yoki bog‘lab qo‘yilgan bo‘lishi

kerak. Shuningdek, barmoqlarining terisi taranglashmagan holatda bo‘lishi uchun

uning qo‘li tirsagiga tayanib turishi kerak. Tekshiruvchi esteziometr oyoqlari

oralig‘ini muayyan darajada ochgani holda uni tekshiriluvchi panjalarining sirtiga

yengil tekkizib: “Nechta narsaning tegayotganini sezayapsiz?”, – deb so‘rab

boradi. “Ikkita narsaning tegayotganini sezayapman”, – degan javobni bergunga

qadar esteziometr oyoqchalari oralig‘ini kam-kamdan qisqartirib boradi.

Tajribaning ikkinchi faslida aksincha: asbob oyoqchalarining oralig‘ini

muayyan kenglikda (masalan 40 mm) ochilgani holda tekshiriluvchining qo‘l

panjalari ortiga tekkizib, birinchi fasl tekshirishida berilgan savolni takrorlaydi va

nihoyat, tekshiriluvchining: “Bitta narsa tegayotganini sezayapman”, – degan

javobiga qadar oyoqchalar oralig‘ini kam-kamdan qisqartirib boradi.

185


7-topshiriq

Ko‘rish sezgisida izchil ranglar kontrastining

hosil bo‘lish qonuniyati

Tadqiqotning maqsadi: ko‘rish sezgisida ranglar kontrastining hosil

bo‘lishini tekshirish.

Tadqiqot uchun zarur jihozlar: kattaligi 48x64 sm bo‘lgan oq qog‘oz

varaqlari; ularga 15x15 sm kattalikdagi yashil, qizil, ko‘k, sariq rangli kvadratlar

qirqib yopishtirilgan, oq rangli ekran.

Tadqiqotning borishi: tajribani tabiiy kunduzgi yorug‘lik sharoitida yoki

kunduzgi yorug‘likka yaqin bo‘lgan nur taratadigan lampalar yorug‘ligida

o‘tkaziladi.

Tajribada ishtirok etayotgan talabalar xonada shunday o‘tqazilishi kerak-ki,

ularning har biriga rangli kvadrat to‘ppa-to‘gri ko‘rinib turadigan bo‘lsin.

Kvadratlar ulardan 4 m gacha uzoqlikda o‘rnatiladi. Talabalarga 20–40

sekund mobaynida rangli kvadratlarga tikilish, keyin esa o‘z nigohini ekranga

ko‘chirish hamda unda rangli kvadrat paydo bo‘lmaguncha nigohni uzmay turish

taklif qilinadi. Bunda turli kishilarda izchil ranglar kontrasti turlicha kechishini

ta`kidlab o‘tish zarur.

Oldindan tayyorlab qo‘yilgan barcha rangdagi kvadratlar bilan tajribani

takrorlash zarur.

Tajribalar tamom bo‘lganidan keyin ularning natijalarini yozib olish,

yozilayotgan kvadrat rangini belgilash hamda izchil kontrastda paydo bo‘layotgan

ranglar tonini ko‘rsatib yozish zarur. Bunda izchil kontrastlar harakatdan keyingi

hodisa natijasi ekanligini ta`kidlab o‘tish zarur.

Insondagi ko‘rishni idrok qilishning eng asosiy va u siz yashash mumkin

bo‘lmagan jarayonlardan biri ko‘rish motorikasining o‘zaro muvofiqligidir.

Ko‘rish motorikasi bog‘cha yoshidagi bolalarning maktabga tayyorligining eng

asosiy funksiyalaridan hisoblanadi.

Agar shaxsda ko‘rish motorikasi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa u narslarni

186


tekis va kerakli holatida qirqa olmaydi. Shuningdek unda to‘g‘ri chiziq va gemetrik

figuralarni chizishda muammolar paydo bo‘ladi.

Shaxsdagi ko‘rish motorikasining buzilishiga asosiy sabablari:

Ko‘rish apparatining buzilganligi;

Ko‘rish-harakatii funktsiyasining buzilganligi;

Umumiy, qo‘l (mayda) motorikaning buzilishi;

Muskullarning tarangligi yoki aksincha, uning pastligi;

Xatti-haraktlarning o‘zaro muvofiq emasligi;

“Chapaqaylik” bo‘lishi mumkin.

8-topshiriq

“Ko‘z yo‘nalishi” metodikasi

Metodikani bajarish: Ko‘z orqali ko‘rsatilayotgan yo‘nalishni kuzatib

borish.

Ushbu metodika 15 marta amalga oshiriladi.

Ko‘z harakatlari orqali sekinlik bilan chapga va o‘nga qarash;

Sekin-ohistalik bilan yuqoriga va pastga qarash;

Ko‘z harakatlari orqali soat strelkasi bo‘ylab qizil chiziqlarni kuzatish;

Ko‘z harakatlari orqali soat strelkasiga teskari yo‘nalishda ko‘k chiziqlarni

kuzatish;

Ikkala chiziqdan ko‘z olmagan holda kuzatish.

a. b.

187


v. g.

Shunga yaqin bo‘lgan bir nechta metodikalarni tavsiya qilishimiz mumkin.

Ularning hammasi ekranda yoki katta formatdagi karton qog‘ozda beriladi va ular

lazer tayoqchasi yordamida amalga oshiriladi.

9-topshiriq

O‘zingizni sensomotor xususiyatingizni tekshirib ko‘ring

1. Chizg‘ich yordamida qalam bilan ikkita to‘g‘ri parallel bo‘lgan 30 sm

uzunlikdagi, orasi 2mm bo‘lgan chiziq chizing. Endi ruchka bilan 15-20 soniyada

ikkala chiziq orasidan chizg‘ichsiz chiziq tortishga harakat qiling.

Agar chizig‘ingiz yuqori yoki paski qismga :

2-3 marta tegib ketsa – yaxshi;

4-10 marta tegib ketsa – o‘rtacha;

10 dan oshsa – yomon ko‘rsatkichni bildiradi.

