02.01.2023 Views

ikki_eshik_orasi_[uzsmart.uz]

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

ichib bo‘lgunimcha dadam kavshandozda o‘tirib etigini

kiydi. Chap poyini darrov kiydi-yu, o‘ng poyida ancha

qiynaldi. Doim shunaqa bo‘ladi: dadamning o‘ng oyog‘i

qiyshiq. Urushda o‘q tegib tovonini uchirib ketgan.

Paytavani uch marta qaytadan o‘radi. Allakimni so‘kdi.

Keyin qaddini rostlab jigarrang shimining cho‘ntagidan

tamaki xaltasini oldi. Xaltachaning bog‘ichini bir

tortgan edi, og‘zi o‘zidan-o‘zi ochilib ketdi. Boshqa

cho‘ntagidan buklog‘lik gazeta chiqardi. Timoqlari sarg‘ayib

ketgan yo‘g‘on barmoqlarini xaltachaga suqib,

bir chimdim tamaki oldi-da, qog‘ozga to‘kdi. Qog‘ozni

burab-burab tili bilan bir hoilagan edi, papiros tayyor

bo‘ldi-qoldi. Papirosni mo‘ylovi tagiga tiqib, gugurt

chizdi. Dadam har gal gugurt chizganida mo‘ylovi yonib

ketmasaydi deb qo‘rqaman. Mo‘yloviyam yo‘g‘on-da,

o‘zi. Xuddi «Qora ammam»ning mushugini dumiga

o'xshaydi. Dikkayib turadi, sarg‘ayib ketgan. Xayriyat,

bu gal ham kuymadi.

- Qani, giroy, ketdikmi? - dedi og‘zidan tutun

chiqarib.

Otim giroy emas, Muzaffar. Choyxonadagi kishilar

meni giroy-giroy deyverib, dadamniyam o ‘rgatib

qo‘yishgan. Otimni aytib chaqirmaydi. Mayli, giroy

bo‘sam bo‘pman-da.

- Ketdik.

Ota-bola ko‘chaga chiqdik. Eshigimiz oldida bir

tup yong‘oq bor. Shunaqangi balandki, uchi osmonga

tegib turadi. Kuzda, yong‘oq pishganda dadam uzun

tayoq ko‘tarib ustiga chiqadi. Qarsillatib qoqadi. Men

terib olaman. Ammo hozir - yoz. Yong‘oq hali pishmagan.

Shunday qilib, «Qora ammam»nikiga yo‘l oldik.

Oldinda dadam cho‘loqlanib boryapti. Oyog‘ida etik.

Egnida ikki cho‘ntagi do‘ppayib chiqqan jigarrang shim.

Eski ko‘ylak. Boshida do‘ppi. Har qadam bosganida

o‘ng tomonga yiqilib ketayotganga o‘xshaydi. Lekin

yiqilmaydi. Faqat tez yurganida o‘ng oyog‘ining tagidan

ayniqsa ko‘p chang ko‘tariladi. Sudrab bosadi-da.

«Qora ammam»niki rosa uzoq. No‘g‘ayqo‘rg‘on

degan joyda. Yurav '* ’’ ’ 11 1 " z.

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!