13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Qo‘y sizga atalg‘an, — dedi Mohira oyim. — Fotiha berish sizning haqqingiz, bizbo‘lsaq fotihani ko‘b berganmiz...O‘zbek oyim ham «siz bering» degandek qilib Oftob oyimg‘a imladi. Oftob oyimuyalinqirab fotiha berdi. Oybodoq chiqg‘andan keyin dasturxonga qaradilar va «olingoling»bilan bir-birlarini qistasha boshladilar. Boyag‘idek ko‘bchilikning ko‘zi Kumushda edi.Ayniqsa O‘zbek oyim suqlanib unga qarar va tomoqqa qistar edi:— Ol bolam, ol! Men tomoqdan uyalaturg‘an kishini yomon ko‘raman. Yoki eshikdankirishingdanoq sansiray boshlag‘anim uchun xafa bo‘ldingmi?— Xafa bo‘lish emas, so‘yindim, — dedi Kumush va dasturxondan cho‘qindi.Oftob oyim:— Sansirashingiz uch yildan beri Kumushni bolam, deb yurganingizni bizga ochiqonglatdi. Ayniqsa men buning uchun sizdan minnatdorman.Karima otin:— Kishi o‘z bolasini sansiraydir, begonani ham sansirasin-chi.Zaynab:— Meni ham chimildiqdan chiqishim bilanoq sansiragan edilar...O‘zbek oyim:— Men yaqin ko‘rgan kishimni sizsiray olmayman.— deb maxtang‘an sumol bo‘lib oldi,— hoy Kumush, ol, jilla qurisa anuv varaqidan bir-ikkita ye, yuraging uzilg‘andir.Kumush uzr aytdi:— Charchadim shekillik, — dedi, — ishtihom bo‘g‘il-g‘ang‘a o‘xshaydir...O‘zbek oyim kuldi:— Ishtihong bo‘g‘ilg‘an bo‘lsa charchag‘aningniki emas eringni sog‘inganingniki, —dedi. Birdan hamma kulib yubordilar. Zaynab ham kulguga ishtirok qildi... Ammo Kumushyuzini chetka o‘girgan edi. Ehtimolki, qayin onasining zakovatiga ichidan tahsin o‘qur edi.O‘zbek oyim Oftob va Mohira qudalarni dastur-xong‘a qistadi:— Oling quda, siz yoshlarni qo‘yabering, bularni yigit asrasa, siz bilan meni tomoqasraydir.Yana kulgi boshlandi. Oftob oyim o‘zini tutolmay kular edi. Kumush ham ochiq kulib,kulgi orasida Zay-nabka qarab oldi — Zaynab ham kular edi...Kulgi bosilib tushkandan keyin, Zaynabning yangasi Kumushdan so‘radi:— Begingiz bilan ko‘rishmaganingizga qancha bo‘l-di?Kumush dahshatlanib onasig‘a qaradi. Oftob oyim javob berdi:— Uch oy shekillik.Xushro‘y o‘zining zolim ko‘zini o‘ynatdi:— Ha, bo‘lmasa xolam aytkanlaridek ishtihongiz bo‘g‘ilg‘ani o‘shaniki.— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deyishdi xotinlar.— Men o‘zim bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — jo‘rttaga Otabekni uch oy to‘xtatibqo‘ydim-ku, axir!Kumushning ko‘nglidan kechdi: «Aniq bilasiz, jo‘rt-taga to‘xtatdingiz!»Oftob oyim kulib javob berdi:— Jilla uniki bo‘lmasa kerak. Manim ham ishtihom bo‘g‘ilg‘andek...O‘zbek oyimning esiga Otabek tushkan edi.— Hoy, aytkandek, Otabekni ko‘rdingizmi? — deb Oftob oyimdan so‘radi:— Yo‘q.O‘zbek oyim Zaynabka qaradi:— Tashqaridamikin?— Yo‘q emishlar... — dedi Zaynab.O‘zbek oyim ajablandi:175

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!