13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyXudoyor ozg‘ina ishorat bilan unga tashakkur bil-dirdi. Bunga qarshi qushbegi kursidanqo‘zg‘alib qulliq qildi. Musulmonqul murtini silab nimaningdir mulohazasida edi. Uning buholi birar daqiqag‘a cho‘zilg‘anliqdan Xudoyor bilan qushbegi uning og‘zig‘a tikilgan edilar.— Sizning xabaringiz bo‘ldimi, yo‘qmi biz Tosh-kand ustiga yuborg‘an Normuhammadqushbegidan juda yaramas bir xabar oldiq, — deb Musulmonqul O‘tabboyga qaradi, undanxabarsizlik javobini olg‘ach, so‘zida davom etti; — Normuhammad qushbegi uch mingsipoh bilan yetmish kun Toshkandni qamab yotib, nihoyat bir ish chiqara olmay odamlaribilan qaytmoqqa majbur bo‘libdir. Azizbek bilan Yusufbek hojilarning aztahidil qarshiliqlaribizning kishilarni quruq qaytarishg‘a majbur qilibdir. Mana shuning uchun mundan keyinbizning boshqa bir yo‘l bilan ish ko‘rmagimiz taqozo qiladir... Kecha biz kimdandir Yusufbekhojining o‘g‘li bo‘lg‘an Otabek deganni sizning Marg‘ilonda deb eshitdik. Mundan so‘ngg‘iToshkand to‘g‘risida ko‘radirgan tadbirlarimiz uchun uning keragi bo‘lur, deb o‘ylab sizbilan birga uni huzurimizga chaqirg‘an edik... — Bu joyda qushbegi Musulmonqulnito‘xtatdi-da, kuldi, so‘ngra Xudoyorg‘a dedi:— Otabek ustida ancha mojarolar bo‘lib o‘tdi. Buning hikoyasi uzun, alholmingboshining ra’ylarini eshitaylik... davom qilingizchi.— Otabek o‘zingiz bilan birgami? — deb so‘radi Mu-sulmonqul, birgalik javobini olib,tamom xotirjam’ bo‘lg‘an holda davom etdi: — Yuqorida aytkanimdek minba’d3 tadbir yo‘libilan Azizbekni yo‘qotishdan boshqa choramiz yo‘qdir. Bizning bu keyingi rejamiz yo‘lida ishberadirgan kishi bo‘lsa ul ham menga qolsa shu Otabek bo‘lur. Chunki boshqalarg‘aqarag‘anda uning Toshkand borishi va Azizbekning yaqin odamining o‘g‘li bo‘lg‘ani uchununing bilan aloqada bo‘lishi, zahar berish va yo boshqacha bir yo‘l bilan uni oradan ko‘taraolishi, unga eng qulay bir ishdir. Og‘riqning tuzalasi kelsa emchi o‘z oyog‘i bilan kelur,deganlaridek, Otabekni Marg‘ilonda bo‘lish xabarini eshitib xon bilan men judaquvonishdiq... mana sizni chaqirishdan bo‘lg‘an maqsadimiz shudir. Yana sizning buhaqdag‘i ra’yingiz nima bo‘lsa eshitamiz.Musulmonqulning bu so‘zlariga O‘tabboy qushbegi tamom ishong‘an, ammo Xudoyorersa uning ilgarigi maqsadini yaxshi bilganlikdan bu so‘ngg‘i gaplar bilan nihoyatdataraddudga tushkan edi. To‘g‘risi ham Musul-monqulning bu keyingi gapi kishinimutaraddid1 qilmay qo‘ymas edi.— Bu fikringiz menimcha ham ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo bunda bir gap bor,ul ham: Otabek bu vazifani o‘z bo‘yniga oladimi, yo‘qmi masalasidir. Chunki OtabekningAzizbek tarafdori bo‘lg‘anlig‘iga shu o‘rtada o‘zim tegshirgan bir ish meni shubhagatushuradir. Shundog‘ki, mundan yigirma besh <strong>kunlar</strong> ilgari, qo‘rboshimning xabar berishibilan Azizbek tarafidan Marg‘ilonda to‘polon chiqarg‘ali kelgandir, deb o‘ylab, yonidag‘i birnecha kishilari bilan zindonga soldirdim. Uning Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi ham o‘shamulohazamning to‘g‘rilig‘iga meni ishontirar edi. Yana qo‘rboshig‘a Otabek ustidan shikoyatqilg‘uchining shahodati bilan bu shubhamga ishonib, mundan besh kun ilgari Otabek bilanuning qayin otasi Mirzakarim degan marg‘ilonlikni o‘lim jazosiga hukm qildim.Gunohkorlarni dor ostig‘a olib ketkanlariga bir muncha fursat o‘tkan edi, mahkamaga birxotin hozir bo‘lib, qo‘limga bir maktub berdi. O‘qub qarasam, Azizbek ToshkanddaQo‘qong‘a qarshi isyon chiqarmog‘i bo‘lib yurgan fursatda Yusufbek hoji tomonidan o‘g‘liOtabekka yozilg‘an bir maktub bo‘lib manim qo‘l, oyog‘imni bo‘shashdirdi. Chunki bumaktub Yusufbek hojining Azizbekka tamomdan qarshi bir kishi bo‘lg‘anlig‘ini onglatar edi.Gunohkorlarni dor ostidan qaytarishg‘a majbur bo‘ldim. Men faqat shu maktub dalolatigabovar qilib, gunohkorlarni bo‘shata bermay, qo‘limdan kelgancha yana tekshirib tergadim.Otabekning so‘zlari kishini tamom ishontirarliq darajada maktubga muvofiq edi. Shundog‘bo‘lsa ham faqat Mirzakarimni ozod qilib, keyingi tergashlar tamom bo‘lg‘unchaliq Otabeknikafilga berdim. O‘zining biror adovati uchun bunday gaplarni qo‘zg‘atib yurgan bo‘lmasin,deb haligi menga shahodat berganni ushlab Otabek va boshqalar bilan yuzlashdirmoqchi65

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!