13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyZiyo aka yana o‘ylanib bosh qashindi:— Aytkaningizdek masalaning bu tarafi ham nozik,— dedi, — ammo qutidorningOtabekka qarashini yaxshi bilsam ham o‘rtada yirog‘liq masalasi bor... Qizimni musofirgabermayman, deb qo‘yarmikin, bilmadim...— Menimcha qutidorning oldidan bir yo‘li o‘tilsin,— dedi Hasanali, — agarda ko‘nibxo‘b desaku xayr, ko‘nmagan taqdirda bu xabarni Otabekka yetkuzsak, zora, shuning bilanko‘ngli sovib tushsa.Hasanalining bu so‘zi Ziyo akaga ham ma’qul bo‘lib tushdi:— Bo‘lmasa, qutidornikiga qachon borilsin, deysiz?— Bundagi ixtiyor sizdadir.Ziyo aka o‘ylab turdi-da, yuziga kulgi chiqardi:— Hozir boramiz, — dedi, — biz ham umrda bir sovchiliq qilayliq.Ziyo aka kiyinish uchun qo‘zg‘algan edi. Hasanali undan so‘radi:— Manim ham birga borg‘anim ma’qulmi yoki yolg‘iz o‘zingiz?Ziyo aka qo‘l silkib:— Sizning borishingizdan zarar yo‘q, — dedi.8. QUTLUG‘ BO‘LSIN!...Ziyo shohichining kulib aytkan so‘zlariga qutidor sira ham tushunmas va kutilmaganmehmonlarning kelish sababini so‘ramoqdan iymanar edi.— Olovni qo‘yaturib, qudalarga dasturxon olib chiqingiz.Ziyo shohichining bu kulguligidan so‘ng qutidor tanchaga olov qalashni qo‘yibdasturxon buyurish uchun ichkariga qo‘zg‘aldi. Uning ketidan Hasanali: «Taqdir bitkanbo‘lsin-da», — deb qo‘yg‘an edi, shohichi qat’iy qilib: «Inshooloh bitar, shundog‘ yigitnikuyavlikka qabul qilmag‘an bir kishini biz odamg‘a sanamaymiz» — dedi.Qutidor qaytib chiqdi... Ziyo aka bilan Hasanali ma’noliq qilib bir-birlariga qarashibolmoqda edilar. Qutidor, ayniqsa Ziyo akaning og‘zini poylab, ko‘ngli chaqirilmag‘anmehmonlardan tushunmog‘i qiyin bo‘lg‘an bir ma’noni sezmakda edi. Oradagi so‘zsizlikuzoqqa cho‘zilabergach, qutidor Hasanalidan so‘radi:— Bek salomatmi?Ziyo aka so‘z o‘nqovi kelganini payqab Hasanalining jim turishiga ishorat qildi va o‘zijavob berdi:— Bizning sizga chaqirilmag‘an mehmon bo‘lishimiz ham Otabekning sog‘lig‘i uchundir.Qutidor bu javobdan bir narsa tushunolmadi va shuning uchun qaytalab so‘radi:— Otabek sog‘mi?— Bu kungacha Otabek salomat, — dedi Ziyo aka salmoqlab, — ammo bekningmundan keyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda qolg‘ang‘a o‘xshaydir.Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmon-larga qarab oldi.— Tushunolmadim...— Ya’ni Otabek bu kungacha salomat, — dedi Ziyo aka yana. — Ammo mundankeyingi sog‘lig‘i sizning qo‘lingizda...— Menim qo‘limda?— Sizning ixtiyoringizda.— Otabek kabi bir yigitning sog‘lig‘i har bir aqlli kishi uchun maqsad bo‘lsa ham, —dedi taajjub bilan qutidor,— lekin so‘zingizning shunisi qiziqdirkim, bir yigitning sog‘lig‘iikkinchi bir kishining ixtiyorida bo‘lsin.Ziyo aka boyag‘i vaziyatini buzmadi:— Ajablanmangiz, o‘rtoq, — dedi, — bekning mundan keyingi sog‘lig‘i sizningixtiyoringizda; bu o‘yin emas — to‘g‘ri gap.21

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!