13.07.2015 Views

AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI

AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI

AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Shu sababli hozirgi vaqtda dvigatellarda ko‘pincha qattiq elementlitermostatlar qo‘llanilmoda. Bunday termostat qalin devorli ballonga egabo‘lib ichiga, kengayish hajmi katta bo‘lgan serezin (neftyannoy vosk)aralashtirilgan mis kukuni to‘ldiriladi. Sovituvchi suyuqlik harorati(70±20S) dan oshgach, ballondagi qattiq aralashma eriy boshlaydi vauning hajmi kengayib, diafragma shtokni ko‘tarib, klapanni ochadi,natijada suyuqlikning ma’lum qismi radiator tomon yo‘naladi. Harorat(83±20S) ga yetganda klapan to‘la ochiladi va radiator orqali o‘tadigansuyuqlikning miqdori yanada ko‘payadi. Suyuqlik harorati pasayibballon ichidagi element xajmi qisqarsa klapan qaytargich prujinata’sirida yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana suv nasosiga o‘tib,kichik doira bo‘yicha aylana boshlaydi. Ba’zida (Tiko, Damasavtomobillari dvigatellari) termostat ballonida qattiq to‘ldirgich sifatidaqirrali parafin donalaridan (granula) foydalanilgan.2.4. Moylash tizimiMoylash tizimi dvigatel detallarining ishqalanuvchi yuzalarigayetarli miqdorda moy yetkazib berish bilan ulardagi ishqalanishni vayoyilishni kamaytirish vazifasini bajaradi. Shuningdek, ishqalanuvchiyuzalarni qisman sovitadi va ularda yeyilishdan hosil bo‘lgan metallzarrachalari bilan birga moy qurumlarini yuvadi, so‘ngra kartertubidagi ifloslangan moylarni filtrlaydi.Moy dvigatel detallariga sachratish, bosim ostida yoki aralashusulda berishi mumkun. Shunga ko‘ra, zamonaviy avtomobildvigatellarida asosan kombinatsiyalashgan (aralash) moylash tizimiqo‘llaniladi. Bu turdagi moylash tizimida katta yuklanib ishlaydigandetal yuzalariga moy nasos orqali bosim ostida majburiy, qolganlarigaesa sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi. Kombinatsiyalashganmoylash tizimi quyidagi detal, mexanizm va tuzilmalardan tashkiltopgan: moy karteri, moy qabul qilgich, moy nasosi, moy filtrlari, moyradiatori, moy klaponlari, moy kanallari, moyning satxi, bosim vaharoratni ko‘rsatuvchi asbob-uskunalar (26-rasm).Moylash tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:‣ moy karteri;‣ moy nasosi moy qabul qilgich bilan birga;40

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!