13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyKundan-kunga Zaynabning susayib, o‘ziga begonalashib borg‘anini ul yaxshi onglaredi. Bu kun bo‘lsa o‘ynab aytkan so‘zi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasiniqotirdi. Ko‘nglida bir xiralik bilan borib daricha yonig‘a o‘ltirdi. Zaynabning hasadiniqo‘zg‘atmas uchun Otabek bilan muomalada qilg‘an ehtiyotlari zarracha foydabermaganiga hayron, endi qaysi yo‘sunda mirosani sozlash yo‘llarini o‘ylar edi. O‘n beshkun ichidayoq buncha keskinlashkan Zaynabning ichki adovatining bir oyda qaysidarajalarga borib yetishini o‘ylar va mirosa bu holda ketgan taqdirda bu uyda uzoq qolaolmasini fahmlar edi. Lekin bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynabqo‘lig‘a topshirib qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas, ya’ni Kumushda ham bir qizg‘anchiqlikhissi uyg‘ong‘an... Fikri shu yerga yetkanda qaysi kunidir Otabekning Zaynabkaboshqacharoq qilib kulib qarag‘ani va Zaynabning shu vaqtdag‘i oydek jozibalik to‘la yuziko‘ringandek bo‘ldi... Bu ko‘rinishdan so‘ng ul sakrab o‘rnidan turdi-da, tokchadag‘i oynanioldi va o‘ziga qaradi...Ma’lumki, kishi oynaga boqqanda nechog‘liq aybsiz bo‘lsa ham o‘zini bir kamchiligiorqaliq ko‘radir. Shunga o‘xshash bir qarashda Kumush ham o‘z-o‘zidan rozi qolmadi.Shahlo ko‘zlar, o‘siq jinggila kipraklar, qunduz qosh va qora xollar va boshqa latofatlaro‘ziga pisand bo‘lmadilar... O‘zini Zaynabka qarag‘anda siqiq, yosh, bolasifat ko‘rdi...Oynani tokchag‘a qo‘yib Zaynabka chinlab hasadlangan holda kelib boyag‘i o‘rniga o‘lturdi.Anchagina o‘ylab o‘lturg‘andan keyin ko‘ngliga «u meni suysa bo‘ldi-da», degan gapkeldi... O‘zining bu hukmiga rozi bo‘lmadi, go‘yo o‘zining suyilishi bir necha oyliqqag‘inao‘xshar, Zaynabning to‘lg‘an oydek yuzi bu suyilishka shu besh-o‘n kunning ichidayoqxotima beraturg‘andek ko‘rinar edi. Shu ko‘rinish orasida Zaynabni yana o‘z ko‘zidanyaxshilab o‘tkarmakka va uning husn kuchini sinamoqqa qaror berib o‘rnidan turdi...Kumush kirganda Zaynab daricha yonida to‘ppi tikib o‘lturar edi.— Oyim aytkandek, — dedi kulib Kumush, — siz bilan yulishqali keldim.Zaynab to‘ppisini qo‘yib o‘rnidan turdi:— Men ham oldingizg‘a chiqaymi, deb turg‘an edim...Kumush istehzo bilan kuldi:— To‘ppi tikib o‘lturibsiz-ku, manim oldimg‘a chiqarmidingiz, barakalla sizga, — dedi.Zaynab bir sabab ko‘rsatalmay o‘ngg‘aysiz holda qoldi. Darhaqiqat, uning bu ishi ochiqdanochiqbolalarcha ketgan edi. Kumush uni o‘ngg‘aysiz holdan chiqarish uchun tikilganto‘ppini yerdan olib ko‘rgan bo‘ldi.— Chokni yaxshi tikar ekansiz, kimga?— Biravga atag‘anim yo‘q, axir bittasi kiyar... O‘lturing.Ikki kundash qarshima-qarshi o‘ltirishdilar. Kumush unga tikilib-tikilib qarar edi...Zaynab boyag‘i o‘ng-g‘aysizliqdan hali chiqib yetmagan, qizarinqirab yerga boqqan edi. Birikkidaqiqani so‘zsiz kechirdilar.— Chiqmag‘animni ham ko‘nglingizga olibsiz-da, — dedi nihoyat Zaynab.— Nega ko‘nglimga olay, men yosh bolamanmi, — dedi,— kelganimga o‘n besh kunbo‘lmasdan o‘zingizni chetka tortib boshladingiz... Men siz bilan egachi-singil bo‘larmiz, debo‘ylag‘an edim...— Hali nima bo‘libmiz... Arzimagan gapni ham ko‘nglingizga olabersangiz...— Bu arzimagan gapmi? — dedi Kumush, — uyda hech kim yo‘qlig‘ini bilaturibo‘zingizni chetka tortasiz... Bu esa yuzingni ko‘rishga toqatim yo‘q deganingiz bo‘ladir.— Qo‘ying-chi... O‘zingiz har bir narsani ham ko‘ng-lingizga olaberar ekansiz... menunaqa emasman...Boshlanishda anchayin hazilga o‘xshab ko‘ringan bu kinaxonliq kutilmagan joyda birtus olib ketdi. Kumush o‘n besh <strong>kunlar</strong>dan beri yig‘ilib kelgan achchig‘ini bir varakay to‘kibsoldi:— Men ko‘nglimga olsam arziydirganini bilib olaman, — dedi.187

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!