13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— To‘g‘ri gapirmadingiz.— To‘g‘ri gapirdim.— Ammo siz...— Men?— Keyin aytaman...Kumush o‘pkaladi:— Ayting hozir, — dedi va jodu ko‘zini allaqanday holatka qo‘ydi. Otabek javob o‘rnidaKumushning yuzidan o‘pdi... Kumush o‘zini qutqazib o‘rnidan turdi.— Yaxshi qoling endi.Otabek tushunolmay unga qaradi:— Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz?— Marg‘ilong‘a...— Bu kun kech bo‘lib qoldi, ertaga ketarsiz.Kumush kulib Otabekning yuziga urdi:— Bizning ovloqda ko‘rishkanimizni, — dedi, — oyim va Hasanali otamdan boshqahech kim bilmaydir, ayniqsa Zaynabingiz bilsa yaxshi emas.— Bilsa nima qiladir?— Hech narsa qilmaydir... Yaxshi emas-da,— dedi,— bir ozdan keyin chiqib oyim bilanso‘rashing, kirmaganingiz uchun qayin onalaringiz so‘yinishib o‘layotiptilar.Kumush yana bir kulib qarag‘andan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zinibosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomong‘a oshiqibqina edi. O‘zi yolg‘izqolg‘andan so‘ng nimaga bo‘lsa iljaydi va Hasanaliga ilgarigidan ham quyuqroq o‘zidamuhabbat sezdi. Shu daqiqadan boshlab kechiradirgan mas’ud <strong>kunlar</strong>ini tasavvurdan ojizva Zaynab to‘g‘risida o‘ylab ham qaramas, boshqa gap esiga-da kelmas edi. OradanKumushning uyga kirib olishi fursat o‘tkandan keyin, uydan chiqdi va parvosizchamehmonlar o‘lturgan uyga bordi. Uning kelishini o‘z uyidan ko‘rgan Zaynab yugirganchaOtabek orqasidan mehmonlar oldig‘a kirdi. Uydagilar Otabek-ni ko‘rish ila o‘rinlaridanturganlar, faqat O‘zbek oyim «hap» etkancha o‘lturar edi. Otabek Oftob oyim bilanko‘rishdi... Oftob oyim uni quchoqlab yuzidan o‘pdi va ko‘ziga yosh oldi... So‘ngra kichkinaqayin onasi bilan, Zaynabning opasi va boshqalar bilan so‘rashib chiqdi va kulimsiraganholda Kumushka «esonmisiz...» deb qo‘ydi. Kumush ham «shukur» deb kulindi. So‘rashishtamom bo‘lg‘andan keyin o‘lturishdilar. Otabek onasining yonig‘a, Zaynab uning yonig‘ao‘lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig‘ig‘a g‘ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko‘zyubordi.Fotiha o‘qulib kuyav qayin onag‘a uzr aytdi:— Avvalo sizlar kelguncha qaytarman, deb ertalab bir gunoh qildim. Undan keyinmehmonxonadan qo‘zg‘alolmay ikkinchi uyatka qoldim...Oftob oyim:— Bolamiznikini aybi yo‘q.O‘zbek oyim:— Qimiz kirguzib qayin onangning og‘zini ho‘l-lamag‘aningda nax balog‘a qolib eding,bolam.Kulishdilar. Karima otin:— Kumushoy bo‘lsa, sen erimni yashirg‘ansan, deb Zaynabning engka-tengkasinichiqardi.Yana kulgu bir-biriga elashdi. Zaynabning boyag‘i ishiga Kumushning g‘ashi kelganiniaytilmasa, hozir ul ham juda ochilg‘an, kular va yer ostidan Otabekka ko‘z qirini tashlar,Zaynab bo‘lsa Kumushni ta’qib etar edi. Majliska bir oz jimjitlik kirgandan so‘ng Otabekham o‘z tomonidan bir kulgu to‘qumoqchi bo‘lib, Zaynab bilan Kumushka qarab oldi:— Men bir ishka hayronman, — dedi.180

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!