13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Qo‘y-chi!— Qolsam o‘z erimniki, — dedi Kumush, — begona emaski uyat bo‘lsa...Oftob oyim o‘t ichida qolg‘andek toblandi:— Birav qol, demasa ham qolaberasanmi?Kumush ishini yonig‘a qo‘yib endi onasig‘a qaradi:— Avvalo bu yerda qolishimg‘a sizdan boshqa hech bir qarshi kishi yo‘q. Zaynabsizning yoningizg‘a o‘tsa ham, biroq uning xohishini menga ahamiyati yo‘q.— Esing o‘zingdami, bola?— O‘zimda, — dedi kulib, — man sizning qizingiz Kumush... Hozir Toshkandda o‘zerimnikida o‘lturibman...— Erim, deb tuqqan onangdan kechasanmi, yuzsiz?— Yo‘q, kechmayman, faqat bir necha vaqt sog‘i-nibqina yuraman.Oftob oyim qizining bu gapini eshitib yig‘lab yubordi:— Onangning o‘sha sog‘inishqa toqati yo‘q, — dedi,— man sani kundashlik uygaishonmayman...— Kundashim bitta bo‘lsa, do‘stlarim sakkizta.Oftob oyim ko‘z yoshisini artdi:— Kundash bilan hazil o‘ynama, qizim.Kumush go‘yo Zaynab ustiga hujum yasayturg‘andek hurpaydi:— Ul kundash bo‘lg‘anda men kundash emasmi?— Ming qilg‘anda ham, — dedi onasi, — sen chin kundash bo‘lolmaysan.— Nimaga?— Nimagaki ering sen tarafda, chin kundashlik va chin dushmanlik Zaynab tarafda.Kumush kulimsirab onasining qulog‘ig‘a shivirladi:— Bu to‘g‘rida xotirjam’ bo‘ling.— Nima uchun xotirjam’ bo‘lay?— Agar Zaynab manga kundashlik qilabersa, kuyavingiz uning javobini bermakchi...Shuning uchun ham manim bu yerda qolishim ma’qul.— Javobini bersa, qaytib kelishlik qochmas...— Man ketsam, — dedi Kumush, — hech qachon Zaynabka javob bermaydir.— Nega bermaydir?— Shuning uchunki qudachangiz kelinsiz qolaman deb orag‘a tushadir, ammo men shuyerda bo‘lsam, albatta tiliga kaltak keladir.Oftob oyim hamon oyog‘ uzatmadi, qizig‘a yalinib ko‘rdi:— Yosh joning bor, qizim, — dedi, — biravga yomonliq sog‘inma, man bilan birga ket,nima qilishsa o‘zluk-o‘zi qilishsin... Zaynab ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an.— Siz tushunmay yotibsiz, — dedi Kumush va eshikdan oyog‘ tovshini sezib gapni shuyerda to‘xtatdi. O‘zbek oyim so‘zlanib kirdi:— Nega muncha shoshmoq, yov quvladimi, aqalli bir oy bo‘lsin... Marg‘ilon deganyurtdan ot-otlab, tuya qo‘mlab1 kel emish-da bir oyg‘ina turmay ket emish! — Oftob oyimbilan Kumush uning hurmatiga o‘rinlaridan turdilar. O‘zbek oyim o‘ltura-o‘ltura so‘radi. —Hali eshitdinglarmi?Eshitdik, — dedi Oftob oyim biz ham shuning mojarosida edik.— Axir shu ham gapmi, xudda allakimlarga o‘xshab.Oftob oyim uzr aytdi:— Uyimiz yolg‘iz, shunchalik sizlarni ozor chekdirdik... Begona kishinikida ham yigirmakun turayliq-chi... Xudda o‘z uyimizdek yayrab-yashnadiq, sharofatlaringiz soyasida ko‘bkishilar bilan tanishdiq, izzat-ikromlaringiz ta’rifidan ojizmiz... Endi navbat sizlarning hambizning shaharlarga borishlaringizg‘a keldi.194

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!