13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy15. DUSHANBA KUN KECHASIBu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qoraquchog‘ig‘a olg‘an qorong‘i bir tun edi va bulardan qaysi birlarining so‘ng soatlari yetkanligishu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi. Otabek bu ikki holdan tabi’iy birisini bu soat o‘ziningko‘z o‘ngida ko‘rar va shunga hozirlanar edi esa-da, ammo Homidning xayoli faqat gulginaiskar, gul sayriga oshiqinar edi...Olti qarich kenglikda uzundan-uzoq tor ko‘cha, tor ko‘cha boshida kichkinagina bireshikcha edi. Shom bilan xuftan o‘rtasida bu ko‘cha boshig‘a bir yigit kelib to‘xtadi-da,tevaragiga kishi bilmas qilib razm soldi. Ko‘chada hech kim qolmag‘an, yo‘l oyog‘i bosilg‘anedi esa-da, ul uzoqqina qarshisidag‘i darboza ichlarini, tom ustlarini, devor raxnalarinikuzatdi va qanoat hosil etib tor ko‘chaga ohista-ohista yo‘l oldi. Tor ko‘chaning yarmisig‘ayetkach, to‘satdan orqasig‘a qayrilib qaradi... Uning harakati bir narsadan shubhalanibemas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. Kichkina eshikcha yonig‘ayetkanda tag‘in haligidek orqasig‘a qarab qo‘ydi. Bir oz o‘ylab to‘xtag‘ach, eshikning o‘ngtomonidag‘i devorning buzuq yeridan sekingina ko‘tarilib maydong‘a mo‘raladi. Eshikningqulf va zanjiri bo‘lmay yuziga yopiq holda turg‘an bo‘lsa ham ul eshikka taqilmadi,mashaqqatlanib devorga mindi. Oy shom yeb yaxshig‘ina qorong‘i tushkan bo‘lsa hammaydon ichining daraxtsizligi uchun tikkaygan cho‘b ham ajraturliq edi. Maydonni kishidanxoli bilgach, sekingina devordan o‘zini maydonga oldi.Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlariorqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. Maydongayozda nimadir ekilgan, chuqur-chuqur jo‘yaklar tortilg‘an va yer yomg‘ur bilan ivib, bo‘kiboyoq ko‘tarib bosishg‘a imkon bermas, har bir oyoq uzg‘anda uch chorak loy barobarko‘tarilur edi. Qiynala-qiynala maydonning janubiga o‘tdi. Uning chap qo‘li tomonida biruyning orqa devori bir bo‘yra eni kesib tushirilgan bo‘lib qorayib ko‘rinar edi. Ul bu kesilgano‘rinni o‘tkan kun kechasi kelib ko‘rib ketkani uchun qaytadan qarab turmadi esa-da, lekinuning bu binog‘a iltifotsiz qarashi mumkin emas edi. Bu tegi kesilgan bino Kumushning o‘zuyi bo‘lib, bu uy ichida Otabekning saodatlik <strong>kunlar</strong>ining shirin xotiralari saqlanar va shudaqiqada ham uning hayot tiragi bo‘lg‘an Kumushbibi o‘lturar edi. Otabek ko‘zini to‘ldiribbinog‘a qaradi, go‘yo bu qarashda ul dunyo malaki bilan vidolashar edi. Uzoqqina binog‘aqarab olg‘ach, qo‘ynig‘a qo‘l solib bir qog‘oz oldi, xayol ichida qog‘ozning taxlarini tuzikladida,qaytarib yana qo‘ynig‘a tiqdi. Shundan so‘ng binog‘a yana bir ko‘z tashlag‘ach,maydonning kunbotarig‘a yurib, o‘n besh adimlab haligi joydan yiroqlashdi. Tomshuvog‘ig‘a loy oling‘an zovur shekillik o‘rinni kechagi kelishida biqinish uchun belgulabketkan edi, kelib shunga tushdi-da, qo‘lini chakkasiga qo‘yib yoni bilan yotib oldi. Garchiosti kesilgan bino bilan Otabek tushib yotqan loyxona bir-birisiga ro‘baro‘ edi. Ammoimoratlarning ko‘lagasi va kechaning o‘tacha qorong‘ilig‘i orqasida loyxonada kishibo‘lg‘anlig‘ini payqash qiyin edi.* * *Tun yarim bo‘lib, olding‘i uxlag‘anlar endi bir uyquni olg‘an edilar. Maydon eshigiochildi. Biri orqasidan biri yurib ikki ko‘laga maydonga kirdi. Buni payqag‘an Otabekxanjarini qinidan chiqarib qo‘lig‘a ushlag‘ach, yuz tuban yerga uzandi... Ikki ko‘lagaso‘zsizgina osti kesilgan bino yonig‘a kelib to‘xtadilar. Kelguchilarning biri Sodiq vaikkinchisi Mutal edi. Tumshug‘ini yerga tirab yotqan mushukdek bo‘lib Otabek ularnikuzatar edi.To‘xtag‘ach, shivirlab Sodiq so‘radi:136

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!