13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybovv» deb g‘o‘ldirab javob berardi... «Bir bechora o‘g‘lingni deb ko‘kragini zaxka beribyotsin-da, san tinchkina o‘g‘lingni olib yot!.. Qani o‘g‘ling, yotqan joyini ko‘rsat!» dedim.Hotam to‘ra dir-dir qaltirar edi, shu ko‘yi uni ayvong‘a o‘zim yetaklab bordim-da, o‘g‘liniko‘rsatdi. Bolani uyqu aralash turg‘uzib kiyintira boshlag‘an edim, bir tomondan ona-sidodlab qoldi-ku, xanjarimni olib unga yugirdim. «Tovshingni o‘chir, mochaxar... o‘g‘lingnio‘limg‘a olib borayotqanim yo‘q, nihoyati bir piyola choy ichadi-ku keladi!» dedim. Qisqasi,ilgari dahshat berib, keyinidan yaxshi gaplar bilan ularni ishontirib, bolani olib chiqdim vaJonkeldiga topshirib ketdim... Baxtimga o‘sha kuni bitta ham mirshab yo‘liqmadi. Ey-y,Sodiqcha, san hali nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding, buzoq bo‘g‘uzlag‘andek qilibbir-ikkitani so‘ygan bilan odam bo‘lding-qo‘ydingmi? Gap bilan bo‘lib zang‘ar kayf hamtarqab ketdi, qani, quy-chi bir-ikkini!Homid:— Sizga qoyilman, Mutal polvon, sizning shuna-qangi ishlaringizni bilib yurganimuchun bu yerga chaqirtirib keldim-da!Mutal:— Shuni bilgan bo‘lsangiz bas, bu ishni menga topshirib qo‘yabering!Homid:— Sodiq aytkandek darbozadan kirishni xohlamayman, chunki mirshablarning oyog‘usti.Mutal:— Bo‘lmasa havlining orqasidan tushamiz!Homid:— Orqasi havlidir?Jannat opa:— Qix, haligi oti qursin... Malikboyning maydoni-da!Homid:— Juda yaxshi ekan. Bo‘lmasa tomig‘a shoti yetarmikin?Jannat opa:— Qix, juda balan.Mutal:— Balan bo‘lsa, zarari yo‘q, osoni uyning tegidan teshamiz, qo‘yamiz!Homid:— Qiyin bo‘lmasmikin?Mutal:— Hammadan ham osoni teshish, mo‘ljalini yaxshi olsaq bas.Homid:— Bir-ikki soatda uni teshib bo‘larmidi?Mutal:— O‘zi maydonmi, axir?Jannat:— Maydon, qix.Mutal:— Yaqinida odam yo‘qmi?Jannat:— Yo‘q, qix.Mutal:— Bali, mo‘ljalni olib bersalaring, ertadan boshlab qazig‘anim bo‘lsin.Homid, Sodiq:— Bali, rahmat, polvon!134

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!