13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyMajlisning so‘zi shu yerga yetkanda Otabek o‘rnidan turib yo‘lakka keldi. Eshikzanjiriga qo‘lini olib borg‘ani holda o‘ylanib to‘xtadi va eshikni ochmay orqasig‘a qaytdi.Xaroba uy orqaliq usta Alimnikiga chiqib ayvon yonida to‘xtadi, ularning xurrak vapishillashlariga qanoat hosil etkach, oyog‘ uchi bilan yo‘lakka o‘tdi va eshikni ochib chiqdi...* * *O‘z og‘zidan eshitkanimizdek Sodiq uni, Homidning ta’limoticha Qo‘qon darbozasidanchiqarib to karvonlarga qo‘shilib olg‘uncha ta’qib etib borgan edi. Otabek bu ta’qibni judayaxshi sezganlikdan Sodiq yo‘lda qolg‘andan so‘ng ham yana bir bekat olding‘a borg‘an vaikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darbozasi orqaliq yana qaytib Marg‘ilong‘a kirganedi.Usta Farfining Homid va o‘zi to‘g‘rilaridag‘i mudhish hikoyasini eshitkach, Marg‘ilondaqolish va qayin otasining uyiga borib onglashish o‘rniga juda oshig‘ichliq bilan Marg‘ilondanjo‘nab ketkan bo‘lib ko‘rinishi albatta o‘rinsizga emas edi. Chunki Komilbek o‘ldirilgan birkunda Homidning ko‘z o‘ngida qolishi, bilaturib, o‘z-o‘ziga qabr qazish, qabrg‘ina emasnomusni barbod berish va qotilliq ismini olib xalq oldida sharmanda bo‘lish bo‘lur edi,nuchukkim, biz yuqorida Sodiq og‘zidan eshitkanimizdek Homid bu tuhmatdan hamqaytmas va o‘z tuhmatini mahkama oldida mantiqiy ravishda isbot ham qila olur edi. Manaul shu mudhish, boshqa tushmog‘i aniq turg‘an halokatning daf’i uchun Marg‘ilondanoshig‘ich chiqib jo‘nag‘an edi. Orqasidan qiling‘an ta’qibni payqashi esa avvalo bu uning birmulohazasi bo‘lg‘an edi, ikkinchi, otini egarlar ekan, devordan o‘zig‘a qarag‘an bosh bilanbu mulohazasini chinga chiqishini bilgan edi. Uchunchi, ko‘chada usta Alim bilan xayrlasharekan, qo‘shnining yo‘lagida ko‘ringan kishi ko‘lagasi yana ta’qib etilishini ta’kidlagan edi.Marg‘ilondan ikkinchi bekatka qo‘nib, choyxonada bir-ikki choydish choy ichib uzoqo‘ylag‘an va Marg‘ilong‘a qaytish quruq tuhmatka qolish bilan farqsiz ekanligini yana bir qattushungan edi esa-da, Homidni maydonda muzaffar holda qoldirib ketishni hech bir turlikyuragiga sig‘dira olmag‘an, g‘ayri rasmiy yashirinib bo‘lsa ham Marg‘ilonda turishka va turibHomidning mundan so‘nggi rejalarini o‘rganishka va shunga qarab kurash boshlashg‘aqaror bergan, shom bilan asr oralarida Marg‘ilong‘a kirgan edi. Kelib birinchi kelishidatushkan saroyga joylashqan va joylashib tinchiy olmag‘an, ya’ni ta’qibini bu kundanoqboshlashg‘a qaror bergan. Homidning yomonliq korxonasi usta Alimning qo‘shnisinikidabo‘lg‘anlig‘i uchun hech bir taraddudsiz yo‘lni to‘g‘rilab Sodiqnikiga solg‘an ediki, bizmundan keyingi gaplarni yuqorida ko‘rib o‘tdik.Usta Alimning eshigini ochib chiqg‘ach, Sodiqning yo‘lagiga quloq solib g‘o‘ng‘irg‘o‘ng‘irkelgan tovushni eshitdi va sekin-sekin yo‘lg‘a tushdi.Dushman bilan betma-bet uchrashmoq kuni belgulanganlikdan o‘zining bu kungikutilmagan muvaffaqiyati to‘g‘risida hech bir taajjublanmas, faqat dushanba kun kechasibilan miyasi mashg‘ul edi. Dushanba kun kechasi bir emas, uch dushman bilan kurashto‘g‘risidag‘ina o‘ylar edi. Bu birga uch masalasi bir oz uning miyasini qotirg‘an; kishilaryollash, hukumatka bildirish, qutidorni xabardor qilib qo‘yish mulohazalarigacha kelibyetkan bo‘lsa ham, ammo izzati nafsi bu qo‘rqoqliqqa tamoman zid turar edi. Bora-bora bumulohazasini tamoman ko‘nglidan chiqarib tashladi; na kishilar yollayturg‘an, nahukumatka bildiraturgan va na qutidorni xabardor qilaturg‘an bo‘ldi. Chunki raqib bilandildorning uyi orqasida tanho olishmoq, yor oyog‘i ostida qonlik tuproqqa qorishmoq —uning uchun juda lazzatlik va shoirona tuyila boshlag‘an edi. Saroyga kirar ekan o‘zicha: —Shirin o‘lim, — deb qo‘ydi.Garchi kechagi tun «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab uyqudan qolg‘an edi, ammo uzoq vaqt bukungi gaplarni o‘ylab yotdi. Ul uxlab ketar ekan, o‘zini goh qong‘a belanib yotqan holda,goh Kumushni erkalab turg‘an holda ko‘rar edi.135

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!