06.06.2013 Views

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Ko‘chirma gapdagi The ship will arrive at the end of the week gapi

mustaqil, alohida bir gapdir. O‘zlashtirma gapdagi that the ship will ar rive

at the end of the week gapi to‘ldiruvchi ergash gap, u alohida ishlatil maydi.

He has said bosh gap.

2. Ko‘chirma gaplardan oldin odatda vergul qo‘yiladi. Ammo uzun

matnlardan oldin ikki nuqta qo‘yiladi. Ingliz tilida qo‘shtirnoq ko‘chirma

gapning boshida ham, oxirida ham qatorning yuqorisiga qo‘yiladi.

3. Ko‘chirma gaplar darak gaplar, so‘roq gaplar va buyruq gaplarga

bo‘linadi.

DARAK GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPLARGA AYLANTIRISH

Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishda quyidagi

o‘zgartirishlar qilinadi:

1. Bosh gap bilan ko‘chirma gap o‘rtasidagi vergul va qo‘shtirnoqlar

tushirib qoldiriladi. O‘zlashtirma gap oldida that bog‘lovchisi qo‘yiladi,

ammo bu bog‘lovchi ko‘pincha tushib qoladi:

Ko‘chirma gap: O‘zlashtirma gap:

He says, «Mary will do it».

U deydi: «Meri buni qiladi».

300

He says (that) Mary will do it.

U Merining buni qilishini aytadi.

2. Agar bosh gapda to‘ldiruvchisiz say fe’li ishlatilgan bo‘lsa, o‘zlashtirma

gapda to say saqlanib qoladi. Agar ko‘chirma gapda to say fe’li dan

keyin to‘ldiruvchi kelgan bo‘lsa, ko‘chirma gapdagi to say fe’li o‘zlash tirma

gapda to tell fe’li bilan almashtiriladi:

Ko‘chirma gap: O‘zlashtirma gap:

He says, «Mary will come

in the evening». U deydi:

«Meri kechqurun keladi».

He has said to me, «The

negotiations have begun».

U menga dedi: «Muzo karalar

boshlandi».

He says that Mary will come in the

evening. U Merining kechqurun ke-

lishini aytadi.

He has told me that the negotiations

have begun. U menga

muzokaralar boshlanganligini

aytdi.

Izoh: To saydan keyin vositali to‘ldiruvchi to predlogi bilan ishlatiladi, to telldan keyin

esa vositali to‘ldiruvchi predlogsiz ishlatiladi.

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!