2. Topshiriqni biroz qiyinlashtiramiz: endi yuqoridagi chiziqlarni o‘sha

uzunlikda faqat zig-zag yokm arra tishlari kabi ko‘rinishda chizamiz. Bunda xar bir

188


arrasimon tishlar uzunligi 3smni va 45 gradus burchakni tashkil qilishi kerak.

Avvalgidek 15-20 soniya oralig‘ida paralell chiziqlar orasidan chiziq

o‘tkazamiz. O‘tkazilgan chiziqlarni chegaradan chiqib ketgan joylarini chig‘ich

yordamida o‘lchaymiz va natijani qo‘shib chiqamiz. Agar ular uzunligi:

1 sm bo‘lsa – natija yaxshi;

2 sm bo‘lsa – o‘rtacha;

2 sm katta bo‘lsa – qoniqarsiz.

Sensomotorikani rivojlantirishda quyidagi mashqlar yordam beradi.

1. Dastlabki holat – tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar

yonga tushirilgan, yelka va kift, barmoqlar bo‘shashtirilgan holatda. Endi bir

daqiqa davomida qo‘l barmoqlaringizni mahkam yuming va oxirigacha oching

(rasmdagi a-holatda).

2. Dastlabki holat – tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar

yonga tushirilgan, yelka va kift, barmoqlar bo‘shashtirilgan holatda. Yana 1 daqiqa

davomida qo‘l barmoqlaringizni mahkam yumib ochgan holda qo‘llaringizn yon

yo to‘g‘riga uzating. Mashq davomida qo‘llaringizni aylana harakatida ham

qilishingiz mumkin (rasmdagi b-hoalt).

3. Dastlabki holat – tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar

yonga tushirilgan, yelka va kift, barmoqlar bo‘shashtirilgan holatda. 1 daqiqa

davomida barmoqlaringizni bosh barmoqdan boshlab yumib borasiz va shu tartibda

189


ochasiz (rasmdagi v-holat).

4. Dastlabki holat – tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar

yonga tushirilgan, yelka va kift, barmoqlar bo‘shashtirilgan holatda. Yana 1 daqiqa

davomida qo‘l barmoqlarini birin-ketinlikda aylantiramiz va yana orqaga

qaytaramiz. Qo‘l barmoqlarni aylantirishni qo‘llarni oldinga cho‘zgan holatda ham

bajarsai bo‘ladi (rasmdagi g-holat).

Ushbu mashqlarni o‘tirgan holatda nafasni bir tekis olgan holda bajarsa

ham bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib bola ta’lim muassasasida turli xildagi qo‘l

mehnati bilan shug‘ullanishi lozim. Quyida shunga mos keladigan bir necha

turdagi mashqlarni taklif qilishimiz mumkin.

Turli xildagi ko‘rish motorikasini rivojlantirish uchun mashqlar:

Grafik namunalarni chizish (geometrik figuralar, turli qiyinchilikdagi

naqshlar);

Turli xildagi qiyinchilikdagi geometrik figuralarning usti yoki ichki

qismidan chizib chiqish;

Biror bir figurani asosan qo‘l uzmasdan qaychi yordamida qirqish;

190


Rasmlarni shtrixlash va rangi qalamlar yordamida bo‘yash;

Turli xildagi tasviriy san’at turlari bilan ishlash (rasm chizish, yasash,

applikatsiyalar qilish va hokazo);

Mozaika bilan ishlash;

Gugurt cho‘plari yordamida figuralar yasash.

Qo‘l barmoqlari yordamida turli figuralar yasashni bajarish;

Barmoqlar gimnastikasi bilan shug‘ullanish;

Nuqtalar yordamida figuralarni tutashtirish;

Rasmni davomini chizish (kataklar yordamida);

Rasmni tugatish (ikkinchi bo‘lakka qarab, rasmning yetishmayotgan

qismlarini chizish);

Turli xildagi bosma rasmlar chizish.

Bilamizki shaxsdagi psixik xususiyatlarni rivojlantirish asosan o‘yin

faoliyati orqali amalga oshiriladi. Qo‘yida biz 4-5 yoshli bolalarda ko‘rish

motorikasini rivojlantirish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladigan bir necha xildagi

o‘yinlarni misol qilishimiz mumkin:

Aylanaga koptokchani tashlash va tutib olish;

Maxsus effektlar bilan chizilgan gilamchalarda uynash, ya’ni “Tun va kun”,

“Yil fasllari”;

Turli xildagi labirint yo‘llardan yurish va manzilga chiqishi;

Barmoqlar teatri.

IDROKNI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH

Sezgi organlarimizga bevosita ta`sir etib turgan narsa va hodisalarning

ongimizda butun, yahlit holda aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Idrok

jarayonida barcha ruhiy hayotimiz, ongimizning butun mazmuni, bilimlarimiz va

tajribalarimiz ishtirok etadi. Shuning uchun ham idrok sezgilarga nisbabatan

murakkabroq va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Idrokning

fiziologyk asoslari qo‘zg‘ovchilar yigindisi ta`sirida bosh miya yarim sharlari

qobigida hosil bo‘lgan shartli reflektor (muvarrat) nerv boglanishlaridan iboratdir.

191


Idrok perceptiv harakterga ega. Chunki kishilar idrokining mazmuni birbiridan

farq qiladi. Kishilar aynan bir hil narsani o‘z bilim darajasi, turmush

tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishiga qarab turlicha idrok

qiladilar. Idrokning nechog‘lik mazmundorligi shahsning dunyoqarashi, e`tiqodi,

ideali, bilim va madaniy saviyasi, hayotdan orttirgan tajribalari hamda

qiziqishlariga boglirdir.

Idrok qaysi organ (analizator) orqali amalga oshiqilishiga qarab: ko‘ruv,

eshituv idroki; ob`ektiga qarab: vaqt (zamon), harakatni, fazo (makon)ni idrok

qilish kabi turlarga ajratib o‘rganiladi.

Vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalarimizning almashinuvi tufayli ro‘y

beradi. Vaqtni idrok qilish idrok qilinayotgan vaqt birligining ob’yektiv

mazmuniga hamda bizning unga bo‘lgan munosabatimizga bog‘lir. Masalan,

bizning ehtiyoj va qiziqishlarimizga mos bo‘lgan vaqt birligini idrok qilganimizda,

vaqt sub`ektiv jihatdan tez idrok qilinadi va aksincha.

Harakatni idrok qilish – jismlarning fazo (makon)dagi o‘rin almashtirishini

bevosita aks ettirishdir. Harakat nisbatan va nisbatsiz idrok qilinadi: agar

harakatdagi jism atrofidagi boshqa harakatsiz jismlarga taqqoslab idrok qilinsa, bu

harakatni nisbatan idrok qilish deyiladi: aksincha, harakatdagi jism hech narsaga

tarroslanmay idrok qilinsa, bu harakatni nisbatsiz idrok qilish deyiladi.

Fazo (makon)ni idrok qilish — voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda

tutgan o‘rnini, shaklini, miqdorini hamda bir-birlariga nisbatan munosabatlarini

uch o‘lchovda: balandlik, kenglik, uzorlikda bevosita aks ettirishdan iboratdir.

10-topshiriq

Idrok jarayonida appertseptsiyaning roli

Tajribaning maqsadi. Tanib olish metodi yordamida idrokdagi

appertseptsiyaning rolini tekshirish.

Tadqiqot uchun zarur jihoz va asboblar: turli xil buyumlar: g‘altakchalar,

iplar, angishvona, fotoplenkasini o‘qiydigan kassetalar, lab bo‘yogi (pomada), soch

turmaklagich (bigudi)lar, ilmatugma, elektr lampochka patronlari, o‘yinchoq

192


mashina g‘ildiraklari va hokazo buyumlar to‘plami.

Tadqiqotning borishi. Tadqiqotchi va qaror yozuvchi o‘qituvchi bergan

zarur ashyolar bilan oldindan tanishib chiqadi. Tekshiriluvchi esa bu buyumlarni

ko‘rmasligi lozim. U ko‘zi boglangan holda unga taqdim etilgan buyumlarni

ushlab, paypaslab ko‘radi va nomini aytadi. Qaror yurituvchi tekshiriluvchi

tomonidan predmetning nimaligini aniqlash uchun sarflangan vaqt, javobning

to‘gri yoki noto‘griligi va tekshiriluvchining tajriba paytida o‘zini tutishi kabilarni

qayd etib boradi. So‘ngra mazkur nomlari aytilgan buyumlar bilan

tekshiriluvchining hayotiy tajribasi o‘rtasida qanaqa bog‘lanishlar mavjud ekanligi

aniqlanadi.

Tajribani har qaysi tekshiriluvchilar bilan boshqa-boshqa turli xil ashyolar

yordamida o‘tkazilib, juz’iy xulosalar chiqariladi.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Tajribalar natijasi quyidagi jadvalda aks

ettiriladi.

So‘ngra har qaysi tekshiriluvchidan olingan natijalar taqqoslab chiqiladi.

Buyumlarni paypaslab idrok etish orqali tanib olishda o‘tmish tajriba

(appertseptsiya)ning roli haqidagi ma`lumotlar qarorda qayd qilib qo‘yiladi.

Buyumlar to‘plami

Taniy olish

vaqti

Tekshiriluvchining

vaqti

Tekshiriluvchining

o‘zini tutishi

Kasseta

Ip o‘ralgan g‘altak

Soch turmaklagich

Lampa patroni

11-topshiriq

Fazoviy munosabatlarni idrok qilish

Tadqiqotning maqsadi: chiqarilayotgan tovush manbaini aniqlash

yordamida eshitish qo‘zg‘ovchisining fazoviy cheklanish aniqligini tekshirish.

193


Tadqiqot uchun zarur jihozlar: ikkita tanga, sekundomer yoki sekund

strelkali soat.

Tadqiqotning borishi. Tekshiriluvchi ko‘zi yumilgan yoki bog‘langan holda

stulda qimirlamay o‘tiradi. Tadqiqotchi bosh va ko‘rsatkich baqmoqlari orasiga

ikkita tangani qisib ushlab, uning old tomonida tik turadi va tekshiriluvchining

boshidan bir xil uzoqlikda dam o‘ngga, dam so‘lga, dam orqaga, dam oldinga

qo‘lini cho‘zib, tangalarini bir-biriga ishqab (har bir yo‘nalishda 3-5 marta, biroq

uzluksiz emas), ulardan tovush chiqaradi, jaranglatadi. Tekshiriluvchi ovoz manbai

qaysi tomonda ekanligini ko‘rsatib beradi.

Tekishriluvchi bu vazifani bajargandan so‘ng, unga o‘sha xil vazifani bir

qulog‘ini bekitgan holda bajartirish lozim.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Qaror yurituvchi tekshiriluvchining ovoz

manbai yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha natija ko‘rsatmalarini, to‘g‘ri javoblar

sonini, bu javoblar uchun ketgan vaqtni hisoblab, jadvalda qayd qilib qo‘yadi:

Tavsiya

raqami

Tovush

manbaining

joylashgan

tomoni

Tekshiriluvchining javobi

Latent

vaqti

To‘g‘ri

javoblar soni

Tekshiriluvchi kelayotgan tovush o‘rnini bir necha bor aniqlaganidan so‘ng,

tovushning qaysi tomondan tarqalish aniqligi quyidagicha formula orqali hisoblab

chiqiladi:

A – bir yo‘nalishga oid to‘gri javoblar soni, V – shu yo‘nalishda olib

borilgan tajribalar soni. Ish so‘ngida tovush manbai tarqalish natijalariga oid

umumiy hisoblar ikki quloq va bir quloq bilan eshitib, aniqlangan natijalar asosida

taqqoslanadi.

Shunday qilib, o‘tkazilgan barcha tajriba natijalari haqida umumiy xulosa

chiqaqiladi.

194


12-topshiriq

Teri tuyush (taktil) va ko‘ruv idroki

Tadqiqotning maqsadi: teri (taktil) va ko‘rish idrokining xususiyatlarini

tekshirish.

