13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyyelkasiga qoqa boshlag‘an edi. Sodiq qo‘ynidag‘i xatni olur ekan, ishlatkan hiylasini hikoyaqildi:— Xatni cholg‘a berdim-da, ertaga Marg‘ilon ketaman, xat bersalaringiz bemalol,dedim. Chol bir oz o‘ylab olg‘andan keyin, hozirg‘a xatimiz yo‘q, sizga malol kelmasa ertabilan bir xabar olib ketmaysizmi, o‘zingiz hozirda qayerda turibsiz, deb so‘radi. Manog‘irsing‘ansumon o‘ylanib oldim va xo‘b, dedim, qo‘shxonam uzoq bo‘lsa ham bir xabarolib o‘tarman, dedim. Ishning o‘nglanishiga quvonib, bir kechani choyxonada kechirib,ertasiga va’da vaqtig‘a yana bordim, imon topkur otam xatni muzdek qilib tayyorlatibqo‘yg‘an ekan, Marg‘ilon qayerdasan, deb bir ot, bir qamchi jo‘nay soldim.Homid xatni olur ekan, Sodiqning yelkasiga qoqib «rahmat, rahmat», deb qo‘ydi va:«Biz ham sizning harakatingizda», degan so‘zni ham qo‘shib qo‘ydi. Xatni ochar ekan,Homidning yuzida quvonch aralash bir jiddiyat mushohada etilar edi.«Umidim yulduzi, orzum chechagi, hayotim tiragi Kumushimga!Kinoya va achchig‘lar bilan to‘liq bo‘lg‘an maktubingizni oldim. Xatni yozg‘anchog‘ingizda tamom bir o‘t ichida, g‘azab dengizida suzg‘anlig‘ingiz gavdalanib ko‘zo‘ngimdan o‘tdilar. O‘tdilargina emas, hatto menga shunchaliq ta’sir etdilarkim, go‘yomalikasining g‘azabiga uchrag‘an qul qay darajada es-hushidan ayrilsa, qilar ishidan, o‘ylaro‘yidan yanglishsa, maning-da hozirgi holim buning yuz daraja yuqorisig‘a yetdi. To‘g‘risizahar olud maktubingizga odamlarcha tushuna olmadim va tushunishka ham luzumko‘rmadim, chunki g‘azab ustida aytilgan so‘zlar aqlli kishilarcha loyiqi muhokama vamutolaa bo‘lolmas, gulxandan so‘ng alanga hisobini hech bir vaqtda olinmas. Lekinmaktubingizning bir o‘rniga nima ma’no berish uchun tamoman ojiz qoldim: «Ilgarigiso‘zingiz bilan o‘zingizning haqqingiz bitkanligini bilaturib ham yana uyalmay, qizarmayvijdonsizlar amrini berib qo‘yasiz-da, uyatsizlig‘ingizni yana bir qat oshirasiz...» va «OtamToshkanda ekan kezda bu gapni aytishka uyalg‘an emishsiz», «go‘yo buning bilannomuslik, uyatchan bir yigit bo‘lib ko‘rinmakchisiz shekillik?!»Bu so‘zlaringiz bilan nima demakchi bo‘lasiz, taningiz sog‘mi? Durust, man otangizgabirga ketalmasligimni, charlarni uch-to‘rt kun kutib qolishimni bir necha vaqt aytalmayyurdim va nihoyat otangiz ketishka ruxsat so‘ray boshlag‘ach, otam orqaliq uzrimniaytirdim, bas, bunda qanday uyatsizlik bo‘lsin, gumonimcha isitmangiz qattig‘ ushlag‘anko‘rinadir va bu telbalarcha maktubingizni isitma orasida yozg‘on o‘xshaysiz...»Homid maktubning bu o‘rniga yetkanda ixtiyorsiz xaxolab yubordi-da, «voy ahmoq»deb qo‘ydi. Puchuq xotin bilan Sodiq kulib unga qarasalar ham ul iltifotsiz o‘qushida davometdi:«Maktubni isitma orasida yozg‘aningizg‘a tamoman qanoat qildim. Shuning uchun sizniayblashka haqqim yo‘q, ham siz ma’zursiz.1 Bu kinoya va zaharlik maktubni yozishg‘a siznimajbur etkan, meni hiylakor tulki, og‘zi qon bo‘ri, uyatsiz yigit... va tag‘in alla qanchamartabalarga mindirilishlarimning bosh omili albatta otangizdan ham eshitkan bo‘lsangizkerak, shu kungacha charlar balosi bilan tutqun bo‘lishim orzu-havas qayin otasining og‘ribyotish shumligidir. Nihoyat sizning achchig‘ xatingiz barakasida bu kun charlar xabari hamkelib qoldi. Siz maning bu xatimni o‘qub, gunohlarimni yarlaqab2 turg‘an kezlaringizda,albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak. Onangizning o‘quyturg‘an bayti maningsha’nimga tamoman teskari, chunki ota-ona orzusi hech bir vaqt yangi yorlik vazifasinio‘tay olmas va hamisha boshqalarning orzu-havasi bo‘lib qola berar. Siz o‘zingizni tuproqbilan tenglashdirmakchi bo‘lg‘ansiz, lekin man hozir Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibideb atamoq fik-riga tushdim...Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashqani holda zavjingiz Otabek. 26 javzo,1265-nchi yil. Toshkand».Maktubning bosh tomonini o‘qug‘anda Homidning yuzida ko‘rilgan shodlik o‘zgarishlarixatning oxiri bilan negadir yuvilg‘andek va shodliq o‘rnini chuqur bir mulohaza olg‘andek97

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!