13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Saniki bu emas, tentak!— Yo‘q, xudda maniki shu, yesh, bo‘lmasa mirshab chaqiraman.— Xo‘varingni... nima deydi, bu!— To‘g‘ri ayt, buni qayerdan o‘g‘irlading?!Devona belbog‘ining tuguniga aztahidil yopishqani holda:— O‘g‘irlamadim, tentak, hoji pochchangni to‘yidan oldim, jinni! — dedi.— Hoji pochchang kim? Yolg‘on so‘zlama, o‘g‘ri!— Hoji pochchangni tanimaysanmi, tentak?— Toshkandda hoji pochchadan ko‘pi bormi, o‘g‘ri?— Esing ketibdi, jinni... Yusufbe hojing-chi. Axir; to‘y bo‘ldi, bazm bo‘ldi, o‘g‘uluylandi... qo‘y, juvonmarg, bo‘g‘ur!Devona ermakchilar qo‘lidan arang qutilib chiqdi. Ammo ularning ichidagi ko‘zinibog‘lag‘an bir kishi nima uchundir devonaning orqasidan ergashdi. Choyxonadananchagina uzoqlashqan edilar.— Devona! — deb chaqirdi haligi ergashuvchi.Devona o‘ziga qarab kelguchi bu ko‘z og‘rig‘ini tanidi. Suyukli qovoqlar ustiga kelganbalo bo‘lmasin uchun, ketar ekan, qovoqlarini ehtiyotlab ushladi:— Nima deysan, ko‘z og‘rig‘i?— Qo‘rqmangiz, devona! — dedi ko‘z og‘rig‘i va adimlarini tezlatdi.— Nima ishing bor?— To‘xtang.Devona arang to‘xtadi. Ko‘z og‘rig‘i uni cho‘chitmas uchun naridan turib yonchig‘inikavliy berdi.— Sizga nazrim bor.Bu so‘zni eshitib, devona yo‘lg‘a tushdi. Ko‘z og‘rig‘i uning ketidan yugirdi va:— Mang! — deb pul ko‘rsatdi. Devona iltifotsiz ketabergan edi: — To‘xta deyman! —deb do‘q urdi. Devona narida to‘xtadi:— Kelma, kelma, ko‘z og‘rig‘i!Ko‘z og‘rig‘i o‘n adimcha narida turdi:— Hali, kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?..— Kim uylantirdi, deding?— Aytding-ku choyxonada!..— Aytding-ku choyxonada...— Belboqni qayerdan olding?— Buving berdi.— To‘g‘ri ayt!— To‘yga keldingmi?— To‘yga keldim...— Yusufbenikigami?— Yusufbenikiga.— Belbog‘ing yo‘qmi?— Yo‘q.— To‘y o‘tkanda kelibsan.— Yusufbe qaysi o‘g‘lini uylantirdi?— Nechta o‘g‘li bor?— Nechta o‘g‘li bor!— Bitta... Qorategindan keldingmi, opang omanmi?— Omon... qachon uylantirdi?— O‘zing uylanganmisan?.. Qorategindan necha kunda kelding?— Besh kunda. Qachon uylantirdi?84

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!