20.06.2013 Views

Ma`muriy huquq

Ma`muriy huquq

Ma`muriy huquq

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Davlat boshqaruvi shakllari ulardan kelib chiqadigan yuridik oqibatlarga kwra ikkiga bwlinishi

mumkin, ya`ni huquqiy shakllar va nohuquqiy shakllar.

Davlat boshqaruvining huquqiy shakllaridan hamma vaqt ma`lum bir yuridik oqibatlar kelib chiqadi.

Davlat organlari tomonidan boshqaruv faoliyatini amalga oshirshda eng kwp qwllaniladigan shakllar ham, aynan

huquqiy shakllar hisoblanadi.

Davlat boshqaruvining nohuquqiy shakllari esa yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ularning

asosiy vazifasi davlat boshqaruvining huquqiy shakllari amalga oshirilishiga xizmat qilishdir. Boshqacha

aytganda nohuquqiy shakllar orqali huquqiy shakllar rwyobga chiqariladi.

Huquqshunos olimi X.R.Alimovning fikricha: davlat boshqaruvining huquqiy shakllari ikkiga

bwlinadi: huquq me`yorlarini wrnatish; huquq me`yorlarini qwllash.

Davlat boshqaruvining nohuquqiy shakllari ham ikkiga bwlingan: tashkiliy chora-tadbirlarni amalga

oshirish; moddiy-texnik operatsiyalarni amalga oshirish.

Boshqa olimlarning fikricha esa, davlat boshqaruvining shakllarini: huquqiy aktlarni qabul qilish;

tashkiliy ishlar wtkazish; moddiy-texnik tadbirlarni qwllashga bwlish mumkin.

Davlat boshqaruvida akt qabul qilishda farmoyish berish huquqi yaqqol kwrinib turadi. Huquqiy akt

qabul qilish ywli bilan davlat boshqaruv organi wz vakolatidan foydalanadi.

Davlat boshqaruv organlariga huquqiy akt qabul qilish uchun turli vakolatlar beriladi. Davlat

boshqaruv organlari huquqiy aktlar yordamida yangi umumiy tartibni wrnatishlari mumkin yoki bir shaxsgagina

tegishli holatni belgilashlari mumkin.

Tashkiliy tadbirlar davlat boshqaruvida eng kwp uchraydi. Bu tadbirlar davlat boshqaruvida qwyilgan

vazifalarni bajarish uchun odamlarni jipslashtirish, apparatda aloqalarni mustahkamlash, boshqaruv ishini tashkil

etish uchun qwllaniladi. Ularni qwllash uchun hech qanday huquqiy akt qabul qilinmaydi. Bu tashkiliy ishlar bir

xil masalalar bwyicha ma`ruza qilish, majlis wtkazish va boshqa tarzda amalga oshiriladi.

Moddiy-texnik tadbirlar huquqiy kuchga ega bwlmasdan, ularning yordamida: hujjatlarni tayyorlash,

axborotlar yig`ish, ularni tahlil qilish huquqiy akt qabul qilish uchun uning loyihasini e`lon qilish kabilan

ifodalanadi. Ularning yordamida davlat boshqaruvining yuqorida kwrsatib wtilgan tadbirlari amalga oshiriladi,

boshqaruv ishlari mexanizatsiyalashtiriladi va avtomatizatsiyalashtiriladi.

Yuqorida kwrsatib wtilgan davlat boshqaruvi shakllari bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir. Shu

sababli davlat boshqaruvida ulardan kompleks ravishda foydalaniladi. Kwrsatilgan shakllardan foydalanish

vaqtida davlat boshqaruv organlari hamma vaqt davlat nomidan ma`muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashadi.

Davlat boshqaruvining moddiy-texnik shakllari, Yu.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv personali

tomonidan emas, balki, ularga xizmat kwrsatuvchi personal tomonidan amalga oshiriladi. Tashkiliy harakatlar

esa, moddiy-texnik shakllardan farq qilgan holda, ularni davlat xizmatchilari - ma`muriy-boshqaruv ishchilari

tomonidan amalga oshiriladi.

Ma`muriy-huquqiy shakllar turli-tuman kwrinishlarga ega bwlib, davlat boshqaruvi harakatlarining

wziga xos tizimini tashkil etadi:

A) huquqiy ifodalanish darajasiga kwra: asosiy (huquqiy aktlarni qabul qilish) va unga asoslanuvchi, ya`ni

ma`lum bir huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlar (rwyxatga olish, ruxsat berish, nazorat,

ogohlantiruv, cheklov, ta`minlov harakatlari, litsenziyalash, sanktsiyalash va boshqalar). Barcha holatlarda

boshqaruvning huquqiy aktlarini qabul qilish bilan bog`liqligini inobatga olish lozim;

B) natidalarga kwra: pozitiv tartibga solish (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tasdiqlash) yoki davlat

boshqaruvi sohasidagi negativ hodisalarga e`tibor berish;

V) ywnaltirilganligiga kwra: davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etuvchi (tashqi

ywnaltirilganlik) yoki quyi boshqaruv apparatiga ta`sir etuvchi (ichki ywnaltirilganlik);

G) hajmiga kwra: umummajburiy yoki konkret ob`ektga qaratilgan;

D) masshtabiga kwra: ijro hokimiyatining butun tizimi (davlat boshqaruvi) yoki mazkur ijro organi ichida ishchi

apparatni tugatish (wzini qayta tashkil etish);

E) vakolat doirasiga kiradigan masalalarni hal etish usullari va xususiyatiga kwra: protsedur (masalan, boshqaruv

qarorini tayyorlash va qabul qilish) yoki protsessual (masalan, ma`muriy ish yuritish doirasida);

J) sub`ekt bwyicha ifodalanishiga kwra: bir tomonlama ifodalash yoki ikki va kwp tomonlama ifodalash

(masalan, ma`muriy-huquqiy shartnomalar);

Z) tashabbuskorlikka kwra: ijro hokimiyati sub`ektlarining wzining tashabbusi bilan yoki boshqalarning

tashabbusi bwyicha (masalan, fuqarolarning shikoyatlari bwyicha);

I) qwllash sharoitlariga kwra: me`yorl ijtimoiy hayot yoki favqulodda yoki harbiy holatda;

K) davlat boshqaruvining boshqa sub`ektlariga bwlgan munosabatga kwra: qonunchilik (davlat vakillik

organlari) yoki sud organlari bilan bwladigan munosabatlarda qwllaniladigan;

L) boshqaruv ob`ektining xususiyatiga kwra: mulkchilik shakliga kwra (davlat, kooperativ, aktsionerlik, tijorat,

jamoa, xususiy, yakka ob`ektlar);

M) yuridik mohiyatiga kwra: ruxsat beruvchi, taqiqlovchi yoki majburiyat yuklovchi bwlishi mumkin.

Shunday qilib yuqoridagilarga asoslanadigan bwlsak, davlat boshqaruvi, shu jumladan ijro hokimiyati

faqatgina ma`muriy-huquqiy shakllar orqali amalga oshirilishi mumkin. Davlat-boshqaruv faoliyati ikkala shakl

orqali ham, ya`ni huquqiy va nohuquqiy shakl orqali ifodalangan bwlishi mumkin.

Davlat boshqaruvi oldida turgan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirishning birinchi va asosiy shakli - bu

davlat boshqaruv aktlarini qabul qilishdir.

36

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!