Tadqiqot uchun zarur jihozlar: qattiq qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan

bir necha juft shakllar.

Tadqiqotning borishi. Tekshiruvchining tavsiyasiga binoan tekshiriluvchi

ko‘z bilan ko‘rmagan holda oldindan tanish bo‘lmagan shaklni qo‘li bilan bir

daqiqa vaqt davomida paypaslab, qo‘l barmoqlarining terisi orqali idrok qiladi.

Keyin o‘sha shaklni qog‘ozga chizadi. Qaror yozuvchi uni kuzatib, hattixarakatlarini

jadvalda qayd etib boradi, tekshiriluvchining chizgan rasmini uning

oldidan olib qo‘yadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi sinaluvchiga original shaklni

ko‘rsatadi. Sinaluvchi esa ko‘rsatilgan rasmni bir daqiqa mobaynida ko‘rib chiqadi

va shundan so‘ng shaklni qayta boshdan chizadi.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Tajriba natijalari jadvalda qayd qilinadi.

Har bir tekshiriluvchi chizgan rasmlari taqqoslanadi va turli guruh

sinaluvchilarning teri-taktil harakat hamda ko‘rish idrokiga xos xususiyatlarni

solishtirib, umumiy xulosaga kelinadi.

Tadqiqot vazifalari

Paypaslab ko‘rish orqali

aniqlash

Ko‘rish orqali aniqlash

Original rasmning

sinaluvchi chizgan

rasmdan farqi

Tekshriluvchining hattixarakatlari

DIQQATNI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH

Insonning biron-bir narsani bilishi, anglashi va ularni idrok etish, xotirada

saqlash yoki biron-bir muammo ustida mushohada yuritishi uchun ongini to‘plashi

va yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Diqqatning muhim xususiyatlari uning to‘planishi va

yo‘nalganlik xarakteriga egaligidir. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida har bir

psixik jarayonning o‘ziga xos o‘rni borligi sir emas. Ammo ularni yaqqol va

195


mahsuldor natijalarga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan shaxs psixikasining shunday

bo‘g‘iniga bog‘liqki, ko‘p holatlarda psixik jarayonlarning rivojlanishida

uchraydigan nuqsonlar vaqtida e’tibordan chetda qoldiriladi.

Diqqatni amaliy o‘rganish va uning natijalarini psixologik tahlil etish shaxs

faoliyatini samarali tashkil etish imkonini beradi. Diqqatning nazorat funktsiyasi

har bir bajarilayotgan vazifalarning optimallik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu

sababli ham ko‘pincha ishlash qobiliyati, faoliyatning bir maromda va barqaror

yuqori samara bilan bajarilishi diqqatning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.

Diqqatning boshqa psixik jarayonlardan farqli tomoni shundaki, uni

baholashda bir qator jihatlari inobatga olinadi. Diqqatning psixik jarayon sifatida

qarash yoki uni jarayon sifatida e’tiborga olmaydigan tomonlari ham mavjud.

Diqqatning psixik jarayon emasligiga sabab uning alohida faoliyat mahsuliga ega

bo‘lmasligida. Aksincha, diqqatni boshqa psixik jarayonlar bilan munosabatida

jarayon sifatida, ya’ni sensor, pertseptiv va intellektual diqqat; holat sifatida esa

to‘plaganlik holatini, shaxs xususiyati sifatida esa e’tiborlilik tarzda qarash

mumkin.

Diqqatning boshqaruvchilik funktsiyasi boshqa bilish jarayonlaridan ancha

farq qiladi. Bu esa uning turlarini psixik boshqarish usullari bilan munosabatida

kuzatiladi. Diqqat turlarini tasniflashda ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriy diqqatdan

keyingi diqqatga ajratishga olib keldi. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir ko‘rsatuvchining fizik

xususiyatlariga bog‘liq (jadalligi, kontrastligi, davomiyligi, tasodifiyligi va

boshqalar). Agar diqqatning yo‘nalganligi va to‘planganligi anglashilgan

maqsadga asoslangan bo‘lsa, bu ixtiyoriy diqqat, deb ataladi. Ikkita turi bilan bir

qatorda va ulardan farqli ularoq, uchinchi turi – ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat

ham mavjud. Bunda qandaydir vazifa ongli amalga oshirilganligi bilan, shaxsning

bu faoliyatga singib ketishi irodaviy kuch talab etmaydi.

Diqqatning bir qator xususiyatlari mavjudki, ularga tanlovchanligi, kuchi,

barqarorligi, to‘planishi, hajmi, taqsimlanishi va ko‘chishi kiradi. Diqqatning hajmi

deganda, qisqa vaqt ichida idrok etilgan ob’yektlar miqdori tushuniladi. Qator

tadqiqotchilar diqqatning hajmi deganda, axborot ko‘lamidan kelib chiqib

196


baholashadi. Ularning fikricha, sub’yektning bu axborotni o‘zlashtirish uchun

qanday qilib ongni to‘plash imkoniyati bilan baholanadi.

Har xil turli stimulli sharoitda diqqat ko‘lamini ixtiyoriy boshqarish ancha

cheklangan. Stimullarning ma’noli tuzilmasi esa yuqori ko‘rsatkichga olib keladi.

Diqqat ko‘lamining cheklanganligi sensor-pertseptiv zonaga tushgan

ob’yektlarning doimiy ajratib olinganligi bilan belgilanadi. Ajratilmay qolgan

ob’yektlar esa fon sifatida ishtirok etadi. Diqqat yo‘naltirilgan bir qator ob’yektlar

bo‘ladiki, ammo ularning hammasini ham tanlab bo‘lmaydi. Faqat diqqat ajrata

olgan qismigina uning tanlovchanligini ifodalaydi.

Diqqatning barqarorligi – bu sub’yektning psixik faollik yo‘nalishidan

chalg‘imasdan, ob’yekt ustida diqqatni to‘plab tura olishi vaqtiga aytiladi.

