13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan xufiyalardan biri buso‘zni Azizbekning qulog‘iga yetkazur. Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini o‘z huzurigaoldirib maxtovchig‘a ulug‘ mansab ato qilar va ikkinchisini o‘limga buyurar... Bu hukmmajlisida hozir turgan otam mahkumning gunohini so‘raganida Azizbek jallodga baqirar:«Tezroq olib chiq!» Otam tag‘in qulliq qilg‘anida jallodg‘a buyurar: «Qo‘ling-dag‘inibo‘shatib, o‘rniga hojini olib chiq!» — Mana ko‘rdingizmi, otamning qadru qiymatini.— Bo‘lmasa aholi xong‘a shikoyatnoma yozmaydirmi?— Nechanchi shikoyatnomani so‘raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafoko‘rganlar bilan birgalikda endi o‘ninchi shikoyatnomamizni yuborg‘andir-miz... Lekinxonning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an kishining o‘zi zulmda Azizbekdan bir necha zina balando‘rinni ishg‘ol etkuchi kimsa bo‘lsa, biz qandog‘ qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shukeyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi.«Itoatdan bosh tortmasin...» degan mulohazada yozg‘an shikoyatlarimizdan markazningko‘z yumishi ham ehtimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiqto‘yindi, kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir.Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hojiga onglashilib, bu to‘g‘ridaortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi.Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg‘anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsusturlangan edi. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxongaqistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishg‘a sabab bo‘lsa ham, ammo bizningOtabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o‘ltirar edi. Ul nima to‘g‘rida xayol surib, qaysito‘g‘rida o‘ylar edi — buni bi-lish qiyin bo‘lsa ham, biroq uning hozirgi ba’zi harakatlaridiqqatni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan, uning ko‘zlari ixtiyorsiz kabi qarshisidagiqutidorg‘a qaraydirlar, qutidorning ko‘zi o‘ziga tushdi deguncha ko‘zini undan olibdasturxondagi ko‘ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir... Otabekning bu holinimajlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta’qib etkandek edi.— Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so‘radi.— O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, — dedi bek, — o‘ris shahardanShamayga1 ham bordim.— Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo shohichi ajablandi.— O‘tkan yil borg‘on edim, — dedi bek, — borishim noqulay bir vaqtga to‘g‘ri kelibko‘b mashaqqatlar chekdim.— Chin savdogar siz emishsiz, — dedi qutidor, — biz shu yoshqa kelib hali o‘zimizningkattaroq shaharlarimizni ham ko‘ralmadik; siz o‘risning Shamayigacha borg‘ansiz.— Yurgan daryo, o‘lturgan bo‘ryo emish, — dedi Akram hoji.O‘ris shaharlariga borib savdo qilg‘uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib, chetellarni ko‘rgan Otabek majliska tansiqlandi. O‘rislar to‘g‘risida allaqanday xayoliy rivoyatlareshitib yurgan qutidor va Ziyo shohichilarning Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib,undan Shamayda ko‘rib, kechirganlarini so‘radilar. Otabek Shamay xotirotini so‘zlab berdi.O‘rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini eshitkuchilarni tongg‘a qoldirib,ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg‘ach:— Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘i-mizni ko‘rib; boshqalar hamshundaydir, deb o‘ylar edim, — dedi bek, — lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib,o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘zidoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim... Bizningidoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmayqoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanga uchsam, to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasigatushsam-da, o‘risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasada,barcha elga yorlig‘ yozib o‘risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, menham bir oy ichida o‘z elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam... ammo o‘z elimga qaytib7

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!