06.06.2013 Views

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

PREDLOGNING GAPDAGI O‘RNI

1. Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlov chisi

bo‘lsa, predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:

He works at a factory. U fabrikada ishlaydi.

He works at a large factory. U katta fabrikada ishlaydi.

2. Ammo quyidagi hollarda predlog o‘zi qarashli bo‘lgan so‘zning oldida

emas, gapning oxirida keladi (fe’ldan keyin keladi, agar to‘diruvchi bo‘lsa,

to‘ldiruvchidan keyin keladi):

a) ko‘chirma va o‘zlashtirma so‘roq gaplarda, predlog what, who

(m), which olmoshlariga yoki where ravishiga qarashli bo‘lganda gapning

oxirida fe’ldan keyin, agar to‘ldiruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan

key in kelishi mumkin. Ammo predlog so‘roq so‘zlardan oldin ham kelishi

mumkin:

What are you looking at?

Siz nimaga qarayapsiz?

(=At what are you looking?)

Who(m) did he speak to?

U kim bilan gaplashdi?

(=To whom did he speak?)

Ask him where he got this

book from. (=Ask him from

where he got this book.)

200

Undan bu kitobni qayerdan olganligini

so‘rang.

b) aniqlovchi ergash gaplarni bosh gaplarga bog‘laydigan nisbiy

olmoshlarga qarashli predloglar gapning oxirida fe’ldan keyin, agar to‘ldiruvchi

bo‘lsa, to‘ldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Predloglar nisbiy

olmoshdan oldin ham kelishi mumkin:

The house which he lives in is very U yashaydigan uy juda katta.

big.(= The house in which he lives

is very big.)

Nisbiy olmosh tushib qolsa, predlog doimo fe’ldan keyin keladi:

The house he lives in is very big.

c) egasi aniq maylda to‘ldiruvchi bo‘lib kelishi mumkin bo‘lgan majhul

birikmalarda predlog gapning oxirida keladi:

He was laughed at (Taqqoslang: Uning ustidan kulishdi.

They laughed at him).

The doctor was sent for (Taqqos- Doktorga odam yuborishdi.

lang: They sent for the doctor).

d) aniqlovchi bo‘lib kelgan infi nitivli birikmalarda predlog infi nitivdan

keyin keladi:

I have no pen to write with. Menda yozish uchun ruchka yo‘q.

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!