13.07.2015 Views

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

Madaniyatshunoslik. Arziqulov D.N. Ma'ruzalar kursi. – Toshkent ...

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sivilizatsiya kishiga bog‘liqbo‘lmagan, uning tashqarisida sodir bo‘layotgan tashqi hayot, olam,tashqi jarayondir. Madaniyat esa buning aksi bo‘lib, u aynan kishi ichkidunyosida vujudga keladigan jarayondir. Madaniyatning unday yokibunday bo‘lishi kishi ichki dunyosining qay darajada boy yoki nochorekanligidan dalolat beradi.Sivilizatsiya <strong>–</strong> avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyatningo‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘znavbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki,umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rishimkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularnibosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi-yangi xalq vadavlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniyqadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolibketishi ham mumkin.Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagonasivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizatsiyasi).Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yokibo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham,sivilizatsiya tarixi <strong>–</strong> madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish <strong>–</strong>undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.Sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishini, uning realmavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyatningsivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas.Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomonidanyaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirganholda shakllanishi, kamol topishi mumkin.Madaniyat kelib chiqish jihatidan bir butunlikdagi yaxlit hodisadir.Lekin u hamisha izlanishda, rivojlanishda bo‘ladi. Demak, madaniyat o‘zxususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Ming yil ichida madaniyat shudarajada o‘zgaradiki, bemalol u madaniy holat bilan bu madaniy holato‘rtasidagi sifat darajasini farqlash mumkin. Bu davrda yuz bergano‘zgarishlarga qarab hattoki bemalol, o‘zaro o‘rin almashgan madaniyatturlari va shakllarini ajratsa bo‘ladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida,parallel ravishda yashagan madaniyat turlari va shakllari ham mavjudbo‘lgan. Er. av. V asrda mavjud bo‘lgan qadimgi Gretsiya madaniyatibilan shu davrda sayyoramizning boshqa nuqtasida rivojlanayotganmadaniyat o‘rtasida farq bo‘lishi tabiiydir.40

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!