13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin. Ha, aytkandek, qudangiznikigayuborg‘an kishingiz keldimi?Asal uchun shoshib borg‘an Zaynab to‘xtab qayin otasining og‘zig‘a qaradi.— Borib keldi, — dedi hoji, — Alimbek dalasiga ketkan ekan, xotin qudalarkelishmakchi bo‘lishibdir.Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yonig‘a yurib keldi va sekin so‘radi:— Zaynab xafa emasmi?— Nimaga xafa bo‘lar edi.— Axir, so‘rayman-da.— Tuppa-tuzik, — dedi O‘zbek oyim, — tashqarin-gizdan Oybodoq qutilayozdimi?— Qutilib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rtta kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak.— Xo‘b.Hoji uyon-buyong‘a alang‘lab olg‘andan keyin so‘radi:— O‘g‘ling qayog‘da, ko‘rinmaydimi?— Tashqarida edi-ku.— Boya shuyoqqa kirgandek bo‘lg‘an edi.— Guzar-puzarga chiqg‘andir, — dedi O‘zbek oyim.Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji meh-monxonaga chiqib ketdi. O‘zbekoyimning amricha Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashg‘a o‘lturdilar.Kun tushdan og‘qanda hamma saranjom oling‘an edi. O‘zbek oyim to‘yga boradirg‘anxotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ynak, boshida oq shohi dakana, ko‘zidasurma edi. O‘zbek oyimning: «Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat»,deb aytkani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasang‘an, kecha erga tekkanyangi kelinlar suratiga kirgan edi.Zaynabning onasi — Mohira oyim, opasi — Xush-ro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar hamkelishdilar. O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilaridan Karima otin, Sharofat chevar vaMahinabonular ham yasanib-tusanib chiqdilar. O‘n chog‘liq xotin bo‘lishib sovutmachoqdasturxonga1 o‘lturishdilar. O‘zbek oyim majliska— marg‘ilonliq qudaning odamgarchiliknibilishidan, Ota-bekni Toshkanddan uylantirishga qarshi lom-mim demay, qaytag‘a o‘zikuyavi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketkanidan, marg‘ilondag‘i obro‘sidan va davlatidanbahs qilib aytar edi:— Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi shu bizning kelinimiz. Otabekni o‘zbolasidan ham yaxshi ko‘rib, «O‘g‘lim bo‘lsa shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin hammadavlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin», der ekan.Mohira oyim allanuchkalangani holatda javob berar edi:— Ha, aylanay quda, qars ikki qo‘ldan chiqadir, de-ganlar... Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikkionani ham emar ekan...Quyoshning qizdirishidan changi chiqib ketkan havlig‘a suv sepib turgan Oybodoqtashqaridag‘i guldir-guldirni eshitdi va chopib mehmonlar o‘lturg‘an uyning darichasiyonig‘a keldi: «Kelishkanga o‘xshaydirlar», dedi. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini yarimyo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar. Zaynab bo‘zarg‘anholatda uyiga yugurib ketdi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar havli yuzasiga tushdilar. Mohiraoyim qizi Xushro‘yning qulog‘ig‘a nimadir shivirlab kulib qo‘ydi. O‘zbek oyim o‘rta eshikkaborib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugirib kirib qoldi.— So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila!O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib besh-o‘n pul olib berdi. Bola orqasidan Xasanaliko‘rindi:— Qani oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! —dedi va yo‘lakka qarab: — To‘xtang, to‘xtang, ilgari men so‘yinchimni undirib olay.172

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!