Diqqatning to‘planganligi har xil chet ta’sirlar sharoitida sub’yektning

ob’yekt ustida ongini to‘plab tura olish qobiliyati bilan izohlanadi.

Diqqatning taqsimlanishi sub’yektning bir vaqtning o‘zida bir necha

ob’yektga yo‘nalganligi va imkoniyatiga aytiladi. Eksperimentda diqqatning

taqsimlanganligini bir topshiriqni bajarishda qanchalik vaqt ketganligini, aynan

ushbu topshiriqni boshqalari bilan birgalikda bajargan sharoitda qanday natija

berganligi bilan taqqoslanadi.

Diqqatning ko‘chishi deganda, bir ob’yektdan ikkinchi bir obyekga, bir

faoliyat turidan ikkinchisiga ixtiyoriy ko‘chib o‘tishi bilan xarakterlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan diqqat xususiyatlari funktsional birlikka ega va

ularni ajratish esa eksperimental usullar orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababli

ham bugungi kunda diqqat xususiyatlarini o‘rganishda psixologiya tarmoqlarida

mavjud usullarning boshqa fanlar usullari bilan o‘zaro hamkorligida amalga

oshirilmoqda.

13-topshiriq

Shaxs diqqati ko‘lamini aniqlash metodikasi

Metodikani foydalanish mumkin bo‘lgan sohalari: Ushbu metodika

yordamida shaxsning diqqat ko‘lami aniqlanadi.

197


Eksperiment uchun jihozlar: Buning uchun 8 ta bir xil jadvalda turlicha

hajmdagi nuqtalar aks ettirilgan tasvirlar stimul materiali sifatida foydalaniladi.

Har bir jadvallardagi nuqtalar soni ularning soniga mos tarzda ko‘payib boradi.

Tajribadan oldin o‘quvchiga quyidagicha ko‘rsatma beriladi:

Tekshiriluvchiga yo‘riqnoma. “Hozir siz bilan diqqat hajmini o‘rganish

metodikasi ustida tajriba o‘tkaziladi. Sizga nuqtalar chizilgan kartochkalar ketmaket

ko‘rsatiladi. Ushbu nuqtalarni bo‘sh kataklarga chizasiz”.

Tajribani borish tartibi. Talabaga sakkizta kartochka 1-2 soniya oralig‘ida

ketma-ket ko‘rsatiladi. Navbatdagi kartochkani ko‘rsatishdan oldin, talabaga esga

olib qolgan nuqtalarni qayta esga tushirishi va bo‘sh kartochkaga belgilab qo‘yishi

uchun 15 soniya vaqt beriladi.

“Nuqtalarni esga olib qol va o‘z o‘rniga qo‘y” topshirig‘i uchun

stimul materiali

198


Natijalarni qayta ishlash. “Nuqtalarni esga olib qol va o‘z o‘rniga qo‘y”

topshirig‘i matritsasi.

Shaxs diqqati ko‘lamini u to‘g‘ri aks ettirgan nuqtalarning hajmi bilan

belgilanadi. Buning uchun eng ko‘p nuqtali, to‘g‘ri to‘ldirilgan kartochka olinadi:

10 ball – agar talaba 6 va undan ko‘p nuqtalarni to‘g‘ri aks ettirgan bo‘lsa.

8-9 ball – talaba kartochkadagi 4 dan 5 tagacha nuqtani xatosiz aks ettirgan

bo‘lsa.

6-7 ball – talaba kartochkadagi 3 dan 4 tagacha nuqtani xotirasida to‘g‘ri

tiklagan bo‘lsa.

4-5 ball – talaba kartochkadagi 2 dan 3 tagacha nuqtani to‘g‘ri esda olib

qolganda.

0-3 ball – talaba bitta kartochkada bittadan ortiq nuqtani to‘g‘ri aks ettira

olmagan bo‘lsa.

Rivojlanganlik darajasi

10 ball – juda yuqori.

8-9 ballar – yuqori.

6-7 ballar – o‘rtacha.

4-5 ballar – past.

0-3 ballar – juda past.

TAFAKKURNI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH

Kirish qaydi: Oldingi tajribalar shaxsning tafakkuriga ijobiy ta’sir o‘tkazib

qolmasdan, ba’zan yangi muammolarni hal etishda to‘siq bo‘lib qolishi ham

mumkin. Bu xususida geshtalt psixologiya vakili M.Vertgeymer shunday bir

g‘oyani ilgari surgandi. Uning fikricha, oldingi tajribalar shaxsning ijodiy

tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ammo haqiqiy tafakkurning to‘liq namoyon

bo‘lishiga ham xizmat qilishi mumkin ekan. Bunday holat ko‘proq bolalarga xos,

ammo inson ta’lim jarayonida, xususan amaliy tajribalar vaqtida har xil

murakkablikdagi topshiriqlarni yechishga yordam beruvchi, ancha cheklangan

usullarni o‘zlashtirishi yoki o‘zi xohlamagan holda tafakkurning rigidligini

199


egallashi mumkin bo‘ladi. Rigidlik deganda, shaxs faoliyatini oldindan

dasturlashgan faoliyatdan chetga chiqolmasdan, yangi usul va qoidalarga

tafakkurni ko‘chira olmasligi tushuniladi. Psixologiyada rigidlikning uch turi, ya’ni

kognitiv (bilish bilan bog‘liq), affektiv (hissiy) va motivatsiyali rigidlik to‘g‘risida

so‘z boradi.

Ko‘proq ta’lim jarayonidagi bilish faoliyati kognitiv rigidlikni o‘z ichiga

qamrab olgan. Shu sababli ham ta’lim jarayonida talabalarning tafakkurini tadqiq

etishda psixologlar quyida taqdim etiladigan metodikadan foydalanishlari mumkin.

Metodika A.Lachins metodikasi deb nomlanib, bunda ikki guruh talabalariga bir

xil turdagi ikki xil topshiriq taqdim etiladi. Bunda masalani yechishda kimdir oldin

qo‘llangan usullardan, kim esa ancha ratsional usullardan foydalanishi mumkin

bo‘ladi.

