13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyko‘chalarini ham hisobga olg‘anda faji’ bir adad tashkil etishi ma’lum. Guzarning ichigakirganda qator chizilg‘an qirq chog‘liq o‘luklarni ko‘rdilar...Kun asrdan og‘ib shomga yaqin, shuning uchun guzardagi do‘konlardan ochug‘i uchto‘rtta,jumladan, Hasanali ham yarim ochiq do‘konni oldida o‘lturar edi.— Sog‘ keldingizmi, bek! Biz bu yerda yuz xil vasvasaga tushib tashvish tortdiq, —dedi Hasanali.Otabek boshqa xayolda edi. Hasanalining so‘zini go‘yo eshitmagandek so‘radi:— Bu kun dadam qayerda edi?— Sizdan keyin o‘rdaga ketkan edilar. Bir soatdan keyin shoshqannamo qaytibkeldilar-da, sizni so‘radilar, shundan so‘ng qayoqqa ketkanlarini bilolmadim.— Qachondan boshlab qipchoqni so‘ydilar?— Otangizni kelishi bilanoq, — dedi Hasanali va entikib foji’ani hikoya qildi. — Ey...bek, rahmsizlik bunaqa bo‘lar ekan... Xudda qiyomat bo‘ldi! Bechoralar nima gunohqildilarkin? Uyida halol kasbini qilib o‘turg‘anlarg‘acha tutib so‘ydilar... Ey bechoralar,qanday gunohlari bor ekan?! Yigitlar tutib kelturib turadilar, jallod bosh kesib boradir. Bunogahoniy qazodan eslari chiqib ketkan bechoralar yig‘lashadilar... Ayniqsa bir bo‘yoqchi...xudda xum yonidan tutib kelganlar — qo‘li bo‘yoq... Ey xudo, men nima gunoh qildim, debyig‘laydir... Chidab bo‘lmadi, do‘konini yopib qochdim, ko‘plar ham qochdilar... tag‘in bir...— Bas, — dedi Otabek. Hasanali hikoyadan to‘xtadi, chunki bekning yuragi ezilib oqishdarajasiga yetib, Ali Ota bilan xayrlashmasdanoq qochqan edi...Uyga borib kechki oshni ham yemadi va otasig‘a ham uchrashmadi, go‘yo shuyirtqichlar dunyosidan yashi-ring‘andek oq kundayoq to‘shagiga yotib, ko‘rpasiga burkaniboldi. Uning bu holiga uy ichi tushunganlari uchun, nima qildi, deb so‘ramadilar va yonig‘aham kelmadilar...Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek bilan birga ichish uchun mehmonxonag‘a chiqdi.Otabek tersaygancha kelib choyg‘a o‘lturdi, otasiga salom bermadi. Chunki ul o‘z otasiniqipchoq qirg‘inining bosh omillaridan deb qaror qo‘yg‘an edi. Choy yarimlay yozdi. Oradanchurq etkan so‘z chiqmadi.Nihoyat, o‘g‘lig‘a yengillik berish niyatida hoji tilga keldi:— Xafa bo‘lma, o‘g‘lim.— Sizlarga o‘xshab, — dedi istehzolanib, — quvonaymi?Hoji o‘g‘lining qandog‘ fikrda va nima uchun tersayganini bildi.— Yanglishasan, o‘g‘lim.— Rajabbeknikidagi majlisda, — dedi zaharxanda bilan, — bu yirtqichlarning rejachisikim edi?Hoji entikdi va:— Rajabbeknikida bo‘lg‘an majlisni sen bilasanmi?..— deb so‘radi.— Bilaman.— Bilsang, — dedi hoji, — manim ustimga mundog‘ tuhmat orttirishdan uyal, bola!— Rajabbeknikida bu kengash bo‘lmag‘anmidi?— Bo‘lg‘an edi.— Bo‘lg‘an bo‘lsa, tag‘in nega o‘zingizni quruqqa olasiz?Yusufbek hoji boladan kulgandek qilib iljaydi.— Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qo-lishmaydir, Otabek! — dedi. —Majlisdan xabaring bo‘l-g‘an bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini ham bilarsan?— Yo‘q.— Majlisda nimadan bahs qiling‘anini-chi?— Majlisda nima muzokarasi bo‘lg‘anini ham bilmayman va lekin o‘sha majlis faqatqipchoqlarga qatli om uchun yig‘ilgan ekan, deb kecha ishondim. Majlisingiz a’zolarining160

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!