13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o‘ldirdik! — dedi shoshib Otabek.— Ah! — deb yurib keldi Homid.Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo‘lini ushlab oldi:— Mutal o‘ldi. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Enda siz bilan ikkimizgina qoldiq!Homid qo‘lini bo‘shatishka tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:— Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo‘lingizni bo‘shatamanhozir, ammo shungacha siz bilan ikki og‘iz so‘zim bor!Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishg‘a kuchanar edi.— Kuchanmangiz, Homidboy!— Mard yigit bo‘lsang, qo‘limni qo‘y!— Oshiqma, qo‘yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyog‘ ostida yotqan Sodiqko‘tarilib-ko‘tarilib o‘zini ot-moqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi.Homid tig‘izliq bilan surildi. Xanjarlik qo‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so‘z boshladi:— Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg‘asolg‘an, cheksiz joni-vorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to‘kdirgan, nihoyat, shudaqiqag‘a keltirib to‘xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergantaloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag‘uchi manim halol rafiqam bo‘lib, ikki yildanberi men ham uning ko‘yida1 sargardonman. Demak, siz bilan maning oramizda shu biravuchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonibkeldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig‘acha olib bordingiz, Musulmonqul qo‘lig‘atopshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg‘ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillabrafiqamdan ayirib turishka muvaffaq bo‘ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni hamo‘ldirdingiz. Nihoyat, o‘g‘riliq yo‘lig‘a tushib ikki yigitingizni manim qo‘limda halokqildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda siz haqlimi edingiz?— Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ulqo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shiretdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan kuzatibtek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib «haqliedim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning yonig‘a kelibtushdi...Otabek kushxona o‘rnidan eshikka qarab qo‘zg‘alg‘an edi, Homiddan besh-olti qadamnarida yotqan Sodiqning «hmmm» degan tovshi eshitildi. Otabek ko‘ngli allanechuklanganiholda maydondan chiqdi...16. O‘ZNI TANITISHErtasi kun butun Marg‘ilon deyarlik Malikboyning maydonida voqi’ bo‘lg‘an ishka judahayron edi:— Mutal bilan Sodiq bo‘lsa shaharning tomteshar yigitlaridan, ular qutidornikigao‘g‘riliq uchun borg‘an bo‘lsalar borg‘andirlar... Lekin shaharning katta boylaridanhisoblang‘an Homidning ishi qiziq. Xayr, Homidning o‘g‘riliq hunari ham bor bo‘lsin, bularnikim o‘ldirgan? Qutidor bo‘lsa ertalab uyqudan turg‘ach, bu hangamani bilibdir, juda ajoyib!* * *Kuch choshkohga yetkanda Otabek saroy darbozasidan chiqdi. Ul o‘zining so‘l qo‘linidoka bilan o‘rab bog‘lag‘an va ko‘kragiga ko‘tarib ushlagan edi. Kecha Homid xanjarlikqo‘lini siltab tortqanda, xanjar uning bosh barmog‘i orasini suyakka yetkuncha shipiribketkan edi. Uning oyog‘ olishida ham bir oz oqsoqlanish sezilar edi.138

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!