13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybo‘ldi. Bir-ikki daqiqaliq fikrdan so‘ng Otabekning «Siz maning bu xatimni o‘qubgunohlarimni yarlaqab turg‘an kezlaringizda, albatta man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsamkerak...» jumlasini ko‘zidan o‘tkazdi-da, Sodiqdan so‘radi:— Toshkanddan chiqg‘aningizga necha kun bo‘ldi?— Olti kun.Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tag‘in ham og‘irlashtirg‘andek sezilib ul boshiniquyiga engashtirdi va chuvoq soqolini tuzatib fikrda qoldi. Homiddagi keyingi o‘zgarishdanxabarsiz taxmondag‘i uvadalarni tuzatish bilan ovora bo‘lib yurgan puchuq xotin Homidningyonig‘a o‘lturib, xunuk bir iljayish orasida so‘radi:— Qalay, Homidboy, ishlar o‘ngdanmi? Poshshanisaga endi sovchiliqqaboraveramizmi?Homid umidsizcha boshini chayqadi va salmoqqina qilib javob berdi:— Ishimiz hali u darajaga yetkan emas, biz hozir faqat sovchining yo‘lidag‘i birinchig‘ovnig‘ina buzdiq.Homid puchuq xotin orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan o‘zining birinchi martabayuborg‘an xiyo-natnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib,Otabek ko‘kragiga ham qo‘l solib ko‘rmak va uning Kumushbibiga bo‘lg‘an munosabatinibilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliqToshkandga yuborg‘an, Sodiq esa o‘qug‘uchig‘a ma’lum maktubni Otabekka topshirib,Otabekning Kumushka yozg‘an maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homidtomonidan o‘qulib o‘tdi.Otabekning bu maktubi ortig‘i bilan o‘zining Kumushka bo‘lg‘an munosabatininghamon eski holida boqiylig‘ini e’lon qilar va o‘zining osonliq bilan raqibka berilmasliginiso‘zlar edi. Bu yo‘lda birinchi qadamini muvaffaqiyat bilan bosqan Homid keyingilarinibirinchidek ketishi uchun qayg‘ulanar edi. Bu kun-erta Otabek kelar-da, Kumush bilantopishar. Xiyonatnomaning o‘ziniki bo‘lmag‘anlig‘ini isbot etib, Homidning o‘ylag‘an ishiniyana keyinga siltar yoki butunlayga Homidning umidini uzar — mana bu ochiq, ko‘rinibturgan ehtimol emas, haqiqat oldida ul hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash bilan garangedi. Ul bu to‘g‘rida uzoq o‘ylab turmadi, bir narsaga qaror qo‘yg‘an kabi fikrdan ko‘ziniochdi va puchuq xoting‘a dedi:— Jannat opa, bir chilim beringiz-chi, — Jannat opa chilim solish uchun qo‘zg‘alg‘ach,Sodiqqa dedi: — Inim Sodiqboy, ishimiz juda xom hali.Sodiqning qizil ukki ko‘zlari o‘ynab javob berdi:— G‘am yemang, aka, xom bo‘lsa o‘bdan pishitarmiz, o‘lmasak.Sodiqning bu javobi Homidning ishonchini moyla-g‘andek bo‘ldi, to‘ppisini boshidanolib namatka tashlag‘ach, minnatdorlik ohangi bilan:— San bilan Jannat opam tirik bo‘lsalaringiz pishitarmiz, albatta! — dedi va Jannat opaqo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sarxonani sindiribyuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida chilimniSodiqqa uzatib, Jannat opag‘a dedi: — Opa, siz tag‘in bir martaba qutidorning uyiga xatolib boraturg‘an bo‘ldingiz...— Qix, jonim bilan aylanay. Sodiq olib kelgan xatnimi?Homid kuldi.— Yo‘q, opa, agar bu xatni olib borsangiz, shunchalik qilg‘an ishlarimiz birpul degangap bo‘ladir. Ilgarigi gal yozdirib berganimdek o‘z rejamizga muvofiqlab Otabek tilidanyana birini o‘martirib beraman.— Xi-xi-xi, aylanay, qix... Man bu ishlarni qayoqdan bilay, Homidjon.— Albatta bilmaysiz. Lekin mundan so‘ng yaxshi bilmog‘ingiz kerak, ozg‘ina yanglishibketsangiz ham hamma qilg‘anlarimiz shamolg‘a uchadir, undan so‘ng...— to‘satdan buo‘rinda Homidning esiga o‘zining bir xatosi kelib tushdi: birinchi gal Otabek tilidan yozg‘an98

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!