14-topshiriq

A.Lachins metodikasi

Tajriba o‘tkazish uchun zarur jihozlar. Bolalarni diagnoz qilishga qadar

o‘nta topshiriqni qayd etishga mo‘ljallangan 1 va 2 blankalar tayyorlab olinadi.

O‘tkazish tartibi. Psixolog guruhni ikkiga bo‘lib, birini eksperiment va

ikkinchisini nazorat guruhi sifatida uyushtirishi lozim bo‘ladi.

Sinaluvchilar uchun yo‘riqnoma: Sizning blankangizda 10 ta topshiriq

berilgan bo‘lib, topshiriqlarni hal etishda sodda arifmetik amallardan foydalanasiz.

Blankada yoki o‘zingizning daftaringizda har bir topshiriqni yechishga doir

arifmetik amallarni bajaring. Topshiriqlarni yechish vaqti cheklanmagan.

Topshiriqlarni 1 dan 10 ga qarab, tartib bilan ketma-ketlikda yeching.

Topshiriqlarni bir-biringiz bilan maslahatlashmay, ko‘rsatmasdan va

ko‘chirmasdan mustaqil yechishga harakat qiling.

Metodika uchun namuna materiallari

1-Blank. Eksperimental guruh uchun mo‘ljallangan.

26, 10 va 3 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

10 litr suvni o‘lchash mumkin?

200


37, 21 va 3 litrli hajmli uchta idish berilgan. Qanday qilib ular yordamida

10 litrga teng suvni o‘lchash mumkin?

37, 24 va 2 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

39, 22 va 2 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

13 litr suvni o‘lchash mumkin?

38, 25 va 2 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

29, 14 va 2 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

11 litr suvni o‘lchash mumkin?

28, 14 va 2 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

10 litr suvni o‘lchash mumkin?

27, 12 va 3 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

30, 12 va 3 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

15 litr suvni o‘lchash mumkin?

28, 7 va 5 litrli uchta idish berilgan. Qanday qilib, ular yordamida

15 litr suvni o‘lchash mumkin?

2-Blank. Nazorat guruh uchun mo‘ljallangan.

26, 10 va 3 litrli hajmli uchta idish berilgan. Qanday qilib ular yordamida

10 litrga teng suvni o‘lchash mumkin?

28, 7 va 5 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

30, 12 va 3 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

15 litr suvni o‘lchash mumkin?

27, 12 va 3 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

28, 14 va 2 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

10 litr suvni o‘lchash mumkin?

201


38, 25 va 2 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

29, 14 va 2 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

11 litr suvni o‘lchash mumkin?

39, 22 va 2 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

11 litr suvni o‘lchash mumkin?

37, 24 va 2 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

9 litr suvni o‘lchash mumkin?

37, 21 va 3 litrli uchta idish berilgan . Qanday qilib, ular yordamida

10 litr suvni o‘lchash mumkin?

Natijalarni qayta ishlash:

1. Har bir sinaluvchi topshiriqlardan nechtasi ratsional va noratsional yo‘l

bilan yechganligini o‘zi aytishi lozim. 1-5 topshiriqlar shartiga ko‘ra, ular bitta

yechim bilan hal etiladi va yechimlar ratsionaldir. 6-10 topshiriqlar uchun ratsional

yechim esa arifmetik amallardan kam foydalanib yechiladi.

2. Eksperiment va nazorat guruhidan nechta sinaluvchilardan individual

tartibda noratsional usuldan foydalanganligi aniqlanadi.

202


GLOSSARIY

ATAMANING

O‘ZBEK TILIDA

NOMLANISHI

Abstraktsiya

(mavhumiylik)

ATAMANING

INGLIZ TILIDA

NOMLANISHI

Abstraction

ATAMANING RUS

TILIDA

NOMLANISHI

Абстракция

Adaptasiya Adaptation Адаптация

Anketa Questionnaire Анкета

Asab hujayra Neuron Нервная клетка

Assotsiatsiya Association Ассоциация

Bilish Knowledge Знание

Bosh miya Brain Головной мозг

Eksperiment Experiment Эксперимент

ATAMANING MA’NOSI

Narsalapning o‘ziga xos

belgi va xususiyatlarini, ular

o‘rtasidagi bog‘lanishlarni

predmetlarning muhim

bo‘lmagan belgi va

xususiyatlaridan ajratib

olishga qaratilgan fikrlash

operatsiyasidir.

Tashqi sharoitlarga

moslashish bo‘lib, buning

o‘zi analizatorlarning

o‘zidagi o‘zgarishlarni

sezish bilan bog‘liq

fiziologik adaptasiya va

yangi go‘ruhlardagi yangi

faoliyat

turiga

moslashishidagi ijtimoiypsixologik

adaptasiyalarga

ajratiladi.

Tez va qisqa muddatda

amalga oshiriladigan metod.

Markaziy asab tizimining

asosiy elementi bo‘lib,

organizmni qo‘zg‘atish

vazifasini bajaradi.

(Lot.-birlashtiraman,

bog‘layman, qo‘shaman)

psixologiyada - psixika

hodisalarining bog‘lanishi

tufayli ongimizda paydo

bo‘ladigan muayyan

tasavvurlar: o‘xshashlik

yoki qapama-qarshi

belgilarga ko‘ra boshqa

tasavvurlarni hosil qilish.

Psixik aks ettirish jarayoni

bo‘lib, bilimlarni egallash

va uni o‘zlashtirishni

ta’minlaydi

Psixikaning moddiy

asosidir

Asbob-uskunalar

yordamida amalga oshiriladi

203


Empatiya Emphatic Эмпатия

Etnopsixologiya Ethno psychology Этнопсихология

Evolyusiya Evolutions Эволюция

Faoliyat motivlari

Motives activity

Мотивы

деятельности

Faoliyat Activity Деятельность

Filogenez Phylogenies Филогенез

Gipofiz Hypothesis Гипофиз

Gipoteza (taxmin) Hypothesis Гипотеза

(Ang.-hamdardlik.o‘zini

boshqalar o‘rniga qo‘ya

olish) inson boshqalar hishayajoni,

g‘am-tashvishi,

qiyinchiliklariga emotsional

javob bera olish qobiliyati.

