13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Yig‘labmanmi?— Ko‘zingiz, kiprakingiz...— O‘zi shunaqa...— Yig‘latg‘an men emasmi?— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.— Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi?— Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandirqo‘rqg‘andek shoshib aytdi.— Ko‘ndingiz... nega, a?Otabek hayrat va taajjub ichida edi.— Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman...— Shuning uchun...— Shuning uchun ko‘ndim...— Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek.— Sizning ham ko‘nglingiz...Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edishu vaqt.— Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz?Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan:— O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’ibo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘ztopolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javobberish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi:«Ota-ona orzusi...»— Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush.— Manim orzumni ham bilasizmi?Kumush Otabek yaqinig‘a surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlaberkalandi...* * *Qutidor tarafidan ertaga Toshkand jo‘nash e’loni berildi. Ikkisining hamma vaqtlarisham’ yonida so‘zlashib kechdi...3. QOVOQ DEVONANING BELBOG‘IOch qoring‘a salimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonaga Qovoqdevonaning kirishi bilan unga so‘z qota qoldilar:— Keling-keling, devona!— Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari?— Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilan sizniki.Qovoq devona deganimiz o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshio‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppichopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilimqovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osqan; qovoqlarningog‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi. Budevona Toshkandning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan; qisqasi, shaharningkatta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar ortdirg‘an va ko‘blarning tarafidan qilg‘an karomatlaririvoyat etilgan bir majnun edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo82

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!