13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyhurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz... Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’udaqilarsiz. Ammo... suyganingiz — kenjangizning jerkishlaridan, qarg‘inishlaridan behadqo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladirg‘an mas’uddaqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va’da olingiz — meni og‘ritmasin, raqibam keldi debo‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlariniko‘rib yurish...Xatim oxirinda shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasamedi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam,uyog‘ini o‘zim bilar edim...Erta-indin ko‘zimga yo‘l ko‘rinur,Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur...3-inchi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi».Otabekning suyunchi ichiga sig‘masliq, o‘zini yo‘qo-tib qo‘yg‘an holda iljayar edi. Xatniikkinchi qayta o‘qub chiqib yana so‘yina boshlag‘an edi, kechagi manzaralar unga ko‘rinishbergandek bo‘ldilar. Ul seskandi, ko‘z o‘ngidan kechagi mazlum gavdalar birma-bir o‘tib, uloshig‘ich ravishda xatni bukladi va ulardan yashirg‘andek cho‘nchagiga tiqdi, irg‘ib o‘rnidanturib ketdi...Ko‘chani bir aylanib kelgandan so‘ng, boyag‘i manzaralardan bir oz qutilg‘andek bo‘libyana maktub esiga tushdi. Mehmonxonaning darichasiga qiya turg‘an holda xatni yanao‘qub chiqdi. Lekin bu gal ham xat boyag‘idek so‘yinch emas, kechagi mazlumlarga ta’ziyatutqandek og‘ir ma’no berdi: «Ammo... suyganingiz — jekirishlaridan, qarg‘inishlaridanbehad qo‘rqaman...» Boya nima uchun so‘yinganiga o‘z-o‘zidan hayron bo‘la boshladi.Chindan ham maktubning muncha ko‘chirilgan jumlasi, o‘ylab qarag‘anda, hech qandayquvonchg‘a yo‘l qo‘ymasliq darajada qora ma’nolik edi. Bu jumla kelasidagi onglashilibbitmagan, lekin bo‘lishi aniqg‘a o‘xshag‘an yaramas va tinchsiz bir hayotning go‘yomuqaddimasi edi...Otabek Kumush aytkandek kundash, ya’ni Zaynabdan uncha qo‘rqmasa ham, ammodardning eng davosizi bo‘lg‘an onasi to‘g‘risida yuragi titradi. Umrining eng qiymatlik<strong>kunlar</strong>ini og‘ulag‘an, ikki yil bo‘yi davosiz dardga mubtalo qilg‘an, yaramas va ishonchsizyo‘llarda sanqishig‘a sabab bo‘lg‘an o‘z onasi emasmidi? Va raqiblarga, dushmanlarga yo‘lochib bergan shu onaning orzusi emasmidi?Butun shaharni alg‘oq-dalg‘oq qilib ko‘hliq qiz qidirg‘an, nihoyat chiroylilikda tanho,aqllilikda yakto topib, to‘ylar, tomoshalar, orzu va havaslar bilan o‘g‘lig‘a «xotin bubo‘libdir!» degan iftixor va mag‘ru-riyat ila taqdim qilg‘an suyukli kelini ustiga go‘yoo‘chakishkandek bo‘lib keladigan Marg‘ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi.Kumush kundashning jekirishidangina cho‘chig‘an bo‘lsa, Otabek bu cho‘chishnio‘zining ko‘lagasida qol-diraturg‘on onasi to‘g‘risida tamom aqlini yo‘qotib qo‘ydi.6. O‘ZBEK OYIM — OG‘MA,ZAYNABNING DARDIYusufbek hoji chala-dumbul tabiatlik xotinining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun o‘tkanvoqi’larni, ya’ni Otabek sirlarini unga ochmasliqqa qaror bergan bo‘lsa ham, ammomarg‘ilonliq kelin va qudalarning kelishlaridan xabar berishni lozim deb topdi. Chunkixotinining marg‘ilonliq kelinga bo‘lg‘an adovatini Otabekdan ham yaxshiroq bilar va uning«O‘g‘lingiz Marg‘ilondan uylanmadi, bir balodan uylandi!» deb qiladirg‘an shikoyatlarinihamma vaqt eshitar, doimo issig‘-sovuqchi domla, xo‘jalarnikida bosh og‘ritib yurishini hambilar edi. Shuning uchun o‘z tarafidan O‘zbek oyim tushkurni yaxshilab ebka olmoq, yuzqizaradirg‘an ishlarga qarshi choralarni ko‘rmak fikriga tushdi.166

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!