Dunyoning

jarayoni

rivojlanish

O‘qitish samaradorligini

oshirishga xizmat qiladi.

Insongagina xos, ong bilan

boshqaradigan ehtiyojlar

tufayli paydo bo‘ladigan va

tashqi olam bilan kishining

o‘z-o‘zini bilishiga, uni

qayta

qo‘rishga

yo‘valtirilgan faolligidir.

Dunyoni rivojlanish

boshlanishidan to hozirgi

kunga qadar davri

(Grekcha - o‘simta) - pastki

miya o‘simtasi. U ichki

sekretsiya bezi bo‘lib

hayvon va odamning bosh

miya umirtqasida

joylashgan. Gipofiz

gormonlari organizmning

ish faoliyatda muhim rol

o‘ynaydi. Gipofiz

funktsiyasining buzilishi

organizmning shakllanishi

va rivojlanishiga ta’sir etadi,

bunda gormonlarning ortib

ketishi yoki kamayib ketishi

kuzatiladi. Gipofiz

buzilishida bolalarning

bo‘yi o‘smaydi, moddalar

almashinuvi buziladi, jinsiy

bezlarning rivojlanishi

buzilishi natijasida semirib

ketish hollari kuzatiladi,

bola

psixikasida

intellektning buzilishini

xotiraning yomonlashishi

yuz beradi.

Ma’lum masalani

yechishning taxmini, uning

loyihasi.

204


Gippokamp Hippocampus Гиппокамп

Gnostikfaoliyat

Gnostic activity

Гностическая

деятельность

Identifikasiya Identification Идентификация

Ijtimoiy psixologiya

Individual izlanish

Social Psychology

Социальная

психология

Индивидуальное

исследование

Individuallik Individuality Индивидуальность

Insayt Inside Инсайд

Instinkt Instinct Инстинкт

Bosh miya qobig‘ining

qo‘yi qismida joylashgan

chiziq bo‘lib, oriyentasiya

reaktsiyasi va o‘rganishning

fiziologik mexanizmlarida

ishtirok etadi.

O‘z bilim va tajribalarini

oshirish maqsadida

pedagogik faoliyat va

shaxsiyatining yutuq va

kamchiliklarini tahlil qilish.

Bunda kasbdoshlar to‘g‘ri

idrok qilish uchun o‘zlarini

bir-birlarining o‘rniga

qo‘yibko‘rishga harakat

qiladilar.

Odamlarning ijtimoiy

guruxlarga birlashishini,

bu guruxiy tavsifni,

shaxsning guruxiy faoliyati

va xulq-atvorini. ijtimoiy

psixologik qonuniyatlar,

holatlar, xodisalar, ijtimoiy

ustanovka kabilarni

tadqiqkot qiluvchi

psixologiya soxasi.

“Men” obrazi asosida

o‘ziga xos o‘zlikni

anglash.

O‘ziga xos bo‘lgan

xususiyat

Miyaga echimning tezda

kelishi

Nasldan nasl o‘zgarishsiz

o‘tadigan tug‘ma xususiyat

Intellekt Mind Разум Aqliy taraqqiyot darajasi

Shaxsni o‘z fikrlari, sezgisi,

Introversiya Introversion Интроверсии kechinmalari, ya’ni o‘zo‘ziga

tayanishi.

Insonni biror bir

Iroda Will Воля

harakatlarni bajarishga

qaratilgan maqsad sari ongli

intilishi.

Har bir talabaga individual

yo‘l topishi va ular bilan

Kommunikativ Activity Коммуникативная

hamkorlik darajasida

faoliyat communicative деятельность

ishonchli munosabat

o‘rnatishi

(Lot-idrok etmoq) -

Konsepsiya Concept Концепция qarashlar sistemasi, farazlar

yig‘indisi.

205


O‘qituvchining har bir

Konstruktiv Constructive Конструктивная mashg‘ulotni o‘tkazish

faoliyat

activity деятельность uchun reja asosida (ishchi

reja) senariy tuzish .

Kuzatish Watching Nablyudeniye

Tabiiy xususiyatga ega

bo‘lgan metod.

Mavqe Status Статус Jamiyatdagi tutgan o‘rni

Motiv Motive Мотив

Motivatsiya Motivation Мотивация

Mutaxassislik Qualification Квалификация

Muxandislik

psixologiyasi

Engineering

psychology

Инженерная

психология

Nutq Language Речь

O‘yin Game Игра

Ong

Reflections

Consciousness

Сознание

Ontogenez Ontogenesis Онтогенез

Faoliyatga undovchi turtki,

omil..

Motivdan kengroq

tushuncha bo‘lib, “nega”,

“nima uchun”, va “qanday”

degan savollarga javob

qidiradi..

Kasbkorlikning, muayyan

sohaga yo‘naltirilganligi.

Bu psixologiya fani sohasi

bo‘lib, kishi mehnatining

psixologik xususiyatlarini

faoliyat jarayonida texnika

vositalari bilan munosabatda

bo‘lishida o‘rganadi. Shu

bilan birga bu soha mashina

va uskunalar loyihasini

yaratishda inson omillarini

hisobga olish talablarini

ishlab chiqadi.

Odamlarning til vositasida

muloqotda bo‘lish

jarayonidir.

Faoliyat turlaridan biri

bo‘lib, bu bolalarning

kattalar faoliyatini, ularning

ish-harakatlarini, kishilar

o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarni aks

ettirishda ifodalanadigan va

tebarak-atrofdagi borlikni

bilishga qaratilgan

faoliyatdir.

Psixikaning ob’yektiv va

sub’yektiv tarzda aks

etishidir.

Psixikaning oliy darajasi

bo‘lib, uni yaxlit holga

keltiruvchi tuzilmadir.

