13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyHomid:— Nima iltimosingiz bor, Mutalboy?Mutal (sarxush):— Bitta ya-ya-ya -rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarz-larim bor edi, Homid aka.Homid:— Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga haliaytib qo‘ydim: maning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-to‘rttanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering!Jannat opa:— Ilohi Homidboy murod-maqsadig‘a yetsin, qix. Oshna-og‘aynidan dunyo ayamaydir!Bir oz vaqt tanga tovshi eshitilib turg‘ach, Homidning ovozi keldi:— Mana, Mutal polvon, hozirga oz bo‘lsa ham shuni olib turarsiz, ammo xizmathaqingiz o‘z yo‘lig‘a bo‘-ladir.Sarxush:— R-rahmat, H-homid aka, siz j-jonni ayamasangiz, m-men ham yo‘lingizga boshimnitikdim, jamshidning arvoyi!Sodiq:— Bizning Mutalboy ham quruq yigit emas!Homid:— Dasturxonni yig‘ishtirib olingiz-chi, Jannat opa!Lagan-tovoqning bir-birisiga tekkan tovshi eshitilib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakkaoldi. O‘choq boshida bir-ikki daqiqa chamasi tovoq-qoshiq va oyoq tovshi eshitilib turg‘ach,Jannat opa havlig‘a tushib keldi va qo‘lidag‘i dasturxonni tut ostig‘a qoqib ketdi. Otabekqaytib kelib daricha ostig‘a o‘lturgan ham edi, Homidning shu so‘zini eshitib qoldi.— Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa!Sodiq:— Qo‘rqasiz-da, Homid aka, eshikni o‘zim zanjirlaganman.Homid:— San hali yoshsan, inim Sodiqboy, siz chiqabe-ringiz, Jannat opa!Otabek uchun vaqt ortiq tang va qo‘rqunch edi. Xaroba uyga boray desa, Jannatopaning ko‘rib qolishi aniq edi. Eshikni ochib chiqib ketay desa, o‘lturishning maqsadi haliochilmag‘an bo‘lib, butun mashaqqati shamolg‘a ketar edi. Joni halqumig‘a tiqilibtevaragiga alang‘ladi va yo‘lakdan nariroqda usta Alimning devorig‘a suyog‘liq turg‘anzanbilga ko‘zi tushdi. Zanbilning ostig‘a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammoo‘lturishning maqsadig‘a qonmay ketish undan ham xatarlik edi. Sir fosh bo‘la qolsa, uchdushmanga barobar hujum qilishni bo‘yniga olib qo‘ydi. Uy eshigi ochila boshlag‘andazanbilning ostig‘a kirib olg‘an edi. O‘zini nechog‘liq siqib g‘ujanak qilg‘an bo‘lsa ham, ammobir qarash bilan zanbil ostida kishi borlig‘ini bilish uncha qiyin emas edi. Zanbil ostidaxanjarini qisimlab, go‘yo sichqonni poylag‘an mushukdek hujumga hozirlanib yotar edi.Jannat opa yo‘lakka tomon yurib keldi-da, zanbil ostidag‘ini payqamay yo‘lakka burildi.Oydindan eshikning zanjirligi aniq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun eshik yonig‘a boribo‘lturmay yo‘lakning yarmidan qaytdi. Qaytishi hamono yuqoridan uchib o‘tkan bir-ikkimoshak qushning chev-chev-chev degan tovshini eshitib ko‘kka qaradi. Shimol-sharqig‘ato‘g‘ri otilib o‘qdek uchib borg‘an moshak qushlarg‘a qarag‘anicha yo‘lak-dan uy tomonig‘aqayrilib ketkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Jannat opa ayvong‘a chiqqanda, Otabek ustidagizanbil to‘rt enlik yuqorig‘a ko‘tarilib, tag‘in sekingina uni bosib tushkan edi. Jannat opaeshikni ochib, uyga kirganda, ul ohistagina zanbil ostidan chiqdi, uning yurak tepishi haliham shiddatlik edi. Daricha yonig‘a yurib keldi-da, hamon hujumga hozirlang‘andekichkariga quloq solib turdi. Jannat opaning «eshik zanjir» degan tovshini eshitkach, rohattin oldi va daricha yonig‘a cho‘nqaydi.132

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!