13.07.2015 Views

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

2-MAVZU. JAHON MADANIY TARAQQIYOTININGASOSIY QONUNIYATLARI Moddiy va ma’naviy madaniyat hamda ularning o‘zaro aloqadorligi Madaniyat va sivilizatsiya. Madaniyatning asosiy turlari vayo‘nalishlari Madaniy va ma’naviy merosni saqlash va himoya qilishda ichkiishlar organlari xodimlarining o‘rni1. Moddiy va ma’naviy madaniyat hamdaularning o‘zaro aloqadorligiMadaniy jarayoning o‘ziga xosligi shundaki, madaniyat hodisasihar doim shakl va mazmun, borliq va munosabat, narsaningmavjudligi va uning ramziy mazmuni uyg‘unligiga ega bo‘ladi.Moddiy madaniyat va ma’naviy madaniyat madaniyatning ikkiasosiy sohasi bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro aloqada, o‘zaro ta’sirda vabir-birini taqozo qilgan holda rivojlanadi. Moddiy madaniyat hardoim muayyan ma’naviy madaniyatning timsoli hisoblanadi, o‘znavbatda, ma’naviy madaniyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir,ramzlarda moddiy uyg‘unlikda mujassam bo‘ladi.Moddiy madaniyatning ma’naviyatdan tarixan ayriligi faqatinsoniyat taraqqiyotining boshlang‘ich davrlarigagina xosdir.Jamiyatda ma’naviy faoliyat maxsus sohaga aylangach, axloqiymezonlar, din, san’at, huquq, siyosat, fan shakllanib, ma’lumdoiradagi kishilar bu soha bilan shug‘ullana boshladi.Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda, faqat ma’naviymadaniyat nazarda tutilgan. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik,go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan. Shuning uchun birinchio‘rinda ilmiy tadqiqotlarning asosi fan, axloq, nafosat bo‘lib kelgan.Natijada jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotini o‘rganishgae’tibor berilmagan. Moddiy madaniyat tadqiqot uchunqiziqarsiz hisoblangan.Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyotiva texnologiyalarning tezda almashishi madaniyatshunoslarniinsoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi.32

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!