13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyolmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» bo‘lib qolg‘aneridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a yuraksina olmayazoblanar edi.Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kundeyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik bahonalarayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga kelayozgan edi. Birkun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni umrida eshitmaganso‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim.Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umidingni uz, men endi sanlarning dastingdanshahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!» dedi. Ertasi kun bechoraona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturibso‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa onasini bu holg‘a solg‘an sirdanvoqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul ham ko‘z yoshisi bilan yuziniyuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitkuncha bo‘zlashdilar.— Bu <strong>kunlar</strong>dan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘libketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim.— Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiqedingiz, lekin sizning dunyodan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi menbo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar,munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq menmash’umani mahv1 etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holdako‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq buqizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qonyig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tomchisig‘aham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni tashvishlanmaybildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. Siz manimyuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni bildiraveringiz! — dedi va yuzigato‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz,rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsizqizining bu tilagini qabul etsa-etsun, bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchiko‘z yoshingizga arzimas, onajon, sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxtiqaro qizingiz rozidir, onajon!Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib quchoqladi,ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar...* * *Oftob oyimning qat’iy isroriga binoan qutidor ham qizining shartini qabul etkan.Qudalar ham kelasi kuzgacha kutishka rozi bo‘lg‘an edilar. Demak, kelasi kuzga qutidorSalim sharbatdor kabi bir kishiga qudalashib olg‘anidek, Kumushbibi ham Otabek o‘rnigaKomilbekni almashdirar edi.11. «NAVO» KUYIXalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalikta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalqmusulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar ham shari’atcha edi.O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir. Zoni bilan zoniyalar1 hampeshtoqdan tashlanadirlar, ichkulik ichkan uchun qirq darra uriladir. Rais afandimulozimlariga darra ko‘tartirib, namozsizlarni tekshiradir, farzi ayn bilmaganlarni urdiradir117

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!