13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Shuni ayt, qizim! — dedi.Qutidor:— Xudoning qanday hikmatlari bordirkim, shu kecha-kunduzlarda bizningtevaragimizda qonli voqi’alar ko‘rila boshladi: bu kun nikoh deganimizda Komilbeknihammomda o‘ldirib ketdilar (Kumushbibi yuzida bir yengillik ko‘rildi), kecha uyimiz orqasidabir emas, uch kishi o‘ldirildilar. Xudo oxirini baxayr qilsin endi...— Inshoolloh, ishning oxiri xayrlikdir, otajon,— dedi Kumush, — chunki bizningmolimizga ko‘z olaytirib yomon niyat bilan uyimiz orqasini teshkuchilarni yer bilan yaksonetdirishi istiqbolimizning xayrlik follaridandir, otajon!— To‘g‘ri aytasan, qizim, — dedi qutidor.Kumush o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshi bilan davom etdi:— Bu maqtullar1 kimlar bo‘lsa bo‘lsin, bizning uyi-miz orqasig‘a yaxshi niyat bilankelguchi kishilar emas va bularni tuproqqa qorishdirg‘uchi ham bizga xayrixoh bo‘lg‘an qotilva yo qotillardir... Bizga muncha yaxshiliq qilg‘an kishi kim bo‘lsa ham xudo ajrini2 bersin!— dedi.Qutidor qizining so‘zini kuchlab tushdi.— Bizga yomon niyati bilan qarag‘an bo‘lsalar, xudo jazalarini berdi. Bizga xayrixohbo‘lg‘anlarning ham xayri jazalarini berar, — dedi.Kumushbibi bu qo‘rqunch uyda yota olmaslig‘ini bildirgani uchun Oftob oyimTo‘ybekadan Kumushning buyumlarini ikkinchi uyga tashita boshladi. Qutidor esa butunkun mehmonxonasig‘a kelib-ketib turg‘an ko‘ngil so‘rag‘uchi oshna, yor-do‘stlari bilanovora bo‘ldi.* * *Shomdan so‘ng qutidor endigina mehmonlardan bo‘-shab ichkariga kirgan edi,mehmonxona yig‘ishtirib qolg‘an To‘ybeka qutidor yonig‘a kelib dedi:— Sizni bir kishi chaqiradir.— Qanaqa kishi, tanidingmi?— Tanimadim.Qutidor erinibgina tashqariga chiqdi-da, mehmon-xonada o‘lturg‘uchi tanishbo‘lmag‘an kishi bilan sovuqqina ko‘rishib so‘radi:— Xizmat?Usta Alim qutidorg‘a kulimsirab olg‘ach:— Ruxsatsiz mehmonxonangizga kirganim uchun kechirasiz, — dedi.— Aybi yo‘q, mulla, — dedi qutidor va qarshima-qarshi ulturishdilar.— Yomonlar suiqasdidan salomat qutilishingiz muborak bo‘lsin!— Tangriga qulluq bo‘lsin! — dedi qutidor. Mehmonxona qorong‘ilanib ketkani uchunhavli supirib turg‘uchi To‘ybekaga darichadan turib buyurdi: — Sham’ yoqib chiq, To‘ybeka!Sham’ chiqishini kutkandek usta Alim boshini quyi solib o‘lturar edi. Qutidor «nimayumishing bor menda» degandek qilib unga savol nazari bilan ko‘z tashlar va qur’ontinglovchi kishidek bo‘lib o‘lturg‘uchi majhul kishidan taajjublanar edi. Nihoyat, sham’ kelibtokchaga qo‘ndirilg‘ach, usta Alim muroqabadan1 boshini ko‘tarib qutidorg‘a qaradi:— Mendan taajjublandingiz, — dedi va qo‘ynidan maktublarni chiqarib bittasiniqutidorg‘a uzatdi, — mendan ham bu maktub ajibroqdir, — deb kuldi. Qutidor xatningunvoniga ko‘z yugirtirib chiqg‘ach, usta Alim aytkandek taajjub ichida xatni ochdi... O‘qubbitirgach, ul dahshat va taajjub ichida toshdek qotib qolg‘an edi... Agarda uning yonidausta Alim bo‘lmag‘anda edi, ehtimol ul qay va qatlarg‘acha serrayib qolar edi.— Jon va oilangiz dushmani bo‘lg‘an bir badbaxt endi o‘z qilmishining jazasini ko‘rdi,burodarim Otabek ularning totiqlarini xo‘b boblab berdi, — dedi usta Alim va davom etdi:143

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!