06.06.2013 Views

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

5. Hundred, thousand, million sonlari oldidan two, three, four va boshqa

sanoq sonlar kelganda ularga -s qo‘shimchasi qo‘shilmaydi: two hundred,

three thousand, four million. Hundred, thousand, million sonlari yuz lab,

minglab, millionlab ma’nosida kelib, noaniq miqdorni bildirganda ularga –s

qo‘shimchasi qo‘shiladi va bu holda ular otga aylanadi hamda of predlogi

bilan ishlatiladi:

Hundreds of students were present

at the meeting.

Thousands of people greeted the

Russian representatives.

153

Majlisda yuzlab talabalar qatnashdilar.

Minglab odamlar rus vakillarini

olqishladilar.

Izoh: million soni oldidan two, three kabi sonlar kelganda va undan keyin boshqa sonlar

kelmasa, ular -s qo‘shimchasini oladi va otga aylanadi. Bu holatda million otidan keyingi ot

of predlogi bilan ishlatiladi: two millions of books — ikki millionta kitob.

6. Qo‘shma uch xonali sonlarning o‘nliklaridan oldin (agar ular bo‘l masa

birliklardan oldin) and bog‘lovchisi qo‘yiladi:

375 three hundred and seventy-fi ve; 305 three hundred and fi ve;

2,075 two thousand and seventy-fi ve; 2,005 two thousan and fi ve;

1,225,375 one million two hundred and twenty-fi ve thousand three

hundred and seventy-fi ve.

7. Angliya va AQSHda pul summasi quyidagicha aytiladi:

1) ingliz pul birligi pound funt yoki pound sterling funt sterling qisqartirilgan

₤ belgisi (lotin tilidagi libra so‘zidan olingan) bilan ishlatiladi. Agar

u sondan oldin qo‘yilgan bo‘lsa, ₤1 (one pound yoki one pound ster ling

deb o‘qiladi); ₤25 (twenty-fi ve pounds yoki twenty-fi ve pounds ster ling deb

o‘qiladi);

2) shilling pul birligi (1/20 funt) qisqartirib s. harfi bilan ifodalanadi; 12s.

(twelve shillings deb o‘qiladi). Shilling (penslar bo‘lmaganda) son dan keyin

qiyshiq kasr chizig‘i bilan ifodalanadi: 12/ —, 18/ —;

3) penny pens pul birligi (1/12 shilling) qisqartirib d. harfi bilan

ifodalanadi (lotincha denarus dinar so‘zidan olingan) va u sondan keyin

qo‘yi ladi: 1d. (one penny deb o‘qiladi); 6 d. (sixpence deb o‘qiladi). Penslar

ham (shillinglar bo‘lmaganda) sondan oldin qiyshiq chiziq va tire bilan

ifodalanadi: — /1, — /8. penslar miqdori ko‘rsatilganda pence so‘zi son

bilan qo‘shib yoziladi: twopence, threepence, sevenpence, elevenpence;

4) shillinglar va penslardan iborat summalar quyidagicha ifodalanadi: 2 s. 6 d.

yoki 2/6 (two shillings and sixpence yoki two and six deb o‘qiladi);

5) funtlar, shillinglar va penslardan iborat pul summasi quyidagicha

ifodalanadi: ₤ 25 12s.; ₤25.12.8; ₤25/12/8; ₤25:12:8; ₤ 25 — 12 — 8;

(twenty-fi ve pounds twelve shillings and eightpence yoki twenty-fi ve pounds

twelve and eight deb o‘qiladi);

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!