13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Kimni bo‘lar edi, Otabekni-da.— Nega?— Tushunmadingmi?— Tushunish bo‘lsa — tushundim... Shunchaki aniqlab olmoqchiman-da.— Marg‘ilonliq-ku Otabekni hindi domladan o‘ziga bog‘latib qo‘yibdir. Ana shuni sanham payqab yurgandirsan-ku?— Payqamag‘an bo‘lsam ham ammo maqsadingizga endi tushundim, — dedi kulibHasanali. — Niyatingiz Otabekni marg‘ilonliq kelindan sovitish.— Barakalla, — dedi O‘zbek oyim, — sovitishgina emas, uning changalidan Otabekniuzil-kesil qutqarish.Hasanali hayron bo‘ldi. Chunki xo‘jabekasining marg‘ilonliqqa munchalik adovati bordeb o‘ylamas edi.— Nega endi?— O‘g‘limni marg‘ilonliqlarning qo‘lig‘a berib qo‘y-mayman-da, axir. Burun Toshkanddaxotini bo‘lmag‘an bo‘lsa — endi bor, mundan keyin andi kelinga bizning muhtojligimizyo‘q...— Xayr, endi nima qilmoqchisiz?— Nima qilishim kundan ham ravshan, — dedi O‘zbek oyim va tamom qanoat vaishonch bilan boyag‘i maqsadni takrorladi: — o‘zingga aytkanimdek, Mar-g‘ilondag‘i hindidomlaning o‘zidan bir martaba qaytariq qildirsaq marg‘ilonliqning sir-jodulari botil1 bo‘lib,Otabek o‘z-o‘zidan andini taloq qilib yuboradir...— Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qaerdan bildingiz?O‘zbek oyim bu savol bilan o‘zining kashfidan bir oz shubhalandi-da, ishonchsizroqqilib:— O‘zim bildim, — dedi.— O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga?— O‘z aqlim bilan topdim.Hasanali o‘zini tutolmay kulib yubordi:— Lekin shunga qolg‘anda aqlingiz bir oz yanglishibdir...— Nega?— Negaki ikki o‘rtada sihirchi hindi ham yo‘q, sihir qildirg‘uchi marg‘ilonliq ham,Otabek ham sihirlangan emas.— Nega bo‘lmasa Otabek hadeb uylansa ham Mar-g‘ilonga oshiqaberadir?— Buning sababini hali ham bilmaysizmi?— Bilaman, sihir-jodu quvvati.— Joduni kim qildiradir?— Qayin otasi, qayin onasi, qolabersa xotini.— Yanglishasiz, oyi.— Nega yanglishaman?— Sihir-jodu qilishdan ularning maqsadi nima, deb bilasiz?— Kalvak o‘g‘limning aqlini o‘g‘irlab, pulini yemakchilar.— Pulini yemakchilar? — deb kuldi Hasanali. — Marg‘ilonlik qudalaringizning davlatioldida biznikini yo‘q, desa bo‘ladir. Undan keyin men yaxshi bilamanki, ular Otabekka uchpullik ham ro‘zg‘or qildirmaydirlar. Buni o‘zim yaxshi bilganimdek o‘g‘lingizning o‘zidan ham«ularning ro‘zg‘or qildirmag‘anlaridan juda siqilaman» degan so‘zini necha qayta eshitdim.Shuni ham yaxshi bilmoq kerakkim, o‘sha jodugor qudalaringiz yomon kishilarbo‘lg‘anlarida Otabekni Toshkanddan uylantirish siz o‘ylag‘ancha qulay ish bo‘lmas edi.O‘g‘lingizning Marg‘ilon borg‘andan so‘ng va’dasidan aynaganini albatta hojidan eshitkanbo‘lsangiz kerak...88

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!