13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyHasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beriajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayolichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi.Hasanali bekning hozirg‘i ipidan-ninasigacha bo‘l-g‘an qiziq holini uzoq kuzatib turdi.Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishidan zerikdi.— Menda yumushingiz yo‘qmi?Otabek bu gapni onglamadi shekillik, Hasanalining yuziga ko‘tarilib qaradi-da, yanako‘zini bir nuqtag‘a tikib qoldi. Bu holatdan Hasanalining andishasi ortib, bekning bunchalikangravlanishig‘a qanday ma’no berishini ham bilmas edi. Otabek shu holda tag‘inqanchag‘achadir o‘lturdi, nihoyat uyqudan uyg‘ong‘an kishidek so‘chib o‘zini kuzatkuchigaqaradi:— Chiqib yotmaysizmi?— Menda yumushingiz yo‘qmi?— Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting.Hasanali sham’ni olib, o‘z hujrasiga chiqdi. Uning hujrasi Otabekning bilan bir qatordabo‘lib, gazmol, poyafzal va shuning singari mollar ila to‘lg‘an va Otabekdan boshqa, alohidahujrada turishi ham shu mollarni saqlab yotish uchun edi. Hasanali o‘rnini yozar ekan«tavba» deb qo‘ydi.Yuqorida so‘zlang‘anidek, Otabekdagi bu holatni biror haftalardan beri payqasa hamhozirgidek andishaga tushmagan va bunchalik diqqat etmagan edi. Xo‘ja-zodasidagi buholat uni har turlik mulohazalarga olib keta boshladi. To‘shagi ustiga o‘lturib, oq soqolinio‘ng qo‘li bilan tutamlab o‘ylar edi: savdo to‘g‘risida biror xato qildimi, Ziyo shohichinikidataomdan tuzukroq totinmadi, biror og‘rig‘i bormikan... Musofirchiliqda og‘risa... Ammo bumulohazalarining bittasiga ham o‘zi qanoatlanmadi. Zero savdo to‘g‘rilari undan yashirinemas, og‘rig‘anda ham albatta shikoyat eshitar edi.O‘ylab-o‘ylab bir narsaga ham aqli yetalmagach, o‘rnidan turib toqchada yonib turgansham’ni o‘chirdi. Hujra orqa-o‘ngni ajratib bo‘lmasliq qorong‘ilandi. Qo-rong‘ida turtinibhujra eshigiga keldi-da, avaylab g‘ijirlatmay eshikni ochdi va sekingina tashqarig‘a boshchi-qarib saroyni kuzatdi. Kishi yo‘qliqqa qanoat hosil etib, mahsichan oyog‘ini ohista qo‘yibOtabek hujrasining yonida to‘xtadi, saroyni yana qarab chiqdi. Saroy qop-qorong‘i, tinchuyquda, ammo bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xashak chaynashlari vaatrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarig‘ina buzar edilar. Hasanali sekingina daricha ostig‘ayotib hujra ichiga quloq soldi. Hujra ichi tinch edi. Oradan uch-to‘rt daqiqa fursat o‘tibhujradan ship etkan tovush eshitmadi. Tag‘in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so‘ngrao‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lg‘an edi, ichkaridan «ufff» degan ixrash eshitdi. Hasanaliningquloqlari tikkayib o‘rnidan turdi, ko‘zi olalang‘an edi.— Bek og‘riq, — dedi ko‘ngildan va jazmlanib hujra eshigiga yurib keldi. Eshikni ochibOtabek yonig‘a kirmoqchi edi. Eshikni itarishka borg‘an qo‘lini qoldirib «balki og‘riqemasdir» deb to‘xtaldi. Yana kiraymi, yo‘qmi, deb ikkilanib turg‘andan keyin yurib, o‘zininghujrasiga keldi. Ammo Otabek to‘g‘risidagi tashvishi boyag‘idan o‘n qayta ortqan edi.Yeshinib uxlarg‘a yotqan bo‘lsa ham bekning xususi uni ko‘z yumg‘ali qo‘ymadi. Bekto‘g‘risida har turlik xayollarga bormoqda edi. Yusufbek hojining «O‘g‘lim yosh, sendunyoning issiq-sovug‘ini tatig‘an va manim ishongan kishimsan. O‘g‘limning har birholidan xabar olib turish sening vazifangdir», deb ta’kidlashi, Otabekning onasi — O‘zbekoyimning yoshliq ko‘z bilan: «Seni xudoga, Otamni senga topshirdim!» — deb yolborishlari,zorillashlari uning quloqlari ostida takrorlang‘andek bo‘lar edilar. Uxlab ketalmadi.Ko‘ynakchan egniga choponini yopinib o‘rnidan turdi, hujradan chiqib Otabek darichasiostig‘a yana kelib o‘lturdi.Tun ayoz, izg‘iriq yel to‘rt tarafka yugurib jon achitmakchi bo‘lar edi. Hasanali yarimyalang‘och holda junjayib daricha ostida, izg‘iriq quchog‘ida o‘lturar erdi. Ul yegan10

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!