13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyelashkan cho‘p-xaslarni supira borish lozim. Mana shundagina to‘kilgan qonlar o‘rinlik vamashru’, berilgan boshlar chin qurbon hisoblanadirlar. Yo‘qsa, sizning bosh olishingiz hamanovilarning qirg‘inidan farqlik bo‘lolmas, — dedi va bir oz to‘xtab olg‘andan keyinafsuslandi, — shu yoshg‘a yetib bu xalq orasida haligi jamoani uch-to‘rt nafardan ortiquchratolmadim, afsus.Yana bir muncha gaplar o‘tkandan keyin hammalari masjidga chiqib peshinni o‘qubkirish uchun qo‘zg‘al-dilar. Otabek ham ko‘bchilik bilan birga qo‘zg‘alg‘an edi, Hasanali unito‘xtatdi:— Siz to‘xtangiz, Otabek, — dedi. Kishilar havli yuziga tushkandan keyin, — ichkarigabir kirib chiq-masangiz ayb bo‘ladir... Boyag‘i ishingizni bo‘lsa zo‘rg‘a yolg‘on-yashiq bilanularning ko‘nglidan chiqardim.Otabek nihoyatda bo‘shashqan holda qaytib o‘rniga o‘lturdi:— Mayli, bo‘lmasa... — dedi.10. HASANALINING HIYLASIKishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albattabuni biz qattig‘ qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshi-mizg‘a yo‘lbars chiqsa,biz qattig‘ qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lum kutadir, inson uchun dunyoda o‘lumdan qo‘rqunchnarsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘ishundakim, bizni dunyo baxti kutkanda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lumkutkandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz (o‘rganizmamiz) birinchidagi holatnikechiradir?Otabek ham hozir shu keyingi holatka tushkan edi. Erta bilandan boshlang‘an bu holatHasanalining ke-yingi so‘zi bilan tamom bir dahshat kasb etdi va hushsizlarcha o‘lturibqoldi.Hasanali kirgandan so‘ng qilinadirg‘an muomalani ta’lim berdi:— Onangiz bilan Zaynab anovi mojarolaringizdan xabarsizdirlar, buni qayin onangizbilan kelinga ham uqdirib qo‘yg‘anman. Ular bilan so‘rashib, so‘zlashqa-ningizda, go‘yo uchoydan berigina ko‘rishmaganlardek bo‘lingiz.Otabek bo‘zarib entikdi:— Ul-ku oson... — dedi.— Qiyini qaysi?— Shu choqg‘acha tushunmadingizmi?Hasanali Otabekning yuziga uzoq tikilib qoldi...— Yigit emasmisiz, ey barakalla.— Yigitlik bilan yurakni to‘xtatish...Hasanali ham o‘ylab qoldi. Darhaqiqat, Otabekning hozirgi holi nozik edi. Hasanali birnecha qayta bosh qashinib va soqol tutamlab o‘ylandi. Nihoyat, o‘zicha kulindi:— To‘xtang bo‘lmasa,— dedi,— men bir ish qilayki...— Nima ish qilmoqchisiz?— Siz hozir so‘ramang, ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topishtiring.Otabek kuchlanib kuldi:— Nima, axir? — deb yana so‘radi.— So‘ramang, — dedi Hasanali, — siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni o‘quybering.Hasanali shu so‘zni aytib mehmonxonadan chiqdi. Otabek Hasanali tarafidan tashir1etilgandek, turib tahorat oldi va mehmonxonaga kirib «tarobih» boshladi... Oradan yarimsoat chamasi vaqt o‘tkan edi, Hasanali ichkaridan chiqib keldi.Otabek esa hanuz ruku’da2, sujudda3 edi.178

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!