02.01.2023 Views

ikki_eshik_orasi_[uzsmart.uz]

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

- Uxlayqol, - deydi shivirlab. Chandiqni silab-silab,

uxlab qolaman... Ertalab ko‘zimni ochsam uyda -

pisillab qolgan sovuq tancha chetida yotgan bo‘laman...

Kechqurun bo‘lsa dadam meni ko‘tarib, yana

choyxonaga olib chiqadi.

Xullas, choyxona - o‘zimizning uy. Lekin hozir choy

ichishga vaqtimiz yo‘q. «Qora ammam»nikiga tezroq

borish kerak. Ana, dadam tuproq yo‘lda to‘xtab, jahl

bilan o‘girildi.

- Bo‘lsang-chi! Hali-zamon kun yoyilib ketadi.

Dalaga chiqishim kerak.

Yurib-yurib, yong‘oqzor ichiga kirib qoldik. Bu yerdan

avval ham o‘tganmiz. Yong‘oqzor shunaqangi

qalinki, bahorda birovning sigiri adashib qolsa, kuzda

o‘zi qaytib chiqmaguncha egasi topolmasmish. Mana,

hozir ham nimqorong‘i, zax chakalakzordan ketyapmiz.

Yuragimni vahima bosadi: «Qora ammam» aytgan:

yong‘oqzorda ajina bo‘larkan. Odam adashib qolsa,

og‘zini qiyshaytirib ketarkan. Komil buvaning uyi shu

yong‘oqozoming ichida - Bo‘rijaming qoq ustida emish.

Komil buva ajinalardan qo‘rqmas ekan. Qaytaga og‘zi

qiyshayib qolganlami dori berib tuzatarkan. Shuning

uchun odamlar tabib buvani yaxshi ko‘rsa kerak-da!

Hammasiyam mayli-ku, hali Alvasti ko‘prikdan o‘tamiz.

Shunisi ayniqsa yomon. «Qora ammam»ning

aytishiga qaraganda urush paytida Alvasti ko‘prikda

jin-ajinalar ko‘payib ketgan ekan. Bir marta Robi opamgayam

daf qibdi. Opam zo‘rg‘a qochib qutulgan emish.

Ana, olisdan Alvasti ko‘prikning ovozi kelyapti.

Xuddi kattakon ajdar «kelaqol, seni yeyman», deb

vishillayotganday. Dadam bo‘lsa parvo qilmaydi. Besholti

qadam oldinda oqsoqlanib ketyapti. Jonholatda

ketidan yugurdim.

- Dada, charchadim.

Hecham charchaganim yo‘q-da! Qo‘rqyapman. Lekin

dadamga «qo‘rqyapman» deyishdan qo‘rqaman. Bir

marta Alvasti ko‘prikda ajina bormish deganimda, dadam

so‘kib bergan. «Bekor gap, hech qanaqa ajina-pajina

yo‘q, alvasti cho‘pchaklarda boiadi, o‘g‘il bolasan,

unaqa qo‘rqoq bo‘lma», degan. Bilaman, dadam yolg‘on

21

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!