13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyg‘azablangan bo‘lib ko‘rin-guchi Xudoyor ham bu safarning tadorikini barobar ko‘rishdi vaMusulmonqul bilan birlikda Toshkand ustiga chiqdilar. Yo‘l ustida ham Toshkand bilanyashirincha so‘z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar.Musulmonqul ilg‘ori3 Chirchiq bo‘yiga kelib yetkanda, qushbegi boshluq Toshkandyigitlari ham suvning berigi yuzida yov kutib turg‘an edilar. Tush chog‘ida ikki yov birbirlarig‘aqarshi kelishdilar. Qo‘qonliqlar dam bermayino Toshkand qo‘shuni miltiqlarg‘a o‘tberdi. Musulmonqul kutmagan joyda qo‘shunidan bir durkumi o‘z ustiga hujum boshlab vabir firqasi Toshkand yigitlari tomoniga qochib o‘tdi. Musulmonqulning o‘z yigitlari(qipchoqlar) sarosimalikda qolib, Musulmonqulning mudofaasini-da va qochishni-da bilmayqoldilar. O‘z ustiga chug‘irchiqdek yopirilib kelmakda bo‘lg‘an qo‘qonliq va toshkandliklargaqarshi o‘zida kuch yo‘qlig‘ini bilgan Musulmonqul bir ot va bir qamchi arang qo‘shundanchiqib qochdi va bir qancha yo‘lg‘acha quvlandi. Boshluq orqasidan qochmoqchi bo‘lg‘anqipchoq yigitlariga munodi1 nido qildi:— Qipchoq og‘aynilar! Bizning hamma adovatimiz Musulmonqulg‘a edi! Siz og‘aynilarilgari xon yonida qandog‘ xizmatda bo‘lg‘an bo‘lsalaringiz, endi ham o‘sha vazifadaqolaberasizlar va lekin Musulmonqulg‘a tarafdorlaringiz bo‘lsa, tinchlikcha qo‘shindan chiqibketsin!Qipchoq yigitlari ham bir yerga uyushib, o‘z taraflaridan munodi qo‘ydilar.— Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshlug‘imiz Xudoyorxondir!Shundan so‘ng qipchoq va o‘zbek birga aralashib ketdi, go‘yo hamma adovatMusulmonqul bilan birga ketkandek bo‘lib, ikki xalq bir-biri bilan ko‘rishdi. O‘n minglab xalqyangidan Xudoyorg‘a itoat izhor etib, chin xonlik bilan uni muborakbod qilishdilar.Toshkand xalqi izzat-ikrom ostida xonni va Qo‘qon sipohini shaharga tushurib, o‘rdada uchkun ziyofat berdilar. Ziyofat asno-sida ittifoqning foydalari, tarqoqliqning zararlariso‘zlanildi. Qushbegi va Yusufbek hojilarning taklifi bilan Musulmonqul o‘rniga O‘ttaboyqushbegi (Marg‘ilon hokimi) mingboshi belgulanib, to‘rtinchi kun Xudoyorxon qo‘shuni bilanQo‘qong‘a qaytdi.* * *Qish chiqar oldi. Musulmonqul voqi’asidan yigirma <strong>kunlar</strong> chamasi keyin edi.Muhammad Rajab qo‘rboshining uyidan ikki-uch qaytalab kishi kelabergandan keyin,Yusufbek hoji ilojsiz qolib borishg‘a majbur bo‘ldi.Yig‘inda Muhammadniyoz qushbegi, Qosim mingboshi, Qambar sharbatdor, Karimqulponsadlardan tortib Toshkandning yetuklik ashrof va a’yonidan o‘n beshlab odam bor edi.Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi. Ziyofat to‘kun edi. Yemak asnosidaNiyoz qushbegi so‘zlab yig‘inning maqsadi bilan ahli majlisni tanishdira bordi:— Og‘alar, inilar! Bilindiki, og‘aynilar bir tan, bir jon bo‘lsalar qipchoq kasofatidanqutilish uncha qiyin tushmas ekan. Mundan bir oy ilgari biz qanday holda edik?Musulmonqulning omonsiz qilichi og‘aynining bo‘g‘zida edi. Xudo hoji akamizning umriniuzun qilib, bola-chaqasining egaligini ko‘rsatsinki, avvalo uning aqllik tadbiri, undan keyinog‘aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan yengilginaqutildik. Ammo bu qutilishni chin qutilish deb bo‘lmaydi. Nega desalaringiz, oq it bo‘lmasa,qora it tovoq-qoshiqqa tegmakda. Hali biz sahroyi qipchoq elidan uzil-kesil qutilg‘animizyo‘q. Anovi Musulmonqul bo‘lmasa, boshqa Alimqulning1 bosh ko‘tarishi aniq, — dediqushbegi va dasturxondan cho‘qinib davom etdi. — Normuhammadning ra’yini deb,hamma ixtiyor o‘z qo‘limizda bo‘lgani holda, O‘tabboyni mingboshi belgulab yuborduq... Buham o‘zimizning eng katta xatolarimizdin. Men o‘sha kundan beri o‘z-o‘zimdan bo‘g‘ilibyuriyman: Musulmonqulning iti bo‘lmasa, o‘zimizdan mingboshi bo‘larliq odam quribqoluvdimi, deyman. Yo‘q, og‘alar, temirni qizig‘ida suqib qolish kerak! Qachong‘acha biz bu151

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!