13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriykiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo‘shib, Toshkandustiga jo‘natqan!»Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Buvoqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi,chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kunbo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa hambeklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» debqarar edi. Ammo biz Otabekni bu to‘g‘rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul buxabarga sovuqqonliq bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yebturgani og‘zida, yutkani bo‘g‘zida qoldi: bunday o‘zboshimchalik orqasidan o‘zining ochiqko‘zi, o‘tkir zehni orqaliq mudhish, falokatlik manzaralar ko‘rar, millatini — xalqini —musulmonini qo‘rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da,seskanib «o‘zing saqla tangrim!» der edi. Bu xabarni eshitkandan so‘ng gangib esiniyo‘qotdi. Yarasi yangilandi:— Oq bilan qorani ajratolmag‘an fuqaroning bir necha g‘arazgo‘ mustabidlar kayfiyo‘lida bir-birisining qonig‘a tashna bo‘lishlari va natijada istiqbolning vahim ko‘rinishlari!Shunday qayg‘ular ichida bo‘kib o‘lturar ekan, Hasanali qo‘lida bir maktub bilanhujraga kirdi. Maktubni Otabekka uzatib — «Toshkanddan emish, otangizdan bo‘lsa kerak»dedi. Otabek xatni ochdi: katta qog‘ozda, yo‘g‘on qalam bilan yozilg‘an uzun bir maktubedi. O‘qudi (aynan):«Huvalboriy1 ...ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o‘g‘limizmulla Otabekka yetib ma’lum va ravshan bo‘lg‘aykim, alhamdulilloh biz duogo‘y padaringiz,mushtipar onangiz va yaqin do‘stlaringiz munda Xaq taoloning hifzi himoyatida sihhat vasalomat bo‘lib ko‘z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki aladdavom2rabbulolamindan rajo3 va tamanno4 etmakdamiz. Janobi Haq bod fursatlarda5, yaqin vasa’id6 soatlarda to‘kis-tugallik birlan diydor ko‘rishmakka nasib va ro‘zi qilsin, ominyorabbulolamin. Ba’dab7 so‘zimiz: o‘g‘lim, Marg‘ilong‘a sihhat va salomat yetishmaktubingni olib haq taolog‘a shukurlar qildik. Bizning Toshkanddan ahvol so‘rasang, balkiMarg‘ilong‘a ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog‘dir bir kuchka tayanib Qo‘qong‘aisyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelg‘an devon beklarini o‘ldirib o‘rda darbozasigaosdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch yotmag‘an bo‘lsa kerak. Bu kun Kirovchidan8 beshming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga buyurilg‘anlig‘in eshitdik.Fuqaroning tag‘in qandog‘ ko‘rguliklari bor ekan, o‘g‘lim!Kechagina qonliq qilichini fuqaro ustida yurguzib turg‘an Azizbekka uning tig‘i zulmibilan qora qonig‘a belanilgan o‘g‘lining, otasining, onasining, og‘asining mazlum gavdasituproq ostida hali chirib bitmay turib bu kun xalq yana Azizbekka, o‘sha qonxo‘rg‘a o‘z qonibilan yamin1 etdi; Azizbekni to o‘zining bir tomchi qoni qolg‘unchaliq himoya qilmoqqa ondichdi. Azizbekning buyrug‘i bilan kecha o‘rda tegiga barcha Toshkand xalqi yig‘ilg‘an, buyig‘inda ulamolar ham bor, fuzalo ham bor; xulosa, shaharning har bir sinfidan ham hoziredi. Azizbek o‘rda qorovulxonasidan turib fuqarog‘a salom qildi. Azizbekning salomigamusharraf bo‘lg‘unchilarning ko‘z-laridan yoshlar oqmoqda edi. O‘g‘lim, sen bir qadar oqbilan qorani ajrata olasan, yozg‘anlarimni diqqat bilan o‘qi.Azizbek o‘rda darbozasig‘a osilg‘an ikki gavdani ko‘rsatib so‘radi:«Fuqaro! Ko‘rasizmi bu ikki gunohkorni, nima uchun bu jazog‘a mustahiq2 bo‘ldilar?»Xalq:«Bilmaymiz, taqsir».Azizbekning o‘zi javob berdi:«Bular Musulmon cho‘loqni sarkardalaridan, qip-choqlarning yo‘lboshchilaridan va qorachoponning dushmanlaridan bo‘lgan ikki to‘ng‘izning gavdalari! Men bularni siz qorachopon fuqarom tomonidan o‘ch uchun o‘ldirdim, siz qora chopon og‘aynilarning qipchoq17

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!