13.07.2015 Views

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

Madaniyatlilik deb ichki ishlar organlari xodimlari aqliy va ijtimoiykamolotining qanchalik rivojlanganligini, uning jamiyat va davlatmanfaatlariga mos kelishini ifodalovchi ichki va tashqi axloqiy-estetik,siyosiy-huquqiy qarashlar va xatti-harakatlarning muayyan tizimiga aytiladi.Yuksak madaniyat sohibi bo‘lgan xodimgina xalqdan o‘zini ajratmaydi,uning diliga oshno, dardiga malham bo‘ladi.<strong>Madaniyatshunoslik</strong> fani bevosita ichki ishlar organlarixodimlari faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Chunki har bir ichkiishlar organlari xodimining bevosita fuqarolar bilan muloqotqilishda, moddiy va ma’naviy boyliklarimizni asrab- avaylashida,qolaversa, madaniyatli shaxs sifatida kamol topishida bu fanningo‘rni beqiyosdir.Madaniyat — jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning engmuhim jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmaganidek,madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Murakkabijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o‘ziga xos xususiyatishundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o‘zigasingdirib oladi, saqlaydi va doimiy ravishda boyitib boradi.Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisiyligi, qadriyatlarni to‘plash vaularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgansohalarni ifodalaydi.Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasimilliy-ma’naviy, madaniy merosimizni tiklash, bu muammoni davlatsiyosati darajasiga ko‘tarishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ydi.O‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligini tiklash quyidagi asosiyomillarda ko‘rinadi: xalqning ma’naviy-madaniy ildizini tiklash; tiklanayotgan har bir merosga alohida e’tibor va munosabatdabo‘lish; umuminsoniy qadriyatlarni boyituvchi, insonparvarlik tamoyillarigamos tushuvchi, jamiyatimiz yangilanishiga xizmat qiluvchimilliy madaniyatimizning madaniy va axloqiy jihatlarini tanlab olish; umuminsoniy qadriyatlarga milliy va zamonaviy madaniyatimizniqo‘shish natijasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish; ongi va tafakkuri mustaqillik ruhini yarata oladigan yangi avlodintelligent-ziyolilarini tarbiyalash.Ushbu tamoyillar bevosita ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiningasosiy tamoyillariga ham aylanmog‘i kerak.26

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!