13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Yo‘q, mergan edi. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlarig‘a qiziqib, borma degangako‘nmadi. Urush ehtimoli yo‘q-mi, shunchaki fotiha uchun ketishkandirlar-a?— Kim bilsin, — dedi bek va bir oz o‘ylab qolg‘an-dan keyin, — bo‘lmas, — deb qo‘ydi.Korsondagi qimiz tugab, sho‘rva ham ichildi. Dasturxonni yig‘quvchi kelinchakka o‘g‘ultilab duo qiling‘andan keyin, qo‘lig‘a o‘ttuz chaqa surma puli berdilar va qirni aylanish,binafsha terish uchun turib ketdilar.3. QIPCHOQQA QIRG‘INKechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadano‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu holgatushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar edi.Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘radi:— Bular qanday gunohkorlar ekan?Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi:— Taqsir, qipchoqlar.— Gunohlari nima ekan?Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi:— O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q...— Gunohlari nima, axir?— Axir qipchoqlar-da, to‘ram.Otabek diqqatlandi:— Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman!Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi:— Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi.— Yo‘q!— Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku.Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, —manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi —rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek dahshatlanibyonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab turar edi.— Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi.— Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan hambor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni tozayamg‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, ishqilib,shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, to‘ram!Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttizqadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda...Endi Ali so‘ramay chidamadi:— Nauzanbilloh1, bu nima degan gap, bek aka?!— So‘ramang!— Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin?— Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta?— Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim...— Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘ano‘xshaydir!— Shu ham gapmi, xudoyo tavba!Adim sayin bir o‘lukka uchrar edilar. Ali sanab kelar edi, guzarga yetkanda sanoqyetmishdan ortdi. Hali bu birgina to‘g‘ri ko‘chaning hisobi bo‘lib, keng Tosh-kandning o‘zga159

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!