13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Hammadan ham O‘ttaboyni aytingiz, ablah bir odam ekan, — dedi, — menisiylamag‘anda ham sizni rioya qilsa kerak edi.— Yaxshiliq qilg‘an kishingdan hech bir yaxshiliq qaytmas ekan, — dedi Musulmonqul.— Jumladan, bittasi ko‘z o‘ngimizda — Azizbek. Men uni yoshlig‘idan boshlab o‘z qo‘limdao‘stirdim, Toshkand hokimligidan Salimsoqbekni olib1 uning o‘rniga hokim tayinladiq. Biroqshunchalik yaxshiliqlarimizg‘a qarshi natijada bizga yog‘iy2 bo‘ldi, bo‘lsin; ul Toshkandningo‘zigagina qanoatlanmay Marg‘ilon bilan ham ish qilmoqchi bo‘lsa, bunisini ham bizko‘raylik.Mirzaboshi kirib xong‘a qulliq qildi va Musulmonqulg‘a qarab qo‘l bog‘ladi.Musulmonqul yana xumori bo‘lg‘an edi — «Chilim!» deb tashqarig‘a qichqirdi, so‘ngramirzoboshig‘a dedi:— Hozir Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatniolg‘an zamon Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin!Mirzobashi qulliq qilib orqasi bilan yurib chiqdi.23. MUSULMONQULArkoni davlat1 yig‘ilib, Xudoyor taxtiga mingan, Musulmonqul xon bo‘lmasa hamxonliqdan-da yuqori bir kuchka molik bo‘lg‘an siyosat kursisiga o‘ltirgan edi. Boshlab otaliqkirib xong‘a salom berdi va uning haqig‘a uzun duo qilib chiqdi. Otaliqdan so‘ng o‘zga a’yonbirma-bir kirib, duo qilib chiqa boshladilar. Duoxonlarning eng so‘ng‘ida xudaychi ko‘rindi,salom va duodan keyin yuzini Musulmonqulg‘a o‘girib:— Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi huzuri oliylarig‘a kirish uchun izn so‘raydir! —dedi.Hamma fikri zikri O‘tabboy ustidagina qolg‘an Musulmonqul bu xabarni eshitish bilankuchlik bir tin olib hudaychiga qaradi:— Yolg‘iz o‘zimi yoki yonida kishilari ham bormi? — deb so‘radi. Hudaychi yana birqulliq qildi:— O‘n chog‘liq yarog‘liq yigitlari ham bor.— Tag‘in-chi?Yarog‘siz yana bir yigit ham ko‘rindi.— O‘tabboyning o‘zini huzurimizga kirgiz, — dedi Musulmonqul, qulliq qilib chiqaboshlag‘an hudaychini yana to‘xtatib so‘radi: — O‘tabboyning yigitlari o‘rdaningtashqarisidami, ichkarisida?— Taqsir, ichkarisida.— Yaxshi, qushbegi bizning yong‘a kirgandan so‘ng o‘rda yigitlari ularga hozirbo‘lsinlar!Hudaychi qulliq qilib chiqdi. Uning ketidan Musulmonqul tovshig‘a muzaffariyat ohangiberib xong‘a dedi:— O‘g‘rilarning ikkisi qopqonga tushdi, xon!— Tole’imiz.Qushbegi kirdi. Xong‘a ikki bukilib ta’zim qilg‘ach, kelib uning qo‘lini o‘pdi.O‘tabboyning muloqoti2 uchun Musulmonqul ham go‘yo hech narsa ko‘rmagandek o‘rnidanturib uning bilan quchoqlashib ko‘rishdi. O‘taboy Musulmonqulning ko‘rsatishi bilan xonningchap tomonidag‘i kursiga o‘lturdi. Ul Musulmonqulning samimiy muloqotidan qo‘rquvliqyuragini bir qadar to‘xtatib olg‘an edi. Kursidan yana turib xong‘a qulliq qilib boz1 o‘lturdi.Musulmonqul qushbegini yer tegidan kuzatar ekan so‘radi:— Yurtlaringiz tinchliqmi, o‘zingiz ham sog‘-misiz?— Alhamdullilloh, yosh shohimizning davlatlari va husni tavajjuhlari2 soyasida yurtimiztinchliq, fuqaromiz javobi oliyning duoyi jonlari bilan mashg‘ullar.64

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!