Ma’lum bir turning

rivojlanish bosqichlari

206


Parapsixologiya Parapsychology Парапсихология

Patopsixologiya Pathopsychology Патопсихология

Pedagogik

psixologiya

Psixik jarayonlar

Psixik taraqqiyot

Educational

psychology

The mental

Processes

Psychicdevelopment

Педагогик

психология

Психические

процессы

Психическое

развитие

Psixika Rsyche Психика

Psixodiagnostika Psychodiagnostiks Психодиагностика

Psixogramma Psycho gram Психограмма

Psixolingvistika Psycholinguistics Психолингвистика

Psixologik holatlar

Psychological

properties

Психологические

свойства

Psixologiya Psychology Психология

Xozirgi zamon fanining

chegarasidan tashqaridagi,

tushuntirish qiyin bo‘lgan

psixik xodisalarni urganadi.

Ekstrosensorika - unga

sezuvchanlik, telepatiyafikrni

masofaga uzatish,

kelajakka bashorat qilish va

xokazo. Parapsixologiya

muammosi baxsga molik

sohadir.

Psixologiya tarmoqlaridan

bo‘lib, turli kasalliklar

natijasida

psixik

taraqqiyotining izdan

chiqishini o‘rganadi.

Psixologiya tarmoqlaridan

bo‘lib ta’lim va tarbiya

qonuniyatlarini o‘rganadi.

Shaxs psixikasining aks

ettirish shakli bo‘lib,

atrofdagi voqelikni bilish

demakdir.

Insonning psixik jihatdan

rivojlanishi.

Tashqi olamni ongimizda

aks ettirilishidir.

“Psixologik tashxis

qo‘yish”degan

ma’nonianglatib, shaxsning

ruhiy holatida to‘liq yoki

biror bir alohida

xususiyatihaqida xulosa

chiqarishdir.

Kasbning psixologik portreti

bo‘lib, u anik kasbda

dolzarb bulgan psixologik

funktsiyalar guruhi bilan

namoyon bo‘ladi.

Psixologiyaning sohasi

bo‘lib nutq davrida

psixologik holatlarni

o‘rganadi

Psixikaning namoyon

bo‘lish shakli bo‘lib, shaxs

hulqida

hissiy

kechinmalarning va irodaviy

sifatlarni ifodalaydi.

“Psixo”-ruh, “logos”-

ta’limot.

207


Qobiliyat Capability Способность

Reaktsiya Reaction Реакция

Refleksiya Reflection Рефлексия

Sezgi Sensations Ощущения

Stimul Stimulus Стимул

Strategiya Strategy Стратегия

Stress (tanglik

ќolati)

Stress

Стресс

Sport psixologiyasi Sport psychology Психология спорта

Tafakkur Thought Мышления

Odamning ob’yektiv

borliqni sezgi, idrok,

tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va

boshqa psixik hodisalari

orqali aks ettirish jarayonini

o‘rganadigan fandir.

Shaxsning ma’lum

faoliyatdagi

muvaffaqiyatlarni va

osonlik bilan biron

faoliyatni egallay olishini

ta’minlaydigan yakka

psixologik xususiyatlaridir.

(Lot.-qarama-qarshi,

hapakat) - psixologiya va

fiziologiyada ichki va tashqi

muhitning turli ta’sirlariga

organizmning javob

harakati.

Boshqa odamning idrokiga

taalluqli bo‘lib o‘ziga

birovning ko‘zi bilan

qarashga intilishdir.

Sezgi organlariga bevosita

ta’sir etib turgan narsa va

hodisalarning alohida

xususiyatlarini aks

ettiruvchi jarayon.

(Lot.-quvlashmachoq) -

biror-bir harakatga

undamoq,

turtki.

Retseptorlarda qo‘zg‘alishni

vujudga keltiradigan tashqi

ichki ta’sirdir.

Kasbiy faoliyatini

asoslovchi o‘ziga xos uslub

yoki tamoyildir.

Kuchli quzg‘ovchilar

ta’sirida yuzaga keladigan

jiddiylik holati.

Sport musobaqalari va

mashqlanish faoliyatida

inson psixikasining

rivojlanishi, guruxiy

munosabatlarnint psixologik

qonuniyatlarini tadqiq

qiluvchi psixologiya soxasi.

Psixik aks ettirishning ancha

umumiy va bevosita usuli

bo‘lib, bu narsa va hodisalar

o‘rtasidagi o‘zaro

208


bog‘lanish

munosabatlarni

olishida ifodalanadi

va

bilib

Tamoyil Principle Принцип

Tasavvur Imaginations Воображение

Temperament Temperament Тамперамент

Tipologik tashxis

Diagnostics

typological

Типологический

диагноз

Turkumlash Classification Классификация

Ustanovka Setting Установка

Yuridik psixologiya

Law psychology

Юридическая

психология

Ziddiyat Conflict Конфликт

Zoopsixologiya Zoopsychology Зоопсихология

Ma’lum qonun-qoidlarga

asoslanishdir.

Sezgi

organlarga

qachonlardir ta’sir etgan

predmetlar va hodisalarning

yaqqol hissiy obrazi.

Shaxsning yakka psixologik

xususiyatlari majmui bo‘lib,

bu kishi faoliyati va xulqatvorining

dinamik va

emotsional tomonlari bilan

xarakterlanadi.

Sinaluvchi shaxsning

tushida olingan natijalarning

ahamiyati va o‘rni aniqlanadi

Kasblar yoki mehnat

turlarini tuglarga ajratib

o‘rganish

Kishining tevapak-atrofdagi

odamlarga

yoki

ob’yektlarga nisbatan

qanday munosabatda

bo‘lish, ularni ma’lum

darajada idrok qilish, sezish,

ularga baho berish va

qandaydir harakat qilishga

tayyorligini anglamagan

holati.

Huquq doirasidagi

munosabatlar odamlarning

psixik faoliyatini huquqiy

boshqarish mexanizmlari va

qonuniyatlarini o‘rganuvchi

psixologiya soxasi.

Kasbiy faoliyatdagi

jismoniy va ruhiy

zo‘riqishlarining namoyon

bo‘lishi

Psixologiya tarmoqlaridan

bo‘lib, hayvon psixikasining

taraqqiyotini o‘rganadigan

sohadir.

209

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!