13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqayg‘uliq kechalaringning eng keyingisi va oydinliq ham she’riyatlik tunlaringningarafasidir, begim».Hasanalining ko‘zlari tag‘in uyqug‘a ketar, qarshisig‘a Otabek bilan ko‘hlik, ko‘rkam birqiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar: «Bizning chin otamizsiz» degandekbo‘lar edilar. Hasanalining yana uyqusi qochar edi. Yoshim oltmish to‘rtka yetdi, o‘g‘ulqizimbo‘lmadi... Dunyodan charog‘chisiz boraman... Darvoqi’ Otabek menga o‘g‘ulliqqilmasmi, xotini menga qiz bo‘lmasmi, ularning bolalari meni «bobo» deb ketimdanyugurmasmikinlar? Tuproq ostlarida unutilib yotqan kezlarimda: «Bir vaqt Hasanali otamizham bor edi», deb yodlasalar, yaxshiliq bilan eslasalar yetar menga shu».Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondi-rishg‘acha sabr chidamas, ko‘zyumishg‘a haligidek xayollar mone’ bo‘lar edilar. Shu yo‘sun yarim uyqu holatda tongniotdirib so‘yintirish soatlari ham yetdi.Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali qo‘ltug‘ida bir narsa bilan kirib bekqarshisig‘a o‘lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ularo‘rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali:— Endi muborak bo‘lsin sizga, — dedi.Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltug‘idag‘i zarrinchoponni olib sandal ustiga qo‘ydi.— Bu qanday chopon? — deb so‘radi bek.— Muborak bo‘lsin, dedim-ku.— Nima muborak bo‘lsin?— Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota, Hasanaliga kelin.Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko‘zlari qinidan chiqar darajaga yetdi.G‘ayri-ixtiyoriy qo‘zg‘alib o‘lturgandan keyin so‘radi:— Bu nima degan so‘zingiz?— Nima deganimni so‘ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali,— men sizni qutidorning qiziga uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasiZiyo shohichi bilan amalga oshirdim... ya’ni qutidorning qizig‘a sizning uchun unashibkeldik.Otabek gangib shoshib so‘radi:— Qaysi qizig‘a unashib keldingiz?— Qutidorning yolg‘iz qizig‘a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam’ bo‘lingiz, bek. Ziyoshohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to‘y kengashlariniqilamiz.Otabek tusida xursand va xafaligi majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga qarshitushmaganidek, so‘yinchini ham oshkor qilmadi...* * *Kumushbibi uyqudan turib, favqulodda bir holga uchraydir:— Bir kechada hammaning tushiga «to‘y» kirib chiqg‘an.To‘y uchun yangi ko‘rpalar qoplamoqchi bo‘ladilar, par to‘shaklar olmoqchi bo‘ladilar,kuyav uchun qanday kiyim yarashmog‘i ham bahs qilinadir. Oftob oyim eriga oltin kamarolmoqqa buyuradir... Tavba, demak chora yo‘q: Oftob oyimlarning kuyavlari kim, qaysiqizlarini erga beradirlar, ularning Kumushdan ham boshqa qizlari bormi? — Ularning qizlariyolg‘iz, demak Kumush erga beriladir... Tushunarlik gap emas:— Erga kim tegadir?— Kumush.— Kumushbibi kuyavni yoqtiradirmi, yo‘qmi? Bu to‘g‘rida uning fikrini bilish kerakemasmi?25

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!