06.06.2013 Views

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI - Saytga o`tish

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

Would you tell me the time, please? Iltimos, vaqtni aytib yubora

olmaysizmi?

Modal fe’llar

Umumiy ma’lumotlar

1. Can (could), may (might), must, ought to, need modal fe’llar

bo‘lib, mustaqil holda ishlatilmaydi, ular asosiy fe’lning infi nitivi bilan

ishlati ladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish imkoniyatini,

qobiliyatini, ehtimolligini, zarurligini bildiradi. Modal fe’llar asosiy fe’l

bi lan birgalikda gapda qo‘shma kesim bo‘lib keladi:

He can do it himself. Buni uning o‘zi qila oladi.

They may come tonight. Ular bu oqshom kelishlari mumkin.

I must speak to him. Men u bilan gaplashishim kerak.

This work ought to be done at Bu ish zudlik bilan qilinishi ke rak.

once.

You needn’t do it. Siz buni qilishingiz kerak emas.

2. Modal fe’llar nuqsonli fe’llar (Defective Verbs) bo‘lib, ularning

bosh qa fe’llarga o‘xshash hamma shakllari yo‘q. Can va may fe’llarining

hozirgi va o‘tgan zamon shakllari bor: can-could, may-might. Must,

need, ought to fe’llarining faqat hozirgi zamon shakllari mavjud. Modal

fe’llarning infi nitiv, sifatdosh va gerund kabi shaxsi noma’lum shakllari

mavjud emas.

3. Modal fe’llardan keyin asosiy fe’l to yuklamasisiz ishlatiladi:

I can do it. Men buni qila olaman.

You may take it. Siz uni olishingiz mumkin.

I must go there. Men u yerga borishim kerak.

You needn’t do it. Sizga buni qilish zarur emas.

You ought to help him. Siz unga yordam berishingiz kerak.

4. Modal fe’llar hozirgi zamonda 3-shaxs birlikda -s qo‘shimchasini

olmaydi: He can do it. U buni qila oladi. He may take it. U buni olishi

mum kin. He must go there. U u yerga borishi kerak. He ought to help him.

U unga yordam berishi kerak. Need he do it? U buni qilishi kerakmi?

5. Bo‘lishsiz gaplar yasashda modal fe’ldan keyin not inkor yukla masi

qo‘yiladi: You may not take it. He must not go there. He ought not to

help him. He need not do it. Og‘zaki nutqda bo‘lishsiz shakl ko‘pin cha

qisqarib ketadi:

23

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!